Sura 91

Shams

الشَّمۡسِ

Ash-Shams · Makkiy · 15 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَٱلشَّمْسِ وَضُحَىٰهَا

    Wash shamsi wa duhaa haa

    Quyosh bilan va uning ziyosi bilan qasam.

  2. 2

    وَٱلْقَمَرِ إِذَا تَلَىٰهَا

    Wal qamari izaa talaa haa

    Uning ortidan kelgan oy bilan qasam.

  3. 3

    وَٱلنَّهَارِ إِذَا جَلَّىٰهَا

    Wannahaari izaa jallaa haa

    Va u(quyosh)ni ravshan koʻrsatgan nahor bilan qasam.

  4. 4

    وَٱلَّيْلِ إِذَا يَغْشَىٰهَا

    Wallaili izaa yaghshaa haa

    Va u(quyosh)ni qoplagan tun bilan qasam.

  5. 5

    وَٱلسَّمَآءِ وَمَا بَنَىٰهَا

    Wassamaaa'i wa maa banaahaa

    Va osmon bilan va uning bino qilinishi bilan qasam.

  6. 6

    وَٱلْأَرْضِ وَمَا طَحَىٰهَا

    Wal ardi wa maa tahaahaa

    Va yer bilan va uning toʻshalishi bilan qasam.

  7. 7

    وَنَفْسٍۢ وَمَا سَوَّىٰهَا

    Wa nafsinw wa maa sawwaahaa

    Va nafs bilan va uning mukammal qilinishi bilan qasam.

  8. 8

    فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَىٰهَا

    Fa-alhamahaa fujoorahaa wa taqwaahaa

    Bas, unga fujurini va taqvosini bildirdi.

  9. 9

    قَدْ أَفْلَحَ مَن زَكَّىٰهَا

    Qad aflaha man zakkaahaa

    Batahqiq, kim u(nafs)ni poklasa, yutuqqa erishdi.

  10. 10

    وَقَدْ خَابَ مَن دَسَّىٰهَا

    Wa qad khaaba man dassaahaa

    Va batahqiq, kim u(nafs)ni kirlasa, noumid boʻldi.

  11. 11

    كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِطَغْوَىٰهَآ

    Kazzabat Samoodu bi taghwaahaaa

    Samud qavmi oʻz tugʻyoni ila yolgʻonga chiqardi.

  12. 12

    إِذِ ٱنۢبَعَثَ أَشْقَىٰهَا

    Izim ba'asa ashqaahaa

    Vaqtiki, uning eng badbaxti shoshilib turdi.

  13. 13

    فَقَالَ لَهُمْ رَسُولُ ٱللَّهِ نَاقَةَ ٱللَّهِ وَسُقْيَٰهَا

    Faqaala lahum Rasoolul laahi naaqatal laahi wa suqiyaahaa

    Bas, ularga Allohning Rasuli: «Allohning tuyasiga va uning suviga tegmanglar», dedi.

  14. 14

    فَكَذَّبُوهُ فَعَقَرُوهَا فَدَمْدَمَ عَلَيْهِمْ رَبُّهُم بِذَنۢبِهِمْ فَسَوَّىٰهَا

    Fakazzaboohu fa'aqaroohaa fadamdama 'alaihim Rabbuhum bizambihim fasaw waahaa

    Bas, (uni) yolgʻonchiga chiqarishdi va (tuyani) soʻyishdi. Bas, Robblari ularni gunohlari sababli yoʻq qilib yubordi va bunda barchani barobar qildi.

  15. 15

    وَلَا يَخَافُ عُقْبَٰهَا

    Wa laa yakhaafu'uqbaahaa

    Va U zot bu(ish)ning oqibatidan qoʻrqmas. [1]

    [1] (Bu dunyoning podshohlari oʻzlarining qilgan ishlaridan, oqibati nima boʻlarkin, deb hadiksirab turadilar. Alloh subhanahu va taolo esa bunday xavfdan mustasnodir.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com