Sura 98
Bayyina
البَيِّنَةِ
Al-Bayyinah · Madaniy · 8 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
لَمْ يَكُنِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ وَٱلْمُشْرِكِينَ مُنفَكِّينَ حَتَّىٰ تَأْتِيَهُمُ ٱلْبَيِّنَةُ
Lam ya kunil lazeena kafaru min ahlil kitaabi wal mushri keena mun fak keena hattaa ta-tiya humul bayyinah
Ahli kitob va mushriklardan boʻlgan kufr keltirganlar «bayyina» kelmaguncha ajralmasdilar.
- 2
رَسُولٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ يَتْلُوا۟ صُحُفًۭا مُّطَهَّرَةًۭ
Rasoolum minal laahi yatlu suhufam mutahharah
U (bayyina), Alloh tarafidan yuborilgan Rasul boʻlib, poklangan sahifalarni tilovat qiladur.
- 3
فِيهَا كُتُبٌۭ قَيِّمَةٌۭ
Feeha kutubun qaiyimah
Ularda ajoyib bitiklar bor.
- 4
وَمَا تَفَرَّقَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَةُ
Wa maa tafarraqal lazeena ootul kitaaba il-la mim b'adi ma jaa-at humul baiyyinah
Kitob berilganlar ularga «bayyina» kelganidan soʻnggina boʻlinib ketishdi.
- 5
وَمَآ أُمِرُوٓا۟ إِلَّا لِيَعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ حُنَفَآءَ وَيُقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ ۚ وَذَٰلِكَ دِينُ ٱلْقَيِّمَةِ
Wa maa umiroo il-la liy'abu dul laaha mukhliseena lahud-deena huna faa-a wa yuqeemus salaahta wa yu-tuz zakaata; wa zaalika deenul qaiyimah
Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilishga, Uning dinigagina ixlos qilishga, boshqa dinlarga moyil boʻlmaslikka, namozni toʻliq oʻqishga, zakot berishga buyurilgan edilar. Ana shu, toʻgʻri(millat)ning dinidir. [1]
[1] (Yahudiy va nasorolar Tavrot va Injilda faqat Alloh taoloning Oʻzigagina ibodat qilishga amr etilgan edilar.)
- 6
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ وَٱلْمُشْرِكِينَ فِى نَارِ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَآ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمْ شَرُّ ٱلْبَرِيَّةِ
Innal lazeena kafaru min ahlil kitaabi wal mushri keena fee nari jahan nama khaali deena feeha; ulaa-ika hum shar rul ba reeyah
Albatta, ahli kitob va mushriklardan boʻlgan kufr keltirganlar jahannam oʻtidadurlar, u yerda abadiy qolurlar. Undaylar xaloyiqning eng yomonidirlar.
- 7
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمْ خَيْرُ ٱلْبَرِيَّةِ
Innal lazeena aamanu wa 'amilus saalihaati ula-ika hum khairul bareey yah
Albatta, iymon keltirganlar va solih amallarni qilganlar, ana oʻshalar, xaloyiqning eng yaxshisidir.
- 8
جَزَآؤُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ جَنَّٰتُ عَدْنٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۖ رَّضِىَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا۟ عَنْهُ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَشِىَ رَبَّهُۥ
Jazaa-uhum inda rabbihim jan naatu 'adnin tajree min tahtihal an haaru khalideena feeha abada; radiy-yallaahu 'anhum wa ra du 'an zaalika liman khashiya rabbah.
Ularning mukofotlari Robbilari huzuridagi (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan «adn» jannatlaridir. U yerda abadul-abad qolurlar. Alloh ulardan rozi boʻldi, ular ham Undan rozi boʻldilar. Bu, Robbidan qoʻrqqanlar uchundir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
