Sura 8
Anfol
الأَنفَالِ
Al-Anfal · Madaniy · 75 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْأَنفَالِ ۖ قُلِ ٱلْأَنفَالُ لِلَّهِ وَٱلرَّسُولِ ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَصْلِحُوا۟ ذَاتَ بَيْنِكُمْ ۖ وَأَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Yas'aloonaka 'anil anfaali qulil anfaalu lillaahi war Rasooli fattaqul laaha wa ahlihoo zaata bainikum wa atee'ul laaha wa Rasoolahooo in kuntum mu'mineen
Sendan oʻljalar haqida soʻrarlar. Sen: «Oʻljalar Alloh va Paygʻambarnikidir. Bas, Allohga taqvo qilinglar va oʻz oralaringizni isloh etinglar. Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga va Uning Paygʻambariga itoat qilinglar», deb ayt.
- 2
إِنَّمَا ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَإِذَا تُلِيَتْ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُهُۥ زَادَتْهُمْ إِيمَٰنًۭا وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ
Innamal mu'minoonal lazeena izaa zukiral laahu wajilat quloobuhum wa izaa tuliyat 'alaihim Aayaatuhoo zaadat hum eemaananw wa 'alaa Rabbihim yatawakkaloon
Albatta, Alloh zikr qilinsa, qalblari titraguvchi, oyatlari tilovat etilsa, iymonlarini ziyoda qilguvchi va Robbilariga tavakkul qilguvchilargina moʻminlardir.
- 3
ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ
Allazeena yuqeemoonas Salaata wa mimmaa razaqnaahum yunfiqoon
Ular namozni toʻkis ado etadiganlar va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq qiladiganlardir.
- 4
أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُؤْمِنُونَ حَقًّۭا ۚ لَّهُمْ دَرَجَٰتٌ عِندَ رَبِّهِمْ وَمَغْفِرَةٌۭ وَرِزْقٌۭ كَرِيمٌۭ
Ulaaa'ika humul mu'minoona haqqaa; lahum darajaatun 'inda Rabbihim wa magh firatunw wa rizqun kareem
Ana oʻshalar haqiqiy moʻminlardir. Ularga Robbilari huzurida darajalar, magʻfirat va karamli rizq bor.
- 5
كَمَآ أَخْرَجَكَ رَبُّكَ مِنۢ بَيْتِكَ بِٱلْحَقِّ وَإِنَّ فَرِيقًۭا مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ لَكَٰرِهُونَ
Kaamaaa akhrajaka Rabbuka mim baitika bilhaqq; wa inna fareeqam minal mu'mineena lakaarihoon
Albatta, bu holat, moʻminlardan bir guruhi yoqtirmagan boʻlsalar ham, Robbing seni haq ila uyingdan chiqarganga oʻxshaydi. [1]
[1] (Yaʼni, uyingdan Badrga urush qilish uchun chiqarganga oʻxshaydi. Ushbu ikki ish — oʻljani boʻlish va gʻazotga chiqishning bir-biriga oʻxshashliklari bor. Oʻlja taqsimoti bir guruh moʻminlarga yoqmaganidek, urushga chiqish ham baʼzi bir moʻminlarga yoqmagan edi.)
- 6
يُجَٰدِلُونَكَ فِى ٱلْحَقِّ بَعْدَمَا تَبَيَّنَ كَأَنَّمَا يُسَاقُونَ إِلَى ٱلْمَوْتِ وَهُمْ يَنظُرُونَ
Yujaadiloonaka fil haqqi ba'da maa tabaiyana kaannamaa yasaaqoona ilal mawti wa hum uanzuroon
Xuddi oʻzlari koʻrib turgan hollarida oʻlimga haydalayotgandek, haq ayon boʻlgandan keyin ham sen bilan bahslashadilar. [2]
[2] (Haq ayon boʻlgandan keyin ham, yaʼni urush boʻlishi ayon boʻlib qolgandan keyin ham. Chunki Abu Sufyon karvonni boshqa tomonga burib, sohil boʻylab oʻtib ketganining va qurayshliklar askar tortib kelayotganining aniq xabari yetgan edi. Shunday boʻlsa ham, baʼzilar biz karvonni qasd qilib chiqqan edik, urushga tayyor emasmiz, deb sen bilan bahs qildilar. Agar urushga borsak, albatta, oʻlamiz, deb oʻyladilar.)
- 7
وَإِذْ يَعِدُكُمُ ٱللَّهُ إِحْدَى ٱلطَّآئِفَتَيْنِ أَنَّهَا لَكُمْ وَتَوَدُّونَ أَنَّ غَيْرَ ذَاتِ ٱلشَّوْكَةِ تَكُونُ لَكُمْ وَيُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُحِقَّ ٱلْحَقَّ بِكَلِمَٰتِهِۦ وَيَقْطَعَ دَابِرَ ٱلْكَٰفِرِينَ
Wa iz ya'idukumul laahu ihdat taaa'ifataini annahaa lakum wa tawaddoona anna ghaira zaatish shawkati takoonu lakum wa yureedul laahu ai yuhiqqal haqqa bikalimaatihee wa taqta'a daabiral kaafireen
Oʻshanda Alloh sizga ikki toifadan biri albatta sizniki boʻlishini vaʼda qilgan edi. Sizlar shavkati yoʻgʻi sizlarniki boʻlishini suyar edingiz. Alloh esa, Oʻz kalimalari ila haqni haq qilishni va kofirlarning dumini qirqishni iroda qilgan edi. [3]
[3] (Yaʼni, Badr tomon yurgan vaqtingizda, ikki toifadan biri — yoki Abu Sufyonning karvoni yoki Quraysh lashkarlari sizniki boʻlishini Alloh vaʼda qilgan edi.)
- 8
لِيُحِقَّ ٱلْحَقَّ وَيُبْطِلَ ٱلْبَٰطِلَ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُجْرِمُونَ
Liyuhiqqal haqqa wa tubtilal baatila wa law karihal mujrimoon
Jinoyatchilar yoqtirmasalar ham, haqni haq, botilni botil qilish uchun shunday boʻlishini iroda qilgan edi.
- 9
إِذْ تَسْتَغِيثُونَ رَبَّكُمْ فَٱسْتَجَابَ لَكُمْ أَنِّى مُمِدُّكُم بِأَلْفٍۢ مِّنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ مُرْدِفِينَ
Iz tastagheesoona Rabbakum fastajaaba lakum annee mumiddukum bi alfim minal malaaa'ikati murdifeen
Oʻshanda Robbingizdan madad soʻraganingizda, sizni (soʻrovingizni) ijobat qilib: «Albatta, Men sizlarga ketma-ket keladigan mingta farishta ila madad beruvchiman», – dedi. [4]
[4] (Alloh taolo moʻmin bandalariga madad uchun farishtalarni yuborganligi haqida mavzularda eng ishonchli manba Qurʼoni Karim va hadisi sharif boʻladi. Ikrima va Ibn Abbos roziyallohu anhumlardan rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi: «Paygʻambar alayhissalotu vassalom Badr kuni: Mana bu Jibroil otining boshidan tutib ustida urush anjomlari bilan kelmoqda, dedilar.)
- 10
وَمَا جَعَلَهُ ٱللَّهُ إِلَّا بُشْرَىٰ وَلِتَطْمَئِنَّ بِهِۦ قُلُوبُكُمْ ۚ وَمَا ٱلنَّصْرُ إِلَّا مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ
Wa maa ja'alahul laahu illaa bushraa wa litatma'inna bihee quloobukum; wa man nasru illaa min 'indil laah; innal laaha Azeezun Hakeem
Alloh u(madad)ni bashorat va qalblaringiz u bilan xotirjam boʻlishi uchungina qildi. oʻalaba esa, faqat Allohning huzuridadir. Albatta, Alloh gʻolib va hikmatli Zotdir.
- 11
إِذْ يُغَشِّيكُمُ ٱلنُّعَاسَ أَمَنَةًۭ مِّنْهُ وَيُنَزِّلُ عَلَيْكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ لِّيُطَهِّرَكُم بِهِۦ وَيُذْهِبَ عَنكُمْ رِجْزَ ٱلشَّيْطَٰنِ وَلِيَرْبِطَ عَلَىٰ قُلُوبِكُمْ وَيُثَبِّتَ بِهِ ٱلْأَقْدَامَ
Iz yughashsheekumun nu'assa amanatam minhu wa yunazzilu 'alaikum minas samaaa'i maaa'al liyutah hirakum bihee wa yuzhiba 'ankum rijzash Shaitaani wa liyarbita 'ala quloobikum wa yusabbita bihil aqdaam
Oʻshanda U sizni Oʻzidan omonlik qilib, mudroq ila oʻragan edi va sizni poklash, sizdan shaytonning vasvasasini ketkazish hamda qalblaringizni bogʻlash va qadamlaringizni sobit qilish uchun ustingizga osmondan suv tushirgan edi. [5]
[5] (Musulmonlarga ajoyib bir ruhiy holat paydo boʻldi oʻshanda. Hozirgina qoʻrqib, xavsirab turgan odamlar bir mudroqdan keyin qalblari toʻla sokinlik, oʻzlari xotirjam, dushmandan zarracha qoʻrqmaydigan holga keldilar. Mudroq bosish holati Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomda qanday kechgani Imomi Buxoriyning «Sahih»larida bunday rivoyat qilingan: «Badr urushi kuni Rasululloh alayhissalotu vassalom Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan kapada duo qilib turganlarida Rasululloh alayhissalotu vassalomni mudroq bosdi. U kishi kulib uygʻondilar. «Suyunaver, ey Abu Bakr, Jabroil otda ikki tomonidan chang chiqarib kelmoqda», dedilar. Soʻngra kapadan «Tezda bu jamoat yengiladi va orqaga qarab qochurlar», degan oyatni oʻqib chiqdilar». Suvsizlikdan, shaytonning vasvasasidan yetgan zaiflikni ketkazish, sobitqadam qilish uchun Alloh taolo yomgʻir yogʻdirdi.)
- 12
إِذْ يُوحِى رَبُّكَ إِلَى ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ أَنِّى مَعَكُمْ فَثَبِّتُوا۟ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۚ سَأُلْقِى فِى قُلُوبِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱلرُّعْبَ فَٱضْرِبُوا۟ فَوْقَ ٱلْأَعْنَاقِ وَٱضْرِبُوا۟ مِنْهُمْ كُلَّ بَنَانٍۢ
Iz yoohee Rabbuka ilal malaaa'ikati annee ma'akum fasabbitul lazeena aamanoo; sa ulqee fee quloobil lazeena kafarur ru'ba fadriboo fawqal a'naaqi wadriboo minhum kulla banaan
Oʻshanda Robbingiz farishtalarga: «Men, albatta, siz bilanman, bas, siz iymon keltirganlarni sobit qiling, tezda kufr keltirganlarning qalblariga qoʻrqinch solaman. Bas, boʻyinlar ustidan zarba beringlar va hamma barmoqlariga zarba beringlar», deb vahiy qilgan edi.
- 13
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ شَآقُّوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ۚ وَمَن يُشَاقِقِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ
Zaalika bi annahum shaaaqqul laaha wa Rasoolah; wa mai yushaqiqil laaha wa Rasoolahoo fa innal laaha shadeedul 'iqaab
Bu ularning Allohga va Uning Rasuliga qarshi turganlari uchundir. Kim Allohga va Uning Rasuliga qarshi tursa, bas, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.
- 14
ذَٰلِكُمْ فَذُوقُوهُ وَأَنَّ لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابَ ٱلنَّارِ
Zaalikum fazooqoohu wa anna lilkaafireena 'azaaban Naar
Mana shu sizniki, tortaveringlar! Albatta, kofirlarga doʻzax azobi bordir.
- 15
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا لَقِيتُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ زَحْفًۭا فَلَا تُوَلُّوهُمُ ٱلْأَدْبَارَ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo izaa laqeetumul lazeena kafaroo zahfan falaa tuwalloohumul adbaar
Ey, iymon keltirganlar, kufr keltirganlarga yaqinlashib, yuzma-yuz kelganingizda ularga orqa oʻgirmangiz.
- 16
وَمَن يُوَلِّهِمْ يَوْمَئِذٍۢ دُبُرَهُۥٓ إِلَّا مُتَحَرِّفًۭا لِّقِتَالٍ أَوْ مُتَحَيِّزًا إِلَىٰ فِئَةٍۢ فَقَدْ بَآءَ بِغَضَبٍۢ مِّنَ ٱللَّهِ وَمَأْوَىٰهُ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ
Wa mai yuwallihim yawma'izin duburahooo illaa mutaharrifal liqitaalin aw mutahaiyizan ilaa fi'atin faqad baaa'a bighadabim minal laahi wa maawaahu Jahannamu wa bi'sal maseer
Kimki oʻsha kunda jang hunari koʻrsatib yoki boshqa guruhga qoʻshilmoqchi boʻlgan holatdan tashqari, ularga orqa oʻgirib qochsa, bas, batahqiq, Allohdan boʻlgan gʻazab ila qaytibdi. Uning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy.
- 17
فَلَمْ تَقْتُلُوهُمْ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ قَتَلَهُمْ ۚ وَمَا رَمَيْتَ إِذْ رَمَيْتَ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ رَمَىٰ ۚ وَلِيُبْلِىَ ٱلْمُؤْمِنِينَ مِنْهُ بَلَآءً حَسَنًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ
Falam taqtuloohum wa laakinnal laaha qatalahum; wa maa ramaita iz ramaita wa laakinnal laaha ramaa; wa liyubliyal mu'mineena minhu balaaa'an hasanaa; innal laaha Samee'un Aleem
Ularni siz oʻldirmadingiz, balki Alloh oʻldirdi. Otgan paytingda, sen otmading, balki Alloh otdi. Va moʻminlarni goʻzal sinov ila sinash uchun (shunday qildi). Albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir. [6]
[6] (Badr urushida Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom siqimlariga tuproq olib, mushriklar tomonga «Shahatil vujuh» (Yuzlar qaro boʻlsin!) deb otganlari rivoyatlarda sobit. Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo bu haqda shunday rivoyat qiladilar: «Badr kuni Rasululloh alayhissalotu vassalom qoʻllarini koʻtarib: «Ey bor Xudoyo, agar ushbu jamoa halok boʻlsa, Yer yuzida senga ibodat qiladigan odam qolmaydi...», deb duo qildilar. Jabroil kelib u kishiga: «Bir siqim tuproq olib, ularning yuziga qarab ot!» dedi. Bir siqim tuproq olib, ularga otdilar. Koʻziga va ogʻzi-burniga tuproq kirmagan birorta ham mushrik qolmadi. Shundan keyin ortlariga qarab qocha boshladilar».)
- 18
ذَٰلِكُمْ وَأَنَّ ٱللَّهَ مُوهِنُ كَيْدِ ٱلْكَٰفِرِينَ
Zaalikum wa annal laaha moohinu kaidil kaafireen
Ana oʻshalarning (sizga boʻlishi) Alloh, albatta, kofirlarning hiylasini zaif qilguvchi boʻlganidandir.
- 19
إِن تَسْتَفْتِحُوا۟ فَقَدْ جَآءَكُمُ ٱلْفَتْحُ ۖ وَإِن تَنتَهُوا۟ فَهُوَ خَيْرٌۭ لَّكُمْ ۖ وَإِن تَعُودُوا۟ نَعُدْ وَلَن تُغْنِىَ عَنكُمْ فِئَتُكُمْ شَيْـًۭٔا وَلَوْ كَثُرَتْ وَأَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُؤْمِنِينَ
In tastaftihoo faqad jaaa'akumul fathu wa in tantahoo fahuwa khairul lakum wa in ta'oodoo na'ud wa lan tughniya 'ankum fi'atukum shai'anw wa law kasurat wa annal laaha ma'al mu'mineen
Agar orani ochishni soʻragan boʻlsangiz, bas, batahqiq sizga orani ochish keldi. Agar toʻxtasangiz, bu oʻzingiz uchun yaxshidir. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Sizning guruhingiz qancha koʻp boʻlsa ham, sizga hech bir hojatingizni chiqara olmas. Albatta, Alloh moʻminlar bilan birgadir.
- 20
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَلَا تَوَلَّوْا۟ عَنْهُ وَأَنتُمْ تَسْمَعُونَ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo atee'ul laaha wa Rasoolahoo wa laa tawallaw 'anhu wa antum tasm'oon
Ey, iymon keltirganlar, Allohga va Uning Rasuliga itoat qilingiz va eshitib turib, Undan yuz oʻgirib ketmangiz.
- 21
وَلَا تَكُونُوا۟ كَٱلَّذِينَ قَالُوا۟ سَمِعْنَا وَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ
Wa laa takoonoo kallazeena qaaloo sami'naa wa hum laa yasma'oon
Va oʻzlari eshitmasalar ham, «eshitdik» deganlar kabi boʻlmangiz.
- 22
۞ إِنَّ شَرَّ ٱلدَّوَآبِّ عِندَ ٱللَّهِ ٱلصُّمُّ ٱلْبُكْمُ ٱلَّذِينَ لَا يَعْقِلُونَ
Inna sharrad dawaaabbi 'indal laahis summul bukmul lazeena laa ya'qiloon
Allohning huzurida hayvonning eng yomoni, albatta, karu soqov boʻlib, aql ishlatmaydiganlardir.
- 23
وَلَوْ عَلِمَ ٱللَّهُ فِيهِمْ خَيْرًۭا لَّأَسْمَعَهُمْ ۖ وَلَوْ أَسْمَعَهُمْ لَتَوَلَّوا۟ وَّهُم مُّعْرِضُونَ
Wa law 'alimal laahu feehim khairal la asma'ahum; wa law asma'ahum latawallaw wa hum mu'ridoon
Agar Alloh ularda biror yaxshilikni bilganida, albatta eshittirar edi va agar ularga eshittirsa ham, albatta yuz oʻgirib, burilib ketar edilar. [7]
[7] (Alloh taolo ulardan biror yaxshilik chiqishini bilganida edi, albatta, ularni eshitganidan foyda oladigan qilib qoʻygan boʻlardi. Ammo ularning tabiatlari buzuqligini, eshitsalar ham, yuz oʻgirib ketishlarini bilgani uchun ham Alloh bunday qilmadi.)
- 24
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱسْتَجِيبُوا۟ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ ۖ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ ٱلْمَرْءِ وَقَلْبِهِۦ وَأَنَّهُۥٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanus tajeeboo lillaahi wa lir Rasooli izaa da'aakum limaa yuhyeekum wa'lamooo annal laaha yahoolu bainal mar'i wa qalbihee wa anahooo ilaihi tuhsharoon
Ey, iymon keltirganlar, sizga hayot beradigan narsaga chaqirganlarida, Alloh va Rasuliga javob bering va bilingki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbini ajratib qoʻyadi va, albatta, Uning huzurida toʻplanursiz. [8]
[8] («Hayot beradigan narsa» — iymon va Islomdir. Qurʼoni Karim taʼbiri boʻyicha, haqiqiy hayot iymon va Islomdir. Inson bularsiz oʻlikdir. Alloh inson bilan qalbining orasini ajratgandan keyin u oʻzini oʻnglay olmay qoladi. Inson oʻz qalbiga molik boʻla olmay qolmaydi.)
- 25
وَٱتَّقُوا۟ فِتْنَةًۭ لَّا تُصِيبَنَّ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنكُمْ خَآصَّةًۭ ۖ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ
Wattaqoo fitnatal laa tuseebannal lazeena zalamoo minkum khaaaassatanw wa'lamooo annal laaha shadeedul 'iqaab
Va sizlardan faqat zulm qilganlarning oʻzigagina yetmaydigan fitnadan saqlaning. Va bilingki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.
- 26
وَٱذْكُرُوٓا۟ إِذْ أَنتُمْ قَلِيلٌۭ مُّسْتَضْعَفُونَ فِى ٱلْأَرْضِ تَخَافُونَ أَن يَتَخَطَّفَكُمُ ٱلنَّاسُ فَـَٔاوَىٰكُمْ وَأَيَّدَكُم بِنَصْرِهِۦ وَرَزَقَكُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
Wazkurooo iz antum qaleelum mustad 'afoona filardi takhaafoona ai yatakhat tafakumun naasu fa aawaakum wa aiyadakum binasrihee wa razaqakum minat taiyibaati la'allakum tashkuroon
Siz yer yuzida oz sonli, zaifhol boʻlib, odamlar sizni tutib olishidan qoʻrqib yurgan holingizni eslang. Bas, U zot sizga joy berdi, Oʻz nusrati ila qoʻlladi va sizlarga pok narsalarni rizq qilib berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz. [9]
[9] (Alloh taolo musulmonlarga juda qiyin paytlarida ham Oʻzi yordam berganini eslatmoqda. Islomiy daʼvatning boshlanishida musulmonlar oz sonli, zaifhol edilar. Makkada qoʻrqib bekinib yurardilar.)
- 27
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَخُونُوا۟ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ وَتَخُونُوٓا۟ أَمَٰنَٰتِكُمْ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa takhoonal laaha war Rasoola wa takhoonooo amaanaatikum wa antum ta'lamoon
Ey, iymon keltirganlar, bilib turib, Allohga, Paygʻambarga va omonatlaringizga xiyonat qilmang. [10]
[10] (Allohga xiyonat — «La ilaha ilalloh», deb iymonga kelgan shaxsning ana oʻsha «Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq» shioriga xilof qilishidir. Allohdan oʻzganing yoʻliga yurish, Alloh farz qilgan amallarni tark etish, qaytarganlaridan qaytmaslik va boshqa gunohlar Allohga xiynat qilish boʻladi. Paygʻambarga xiyonat qilish esa, «Muhammadun Rasululloh»ga xilof qilishdir. Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning shariatlariga yurmaslik, sunnatlariga amal qilmaslikdir. Kishilar orasida boʻladigan muomalalarda omonatlar bor. Muomalalar shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqacha boʻlishi mumkin. Ularning hammasida ham birovga bir nima ishonib topshirilsa, omonat boʻladi. Uni oʻz oʻrniga qoʻya olmaslik xiyonat hisoblanadi.)
- 28
وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَآ أَمْوَٰلُكُمْ وَأَوْلَٰدُكُمْ فِتْنَةٌۭ وَأَنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥٓ أَجْرٌ عَظِيمٌۭ
Wa'lamooo annamaaa amwaalukum wa awlaadukum fitnatunw wa annal laaha 'indahooo ajrun azeem
Va bilingki, mollaringiz va farzandlaringiz fitnadan oʻzga narsa emas va, albatta, Allohning huzurida ulugʻ ajr bordir. [11]
[11] (Molu dunyo va farzandlar omonatga xiyonat qilishga sabab boʻlishi uchun emas, sinov uchun beriladi. Har bir insonda molu dunyoga, farzandga muhabbat bor. Bular ham Allohning neʼmatlari.)
- 29
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِن تَتَّقُوا۟ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّكُمْ فُرْقَانًۭا وَيُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanooo in tattaqul laaha yaj'al lakum furqaananw wa yukaffir 'ankum saiyi aatikum wa yaghfir lakum; wallaahu zul fadlil 'azeem
Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon beradi, sizning gunohlaringizni yuvib, magʻfirat qiladi. Alloh ulugʻ fazl egasidir.
- 30
وَإِذْ يَمْكُرُ بِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِيُثْبِتُوكَ أَوْ يَقْتُلُوكَ أَوْ يُخْرِجُوكَ ۚ وَيَمْكُرُونَ وَيَمْكُرُ ٱللَّهُ ۖ وَٱللَّهُ خَيْرُ ٱلْمَٰكِرِينَ
Wa iz yamkuru bikal lazeena kafaroo liyusbitooka aw yaqtulooka aw yukhrijook; wa yamkuroona wa yamkurul laahu wallaahu khairul maakireen
Kufr keltirganlar seni ushlash, oʻldirish yoki chiqarib yuborish uchun makr qilganlarini esla. Ular makr qildilar va Alloh ham «makr» qildi. Alloh «makr» qilguvchilarning ustasidir. [12]
[12] (Ulamolarimiz Allohga «makkor» sifatini berishdan qaytarganlar. Shuning uchun ham Qurʼon yoki hadisda Alloh taologa nisbatan «makr» lafzi ishlatilsa, uni bandalarga nisbatan qoʻllanilgani kabi tushunmaslik kerak.)
- 31
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا قَالُوا۟ قَدْ سَمِعْنَا لَوْ نَشَآءُ لَقُلْنَا مِثْلَ هَٰذَآ ۙ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ
Wa izaa tutlaa 'alaihim Aayaatunaa qaaloo qad sami'naa law nashaaa'u laqulnaa misla haazaaa in haazaaa illaaa asaateerul awwaleen
Ularga oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Batahqiq, eshitdik, agar xohlasak, bunga oʻxshashni oʻzimiz ham aytamiz. Bu avvalgilarning afsonasidan oʻzga narsa emas», – deydilar.
- 32
وَإِذْ قَالُوا۟ ٱللَّهُمَّ إِن كَانَ هَٰذَا هُوَ ٱلْحَقَّ مِنْ عِندِكَ فَأَمْطِرْ عَلَيْنَا حِجَارَةًۭ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ أَوِ ٱئْتِنَا بِعَذَابٍ أَلِيمٍۢ
Wa iz qaalul laahumma in kaana haazaa huwal haqqa min 'indika fa amtir 'alainaa hijaaratam minas samaaa'i awi'tinaa bi 'azaabin alaeem
«Allohim! agar mana shu sening huzuringdan kelgan haq boʻlsa, ustimizga osmondan tosh yogʻdirgin yoki bizga alamli azob yuborgin», deganlarini esla.
- 33
وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُعَذِّبَهُمْ وَأَنتَ فِيهِمْ ۚ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ مُعَذِّبَهُمْ وَهُمْ يَسْتَغْفِرُونَ
Wa maa kanal laahu liyu'az zibahum wa anta feehim; wa maa kaanal laahu mu'az zibahum wa hum yastaghfiroon
Modomiki, sen ularning ichida ekansan, Alloh ularni azoblamas. Modomiki, ular istigʻfor aytar ekanlar, Alloh ularni azoblovchimas.
- 34
وَمَا لَهُمْ أَلَّا يُعَذِّبَهُمُ ٱللَّهُ وَهُمْ يَصُدُّونَ عَنِ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ وَمَا كَانُوٓا۟ أَوْلِيَآءَهُۥٓ ۚ إِنْ أَوْلِيَآؤُهُۥٓ إِلَّا ٱلْمُتَّقُونَ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
Wa maa lahum allaa yu'az zibahumul laahu wa hum yasuddoona 'anil Masjidil-Haraami wa maa kaanooo awliyaaa'ah; in awliyaaa' uhooo illal muttaqoona wa laakinna aksarahum laa ya'lamoon
Nega endi Alloh ularni azoblamas ekan. Ular Masjidul Haromdan toʻsmoqdalar. Holbuki, Uning valiylari emaslar. Uning valiylari taqvodorlardan oʻzga hech kim emas. Lekin koʻplari bilmaslar.
- 35
وَمَا كَانَ صَلَاتُهُمْ عِندَ ٱلْبَيْتِ إِلَّا مُكَآءًۭ وَتَصْدِيَةًۭ ۚ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ
Wa maa kaana Salaatuhum 'indal Baiti illa mukaaa anw-wa tasdiyah; fazooqul 'azaaba bimaa kuntum takfuroon
Ularning Bayt oldidagi namozlari hushtak va qarsak chalishdan iborat edi, xolos. Bas, kufr keltirganingiz tufayli azobni tatib koʻring. [13]
[13] (Mushriklar Baytullohning valiy-mutasaddilari boʻlsa, ibodatlari hushtak va chapak chalishdan iborat boʻlarmidi? Bu ishda na Baytullohga hurmat-ehtirom bor va na Allohga ibodat. Faqat ovoz chiqarish, toʻs-toʻpolon qilish. Shuning uchun ham oyatning soʻngida ularga xitoban: «Bas, kufr keltirganingiz tufayli azobni tatib koʻring», deyilmoqda.) (Yaʼni, Badr urushidagi azobni tatib turing, qolganini qiyomatda olasiz.)
- 36
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ لِيَصُدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيْهِمْ حَسْرَةًۭ ثُمَّ يُغْلَبُونَ ۗ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِلَىٰ جَهَنَّمَ يُحْشَرُونَ
Innal lazeena kafaroo yunfiqoona amwaalahum liyasuddoo 'an sabeelil laah; fasayunfiqoonahaa summa takoonu 'alaihim hasratan summa yughlaboon; wal lazeena kafarooo ilaa Jahannnama yuhsharoona
Albatta, kufr keltirganlar mollarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun sarflarlar. Bas, ularni sarflarlar-u, soʻngra, oʻzlariga hasrat boʻladir, keyin magʻlub boʻlurlar. Kufr keltirganlar jahannamga toʻplanurlar. [14]
[14] (Ushbu surai karima tafsiri muqaddimasida keltirilgan Badr urushi haqidagi rivoyatlarda Makka mushriklarining boylari musulmonlarga, Paygʻambar alayhissalotu vassalomga qarshi qanchalik molu mulk sarflaganliklarini koʻrib oʻtdik. Kofirlar odamlarini Allohning yoʻlidan qaytarish uchun undan keyin ham, hozir ham hisobsiz mablagʻlarini sarflamoqdalar. Ular oʻzlaricha, bu xarajatlarni ezgulik yoʻlida, savob uchun sarflayapmiz, deb oʻylaydilar. Ular xohlaganlaricha sarflayversinlar, lekin bir kuni kelib, xuddi shu sarflagan mollari oʻzlariga hasrat-nadomat boʻlib qaytadi. Bunga Badr urushiga xarjlangan mollar misol boʻla oladi. Ming-minglab sarf qilsalar ham, maqsadlariga erisha olmay, magʻlub boʻldilar. Oxiratda esa, jahannamda toʻplanadilar.)
- 37
لِيَمِيزَ ٱللَّهُ ٱلْخَبِيثَ مِنَ ٱلطَّيِّبِ وَيَجْعَلَ ٱلْخَبِيثَ بَعْضَهُۥ عَلَىٰ بَعْضٍۢ فَيَرْكُمَهُۥ جَمِيعًۭا فَيَجْعَلَهُۥ فِى جَهَنَّمَ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ
Liyameezal laahul khabeesa minat taiyibi wa yaj'alal khabeesa ba'dahoo 'ala ba'din fayarkumahoo jamee'an fayaj'alahoo fee Jahannnam; ulaaa'ika humul khaasiroon
Alloh pokdan nopokni ayirishi uchun va nopokning baʼzisi ustiga baʼzisini taxlab, hammasini jahannamga tashlashi uchun. Ana oʻshalar ziyon koʻrguvchilardir. [15]
[15] (Alloh taolo kofirlarni u dunyoda jahannamga toʻplaydi, ularni pok — jannati moʻminlardan ajratib olish uchun, xuddi oʻtinni taxlagandek, bir-birlarining ustiga taxlab turib, doʻzaxga tashlash uchun toʻplaydi. Haqiqiy ziyon koʻruvchilar ana shular boʻladi.)
- 38
قُل لِّلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِن يَنتَهُوا۟ يُغْفَرْ لَهُم مَّا قَدْ سَلَفَ وَإِن يَعُودُوا۟ فَقَدْ مَضَتْ سُنَّتُ ٱلْأَوَّلِينَ
Qul lillazeena kafarooo iny yantahoo yughfar lahum maa qad salafa wa iny ya'oodoo faqad madat sunnatul awwaleen
Kufr keltirganlarga ayt, agar toʻxtasalar, oʻtgan narsalar magʻfirat qilinur va agar qaytadigan boʻlsalar, bas, batahqiq, avvalgilarning sunnati oʻtgan.
- 39
وَقَٰتِلُوهُمْ حَتَّىٰ لَا تَكُونَ فِتْنَةٌۭ وَيَكُونَ ٱلدِّينُ كُلُّهُۥ لِلَّهِ ۚ فَإِنِ ٱنتَهَوْا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِمَا يَعْمَلُونَ بَصِيرٌۭ
Wa qaatiloohum hattaa laa takoona fitnatunw wa yakoonaddeenu kulluhoo lillaah; fainin tahaw fa innallaaha bimaa ya'maloona Baseer
Va ular bilan to fitna boʻlmaguncha va dinning hammasi Allohga boʻlguncha urush qiling. Agar toʻxtasalar, bas, Alloh, albatta, nima qilayotganlarini koʻrib turguvchi Zotdir.
- 40
وَإِن تَوَلَّوْا۟ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ مَوْلَىٰكُمْ ۚ نِعْمَ ٱلْمَوْلَىٰ وَنِعْمَ ٱلنَّصِيرُ
Wa in tawallaw fa'lamooo annal laaha mawlaakum; ni'mal mawlaa wa ni'man naseer
Agar yuz oʻgirsalar, bas, bilginki, albatta, Alloh xojangizdir. U qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchi!
- 41
۞ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَا غَنِمْتُم مِّن شَىْءٍۢ فَأَنَّ لِلَّهِ خُمُسَهُۥ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ إِن كُنتُمْ ءَامَنتُم بِٱللَّهِ وَمَآ أَنزَلْنَا عَلَىٰ عَبْدِنَا يَوْمَ ٱلْفُرْقَانِ يَوْمَ ٱلْتَقَى ٱلْجَمْعَانِ ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ
Wa'lamooo annamaa ghanimtum min sha'in fa anna lillaahi khumusahoo wa lir Rasooli wa lizil qurba walyataamaa walmasaakeeni wabnis sabeeli in kuntum aamantum billaahi wa maaa anzalnaa 'ala 'abdinaa yawmal Furqaani yawmaltaqal jam'aan; wal laahu 'alaa kulli shai'in Qadeer
Va agar Allohga, furqon kuni — ikki jamoat toʻqnashgan kuni bandamizga nozil qilgan narsamizga iymon keltirgan boʻlsangiz, bilingki, oʻljaga olgan narsangizdan beshdan biri Allohga, Rasuliga, yaqinlariga, yetimlarga, miskinlarga va musofirlargadir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir. [16]
[16] («Furqon kuni — ikki jamoat toʻqnashgan kuni»dan murod Badr urushi kunidir. Chunki ayni oʻsha kun Alloh taolo haq bilan botilni farq qilgan, ajratgan kundir. Oʻsha kun musulmonlar bilan mushriklar toʻqnashgan kundir. Oyatda Badr urushi kuni Rasulullohga nozil qilingan oyatlarga iymon keltirishlik Allohga iymon keltirish bilan birga zikr etilmoqda. Oʻsha kuni nozil qilingan oyati karimalar oʻljani taqsimlashga ham taalluqli edi. Ana oʻsha oyatlardagi hukmlarga amal qilsalar, iymonlari borligiga dalolat boʻlishi taʼkidlanmoqda. Jihod paytida qoʻlga tushgan oʻljalarning beshdan toʻrti mujohidlarga boʻlib beriladi. Qolgan bir qismi esa, ushbu oyatda zikr qilingan toifalarga ajratiladi.)
- 42
إِذْ أَنتُم بِٱلْعُدْوَةِ ٱلدُّنْيَا وَهُم بِٱلْعُدْوَةِ ٱلْقُصْوَىٰ وَٱلرَّكْبُ أَسْفَلَ مِنكُمْ ۚ وَلَوْ تَوَاعَدتُّمْ لَٱخْتَلَفْتُمْ فِى ٱلْمِيعَٰدِ ۙ وَلَٰكِن لِّيَقْضِىَ ٱللَّهُ أَمْرًۭا كَانَ مَفْعُولًۭا لِّيَهْلِكَ مَنْ هَلَكَ عَنۢ بَيِّنَةٍۢ وَيَحْيَىٰ مَنْ حَىَّ عَنۢ بَيِّنَةٍۢ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَسَمِيعٌ عَلِيمٌ
Iz antum bil'udwatid dunyaa wa hum bil'udwatil quswaa warrakbu asfala minkum; wa law tawaa'attum lakhtalaftum fil mee'aadi wa laakil liyaqdiyal laahu amran kaana maf'oolal liyahlika man halaka 'am baiyinatinw wa yahyaa man haiya 'am baiyinah; wa innal laaha la Samee'un 'Aleem
Oʻshanda sizlar (vodiyning Madinaga) yaqin tarafida, ular uzoq tarafida, otliqlar esa sizdan pastda edi. Agar vaʼdalashib olganingizda ham, kelishilgan joy va vaqtda xilof qilardingiz. Lekin Alloh qilinishi kerak boʻlgan ishni hal etishi uchun, halok boʻladigan odam ochiq-oydin hujjat bilan halok boʻlishi uchun, yashashi kerak boʻlgan odam ochiq-oydin hujjat bilan yashashi uchun (toʻqnashdingiz). Va, albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir. [17]
[17] (Yaʼni, Badr urushi kuni sizlar, ey musulmonlar, vodiyning Madinaga yaqin tarafiga kelib tushdingiz. Mushriklar vodiyning Madinadan uzoq tarafiga kelib tushdilar. Karvondagi otliqlar esa, siz turgan joyning pastrogʻidan yurib, sohil boʻylab oʻtib ketdi. Siz bilan mushriklar oʻrtasida tepalik boʻlib, bir-biringizni koʻrmas edingiz.)
- 43
إِذْ يُرِيكَهُمُ ٱللَّهُ فِى مَنَامِكَ قَلِيلًۭا ۖ وَلَوْ أَرَىٰكَهُمْ كَثِيرًۭا لَّفَشِلْتُمْ وَلَتَنَٰزَعْتُمْ فِى ٱلْأَمْرِ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ سَلَّمَ ۗ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ
Iz yureekahumul laahu fee manaamika qaleela; wa law araakahum kaseeral lafashiltum wa latanaaza'tum fil amri wa laakinnal laaha sallam; innahoo 'aleemum bizaatis sudoor
Oʻshanda Alloh tushingda ularni senga oz koʻrsatdi. Agar ularni senga koʻp koʻrsatganida, tushkunlikka uchrar edingizlar va bu ishda oralaringizda nizo chiqar edi. Lekin Alloh saqladi. Albatta, U dilingizdagi narsani bilguvchi Zotdir.
- 44
وَإِذْ يُرِيكُمُوهُمْ إِذِ ٱلْتَقَيْتُمْ فِىٓ أَعْيُنِكُمْ قَلِيلًۭا وَيُقَلِّلُكُمْ فِىٓ أَعْيُنِهِمْ لِيَقْضِىَ ٱللَّهُ أَمْرًۭا كَانَ مَفْعُولًۭا ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ
Wa iz yureekumoohum izil taqaitum feee a'yunikum qaleelanw wa yuqallilukum feee a'yunihim liyaqdiyal laahu amran kaana maf'oolaa; wa ilal laahi turja'ul umoor
Oʻshanda, toʻqnashganingizda, ularni sizning koʻzingizga oz qilib koʻrsatganini, sizni ularning koʻziga oz qilib koʻrsatganini eslang. Buni Alloh qilinishi kerak boʻlgan ishni hal etish uchun qildi. Va barcha ishlar Allohga qaytarilur. [18]
[18] (Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning koʻrgan tushlari rost chiqdi. Alloh taolo musulmonlarga koʻp sonli mushriklarni oz qilib koʻrsatdi. Alloh taolo mushriklarga oz sonli musulmonlarni yana ham kamaytib koʻrsatdi. Ular biz koʻpmiz, musulmonlar oz ekan, deb gʻururga ketishdi va gʻaflatda qolib, magʻlub boʻlishdi.)
- 45
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا لَقِيتُمْ فِئَةًۭ فَٱثْبُتُوا۟ وَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ كَثِيرًۭا لَّعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanooo izaa laqeetum fi'atan fasbutoo wazkurul laaha kaseeral la'allakum tuflihoon
Ey, iymon keltirganlar! (Kofir) jamoatga roʻbaroʻ kelganingizda, sabotli boʻling va Allohni koʻp zikr qiling, shoyadki, najot topsangiz.
- 46
وَأَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَلَا تَنَٰزَعُوا۟ فَتَفْشَلُوا۟ وَتَذْهَبَ رِيحُكُمْ ۖ وَٱصْبِرُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ
Wa atee'ul laaha wa Rasoolahoo wa laa tanaaza'oo fatafshaloo wa tazhaba reehukum wasbiroo; innal laaha ma'as saabireen
Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. Oʻzaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadir. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilandir. [19]
[19] (Gʻalaba omillaridan biri — Allohga va uning Rasuliga itoat qilish boʻlib, u nafaqat urush maydonidagi, balki barcha sohalardagi gʻalaba va muvaffaqiyatlarning asosiy garovidir. Maʼlumki, urushda qoʻmondolikka itoat katta ahamiyatga ega. Bu oddiy bandalarga itoat haqidagi gap. Endi olamlarning Yaratguvchisi va tadbirini qilguvchisiga, U zotning tanlab olgan oxirgi Paygʻambari Muhammad alayhissalotu vassalomga boʻladigan itoat qanchalar ulugʻ ekanini, qanchalik muvaffaqiyatlar garovi ekanini oʻzimiz bilib olaverishimiz kerak.)
- 47
وَلَا تَكُونُوا۟ كَٱلَّذِينَ خَرَجُوا۟ مِن دِيَٰرِهِم بَطَرًۭا وَرِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطٌۭ
Wa laa takoonoo kallazeena kharajoo min diyaarihim bataranw wa ri'aaa'an naasi wa yasuddoona 'an sabeelil laah; wallaahu bimaa ya'maloona muheet
Va diyorlaridan kibru havo bilan, odamlarga riyo uchun chiqib, Allohning yoʻlidan toʻsadiganlarga oʻxshamang. Alloh nima qilayotganlarini ihota qilguvchidir. [20]
[20] (Ushbu oyati karimada kofirlarga, jumladan, Makkadan Badrga qarab otlangan qurayshliklarga ishora qilinmoqda. Ular urushga katta dabdaba bilan borardilar. Kibru havolari dunyoni olardi. Qayerga tushsalar, tuyalar soʻyishar, oʻyinchi qizlarni oʻynatib, qoʻshiq ayttirishar, odamlarni mehmon qilishar edi. Bu dabdabalar riyo uchun, kuch-quvvatlarini boshqalarga koʻrsatish uchun edi.)
- 48
وَإِذْ زَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَعْمَٰلَهُمْ وَقَالَ لَا غَالِبَ لَكُمُ ٱلْيَوْمَ مِنَ ٱلنَّاسِ وَإِنِّى جَارٌۭ لَّكُمْ ۖ فَلَمَّا تَرَآءَتِ ٱلْفِئَتَانِ نَكَصَ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ وَقَالَ إِنِّى بَرِىٓءٌۭ مِّنكُمْ إِنِّىٓ أَرَىٰ مَا لَا تَرَوْنَ إِنِّىٓ أَخَافُ ٱللَّهَ ۚ وَٱللَّهُ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ
Wa iz zaiyana lahumush shaitaanu a'ma alahum wa qaala laa ghaaliba lakumul yawma minan naasi wa innee jaarul lakum falammaa taraaa'atil fi'ataani nakasa 'alaa aqibaihi wa qaala innee bareee'um minkum innee araa maa laa tarawna inneee akhaaful laah; wallaahu shadeedul 'iqaab
Oʻshanda shayton ularga amallarini ziynatlab koʻrsatdi va: «Bu kunda odamlardan sizga gʻolib kela oladigan hech kim yoʻq. Men sizning homiyingizman», – dedi. Ikki jamoa bir-birini koʻrganida esa, orqasiga qaytdi va: «Albatta, men siz koʻrmayotgan narsani koʻrmoqdaman. Men Allohdan qoʻrqaman», – dedi. Alloh iqobi shiddatli Zotdir. [21]
[21] (Yaʼni, musulmonlar bir tomondan, mushriklar boshqa bir tomondan jang maydoniga qarab yurib, bir-birlariga yaqin kelganda esa, shayton orqasiga qarab qochdi. Mushriklarni vasvasa qilish, ularning ishini ziynatlab koʻrsatish toʻxtadi. Demak, shayton mushriklar magʻlubiyatga uchrashlari shubhasiz ekanligini koʻrgan, shuning uchun qochgan.)
- 49
إِذْ يَقُولُ ٱلْمُنَٰفِقُونَ وَٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ غَرَّ هَٰٓؤُلَآءِ دِينُهُمْ ۗ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ
Iz yaqoolul munaafiqoona wallazeena fee quloobihim maradun gharra haaa'ulaaa'i deenuhum; wa mai yatawakkal 'alal laahi fa innal laaha 'azee zun Hakeem
Oʻshanda munofiqlar va dillarida maraz boʻlganlar: «Anavilarni dini magʻrur qilib yubordi», – dedilar. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, albatta, Alloh gʻolib va hikmatli Zotdir.
- 50
وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ يَتَوَفَّى ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۙ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَضْرِبُونَ وُجُوهَهُمْ وَأَدْبَٰرَهُمْ وَذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ
Wa law taraaa iz yatawaf fal lazeena kafarul malaaa'ikatu yadriboona wujoohahum wa adbaarahum wa zooqoo 'azaabal hareeq
Agar farishtalar kufr keltirganlarning jonini olaturib, yuzlariga va ketlariga urib: «Yongʻin azobini toting!
- 51
ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيكُمْ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَيْسَ بِظَلَّٰمٍۢ لِّلْعَبِيدِ
Zaalika bimaa qaddamat aideekum wa anal laaha laisa bizallaamil lil 'abeed
Bu, qoʻlingiz taqdim qilgan narsa tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga hech zulm qilguvchi emasdir», – deyishlarini koʻrsang edi.
- 52
كَدَأْبِ ءَالِ فِرْعَوْنَ ۙ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِىٌّۭ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ
Kadaabi Aali Fir'awna wal lazeena min qablihim; kafaroo bi Aayaatil laahi fa akhazahu mul laahu bizunoobihim; innal laaha qawiyyun shadeedul 'iqaab
Xuddi Oli Firʼavn va ulardan oldingilarning qilmishlariga oʻxshaydi. Allohning oyatiga kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni gunohlari tufayli tutdi. Albatta, Alloh kuchli va iqobi shiddatli Zotdir. [22]
[22] (Yaʼni, mushriklarning bu qilmishi, xuddi Oli Firʼavn va ulardan oldingilarning qilmishlariga oʻxshaydi.)
- 53
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ لَمْ يَكُ مُغَيِّرًۭا نِّعْمَةً أَنْعَمَهَا عَلَىٰ قَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُوا۟ مَا بِأَنفُسِهِمْ ۙ وَأَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ
Zaalika bi annal laaha lam yaku mughaiyiran ni matan an'amahaa 'alaa qawmin hattaa yughaiyiroo maa bianfusihim wa annallaaha samee un 'Aleem
Bunday boʻlishi Alloh bir qavmga bergan neʼmatini, toki, ular oʻzlarini oʻzgartirmagunlaricha, oʻzgartiruvchi boʻlmasligi va Alloh eshitguvchi va bilguvchi zot boʻlganidandir.
- 54
كَدَأْبِ ءَالِ فِرْعَوْنَ ۙ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ فَأَهْلَكْنَٰهُم بِذُنُوبِهِمْ وَأَغْرَقْنَآ ءَالَ فِرْعَوْنَ ۚ وَكُلٌّۭ كَانُوا۟ ظَٰلِمِينَ
Kadaabi Aali Fir'awna wallazeena min qablihim; kazzaboo bi Aayaati Rabbihim faahlaknaahum bizunoobihim wa aghraqnaa Aala Fir'awn; wa kullun kaanoo zaalimeen
Xuddi Oli Firʼavn va ulardan oldingilarning qilmishiga oʻxshab, Robbilarining oyatlarini yolgʻonga chiqardilar. Bas, Biz ularni gunohlari tufayli halok qildik va Oli Firʼavnni gʻarq qildik. Hammalari zolim edilar.
- 55
إِنَّ شَرَّ ٱلدَّوَآبِّ عِندَ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
Inna sharrad dawaaabbi 'indal laahil lazeena kafaroo fahum laa yu'minoon
Albatta, Allohning huzurida hayvonning yomoni kufr keltirganlaridir. Bas, ular iymon keltirmaslar. [23]
[23] (Iymon boʻlmagan joyda yaxshilik qayerdan boʻlsin. Yaratgan xoliqqa — Allohga ishonmay yurgan odamdan har qanday yomonlikni kutish mumkin. Bunday odam iymonsiz — kofir boʻlgani uchun hayvondan ham past darajaga tushib qoladi. Tushganda ham, Allohning huzurida tushadi. Bu esa, har qanday inson uchun badbaxtlikdir.)
- 56
ٱلَّذِينَ عَٰهَدتَّ مِنْهُمْ ثُمَّ يَنقُضُونَ عَهْدَهُمْ فِى كُلِّ مَرَّةٍۢ وَهُمْ لَا يَتَّقُونَ
Allazeena'aahatta min hum summa yanqudoona 'ahdahum fee kulli marratinw wa hum laa yattaqoon
Ulardan sen ahdlashganlar soʻngra har safar ahdlarini buzarlar va ular U zotdan qoʻrqmaslar. [24]
[24] (Bu qilmishlari bilan yana bir insoniylik xususiyatlarini yoʻqotadilar. Yaʼni, ahdda turish insonni hayvondan ajratadigan xususiyatlaridan biri sanaladi. Kofirlar ahdni buzish bilan shu sifatni ham yoʻqotdilar. Bu qilmishlariga bosh sabab ularning Allohdan qoʻrqmasliklaridir.)
- 57
فَإِمَّا تَثْقَفَنَّهُمْ فِى ٱلْحَرْبِ فَشَرِّدْ بِهِم مَّنْ خَلْفَهُمْ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ
Fa immaa tasqafannahum fil harbi fasharrid bihim man khalfahum la'allahum yazzakkaroon
Agar urushda ulardan zafar qozonsang, bas, ularni halok qilish bilan ortlaridagilarni sarson qilib qoʻy, shoyadki, eslasalar.
- 58
وَإِمَّا تَخَافَنَّ مِن قَوْمٍ خِيَانَةًۭ فَٱنۢبِذْ إِلَيْهِمْ عَلَىٰ سَوَآءٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْخَآئِنِينَ
Wa immaa takhaafana min qawmin khiyaanatan fambiz ilaihim 'alaa sawaaa'; innal laaha laayuhibbul khaaa'ineen
Agar bir qavmning xiyonatidan qoʻrqadigan boʻlsang, ularga tengma-teng (ahd buzilganini) oʻrtaga tashla. Albatta, Alloh xoinlarni sevmas. [25]
[25] (Yaʼni, biror kofir qavm bilan ahdlashgan boʻlsang, ammo sodir boʻlayotgan gap-soʻz va tasarruflardan, baʼzi bir maʼlumotlardan ahdga xiyonat qilayotganlarini bilib qolsang, ularga ahd ikki tomondan barobar buzilganini bildir. Ahdga ishonib, xotirjam turgan tomonga yomonlik qilish xoinlik boʻladi.)
- 59
وَلَا يَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ سَبَقُوٓا۟ ۚ إِنَّهُمْ لَا يُعْجِزُونَ
Wa laa yahsabannal lazeena kafaroo sabaqooo; innahum laa yu'jizoon
Kufr keltirganlar oʻzdik deb oʻylamasinlar. Ular hech qochib qutula olmaslar.
- 60
وَأَعِدُّوا۟ لَهُم مَّا ٱسْتَطَعْتُم مِّن قُوَّةٍۢ وَمِن رِّبَاطِ ٱلْخَيْلِ تُرْهِبُونَ بِهِۦ عَدُوَّ ٱللَّهِ وَعَدُوَّكُمْ وَءَاخَرِينَ مِن دُونِهِمْ لَا تَعْلَمُونَهُمُ ٱللَّهُ يَعْلَمُهُمْ ۚ وَمَا تُنفِقُوا۟ مِن شَىْءٍۢ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ يُوَفَّ إِلَيْكُمْ وَأَنتُمْ لَا تُظْلَمُونَ
Wa a'iddoo lahum mastata'tum min quwwatinw wa mirribaatil khaili turhiboona bihee 'aduwwal laahi wa 'aduwwakum wa aakhareena min doonihim laa ta'lamoo nahum Allaahu ya'lamuhum; wa maa tunfiqoo min shai'in fee sabeelil laahi yuwaf failaikum wa antum laa tuzlamoon
Ular uchun qoʻlingizdan kelganicha kuch-quvvat va egarlangan otlarni tayyorlab qoʻyingizki, bu bilan Allohning dushmanini, oʻz dushmaningizni va ulardan boshqa oʻzingiz bilmaydiganlarni qoʻrqitasiz. Ularni Alloh biladir. Alloh yoʻlida nimani sarf qilsangiz, sizga toʻliq qaytarilur. Sizga zulm qilinmas. [26]
[26] (Ushbu oyat musulmon jamiyatining qurolli kuchlari doimo shay turishi lozimligiga dalildir. Har bir musulmon jamiyat qoʻlidan kelganicha harbiy tayyorgarlikni koʻrib qoʻyish bilan Allohning amrini bajargan boʻladi.)
- 61
۞ وَإِن جَنَحُوا۟ لِلسَّلْمِ فَٱجْنَحْ لَهَا وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Wa in janahoo lissalmi fajnah lahaa wa tawakkal 'alal laah; innahoo Huwas Samee'ul 'Aleem
Agar ular tinchlikka moyil boʻlsalar, sen ham moyil boʻl. Va Allohga tavakkul qil. Albatta, U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.
- 62
وَإِن يُرِيدُوٓا۟ أَن يَخْدَعُوكَ فَإِنَّ حَسْبَكَ ٱللَّهُ ۚ هُوَ ٱلَّذِىٓ أَيَّدَكَ بِنَصْرِهِۦ وَبِٱلْمُؤْمِنِينَ
Wa iny yureedooo any-yakhda'ooka fainna hasbakal laah; Huwal lazeee aiyadaka binasrihee wa bilmu'mineen
Agar seni aldashni iroda qilsalar, bas, senga Alloh kifoya qiladir. U seni Oʻz nusrati va moʻminlar bilan qoʻllagan.
- 63
وَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِهِمْ ۚ لَوْ أَنفَقْتَ مَا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًۭا مَّآ أَلَّفْتَ بَيْنَ قُلُوبِهِمْ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ أَلَّفَ بَيْنَهُمْ ۚ إِنَّهُۥ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ
Wa allafa baina quloobihim; law anfaqta maa fil ardi jamee'am maaa allafta baina quloobihim wa laakinnallaaha allafa bainahum; innaahoo 'Azeezun Hakeem
Hamda ularning qalblarini birlashtirgan Zotdir. Agar yer yuzidagi hamma narsani sarf qilsang ham, ularning qalblarini birlashtira olmas eding. Lekin Alloh ularni birlashtirdi. Albatta, U gʻolib va hikmatli Zotdir. [27]
[27] (Bu masalalar xalqlar boshiga bitgan balo boʻlgani hammaga maʼlum.) Chunki Islom birodarligi irq, nasab, til, qabila, qavm asosida emas, Allohga muhabbat asosida boʻladi.)
- 64
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ حَسْبُكَ ٱللَّهُ وَمَنِ ٱتَّبَعَكَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Yaaa aiyuhan Nabiyyu hasbukal laahu wa manittaba 'aka minal mu'mineen
Ey Nabiy, senga va senga ergashgan moʻminlarga Alloh kifoyadir.
- 65
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ حَرِّضِ ٱلْمُؤْمِنِينَ عَلَى ٱلْقِتَالِ ۚ إِن يَكُن مِّنكُمْ عِشْرُونَ صَٰبِرُونَ يَغْلِبُوا۟ مِا۟ئَتَيْنِ ۚ وَإِن يَكُن مِّنكُم مِّا۟ئَةٌۭ يَغْلِبُوٓا۟ أَلْفًۭا مِّنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌۭ لَّا يَفْقَهُونَ
Yaaa aiyuhan Nabiyyu harridil mu'mineena 'alal qitaal; iny-yakum minkum 'ishroona saabiroona yaghliboo mi'atayn; wa iny-yakum minkum min'atuny yaghlibooo alfam minal lazeena kafaroo bi anahum qawmul laa yafqahoon
Ey Nabiy, moʻminlarni jangga chorla! Agar sizdan yigirmata sabrli boʻlsa, ikki yuztani yengadi. Agar sizdan yuzta boʻlsa, kufr keltirganlardan mingtasini yengadi. Bu, ular tushunmaydigan qavm boʻlganlaridandir.
- 66
ٱلْـَٰٔنَ خَفَّفَ ٱللَّهُ عَنكُمْ وَعَلِمَ أَنَّ فِيكُمْ ضَعْفًۭا ۚ فَإِن يَكُن مِّنكُم مِّا۟ئَةٌۭ صَابِرَةٌۭ يَغْلِبُوا۟ مِا۟ئَتَيْنِ ۚ وَإِن يَكُن مِّنكُمْ أَلْفٌۭ يَغْلِبُوٓا۟ أَلْفَيْنِ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ
Al'aana khaffafal laahu 'ankum wa 'alima anna feekum da'faa; fa-iny yakum minkum mi'atun saabiratuny yaghliboo mi'atayn; wa iny-yakum minkum alfuny yaghlibooo alfaini bi iznil laah; wallaahu ma'as saabireen
Endi, Alloh sizlardan yengillashtirdi, sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, agar sizdan yuzta sabrli boʻlsa, ikki yuztani yengadi. Agar sizdan mingta boʻlsa, Allohning izni ila ikki mingtani yengadi. Alloh sabrlilar bilandir. [28]
[28] (Musulmonlar doimo quvvatli boʻlib turavermas ekanlar, ularda zaiflik hollari ham uchrab turarkan. Buni Alloh taolo hammadan koʻra yaxshiroq biladi. Shuning uchun avvalgi oyatda kelgan hukmni yengillashtirib, zaif holatida bir musulmon jangchi ikkita dushmanga gʻolib kelishini taʼkidlamoqda. Shu bilan birga, nomi musulmon boʻlsa boʻldi, degan tushuncha uygʻonmasligi uchun «Allohning izni ila» sharti ham qoʻshib qoʻyildi.)
- 67
مَا كَانَ لِنَبِىٍّ أَن يَكُونَ لَهُۥٓ أَسْرَىٰ حَتَّىٰ يُثْخِنَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ تُرِيدُونَ عَرَضَ ٱلدُّنْيَا وَٱللَّهُ يُرِيدُ ٱلْءَاخِرَةَ ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ
Maa kaana li Nabiyyin ai yakoona lahooo asraa hatta yuskhina fil ard; tureedoona aradad dunyaa wallaahu yureedul Aakhirah; wallaahu 'Azeezun Hakeem
Nabiy uchun yer yuzida zabardast boʻlmagunicha asirlari boʻlishi yaxshi emas edi. Sizlar dunyoning oʻtkinchi matohini istaysizlar. Alloh esa, oxiratni istaydir. Va Alloh gʻolib va hikmatli Zotdir. [29]
[29] (Ushbu va keyingi oyati karimalar Badr urushida asirga tushgan mushriklar masalasida nozil boʻlgandir.)
- 68
لَّوْلَا كِتَٰبٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ سَبَقَ لَمَسَّكُمْ فِيمَآ أَخَذْتُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌۭ
Law laa Kitaabum minal laahi sabaqa lamassakum fee maaa akhaztum 'azaabun 'azeem
Agar Allohning oldindan yozgani boʻlmaganida, sizga olgan narsalaringiz tufayli ulugʻ azob yetar edi. [30]
[30] (Alloh taolo avvaldan Badr urushida ishtirok etgan musulmonlarning barcha gunohlarini kechib yuborgan edi. Shuning uchun ularning bu holatlari ham oldindan yozib qoʻyilgan qazoi qadarga binoan kechib yuborildi. Buning ustiga, ularga boshqa inʼomlar ham berdi.)
- 69
فَكُلُوا۟ مِمَّا غَنِمْتُمْ حَلَٰلًۭا طَيِّبًۭا ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Fakuloo mimaa ghanimtum halaalan taiyibaa; watta qullaah; innal laaha Ghafoorur Raheem
Bas, oʻljaga olgan narsalaringizdan halol-pok holda yenglar. Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir.
- 70
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ قُل لِّمَن فِىٓ أَيْدِيكُم مِّنَ ٱلْأَسْرَىٰٓ إِن يَعْلَمِ ٱللَّهُ فِى قُلُوبِكُمْ خَيْرًۭا يُؤْتِكُمْ خَيْرًۭا مِّمَّآ أُخِذَ مِنكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Yaaa aiyuhan Nabiyyu qul liman feee aideekum minal asraaa iny-ya lamillaahu fee quloobikum khairany yu'tikum khayram mimmaaa ukhiza minkum wa yaghfir lakum; wallaahu Ghafoorur Raheem
Ey Nabiy, qoʻlingizdagi asirlarga: «Agar qalblaringizda yaxshilik boʻlsa, Alloh bilur va sizga oʻzingizdan olingan narsadan koʻra yaxshiroq narsani berur va sizni magʻfirat qilur. Alloh magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir», – deb ayt! [31]
[31] («Qurayshliklar Rasululloh alayhissalotu vassalomga asirlarni toʻlovini berib, ozod qilish uchun odam yubordilar. Abbos: «Ey Allohning Rasuli, men musulmon edim», dedi. Rasululloh alayhissalotu vassalom: «Musulmonligingni Alloh biladi. Ammo sen sirtdan bizga qarshi boʻlding. Oʻzing uchun, akalaringning oʻgʻillari uchun hamda ittifoqdoshing Bani Horis ibn Fehrning ukasi uchun toʻlov ber», dedilar. Abbos: Ey Allohning Rasuli, menda uncha mol yoʻq», dedi. Rasululloh alayhissalotu vassalom: «Ummu Fazl ikkovingiz koʻmgan mollar qani?» dedilar. Abbos: «Allohga qasamki, ey Muhammad, siz Allohning Rasuli ekaningizni yaxshi bilaman, bu mollarni men va Ummu Fazldan boshqa hech kim bilmas edi. Mendagi molning yigirma uqiyasi oʻzingizga oʻtdi, deb hisoblayvering», dedi. Rasululloh alayhissalotu vassalom: «Yoʻq, u boylik Alloh sendan bizga olib berganidir», dedilar. Abbos oʻziga, ikki akasining ikki oʻgʻliga va ittifoqdoshiga toʻlov berdi. Shunda Alloh taolo ushbu oyatini nozil qildi.)
- 71
وَإِن يُرِيدُوا۟ خِيَانَتَكَ فَقَدْ خَانُوا۟ ٱللَّهَ مِن قَبْلُ فَأَمْكَنَ مِنْهُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ
Wa iny-yureedoo khiyaa nataka faqad khaanullaaha min qablu fa amkana minhum; wallaahu 'aleemum Hakeem
Agar senga xiyonat qilishni istasalar, batahqiq, bundan oldin Allohga xiyonat qilgan edilar. Bas, U ularga qarshi imkon topdi. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.
- 72
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَهَاجَرُوا۟ وَجَٰهَدُوا۟ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلَّذِينَ ءَاوَوا۟ وَّنَصَرُوٓا۟ أُو۟لَٰٓئِكَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍۢ ۚ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَلَمْ يُهَاجِرُوا۟ مَا لَكُم مِّن وَلَٰيَتِهِم مِّن شَىْءٍ حَتَّىٰ يُهَاجِرُوا۟ ۚ وَإِنِ ٱسْتَنصَرُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ فَعَلَيْكُمُ ٱلنَّصْرُ إِلَّا عَلَىٰ قَوْمٍۭ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَٰقٌۭ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌۭ
Innal lazeena aamanoo wa haajaroo wa jaahadoo bi amwaalihim wa anfusihim fee sabeelil laahi wallazeena aawaw wa nasarooo ulaaa'ika ba'duhum awliyaaa'u ba'd; wallazeena aamanoo wa lam yuhaajiroo maa lakum minw walaayatihim min shai'in hatta yuhaajiroo; wa inistan sarookum fid deeni fa'alaiku munnasru illaa 'alaa qawmim bainakum wa bainahum meesaaq; wallaahu bimaa ta'maloona Baseer
Albatta, iymon keltirgan, hijrat qilgan, Allohning yoʻlida molu jonlari bilan jihod qilganlar va joy berib, yordam koʻrsatganlar, ana oʻshalar bir-birlariga valiydirlar. Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, siz hech valiy boʻla olmassiz. Agar ular sizdan dinda yordam soʻrasalar, yordam bermogʻingiz vojib. Faqat, siz bilan oʻrtalarida ahdnoma bor qavm ziddiga emas. Alloh nima qilayotganingizni koʻrguvchi Zotdir. [32]
[32] (Islomda «vala»-valiylik aqida asosida boʻladi. Kim moʻmin-musulmon boʻlib, Islomga kirar ekan, boshqa hamma vosita va aloqalardan uzilib, aqida ila bogʻlanadi. Barcha moʻmin-musulmonlar uning valiysiga aylanadi. Qarindoshlari moʻmin boʻlmasa, valiy emaslar; jamiyati moʻmin boʻlmasa, valiy emas.)
- 73
وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍ ۚ إِلَّا تَفْعَلُوهُ تَكُن فِتْنَةٌۭ فِى ٱلْأَرْضِ وَفَسَادٌۭ كَبِيرٌۭ
Wallazeena kafaroo ba'duhum awliyaaa'u ba'd; illaa taf'aloohu takun fitnatun fil ardi wa fasaadun kabeer
Kufr keltirganlar bir-birlariga valiydirlar. Agar (mazkur narsani) qilmasangiz, yer yuzida fitna va katta fasod boʻladir.
- 74
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَهَاجَرُوا۟ وَجَٰهَدُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلَّذِينَ ءَاوَوا۟ وَّنَصَرُوٓا۟ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُؤْمِنُونَ حَقًّۭا ۚ لَّهُم مَّغْفِرَةٌۭ وَرِزْقٌۭ كَرِيمٌۭ
Wallazeena aamanoo wa haajaroo wa jaahadoo fee sabeelil laahi wallazeena aawaw wa nasarooo ulaaa'ika humul mu'minoona haqqaa; lahum maghfiratunw wa rizqun kareem
Iymon keltirgan, hijrat etgan, Allohning yoʻlida jihod qilganlar va joy berib, yordam koʻrsatganlar, ana oʻshalar haq moʻminlardir. Ular uchun magʻfirat va karamli rizq bordir.
- 75
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنۢ بَعْدُ وَهَاجَرُوا۟ وَجَٰهَدُوا۟ مَعَكُمْ فَأُو۟لَٰٓئِكَ مِنكُمْ ۚ وَأُو۟لُوا۟ ٱلْأَرْحَامِ بَعْضُهُمْ أَوْلَىٰ بِبَعْضٍۢ فِى كِتَٰبِ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۢ
Wallazeena aamanoo mim ba'du wa haajaroo wa jaahadoo ma;akum faulaaa'ika minkum; wa ulul arhaami baduhum awlaa biba'din fee Kitaabil laah; innal laaha bikulli shai'in 'Aleem
Keyin iymon keltirib, hijrat qilgan va sizlar bilan jihod qilganlar ham sizlardandir. Allohning kitobida qarindoshlar bir-birlariga haqliroqdirlar. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir. [33]
[33] (Hijratning avvalida meros maʼlum muddat musulmon birodarligi asosida taqsimlangan. Ushbu oyat nozil boʻlgandan boshlab, meros musulmon qarindoshlar orasida boʻladigan boʻldi.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
