Sura 7

Aʼrof

الأَعۡرَافِ

Al-A'raf · Makkiy · 206 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓمٓصٓ

    Alif-Laaam-Meeem-Saaad

    Alif. Laam. Miym. Sood.

  2. 2

    كِتَٰبٌ أُنزِلَ إِلَيْكَ فَلَا يَكُن فِى صَدْرِكَ حَرَجٌۭ مِّنْهُ لِتُنذِرَ بِهِۦ وَذِكْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ

    Kitaabun unzila ilaika falaa yakum fee sadrika harajum minhu litunzira bihee wa zikraa lilmu'mineen

    Bu, senga u ila ogohlantirishing uchun va moʻminlarga eslatma etib nozil qilingan kitobdir. Koʻnglingda undan tanglik boʻlmasin.

  3. 3

    ٱتَّبِعُوا۟ مَآ أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ ۗ قَلِيلًۭا مَّا تَذَكَّرُونَ

    Ittabi'oo maaa unzila 'ilaikum mir Rabbikum wa laa tattabi'oo min dooniheee awliyaaa'; qaleelam maa tazakkaroon

    Sizlarga Robbingizdan nozil qilingan narsaga ergashinglar! Undan boshqa valiy — doʻstlarga ergashmanglar. Juda oz eslaysizlar.

  4. 4

    وَكَم مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَٰهَا فَجَآءَهَا بَأْسُنَا بَيَٰتًا أَوْ هُمْ قَآئِلُونَ

    Wa kam min qaryatin ahlaknaahaa fajaaa'ahaa baasunaa bayaatan aw hum qaaa'iloon

    Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni halok qildik. Bas, azobimiz ularga tun uyqusida yoki kun uyqusida keldi. [1]

    [1] (Alloh taolo isyon qilgan koʻplab qavmlarni halokatga uchratgan, ularga Allohning azobi kechasi yoki kunduzi uxlab yotgan vaqtlarida, gʻaflatning choʻqqisiga chiqqanlarida kelgan.)

  5. 5

    فَمَا كَانَ دَعْوَىٰهُمْ إِذْ جَآءَهُم بَأْسُنَآ إِلَّآ أَن قَالُوٓا۟ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ

    Famaa kaana da'waahum iz jaaa'ahum baasunaa illaaa an qaalooo innaa kunnaa zaalimeen

    Bas, Bizning azobimiz kelgan chogʻida ularning daʼvolari: «Albatta, biz zolimlardan boʻlgan edik», – deyishlaridan boshqa narsa boʻlmadi.

  6. 6

    فَلَنَسْـَٔلَنَّ ٱلَّذِينَ أُرْسِلَ إِلَيْهِمْ وَلَنَسْـَٔلَنَّ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Falanas 'alannal lazeena ursila ilaihim wa lanas 'alannal mursaleen

    Bas, Biz, albatta, Paygʻambar yuborilganlardan ham va, albatta, Paygʻambarlardan ham soʻrarmiz. [2]

    [2] (Yaʼni, oxiratda paygʻambar kelgan har bir qavmdan, shaxsdan: «Sizlarga paygʻambar keldimi? Bizning amrlarimizni yetkazdimi? Sizlar nima dedingiz?» deb soʻraladi. Shuningdek, paygʻambarlardan ham: «Amrimizni ummatlaringizga yetkazdingizmi? Ular sizga qanday javob berdilar?» deb soʻraladi.)

  7. 7

    فَلَنَقُصَّنَّ عَلَيْهِم بِعِلْمٍۢ ۖ وَمَا كُنَّا غَآئِبِينَ

    Falanaqussanna 'alaihim bi'ilminw wa maa kunnaa ghaaa'ibeen

    Bas, ularga ilmiy ravishda qissa qilib berurmiz. Holbuki, Biz gʻoyib boʻlmagan edik.

  8. 8

    وَٱلْوَزْنُ يَوْمَئِذٍ ٱلْحَقُّ ۚ فَمَن ثَقُلَتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    Walwaznu Yawma'izinil haqq; faman saqulat mawaa zeenuhoo fa-ulaaa'ika humul muflihoon

    Oʻsha kuni (amallarni) tortish haqdir. Bas, kimning tortilgan(amal)lari ogʻir kelsa, ana oʻshalar najot topguvchilardir.

  9. 9

    وَمَنْ خَفَّتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُم بِمَا كَانُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا يَظْلِمُونَ

    Wa man khaffat mawaazeenuhoo fa ulaaa'ikal lazeena khasirooo anfusahum bimaa kaanoo bi Aayaatinaa yazlimoon

    Va kimning tortilgan (amal)lari yengil kelsa, bas, ana oʻshalar Bizning oyatlarimizga zulm qilib, oʻzlariga ziyon etganlardir.

  10. 10

    وَلَقَدْ مَكَّنَّٰكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَجَعَلْنَا لَكُمْ فِيهَا مَعَٰيِشَ ۗ قَلِيلًۭا مَّا تَشْكُرُونَ

    Wa laqad makkannaakum fil ardi wa ja'alnaa lakum feehaa ma'aayish; qaleelam maa tashkuroon

    Batahqiq, sizlarga yer yuzida qudrat va imkoniyatlar berdik va unda sizlar uchun yashash vositalari qildik. qanchalar oz shukr qilasizlar-a?!

  11. 11

    وَلَقَدْ خَلَقْنَٰكُمْ ثُمَّ صَوَّرْنَٰكُمْ ثُمَّ قُلْنَا لِلْمَلَٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُوا۟ لِءَادَمَ فَسَجَدُوٓا۟ إِلَّآ إِبْلِيسَ لَمْ يَكُن مِّنَ ٱلسَّٰجِدِينَ

    Wa laqad khalaqnaakum summa sawwarnaakum summa qulnaa lilmalaaa'ikatis judoo li Aadama fa-sajadooo illaaa Ibleesa lam yakum minas saajideen

    Va batahqiq, Biz sizlarni yaratdik, keyin sizlarga suvrat berdik. Soʻngra esa, farishtalarga: «Odamga sajda qiling», – dedik. Bas, ular sajda qildilar. Magar iblis sajda qiluvchilardan boʻlmadi.

  12. 12

    قَالَ مَا مَنَعَكَ أَلَّا تَسْجُدَ إِذْ أَمَرْتُكَ ۖ قَالَ أَنَا۠ خَيْرٌۭ مِّنْهُ خَلَقْتَنِى مِن نَّارٍۢ وَخَلَقْتَهُۥ مِن طِينٍۢ

    Qaala maa mana'aka allaa tasjuda iz amartuka qaala ana khairum minhu khalaqtanee min naarinw wa khalaqtahoo min teen

    U zot: «Senga amr etganimda sajda qilishingdan nima toʻsdi?» – dedi. U: «Men undan yaxshiman, meni oʻtdan yaratding va uni loydan yaratding», – dedi. [3]

    [3] (Alloh taolo Oʻz amrini bajarmagan, Odamga sajda qilmagan Iblisdan: «Senga amr etganimda sajda qilishingdan nima toʻsdi?» deb soʻraganida, u «tavba qildim, xato qilibman» deyish oʻrniga: «Men undan (yaʼni, Odamdan) yaxshiman, meni oʻt (olov)dan yaratding va uni loydan yaratding», dedi. Yaʼni, Allohning ochiq-oydin farmoni turib, oʻzining fikrini ishlatdi. Allohning amri turganda, qachon fikrbozliklar boshlansa, Iblisning ishi qilingan boʻladi. Buning oqibati Iblisning oqibatiga oʻxshash boʻladi. Iblisning oqibati esa, quyidagi oyatda bayon qilinadi:)

  13. 13

    قَالَ فَٱهْبِطْ مِنْهَا فَمَا يَكُونُ لَكَ أَن تَتَكَبَّرَ فِيهَا فَٱخْرُجْ إِنَّكَ مِنَ ٱلصَّٰغِرِينَ

    Qaala fahbit minhaa famaa yakoonu laka an tatakabbara feehaa fakhruj innaka minas saaghireen

    U zot: «Bas, u(jannat)dan tush! Sen uchun unda mutakabbirlik qilib yurish yoʻq. Bas, chiq! Albatta, sen xoru zor boʻlguvchilardansan», – dedi.

  14. 14

    قَالَ أَنظِرْنِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ

    Qaala anzirneee ilaa Yawmi yub'asoon

    U: «Menga ular qayta tiriltiriladigan kungacha muhlat ber», – dedi.

  15. 15

    قَالَ إِنَّكَ مِنَ ٱلْمُنظَرِينَ

    Qaala innaka minal munzareen

    U zot: «Albatta, sen muhlat berilganlardansan», – dedi.

  16. 16

    قَالَ فَبِمَآ أَغْوَيْتَنِى لَأَقْعُدَنَّ لَهُمْ صِرَٰطَكَ ٱلْمُسْتَقِيمَ

    Qaala fabimaaa aghway tanee la aq'udanna lahum Siraatakal Mustaqeem

    U: «Meni igʻvoga uchirganing sababli, albatta, men ularni Toʻgʻri yoʻlingda toʻsib oʻtiraman.

  17. 17

    ثُمَّ لَءَاتِيَنَّهُم مِّنۢ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ وَعَنْ أَيْمَٰنِهِمْ وَعَن شَمَآئِلِهِمْ ۖ وَلَا تَجِدُ أَكْثَرَهُمْ شَٰكِرِينَ

    Summa la aatiyannahum mim baine aideehim wa min khalfihim wa 'an aimaanihim wa 'an shamaaa'ilihim wa laa tajidu aksarahum shaakireen

    Soʻngra, ularning oldilaridan, orqalaridan, oʻng tomonlaridan va chap tomonlaridan kelaman. Va ularning koʻplarini shukr qiluvchi holda topmassan», – dedi.

  18. 18

    قَالَ ٱخْرُجْ مِنْهَا مَذْءُومًۭا مَّدْحُورًۭا ۖ لَّمَن تَبِعَكَ مِنْهُمْ لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنكُمْ أَجْمَعِينَ

    Qaalakh ruj mnhaa maz'oomam madhooraa; laman tabi'aka minhum la amla'anna Jahannama minkum ajma'een

    U zot: «Undan mazammatga uchragan va quvilgan holingda chiq!!! Ulardan kim senga ergashsa, albatta, jahannamni sizlarning hammangiz bilan toʻldirurman», – dedi. [4]

    [4] (Alloh taolo Odam alayhissalomni yaratganidan soʻng farishtalarni unga sajda qilishga buyurgani, ular sajda qilgani, ammo yolgʻiz Iblis alayhi laʼna sajda qilmaganini zikr qilgandan soʻng, Iblis bilan bu borada boʻlgan mukolama keltirildi. Binobarin, Iblisni jannatdan quvib yubordi.)

  19. 19

    وَيَٰٓـَٔادَمُ ٱسْكُنْ أَنتَ وَزَوْجُكَ ٱلْجَنَّةَ فَكُلَا مِنْ حَيْثُ شِئْتُمَا وَلَا تَقْرَبَا هَٰذِهِ ٱلشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Wa yaaa Aadamus kun anta wa zawjukal Jannata fakulaa min haisu shi'tumaa wa laa taqrabaa haazihish shajarata fatakoonaa minza zaalimeen

    Ey Odam, sen jufting bilan jannatni maskan tut. Ikkovingiz xohlagan joyingizdan yeng. Ammo mana bu daraxtga yaqinlashmanglar. Uning sababidan zolimlardan boʻlib qolmanglar.

  20. 20

    فَوَسْوَسَ لَهُمَا ٱلشَّيْطَٰنُ لِيُبْدِىَ لَهُمَا مَا وُۥرِىَ عَنْهُمَا مِن سَوْءَٰتِهِمَا وَقَالَ مَا نَهَىٰكُمَا رَبُّكُمَا عَنْ هَٰذِهِ ٱلشَّجَرَةِ إِلَّآ أَن تَكُونَا مَلَكَيْنِ أَوْ تَكُونَا مِنَ ٱلْخَٰلِدِينَ

    Fawaswasa lahumash Shaitaanu liyubdiya lahumaa maa wooriya 'anhumaa min saw aatihimaa wa qaala maa nahaakumaa Rabbukumaa 'an haazihish shajarati illaaa an takoonaa malakaini aw takoonaa minal khaalideen

    Bas, shayton ikkovlarining berkitilgan avratlarini ochish uchun ularni vasvasa qildi va: «Robbingiz sizni ushbu daraxtdan faqat ikkovingiz farishta boʻlmasligingiz yoki abadiy qolmasligingiz uchungina man qildi», – dedi.

  21. 21

    وَقَاسَمَهُمَآ إِنِّى لَكُمَا لَمِنَ ٱلنَّٰصِحِينَ

    Wa qaasamahumaaa innee lakumaa laminan naasiheen

    Ularga: «Albatta, men sizlarga nasihat qiluvchilardanman», – deb qasam ichdi.

  22. 22

    فَدَلَّىٰهُمَا بِغُرُورٍۢ ۚ فَلَمَّا ذَاقَا ٱلشَّجَرَةَ بَدَتْ لَهُمَا سَوْءَٰتُهُمَا وَطَفِقَا يَخْصِفَانِ عَلَيْهِمَا مِن وَرَقِ ٱلْجَنَّةِ ۖ وَنَادَىٰهُمَا رَبُّهُمَآ أَلَمْ أَنْهَكُمَا عَن تِلْكُمَا ٱلشَّجَرَةِ وَأَقُل لَّكُمَآ إِنَّ ٱلشَّيْطَٰنَ لَكُمَا عَدُوٌّۭ مُّبِينٌۭ

    Fadallaahumaa bighuroor; falammaa zaaqash shajarata badat lahumaa saw aatuhumaa wa tafiqaa yakhsifaani 'alaihimaa minw waraqil jannati wa naadaahumaa Rabbuhumaaa alam anhakumaa 'an tilkumash shajarati wa aqul lakumaaa innash Shaitaana lakumaa 'aduwwum mubeen

    Bas, ularni aldov ila past(holat)ga tushirdi. Ikkovlari daraxtdan tatib koʻrishganda, avratlari oʻzlariga koʻrinib qoldi va oʻzlariga jannat barglaridan toʻsiq toʻqiy boshladilar. Shunda, Robbilari ularga nido qilib: «Sizlarni ana oʻsha daraxtdan qaytargan emasmidim va, albatta, shayton ikkovingizga ochiq-oydin dushmandir, demaganmidim?!» – dedi.

  23. 23

    قَالَا رَبَّنَا ظَلَمْنَآ أَنفُسَنَا وَإِن لَّمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ

    Qaalaa Rabbanaa zalamnaaa anfusanaa wa illam taghfir lanaa wa tarhamnaa lanakoonanna minal khaasireen

    Ikkovlari: «Ey Robbimiz, biz oʻzimizga zulm qildik. Agar Sen bizni magʻfirat qilmasang va bizga rahim qilmasang, albatta, ziyon koʻrganlardan boʻlamiz», – dedilar.

  24. 24

    قَالَ ٱهْبِطُوا۟ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّۭ ۖ وَلَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مُسْتَقَرٌّۭ وَمَتَٰعٌ إِلَىٰ حِينٍۢ

    Qaalah bitoo ba'dukum liba'din aduwwunw wa lakum fil ardi mmustaqarrunw wa mataa'un ilaaheen

    U zot: «Bir-biringizga dushman boʻlgan holingizda tushinglar. Sizlarga yer yuzida qarorgoh bor va maʼlum vaqtgacha foydalanish bor», – dedi.

  25. 25

    قَالَ فِيهَا تَحْيَوْنَ وَفِيهَا تَمُوتُونَ وَمِنْهَا تُخْرَجُونَ

    Qaala feehaa tahyawna wa feehaa tamootoona wa minhaa tukhrajoon

    U zot: «Unda hayot kechirasizlar, unda oʻlasizlar va undan qayta chiqarilasizlar», – dedi.

  26. 26

    يَٰبَنِىٓ ءَادَمَ قَدْ أَنزَلْنَا عَلَيْكُمْ لِبَاسًۭا يُوَٰرِى سَوْءَٰتِكُمْ وَرِيشًۭا ۖ وَلِبَاسُ ٱلتَّقْوَىٰ ذَٰلِكَ خَيْرٌۭ ۚ ذَٰلِكَ مِنْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ

    Yaa Baneee Aadama qad anzalnaa 'alaikum libaasany yuwaaree saw aatikum wa reeshanw wa libaasut taqwaa zaalika khair; zaalika min Aayaatil laahi la'allahum yaz zakkaroon

    Ey, Odam bolalari, batahqiq, sizlarga avratingizni toʻsadigan libos va ziynat libosini nozil qildik. Taqvo libosi, ana oʻsha yaxshidir. Ana oʻshalar Allohning oyat-belgilaridandir. Shoyadki, eslasalar. [5]

    [5] (Libosning zaruri avratni pinhon tutadiganidir. Lekin Alloh insonning avratdan boshqa aʼzolarini ham toʻsish ehtiyoji borligini inobatga olib, libosni ziynat tarzida nozil qildi. Xuddi shunday — libosni oʻz oʻrnida, yaʼni shariatga muvofiq isteʼmol qilgan inson ziynatli hisoblanadi. Ammo eng asosiy libos — taqvo libosi.)

  27. 27

    يَٰبَنِىٓ ءَادَمَ لَا يَفْتِنَنَّكُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ كَمَآ أَخْرَجَ أَبَوَيْكُم مِّنَ ٱلْجَنَّةِ يَنزِعُ عَنْهُمَا لِبَاسَهُمَا لِيُرِيَهُمَا سَوْءَٰتِهِمَآ ۗ إِنَّهُۥ يَرَىٰكُمْ هُوَ وَقَبِيلُهُۥ مِنْ حَيْثُ لَا تَرَوْنَهُمْ ۗ إِنَّا جَعَلْنَا ٱلشَّيَٰطِينَ أَوْلِيَآءَ لِلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ

    Yaa Banee Aadama laa yaftinannnakumush Shaitaanu kamaaa akhraja abawaikum minal Jannati yanzi'u 'anhumaa libaasahumaa liyuriyahumaa saw aatihimaaa; innahoo yaraakum huwa wa qabeeluhoo min haisu laa tarawnahum; innaa ja'alnash Shayaateena awliyaaa'a lillazeena laa yu'minoon

    Ey, Odam bolalari, shayton ota-onangizni oʻzlariga avratlarini koʻrsatish uchun ustlaridan liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizni ham fitnaga solmasin. Albatta, u va uning yordamchilari sizni siz koʻrmaydigan tomondan koʻradir. Biz, albatta, shaytonlarni iymon keltirmaydiganlarga doʻst qilganmiz. [6]

    [6] (Shayton insoniyatning ota-onasi Odam ato va Momo Havoni qanday fitnaga solgani yuqoridagi oyatlardan maʼlum boʻldi. U Odam ato va Momo Havoni gunohga chorlab yalangʻoch qildi va jannatdan chiqarishga muyassar boʻldi. Odam bolalari bu hodisani zinhor unutmasliklari zarur. Aks holda, shayton ularni ham sharmandalarcha yalangʻochlab, jannatdan mahrum etadi.)

  28. 28

    وَإِذَا فَعَلُوا۟ فَٰحِشَةًۭ قَالُوا۟ وَجَدْنَا عَلَيْهَآ ءَابَآءَنَا وَٱللَّهُ أَمَرَنَا بِهَا ۗ قُلْ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَأْمُرُ بِٱلْفَحْشَآءِ ۖ أَتَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ

    Wa izaa fa'aloo faahishatan qaaloo wajadnaa 'alaihaaa aabaaa'ana wallaahu amaranaa bihaa; qul innal laaha laa yaamuru bilfahshaaa'i a-taqooloona 'alal laahi mmaa laa ta'lamoon

    Ular qachon fohisha ish qilsalar: «Ota-bobolarimiz ushbuni qilayotganini koʻrdik. Buni bizga Alloh buyurgan», – derlar. «Alloh, albatta, fahsh ishlarga buyurmas. Alloh shaʼniga bilmaydigan narsangizni aytasizmi?!» – degin.

  29. 29

    قُلْ أَمَرَ رَبِّى بِٱلْقِسْطِ ۖ وَأَقِيمُوا۟ وُجُوهَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍۢ وَٱدْعُوهُ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ ۚ كَمَا بَدَأَكُمْ تَعُودُونَ

    Qul amara Rabbee bilqisti wa aqeemoo wujoohakum 'inda kulli masjidin wad'oohu mukhliseena lahud deen; kamaa bada akum ta'oodoon

    Sen: «Robbim adolatga amr qildi. Har bir ibodatxonada yuzingizni toʻgʻri tuting. Uning diniga ixlos etgan holda duo qiling. Sizlarni avvalda qanday yaratgan boʻlsa, oʻsha holda qaytasizlar», – deb ayt.

  30. 30

    فَرِيقًا هَدَىٰ وَفَرِيقًا حَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلضَّلَٰلَةُ ۗ إِنَّهُمُ ٱتَّخَذُوا۟ ٱلشَّيَٰطِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ

    Fareeqan hadaa wa fareeqan haqqa 'alaihimud dalaalah; innahumut takhazush Shayaateena awliyaaa'a min doonil laahi wa yahsaboona annnahum muhtadoon

    Bir guruhni hidoyat qildi. Boshqa guruhga yoʻldan ozish haq boʻldi. Chunki, ular Allohni qoʻyib shaytonlarni oʻzlariga doʻst tutdilar. Hamda oʻzlarini, albatta, hidoyat topganlar, deb hisoblarlar. [7]

    [7] (Hatto paygʻambarlar, avliyo va solih bandalar ham shayton vasvasasidan salomat qolmaganlar. Ammo ular doimo yaxshilikni ixtiyor qilganlari, yomonlikdan qochganliklari uchun Alloh hidoyatiga sazovor boʻlganlar. Xatokorlarni ham birov majbur qilib yoki zoʻrlab yoʻldan ozdirgani yoʻq, shayton fitnasi shu holga tushirdi. Ikki guruh ham Alloh huzuriga qaytadilar.)

  31. 31

    ۞ يَٰبَنِىٓ ءَادَمَ خُذُوا۟ زِينَتَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍۢ وَكُلُوا۟ وَٱشْرَبُوا۟ وَلَا تُسْرِفُوٓا۟ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُسْرِفِينَ

    Yaa Banneee Adama khuzoo zeenatakum 'inda kulli masjidinw wa kuloo washraboo wa laa tusrifoo; innahoo laa yuhibbul musrifeen

    Ey, Odam bolalari, har bir ibodat chogʻida oʻz ziynatingizni oling. Yeb-iching va isrof qilmang. Chunki, U isrof qiluvchilarni sevmas. [8]

    [8] (Oʻtgan oyati karimada kelganidek, kiyimsiz holda ibodat-tavof qilish yoxud janda, yamoq-yasqoq kiyim bilan bajarish ibodat fazli va savobini ziyoda etmaydi. Lekin tabiati buzuq kishilar buzuq dindorlikka urinadilar, taqvoni juldur kiyimlar ila hosil boʻladigan etib koʻrsatishga harakat qiladilar. Alloh taolo esa, engil-boshda haddan oshib faxr va gʻururga ketishni qoralaganidek, uning past va tabiatsiz holda isteʼmol qilinishini ham qoralaydi.)

  32. 32

    قُلْ مَنْ حَرَّمَ زِينَةَ ٱللَّهِ ٱلَّتِىٓ أَخْرَجَ لِعِبَادِهِۦ وَٱلطَّيِّبَٰتِ مِنَ ٱلرِّزْقِ ۚ قُلْ هِىَ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا خَالِصَةًۭ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَعْلَمُونَ

    Qul man harrama zeenatal laahil lateee akhraja li'ibaadihee wattaiyibaati minar rizq; qul hiya lillazeena aamanoo fil hayaatid dunyaa khaalisatany Yawmal Qiyaamah; kazaalika nufassihul Aayaati liqawminy ya'lamoon

    Sen: «Alloh Oʻz bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!» – deb ayt. Sen: «Ular hayoti dunyoda iymon keltirganlarga, qiyomat kunida esa faqat oʻzlariga xosdir», – deb ayt. Biladigan qavmlar uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilurmiz. [9]

    [9] (Ushbu oyatlar egnilariga kiyim kiymay tavof qilishni, haj mavsumida yaxshi taom isteʼmol etmaslikni oʻzlariga rusum qilib olib, bu Alloh amri, deb yurgan arab mushriklarining qilmishlari notoʻgʻri ekanini bildirish uchun tushgani va bu orqali hamma zamon kofirlariga xitob qilinayotgani boshda aytib oʻtilgan edi. Yalangʻoch holda tavof qilish joiz emasligini tushunib yetgan musulmonlar kiyim-bosh bilan tavof qilishsa, mushriklar ularning ustilaridan kulishgan. Shunda Alloh taolo mazkur oyati karimani nozil qilgan.)

  33. 33

    قُلْ إِنَّمَا حَرَّمَ رَبِّىَ ٱلْفَوَٰحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ وَٱلْإِثْمَ وَٱلْبَغْىَ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَأَن تُشْرِكُوا۟ بِٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ سُلْطَٰنًۭا وَأَن تَقُولُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ

    Qul innamaa harrama Rabbiyal fawaahisha maa zahara minhaa wa maa bataa wal isma walbaghya bighairil haqqi wa an tushrikoo billaahi maa lam yunazzil bihee sultaananw wa an taqooloo 'alal laahi maa laa ta'lamoon

    Sen: «Robbim faqatgina oshkora va yashirin fahsh ishlarni, gunohlarni, nohaq tajovuzkorlikni va Allohga hech qanday hujjat tushirmagan narsalarni sherik qilib olishingizni hamda Allohga nisbatan bilmagan narsani aytishni harom qilgan, xolos», – deb ayt.

  34. 34

    وَلِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌۭ ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ لَا يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةًۭ ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ

    Wa likulli ummatin ajalun fa izaa jaaa'a ajaluhum laa yastaakhiroona saa'atanw wa laa yastaqdimoon

    Har bir ummatning ajali bor. Ajallari kelgan vaqtida biror soatga ketga ham, oldinga ham sura olmaslar. [10]

    [10] (Dunyoga kelgan har bir shaxsning belgilik ajali boʻlib, oʻsha ajal kelganda bu dunyoni, albatta, tark etishi haqiqat. Shuningdek, olamdagi har bir ummat — xalq va qavmning ham belgilik ajali bor. Bu ajal muqarrar suratda, oʻz vaqtida keladi. Uni na biror soat oldinga, na biror soat ortga sura oladilar.)

  35. 35

    يَٰبَنِىٓ ءَادَمَ إِمَّا يَأْتِيَنَّكُمْ رُسُلٌۭ مِّنكُمْ يَقُصُّونَ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِى ۙ فَمَنِ ٱتَّقَىٰ وَأَصْلَحَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ

    yaa Banee Aadama immaa yaatiyannakum Rusulum minkum yaqussoona 'alaikum Aayaatee famanit taqaa wa aslaha falaa khawfun 'alaihim wa laa hum yahzanoon

    Ey, Odam bolalari, agar sizlarga oʻzingizdan boʻlgan Paygʻambarlar kelib, oyatlarimni soʻzlaganda, bas, kim taqvo qilsa va yaxshi amal qilsa, ularga xavf yoʻqdir va ular xafa ham boʻlmaslar.

  36. 36

    وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا وَٱسْتَكْبَرُوا۟ عَنْهَآ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ

    Wallazeena kazzaboo bi Aayaatinaa wastakbaroo 'anhhaaa ulaaa'ika Ashaabun naari hum feehaa khaalidoon

    Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlar, ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.

  37. 37

    فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِهِۦٓ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ يَنَالُهُمْ نَصِيبُهُم مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَتْهُمْ رُسُلُنَا يَتَوَفَّوْنَهُمْ قَالُوٓا۟ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ قَالُوا۟ ضَلُّوا۟ عَنَّا وَشَهِدُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُوا۟ كَٰفِرِينَ

    Faman azlamu mimmanif taraa 'alal laahi kaziban aw kazzaba bi Aayaatih; ulaaa'ika yanaaluhum naseebuhum minal Kitaab; hataaa izaa jaaa'at hum rusulunaa yatawaf fawnahum qaalooo aina maa kuntum tad'oonaa min doonil laahi qaaloo dalloo 'annaa wa shahidoo 'alaaa anfusihim annahum kaanoo kaafieen

    Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan yoki uning oyatlarini yolgʻonga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Ana oʻshalarga kitobdan nasibalari yetar. Bizning elchilarimiz kelib ularning jonlarini olayotib: «Allohdan oʻzga ibodat qilayotgan narsalaringiz qani?» – derlar. Ular: «Bizdan gʻoyib boʻlishdi», – derlar va oʻz ziyonlariga, kofir boʻlganlarini aytib, guvohlik berarlar.

  38. 38

    قَالَ ٱدْخُلُوا۟ فِىٓ أُمَمٍۢ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِكُم مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ فِى ٱلنَّارِ ۖ كُلَّمَا دَخَلَتْ أُمَّةٌۭ لَّعَنَتْ أُخْتَهَا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا ٱدَّارَكُوا۟ فِيهَا جَمِيعًۭا قَالَتْ أُخْرَىٰهُمْ لِأُولَىٰهُمْ رَبَّنَا هَٰٓؤُلَآءِ أَضَلُّونَا فَـَٔاتِهِمْ عَذَابًۭا ضِعْفًۭا مِّنَ ٱلنَّارِ ۖ قَالَ لِكُلٍّۢ ضِعْفٌۭ وَلَٰكِن لَّا تَعْلَمُونَ

    Qaalad khuloo feee umamin qad khalat min qablikum minal jinni wal insifin naari kullamaa dakhalat ummatul la'anat ukhtahaa hattaaa izad daarakoo feehaa jamee'an qaalat ukhraahum li oolaahum Rabbannaa haaa'u laaa'i adalloonaa fa aatihim 'azaaban di'fam minan naari qaala likullin di funw wa laakil laa ta'lamoon

    U zot: «Sizdan oldin oʻtgan, jin va insdan boʻlgan ummatlar bilan doʻzaxga kiring», – der. Qachonki, qaysi bir ummat (doʻzaxga) kirsa, sherigini laʼnatlar. Biroq u yerda hammalari topishganlarida, keyingilari avvalgilarini (malomat qilib): «Ey Robbimiz, bizni anavilar adashtirgan edilar. Ularga doʻzax azobini ikki barobar qilib ber», – derlar. U zot: «Hammaga ham ikki barobar, lekin bilmaysizlar», – der. [11]

    [11] (Osiy zot aynan oʻz sherigiga ergashib, oqibat ushbu baloyi azimga giriftor boʻldi. Shunday qilib, bir-birlarini laʼnatlab, birin-ketin doʻzaxda topishadilar: «Hammalari unda topishganda esa, keyingilari avvalgilarini (malomat qilib): «Ey Robbimiz, bizni anavilar adashtirgan edilar. Ularga doʻzax azobini ikki barobar qilib ber», derlar».)

  39. 39

    وَقَالَتْ أُولَىٰهُمْ لِأُخْرَىٰهُمْ فَمَا كَانَ لَكُمْ عَلَيْنَا مِن فَضْلٍۢ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْسِبُونَ

    Wa qaalat oolaahum li ukhraahum famaa kaana lakum 'alainaa min fadlin fazooqul azaaba bimaa kuntum taksiboon

    Avvalgilar keyingilarga: «Sizlarning bizdan afzallik tomoningiz yoʻq. Qilgan kasbingizga yarasha azobni tortaveringlar», – derlar.

  40. 40

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا وَٱسْتَكْبَرُوا۟ عَنْهَا لَا تُفَتَّحُ لَهُمْ أَبْوَٰبُ ٱلسَّمَآءِ وَلَا يَدْخُلُونَ ٱلْجَنَّةَ حَتَّىٰ يَلِجَ ٱلْجَمَلُ فِى سَمِّ ٱلْخِيَاطِ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُجْرِمِينَ

    Innal lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa wastakbaroo 'anhaa laa tufattahu lahum ahwaabus samaaa'i wa laa yadkhuloonal jannata hattaa yalijal jamalu fee sammil khiyaat; wa kazaalika najzil mujrimeen

    Albatta, oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlarga osmon eshiklari ochilmas va ular tuya igna teshigidan oʻtmaguncha jannatga kirmaslar. Jinoyatchilarni mana shunday jazolaymiz. [12]

    [12] (Ularning ruhlari osmonga olib chiqilganda, eshik ochilmay, ahvollari rasvo boʻlgan edi. Endi jannatga kirishlari uchun gʻoyat ogʻir shart qoʻyilmoqda. Bir tarafda ulkan jussali togʻdek tuya daryodek pishqirib turibdi. Ikkinchi tarafda koʻz ilgʻab-ilgʻamay bir igna. Ammo uning teshigini, unga nigohi oʻtkir odam yaqinroqdan tikilmasa, koʻrmaydi ham. Bu bahaybat tuya ushbu kichkina teshikdan oʻtsa, bosh ustiga, «anavilar» ham jannatga kiraversinlar. Bu ilohiy taʼbir oddiygina qilib, abadul abad jannatga kirmaydi, deyishdan koʻra yuz chandon taʼsirchandir. Bu ham ularning azobiga azob, jazosiga jazo qoʻshish uchundir.)

  41. 41

    لَهُم مِّن جَهَنَّمَ مِهَادٌۭ وَمِن فَوْقِهِمْ غَوَاشٍۢ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلظَّٰلِمِينَ

    Lahum min jahannama mihaadunw wa min fawqihim ghawaash; wa kazaalika najziz zaalimeen

    Ularga jahannamdan toʻshak va ustlariga choyshab bor. Zolimlarni mana shunday jazolaymiz.

  42. 42

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَآ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ

    Wallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati la nukallifu nafsan illaa wus'ahaaa ulaaa'ika Ashaabul jannati hum feehaa khaalidoon

    Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar — Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz — ana oʻshalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar. [13]

    [13] (Alloh taolo hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. Toqati doirasidagi amallarni bajarib jannatga sohib boʻlish qanday ulugʻ tole! Boz ustiga, jannatda abadiy qolish nechuk saodat!)

  43. 43

    وَنَزَعْنَا مَا فِى صُدُورِهِم مِّنْ غِلٍّۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمُ ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ وَقَالُوا۟ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى هَدَىٰنَا لِهَٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَآ أَنْ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ ۖ لَقَدْ جَآءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِٱلْحَقِّ ۖ وَنُودُوٓا۟ أَن تِلْكُمُ ٱلْجَنَّةُ أُورِثْتُمُوهَا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Wa naza'naa maa fee sudoorihim min ghillin tajree min tahtihimul anhaaru wa qaalul hamdu lillaahil lazee hadaanaa lihaaza wa maa kunna linahtadiya law laaa ann hadaanal laahu laqad jaaa'at Rusulu Rabbinaa bilhaqq; wa noodoo an tilkumul jannnatu ooristumoohaa bimaa kuntum ta'maloon

    Va koʻksilaridagi gʻillu gʻashlarni chiqarib oldik, ostilaridan anhorlar oqib turibdi. Ular: «Bizni shunga hidoyat qilgan Allohga hamdlar boʻlsin, agar Alloh bizni hidoyat qilmaganda, oʻzimiz yoʻl topa olmas edik. Robbimizning elchilari haqni keltirdilar», – dedilar. Va ularga: «Mana shu jannatingizni qilgan amallaringiz tufayli meros qilib oldingiz», – deb nido qilinur.

  44. 44

    وَنَادَىٰٓ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ أَصْحَٰبَ ٱلنَّارِ أَن قَدْ وَجَدْنَا مَا وَعَدَنَا رَبُّنَا حَقًّۭا فَهَلْ وَجَدتُّم مَّا وَعَدَ رَبُّكُمْ حَقًّۭا ۖ قَالُوا۟ نَعَمْ ۚ فَأَذَّنَ مُؤَذِّنٌۢ بَيْنَهُمْ أَن لَّعْنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلظَّٰلِمِينَ

    Wa naadaa Ashaabul jannati ashaaban Naari an qad wajadnaa maa wa'adannaa Rabbunaa haqqan fahal wajattum maa wa'ada Rabbukum haqqan qaaloo na'am; fa azzana mu'azzinum bainahum al la'natul laahi 'alaz zaalimeen

    Va jannat egalari doʻzax egalariga: «Biz Robbimiz bizga vaʼda qilgan narsaning haq ekanini topdik. Sizlar ham Robbingiz vaʼda qilgan narsaning haq ekanini topdingizmi?!» – deb nido qiladir. Ular: «Ha!» – derlar. Bas, ular oʻrtalarida bir jarchi: «Zolimlarga Allohning laʼnati boʻlsin!!!

  45. 45

    ٱلَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًۭا وَهُم بِٱلْءَاخِرَةِ كَٰفِرُونَ

    Allazeena yasuddoona 'an sabeelil laahi wa yabghoo nahaa 'iwajanw wa hum bil Aakhirati kaafiroon

    Allohning yoʻlidan toʻsadigan, uni buzishni istaydigan va oxiratga kofir boʻluvchilarga!!!» – deb jar soladir. [14]

    [14] (Bunday holatda savol berishga faqat jannat egalarigina qodirdirlar. Chunki doʻzax egalari oʻzlari bilan oʻzlari ovora. Bu dunyoda kofirlar Allohning oxirati, jannati va doʻzaxiga, ularda azob-uqubat, rohat-farogʻat boʻlishiga iymon keltirgan moʻminlar ustidan kulgan edilar. Endi vaziyat butkul oʻzgardi. Moʻminlarning yuzi yorugʻ, soʻzlari haq boʻldi.)

  46. 46

    وَبَيْنَهُمَا حِجَابٌۭ ۚ وَعَلَى ٱلْأَعْرَافِ رِجَالٌۭ يَعْرِفُونَ كُلًّۢا بِسِيمَىٰهُمْ ۚ وَنَادَوْا۟ أَصْحَٰبَ ٱلْجَنَّةِ أَن سَلَٰمٌ عَلَيْكُمْ ۚ لَمْ يَدْخُلُوهَا وَهُمْ يَطْمَعُونَ

    Wa bainahumaa hijaab; wa 'alal A'raafi rijaaluny ya'rifoona kullam biseemaahum; wa naadaw Ashaabal jannati an salaamun 'alaikum; lam yadkhuloohaa wa hum yatma'oon

    Oralarida toʻsiq bor, u devorlar ustidagi kishilar hammalarini siymolaridan tanirlar. Tamaʼ qilgan hollarida kirmay turgan jannat egalariga: «Sizga salom boʻlsin», – deb nido qilurlar. [15]

    [15] (Jannat bilan doʻzax orasida toʻsiq boʻlib turgan baland va keng devor — aʼrof ustida odamlar bor. Bu odamlar kimlar ekanligi haqida ulamolar oʻrtasida ikki xil fikr mavjud. Birinchisi: ular yaxshilik va yomonliklari teng kelib, na jannatga, na doʻzaxga hukm boʻlmay qolgan kishilardir. Ikkinchisi, oʻz qavmiga paygʻambarlarning haq daʼvatlarini yetkazib, ularni yaxshilikka boshlagan daʼvatchilar, ulamolar va shuhadolardir. Biz ikkinchi maʼnoni ixtiyor qildik. Chunki, aʼrof — oliymaqom joy, jannatning ham ustida. Uning yuzida turgan odamlar xaloyiqni yuqoridan kuzatishyapti. Ular ishonch bilan yaxshilarga yaxshi, yomonlarga munosib tarzda soʻz qotmoqdalar. Jannat egalarini olqishlab, doʻzax ahlini itob qilmoqdalar. Oʻzlarini nima kutayotganini bilolmay, qiyomat sahnida iztirob chekib turganlar bunga jurʼat eta olmaydilar. Allohu aʼlamu bis-savob.)

  47. 47

    ۞ وَإِذَا صُرِفَتْ أَبْصَٰرُهُمْ تِلْقَآءَ أَصْحَٰبِ ٱلنَّارِ قَالُوا۟ رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Wa izaa surifat absaaruhum tilqaaa'a Ashaabin Naari qaalo Rabbanaa laa taj'alnaa ma'al qawmiz zaalimneen

    Qachonki koʻzlari doʻzax egalari tomon burilib qolsa: «Ey Robbimiz, bizni zolim qavmlar bilan birga qilmagin», derlar.

  48. 48

    وَنَادَىٰٓ أَصْحَٰبُ ٱلْأَعْرَافِ رِجَالًۭا يَعْرِفُونَهُم بِسِيمَىٰهُمْ قَالُوا۟ مَآ أَغْنَىٰ عَنكُمْ جَمْعُكُمْ وَمَا كُنتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ

    Wa naadaaa Ashaabul A'raffi rijaalany ya'rifoonahum biseemaahum qaaloo maaa aghnaa 'ankum jam'ukum wa maa kuntum tastakbiroon

    Aʼrof egalari siymolaridan taniydigan kishilariga nido qilib: «Toʻplaganingiz va qilgan kibru havoingiz sizga asqotmabdi-ku!

  49. 49

    أَهَٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَقْسَمْتُمْ لَا يَنَالُهُمُ ٱللَّهُ بِرَحْمَةٍ ۚ ٱدْخُلُوا۟ ٱلْجَنَّةَ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمْ وَلَآ أَنتُمْ تَحْزَنُونَ

    A haaa'ulaaa'il lazeena aqsamtum laa yanaaluhumul laahu birahma; udkhulul Jannata laa khawfun 'alaikum wa laaa antum tahzanoon

    Sizlar «Alloh ularga rahmat yetkazmas», deb qasam ichganingiz ana ularmi?! (Ularga): Jannatga kiringlar! Sizga xavf yoʻq va siz xafa ham boʻlmaysiz, deyildi-ku!» – derlar.

  50. 50

    وَنَادَىٰٓ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ أَصْحَٰبَ ٱلْجَنَّةِ أَنْ أَفِيضُوا۟ عَلَيْنَا مِنَ ٱلْمَآءِ أَوْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ ۚ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ حَرَّمَهُمَا عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ

    Wa naadaaa Ashaabun Naari Ashaabal jannati an afeedoo 'alainaa minal maaa'i aw mimma razaqakumul laah; qaaloo innal laaha harrama humaa 'alal kaafireen

    Doʻzax egalari jannat egalariga: «Bizga ham suvdan yoki Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan toʻkinglar», – deb nido qilarlar. Ular: «Albatta, Alloh bularni kofirlarga harom qilgan.

  51. 51

    ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ دِينَهُمْ لَهْوًۭا وَلَعِبًۭا وَغَرَّتْهُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ۚ فَٱلْيَوْمَ نَنسَىٰهُمْ كَمَا نَسُوا۟ لِقَآءَ يَوْمِهِمْ هَٰذَا وَمَا كَانُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا يَجْحَدُونَ

    Allazeenat takhazoo deenahu lahwanw wa la'i-banw wa gharrat humul hayaatud dunyaa; fal Yawma nnannsaahum kamaa nasoo liqaaa'a Yawmihim haazaa wa maa kaanoo bi aayaatinaa yajhadoon

    Dinlarini oʻyin-kulgi qilib olgan va hayoti dunyo gʻururiga ketganlarga», – derlar. Bas, bu Kunda ular bugungi holga duchor boʻlishlarini unutganlari va oyatlarimizni inkor qilganlaridek, Biz ham ularni unutamiz.

  52. 52

    وَلَقَدْ جِئْنَٰهُم بِكِتَٰبٍۢ فَصَّلْنَٰهُ عَلَىٰ عِلْمٍ هُدًۭى وَرَحْمَةًۭ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Wa laqad ji'naahum bi Kitaabin fassalnaahu 'alaa 'ilmin hudanw wa rahmatal liqawminy-yu'miinoon

    Batahqiq, Biz ularga ilm ila mufassal qilingan, iymon keltirgan qavm uchun hidoyat va rahmat boʻlgan kitobni keltirdik.

  53. 53

    هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا تَأْوِيلَهُۥ ۚ يَوْمَ يَأْتِى تَأْوِيلُهُۥ يَقُولُ ٱلَّذِينَ نَسُوهُ مِن قَبْلُ قَدْ جَآءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِٱلْحَقِّ فَهَل لَّنَا مِن شُفَعَآءَ فَيَشْفَعُوا۟ لَنَآ أَوْ نُرَدُّ فَنَعْمَلَ غَيْرَ ٱلَّذِى كُنَّا نَعْمَلُ ۚ قَدْ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

    hal yanzuroona illaa taa weelah; yawma yaatee taaweeluhoo yaqoolul lazeena nasoohu min qablu qad jaaa'at Rusulu Rabbinaa bilhaqq; fahal lanaa min shufa'aaa'a fa yashfa'oo lanaaa aw nuraddu fana'mala ghairal lazee kunnaa na'mal; qad khasirooo anfusahum wa dalla 'anhum maa kaanoo yaftaroon

    Ular uning taʼviylini — oqibatini kutmoqdalar, xolos. Uning taʼviyli kelgan kunda ilgari uni unutganlar: «Robbimizning Paygʻambarlari haq ila kelgan ekanlar. Endi bizga shafoat qiluvchilar bormi, shafoat qilsalar yoki ortga qaytarilsag-u, qilgan amallarimizdan boshqacha amallarni qilsak», – derlar. Batahqiq, ular oʻzlariga ziyon qildilar va toʻqib olgan narsalari ulardan gʻoyib boʻldi. [16]

    [16] (Qiyomatda shafoat qilguvchilarning ulugʻi va ishonchlisi Muhammad alayhissalotu vassalom edilar. Ammo kofirlar u zotga bu dunyoda iymon keltirmadilar. U kishi alayhissalotu vassalomning shafoatlaridan umid qila olmaydilar. Qiyomatda shafoat qiluvchilarning yana biri Qurʼoni Karim edi. Ammo kofirlar unga ham iymon keltirmadilar. Demak, Qurʼoni Karimning shafoatidan ham umid qila olmaydilar. Qiyomatda shafoat qiluvchi vositalardan biri iymon edi, iymonlari yoʻq. Imkoni boʻlsa edi, ular bu dunyoga qaytib, avval qilgan gunohlarini takrorlamay, iymon va ixlos bilan yashashga jon deb koʻnardilar. Balki birdan-bir orzulari shudir. Ammo buning sira ham iloji yoʻq.)

  54. 54

    إِنَّ رَبَّكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍۢ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ يُغْشِى ٱلَّيْلَ ٱلنَّهَارَ يَطْلُبُهُۥ حَثِيثًۭا وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ وَٱلنُّجُومَ مُسَخَّرَٰتٍۭ بِأَمْرِهِۦٓ ۗ أَلَا لَهُ ٱلْخَلْقُ وَٱلْأَمْرُ ۗ تَبَارَكَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Inna Rabbakkumul laahul lazee khalaqas sammaawaati wal arda fee sittati qiyaamin summmas tawaa 'alal 'arshi yughshil lailan nahaara yatlu buhoo haseesanw washshamsa walqamara wannujooma musakhkharaatim bi amrih; alaa lahul khalqu wal-amr; tabaarakal laahu Rabbul 'aalameen

    «Albatta, osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, soʻngra (Zoti va ulugʻligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Robbingiz kecha ila kunduzni qoplaydir. Unisi bunisini shoshilib quvlaydir. Quyosh, oy va yulduzlarni Oʻz amriga boʻysundirilgan qilib yaratdi. Ogoh boʻling, yaratish va amr qilish Uning Oʻziga xosdir. Olamlarning Robbi — Alloh buyukdir. [17]

    [17] (Islom aqidasiga koʻra, Alloh taolo oʻxshashi yoʻq Zotdir. Kim uni biror narsaga qiyoslashga urinsa, kofir boʻladi. Nega, nima uchun, deb soʻrash ham mumkin emas. Alloh taolo osmonlaru Yerni yaratgani haq. Ammo qanday usulda yaratganini bilmaymiz. Ularni olti kunda bunyod etganligi ham haq. Ammo bu kunlar qanday kunlar ekanini bilmaymiz. Bilishga imkonimiz yoʻq. Bu kunlar ham Alloh taoloning oʻziga xos boʻlgan kunlardir. Alloh taolo arshga yuksalgani ham haq. Ammo qanday, nechuk yuksalish ekanini bilmaymiz. Bu haqda soʻrab-surishtirmaymiz ham. Oʻtgan salafi solihlarimiz bunday masalalarni qoʻziganlarni bidʼatchi, buzgʻunchi, fitnakash, deb ataganlar va baʼzilarini jazolashga hukm qilganlar.)

  55. 55

    ٱدْعُوا۟ رَبَّكُمْ تَضَرُّعًۭا وَخُفْيَةً ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُعْتَدِينَ

    Ud'oo Rabbakum tadarru'anw wa khufyah; innahoo laa yuhibbul mu'tadeen

    Robbingizga tazarruʼ ila va maxfiy duo qiling. Zotan, U haddan oshuvchilarni sevmas.

  56. 56

    وَلَا تُفْسِدُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ بَعْدَ إِصْلَٰحِهَا وَٱدْعُوهُ خَوْفًۭا وَطَمَعًا ۚ إِنَّ رَحْمَتَ ٱللَّهِ قَرِيبٌۭ مِّنَ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Wa laa tufsidoo fil ardi ba'da islaahihaa wad'oohu khawfanw wa tama'aa; inna rahmatal laahi qareebum minal muhsineen

    Va isloh qilingandan keyin yer yuzida fasod qilmang va Undan qoʻrqib tamaʼ ila duo qiling. Albatta, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir.

  57. 57

    وَهُوَ ٱلَّذِى يُرْسِلُ ٱلرِّيَٰحَ بُشْرًۢا بَيْنَ يَدَىْ رَحْمَتِهِۦ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَقَلَّتْ سَحَابًۭا ثِقَالًۭا سُقْنَٰهُ لِبَلَدٍۢ مَّيِّتٍۢ فَأَنزَلْنَا بِهِ ٱلْمَآءَ فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ ۚ كَذَٰلِكَ نُخْرِجُ ٱلْمَوْتَىٰ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ

    Wa Huwal lazee yursilur riyaaha bushram baina yadai rahmatihee hattaaa izaaa aqallat sahaaban siqaalan suqnaahu libaladim maiyitin fa annzalnaa bihil maaa'a fa akhrajnaa bihee minn kullis samaraat; kazaalika nukhrijul mawtaa la'allakum tazakkaroon

    U Oʻz rahmatidan oldin shamollarni xushxabar qilib yuboradigan Zotdir. Qachonki, ular ogʻir bulutlarni koʻtarib keltirgach, u ila oʻlik yurtni sugʻoramiz. Undan suv tushirib, oʻsha ila turli mevalar chiqaramiz. Oʻliklarni ham shunday qilib chiqaramiz. Shoyadki, eslasangizlar.

  58. 58

    وَٱلْبَلَدُ ٱلطَّيِّبُ يَخْرُجُ نَبَاتُهُۥ بِإِذْنِ رَبِّهِۦ ۖ وَٱلَّذِى خَبُثَ لَا يَخْرُجُ إِلَّا نَكِدًۭا ۚ كَذَٰلِكَ نُصَرِّفُ ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَشْكُرُونَ

    Walbaladut taiyibu yakhruju nabaatuhoo bi-izni Rabbihee wallazee khabusa laa yakhruju illaa nakidaa; kazaalika nusarriful Aayaati liqawminy yashkuroon

    Pok yurtning nabototi Robbining izni ila chiqadir. Nopok boʻlgani esa, faqat qiyinchilik ila chiqadir. Shukr keltirgan qavmlar uchun oyatlarimizni shunday xilma-xil bayon qilamiz. [18]

    [18] (Yuqoridagi oyatda boʻlgani kabi, ushbu oyati karimada ham juda katta va nozik qiyos bor. Qurʼoni Karim oyatlarida, Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning hadisi shariflarida pok va sahiy qalb toza va sermahsul yerga — tuproqqa qiyos etiladi. Nopok va iflos qalb esa, gʻajd va mahsulsiz yerga oʻxshatiladi. Pokiza zamindan yaxshi mahsullar yetishib chiqqanidek, pok va sahiy qalbda ham iymon, ixlos, yetuk mafkura va ezgu niyatlar yashaydi. Ularning mevasi Alloh rozi boʻladigan amallardangina iborat boʻladi. Nopok va nobop yerdan bir hosilning unib chiqishi mashaqqat boʻlganidek, nopok qalbdan ham yaxshilik chiqishi qiyin. Chirkin qalbdan chiqsa ham, faqat yomonlik chiqadi.)

  59. 59

    لَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦ فَقَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥٓ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍۢ

    Laqad arsalnaa noohan ilaa qawmihee faqaala yaa qawmi' budul laaha maa lakum min ilaahin ghairuhoo inneee akhaafu 'alaikum 'azaaba Yawmin 'Azeem

    Batahqiq, Biz Nuhni oʻz qavmiga yubordik. Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan oʻzga iloh yoʻq. Albatta, men sizlarning buyuk kunning azobiga giriftor boʻlishingizdan qoʻrqaman», – dedi. [19]

    [19] (Avval-boshda Odam alayhissalomning qissalari bayon etilgan edi. Endi u zotning zurriyotlari pushti kamaridan yaralgan Nuh alayhissalomning qissalari keltirilmoqda.)

  60. 60

    قَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِهِۦٓ إِنَّا لَنَرَىٰكَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    Qaalal mala-u min qaw miheee innaa lanaraaka fee dalaalim mubeen

    Uning qavmidan boʻlgan zodagonlar: «Albatta, biz sening ochiq-oydin zalolatda ekaningni koʻryapmiz», – dedilar. [20]

    [20] (Har bir qavmning oʻz zodagonlari boʻladi. Ularni zodagon qilgan ularning mol-dunyosi, puli, kuch-qudrati, makkorligi va ustamonligi boʻladi. Bu zotlar qavm nomidan gapirish haqqini oʻzlariga oʻzlari berganlar. Shu toifa zodagonlar Nuh alayhissalom qavmlarida ham bor edi.)

  61. 61

    قَالَ يَٰقَوْمِ لَيْسَ بِى ضَلَٰلَةٌۭ وَلَٰكِنِّى رَسُولٌۭ مِّن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Qaala yaa qawmi laisa bee dalaalatunw wa laakinnee Rasoolum mir Rabbil 'aalameen

    U: «Ey qavmim, menda zalolat yoʻq. Va lekin men olamlarning Robbidan Paygʻambarman.

  62. 62

    أُبَلِّغُكُمْ رِسَٰلَٰتِ رَبِّى وَأَنصَحُ لَكُمْ وَأَعْلَمُ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ

    Uballighukum Risaalaati Rabbee wa ansahu lakum wa a'lamu minal laahi maa laa ta'lamoon

    Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman, nasihat qilaman va Alloh tomonidan siz bilmagan narsani bilaman.

  63. 63

    أَوَعَجِبْتُمْ أَن جَآءَكُمْ ذِكْرٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍۢ مِّنكُمْ لِيُنذِرَكُمْ وَلِتَتَّقُوا۟ وَلَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

    awa'ajibtum an jaaa'akum zikrum mir Rabbikum 'alaa rajulim minkum liyunzirakum wa litattaqoo wa la'allakum turhamoon

    Oʻzingizdan boʻlgan bir kishiga, sizlarni ogohlantirish uchun va taqvo qilib, shoyad, rahmatga erishsangiz deb, Robbingizdan eslatma kelganidan ajablanasizlarmi?!» – dedi.

  64. 64

    فَكَذَّبُوهُ فَأَنجَيْنَٰهُ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥ فِى ٱلْفُلْكِ وَأَغْرَقْنَا ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَآ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًا عَمِينَ

    Fakazzaboohu fa anjai naahu wallazeena ma'ahoo fil fulki wa aghraqnal lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa; innahum kaanoo qawman 'ameen

    Bas, uni yolgʻonchiga chiqardilar. Soʻng, Biz uni va u bilan birga boʻlganlarni kemada qutqardik va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni gʻarq qildik. Chunki, ular koʻr qavm edilar.

  65. 65

    ۞ وَإِلَىٰ عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًۭا ۗ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۚ أَفَلَا تَتَّقُونَ

    Wa ilaa 'aadin akhaahum Hoodaa; qaala yaa qawmi' budul laaha maa lakum min ilaahin ghairuh; afalaa tattaqoon

    Va Odga oʻz birodari Hudni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan oʻzga iloh yoʻq. Taqvo qilmaysizlarmi?!» – dedi.

  66. 66

    قَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦٓ إِنَّا لَنَرَىٰكَ فِى سَفَاهَةٍۢ وَإِنَّا لَنَظُنُّكَ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ

    Qaalal mala ul lazeena kafaroo min qawmiheee innaa lanaraaka fee safaahatinw wa innaa lannazunnuka minal kaazibeen

    Uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlar: «Albatta, biz seni esi pastlikda koʻrib turibmiz va albatta biz seni yolgʻonchilardan deb bilamiz», – dedilar.

  67. 67

    قَالَ يَٰقَوْمِ لَيْسَ بِى سَفَاهَةٌۭ وَلَٰكِنِّى رَسُولٌۭ مِّن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Qaala yaa qawmi laisa bee safaahatunw wa laakinnee Rasoolum mir Rabbil 'aalameen

    U: «Ey qavmim, menda esi pastlik yoʻq. Va lekin men olamlarning Robbidan Paygʻambarman.

  68. 68

    أُبَلِّغُكُمْ رِسَٰلَٰتِ رَبِّى وَأَنَا۠ لَكُمْ نَاصِحٌ أَمِينٌ

    Uballighukum Risaalaati Rabbee wa ana lakum naasihun ameen

    Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman va men sizlarga ishonchli nasihatgoʻyman.

  69. 69

    أَوَعَجِبْتُمْ أَن جَآءَكُمْ ذِكْرٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍۢ مِّنكُمْ لِيُنذِرَكُمْ ۚ وَٱذْكُرُوٓا۟ إِذْ جَعَلَكُمْ خُلَفَآءَ مِنۢ بَعْدِ قَوْمِ نُوحٍۢ وَزَادَكُمْ فِى ٱلْخَلْقِ بَصْۜطَةًۭ ۖ فَٱذْكُرُوٓا۟ ءَالَآءَ ٱللَّهِ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

    awa 'ajibtum an jaaa'akum zikrum mir Rabbikum 'alaa rajulim minkum liyunzirakum; wazkurooo iz ja'alakum khulafaaa'a mim ba'di qawmi noohinw wa zaadakum filkhalqi bastatan fazkurooo aalaaa'al laahi la'allakum tuflihoon

    Oʻzingizdan boʻlgan bir kishiga sizlarni ogohlantirish uchun Robbingizdan eslatma kelganidan ajablandingizmi?! Sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilganini va xilqatingizda kuch-quvvatni ziyoda qilganini eslang. Allohning neʼmatlarini eslang. Shoyadki, najot topsangiz», – dedi. [21]

    [21] (Alloh taolo Nuh qavmini ogʻir gunohlari tufayli Yer yuzidan gumdon qilib tashlagan edi. Xuddi shu osiy qavmdan soʻng sizlarni Yer yuzida oʻzining xalifasi qilib tanladi. Bu — ulugʻ neʼmat. Bunga, albatta, shukr qilish lozim edi. Ammo Od qavmi ham jaholatida qattiq turib oldi.)

  70. 70

    قَالُوٓا۟ أَجِئْتَنَا لِنَعْبُدَ ٱللَّهَ وَحْدَهُۥ وَنَذَرَ مَا كَانَ يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَا ۖ فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Qaalooo aji'tanaa lina'budal laaha wahdahoo wa nazara maa kaana ya'budu aabaaa'u naa faatinaa bimaa ta'idunaaa in kunta minas saadiqeen

    Ular: «Sen bizga yolgʻiz Allohning Oʻziga ibodat qilishimiz va ota-bobolarimiz ibodat qilgan narsalarni tark etishimiz uchun keldingmi?! Agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni keltir!» – dedilar.

  71. 71

    قَالَ قَدْ وَقَعَ عَلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ رِجْسٌۭ وَغَضَبٌ ۖ أَتُجَٰدِلُونَنِى فِىٓ أَسْمَآءٍۢ سَمَّيْتُمُوهَآ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُم مَّا نَزَّلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَٰنٍۢ ۚ فَٱنتَظِرُوٓا۟ إِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُنتَظِرِينَ

    Qaala qad waqa'a alaikum mir Rabbikum rijsunw wa ghadab, atujaadiloonanee feee asmaaa'in sammaitumoohaaa antum wa aabaaa'ukum maa nazzalal laahu bihaa min sultaan; fantazirooo innee ma'akum minal muntazireen

    U: «Batahqiq, ustingizga Robbingiz tomonidan azob va gʻazab tushdi. Men bilan, Alloh hech bir hujjat tushirmagan, oʻzingiz va ota bobolaringiz qoʻyib olgan nomlar haqida tortishasizlarmi?! Bas, intizor boʻlib turinglar! Men ham sizlar bilan intizor boʻluvchilardanman», – dedi.

  72. 72

    فَأَنجَيْنَٰهُ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍۢ مِّنَّا وَقَطَعْنَا دَابِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا ۖ وَمَا كَانُوا۟ مُؤْمِنِينَ

    Fa anjainaahu wallazeena ma'ahoo birahmatim minnaa wa qata'naa daabiral lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa wa maa kaanoo mu'mineen

    Bas, unga va u bilan birga boʻlganlarga Oʻz rahmatimiz ila najot berdik va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarning ketlarini uzdik. Ular moʻmin emas edilar. [22]

    [22] (Mazkur bahsning oqibatida Biz Hud alayhissalomga va u zot bilan boʻlgan moʻminlarga najot berdik. Ular Alloh yuborgan balo-ofatlardan omonda boʻldilar. Yaʼni, batamom halokatga giriftor qildik. Ularning Mugʻays deb atalguvchi vodiylari uzra uzoq muddat davom etgan qurgʻoqchilikdan soʻng bir bulut namoyon boʻldi. Od qavmi, mana shu kelayotgan bulut bizga yomgʻir yogʻadi, deb shod boʻlishdi. Ammo orziqib kutilgan bulut yetib kelganida undan qattiq shamol ufurilib, barchalarini halok qildi. Ulardan birortasi omon qolmay, «ketlari uzildi».)

  73. 73

    وَإِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَٰلِحًۭا ۗ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ قَدْ جَآءَتْكُم بَيِّنَةٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ ۖ هَٰذِهِۦ نَاقَةُ ٱللَّهِ لَكُمْ ءَايَةًۭ ۖ فَذَرُوهَا تَأْكُلْ فِىٓ أَرْضِ ٱللَّهِ ۖ وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُوٓءٍۢ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Wa ilaa Samooda akhaahum Saalihaa; qaala yaa qawmi' budul laaha maa lakum min ilaahin ghairuhoo qad jaaa'atkum baiyinatum mir Rabbikum haazihee naaqatul laahi lakum Aayatan fazaroohaa taakul feee ardil laahi wa laa tamassoohaa bisooo'in fa yaakhuzakum 'azaabun aleem

    Va Samudga oʻz birodari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan oʻzga iloh yoʻq. Sizga Robbingizdan hujjat keldi. Allohning mana bu tuyasi sizlarga belgidir. Uni Allohning yerida tek qoʻyinglar. Unga yomonlik yetkazmanglar. Yana sizni alamli azob tutmasin-a! [23]

    [23] (Boshqa suralarda bayon qilinishicha, Samud qavmi Solih alayhissalomdan Allohning qudratiga dalolat qiluvchi oyat-belgi keltirishni talab qilganlarida, Alloh taolo katta xarsang toshdan bir tuyani chiqargan. Shuning uchun ham u «Allohning tuyasi» deb atalmoqda. Samud qavmidan baʼzi shaxslar bu moʻjizaviy tuyani koʻrib iymon keltirdilar. Tuya yaylovda oʻtlab yuraverdi. Suvdan istifoda qilish esa, navbatli boʻldi. Chunonchi, suvni bir kun tuya, bir kun Samud qavmi isteʼmol etar edilar.)

  74. 74

    وَٱذْكُرُوٓا۟ إِذْ جَعَلَكُمْ خُلَفَآءَ مِنۢ بَعْدِ عَادٍۢ وَبَوَّأَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ تَتَّخِذُونَ مِن سُهُولِهَا قُصُورًۭا وَتَنْحِتُونَ ٱلْجِبَالَ بُيُوتًۭا ۖ فَٱذْكُرُوٓا۟ ءَالَآءَ ٱللَّهِ وَلَا تَعْثَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ

    Wazkkurooo iz ja'alakum khulafaaa'a mim ba'di 'Aadinw wa bawwa akum fil ardi tattakhizoona min suhoolihaa qusooranw wa tanhitoonal jibaala buyootan fazkurooo aalaaa'al laahi wa laa ta'saw fil ardi mufsideen

    Va sizlarni Oddan keyin xalifa qilganini va sizga yer yuzida imkon berib, tekisliklarida qasrlar qurib, togʻlardan uylar oʻyganlaringizni eslang. Allohning neʼmatlarini eslang va yer yuzida fasod-la buzgʻunchilik qilmang!» – dedi. [24]

    [24] (Rivoyatlarda bayon etilishicha, Alloh taolo gunoh amallar qilgani uchun Od qavmini halokatga giriftor etganidan soʻng, ularning diyorida Samud nomli qavm makon etib, oʻsha yerlarni obod qilganlar. Ularning umrlari bardavom boʻlib, farovon turmush kechirganlar. Past-tekislik joylarni tanlab, ulkan qasrlar bunyod etganlar. Togʻlar bagʻrida toshlarni oʻyib uylar yasaganlar. Hozirgacha oʻsha maskanlarning baʼzilari saqlanib qolgan. Solih alayhissalom ularga bu narsalarning hammasi Allohning neʼmati ekanini eslatib, ularni shukr qilishga undadilar.)

  75. 75

    قَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ لِلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوا۟ لِمَنْ ءَامَنَ مِنْهُمْ أَتَعْلَمُونَ أَنَّ صَٰلِحًۭا مُّرْسَلٌۭ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ قَالُوٓا۟ إِنَّا بِمَآ أُرْسِلَ بِهِۦ مُؤْمِنُونَ

    Qaalal mala ul lazeenas takbaroo min qawmihee lillazeenas tud'ifoo liman aamana minhum ata'almoona anna Saaliham mursalum mir Rabbih; qaalooo innaa bimaaa ursila bihee mu'minoon

    Uning qavmidan mutakabbir boʻlgan zodagonlar zaifhol boʻlganlardan iymon keltirganlariga: «Solihni Robbidan Paygʻambar qilib yuborilgan, deb bilmoqdamisiz?!» – dedilar. Ular: «Albatta, biz u ila yuborilgan narsaga iymon keltiruvchilarmiz», – dedilar.

  76. 76

    قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوٓا۟ إِنَّا بِٱلَّذِىٓ ءَامَنتُم بِهِۦ كَٰفِرُونَ

    Qaalal lazeenas takbarooo innaa billazeee aamanntum bihee kaafiroon

    Mutakabbir boʻlganlar: «Albatta, biz siz iymon keltirganga kofirmiz», – dedilar.

  77. 77

    فَعَقَرُوا۟ ٱلنَّاقَةَ وَعَتَوْا۟ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِمْ وَقَالُوا۟ يَٰصَٰلِحُ ٱئْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Fa'aqarun naaqata wa'ataw 'an amri Rabbihim wa qaaloo yaa Saalihu' tinaa bimaa ta'idunaaa in kunta minal mursaleen

    Bas, tuyani soʻydilar, Robbilari amrida tajovuzkorlik qilishdi va: «Ey Solih, agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni keltir!» – dedilar. [25]

    [25] (Allohning, tuyani tek qoʻyinglar, unga yomonlik yetkazmanglar, degan amriga qasdma-qasd uni oʻldirdilar. Kufrda haddan oshdilar.)

  78. 78

    فَأَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دَارِهِمْ جَٰثِمِينَ

    Fa akhazat humur rajftu fa asbahoo fee daarihim jaasimmeen

    Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida oʻtirib qoldilar.

  79. 79

    فَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَٰقَوْمِ لَقَدْ أَبْلَغْتُكُمْ رِسَالَةَ رَبِّى وَنَصَحْتُ لَكُمْ وَلَٰكِن لَّا تُحِبُّونَ ٱلنَّٰصِحِينَ

    Fa tawalla 'anhum wa qaala yaa qawmi laqad ablaghtukum Risaalata Rabbee wa nasahtu lakum wa laakil laa tuhibboonan naasiheen

    Keyin, ulardan yuz oʻgirdi va: «Ey qavmim, batahqiq, men sizga Robbimning yuborganini yetkazdim va nasihat qildim. Lekin siz nasihat qiluvchilarni sevmas ekansiz», – dedi.

  80. 80

    وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ أَتَأْتُونَ ٱلْفَٰحِشَةَ مَا سَبَقَكُم بِهَا مِنْ أَحَدٍۢ مِّنَ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa Lootan iz qaala liqawmiheee ataatoonal faahishata maa sabaqakum bihaa min ahadim minal 'aalameen

    Va Lutni (yubordik). Uning oʻz qavmiga: «Sizdan oldin olamlarda hech kim qilmagan fohisha ishni qilasizlarmi?!

  81. 81

    إِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلرِّجَالَ شَهْوَةًۭ مِّن دُونِ ٱلنِّسَآءِ ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌۭ مُّسْرِفُونَ

    Innakum lataatoonar rijaala shahwatam min doonin nisaaa'; bal antumqawmum musrifoon

    Albatta, sizlar ayollarni qoʻyib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilmoqdasizlar. Yoʻq! Sizlar isrofchi qavmsiz!» – deganini esla. [26]

    [26] (Lut alayhissalom qissalarida, u zot dafʼatan oʻz qavmlarining ulkan qabih ishlari — bachchabozliklarini qoralashga boshlaydilar. Alloh taolo insonni erkak va ayol jinsida yaratdi. Har biriga oʻziga xos aʼzolar va xususiyatlar berdi. Alloh taolo inson zotini jinsiy yaqinlik yoʻli bilan yaratib, uning nasli pokiza yoʻl bilan koʻpayib turishini iroda va hayotiy zarurat qildi. Bu yoʻldan tajovuz qilganlar va Alloh irodasiga zid borib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qiladiganlar aqidasi buzuq va tuban kishilar hisoblanadilar. Shu boisdan mazkur qissada xuddi shu fohishalik bosh masala qilib koʻtariladi. Binobarin, Lut alayhissalom bu yorugʻ olamda hech bir zot qilmagan ulkan gunohga birinchi boʻlib qoʻl urgan qavmlarini: «Yoʻq! Sizlar isrofchi qavmsiz!» deb taʼriflamoqdalar.)

  82. 82

    وَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوٓا۟ أَخْرِجُوهُم مِّن قَرْيَتِكُمْ ۖ إِنَّهُمْ أُنَاسٌۭ يَتَطَهَّرُونَ

    Wa maa kaana jawaaba qawmihee illaa an qaalooo akhrijoohum min qaryatikum innahum unaasuny yatatah haroon

    Qavmning javobi: «Ularni qishlogʻingizdan chiqarib yuboring, chunki ular juda ham pokiza boʻlaveradigan odamlar ekan», deyishlaridan boshqa narsa boʻlmadi. [27]

    [27] (Insofni koʻring. Inson tabiatiga muvofiq ish qilgan, halolu pok boʻlib, boshqalarni pokizalikka chaqirgan kishilar yurtlaridan ixroj qilinar ekanlar. Ularning «ayblari» bitta — juda ham pokiza odam boʻlganliklari. Insoniylik qiyofasini yoʻqotgan qavm shu darajaga yetar ekan-da. Oʻzlari insoniyat boʻyniga tavqi laʼnat boʻlib osiladigan amallarni tap tortmay qilayotganlari yetmaganidek, ularga oʻxshashni xohlamagan, insonligini yoʻqotmagan, Allohning amrida yurishga harakat qilganlarni pokizalikda ayblaydilar.)

  83. 83

    فَأَنجَيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥٓ إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَٰبِرِينَ

    Fa anjainaahu wa ahlahooo illam ra atahoo kaanat minal ghaabireen

    Bas, unga va ahliga najot berdik. Magar xotini halok boʻlguvchilardan boʻldi. [28]

    [28] (Paygʻambarga faqat uning oila aʼzolarigina iymon keltirdilar. Ammo ularning orasidan ham eng yaqin kishisi — xotini iymon keltirmadi. Oqibatda u jinoyatkor qavmga qoʻshilib halok boʻldi.)

  84. 84

    وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِم مَّطَرًۭا ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُجْرِمِينَ

    Wa 'amtarnaa 'alaihim mataran fanzur kaifa kaana aaqibatul mujjrimeen

    Va Biz ularning ustidan «yomgʻir» yogʻdirdik. Jinoyatkorlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar sol! [29]

    [29] (Alloh taolo ularning ustidan tosh selini yogʻdirdi va barchalari halok boʻldilar.)

  85. 85

    وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًۭا ۗ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ قَدْ جَآءَتْكُم بَيِّنَةٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ ۖ فَأَوْفُوا۟ ٱلْكَيْلَ وَٱلْمِيزَانَ وَلَا تَبْخَسُوا۟ ٱلنَّاسَ أَشْيَآءَهُمْ وَلَا تُفْسِدُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ بَعْدَ إِصْلَٰحِهَا ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌۭ لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

    Wa ilaa Madyana akhaahum Shu'aybaa; qaala yaa qawmi' budul laaha maa lakum min ilaahin ghairuhoo qad jaaa'atkum baiyinatum mir Rabbikum fa awful kaila walmeezaana wa laa tabkhasun naasa ashyaa'ahum wa laa tufsidoo fil ardi ba'da islaahihaa; zaalikum khairul lakum in kuntum mu'mineen

    Va Madyanga oʻz birodarlari Shuʼaybni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizga Undan oʻzga iloh yoʻq. Batahqiq, sizga Robbingizdan hujjat keldi. Bas, oʻlchov va tarozuni toʻliq ado eting, odamlarning narsalaridan kamaytirib qolmang va yer yuzida uning islohidan keyin buzgʻunchilik qilmang. Agar moʻmin boʻlsangiz, shunday qilmogʻingiz oʻzingiz uchun yaxshidir.

  86. 86

    وَلَا تَقْعُدُوا۟ بِكُلِّ صِرَٰطٍۢ تُوعِدُونَ وَتَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ مَنْ ءَامَنَ بِهِۦ وَتَبْغُونَهَا عِوَجًۭا ۚ وَٱذْكُرُوٓا۟ إِذْ كُنتُمْ قَلِيلًۭا فَكَثَّرَكُمْ ۖ وَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُفْسِدِينَ

    Wa laa taq'udoo bikulli siraatin too'idoona wa tasuddoona 'an sabeelil laahi man aamana bihee wa abghoonahaa 'iwajaa; waz kurooo iz kuntum qaleelan fakassarakum wanzuroo kaifa kaana 'aaqibatul mufsideen

    Har koʻchada oʻtirib olib qoʻrqitmang. Allohning yoʻlidan Unga iymon keltirganlarni toʻsmang va u(yoʻl)ning egri boʻlishini istamang. Oz boʻlgan chogʻingizda sizni koʻpaytirib qoʻyganini eslang. Buzgʻunchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar soling.

  87. 87

    وَإِن كَانَ طَآئِفَةٌۭ مِّنكُمْ ءَامَنُوا۟ بِٱلَّذِىٓ أُرْسِلْتُ بِهِۦ وَطَآئِفَةٌۭ لَّمْ يُؤْمِنُوا۟ فَٱصْبِرُوا۟ حَتَّىٰ يَحْكُمَ ٱللَّهُ بَيْنَنَا ۚ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْحَٰكِمِينَ

    Wa In kaana taaa'ifatum minkum aamanoo billazeee ursiltu bihee wa taaa'ifatul lam yu'minoo fasbiroo hattaa yahkumual laahu bainanaa; wa Huwa khairul haakimeen

    Agar sizdan bir toifa men ila yuborilgan narsaga iymon keltirgan va boshqa toifa iymon keltirmagan boʻlsa, bas, Alloh oramizda hukm qilguncha sabr qilinglar. U hukm qiluvchilarning yaxshisidir», – dedi. [30]

    [30] (Alloh taolo ushbu oyati karimalarda avvalo Shuayb alayhissalomni Madyanga paygʻambar qilib yuborganini, keyin esa, u kishining oʻz qavmlariga qilgan pandlarini keltirmoqda. Madyanliklar ham asli arablar boʻlib, ularning yerlari Aqaba qoʻltigʻidan Turi Sinoga qadar choʻzilgan. Shuayb alayhissalomning qavmi koʻproq amaliy shirkka mubtalo boʻlganga oʻxshaydi. Chunki muomala ishlarida Allohning buyrugʻini ado etmay, boshqaning amrini bajarishdan, oʻlchov va tarozudan urib qolib, birovlarning haqqini yeyishdan qaytarishlari shunga dalolat qilmoqda. Bu va bu kabi, Alloh yoʻriqlarini chetlab, boshqa yoʻlga yurish Alloh taolo Yer yuzini isloh qilib qoʻyganidan keyin uni buzishdan iborat ekaniga ishora etib: «va Yer yuzida uning islohidan keyin buzgʻunchilik qilmang», demoqdalar.)

  88. 88

    ۞ قَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ لَنُخْرِجَنَّكَ يَٰشُعَيْبُ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَكَ مِن قَرْيَتِنَآ أَوْ لَتَعُودُنَّ فِى مِلَّتِنَا ۚ قَالَ أَوَلَوْ كُنَّا كَٰرِهِينَ

    Qaalal mala ul lazeenas takbaroo min qawmihee lanukhrijannaka yaa Shu'aibu wallazeena aamanoo ma'aka min qaryatinaaa aw lata'oo dunna fee millatinaa; qaala awa law kunnaa kaariheen

    Uning qavmidan mutakabbir boʻlgan zodagonlar: «Ey Shuʼayb, yoki, albatta, seni va sen bilan birga iymon keltirganlarni oʻz qishlogʻimizdan chiqaramiz yoki oʻz millatimizga qaytasizlar», – dedilar. U: «Garchi yomon koʻruvchi boʻlsak ham-a?!

  89. 89

    قَدِ ٱفْتَرَيْنَا عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا إِنْ عُدْنَا فِى مِلَّتِكُم بَعْدَ إِذْ نَجَّىٰنَا ٱللَّهُ مِنْهَا ۚ وَمَا يَكُونُ لَنَآ أَن نَّعُودَ فِيهَآ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ رَبُّنَا ۚ وَسِعَ رَبُّنَا كُلَّ شَىْءٍ عِلْمًا ۚ عَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلْنَا ۚ رَبَّنَا ٱفْتَحْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ قَوْمِنَا بِٱلْحَقِّ وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْفَٰتِحِينَ

    Qadif tarainaa 'alal laahi kaziban in 'udnaa fee millatikum ba'da iz najjaanal laahu minhaa; wa maa yakoonu lanaaa an na'ooda feehaaa illaaa ai yashaaa'al laahu Rabbunaa; wasi'a Rabbunaa kulla shai'in 'ilmaa; 'alal laahi tawakkalnaa; Rabbanaf tah bainanaa wa baina qawminaa bilhaqqi wa Anta khairul faatiheen

    Agar sizning millatingizga Alloh bizga undan najot bergandan soʻng qaytsak, batahqiq, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan boʻlamiz. Biz uchun unga qaytish mutlaqo mumkin emas, magar Robbimiz — Alloh xohlasagina (mumkin). Robbimiz hamma narsani oʻz ilmi ila qamrab olgandir. Allohga tavakkal qildik. Ey Robbimiz, biz bilan qavmimizning oramizni haq ila ochgin. Sen ochuvchilarning yaxshisidirsan», – dedi. [31]

    [31] (Yaʼni, biz uchun shirk va kufr millatiga, yaʼni ortga qaytish mutlaqo mumkin emas. Biz iymon keltirdik va uning lazzatini tatib koʻrdik. Endi yolgʻiz, bir holatdagina — Alloh bizni adashtirishni iroda qilsagina, ortga qaytishimiz mumkin. Zero, Uning irodasiga hech qachon bas kelib boʻlmaydi. Kelajakda qilajak jamiki amallarimizni ham uning Oʻziga topshirdik. Biz faqat Allohga suyanamiz. Sizning tahdid va zoʻrligingiz, soxta xudolaringizdan zarracha hayiqmaymiz, ularga eʼtibor bermaymiz ham. Shu yoʻl bilan ishni oʻzining haqiqiy egasi hukmiga havola qilib, iymon va kufr oʻrtasida hukm chiqaruvchi hokimi mutlaqqa murojaat etdilar.)

  90. 90

    وَقَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ لَئِنِ ٱتَّبَعْتُمْ شُعَيْبًا إِنَّكُمْ إِذًۭا لَّخَٰسِرُونَ

    Wa qaalal mala ul lazeena kafaroo min qawmihee la'init taba'tum Shu'aiban innakum izal lakhaasiroon

    Uning qavmidan boʻlgan, kufr keltirgan zodagonlar: «Agar Shuʼaybga ergashsangiz, u holda, albatta, ziyon koʻruvchidirsiz», – dedilar.

  91. 91

    فَأَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دَارِهِمْ جَٰثِمِينَ

    Fa akhazat humur rajfatu fa asbahoo fee daarihim jaasimeen

    Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida oʻtirib qoldilar.

  92. 92

    ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ شُعَيْبًۭا كَأَن لَّمْ يَغْنَوْا۟ فِيهَا ۚ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ شُعَيْبًۭا كَانُوا۟ هُمُ ٱلْخَٰسِرِينَ

    Allazeena kazzaboo Shu'aiban ka al alm yaghnaw feehaa; allazeena kazzaboo Shu'aiban kaanoo humul khaasireen

    Shuʼaybni yolgʻonchiga chiqarganlar, xuddi u yerda yashamagandek boʻldilar. Shuʼaybni yolgʻonchiga chiqarganlar, oʻshalar ziyon koʻruvchilar boʻldilar. [32]

    [32] (Yaʼni, mazkur shiddatli zilziladan keyin Shuayb alayhissalomga muxolif boʻlgan kofirlar halok boʻlib, batamom gumdon boʻlib ketdilar.)

  93. 93

    فَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَٰقَوْمِ لَقَدْ أَبْلَغْتُكُمْ رِسَٰلَٰتِ رَبِّى وَنَصَحْتُ لَكُمْ ۖ فَكَيْفَ ءَاسَىٰ عَلَىٰ قَوْمٍۢ كَٰفِرِينَ

    Fatawalla 'anhum wa qaala yaa qawmi laqad ablaghtukum Risaalaati Rabbee wa nasahtu lakum fakaifa aasaa'alaa qawmin kaafireen

    Keyin ulardan yuz oʻgirdi va «Ey qavmim, batahqiq, sizga Robbimning yuborganlarini yetkazgan edim hamda sizga nasihat qilgan edim. Qanday qilib kofir qavmlarga qaygʻuray», – dedi.

  94. 94

    وَمَآ أَرْسَلْنَا فِى قَرْيَةٍۢ مِّن نَّبِىٍّ إِلَّآ أَخَذْنَآ أَهْلَهَا بِٱلْبَأْسَآءِ وَٱلضَّرَّآءِ لَعَلَّهُمْ يَضَّرَّعُونَ

    Wa maaa arsalnaa fee qaryatim min Nabiyyin illaaa akhaznaaa ahlahaa bil baasaaa'i waddarraaa'i la'allahum yaddarra'oon

    Qaysi bir qishloqqa Paygʻambar yuborsak, albatta, uning ahlini tazarruʼ qilishlari uchun zararlar va musiybatlar ila tutganmiz.

  95. 95

    ثُمَّ بَدَّلْنَا مَكَانَ ٱلسَّيِّئَةِ ٱلْحَسَنَةَ حَتَّىٰ عَفَوا۟ وَّقَالُوا۟ قَدْ مَسَّ ءَابَآءَنَا ٱلضَّرَّآءُ وَٱلسَّرَّآءُ فَأَخَذْنَٰهُم بَغْتَةًۭ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    Summa baddalnaa makaa nas saiyi'atil hasanata hattaa 'afaw wa qaaloo qad massa aabaa'anad darraaa'u wassarraaa'u fa akhaznaahum baghtatanw wa hum laa yash'uroon

    Soʻngra yomonlikni yaxshilikka almashtirganmiz. Toki, koʻpayishib va «Ota-bobolarimizga ham qiyinchilik va xursandchilik yetgan edi», deganlarida, ularni oʻzlariga sezdirmay, toʻsatdan tutganmiz. [33]

    [33] (Vaqt-soati kelib Alloh taolo mazkur yomon holatlarni yaxshilik holatlarga almashtirib qoʻyadi. Odamlar bu yaxshi hollarda yanada koʻpayishadi. Ammo bu ziyodalik ham ular uchun sinov ekanligini anglab yetmaydilar. Alloh ularni shukr qilarmikin, deb yaxshi holatlarga solganini bilmaydilar.)

  96. 96

    وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ ٱلْقُرَىٰٓ ءَامَنُوا۟ وَٱتَّقَوْا۟ لَفَتَحْنَا عَلَيْهِم بَرَكَٰتٍۢ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ وَلَٰكِن كَذَّبُوا۟ فَأَخَذْنَٰهُم بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Wa law anna ahlal quraaa aamanoo wattaqaw lafatahnaa 'alaihim barakaatim minas samaaa'i wal ardi wa laakin kazzaboo fa akhaznaahum bimaa kaanoo yaksiboon

    Agar qishloqlar ahllari iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, Biz, albatta, ularga osmonu yerdan barakotlarni ochib qoʻyar edik. Lekin ular yolgʻonga chiqardilar, bas, ularni qilgan kasblari tufayli tutdik. [34]

    [34] (Ushbu oyati karimada bayon qilinayotgan oddiy va sodda haqiqatni insoniyat tushuna olmayotgani gʻoyatda ajablanarli hol. Inson uchun osmon va zamindan barakot eshiklari ochilishi uchun birgina shart kifoya, yaʼni u iymonli va taqvoli boʻlishi lozim ekan. Ana oʻshanda insonga osmonu zamindan barakotlar eshigi lang ochib qoʻyiladi. Chunki iymon insonni barakotli hayot yoʻliga boshlaydi. Chunki taqvo insonni farovon hayot yoʻliga soladi. Iymon bilan taqvo bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlganidek, barakot ham ularga bogʻliqdir. Bu haqiqatga kattayu kichik har bir sohada guvoh boʻlishi mumkin.)

  97. 97

    أَفَأَمِنَ أَهْلُ ٱلْقُرَىٰٓ أَن يَأْتِيَهُم بَأْسُنَا بَيَٰتًۭا وَهُمْ نَآئِمُونَ

    Afa amina ahlul quraaa ai yaatiyahum baasunaa bayaatanw wa hum naaa'imoon

    Qishloqlar ahli ularga Bizning balo-qazoyimiz tunda, uxlayotgan hollarida kelishidan xotirjammilar?!

  98. 98

    أَوَأَمِنَ أَهْلُ ٱلْقُرَىٰٓ أَن يَأْتِيَهُم بَأْسُنَا ضُحًۭى وَهُمْ يَلْعَبُونَ

    Awa amina ahlul quraaa ai yaatiyahum baasunaa duhanw wa hum yal'aboon

    Qishloqlar ahli ularga Bizning balo-qazoyimiz choshtgohda, oʻynayotgan hollarida kelishidan xotirjammilar?!

  99. 99

    أَفَأَمِنُوا۟ مَكْرَ ٱللَّهِ ۚ فَلَا يَأْمَنُ مَكْرَ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلْخَٰسِرُونَ

    Afa aminoo makral laah; falaa yaamanu makral laahi illal qawmul khaasiroon

    Allohning makridan xotirjam boʻldilarmi?! Allohning makridan faqat ziyon koʻruvchi qavmlargina xotirjam boʻlurlar. [35]

    [35] (Gʻaflatga solib, gunoh qilsa ham, daxlsiz tek qoʻyib, keyin tuyqusdan sezdirmay olish Allohning ishidir, yaʼni makridir.)

  100. 100

    أَوَلَمْ يَهْدِ لِلَّذِينَ يَرِثُونَ ٱلْأَرْضَ مِنۢ بَعْدِ أَهْلِهَآ أَن لَّوْ نَشَآءُ أَصَبْنَٰهُم بِذُنُوبِهِمْ ۚ وَنَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ

    Awa lam yahdi lillazeena yarisoonal arda mim ba'di ahlihaaa al law nashaaa'u asabnaahum bizunoobihim; wa natba'u 'alaa quloobihim fahum laa yasma'oon

    Yerga uning ahlidan keyin merosxoʻr boʻlganlarga, agar xohlasak, gunohlari tufayli ularga musiybat yetkazishimiz va qalblariga muhr bosib, eshitmaydigan qilib qoʻyishimiz ayon boʻlmadimi?!

  101. 101

    تِلْكَ ٱلْقُرَىٰ نَقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنۢبَآئِهَا ۚ وَلَقَدْ جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَمَا كَانُوا۟ لِيُؤْمِنُوا۟ بِمَا كَذَّبُوا۟ مِن قَبْلُ ۚ كَذَٰلِكَ يَطْبَعُ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Tilkal quraa naqussu 'alaika min ambaaa'ihaa; wa laqad jaaa'at hum Rusuluhum bilbaiyinaati famaa kaanoo liyu'minoo bimaa kazzaboo min qabl; kazaalika yatba'ul laahu 'alaa quloobil kaafireen

    Biz senga ana oʻsha qishloqlarning xabarlarini qisqa qilib aytib bermoqdamiz. Batahqiq, ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Ammo, ular oldin yolgʻonga chiqargan narsalariga iymon keltirmadilar. Alloh shunday qilib kofirlar qalbiga muhr bosdi.

  102. 102

    وَمَا وَجَدْنَا لِأَكْثَرِهِم مِّنْ عَهْدٍۢ ۖ وَإِن وَجَدْنَآ أَكْثَرَهُمْ لَفَٰسِقِينَ

    Wa maa wajadnaa li aksarihim min 'ahd; wa inw wajadnaaa aksarahum lafaasiqeen

    Ularning koʻplarida ahdga vafo koʻrmadik. Agar ularning koʻplarini topsak ham, fosiqlikda topdik. [36]

    [36] (Yaʼni, ular subutsiz kimsalar boʻlib, ahdga hech vafo qilmasdilar. Bu qavmning aksar qismi faqat fosiqlik bilan mashgʻul edi. Fosiqlikning maʼnosi Alloh chizib koʻrsatgan chegaradan chiqishdir. Yaʼni, ular Alloh koʻrsatgan yoʻldan ozgan kimsalar sirasidan edilar.)

  103. 103

    ثُمَّ بَعَثْنَا مِنۢ بَعْدِهِم مُّوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦ فَظَلَمُوا۟ بِهَا ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُفْسِدِينَ

    Summa ba'asnaa mim ba'dihim Moosaa bi Aayaatinaaa ilaa Fir'awana wa mala'ihee fazalamoo bihaa fanzur kaifa kaana 'aaqibatul mufsideen

    Soʻngra, ularning ortidan Musoni Oʻz oyatlarimiz ila Firʼavn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, u(oyat)larga zulm qildilar. Buzgʻunchilarning oqibati qanday boʻlishiga nazar sol.

  104. 104

    وَقَالَ مُوسَىٰ يَٰفِرْعَوْنُ إِنِّى رَسُولٌۭ مِّن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa qaala Moosaa yaa Fir'awnu inee Rasoolum mir Rabbil 'aalameen

    Muso: «Ey Firʼavn, albatta, men olamlarning Robbidan Paygʻambarman.

  105. 105

    حَقِيقٌ عَلَىٰٓ أَن لَّآ أَقُولَ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْحَقَّ ۚ قَدْ جِئْتُكُم بِبَيِّنَةٍۢ مِّن رَّبِّكُمْ فَأَرْسِلْ مَعِىَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ

    Haqeequn 'alaaa al laaa aqoola 'alal laahi illal haqq; qad ji'tukum bibaiyinatim mir Rabbikum fa arsil ma'iya Baneee Israaa'eel

    Menga Alloh haqida haqdan boshqani aytmaslik lozimdir. Batahqiq, men sizlarga Robbingizdan ochiq-oydin hujjat keltirdim. Men ila Bani Isroilni qoʻyib yubor», – dedi. [37]

    [37] (Firʼavn Bani Isroilni qul-banda qilib olgan va ularga Robb ekaniga shubhalanmas edi. Muso alayhissalom unga haqiqiy Robb Alloh ekanini tushuntirib, Bani Isroilni ozod qilish oʻsha yagona Allohning — haqiqiy Robbning amrini izhor etdilar.)

  106. 106

    قَالَ إِن كُنتَ جِئْتَ بِـَٔايَةٍۢ فَأْتِ بِهَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Qaala in kunta ji'ta bi Aayatin faati bihaaa in kunta minas saadiqeen

    U: «Agar moʻjiza keltirgan boʻlsang, rostgoʻylardan boʻlsang, keltir uni», – dedi.

  107. 107

    فَأَلْقَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِىَ ثُعْبَانٌۭ مُّبِينٌۭ

    Qa alqaa 'asaahu fa izaa hiya su'baanum mubeen

    Asosini tashlagan edi... banogoh u aniq ajdar boʻldi.

  108. 108

    وَنَزَعَ يَدَهُۥ فَإِذَا هِىَ بَيْضَآءُ لِلنَّٰظِرِينَ

    Wa naza'a yadahoo fa izaa hiya baidaaa'u linnaazireen

    Va qoʻlini chiqargan edi... banogoh u nazar soluvchilarga oppoq boʻlib koʻrindi. [38]

    [38] (Aslida, Muso alayhissalom bugʻdoyrang tusda edilar. Firʼavn moʻjiza koʻrsatishni talab qilganda qoʻllarini qoʻltiqlaridan chiqargan zahoti oppoq tusda namoyon boʻldi.)

  109. 109

    قَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِ فِرْعَوْنَ إِنَّ هَٰذَا لَسَٰحِرٌ عَلِيمٌۭ

    Qaalal mala-u min qawmi Fir'awna inna haazaa lasaa hirun 'aleem

    Firʼavn qavmidan boʻlgan zodagonlar: «Albatta, bu bilimdon sehrgardir!

  110. 110

    يُرِيدُ أَن يُخْرِجَكُم مِّنْ أَرْضِكُمْ ۖ فَمَاذَا تَأْمُرُونَ

    Yureedu ai yukhrijakum min ardikum famaazaa taamuroon

    Sizlarni yeringizdan chiqarishni xohlaydi. Bas, nimaga amr qilasizlar?» – dedilar.

  111. 111

    قَالُوٓا۟ أَرْجِهْ وَأَخَاهُ وَأَرْسِلْ فِى ٱلْمَدَآئِنِ حَٰشِرِينَ

    Qaalooo arjih wa akhaahu wa arsil filmadaaa'ini haashireen

    Ular: «Uni va akasini qoʻyib turgin-da, shaharlarga toʻplovchilarni yubor.

  112. 112

    يَأْتُوكَ بِكُلِّ سَٰحِرٍ عَلِيمٍۢ

    Yaatooka bikulli saahirin 'aleem

    Hamma bilimdon sehrgarlarni senga olib kelsinlar», – dedilar. [39]

    [39] (Muso va akasi Horunni qoʻyib turgin-da, barcha shaharlarga odam yubor, ular bor bilimdon sehrgarlarni toʻplab kelsinlar.)

  113. 113

    وَجَآءَ ٱلسَّحَرَةُ فِرْعَوْنَ قَالُوٓا۟ إِنَّ لَنَا لَأَجْرًا إِن كُنَّا نَحْنُ ٱلْغَٰلِبِينَ

    Wa jaaa'as saharatu Fir'awna qaaloo inna lanaa la ajjran in kunnaa nahnul ghaalibeen

    Sehrgarlar Firʼavnga kelib: «Agar biz gʻolib boʻlsak, albatta, mukofot olsak kerak?» – dedilar.

  114. 114

    قَالَ نَعَمْ وَإِنَّكُمْ لَمِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ

    Qaala na'am wa innakum laminal muqarrabeen

    U: «Ha. Va, albatta, mening yaqin kishilarimdan boʻlursizlar».

  115. 115

    قَالُوا۟ يَٰمُوسَىٰٓ إِمَّآ أَن تُلْقِىَ وَإِمَّآ أَن نَّكُونَ نَحْنُ ٱلْمُلْقِينَ

    Qaaloo yaa Moosaaa immaaa an tulqiya wa immaaa an nakoona nahnul mulqeen

    Ular: «Ey Muso, yoki sen tashla, yoki biz tashlovchi boʻlaylik», – dedilar.

  116. 116

    قَالَ أَلْقُوا۟ ۖ فَلَمَّآ أَلْقَوْا۟ سَحَرُوٓا۟ أَعْيُنَ ٱلنَّاسِ وَٱسْتَرْهَبُوهُمْ وَجَآءُو بِسِحْرٍ عَظِيمٍۢ

    Qaala alqoo falam maaa alqaw saharooo a'yunannaasi wastarhaboohum wa jaaa'oo bisihrin 'azeem

    U: «Sizlar tashlanglar», – dedi. Ular tashlaganlarida, odamlarning koʻzini sehrladilar, qoʻrqitdilar va zoʻr sehr koʻrsatdilar. [40]

    [40] (Ular qoʻllaridagi arqon va asolarini tashladilar. Boyagi arqon va asolar odamlarning nazariga ilon boʻlib koʻrindi.)

  117. 117

    ۞ وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنْ أَلْقِ عَصَاكَ ۖ فَإِذَا هِىَ تَلْقَفُ مَا يَأْفِكُونَ

    Wa awhainaaa ilaa Moosaaa an alqi 'asaaka fa izaa hiya talqafu maa yaafikoon

    Biz Musoga: «Asoingni tashlagin», deb vahiy yubordik. Birdan, u ular uydirayotgan narsani yuta boshladi. [41]

    [41] (Usta sehrgarlarning koʻzboʻyamachiligi toʻplanganlarni dahshatga solib qoʻygan edi. Muso alayhissalom ham koʻpchilik bilan birga sodir boʻlayotgan voqeani kuzatib turar edilar. Alloh u zotga «Asongni tashla», deb vahiy yubordi. Muso alayhissalom yerga asoni tashladilar. Aso ajdarga aylandi va birdan sehrgarlar namoyish etayotgan uydirma — koʻzboʻyamachiliklarni yuta boshladi.)

  118. 118

    فَوَقَعَ ٱلْحَقُّ وَبَطَلَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Fawaqa'al haqqu wa batala maa kaanoo ya'maloon

    Bas, haq qaror topdi va ularning qilayotganlari botil boʻldi.

  119. 119

    فَغُلِبُوا۟ هُنَالِكَ وَٱنقَلَبُوا۟ صَٰغِرِينَ

    Faghuliboo hunaalika wanqalaboo saaghireen

    Oʻsha yerda yengildilar va beobroʻ boʻldilar.

  120. 120

    وَأُلْقِىَ ٱلسَّحَرَةُ سَٰجِدِينَ

    Wa ulqiyas saharatu saajideen

    Va sehrgarlar sajdaga tashlanib:

  121. 121

    قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Qaaloo aamannaa bi Rabbil 'aalameen

    «Olamlarning Robbiga iymon keltirdik.

  122. 122

    رَبِّ مُوسَىٰ وَهَٰرُونَ

    Rabbi Moosaa wa Haaroon

    Muso va Horunning Robbiga», – dedilar. [42]

    [42] (Ne boisdan sehrgarlar birinchi boʻlib iymon keltirdilar? Chunki ular Muso alayhissalom keltirgan narsa sehr emas, haqiqiy ilohiy moʻjiza ekanini hammadan burun anglab yetdilar. Sehrgarlarga haqiqat birinchi boʻlib yetib bordi. Vijdonlari uygʻondi va qalblarini iymon nuri yoritdi. Ular Allohga sajda qilish uchun oʻzlarini yerga tashladilar.)

  123. 123

    قَالَ فِرْعَوْنُ ءَامَنتُم بِهِۦ قَبْلَ أَنْ ءَاذَنَ لَكُمْ ۖ إِنَّ هَٰذَا لَمَكْرٌۭ مَّكَرْتُمُوهُ فِى ٱلْمَدِينَةِ لِتُخْرِجُوا۟ مِنْهَآ أَهْلَهَا ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ

    Qaala Fir'awnu aamantum bihee qabla an aazana lakum; inna haaza lamakrum makartumoohu filmadeenati litukhrijoo minhaaa ahlahaa fasawfa ta'almoon

    Firʼavn: «Men sizga izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Albatta, bu sizning shahardan uning ahlini chiqarish uchun qilgan makringizdir. Hali bilasiz.

  124. 124

    لَأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُم مِّنْ خِلَٰفٍۢ ثُمَّ لَأُصَلِّبَنَّكُمْ أَجْمَعِينَ

    La uqatti'anna aidiyakum wa arjulakum min khilaafin summa la usallibannakum ajma'een

    Albatta, oyoq-qoʻllaringizni qarama-qarshi tomonidan kesaman va hammangizni osaman», – dedi. [43]

    [43] (Bu ham barcha firʼavnlarga xos xususiyat. Ular oʻzlariga qul boʻlgan fuqarolarning hatto Allohga iymon keltirishni ham undan soʻrab, iltijolanib, ado etishlarini xohlaydilar. Barcha davr firʼavnlarining moʻminlarga qarshi qoʻllaydigan uslubi shu: qadimda qoʻl-oyoqlarini kesib, osishgan; hozirda qamaydilar, azoblaydilar, otadilar. Ammo ularning bu usullari iymon nuri bilan charogʻon boʻlgan qalblarga zarracha qoʻrqinch sola olmaydi.)

  125. 125

    قَالُوٓا۟ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا مُنقَلِبُونَ

    Qaaloo innaaa ilaa Rabbinaa munqaliboon

    Ular: «Albatta, biz Robbimizga qaytguvchimiz.

  126. 126

    وَمَا تَنقِمُ مِنَّآ إِلَّآ أَنْ ءَامَنَّا بِـَٔايَٰتِ رَبِّنَا لَمَّا جَآءَتْنَا ۚ رَبَّنَآ أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًۭا وَتَوَفَّنَا مُسْلِمِينَ

    Wa maa tanqimu minnaaa illaaa an aamannaa bi Aayaati Rabbinaa lammaa jaaa'atnaa; Rabbanaaa afrigh 'alainaa sabranw wa tawaffanaa muslimeen

    Sen bizdan faqat Robbimizning oyatlari kelganda ularga iymon keltirganimiz uchungina oʻch olmoqdasan! Ey Robbimiz, ustimizdan sabr toʻkkin va musulmon holimizda vafot ettirgin», – dedilar.

  127. 127

    وَقَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِ فِرْعَوْنَ أَتَذَرُ مُوسَىٰ وَقَوْمَهُۥ لِيُفْسِدُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَيَذَرَكَ وَءَالِهَتَكَ ۚ قَالَ سَنُقَتِّلُ أَبْنَآءَهُمْ وَنَسْتَحْىِۦ نِسَآءَهُمْ وَإِنَّا فَوْقَهُمْ قَٰهِرُونَ

    Wa qaalal mala-u min qawmi Fir'awna atazaru Moosaa wa qawmahoo liyufsidoo fil ardi wa yazaraka wa aalihatak; qaala sanuqattilu abnaaa 'ahum wa nastahyee nisaaa'ahum wa innaa fawqahum qaahiroon

    Firʼavn qavmidan boʻlgan zodagonlar: «Seni va xudolaringni tark qilsa ham, Muso va uning qavmini yer yuzida buzgʻunchilik qilishlariga yoʻl qoʻyib berasanmi?» – dedilar. U: «Oʻgʻillarini oʻldirurmiz va ayollarini tirik qoldirurmiz va, albatta, biz ular ustidan qahr oʻtkazuvchimiz», – dedi.

  128. 128

    قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ ٱسْتَعِينُوا۟ بِٱللَّهِ وَٱصْبِرُوٓا۟ ۖ إِنَّ ٱلْأَرْضَ لِلَّهِ يُورِثُهَا مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۖ وَٱلْعَٰقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ

    Qaala Moosaa liqawmihis ta'eenoo billaahi wasbiroo innal arda lillaahi yoorisuhaa mai yashaaa'u min 'ibaadihee wal 'aaqibatu lilmuttaqeen

    Muso oʻz qavmiga: «Allohdan yordam soʻranglar va sabr qilinglar. Yer Allohniki, uni bandalaridan kimni xohlasa, oʻshanga meros qilib beradir. Va oqibat taqvodorlarnikidir», – dedi.

  129. 129

    قَالُوٓا۟ أُوذِينَا مِن قَبْلِ أَن تَأْتِيَنَا وَمِنۢ بَعْدِ مَا جِئْتَنَا ۚ قَالَ عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَن يُهْلِكَ عَدُوَّكُمْ وَيَسْتَخْلِفَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرَ كَيْفَ تَعْمَلُونَ

    Qaaloo oozeenaa min qabli an taatiyanaa wa mim ba'di maa ji'tanaa; qaala 'asaa Rabbukum ai yuhlika 'aduwwakum wa yastakhli fakum fil ardi fayanzura kaifa ta'maloon

    Ular: «Sen bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozor tortdik», – dedilar. U: «Shoyadki, Robbingiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni yer yuziga xalifa qilib, qanday amal qilishingizga nazar solsa», – dedi. [44]

    [44] (Qavm paygʻambariga taʼna qildi. Sen kelmasingdan burun ham ozor tortar edik, oʻshanda ham oʻgʻillarimizni oʻldirib, ayollarimizni tirik qoldirar edilar, sen kelganingdan keyin ham bari bir ozor topmoqdamiz. Ularning fikricha, paygʻambar kelishi hamono hamma narsa ularning foydasiga hal boʻlib qolishi kerak ekan. Ular paygʻambar shaxsiga taʼna qilmoqdalar. Ammo nega oʻzlariga nazar solmaydilar? Oʻzlari nimalar qildilar? Iymon keltirdilarmi? Iymon taqozo etgan biror-bir ishni qildilarmi?)

  130. 130

    وَلَقَدْ أَخَذْنَآ ءَالَ فِرْعَوْنَ بِٱلسِّنِينَ وَنَقْصٍۢ مِّنَ ٱلثَّمَرَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ

    Wa laqad akhaznaaa Aala Fir'awna bis sineena wa naqsim minas samaraati la'allahum yazzakkaroon

    Biz Firʼavn ahlini, shoyad eslasalar deb, (qahatchilik) yillar va mevalar tanqisligi ila tutdik.

  131. 131

    فَإِذَا جَآءَتْهُمُ ٱلْحَسَنَةُ قَالُوا۟ لَنَا هَٰذِهِۦ ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌۭ يَطَّيَّرُوا۟ بِمُوسَىٰ وَمَن مَّعَهُۥٓ ۗ أَلَآ إِنَّمَا طَٰٓئِرُهُمْ عِندَ ٱللَّهِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Fa izaa jaaa'at humul hasanatu qaaloo lanaa haazihee wa in tusibhum saiyi'atuny yattaiyaroo bi Moosaa wa mam ma'ah; alaaa innamaa taaa'iruhum 'indal laahi wa laakinna aksarahum laa ya'lamoon

    Ular oʻzlariga yaxshilik yetganda: «Bunga biz haqdormiz», – dedilar. Agar ularga yomonlik yetsa, Muso va u bilan birga boʻlganlardan shumlandilar. Ogoh boʻlsinlarkim, ularning shumliklari Allohning huzuridan boshqa joyda emas. Lekin koʻplari bilmaslar.

  132. 132

    وَقَالُوا۟ مَهْمَا تَأْتِنَا بِهِۦ مِنْ ءَايَةٍۢ لِّتَسْحَرَنَا بِهَا فَمَا نَحْنُ لَكَ بِمُؤْمِنِينَ

    Wa qaaloo mahmaa taatinaa bihee min Aayatil litasharanaa bihaa famaa nahnu laka bimu'mineen

    Ular: «Har qancha oyat keltirib bizni sehrlamoqchi boʻlsang ham, biz senga iymon keltirguvchi emasmiz», – dedilar.

  133. 133

    فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلطُّوفَانَ وَٱلْجَرَادَ وَٱلْقُمَّلَ وَٱلضَّفَادِعَ وَٱلدَّمَ ءَايَٰتٍۢ مُّفَصَّلَٰتٍۢ فَٱسْتَكْبَرُوا۟ وَكَانُوا۟ قَوْمًۭا مُّجْرِمِينَ

    Fa arsalnaa 'alaihimut toofaana waljaraada walqum mala waddafaadi'a waddama Aayaatim mufassalaatin fastakbaroo wa kaanoo qawmam mujrimeen

    Bas, ularning ustidan toʻfon, chigirtka, mita, baqa va qonlarni ochiq-oydin va mufassal belgilar qilib yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va jinoyatchi qavm boʻldilar. [45]

    [45] (Alloh taolo Firʼavn va uning ahli vaʼz-nasihatga quloq tutsin, insofu iymonga kelsin, qilayotgan jinoyatlaridan qaytsin, deb ularga mufassal qilib, alohida-alohida tarzda oyat-belgilarni yubordi. Baʼzi ulamolarning fikricha, Isro surasidagi «Musoga toʻqqizta ochiq-oydin, oyat-belgi berdik», deyilishiga qaraganda, toʻqqiz yilda toʻqqizta oyat yuborgan, chunonchi: aso, qoʻl, qahatchilik, meva va jonlarni nuqsonga uchratish, toʻfon, chigirtka, mita, baqa va qon. Alloh taolo har gal balo yuborganida, Firʼavn ahli dod-voy solishib, tavba qilishar, jinoyatlarini tark etishga va Bani Isroilni qoʻyib yuborishga Muso alayhissalomga vaʼda berishar edi.)

  134. 134

    وَلَمَّا وَقَعَ عَلَيْهِمُ ٱلرِّجْزُ قَالُوا۟ يَٰمُوسَى ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِندَكَ ۖ لَئِن كَشَفْتَ عَنَّا ٱلرِّجْزَ لَنُؤْمِنَنَّ لَكَ وَلَنُرْسِلَنَّ مَعَكَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ

    Wa lammaa waqa'a 'alaihimur rijzu qaaloo ya Moosad-u lanaa rabbaka bimaa 'ahida 'indaka la'in kashafta 'annar rijza lanu 'minanna laka wa lanursilanna ma'aka Banee Israaa'eel

    Qachonki ustilariga azob tushsa: «Ey Muso, senga bergan ahd hurmati, Robbingga duo qil, agar bizdan azobni koʻtarsang, albatta, senga iymon keltirurmiz va Bani Isroilni sen bilan qoʻyib yuborurmiz», – der edilar.

  135. 135

    فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُمُ ٱلرِّجْزَ إِلَىٰٓ أَجَلٍ هُم بَٰلِغُوهُ إِذَا هُمْ يَنكُثُونَ

    Falammaa kashafnaa 'anhumur rijza ilaaa ajalin hum baalighoohu izaa hum yankusoon

    Qachonki ustilaridagi azobni oʻzlari yetib boradigan muddatga koʻtarsak, qarabsanki, qasamlarini buzib turibdilar.

  136. 136

    فَٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَأَغْرَقْنَٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ بِأَنَّهُمْ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا وَكَانُوا۟ عَنْهَا غَٰفِلِينَ

    Fantaqamnaa minhum fa aghraqnaahum kazzaboo bi Aayaatinaa wa kaanoo 'anhaa ghaafileen

    Bas, ulardan intiqom oldik. Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlari va ulardan gʻofil boʻlganlari uchun ularni dengizga gʻarq qildik. [46]

    [46] (Alloh taolo vaqti-soati yetganida, qoyil maqom qilib intiqom oldi. Allohning oyatlarini rad etib, kofirlardan ibrat olmay, gʻofil boʻlganlari uchun suv qaʼriga gʻarq boʻlib, hammalari birdaniga halok boʻldilar. Oyati karimada, dengizga gʻarq qildik, deyiladi.)

  137. 137

    وَأَوْرَثْنَا ٱلْقَوْمَ ٱلَّذِينَ كَانُوا۟ يُسْتَضْعَفُونَ مَشَٰرِقَ ٱلْأَرْضِ وَمَغَٰرِبَهَا ٱلَّتِى بَٰرَكْنَا فِيهَا ۖ وَتَمَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ ٱلْحُسْنَىٰ عَلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ بِمَا صَبَرُوا۟ ۖ وَدَمَّرْنَا مَا كَانَ يَصْنَعُ فِرْعَوْنُ وَقَوْمُهُۥ وَمَا كَانُوا۟ يَعْرِشُونَ

    Wa awrasnal qawmal lazeena kaanoo yustad'afoona mashaariqal ardi wa maghaari bahal latee baaraknaa feehaa wa tammat kalimatu Rabbikal husnaa 'alaa Baneee Israaa'eela bimaa sabaroo wa dammarnaa maa kaana yasna'u Fir'awnu wa qawmuhoo wa maa kaanoo ya'rishoon

    Va xoʻrlanib yurgan qavmni esa, oʻzimiz barakali qilgan yerning mashriqiyu magʻribiga merosxoʻr qildik. Sabr qilganlari uchun Robbingning goʻzal soʻzlari Bani Isroilga batamom boʻldi. Firʼavn va uning qavmi qurgan narsalarni va ular yuksaltirgan narsalarni vayron qildik. [47]

    [47] (Oyatdagi «xoʻrlanib yurgan qavm»dan murod Bani Isroildir. Firʼavn va uning ahli Bani Isroil oʻgʻlonlarini oʻldirib, qizlarini choʻri, oʻzlarini xizmatkor qilib, mudom xoʻrlashar edilar. Alloh taolo Firʼavn va uning qavmini ulkan jinoyatlari boisidan gʻarq etib, halok qilganidan soʻng, «xoʻrlanib yurgan qavm»ni Oʻzi barakali qilib qoʻygan yerning mashriq va magʻribiga merosxoʻr qilganini eslatmoqda. Endi ular xorlikdan qutulib, ozod va farovon turmush kechirish imkoniga ega boʻldilar.)

  138. 138

    وَجَٰوَزْنَا بِبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْبَحْرَ فَأَتَوْا۟ عَلَىٰ قَوْمٍۢ يَعْكُفُونَ عَلَىٰٓ أَصْنَامٍۢ لَّهُمْ ۚ قَالُوا۟ يَٰمُوسَى ٱجْعَل لَّنَآ إِلَٰهًۭا كَمَا لَهُمْ ءَالِهَةٌۭ ۚ قَالَ إِنَّكُمْ قَوْمٌۭ تَجْهَلُونَ

    Wa jaawaznaa bi Banneee Israaa'eelal bahra fa ataw 'alaa qawminy ya'kufoona 'alaaa asnaamil lahum; qaaloo yaa Moosaj'al lanaa ilaahan kamaa lahum aalihah; qaala innakum qawmun tajhaloon

    Va Bani Isroilni dengizdan olib oʻtdik. Bas, ular oʻz sanamlariga berilib sigʻinayotgan qavm ustiga keldilar. Ular:» Ey Muso, bizga ham xuddi ularning xudolariga oʻxshash xudo qilib ber», – dedilar. U: «Albatta, siz johil qavm boʻlayotibsiz.

  139. 139

    إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ مُتَبَّرٌۭ مَّا هُمْ فِيهِ وَبَٰطِلٌۭ مَّا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Innaa haaa'ulaaa'i mutabbarum maa hum feehi wa baatilum maa kaanoo ya'maloon

    Axir, anavilar ichida turgan narsa halokatdir va qilayotgan ishlari botildir», – dedi. [48]

    [48] (Aslida, ularni Firʼavn va uning ahlining uzoq muddatli ezishidan, xoʻrlashidan xalos etgan Allohga shukr aylab, yolgʻiz Ungagina ibodat qilishlari kerak edi. Aslida, ularni dahshatli azob-uqubatlardan Allohning amri va yordami ila fidokorlik qilib qutqazib olib chiqqan paygʻambarlari Muso alayhissalomning maslahatisiz hech bir ish qilmasliklari lozim edi. Lekin ular bir zolim butparast qavmni yoʻl-yoʻlakay koʻrib qolib, ularga havas qilyaptilar.)

  140. 140

    قَالَ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْغِيكُمْ إِلَٰهًۭا وَهُوَ فَضَّلَكُمْ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ

    Qaala a-ghairal laahi abgheekum ilaahanw wa Huwa faddalakum 'alal 'aalameen

    «Sizlarga Allohdan oʻzgani xudo qilib beraymi?! Holbuki, U sizlarni olamlardan afzal qilgan zot-ku!» – dedi. [49]

    [49] (Alloh taolo ularga paygʻambar yuborib, ilohiy kitob nozil qilsa, shariat berib, oʻz zamonasidagi odamlardan afzal etib qoʻysa-yu, ular oʻz paygʻambarlariga, bizga ham anavi qavmning xudolariga oʻxshash xudo qilib ber, deb turishsa. Bu gʻoyat darajada noshukrlik va oʻtaketgan shakkoklik edi.)

  141. 141

    وَإِذْ أَنجَيْنَٰكُم مِّنْ ءَالِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ ۖ يُقَتِّلُونَ أَبْنَآءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَآءَكُمْ ۚ وَفِى ذَٰلِكُم بَلَآءٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ عَظِيمٌۭ

    Wa iz anjainaakum min Aali Fir'awna yasoomoo nakum sooo'al 'azaab, yuqattiloona abnaaa'akum wa yastahyoona nisaaa'akum; wa fee zaalikum balaaa'um mir Rabbikum 'azeem

    Sizlarni yomon azoblarga qoʻyayotgan, oʻgʻillaringizni oʻldirib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan Firʼavn ahlidan qutqarganimizni eslang! Va bu ishda Robbingizdan ulugʻ sinov bordir.

  142. 142

    ۞ وَوَٰعَدْنَا مُوسَىٰ ثَلَٰثِينَ لَيْلَةًۭ وَأَتْمَمْنَٰهَا بِعَشْرٍۢ فَتَمَّ مِيقَٰتُ رَبِّهِۦٓ أَرْبَعِينَ لَيْلَةًۭ ۚ وَقَالَ مُوسَىٰ لِأَخِيهِ هَٰرُونَ ٱخْلُفْنِى فِى قَوْمِى وَأَصْلِحْ وَلَا تَتَّبِعْ سَبِيلَ ٱلْمُفْسِدِينَ

    Wa waa'adnaa Moosaa salaaseena lailatanw wa at mamnaahaa bi'ashrim fatamma meeqaatu Rabbihee arba'eena lailah; wa qaala Moosaa liakheehi Haaroonakh lufnee fee qawmee wa aslih wa laa tattabi' sabeelal mufsideen

    Va Muso bilan oʻttiz kechaga vaʼdalashdik. Keyin esa, uni oʻn (kecha) bilan tugal qildik. Bas, Robbining belgilagan vaqti toʻliq qirq kecha boʻldi. Muso akasi Horunga: «Qavmimda mening oʻrnimni ol, yaxshi ish qil, buzgʻunchilarning yoʻliga ergashma», – dedi.

  143. 143

    وَلَمَّا جَآءَ مُوسَىٰ لِمِيقَٰتِنَا وَكَلَّمَهُۥ رَبُّهُۥ قَالَ رَبِّ أَرِنِىٓ أَنظُرْ إِلَيْكَ ۚ قَالَ لَن تَرَىٰنِى وَلَٰكِنِ ٱنظُرْ إِلَى ٱلْجَبَلِ فَإِنِ ٱسْتَقَرَّ مَكَانَهُۥ فَسَوْفَ تَرَىٰنِى ۚ فَلَمَّا تَجَلَّىٰ رَبُّهُۥ لِلْجَبَلِ جَعَلَهُۥ دَكًّۭا وَخَرَّ مُوسَىٰ صَعِقًۭا ۚ فَلَمَّآ أَفَاقَ قَالَ سُبْحَٰنَكَ تُبْتُ إِلَيْكَ وَأَنَا۠ أَوَّلُ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Wa lammaa jaaa'a Moosa limeeqaatinaa wa kallamahoo Rabbuhoo qaala Rabbi arineee anzur ilaik; qaala lan taraanee wa laakininzur ilal jabali fa inistaqarra makaanahoo faswfa taraanee; falammaa tajallaa Rabbuhoo liljabali ja'alahoo dakkanw wa kharra Moosaa sa'iqaa; falammaaa afaaqa qaala Subhaanaka tubtu ilaika wa ana awwalul mu'mineen

    Muso miyqotimizga kelib, Robbi unga gapirganida, U: «Robbim, menga (jamolingni) koʻrsatgin, Senga nazar solay», – dedi. U zot: «Meni hech koʻra olmassan. Lekin toqqa nazar sol, agar u makonida sobit tura olsa, bas, Meni koʻrasan», – dedi. Robbi toqqa tajalliy qilganida, uni titilgan holga keltirdi va Muso hushidan ketib yiqildi. Hushiga kelgach: «Sen poksan, Senga tavba qildim. Men moʻminlarning avvalgisiman», – dedi. [50]

    [50] (Bashar farzandi tarixidagi tengi va oʻxshashi yoʻq hodisa. Robb ila bandaning uchrashuvi. Butun olamlarni yaratgan Zot bilan oʻsha olamlarning kichik bir zarrasining yuzlashuvi. Bu uchrashuv tafsilotini va qanday holda roʻy berganini Allohning Oʻzi biladi. Biz esa, Qurʼonda zikr etilgani bilan kifoyalanamiz, xolos. Ehtimol ushbu uchrashuv kelajakdagi mashaqqatlarni yengib oʻtish uchun Muso alayhissalomga quvvat va sabot manbai boʻlar. Ehtimol shuning uchun uchrashuvdan burun qirq kun hamma narsani tark etib, chilla oʻtirib alohida hozirlik koʻrilgandir. Vaqti-soati yetib, uchrashuv oʻz vaqtida, belgilangan joyda sodir boʻldi. Bu uchrashuv arab lafzida «miyqot», yaʼni ismi zamon va ismi makon boʻlib, uchrashuv vaqti va zamoni maʼnosini bildiradi.)

  144. 144

    قَالَ يَٰمُوسَىٰٓ إِنِّى ٱصْطَفَيْتُكَ عَلَى ٱلنَّاسِ بِرِسَٰلَٰتِى وَبِكَلَٰمِى فَخُذْ مَآ ءَاتَيْتُكَ وَكُن مِّنَ ٱلشَّٰكِرِينَ

    Qaala yaa Moosaaa innis tafaituka 'alan naasi bi Risaalaatee wa bi kalaamee fakhuz maaa aataituka wa kum minash shaakireen

    «Ey Muso, men seni odamlar ichidan Paygʻambarligim va gaplashishim ila tanlab oldim. Bas, senga bergan narsamni ol va shukr qiluvchilardan boʻl!» – dedi.

  145. 145

    وَكَتَبْنَا لَهُۥ فِى ٱلْأَلْوَاحِ مِن كُلِّ شَىْءٍۢ مَّوْعِظَةًۭ وَتَفْصِيلًۭا لِّكُلِّ شَىْءٍۢ فَخُذْهَا بِقُوَّةٍۢ وَأْمُرْ قَوْمَكَ يَأْخُذُوا۟ بِأَحْسَنِهَا ۚ سَأُو۟رِيكُمْ دَارَ ٱلْفَٰسِقِينَ

    Wa katabnaa lahoo fil alwaahi minkulli shai'immaw 'izaanw wa tafseelal likulli shai'in fakhuzhaa biquwwatinw waamur qawmaka yaakhuzoo bi ahsanihaa; wa ooreekum daaral faasiqeen

    Va unga lavhlarda hamma narsadan mavʼiza va har bir narsaning tafsilotini yozib berdik. «Bas, ularni quvvat ila tut va ahlingga buyur, ularning eng yaxshilarini olsinlar. Endi, sizlarga fosiqlarning diyorini koʻrsataman», – dedik. [51]

    [51] (Ushbu oyati karimada zikr qilingan «lavhlar» haqida tafsir ulamolari koʻplab maʼlumotlar keltirishgan, koʻplab bahs munozara qilishgan. Ammo keyingi davrdagi muhaqqiq tafsirchi olimlarimiz, maʼlumotlarning hammasi ham ishonchli manbalardan olinmaganligi uchun ular haqida tortishuvning hojati yoʻq, degan xulosaga kelganlar. Biz uchun «lavhlar» nimadan iboratligi, qaysi moddadan boʻlgani, shakli yoki hajmi ahamiyatsiz, balki ularga yozilgan maʼnolar ahamiyatlidir, deydi mufassirlar.)

  146. 146

    سَأَصْرِفُ عَنْ ءَايَٰتِىَ ٱلَّذِينَ يَتَكَبَّرُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَإِن يَرَوْا۟ كُلَّ ءَايَةٍۢ لَّا يُؤْمِنُوا۟ بِهَا وَإِن يَرَوْا۟ سَبِيلَ ٱلرُّشْدِ لَا يَتَّخِذُوهُ سَبِيلًۭا وَإِن يَرَوْا۟ سَبِيلَ ٱلْغَىِّ يَتَّخِذُوهُ سَبِيلًۭا ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا وَكَانُوا۟ عَنْهَا غَٰفِلِينَ

    Sa asrifu 'an Aayaatiyal lazeena yatakabbaroona fil ardi bighairil haqq; wa iny-yaraw kulla Aayatil laa yu'minoo bihaa wa iny-yaraw sabeelar rushdi laa yattakhizoohu sabeelanw wa iny-yaraw sabeelal ghaiyi yatta khizoohu sabeelaa; zaalika bi annahum kazzaboo bi Aayaatinaa wa kaanoo 'anhaa ghaafileen

    Endi, yer yuzida nohaqdan mutakabbirlik qilayotganlarni, barcha oyatlarni koʻrsalar ham, ularga iymon keltirmayotganlarni, toʻgʻrilik yoʻlini koʻrsalar ham, uni oʻzlariga yoʻl tutmayotganlarni, agar adashuv yoʻlini koʻrsalar, uni oʻzlariga yoʻl tutayotganlarni Oʻz oyatlarimdan buraman. Bunday boʻlishi ularning oyatlarimizni yolgʻonga chiqarishlari va ulardan gʻofil boʻlishlari sababidandir.

  147. 147

    وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا وَلِقَآءِ ٱلْءَاخِرَةِ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ ۚ هَلْ يُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Wallazeena kazzaboo bi Aayaatinaa wa liqaaa'il Aakhirati habitat 'amaaluhum; hal yujzawna illaa maa kaanoo ya'maloon

    Oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolgʻonga chiqarganlar amallari behuda ketganlardir. Ular faqat qilib yurgan amallarining jazosini olurlar.

  148. 148

    وَٱتَّخَذَ قَوْمُ مُوسَىٰ مِنۢ بَعْدِهِۦ مِنْ حُلِيِّهِمْ عِجْلًۭا جَسَدًۭا لَّهُۥ خُوَارٌ ۚ أَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّهُۥ لَا يُكَلِّمُهُمْ وَلَا يَهْدِيهِمْ سَبِيلًا ۘ ٱتَّخَذُوهُ وَكَانُوا۟ ظَٰلِمِينَ

    Wattakhaza qawmu Moosaa mim ba'dihee min huliyyihim 'ijlan jasadal lahoo khuwaar; alam yaraw annahoo laa yukallimuhum wa laa yahdeehim sabeelaa; ittakha zoohu wa kaanoo zaalimeen

    Musoning qavmi undan keyin taqinchoqlaridan (boʻlgan), boʻkiradigan buzoq jasadini (xudo) tutdilar. Uning ularga gapirmasligini va ularni hidoyat qilmasligini bilmadilarmi?! Uni (xudo) tutdilar va zulm qiluvchilardan boʻldilar. [52]

    [52] (Yaʼni, Muso alayhissalomning qavmi boʻlmish Bani Isroil, u zot Robbining miyqotiga ketganlaridan soʻng, oʻzlari bilan Misrdan olib chiqqan taqinchoqlardan yasalgan buzoq jasadi — haykalini oʻzlariga xudo qilib oldilar. Bu taqinchoqlar Misr aholisi — qibtiylarning taqinchoqlari edi. Qavm ichidan Samuriy ismli odam oʻsha taqinchoqlardan buzoq shaklini yasab, ustakorlik bilan undan xoʻkizning boʻkirishiga monand ovoz chiqadigan holga keltirdi. Muso alayhissalom Bani Isroilga maʼlum oʻttiz kundan ortiq qolib ketganlaridan soʻng, Samuriy: «Muso miyqotiga ketgan Robbi shuning oʻzi, u unutib qoʻyib boshqa yoqlarda adashib yuribdi», dedi. Bani Isroil paygʻambarlari Musoning soʻzlarini unutib, uning xalifasi Horunning ham gapiga kirmay, Samuriyning igʻvosi ila tilla taqinchoqlardan yasalgan allanechuk boʻkirguvchi buzoq haykaliga sigʻinmoqqa yopirildilar.)

  149. 149

    وَلَمَّا سُقِطَ فِىٓ أَيْدِيهِمْ وَرَأَوْا۟ أَنَّهُمْ قَدْ ضَلُّوا۟ قَالُوا۟ لَئِن لَّمْ يَرْحَمْنَا رَبُّنَا وَيَغْفِرْ لَنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ

    Wa lammaa suqita feee aideehim wa ra aw annahum qad dalloo qaaloo la'il lam yarhamnaa Rabbunaa wa yaghfir lanaa lanakoonanna minal khaasireen

    Qoʻllari tushgan paytda va oʻzlarining adashganlarini bilganlarida: «Agar Robbimiz bizga rahim qilmasa va magʻfirat etmasa, albatta, ziyonkorlardan boʻlamiz», – dedilar.

  150. 150

    وَلَمَّا رَجَعَ مُوسَىٰٓ إِلَىٰ قَوْمِهِۦ غَضْبَٰنَ أَسِفًۭا قَالَ بِئْسَمَا خَلَفْتُمُونِى مِنۢ بَعْدِىٓ ۖ أَعَجِلْتُمْ أَمْرَ رَبِّكُمْ ۖ وَأَلْقَى ٱلْأَلْوَاحَ وَأَخَذَ بِرَأْسِ أَخِيهِ يَجُرُّهُۥٓ إِلَيْهِ ۚ قَالَ ٱبْنَ أُمَّ إِنَّ ٱلْقَوْمَ ٱسْتَضْعَفُونِى وَكَادُوا۟ يَقْتُلُونَنِى فَلَا تُشْمِتْ بِىَ ٱلْأَعْدَآءَ وَلَا تَجْعَلْنِى مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Wa lammaa raja'a Moosaaa ilaa qawmihee ghadbaana asifan qaala bi'samaa khalaftumoonee mim ba'dee a-'ajiltum amra Rabbikum wa alqal alwaaha wa akhaza biraasi akheehi yajurruhoo ilaih; qaalab na umma innal qawmas tad'afoonee wa kadoo yaqtu loonanee; falaa tushmit biyal a'daaa'a wa laa taj'alnee ma'al qawmiz zaalimeen

    Qachonki Muso oʻz qavmiga gʻazablangan va afsus qilgan holida qaytganida: «Mening ketimdan qanday ham yomon xalifa boʻldingiz. Robbingizning amridan (oldin) shoshildingizmi?!» – dedi va lavhlarni tashlab, akasining boshidan tutib, oʻziga torta boshladi. U (Horun): «Ey onamning bolasi, shubhasiz, bu qavm meni xoʻrladi va oʻldirib qoʻyishlariga sal qoldi. Endi sen dushmanlarni ustimdan kuldirmagin va meni ham zolim qavmlardan deb bilmagin», – dedi. [53]

    [53] (Dargʻazab boʻlgan ukadan bu tasarrufni koʻrgan Horun alayhissalom uni bir oz hovridan tushirish uchun oralaridagi aka-ukalik hurmatini eslatib: «Ey onamning bolasi, shubhasiz, bu qavm meni xoʻrladi va oʻldirib qoʻyishlariga sal qoldi», dedilar.)

  151. 151

    قَالَ رَبِّ ٱغْفِرْ لِى وَلِأَخِى وَأَدْخِلْنَا فِى رَحْمَتِكَ ۖ وَأَنتَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ

    Qaala Rabbigh fir lee wa li akhee wa adkhilnaa fee rahmatika wa Anta arhamur raahimeen

    U: «Robbim, meni va akamni magʻfirat qilgin va bizlarni Oʻz rahmatingga kiritgin. Sening Oʻzing rahim qilguvchilarning rahimlirogʻisan», dedi.

  152. 152

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ ٱلْعِجْلَ سَيَنَالُهُمْ غَضَبٌۭ مِّن رَّبِّهِمْ وَذِلَّةٌۭ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُفْتَرِينَ

    Innal lazeenat takhazul 'ijla-sa yanaaluhum ghadabum mir Rabbihim wa zillatun fil hayaatid dunyaa; wa kazaalika najzil muftareen

    Albatta, buzoqni (xudo) tutganlarga Robbilaridan gʻazab va hayoti dunyoda xorlik yetadir. Yolgʻon toʻquvchilarni mana shunday jazolarmiz.

  153. 153

    وَٱلَّذِينَ عَمِلُوا۟ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ثُمَّ تَابُوا۟ مِنۢ بَعْدِهَا وَءَامَنُوٓا۟ إِنَّ رَبَّكَ مِنۢ بَعْدِهَا لَغَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Wallazeena 'amilus saiyiaati summa taaboo mim ba'dihaa wa aamanooo inna Rabbaka mim ba'dihaa la Ghafoorur Raheem

    Gunoh ishlarni qilganlar, undan keyin tavba qilsalar va iymon keltirsalar, albatta, Robbing undan soʻng magʻfirat qilguvchi va mehribon Zotdir.

  154. 154

    وَلَمَّا سَكَتَ عَن مُّوسَى ٱلْغَضَبُ أَخَذَ ٱلْأَلْوَاحَ ۖ وَفِى نُسْخَتِهَا هُدًۭى وَرَحْمَةٌۭ لِّلَّذِينَ هُمْ لِرَبِّهِمْ يَرْهَبُونَ

    Wa lammaa sakata 'am Moosal ghadabu akhazal al waaha wa fee nnuskhatihaa hudanw wa rahmatul lillazeena hum li Rabbihim yarhaboon

    Qachonki Musoning gʻazabi bosilgach, lavhlarni oldi. Ularning nusxasida Robbilaridan haqiqatda qoʻrqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi. [54]

    [54] (Horunning gapidan keyin bir oz oʻziga kelib, Allohdan magʻfirat soʻrab, uning rahmatidan umidvorliklarini bildirganlaridan soʻng, Muso alayhissalomning gʻazablari bosildi. Shunda yerga qoʻygan lavhlarni qoʻllariga oldilar. Bu lavhlarda Alloh taolodan haqiqatda qoʻrqadigan odamlar uchun katta hidoyat va ulkan rahmatlar borligi yozilgan edi.)

  155. 155

    وَٱخْتَارَ مُوسَىٰ قَوْمَهُۥ سَبْعِينَ رَجُلًۭا لِّمِيقَٰتِنَا ۖ فَلَمَّآ أَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ قَالَ رَبِّ لَوْ شِئْتَ أَهْلَكْتَهُم مِّن قَبْلُ وَإِيَّٰىَ ۖ أَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ ٱلسُّفَهَآءُ مِنَّآ ۖ إِنْ هِىَ إِلَّا فِتْنَتُكَ تُضِلُّ بِهَا مَن تَشَآءُ وَتَهْدِى مَن تَشَآءُ ۖ أَنتَ وَلِيُّنَا فَٱغْفِرْ لَنَا وَٱرْحَمْنَا ۖ وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْغَٰفِرِينَ

    Wakhtaara Moosaa qawmahoo sab'eena rajjulal limeeqaatinaa falammaa akhazat humur rajfatu qaala Rabbi law shi'ta ahlaktahum min qablu wa iyyaaya atuhlikunna bimaa fa'alas sufahaaa'u minnaa in hiya illaa fitnatuka tudillu bihaa man tashaaa'u wa tahdee man tashaaa'u Anta waliyyunaa faghfir lanaa warhammnnaa wa Anta khairul ghaafireen

    Va Muso miyqotimizga qavmidan yetmish kishini tanlab oldi. Ularni dahshatli zilzila tutgan paytda: «Ey Robbim, agar xohlasang, bularni ham, meni ham bundan oldin halok qilsang boʻlardi. Esi pastlarimiz qilgan ish tufayli bizni halok qilasanmi? Bu Sening sinovingdan boshqa narsa emas. U ila kimni xohlasang, adashtirasan va kimni xohlasang, hidoyatga solasan. Sen valiyimizsan, bas, bizni magʻfirat qil va rahim et. Sening Oʻzing magʻfirat qiluvchilarning eng yaxshisisan. [55]

    [55] (Bani Isroil tilladan yasalgan buzoq haykaliga ibodat qilib, ulkan gunoh sodir etganlari, keyin afsus bilan tavba qilganlari uchun Alloh taolo Muso alayhissalomga ulardan yetmish kishini Oʻz miyqotiga olib kelishni amr qilgan edi. Muso alayhissalom Bani Isroilning oʻn ikki urugʻidan, buzoqqa ibodat qilmagan yetmish kishini tanlab, Allohning miyqotiga olib bordilar. Ular esa Muso alayhissalomga, bizga Xudoning Oʻzini koʻrsat, deb turib oldilar. Hattoki ular orasidan tanlab olinganlarning qilmishi shu boʻldi. Bunday shakkoklik sodir etganlaridan soʻng, ularni dahshatli zilzila tutib, oʻzlaridan ketdilar.)

  156. 156

    ۞ وَٱكْتُبْ لَنَا فِى هَٰذِهِ ٱلدُّنْيَا حَسَنَةًۭ وَفِى ٱلْءَاخِرَةِ إِنَّا هُدْنَآ إِلَيْكَ ۚ قَالَ عَذَابِىٓ أُصِيبُ بِهِۦ مَنْ أَشَآءُ ۖ وَرَحْمَتِى وَسِعَتْ كُلَّ شَىْءٍۢ ۚ فَسَأَكْتُبُهَا لِلَّذِينَ يَتَّقُونَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَٱلَّذِينَ هُم بِـَٔايَٰتِنَا يُؤْمِنُونَ

    Waktub lanaa fee haazi hid dunyaa hasanatanw wa fil Aakhirati innnaa hudnaaa ilaik; qaala 'azaabee useebu bihee man ashaaa'u wa rahmatee wasi'at kulla shai'; fasa aktubuhaa lillazeena yattaqoona wa yu'toonaz Zakaata wallazeena hum bi Aayaatinaa yu'minoon

    Va bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozib qoʻy. Biz Sening Oʻzingga tavba qildik», – dedi. U zot: «Azobim ila kimni xohlasam, tutaman. Rahmatim esa, hamma narsadan kengdir. Uni taqvo qilganlarga, zakot berganlarga, oyatlarimizga iymon keltirganlarga yozajakman.

  157. 157

    ٱلَّذِينَ يَتَّبِعُونَ ٱلرَّسُولَ ٱلنَّبِىَّ ٱلْأُمِّىَّ ٱلَّذِى يَجِدُونَهُۥ مَكْتُوبًا عِندَهُمْ فِى ٱلتَّوْرَىٰةِ وَٱلْإِنجِيلِ يَأْمُرُهُم بِٱلْمَعْرُوفِ وَيَنْهَىٰهُمْ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَيُحِلُّ لَهُمُ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ ٱلْخَبَٰٓئِثَ وَيَضَعُ عَنْهُمْ إِصْرَهُمْ وَٱلْأَغْلَٰلَ ٱلَّتِى كَانَتْ عَلَيْهِمْ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِهِۦ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَٱتَّبَعُوا۟ ٱلنُّورَ ٱلَّذِىٓ أُنزِلَ مَعَهُۥٓ ۙ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    Allazeena yattabi'oonar Rasoolan Nabiyyal ummiyyal lazee yajidoonahoo maktooban 'indahum fit Tawraati wal Injeeli yaa muruhum bilma'roofi wa yanhaahum 'anil munkari wa yuhillu lahumul taiyibaati wa yuharrimu 'alaihimul khabaaa'isa wa yada'u 'anhum israhum wal aghlaalal latee kaanat 'alaihim; fallazeena aamanoo bihee wa 'azzaroohu wa nnasaroohu wattaba'un nooral lazeee unzila ma'ahooo ulaaa'ika humul muflihoon

    Ular oʻz huzurlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holida topiladigan, ularni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan, ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan, ustilaridagi yukni yengillatib, kishanlarni yechadigan ummiy Nabiy, Paygʻambarga ergashurlar. Bas, unga iymon keltirib, yordam berib va uni qoʻllab-quvvatlagan hamda unga nozil boʻlgan nurga ergashganlar — ana oʻshalar najot topguvchilardir», – dedi. [56]

    [56] (Allohdan gunohlarini kechishini soʻraganlaridan soʻng, u zot ikki dunyoning yaxshiligini ham soʻradilar. Faqat oxiratninggina emas, bu dunyo va u dunyoning yaxshiliklarini soʻradilar. Bu hammaga oʻrnak boʻlishi kerak. Muso alayhissalom tanlab olingan yetmish nafar nomidan qilgan iltijolari oxirida «Biz senga tavba qildik», dedilar. Muhammad alayhissalotu vassalomning sifatlari haqiqiy Tavrot va haqiqiy Injilda yozilgan. Shunday boʻlishini Alloh taolo qadimda Muso alayhissalom bilan birga miyqotga kelgan Bani Isroilning yetmishta vakiliga ham aytgan. Keyinchalik shunday boʻldi ham. Qanchadan-qancha ahli kitoblar yoki bu kitoblardan boʻlajak paygʻambarning sifatlari haqida maʼlumot olganlar Muhammad alayhissalotu vassalomni koʻrishlari bilan iymonga keldilar.)

  158. 158

    قُلْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُمْ جَمِيعًا ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۖ فَـَٔامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِ ٱلنَّبِىِّ ٱلْأُمِّىِّ ٱلَّذِى يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَكَلِمَٰتِهِۦ وَٱتَّبِعُوهُ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ

    Qul yaaa aiyuhan naasu innee Rasoohul laahi ilaikum jamee'anil lazee lahoo mulkus samaawaati wal ardi laaa ilaaha illaa Huwa yuhyee wa yumeetu fa aaminoo billaahi wa Rasoolihin Nabiyyil ummiy yil lazee yu'minu billaahi wa Kalimaatihee wattabi'oohu la'allakum tahtadoon

    Sen: «Ey odamlar, albatta, men sizlarning barchangizga, osmonlaru yerning mulki Uniki boʻlgan, Undan oʻzga iloh yoʻq boʻlgan va tiriltirib oʻldiradigan Allohning Paygʻambaridirman. Bas, Allohga hamda Uning Alloh va Uning kalimalariga iymon keltiradigan ummiy Nabiysiga iymon keltiring. Va unga ergashing, shoyadki, hidoyat topsangiz», – deb ayt. [57]

    [57] (Burungi paygʻambarlar oʻz qavmlari va oʻz zamonlariga, oʻzlaridan soʻng yangi paygʻambar kelguncha boʻlgan davrga paygʻambar boʻlganlar. Ular insoniyat tarixining maʼlum bir davri uchun masʼul boʻlganlar. Ammo Islom paygʻambari Muhammad alayhissalotu vassalom butun olam xalqlariga va qiyomatga qadar kechadigan zamonlarga paygʻambar boʻlib keldilar. U kishining shariatlari vaqt oʻtishi bilan eskirib qolmaydi, balki barcha vaqt va makonga salohiyati bor shariatdir. Shuning uchun ham Muhammad alayhissalotu vassalomga butun insoniyatga qarata, men barchangizga paygʻambarman, deb aytish huquqi berilgan.)

  159. 159

    وَمِن قَوْمِ مُوسَىٰٓ أُمَّةٌۭ يَهْدُونَ بِٱلْحَقِّ وَبِهِۦ يَعْدِلُونَ

    Wa min qawmi Moosaaa ummatuny yahdoona bilhaqqi wa bihee ya'diloon

    Va Musoning qavmidan baʼzi jamoalar borki, haq ila hidoyat qilib, u ila adolat qilurlar. [58]

    [58] (Yaʼni, Bani Isroil yoppasiga yomon boʻlmagan. Muso alayhissalom davrlarida ularning orasida baʼzi jamoalar haq soʻzlar ila odamlarni hidoyatga boshlab, haq ila ularning safida adolat qilganlar. Keyinchalik Muhammad alayhissalotu vassalom paygʻambar boʻlib kelganlarida Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhuga oʻxshash Bani Isroil ahli shunday qildilar.)

  160. 160

    وَقَطَّعْنَٰهُمُ ٱثْنَتَىْ عَشْرَةَ أَسْبَاطًا أُمَمًۭا ۚ وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ إِذِ ٱسْتَسْقَىٰهُ قَوْمُهُۥٓ أَنِ ٱضْرِب بِّعَصَاكَ ٱلْحَجَرَ ۖ فَٱنۢبَجَسَتْ مِنْهُ ٱثْنَتَا عَشْرَةَ عَيْنًۭا ۖ قَدْ عَلِمَ كُلُّ أُنَاسٍۢ مَّشْرَبَهُمْ ۚ وَظَلَّلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلْغَمَٰمَ وَأَنزَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلْمَنَّ وَٱلسَّلْوَىٰ ۖ كُلُوا۟ مِن طَيِّبَٰتِ مَا رَزَقْنَٰكُمْ ۚ وَمَا ظَلَمُونَا وَلَٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

    Wa qatta' naahumus natai 'ashrata asbaatan umamaa; wa awhainaa ilaa Moosaaa izis tasqaahu qawmuhooo anid rib bi'asaakal hajara fambajasat minhus nata 'ashrata 'ainan qad 'alima kullu unaasim mashrabahm; wa zallalnaa 'alaihimul ghammaamma wa anzalnaa 'alaihimul MManna was Salwaa kuloo min taiyibaati maa razaqnaakum; wa maa zalamoonaa wa laakin kaanooo anfusahum yazlimoon

    Ularni oʻn ikki urugʻ — jamoaga boʻlib yubordik. Va qavmi undan suv talab qilgan paytda Musoga: «Asoing ila toshni ur!» deb vahiy yubordik. U(tosh)dan oʻn ikkita buloq otilib chiqdi. Hamma odamlar oʻz suvxonasini bildi. Va ularga bulutni soyabon qildik, mann va bedanalarni nozil qildik. «Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar» (dedik). Ular Bizga zulm qilmadilar. Lekin oʻzlariga zulm qilar edilar. [59]

    [59] (Maʼlumki, Isroil laqabini olgan Yaʼqub alayhissalomning oʻn ikkita oʻgʻillari bor edi. Alloh ana oʻsha oʻn ikkita oʻgʻildan tarqalgan farzandlarning har birini bir jamoa — qabila qilib qoʻydi. Sahroda suv bilan taʼminlashning ustiga, Bani Isroil boshida bulutni soyabon boʻlib suzib yuradigan qilib qoʻydi. Ular qayerga bormasinlar, boshlari uzra bulut soya solib turar edi. Taom sifatida osmondan mann (asalli halvo) va bedana goʻshtini hozir qilib qoʻydi.)

  161. 161

    وَإِذْ قِيلَ لَهُمُ ٱسْكُنُوا۟ هَٰذِهِ ٱلْقَرْيَةَ وَكُلُوا۟ مِنْهَا حَيْثُ شِئْتُمْ وَقُولُوا۟ حِطَّةٌۭ وَٱدْخُلُوا۟ ٱلْبَابَ سُجَّدًۭا نَّغْفِرْ لَكُمْ خَطِيٓـَٰٔتِكُمْ ۚ سَنَزِيدُ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Wa iz qeela lahumuskunoo haazihil qaryata wa kuloo minhaa haisu shi'tum wa qooloo hittatunw wadkhulul baaba sujjadan naghfir lakum khateee'aatikum; sanazeedul muhsineen

    Ularga: «Mana bu shaharni maskan tutinglar, unda xohlagan joyingizda taom yeng va «Hittatun» (gunohlarimizni kechir) deb eshikdan sajda qilgan holingizda kirsangiz, sizning xatolaringizni magʻfirat qilamiz, ehson qiluvchilarga ziyoda qilamiz», deganimizni esla.

  162. 162

    فَبَدَّلَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْهُمْ قَوْلًا غَيْرَ ٱلَّذِى قِيلَ لَهُمْ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِجْزًۭا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُوا۟ يَظْلِمُونَ

    Fabaddalal lazeena zalamoo minhum qawlan ghairal lazee qeela lahum fa arsalnaa 'alaihim rijzam minas samaaa'i bimaa kaanoo yazlimoon

    Bas, ulardan zulm qilganlari ularga aytilgandan oʻzga gapni almashtirdilar. Bas, zulm qilganlari tufayli ustlariga osmondan azob yubordik. [60]

    [60] (Ulardan zulm qilganlari aytishlari lozim boʻlgan «Hittatun» degan iborani, «Hintatun», yaʼni «bugʻdoy» degan soʻzga almashtirdilar va shaharga sajda qilgan hollarida emas, ortlari bilan surilib kirdilar. Ana shu itoatsizlik va zulmlari uchun Alloh taolo ularning ustidan azob tushirdi.)

  163. 163

    وَسْـَٔلْهُمْ عَنِ ٱلْقَرْيَةِ ٱلَّتِى كَانَتْ حَاضِرَةَ ٱلْبَحْرِ إِذْ يَعْدُونَ فِى ٱلسَّبْتِ إِذْ تَأْتِيهِمْ حِيتَانُهُمْ يَوْمَ سَبْتِهِمْ شُرَّعًۭا وَيَوْمَ لَا يَسْبِتُونَ ۙ لَا تَأْتِيهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ نَبْلُوهُم بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ

    Was'alhum 'anil qaryatil latee kaanat haadiratal bahri iz ya'doona fis Sabt iz taateehim heetaanuhum yawma Sabtihim shurra'anw wa yawma laa yasbitoona laa taateehim; kazaalika nabloohum bimaa kaanoo yafsuqoon

    Ulardan dengiz sohilida boʻlgan qishloq haqida, shanba kunida haddan oshganlari, shanbalik kunlarida baliqlari ochiq kelib, shanbalik qilmagan kunlari kelmagani haqida soʻra. Qilgan fosiqliklari tufayli ularni shunday sinaymiz. [61]

    [61] (Oyatdagi bu xitob Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalotu vassalomga qaratilgandir. Alloh ul zotga yahudiylardan ularning tarixida boʻlib oʻtgan mashhur voqea haqida soʻrashga amr qilmoqda. Bani Isroilning talablariga binoan haftaning shanba kuni ular uchun bayram, dam olish kuni qilib belgilandi. Bu kuni ularga ishlash va tirikchilikka urinish harom qilindi. Sohil boʻyidagi mazkur qishloqda yahudiylar uchun katta sinov boʻldi. Shanba kuni baliqlar sohilga kelib ochiq-oydin koʻrinib, koʻzlarini oʻynatib yurar edi. Shanba kunidan boshqa kuni esa hech bir baliq koʻrinmasdi. Shunda Bani Isroildan baʼzilari chidab tura olmay man qilingan amrni buzdilar. Rivoyatlarda kelishicha, ular shanba kuni alohida toʻsiqlar tashlab, sohilga kelgan baliqlarni qaytib keta olmaydigan qilib qoʻyishar va yakshanba kuni yigʻib olishar, shu bilan birga, biz Allohning amrini buzganimiz yoʻq, shanba kuni dam oldik, ov qilganimiz yoʻq, der edilar.)

  164. 164

    وَإِذْ قَالَتْ أُمَّةٌۭ مِّنْهُمْ لِمَ تَعِظُونَ قَوْمًا ۙ ٱللَّهُ مُهْلِكُهُمْ أَوْ مُعَذِّبُهُمْ عَذَابًۭا شَدِيدًۭا ۖ قَالُوا۟ مَعْذِرَةً إِلَىٰ رَبِّكُمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ

    Wa iz qaalat ummatum minhum lima ta'izoona qaw manil laahu muhlikuhum aw mu'azzibuhum 'azaaban shadeedan qaaloo ma'ziratan ilaa Rabbikum wa la'allahum tattaqoon

    Ulardan bir jamoat: «Alloh halok qiluvchi yoki shiddatli azob-la azoblovchi qavmga vaʼz qilib nima qilasiz?!» deganida, ular: «Robbingizga uzr boʻlishi uchun va shoyadki, taqvo qilsalar deb», – dedilar. [62]

    [62] (Yaʼni, Alloh oldidagi burchimizni ado etdik. Oxirat kuni Alloh soʻrab qolsa, uzr boʻlishi uchun ularga nasihat qildik va yana shoyadki nasihat taʼsir etib, taqvo qilib qolsalar, degan umidimiz bor edi, dedilar.)

  165. 165

    فَلَمَّا نَسُوا۟ مَا ذُكِّرُوا۟ بِهِۦٓ أَنجَيْنَا ٱلَّذِينَ يَنْهَوْنَ عَنِ ٱلسُّوٓءِ وَأَخَذْنَا ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ بِعَذَابٍۭ بَـِٔيسٍۭ بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ

    Falammaa nasoo maa zukkiroo bihee anjainal lazeena yanhawna 'anis sooo'i wa akhaznal lazeena zalamoo bi'azaabim ba'eeim bimaa kaanooyafsuqoon

    Bas, ular oʻzlariga eslatma boʻlgan narsani unutganlarida, yomonlikdan qaytarayotganlarga najot berdik va zulm qilganlarni qilgan fosiqliklari tufayli shiddatli azob ila tutdik.

  166. 166

    فَلَمَّا عَتَوْا۟ عَن مَّا نُهُوا۟ عَنْهُ قُلْنَا لَهُمْ كُونُوا۟ قِرَدَةً خَٰسِـِٔينَ

    Falammaa 'ataw 'ammmaa nuhoo 'anhu qulna lahum kkoonoo qiradatan khaasi'een

    Bas, ular oʻzlari qaytarilgan narsadan qaytmay, takabburlik qilganlarida, ularga: «Xoʻrlangan maymunlarga aylaning!» – dedik. [63]

    [63] (Solih qavmlar vaʼz qilib qaytarsalar ham, ular qaytmadilar. Mutakabbirlik qildilar va ular «xoʻrlangan maymunga» aylandilar. Chunki Alloh taoloning «Boʻl» degan amri boʻlmasdan qolmaydi. Ular oddiy maymun emas, «xoʻrlangan maymun»ga aylandilar.)

  167. 167

    وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكَ لَيَبْعَثَنَّ عَلَيْهِمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ مَن يَسُومُهُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ ۗ إِنَّ رَبَّكَ لَسَرِيعُ ٱلْعِقَابِ ۖ وَإِنَّهُۥ لَغَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Wa iz ta azzana Rabbuka la yab'asannna 'alaihim ilaa Yawmil Qiyaamati mai yasoomuhum sooo'al 'azaab; inna Rabbaka lasaree'ul 'iqaab; wa innahoo la Ghafoorur Raheem

    Robbing, albatta, ularning ustlariga qiyomat kunigacha ularga yomon azobni tottiradiganlarni yuborishni eʼlon qilganini esla! Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir va, albatta, U magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  168. 168

    وَقَطَّعْنَٰهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ أُمَمًۭا ۖ مِّنْهُمُ ٱلصَّٰلِحُونَ وَمِنْهُمْ دُونَ ذَٰلِكَ ۖ وَبَلَوْنَٰهُم بِٱلْحَسَنَٰتِ وَٱلسَّيِّـَٔاتِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

    Wa qatta'naahum fil ardi umamam minhumus aalihoona wa min hum doona zaalika wa balawnaahum bilhasanaati wassaiyi aati la'allahum yarji'oon

    Va ularni yer yuzida jamoatlarga boʻlib yubordik. Ulardan ahli solihlari bor va ulardan unday emaslari ham bor. Shoyadki, qaytsalar deb, ularni yaxshiliklar va yomonliklar ila sinadik.

  169. 169

    فَخَلَفَ مِنۢ بَعْدِهِمْ خَلْفٌۭ وَرِثُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ يَأْخُذُونَ عَرَضَ هَٰذَا ٱلْأَدْنَىٰ وَيَقُولُونَ سَيُغْفَرُ لَنَا وَإِن يَأْتِهِمْ عَرَضٌۭ مِّثْلُهُۥ يَأْخُذُوهُ ۚ أَلَمْ يُؤْخَذْ عَلَيْهِم مِّيثَٰقُ ٱلْكِتَٰبِ أَن لَّا يَقُولُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْحَقَّ وَدَرَسُوا۟ مَا فِيهِ ۗ وَٱلدَّارُ ٱلْءَاخِرَةُ خَيْرٌۭ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Fakhalafa mim ba'dihim khalfunw warisul Kitaaba yaa khuzoona 'arada haazal adnaa wa yaqooloona sayughfaru lanaa wa iny yaatihim 'aradum misluhoo yaakhuzooh; alam yu'khaz 'alaihim 'aradum misluhoo yaakhuzooh; alam yu'khaz 'alaihim meesaaqul Kitaabi al laa yaqooloo 'alal laahi illal haqqa wa darasoo maa feeh; wad Daarul Aakhirtu khairul lillazeena yattaqoon; afalaa ta'qiloon

    Bas, ulardan soʻng, ortlaridan kitobni merosga olgan bir oʻrinbosarlar keldiki, ular mana bu tubanning oʻtkinchi(matohi)ni oladilar va «Bizni kechirilur», – derlar. Agar oʻshanga oʻxshash oʻtkinchi narsa kelsa, yana olaveradilar. Ulardan Allohga nisbatan faqat haqdan boshqa narsa aytmaslikka Kitobning ahdu paymoni olingan emasmidi?! Ular u(kitob)dagi narsalarni oʻrganganlar-ku?! Oxirat hovlisi taqvo qilganlar uchun yaxshidir. Aql ishlatmaysizlarmi?! [64]

    [64] (Aslida, Alloh gunohni bilmay qilib qoʻyib, tavba-nadomat chekkan, qayta unga yaqinlashmaganlarnigina kechiradi. Ammo bilib turib gunoh qilgach, tavba qilmaydigan, oʻzlaricha «bizni kechiriladi», deb hukm chiqarib, yana gunoh qilaveradiganlar Allohga nisbatan faqat haqdan boshqa narsa aytmaslikka Kitobning ahd-paymonini olgan emasmidilar?! Alloh Tavrotda Bani Isroilga buni taʼkidlab aytgan edi.)

  170. 170

    وَٱلَّذِينَ يُمَسِّكُونَ بِٱلْكِتَٰبِ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ إِنَّا لَا نُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُصْلِحِينَ

    Wallazeena yumas sikoona bil Kitaabi wa aqaamus Salaata innaa laa nudee'uajral musliheen

    Kitobni mahkam tutganlar va namozni toʻkis ado etganlar boʻlsa, albatta, Biz ahli solihlarning ajrlarini zoye qilmasmiz.

  171. 171

    ۞ وَإِذْ نَتَقْنَا ٱلْجَبَلَ فَوْقَهُمْ كَأَنَّهُۥ ظُلَّةٌۭ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُۥ وَاقِعٌۢ بِهِمْ خُذُوا۟ مَآ ءَاتَيْنَٰكُم بِقُوَّةٍۢ وَٱذْكُرُوا۟ مَا فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

    Wa iz nataqnal jabala fawqahum ka annahoo zullatunw wa zannooo annahoo waaqi'um bihim khuzoo maaa aatainaakum biquwwatinw wazkuroo maa feehi la'allakum tattaqoon

    Ularning ustiga togʻni xuddi soyabondek koʻtarganimizni, ular uni, ustimizga tushib ketadi, deb oʻylaganlarida, sizga bergan narsamizni quvvat ila olinglar va undagi narsani eslanglar, shoyadki, taqvo qilsangiz, deganimizni esla.

  172. 172

    وَإِذْ أَخَذَ رَبُّكَ مِنۢ بَنِىٓ ءَادَمَ مِن ظُهُورِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَأَشْهَدَهُمْ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ أَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ ۖ قَالُوا۟ بَلَىٰ ۛ شَهِدْنَآ ۛ أَن تَقُولُوا۟ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ إِنَّا كُنَّا عَنْ هَٰذَا غَٰفِلِينَ

    Wa iz akhaza Rabbuka mim Baneee Aadama min zuhoorihim zurriyyatahum wa ash hadahum 'alaa anfusihim alastu bi Rabbikum qaaloo balaa shahidnaaa; an taqooloo Yawmal Qiyaamati innaa kunnaa 'an haazaa ghaafileen

    Robbing Bani Odamning umurtqa pogʻonasidan, qiyomat kuni «bundan gʻofil edik» demasliklaringiz uchun, zurriyotlarini olib, oʻzlariga oʻzlarini guvoh qilib: «Robbingiz emasmanmi?» – deganida, «Xuddi shunday! Guvoh boʻldik!» – deganlarini esla. [65]

    [65] (Alloh taolo Oʻziga maʼlum boʻlgan bir paytda, davri qiyomatgacha dunyoga keladigan barcha odamlarni otalarining sulbidan urugʻliklarni chiqarib olgan va oʻsha urugʻliklarga «Robbingiz emasmanmi?!» deb savol bergan. Mazkur ilohiy savolga hamma zurriyotlar «Xuddi shunday», yaʼni albatta, sen Robbimizsan, «guvoh boʻldik», deb javob berishgan. Shunga binoan inson urugʻlik paytida, yaʼni ona qorniga oʻtganda va inson boʻlib yaralganda, Allohning Robb ekanligini eʼtirof etguvchi tabiat sohibi boʻladi.)

  173. 173

    أَوْ تَقُولُوٓا۟ إِنَّمَآ أَشْرَكَ ءَابَآؤُنَا مِن قَبْلُ وَكُنَّا ذُرِّيَّةًۭ مِّنۢ بَعْدِهِمْ ۖ أَفَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ ٱلْمُبْطِلُونَ

    Aw taqoolooo innamaaa ashraka aabaaa 'unaa min qablu wa kunnaa zurriyyatam mim ba'dihim afatuhlikunna bimaa fa'alal mubtiloon

    Yoki: «Haqiqatda, shirk keltirganlar oldingi ota-bobolarimiz, biz, ularning keyingi zurriyotimiz. Botil ish qiluvchilarning qilmishi tufayli bizlarni halok etasanmi?» demasligingiz uchun.

  174. 174

    وَكَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ وَلَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

    Wa kazaalika nufassihul Aayaati wa la'allahum yarji'oon

    Shoyad qaytsalar deb, oyatlarni mana shunday batafsil bayon qilamiz.

  175. 175

    وَٱتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ ٱلَّذِىٓ ءَاتَيْنَٰهُ ءَايَٰتِنَا فَٱنسَلَخَ مِنْهَا فَأَتْبَعَهُ ٱلشَّيْطَٰنُ فَكَانَ مِنَ ٱلْغَاوِينَ

    Watlu 'alaihim naba allazeee aatainaahu Aayaatinaa fansalakha minhaa fa atba'a hush Shaytaano fakaana minal ghaaween

    Ularga oyatlarimizni berganimizda, ulardan oʻzini olib qochgan va uni shayton ergashtirib ketib, igʻvoga uchganlardan boʻlgan shaxsning xabarini tilovat qilib ber! [66]

    [66] (Ushbu oyati karimada zikr qilingan shaxs kim ekani xususida moʻtabar tafsir kitoblarimizda koʻp sonli turli-tuman rivoyatlar bor. Shuning oʻzi ham bu oyat muayyan bir shaxsga xos boʻlmay, balki maʼlum bir toifa odamlarga xos ekanini koʻrsatib turibdi. Oyati karimada «oyatlarimizni berganimizda», deyilishiga koʻra, u odam diniy ilmdan ogoh ekani koʻrinib turibdi. Demak, u odamga Alloh taolo diniy ilmlarni egallashga imkon bergan, ammo u (Alloh) oyatlaridan oʻzini olib qochgan, yaʼni ilmiga amal qilmagan. Shu tufayli, «uni shayton ergashtirib ketib, igʻvoga uchganlardan boʻlgan».)

  176. 176

    وَلَوْ شِئْنَا لَرَفَعْنَٰهُ بِهَا وَلَٰكِنَّهُۥٓ أَخْلَدَ إِلَى ٱلْأَرْضِ وَٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ ۚ فَمَثَلُهُۥ كَمَثَلِ ٱلْكَلْبِ إِن تَحْمِلْ عَلَيْهِ يَلْهَثْ أَوْ تَتْرُكْهُ يَلْهَث ۚ ذَّٰلِكَ مَثَلُ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا ۚ فَٱقْصُصِ ٱلْقَصَصَ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

    Wa law shi'naa larafa'naahu bihaa wa laakin nahooo akhlada ilal ardi watta ba'a hawaah; famasaluhoo kamasalil kalb; in tahmil 'alaihi yalhas aw tatruk hu yalhas; zaalika masalul qawmil lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa; faqsusil qasasa la'allahum yatafakkaroon

    Agar xohlasak, uni oʻsha(oyat)lar bilan koʻtarar edik. Lekin uning oʻzi yerga yopishdi va havoyi nafsiga ergashdi. Bas, uning misoli xuddi bir itga oʻxshar, uni haydasang ham, tilini osiltirib turaveradir, tek qoʻysang ham, tilini osiltirib turaveradir. Bu, Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan qavmlarning misolidir. Bu qissani hikoya qil, shoyadki, tafakkur qilsalar.

  177. 177

    سَآءَ مَثَلًا ٱلْقَوْمُ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا وَأَنفُسَهُمْ كَانُوا۟ يَظْلِمُونَ

    Saaa'a masalanil qawmul lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa wa anfusahum kaanoo yazlimoon

    Oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan qavmlarning misoli qanday ham yomon boʻldi! Ular oʻzlariga zulm qiladilar.

  178. 178

    مَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلْمُهْتَدِى ۖ وَمَن يُضْلِلْ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ

    mai yahdil laahu fa huwal muhtadee wa mai yudlil fa ulaaa'ika humul khaasiroon

    Alloh kimni hidoyatga solsa, oʻsha hidoyat topuvchidir. Kimni adashtirsa, oʻshalar oʻzlari ziyon koʻruvchilardir.

  179. 179

    وَلَقَدْ ذَرَأْنَا لِجَهَنَّمَ كَثِيرًۭا مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ ۖ لَهُمْ قُلُوبٌۭ لَّا يَفْقَهُونَ بِهَا وَلَهُمْ أَعْيُنٌۭ لَّا يُبْصِرُونَ بِهَا وَلَهُمْ ءَاذَانٌۭ لَّا يَسْمَعُونَ بِهَآ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ كَٱلْأَنْعَٰمِ بَلْ هُمْ أَضَلُّ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْغَٰفِلُونَ

    Wa laqad zaraanaa li jahannama kaseeram minal jinni wal insi lahum quloobul laa yafqahoona bihaa wa lahum a'yunul laa yubisiroona bihaa wa lahum aazaanul laa yasma'oona bihaa; ulaaa'ika kal an'aami bal hum adall; ulaaa'ika humul ghaafiloon

    Batahqiq, jahannam uchun koʻplab jin va inslarni yaratdik. Ularning dillari bor-u, tushuna olmaslar. Koʻzlari bor-u, koʻra olmaslar. Quloqlari bor-u, eshita olmaslar. Ana oʻshalar chorva hayvonlari kabidirlar. Balki ulardan ham battarroqdirlar. Ana oʻshalar gʻofildirlar.

  180. 180

    وَلِلَّهِ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ فَٱدْعُوهُ بِهَا ۖ وَذَرُوا۟ ٱلَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِىٓ أَسْمَٰٓئِهِۦ ۚ سَيُجْزَوْنَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Wa lillaahil Asmaaa 'ul Husnaa fad'oohu bihaa wa zarul lazeena yulhidoona feee Asmaaa'ih; sa yujzawna maa kaanoo ya'maloon

    Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, Unga oʻsha (ism)lar ila duo qiling va Uning ismlaridan ogʻadiganlarni tek qoʻying. Yaqinda qilgan amallariga yarasha jazolanurlar. [67]

    [67] (Allohning barcha ismlari goʻzaldir. Moʻmin-musulmon banda Allohga duo qilganida, oʻsha goʻzal ismlar ila duo qilmogʻi lozim. Imomi Buxoriy va imom Muslimlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom: «Allohning toʻqson toʻqqizta, bir kam yuzta ismi bordir. Kim ularni sanab chiqsa, jannatga kiradi. Alloh toqdir, toqni yaxshi koʻradi», deganlar.)

  181. 181

    وَمِمَّنْ خَلَقْنَآ أُمَّةٌۭ يَهْدُونَ بِٱلْحَقِّ وَبِهِۦ يَعْدِلُونَ

    Wa mimman khalaqnaaa ummatuny yahdoona bilhaqqi wa bihee ya'diloon

    Va Biz yaratgan kimsalar ichida haq ila hidoyat qiladigan va u ila adolat qiladigan jamoat ham bor.

  182. 182

    وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا سَنَسْتَدْرِجُهُم مِّنْ حَيْثُ لَا يَعْلَمُونَ

    Wallazeena kazzaboo bi Aayaatinaa sanastadrijuhum min haisu laa ya'lamoon

    Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni esa, ular bilmaydigan tomondan asta-sekin olamiz. [68]

    [68] (Yaʼni, Alloh taolo kofir va munofiqlarni ohista-ohista oʻzlariga bildirmagan holda halok qiladi. Dastavval ularning xohlagan yoʻrigʻiga yurishga imkon berib qoʻyadi. Kofirlar bu holni oʻzlarining tadbiri, aqli va urinishlariga yoʻyib, zalolatda shiddatlayveradi. Oxir borib, halokatga duch keladi.)

  183. 183

    وَأُمْلِى لَهُمْ ۚ إِنَّ كَيْدِى مَتِينٌ

    Wa umlee lahum; inna kaidee mateen

    Ularga muhlat berib qoʻyaman. Albatta, Mening «makrim» metindir.

  184. 184

    أَوَلَمْ يَتَفَكَّرُوا۟ ۗ مَا بِصَاحِبِهِم مِّن جِنَّةٍ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا نَذِيرٌۭ مُّبِينٌ

    Awalam yatafakkaroo maa bisaahibihim min jinnah; in huwa illaa nazeerum mubeen

    Ular oʻz sohiblarida majnunlik yoʻqligini tafakkur qilib koʻrmaydilarmi?! U faqat oshkora ogohlantiruvchi, xolos.

  185. 185

    أَوَلَمْ يَنظُرُوا۟ فِى مَلَكُوتِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا خَلَقَ ٱللَّهُ مِن شَىْءٍۢ وَأَنْ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ قَدِ ٱقْتَرَبَ أَجَلُهُمْ ۖ فَبِأَىِّ حَدِيثٍۭ بَعْدَهُۥ يُؤْمِنُونَ

    Awalam yanzuroo fee malakootis samaawaati wal ardi wa maa khalaqal laahu min shai'inw wa an 'asaaa ai yakoona qadiqtaraba ajaluhum fabi aiyi hadeesim ba'dahoo yu'minoon

    Osmonlaru yerning mulklariga, Alloh yaratgan narsalarga va, ajab emaski, ajallari yaqinlashib qolgan boʻlishiga nazar solmaydilarmi? Bundan keyin yana qaysi gapga ishonadilar?!

  186. 186

    مَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَلَا هَادِىَ لَهُۥ ۚ وَيَذَرُهُمْ فِى طُغْيَٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ

    Mai yadlilil laahu falaa haadiyaa lah; wa yazaruhum fee tughyaanihim ya'mahoon

    Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hidoyat qiluvchi yoʻqdir. Ularni tek qoʻyib qoʻyadi, tugʻyonlarida adashib-uloqib yuraveradilar.

  187. 187

    يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلسَّاعَةِ أَيَّانَ مُرْسَىٰهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ رَبِّى ۖ لَا يُجَلِّيهَا لِوَقْتِهَآ إِلَّا هُوَ ۚ ثَقُلَتْ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ لَا تَأْتِيكُمْ إِلَّا بَغْتَةًۭ ۗ يَسْـَٔلُونَكَ كَأَنَّكَ حَفِىٌّ عَنْهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ ٱللَّهِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

    Yas'aloonaka 'anis Saa'ati aiyaana mursaahaa qul innamaa 'ilmuhaa 'inda Rabbee laa yujallaeehaa liwaqtihaaa illaa Hoo; saqulat fis samaawaati wal ard; laa taateekum illaa baghtah; yas'aloonaka ka annaka hafiyyun 'anhaa qul innamaa 'ilmuhaa 'indal laahi wa laakinna aksaran naasi laa ya'lamoon

    Sendan soat (qiyomat) qachon sobit boʻlishi haqida soʻrarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Robbim huzuridadir. Uni faqat Oʻzigina zohir qiladir. U osmonlaru yerda ogʻir ish boʻladi. Sizlarga faqat toʻsatdan keladir», – deb ayt. Xuddi sen uni bilishing kerakdek, sendan soʻrarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir. Lekin koʻp odamlar bilmaslar», – deb ayt. [69]

    [69] (Qiyomat Allohdan boshqa hech kim bilishi mumkin boʻlmagan hodisadir. Lekin mushriklar Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomni sinash, ul zotni xijolat qilish uchun, qiyomat qachon boʻladi, deb soʻroq qiladilar. Qiyomatning qachon boʻlish ilmi Allohning Oʻziga xos ilmidir. Uni hech kimga, hatto Muhammad alayhissalotu vassalomga ham bildirmagan. U zot faqat qiyomatning qachon boʻlishinigina emas, boshqa gʻayb ilmlarini ham bilmaydilar. Bu bilmasliklari esa ayb emas.)

  188. 188

    قُل لَّآ أَمْلِكُ لِنَفْسِى نَفْعًۭا وَلَا ضَرًّا إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۚ وَلَوْ كُنتُ أَعْلَمُ ٱلْغَيْبَ لَٱسْتَكْثَرْتُ مِنَ ٱلْخَيْرِ وَمَا مَسَّنِىَ ٱلسُّوٓءُ ۚ إِنْ أَنَا۠ إِلَّا نَذِيرٌۭ وَبَشِيرٌۭ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Qul laaa amliku linafsee naf'anw wa laa darran illaa maa shaaa'al laah; wa law kuntu a'alamul ghaiba lastaksartu minal khairi wa maa massaniyas soo'; in ana illaa nazeerunw wa basheerul liqawminy yu'minoon

    Sen: «Oʻzim uchun na foyda va na zararga molik emasman. Magar Allohning xohlagani boʻlur. Agar gʻaybni bilganimda, yaxshilikni koʻpaytirib olgan boʻlar edim va menga yomonlik yetmasdi. Men faqat iymon keltiradigan qavmlar uchun ogohlantiruvchi va bashorat beruvchiman, xolos», – deb ayt.

  189. 189

    ۞ هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍۢ وَٰحِدَةٍۢ وَجَعَلَ مِنْهَا زَوْجَهَا لِيَسْكُنَ إِلَيْهَا ۖ فَلَمَّا تَغَشَّىٰهَا حَمَلَتْ حَمْلًا خَفِيفًۭا فَمَرَّتْ بِهِۦ ۖ فَلَمَّآ أَثْقَلَت دَّعَوَا ٱللَّهَ رَبَّهُمَا لَئِنْ ءَاتَيْتَنَا صَٰلِحًۭا لَّنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّٰكِرِينَ

    Huwal lazee khalaqakum min nafsinw waahidatinw wa ja'ala minhaa zawjahaa liyas kuna ilaihaa falammaa taghash shaahaa hamalat hamlan khafeefan famarrat bihee falammaaa asqalad da'awal laaha Rabbahumaa la'in aayaitanaa saalihal lanakoo nanna minash shaakireen

    U sizlarni bir jondan yaratgan va orom olsin uchun undan juftini yaratgan Zotdir. Vaqtiki u (juftini) oʻraganida yengil homilador boʻldi. Bas, u bilan yurdi. U ogʻirlashganda esa, ikkovlon Robbilari Allohga: «Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr keltiruvchilardan boʻlamiz», – deb duo qildilar.

  190. 190

    فَلَمَّآ ءَاتَىٰهُمَا صَٰلِحًۭا جَعَلَا لَهُۥ شُرَكَآءَ فِيمَآ ءَاتَىٰهُمَا ۚ فَتَعَٰلَى ٱللَّهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    Falammaaa aataahumaa saalihan ja'alaa lahoo shurakaaa'a feemaaa aataahumaa; fata'aalal laahu 'ammaa yushrikoon

    Ularga solih(farzand)ni berganida esa, Alloh bergan narsada Unga sheriklar qila boshlarlar. Alloh ular keltirgan shirkdan oliydir. [70]

    [70] (Qurʼoni Karim nozil boʻlayotgan davrda odamlar oʻz bolalarini baʼzi butlarga nazr qilardilar. Ularga shunday maʼnolarni aks ettiradigan ismlarni qoʻyar edilar. Hozir ham shunga oʻxshash hodisalar uchrab turadi. Bolaga turli maqsadlar asosida nom qoʻyish yoxud faqat shu jihatlarga eʼtibor berish, tarbiyasini ham ushbu holatga moslab qilish keng tarqalgan. Johil insonlar ahvollari ogʻir paytlarda Allohga yolborganlari, bolamizni sogʻ-salomat qoʻlimizga olsak, Allohga shukr qilamiz, deb bergan ahdu paymonlarini unutib, boshqa turli-tuman shirk yoʻlidagi orzu-havaslarga berilib ketadilar. Natijada Alloh bergan neʼmat — farzandda oʻsha gʻalat orzu havaslar kamol topishi uchun harakat qiladilar. Bu narsa Qurʼoni Karimda shirk deb nomlanmoqda.)

  191. 191

    أَيُشْرِكُونَ مَا لَا يَخْلُقُ شَيْـًۭٔا وَهُمْ يُخْلَقُونَ

    A yushrikoona maa laa yakhluqu shai'anw wa hum yukhlaqoon

    Hech narsani yarata olmaydigan, oʻzlari yaratiladigan narsalarni shirk keltirurlarmi? [71]

    [71] (Ota-onalar yoxud oʻsha bolaning kamolotiga daxldor barcha kishilar Allohga sherik qiladigan narsalari nima boʻlishidan qatʼiy nazar, hech narsani yarata olmaydilar. Balki ularning hammasi Allohning qudrat qoʻli bilan yaratilgandirlar. Shunday ekan, qanday qilib ularni Allohga sherik kilish mumkin?)

  192. 192

    وَلَا يَسْتَطِيعُونَ لَهُمْ نَصْرًۭا وَلَآ أَنفُسَهُمْ يَنصُرُونَ

    Wa laa yastatee'oona lahum nasranw wa laaa anfusahum yansuroon

    Va ularga yordam berishga qodir emaslar hamda oʻzlariga ham yordam bera olmaslar. [72]

    [72] (Yaʼni, Allohga shirk qilib keltirilayotgan oʻsha narsalari birovga yordam berish u yoqda tursin, hatto oʻziga ham yordam berishga qodir emas.)

  193. 193

    وَإِن تَدْعُوهُمْ إِلَى ٱلْهُدَىٰ لَا يَتَّبِعُوكُمْ ۚ سَوَآءٌ عَلَيْكُمْ أَدَعَوْتُمُوهُمْ أَمْ أَنتُمْ صَٰمِتُونَ

    Wa in tad'oohum ilalhudaa laa yattabi'ookum; sawaaa'un 'alaikum a-da'awtumoohum am antum saamitoon

    Agar ularni hidoyatga daʼvat qilsangiz, sizga ergashmaslar. Ularni daʼvat qilasizmi yoki jim turuvchi boʻlasizmi, siz uchun bari bir.

  194. 194

    إِنَّ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ عِبَادٌ أَمْثَالُكُمْ ۖ فَٱدْعُوهُمْ فَلْيَسْتَجِيبُوا۟ لَكُمْ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Innal lazeena tad'oona min doonil laahi 'ibaadun amsaalukum fad'oohum fal yastajeeboo lakum in kuntum saadiqeen

    Albatta, siz Allohdan oʻzga ibodat qilayotganlar oʻzingizga oʻxshash bandalardir. Agar rostgoʻy boʻlsangiz, ularni chaqirib koʻring, bas, sizga javob bersinlar-chi!

  195. 195

    أَلَهُمْ أَرْجُلٌۭ يَمْشُونَ بِهَآ ۖ أَمْ لَهُمْ أَيْدٍۢ يَبْطِشُونَ بِهَآ ۖ أَمْ لَهُمْ أَعْيُنٌۭ يُبْصِرُونَ بِهَآ ۖ أَمْ لَهُمْ ءَاذَانٌۭ يَسْمَعُونَ بِهَا ۗ قُلِ ٱدْعُوا۟ شُرَكَآءَكُمْ ثُمَّ كِيدُونِ فَلَا تُنظِرُونِ

    A lahum arjuluny yamshoona bihaa am lahum aidiny yabtishoona bihaaa am lahum a'yunuy yubsiroona bihaaa am lahum aazaanuny yasma'oona bihaa; qulid'oo shurakaaa'akum summa keedooni falaa tunziroon

    Yoki ularning oyoqlari bormiki, yursalar; yoki qoʻllari bormiki, ushlasalar; yoki koʻzlari bormiki, koʻrsalar; yoki quloqlari bormiki, eshitsalar. Sen: «Sheriklaringizni chaqiring-da, menga hech muhlat bermay, ziddimga hiyla-nayrang qilavering!

  196. 196

    إِنَّ وَلِۦِّىَ ٱللَّهُ ٱلَّذِى نَزَّلَ ٱلْكِتَٰبَ ۖ وَهُوَ يَتَوَلَّى ٱلصَّٰلِحِينَ

    Inna waliyyial laahul lazee nazzalal Kitaaba wa Huwa yatawallas saaliheen

    Albatta, mening valiyim — egam Kitobni nozil qilgan Allohdir. U solihlarni doʻst tutadir.

  197. 197

    وَٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَكُمْ وَلَآ أَنفُسَهُمْ يَنصُرُونَ

    Wallazeena tad'oona min doonihee laa yastatee'oona nasrakum wa laaa anfusahum yansuroon

    Undan oʻzga siz ibodat qilayotganlar sizga yordam berishga qodir emaslar va oʻzlariga ham yordam bera olmaslar.

  198. 198

    وَإِن تَدْعُوهُمْ إِلَى ٱلْهُدَىٰ لَا يَسْمَعُوا۟ ۖ وَتَرَىٰهُمْ يَنظُرُونَ إِلَيْكَ وَهُمْ لَا يُبْصِرُونَ

    Wa in tad'oohum ilal hudaa laa yasm'oo wa taraahum yanzuroona ilaika wa hum laa yubsiroon

    Agar ularni hidoyatga daʼvat qilsangiz, eshitmaslar. Ularni senga nazar solib turgandek koʻrasan. Holbuki, ular koʻrmaslar», – deb ayt.

  199. 199

    خُذِ ٱلْعَفْوَ وَأْمُرْ بِٱلْعُرْفِ وَأَعْرِضْ عَنِ ٱلْجَٰهِلِينَ

    khuzil 'afwa waamur bil'urfi waa'rid 'anil jaahileen

    Kechirimli boʻl, yaxshilikka buyur va johillardan yuz oʻgir. [73]

    [73] (Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom bu sifatni muborak shaxslarida mujassam qilgan edilar. Ul zot haqidagi rivoyatlarda kishini hayron qoldirarli darajadagi holatlar zikr etilgan. Ul zotning sahobai kiromlari, haqiqiy moʻmin-musulmonlar ham doimo oyati karimada taʼkidlanganidek boʻlishga, ana shu qoida asosida yashashga harakat qilganlar.)

  200. 200

    وَإِمَّا يَنزَغَنَّكَ مِنَ ٱلشَّيْطَٰنِ نَزْغٌۭ فَٱسْتَعِذْ بِٱللَّهِ ۚ إِنَّهُۥ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

    Wa immaa yanzaghannaka minash Shaitaani nazghun fasta'iz billaah; innahoo Samee'un Aleem

    Agar senga shayton tomonidan sanchish sanchilsa, Allohdan panoh soʻra. Albatta, U yaxshi eshituvchi va yaxshi koʻruvchi Zotdir. [74]

    [74] (Yaʼni, johillar bilan muomala qilish mushkul ish. Ulardan har narsani kutish mumkin. Mabodo oʻshanday muomala chogʻida biror koʻngilsizlik sodir boʻlib, shayton vasvasa qiladigan boʻlsa, qizishmasdan, darhol Allohdan panoh soʻra. U eng yaxshi eshitguvchi Zot, soʻrovingga darhol javob beradi.)

  201. 201

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ إِذَا مَسَّهُمْ طَٰٓئِفٌۭ مِّنَ ٱلشَّيْطَٰنِ تَذَكَّرُوا۟ فَإِذَا هُم مُّبْصِرُونَ

    Innal lazeenat taqaw izaa massahum taaa'ifum minash Shaitaani tazakkaroo fa izaa hum mubsiroon

    Taqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa yetsa, albatta, zikr qilarlar, bas, koʻribsanki, ular (toʻgʻri yoʻlni) koʻruvchi boʻlib turibdilar. [75]

    [75] (Shaytondan biror bir sharpa (vasvasa, igʻvo va gʻazab) yetishi jaholat, koʻrlik va nodonlikka boshlaydi. Allohning zikri esa, ilm-maʼrifat, koʻzi ochiqlik va oqillik manbaidir.)

  202. 202

    وَإِخْوَٰنُهُمْ يَمُدُّونَهُمْ فِى ٱلْغَىِّ ثُمَّ لَا يُقْصِرُونَ

    Wa ikhwaanuhum yamuddoonahum fil ghaiyi summa laa yuqsiroon

    Va u(shayton)larning birodarlari yoʻldan ozdirishda ularga madad berarlar, soʻngra bunda toʻxtamaslar.

  203. 203

    وَإِذَا لَمْ تَأْتِهِم بِـَٔايَةٍۢ قَالُوا۟ لَوْلَا ٱجْتَبَيْتَهَا ۚ قُلْ إِنَّمَآ أَتَّبِعُ مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ مِن رَّبِّى ۚ هَٰذَا بَصَآئِرُ مِن رَّبِّكُمْ وَهُدًۭى وَرَحْمَةٌۭ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Wa izaa lam taatihim bi aayatin qaaloo law lajtabai tahaa; qul innamaaa attabi'u maa yoohaaa ilaiya mir Rabbee; haazaa basaaa'iru mir Rabbikum wa hudanw wa rahmatul liqawminy yu'minoon

    Va agar ularga moʻjiza keltirmasang, «Oʻzing toʻqib qoʻyavermaysanmi?» – derlar. Sen: «Men faqat Robbimdan vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Mana bu — iymon keltiruvchi qavm uchun Robbingizdan koʻz ochuvchi, hidoyat va rahmatdir», deb ayt.

  204. 204

    وَإِذَا قُرِئَ ٱلْقُرْءَانُ فَٱسْتَمِعُوا۟ لَهُۥ وَأَنصِتُوا۟ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

    Wa izaa quri'al Quraanu fastami'oo lahoo wa ansitoo la 'allakum turhamoon

    Qurʼon tilovat qilganda, uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad, rahmatga erishsangiz.

  205. 205

    وَٱذْكُر رَّبَّكَ فِى نَفْسِكَ تَضَرُّعًۭا وَخِيفَةًۭ وَدُونَ ٱلْجَهْرِ مِنَ ٱلْقَوْلِ بِٱلْغُدُوِّ وَٱلْءَاصَالِ وَلَا تَكُن مِّنَ ٱلْغَٰفِلِينَ

    Wazkur Rabbaka fee nafsika tadarru'anw wa kheefatanw wa doonal jahri minal qawli bilghuduwwi wal aasali wa laa takum minal ghaafileen

    Robbingni ertayu kech ichingda tazarruʼ-la, qoʻrqib, ovoz chiqarib gapirmay zikr qil va gʻofillardan boʻlma.

  206. 206

    إِنَّ ٱلَّذِينَ عِندَ رَبِّكَ لَا يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَيُسَبِّحُونَهُۥ وَلَهُۥ يَسْجُدُونَ ۩

    Innal lazeena 'inda Rabbika laa yastakbiroona 'an 'ibaadatihee wa yusabbihoonahoo wa lahoo yasjudoon

    Robbing huzuridagilar, albatta, Uning ibodatidan mutakabbirlik qilmaslar, Uni poklab yod etadilar va Unga sajda qilarlar.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com