Sura 10
Yunus
يُونُسَ
Yunus · Makkiy · 109 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
الٓر ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْحَكِيمِ
Alif-Laaam-Raa; tilka Aayaatul Kitaabil Hakeem
Alif. Laam. Ro. Bular, hikmatli kitobning oyatlaridir.
- 2
أَكَانَ لِلنَّاسِ عَجَبًا أَنْ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰ رَجُلٍۢ مِّنْهُمْ أَنْ أَنذِرِ ٱلنَّاسَ وَبَشِّرِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَنَّ لَهُمْ قَدَمَ صِدْقٍ عِندَ رَبِّهِمْ ۗ قَالَ ٱلْكَٰفِرُونَ إِنَّ هَٰذَا لَسَٰحِرٌۭ مُّبِينٌ
A kaana linnaasi 'aaban an awhainaaa ilaa rajulim minhum an anzirin naasa wa bashshiril lazeena aamanoo anna lahum qadama sidqin 'inda Rabbihim; qaalal kaafiroona inna haaza lasaahirum mubeen
Odamlarga oʻzlaridan boʻlgan bir kishiga vahiy yuborib: «Odamlarni ogohlantir va iymon keltirganlarga Robbilari huzurida ular uchun sobitqadamlik borligining bashoratini ber», deganimiz ajablanarli boʻldimi? Kofirlar: «Albatta, bu ochiq-oydin sehrgardir», dedilar.
- 3
إِنَّ رَبَّكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍۢ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۖ يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ ۖ مَا مِن شَفِيعٍ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ إِذْنِهِۦ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ
Inna Rabbakumul laahul lazee khalaqas samaawaati wal arda fee sittati aiyaamin summas tawaa 'alal 'Arshi yudabbirul amra maa min shafee'in illaa mim ba'di iznih; zalikumul laahu Rabbukum fa'budooh; afalaa tazakkaroon
Albatta, Robbingiz osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, soʻng, (Zoti va ulugʻligiga munosib suratda) arshga yuksalgan Allohdir. U ishning tadbirini qiladir. Uning iznisiz hech bir shafoatchi boʻlmas. Ana oʻsha Alloh Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qilinglar. Eslamaysizlarmi?! [1]
[1] (Alloh taolo Oʻzining Robblik — tarbiyakunandalik sifati ila osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan. Bu olti kunning haqiqatini — kayfiyatini Allohning Oʻzi biladi. Ammo bizning tushunchamizdagi «kun» maʼnosida emasligi maʼlum. Chunki bizning tushunchamizdagi «kun» osmonlaru Yer yaratilgandan soʻng yerga munosib boʻlgan vaqt bilan chegaralanadi. Bu oyatdagi «kun» esa, osmonlaru Yer yaratilishidan oldingi zamonga tegishli vaqtni anglatmoqda.)
- 4
إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًۭا ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقًّا ۚ إِنَّهُۥ يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ لِيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ بِٱلْقِسْطِ ۚ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَهُمْ شَرَابٌۭ مِّنْ حَمِيمٍۢ وَعَذَابٌ أَلِيمٌۢ بِمَا كَانُوا۟ يَكْفُرُونَ
Ilaihi marji'ukum jamee 'anw wa'dal laahi haqqaa; innahoo yabda'ul khalqa summa yu'eeduhoo liyajziyal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati bilqist; wallazeena kafaroo lahum sharaabum min hamee minw wa 'azaabun aleemum bimaa kaanoo yakfuroon
Barchangizning qaytishingiz Ungadir. Allohning vaʼdasi haqdir. Albatta, U avval boshda (barchani) Oʻzi yaratadir. Soʻngra, iymon keltirgan va yaxshi amal qilganlarni adolat-la mukofotlash uchun ularni qaytaradir. Kofir boʻlganlar esa, kufr keltirganlari uchun, ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir.
- 5
هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ ٱلشَّمْسَ ضِيَآءًۭ وَٱلْقَمَرَ نُورًۭا وَقَدَّرَهُۥ مَنَازِلَ لِتَعْلَمُوا۟ عَدَدَ ٱلسِّنِينَ وَٱلْحِسَابَ ۚ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ ذَٰلِكَ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ۚ يُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَعْلَمُونَ
Huwal lazee ja'alash shamsa diyaaa'anw walqamara nooranw wa qaddarahoo manaaz zila lita'lamoo 'adadas sineena walhisaab; maa khalaqal laahu zaalika illa bilhaqq; yufassilul aayaati liqawminw ya'lamoon
U quyoshni ziyo va oyni nur qilgan hamda sizlar yillarning adadini va hisobini bilishingiz uchun uning manzillarini oʻlchovli qilgan Zotdir. Alloh oʻshani faqat haq ila yaratdi. U biladigan qavmlar uchun oyatlarini batafsil bayon qiladir. [2]
[2] (Inson hayoti davomida doimiy his etib turadigan mavjudotlardan biri quyosh, yana bittasi oydir. Lekin inson ularning mavjudiyatiga oʻrganib qolganidan koʻp ham eʼtibor bermaydi.)
- 6
إِنَّ فِى ٱخْتِلَٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَمَا خَلَقَ ٱللَّهُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَتَّقُونَ
Inna fikh tilaafil laili wannahaari wa maa khalaqal laahu fis samaawaati wal ardi la Aayaatil liqawminy yattaqoon
Albatta, kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmonlaru yerda yaratgan narsalarda taqvo qiladigan qavmlar uchun oyat — belgilar bordir. [3]
[3] (Kecha kirishi, muqarrar lahzada kecha kiradi. Kunduz boʻlishi, muqarrar lahzada kunduz boʻladi. Hech kim, hech qanday kuch bu jarayonga aralasha olmaydi. Hammasi Allohning irodasi va tadbiri ila roʻy beradi. Ammo bu ishlar tinimsiz takrorlanaverganidan inson bu jarayonga eʼtibor bermay qoʻygan.)
- 7
إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا وَرَضُوا۟ بِٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَٱطْمَأَنُّوا۟ بِهَا وَٱلَّذِينَ هُمْ عَنْ ءَايَٰتِنَا غَٰفِلُونَ
Innal lazeena laa yarjoona liqaaa'anaa wa radoo bilhayaatid dunyaa watma annoo bihaa wallazeena hum 'an Aayaatinaa ghaafiloon
Albatta, Biz ila muloqot boʻlishini umid qilmaganlar va bu dunyo hayotidan rozi boʻlib, u bilan xotirjam qolganlar hamda oyatlarimizdan gʻofil boʻlganlar.
- 8
أُو۟لَٰٓئِكَ مَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ
Ulaaa'ika maawaahumun Naaru bimaa kaanoo yaksiboon
Ana oʻshalarning joylari, qilgan kasblari tufayli, jahannamdir.
- 9
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ يَهْدِيهِمْ رَبُّهُم بِإِيمَٰنِهِمْ ۖ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمُ ٱلْأَنْهَٰرُ فِى جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ
Innal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati yahdeehim Rabbuhum bi eemaanihim tajree min tahtihimul anhaaru fee jannaatin Na'eem
Albatta, iymon keltirganlar va yaxshi amallar qilganlarni Robbilari, iymonlari sababli, hidoyatga boshlaydir. Naʼiym jannatlaridalar, ostlaridan anhorlar oqib turadir.
- 10
دَعْوَىٰهُمْ فِيهَا سُبْحَٰنَكَ ٱللَّهُمَّ وَتَحِيَّتُهُمْ فِيهَا سَلَٰمٌۭ ۚ وَءَاخِرُ دَعْوَىٰهُمْ أَنِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Da'waahum feehaa Subbaanakal laahumma wa tahiyyatuhum feehaa salaam; wa aakhiru da'waahum anil hamdu lillaahi Rabbil 'aalameen
U yerdagi duolari: «Allohim, Seni poklab yod etamiz»dir. U yerdagi soʻrashishlari «Salom»dir. Oxirgi duolari esa: «Olamlarning Robbi Allohga hamd boʻlsin»dir.
- 11
۞ وَلَوْ يُعَجِّلُ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ ٱلشَّرَّ ٱسْتِعْجَالَهُم بِٱلْخَيْرِ لَقُضِىَ إِلَيْهِمْ أَجَلُهُمْ ۖ فَنَذَرُ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا فِى طُغْيَٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ
Wa law yu'aijilul laahu linnaasish sharras ti'jaalahum bilkhairi laqudiya ilaihim ajaluhum fanazarul lazeena laa yarjoona liqaaa'anna fee tughyaanihim ya'mahoon
Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham tezlatsa edi, ajallari bitgan boʻlur edi. Bas, Biz ila muloqotda boʻlishdan umidi yoʻqlarni tugʻyonlarida tashlab qoʻyamiz, adashib-uloqib yuraveradilar. [4]
[4] (Alloh taolo bandalariga yaxshilikni doim, tez, soʻrasa-soʻramasa berib keladi. Bu hayotda koʻrilayotgan haqiqat. Ammo yomonlikni soʻragan zahoti bermaydi. Chunki yomonlikni ham tezda bersa, hammalari halok boʻlib ketadilar. Alloh bandalarini buning uchun yaratmagan. Shu bois ham Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom bir hadislarida nasihat qilib, kishilarni oʻzlariga qarshi, mollari va bolalariga qarshi duo etishdan qaytarganlar.)
- 12
وَإِذَا مَسَّ ٱلْإِنسَٰنَ ٱلضُّرُّ دَعَانَا لِجَنۢبِهِۦٓ أَوْ قَاعِدًا أَوْ قَآئِمًۭا فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُ ضُرَّهُۥ مَرَّ كَأَن لَّمْ يَدْعُنَآ إِلَىٰ ضُرٍّۢ مَّسَّهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْمُسْرِفِينَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Wa izaa massal insaanad durru da'aanaa lijambiheee aw qaa'idan aw qaaa'iman falammaa kashafnaa 'anhu durrahoo marra ka al lam yad'unaaa ilaa durrim massah; kazaalika zuyyina lilmusrifeena maa kaanoo ya'maloon
Qachonki insonga zarar yetsa, Bizga yonboshlagan, oʻtirgan yoki turgan holida duo qiladir. Undan zararini ketkazsak, xuddi oʻziga yetgan zarar haqida Bizga duo qilmagandek, ketaveradir. Ana shunday qilib, isrofchilarga qilayotgan amallari ziynatlanib koʻrsatildi. [5]
[5] (Inson ishi yurishib turganida, oʻzi sogʻ-salomat, tinch-omon va rohat-farogʻatda boʻlganida hech narsa bilan ishi yoʻq, bu dunyo hayotiga magʻrur boʻlib yuraveradi. Albatta, Alloh hidoyatga boshlagan moʻmin-musulmonlardan boshqalari. Ammo magʻrurlanib yurgan oʻsha insonning sogʻligʻigami, tinchligigami yoki rohatigami futur yetsa, boshiga musibat kelsa, darhol Alloh yodiga tushadi. Yonboshlagan, oʻtirgan yoki tik turgan holida, yaʼni har qanday holatda Allohga yolborishni boshlaydi. Hatto, eng katta kofir, fosiqlar hayotida ham bunday voqealar roʻy berganiga tarixda misollar koʻp. Yana avvalgidek, bu dunyo hayotiga oʻzini uradi. Allohni unutadi. Oʻzining bandaligini unutadi. Bir kuni kelib, boshiga yana qayta musibat tushishi mumkinligini ham unutadi. Hech narsadan tab tortmay, ibrat olmay, oldingi holiga tushib qoladi.)
- 13
وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا ٱلْقُرُونَ مِن قَبْلِكُمْ لَمَّا ظَلَمُوا۟ ۙ وَجَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَمَا كَانُوا۟ لِيُؤْمِنُوا۟ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْقَوْمَ ٱلْمُجْرِمِينَ
Wa laqad ahlaknal quroona min qablikum lammaa zalamoo wa jaaa'at hum Rusuluhum bil baiyinaati wa maa kaanoo liyu'minoo; kazaalika najzil qawmal mujrimeen
Batahqiq, sizdan oldingi asrlarni zulm qilgan chogʻlarida va Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida iymon keltirmaydigan boʻlganlarida halok qilganmiz. Jinoyatchi qavmlarni ana shunday jazolaymiz.
- 14
ثُمَّ جَعَلْنَٰكُمْ خَلَٰٓئِفَ فِى ٱلْأَرْضِ مِنۢ بَعْدِهِمْ لِنَنظُرَ كَيْفَ تَعْمَلُونَ
Summa ja'alnaakum khalaaa'ifa fil ardi mim ba'dihim linanzura kaifa ta'maloon
Soʻngra, qanday amal qilishingizga nazar solishimiz uchun ularning ortidan sizlarni yer yuzida oʻrinbosarlar qildik.
- 15
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَاتُنَا بَيِّنَٰتٍۢ ۙ قَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا ٱئْتِ بِقُرْءَانٍ غَيْرِ هَٰذَآ أَوْ بَدِّلْهُ ۚ قُلْ مَا يَكُونُ لِىٓ أَنْ أُبَدِّلَهُۥ مِن تِلْقَآئِ نَفْسِىٓ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّى عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍۢ
Wa izaa tutlaa 'alaihim aayaatunaa baiyinaatin qaalal lazeena laa yarjoona liqaaa'ana'ti bi Quraanin ghairi haazaaa aw baddilh; qul maa yakoonu leee an ubaddilahoo min tilqaaa'i nafsee in attabi'u illaa maa yoohaaa ilaiya inneee akhaafu in 'asaytu Rabbee 'azaaba Yawmin 'Azeeem
Qachonki, ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinganida, Bizga muloqot boʻlishdan umidi yoʻqlar: «Bundan boshqa Qurʼon keltir yoki uni almashtir», dedilar. Sen: «Men oʻzimcha uni almashtira olmasman. Men faqat oʻzimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Albatta, men Robbimga osiylik qilsam, ulugʻ kunning azobidan qoʻrqaman», deb ayt. [6]
[6] (Bu gapni oʻta ketgan johillargina aytishi mumkin. Ular vahiy nima ekanini bilishni ham xohlamaydilar. Uning kimdan chiqqanini ham, uning insoniyat uchun ahamiyatini ham bilmaydilar. Yaʼni, Qurʼonning oʻrniga boshqa narsa keltirib yoki uni almashtirib, Robbimga osiylik qilsam, ulugʻ qiyomat kunining azobiga duchor boʻlishdan qoʻrqaman. Paygʻambar boʻlaturib u zot alayhissalotu vassalom shunchalik qoʻrqsalar, Qurʼon oʻrniga boshqa dastur keltirayotgan va uning oyatlari yoki hukmlarini almashtirayotgan oddiy odamlarni nima desa boʻlar ekan?!)
- 16
قُل لَّوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا تَلَوْتُهُۥ عَلَيْكُمْ وَلَآ أَدْرَىٰكُم بِهِۦ ۖ فَقَدْ لَبِثْتُ فِيكُمْ عُمُرًۭا مِّن قَبْلِهِۦٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
Qul law shaaa'al laahu maa talawtuhoo 'alaikum wa laaa adraakum bihee faqad labistu feekum 'umuram min qablih; afalaa ta'qiloon
Sen: «Agar Alloh xohlaganida, uni sizlarga tilovat qilmas va uni sizlarga oʻrgatmas edi. Batahqiq, men orangizda undan oldin ham umr kechirdim. Aql ishlatib koʻrmaysizlarmi?» deb ayt.
- 17
فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلْمُجْرِمُونَ
Faman azlamu mimmanif taraa 'alal laahi kaziban aw kazzaba bi Aayaatih; innahoo laa yuflihul mujrimoon
Allohga yolgʻon toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolgʻonga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, jinoyatchilar najot topmaslar.
- 18
وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَضُرُّهُمْ وَلَا يَنفَعُهُمْ وَيَقُولُونَ هَٰٓؤُلَآءِ شُفَعَٰٓؤُنَا عِندَ ٱللَّهِ ۚ قُلْ أَتُنَبِّـُٔونَ ٱللَّهَ بِمَا لَا يَعْلَمُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ
Wa ya'budoona min doonil laahi maa laa yadurruhum wa laa yanfa'uhum wa yaqooloona haaa'ulaaa'i shufa'aaa 'unaa 'indal laah; qul atunabbi 'oonal laaha bima laa ya'lamu fis samaawaati wa laa fil ard; subhaanahoo wa Ta'aalaa 'ammaa yushrikoon
Ular Allohni qoʻyib, oʻzlariga zarar ham, manfaat ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qilurlar va: «Ana oʻshalar bizning Alloh huzuridagi shafoatchilarimizdir!» derlar. Sen: «Allohga U osmonlaru yerda bilmaydigan narsalarning xabarini bermoqchimisizlar?!» deb ayt. Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok va yuksak Zotdir.
- 19
وَمَا كَانَ ٱلنَّاسُ إِلَّآ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ فَٱخْتَلَفُوا۟ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌۭ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ فِيمَا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ
Wa maa kaanan naasu illaaa ummmatanw waahidatan fakh talafoo; wa law laa kalimatun sabaqat mir Rabbika laqudiya bainahum fee maa feehi yakhtalifoon
Odamlar faqat bir ummat boʻlgan edilar. Soʻngra, ixtilofga tushdilar. Agar Robbing tomonidan aytilgan soʻz boʻlmaganida, ular ixtilof qilayotgan narsa haqida oralarida hukm qilingan boʻlar edi. [7]
[7] (Darhaqiqat, Odam atodan keyin hamma bir xil aqidada — tavhid aqidasida edi. Ammo vaqt oʻtishi bilan turli omillar taʼsirida baʼzi ixtiloflar kelib chiqdi. Ayrim odamlar tavhidni mahkam tutdilar. Boshqalari shirkka ketdilar.)
- 20
وَيَقُولُونَ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌۭ مِّن رَّبِّهِۦ ۖ فَقُلْ إِنَّمَا ٱلْغَيْبُ لِلَّهِ فَٱنتَظِرُوٓا۟ إِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُنتَظِرِينَ
W yaqooloona law laaa unzila 'alaihi aayatum mir Rabbihee faqul innamal ghaibu lillaahi fantaziroo innee ma'akum minal muntazireen
Va ular: «Unga Robbidan bir belgi — moʻjiza tushsa edi», derlar. Bas, Sen: «Gʻayb Allohnikidir. Intizor boʻlib turing, men ham siz ila intizor boʻluvchilardanman», deb ayt. [8]
[8] (Mushriklarning odatlari shu: atroflaridagi son-sanoqsiz moʻjizalardan koʻz yumib, Paygʻambar alayhissalotu vassalomning va u kishiga kelayotgan vahiyning haq ekanligini tasdiqlovchi alohida katta moddiy moʻjiza keltirishni talab qilishardi. Hazrati Muhammad alayhissalotu vassalomning shariatlari oxirgi shariat boʻlganidan Alloh taolo mushriklarning matlubini ortga surishga ahd qilgan edi. Shu bois Paygʻambari Muhammad alayhissalotu vassalomga mushriklarning bu bemaʼni talabiga: «Gʻayb Allohnikidir. Intizor boʻlib turing, men ham siz ila intizor boʻluvchilardanman», deb ayt», demoqda.)
- 21
وَإِذَآ أَذَقْنَا ٱلنَّاسَ رَحْمَةًۭ مِّنۢ بَعْدِ ضَرَّآءَ مَسَّتْهُمْ إِذَا لَهُم مَّكْرٌۭ فِىٓ ءَايَاتِنَا ۚ قُلِ ٱللَّهُ أَسْرَعُ مَكْرًا ۚ إِنَّ رُسُلَنَا يَكْتُبُونَ مَا تَمْكُرُونَ
Wa izaaa azaqnan naasa rahmatam mim ba'di darraaa'a massat hum izaa lahum makrun feee aayaatinaa; qulil laahu asra'u makraa; inna rusulanaa yaktuboona maa tamkuroon
Qachonki, odamlarga ularga yetgan zarardan soʻng rahmatni totdirsak, banogoh, ularda oyatlarimiz haqida makr boʻlur. «Alloh makrda tezkordir. Albatta, elchilarimiz qilayotgan makrlaringizni yozib borurlar», degin. [9]
[9] (Odam bolasining ishi qiziq: boshiga musibat tushsa, Allohni eslaydi, Unga yolboradi, xalos qilishini soʻraydi. Musibat koʻtarilganida esa, hammasi yodidan chiqadi, tugʻyonga ketadi va yana gunoh ishlarga botadi. Ushbu holat oyati karimada: «Qachonki odamlarga ularga yetgan zarardan soʻng rahmatni totdirsak, banogoh, ularda oyatlarimiz haqida makr boʻlur», deb vasf qilinmoqda. Ojiz bandalar oʻzlaricha makr qilishga urinadilar. Ammo hamma narsani bilguvchi va har narsaga qodir Alloh ularning makrini darhol yoʻqqa chiqaradi. Buning ustiga, Allohning elchilari — farishtalar har bir makrni yozib turadi. Vaqti kelganda oʻsha yozuv makkorlar ziddiga hujjat boʻladi. Makkorlar ikki dunyoda ham makrlarining azobini tortadi.)
- 22
هُوَ ٱلَّذِى يُسَيِّرُكُمْ فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا كُنتُمْ فِى ٱلْفُلْكِ وَجَرَيْنَ بِهِم بِرِيحٍۢ طَيِّبَةٍۢ وَفَرِحُوا۟ بِهَا جَآءَتْهَا رِيحٌ عَاصِفٌۭ وَجَآءَهُمُ ٱلْمَوْجُ مِن كُلِّ مَكَانٍۢ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُمْ أُحِيطَ بِهِمْ ۙ دَعَوُا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ لَئِنْ أَنجَيْتَنَا مِنْ هَٰذِهِۦ لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّٰكِرِينَ
Huwal lazee yusaiyirukum fil barri walbahri hattaaa izaa kuntum fil fulki wa jaraina bihim bireeh in taiyibatinw wa farihoo bihaa jaaa'at haa reehun 'aasifunw wa jaaa'ahumul mawju min kulli makaaninw wa zannooo annahum uheeta bihim da'awul laaha mukhliseena lahud deena la'in anjaitanaa min haazihee lanakoonannna minash shaakireen
U sizlarni quruqlikda va dengizda yurgizadigan Zotdir. Toki sizlar kemada boʻlganingizda va u(kema)lar yaxshi yellar ila ularni olib ketganida hamda ular bundan xursand boʻlganlarida, qattiq shamol kelur va ularga har tomondan toʻlqin kelur. Oʻzlarining qurshovda qolganlarini anglaganlarida, Allohga chin ixlos bilan: «Agar bizni mana shundan qutqazsang, albatta, shukr keltiruvchilardan boʻlurmiz», deb duo qilurlar.
- 23
فَلَمَّآ أَنجَىٰهُمْ إِذَا هُمْ يَبْغُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ ۗ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّمَا بَغْيُكُمْ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُم ۖ مَّتَٰعَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ ثُمَّ إِلَيْنَا مَرْجِعُكُمْ فَنُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Falammaaa anjaahum izaa hum yabghoona fil ardi bighairil haqq; yaaa aiyuhannaasu innamaa bagh yukum 'alaaa anfusikum mataa'al hayaatid dunyaa summa ilainaa marji'ukum fanunabbi 'ukum bimaa kuntum ta'maloon
Bas, qachonki U zot ularga najot bersa, koʻribsizki, ular yer yuzida nohaqdan zulm qilurlar. Ey odamlar! Bu zulmingiz faqat oʻz ziyoningizgadir. Bu, hayoti dunyo matohi, xolos. Soʻngra, Bizga qaytishingiz bor. Bas, Biz nima amal qilganingizning xabarini berurmiz.
- 24
إِنَّمَا مَثَلُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا كَمَآءٍ أَنزَلْنَٰهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَٱخْتَلَطَ بِهِۦ نَبَاتُ ٱلْأَرْضِ مِمَّا يَأْكُلُ ٱلنَّاسُ وَٱلْأَنْعَٰمُ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَخَذَتِ ٱلْأَرْضُ زُخْرُفَهَا وَٱزَّيَّنَتْ وَظَنَّ أَهْلُهَآ أَنَّهُمْ قَٰدِرُونَ عَلَيْهَآ أَتَىٰهَآ أَمْرُنَا لَيْلًا أَوْ نَهَارًۭا فَجَعَلْنَٰهَا حَصِيدًۭا كَأَن لَّمْ تَغْنَ بِٱلْأَمْسِ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَتَفَكَّرُونَ
Innamaa masalul hayaatid dunyaa kammaaa'in anzalnaahu minas sammaaa'i fakhtalata bihee nabaatul ardi mimmaa yaakulun naasu wal an'aam; hattaaa izaaa akhazatil ardu zukhrufahaa wazziyanat wa zanna ahluhaaa annahum qaadiroona 'alaihaaa ataahaaa amrunaa lailan aw nahaaran faja'alnaahaa haseedan ka allam taghna bil-ams; kazaalika nufassilul aayaati liqawminy yatafakkaroon
Albatta, dunyo hayotining misoli xuddi Biz osmondan tushirgan suvga oʻxshaydir. Bas, odamlar va chorvalar yeydigan yer nabototi u bilan aralashib, yer bezagini olganda va ziynatlanganda hamda uning ahli, endi bunga erishdik, deb oʻylaganda, kechasi yoki kunduzi unga Bizning amrimiz keladir. Biz uni xuddi kuni kecha yashnab turmagandek quritib qoʻyamiz. Tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyatlarimizni ana shunday batafsil bayon qilurmiz.
- 25
وَٱللَّهُ يَدْعُوٓا۟ إِلَىٰ دَارِ ٱلسَّلَٰمِ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ
Wallaahu yad'ooo ilaa daaris salaami wa yahdee mai yashaaa'u ilaa Siraatim Mustaqeem
Alloh tinchlik diyoriga daʼvat qilur va Oʻzi xohlaganlarni sirotul mustaqiymga hidoyat qilur. [10]
[10] (Alloh bandalarini ikki dunyoda ham saodatli boʻlishlarini xohlaydi. Ularni tinchlik diyorida, omonlikda, baxt-saodat va farogʻatda boʻlishga chaqiradi. Kimki Allohning chaqirigʻiga labbay deb javob bersa, uning aytganlarini qilsa, barcha yaxshiliklarga yetishadi. Toʻgʻri yoʻlda — siroti mustaqimda barqaror turadi. Doimo yaxshiliklarga sohib boʻladi.)
- 26
۞ لِّلَّذِينَ أَحْسَنُوا۟ ٱلْحُسْنَىٰ وَزِيَادَةٌۭ ۖ وَلَا يَرْهَقُ وُجُوهَهُمْ قَتَرٌۭ وَلَا ذِلَّةٌ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ
Lillazeena ahsanul husnaa wa ziyaadahtunw wa laa yarhaqu wujoohahum qatarunw wa laa zillah; ulaaa'ika ashaabul jannnati hum feehaa khaalidoon
Goʻzal amal qilganlar uchun goʻzal savob va ziyodalik bordir. Ularning yuzlarini qarolik ham, xorlik ham qoplamas. Ana oʻshalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar. [11]
[11] (Allohga iymon keltirib, Uning chaqirigʻiga labbay deb javob berib, yaxshi amallarni qilib yashagan bandalar bu dunyoda goʻzal hayot kechiradilar. Oxiratda esa, bu dunyoda qilgan goʻzal amallari uchun savob oladilar, jannatga doxil boʻladilar.)
- 27
وَٱلَّذِينَ كَسَبُوا۟ ٱلسَّيِّـَٔاتِ جَزَآءُ سَيِّئَةٍۭ بِمِثْلِهَا وَتَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌۭ ۖ مَّا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِنْ عَاصِمٍۢ ۖ كَأَنَّمَآ أُغْشِيَتْ وُجُوهُهُمْ قِطَعًۭا مِّنَ ٱلَّيْلِ مُظْلِمًا ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ
Wallazeena kasabus saiyi aati jazaaa'u saiyi'atim bimislihaa wa tarhaquhum zillah; maa lahum minal laahi min 'aasimin ka annamaaa ughshiyat wujoohuhum qita 'am minal laili muzlimaa; ulaaa'ika Ashaabun Naari hum feeha khaalidoon
Yomonliklarni kasb qilganlarga esa, yomonliklariga yarasha yomon jazo boʻlur. Ularni xorlik qoplar. Ular uchun Allohdan biror saqlovchi ham boʻlmas. Yuzlari xuddi tun zulmatidan bir parcha ila qoplangan kabi boʻlur. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar. [12]
[12] (Oldingi manzaraning tamoman aksi. Oyatda bu dunyoda goʻzal amallar emas, yomon amallar qilganlar vasf qilinayotir. Yomonliklari tufayli ular bu dunyoning oʻzida yomon hayot kechiradilar. Oxiratda esa, ularga: «yomonliklariga yarasha yomon jazo boʻlur».)
- 28
وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًۭا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ مَكَانَكُمْ أَنتُمْ وَشُرَكَآؤُكُمْ ۚ فَزَيَّلْنَا بَيْنَهُمْ ۖ وَقَالَ شُرَكَآؤُهُم مَّا كُنتُمْ إِيَّانَا تَعْبُدُونَ
Wa yawma nahshuruhum jamee'an summa naqoolu lillazeena ashrakoo makaanakum antum wa shurakaaa'ukum; fazaiyalnaa bainahum wa qaala shurakaaa'uhum maa kuntum iyyaanaa ta'budoon
U kunda barchalarini toʻplarmiz. Soʻngra, shirk keltirganlarga: «Sizlar ham, sherik qilganlaringiz ham joyingizdan qimirlamangiz», dermiz. Bas, oralarini ajratarmiz va sherik qilinmishlar: «Bizga ibodat etmagan edingiz.
- 29
فَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًۢا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ إِن كُنَّا عَنْ عِبَادَتِكُمْ لَغَٰفِلِينَ
Fakafaa billaahi shaheedam bainanaa wa bainakum in kunnaa 'an 'ibaadatikum laghaafileen
Biz bilan sizning orangizda shohidlikka Alloh kifoyadir. Biz, albatta, sizning ibodatingizdan gʻofil edik», derlar.
- 30
هُنَالِكَ تَبْلُوا۟ كُلُّ نَفْسٍۢ مَّآ أَسْلَفَتْ ۚ وَرُدُّوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ مَوْلَىٰهُمُ ٱلْحَقِّ ۖ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
Hunaalika tabloo kullu nafsim maaa aslafat; wa ruddoo ilal laahi mawlaahu mul haqqi wa dalla 'anhum maa kaanoo yaftaroon
Oʻsha yerda har bir jon oʻzi qilib oʻtgan ishdan soʻralur — xabardor boʻlur va haqiqiy xojalari Allohga qaytarilurlar. Hamda oʻzlaricha toʻqib chiqargan narsalari ulardan gʻoyib boʻladir.
- 31
قُلْ مَن يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ أَمَّن يَمْلِكُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَٰرَ وَمَن يُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ ٱلْمَيِّتَ مِنَ ٱلْحَىِّ وَمَن يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ ۚ فَسَيَقُولُونَ ٱللَّهُ ۚ فَقُلْ أَفَلَا تَتَّقُونَ
Qul mai yarzuqukum minas samaaa'i wal ardi ammany yamlikus sam'a wal absaara wa mai yukhrijul haiya minal maiyiti wa yikhrijul maiyita minal haiyi wa mai yudabbirul amr; fasa yaqooloonal laah; faqul afalaa tattaqoon
Sen: «Sizlarni osmonlaru yerda kim rizqlantiradi? Yoki quloq va koʻzlaringizning egasi kim, tirikni oʻlikdan, oʻlikni tirikdan kim chiqaradi? Ishning tadbirini kim qiladi?» deb ayt. Ular, albatta: «Alloh», derlar. Bas, sen: «Taqvo qilmaysizlarmi?» deb ayt. [13]
[13] (Ushbu oyati karimalar nozil boʻlayotgan davrdagi odamlar tushunchasi boʻyicha, oʻsib-harakatlanib turgan narsalar tirik, harakatsiz, oʻsmay turgan narsalar oʻlik hisoblanar edi. Ana shu tasavvurga binoan qadimgi tafsirchilarimiz «oʻlikdan tirikni chiqarish»ga tuxumdan qushni, urugʻdan oʻsimlikni, danakdan daraxtni chiqarishni va shunga oʻxshash holatlarni misol qilib keltirganlar. Yoki, aksincha, hamma hayvonlar tirik bola tugʻadi, qushlar esa, jonsiz tuxumni. Oʻsib yetilgan oʻsimlikdan jonsiz urugʻ chiqadi. Bularning hammasini kim qilmoqda? Albatta, Alloh!)
- 32
فَذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمُ ٱلْحَقُّ ۖ فَمَاذَا بَعْدَ ٱلْحَقِّ إِلَّا ٱلضَّلَٰلُ ۖ فَأَنَّىٰ تُصْرَفُونَ
Fazaalikumul laahu Rabbukumul haqq; famaazaa ba'dal haqqi illad dalaalu fa annnaa tusrafoon
Bas, mana shu Alloh sizning haq Robbingizdir. Haqdan soʻng nima boʻladi? Magar zalolat boʻladi. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz?
- 33
كَذَٰلِكَ حَقَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ عَلَى ٱلَّذِينَ فَسَقُوٓا۟ أَنَّهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
Kazaalika haqqat Kalimatu Rabbika 'alal lazeena fasaqooo annahum laa yu'minoon
Shunday qilib, fosiqlik qilganlarga Robbingning soʻzi haq boʻldi. Ular iymon keltirmaslar.
- 34
قُلْ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ۚ قُلِ ٱللَّهُ يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ
Qul hal min shurakaaa 'ikum mai yabda'ul khalqa suma yu'eeduh; qulil laahu yabda'ul khalqa summa yu'eeduhoo fa annaa tu'fakoon
Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida maxluqotni avval boshda yaratib, soʻngra uni qaytaradigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh maxluqotni avval boshda yaratib, soʻngra uni qaytarar. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?» deb ayt.
- 35
قُلْ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَهْدِىٓ إِلَى ٱلْحَقِّ ۚ قُلِ ٱللَّهُ يَهْدِى لِلْحَقِّ ۗ أَفَمَن يَهْدِىٓ إِلَى ٱلْحَقِّ أَحَقُّ أَن يُتَّبَعَ أَمَّن لَّا يَهِدِّىٓ إِلَّآ أَن يُهْدَىٰ ۖ فَمَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ
Qul hal min shurakaaa 'ikum mai yahdeee ilal haqq; qulil laahu yahdee lilhaqq; afamai yahdeee ilal haqqi ahaqqu ai yuttaba'a ammal laa yahiddeee illaaa ai yuhdaa famaa lakum kaifa tahkumoon
Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida haqqa hidoyat qiladigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh haqqa hidoyat qiladir. Ergashishga haqqa hidoyat qiladigan Zot haqliroqmi yoki hidoyat qilmaydigan, balki oʻzi hidoyatga muhtoj kimsami? Sizga nima boʻldi?! Qanday hukm qilmoqdasiz?!» deb ayt.
- 36
وَمَا يَتَّبِعُ أَكْثَرُهُمْ إِلَّا ظَنًّا ۚ إِنَّ ٱلظَّنَّ لَا يُغْنِى مِنَ ٱلْحَقِّ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِمَا يَفْعَلُونَ
Wa maa yattabi'u aksaruhum illaa zannaa; innaz zanna laa yughnee minal haqqi shai'aa; innal laaha 'Aleemum bimaa yaf'aloon
Ularning koʻplari gumonga ergashadilar, xolos. Albatta, gumon haq oʻrnida hech narsa boʻla olmas. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini bilguvchi Zotdir. [14]
[14] (Allohning yoʻlida yurmaganlarning koʻplari, balki hammalari gumon va taxminga ergashadilar. Ulardan, nima uchun bu ishni qilmoqdasan, nima uchun bu yoʻlga yurmoqdasan, deb soʻralsa, beradigan javoblari faqat gumondan iborat boʻladi. Qadimda butparastlar, ota-bobomiz shunday qilgan, biz ham qilmoqdamiz, deb javob berishgan. Hozirda ham falonchi aytgani uchun, pistonchi qilgani uchun, deyishadi.)
- 37
وَمَا كَانَ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانُ أَن يُفْتَرَىٰ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَٰكِن تَصْدِيقَ ٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ ٱلْكِتَٰبِ لَا رَيْبَ فِيهِ مِن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Wa maa kaana haazal Quraanu ai yuftaraa min doonil laahi wa laakin tasdeeqal lazee baina yadaihi wa tafseelal Kitaabi laa raiba fee mir Rabbil 'aalameen
Ushbu Qurʼon Allohdan boshqa tomonidan toʻqib chiqarilgan emas. Va lekin u oʻzidan oldingining tasdigʻi va kitobning tafsilotidir. Unda hech shubha yoʻq. U olamlarning Robbisidandir.
- 38
أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ فَأْتُوا۟ بِسُورَةٍۢ مِّثْلِهِۦ وَٱدْعُوا۟ مَنِ ٱسْتَطَعْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Am yaqooloonaf taraahu qul faatoo bisooratim mislihee wad'oo manis tata'tum min doonil laahi in kuntum saadiqeen
Yoki oʻzi toʻqib olgan derlarmi? Sen: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, unga oʻxshash bir sura keltiring va (bu ishga) Allohdan boshqa, kuchingiz yetganicha, kimni xohlasangiz, chaqiring», deb ayt.
- 39
بَلْ كَذَّبُوا۟ بِمَا لَمْ يُحِيطُوا۟ بِعِلْمِهِۦ وَلَمَّا يَأْتِهِمْ تَأْوِيلُهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلظَّٰلِمِينَ
Bal kazzaboo bimaa lam yuheetoo bi'ilmihee wa lammaa yaatihim taaweeluh; kazaalika kazzabal lazeena min qablihim fanzur kaifa kaana 'aaqibatuz zaalimeen
Balki, ular oʻzlari ilmini bilmagan narsani, ularga uning taʼviyli yetmay turib, yolgʻonga chiqardilar. Ulardan oldingilar ham shunday yolgʻonga chiqargan edilar. Zolimlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar sol.
- 40
وَمِنْهُم مَّن يُؤْمِنُ بِهِۦ وَمِنْهُم مَّن لَّا يُؤْمِنُ بِهِۦ ۚ وَرَبُّكَ أَعْلَمُ بِٱلْمُفْسِدِينَ
Wa minhum mai yu 'minu bihee wa minhum mal laa yu'minu bih; wa Rabbuka a'lamu bilmufsideen
Ulardan unga iymon keltiradiganlar ham bor va ulardan unga iymon keltirmaydiganlar ham bor. Robbing esa, buzgʻunchilarni yaxshi bilguvchi Zotdir.
- 41
وَإِن كَذَّبُوكَ فَقُل لِّى عَمَلِى وَلَكُمْ عَمَلُكُمْ ۖ أَنتُم بَرِيٓـُٔونَ مِمَّآ أَعْمَلُ وَأَنَا۠ بَرِىٓءٌۭ مِّمَّا تَعْمَلُونَ
Wa in kazzabooka faqul lee 'amalee wa lakum 'amalukum antum bareee'oona mimmaaa a'malu wa ana bareee'um mimmaa ta'maloon
Agar ular seni yolgʻonchi qilsalar, sen: «Menga oʻz ishim, sizlarga oʻz ishingiz, sizlar men qiladigan ishdan poksizlar, men sizlar qiladigan ishdan pokman», deb ayt. [15]
[15] (Ular shunchalik dalillarni koʻrib-bilib, haqiqatni anglab yetganlaridan keyin ham iymon keltirmasalar, seni yolgʻonchiga chiqarsalar, unda ular bilan orani ochiq qilishingdan boshqa chora qolmaydi. Ularga yoʻllar boshqa-boshqa ekanini bildirib: Shu bilan birga, orada hech bir aloqa qolmaganini ham taʼkidlash lozim.)
- 42
وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُونَ إِلَيْكَ ۚ أَفَأَنتَ تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ وَلَوْ كَانُوا۟ لَا يَعْقِلُونَ
Wa minhum mai yastami'oona iliak; afa anta tusmi'us summa wa law kaanoo la ya'qiloon
Va ulardan senga quloq tutadiganlari ham bor. Agar aql ishlatmasalar, karquloqlarga sen eshittira olurmisan?!
- 43
وَمِنْهُم مَّن يَنظُرُ إِلَيْكَ ۚ أَفَأَنتَ تَهْدِى ٱلْعُمْىَ وَلَوْ كَانُوا۟ لَا يُبْصِرُونَ
Wa minhum mai yanzuru ilaik; afa anta tahdil 'umya wa law kaanoo laa yubsiroon
Ulardan senga nazar soladiganlari ham bor. Agar oʻzlari (qalb koʻzlari ila) koʻrmasalar, koʻrlarni sen hidoyat qila olurmisan?!
- 44
إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَظْلِمُ ٱلنَّاسَ شَيْـًۭٔا وَلَٰكِنَّ ٱلنَّاسَ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ
Innal laaha laa yazlimun naasa shai'anw wa laakin nannaasa anfusahum yazlimoon
Albatta, Alloh odamlarga hech zulm qilmas, va lekin odamlar oʻzlariga zulm qilurlar. [16]
[16] (Ularning eng katta zulmlari Islom diniga yurmasliklaridir.)
- 45
وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ كَأَن لَّمْ يَلْبَثُوٓا۟ إِلَّا سَاعَةًۭ مِّنَ ٱلنَّهَارِ يَتَعَارَفُونَ بَيْنَهُمْ ۚ قَدْ خَسِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِلِقَآءِ ٱللَّهِ وَمَا كَانُوا۟ مُهْتَدِينَ
Wa Yawma yahshuruhum ka al lam yalbasooo illaa saa'atam minan nahaari yata'aarafoona bainahum; qad khasiral lazeena kazzaboo biliqaaa'il laahi wa maa kaanoo muhtadeen
Ularni toʻplaydigan kunda xuddi nahordan bir soatgina turganga oʻxshab, bir-birlari bilan tanishurlar. Batahqiq, Allohning muloqotini yolgʻonga chiqarganlar va hidoyat topganlardan boʻlmaganlar ziyon qilurlar.
- 46
وَإِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ ٱلَّذِى نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ ثُمَّ ٱللَّهُ شَهِيدٌ عَلَىٰ مَا يَفْعَلُونَ
Wa imma nuriyannaka ba'dal lazee na'iduhum aw natawaffayannaka fa ilainaa marji'uhum summal laahu shaheedun 'alaa maa yaf'aloon
Yoki senga ularga vaʼda qilganimizning baʼzisini koʻrsatamiz yoki seni vafot ettiramiz. Bas, ularning qaytishlari Bizgadir. Soʻngra, nima qilayotganlariga Alloh shohiddir.
- 47
وَلِكُلِّ أُمَّةٍۢ رَّسُولٌۭ ۖ فَإِذَا جَآءَ رَسُولُهُمْ قُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْقِسْطِ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
Wa likulli ummatir Rasoolun fa izaa jaaa'a Rasooluhum qudiya bainahum bilqisti wa hum laa yuzlamoon
Har ummatning oʻz Paygʻambari bordir. Qachonki ularga Paygʻambarlari kelsa, oralarida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.
- 48
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Wa yaqooloona mataa haazal wa'du in kuntum saadiqeen
Ular: «Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻladi?» derlar.
- 49
قُل لَّآ أَمْلِكُ لِنَفْسِى ضَرًّۭا وَلَا نَفْعًا إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۗ لِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ ۚ إِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ فَلَا يَسْتَـْٔخِرُونَ سَاعَةًۭ ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ
Qul laaa amliku linafsee darranw wa laa naf'an illaa maa shaaa'al laah; likulli ummatin ajalun izaa jaaa'a ajaluhum falaaa yastaakhiroona saa'a tanw wa laa yastaqdimoon
Sen: «Men oʻzim ham na zararga va na foydaga molik emasman. Magar Alloh nimani xohlasa (shu boʻladi). Har ummatning oʻz ajali bor. Ajallari kelgan vaqtda bir soatga orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar», deb ayt. [17]
[17] (Gapning xulosasi shu. Birovga zarar yoki foyda yetkazish faqat Allohning ishi. Agar Rasululloh alayhissalotu vassalom oʻzlariga na zarar, na foyda yetkaza olmasalar, demak, oʻzgalarga ham yetkaza olmasliklari turgan gap. Lekin ular hadeb u zotdan vaʼda qilingan azob qachon kelishini soʻrayveradilar. Ajal kelgan soatning ayni oʻzida halok boʻladilar. Bunga oʻtgan ummatlar, xususan, Qurʼoni Karimda zikri kelgan ummatlar yorqin misoldir. Baʼzi ulamolarimiz, ummatlarning halokati faqat jismoniy boʻlishi shart emas, maʼnaviy halokat ham shunga kiradi, deydilar.)
- 50
قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُهُۥ بَيَٰتًا أَوْ نَهَارًۭا مَّاذَا يَسْتَعْجِلُ مِنْهُ ٱلْمُجْرِمُونَ
Qul ara'aitum in ataakum 'azaabuhoo bayaatan aw nahaaram maazaa yasta'jilu minhul mujrimoon
Sen: «Xabar bering-chi, agar Uning azobi sizlarga kechasi yoki kunduzi kelsa, jinoyatchilar uning nimasiga shoshilmoqdalar?» deb ayt.
- 51
أَثُمَّ إِذَا مَا وَقَعَ ءَامَنتُم بِهِۦٓ ۚ ءَآلْـَٰٔنَ وَقَدْ كُنتُم بِهِۦ تَسْتَعْجِلُونَ
Asumma izaa maa waqa'a aamantum bih; aaal'aana wa qad kuntum bihee tasta'jiloon
U voqe boʻlganidan soʻng unga ishondingizmi? Endi-ya?! Uni, tezroq kelsin, deb shoshilayotgan edingiz-ku?! [18]
[18] (Azobning tushishi muqarrar. Qachon boʻlsa ham, baribir tushadi. Ana oʻsha vaqtda mushrik va kofirlarga yuqoridagi soʻzlar aytiladi.)
- 52
ثُمَّ قِيلَ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْخُلْدِ هَلْ تُجْزَوْنَ إِلَّا بِمَا كُنتُمْ تَكْسِبُونَ
Summa qeela lillazeena zalamoo zooqoo 'azaabal khuld hal tujzawna illaa bimaa kuntum taksiboon
Soʻngra, zulm qilganlarga: «Mangu azobni tortinglar. Faqat kasb qilganingizga yarasha jazo olursizlar, xolos», deyilur. [19]
[19] (Ular bu dunyoda qilgan zulmlari — Allohga iymon keltirmaganlari uchun qilmishlariga yarasha jazo oladilar, doʻzaxda mangu qoladilar.)
- 53
۞ وَيَسْتَنۢبِـُٔونَكَ أَحَقٌّ هُوَ ۖ قُلْ إِى وَرَبِّىٓ إِنَّهُۥ لَحَقٌّۭ ۖ وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ
Wa yastambi'oonaka ahaqqun huwa qul ee wa Rabbeee innahoo lahaqq; wa maaa antum bimu'jizeen
Ular sendan: «U haqmi?» deb soʻrarlar. «Ha, Parvardigorim haqqi, albatta, u haqdir va sizlar qochib qutuluvchi emassizlar», deb ayt.
- 54
وَلَوْ أَنَّ لِكُلِّ نَفْسٍۢ ظَلَمَتْ مَا فِى ٱلْأَرْضِ لَٱفْتَدَتْ بِهِۦ ۗ وَأَسَرُّوا۟ ٱلنَّدَامَةَ لَمَّا رَأَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ۖ وَقُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْقِسْطِ ۚ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
Wa law anna likulli nafsin zalamat maa fil ardi laftadat bih; wa asarrun nadaamata lammaa ra awul 'azaab, wa qudiya bainahum bilqist; wa hum laa yuzlamoon
Agar har bir zulm qilgan jonga yer yuzidagi hamma narsa berilsa-yu, uni fido qilsa ham. Azobni koʻrganlarida ichlarida nadomat cheksalar ham. Ular oʻrtasida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.
- 55
أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ أَلَآ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
Alaaa inna lillaahi maa fis samaawaati wal ard; alaaa inna wa'dal laahi haqqunw wa laakinna aksarahum laa ya'lamoon
Ogoh boʻling! Osmonlaru yerdagi narsalar, albatta, Allohnikidir. Ogoh boʻling! Allohning vaʼdasi, albatta, haqdir. Lekin koʻplari bilmaslar.
- 56
هُوَ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
Huwa yuhyee wa yumeetu wailaihi turja'oon
U tiriltirur va oʻldirur va Ungagina qaytarilursiz.
- 57
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَتْكُم مَّوْعِظَةٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ وَشِفَآءٌۭ لِّمَا فِى ٱلصُّدُورِ وَهُدًۭى وَرَحْمَةٌۭ لِّلْمُؤْمِنِينَ
Yaaa aiyuhan naasu qad jaaa'atkum maw 'izatum mir Rabbikum wa shifaaa'ul limaa fis sudoori wa hudanw wa rahmatul lilmu'mineen
Ey odamlar! Sizga oʻz Robbingizdan mavʼiza, koʻksingizdagi narsaga shifo, moʻminlarga hidoyat va rahmat keldi. [20]
[20] (Ey odamlar! Qurʼonni yolgʻon demang! Qurʼonni falonchi toʻqigan, demang! Uning toʻgʻrisida shubha qilmang. U qalbingizdagi ruhiy, maʼnaviy dardlaringizning barchasiga shifo boʻlib keldi. Kim Qurʼonga iymon keltirib, musulmon boʻlsa, u oʻsha odamni hidoyatga boshlaydi, Allohning rahmatiga erishtiradi.)
- 58
قُلْ بِفَضْلِ ٱللَّهِ وَبِرَحْمَتِهِۦ فَبِذَٰلِكَ فَلْيَفْرَحُوا۟ هُوَ خَيْرٌۭ مِّمَّا يَجْمَعُونَ
Qul bifadlil laahi wa birahmatihii fabizaalika falyaf rahoo huwa khairum mimmaa yajma'oon
Sen: «Allohning fazli ila va Uning rahmati ila. Bas, ana shu bilan xursand boʻlsinlar. U ular jamlaydigan narsalardan yaxshidir», deb ayt. [21]
[21] (Bir ummatga ikki dunyo baxtiga erishtiruvchi ilohiy kitob berilishi oʻsha millatga Allohning fazli va marhamatidir. Bu millat ushbu oyatga amal qilib, qancha xursand boʻlsa, arziydi. Alloh taoloning fazli va marhamati boʻlmish Qurʼoni Karimga iymon keltirib, uni oʻziga dastur qilib olgan zotlar oʻsha eng ulugʻ fazl va rahmatga erishgan kishilar sifatida qanchalik xursand boʻlsalar, shunchalik oz. Qurʼonga erishish dunyodagi boshqa hamma narsalarni jamlab, oʻshalarga ega boʻlishdan koʻra yaxshiroqdir.)
- 59
قُلْ أَرَءَيْتُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ لَكُم مِّن رِّزْقٍۢ فَجَعَلْتُم مِّنْهُ حَرَامًۭا وَحَلَٰلًۭا قُلْ ءَآللَّهُ أَذِنَ لَكُمْ ۖ أَمْ عَلَى ٱللَّهِ تَفْتَرُونَ
Qul ara'aitum maaa anzalal laahu lakum mir rizqin faja'altum minhu haraamanw wa halaalan qul aaallaahu azina lakum am 'alal laahi taftaroon
Sen: «Alloh sizga nozil qilgan rizqdan xabar bering-chi! Uni harom va halol qilib oldingiz!» deb ayt. Sen: «Alloh sizga izn berdimi yoki Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiyapsizmi?» deb ayt.
- 60
وَمَا ظَنُّ ٱلَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَشْكُرُونَ
Wa maa zannul lazeena yaftaroona 'alal laahil kaziba Yawmal Qiyaamah; innal laaha lazoo fadlin 'alan naasi wa laakinna aksarahum laa yashkuroon
Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiyotganlarning qiyomat kuni haqida nima gumonlari bor? Albatta, Alloh odamlar uchun fazl egasidir. Lekin koʻplari shukr qilmaslar.
- 61
وَمَا تَكُونُ فِى شَأْنٍۢ وَمَا تَتْلُوا۟ مِنْهُ مِن قُرْءَانٍۢ وَلَا تَعْمَلُونَ مِنْ عَمَلٍ إِلَّا كُنَّا عَلَيْكُمْ شُهُودًا إِذْ تُفِيضُونَ فِيهِ ۚ وَمَا يَعْزُبُ عَن رَّبِّكَ مِن مِّثْقَالِ ذَرَّةٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِى ٱلسَّمَآءِ وَلَآ أَصْغَرَ مِن ذَٰلِكَ وَلَآ أَكْبَرَ إِلَّا فِى كِتَٰبٍۢ مُّبِينٍ
Wa maa takoonu fee shaaninw wa maa tatloo minhu min quraaninw wa laa ta'maloona min 'amalin illaa kunnaa 'alaikum shuhoodan iz tufeedoona feeh; wa maa ya'zubu 'ar Rabbika mim mis qaali zarratin fil ardi wa laa fis samaaa'i wa laaa asghara min zaalika wa laaa akbara illaa fee Kitaabim Mubeen
Qaysi holda boʻlsang, Qurʼondan nimani tilovat etsang, ishlardan qay birini qilsang, albatta, Biz oʻshanga kirishayotgan paytinglarda sizlarga guvohmiz. Na yer yuzida va na osmonlarda zarra miqdoridagi, undan kichikroq yoki kattaroq narsa Robbingdan maxfiy boʻla olmas, balki, ochiq-oydin kitobdadir. [22]
[22] (Alloh nafaqat koʻradi yoki biladi, balki unga guvoh boʻladi va ochiq-oydin kitobga yozib ham qoʻyadi. Shunday boʻlgandan keyin, dunyoda eng katta gunohni qilganlarning — Alloh taologagina xos boʻlgan haqqa tajovuz etib, uning shaʼniga yolgʻon toʻqib, bergan rizqining baʼzisini harom, baʼzisini halol deganlarning gunohi maxfiy boʻlib qolarmidi? Alloh guvoh boʻlib turibdi, ochiq-oydin kitobga yozilib turibdi, degan eʼtiqod bilan yashab, Allohga ixlos ila eʼtiqod va bandalik qilganlarning biror amali zoye boʻlarmidi? Albatta, yoʻq. Hammasi hisobga olinadi va mukofoti beriladi.)
- 62
أَلَآ إِنَّ أَوْلِيَآءَ ٱللَّهِ لَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Alaa innaa awliyaaa'al laahi laa khawfun 'alaihim wa laa hum yahzanoon
Ogoh boʻlingkim, Allohning doʻstlariga xavf yoʻqdir va ular xafa ham boʻlmaslar.
- 63
ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَكَانُوا۟ يَتَّقُونَ
Allazeena aamanoo wa kaanoo yattaqoon
Ular iymon keltirganlar va taqvo qilganlardir. [23]
[23] (Demak, Allohning doʻsti boʻlish juda ham oson ekan. Buning uchun avvalo, U zotga iymon keltirish; ikkinchidan esa, taqvodor boʻlish, yaʼni Allohning aytganini qilib, qaytarganidan qaytib yashash lozim ekan. Kimning iymonida zarracha xato boʻlsa yoki Allohning koʻrsatmalari asosida emas, oʻzganing yoʻlida hayot kechirsa yoxud oʻzi oʻziga yoʻllanma tuzib olsa, u odam Allohga doʻst boʻlish baxtidan mahrumdir.)
- 64
لَهُمُ ٱلْبُشْرَىٰ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَفِى ٱلْءَاخِرَةِ ۚ لَا تَبْدِيلَ لِكَلِمَٰتِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ
Lahumul bushraa filha yaatid dunyaa wa fil Aakhirah; laa tabdeela likalimaatil laah; zaalika huwal fawzul 'azeem
Ularga hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bor. Allohning soʻzlarini oʻzgartirish yoʻq. Ana oʻsha ulugʻ yutuqdir. [24]
[24] (Allohning doʻstlariga ikki dunyo saodatining xushxabari bor. Ular iymonlari va taqvolari tufayli, Allohning inoyati ila, avvalo, bu dunyoda saodatli hayot kechiradilar. Oxiratda esa, xuddi shu iymonlari va taqvolari sababli jannatga doxil boʻladilar. Mazkur xushxabar Allohning soʻzlaridir. Hozirda baʼzi musulmon jamiyatlar oʻsha ulugʻ yutuqqa bu dunyo hayotida erisha olmayotgan boʻlsalar, bu narsa Allohning kalimalari oʻzgarganiga emas, balki iymon va taqvoda kamchilik borligiga yoki iymon va taqvoning umuman yoʻqligiga dalildir.)
- 65
وَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ ۘ إِنَّ ٱلْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا ۚ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Wa laa yahzunka qawluhum; innal 'izzata lillaahi jamee'aa; Huwas Samee'ul 'Aleem
Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, azizlikning barchasi Allohnikidir. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.
- 66
أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَمَا يَتَّبِعُ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ شُرَكَآءَ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ
Alaaa inna lillaahi man fis samaawaati wa man fil ard; wa maa yattabi'ul lazeena yad'oona min doonil laahi shurakaaa'; iny yattabi'oona illaz zannna wa in hum illaa yakhrusoon
Ogoh boʻlingkim, osmonlarda kim boʻlsa va yer yuzida kim boʻlsa, albatta, Allohnikidir. Allohdan oʻzga sheriklarga iltijo qilayotganlar nimaga ergashurlar? Ular faqat gumonga ergashurlar, xolos. Ular faqat taxmin qilurlar, xolos.
- 67
هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ لِتَسْكُنُوا۟ فِيهِ وَٱلنَّهَارَ مُبْصِرًا ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَسْمَعُونَ
Huwal lazee ja'ala lakumul laila litaskunoo feehi wannahaara mubsiraa; inna fee zaalika la Aayaatil liqawmai yasma'oon
U sizlarga sokinlik topishingiz uchun kechani va koʻrsatuvchi etib kunduzni qilgan Zot. Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat — alomatlar bordir.
- 68
قَالُوا۟ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ وَلَدًۭا ۗ سُبْحَٰنَهُۥ ۖ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ۖ لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ إِنْ عِندَكُم مِّن سُلْطَٰنٍۭ بِهَٰذَآ ۚ أَتَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Qaalut takhazal laahu waladan Subhaanahoo Huwal Ghaniyyu lahoo maa fis samaawaati wa maa fil ard; in 'indakum min sultaanim bihaazaaa; ataqooloona 'alal laahi maa laa ta'lamoon
Ular, «Alloh farzand tutdi», dedilar. U (bundan) pokdir. U behojatdir. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Bu haqda sizning hech qanday dalilingiz yoʻq-ku! Allohga nisbatan bilmagan narsangizni aytaverasizmi? [25]
[25] (Odatda inson qay hollarda farzand tutadi? Farzandsizligim bilinmasin; menga yordam boʻlsin; koʻnglimni koʻtarib tursin va hokazo hojatlarni koʻzlab farzand tutadi. Ajabo, Alloh subhanahu va taolo shu kabi ishlarga muhtojmi? Unga nisbatan bunaqa sifat berish durustmi? Yoʻq, albatta.)
- 69
قُلْ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ لَا يُفْلِحُونَ
Qul innal lazeena yaftaroona 'alal laahil kaziba laa yuflihoon
Sen: «Albatta, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiganlar najot topmaslar», deb ayt.
- 70
مَتَٰعٌۭ فِى ٱلدُّنْيَا ثُمَّ إِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ ثُمَّ نُذِيقُهُمُ ٱلْعَذَابَ ٱلشَّدِيدَ بِمَا كَانُوا۟ يَكْفُرُونَ
Mataa'un fiddunyaa summa ilainaa marji'uhum summa nuzeequhumul 'azaabash shadeeda bimaa kaanoo yakkfuroon
Bu dunyoda (bir oz) foydalanish, keyin Bizga qaytishlari bor. Soʻngra, Biz ularga, kufr keltirib oʻtganlari uchun, shiddatli azobni tottiramiz.
- 71
۞ وَٱتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ نُوحٍ إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦ يَٰقَوْمِ إِن كَانَ كَبُرَ عَلَيْكُم مَّقَامِى وَتَذْكِيرِى بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَعَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلْتُ فَأَجْمِعُوٓا۟ أَمْرَكُمْ وَشُرَكَآءَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُنْ أَمْرُكُمْ عَلَيْكُمْ غُمَّةًۭ ثُمَّ ٱقْضُوٓا۟ إِلَىَّ وَلَا تُنظِرُونِ
Watlu 'alaihim naba-a-Noohin iz qaala liqawmihee yaa qawmi in kaana kabura 'alaikum maqaamee wa tazkeeree bi Aayaatil laahi fa'alal laahi tawakkaltu fa ajmi'ooo amrakum wa shurakaaa'akum summa laa yakun amrukum 'alaikum ghummatan summmaq dooo ilaiya wa laa tunziroon
Ularga Nuhning xabarini tilovat qilib ber. Vaqtiki u oʻz qavmiga: «Ey qavmim, agar sizlarga mening maqomim va Allohning oyatlari ila eslatishim ogʻir kelayotgan boʻlsa, bas, men Allohga tavakkal qildim. Siz sherik keltirganlaringiz bilan birgalikda oʻz ishingizni bilaveringlar. Yana, ishlaringiz oʻzingiz uchun noaniq boʻlib qolmasin. Soʻngra, menga nisbatan hukmingizni ijro etaveringlar, menga muhlat bermanglar.
- 72
فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَمَا سَأَلْتُكُم مِّنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۖ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ
Fa in tawallaitum famaa sa altukum min ajrin in ajriya illaa 'alal laahi wa umirtu an akoona minal muslimeen
Bas, agar yuz oʻgirsangiz, men sizlardan ajr soʻraganim yoʻq. Mening ajrim faqatgina Allohdan. Va men musulmonlardan boʻlishga amr qilinganman», dedi. [26]
[26] (Ey Muhammad, oʻz vaqtida Nuh alayhissalom ham senga oʻxshab qavmiga paygʻambar boʻlib kelgan edi. Sen bilan qavming oʻrtasidagi holat ularning ham boshidan kechgan. Sening qavming ichidan ham Nuh qavmidagiga oʻxshash sarkashlar chiqdi. Ular Allohning qudratiga dalolat qiluvchi turli oyat-belgilardan oʻrnak olmayaptilar.)
- 73
فَكَذَّبُوهُ فَنَجَّيْنَٰهُ وَمَن مَّعَهُۥ فِى ٱلْفُلْكِ وَجَعَلْنَٰهُمْ خَلَٰٓئِفَ وَأَغْرَقْنَا ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُنذَرِينَ
Fakazzaboohu fanajjainaahu wa mamm'ahoo fil fulki wa ja'alnaahum khalaaa'ifa wa aghraqnal lazeena kazzaboo bi aayaatinaa fanzur kaifa kaana 'aaqibatul munzareen
Soʻngra, uni yolgʻonchiga chiqarishdi. Bas, Biz uni va u ila birga boʻlganlarni kemada qutqardik va ularni xalifalar qildik. Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni gʻarq etdik. Ogohlantirilganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar sol.
- 74
ثُمَّ بَعَثْنَا مِنۢ بَعْدِهِۦ رُسُلًا إِلَىٰ قَوْمِهِمْ فَجَآءُوهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَمَا كَانُوا۟ لِيُؤْمِنُوا۟ بِمَا كَذَّبُوا۟ بِهِۦ مِن قَبْلُ ۚ كَذَٰلِكَ نَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِ ٱلْمُعْتَدِينَ
Summma ba'asnaa mim ba'dihee Rusulan ilaa qawmihim fajaaa'oohum bilbaiyinaati famaa kaanoo liyu'minoo bimaa kazzaboo bihee min qabl; kazaalika natba'u 'alaa quloobil mu'tadeen
Soʻngra, undan keyin Paygʻambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular ochiq-oydin hujjatlar ila keldilar. Ammo u (qavm)lar oldin yolgʻonga chiqargan narsalariga iymon keltiruvchi boʻlmadilar. Tajovuzkorlarning qalbiga shunday qilib muhr bosamiz. [27]
[27] (Ey siz insonlar, ushbu oyatlar bilan tanishayotganlar! Sizlar ham oʻsha qavmlarga oʻxshab avval-boshdan Paygʻambarni, Qurʼonni yolgʻonga chiqarib, tajovuzkorlik etmang. Agar shunday qiladigan boʻlsangiz, oʻshalarga oʻxshab qalbingizga muhr bosilishi, oqibatda halokatga uchrashingiz turgan gap. Mana, quyida qissasi keladigan qavm ham xuddi shunday taqdirga duch kelgan edi.)
- 75
ثُمَّ بَعَثْنَا مِنۢ بَعْدِهِم مُّوسَىٰ وَهَٰرُونَ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦ بِـَٔايَٰتِنَا فَٱسْتَكْبَرُوا۟ وَكَانُوا۟ قَوْمًۭا مُّجْرِمِينَ
Summa ba'asnaa mim ba'dihim Moosaa Wa Haaroona ilaa Fir'awna wa mala'ihee bi aayaatinaa fastakbaroo wa kaanoo qawmam mujrimeen
Soʻngra, ulardan keyin Muso va Horunni Firʼavn va uning qavmiga Oʻz oyat — moʻjizalarimiz ila yubordik. Bas, ular kibru havo qildilar va jinoyatchi qavm boʻldilar.
- 76
فَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ مِنْ عِندِنَا قَالُوٓا۟ إِنَّ هَٰذَا لَسِحْرٌۭ مُّبِينٌۭ
Falammaa jaaa'ahumul haqqu min 'indinaa qaalooo inna haazaa lasihrum mubeen
Bizning huzurimizdan ularga haq kelgan paytda: «Bu, albatta, ochiq-oydin sehrdir», dedilar.
- 77
قَالَ مُوسَىٰٓ أَتَقُولُونَ لِلْحَقِّ لَمَّا جَآءَكُمْ ۖ أَسِحْرٌ هَٰذَا وَلَا يُفْلِحُ ٱلسَّٰحِرُونَ
Qaalaa Moosaaa ataqooloona lilhaqqi lammmaa jaaa'a kum asihrun haazaa wa laa yuflihus saabiroon
Muso: «Sizga haq kelganda (shunday) deysizlarmi?! Shu sehrmi?! Sehrgarlar najot topmaslar», dedi.
- 78
قَالُوٓا۟ أَجِئْتَنَا لِتَلْفِتَنَا عَمَّا وَجَدْنَا عَلَيْهِ ءَابَآءَنَا وَتَكُونَ لَكُمَا ٱلْكِبْرِيَآءُ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا نَحْنُ لَكُمَا بِمُؤْمِنِينَ
Qaaloo aji'tanaa litalfitanaa 'ammaa wajadnaa 'alaihi aabaaa'anaa wa takoona lakumal kibriyaaa'u fil ardi wa maa nahnu lakumaa bimu' mineen
Ular: «Sen bizni otalarimiz tutib kelayotganida topgan narsamizdan burish uchun va ikkovingizga yer yuzida kattalik boʻlishi uchun keldingmi? Biz ikkovingizga iymon keltiruvchilardan emasmiz», dedilar. [28]
[28] (Ular ilm-maʼrifat asosida emas, qalblaridagi avvaldan oʻrnashib qolgan dard tufayli Alloh tomonidan kelgan dinni inkor qilayotgan ekanlar. Bu faqat Firʼavn va uning qavmigagina emas, balki Allohning diniga yurishni xohlamagan har bir togʻut va uning qavmiga xos xususiyatdir.)
- 79
وَقَالَ فِرْعَوْنُ ٱئْتُونِى بِكُلِّ سَٰحِرٍ عَلِيمٍۢ
Wa qaala Fir'awnu' toonee bikulli saahirin 'aleem
Firʼavn: «Menga barcha bilimdon sehrgarlarni keltiringlar», dedi.
- 80
فَلَمَّا جَآءَ ٱلسَّحَرَةُ قَالَ لَهُم مُّوسَىٰٓ أَلْقُوا۟ مَآ أَنتُم مُّلْقُونَ
Falammaa jaaa'assa haratu qaala lahum Moosaaa alqoo maaa antum mulqoon
Sehrgarlar kelganida, Muso ularga: «Sizlar tashlamoqchi boʻlgan narsangizni tashlangiz», dedi.
- 81
فَلَمَّآ أَلْقَوْا۟ قَالَ مُوسَىٰ مَا جِئْتُم بِهِ ٱلسِّحْرُ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ سَيُبْطِلُهُۥٓ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُصْلِحُ عَمَلَ ٱلْمُفْسِدِينَ
Falammaaa alqaw qaala Moosaa maa ji'tum bihis sihru innal laaha sa yubtiluhoo innal laaha laa yuslihu 'amalal mufsideen
Ular tashlaganlarida, Muso: «Siz keltirgan narsa sehrdir. Albatta, Alloh uni botil qilur. Zero, Alloh buzgʻunchilarning ishini oʻnglamas.
- 82
وَيُحِقُّ ٱللَّهُ ٱلْحَقَّ بِكَلِمَٰتِهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُجْرِمُونَ
Wa yuhiqqul laahul haqqa bi Kalimaatihee wa law karihal mujrimoon
Va Alloh Oʻz kalimasi ila, garchi jinoyatchilar yoqtirmasa ham, haqni roʻyobga chiqarur», dedi. [29]
[29] (Qissaning tafsiloti boshqa suralarda kelgan. Bu surada esa, siyoqiga mos ravishda baʼzi holatlar bayon qilinmoqda. Chunki Alloh tomonidan berilgan moʻjizaga sohib boʻlgan Paygʻambar sehrni osonlikcha bilishi ajablanarlik emas. U kishi qalbi Allohga iymon ila toʻla, oʻz ishining haqligiga, boshqalarning ishi botilligiga ishonchi komil Zotdirlar. Darhaqiqat, shunday boʻldi ham. Allohning «Boʻl!» degan kalimasi ila har narsa boʻlishi turgan gap. Sehrgarlarning sehri botil boʻldi. Alloh haqni roʻyobga chiqardi.)
- 83
فَمَآ ءَامَنَ لِمُوسَىٰٓ إِلَّا ذُرِّيَّةٌۭ مِّن قَوْمِهِۦ عَلَىٰ خَوْفٍۢ مِّن فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِمْ أَن يَفْتِنَهُمْ ۚ وَإِنَّ فِرْعَوْنَ لَعَالٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ وَإِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلْمُسْرِفِينَ
Famaaa aamana li-Moosaaa illaa zurriyyatum min qawmihee 'alaa khawfim min Fir'awna wa mala'ihim ai yaftinahum; wa inna Fir'awna la'aalin fil ardi wa innahoo laminal musrifeen
Musoga oʻz qavmidan baʼzi zurriyotlargina Firʼavn va amaldor-zodagonlarining fitna qilmoqlaridan qoʻrqqan hollarida iymon keltirdilar, xolos. Albatta, Firʼavn yer yuzida baland ketgan edi. Albatta, u isrofchilardan edi.
- 84
وَقَالَ مُوسَىٰ يَٰقَوْمِ إِن كُنتُمْ ءَامَنتُم بِٱللَّهِ فَعَلَيْهِ تَوَكَّلُوٓا۟ إِن كُنتُم مُّسْلِمِينَ
Wa qaala Moosaa yaa qawmi in kuntum aamantum billaahi fa'alaihi tawakkalooo in kuntum muslimeen
Muso: «Ey qavmim, agar Allohga iymon keltirgan boʻlsangiz, agar musulmon boʻlsangiz, faqat Ungagina tavakkal qiling», dedi.
- 85
فَقَالُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلْنَا رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةًۭ لِّلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ
Faqaaloo 'alal laahi tawakkalnaa Rabbanaa laa taj'alnaa fitnatal lilqawmiz zaalimeen
Ular: «Allohgagina tavakkal qildik. Robbimiz, bizni zolim qavmlarga fitna qilib qoʻyma.
- 86
وَنَجِّنَا بِرَحْمَتِكَ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلْكَٰفِرِينَ
Wa najjinaa birahmatika minal qawmil kaafireen
Va Oʻz rahmating ila bizga kofir qavmlardan najot bergin», dedilar. [30]
[30] (Arabchada «fitna» soʻzi sinov maʼnosini anglatadi. Jumladan, temirni oʻtga solib sinab koʻrishni ham fitna deyishadi. Shuningdek, fitna soʻzi «aldov» va «adashuv» maʼnosini ham anglatadi. Ushbu oyatda esa, moʻminlar Allohdan zolim qavmlarni ular ustidan gʻolib qilib qoʻymaslikni soʻrashmoqda. Chunki bu ish fitnaga sabab boʻlishi mumkin. Moʻminlar, ularning ishlari toʻgʻri ekan-da, boʻlmasa nima uchun bizga gʻolib kelishadi, degan xayolga borishlari mumkin. Bu esa, katta fitnadir. Aslida, Alloh kofirlarni bildirmay olish uchun avval ularga zohiran gʻalaba berib ham turishi mumkin. Ammo bu moʻminlar guruhi shuni ham xohlamayaptilar.)
- 87
وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰ وَأَخِيهِ أَن تَبَوَّءَا لِقَوْمِكُمَا بِمِصْرَ بُيُوتًۭا وَٱجْعَلُوا۟ بُيُوتَكُمْ قِبْلَةًۭ وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Wa awhainaaa ilaa Moosaa wa akheehi an tabaw wa aa liqawmikuma bi Misra bu yootanw waj'aloo bu yootakum qiblatanw wa aqeemus Salaah; wa bashshiril mu'mineen
Biz Musoga va uning birodariga: «Ikkovingiz qavmingiz uchun Misrda uylar tayyorlang, uylaringizni qibla qilib, namozni toʻkis ado etinglar va moʻminlarga xushxabar ber», deb vahiy yubordik.
- 88
وَقَالَ مُوسَىٰ رَبَّنَآ إِنَّكَ ءَاتَيْتَ فِرْعَوْنَ وَمَلَأَهُۥ زِينَةًۭ وَأَمْوَٰلًۭا فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا رَبَّنَا لِيُضِلُّوا۟ عَن سَبِيلِكَ ۖ رَبَّنَا ٱطْمِسْ عَلَىٰٓ أَمْوَٰلِهِمْ وَٱشْدُدْ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُوا۟ حَتَّىٰ يَرَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ
Wa qaala Mosaa Rabbanaaa innaka aataita Fir'awna wa mala ahoo zeenatanw wa amwaalan fil hayaatid dunyaa Rabbanaa liyudillo 'ansabeelika Rabbanat mis 'alaaa amwaalihim washdud 'alaa quloobihim falaa yu'minoo hatta yarawul 'azaabal aleem
Muso: «Ey Robbimiz, Sen Firʼavnga va uning amaldorlariga zebu ziynat va molu dunyo berding. Robbimiz, bu Sening yoʻlingdan adashtirishlari uchundir. Robbimiz, ularning mollarini yoʻq qilgin va qalblarini qattiq qilgin, to alamli azobni koʻrmagunlaricha iymonga kelmasinlar», dedi.
- 89
قَالَ قَدْ أُجِيبَت دَّعْوَتُكُمَا فَٱسْتَقِيمَا وَلَا تَتَّبِعَآنِّ سَبِيلَ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ
Qaala qad ujeebad da'watukumaa fastaqeemaa wa laa tattabi'aaanni sabeelal lazeena laaya'lamoon
U: «Batahqiq, ikkovingizning duoingiz qabul boʻldi. Bas, sobit turinglar va bilmaydiganlarning yoʻliga ergashmanglar», dedi.
- 90
۞ وَجَٰوَزْنَا بِبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْبَحْرَ فَأَتْبَعَهُمْ فِرْعَوْنُ وَجُنُودُهُۥ بَغْيًۭا وَعَدْوًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَدْرَكَهُ ٱلْغَرَقُ قَالَ ءَامَنتُ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا ٱلَّذِىٓ ءَامَنَتْ بِهِۦ بَنُوٓا۟ إِسْرَٰٓءِيلَ وَأَنَا۠ مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ
Wa jaawaznaa bi Baneee Israaa'eelal bahra fa atba'ahum Fir'awnu wa junooduhoo baghyanw wa 'adwan hattaaa izaaa adrakahul gharaqu qaala aamantu annnahoo laaa ilaaha illal lazeee aamanat bihee Banooo Israaa'eela wa ana minal muslimeen
Va Bani Isroilni dengizdan oʻtkazdik. Bas, Firʼavn va uning askarlari haddan oshgan va tugʻyon qilgan holda ularni taʼqib etdilar. Toki unga gʻarq boʻlish yetganida: «Bani Isroil iymon keltirgan Zotdan oʻzga Iloh yoʻqligiga iymon keltirdim va men musulmonlardanman», dedi.
- 91
ءَآلْـَٰٔنَ وَقَدْ عَصَيْتَ قَبْلُ وَكُنتَ مِنَ ٱلْمُفْسِدِينَ
Aaal'aana wa qad 'asaita qablu wa kunta minal mufsideen
Endimi! Oldin isyon qilgan va buzgʻunchilardan boʻlgan eding-ku?!
- 92
فَٱلْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ لِتَكُونَ لِمَنْ خَلْفَكَ ءَايَةًۭ ۚ وَإِنَّ كَثِيرًۭا مِّنَ ٱلنَّاسِ عَنْ ءَايَٰتِنَا لَغَٰفِلُونَ
Falyawma nunajjeeka bibadanika litakoona liman khalfaka Aayah; wa inna kaseeram minan naasi 'an aayaatinaa laghaafiloon
Bugun sening badaningni qutqaramiz. Toki oʻzingdan keyingilarga ibrat boʻlgin. Albatta, koʻp odamlar Bizning oyatlarimizdan gʻofildirlar. [31]
[31] (Sogʻlik-salomatlik, kuch-quvvat, molu mulk, hukm, mansab va boshqa imkoniyatlar borida qilarini qilib yurgan har qanday odam ham oʻlimiga koʻzi yetib qolganida Xudoni eslaydi. Lekin buning foydasi yoʻq. Bu haqiqat oʻsha toifadagi kishilarga ularning eng koʻzga koʻringan vakili Firʼavn misolida tushuntirilmoqda. Joyingni emas. Joningni olamiz. Boshqalar kabi oʻlasan. Chunki sen ham oddiy-ojiz bandasan. Ammo jasadingni qutqaramiz. Baliqlar ham yemaydi. Suvga oqib ham yoʻq boʻlmaydi. Boshqa sabab bilan ham yoʻq boʻlib ketmaydi. «Toki oʻzingdan keyingilarga ibrat boʻlgin». Shunchalar mulkka ega boʻlsang ham, qancha katta daʼvolar qilgan boʻlsang ham, askarlaring shuncha koʻp boʻlsa ham, baribir Allohning azobidan qutula olmaganingni koʻrib ibrat olsinlar. «Albatta, koʻp odamlar Bizning oyatlarimizdan gʻofildirlar».)
- 93
وَلَقَدْ بَوَّأْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ مُبَوَّأَ صِدْقٍۢ وَرَزَقْنَٰهُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ فَمَا ٱخْتَلَفُوا۟ حَتَّىٰ جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ ۚ إِنَّ رَبَّكَ يَقْضِى بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ
Wa laqad bawwaanaa Baneee Israaa'eela mubawwa-a sidqinw wa razaqnaahum minnat taiyibaati famakh talafoo hattaa jaaa'ahmul 'ilm; inna Rabbaka yaqdee bainahum Yawmal Qiyaamati feemaa kaanoo feehi yakhtalifoon
Batahqiq, Biz Bani Isroilni haqiqiy omonlik maskaniga joylashtirdik va ularni pok narsalar ila rizqlantirdik. Bas, ular to oʻzlariga ilm kelmaguncha ixtilof qilmadilar. Albatta, Robbing qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida Oʻzi hukm chiqarur.
- 94
فَإِن كُنتَ فِى شَكٍّۢ مِّمَّآ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ فَسْـَٔلِ ٱلَّذِينَ يَقْرَءُونَ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِكَ ۚ لَقَدْ جَآءَكَ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُمْتَرِينَ
Fa in kunta fee shakkim mimmaaa anzalnaaa ilaika fas'alil lazeena yaqra'oonal Kitaaba min qablik; laqad jaaa'akal haqqu mir Rabbika falaa takoonanna minal mumtareen
Agar senga nozil qilgan narsamizdan shakda boʻlsang, sendan oldin kitobni oʻqiganlardan soʻra. Batahqiq, senga Robbingdan haq keldi. Bas, hech shubha qilguvchilardan boʻlma.
- 95
وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَتَكُونَ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ
Wa laa takoonanna minal lazeena kazzaboo bi Aayaatil laahi fatakoona minal khaasireen
Zinhor, Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqaruvchilardan boʻlma, u holda ziyonkorlardan boʻlib qolasan.
- 96
إِنَّ ٱلَّذِينَ حَقَّتْ عَلَيْهِمْ كَلِمَتُ رَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ
Innal lazeena haqqat 'alaihim Kalimatu Rabbika laa yu'minoon
Albatta, Robbingning kalimalari zimmasiga vojib boʻlganlar iymonga kelmaslar.
- 97
وَلَوْ جَآءَتْهُمْ كُلُّ ءَايَةٍ حَتَّىٰ يَرَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ
Wa law jaaa'at hum kullu Aayatin hattaa yarawul 'azaabal aleem
Agar ularga hamma oyat-moʻjizalar kelsa ham, to alamli azobni koʻrmagunlaricha.
- 98
فَلَوْلَا كَانَتْ قَرْيَةٌ ءَامَنَتْ فَنَفَعَهَآ إِيمَٰنُهَآ إِلَّا قَوْمَ يُونُسَ لَمَّآ ءَامَنُوا۟ كَشَفْنَا عَنْهُمْ عَذَابَ ٱلْخِزْىِ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَمَتَّعْنَٰهُمْ إِلَىٰ حِينٍۢ
Falaw laa kaanat qaryatun aamanat fanafa'ahaaa eemaanuhaaa illaa qawma Yoonusa lammaaa aamanoo kashafnaa 'anhum 'azaabal khizyi fil hayaatid dunyaa wa matta'naahum ilaa heen
Qani endi, biron qishloq iymon keltirganda, unga iymoni manfaat bersa edi. Faqat, Yunus qavmi iymon keltirganlarida, ulardan hayoti dunyodagi xorlik azobini kushoyish qildik va ularni maʼlum vaqtgacha foydalantirdik, xolos. [32]
[32] (Oyatning maʼnosidan koʻrinib turibdiki, Yunus alayhissalomning qavmiga hayoti dunyoning xorlik azobi tahdid solib qolganda barchalari birdan iymonga kelganlar. Ana shunda Alloh taolo ularning boshidan bu azobni koʻtargan va iymonlari sharofati bilan maʼlum muddatgacha faravon turmush ila manfaatlantirgan. Demak, qoida shu: qaysi qishloq kofir boʻlsa, xorlik azobiga duchor boʻlaveradi, qaysi qishloq iymon keltirsa, undan xorlik azobi kushoyish qilinib, iymoni tufayli manfaatlar topaveradi.)
- 99
وَلَوْ شَآءَ رَبُّكَ لَءَامَنَ مَن فِى ٱلْأَرْضِ كُلُّهُمْ جَمِيعًا ۚ أَفَأَنتَ تُكْرِهُ ٱلنَّاسَ حَتَّىٰ يَكُونُوا۟ مُؤْمِنِينَ
Wa law shaaa'a Rabbuka la aamana man fil ardi kulluhum jamee'aa; afa anta tukrihun naasa hattaa yakoonoo mu'mineen
Agar Robbing xohlasa, yer yuzidagi kishilarning hammasi iymonga kelar edilar. Yoki sen odamlarni moʻmin boʻlishga majburlaysanmi?
- 100
وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَن تُؤْمِنَ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ وَيَجْعَلُ ٱلرِّجْسَ عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يَعْقِلُونَ
Wa maa kaana linafsin an tu'mina illaa bi iznil laah; wa yaj'alur rijsa 'alal lazeena laa ya'qiloon
Allohning iznisiz hech bir jon moʻmin boʻla olmas. U aql yurgizmaydiganlarga oʻta ifloslikni ravo koʻrur. [33]
[33] (Yaʼni, har bir inson iymonga erishish uchun Alloh izn etgan yoʻldan yurishi kerak. U koʻrsatgan amallarni qilishi kerak. Misol uchun, Alloh bergan aqlni ishlatib, atrofdagi oyat-dalillarni tushunib yetib, iymonga yuzlanishi kerak. Aqlni ishlatmasa, oʻziga ibrat olmasa, ishi rasvo boʻladi. Notoʻgʻri yoʻlga yurib, zalolatga ketadi.)
- 101
قُلِ ٱنظُرُوا۟ مَاذَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَمَا تُغْنِى ٱلْءَايَٰتُ وَٱلنُّذُرُ عَن قَوْمٍۢ لَّا يُؤْمِنُونَ
Qulin zuroo maazaa fissamaawaati wal ard; wa maa tughnil Aayaatu wannuzuru 'an qawmil laa yu'minoon
Sen: «Osmonlaru yerdagi narsalarga nazar solinglar. Iymon keltirmaydigan qavmlarga oyat-moʻjizalar va qoʻrqituvlar foyda bermas», deb ayt.
- 102
فَهَلْ يَنتَظِرُونَ إِلَّا مِثْلَ أَيَّامِ ٱلَّذِينَ خَلَوْا۟ مِن قَبْلِهِمْ ۚ قُلْ فَٱنتَظِرُوٓا۟ إِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُنتَظِرِينَ
Fahal yantaziroona illaa misla ayyaamil lazeena khalaw min qablihim; qul fantazirooo innee ma'akum minal muntazireen
Ular faqat oʻzlaridan oldin oʻtganlarning kunlariga oʻxshash kunlarga intizor boʻlmoqdalarmi? Sen: «Bas, intizor boʻlinglar. Albatta, men ham sizlar bilan intizor boʻlguvchilardanman», deb ayt.
- 103
ثُمَّ نُنَجِّى رُسُلَنَا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۚ كَذَٰلِكَ حَقًّا عَلَيْنَا نُنجِ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Summma nunajjee Ruslanaa wallazeena aamanoo; kazaalika haqqan 'alainaa nunjil mu'mineen
Soʻngra, Paygʻambarlarimizga va iymon keltirganlarga najot beramiz. Shunday qilib, moʻminlarga najot bermogʻimiz zimmamizdagi burchdir. [34]
[34] (Oxir-oqibatda moʻminlarning najot topishi haqdir. Bu vazifani Alloh taolo Oʻziga burch qilib olgandir. Bu haqiqatni moʻmin-musulmonlar, ayniqsa, daʼvatchilar juda yaxshi anglab yetmoqlari lozim.)
- 104
قُلْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِن كُنتُمْ فِى شَكٍّۢ مِّن دِينِى فَلَآ أَعْبُدُ ٱلَّذِينَ تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَٰكِنْ أَعْبُدُ ٱللَّهَ ٱلَّذِى يَتَوَفَّىٰكُمْ ۖ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Qul yaaa ayyuhan naasu in kuntum fee shakkkim min deenee falaa a'budul lazeena ta'budoona min doonil laahi wa laakin a'budul laahal lazee yatawaffaakum wa umirtu an akoona minal mu'mineen
«Ey odamlar, agar mening dinimda shak-shubhangiz boʻlsa, bas, (bilingki) men sizlar ibodat qilayotgan — Allohdan oʻzga — narsalarga ibodat qilmasman. Lekin sizni vafot ettiradigan Allohga ibodat qilurman va moʻminlardan boʻlmogʻimga amr qilinganman», deb ayt.
- 105
وَأَنْ أَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًۭا وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ
Wa an aqim wajhaka liddeeni Haneefanw wa laa takoonannna minal mushrikeen
Yuzingni dinga toʻgʻri tut. Mushriklardan boʻlma.
- 106
وَلَا تَدْعُ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُكَ وَلَا يَضُرُّكَ ۖ فَإِن فَعَلْتَ فَإِنَّكَ إِذًۭا مِّنَ ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa laa tad'u min doonil laahi maa laa yanfa'uka wa laa yadurruka fa in fa'alta fa innaka izam minaz zaalimeen
Allohdan oʻzga — senga manfaat ham, zarar ham bermaydigan — narsaga iltijo qilma. Bas, agar shunday qilsang, unda, sen zolimlardan boʻlasan. [35]
[35] (Oʻzini bilmagan zolim odamlar Allohni qoʻyib, but-sanamlar va boshqa narsalarga iltijo etib, manfaat topmoqchi yoki zararni qaytarmoqchi boʻladilar. Sen, ey Paygʻambar, ularga oʻxshama, Allohdan oʻzga hech kimga, hech narsaga iltijo etma.)
- 107
وَإِن يَمْسَسْكَ ٱللَّهُ بِضُرٍّۢ فَلَا كَاشِفَ لَهُۥٓ إِلَّا هُوَ ۖ وَإِن يُرِدْكَ بِخَيْرٍۢ فَلَا رَآدَّ لِفَضْلِهِۦ ۚ يُصِيبُ بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ
Wa iny yamsaskal laahu bidurrin falaa kaashifa lahoo illaa Huwa wa iny yuridka bikhairin falaa raaadda lifadlih; yuseebu bihee man yashaaa'u min 'ibaadih; wa huwal Ghafoorur Raheem
Agar Alloh seni zarar ila tutsa, Undan oʻzga oʻshanga kushoyish beruvchi yoʻqdir. Agar U senga yaxshilikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qiluvchi ham yoʻqdir. Uni bandalaridan xohlaganiga yetkazur. U magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir.
- 108
قُلْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَكُمُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكُمْ ۖ فَمَنِ ٱهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِى لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۖ وَمَآ أَنَا۠ عَلَيْكُم بِوَكِيلٍۢ
Qul yaaa aiyuhan naasu qad jaaa'akumul haqqu mir Rabbikum famanih tadaa fa innamaa yahtadee linafsihee wa man dalla fa innamaa yadillu 'alaihaa wa maaa ana 'alaikum biwakeel
Sen: «Ey odamlar, sizga Robbingizdan haq keldi. Bas, kim hidoyatga yursa, oʻzi uchun hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, oʻz zarariga zalolat topadir. Men sizlarning ustingizdan qoʻriqchi emasman», deb ayt.
- 109
وَٱتَّبِعْ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيْكَ وَٱصْبِرْ حَتَّىٰ يَحْكُمَ ٱللَّهُ ۚ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْحَٰكِمِينَ
Qattabi' maa yoohaaa ilaika wasbir hattaa yahkumal laah; wa Huwa khairul haakimeen
Va senga vahiy qilingan narsaga ergash va Alloh hukm qilguncha sabr qil. U hukm qilguvchilarning yaxshisidir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
