Sura 9

Tavba

التَّوۡبَةِ

At-Tawbah · Madaniy · 129 oyat

  1. 1

    بَرَآءَةٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦٓ إِلَى ٱلَّذِينَ عَٰهَدتُّم مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Baraaa'atum minal laahi wa Rasooliheee ilal lazeena 'anhattum minal mushrikeen

    (Bu) Allohdan va Uning Rasulidan mushriklarning siz ahdlashganlaringizga «baroat» — ora ochiqligi (eʼloni)dir.

  2. 2

    فَسِيحُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍۢ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّكُمْ غَيْرُ مُعْجِزِى ٱللَّهِ ۙ وَأَنَّ ٱللَّهَ مُخْزِى ٱلْكَٰفِرِينَ

    Faseehoo fil ardi arba'ata ashhurinw wa'lamoooannakum ghairu mu'jizil laahi wa annal laaha mukhzil kaafireen

    Bas, yer yuzida toʻrt oy sayr qilib yuringlar va bilinglarki, albatta, siz Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz va, albatta, Alloh kofirlarni xor qilguvchidir. [1]

    [1] (Bu ish musulmonlar bilan tuzgan ahdni buzgan mushriklarga tegishlidir.)

  3. 3

    وَأَذَٰنٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦٓ إِلَى ٱلنَّاسِ يَوْمَ ٱلْحَجِّ ٱلْأَكْبَرِ أَنَّ ٱللَّهَ بَرِىٓءٌۭ مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ ۙ وَرَسُولُهُۥ ۚ فَإِن تُبْتُمْ فَهُوَ خَيْرٌۭ لَّكُمْ ۖ وَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّكُمْ غَيْرُ مُعْجِزِى ٱللَّهِ ۗ وَبَشِّرِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ

    Wa azaanum minal laahi wa Rasooliheee ilan naasi yawmal Hajjil Akbari annal laaha bareee'um minal mushrikeena wa Rasooluh; fa-in tubtum fahuwa khairullakum wa in tawallaitum fa'lamooo annakum ghairu mu'jizil laah; wa bashiril lazeena kafaroo biazaabin aleem

    (Bu) Alloh va Uning Rasulidan odamlarga «hajjul akbar» kunidagi bildirishdir. Albatta, Alloh va Uning Rasulining mushriklar bilan oralari ochiqdir. Bas, agar tavba qilsangiz, u oʻzingiz uchun yaxshidir. Agar yuz oʻgirib ketadigan boʻlsangiz, bilinglarki, albatta, sizlar Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz. Kufr keltirganlarga alamli azobning «bashoratini» beraver.

  4. 4

    إِلَّا ٱلَّذِينَ عَٰهَدتُّم مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ ثُمَّ لَمْ يَنقُصُوكُمْ شَيْـًۭٔا وَلَمْ يُظَٰهِرُوا۟ عَلَيْكُمْ أَحَدًۭا فَأَتِمُّوٓا۟ إِلَيْهِمْ عَهْدَهُمْ إِلَىٰ مُدَّتِهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُتَّقِينَ

    Illal lazeena 'aahattum minal mushrikeena summa lam yanqusookum shai'anw-wa lam yuzaahiroo 'alaikum ahadan fa atimmooo ilaihim 'ahdahum ilaa muddatihim; innal laaha yuhibbul muttaqeen

    Magar mushriklardan siz ahdlashganingizdan keyin hech narsani nuqson qilmaganlari va sizga qarshi birovga yordam bermaganlarining ahdlarini muddatlarigacha batamom qiling. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir.

  5. 5

    فَإِذَا ٱنسَلَخَ ٱلْأَشْهُرُ ٱلْحُرُمُ فَٱقْتُلُوا۟ ٱلْمُشْرِكِينَ حَيْثُ وَجَدتُّمُوهُمْ وَخُذُوهُمْ وَٱحْصُرُوهُمْ وَٱقْعُدُوا۟ لَهُمْ كُلَّ مَرْصَدٍۢ ۚ فَإِن تَابُوا۟ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُا۟ ٱلزَّكَوٰةَ فَخَلُّوا۟ سَبِيلَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Fa izansalakhal Ashhurul Hurumu faqtulul mushrikeena haisu wajattumoohum wa khuzoohum wahsuroohum qaq'udoo lahum kulla marsad; fa-in taaboo wa aqaamus Salaata wa aatawuz Zakaata fakhalloo sabeelahum; innal laaha Ghafoorur Raheem

    Bas, harom oylar chiqqanda, mushriklarni qayerda topsangiz, oʻldiringlar, tutinglar, qamal qilinglar va ularni har joyda poylanglar. Agar tavba qilsalar, namozni toʻkis ado etsalar va zakotni bersalar, yoʻllariga qoʻyib yuboringlar. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir. [2]

    [2] (Oyatdagi amr yigirma ikki yillik sabr-chidam natijasidir, tushuntirish, turli yoʻllarni axtarish va ahdnoma tuzishlar naf bermaganidan soʻng, shuningdek, chor atrofni xavf-xatar oʻrab olgandan keyin, Islom markazini ichki dushmandan tozalash niyatida qilingan buyruqdir. Bu amrdan maqsad qirib tashlash emas, balki haqiqatni yaxshilik bilan tushunmaganlarga bir oz taʼsir oʻtkazish ekanligi oyatning ikkinchi yarmidan ham bilinib turibdi.)

  6. 6

    وَإِنْ أَحَدٌۭ مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ ٱسْتَجَارَكَ فَأَجِرْهُ حَتَّىٰ يَسْمَعَ كَلَٰمَ ٱللَّهِ ثُمَّ أَبْلِغْهُ مَأْمَنَهُۥ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌۭ لَّا يَعْلَمُونَ

    Wa in ahadum minal mushrikeenas tajaaraka fa ajirhu hattaa yasma'a Kalaamal laahi summa ablighhu maa manah; zaalika bi annahum qawmul laa ya'lamoon

    Agar mushriklardan birontasi panoh soʻrasa, unga panoh ber, toki u, Allohning kalomini eshitsin. Soʻngra, uni omonlik joyiga yetkazib qoʻy. Bu, ularning bilmaydigan qavm boʻlganlari uchundir.

  7. 7

    كَيْفَ يَكُونُ لِلْمُشْرِكِينَ عَهْدٌ عِندَ ٱللَّهِ وَعِندَ رَسُولِهِۦٓ إِلَّا ٱلَّذِينَ عَٰهَدتُّمْ عِندَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ۖ فَمَا ٱسْتَقَٰمُوا۟ لَكُمْ فَٱسْتَقِيمُوا۟ لَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُتَّقِينَ

    Kaifa yakoonu lilmush rikeena 'ahdun 'indallaahi wa 'inda Rasoolihee illal lazeena 'aahattum 'indal Masjidil Haraami famas taqaamoo lakum fastaqeemoo lahum; innallaaha yuhibbul muttaqeen

    Qanday qilib mushriklarga Allohning huzurida va Uning Rasulining huzurida ahd boʻlsin?! Magar siz bilan Masjidul Harom oldida ahdlashganlar, sizga nisbatan mudom mustaqiym tursalar, siz ham mustaqiym turing. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir. [3]

    [3] (Ahdu paymon ularning faqat bir toifasiga, yaʼni musulmonlar bilan Masjidul Harom oldida, yaʼni Hudaybiyada ahdlashgan mushriklargagina boʻlishi mumkin. Agar ular ahdlarida tursalar, musulmonlar ham ahdida turadi. Modomiki ular ahdlarida turgan ekan, musulmonlar ham vafoli boʻlishlari shart. Chunki Islom — ahdga vafo dinidir.)

  8. 8

    كَيْفَ وَإِن يَظْهَرُوا۟ عَلَيْكُمْ لَا يَرْقُبُوا۟ فِيكُمْ إِلًّۭا وَلَا ذِمَّةًۭ ۚ يُرْضُونَكُم بِأَفْوَٰهِهِمْ وَتَأْبَىٰ قُلُوبُهُمْ وَأَكْثَرُهُمْ فَٰسِقُونَ

    Kaifa wa iny-yazharoo 'alaikum laa yarquboo feekum illanw wa laa zimmah; yurdoo nakum biafwaahihim wa taabaa quloobuhum wa aksaruhum faasiqoon

    Qanday qilib (ularga ahd boʻlsinki), ular agar sizdan ustun kelsalar, na ahdga va na burchga rioya etmaslar. Sizni ogʻizlari bilan rozi qiladilar-u, qalblari koʻnmas. Ularning koʻplari fosiqlardir.

  9. 9

    ٱشْتَرَوْا۟ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ ثَمَنًۭا قَلِيلًۭا فَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُمْ سَآءَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Ishtaraw bi Aayaatil laahi samanan qaleelan fasaddoo 'an sabeelih; innahum saaa'a maa kaanoo ya'maloon

    Ular Allohning oyatlarini ozgina bahoga sotib, Uning yoʻlidan toʻsdilar. Darhaqiqat, ularning qilganlari qanday ham yomon boʻldi?! [4]

    [4] (Mushriklar hammaga barobar kelgan Allohning oyatlarini qabul qilmay, undan bu dunyoning ozgina bahosini ustun koʻrdilar. Din yoʻliga yursalar, dunyoning matohidan ajralib qolaman yoki kamroq ulush olaman, deb oʻylashdi. Shuningdek, bu dunyodagi molidan sadaqa berishdan choʻchishdi. Shularni oʻylab, odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsishdi.)

  10. 10

    لَا يَرْقُبُونَ فِى مُؤْمِنٍ إِلًّۭا وَلَا ذِمَّةًۭ ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُعْتَدُونَ

    Laa yarquboona fee mu'minin illanw wa laa zimmah wa ulaaa 'ika humulmu 'tadoon

    Ular moʻmin haqida na ahdga va na burchga rioya qilmaslar. Ana oʻshalar, oʻzlari tajovuzkorlardir. [5]

    [5] (Ular boshqalarga nisbatan ahdga rioya qilishlari mumkin. Ammo moʻminga kelganda: «... na ahdga va na burchga rioya qilmaydilar».)

  11. 11

    فَإِن تَابُوا۟ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُا۟ ٱلزَّكَوٰةَ فَإِخْوَٰنُكُمْ فِى ٱلدِّينِ ۗ وَنُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَعْلَمُونَ

    Fa in taaboo wa aqaamus Salaata wa aatawuz Zakaata fa ikhwaanukum fid deen; wa nufassilul Aayaati liqawminy ya'lamoon

    Bas, agar tavba qilsalar, namozni toʻkis ado etsalar va zakotni bersalar, din qardoshingizdirlar. Biladigan qavm uchun oyatlarimizni batafsil bayon qilamiz.

  12. 12

    وَإِن نَّكَثُوٓا۟ أَيْمَٰنَهُم مِّنۢ بَعْدِ عَهْدِهِمْ وَطَعَنُوا۟ فِى دِينِكُمْ فَقَٰتِلُوٓا۟ أَئِمَّةَ ٱلْكُفْرِ ۙ إِنَّهُمْ لَآ أَيْمَٰنَ لَهُمْ لَعَلَّهُمْ يَنتَهُونَ

    Wa in nakasooo aimaanahum mim ba'di 'ahdihim wa ta'anoo fee deenikum faqaatilooo a'immatal kufri innahum laaa aimaana lahum la'allahum yantahoon

    Agar ahd berganlaridan keyin ahdlarini buzsalar va diningizga taʼna toshini otsalar, kufrboshilarga qarshi jang qiling! Zero, ularning ahdlari yoʻqdir. Shoyadki, toʻxtasalar. [6]

    [6] (Ular oʻzlari rozi boʻlib ahdnoma tuzganlaridan soʻng, oʻzlari uni buzsalar, buning ustiga, sizning diningiz Islomga taʼna toshini otsalar, ular kufrboshi, kofirlarning boshligʻi — imomi boʻladilar. Ularga qarshi jang qilish lozim. Chunki ular ahdga vafo qilmaydigan odamlardir. Urush ularni yoʻqotish uchun emas, dushmanliklarini toʻxtatish uchundir.)

  13. 13

    أَلَا تُقَٰتِلُونَ قَوْمًۭا نَّكَثُوٓا۟ أَيْمَٰنَهُمْ وَهَمُّوا۟ بِإِخْرَاجِ ٱلرَّسُولِ وَهُم بَدَءُوكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ ۚ أَتَخْشَوْنَهُمْ ۚ فَٱللَّهُ أَحَقُّ أَن تَخْشَوْهُ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

    Alaa tuqaatiloona qawman nakasooo aimaanahum wa hammoo bi ikhraajir Rasooli wa hum bada'ookum awwala marrah; atakhshawnahum; fallaahu ahaqqu an takhshawhu in kuntum mu'mineen

    Ahdlarini buzgan, Rasulni (yurtdan) chiqarishga qasd qilgan va sizga (qarshi) birinchi boʻlib (urush) boshlagan qavm bilan urushmaysizmi?! Ulardan qoʻrqasizmi?! Agar moʻmin boʻlsangiz, qoʻrqishingizga loyiq zot Allohdir! [7]

    [7] (Ushbu oyati karimada mushriklarga qarshi urushning baʼzi sabablari bayon qilinmoqda. Musulmonlar orasida ham, qavm bilan nima uchun urushamiz, degan savol tugʻilishi mumkin. Shunday savolga savol bilan javob berilmoqda.)

  14. 14

    قَٰتِلُوهُمْ يُعَذِّبْهُمُ ٱللَّهُ بِأَيْدِيكُمْ وَيُخْزِهِمْ وَيَنصُرْكُمْ عَلَيْهِمْ وَيَشْفِ صُدُورَ قَوْمٍۢ مُّؤْمِنِينَ

    Qaatiloohum yu'az zibhumul laahu bi aideekum wa yukhzihim wa yansurkum 'alaihim wa yashfi sudoora qawmim mu 'mineen

    Ularga qarshi jang qilinglar! Alloh ularni sizning qoʻlingiz bilan azoblaydir, xorlaydir va ularga qarshi sizga yordam beradir. Va moʻmin qavmlarning koʻngillariga shifo beradir.

  15. 15

    وَيُذْهِبْ غَيْظَ قُلُوبِهِمْ ۗ وَيَتُوبُ ٱللَّهُ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

    Wa yuzhib ghaiza quloobihim; wa yatoobullaahu 'alaa mai yashaaa'; wallaahu 'Aleemun Hakeem

    Va qalblaridagi achchiqni ketkazadir. Alloh kimni xohlasa, oʻshaning tavbasini qabul qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. [8]

    [8] (Yaʼni, muhimi sizlar jang qilaveringlar, bu yogʻini Allohning Oʻzi biladi. Alloh sizlarni qudratiga parda qila turib, qoʻllaringiz bilan mushriklarni azoblaydi, xorlaydi. Moʻminlarga nusrat, mushriklarga magʻlubiyat berish bilan avvalda mushriklar ozorlagan moʻminlarning koʻngillarini davolaydi. Islomga yordam berib, uni kufrdan ustun qilish bilan moʻminlarning qalbida yigʻilib qolgan achchiqlarni ketkazadi.)

  16. 16

    أَمْ حَسِبْتُمْ أَن تُتْرَكُوا۟ وَلَمَّا يَعْلَمِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ جَٰهَدُوا۟ مِنكُمْ وَلَمْ يَتَّخِذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَا رَسُولِهِۦ وَلَا ٱلْمُؤْمِنِينَ وَلِيجَةًۭ ۚ وَٱللَّهُ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

    Am hasibtum an turakoo wa lammaa ya'lamil laahul lazeena jaahadoo minkum wa lam yattakhizoo min doonil laahi wa laa Rasoolihee wa lalmu'mineena waleejah; wallaahu khabeerum bimaa ta'maloon

    Sizdan jihod qilganlarni, Allohdan, Uning Rasulidan va moʻminlardan oʻzgani doʻst tutmaganlarni bilmay turib, Alloh tomonidan tark etib qoʻyilmogʻingizni oʻyladingizmi? Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardor Zotdir. [9]

    [9] (Daʼvat qilib dinga qiziqtirilganda, odamlar koʻpchilikka qoʻshilaveradilar. Turli fikr, maqsad va gʻaraz bilan oʻzini musulmon koʻrsatishga hamma urinaveradi. Baʼzilar sirtdan oʻzini musulmon koʻrsatib, ichdan Allohdan boshqani doʻst tutgan boʻlishi mumkin. Moʻminlardan boshqani doʻst tutgan boʻlishi mumkin. Bunday kishilarning haqiqiy basharalarini ochish uchun soxtakorlar chiday olmaydigan qiyinroq ish taklif qilinadi. Jihod ana oʻsha ishlardan biridir. Jihodda haqiqiy moʻmin-musulmonlar boshqalardan ajralib chiqib qoladilar.)

  17. 17

    مَا كَانَ لِلْمُشْرِكِينَ أَن يَعْمُرُوا۟ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ شَٰهِدِينَ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِم بِٱلْكُفْرِ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ وَفِى ٱلنَّارِ هُمْ خَٰلِدُونَ

    maa kaana lilmushrikeena ai ya'muroo masaajidal laahi shaahideena 'alaaa anfusihim bilkufr; ulaaa'ika habitat a'maaluhum wa fin naari hum khaalidoon

    Mushriklarga, oʻzlarining kofir ekanliklariga guvoh boʻlgan hollarida, Allohning masjidlarini obod qilishlari joiz emas. Ana oʻshalar amallari habata boʻlganlardir va ular doʻzaxda abadiy qoluvchilardir.

  18. 18

    إِنَّمَا يَعْمُرُ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ مَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَأَقَامَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَى ٱلزَّكَوٰةَ وَلَمْ يَخْشَ إِلَّا ٱللَّهَ ۖ فَعَسَىٰٓ أُو۟لَٰٓئِكَ أَن يَكُونُوا۟ مِنَ ٱلْمُهْتَدِينَ

    Innamaa ya'muru masaa jidal laahi man aamana billaahi wal Yawmil Aakhiri wa aqaamas Salaata wa aataz Zakaata wa lam yakkhsa illal laaha fa'asaaa ulaaa'ika ai yakoonoo minal muhtadeen

    Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni toʻkis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qoʻrqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana oʻshalar hidoyat topguvchilardan boʻlsalar.

  19. 19

    ۞ أَجَعَلْتُمْ سِقَايَةَ ٱلْحَآجِّ وَعِمَارَةَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ كَمَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَجَٰهَدَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ لَا يَسْتَوُۥنَ عِندَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Aja'altum siqaayatal haaajji wa 'imaaratal masjidil haraami kamman aamana billaahi wal Yawmil Aakhiri wa jaahada fee sabeelil laah; laa yastawoona 'indal laah; wallaahu laa yahdil qawmaz zaalimeen

    Hojilarga suv berishni va Masjidul Haromni obod qilishni Allohga, oxirat kuniga iymon keltirgan va Allohning yoʻlida jihod qilgan kabi qildingizmi?! Ular Allohning huzurida teng emaslar. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. [10]

    [10] (Makka mushriklari Masjidul Haromning va hajning xizmatlarini taqsimlab olishgan edi, ayniqsa, hojilarga suv berish alohida martaba hisoblanardi. Bu ishlardan mushriklar doimo faxrlanib yurishar edi. Hatto kishilar orasida bu haqda tortishuvlar ham boʻlib turardi. Oyatda bu ishning haqiqiy bahosi berilmoqda.)

  20. 20

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَهَاجَرُوا۟ وَجَٰهَدُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ أَعْظَمُ دَرَجَةً عِندَ ٱللَّهِ ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ

    Allazeena aamanoo wa haajaroo wa jaahadoo fee sabeelil laahi bi amwaalihim wa anufsihim a'zamu darajatan 'indal laah; wa ulaaa'ika humul faaa'izoon

    Iymon keltirib, hijrat qilganlar va Allohning yoʻlida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilganlarning darajalari Allohning huzurida juda ulugʻdir. Ana oʻshalar yutuqqa erishuvchilardir.

  21. 21

    يُبَشِّرُهُمْ رَبُّهُم بِرَحْمَةٍۢ مِّنْهُ وَرِضْوَٰنٍۢ وَجَنَّٰتٍۢ لَّهُمْ فِيهَا نَعِيمٌۭ مُّقِيمٌ

    Yubashshiruhum Rabbuhum birahmatim minhu wa ridwaaninw wa Jannaatil lahum feehaa na'eemum muqeem

    Robbilari ularga Oʻz tarafidan boʻlgan rahmat, rozilik va ichida ularga atalgan doimiy neʼmatlar bor jannatlarning bashoratini beradir. [11]

    [11] (Yaʼni, iymon keltirib, hijrat qilib, mollari va jonlari bilan jihodga chiqqan bandalar, ana shunday yutuqlarga erishadilar.)

  22. 22

    خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥٓ أَجْرٌ عَظِيمٌۭ

    Khaalideena feehaaa abadaa; innal laaha 'indahooo ajrun 'azeem

    Ular unda abadiy qoluvchilardir. Albatta, Alloh — huzurida ulugʻ ajr bor Zotdir.

  23. 23

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوٓا۟ ءَابَآءَكُمْ وَإِخْوَٰنَكُمْ أَوْلِيَآءَ إِنِ ٱسْتَحَبُّوا۟ ٱلْكُفْرَ عَلَى ٱلْإِيمَٰنِ ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa tattakhizooo aabaaa 'akum wa ikhwaanakum awliyaaa'a inis tahabbul kufra 'alal eemaan; wa mai yatawal lahum minkum fa ulaaa'ika humuz zaalimoon

    Ey, iymon keltirganlar! Agar kufrni iymondan ustun koʻrsalar, ota-onangiz va aka-ukalaringizni doʻst tutmang. Sizdan kim ularni doʻst tutsa, bas, ana oʻshalar, oʻzlari zolimlardir. [12]

    [12] (Islom aqidasi uchun sof qalb kerak. Aqida toza qalbdan joy olishi uchun undan boshqa manfaatlar uzilishi lozim. Yaʼni, iymon, eʼtiqod, dinu diyonat masalasi hamma narsadan ustun qoʻyilmogʻi kerak. Hatto ota-ona va aka-uka kabi dunyodagi eng yaqin kishilar boshqa diyonatni tanlagan boʻlsalar, ularni ham doʻst tutib boʻlmaydi. Yaʼni, qalbdan yaxshi koʻrish mumkin emas. Ular bilan aloqa, muomalalar boʻlaveradi, ammo qalb faqat aqida uchun xolis qoladi. Kufrni ixtiyor etgan qarindoshlarni doʻst-valiy tutish shirkning bir koʻrinishidir. Shuning uchun bu ishni qilganlar oyatda zolimlar deb atalmoqdalar.)

  24. 24

    قُلْ إِن كَانَ ءَابَآؤُكُمْ وَأَبْنَآؤُكُمْ وَإِخْوَٰنُكُمْ وَأَزْوَٰجُكُمْ وَعَشِيرَتُكُمْ وَأَمْوَٰلٌ ٱقْتَرَفْتُمُوهَا وَتِجَٰرَةٌۭ تَخْشَوْنَ كَسَادَهَا وَمَسَٰكِنُ تَرْضَوْنَهَآ أَحَبَّ إِلَيْكُم مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَجِهَادٍۢ فِى سَبِيلِهِۦ فَتَرَبَّصُوا۟ حَتَّىٰ يَأْتِىَ ٱللَّهُ بِأَمْرِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ

    Qul in kaana aabaaa'ukum wa abnaaa'ukum wa ikhwaanukum wa azwaajukum wa 'asheeratukum wa amwaaluniq taraftumoohaa wa tijaaratun takhshawna kasaadahaa wa masaakinu tardawnahaaa ahabba ilaikum minal laahi wa Rasoolihee wa Jihaadin fee Sabeelihee fatarabbasoo hattaa yaatiyallaahu bi amrih; wallaahu laa yahdil qawmal faasiqeen

    «Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urugʻlaringiz, kasb qilgan mollaringiz, kasod boʻlishdan qoʻrqqan tijoratlaringiz va xush koʻrgan maskanlaringiz sizga Allohdan, Uning Rasuli va Uning yoʻlida jiddu jahd qilishdan mahbubroq boʻlsa, u holda, Alloh Oʻz amrini keltirguncha kutib turing. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmas», – deb ayt. [13]

    [13] (Oyati karimada inson uchun bu dunyoda eng qadrli sakkiz narsa eslatilib, ulardan ham mahbubroq narsa Alloh, Uning Rasuli va Uning yoʻlida jihod qilish boʻlmogʻi lozimligi uqtirilmoqda. Mazkur sakkiz narsaning hammasi yoki birortasi insonga Allohdan, Uning Rasulidan va Uning yoʻlida jihod qilishdan mahbub boʻlsa, unda u insonning iymoni nuqsonga uchraydi. Bu dunyoda ota-ona insonlar uchun juda qadrdon hisoblanadilar. Islom dini ularga yaxshilik qilishni, ularni hurmatlash va eʼzozlashni qattiq tayinlagan. Ammo shunday boʻlsa-da, ularning muhabbati Allohdan, Uning Rasulidan va jihoddan ustun boʻla olmaydi. Musulmon odam bu haqiqatni bilmogʻi lozim.)

  25. 25

    لَقَدْ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ فِى مَوَاطِنَ كَثِيرَةٍۢ ۙ وَيَوْمَ حُنَيْنٍ ۙ إِذْ أَعْجَبَتْكُمْ كَثْرَتُكُمْ فَلَمْ تُغْنِ عَنكُمْ شَيْـًۭٔا وَضَاقَتْ عَلَيْكُمُ ٱلْأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ ثُمَّ وَلَّيْتُم مُّدْبِرِينَ

    Laqad nasarakumul laahu fee mawaatina kaseeratinw wa yawma Hunainin iz a'jabatkum kasratukum falam tughni 'ankum shai'anw wa daaqat 'alaikumul ardu bimaa rahubat summa wallaitum mudbireen

    Batahqiq, Alloh sizlarga koʻp joylarda nusrat berdi. Hunayn kunida ham. Oʻshanda sizni koʻpligingiz magʻrur qilgan edi. Bas, sizga hech foyda bermadi va keng yer sizga torlik qilib qoldi. Soʻngra, ortga qarab qochdingiz.

  26. 26

    ثُمَّ أَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَعَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَأَنزَلَ جُنُودًۭا لَّمْ تَرَوْهَا وَعَذَّبَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ وَذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Summa anzalal laahu sakeenatahoo 'alaa Rasoolihee wa 'alalmu 'mineena wa anzala junoodal lam tarawhaa wa azzabal lazeena kafaroo; wa zaalika jazaaa'ul kaafireen

    Soʻngra, Alloh sokinligini Paygʻambariga va moʻminlarga tushirdi hamda siz koʻrmaydigan lashkarlarni tushirdi va kufr keltirganlarni azobladi. Ana oʻsha, kofirlarning jazosidir.

  27. 27

    ثُمَّ يَتُوبُ ٱللَّهُ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Summa yatoobul laahu mim ba'di zaalika 'alaa mai yashaaa'; wallaahu Ghafoorur Raheem

    Soʻngra, oʻshandan keyin Alloh Oʻzi xohlagan kishilarning tavbasini qabul qildi. Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  28. 28

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّمَا ٱلْمُشْرِكُونَ نَجَسٌۭ فَلَا يَقْرَبُوا۟ ٱلْمَسْجِدَ ٱلْحَرَامَ بَعْدَ عَامِهِمْ هَٰذَا ۚ وَإِنْ خِفْتُمْ عَيْلَةًۭ فَسَوْفَ يُغْنِيكُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦٓ إِن شَآءَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanooo innamal mushrikoona najasun falaa yaqrabul Masjidal Haraama ba'da 'aamihim haaza; wa in khiftum 'ailatan fasawfa yughnee kumul laahu min fadliheee in shaaa'; innallaaha 'Aleemun hakeem

    Ey, iymon keltirganlar! Albatta, mushriklar najasdirlar, bunga shubha yoʻq, bu yillaridan keyin Masjidul Haromga yaqin kelmasinlar. Agar faqirlikdan qoʻrqsangiz, Alloh, Oʻzi xohlasa, sizni tezda fazli ila boy qilib qoʻyadir. Albatta, Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. [14]

    [14] (Aqidalari buzuq mushriklar maʼnaviy jihatdan najas hisoblanadilar. Ushbu oyati karima hukmiga binoan ular Masjidul Haromga yaqin kelishlari mumkin emas. Oyatda «bu yillaridan» iborasi bilan toʻqqizinchi hijriy yili nazarda tutilgan. Oʻsha yili, yuqorida oʻrganganimizdek, Hazrati Abu Bakr amirliklarida haj boʻlgan va hazrati Ali bu oyatlarni hajga kelganlarga oʻqib, hukmini tushuntirganlar. Oʻsha yildan boshlab mushriklarning Masjidul Haromga kelishlari man qilingan. Buning uchun haram chegarasi belgi qilib olindi. Makkai Mukarramaning atrofidagi oʻsha chegaradan musulmon emaslarga ichkari kirishga ruxsat berilmaydigan boʻldi.)

  29. 29

    قَٰتِلُوا۟ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَلَا بِٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَلَا يُحَرِّمُونَ مَا حَرَّمَ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَلَا يَدِينُونَ دِينَ ٱلْحَقِّ مِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ حَتَّىٰ يُعْطُوا۟ ٱلْجِزْيَةَ عَن يَدٍۢ وَهُمْ صَٰغِرُونَ

    Qaatilul lazeena laa yu'minoona billaahi wa laa bil yawmil Aakhiri wa laa yuharrimoona maa harramal laahu wa Rasooluhoo wa laa yadeenoona deenal haqqi minal lazeena ootul Kitaaba hattaa yu'tul jizyata ai yadinw wa hum saaghiroon

    Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydiganlarga, Alloh va Uning Rasuli harom qilgan narsalarni harom deb bilmaydigan va haq dinga yurmaydigan kitob berilganlarga qarshi, to ular boʻyinsungan hollarida oʻz qoʻllari bilan «jizya» bermagunicha, jang qiling. [15]

    [15] (Jizya, gʻayridin kishining Islom himoyasi ostida yashashi, musulmonlar tomonidan taqdim etilgan ommaviy xizmatlardan foydalanishi va boshqa sabablar uchun Islom davlatiga toʻlab turiladigan mablagʻdir. Jizyani oʻz qoʻli bilan boʻyinsungan holda beradigan ahli kitoblarga qarshi musulmonlar urushmaydilar.)

  30. 30

    وَقَالَتِ ٱلْيَهُودُ عُزَيْرٌ ٱبْنُ ٱللَّهِ وَقَالَتِ ٱلنَّصَٰرَى ٱلْمَسِيحُ ٱبْنُ ٱللَّهِ ۖ ذَٰلِكَ قَوْلُهُم بِأَفْوَٰهِهِمْ ۖ يُضَٰهِـُٔونَ قَوْلَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَبْلُ ۚ قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُ ۚ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ

    Q qaalatil yahoodu 'Uzairunib nul laahi wa qaalatin Nasaaral Maseehub nul laahi zaalika qawluhum bi afwaahihim yudaahi'oona qawlal lazeena kafaroo min qabl; qatalahumul laah; annaa yu'fakoon

    Yahudiylar: «Uzayr Allohning oʻgʻlidir», – dedilar. Nasorolar: «Masiyh Allohning oʻgʻlidir», – dedilar. Bu ogʻizlari bilan aytgan gaplaridir. Avvalgi kufr keltirganlarning gapiga oʻxshaturlar. Alloh ularni laʼnatlasin. Qayon burilmoqdalar?!

  31. 31

    ٱتَّخَذُوٓا۟ أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَٰنَهُمْ أَرْبَابًۭا مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَٱلْمَسِيحَ ٱبْنَ مَرْيَمَ وَمَآ أُمِرُوٓا۟ إِلَّا لِيَعْبُدُوٓا۟ إِلَٰهًۭا وَٰحِدًۭا ۖ لَّآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    ittakhazooo ahbaarahum wa ruhbaanahum arbaabammin doonil laahi wal Maseehab na Maryama wa maaa umirooo illaa liya'budooo Ilaahanw Waa hidan laaa ilaaha illaa Hoo; Subhaanahoo 'ammaa yushrikoon

    Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining hibr va rohiblarini hamda Masiyh ibn Maryamni Robb tutdilar. Ular faqat bitta ilohdan boshqaga ibodat qilmaslikka amr qilingan edilar. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan pokdir. [16]

    [16] (Adiy ibn Hotim johiliyat davrida nasroniylik diniga kirgan ekan. Singlisi borib akasini Islomga targʻib qilibdi. Rasululloh alayhissalotu vassalom huzurlariga borishga undabdi. U Madinaga borganida, boʻyniga kumushdan yasalgan xoch taqqan holida Rasululloh alayhissalotu vassalomning huzurlariga kiradi. Shunda u zot: «Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining hibr va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni Robb tutdilar», oyatini tilovat qilayotgan edilar. Adiy roziyallohu anhu aytadilarki: «Men: «Ularga hech ibodat qilishgani yoʻq», dedim. U zot alayhissalotu vassalom: «Lekin ularga halolni harom qildilar va haromni halol qildilar, ular esa ergashdilar. Ana oʻsha ularga ibodat qilishdir», dedilar».)

  32. 32

    يُرِيدُونَ أَن يُطْفِـُٔوا۟ نُورَ ٱللَّهِ بِأَفْوَٰهِهِمْ وَيَأْبَى ٱللَّهُ إِلَّآ أَن يُتِمَّ نُورَهُۥ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْكَٰفِرُونَ

    Yureedoona ai yutfi'oo nooral laahi bi'afwaahihim wa yaaballaahu illaaa ai yutimma noorahoo wa law karihal kaafiroon

    Ular Allohning nurini ogʻizlari bilan oʻchirmoqchi boʻlurlar. Alloh esa, garchi kofirlar yoqtirmasa ham, Oʻz nurini batamom qilishdan boshqa har narsadan bosh tortadir. [17]

    [17] (Yaʼni, faqat Oʻz nurining toʻkis boʻlishini istaydi.)

  33. 33

    هُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلْهُدَىٰ وَدِينِ ٱلْحَقِّ لِيُظْهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُشْرِكُونَ

    huwal lazeee ar sala Rasoolahoo bilhudaa wa deenil haqqi liyuzhirahoo 'alad deeni kullihee wa law karihal mushrikoon

    U, garchi mushriklar yoqtirmasa ham, Oʻz Rasulini hidoyat va haq din bilan uni hamma dindan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir. [18]

    [18] (Alloh taolo Paygʻambari Muhammad alayhissalotu vassalomni hidoyat va haq din bilan yuborgan. U dini Islomning dunyodagi barcha dinlardan ustun boʻlishini xohlaydi. Ahli kitoblar Allohning bu xohishiga qarshi chiqadilar. Ular Islomning boshqa dinlardan ustunligini koʻra olmaydilar. Shuning uchun qoʻllaridan kelgan barcha yomonliklarni qiladilar.)

  34. 34

    ۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّ كَثِيرًۭا مِّنَ ٱلْأَحْبَارِ وَٱلرُّهْبَانِ لَيَأْكُلُونَ أَمْوَٰلَ ٱلنَّاسِ بِٱلْبَٰطِلِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۗ وَٱلَّذِينَ يَكْنِزُونَ ٱلذَّهَبَ وَٱلْفِضَّةَ وَلَا يُنفِقُونَهَا فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍۢ

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanooo inna kaseeramminal ahbaari warruhbaani la yaakuloona amwaalan naasi bil baatili wa yasuddoona 'an sabeelil laah; wallazeena yaknizoonaz zahaba wal fiddata wa laayunfiqoonahaa fee sabeelil laahi fabashshirhum bi'azaabin aleem

    Ey, iymon keltirganlar! Albatta, hibr va rohiblarning koʻplari odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yerlar va Allohning yoʻlidan toʻsarlar. Oltin va kumushni xazinaga bosadigan, Allohning yoʻlida sarflamaydiganlarga alamli azobning bashoratini beraver. [19]

    [19] (Ahli kitoblarning hibr va rohiblari mol-dunyoga oʻchligi tarixda maʼlum va mashhurdir. Ular odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yeganlar. Ushbu oyati karimada bu qabih ish ularning «koʻplariga» nisbat berilmoqda. Ozchiligi botil yoʻl bilan odamlarning molini yeyishga qiziqmaydi. Bu esa, voqelikka toʻgʻri keladi. Bir vaqtlar hibr va rohiblar toʻplagan dunyolari podshoh va imperatorlarnikidan ham koʻpligi oshkor boʻlgan. Oyati karimada bayon qilinishicha, hibr va rohiblar faqat odamlarning mollarini botil yoʻl orqali yeyish bilan kifoyalanib qolishmaydi. Balki Allohning yoʻlidan toʻsadilar ham.)

  35. 35

    يَوْمَ يُحْمَىٰ عَلَيْهَا فِى نَارِ جَهَنَّمَ فَتُكْوَىٰ بِهَا جِبَاهُهُمْ وَجُنُوبُهُمْ وَظُهُورُهُمْ ۖ هَٰذَا مَا كَنَزْتُمْ لِأَنفُسِكُمْ فَذُوقُوا۟ مَا كُنتُمْ تَكْنِزُونَ

    Yawma yuhmaa 'alaihaa fee naari jahannama fatukwaa bihaa jibaahuhum haazaa maa kanaztum li anfusikum fazooqoo maa kuntum taknizoon

    Bir kuni oʻsha(oltin-kumush)larni jahannam oʻtida qizitilur va peshonalari, yonboshlari hamda orqalariga bosilib: «Mana bu oʻzingiz uchun toʻplagan narsangiz, bas, endi toʻplab yurgan narsangizni tatib koʻring!» – deyilur.

  36. 36

    إِنَّ عِدَّةَ ٱلشُّهُورِ عِندَ ٱللَّهِ ٱثْنَا عَشَرَ شَهْرًۭا فِى كِتَٰبِ ٱللَّهِ يَوْمَ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ مِنْهَآ أَرْبَعَةٌ حُرُمٌۭ ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلْقَيِّمُ ۚ فَلَا تَظْلِمُوا۟ فِيهِنَّ أَنفُسَكُمْ ۚ وَقَٰتِلُوا۟ ٱلْمُشْرِكِينَ كَآفَّةًۭ كَمَا يُقَٰتِلُونَكُمْ كَآفَّةًۭ ۚ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُتَّقِينَ

    Inna 'iddatash shuhoori 'indal laahis naa 'ashara shahran fee Kitaabil laahi yawma khalaqas samaawaati wal arda minhaaa arba'atun hurum; zaalikad deenul qaiyim; falaa tazlimoo feehinna anfusakum; wa qaatilul mushrikeena kaaaf fattan kamaa yuqaati loonakum kaaaffah; wa'lamooo annal laaha ma'al muttaqeen

    Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni oʻn ikki oy qilib belgilangan. Ulardan toʻrttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu toʻgʻri dindir. U(oy)larda oʻzingizga zulm qilmang. Mushriklarga qarshi jam boʻlib, ular sizga qarshi jam boʻlib urushayotgandek, urush qiling. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir. [20]

    [20] (Ushbu oyati karima oylarning hisobi, tabiiy ravishda, Alloh osmonlaru Yerni yaratgan paytdayoq, ularning harakatiga bogʻliq qilinib oʻn ikki etib belgilanganligini bayon qilmoqda. Bu doimiy ravishda bir xil turadigan sobit hisobdir. Unda insonning hech dahli yoʻq. Inson faqat Alloh yaratgan narsalarga qarab, Alloh bergan aql bilan oylarni sanaydi, xolos.)

  37. 37

    إِنَّمَا ٱلنَّسِىٓءُ زِيَادَةٌۭ فِى ٱلْكُفْرِ ۖ يُضَلُّ بِهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُحِلُّونَهُۥ عَامًۭا وَيُحَرِّمُونَهُۥ عَامًۭا لِّيُوَاطِـُٔوا۟ عِدَّةَ مَا حَرَّمَ ٱللَّهُ فَيُحِلُّوا۟ مَا حَرَّمَ ٱللَّهُ ۚ زُيِّنَ لَهُمْ سُوٓءُ أَعْمَٰلِهِمْ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Innamma naseee'u ziyaadatun filkufri yudallu bihillazeena kafaroo yuhil loonahoo 'aamanw wa yuhar rimoonahoo 'aamalliyu watti'oo 'iddata maa harramal laah; zuyyina lahum sooo'u a'maalihim; wallaahu laa yahdil qawmal kaafireen

    Albatta, «nasiyu» kufrda ziyoda boʻlishdan oʻzga narsa emas. Bu bilan kufr keltirganlar zalolatga ketkazilurlar. Alloh harom qilgan narsaning adadiga moslash uchun uni bir yil halol qilurlar, bir yil harom qilurlar. Bas, bu bilan Alloh harom qilgan narsani halol qilurlar. Ularga amallarining yomonligi ziynatlandi. Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas. [21]

    [21] (Oyati karimadagi «nasiyu» lugʻatda ortga surish maʼnosini ifoda qiladi. Johiliyat ahlida urush harom qilingan oyning hukmini boshqa, keyin keladigan oyga surish odati urf boʻlgan edi. Yaʼni, arab mushriklari ham toʻrt oy harom oylar ekanligini aytar edilar. Oʻsha oylarda urush tamoman toʻxtar edi. Agar biror kishi shu oylarda otasini oʻldirgan odamni uchratib qolsa, unga tegmasdi. Ammo bordiyu urushni xohlab qolsalar, aslida harom boʻlgan oyning haromligini orqaga surib qoʻyib, urush qilaverar edilar. Misol uchun, Muharram harom oy, ammo shu oyda urush qilgilari kelib qolsa, bu yil uning haromligini Safar oyiga surdik, oʻsha oyda urush qilmaymiz, deb Muharramda urush qilishar edilar. Safarda esa, urush qilishmasdi. Yanagi yili aksincha boʻlardi. Ular bir yilda toʻrt oy urushmasak boʻldi-da, qaysi oyda boʻlishining nima farqi bor, degandek ish qilishar edi. Oyatda ularning bu tasarruflariga baho va sharh berilmoqda.)

  38. 38

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَا لَكُمْ إِذَا قِيلَ لَكُمُ ٱنفِرُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱثَّاقَلْتُمْ إِلَى ٱلْأَرْضِ ۚ أَرَضِيتُم بِٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا مِنَ ٱلْءَاخِرَةِ ۚ فَمَا مَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا فِى ٱلْءَاخِرَةِ إِلَّا قَلِيلٌ

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo maa lakum izaa qeela lakumun firoo fee sabeelil laahis saaqaltum ilal ard; aradeetum bilhayaatid dunyaa minal Aakhirah; famaa ma taaul hayaatiddunyaa fil Aakhirati illaa qaleel

    Ey, iymon keltirganlar! Sizga nima boʻldiki, Allohning yoʻlida qoʻzgʻaling, deyilsa, yerga yopishib oldingiz. Yoki oxiratni qoʻyib, dunyo hayotiga rozi boʻldingizmi? Oxirat oldida bu dunyo hayoti juda oz-ku?! [22]

    [22] (Bu oyati karima Tabuk urushiga ommaviy safarbarlik eʼlon qilingandan soʻng yuz bergan baʼzi holatlar tufayli nozil boʻlgan.)

  39. 39

    إِلَّا تَنفِرُوا۟ يُعَذِّبْكُمْ عَذَابًا أَلِيمًۭا وَيَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ وَلَا تَضُرُّوهُ شَيْـًۭٔا ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ

    Illaa tanfiroo yu'az zibkum 'azaaban aleemanw wa yastabdil qawman ghairakum wa laa tadurroohu shai'aa; wal laahu 'alaa kulli shai'in Qadeer

    Agar qoʻzgʻalmasangiz, sizni alamli azob bilan azoblaydir. Oʻrningizga boshqa qavmni keltiradir. Siz Unga zarar keltira olmassiz. Alloh har bir narsaga qodirdir.

  40. 40

    إِلَّا تَنصُرُوهُ فَقَدْ نَصَرَهُ ٱللَّهُ إِذْ أَخْرَجَهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ثَانِىَ ٱثْنَيْنِ إِذْ هُمَا فِى ٱلْغَارِ إِذْ يَقُولُ لِصَٰحِبِهِۦ لَا تَحْزَنْ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَنَا ۖ فَأَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَيْهِ وَأَيَّدَهُۥ بِجُنُودٍۢ لَّمْ تَرَوْهَا وَجَعَلَ كَلِمَةَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱلسُّفْلَىٰ ۗ وَكَلِمَةُ ٱللَّهِ هِىَ ٱلْعُلْيَا ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ

    Illaa tansuroohu faqad nasarahul laahu iz akhrajahul lazeena kafaroo saaniyasnaini iz humaa filghaari iz yaqoolu lisaahibihee la tahzan innnal laaha ma'anaa fa anzalallaahu sakeenatahoo 'alaihi wa aiyadahoo bijunoodil lam tarawhaa wa ja'ala kalimatal lazeena kafarus suflaa; wa Kalimatul laahi hiyal 'ulyaa; wallaahu 'Azeezun Hakeem;

    Agar siz unga yordam bermasangiz, batahqiq, Alloh unga, kufr keltirganlar uni ikki kishining biri boʻlgan holida chiqarganlarida, nusrat berdi. Ular ikkovlon gʻorda turganlarida, u sherigiga: «Xafa boʻlma, Alloh, albatta, biz bilan», dedi. Bas, Alloh uning ustidan Oʻz sokinligini nozil qildi va siz koʻrmagan lashkarlar bilan qoʻlladi. Kufr keltirganlar kalimasini past qildi. Allohning kalimasi esa, oʻzi yuqori. Alloh gʻolib va hikmatli Zotdir. [23]

    [23] (Ey moʻminman deb yurganlar, agar siz bu safar Paygʻambarga yordam bermasangiz, hechqisi yoʻq, sizga yomon boʻladi. Alloh Oʻz Paygʻambariga yordam berishi turgan gap. Uni Makkada kofirlar oʻldirmoqchi boʻlib, gapni bir joyga qoʻyganlarida ham Alloh unga nusrat bergan. Alloh kofirlarning yomon niyatlarini unga bildirgan va unga chiqib ketishni amr qilgan. Paygʻambar alayhissalotu vassalom Abu Bakr Siddiq bilan birga hijratga chiqqanlar. Mushriklar koʻp edilar, Alloh Paygʻambariga yordam bergan.)

  41. 41

    ٱنفِرُوا۟ خِفَافًۭا وَثِقَالًۭا وَجَٰهِدُوا۟ بِأَمْوَٰلِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌۭ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

    Infiroo khifaafanw wa siqaalanw wa jaahidoo bi amwaalikum wa anfusikum fee sabeelil laah; zaalikum khairul lakum in kuntum ta'lamoon

    Yengil boʻlsa ham, ogʻir boʻlsa ham, qoʻzgʻalingiz va Allohning yoʻlida mollaringiz va jonlaringiz ila jiddu jahd qilingiz. Agar bilsangiz, shu ishingiz oʻzingiz uchun yaxshidir. [24]

    [24] (Musulmon inson Allohning yoʻlida molini ham, jonini ham qurbon qilishga doim tayyor turmogʻi zarurdir. Ana shundagina oʻzlariga yaxshi qilgan boʻladilar. Muxlis musulmonlar bu oliy maʼnoni toʻliq tushungan paytlarida «yengil boʻlsa ham, ogʻir boʻlsa ham», qoʻzgʻolganlar. Allohning yoʻlida mollarini va jonlarini fido qilganlar, vaʼda qilingan yaxshilikka erishganlar. Butun dunyoga yetakchi xalq boʻlganlar.)

  42. 42

    لَوْ كَانَ عَرَضًۭا قَرِيبًۭا وَسَفَرًۭا قَاصِدًۭا لَّٱتَّبَعُوكَ وَلَٰكِنۢ بَعُدَتْ عَلَيْهِمُ ٱلشُّقَّةُ ۚ وَسَيَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ لَوِ ٱسْتَطَعْنَا لَخَرَجْنَا مَعَكُمْ يُهْلِكُونَ أَنفُسَهُمْ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ إِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ

    Law kaana 'aradan qareebanw wa safaran qaasidal lattaba'ooka wa laakim ba'udat 'alaihimush shuqqah; wa sayahlifoona billaahi lawis tata'naa lakharajnaa ma'akum; yuhlikoona anfusahum wal laahu ya'lamu innahum lakaa ziboon

    Agar oson manfaat va yaqin safar boʻlganida, albatta, senga ergashar edilar. Lekin ularga masofa uzoq koʻrindi. Ular tezda Alloh nomi bilan qasam ichib: «Agar qodir boʻlganimizda, albatta, siz bilan chiqar edik», – derlar. Ular oʻzlarini halok qilurlar. Holbuki, Alloh ular yolgʻonchi ekanlarini albatta biladir. [25]

    [25] (Munofiqlar shaxsiy manfaatlarini koʻzlab, musulmonlar orasiga suqilib olgan kimsalar edi. Oʻzlarini sirtdan muxlis musulmon qilib koʻrsatishardi. Lekin Tabuk gʻazotiga umumiy safarbarlik eʼlon qilinishi bilan ularning sirlari fosh boʻlib qoldi.)

  43. 43

    عَفَا ٱللَّهُ عَنكَ لِمَ أَذِنتَ لَهُمْ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكَ ٱلَّذِينَ صَدَقُوا۟ وَتَعْلَمَ ٱلْكَٰذِبِينَ

    'Afal laahu 'anka lima azinta lahum hattaa yatabai yana lakal lazeena sadaqoo wa ta'lamal kaazibeen

    Alloh seni afv qildi. Nima uchun ularga, to senga rostgoʻy boʻlganlar ravshan boʻlmay turib va yolgʻonchilarni bilmasingdan turib, izn berding? [26]

    [26] (Paygʻambar alayhissalotu vassalom munofiqlardan baʼzilariga urushga bormaslikka izn berib qoʻygan edilar. Aslida, shoshilib ruxsat bergandan koʻra, kutib turganlarida yaxshi boʻlar edi. Chunki izn olganlarning kimligi bilinmay qoldi. Izn boʻlmaganda ham safarbarlikdan qolar edilar. Shunda ularning munofiqligi hammaga oshkor boʻlardi.)

  44. 44

    لَا يَسْتَـْٔذِنُكَ ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ أَن يُجَٰهِدُوا۟ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِٱلْمُتَّقِينَ

    Laa yastaazinukal lazeena yu'minoona billaahi wal Yawmil Aakhiri ai yujaa hidoo bi amwaalihim wa anfusihim; wallaahu 'aleemum bilmut taqeen

    Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar sendan mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilishdan qolishga izn soʻramaslar. Alloh taqvodorlarni bilguvchi Zotdir.

  45. 45

    إِنَّمَا يَسْتَـْٔذِنُكَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَٱرْتَابَتْ قُلُوبُهُمْ فَهُمْ فِى رَيْبِهِمْ يَتَرَدَّدُونَ

    Innamaa yastaazinukal lazeena laa yu'minoona billaahi wal Yawmil Aakhiri wartaabat quloobuhum fahum fee raibihim yataraddadoon

    Albatta faqat Allohga va oxirat kuniga ishonmaydiganlar va qalblari shubhaga toʻlganlargina sendan izn soʻrarlar. Bas, ular shubhalarida ikkilanaveradilar.

  46. 46

    ۞ وَلَوْ أَرَادُوا۟ ٱلْخُرُوجَ لَأَعَدُّوا۟ لَهُۥ عُدَّةًۭ وَلَٰكِن كَرِهَ ٱللَّهُ ٱنۢبِعَاثَهُمْ فَثَبَّطَهُمْ وَقِيلَ ٱقْعُدُوا۟ مَعَ ٱلْقَٰعِدِينَ

    Wa law araadul khurooja la-'addoo lahoo 'uddatanw wa laakin karihal laahum bi'aasahum fasabbatahum wa qeelaq 'udoo ma'al qaa'ideen

    Agar chiqishni xohlaganlarida, unga tayyorgarlik koʻrar edilar. Lekin Alloh ularning harakatlanishlarini yoqtirmay tutib qoldi. Ularga: «Oʻtiruvchilar bilan oʻtiringlar», dedi. [27]

    [27] (Oʻsha iymonsiz munofiqlarda, aslida, jihodga chiqish niyati boʻlsa, avvaldan tayyorgarlik koʻrib qoʻygan boʻlar edilar. Safarbarlik eʼlon etilgandan soʻng turli bahonalar qilib, jihoddan qolishga izn soʻrab kelishlari, ularning jihodga chiqish niyatlari yoʻqligidandir.)

  47. 47

    لَوْ خَرَجُوا۟ فِيكُم مَّا زَادُوكُمْ إِلَّا خَبَالًۭا وَلَأَوْضَعُوا۟ خِلَٰلَكُمْ يَبْغُونَكُمُ ٱلْفِتْنَةَ وَفِيكُمْ سَمَّٰعُونَ لَهُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِٱلظَّٰلِمِينَ

    Law kharajoo feekum maa zaadookum ilaa Khabaalanw wa la awda'oo khilaalakum yabghoona kumul fitnata wa feekum sammaa'oona lahum; wallaahu 'aleemum biz zaalimeen

    Agar ular ichingizda chiqqanlarida ham sizga yomonlikdan boshqa narsani ziyoda qilmasdilar, tezlab orangizga fitna solishga urinardilar. Holbuki, ichingizda ularga quloq soluvchilar bor edi. Alloh zolimlarni bilguvchi Zotdir.

  48. 48

    لَقَدِ ٱبْتَغَوُا۟ ٱلْفِتْنَةَ مِن قَبْلُ وَقَلَّبُوا۟ لَكَ ٱلْأُمُورَ حَتَّىٰ جَآءَ ٱلْحَقُّ وَظَهَرَ أَمْرُ ٱللَّهِ وَهُمْ كَٰرِهُونَ

    Laqadib taghawul fitnata min qablu wa qallaboo lakal umoora hattaa jaaa'al haqqu wa zahara amrul laahi wa hum kaarihoon

    Batahqiq, bundan avval ham, toki ular yoqtirmasalar-da, haq kelib, Allohning ishi ustun boʻlgunicha, fitna qoʻzib, senga ishlarni agʻdar-toʻntar qilishar edi. [28]

    [28] (Yaʼni, munofiqlar avvaldan fitnachi boʻlib kelganlar. Ular Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom Madinai Munavvaraga kelgan paytlarida ustma-ust fitna qoʻzgʻashgan. Doimo ishlarni ostin-ustin qilib buzib yurishgan. Toki Alloh imkon berib, dushmanlar ustidan gʻalaba qozonib, Islom kuch-quvvatga ega boʻlgandagina, qoʻrqqanlaridan bir oz boʻshashib qolishgan edi.)

  49. 49

    وَمِنْهُم مَّن يَقُولُ ٱئْذَن لِّى وَلَا تَفْتِنِّىٓ ۚ أَلَا فِى ٱلْفِتْنَةِ سَقَطُوا۟ ۗ وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمُحِيطَةٌۢ بِٱلْكَٰفِرِينَ

    Wa minhum mai yaqoolu' zal lee wa laa taftinneee; alaa fil fitnati saqatoo; wa inna Jahannama lamuheetatum bil kaafireen

    Ulardan: «Menga izn ber, meni fitnaga solma», deydigani ham bor. Ajabo, ular fitnaga tushmadilarmi? Albatta, jahannam kofirlarni oʻrab olguvchidir. [29]

    [29] (Ushbu oyati karimaning sababi nuzuli haqida Muhammad ibn Isʼhoq quyidagi rivoyatni keltiradilar: «Rasululloh alayhissalotu vassalom bir kuni jangga hozirlik koʻrib (Tabuk jangiga) Jadd ibn Qaysga: «Ey Jadd, Bani Asfarga (yaʼni, rumliklarga) qarshi kurashga tayyormisan?» dedilar. U boʻlsa: «Ey Allohning Rasuli, menga izn ber, meni fitnaga solma. Men Bani Asfar (sariqlar)ning xotinlarini koʻrsam, chiday olmayman, deb qoʻrqaman», dedi. Shunda Rasululloh alayhissalotu vassalom undan yuz oʻgirdilar va: «Senga izn berdim», dedilar.)

  50. 50

    إِن تُصِبْكَ حَسَنَةٌۭ تَسُؤْهُمْ ۖ وَإِن تُصِبْكَ مُصِيبَةٌۭ يَقُولُوا۟ قَدْ أَخَذْنَآ أَمْرَنَا مِن قَبْلُ وَيَتَوَلَّوا۟ وَّهُمْ فَرِحُونَ

    in tusibka hasanatun tasu'hum; wa in tusibka museebatuny yaqooloo qad akhaznaaa amranaa min qablu wa yatawallaw wa hum farihoon

    Agar senga yaxshilik yetsa, ularni xafa qiladir. Agar senga musiybat yetsa: «Oldindan ishning oldini olgan edik», – deb xursand boʻlib yuz oʻgirib ketarlar. [30]

    [30] (Ahli Islomga yetgan yaxshilik munofiqlar uchun musibatdir. Ammo ahli Islomga musibat yetsa, munofiqlar xursand boʻladilar. Yaxshiyam ularga qoʻshilmaganimiz, ularning gapiga kirmay, ishning oldini olgan ekanmiz, sogʻ-salomat qoldik, deyishadi.)

  51. 51

    قُل لَّن يُصِيبَنَآ إِلَّا مَا كَتَبَ ٱللَّهُ لَنَا هُوَ مَوْلَىٰنَا ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ

    Qul lany-yuseebanaaa illaa maa katabal laahu lanaa Huwa mawlaanaa; wa 'alal laahi falyatawak kalimu 'minoon

    Sen: «Bizga Alloh yozib qoʻygan narsadan oʻzgasi zinhor yetmaydi. U bizning xojamizdir. Moʻminlar Allohgagina tavakkal qilsinlar», – deb ayt. [31]

    [31] (Yaʼni, bizga nima yetsa ham, Allohdan yetadi. Alloh taolo bizga nimani bitgan boʻlsa, oʻshani koʻramiz.)

  52. 52

    قُلْ هَلْ تَرَبَّصُونَ بِنَآ إِلَّآ إِحْدَى ٱلْحُسْنَيَيْنِ ۖ وَنَحْنُ نَتَرَبَّصُ بِكُمْ أَن يُصِيبَكُمُ ٱللَّهُ بِعَذَابٍۢ مِّنْ عِندِهِۦٓ أَوْ بِأَيْدِينَا ۖ فَتَرَبَّصُوٓا۟ إِنَّا مَعَكُم مُّتَرَبِّصُونَ

    Qul hal tarabbasoona binaaa illaaa ihdal husnayayni wa nahnu natrabbasu bikum ai yus eebakumul laahu bi'azaa bim min 'indiheee aw biaidee naa fatarabbasooo innaa ma'akum mutarabbisoon

    Sen: «Siz biz uchun faqat ikki yaxshilikdan birini kutmoqdasiz, xolos. Biz esa, Alloh sizni Oʻz huzurida boʻladigan yoki bizning qoʻlimizdan yetadigan azobga duchor qilishini kutmoqdamiz. Bas, kutaveringlar, biz ham sizlar bilan birga kutuvchilarmiz», – deb ayt. [32]

    [32] (Jihodga bormay qolgan munofiqlar jihodga ketgan musulmonlar uchun ikki narsadan birini kutadilar, xolos. Oʻsha ikki narsa ham musulmon uchun yaxshilikdir. Ulardan biri — musulmon insonning oliy maqsadi — Allohning yoʻlida jihod qilib shahid boʻlishdir. Ikkinchisi esa — urushda gʻolib kelishdir.)

  53. 53

    قُلْ أَنفِقُوا۟ طَوْعًا أَوْ كَرْهًۭا لَّن يُتَقَبَّلَ مِنكُمْ ۖ إِنَّكُمْ كُنتُمْ قَوْمًۭا فَٰسِقِينَ

    Qul anfiqoo taw'an aw karhal lany yutaqabbala min kum innakum kuntum qawman faasiqeen

    Xohlab yoki xohlamay nafaqa qilaveringlar. Sizdan zinhor qabul qilinmas. Sizlar, shubhasiz, fosiq qavm boʻldingiz.

  54. 54

    وَمَا مَنَعَهُمْ أَن تُقْبَلَ مِنْهُمْ نَفَقَٰتُهُمْ إِلَّآ أَنَّهُمْ كَفَرُوا۟ بِٱللَّهِ وَبِرَسُولِهِۦ وَلَا يَأْتُونَ ٱلصَّلَوٰةَ إِلَّا وَهُمْ كُسَالَىٰ وَلَا يُنفِقُونَ إِلَّا وَهُمْ كَٰرِهُونَ

    Wa maa mana'ahum an tuqbala minhum nafaqaatuhum illaaa annnahum kafaroo billaahi wa bi Rasoolihee wa laa yaatoonas Salaata illaa wa hum kusaalaa wa laa yunfiqoona illaa wa hum kaarihoon

    Ularning nafaqalarining qabul etilishidan man qilgan narsa faqat Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirganlari, namozga doimo dangasa hollarida kelganlari va doimo yoqtirmay infoq qilganlaridir.

  55. 55

    فَلَا تُعْجِبْكَ أَمْوَٰلُهُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُهُمْ ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُعَذِّبَهُم بِهَا فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَتَزْهَقَ أَنفُسُهُمْ وَهُمْ كَٰفِرُونَ

    Falaa tu'jibka amwaaluhum wa laaa awlaaduhum; innamaa yureedul laahu liyu'az zibahum bihaa fil hayaatid dunyaa wa tazhaqa anfusuhum wa hum kaafiroon

    Ularning mollari va bolalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh oʻsha narsalar sababli ularni hayoti dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos.

  56. 56

    وَيَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ إِنَّهُمْ لَمِنكُمْ وَمَا هُم مِّنكُمْ وَلَٰكِنَّهُمْ قَوْمٌۭ يَفْرَقُونَ

    Wa yahlifoona billaahi innnahum laminkum wa maa hum minkum wa laakinnahum qawmuny yafraqoon

    Ular oʻzlari, albatta, sizdan ekanliklariga Alloh nomi ila qasam icharlar. Holbuki, ular sizdan emas. Lekin ular qoʻrqadigan qavmdirlar.

  57. 57

    لَوْ يَجِدُونَ مَلْجَـًٔا أَوْ مَغَٰرَٰتٍ أَوْ مُدَّخَلًۭا لَّوَلَّوْا۟ إِلَيْهِ وَهُمْ يَجْمَحُونَ

    Law yajidoona malja'an aw maghaaraatin aw mudda khalal lawallaw ilaihi wa hum yajmahoon

    Agar biror boshpanohmi, gʻormi yoki kirib oladigan joymi topsalar, shoshilib oʻsha tomonga yuzlanarlar. [33]

    [33] (Munofiqlarning munofiq boʻlishining asosiy sabablaridan biri ham ularning qoʻrqoqliklaridir. Ularga jon shirin tuyulib, hamma narsadan qoʻrqib, doimo oʻzlarini panaga olib yuradilar. Qayerdan panoh topsalar, oʻsha yerga joylashadilar. Boshpanoh berganga maʼqul toʻnni kiydiradilar.)

  58. 58

    وَمِنْهُم مَّن يَلْمِزُكَ فِى ٱلصَّدَقَٰتِ فَإِنْ أُعْطُوا۟ مِنْهَا رَضُوا۟ وَإِن لَّمْ يُعْطَوْا۟ مِنْهَآ إِذَا هُمْ يَسْخَطُونَ

    Wa minhum mai yalmizuka fis sadaqaati fa-in u'too minhaa radoo wa illam yu'taw minhaaa izaa hum yaskhatoon

    Ulardan sadaqalar ishida senga ayb qoʻyadiganlari ham bor. Agar oʻsha sadaqalardan ularga berilsa, ular rozi boʻlarlar. Agar berilmasa, koʻribsanki, gʻazablanarlar.

  59. 59

    وَلَوْ أَنَّهُمْ رَضُوا۟ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَقَالُوا۟ حَسْبُنَا ٱللَّهُ سَيُؤْتِينَا ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ وَرَسُولُهُۥٓ إِنَّآ إِلَى ٱللَّهِ رَٰغِبُونَ

    Wa law annahum radoo maaa aataahumul laahu wa Rasooluhoo wa qaaloo hasbunal laahu wayu'teenallaahu min fadlihee wa Rasooluhooo innaaa ilallaahi raaghiboon

    Agar Alloh va Uning Rasuli ularga bergan narsalaridan rozi boʻlganlarida va «Alloh bizga kifoya qilur, bizga tezda Alloh va Uning Rasuli oʻz fazlidan beradi. «Albatta, biz Allohga ragʻbat qiluvchilarmiz», deganlarida, yaxshi boʻlardi.

  60. 60

    ۞ إِنَّمَا ٱلصَّدَقَٰتُ لِلْفُقَرَآءِ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱلْعَٰمِلِينَ عَلَيْهَا وَٱلْمُؤَلَّفَةِ قُلُوبُهُمْ وَفِى ٱلرِّقَابِ وَٱلْغَٰرِمِينَ وَفِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ ۖ فَرِيضَةًۭ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Innamas sadaqaatu lilfuqaraaa'i walmasaakeeni wal 'aamileena 'alaihaa wal mu'al lafati quloobuhum wa fir riqaabi walghaarimeena wa fee sabeelil laahi wabnis sabeeli fareedatam minal laah; wal laahu 'Aleemun Hakeem

    Albatta, sadaqalar faqirlarga, miskinlarga, sadaqa ishida ishlovchilarga, koʻngillarini ulfat qilinadiganlarga, qul ozod qilishga, qarzdorlarga, Allohning yoʻliga va yoʻl oʻgʻlilariga berilishi Alloh tomonidan farz qilingandir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. [34]

    [34] («Sadaqalar» deganda «zakot» nazarda tutilgandir. Demak, sadaqalarni har kim ham olavermaydi, balki Alloh taolo Oʻzi tayinlagan kishilargina oladilar. Boshqalarga zakot olish haromdir. «Koʻngillarini ulfat qilinadiganlar». Yaʼni, baʼzi kishilarning koʻngillarini Islomga moyil qilish uchun ham zakotdan tushgan moldan beriladi. «qarzdorlarga» — turli sabablarga koʻra qarz boʻlib qolgan odamga uni uzish uchun yordam tariqasida zakotdan beriladi. «Allohning yoʻli» — eng avvalo, Allohning yoʻlida jihod qilayotganlarni, qolaversa, dinu diyonat, musulmonlar ommasi foydasi uchun boʻladigan ishlarni ichiga oladi. «Yoʻl oʻgʻli» — yaʼni, safarda, vatanidan uzoqda ogʻir ijtimoiy holga tushib qolgan shaxs.)

  61. 61

    وَمِنْهُمُ ٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ ٱلنَّبِىَّ وَيَقُولُونَ هُوَ أُذُنٌۭ ۚ قُلْ أُذُنُ خَيْرٍۢ لَّكُمْ يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَيُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِينَ وَرَحْمَةٌۭ لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنكُمْ ۚ وَٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ رَسُولَ ٱللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Wa minhumul lazeena yu'zoonan nabiyya wa yaqooloona huwa uzun; qul uzunu khairil lakum yu'minu billaahi wa yu'minu lilmu mi neena wa rahmatul lillazeena aamanoo minkum; wallazeena yu'zoona Rasoolal laahi lahum 'azaabun aleem

    Ulardan Paygʻambarga ozor beradigan va: «U quloqdir» deydiganlar bor. «Sizga yaxshilik narsalarga quloqdir. Allohga iymon keltiradir, moʻminlarga ishonadir, sizlardan iymon keltirganlarga rahmatdir. Allohning Rasuliga ozor beradiganlarga alamli azob bordir», – deb ayt. [35]

    [35] (Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom hamma bilan yaxshi muomalada boʻlardilar. Hammaning dardiga quloq osar edilar. Munofiqlar bu yuksak odob namunasidan ham egri xulosa chiqarib, mogʻor bosgan qalblari hiqdu hasadga toʻlib, fitna gap oʻylab chiqardilar. Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomga «quloq» deb laqab qoʻydilar.)

  62. 62

    يَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ لَكُمْ لِيُرْضُوكُمْ وَٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥٓ أَحَقُّ أَن يُرْضُوهُ إِن كَانُوا۟ مُؤْمِنِينَ

    yahlifoona billaahi lakum liyurdookum wallaahu wa Rasooluhoo ahaqqu ai yurdoohu in kaanoo mu'mineen

    Ular sizlarni rozi qilish uchun Allohning nomi ila qasam icharlar. Agar moʻmin boʻlsalar, Allohni va Uning Rasulini rozi qilmoqlari haqli edi.

  63. 63

    أَلَمْ يَعْلَمُوٓا۟ أَنَّهُۥ مَن يُحَادِدِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَأَنَّ لَهُۥ نَارَ جَهَنَّمَ خَٰلِدًۭا فِيهَا ۚ ذَٰلِكَ ٱلْخِزْىُ ٱلْعَظِيمُ

    Alam ya'lamooo annahoo mai yuhaadidillaaha wa Rasoolahoo faanna lahoo Naara jahannama khaalidan feehaa; zaalikal khizyul 'Azeem

    Ular kimki Allohga va Uning Rasuliga xilof qilsa, albatta, unga jahannam otash boʻlib, unda abadiy qolishini, ana shu katta sharmandalik ekanligini bilmaslarmi?!

  64. 64

    يَحْذَرُ ٱلْمُنَٰفِقُونَ أَن تُنَزَّلَ عَلَيْهِمْ سُورَةٌۭ تُنَبِّئُهُم بِمَا فِى قُلُوبِهِمْ ۚ قُلِ ٱسْتَهْزِءُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ مُخْرِجٌۭ مَّا تَحْذَرُونَ

    Yahzarul munaafiqoona an tunaz zala 'alaihim Sooratun tunabbi 'uhum bimaa feequloobihim; qulistahzi'oo innal laaha mukhrijum maa tahzaroon

    Munofiqlar ularga qalblaridagi narsaning xabarini beradigan sura nozil boʻlishidan qoʻrqarlar. Sen: «Istehzo qilaveringlar. Alloh siz qoʻrqayotgan narsani albatta chiqarguvchidir», – deb ayt. [36]

    [36] (Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom zamonlarida yashagan munofiqlar har doim musulmonlar bilan birga yurganlaridan, nozil boʻlayotgan oyatlar va suralardan xabardor edilar. Ular baʼzi vaqtlarda sura nozil boʻlib, hech kim bilmaydigan yashirin ishlar ham fosh qilinayotganining jonli guvohi edilar. Oʻzlari munofiqlik qilib, yashirin gaplar aytib yoki dillarida Islomga, musulmonlarga qarshi oʻy-fikrlarni tugib yurishar edi. Ammo, biron sura nozil boʻlib, qalbimizdagi sirni ochib qoʻymasa edi, deb qoʻrqardilar ham.)

  65. 65

    وَلَئِن سَأَلْتَهُمْ لَيَقُولُنَّ إِنَّمَا كُنَّا نَخُوضُ وَنَلْعَبُ ۚ قُلْ أَبِٱللَّهِ وَءَايَٰتِهِۦ وَرَسُولِهِۦ كُنتُمْ تَسْتَهْزِءُونَ

    Wala'in sa altahum layaqoolunna innamaa kunnaa nakhoodu wa nal'ab; qul abillaahi wa 'Aayaatihee wa Rasoolihee kuntum tastahzi'oon

    Agar ulardan soʻrasang, albatta: «Biz faqat oʻzimizcha gap qilib oʻynayotgan edik, xolos», – deyishadi. Sen: «Allohni va Uning oyatlarini istehzo qilayotgan edingizmi?» – deb ayt. [37]

    [37] (Yaʼni, agar munofiqlardan oʻsha istehzo qilib aytgan gaplari haqida soʻrasang, ular, biz hech narsa deganimiz yoʻq, faqat shunday oʻzimizcha gaplashdik, oʻynashdik, xolos, deydilar.)

  66. 66

    لَا تَعْتَذِرُوا۟ قَدْ كَفَرْتُم بَعْدَ إِيمَٰنِكُمْ ۚ إِن نَّعْفُ عَن طَآئِفَةٍۢ مِّنكُمْ نُعَذِّبْ طَآئِفَةًۢ بِأَنَّهُمْ كَانُوا۟ مُجْرِمِينَ

    Laa ta'taziroo qad kafartum ba'da eemaanikum; in na'fu 'an taaa'ifatim minkum nu'az zib taaa'ifatam bi annahum kaanoo mujrimeen

    Uzr aytmanglar. Batahqiq, iymoningizdan keyin kufr keltirdingiz. Agar sizdan bir toifani afv etsak, boshqa toifani jinoyatchi boʻlganlari uchun azoblaymiz. [38]

    [38] (Siz qilar ishni qilib qoʻyib, uzr aytishingizdan foyda yoʻq. Iymon keltirgandan soʻng, unda sobit turganingizda, boshqa gap edi. Ammo siz iymondan keyin kufr keltirib, munofiq boʻldingiz. Endi uzr aytmang. Bilmasdan, jaholat bilan sizga qoʻshilib qolgan toifani afv etsak ham, boshqalaringizni jinoyatchi boʻlganlaringiz uchun, albatta, azoblaymiz.)

  67. 67

    ٱلْمُنَٰفِقُونَ وَٱلْمُنَٰفِقَٰتُ بَعْضُهُم مِّنۢ بَعْضٍۢ ۚ يَأْمُرُونَ بِٱلْمُنكَرِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمَعْرُوفِ وَيَقْبِضُونَ أَيْدِيَهُمْ ۚ نَسُوا۟ ٱللَّهَ فَنَسِيَهُمْ ۗ إِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ

    Almunaafiqoona wal munaafiqaatu ba'duhum mim ba'd; yaamuroona bilmunkari wa yanhawna 'anil ma'roofi wa yaqbidoona aidiyahum; nasul laaha fanasiyahum; innal munaafiqeena humul faasiqoon

    Munofiq erkaklar va munofiq ayollar hammalari birdirlar, yomonlikka buyururlar, yaxshilikdan qaytarurlar va qoʻllarini mahkam yumarlar. Allohni unutdilar, bas, U ham ularni unutdi. Albatta, munofiqlar — ular fosiqlardir. [39]

    [39] (Munofiqlar qayerda boʻlsalar ham, kimligidan qatʼiy nazar, erkak-ayol boʻlsin, nima ish qilmasin, baribir munofiqdir. Hammalari ham bir goʻr. Chunki asllari bir. Koʻrsatadigan faoliyatlarining maʼnosi bir.)

  68. 68

    وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱلْمُنَٰفِقَٰتِ وَٱلْكُفَّارَ نَارَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ هِىَ حَسْبُهُمْ ۚ وَلَعَنَهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌۭ مُّقِيمٌۭ

    Wa'adal laahul munafiqeena wal munaafiqaati wal kuffaara naara jahannnamma khaalideena feehaa; hiya hasbuhum; wa la'annahumul laahu wa lahum 'azaabum muqeem

    Alloh munofiq erkaklarga, munofiq ayollarga va kofirlarga jahannam otashini vaʼda qildi. Unda abadiy qolurlar. Oʻsha ular uchun yetarlidir. Hamda Alloh ularni laʼnatladi. Ularga doimiy azob bordir.

  69. 69

    كَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ كَانُوٓا۟ أَشَدَّ مِنكُمْ قُوَّةًۭ وَأَكْثَرَ أَمْوَٰلًۭا وَأَوْلَٰدًۭا فَٱسْتَمْتَعُوا۟ بِخَلَٰقِهِمْ فَٱسْتَمْتَعْتُم بِخَلَٰقِكُمْ كَمَا ٱسْتَمْتَعَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُم بِخَلَٰقِهِمْ وَخُضْتُمْ كَٱلَّذِى خَاضُوٓا۟ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ

    Kallazeena min qablikum kaanoo ashadda minkum quwwatanw wa aksara amwaalanw wa awlaadan fastamta'oo bikhalaaqihim fastamta'tum bikhalaaqikum kamas tamta'al lazeena min qablikum bikhalaa qihim wa khudtum kallazee khaadooo; ulaaa'ika habitat a'maaluhum fid dunyaa wal Aakhirati wa ulaaa'ika humul khaasiroon

    Oʻzingizdan avvalgilarga oʻxshaysiz. Ular sizlardan koʻra quvvatliroq, molu dunyo va bola-chaqalari koʻproq edilar. Bas, oʻz nasibalari ila maza qildilar. Oʻzingizdan oldingilar nasibalari ila maza qilganlaridek, siz ham oʻz nasibangiz ila maza qildingiz. Ular shoʻngʻigandek siz ham shoʻngʻidingiz. Ana oʻshalarning amallari dunyoyu oxiratda habata boʻldi. Ana oʻshalar oʻzlari ziyon koʻrguvchilardir.

  70. 70

    أَلَمْ يَأْتِهِمْ نَبَأُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ قَوْمِ نُوحٍۢ وَعَادٍۢ وَثَمُودَ وَقَوْمِ إِبْرَٰهِيمَ وَأَصْحَٰبِ مَدْيَنَ وَٱلْمُؤْتَفِكَٰتِ ۚ أَتَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ ۖ فَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

    Alam yaatihim naba ul lazeena min qablihim qawmi Noohinw wa 'Aadinw wa Samooda wa qawmi Ibraaheema wa ashaabi adyana walmu'tafikaat; atathum Rusuluhum bilbaiyinaati famaa kaanal laahu liyazlimahum wa laakin kaanooo anfusahum yazlimoon

    Ularga oʻzlaridan oldin oʻtganlarning, Nuh, Od, Samud qavmining va Ibrohim qavmining, Madyan egalarining va toʻntarilgan (qishloq)larning xabari kelmadimi? Ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Bas, Alloh ularga zulm qilmas edi. Lekin ular oʻzlariga zulm qilar edilar. [40]

    [40] (Kofir va munofiqlar Nuh qavmini toʻfon bosib halokatga uchratganini ham, Od qavmini qattiq oʻt shamol halok qilganini ham, Samud qavmini qattiq qichqiriq yakson etganini ham, Ibrohim alayhissalom oʻzi qutulib qolib, qavmlari qanday halok boʻlganini ham, Madyan egalarini zilzila olganlarini ham, Lut alayhissalomning qavmi qishloqlari qanday toʻntarilib, jinoyatkor aholisini bosib qolganini ham yaxshi bilishar edi. Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjat bilan kelganida, ularni yolgʻonchiga chiqarib, boshlariga oʻsha musibatlar tushganini ham yaxshi bilishardi. Shu qilmishlari bilan ular oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar. Boʻlmasa, Alloh ularga zulm qilmas edi.)

  71. 71

    وَٱلْمُؤْمِنُونَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍۢ ۚ يَأْمُرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَيُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَيُطِيعُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ سَيَرْحَمُهُمُ ٱللَّهُ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ

    Walmu'minoona wal mu'minaatu ba'duhum awliyaaa'u ba;d; yaamuroona bilma'roofi wa yanhawna 'anil munkari wa yuqeemoonas Salaata wa yu'toonaz Zakaata wa yutee'oonal laaha wa Rasoolah; ulaaa'ika sayarhamuhumul laah; innallaaha 'Azeezun Hakeem

    Moʻmin erkaklar va moʻmina ayollar bir-birlariga doʻstdirlar. Ular yaxshilikka buyururlar, yomonlikdan qaytarurlar, namozni toʻkis ado eturlar, zakotni berurlar hamda Allohga va Uning Rasuliga itoat qilurlar. Ana oʻshalarga Alloh tezda rahim qilur. Albatta, Alloh gʻolib va hikmatli Zotdir. [41]

    [41] (Bu vasflar munofiqlar haqida kelgan vasfga tamoman zid ekanligi ochiq-oydin koʻrinib turibdi. Munofiqlarning bir xil ekanliklari, ular doimo bir-birlariga oʻxshashlari taʼkidlangan boʻlsa, moʻminlarning oʻzaro doʻst-valiy ekanliklari aytilmoqda.)

  72. 72

    وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا وَمَسَٰكِنَ طَيِّبَةًۭ فِى جَنَّٰتِ عَدْنٍۢ ۚ وَرِضْوَٰنٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ أَكْبَرُ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Wa'adal laahulmu' mineena walmu'minaati Jannaatin tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa wa masaakina taiyibatan fee Jannnaati 'adn; wa ridwaanum minal laahi akbar; zaalika hual fawzul 'azeem

    Alloh moʻmin er va moʻmina ayollarga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni, ularda abadiy qolishni va barqarorlik jannatidan pokiza maskanlarni vaʼda qildi. Allohdan boʻladigan rozilik esa, eng ulugʻidir. Ana oʻsha ulkan yutuqdir. [42]

    [42] (Kofir va munofiqlarni jahannam kutib turgan boʻlsa, moʻmin va moʻminalarni ajoyib jannatlar kutib turibdi. Kofirlar va munofiqlar doʻzaxda abadiy azob cheksalar, moʻmin va moʻminalar jannatda abadiy maza qiladilar. Ularning doimiy istiqomat qiladigan jannatlarida pokiza maskanlar kutib turibdi. Lekin bu moʻmin va moʻminalarga berilgan mukofotning oxirgi darajasi emas. Ularga beriladigan mukofotning eng ulugʻi Allohning roziligidir. Bu mukofotning oldida jannatlar va ularning bitmas-tuganmas neʼmatlari ham hech gap boʻlmay qoladi.)

  73. 73

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ جَٰهِدِ ٱلْكُفَّارَ وَٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱغْلُظْ عَلَيْهِمْ ۚ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    yaaa aiyuhan Nabiyyu jaahidil kuffaara walmunaafiqeena waghluz 'alaihim; wa maawaahum jahannnamu wa bi'sal maseer

    Ey Paygʻambar, kofirlar va munofiqlarga qarshi jiddu jahd qil va ularga nisbatan qattiqqoʻl boʻl. Ularning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon qaytadigan joy. [43]

    [43] (Maʼlumki, Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom avvalda munofiqlarga nisbatan juda ham kechirimli boʻlganlar. Ularning koʻpgina beodoblik va dushmanliklarini avf qilganlar. Hatto baʼzi sahobalar haddan oshib ketgan munofiqlarni oʻldirishga izn soʻraganlarida ham, qoʻy, odamlar, oʻz sheriklarini oʻldiryapti, demasin, deganlar. Ammo ushbu oyati karima endi yumshoq muomalalarning vaqti oʻtganini, endi munofiqlarga ham kofirlarga qilgandek muomala qilish vaqti kelganini bildirmoqda. Ularga qarshi jihod qilib, qattiqqoʻl boʻlish tayinlanmoqda. Ulamolarimiz Rasululloh alayhissalotu vassalom munofiqlarga qarshi urush qilmaganlarini, ularni oʻldirmaganlarini alohida taʼkidlaydilar. Lekin shu oyatdan keyin muomala keskin oʻzgarib, ularga nisbatan qattiqqoʻl boʻlingan va kirdikorlari ayovsiz fosh etilgan.)

  74. 74

    يَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ مَا قَالُوا۟ وَلَقَدْ قَالُوا۟ كَلِمَةَ ٱلْكُفْرِ وَكَفَرُوا۟ بَعْدَ إِسْلَٰمِهِمْ وَهَمُّوا۟ بِمَا لَمْ يَنَالُوا۟ ۚ وَمَا نَقَمُوٓا۟ إِلَّآ أَنْ أَغْنَىٰهُمُ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ مِن فَضْلِهِۦ ۚ فَإِن يَتُوبُوا۟ يَكُ خَيْرًۭا لَّهُمْ ۖ وَإِن يَتَوَلَّوْا۟ يُعَذِّبْهُمُ ٱللَّهُ عَذَابًا أَلِيمًۭا فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ ۚ وَمَا لَهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا نَصِيرٍۢ

    Yahlifoona billaahi wa qaaloo wa laqad qaaloo kalimatal kufri wa kafaroo ba'da Islaamihim wa hammoo bimaa lam yanaaloo; wa maa naqamooo illaaa an aghnaa humullaahu wa Rasooluhoo min fadlih; fainy yatooboo yaku khairal lahum wa iny yatawal law yu'az zibhumullaahu 'azaaban aleeman fiddunyaa wal Aakhirah; wamaa lahum fil ardi minw waliyyinw wa laa naseer

    Ular gapirmaganlari haqida Allohning nomi ila qasam icharlar. Batahqiq, kufr kalimasini aytdilar va Islomlaridan keyin kufr keltirdilar hamda yeta olmagan narsalariga qasd qildilar. Holbuki, ular Alloh va Uning Rasuli ularni Oʻz fazlidan boy qilib qoʻyganlaridan boshqa «ayb» topa olmadilar. Agar tavba qilsalar, oʻzlariga yaxshi boʻladir. Gar yuz oʻgirib ketsalar, Alloh ularni bu dunyoyu oxiratda alamli azob bilan azoblaydir. Yer yuzida ularga doʻst ham, yordamchi ham yoʻq. [44]

    [44] ( Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning vaqtlarida munofiqlar bir necha bor kufr gaplarni aytganlaridan keyin tonib, aytganimiz yoʻq, deb qasam ichishgan. Oyati karimada oʻsha haqiqat taʼkidlanib, ular kufr gapni aytganlari va shu bilan musulmonlikdan chiqib qayta kofir boʻlganliklari bayon qilinmoqda. Oyatdagi «yeta olmagan narsalarga qasd qildilar»dan murod Rasululloh alayhissalotu vassalomni oʻldirmoqqa qasd qilganlari va maqsadlariga yeta olmaganlaridir.)

  75. 75

    ۞ وَمِنْهُم مَّنْ عَٰهَدَ ٱللَّهَ لَئِنْ ءَاتَىٰنَا مِن فَضْلِهِۦ لَنَصَّدَّقَنَّ وَلَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Wa minhum man 'aaha dal laaha la'in aataanaa min fadlihee lanas saddaqanna wa lanakoonanna minassaaliheen

    Ulardan: «Agar U zot Oʻz fazlidan bersa, albatta, sadaqa qilamiz va, albatta, ahli solihlardan boʻlamiz», – deb Allohga ahd beruvchilar bor.

  76. 76

    فَلَمَّآ ءَاتَىٰهُم مِّن فَضْلِهِۦ بَخِلُوا۟ بِهِۦ وَتَوَلَّوا۟ وَّهُم مُّعْرِضُونَ

    Falammaaa aataahum min fadlihee bakhiloo bihee wa tawallaw wa hum mu'ridoon

    U zot Oʻz fazlidan bergan chogʻda esa, baxillik qilib, yuz oʻgirib, orqaga qarab ketarlar.

  77. 77

    فَأَعْقَبَهُمْ نِفَاقًۭا فِى قُلُوبِهِمْ إِلَىٰ يَوْمِ يَلْقَوْنَهُۥ بِمَآ أَخْلَفُوا۟ ٱللَّهَ مَا وَعَدُوهُ وَبِمَا كَانُوا۟ يَكْذِبُونَ

    Fa a'qabahum nifaaqan fee quloobihim ilaa Yawmi yalqaw nahoo bimaaa akhlaful laaha maa wa'adoohu wa bimaa kaanoo yakhziboon

    Bas, Allohga bergan vaʼdalariga xilof qilganlari va yolgʻon gapirganlari uchun Unga roʻbaroʻ boʻladigan kungacha qalblarida nifoqni oqibat qilib qoʻydi.

  78. 78

    أَلَمْ يَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ سِرَّهُمْ وَنَجْوَىٰهُمْ وَأَنَّ ٱللَّهَ عَلَّٰمُ ٱلْغُيُوبِ

    Alam ya'lamooo annal laaha ya'lamu sirrahum wa najwaahum wa annal laaha 'Allaamul Ghuyoob

    Ular Alloh ularning sirlarini ham, yashirin gaplarini ham albatta bilishini va Alloh, albatta, gʻayblarni bilguvchi Zot ekanini bilmasmidilar?

  79. 79

    ٱلَّذِينَ يَلْمِزُونَ ٱلْمُطَّوِّعِينَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ فِى ٱلصَّدَقَٰتِ وَٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ إِلَّا جُهْدَهُمْ فَيَسْخَرُونَ مِنْهُمْ ۙ سَخِرَ ٱللَّهُ مِنْهُمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

    Allazeena yalmizoonal mut tawwi'eena minalmu'mineena fis sadaqaati wallazeena laa yajidoona illaa juhdahum fayaskharoona minhum sakhiral laahu minhum wa lahum azaabun aleem

    Moʻminlardan koʻngilli boʻlib sadaqa qiluvchilarni va oʻz kuchlari yetgandan boshqani topa olmaydiganlarni ayblaydigan va masxara qiladiganlarni Alloh masxara qiladir va ularga alamli azob boʻladir.

  80. 80

    ٱسْتَغْفِرْ لَهُمْ أَوْ لَا تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ إِن تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ سَبْعِينَ مَرَّةًۭ فَلَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَهُمْ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَفَرُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ

    istaghfir lahum aw laa tastaghfir lahum in tastaghfir lahum sab'eena marratan falany yaghfiral laahu lahum; zaalika bi annahum kafaroo billaahi wa Rasoolih; wallaahu laa yahdil qawmal faasiqeen

    Ular uchun istigʻfor aytsang ham yoki istigʻfor aytmasang ham, baribir. Agar ular uchun yetmish marta istigʻfor aytsang ham, Alloh ularni zinhor magʻfirat qilmas. Bu, ularning Alloh va Uning Rasuliga kufr keltirganlari uchundir. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas. [45]

    [45] (Munofiqlar surasidan maʼlumki, munofiqlarning gunohlarini magʻfirat qilishni soʻrab, ular uchun istigʻfor aytish taklif qilingan. Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom bu ishga moyil boʻlganlar. Oʻshanda ham shu maʼnodagi oyati karima nozil boʻlgan. Biz oʻrganayotgan oyati karimadan bilinib turibdiki, Tabuk gʻazoti asnosida munofiqlarning kirdikorlari ketma-ket fosh boʻlgandan keyin yana ular uchun istigʻfor aytish taklifi boʻlgan yoki holat shuni taqozo qilib qolgan. Alloh taolo paygʻambari Muhammad alayhissalotu vassalomga xitob qilib, munofiqlar uchun istigʻfor aytishlari va aytmasliklari baribir ekanligini, foydasi yoʻqligini bildirmoqda.)

  81. 81

    فَرِحَ ٱلْمُخَلَّفُونَ بِمَقْعَدِهِمْ خِلَٰفَ رَسُولِ ٱللَّهِ وَكَرِهُوٓا۟ أَن يُجَٰهِدُوا۟ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَقَالُوا۟ لَا تَنفِرُوا۟ فِى ٱلْحَرِّ ۗ قُلْ نَارُ جَهَنَّمَ أَشَدُّ حَرًّۭا ۚ لَّوْ كَانُوا۟ يَفْقَهُونَ

    Farihal mukhallafoona bimaq'adihim khilaafa Rasoolil laahi wa karihooo ai yujaahidoo bi amwaalihim wa anfusihim fee sabeelil laahi wa qaaloo la tanfiroo fil harr; qul Naaru jahannama ashaddu harraa; law kaanoo yafqahoon

    Ular, Allohning Rasuliga xilof qilib ortda qolganlar oʻtirgan joylarida xursand boʻldilar va Allohning yoʻlida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilishni yoqtirmadilar hamda: «Issiqda qoʻzgʻalmanglar», – dedilar. «Jahannamning otashi issiqroq, agar tushunsalar», – deb ayt. [46]

    [46] (Yaʼni, ular odamlarni ham oʻzlariga oʻxshab safarbarlikdan qochishga chaqirdilar. Ular bu dunyoning arzimagan issigʻidan qochishmoqda-yu, ammo oʻzlarini oxiratning ashaddiy issigʻiga duchor qilishmoqda.)

  82. 82

    فَلْيَضْحَكُوا۟ قَلِيلًۭا وَلْيَبْكُوا۟ كَثِيرًۭا جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Falyadhakoo qaleelanw walyabkoo kaseeran jazaaa'am bimaa kaanoo yaksiboon

    Bas, qilgan kasblari tufayli oz kulib, koʻp yigʻlasinlar. [47]

    [47] (Ular bu dunyoda qancha koʻp kulsalar ham oz boʻladi, oxiratda koʻp yigʻlashlari turgan gap.)

  83. 83

    فَإِن رَّجَعَكَ ٱللَّهُ إِلَىٰ طَآئِفَةٍۢ مِّنْهُمْ فَٱسْتَـْٔذَنُوكَ لِلْخُرُوجِ فَقُل لَّن تَخْرُجُوا۟ مَعِىَ أَبَدًۭا وَلَن تُقَٰتِلُوا۟ مَعِىَ عَدُوًّا ۖ إِنَّكُمْ رَضِيتُم بِٱلْقُعُودِ أَوَّلَ مَرَّةٍۢ فَٱقْعُدُوا۟ مَعَ ٱلْخَٰلِفِينَ

    Fa ir raja'akal laahu ilaa taaa'ifatim minhum fastaaa zanooka lilkhurooji faqul lan takhrujoo ma'iya abadanw a lan tuqaatiloo ma'iya 'aduwwan innakum radeetum bilqu'oodi awwala marratin faq'udoo ma'al khaalifeen

    Bas, Alloh seni ulardan bir toifasiga qaytarsa-yu, ular sendan (urushga) chiqishga izn soʻrasalar: «Men bilan hech qachon chiqmaysizlar va men bilan birga hech qachon jang qilmaysizlar, sizlar birinchi martada oʻtirishga rozi boʻldingiz, bas, ortda qoluvchilar bilan oʻtiraveringlar», – deb ayt.

  84. 84

    وَلَا تُصَلِّ عَلَىٰٓ أَحَدٍۢ مِّنْهُم مَّاتَ أَبَدًۭا وَلَا تَقُمْ عَلَىٰ قَبْرِهِۦٓ ۖ إِنَّهُمْ كَفَرُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَمَاتُوا۟ وَهُمْ فَٰسِقُونَ

    Wa laa tusalli 'alaaa ahadim minhum maata abadanw wa laa taqum 'alaa qabriheee innahum kafaroo billaahi wa Rasoolihee wa maatoo wa hum faasiqoon

    Va hech qachon ulardan oʻlgan birortasiga ham (janoza) namoz oʻqima, qabri ustida turma. Chunki, ular Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiq hollarida oʻldilar. [48]

    [48] (Chunki, janoza namozini oʻqish, birovning qabri ustida turish oʻlgan uchun katta hurmat va eʼzozdir. Bu ulkan hurmat va eʼzozni haqdor kishilarga qilish kerak. Munofiq va fosiqlar bunga loyiq emaslar.)

  85. 85

    وَلَا تُعْجِبْكَ أَمْوَٰلُهُمْ وَأَوْلَٰدُهُمْ ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُعَذِّبَهُم بِهَا فِى ٱلدُّنْيَا وَتَزْهَقَ أَنفُسُهُمْ وَهُمْ كَٰفِرُونَ

    Wa laa tu'jibka amwaa luhum wa awlaaduhum; innamaa yureedul laahu ai yu'az zibahum bihaa fid dunyaa wa tazhaqa anfusuhum wa hum kaafiroon

    Ularning mol-dunyolari va bola-chaqalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh oʻsha narsalar sababli ularni dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos.

  86. 86

    وَإِذَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌ أَنْ ءَامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَجَٰهِدُوا۟ مَعَ رَسُولِهِ ٱسْتَـْٔذَنَكَ أُو۟لُوا۟ ٱلطَّوْلِ مِنْهُمْ وَقَالُوا۟ ذَرْنَا نَكُن مَّعَ ٱلْقَٰعِدِينَ

    Wa izaaa unzilat Sooratun an aaminoo billaahi wa jaahidoo ma'a Rasoolihis taazanaka uluttawli minhum wa qaaloo zarnaa nakum ma'alqaa 'ideen

    «Allohga iymon keltiringlar va Uning Rasuli bilan jiddu jahd qilinglar», – deb sura nozil qilingan paytda ulardan boy-zodagonlari: «Bizni tek qoʻy, oʻtiruvchilar bilan birga boʻlaylik», – deb izn soʻraydilar.

  87. 87

    رَضُوا۟ بِأَن يَكُونُوا۟ مَعَ ٱلْخَوَالِفِ وَطُبِعَ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَفْقَهُونَ

    Radoo bi ai yakoonoo ma'al khawaalifi wa tubi'a 'alaa quloobihim fahum laa yafqahoon

    Ular xotin-xalajlar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar va qalblariga muhr bosildi. Bas, ular anglamaslar. [49]

    [49] (Ular oʻzlari xohlab pastkashlik qildilar. Shu sababdan qalblariga muhr bosildi. Endi ular oʻz foydalarini anglamaydilar. Agar anglaganlarida jihoddan qochmas edilar.)

  88. 88

    لَٰكِنِ ٱلرَّسُولُ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ جَٰهَدُوا۟ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلْخَيْرَٰتُ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    Laakinir Rasoolu wal lazeena aamanoo ma'ahoo jaahadoo bi amwaalihim wa anfusihim; wa ulaaa'ika lahumul khairaatu wa ulaaa'ika humul muflihoon

    Lekin Paygʻambar va u bilan birga iymon keltirganlar mollari va jonlari bilan jiddu jahd qildilar. Ana oʻshalarga, oʻzlariga yaxshiliklar boʻladir. Ana oʻshalar, oʻzlari najot topguvchilardir. [50]

    [50] (Bular munofiqlarga oʻxshab molu dunyoga berilib, uning ketib qolishidan qoʻrqib, baxillik qilmadilar. Topganlarini Allohning yoʻlidagi jihodga sarfladilar. Ular munofiqlarga oʻxshab jonlari shirin koʻrinib, qoʻrqib, urushdan qochib, xotin-xalaj orasiga kirib oʻtirib olmadilar. Ular Allohning roziligi uchun, Uning yoʻlida shahid boʻlishni orzu etib jihod qildilar. Shuning uchun ularga barcha yaxshiliklar beriladi. Shuning uchun ular najot topadilar.)

  89. 89

    أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    A'addal laahu lahum Jannaatin tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa; zaalikal fawzul 'azeem

    Alloh ular uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qoʻyadir. Unda abadiy qolurlar. Ana shu buyuk yutuqdir.

  90. 90

    وَجَآءَ ٱلْمُعَذِّرُونَ مِنَ ٱلْأَعْرَابِ لِيُؤْذَنَ لَهُمْ وَقَعَدَ ٱلَّذِينَ كَذَبُوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ۚ سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Wa jaaa'al mu'az ziroona minal A'raabi liyu'zana lahum wa qa'adal lazeena kazabul laaha wa Rasoolah; sayuseebul lazeena kafaroo minhum 'azaabun aleem

    Aʼrobiylardan uzr aytuvchilar ularga izn berilishini soʻrab keldilar. Allohga va Rasuliga yolgʻon gapirganlar esa, oʻtirib qoldilar. Ulardan kofir boʻlganlarga alamli azob yetadir. [51]

    [51] (Arab tilida «aʼrobiy» deb sahroda istiqomat qiluvchi arablarga aytiladi. Ularning ichidan ham Tabuk urushiga bormay qolganlari bor edi.)

  91. 91

    لَّيْسَ عَلَى ٱلضُّعَفَآءِ وَلَا عَلَى ٱلْمَرْضَىٰ وَلَا عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ مَا يُنفِقُونَ حَرَجٌ إِذَا نَصَحُوا۟ لِلَّهِ وَرَسُولِهِۦ ۚ مَا عَلَى ٱلْمُحْسِنِينَ مِن سَبِيلٍۢ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Laisa 'alad du'aaaa'i wa laa 'alal mardaa wa laa 'alal lazeena laa yajidoona maa yunfiqoona harajun izaa nasahoo lillaahi wa Rasoolih; maa 'alal muhsineena min sabeel; wallaahu Ghafoorur Raheem

    Zaifhollarga, bemorlarga va sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmayotganlarga, Allohga va Rasuliga ixlosli boʻlsalar, nasihat qilsalar, gunoh yoʻq. Chiroyli amal qiluvchilarni ayblashga yoʻl yoʻq. Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir. [52]

    [52] (Urushga yaramaydigan zaifhol kishilar, bemorlar yoki urushga borish uchun kerak sarf-xarajatlarni koʻtara olmaydigan odamlar urushga bormay qolsalar, ayb emas. Gunoh ham boʻlmaydi. Chunki Islom insonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi.)

  92. 92

    وَلَا عَلَى ٱلَّذِينَ إِذَا مَآ أَتَوْكَ لِتَحْمِلَهُمْ قُلْتَ لَآ أَجِدُ مَآ أَحْمِلُكُمْ عَلَيْهِ تَوَلَّوا۟ وَّأَعْيُنُهُمْ تَفِيضُ مِنَ ٱلدَّمْعِ حَزَنًا أَلَّا يَجِدُوا۟ مَا يُنفِقُونَ

    Wa laa 'alal lazeena izaa maaa atawka litahmilahum qulta laaa ajidu maaa ahmilukum 'alaihi tawallaw wa a'yunuhum tafeedu minaddam'i hazanan allaa yajidoo maa yunfiqoon

    Yana, senga ulov berishing uchun kelganlarida: «Sizlarni mindirgani narsa topa olmayapman», deganingda gʻamgin boʻlib, koʻzlaridan yoshlari toʻkilib, orqaga qaytib ketganlarga ham, sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmaganlari uchun gunoh yoʻq. [53]

    [53] (Bu toifadagilar oʻzlari sogʻ-salomat, baquvvat, urushga yaraydilar. Ragʻbatlari ham bor. Urushga borish uchun joʻnab yoʻlga ham chiqqanlar. Ammo Tabuk uzoq joy boʻlgani uchun minib oladigan ulov kerak. Ularning esa, ulovlari yoʻq. Shuning uchun Rasululloh alayhissalotu vassalomning oldilariga ulov soʻrab kelishgan.)

  93. 93

    ۞ إِنَّمَا ٱلسَّبِيلُ عَلَى ٱلَّذِينَ يَسْتَـْٔذِنُونَكَ وَهُمْ أَغْنِيَآءُ ۚ رَضُوا۟ بِأَن يَكُونُوا۟ مَعَ ٱلْخَوَالِفِ وَطَبَعَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Innamas sabeelu 'alal lazeena yastaazinoonaka wa hum aghniyaaa'; radoo biany-yakoonoo ma'al khawaalifi wa taba'al laahu 'alaa quloobihim fahum laa ya'lamoon

    Boy-badavlat boʻla turib sendan izn soʻraydiganlarni ayblashga yoʻl bor. Ular xotin-xalajlar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar. Alloh ularning qalblariga muhr bosdi. Bas, ular bilmaslar.

  94. 94

    يَعْتَذِرُونَ إِلَيْكُمْ إِذَا رَجَعْتُمْ إِلَيْهِمْ ۚ قُل لَّا تَعْتَذِرُوا۟ لَن نُّؤْمِنَ لَكُمْ قَدْ نَبَّأَنَا ٱللَّهُ مِنْ أَخْبَارِكُمْ ۚ وَسَيَرَى ٱللَّهُ عَمَلَكُمْ وَرَسُولُهُۥ ثُمَّ تُرَدُّونَ إِلَىٰ عَٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    ya'taziroona ilaikum izaa raja'tum ilaihim; qul laa ta'taziroo lan nu'mina lakum qad nabba annal laahu min akhbaarikum; wa sa yaral laahu 'amalakum wa Rasooluhoo suma turaddoona ilaa 'Aalimil Ghaibi washshahaadati fa yunabbi'ukum bimaa kuntum ta'maloon

    Huzurlariga qaytib kelganingizda, sizga uzr aytarlar. Sen: «Uzr aytmanglar, biz sizlarga hech qachon ishonmaymiz. Batahqiq, Alloh bizga sizlarning xabarlaringizni berdi. Albatta, Alloh va Uning Rasuli amalingizni koʻradir, soʻngra, gʻaybni va shahodatni bilguvchi Zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizga qilib yurgan amalingizning xabarini beradir», – deb ayt.

  95. 95

    سَيَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ لَكُمْ إِذَا ٱنقَلَبْتُمْ إِلَيْهِمْ لِتُعْرِضُوا۟ عَنْهُمْ ۖ فَأَعْرِضُوا۟ عَنْهُمْ ۖ إِنَّهُمْ رِجْسٌۭ ۖ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Sa yahlifoona billaahi lakum izanqalabtum ilaihim litu'ridoo 'anhum fa a'ridoo 'anhum innahum rijsunw wa maawaahum jahannamu jazaaa 'ambimaa kaanoo yaksiboon

    Ularning huzurlariga qaytib kelganingizda ularni ayblamasligingiz uchun sizga Allohning nomi ila qasam icharlar. Bas, ulardan yuz oʻgiringlar! Albatta, ular nopokdirlar. Qilib yurgan kasblari jazosiga joylari jahannamdadir. [54]

    [54] (Urushdan qochib, safarbarlikdan ortda qolgan oʻshalar faqat oddiy uzr aytish bilan kifoyalanmaydilar, balki uzrlari haqiqiy ekanligiga ishontirish uchun qasam ichadilar. Qasam ichganda Allohning nomini tilga oladilar. Lekin ularning qasamlariga ham ishonmaslik kerak ekan. Chunki pastkash munofiqning oʻz manfaati yoʻlida Alloh nomi ila yolgʻon qasam ichishi hech narsa emas.)

  96. 96

    يَحْلِفُونَ لَكُمْ لِتَرْضَوْا۟ عَنْهُمْ ۖ فَإِن تَرْضَوْا۟ عَنْهُمْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يَرْضَىٰ عَنِ ٱلْقَوْمِ ٱلْفَٰسِقِينَ

    Yahlifoona lakum litardaw 'anhum fa in tardaw 'anhum fa innal laaha laa yardaa 'anil qawmil faasiqeen

    Ular sizlar ulardan rozi boʻlishingiz uchun sizga qasam icharlar. Agarchi siz ulardan rozi boʻlsangiz ham, Alloh fosiq qavmlardan rozi boʻlmas. [55]

    [55] (Munofiqlar Allohning roziligini emas, balki bandaning roziligini olishga urinadilar. Munofiqlik shu asosga qurilgan.)

  97. 97

    ٱلْأَعْرَابُ أَشَدُّ كُفْرًۭا وَنِفَاقًۭا وَأَجْدَرُ أَلَّا يَعْلَمُوا۟ حُدُودَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Al A'raabu ashaddu kufranw wa nifaaqanw wa ajdaru allaa ya'lamoo hudooda maaa anzalal laahu 'alaa Rasoolih; wallaahu 'Aleemun Hakeem

    Aʼrobiylar kufr va nifoqda ashaddiyroq va Alloh Oʻz Paygʻambariga nozil qilgan narsaning chegaralarini bilmaslikka loyiqroqdirlar. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. [56]

    [56] (Oyatda aʼrobiylarning asl tabiatlari vasf qilinmoqda. Ular oʻzlari yashab turgan muhitga moslashib qolganlar. Ular kufr va nifoqda ashaddiy boʻladilar. Aʼrobiylar shafqatsiz tabiiy sharoitda uzoq yashagani uchun koʻngli qattiq, qoʻpol tabiatli boʻlib qoladilar. Yana bunga oʻxshagan sabablar juda ham koʻp boʻlishi mumkin.)

  98. 98

    وَمِنَ ٱلْأَعْرَابِ مَن يَتَّخِذُ مَا يُنفِقُ مَغْرَمًۭا وَيَتَرَبَّصُ بِكُمُ ٱلدَّوَآئِرَ ۚ عَلَيْهِمْ دَآئِرَةُ ٱلسَّوْءِ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ

    Wa minal A'raabi mai yattakhizu maa yunfiqu maghramanw wa yatarabbasu bikumud dawaaa'ir; alaihim daaa'iratus saw'; wallaahu Samee'un 'Aleem

    Aʼrobiylardan qilgan infoqni ziyon deb biladigan va sizga balo-ofat kelishini kutib turadiganlari ham bor. Yomon balolari oʻzlariga ursin! Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir. [57]

    [57] (Oyatda vasfi kelgan munofiqlar aʼrobiylardir. Ular musulmonlarga oʻzlarining siri ochilib qolishidan qoʻrqib, zakot berishga va jihod uchun baʼzi bir sarflarni qilishga majbur boʻladilar.)

  99. 99

    وَمِنَ ٱلْأَعْرَابِ مَن يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَيَتَّخِذُ مَا يُنفِقُ قُرُبَٰتٍ عِندَ ٱللَّهِ وَصَلَوَٰتِ ٱلرَّسُولِ ۚ أَلَآ إِنَّهَا قُرْبَةٌۭ لَّهُمْ ۚ سَيُدْخِلُهُمُ ٱللَّهُ فِى رَحْمَتِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Wa minal A'raabi mai yu'minu billaahi wal yawmil AAkhiri wa yattakhizu maa yunfiqu qurubaatin 'indal laahi wa salawaatir Rasool; alaaa innahaa qurbatul lahum; sayudkhiluhumul laahu fee rahmatih; innal laaha Ghafoorur Raheem

    Aʼrobiylardan Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan hamda infoq qiladigan narsasini Allohga qurbat hosil qilish va Rasulning duosiga musharraf etish vositasi deb biladiganlari ham bor. Bilsinlarki, albatta, oʻsha narsalar ular uchun qurbatdir. Albatta, Alloh ularni Oʻz rahmatiga kiritadir. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir. [58]

    [58] (Bu oyatda vasflari kelgan aʼrobiylar muxlis, moʻmin-musulmon aʼrobiylardir. Ular Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan saodatmand kishilardir.)

  100. 100

    وَٱلسَّٰبِقُونَ ٱلْأَوَّلُونَ مِنَ ٱلْمُهَٰجِرِينَ وَٱلْأَنصَارِ وَٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُم بِإِحْسَٰنٍۢ رَّضِىَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا۟ عَنْهُ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى تَحْتَهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Was saabiqoonal awwa loona minal Muhaajireena wal Ansaari wallazeenat taba'oo hum bi ihsaanir radiyal laahu 'anhum wa radoo 'anhu wa a'adda lahum jannnaatin tajree tahtahal anhaaru khaalideena feehaaa abadaa; zaalikal fawzul 'azeem

    Birinchi peshqadam muhojirlar va ansoriylar va ularga yaxshilik bilan ergashganlar. Alloh ulardan rozi boʻldi, ular ham Allohdan rozi boʻldilar. Ularga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qoʻydi. Ularda abadiy qolurlar. Ana oʻsha ulkan yutuqdir.

  101. 101

    وَمِمَّنْ حَوْلَكُم مِّنَ ٱلْأَعْرَابِ مُنَٰفِقُونَ ۖ وَمِنْ أَهْلِ ٱلْمَدِينَةِ ۖ مَرَدُوا۟ عَلَى ٱلنِّفَاقِ لَا تَعْلَمُهُمْ ۖ نَحْنُ نَعْلَمُهُمْ ۚ سَنُعَذِّبُهُم مَّرَّتَيْنِ ثُمَّ يُرَدُّونَ إِلَىٰ عَذَابٍ عَظِيمٍۢ

    Wa mimmann hawlakum minal A'raabi munaafiqoona wa min ahlil Madeenati maradoo 'alan nifaaq, laa ta'lamuhum nahnu na'lamuhum; sanu'azzibuhum marrataini summa yuraddoona ilaa 'azaabin 'azeem

    Atrofingizdagi aʼrobiylardan munofiqlar bor. Madina ahlidan ham. Ular nifoqda siyqasi chiqqanlardir. Sen ularni bilmassan, ularni Biz bilarmiz. Albatta, ularni ikki marta azoblarmiz. Soʻngra, ulkan azobga qaytarilurlar. [59]

    [59] (Ushbu oyati karimada aʼrobiylarning va ahli Madinaning alohida munofiqlari, siyqasi chiqqan munofiqlari haqida soʻz ketmoqda. Shu darajada siyqasi chiqqanki, ustaligidan, hatto Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom ham ularning munofiq ekanliklarini bilmaydilar. Munofiqligini faqat Alloh taoloning Oʻzigina biladi.)

  102. 102

    وَءَاخَرُونَ ٱعْتَرَفُوا۟ بِذُنُوبِهِمْ خَلَطُوا۟ عَمَلًۭا صَٰلِحًۭا وَءَاخَرَ سَيِّئًا عَسَى ٱللَّهُ أَن يَتُوبَ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌ

    Wa aakharoona' tarafoo bizunoobihim khalatoo 'amalan saalihanw wa aakhara saiyi'an 'asal laahu ai yatooba 'alaihim; innal laaha Ghafoorur Raheem

    Boshqalar esa, gunohlarini eʼtirof qildilar: ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir. Shoyadki, Alloh ularning tavbasini qabul qilsa. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir. [60]

    [60] (Ushbu oyat tushishiga sabab boʻlganlar Tabuk urushiga bormay qolib, soʻngra oʻz ishlaridan afsus-nadomat qilib tavba etgan kishilardir. Ular gʻazotdan qolib juda yomon ish qilgan, ammo chin koʻngildan afsuslanishlari yaxshi ishdir. Endi bunday kishilarning ishlari Allohning Oʻziga havola qilinadi.)

  103. 103

    خُذْ مِنْ أَمْوَٰلِهِمْ صَدَقَةًۭ تُطَهِّرُهُمْ وَتُزَكِّيهِم بِهَا وَصَلِّ عَلَيْهِمْ ۖ إِنَّ صَلَوٰتَكَ سَكَنٌۭ لَّهُمْ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

    Khuz min amwaalihim sadaqtan tutahhiruhum wa tuzakkeehim bihaa wa salli 'alaihim inna salaataka sakanul lahum; wallaahu Samee'un 'Aleem

    Ularning mollaridan sadaqa ol. Bu bilan ularni poklaysan, tozalaysan va ularning haqqiga duo qil. Albatta, sening duoing ular uchun sokinlikdir. Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.

  104. 104

    أَلَمْ يَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ هُوَ يَقْبَلُ ٱلتَّوْبَةَ عَنْ عِبَادِهِۦ وَيَأْخُذُ ٱلصَّدَقَٰتِ وَأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ

    Alam ya'lamooo annnal laaha huwa yaqbalut tawbata 'an ibaadihee wa yaakhuzus sadaqaati wa annal laaha Huwat awwaabur Raheem

    Ular, albatta, Alloh Oʻz bandalaridan tavbani qabul qilishini va sadaqalarni olishini va, albatta, Allohning Oʻzi tavbalarni koʻplab qabul qilguvchi va rahimli Zot ekanini bilmaslarmi?

  105. 105

    وَقُلِ ٱعْمَلُوا۟ فَسَيَرَى ٱللَّهُ عَمَلَكُمْ وَرَسُولُهُۥ وَٱلْمُؤْمِنُونَ ۖ وَسَتُرَدُّونَ إِلَىٰ عَٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Wa quli'maloo fasayaral laahu 'amalakum wa Rasooluhoo walmu'minoona wa saturaddoona ilaa 'Aalimil Ghaibi washshahaadati fa yunabbi'ukum bimaa kuntum ta'maloon

    Sen: «Amal qilinglar! Bas, albatta, Alloh, Uning Rasuli va moʻminlar amalingizni koʻradilar. Va, albatta, gʻaybni va shahodatni bilguvchi Zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizlarga qilib yurgan amallaringizning xabarini beradi», – deb ayt.

  106. 106

    وَءَاخَرُونَ مُرْجَوْنَ لِأَمْرِ ٱللَّهِ إِمَّا يُعَذِّبُهُمْ وَإِمَّا يَتُوبُ عَلَيْهِمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Wa aakharoona murjawna li amril laahi imaa yu'az zibuhum wa immaa yatoobu 'alaihim; wallaahu 'Aleemun Hakeem

    Va Allohning amriga havola qilingan boshqalar bor. Ularni yoki azoblaydir yoki tavbalarini qabul qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. [61]

    [61] (Ulamolarimiz bu toifadagi odamlar mazkur oyat nozil boʻlgan paytda uch kishi, yaʼni Hilol ibn Umayya, Kaʼb ibn Molik va Miror ibn ar-Robiyʼlar edi, deydilar. Ular munofiq emas, balki chin musulmon boʻlganlar, lekin xato qilib, Tabuk gʻazotiga bormay qolganlar. Soʻngra afsus-nadomat qilganlar-u, ammo Abu Luboba va uning sheriklariga qoʻshilib, oʻzlarini masjid ustuniga bogʻlamaganlar. Abu Luboba va uning sheriklarining tavbalari qabul qilindi, gunohlari kechirildi. Ammo bu uch kishining amri Allohning Oʻziga havola qilindi. Xohlasa, ularni azoblaydi, xohlasa, tavbalarini qabul qilib, gunohlarini kechiradi.)

  107. 107

    وَٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مَسْجِدًۭا ضِرَارًۭا وَكُفْرًۭا وَتَفْرِيقًۢا بَيْنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَإِرْصَادًۭا لِّمَنْ حَارَبَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ مِن قَبْلُ ۚ وَلَيَحْلِفُنَّ إِنْ أَرَدْنَآ إِلَّا ٱلْحُسْنَىٰ ۖ وَٱللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ

    Wallazeenat takhazoo masjidan diraaranw wa kufranw wa tafreeqam bainal mu'mineena wa irsaadal liman haarabal laaha wa Rasoolahoo min qabl; wa la yahlifunna in aradnaaa illal husnaa wallaahu yash hadu innahum lakaaziboon

    Ziyon, kufr, moʻminlar orasiga tafriqa solish va bundan oldin Allohga va Uning Rasuliga urush ochgan kimsani kutish joyi boʻlishi uchun masjid qurganlar, albatta, biz yaxshilikdan boshqa narsani iroda qilganimiz yoʻq, deb qasam icharlar. Alloh shohidlik beradiki, ular, albatta, yolgʻonchilardir. [62]

    [62] (Mazkur munofiqlar qurgan masjiddan hech qanday foyda yoʻq edi. Chunki ular oʻz masjidlarini Muhammad alayhissalotu vassalom birinchi boʻlib tiklagan Qubo masjidi yonida qurgan edilar. Shuning uchun bu masjid Masjidul Ziror — ziyon masjidi, deb nomlandi. Bu masjidning kufr uchun qurildi, deyilishiga sabab munofiqlar uni oʻzlariga markaz qilib, kufr ishlarini rivoj toptirish maqsadida edilar. Oyati karima maʼlum shaxslar, maʼlum masjid sababli tushgan boʻlsa ham, uning maʼnosi umumiydir. Munofiq va kofirlar barcha joylarda va barcha zamonlarda Islomga ziyon yetkazish uchun, kufrni rivojlantirish uchun, moʻmin-musulmonlar orasiga tafriqa solish uchun, Alloh va Uning Rasuliga urush ochganlarga kuzatish joyi boʻlish uchun koʻplab Masjidul Zirorlar qurganlar. Bu holat dinsiz davlatlardagi masjid va diniy muassasalar misolida juda ham ravshan namoyon boʻlgan.)

  108. 108

    لَا تَقُمْ فِيهِ أَبَدًۭا ۚ لَّمَسْجِدٌ أُسِّسَ عَلَى ٱلتَّقْوَىٰ مِنْ أَوَّلِ يَوْمٍ أَحَقُّ أَن تَقُومَ فِيهِ ۚ فِيهِ رِجَالٌۭ يُحِبُّونَ أَن يَتَطَهَّرُوا۟ ۚ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلْمُطَّهِّرِينَ

    Laa taqum feehi abadaa; lamasjidun ussisa 'alat taqwaa min awwali yawmin ahaqqu an taqooma feeh; feehi rijaaluny yuhibbona ai yatatahharoo, wallaahu yuhibbul mmuttah hireen

    Sen u(masjid)da hech qachon turma! Albatta, birinchi kundan taqvo asosida qurilgan masjidda turmoqliging haqdir. Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa, poklanuvchilarni sevadir.

  109. 109

    أَفَمَنْ أَسَّسَ بُنْيَٰنَهُۥ عَلَىٰ تَقْوَىٰ مِنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنٍ خَيْرٌ أَم مَّنْ أَسَّسَ بُنْيَٰنَهُۥ عَلَىٰ شَفَا جُرُفٍ هَارٍۢ فَٱنْهَارَ بِهِۦ فِى نَارِ جَهَنَّمَ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Afaman assasa bunyaa nahoo 'alaa taqwaa minal laahi wa ridwaanin khairun am man assasa bunyaanahoo 'alaa shafaa jurufin haarin fanhaara bihee fee Naari Jahannnam; wallaahu laa yahdil qawmaz zaalimeen

    Binosini Allohga boʻlgan taqvo va Uning roziligi asosida qurgan kimsa yaxshimi yoki binosini yemirilayotgan jar yoqasini asos qilib qurib, u bilan birga jahannam oʻtiga qulagan kimsa yaxshimi? Va Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.

  110. 110

    لَا يَزَالُ بُنْيَٰنُهُمُ ٱلَّذِى بَنَوْا۟ رِيبَةًۭ فِى قُلُوبِهِمْ إِلَّآ أَن تَقَطَّعَ قُلُوبُهُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

    Laa yazaalu bunyaanu humul lazee banaw reebatan fee quloobihim illaaa an taqatta'a quloobuhum; wal laahu 'Aleemun Hakeem

    Barpo qilgan binolari qalblarida shak-shubha holida bardavom qoladir. Magar qalblar qiymalanib ketsagina, shak-shubha qolmas. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.

  111. 111

    ۞ إِنَّ ٱللَّهَ ٱشْتَرَىٰ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ أَنفُسَهُمْ وَأَمْوَٰلَهُم بِأَنَّ لَهُمُ ٱلْجَنَّةَ ۚ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيَقْتُلُونَ وَيُقْتَلُونَ ۖ وَعْدًا عَلَيْهِ حَقًّۭا فِى ٱلتَّوْرَىٰةِ وَٱلْإِنجِيلِ وَٱلْقُرْءَانِ ۚ وَمَنْ أَوْفَىٰ بِعَهْدِهِۦ مِنَ ٱللَّهِ ۚ فَٱسْتَبْشِرُوا۟ بِبَيْعِكُمُ ٱلَّذِى بَايَعْتُم بِهِۦ ۚ وَذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Innal laahash taraa minal mu'mineena anfusahum wa amwaalahum bi anna lahumul jannah; yuqaatiloona fee sabeelil laahi fa yaqtuloona wa yuqtaloona wa'dan 'alaihi haqqan fit Tawraati wal Injeeli wal Qur-aan; wa man awfaa be'ahdihee minal laah; fastabshiroo bibai'ikumul lazee baaya'tum bih; wa zaalika huwal fawzul 'azeem

    Albatta, Alloh moʻminlardan ularning jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi. Ular Allohning yoʻlida jang qilurlar, oʻldirurlar va oʻldirilurlar. Bu, Tavrotda, Injilda va Qurʼonda Uning zimmasidagi haq vaʼdadir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Kim Allohga bergan ahdiga vafo qilsa, bas, qilgan savdolaringizdan shod boʻlavering. Ana shuning oʻzi ulkan yutuqdir. [63]

    [63] (Ushbu savdo aloqasida Alloh taolo xaridoru, moʻmin inson sotuvchi. Moʻmin-musulmon boʻlish bilan inson oʻz joni va molini Allohga sotadi. Alloh taolo esa moʻmin musulmon bandasiga joningni va molingni Mening yoʻlimga tiksang, Men buning evaziga jannatni beraman, deb sotib oladi. «Albatta, Alloh moʻminlardan ularning jonlari va mollarini jannat zvaziga sotib oldi», degani shu maʼnoni anglatadi. «Sotib oldi», yaʼni savdo tugadi. Shuning uchun hech bir moʻmin-musulmon shaxs savdoni buzmaslikka, Allohga sotgan joni va molini berishga doim tayyor turmogʻi lozim.)

  112. 112

    ٱلتَّٰٓئِبُونَ ٱلْعَٰبِدُونَ ٱلْحَٰمِدُونَ ٱلسَّٰٓئِحُونَ ٱلرَّٰكِعُونَ ٱلسَّٰجِدُونَ ٱلْءَامِرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَٱلنَّاهُونَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَٱلْحَٰفِظُونَ لِحُدُودِ ٱللَّهِ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    At taaa'iboonal 'aabidoonal haamidoonas saaa'ihoonar raaki'oonas saajidoonal aamiroona bilma'roofi wannaahoona 'anil munkari walhaafizoona lihudoodil laah; wa bashshiril mu'mineen

    Ular tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, roʻza tutuvchilar, rukuʼ qiluvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, Allohning chegarasida turuvchilardir. Va moʻminlarga xushxabar ber! [64]

    [64] (Bu oyati karimada moʻmin kishining bir necha sifatlari zikr qilinmoqda, agar ularda bu sifatlar mavjud boʻlsa, moʻminlik sharafiga erishadilar va Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom beradigan xushxabarga haqli boʻladilar.)

  113. 113

    مَا كَانَ لِلنَّبِىِّ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَن يَسْتَغْفِرُوا۟ لِلْمُشْرِكِينَ وَلَوْ كَانُوٓا۟ أُو۟لِى قُرْبَىٰ مِنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُمْ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ

    Maa kaana lin nabiyyi wallazeena aamanooo ai yastaghfiroo lilmushrikeena wa law kaanoo ulee qurbaa mim ba'di maa tabiyana lahum annahum Ashaabul jaheem

    Paygʻambar va moʻminlar uchun doʻzax egalari ekanligi ayon boʻlgan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari boʻlsa ham, istigʻfor aytishlari durust emasdir. [65]

    [65] (Demak, Paygʻambar alayhissalotu vassalomgaki ruxsat yoʻq ekan, boshqalarga boʻlmasligi aniq gap. Moʻmin kishi uchun hamma narsadan iymoni afzal, shuning uchun u avvalo iymon, din qardoshlari ila aloqa va bogʻlanishlarni yoʻlga qoʻyadi. Qon-qardoshlik aloqasi esa bu joyda hech narsani hal qilmaydi.)

  114. 114

    وَمَا كَانَ ٱسْتِغْفَارُ إِبْرَٰهِيمَ لِأَبِيهِ إِلَّا عَن مَّوْعِدَةٍۢ وَعَدَهَآ إِيَّاهُ فَلَمَّا تَبَيَّنَ لَهُۥٓ أَنَّهُۥ عَدُوٌّۭ لِّلَّهِ تَبَرَّأَ مِنْهُ ۚ إِنَّ إِبْرَٰهِيمَ لَأَوَّٰهٌ حَلِيمٌۭ

    Wa maa kaanas tighfaaru ibraaheema li abeehi illaa 'ammaw 'idatinw wa 'adahaaa iyyaahu falammaa tabaiyana lahooo annahoo 'aduwwul lillaahi tabarra a minh; inna Ibraaheema la awwaahum haleem

    Ibrohimning otasi uchun aytgan istigʻfori unga bergan vaʼdasi ustidan edi, xolos. Vaqtiki, unga otasining Allohga dushman ekanligi ayon boʻlganda, undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim tazarruʼli va haliymdir. [66]

    [66] (Yaʼni, otasi Ibrohim alayhissalom bilan tortishib, uni soʻkib, toshboʻron qilmoqchi boʻlganda haliym sifatli Ibrohim alayhissalom: «Sening uchun Allohga istigʻfor aytaman», deb vaʼda bergan edi. Ana shu vaʼdaga vafo qilish uchun otasiga istigʻfor aytdi, xolos. Keyinchalik unga otasi Allohning dushmani ekanligi ayon boʻldi. Oʻshanda u otasidan voz kechdi.)

  115. 115

    وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُضِلَّ قَوْمًۢا بَعْدَ إِذْ هَدَىٰهُمْ حَتَّىٰ يُبَيِّنَ لَهُم مَّا يَتَّقُونَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

    Wa maa kaanal laahu liyudilla qawmam ba'da iz hadaahum hatta yubaiyina lahum maa yattaqoon; innal laaha bikulli shai'in 'Aleem

    Alloh bir qavmni hidoyatga boshlaganidan soʻng, ularga saqlanishlari lozim boʻlgan narsani bayon qilmasdan turib, zalolatga ketkazmas. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir. [67]

    [67] (Yaʼni, iymon keltirib musulmon boʻlganlarga avvalo nima qilish kerakligi, nimalardan saqlanishlari lozimligi bayon qilinadi. Keyin ham nohaq ish qilsalar, notoʻgʻri yoʻlda yursalar, ana shundan soʻng Alloh ularga nisbatan chora koʻradi.)

  116. 116

    إِنَّ ٱللَّهَ لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۚ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا نَصِيرٍۢ

    Innal laaha lahoo mulkus samaawaati wal ardi yuhyee wa yumeet; wa maa lakum min doonil laahi minw waliyyinw wa laa naseer

    Albatta, osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. U tiriltirar va oʻldirar. Sizlarga Allohdan boshqa doʻst ham yoʻq, yordamchi ham yoʻq.

  117. 117

    لَّقَد تَّابَ ٱللَّهُ عَلَى ٱلنَّبِىِّ وَٱلْمُهَٰجِرِينَ وَٱلْأَنصَارِ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُ فِى سَاعَةِ ٱلْعُسْرَةِ مِنۢ بَعْدِ مَا كَادَ يَزِيغُ قُلُوبُ فَرِيقٍۢ مِّنْهُمْ ثُمَّ تَابَ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّهُۥ بِهِمْ رَءُوفٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Laqat taabal laahu 'alan nabiyyi wal Muhaajireena wal Ansaaril lazeenat taba'oohu fee saa'atil 'usrati mim ba'di maa kaada yazeeghu quloobu fareeqim minhum summma taaba 'alaihim; innahoo bihim Ra'oofur Raheem

    Batahqiq, Alloh Paygʻambarining, qiyinchilik vaqtida ergashgan muhojir va ansorlarning tavbasini qabul qildi. Ulardan baʼzilarining qalblari toyib ketay degandan soʻng tavbalarini qabul qildi. Albatta, U Zot ularga marhamatli va mehribondir. [68]

    [68] (Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning tavbalarini qabul qilgani xususida xabar bermoqda. Maʼlumki, paygʻambarlar maʼsumdirlar. Ammo bu oyatda Paygʻambarimizning Allohdan tushgan vahiyga xilof qilganlari haqida gap ketayotgani yoʻq. Bu hol boʻlishi ham mumkin emas. Balki U zot alayhissalom ijtihod maʼnosida baʼzi bir kishilarga Tabuk gʻazotiga chiqmay qolishga izn bergan edilar. U zot alayhissalotu vassalom bu bilan afzal ishni emas, undan pastrogʻini qilgan edilar. Afzali esa to rostgoʻylar yolgʻonchilardan ajralguncha kutib turish edi.)

  118. 118

    وَعَلَى ٱلثَّلَٰثَةِ ٱلَّذِينَ خُلِّفُوا۟ حَتَّىٰٓ إِذَا ضَاقَتْ عَلَيْهِمُ ٱلْأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ وَضَاقَتْ عَلَيْهِمْ أَنفُسُهُمْ وَظَنُّوٓا۟ أَن لَّا مَلْجَأَ مِنَ ٱللَّهِ إِلَّآ إِلَيْهِ ثُمَّ تَابَ عَلَيْهِمْ لِيَتُوبُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ

    Wa 'alas salaasatil lazeena khullifoo hattaaa izaa daaqat 'alaihimul ardu bimaa rahubat wa daaqat 'alaihim anfusuhum wa zannnooo al laa malja-a minal laahi illaaa ilaihi summa taaba 'alaihim liyatooboo; innal laaha Huwat Tawwaabur Raheem

    Va ortda qolgan uch kishiga ham. Ularga keng yer tor boʻlib, yuraklari siqilib, Allohdan qochib, oʻzgaga borib boʻlmasligiga ishonganlaridan soʻng, tavba qilishlari uchun tavba eshigi ochildi. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahimli Zotdir. [69]

    [69] (Bu uch kishining qissasi hamma tarix kitoblarimizda, tafsir va hadis kitoblarimizda rivoyat qilingan. Mazkur uch kishi Kaʼb ibn Molik, Mirora ibn Robiʼ va Hilol ibn Umayya al-Voqifiylar munofiq emas, balki chin musulmon boʻlganlar, lekin xato qilib, Tabuk gʻazotiga bormay qolganlar.)

  119. 119

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَكُونُوا۟ مَعَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanut taqul laaha wa koonoo ma'as saadiqeen

    Ey, iymon keltirganlar, Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga boʻlinglar.

  120. 120

    مَا كَانَ لِأَهْلِ ٱلْمَدِينَةِ وَمَنْ حَوْلَهُم مِّنَ ٱلْأَعْرَابِ أَن يَتَخَلَّفُوا۟ عَن رَّسُولِ ٱللَّهِ وَلَا يَرْغَبُوا۟ بِأَنفُسِهِمْ عَن نَّفْسِهِۦ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ لَا يُصِيبُهُمْ ظَمَأٌۭ وَلَا نَصَبٌۭ وَلَا مَخْمَصَةٌۭ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلَا يَطَـُٔونَ مَوْطِئًۭا يَغِيظُ ٱلْكُفَّارَ وَلَا يَنَالُونَ مِنْ عَدُوٍّۢ نَّيْلًا إِلَّا كُتِبَ لَهُم بِهِۦ عَمَلٌۭ صَٰلِحٌ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Maa kaana li ahlil Madeenati wa man hawlahum minal A'raabi ai yatakhallafoo 'ar-Rasoolil laahi wa laa yarghaboo bi anfusihim 'an nafsih; zaalika bi annahum laa yuseebuhum zama unw wa laa nasabunw wa laa makhmasatun fee sabeelil laahi wa laa yata'oona mawti'ai yagheezul kuffaara wa laa yanaaloona min 'aduwwin nailan illaa kutiba lahum bihee 'amalun saalih; innal laaha laa yudee'u ajral muhsineen

    Madina ahliga va ularning atrofidagi aʼrobiylarga Rasulullohdan chetda qolishlari va oʻz jonlarini koʻzlab, uning joniga eʼtibor qilmasliklari durust emas. Zero, ularga Allohning yoʻlida tashnalik, charchoq, ochlik yetsa, kofirlarning gʻazabini chiqaradigan biron qadam bossalar, dushmanga biron ziyon yetkazsalar, albatta, ularga solih amal yoziladir. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmas.

  121. 121

    وَلَا يُنفِقُونَ نَفَقَةًۭ صَغِيرَةًۭ وَلَا كَبِيرَةًۭ وَلَا يَقْطَعُونَ وَادِيًا إِلَّا كُتِبَ لَهُمْ لِيَجْزِيَهُمُ ٱللَّهُ أَحْسَنَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Wa laa yunfiqoona nafa qatan sagheeratanw wa laa kabeeratanw wa laa yaqta'oona waadiyan illaa kutiba lahum liyajziyahumul laahu ahsana maa kaanoo ya'maloon

    Kichik yoki katta nafaqa qilsalar ham, biron vodiyni kesib oʻtsalar ham, albatta, ularga (solih amal) yozilar. Alloh ularga qilgan eng goʻzal amallarining mukofotini berar. [70]

    [70] (Yana hammayoq toʻla ajr-savob. Katta-kichik boʻlsin, nafaqa qilsalar bas. Unga ham ajr-savob beriladi. Dushman tomon biron vodiyni kesib oʻtsalar ham ajr-savob yoziladi. Yozilganda ham mujohidning umrida qilgan eng yaxshi amalining savobi yoziladi. Shunday boʻlib turgandan keyin nima uchun endi safarbarlikdan qochib, jihoddan ortda qolish kerak ekan?)

  122. 122

    ۞ وَمَا كَانَ ٱلْمُؤْمِنُونَ لِيَنفِرُوا۟ كَآفَّةًۭ ۚ فَلَوْلَا نَفَرَ مِن كُلِّ فِرْقَةٍۢ مِّنْهُمْ طَآئِفَةٌۭ لِّيَتَفَقَّهُوا۟ فِى ٱلدِّينِ وَلِيُنذِرُوا۟ قَوْمَهُمْ إِذَا رَجَعُوٓا۟ إِلَيْهِمْ لَعَلَّهُمْ يَحْذَرُونَ

    Wa maa kaanal mu'minoona liyanfiroo kaaaffah; falaw laa nafara min kulli firqatim minhum taaa'ifatul liyatafaqqahoo fiddeeni wa liyunziroo qawmahum izaa raja'ooo ilaihim la'allahum yahzaroon

    Moʻminlarning hammalari (jangga) qoʻzgʻalishlari lozim emas. Har jamoadan bir nafar toifa boʻlsaydi. Ular dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirardilar. Shoyadki, ular hazir boʻlsalar. [71]

    [71] (Ushbu oyati karimadagi moʻminlarning hammalari birdan jihodga chiqishlari lozim emasligi haqidagi maʼno, boshqa oyatlardagi hamma chiqishi lozimligi haqidagi maʼnolarga qarama-qarshi kelmaydi. Har bir oyatga maqomga qarab amal qilinadi. Baʼzi vaqtlar boʻladiki, hamma jihodga chiqishi taqozo qilinadi. Baʼzi vaqtlarda esa, hammaning chiqishi shart emas. Kerakli darajada chiqsa yetadi. Hamma narsa vaziyatga qarab, Islom jamiyati rahbarlari tomonidan aniqlanadi. Biz oʻrganayotgan bu oyatda hamma jihodga chiqishi lozim boʻlmagan holat haqida gap ketmoqda.)

  123. 123

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ قَٰتِلُوا۟ ٱلَّذِينَ يَلُونَكُم مِّنَ ٱلْكُفَّارِ وَلْيَجِدُوا۟ فِيكُمْ غِلْظَةًۭ ۚ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُتَّقِينَ

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo qaatilul lazeena yaloonakum minal kuffaari walyajidoo feekum ghilzah; wa'lamooo annal laaha ma'al muttaqeen

    Ey, iymon keltirganlar, sizga yaqin boʻlgan kofirlarga qarshi jang qiling. Ular sizdagi shiddatni koʻrsinlar. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilan birgadir. [72]

    [72] (Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom va xulofai roshidinlar davrida ushbu oyati karimaga toʻliq amal etilgan. Islom yerlariga yaqin turgan kufr jamiyatlariga qarshi jihod qilingan. Bu tarixda maʼlum va mashhur haqiqatdir.)

  124. 124

    وَإِذَا مَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌۭ فَمِنْهُم مَّن يَقُولُ أَيُّكُمْ زَادَتْهُ هَٰذِهِۦٓ إِيمَٰنًۭا ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ فَزَادَتْهُمْ إِيمَٰنًۭا وَهُمْ يَسْتَبْشِرُونَ

    Wa izaa maaa unzilat Sooratun faminhum mai yaqoolu aiyukum zaadat hu haazihee eemaanaa; fa ammal lazeena aamanoo fazaadat hum eemaananw wa hum yastabshiroon

    Ulardan, biron sura nozil qilingan vaqtda: «Bu sizdan kimning iymonini ziyoda qildi?» – deydigan kimsalar bor. Bas, iymon keltirganlarning iymonini ziyoda qildi va ular shodu xurram boʻldilar. [73]

    [73] (Qurʼoni Karimdan bir sura nozil boʻlishi juda katta hodisa boʻlgan. Ammo munofiqlar uchun bu ulkan hodisa istehzo va masxara uchun fursat hisoblanadi. Ular sirtdan oʻzlarini musulmon qilib koʻrsatish uchun urinadilar, ammo iymon va Islom taqozosidagi ishlar oʻrtaga chiqqanda oʻzlarini kim ekanliklarini fosh qilib qoʻyishadi. Ular nozil boʻlgan sura birovning iymonini ziyoda ham qiladimi, degan istehzoni boshqacha qilib aytadilar. Ha, Qurʼon, uning oyatlari moʻminlarning iymonini ziyoda qiladi. Ular oʻsha iymonlari va uning ziyodaligi tufayli ikki dunyoda shodu xurram boʻlurlar. Qalbi kasal munofiqlarga esa boshqacha taʼsir qiladi.)

  125. 125

    وَأَمَّا ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌۭ فَزَادَتْهُمْ رِجْسًا إِلَىٰ رِجْسِهِمْ وَمَاتُوا۟ وَهُمْ كَٰفِرُونَ

    Wa ammal lazeena fee quloobihim maradun fazaadat hum rijsan ilaa rijsihim wa maatoo wa hum kaafiroon

    Ammo, qalblarida kasali borlarning iflosliklari ustiga ifloslik ziyoda qildi va ular kofir hollarida oʻlurlar. [74]

    [74] (Albatta, qalblarida kasali borlardan murod munofiqlardir, «ifloslik»dan murod esa munofiqliklaridir.)

  126. 126

    أَوَلَا يَرَوْنَ أَنَّهُمْ يُفْتَنُونَ فِى كُلِّ عَامٍۢ مَّرَّةً أَوْ مَرَّتَيْنِ ثُمَّ لَا يَتُوبُونَ وَلَا هُمْ يَذَّكَّرُونَ

    Awalaa yarawna annahum yuftanoona fee kulli 'aamim marratan aw marrataini summa laa yatooboona wa laa hum yazzakkkaroon

    Ular har yili bir yoki ikki marta fitna qilinayotganlariga qaramaslarmi? Shunda ham na tavba qilmaslar va na eslamaslar. [75]

    [75] (Har yili ularning hayotida bir yoki ikki marta sinovli ishlar, kasallikmi, boshqa musibatmi boʻlib oʻtadi. Aslida oʻsha hodisalar ularning koʻzini ochishi kerak. Lekin ular bu narsalarga ibrat koʻzi bilan qaramaydilar.)

  127. 127

    وَإِذَا مَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌۭ نَّظَرَ بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ هَلْ يَرَىٰكُم مِّنْ أَحَدٍۢ ثُمَّ ٱنصَرَفُوا۟ ۚ صَرَفَ ٱللَّهُ قُلُوبَهُم بِأَنَّهُمْ قَوْمٌۭ لَّا يَفْقَهُونَ

    Wa izaa maaa unzilat Sooratun nazara ba'duhum ilaa ba'din hal yaraakum min ahadin summman sarafoo; sarafal laahu quloobahum bi annahum qawmul laa yafqahoon

    Ular, biron sura nozil boʻlgan vaqtda, sizni birov koʻrmadimi, deb bir-birlariga nazar soladilar-da, soʻngra, burilib ketarlar. Ular fahmlamaydigan qavm boʻlganlari uchun, Alloh qalblarini burib qoʻydi.

  128. 128

    لَقَدْ جَآءَكُمْ رَسُولٌۭ مِّنْ أَنفُسِكُمْ عَزِيزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَرِيصٌ عَلَيْكُم بِٱلْمُؤْمِنِينَ رَءُوفٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Laqad jaaa'akum Rasoolum min anfusikum 'azeezun 'alaihi maa 'anittum hareesun 'alaikum bilmu'mineena ra'oofur raheem

    Batahqiq, sizlarga oʻzingizdan boʻlgan, sizning mashaqqat chekishingiz uning uchun ogʻir boʻlgan, sizning (saodatga yetishishingizga) tashna, moʻminlarga marhamatli, mehribon boʻlgan Paygʻambar keldi. [76]

    [76] (Oyati karimada Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning asosiy sifatlaridan bir nechasi zikr qilinmoqda. Dunyo tarixida U zot alayhissalotu vassalomdek kishilarga marhamatli, mehribon inson boʻlgan emas. Bu ulkan haqiqatni Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom siyratlari va hadislaridan bilib olamiz.)

  129. 129

    فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَقُلْ حَسْبِىَ ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ ۖ وَهُوَ رَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْعَظِيمِ

    Fa in tawallaw faqul lhasbiyal laahu laaa ilaaha illaa Huwa 'alaihi tawakkkaltu wa Huwa Rabbul 'Arshil 'Azeem

    Bas, yuz oʻgirib ketsalar, sen: «Menga Allohning Oʻzi yetarli. Undan oʻzga ibodatga sazovor Zot yoʻq, Unga tavakkal qildim, U ulugʻ arshning Robbisidir», – degin.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com