Sura 89

Fajr

الفَجۡرِ

Al-Fajr · Makkiy · 30 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَٱلْفَجْرِ

    Wal-Fajr

    Fajr bilan qasam.

  2. 2

    وَلَيَالٍ عَشْرٍۢ

    Wa layaalin 'ashr

    Va oʻn kecha bilan qasam. [1]

    [1] (Ulamolarimiz, ushbu oyatdagi oʻn kechadan murod Ramazon oyining oxirgi oʻn kechasi, ularda Laylatul qadr kechasi ham bor, deganlar.)

  3. 3

    وَٱلشَّفْعِ وَٱلْوَتْرِ

    Wash shaf'i wal watr

    Juftu toq bilan qasam.

  4. 4

    وَٱلَّيْلِ إِذَا يَسْرِ

    Wallaili izaa yasr

    Va yurgan tun bilan qasam.

  5. 5

    هَلْ فِى ذَٰلِكَ قَسَمٌۭ لِّذِى حِجْرٍ

    Hal fee zaalika qasamul lizee hijr

    Mana shularda aql egasi uchun (qanoatlantiruvchi) qasam bordir?!

  6. 6

    أَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِعَادٍ

    Alam tara kaifa fa'ala rabbuka bi'aad

    Sening Robbing Odga qanday (muomala) qilganini bilmadingmi?

  7. 7

    إِرَمَ ذَاتِ ٱلْعِمَادِ

    Iramaa zaatil 'imaad

    Baland ustunli «Iram»ga?

  8. 8

    ٱلَّتِى لَمْ يُخْلَقْ مِثْلُهَا فِى ٱلْبِلَٰدِ

    Allatee lam yukhlaq misluhaa fil bilaad

    Uning misli boshqa diyorlarda xalq qilinmaganga?

  9. 9

    وَثَمُودَ ٱلَّذِينَ جَابُوا۟ ٱلصَّخْرَ بِٱلْوَادِ

    Wa samoodal lazeena jaabus sakhra bil waad

    Va vodiyda xarsang toshlarni kesib (imorat yasagan) Samudni. [2]

    [2] (Robbing nima qilganini bilmadingmi?)

  10. 10

    وَفِرْعَوْنَ ذِى ٱلْأَوْتَادِ

    Wa fir'awna zil awtaad

    Va koʻp askarlari bor Firʼavnni. [3]

    [3] (Robbing nima qilganini bilmadingmi?)

  11. 11

    ٱلَّذِينَ طَغَوْا۟ فِى ٱلْبِلَٰدِ

    Allazeena taghaw fil bilaad

    Ular turli oʻlkalarda tugʻyonga ketgan edilar.

  12. 12

    فَأَكْثَرُوا۟ فِيهَا ٱلْفَسَادَ

    Fa aksaroo feehal fasaad

    Ular u(oʻlka)larda buzgʻunchilikni koʻpaytirgan edilar.

  13. 13

    فَصَبَّ عَلَيْهِمْ رَبُّكَ سَوْطَ عَذَابٍ

    Fasabba 'alaihim Rabbuka sawta 'azaab

    Bas, Robbing ularning boshiga turli azoblarni quydi.

  14. 14

    إِنَّ رَبَّكَ لَبِٱلْمِرْصَادِ

    Inna Rabbaka labil mirsaad

    Albatta, Robbing kuzatib turuvchidir. [4]

    [4] (U kim nima qilayotganini oʻta aniqlik bilan kuzatib turadi. Kuzatib turib tugʻyonga ketgan, haddidan oshgan va zulm qilganlarning jazosini beradi.)

  15. 15

    فَأَمَّا ٱلْإِنسَٰنُ إِذَا مَا ٱبْتَلَىٰهُ رَبُّهُۥ فَأَكْرَمَهُۥ وَنَعَّمَهُۥ فَيَقُولُ رَبِّىٓ أَكْرَمَنِ

    Fa ammal insaanu izaa mab talaahu Rabbuhoo fa akramahoo wa na' 'amahoo fa yaqoolu Rabbeee akraman

    Bas, qachon insonni Robbi sinash uchun ikrom qilsa va neʼmat bersa, «Meni Robbim ikrom qildi», deydir.

  16. 16

    وَأَمَّآ إِذَا مَا ٱبْتَلَىٰهُ فَقَدَرَ عَلَيْهِ رِزْقَهُۥ فَيَقُولُ رَبِّىٓ أَهَٰنَنِ

    Wa ammaaa izaa mabtalaahu faqadara 'alaihi rizqahoo fa yaqoolu Rabbeee ahaanan

    Bas, qachon Robbi sinash uchun rizqini tor qilib qoʻysa, u: «Robbim meni xorladi», deydir.

  17. 17

    كَلَّا ۖ بَل لَّا تُكْرِمُونَ ٱلْيَتِيمَ

    Kalla bal laa tukrimooo nal yateem

    Yoʻq! Balki sizlar yetimlarni ikrom qilmaysizlar.

  18. 18

    وَلَا تَحَٰٓضُّونَ عَلَىٰ طَعَامِ ٱلْمِسْكِينِ

    Wa laa tahaaaddoona 'alaata'aamil miskeen

    Bir-biringizni miskinlarga taom berishga undamaysizlar.

  19. 19

    وَتَأْكُلُونَ ٱلتُّرَاثَ أَكْلًۭا لَّمًّۭا

    Wa taakuloonat turaasa aklal lammaa

    Va merosni shiddat-la yeysizlar.

  20. 20

    وَتُحِبُّونَ ٱلْمَالَ حُبًّۭا جَمًّۭا

    Wa tuhibboonal maala hubban jammaa

    Va molni koʻp yaxshi koʻrasizlar.

  21. 21

    كَلَّآ إِذَا دُكَّتِ ٱلْأَرْضُ دَكًّۭا دَكًّۭا

    Kallaaa izaaa dukkatil ardu dakkan dakka

    Yoʻq! Vaqtiki, yer zilzilaga tushib, parcha-parcha boʻlib ketsa.

  22. 22

    وَجَآءَ رَبُّكَ وَٱلْمَلَكُ صَفًّۭا صَفًّۭا

    Wa jaaa'a Rabbuka wal malaku saffan saffaa

    Va Robbing va farishtalar saf-saf boʻlib kelsalar.

  23. 23

    وَجِا۟ىٓءَ يَوْمَئِذٍۭ بِجَهَنَّمَ ۚ يَوْمَئِذٍۢ يَتَذَكَّرُ ٱلْإِنسَٰنُ وَأَنَّىٰ لَهُ ٱلذِّكْرَىٰ

    Wa jeee'a yawma'izim bi jahannnam; Yawma 'iziny yatazakkarul insaanu wa annaa lahuz zikraa

    Va oʻsha kunda jahannamni keltirsa, oʻsha kunda inson eslaydir. Lekin bu eslashdan endi ne foyda.

  24. 24

    يَقُولُ يَٰلَيْتَنِى قَدَّمْتُ لِحَيَاتِى

    Yaqoolu yaa laitanee qaddamtu lihayaatee

    U: «Afsuski, oxirat hayotimga ham biror narsa taqdim qilsam boʻlar ekan», deydir.

  25. 25

    فَيَوْمَئِذٍۢ لَّا يُعَذِّبُ عَذَابَهُۥٓ أَحَدٌۭ

    Fa Yawma izil laa yu'azzibu 'azaabahooo ahad

    Bas, oʻsha kunda Allohning azobiga oʻxshash azob-la hech kim azoblamaydir.

  26. 26

    وَلَا يُوثِقُ وَثَاقَهُۥٓ أَحَدٌۭ

    Wa laa yoosiqu wasaaqa hooo ahad

    Va Uning bogʻlashiga oʻxshash hech kim bogʻlamaydir.

  27. 27

    يَٰٓأَيَّتُهَا ٱلنَّفْسُ ٱلْمُطْمَئِنَّةُ

    Yaaa ayyatuhan nafsul mutma 'innah

    Ey, xotirjam nafs!

  28. 28

    ٱرْجِعِىٓ إِلَىٰ رَبِّكِ رَاضِيَةًۭ مَّرْضِيَّةًۭ

    Irji'eee ilaa Rabbiki raadiyatam mardiyyah

    Robbingga sen Undan, U sendan rozi boʻlgan holda qayt!

  29. 29

    فَٱدْخُلِى فِى عِبَٰدِى

    Fadkhulee fee 'ibaadee

    Bas, bandalarim ichiga kirgin!

  30. 30

    وَٱدْخُلِى جَنَّتِى

    Wadkhulee jannatee

    Va jannatimga kirgin!

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com