Sura 93
Zuho
الضُّحَىٰ
Ad-Duhaa · Makkiy · 11 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
وَٱلضُّحَىٰ
Wad duhaa
Choshtgoh bilan qasam.
- 2
وَٱلَّيْلِ إِذَا سَجَىٰ
Wal laili iza sajaa
Sukunatga choʻmgan tun bilan qasam.
- 3
مَا وَدَّعَكَ رَبُّكَ وَمَا قَلَىٰ
Ma wad da'aka rabbuka wa ma qalaa
Robbing seni tark qilgani yoʻq, senga gʻazab ham qilgani yoʻq. [1]
[1] (Ushbu oyati karima mushriklar, Muhammadning Robbisi unga gʻazab qildi, uni tark etdi, deb gap tarqatganlarida raddiya sifatida tushgandir.)
- 4
وَلَلْءَاخِرَةُ خَيْرٌۭ لَّكَ مِنَ ٱلْأُولَىٰ
Walal-aakhiratu khairul laka minal-oola
Va albatta, oxirat sen uchun bu dunyodan yaxshidir.
- 5
وَلَسَوْفَ يُعْطِيكَ رَبُّكَ فَتَرْضَىٰٓ
Wa la sawfa y'uteeka rabbuka fatarda
Va tezda Robbing senga ato qilur va sen rozi boʻlursan.
- 6
أَلَمْ يَجِدْكَ يَتِيمًۭا فَـَٔاوَىٰ
Alam ya jidka yateeman fa aawaa
U seni yetim topib, joylab qoʻymadimi?
- 7
وَوَجَدَكَ ضَآلًّۭا فَهَدَىٰ
Wa wa jadaka daal lan fahada
Va U seni hayron holda topib, hidoyatga boshlamadimi?
- 8
وَوَجَدَكَ عَآئِلًۭا فَأَغْنَىٰ
Wa wa jadaka 'aa-ilan fa aghnaa
Va U seni kambagʻal holda topib, boy qilmadimi?
- 9
فَأَمَّا ٱلْيَتِيمَ فَلَا تَقْهَرْ
Fa am mal yateema fala taqhar
Ammo yetimga qahr qilmagin.
- 10
وَأَمَّا ٱلسَّآئِلَ فَلَا تَنْهَرْ
Wa am mas saa-ila fala tanhar
Va ammo, «soil»ga zajr qilma. [2]
[2] («Soil» kelganda — biror narsasi boʻlsa berishi, boʻlmasa yaxshi muomala qilishi kerak.)
- 11
وَأَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ
Wa amma bi ni'mati rabbika fahad dith
Va ammo Robbingning bergan neʼmati haqida soʻzla.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
