Sura 90
Balad
البَلَدِ
Al-Balad · Makkiy · 20 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
لَآ أُقْسِمُ بِهَٰذَا ٱلْبَلَدِ
Laaa uqsimu bihaazal balad
Mana shu shahar bilan qasam.
- 2
وَأَنتَ حِلٌّۢ بِهَٰذَا ٱلْبَلَدِ
Wa anta hillum bihaazal balad
Sen muqim turgan bu shahar-la.
- 3
وَوَالِدٍۢ وَمَا وَلَدَ
Wa waalidinw wa maa walad
Va Volid va undan tarqagan valadlar bilan qasam.
- 4
لَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ فِى كَبَدٍ
Laqad khalaqnal insaana fee kabad
Batahqiq, Biz insonni mashaqqatda yaratdik.
- 5
أَيَحْسَبُ أَن لَّن يَقْدِرَ عَلَيْهِ أَحَدٌۭ
Ayahsabu al-lai yaqdira 'alaihi ahad
U inson unga hech kimning kuchi yetmas, deb hisoblarmi?
- 6
يَقُولُ أَهْلَكْتُ مَالًۭا لُّبَدًا
Yaqoolu ahlaktu maalal lubadaa
U: «Koʻplab mol-dunyo nafaqa qildim», deydir. [1]
[1] (Mol-dunyo bilan gʻururga ketganlarga yaxshilik yoʻlida ehson qil, deb aytilsa, yuqoridagi gapni aytishadi. Vaholanki, yaxshilik yoʻlida hech narsa sarflamagan boʻladi.)
- 7
أَيَحْسَبُ أَن لَّمْ يَرَهُۥٓ أَحَدٌ
Ayahsabu al lam yarahooo ahad
U oʻzini birov koʻrmadi, deb hisoblaydirmi?
- 8
أَلَمْ نَجْعَل لَّهُۥ عَيْنَيْنِ
Alam naj'al lahoo 'aynayn
Biz unga ikki koʻzni.
- 9
وَلِسَانًۭا وَشَفَتَيْنِ
Wa lisaananw wa shafatayn
Va tilni va ikki labni bermadikmi?
- 10
وَهَدَيْنَٰهُ ٱلنَّجْدَيْنِ
Wa hadaynaahun najdayn
Va Biz uni ikki yoʻlga yoʻllab qoʻymadikmi?
- 11
فَلَا ٱقْتَحَمَ ٱلْعَقَبَةَ
Falaq tahamal-'aqabah
Bas, u dovon oshib oʻtmadi.
- 12
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلْعَقَبَةُ
Wa maaa adraaka mal'aqabah
Dovon qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?
- 13
فَكُّ رَقَبَةٍ
Fakku raqabah
U qul ozod qilishdir.
- 14
أَوْ إِطْعَٰمٌۭ فِى يَوْمٍۢ ذِى مَسْغَبَةٍۢ
Aw it'aamun fee yawmin zee masghabah
Yoki ocharchilik kunida taom berishdir.
- 15
يَتِيمًۭا ذَا مَقْرَبَةٍ
Yateeman zaa maqrabah
Qarindosh yetimga.
- 16
أَوْ مِسْكِينًۭا ذَا مَتْرَبَةٍۢ
Aw miskeenan zaa matrabah
Yoki tuproqqa qorilgan miskinga.
- 17
ثُمَّ كَانَ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلصَّبْرِ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلْمَرْحَمَةِ
Summa kaana minal lazeena aamanoo wa tawaasaw bissabri wa tawaasaw bilmarhamah
Soʻngra, iymon keltirganlar va bir-birini sabrga, mehr-shafqatga chaqirganlar boʻlsa...
- 18
أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ
Ulaaa'ika As-haabul maimanah
Ana oʻshalar oʻng tomon egalaridir.
- 19
وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا هُمْ أَصْحَٰبُ ٱلْمَشْـَٔمَةِ
Wallazeena kafaroo bi aayaatinaa hum as-haabul Mash'amah
Oyatlarimizga kufr keltirganlar chap tomon egalaridir.
- 20
عَلَيْهِمْ نَارٌۭ مُّؤْصَدَةٌۢ
Alaihim naarum mu'sadah
Ularni chiqib boʻlmaydigan oʻt-olov oʻrab olgandir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
