Sura 99

Zalzala

الزَّلۡزَلَةِ

Az-Zalzalah · Madaniy · 8 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    إِذَا زُلْزِلَتِ ٱلْأَرْضُ زِلْزَالَهَا

    Izaa zul zilatil ardu zil zaalaha

    Vaqtiki, yer oʻziga xos zilzilaga tushsa...

  2. 2

    وَأَخْرَجَتِ ٱلْأَرْضُ أَثْقَالَهَا

    Wa akh rajatil ardu athqaalaha

    Va yer oʻz yuklarini otib chiqarsa...

  3. 3

    وَقَالَ ٱلْإِنسَٰنُ مَا لَهَا

    Wa qaalal insaanu ma laha

    Va inson: «Unga nima boʻldi?!» – desa...

  4. 4

    يَوْمَئِذٍۢ تُحَدِّثُ أَخْبَارَهَا

    Yawmaa izin tuhad dithu akhbaaraha

    Oʻsha kunda u (yer) oʻz xabarini aytadir.

  5. 5

    بِأَنَّ رَبَّكَ أَوْحَىٰ لَهَا

    Bi-anna rabbaka awhaa laha

    Sening Robbing unga vahiy yuborgani uchundir.

  6. 6

    يَوْمَئِذٍۢ يَصْدُرُ ٱلنَّاسُ أَشْتَاتًۭا لِّيُرَوْا۟ أَعْمَٰلَهُمْ

    Yawma iziy yas durun naasu ash tatal liyuraw a'maalahum

    Oʻsha kunda odamlar amallarini koʻrish uchun joylaridan guruh-guruh boʻlib qoʻzgʻalurlar.

  7. 7

    فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًۭا يَرَهُۥ

    Famaiy ya'mal mithqala zarratin khai raiy-yarah

    Bas, kim zarra ogʻirligida yaxshilik qilsa ham koʻradir.

  8. 8

    وَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍۢ شَرًّۭا يَرَهُۥ

    Wa maiy-y'amal mithqala zarratin sharraiy-yarah

    Va kim zarra ogʻirligida yomonlik qilsa ham koʻradir. [1]

    [1] (Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi boʻlmaydi. Hammasining hisob-kitobi boʻladi, qiyomatda javob berish kerak. Har doim yaxshilikni qilib, agar u koʻzga koʻrinmas zarra miqdorida boʻlsa ham yomonlikdan qochish kerak.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com