Sura 6
Anʼom
الأَنۡعَامِ
Al-An'am · Makkiy · 165 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَجَعَلَ ٱلظُّلُمَٰتِ وَٱلنُّورَ ۖ ثُمَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِرَبِّهِمْ يَعْدِلُونَ
Alhamdu lillaahil lazee khalaqas samaawaati wal arda wa ja'alaz zulumaati wannoor; summal lazeena kafaroo bi Rabbihim ya'diloon
Osmonlaru yerni yaratgan, zulmatlaru nurni taratgan Allohga hamd boʻlsin. Soʻngra, kufr keltirganlar oʻz Robbilariga (oʻzgalarni) tenglashtirurlar.
- 2
هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن طِينٍۢ ثُمَّ قَضَىٰٓ أَجَلًۭا ۖ وَأَجَلٌۭ مُّسَمًّى عِندَهُۥ ۖ ثُمَّ أَنتُمْ تَمْتَرُونَ
Huwal lazee khalaqakum min teenin summa qadaaa ajalanw wa ajalum musamman 'indahoo summa antum tamtaroon
U sizlarni loydan yaratgan, soʻngra ajalni belgilab qoʻygan Zotdir. Belgilangan ajal esa Uning huzuridadir. Shundan keyin ham siz shak keltirursiz.
- 3
وَهُوَ ٱللَّهُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَفِى ٱلْأَرْضِ ۖ يَعْلَمُ سِرَّكُمْ وَجَهْرَكُمْ وَيَعْلَمُ مَا تَكْسِبُونَ
Wa Huwal laahu fissamaawaati wa fil ardi ya'lamu sirrakum wa jahrakum wa ya'lamu maa taksiboon
U osmonlarda ham, yerda ham Allohdir. Siringizni ham, oshkoringizni ham biladir. Qilgan kasbu koringizni ham biladir.
- 4
وَمَا تَأْتِيهِم مِّنْ ءَايَةٍۢ مِّنْ ءَايَٰتِ رَبِّهِمْ إِلَّا كَانُوا۟ عَنْهَا مُعْرِضِينَ
Wa maa taateehim min Aayatim min Aayaati Rabbihim illaa kaanoo 'anhaa mu'rideen
Mudom ularga oʻz Robbilari oyatlaridan bir oyat kelsa, undan yuz oʻgiruvchi boʻldilar.
- 5
فَقَدْ كَذَّبُوا۟ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ ۖ فَسَوْفَ يَأْتِيهِمْ أَنۢبَٰٓؤُا۟ مَا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ
Faqad kazzaboo bilhaqqi lammaa jaaa'ahum fasawfa yaateehim ambaaa'u maa kaanoo bihee yastahzi'oon
Ularga haq kelganda uni ham yolgʻonga chiqardilar. Tezda ularga oʻzlari istehzo qilgan narsaning xabari kelur. [1]
[1] (Yuqoridagi oyatlarda sifatlari zikr qilingan mushriklar Alloh taolodan ularga haqiqat, yaʼni haq din, haq kitob, haq paygʻambar va haq shariat kelganida, burungi sarkashliklarini ishga solib, uni ham yolgʻonga chiqardilar.)
- 6
أَلَمْ يَرَوْا۟ كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّن قَرْنٍۢ مَّكَّنَّٰهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مَا لَمْ نُمَكِّن لَّكُمْ وَأَرْسَلْنَا ٱلسَّمَآءَ عَلَيْهِم مِّدْرَارًۭا وَجَعَلْنَا ٱلْأَنْهَٰرَ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمْ فَأَهْلَكْنَٰهُم بِذُنُوبِهِمْ وَأَنشَأْنَا مِنۢ بَعْدِهِمْ قَرْنًا ءَاخَرِينَ
Alam yaraw kam ahlaknaa min qablihim min qarnim makkannaahum fil ardi maa lam numakkil lakum wa arsalnas samaaa'a 'alaihim midraaranw wa ja'alnal anhaara tajree min tahtihim fa ahlak naahum bizunoobihim wa anshaanaa mim ba'dihim qarnan aakhareen
Ulardan oldin qancha asrlarni halok qilganimizni bilmaslarmi? Oʻshalarga yer yuzida sizlarga bermagan imkonlarni bergan edik. Osmondan ustlariga baraka yomgʻiri yuborgan va ostlaridan anhorlar oqib turadigan qilib qoʻygan edik. Bas, gunohlari tufayli ularni halok qildik va oʻrinlariga boshqa asrlarni paydo qildik. [2]
[2] («Asr» soʻzi yuz yillik muddatni anglatishini bilamiz. Bu yerda oʻsha muddat orasida yashagan odamlar koʻzda tutilmoqda. Inson oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib qolib, oʻtmishga ibrat ila nazar solishni unutib qoʻyadi.)
- 7
وَلَوْ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ كِتَٰبًۭا فِى قِرْطَاسٍۢ فَلَمَسُوهُ بِأَيْدِيهِمْ لَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌۭ مُّبِينٌۭ
Wa law nazzalnaa 'alaika Kitaaban fee qirtaasin falamasoohu bi aideehim laqaalal lazeena kafarooo in haazaaa illaa sihrum mubeen
Agar senga qogʻoz — kitob tushirsak, uni qoʻllari bilan ushlab koʻrishsa ham, kufr keltirganlar: «Bu aniq sehrdan oʻzga hech narsa emas», derlar. [3]
[3] (Agar ular haqiqatga yetish istagida boʻlsalar, Qurʼoni Karimning ogʻzaki shaklda nozil boʻlib turganining oʻzi ham yetar edi. Haqiqatni istaganlaridanmi? Yoʻq, ularda bunday maqsad yoʻq.)
- 8
وَقَالُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ مَلَكٌۭ ۖ وَلَوْ أَنزَلْنَا مَلَكًۭا لَّقُضِىَ ٱلْأَمْرُ ثُمَّ لَا يُنظَرُونَ
Wa qaaloo law laaa unzila alaihi malakunw wa law anzalna malakal laqudiyal amru summa laa yunzaroon
Ular: «Agar unga farishta tushirilsa edi», dedilar. Agar farishta tushirsak, ish bitdi hisob. Soʻngra ularga qarab turilmas.
- 9
وَلَوْ جَعَلْنَٰهُ مَلَكًۭا لَّجَعَلْنَٰهُ رَجُلًۭا وَلَلَبَسْنَا عَلَيْهِم مَّا يَلْبِسُونَ
Wa law ja'alnaahu malakal laja'alnaahu rajulanw wa lalabasnaa 'alaihim maa yalbisoon
Agar uni farishta qilsak ham, erkak qilgan boʻlar edik va oʻzlari mushkullashtirgan narsani ularga yana ham mushkullashtirar edik. [4]
[4] (Kofir-mushriklar odam-paygʻambarga ishonmay, uni tasdiqlovchi farishta ham tushishini daʼvo qilib, ishni mushkullashtirdilar. Shu bilan birga, ular farishtalar haqidagi tasavvurni ham, farishtalar — ayol, ular Allohning qizlaridir, degan aqida bilan mushkullashtirgan edilar. Shuning uchun ham ularning paygʻambarlikni tasdiq etish uchun farishta tushirish iddiolari qondirilsa, ular uchun mushkulot yana ham ogʻirlashgan boʻlar edi. Yaʼni, ular eʼtiqod qilganlaridek, osmondan paygʻambarni tasdiqlash uchun yuborilgan farishta ayol suvratida boʻlmas edi. Buni koʻrgan mushriklar farishta boʻlsa, ayol boʻlishi kerak edi, bu ham boshqa bir narsa shekilli, deb turli xom xayollar bilan chalgʻir edilar.)
- 10
وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍۢ مِّن قَبْلِكَ فَحَاقَ بِٱلَّذِينَ سَخِرُوا۟ مِنْهُم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ
Wa laqadis tuhzi'a bi-Rusulim min qablika fahaaqa billazeena sakhiroo minhum maa kaanoo bihee yastahzi'oon
Sendan oldingi Paygʻambarlar ham istehzo qilinganlar. Ularni masxara qilganlarni qilgan istehzolari oʻz domiga tortgan.
- 11
قُلْ سِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ ٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ
Qul seeroo fil ardi summan zuroo kaifa kaana 'aaqibatul mukazzibeen
«Yer yuzida sayr qilingiz, soʻngra yolgʻonchi qiluvchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solingiz», deb ayt.
- 12
قُل لِّمَن مَّا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ قُل لِّلَّهِ ۚ كَتَبَ عَلَىٰ نَفْسِهِ ٱلرَّحْمَةَ ۚ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۚ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
Qul limam maa fis samaawaati wal ardi qul lillaah; kataba 'alaa nafsihir rahmah; la yajma 'annakum ilaa Yawmil Qiyaamati laa raiba feeh; allazeena khasirooo anfusahum fahum laa yu'minoon
«Osmonlar va yerdagi narsalar kimniki?» – deb ayt! «Allohniki», deb ayt! U Oʻziga Oʻzi rahmatni yozib qoʻygan. Sizlarni boʻlishida shubha yoʻq qiyomat kuni albatta jamlaydir. Oʻziga oʻzi ziyon keltiruvchilargina, oʻshalargina iymon keltirmaslar.
- 13
۞ وَلَهُۥ مَا سَكَنَ فِى ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Wa lahoo maa sakana fillaili wannahaar; wa Huwas Samee'ul Aleem
Kechada va kunduzda sokin boʻlganlar Unikidir. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.
- 14
قُلْ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَتَّخِذُ وَلِيًّۭا فَاطِرِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَهُوَ يُطْعِمُ وَلَا يُطْعَمُ ۗ قُلْ إِنِّىٓ أُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ أَوَّلَ مَنْ أَسْلَمَ ۖ وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ
Qul aghairal laahi attakhizu waliyyan faatiris samaawaati wal ardi wa Huwa yut'imu wa laa yut'am; qul inneee umirtu an akoona awwala man salama wa laa takoonanna minal mushrikeen
Sen: «Allohdan oʻzgani valiy — doʻst qilib olamanmi? U osmonlaru yerni yaratguvchidir. U taom beradi va taomlanmaydi», deb ayt. «Men avvalgi taslim boʻluvchi boʻlmoqqa amr qilindim va menga hech mushriklardan boʻlmagin, deb aytildi», deb ayt.
- 15
قُلْ إِنِّىٓ أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّى عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍۢ
Qul inneee akhaafu in 'asaitu Rabbee 'azaaba Yawmin 'Azeem
Sen: «Albatta, men agar Robbimga osiy boʻlsam, ulugʻ kun azobidan qoʻrqaman», deb ayt.
- 16
مَّن يُصْرَفْ عَنْهُ يَوْمَئِذٍۢ فَقَدْ رَحِمَهُۥ ۚ وَذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْمُبِينُ
Mai yusraf 'anhu Yawma'izin faqad rahimah; wa zaalikal fawzul mubeen
Kim oʻsha kuni undan chetlansa, bas, batahqiq, Alloh unga rahim qilibdi. Ana oʻsha aniq yutuqdir.
- 17
وَإِن يَمْسَسْكَ ٱللَّهُ بِضُرٍّۢ فَلَا كَاشِفَ لَهُۥٓ إِلَّا هُوَ ۖ وَإِن يَمْسَسْكَ بِخَيْرٍۢ فَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ
Wa iny-yamsaskal laahu bidurrin falaaa kaashifa lahoo illaa Huwa wa iny-yamsaska bikhairin fa Huwa 'alaa kulli shai'in Qadeer
Agar Alloh seni zarariga oladigan boʻlsa, Uning Oʻzidan boshqa kushoyish beradigan yoʻq. Agar U seni yaxshilikka oladigan boʻlsa, bas, U har bir narsaga qodirdir. [5]
[5] (Bu dunyoda xohlasa zarar yetkazuvchi Zot yagona Allohning Oʻzidir. Agar U zot biror bandaga zarar yetkazadigan boʻlsa, butun dunyo bir boʻlib harakat qilganda ham, oʻsha bandadan zararni ketkazishga qodir boʻla olmaydilar. Mazkur zarardan kushoyish beruvchi ham faqat Allohning Oʻzidir. Aksincha, Alloh taolo biror bandaga yaxshilik yetkazmoqchi boʻlsa, dunyo birlashib harakat qilganda ham, oʻsha bandadan yaxshilikni toʻsa olmaydi. Har bir narsaga qodir Alloh Oʻz irodasini amalga oshiradi.)
- 18
وَهُوَ ٱلْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْخَبِيرُ
Wa Huwal gaahiru fawqa 'ibaadih; wa Huwal Hakeemul Khabeer
U bandalari ustidan gʻolibdur. U hikmat egasi va har bir narsadan xabardordir.
- 19
قُلْ أَىُّ شَىْءٍ أَكْبَرُ شَهَٰدَةًۭ ۖ قُلِ ٱللَّهُ ۖ شَهِيدٌۢ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ۚ وَأُوحِىَ إِلَىَّ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانُ لِأُنذِرَكُم بِهِۦ وَمَنۢ بَلَغَ ۚ أَئِنَّكُمْ لَتَشْهَدُونَ أَنَّ مَعَ ٱللَّهِ ءَالِهَةً أُخْرَىٰ ۚ قُل لَّآ أَشْهَدُ ۚ قُلْ إِنَّمَا هُوَ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ وَإِنَّنِى بَرِىٓءٌۭ مِّمَّا تُشْرِكُونَ
Qul ayyu shai'in akbaru shahaadatan qulil laahu shaheedum bainee wa bainakum; wa oohiya ilaiya haazal Qur'aanu li unzirakum bihee wa mam balagh; a'innakum latashhadoona anna ma'al laahi aalihatan ukhraa; qul laaa ashhad; qul innamaa Huwa Ilaahunw Waahidunw wa innanee baree'um mimmaa tushrikoon
Sen: «Qaysi narsa eng katta guvohlikdir», deb ayt. «Alloh», deb ayt. Sen: «U men bilan sizlarning oʻrtangizda guvohdir. Menga ushbu Qurʼonni, Uning ila sizlarni va u yetib borganlarni ogohlantirishim uchun vahiy qilindi. Sizlar «Alloh bilan birga, albatta, boshqa xudolar bor», deb guvohlik berasizlarmi? «Men guvohlik bermayman», deb ayt. Sen: «Albatta, U bitta ilohdir va men siz keltirayotgan shirkdan pokdirman», deb ayt. [6]
[6] (Allohni qoʻyib oʻzlariga oʻzga valiy tutganlarga boshqa narsalar ham guvohlik bera olmaydi. Shuning uchun Alloh Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomga guvoh haqida savol berishni amr qildi. Demak, bahsli masalaga Alloh taoloning Oʻzi hakam boʻldi. Uning Oʻzi guvoh boʻladigan boʻldi. Uning shahodati Qurʼoni Karimdir. Mazkur bahsli masala ham unda bor. Demak, kimga ushbu Qurʼon yetib borgan boʻlsa, unga guvoh muqarrar kelgan hisoblanadi. Ushbu guvohga — Qurʼonga amal qilmasa, uning ogohlantirishidan hushyor tortmasa, azobga duchor boʻladi.)
- 20
ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَعْرِفُونَهُۥ كَمَا يَعْرِفُونَ أَبْنَآءَهُمُ ۘ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
Allazeena aatainaa humul Kitaaba ya'rifoonahoo kamaa ya'rifoona abnaaa'ahum; allazeena khasirooo anfusahum fahum laa yu'minoon
Biz kitob berganlar uni oʻz farzandlarini tanigandek tanirlar. Ular oʻzlariga ziyon qilganlardir, ana oʻshalar iymon keltirmaslar.
- 21
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِهِۦٓ ۗ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ
Wa man azlamu mim manif tara 'alal laahi kaziban aw kazzaba bi Aayaatih; innahoo laa yuflihuz zaalimoon
Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlardan ham koʻra zolimroq kimsa bormi? Albatta, zolimlar najot topmaslar.
- 22
وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًۭا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُوٓا۟ أَيْنَ شُرَكَآؤُكُمُ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ
Wa yawma nahshuruhum jamee'an summa naqoolu lillazeena ashrakooo ayna shurakaaa' ukumul lazeena kuntum taz'umoon
Hammalarini jamlaydigan, soʻngra shirk keltirganlarga: «Siz xudo deb gumon qilgan sheriklaringiz qani?» – deb aytadiganimiz kunni esla.
- 23
ثُمَّ لَمْ تَكُن فِتْنَتُهُمْ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ وَٱللَّهِ رَبِّنَا مَا كُنَّا مُشْرِكِينَ
Summa lam takun fitnatuhum illaaa an qaaloo wallaahi Rabbinaa maa kunnaa mushrikeen
Soʻngra, «Robbimiz Allohga qasamki, mushrik boʻlmagan edik», deyishdan boshqa fitnalari boʻlmas. [7]
[7] (Boqiy dunyoda koʻpchilik nazdida soʻroqqa tutilganlarida va hamma narsa aniqlangandan soʻng ham mushriklar qasam ichib, oʻzlarini hech qanday gunoh qilmagan, shirk keltirmagandek tutishadi.)
- 24
ٱنظُرْ كَيْفَ كَذَبُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ ۚ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
Unzur kaifa kazaboo 'alaaa anfusihim, wa dalla 'anhum maa kaanoo yaftaroon
Nazar sol! Ular oʻzlarini qanday aldadilar va toʻqib yurgan narsalari ulardan qanday yoʻqoldi.
- 25
وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ ۖ وَجَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرًۭا ۚ وَإِن يَرَوْا۟ كُلَّ ءَايَةٍۢ لَّا يُؤْمِنُوا۟ بِهَا ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوكَ يُجَٰدِلُونَكَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ
Wa minhum mai yastami'u ilaika wa ja'alnaa 'alaa quloobihim akinnatan ai yafqahoohu wa feee aazaanihim waqraa; wa ai yaraw kulla Aayatil laa yu'minoo bihaa; hattaaa izaa jaaa'oka yujaadiloonaka yaqoolul lazeena kafaroo in haazaa illaaa asaateerul awwaleen
Ulardan senga quloq tutadiganlari ham bor. Biz uni fahmlamasliklari uchun qalblariga parda va quloqlariga toʻsiq qilib qoʻydik. Barcha oyatlarni koʻrsalar ham, ular iymon keltirmaslar. Hatto, oldingga sen bilan tortishuvga kelganlarida, kufr keltirganlar: «Bu, oʻtganlarning afsonalaridan boshqa narsa emas», derlar.
- 26
وَهُمْ يَنْهَوْنَ عَنْهُ وَيَنْـَٔوْنَ عَنْهُ ۖ وَإِن يُهْلِكُونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ
Wa hum yanhawna 'anhu wa yan'awna 'anhu wa iny yuhlikoona illaa anfusahum wa maa yash'uroon
Va ular (odamlarni) undan qaytarurlar va undan uzoqlashurlar. Ular sezmagan hollarida oʻzlarini halok qilurlar, xolos.
- 27
وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ وُقِفُوا۟ عَلَى ٱلنَّارِ فَقَالُوا۟ يَٰلَيْتَنَا نُرَدُّ وَلَا نُكَذِّبَ بِـَٔايَٰتِ رَبِّنَا وَنَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Wa law taraaa iz wauqifoo 'alan Naari faqaaloo yaa laitanaa nuraddu wa laa nukaz ziba bi Aayaati Rabbinaa wa nakoona minal mu'mineen
Doʻzax ustida toʻxtatilganlarida: «Qani endi (u dunyoga) qaytarilsak edi, Robbimizning oyatlarini yolgʻonga chiqarmas edik va moʻminlardan boʻlar edik», deyishlarini koʻrsang edi.
- 28
بَلْ بَدَا لَهُم مَّا كَانُوا۟ يُخْفُونَ مِن قَبْلُ ۖ وَلَوْ رُدُّوا۟ لَعَادُوا۟ لِمَا نُهُوا۟ عَنْهُ وَإِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ
Bal badaa lahum maa kaanoo yukhfoona min qablu wa law ruddoo la'aadoo limaa nuhoo 'anhu wa innahum lakaaziboon
Yoʻq! Unday emas. Ular oldin maxfiy tutgan narsa oʻzlariga oshkor boʻldi, xolos. Agar ular (bu dunyoga) qaytarilsalar ham, oʻzlari man qilingan narsaga qayturlar va, albatta, ular yolgʻonchilardir.
- 29
وَقَالُوٓا۟ إِنْ هِىَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنْيَا وَمَا نَحْنُ بِمَبْعُوثِينَ
Wa qaalooo in hiya illaa hayaatunad dunyaa wa maa nahnu bimab'ooseen
Ular: «Hayot — bu dunyo hayoti, xolos, biz qayta tiriltirilmasmiz», dedilar.
- 30
وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ وُقِفُوا۟ عَلَىٰ رَبِّهِمْ ۚ قَالَ أَلَيْسَ هَٰذَا بِٱلْحَقِّ ۚ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَرَبِّنَا ۚ قَالَ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ
Wa law taraa iz wuqifoo 'alaa Rabbihim; qaala alaisa haazaa bilhaqq; qaaloo balaa wa Rabbinaa; qaala fazooqul 'azaaba bimaa kuntum takfuroon
Allohning huzurida toʻxtatilganlarida, U: «Mana shu haq emasmi?!» – deganida, «Robbimizga qasamki, haqdir», deganlarini, U: «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobini cheking», deyishini koʻrsang edi.
- 31
قَدْ خَسِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِلِقَآءِ ٱللَّهِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَتْهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغْتَةًۭ قَالُوا۟ يَٰحَسْرَتَنَا عَلَىٰ مَا فَرَّطْنَا فِيهَا وَهُمْ يَحْمِلُونَ أَوْزَارَهُمْ عَلَىٰ ظُهُورِهِمْ ۚ أَلَا سَآءَ مَا يَزِرُونَ
Qad khasiral lazeena kazzaboo biliqaaa'il laahi hattaaa izaa jaaa'at humus Saa'atu baghtan qaaloo yaa hasratanaa 'alaa maa farratnaa feehaa wa hum yahmiloona awzaarahum 'alaa zuhoorihim; alaa saaa'a ma yaziroon
Allohga roʻbaroʻ boʻlishni yolgʻon deganlar, shubhasiz, ziyonga uchradilar. Hattoki, toʻsatdan qiyomat kelib qolganda, ustlariga gunohlarini orqalab olgan hollarida: «U(dunyo)da qilgan kamchiliklarimizga hasrat-nadomatlar boʻlsin», derlar. Ular orqalagan narsa qanday yomon-a!
- 32
وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا لَعِبٌۭ وَلَهْوٌۭ ۖ وَلَلدَّارُ ٱلْءَاخِرَةُ خَيْرٌۭ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
Wa mal hayaatud dunyaaa illaa la'ibunw wa lahwunw wa lad Daarul Aakhiratu kahyrul lillazeena yattaqoon; afalaa ta'qiloon
Bu dunyo hayoti oʻyin-kulgudan oʻzga hech narsa emas. Taqvo qiluvchilar uchun oxirat hovlisi yaxshiroqdir. Aql yuritmaysizlarmi? [8]
[8] (Dunyo va oxirat ilohiy mezon bilan oʻlchanyapti. Allohning eʼtiborida bu dunyo hech narsaga arzimaydi va u dunyoga solishtirganda hech narsaga aylanib qoladi.)
- 33
قَدْ نَعْلَمُ إِنَّهُۥ لَيَحْزُنُكَ ٱلَّذِى يَقُولُونَ ۖ فَإِنَّهُمْ لَا يُكَذِّبُونَكَ وَلَٰكِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ يَجْحَدُونَ
Qad na'lamu innahoo layahzunukal lazee yaqooloona fa innahum laa yukazziboonaka wa laakinnaz zaalimeena bi Aayaatil laahi yajhadoon
Seni, albatta, ularning aytayotganlari xafa qilishini yaxshi bilamiz. Ular seni yolgʻonchiga chiqarayotganlari yoʻq, balki zolimlar Allohning oyatlarini inkor qilmoqdalar.
- 34
وَلَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌۭ مِّن قَبْلِكَ فَصَبَرُوا۟ عَلَىٰ مَا كُذِّبُوا۟ وَأُوذُوا۟ حَتَّىٰٓ أَتَىٰهُمْ نَصْرُنَا ۚ وَلَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَٰتِ ٱللَّهِ ۚ وَلَقَدْ جَآءَكَ مِن نَّبَإِى۟ ٱلْمُرْسَلِينَ
Wa laqad kuzzibat Rusulum min qablika fasabaroo 'alaa maa kuzziboo wa oozoo hattaaa ataahum nasrunaa; wa laa mubaddila li Kalimaatil laah; wa laqad jaaa'aka min naba'il mursaleen
Sendan oldin ham Paygʻambarlar yolgʻonchiga chiqarilganlar. Bas, ular to nusrat kelguncha yolgʻonchiga chiqarilganlariga va berilgan ozorlarga sabr qilganlar. Allohning soʻzlarini oʻzgartiruvchi yoʻq. Batahqiq, senga Paygʻambarlarning xabari kelgan.
- 35
وَإِن كَانَ كَبُرَ عَلَيْكَ إِعْرَاضُهُمْ فَإِنِ ٱسْتَطَعْتَ أَن تَبْتَغِىَ نَفَقًۭا فِى ٱلْأَرْضِ أَوْ سُلَّمًۭا فِى ٱلسَّمَآءِ فَتَأْتِيَهُم بِـَٔايَةٍۢ ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَمَعَهُمْ عَلَى ٱلْهُدَىٰ ۚ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْجَٰهِلِينَ
Wa in kaana kabura 'alaika i'raaduhum fa inistata'ta an tabtaghiya nafaqan fil ardi aw sullaman fis samaaa'i fataa tiyahum bi Aayah; wa law shaaa'al laahu lajama'ahum 'alal hudaa; falaa takoonanna minal jaahileen
Agar senga ularning yuz oʻgirishlari ogʻir botayotgan boʻlsa, qodir boʻlsang, yer ostidan yoʻl qilib yoki osmonga narvon qoʻyib, ularga oyat-moʻjiza keltir. Alloh xohlaganida, ularni hidoyatga jamlardi. Hargiz johillardan boʻlma. [9]
[9] (Oyati karimada Paygʻambarimizga, agar qodir boʻlsalar, mushriklarni ishontirish, iymonga keltirishga yaraydigan oyat-moʻjizani yerni kavlab kirib boʻlsa ham, osmonga shoti qoʻyib chiqib boʻlsa ham, keltirish taklif etilyapti. Ammo kofirlar oyat-moʻjizalar yoʻqligidan iymondan yuz oʻgirayotgani yoʻq. Ular nafslarining buzuqligi, hasad va sarkashliklari oqibatida kufr yoʻlini ixtiyor qilyaptilar. Alloh taolo odamlarni har xil tabiatli va ayri isteʼdod sohibi qilib yaratgandir. Baʼzisi oʻz-oʻzidan hidoyat yoʻliga kirib qoladi. Baʼzilari daʼvatga, tushuntirishga muhtoj boʻladilar. Boshqalari esa, bir oz qoʻrqitishga, yana birlari targʻibot ishlariga ehtiyoj sezadi. Ammo yana bir toifa borki, ularga hech narsa taʼsir qilmaydi. Ular har qancha daʼvat qilinmasinlar, shu qadar bahona topaveradilar.)
- 36
۞ إِنَّمَا يَسْتَجِيبُ ٱلَّذِينَ يَسْمَعُونَ ۘ وَٱلْمَوْتَىٰ يَبْعَثُهُمُ ٱللَّهُ ثُمَّ إِلَيْهِ يُرْجَعُونَ
Innamaa yastajeebul lazeena yasma'oon; walmawtaa yab'asuhumul laahu summa ilaihi yurja'oon
Albatta, tinglay oladiganlargina qabul qilurlar. Oʻliklarni esa, Alloh tiriltirur va soʻngra Uning Oʻziga qaytarilurlar.
- 37
وَقَالُوا۟ لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌۭ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ قُلْ إِنَّ ٱللَّهَ قَادِرٌ عَلَىٰٓ أَن يُنَزِّلَ ءَايَةًۭ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
Wa qaaloo law laa nuzzila 'alaihi Aayatum mir Rabbih; qul innal laaha qaadirun 'alaaa ai yunazzila Aayatanw wa laakinna aksarahum laa ya'lamoon
Ular: «Unga Robbidan bir oyat-moʻjiza tushsa edi?» – derlar. «Albatta, Alloh oyat-moʻjiza tushirishga qodirdir», deb ayt. Lekin koʻplari bilmaslar.
- 38
وَمَا مِن دَآبَّةٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا طَٰٓئِرٍۢ يَطِيرُ بِجَنَاحَيْهِ إِلَّآ أُمَمٌ أَمْثَالُكُم ۚ مَّا فَرَّطْنَا فِى ٱلْكِتَٰبِ مِن شَىْءٍۢ ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِمْ يُحْشَرُونَ
Wa maa min daaabbatin fil ardi wa laa taaa'iriny yateeru bijanaahaihi illaaa umamun amsaalukum; maa farratnaa fil Kitaabi min shai'in summa ilaa Rabbihim yuhsharoon
Yer yuzidagi har bir yuruvchi jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. Kitobga hech narsani qoʻymay yozganmiz. Soʻngra Robbilariga jamlanurlar. [10]
[10] (Oyati karimada yerdagi va osmondagi jonzotlar ham, insonlar kabi, ummatlar ekani taʼkidlanmoqda. Yaʼni, ularning hayotlarida ham tirikchilik, oila, tugʻish, koʻpayish singari insonlarga xos ishlarda oʻxshash jihatlar bor. Ularni kim bunday qilib yaratdi? Ulamolar misol qilib koʻpincha asalari va chumolini keltiradilar. Mutaxassislarning fikri bilan tanishgan odam bu ikki ummatning jamoa hayoti Allohning qudratidan ekanligiga tan bermay iloji yoʻq.)
- 39
وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا صُمٌّۭ وَبُكْمٌۭ فِى ٱلظُّلُمَٰتِ ۗ مَن يَشَإِ ٱللَّهُ يُضْلِلْهُ وَمَن يَشَأْ يَجْعَلْهُ عَلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ
Wallazeena kazzaboo bi Aayaatinaa summunw wa bukmun fiz zulumaat; mai yasha il laahu yudlilh; wa mai yashaa yaj'alhu 'alaa Siraatim Mustaqeem
Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar kar va soqovlardir. Alloh kimni xohlasa, adashtirur va kimni xohlasa, toʻgʻri yoʻlda barqaror qilib qoʻyadir.
- 40
قُلْ أَرَءَيْتَكُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُ ٱللَّهِ أَوْ أَتَتْكُمُ ٱلسَّاعَةُ أَغَيْرَ ٱللَّهِ تَدْعُونَ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Qaul ara'aytakum in ataakum 'azaabul laahi aw atatkumus Saa'atu a-ghairal laahi tad'oona in kuntum saadiqeen
Sen: «Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, ayting-chi, sizga Allohning azobi yoki qiyomat soati kelganda, Allohdan boshqaga duo qilasizlarmi?» – degin.
- 41
بَلْ إِيَّاهُ تَدْعُونَ فَيَكْشِفُ مَا تَدْعُونَ إِلَيْهِ إِن شَآءَ وَتَنسَوْنَ مَا تُشْرِكُونَ
Bal iyyaahu tad'oona fa yakshifu maa tad'oona ilaihi in shaaa'a wa tansawna maa tushrikoon
Yoʻq! Faqat Ungagina duo qilursiz. U esa, xohlasa, siz duo qilgan narsaga kushoyish berur. Siz esa, shirk keltirayotgan narsangizni unutursiz.
- 42
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰٓ أُمَمٍۢ مِّن قَبْلِكَ فَأَخَذْنَٰهُم بِٱلْبَأْسَآءِ وَٱلضَّرَّآءِ لَعَلَّهُمْ يَتَضَرَّعُونَ
Wa laqad arsalnaaa ilaaa umamim min qablika fa akhaznaahum bilbaasaaa'i waddarraaa'i la'allahum yata darra'oon
Batahqiq, Biz sendan oldingi ummatlarga ham Paygʻambarlar yuborganmiz. Soʻngra, shoyad, tazarruʼ qilsalar deb, ularni balo va ziyonlarga tutganmiz. [11]
[11] (Alloh taolo Islom ummatidan avvalgilarga ham paygʻambarlar yuborgan. Ulardan paygʻambarlarning daʼvatiga yurmaganlarini balo-ofatlarga duchor qilgan. Bundan, shoyadki boshiga ogʻir kun tushganda oʻziga kelib, hushini yigʻib, xatosini tushunsa va iymon yoʻliga yursa, degan maqsad koʻzda tutilgan.)
- 43
فَلَوْلَآ إِذْ جَآءَهُم بَأْسُنَا تَضَرَّعُوا۟ وَلَٰكِن قَسَتْ قُلُوبُهُمْ وَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Falaw laaa iz jaaa'ahum baasunaa tadarra'oo wa laakin qasat quloobuhum wa zaiyana lahumush Shaitaanu maa kaanoo ya'maloon
Bizning balomiz ularga yetganda, tazarruʼ qilsalar edi! Lekin qalblari qattiq boʻldi va shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatlab koʻrsatdi.
- 44
فَلَمَّا نَسُوا۟ مَا ذُكِّرُوا۟ بِهِۦ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَٰبَ كُلِّ شَىْءٍ حَتَّىٰٓ إِذَا فَرِحُوا۟ بِمَآ أُوتُوٓا۟ أَخَذْنَٰهُم بَغْتَةًۭ فَإِذَا هُم مُّبْلِسُونَ
Falammaa nasoo maa zukkiroo bihee fatahnaa 'alaihim abwaaba kulli shai'in hattaaa izaa farihoo bimaaa ootooo akhaznaahum baghtatan fa izaa hum mmublisoon
Eslatilgan narsalarni unutgan chogʻlarida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qoʻydik. Oʻzlariga berilgan narsalardan xursand boʻlib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid boʻldilar. [12]
[12] (Yaʼni, ular istaganlaridan ham ortiq nozu neʼmatlarga koʻmib tashlanganlar. Ammo iymonsiz, tazarruʼsiz kelgan nozu neʼmat yaxshilikka olib bormasligi turgan gap. Kofir-mushriklarga bu narsalar berilsa, xususan, hamma narsaning eshigi ochib qoʻyilsa, orqasida boshqa gapi boʻladi. Bunday boʻlishini xayollariga ham keltirmagan edilar. Birdaniga Allohning azobi ularni tutdi. Endi tavba-tazarruʼ qilishga imkon qolmadi.)
- 45
فَقُطِعَ دَابِرُ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ۚ وَٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Faquti'a daabirul qawmil lazeena zalamoo; walhamdu lillaahi Rabbil 'aalameen
Bas, zulm qilgan qavmlarning keti kesildi. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar boʻlsin.
- 46
قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَخَذَ ٱللَّهُ سَمْعَكُمْ وَأَبْصَٰرَكُمْ وَخَتَمَ عَلَىٰ قُلُوبِكُم مَّنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ يَأْتِيكُم بِهِ ۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ ٱلْءَايَٰتِ ثُمَّ هُمْ يَصْدِفُونَ
Qul ara'aitum in akhazal laahu sam'akum wa absaarakum wa khatama 'alaa quloobikum man ilaahun ghairul laahi yaateekum bih; unzur kaifa nusarriful Aayaati summa hum yasdifoon
Ularga: «Ayting-chi, agar Alloh quloq va koʻzlaringizni olib qoʻysa, qalblaringizga muhr bossa, Allohdan oʻzga qaysi iloh uni sizga beradi», degin. Biz oyatlarni qanday keltirishimizga, soʻngra ularning qanday yuz oʻgirib ketishiga nazar sol.
- 47
قُلْ أَرَءَيْتَكُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُ ٱللَّهِ بَغْتَةً أَوْ جَهْرَةً هَلْ يُهْلَكُ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلظَّٰلِمُونَ
Qul ara'aitakum in ataakum 'azaabul laahi baghtatan aw jahratan hal yuhlaku illal qawmuz zaalimoon
Ularga: «Ayting-chi, agar sizga Allohning azobi birdaniga yoki ochiqchasiga kelsa, zolim qavmlargina halok qilinadilar-ku!» – deb ayt.
- 48
وَمَا نُرْسِلُ ٱلْمُرْسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ ۖ فَمَنْ ءَامَنَ وَأَصْلَحَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Wa maa nursilul mursaleena illaa mubashshireena wa munzireena faman aamana wa aslaha falaa khawfun 'alaihim wa laa hum yahzanoon
Biz Paygʻambarlarni faqat bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yuborurmiz. Kim iymon keltirib, amali solih qilsa, ularga xavfu xatar yoʻq va ular ranjimaslar.
- 49
وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا يَمَسُّهُمُ ٱلْعَذَابُ بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ
Wallazeena kazzaboo bi Aayaatinaa yamassuhumul 'azaabu bimaa kaanoo yafsuqoon
Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni, fosiqlik qilganlari uchun, azob tutadir.
- 50
قُل لَّآ أَقُولُ لَكُمْ عِندِى خَزَآئِنُ ٱللَّهِ وَلَآ أَعْلَمُ ٱلْغَيْبَ وَلَآ أَقُولُ لَكُمْ إِنِّى مَلَكٌ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ ۚ قُلْ هَلْ يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُ ۚ أَفَلَا تَتَفَكَّرُونَ
Qul laaa aqoolu lakum 'indee khazaaa'inul laahi wa laaa a'lamul ghaiba wa laaa aqoolu lakum innee malakun in attabi'u illaa maa yoohaaa ilaiy; qul hal yastawil a'maa walbaseer; afalaa tatafakkaroon
Sen: «Sizlarga, huzurimda Allohning xazinalari bor, demasman. oʻaybni bilaman, demasman. Va yana sizlarga, men farishtaman, deb ham aytmasman. Men faqat oʻzimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos», deb ayt. «Koʻr bilan koʻzi oʻtkir teng boʻla olurmi? Oʻylab koʻrmaysizlarmi?» – deb ayt. [13]
[13] (Ushbu oyati karimada zikr qilingan haqiqatni bugungi kunda ham chuqur anglashga ehtiyoj seziladi. Paygʻambar alayhissalotu vassalom merosxoʻrlari boʻlmish ulamolar dinga daʼvat qilsalar, daʼvatga qoʻshib, molu dunyo berishlarini ham soʻraydilar. Shuningdek, gʻayb xabarlaridan «fol ochish»ni, boshqalar ayni shunday qilishayotganini aytishadi. Yoki daʼvatchi shaxsida farishtaning xuddi oʻzini koʻrishni xohlaydilar. Bu ham odam-ku, deb oʻylab koʻrmaydilar.)
- 51
وَأَنذِرْ بِهِ ٱلَّذِينَ يَخَافُونَ أَن يُحْشَرُوٓا۟ إِلَىٰ رَبِّهِمْ ۙ لَيْسَ لَهُم مِّن دُونِهِۦ وَلِىٌّۭ وَلَا شَفِيعٌۭ لَّعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ
Wa anzir bihil lazeena yakhaafoona ai yuhsharooo ilaa Rabbihim laisa lahum min doonihee waliyyunw wa laa shafee'ul la'allahum yattaqoon
U bilan Robbilariga toʻplanishdan qoʻrqadiganlarni ogohlantir. Ularga undan oʻzga valiy ham, shafoatchi ham yoʻq. Shoyadki, taqvodor boʻlsalar.
- 52
وَلَا تَطْرُدِ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُم بِٱلْغَدَوٰةِ وَٱلْعَشِىِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُۥ ۖ مَا عَلَيْكَ مِنْ حِسَابِهِم مِّن شَىْءٍۢ وَمَا مِنْ حِسَابِكَ عَلَيْهِم مِّن شَىْءٍۢ فَتَطْرُدَهُمْ فَتَكُونَ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa laa tatrudil lazeena yad'oona Rabbahum bilghadaati wal 'ashiyyi yureedoona Wajhahoo ma 'alaika min hisaabihim min shai'inw wa maa min hisaabika 'alaihim min shai'in fatatrudahum fatakoona minaz zaalimeen
Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlarni haydama! Ularning hisobidan sening zimmangda hech narsa yoʻq. Sening hisobingdan ularning zimmasida hech narsa yoʻq. Ularni haydab, zolimlardan boʻlib qolma. [14]
[14] («Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlar» ijtimoiy holatlari qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, hatto dunyodagi eng faqir-kambagʻal odam boʻlsalar ham, oliymaqom inson hisoblanadilar. Shuning uchun ham Paygʻambar alayhissalotu vassalom boylarning gapiga kirib, ularni oʻz huzurlaridan haydashga haqlari yoʻq. Ularning kambagʻalliklari Paygʻambar alayhissalotu vassalomning zimmalariga qoʻshimcha vazifa yuklamaydi. Kambagʻalliklari — oʻzlariga. Ularning rizqini Alloh beradi. Shuningdek, ular Paygʻambar alayhissalotu vassalomning rizqlaridan masʼul emaslar. U kishiga ham rizqni Alloh beradi. Yoki Paygʻambar alayhissalotu vassalom ular bilan oʻtirsalar, kambagʻal, ularni huzurlaridan haydab, boylarga yuz bursalar, boy boʻlib qolmaydilar.)
- 53
وَكَذَٰلِكَ فَتَنَّا بَعْضَهُم بِبَعْضٍۢ لِّيَقُولُوٓا۟ أَهَٰٓؤُلَآءِ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مِّنۢ بَيْنِنَآ ۗ أَلَيْسَ ٱللَّهُ بِأَعْلَمَ بِٱلشَّٰكِرِينَ
Wa kazaalika fatannaa ba'dahum biba'dil liyaqoolooo ahaaa'ulaaa'i mannal laahu 'alaihim mim baininaa; alaisal laahu bi-a'lama bish shaakireen
«Oramizdan Alloh neʼmat bergan shularmi?» – deyishlari uchun shunday qilib, baʼzilarni baʼzilari ila sinadik. Allohning Oʻzi shukr qiluvchilarni yaxshi bilguvchi emasmi? [15]
[15] (Demak, boylarning boy, kambagʻallarning kambagʻal boʻlishi sinov ekan. Sinov boʻlganda ham, birlarini boshqalari bilan sinash ekan. Boy shukr qiladimi, yoʻqmi — sinaladi. Kambagʻal ham sabr qiladimi, yoʻqmi — sinaladi. Ayniqsa, boylar koʻproq sinaladi.)
- 54
وَإِذَا جَآءَكَ ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِـَٔايَٰتِنَا فَقُلْ سَلَٰمٌ عَلَيْكُمْ ۖ كَتَبَ رَبُّكُمْ عَلَىٰ نَفْسِهِ ٱلرَّحْمَةَ ۖ أَنَّهُۥ مَنْ عَمِلَ مِنكُمْ سُوٓءًۢا بِجَهَٰلَةٍۢ ثُمَّ تَابَ مِنۢ بَعْدِهِۦ وَأَصْلَحَ فَأَنَّهُۥ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Wa izaa jaaa'akal lazeena yu'minoona bi Aayaatinaa faqul salaamun 'alaikum kataba Rabbukum 'alaa nafsihir rahmata annahoo man 'amila minkum sooo'am bijahaalatin summa taaba mim ba'dihee wa aslaha fa annahoo Ghafoorur Raheem
Agar huzuringga oyatlarimizga iymon keltirganlar kelsalar: «Sizlarga salom boʻlsin, Robbingiz Oʻz zimmasiga rahmatni yozdi. Sizdan kim bilmasdan yomonlik qilsa, soʻngra undan keyin tavba qilib, amali solih qilsa, bas, albatta, U zot magʻfiratli va rahimli Zotdir», – deb ayt.
- 55
وَكَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ وَلِتَسْتَبِينَ سَبِيلُ ٱلْمُجْرِمِينَ
Wa kazaalika nufassilul Aayaati wa litastabeena sabeelul mujrimeen
Shunday qilib, jinoyatchilarning yoʻli oshkor boʻlishi uchun, oyatlarni mufassal bayon qilurmiz.
- 56
قُلْ إِنِّى نُهِيتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۚ قُل لَّآ أَتَّبِعُ أَهْوَآءَكُمْ ۙ قَدْ ضَلَلْتُ إِذًۭا وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُهْتَدِينَ
Qul innee nuheetu an a'budal lazeena tad'oona min doonil laah; qul laaa attabi'u ahwaaa'akum qad dalaltu izanw wa maaa ana minal muhtadeen
Sen: «Men Allohni qoʻyib, siz ibodat qilayotganlarga ibodat qilishdan qaytarilganman», – deb ayt. «Men sizning havoyi nafslaringizga ergashmasman. Zero, adashgan boʻlaman va hidoyat topganlardan boʻlmay qolaman», – deb ayt.
- 57
قُلْ إِنِّى عَلَىٰ بَيِّنَةٍۢ مِّن رَّبِّى وَكَذَّبْتُم بِهِۦ ۚ مَا عِندِى مَا تَسْتَعْجِلُونَ بِهِۦٓ ۚ إِنِ ٱلْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۖ يَقُصُّ ٱلْحَقَّ ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْفَٰصِلِينَ
Qul innee 'alaa baiyinatim mir Rabbee wa kazzabtum bih; maa 'indee maa tasta'jiloona bih; inil hukmu illaa lillaahi yaqussul haqqa wa Huwa khairul faasileen
Sen: «Albatta, men Robbimdan berilgan aniq hujjatga egaman. Sizlar uni yolgʻonga chiqardingiz. Siz shoshiltirayotgan narsa menda yoʻq. Hukm faqat Allohning Oʻziga xosdir. U haqni aniqlar. U ajrim qiluvchilarning eng yaxshisi», – deb ayt. [16]
[16] (Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom daʼvatlarini, eʼtiqodlarini, amallarini «ochiq hujjatlar» asosida olib bormoqdalar. Bu ochiq hujjatlar yerdan chiqqani yoʻq, balki osmondan tushgan. Mushrik-kofirlarning esa, hech qanday hujjatlari yoʻq. Boʻlishi ham mumkin emas. Chunki ular Robbilarini yolgʻonga chiqarib qoʻyganlar. Mushriklar shoshiltirayotgan narsa esa — talab qilingan moʻjiza kelgandan soʻng azobni tushirish. Bu ish Paygʻambarning ilkidagi ish emas. Uning imkoni ham yoʻq, vazifasiga ham kirmaydi.)
- 58
قُل لَّوْ أَنَّ عِندِى مَا تَسْتَعْجِلُونَ بِهِۦ لَقُضِىَ ٱلْأَمْرُ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِٱلظَّٰلِمِينَ
Qul law anna 'indee maa tasta'jiloona bihee laqudiyal amru bainee wa bainakum; wallaahu a'lamu bizzaalimeen
Sen: «Agar siz shoshiltirayotgan narsa mening huzurimda boʻlsa edi, men bilan sizning orangizda ish allaqachon bitgan boʻlar edi. Alloh zolimlarni yaxshi bilguvchidir», – deb ayt.
- 59
۞ وَعِندَهُۥ مَفَاتِحُ ٱلْغَيْبِ لَا يَعْلَمُهَآ إِلَّا هُوَ ۚ وَيَعْلَمُ مَا فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ ۚ وَمَا تَسْقُطُ مِن وَرَقَةٍ إِلَّا يَعْلَمُهَا وَلَا حَبَّةٍۢ فِى ظُلُمَٰتِ ٱلْأَرْضِ وَلَا رَطْبٍۢ وَلَا يَابِسٍ إِلَّا فِى كِتَٰبٍۢ مُّبِينٍۢ
Wa 'indahoo mafaatihul ghaibi laa ya'lamuhaaa illaa Hoo; wa ya'lamu maa fil barri walbahr; wa maa tasqutu minw waraqatin illaa ya'lamuhaa wa laa habbatin fee zulumaatil ardi wa laa ratbinw wa laa yaabisin illaa fee Kitaabim Mubeen
Gʻaybning kalitlari Uning huzurida boʻlib, ularni Uning Oʻzidan boshqa hech kim bilmas. U yerdagi, quruqlik va dengizdagi narsalarni biladir. Bitta yaproq uzilib tushmaydiki, magar uni ham biladir. Yer tubidagi bir dona don bormi, hoʻlu quruq bormi, barchasi Ochiq kitobda bordir. [17]
[17] («Ochiq kitob»dan murod — Lavhul Mahfuzdir. Yer ostida yashirin turgan bir dona don boʻlsa ham, hoʻlu quruqni boʻlsa ham biladi, degani, Uning bilmaydigan narsasi yoʻqdir, deganidir. Bu taʼrif faqat Allohning Oʻzigagina xosdir. Cheksiz va shomil ilmga ega boʻlgan Alloh taolo, cheksiz va shomil qudratga ham egadir.)
- 60
وَهُوَ ٱلَّذِى يَتَوَفَّىٰكُم بِٱلَّيْلِ وَيَعْلَمُ مَا جَرَحْتُم بِٱلنَّهَارِ ثُمَّ يَبْعَثُكُمْ فِيهِ لِيُقْضَىٰٓ أَجَلٌۭ مُّسَمًّۭى ۖ ثُمَّ إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ ثُمَّ يُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Wa Huwal lazee yatawaf faakum billaili wa ya'lamu maa jarahtum binnahaari summa yab'asukum fee liyuqdaaa ajalum musamman summa ilaihi marji'ukum summa yunabbi 'ukum bimaa kuntum ta'maloon
U kechasi sizni vafot ettiradir. U kunduzi qilgan kasbingizni biladir. Soʻngra, belgilagan ajal tugal boʻlishi uchun u(kunduzi)da sizni qayta tiriltiradir. Soʻngra, qaytib borishingiz Uning Oʻzigadir. Soʻngra, nima qilib yurganingizning xabarini beradir.
- 61
وَهُوَ ٱلْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِۦ ۖ وَيُرْسِلُ عَلَيْكُمْ حَفَظَةً حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ تَوَفَّتْهُ رُسُلُنَا وَهُمْ لَا يُفَرِّطُونَ
Wa huwal qaahiru fawqa 'ibaadihee wa yursilu 'alaikum hafazatan hattaaa izaa jaaa'a ahadakumul mawtu tawaffathu rusulunaa wa hum laa yufarritoon
U bandalari ustidan gʻolibdir. U ustingizga hafazalarini yuboradir. Qachonki birortangizga oʻlim kelsa, elchilarimiz kamchilikka yoʻl qoʻymagan holda uni vafot ettiradir.
- 62
ثُمَّ رُدُّوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ مَوْلَىٰهُمُ ٱلْحَقِّ ۚ أَلَا لَهُ ٱلْحُكْمُ وَهُوَ أَسْرَعُ ٱلْحَٰسِبِينَ
Summa ruddooo ilallaahi mawlaahumul haqq; alaa lahul hukmu wa Huwa asra'ul haasibeen
Soʻngra haqiqiy Xojalari — Allohga qaytarilurlar. Ogoh boʻlingizkim, hukm qilish Uning Oʻzigagina xosdir. Va U eng tezkor hisob-kitob qiluvchidir.
- 63
قُلْ مَن يُنَجِّيكُم مِّن ظُلُمَٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ تَدْعُونَهُۥ تَضَرُّعًۭا وَخُفْيَةًۭ لَّئِنْ أَنجَىٰنَا مِنْ هَٰذِهِۦ لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّٰكِرِينَ
Qul mai yunajjeekum min zulumaatil barri walbahri tad'oonahoo tadarru'anw wa khufyatann la'in anjaanaa min haazihee lanakoonana minash shaakireen
Sen: «Sizni quruqligu dengizning zulmatlaridan qutqaradigan kim? Unga tazarruʼ qilgan holda va maxfiy holda, agar mana shundan bizni qutqarsa, albatta, shukr qiluvchilardan boʻlar edik, deydiganingiz kim?» – deb ayt.
- 64
قُلِ ٱللَّهُ يُنَجِّيكُم مِّنْهَا وَمِن كُلِّ كَرْبٍۢ ثُمَّ أَنتُمْ تُشْرِكُونَ
Qulil laahu yunajjjeekum minhaa wa min kulli karbin summa antum tushrikoon
«Sizni ulardan va barcha gʻamlardan Alloh qutqarur. Soʻngra esa, siz shirk keltirasiz», – deb ayt.
- 65
قُلْ هُوَ ٱلْقَادِرُ عَلَىٰٓ أَن يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عَذَابًۭا مِّن فَوْقِكُمْ أَوْ مِن تَحْتِ أَرْجُلِكُمْ أَوْ يَلْبِسَكُمْ شِيَعًۭا وَيُذِيقَ بَعْضَكُم بَأْسَ بَعْضٍ ۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَفْقَهُونَ
Qul huwal Qaadiru 'alaaa ai yab'asa 'alaikum 'azaabam min fawqikum aw min tahti arjulikum aw yalbisakum shiya'anw wa yuzeeqa ba'dakum baasa ba'd; unzur kaifa nusarriful Aayaati la'allahum yafqahoon
Sen: «U sizga ustingizdan yoki oyogʻingiz ostidan azob yuborishga, turli firqalarga aralashtirib yuborishga, baʼzilaringizga baʼzilaringizning azobini tottirishga qodirdir», – deb ayt. Oyatlarimizni qanday tasarruf qilishimizga nazar sol. Shoyadki, anglab yetsalar. [18]
[18] (Kofir-mushriklarning ustidan yuboriladigan azobga Lut qavmiga va Fil egalariga yuborilgan azoblarni misol keltiradilar. Oyoq ostidan yuboriladigan azobga Qorunni yer yutishi va toʻfon balosi misol qilib keltiriladi. Odamlar firqalarga boʻlingandan keyin, har firqa aʼzolari oʻz firqalariga taassub qilib, bir-biriga shafqatsiz ravishda zulm oʻtkazishga, azob berishga qattiq urinadi. Insoniyat tarixida bunday holatlar koʻplab boʻlgan va hozir ham davom etib kelmoqda.)
- 66
وَكَذَّبَ بِهِۦ قَوْمُكَ وَهُوَ ٱلْحَقُّ ۚ قُل لَّسْتُ عَلَيْكُم بِوَكِيلٍۢ
Wa kaz zaba bihee qawmuka wa huwal haqq; qul lastu'alaikum biwakeel
Qavming uni yolgʻonga chiqardi. Holbuki u haqdir. Sen: «Men sizlarga vakil emasman.
- 67
لِّكُلِّ نَبَإٍۢ مُّسْتَقَرٌّۭ ۚ وَسَوْفَ تَعْلَمُونَ
Likulli naba im mustaqar runw wa sawfa ta'lamoon
Har bir xabarning oʻz vaqti bor. Tezda buni bilasizlar», deb ayt. [19]
[19] (Kofirlar Qurʼonni yolgʻonga chiqarmoqdalar. Ammo bu bilan u yolgʻonga aylanib qolmaydi. Chunki haqiqiy baho beruvchi Zot «Holbuki, u haqdir», demoqda.)
- 68
وَإِذَا رَأَيْتَ ٱلَّذِينَ يَخُوضُونَ فِىٓ ءَايَٰتِنَا فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ حَتَّىٰ يَخُوضُوا۟ فِى حَدِيثٍ غَيْرِهِۦ ۚ وَإِمَّا يُنسِيَنَّكَ ٱلشَّيْطَٰنُ فَلَا تَقْعُدْ بَعْدَ ٱلذِّكْرَىٰ مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa izaa ra aital lazeena yakhoodoona feee Aayaatinaa fa a'rid 'anhum hattaa yakkhoodoo fee hadeesin ghairih; wa immaa yunsiyannakash Shaitaanu falaa taq'ud ba'dazzikraa ma'al qawmiz zaalimeen
Oyatlarimizni (istehzo qilishga) shoʻngʻiyotganlarni koʻrgan chogʻingda, to undan boshqa gapga shoʻngʻigunlarigacha ulardan yuz oʻgir. Agar shayton esingdan chiqargan boʻlsa, eslaganingdan soʻng, zolim qavmlar bilan oʻtirma! [20]
[20] (Iymon masalasida zid boʻlgan qavm bilan birga oʻtirish, uns-ulfat topish oson ish emas. Ayniqsa, oʻsha kofirlar majlisda Allohning oyatlarini masxara qilayotgan boʻlsalar. Ularning bu istehzolarini tinglab oʻtirish hech toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad alayhissalotu vassalomga «zolim qavmlar» — mushriklarning oʻshanday majlislarida oʻtirishlarini man qilmoqda.)
- 69
وَمَا عَلَى ٱلَّذِينَ يَتَّقُونَ مِنْ حِسَابِهِم مِّن شَىْءٍۢ وَلَٰكِن ذِكْرَىٰ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ
Wa maa 'alal lazeena yattaqoona min hisaabihim min shai'inw wa laakin zikraa la'allahum yattaqoon
Taqvo qiladiganlar zimmasida u (mushrik)larning hisobidan hech narsa yoʻq. Lekin eslatma bor. Shoyadki, taqvo qilsalar.
- 70
وَذَرِ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ دِينَهُمْ لَعِبًۭا وَلَهْوًۭا وَغَرَّتْهُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ۚ وَذَكِّرْ بِهِۦٓ أَن تُبْسَلَ نَفْسٌۢ بِمَا كَسَبَتْ لَيْسَ لَهَا مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلِىٌّۭ وَلَا شَفِيعٌۭ وَإِن تَعْدِلْ كُلَّ عَدْلٍۢ لَّا يُؤْخَذْ مِنْهَآ ۗ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ أُبْسِلُوا۟ بِمَا كَسَبُوا۟ ۖ لَهُمْ شَرَابٌۭ مِّنْ حَمِيمٍۢ وَعَذَابٌ أَلِيمٌۢ بِمَا كَانُوا۟ يَكْفُرُونَ
Wa zaril lazeenat takhazoo deenahum la'ibanwwa lahwanw wa gharrat humul ha yaatud dunyaa; wa zakkir biheee an tubsala nafsum bimaa kasabat laisa lahaa min doonil laahi waliyyunw wa laa shafee'unw wa in ta'dil kulla 'adlil laa yu'khaz minhaa; ulaaa 'ikal lazeena ubsiloo bimaa kasaboo lahum sharaabum min hameeminw wa 'azaabun aleemum bimaa kaanoo yakkfuroon
Oʻz dinlarini oʻyin-kulgu qilib olgan va hayoti dunyoga aldanib ketganlarni tark et. U (Qurʼon) ila eslatginki, hech bir jon qilgan kasbi tufayli halokatga duchor boʻlib, Allohdan oʻzga biror doʻst va shafoatchisiz holga va barcha fido qiladigan narsani fido qilsa ham, undan qabul qilinmaydigan holga tushib qolmasin. Ana oʻshalar qilgan kasblari tufayli halokatga duchor boʻlganlardir. Kufr keltirganlari uchun ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir. [21]
[21] (Oʻz dinlarini oʻyin qilib olganlar, dinga ehtirom bilan qaramaydigan, dinni oʻz xohishlaricha toʻgʻrilashga harakat qiladiganlardir. Ular mushriklardan, ahli kitoblardan yoki musulmonman deb yurganlardan ham boʻlishi mumkin. Ular, men falon dindanman, deydilar-u, ammo oʻsha dinga amal qilmaydilar, ehtiromini joyiga qoʻymaydilar. Vaqti kelganda, oʻzini dindor qilib koʻrsatishga urinadilar-u, ammo nariroqqa borib, bilganlaridan qolmaydilar. Ular, agar oʻxshatish joiz boʻlsa, xoʻjayinni aldab, oʻyin-kulgu qilib yurgan xizmatchiga oʻxshaydilar. Balki ulardan ham battardirlar.)
- 71
قُلْ أَنَدْعُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُنَا وَلَا يَضُرُّنَا وَنُرَدُّ عَلَىٰٓ أَعْقَابِنَا بَعْدَ إِذْ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ كَٱلَّذِى ٱسْتَهْوَتْهُ ٱلشَّيَٰطِينُ فِى ٱلْأَرْضِ حَيْرَانَ لَهُۥٓ أَصْحَٰبٌۭ يَدْعُونَهُۥٓ إِلَى ٱلْهُدَى ٱئْتِنَا ۗ قُلْ إِنَّ هُدَى ٱللَّهِ هُوَ ٱلْهُدَىٰ ۖ وَأُمِرْنَا لِنُسْلِمَ لِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Qul anad'oo min doonil laahi maa laa yanfa'unaa wa laa yadurrunaa wa nuraddu 'alaaa a'qaabina ba'da iz hadaanal laahu kallazis tahwat hush Shayaateenu fil ardi hairaana lahooo ashaabuny yad'oo nahooo ilal huda' tinaa; qul inna hudal laahi huwal hudaa wa umirnaa linuslima li Rabbil 'aalameen
Sen: «Allohni qoʻyib na foyda, na zarar bera olmaydigan narsalarga ibodat qilamizmi? Xuddi ogʻaynilari, bu yoqqa kel, deb hidoyatga chaqirib turgan boʻlsa ham, shayton adashtirib, yer yuzida hayron boʻlib qolganga oʻxshab, Alloh bizni hidoyatga solgandan keyin orqamizga qaytamizmi?» – deb ayt. Sen: «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir. Olamlarning Robbiga taslim boʻlishga amr qilinganmiz», – deb ayt. [22]
[22] (Bular eʼtiqodda, ibodatda, ixlosda, taslimda, rozilik tilashda va amrni ado etishda turli narsa va shaxslarni Allohga sherik qiladiganlarga aytiladigan gaplardir. Bu xitob ularning vijdon va aqllariga ochiqchasiga murojaatdir.)
- 72
وَأَنْ أَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَٱتَّقُوهُ ۚ وَهُوَ ٱلَّذِىٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ
Wa an aqeemus Salaata wattaqooh; wa Hual lazeee ilaihi tuhsharoon
Namozni qoim qiling va Allohga taqvo qiling! U sizlar huzuriga toʻplanadigan Zotdir.
- 73
وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۖ وَيَوْمَ يَقُولُ كُن فَيَكُونُ ۚ قَوْلُهُ ٱلْحَقُّ ۚ وَلَهُ ٱلْمُلْكُ يَوْمَ يُنفَخُ فِى ٱلصُّورِ ۚ عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْخَبِيرُ
Wa an Huwal lazee khalaqas samaawaati wal arda bilhaqq; wa Yawma yaqoolu kun fa yakoon; Qawluhul haqq; wa lahul mulku Yawma yunfakhu fis Soor; 'Aalimul Ghaibi wash shahaadah; wa Huwal Hakeemul Khabeer
U, osmonlaru yerni haq ila yaratgan Zotdir. «Boʻl» degan kuni boʻladir. Uning gapi haqdir. Dud chalinadigan kuni mulk Unikidir. U, gʻaybni ham, shohidni ham biluvchi Zotdir. Va U hakiym va xabardor Zotdir. [23]
[23] (Alloh taolo butun borliqni, jumladan osmonlaru Yerni haq ila yaratgan Zot. Bu masala — haq. Boshqa gap-soʻz yoki taxminlar hammasi bekor. Ushbularni yaratgan Zot uchun qiyomatni qoim qilib, hamma odamlarni oʻz huzurida jamlab, hisob-kitob qilishi va mukofot yoki jazo berishi juda ham osondir. Yaʼni, qiyomat kuni. Dud surnayga oʻxshab chalinadigan asbob boʻlib, oʻsha asbobni Isrofil alayhissalom chalganlaridan soʻng qiyomat qoim boʻladi. Shuning uchun ham qiyomat kuni dud chalinadigan kun deb ham nomlanadi.)
- 74
۞ وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِيمُ لِأَبِيهِ ءَازَرَ أَتَتَّخِذُ أَصْنَامًا ءَالِهَةً ۖ إِنِّىٓ أَرَىٰكَ وَقَوْمَكَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ
Wa iz qaala Ibraaheemu li abeehi Aazara a-tattakhizu asnaaman aalihatan inneee araaka wa qawmaka fee dalaalim mmubeen
Ibrohimning otasi Ozarga: «Sanamlarni xudolar qilib olasanmi? Men seni va sening qavmingni, albatta, ochiq-oydin adashuvda koʻrmoqdaman», – deganini esla. [24]
[24] (Ibrohim alayhissalom sof qalbi va ongi ila bu ish notoʻgʻri ekanligini, jonsiz tosh yoki jonsiz yogʻoch odamlar tomonidan bir oz ishlov berilgani bilan xudoga aylanib qolmasligini tushunib yetdi. Ibrohim alayhissalom otasini va uning qavmini ochiq-oydin adashuvda ekanini ham anglab yetdi. Bu tushunchani ularning yuziga ochiqchasiga aytdi.)
- 75
وَكَذَٰلِكَ نُرِىٓ إِبْرَٰهِيمَ مَلَكُوتَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلِيَكُونَ مِنَ ٱلْمُوقِنِينَ
Wa kazaalika nureee Ibraaheema malakootas samaawaati wal ardi wa liyakoona minal mooqineen
Xuddi shunday qilib, Ibrohimga, aniq ishonuvchilardan boʻlishi uchun, osmonlaru yerning mulklarini koʻrsaturmiz. [25]
[25] (Yaʼni, Ibrohimga xuddi otasi va uning qavmi ochiq-oydin adashuvda ekanligini sof qalbi va ongi ila koʻrsatganimizdek, unga ushbu sof qalb va ong ila osmonlaru Yerdagi mulklarni, ulardagi siru asrorlarni ham koʻrsatamiz.)
- 76
فَلَمَّا جَنَّ عَلَيْهِ ٱلَّيْلُ رَءَا كَوْكَبًۭا ۖ قَالَ هَٰذَا رَبِّى ۖ فَلَمَّآ أَفَلَ قَالَ لَآ أُحِبُّ ٱلْءَافِلِينَ
Falammaa janna 'alaihil lailu ra aa kawkabaan qaala haaza Rabbee falammaaa afala qaala laaa uhibbul aafileen
Uni tun oʻrab olganida yulduzni koʻrib: «Mana shu Robbimdir», – dedi. U botib ketganida esa: «Botuvchilarni yoqtirmasman», – dedi.
- 77
فَلَمَّا رَءَا ٱلْقَمَرَ بَازِغًۭا قَالَ هَٰذَا رَبِّى ۖ فَلَمَّآ أَفَلَ قَالَ لَئِن لَّمْ يَهْدِنِى رَبِّى لَأَكُونَنَّ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلضَّآلِّينَ
Falammmaa ra al qamara baazighan qaala haazaa Rabbee falammmmaaa afala qaala la'il lam yahdinee Rabbee la akoonanna minal qawmid daaalleen
Chiqayotgan oyni koʻrganda: «Mana shu Robbimdir», – dedi. U ham botganida: «Agar Robbim meni toʻgʻri yoʻlga boshlamasa, albatta, adashuvchilardan boʻlaman», – dedi.
- 78
فَلَمَّا رَءَا ٱلشَّمْسَ بَازِغَةًۭ قَالَ هَٰذَا رَبِّى هَٰذَآ أَكْبَرُ ۖ فَلَمَّآ أَفَلَتْ قَالَ يَٰقَوْمِ إِنِّى بَرِىٓءٌۭ مِّمَّا تُشْرِكُونَ
Falammmaa ra ashshamsa baazighatan qaala haazaa Rabbee haazaaa akbaru falammaaa afalat qaala yaa qawmi innee bareee'um mimmaa tushrikoon
Chiqayotgan quyoshni koʻrganda: «Mana shu Robbim. Bu kattaroq», – dedi. U ham botib ketganida: «Ey qavmim, men siz shirk keltirayotgan narsadan voz kechdim», – dedi.
- 79
إِنِّى وَجَّهْتُ وَجْهِىَ لِلَّذِى فَطَرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ حَنِيفًۭا ۖ وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ
Innnee wajjahtu wajhiya lillazee fataras samaawaati wal arda haneefanw wa maaa ana minal mushrikeen
Albatta, men yuzimni osmonlaru yerni yaratgan Zotga, toʻgʻri yoʻlga moyil boʻlgan holimda, yuzlantirdim va men mushriklardan emasman. [26]
[26] (Bu iqror Ibrohim alayhissalomning mushrik qavmdan ajralib, yolgʻiz Alloh taologa, osmonlaru Yerni yaratgan Zotga, mushriklar unga shirk keltirayotgan but va sanamlar, oy-u yulduzlar va quyoshni yaratgan Zotning Oʻzigagina yuzlanganini eʼlon qilishlaridir. U kishining bu yuzlanishlari, — ushbu yoʻllari, millatlari haniflik deb nomlanadi. Bu degani — faqat toʻgʻrilikka moyil boʻlish, yuzlanish, yoʻl tutish deganidir.)
- 80
وَحَآجَّهُۥ قَوْمُهُۥ ۚ قَالَ أَتُحَٰٓجُّوٓنِّى فِى ٱللَّهِ وَقَدْ هَدَىٰنِ ۚ وَلَآ أَخَافُ مَا تُشْرِكُونَ بِهِۦٓ إِلَّآ أَن يَشَآءَ رَبِّى شَيْـًۭٔا ۗ وَسِعَ رَبِّى كُلَّ شَىْءٍ عِلْمًا ۗ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ
Wa haaajjahoo qawmuh; qaala a-tuh aaajjooonnnee fillaahi wa qad hadaan; wa laaa akhaafu mmaa tushrikoona bihee illaaa ai yashaaa'a Rabbee shai'anw wasi'a Rabbee kulla shai'in 'ilman afalaa tatazakkaroon
Va qavmi u ila tortishdi. U: «Men bilan Alloh haqida tortishasizlarmi, holbuki, U meni hidoyat etdi. Men Unga shirk keltirayotgan narsangizdan qoʻrqmasman. Magar Robbim biror narsani iroda etsa, boʻlishi mumkin. Robbim barcha narsani Oʻz ilmi ila qamrab olgan. Eslasangiz boʻlmasmi?» – dedi.
- 81
وَكَيْفَ أَخَافُ مَآ أَشْرَكْتُمْ وَلَا تَخَافُونَ أَنَّكُمْ أَشْرَكْتُم بِٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ عَلَيْكُمْ سُلْطَٰنًۭا ۚ فَأَىُّ ٱلْفَرِيقَيْنِ أَحَقُّ بِٱلْأَمْنِ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
Wa kaifa akhaafu maaa ashraktum wa laa takhaafoona annakum ashraktum billaahi maa lam yunazzil bihee 'alaikum sultaanaa; fa aiyul fareeqaini ahaqqu bil amni in kuntum ta'lamoon
«Qanday qilib men siz shirk keltirgan narsadan qoʻrqay. Holbuki, siz oʻzingizga hech hujjat tushirmagan narsani Allohga shirk keltirib turib qoʻrqmaysiz-u?» Agar bilsangiz, ayting-chi, qaysi guruh xotirjam boʻlishga haqliroq?! [27]
[27] (Oddiy mantiq aytib turibdi. Sizlar xudodan qoʻrqmay, hech qanday hujjat-dalilsiz, oʻzingizdan-oʻzingiz baʼzi narsalarni unga sherik qilib oldingiz va yana qoʻrqmay yuribsiz. Siz shunday qilganingizdan keyin, haqiqiy Allohga iymon keltirib turib, nima uchun men sizlarning soxta xudolaringizdan qoʻrqay?!)
- 82
ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَلَمْ يَلْبِسُوٓا۟ إِيمَٰنَهُم بِظُلْمٍ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلْأَمْنُ وَهُم مُّهْتَدُونَ
Allazeena aamanoo wa lam yalbisooo eemaanahum bizulmin ulaaa'ika lahumul amnu wa hum muhtadoon
Iymon keltirganlar va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar. Ana oʻshalarga xotirjamlik, omonlik bor. Ular hidoyat topganlardir.
- 83
وَتِلْكَ حُجَّتُنَآ ءَاتَيْنَٰهَآ إِبْرَٰهِيمَ عَلَىٰ قَوْمِهِۦ ۚ نَرْفَعُ دَرَجَٰتٍۢ مَّن نَّشَآءُ ۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌۭ
Wa tilka hujjatunaaa aatainaahaaa Ibraaheema 'alaa qawmih; narfa'u darajaatim man nashaaa'; inna Rabbaka Hakeemun 'Aleem
Ana oʻshalar, Ibrohimga qavmiga qarshi (tortishuvda) bergan hujjatlarimizdir. Kimni xohlasak, darajasini koʻtaramiz. Albatta, Robbing hikmatli va yaxshi biluvchi Zotdir. [28]
[28] (Alloh taolodan kelgan hujjatlarni qoʻllagan Ibrohim alayhissalom tortishuvda mushriklardan ustun keldilar. Gʻolib boʻldilar. Bu bilan Alloh taolo u kishining darajalarini ulugʻ qildi.)
- 84
وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ ۚ كُلًّا هَدَيْنَا ۚ وَنُوحًا هَدَيْنَا مِن قَبْلُ ۖ وَمِن ذُرِّيَّتِهِۦ دَاوُۥدَ وَسُلَيْمَٰنَ وَأَيُّوبَ وَيُوسُفَ وَمُوسَىٰ وَهَٰرُونَ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ
Wa wahabnaa lahoo ishaaqa wa ya'qoob; kullan hadainaa; wa Noohan hadainaa min qablu wa min zurriyyatihee Daawooda wa Sulaimaana wa Ayyooba wa Yoosufa wa Moosaa wa haaroon; wa kazaalika najzil muhsineen
Va Biz unga Isʼhoqni va Yaʼqubni berdik. Barchalarini hidoyat qildik. Bundan oldin Nuhni ham hidoyat qilgan edik. Va uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso, Horunni ham (hidoyat qildik). Chiroyli amal qiluvchilarni ana shunday mukofotlarmiz.
- 85
وَزَكَرِيَّا وَيَحْيَىٰ وَعِيسَىٰ وَإِلْيَاسَ ۖ كُلٌّۭ مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ
Wa Zakariyyaa wa Yahyaa wa 'Eesaa wa Illyaasa kullum minas saaliheen
Va Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyosni ham. Hammalari ahli solihlardir.
- 86
وَإِسْمَٰعِيلَ وَٱلْيَسَعَ وَيُونُسَ وَلُوطًۭا ۚ وَكُلًّۭا فَضَّلْنَا عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ
Wa Ismaa'eela wal Yasa'a wa Yoonusa wa Lootaa; wa kullan faddalnaa 'alal 'aalameen
Va Ismoil, al-Yasaʼ, Yunus va Lutni ham. Barchalarini butun olamlardan afzal qildik. [29]
[29] (Ushbu uch oyatda Alloh taolo Ibrohim alayhissalomni ishorat bilan, boshqa oʻn sakkiz paygʻambarni ismlari bilan zikr qilmoqda. Ikkinchi guruhda zikr qilingan paygʻambarlar: «Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyos» alayhimussalomlar tarki dunyo, zuhdu taqvo bilan mashhur boʻlganlar. Shuning uchun ham ular oyati karimada: «Hammalari ahli solihlardandir», iborasi ila vasf qilinayotir. Zotan, hamma paygʻambarlar ahli solihlardandir. Ushbu toʻrt paygʻambar ahli solihlikda alohida martabaga erishganlar.)
- 87
وَمِنْ ءَابَآئِهِمْ وَذُرِّيَّٰتِهِمْ وَإِخْوَٰنِهِمْ ۖ وَٱجْتَبَيْنَٰهُمْ وَهَدَيْنَٰهُمْ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ
Wa min aabaaa'ihim wa zurriyyaatihim wa ikhwaanihim wajtabainaahum wa hadainaahum ilaa Siraatim Mustaqeem
Va ularning otalaridan, zurriyotlaridan va birodarlaridan ham hidoyat qildik. Ularni tanlab oldik va sirotul mustaqiymga hidoyat qildik.
- 88
ذَٰلِكَ هُدَى ٱللَّهِ يَهْدِى بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۚ وَلَوْ أَشْرَكُوا۟ لَحَبِطَ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Zaalika hudal laahi yahdee bihee mai yashaaa'u min 'ibaadih; wa law ashrakoo lahabita 'anhum maa kaanoo ya'maloon
Ana oʻsha, Allohning hidoyati boʻlib, Oʻz bandalaridan kimni xohlasa, oʻshani unga yoʻllar. Agar ular shirk keltirsalar, qilgan ishlari, albatta, behuda ketar.
- 89
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحُكْمَ وَٱلنُّبُوَّةَ ۚ فَإِن يَكْفُرْ بِهَا هَٰٓؤُلَآءِ فَقَدْ وَكَّلْنَا بِهَا قَوْمًۭا لَّيْسُوا۟ بِهَا بِكَٰفِرِينَ
Ulaaa'ikal lazeena aatainaahumul Kitaaba wal hukma wan Nubuwwah; fa iny yakfur bihaa haaa'ulaaa'i faqad wakkalnaa bihaa qawmal laisoo bihaa bikaafireen
Ana oʻshalar Biz ularga kitobni, hukmni va Paygʻambarlikni bergan zotlardir. Agar anavilar bularga kufr keltirsalar, batahqiqki, Biz ularga kufr keltirmaydigan qavmni vakil qilib qoʻyganmiz.
- 90
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ هَدَى ٱللَّهُ ۖ فَبِهُدَىٰهُمُ ٱقْتَدِهْ ۗ قُل لَّآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا ۖ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرَىٰ لِلْعَٰلَمِينَ
Ulaaa'ikal lazeena hadal laahu fabihudaahumuq tadih; qul laaa as'alukum 'alaihi ajran in huwa illaa zikraa lil 'aalameen
Ana oʻshalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash. Sen: «Men sizlardan buning uchun haq soʻramasman. U, olamlar uchun eslatmadan iborat, xolos», – deb ayt. [30]
[30] (Zikr qilingan paygʻambarlar alayhimussalom Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Allohdan kelgan hidoyat esa, doimo ergashish zarur boʻlgan narsadir. Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom iqtido qilishlari lozim hidoyat ham shu hidoyatdir. Kishilar daʼvat qilinadigan hidoyat ham shu.)
- 91
وَمَا قَدَرُوا۟ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦٓ إِذْ قَالُوا۟ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَىٰ بَشَرٍۢ مِّن شَىْءٍۢ ۗ قُلْ مَنْ أَنزَلَ ٱلْكِتَٰبَ ٱلَّذِى جَآءَ بِهِۦ مُوسَىٰ نُورًۭا وَهُدًۭى لِّلنَّاسِ ۖ تَجْعَلُونَهُۥ قَرَاطِيسَ تُبْدُونَهَا وَتُخْفُونَ كَثِيرًۭا ۖ وَعُلِّمْتُم مَّا لَمْ تَعْلَمُوٓا۟ أَنتُمْ وَلَآ ءَابَآؤُكُمْ ۖ قُلِ ٱللَّهُ ۖ ثُمَّ ذَرْهُمْ فِى خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ
Wa maa qadarul laaha haqqa qadriheee iz qaaloo maaa anzalal laahu 'alaa basharim min shai'; qul man anzalal Kitaabal lazee jaaa'a bihee Moosaa nooranw wa hudal linnaasi taj'aloonahoo qaraateesa tubdoonahaa wa tukhfoona kaseeranw wa 'ullimtum maa lam ta'lamooo antum wa laaa aabaaa'ukum qulil laahu summa zarhum fee khawdihim yal'aboon
Ular, Alloh basharga hech narsa tushirgani yoʻq, deganlarida, Allohni toʻgʻri taqdirlamadilar. «Muso kishilarga hidoyat va nur etib olib kelgan, uni siz qogʻozga tushirib olib, baʼzisini zohir, koʻpini maxfiy qilgan va siz ham, ota-bobolaringiz ham bilmagan narsalarni sizga oʻrgatgan kitobni kim tushirdi?!» – deb ayt. «Alloh» – deb ayt. Soʻngra, ularni tek qoʻy, shoʻngʻigan narsalarida oʻynayversinlar. [31]
[31] (Nima uchun Tavrotni Musoga Alloh nozil qilganini tan oladilar, biroq Qurʼonga kelganda, Alloh basharga hech narsa nozil qilgan yoʻq, deydilar?! Yoki Tavrot ham nozil boʻlmaganmi?! Yoʻq, unday emas, «Tavrot»ni Allohdan nozil boʻlgan ilohiy kitob, deb biladilar. Yahudiylar Tavrotni yozib olishgach, undan oʻzlariga muvofiq oʻrinlarni odamlarga koʻrsatishar, muvofiq kelmagan oʻrinlarini esa, maxfiy tutishar edi.)
- 92
وَهَٰذَا كِتَٰبٌ أَنزَلْنَٰهُ مُبَارَكٌۭ مُّصَدِّقُ ٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ وَلِتُنذِرَ أُمَّ ٱلْقُرَىٰ وَمَنْ حَوْلَهَا ۚ وَٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۖ وَهُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ
Wa haazaa Kitaabun anzalnaahu Mubaarakum musaddiqul lazee bainaa yadaihi wa litunzira ummal Quraa wa man hawlahaa; wallazeena yu'minoona bil Aakhirati yu'minoona bihee wa hum'alaa Salaatihim yuhaafizoon
Bu, Biz tushirgan kitob, muborakdir, oʻzidan oldingini tasdiqlovchidir. Ummul Quro (shaharlar onasi) va uning atrofini ogohlantirishing uchundir. Oxiratga iymon keltirganlar unga iymon keltirurlar. Va ular namozlarini muhofaza qilurlar. [32]
[32] (Ummul Qurodan, Makkai Mukarrama nazarda tutilyapti. Bu muqaddas shahar arablar orasida qadimdan shu nom bilan ham mashhur boʻlgan. Chunki bu muborak shaharda Allohga ibodat etish uchun qurilgan dunyo va basharning birinchi uyi «Baytulloh» bor.)
- 93
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ قَالَ أُوحِىَ إِلَىَّ وَلَمْ يُوحَ إِلَيْهِ شَىْءٌۭ وَمَن قَالَ سَأُنزِلُ مِثْلَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ ۗ وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلظَّٰلِمُونَ فِى غَمَرَٰتِ ٱلْمَوْتِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ بَاسِطُوٓا۟ أَيْدِيهِمْ أَخْرِجُوٓا۟ أَنفُسَكُمُ ۖ ٱلْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ ٱلْهُونِ بِمَا كُنتُمْ تَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ غَيْرَ ٱلْحَقِّ وَكُنتُمْ عَنْ ءَايَٰتِهِۦ تَسْتَكْبِرُونَ
Wa man azlamu mimmanif taraa 'alal laahi kaziban aw qaala oohiya ilaiya wa lam yooha ilaihi shai'un wa man qaala sa unzilu misla maaa anzalal laah; wa law taraaa iziz zaalimoona fee ghamaraatil mawti walmalaaa'ikatu baasitooo aideehim akhrijooo anfusakum; al yawma tujzawna 'azaabal hooni bimaa kuntum taqooloona 'alal laahi ghairal haqqi wa kuntum 'an aayaatihee tastakbiroon
Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan yoki unga hech narsa vahiy qilinmasa ham, menga vahiy keldi, degan, yoxud Alloh nozil qilgan narsaga oʻxshash narsani men ham nozil qilaman, degan kimsadan ham zolimroq kimsa bormi? Zolimlarning oʻlim talvasasi paytlarini, farishtalarning ularga qoʻl choʻzib: «Joningizni chiqaring! Bugungi kunda Allohga nisbatan nohaq gap aytganlaringiz uchun va Uning oyatlaridan mutakabbirlik qilib yurganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», – degandagi hollarini koʻrsang edi. [33]
[33] (Kofir mushriklar Paygʻambar alayhissalomni inkor qilib, u zotga qoʻyayotgan ayblar gʻoyat katta ayblardir. Bunday ishlar Allohning mahbub Paygʻambaridan sodir boʻlishi aslo mumkin emas. Agar farazan kimdir bunday zulmni qiladigan boʻlsa, albatta, jazosini tortadi va tezda fosh boʻladi. Tarix buning koʻpiga guvoh. Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning davrlarida Musaylamatul kazzob, uning xotini Sajoh binti al-Horis va al-Asvad al-Anasiylar shunday daʼvo bilan chiqdilar. Ammo tezda sharmanda boʻldilar. Bunday kishilar eng zolim kishilar hisoblanadilar. Ularning kimligini oyati karimadagi taʼrifdan ham bilib olish mumkin.)
- 94
وَلَقَدْ جِئْتُمُونَا فُرَٰدَىٰ كَمَا خَلَقْنَٰكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍۢ وَتَرَكْتُم مَّا خَوَّلْنَٰكُمْ وَرَآءَ ظُهُورِكُمْ ۖ وَمَا نَرَىٰ مَعَكُمْ شُفَعَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُمْ أَنَّهُمْ فِيكُمْ شُرَكَٰٓؤُا۟ ۚ لَقَد تَّقَطَّعَ بَيْنَكُمْ وَضَلَّ عَنكُم مَّا كُنتُمْ تَزْعُمُونَ
Wa laqad ji'tumoonaa furaadaa kamaa khalaqnaakum awwala marratinw wa taraktum maa khawwalnaakum waraaa'a zuhoorikum wa maa naraa ma'akum shufa'aaa' akumul lazeena za'amtum annahum feekum shurakaaa'; laqat taqatta'a bainakum wa dalla 'annkum maa kuntum taz'umoon
Xuddi sizlarni dastlab xalq qilganimizdek, huzurimizga yakka-yakka keldingiz. Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldirdingiz. Sizlar oʻzingizcha sherik deb oʻylagan shafoatchilaringizni koʻrmayapmiz?! Batahqiq, oralaringiz uzildi. Siz daʼvo qilgan narsa gʻoyib boʻldi.
- 95
۞ إِنَّ ٱللَّهَ فَالِقُ ٱلْحَبِّ وَٱلنَّوَىٰ ۖ يُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَمُخْرِجُ ٱلْمَيِّتِ مِنَ ٱلْحَىِّ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ
Innal laaha faaliqul habbi wannawaa yukhrijul haiya minal maiyiti wa mukhrijul maiyiti minal haiy; zaalikumul laahu fa annaa tu'fakoon
Albatta, Alloh donni ham, danakni ham yoruvchi Zotdir. U, oʻlikdan tirikni chiqarur va tirikdan oʻlikni chiqarguvchidir. Ana shunday Allohdir. Siz qayoqqa burilib ketyapsiz?!
- 96
فَالِقُ ٱلْإِصْبَاحِ وَجَعَلَ ٱلَّيْلَ سَكَنًۭا وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ حُسْبَانًۭا ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْعَلِيمِ
Faaliqul isbaahi wa ja'alal laila sakananw washh shamsa walqamara husbaanaa; zaalika taqdeerul 'Azeezil 'Aleem
U, subhni yoritguvchi Zotdir. U, tunni sukunat, quyosh va oyni hisob qilib qoʻydi. Bu esa, gʻolib va yaxshi bilguvchi Zotning oʻlchovidir. [34]
[34] (Tunni inson, hayvonot, nabotot va jamodot olami uchun orom olguvchi sukunat qilib qoʻygan kim?! Nima uchun sukunat faqat tungagina xosdir? Xoʻsh, buni kim qildi? Oʻz-oʻzidan boʻlishi mumkin emas-ku. Inson har kuni tunga kiradi, uning sukunatidan taskin topadi, orom oladi. Ammo, buni kim qildi, deb soʻrab koʻrmaydi.)
- 97
وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلنُّجُومَ لِتَهْتَدُوا۟ بِهَا فِى ظُلُمَٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ ۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَعْلَمُونَ
Wa Huwal lazee ja'ala lakumun nujooma litahtadoo bihaa fee zulumaatil barri walbahr; qad fassalnal Aayaati liqawminy ya'lamoon
U sizlarga quruqlik va dengiz zulmatlarida yoʻl topishingiz uchun yulduzlarni qilib qoʻygan Zotdir. Biladigan qavmlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qoʻyganmiz.
- 98
وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَكُم مِّن نَّفْسٍۢ وَٰحِدَةٍۢ فَمُسْتَقَرٌّۭ وَمُسْتَوْدَعٌۭ ۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَفْقَهُونَ
Wa hhuwal lazeee ansha akum min nasinw waahidatin famustaqarrunw wa mustawda'; qad fassalnal Aayaati liqaw miny-yafqahoon
U sizlarni bir jondan yaratgan Zotdir. Bas, u (jon) qaror topadigan joy(ona rahmi)da yoki saqlab qoʻyiladigan joy (ota sulbi)dadir. Yaxshi anglaydiganlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qoʻyganmiz. [35]
[35] (Erkak boʻlsin, ayol boʻlsin, dastavval hammasi ota sulbida saqlanib turadi. Soʻngra ona rahmiga — bachadonga oʻtadi, u yerdan joy topadi va shundan keyin dunyoga keladi. Bu ishni kim qiladi? Albatta, Alloh taolo qiladi. Allohdan boshqa hech kim qila olmaydi. Agar biror zot qila olsa, aytsin! Albatta, inson oʻzidan-oʻzi dunyoga kela olmaydi. Ushbu haqiqatni oʻylab koʻrgan har bir inson Alloh taoloning biru borligiga qoyil qolmay iloji yoʻq. Faqat, bu oddiy haqiqatni anglash uchun fahm kerak, ong kerak, xolos.)
- 99
وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ نَبَاتَ كُلِّ شَىْءٍۢ فَأَخْرَجْنَا مِنْهُ خَضِرًۭا نُّخْرِجُ مِنْهُ حَبًّۭا مُّتَرَاكِبًۭا وَمِنَ ٱلنَّخْلِ مِن طَلْعِهَا قِنْوَانٌۭ دَانِيَةٌۭ وَجَنَّٰتٍۢ مِّنْ أَعْنَابٍۢ وَٱلزَّيْتُونَ وَٱلرُّمَّانَ مُشْتَبِهًۭا وَغَيْرَ مُتَشَٰبِهٍ ۗ ٱنظُرُوٓا۟ إِلَىٰ ثَمَرِهِۦٓ إِذَآ أَثْمَرَ وَيَنْعِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكُمْ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ
Wa Huwal lazeee anzala minas samaaa'i maaa'an fa akhrajnaa bihee nabaata kulli shai'in fa akhrajnaa minhu khadiran nukhriju minhu habbam mutaraakibanw wa minan nakhli min tal'ihaa qinwaanun daaniyatunw wa jannaatim min a'naabinw wazzaitoona warrummaana mushhtabihanw wa ghaira mutashaabih; unzurooo ilaa samariheee izaaa asmars wa yan'ih; inna fee zaalikum la Aayaatil liqawminy yu'minoon
U, osmondan suv nozil qilgan Zotdir. Bas, u (suv) ila turli nabototlar chiqardik. Undan yashil giyohlarni chiqardik. Undan gʻujum-gʻujum boshoqlar chiqaramiz. Va xurmodan, uning novdalaridan yaqin shingillar chiqaramiz va uzum bogʻlari chiqaramiz. Bir-biriga oʻxshagan va oʻxshamagan zaytun va anorlarni chiqaramiz. Uning meva qilish paytidagi mevasiga va pishishiga nazar soling. Albatta, bunday narsalarda iymon keltiradigan qavm uchun oyat — belgilar bordir.
- 100
وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ شُرَكَآءَ ٱلْجِنَّ وَخَلَقَهُمْ ۖ وَخَرَقُوا۟ لَهُۥ بَنِينَ وَبَنَٰتٍۭ بِغَيْرِ عِلْمٍۢ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يَصِفُونَ
Wa ja'aloo lillaahi shurakaaa'al jinna wa khalaqa hum wa kharaqoo lahoo baneena wa banaatim bighairi 'ilm Subhaanahoo wa Ta'aalaa 'amma yasifoon
Ular jinlarni Allohga sherik qildilar. Holbuki, U hammalarini yaratgan Zotdir. Ilmsiz holda Unga oʻgʻillar va qizlar yasadilar. U, ular vasf qilgan narsalardan pok va oliy boʻldi. [36]
[36] (Jinlarda insonlardan boshqacha — gʻayri tabiiy baʼzi sifatlar borligini bilgach, ularda ilohiy sifatlar boʻlsa kerak, deb gumon qildilar va Allohga shirk keltirdilar. Islom aqidasidan oʻzga aqidalarda ushbu narsa bor, desak mubolagʻa boʻlmaydi.)
- 101
بَدِيعُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُۥ وَلَدٌۭ وَلَمْ تَكُن لَّهُۥ صَٰحِبَةٌۭ ۖ وَخَلَقَ كُلَّ شَىْءٍۢ ۖ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۭ
Badee'us samaawaati wal ardi annnaa yakoonu lahoo waladunw wa lam takul lahoo saahibatunw wa khalaqa kulla shai'in 'Aleem
U, osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilguvchi Zotdir. Uning xotini boʻlmay turib, bolasi qanday boʻlsin?! U hamma narsani Oʻzi yaratdi va U hamma narsani yaxshi bilguvchidir.
- 102
ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ خَٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍۢ فَٱعْبُدُوهُ ۚ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ وَكِيلٌۭ
Zaalikumul laahu Rabbukum laaa ilaaha illaa huwa khaaliqu kulli shai'in fa'budooh; wa huwa 'alaa kulli shai'inw Wakeel
Ana oʻsha Alloh sizning Robbingizdir. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yoʻq. U har bir narsaning Yaratguvchisidir. Bas, Unga ibodat qiling. U har bir narsaga vakildir!
- 103
لَّا تُدْرِكُهُ ٱلْأَبْصَٰرُ وَهُوَ يُدْرِكُ ٱلْأَبْصَٰرَ ۖ وَهُوَ ٱللَّطِيفُ ٱلْخَبِيرُ
Laa tudrikuhul absaaru wa Huwa yudrikul absaara wa huwal Lateeful Khabeer
Koʻzlar Uni idrok eta olmas, U koʻzlarni idrok etar. U latiyf va xabardor Zotdir. [37]
[37] (Alloh koʻzlarni bu dunyo ashyolarini koʻrish uchun yaratgan. Shu vazifalarini bajaradilar, xolos. Ammo imkonlaridan tashqari narsani bajarishga qodir emaslar. Koʻzlar maʼlum masofadagi narsalarni koʻradi. Undan uzoqdagisini koʻra olmaydi. Bu esa, oʻsha maʼlum masofadan naridagi koʻzga koʻrinmagan narsa yoʻqdir degani emas. Balki koʻz uni koʻra olmaganidandir.)
- 104
قَدْ جَآءَكُم بَصَآئِرُ مِن رَّبِّكُمْ ۖ فَمَنْ أَبْصَرَ فَلِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَنْ عَمِىَ فَعَلَيْهَا ۚ وَمَآ أَنَا۠ عَلَيْكُم بِحَفِيظٍۢ
Qad jaaa'akum basaaa'iru mir Rabbikum faman absara falinafsihee wa man 'amiya fa'alaihaa; wa maaa ana 'alaikum bihafeez
Batahqiq, sizga Robbingizdan «koʻz ochuvchi»lar keldi. Kimki koʻrsa, oʻziga yaxshi. Kim koʻr boʻlib olsa, oʻziga zarar. Men sizlarga qoʻriqchi emasman. [38]
[38] (Biz «koʻz ochuvchi»lar deb tarjima qilgan soʻz Qurʼoni Karim istilohida «basoiru», deb kelgan. U «basiyra» soʻzining jamʼi boʻlib, bir narsani koʻrib, uni anglab yetishga dalolat qiluvchi hodisaga aytiladi. Alloh Oʻzining biru borligiga, Paygʻambarining va dinining haqligiga dalolat qiladigan «koʻz ochuvchi» narsalarni yuborib qoʻyganini aytmoqda.)
- 105
وَكَذَٰلِكَ نُصَرِّفُ ٱلْءَايَٰتِ وَلِيَقُولُوا۟ دَرَسْتَ وَلِنُبَيِّنَهُۥ لِقَوْمٍۢ يَعْلَمُونَ
Wa kazaalika nusarriful Aayaati wa liyaqooloo darasta wa linubaiyinahoo liqawminy ya'lamoon
Shunday qilib: «Dars olgansan», – deyishlari uchun va bilgan qavmlarga bayon qilishing uchun oyatlarni tasarruf qilurmiz.
- 106
ٱتَّبِعْ مَآ أُوحِىَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ وَأَعْرِضْ عَنِ ٱلْمُشْرِكِينَ
ittabi' maaa oohiya ilaika mir Rabbika laaa ilaaha illaa Huwa wa a'rid 'anil mushrikeen
Senga Robbingdan vahiy qilingan narsaga ergash. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yoʻq. Mushriklardan yuz oʻgir.
- 107
وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَآ أَشْرَكُوا۟ ۗ وَمَا جَعَلْنَٰكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًۭا ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍۢ
Wa law shaaa'al laahu maaa ashrakoo; wa maa ja'alnaaka 'alaihim hafeezanw wa maaa anta 'alaihim biwakeel
Agar Alloh xohlasa, shirk keltirmas edilar. Biz seni ularga qoʻriqchi qilganimiz yoʻq. Va sen ularga vakil ham emassan.
- 108
وَلَا تَسُبُّوا۟ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ فَيَسُبُّوا۟ ٱللَّهَ عَدْوًۢا بِغَيْرِ عِلْمٍۢ ۗ كَذَٰلِكَ زَيَّنَّا لِكُلِّ أُمَّةٍ عَمَلَهُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِم مَّرْجِعُهُمْ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Wa laa tasubbul lazeena yad'oona min doonil laahi fa yasubbul laaha 'adwam bighairi 'ilm; kazaalika zaiyannaa likulli ummatin 'amalahum summa ilaa Rabbihim marji'uhum fa yunabbi'uhum bimaa kaanooya'maloon
Ularning Allohdan oʻzga ibodat qiladiganlarini soʻkmangiz. Bas, bilmasdan zulm ila Allohni soʻkib yurmasinlar. Shunday qilib, har bir ummatga amalini ziynatlab qoʻydik. Soʻngra esa, qaytib boradigan joylari Robbilarigadir. Bas, U qilib yurgan ishlarining xabarini berur. [39]
[39] (Mushriklar Allohni qoʻyib, sanam va butlarga ibodat qiladilar. Ushbu oyati karimada mushriklarning oʻsha butlarini haqorat qilmaslik buyurilmoqda. Yaʼni, musulmon kishi mushrikning sanamini soʻksa, bundan gʻazablangan mushrik ham javoban Alloh subhonahu taoloni tahqirlashiga sabab boʻladi.)
- 109
وَأَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَٰنِهِمْ لَئِن جَآءَتْهُمْ ءَايَةٌۭ لَّيُؤْمِنُنَّ بِهَا ۚ قُلْ إِنَّمَا ٱلْءَايَٰتُ عِندَ ٱللَّهِ ۖ وَمَا يُشْعِرُكُمْ أَنَّهَآ إِذَا جَآءَتْ لَا يُؤْمِنُونَ
Wa aqsamoo billaahi jahda aimaanihim la'in jaaa'at hum Aayatul la yu'minunna bihaa; qul innamal Aayaatu 'indal laahi wa maa yush'irukum annahaaa izaa jaaa'at laa yu'minoon
Ular agar biron oyat — moʻjiza kelsa, albatta, iymon keltirishlari haqida Allohning nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar. «Albatta, oyatlar faqat Allohning huzurida», – deb ayt. Sizga nima bildirdi? Ehtimol, oyat kelsa ham, ular iymon keltirmaslar.
- 110
وَنُقَلِّبُ أَفْـِٔدَتَهُمْ وَأَبْصَٰرَهُمْ كَمَا لَمْ يُؤْمِنُوا۟ بِهِۦٓ أَوَّلَ مَرَّةٍۢ وَنَذَرُهُمْ فِى طُغْيَٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ
Wa nuqallibu af'idatahum wa absaarahum kamaa lam yu'minoo biheee awwala marratinw wa wa nazaruhum fee tughyaanihim ya'mahoon
Xuddi avval iymon keltirmaganlaridek, qalblari va koʻzlarini burib qoʻyarmiz va tugʻyonlarida dovdiragan hollarida tek qoʻyarmiz.
- 111
۞ وَلَوْ أَنَّنَا نَزَّلْنَآ إِلَيْهِمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ وَكَلَّمَهُمُ ٱلْمَوْتَىٰ وَحَشَرْنَا عَلَيْهِمْ كُلَّ شَىْءٍۢ قُبُلًۭا مَّا كَانُوا۟ لِيُؤْمِنُوٓا۟ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ يَجْهَلُونَ
Wa law annanaa nazzal naaa ilaihimul malaaa'ikata wa kallamahumul mawtaa wa hasharnaa 'alaihim kulla shai'in qubulam maa kaanoo liyu'minooo illaaa ai yashaaa'al laahu wa laakinna aksarahum yajhaloon
Agar Biz ularga farishtalarni tushirsak ham, ularga oʻliklar gapirsa ham va ularning oldiga hamma narsani ochiq-oydin toʻplasak ham, Alloh xohlamasa, iymon keltirmaslar. Lekin koʻplari johildirlar. [40]
[40] (Alloh taolo turli oyat-moʻjizani, kishini lol qoldiruvchi narsalarni jilva qildirib, odamlarni tang qoldirib, keyin iymonga kelishlarini xohlamagan. Alloh taolo iymon yoʻlini inkishof etib, kishilar oʻsha yoʻl bilan aqllarini ishlatib, oʻz ixtiyorlari asosida iymonga kelishlarini xohlaydi. Iymonga kelganlarga mukofot beradi, kelmaganlarga — jazo. Odamlarning «koʻplari johildirlar».)
- 112
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِىٍّ عَدُوًّۭا شَيَٰطِينَ ٱلْإِنسِ وَٱلْجِنِّ يُوحِى بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍۢ زُخْرُفَ ٱلْقَوْلِ غُرُورًۭا ۚ وَلَوْ شَآءَ رَبُّكَ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ
Wa kazaalika ja'alnaa likulli nabiyyin 'aduwwan Shayaateenal insi waljinni yoohee ba'duhum ilaa ba'din zukhrufal qawli ghurooraa; wa law shaaa'a Rabbuka maa fa'aloohu fazarhum wa maa yaftaroon
Shuningdek, har bir Paygʻambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qoʻydik. Ularning baʼzilari baʼzilarini gʻururga ketkazishlari uchun jimjimador kalomlarni tanlarlar. Agar Robbing xohlasa, bunday qilmas edilar. Bas, ularni oʻzlari toʻqigan narsalari ila yolgʻiz qoʻy! [41]
[41] (Alloh taolo Oʻz xohishi bilan har bir paygʻambarga insiy va jinniy shaytonlarni dushman qilib qoʻygan ekan. Jin shaytonlar odamlarni igʻvo qilib, vasvasaga solib, zalolatga chaqirib turadilar. Ammo Allohning zikri bor joydan qochadilar. Allohni eslab turadigan moʻmin-musulmon kishiga ular oʻz taʼsirlarini oʻtkaza olmaydilar. Ammo odamdan boʻlgan shaytonlar esa, hamma-hammasidan battaridir. Ular doimo oramizda, koʻzlarimiz oʻngida turadi. Allohning zikrini qilsang ham, qochmaydi. Turli yoʻllar bilan vasvasa qilib, gunoh ishlarga boshlaydi. Insu jin shaytonlari doimo gʻavgʻo va tugʻyon bilan mashgʻuldirlar.)
- 113
وَلِتَصْغَىٰٓ إِلَيْهِ أَفْـِٔدَةُ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ وَلِيَرْضَوْهُ وَلِيَقْتَرِفُوا۟ مَا هُم مُّقْتَرِفُونَ
Wa litasghaaa ilaihi af'idatul lazeena laa yu'minoona bil Aakhirati wa liyardawhu wa liyaqtarifoo maa hum muqtarifoon
Unga (gapning goʻzaliga) oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalbi moyil boʻlishi, undan rozi boʻlib, qiladigan gunohlarini bajarishlari uchundir.
- 114
أَفَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْتَغِى حَكَمًۭا وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ إِلَيْكُمُ ٱلْكِتَٰبَ مُفَصَّلًۭا ۚ وَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَعْلَمُونَ أَنَّهُۥ مُنَزَّلٌۭ مِّن رَّبِّكَ بِٱلْحَقِّ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُمْتَرِينَ
Afaghairal laahi abtaghee hakamanw wa Huwal lazee anzala ilaikumul Kitaaba mufassalaa; wallazeena atai naahumul Kitaaba ya'lamoona annahoo munazzalum mir Rabbika bilhaqqi falaa takoonanna minal mumtareen
Allohdan oʻzgani hakam qilib olaymi? Holbuki, U sizga kitobni batafsil etib nozil qildi. Biz ularga kitob berganlar uning Robbingdan haq ila nozil qilinganini bilurlar. Bas, shak keltiruvchilardan boʻlma.
- 115
وَتَمَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ صِدْقًۭا وَعَدْلًۭا ۚ لَّا مُبَدِّلَ لِكَلِمَٰتِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Wa tammat Kalimatu Rabbika sidqanw wa 'adlaa; laa mubaddila li Kalimaatih; wa Huwas Samee'ul 'Aleem
Robbingning soʻzlari sodiqlik va adolat ila batamom boʻldi. Uning soʻzlarini oʻzgartuvchi yoʻq. Va U yaxshi eshitguvchi va yaxshi bilguvchi Zotdir.
- 116
وَإِن تُطِعْ أَكْثَرَ مَن فِى ٱلْأَرْضِ يُضِلُّوكَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ
Wa in tuti' aksara man fil ardi yudillooka 'an sabeelil laah; iny yattabi'oona illaz zanna wa in hum illaa yakhrusoon
Va agar yer yuzidagilarning koʻplariga itoat qilsang, seni Allohning yoʻlidan adashtirurlar. Ular gumondan boshqaga ergashmaslar. Ular taxmin qilurlar, xolos.
- 117
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ مَن يَضِلُّ عَن سَبِيلِهِۦ ۖ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ
Inna rabbaka Huwa a'lamu mai yadillu 'an sabeelihee wa Huwa a'lamu bilmuhtadeen
Albatta, Robbing kim Uning yoʻlidan adashishini yaxshi bilguvchidir. Va U hidoyat topuvchilarni ham yaxshi bilguvchidir.
- 118
فَكُلُوا۟ مِمَّا ذُكِرَ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ إِن كُنتُم بِـَٔايَٰتِهِۦ مُؤْمِنِينَ
Fakuloo mimmmaa zukirasmul laahi 'alaihi in kuntum bi Aayaatihee mu'mineen
Agar Uning oyatlariga iymon keltirguvchilardan boʻlsangiz, Allohning ismi zikr qilingan narsadan yeng!
- 119
وَمَا لَكُمْ أَلَّا تَأْكُلُوا۟ مِمَّا ذُكِرَ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ وَقَدْ فَصَّلَ لَكُم مَّا حَرَّمَ عَلَيْكُمْ إِلَّا مَا ٱضْطُرِرْتُمْ إِلَيْهِ ۗ وَإِنَّ كَثِيرًۭا لَّيُضِلُّونَ بِأَهْوَآئِهِم بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُعْتَدِينَ
Wa maa lakum allaa taakuloo mimmaa zukirasmul laahi 'alaihi wa qad fassala lakum maa harrama 'alaikum illaa mad turirtum ilaih; wa inna kaseeral la yudilloona bi ahwaaa'ihim bighairi 'ilm; inna Rabbaka Huwa a'lamu bilmu'tadeen
Sizga nima boʻldiki, Allohning nomi aytib soʻyilgan narsani yemas ekansizlar?! U sizlarga harom qilgan narsalarini batafsil bayon qilib bergan-ku?! Magar muztar boʻlganingizda, mayli. Albatta, koʻpchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtirurlar. Albatta, Robbing tajovuzkorlarni yaxshi bilguvchidir. [42]
[42] (U zot Oʻzining hukmiga tajovuz qilib, harom narsalarni, Allohning nomi aytilmay soʻyilgan hayvonlar goʻshtini yeganlarni juda yaxshi biladi va ularga tegishli jazoni beradi. Shuningdek, ilmsiz, havoyu nafsning koʻyiga kirib, bu masalada va boshqa masalalarda odamlarni adashtirganlarni ham yaxshi biladi va ularga ham tegishli jazosini beradi.)
- 120
وَذَرُوا۟ ظَٰهِرَ ٱلْإِثْمِ وَبَاطِنَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْسِبُونَ ٱلْإِثْمَ سَيُجْزَوْنَ بِمَا كَانُوا۟ يَقْتَرِفُونَ
Wa zaroo zaahiral ismi wa baatinah; innal lazeena yaksiboonal ismaa sa yujzawna bimaa kaanoo yaqtarifoon
Va oshkora hamda maxfiy gunohlarni tark qilinglar! Gunoh qiluvchilar, albatta, qilgan gunohlarining jazosini olurlar.
- 121
وَلَا تَأْكُلُوا۟ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُۥ لَفِسْقٌۭ ۗ وَإِنَّ ٱلشَّيَٰطِينَ لَيُوحُونَ إِلَىٰٓ أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَٰدِلُوكُمْ ۖ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ
Wa laa taakuloo mimaa lam yuzkaris mullaahi 'alaihi wa innahoo lafisq; wa innash Shayaateena la yoohoona ilaaa awliyaaa'ihim liyujaadilookum wa in ata'tumoohum innnakum lamushrikoon
Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni yemanglar. Albatta, bu ish fisqdir. Albatta, shaytonlar oʻz doʻstlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, sizlar ham mushriklardan boʻlursizlar. [43]
[43] (Ulamolarimiz agar musulmon kishi hayvonni soʻyayotib, Allohning ismini zikr qilishni unutib qoʻysa, soʻygan goʻshti halol, deganlar. Ammo bilib turib, qasddan zikr qilmasa, unday goʻsht harom boʻladi.)
- 122
أَوَمَن كَانَ مَيْتًۭا فَأَحْيَيْنَٰهُ وَجَعَلْنَا لَهُۥ نُورًۭا يَمْشِى بِهِۦ فِى ٱلنَّاسِ كَمَن مَّثَلُهُۥ فِى ٱلظُّلُمَٰتِ لَيْسَ بِخَارِجٍۢ مِّنْهَا ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْكَٰفِرِينَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Awa man kaana maitan fa ahyainaahu wa ja'alnaa lahoo noorany yamshee bihee fin naasi kamamm masaluhoo fiz zulumaati laisa bikhaarijim minhaa; kazaalika zuyyina lilkaafireena maa kaanoo ya'maloon
Avval oʻlik boʻlgan odamni tiriltirib, unga odamlar orasida yuradigan nurni berib qoʻygan boʻlsak, u bilan zulmatlar ichida undan chiqa olmay yuruvchi odam oʻxshash boʻlurmi? Shunday qilib, kofirlarga qilayotgan amallari ziynatlab koʻrsatildi. [44]
[44] (Bu oyati karimada kofir odam oʻlik hisobida ekanligi taʼkidlanmoqda. Alloh taolo kimni iymonga hidoyat etsa, oʻsha odamning moʻmin boʻlishi goʻyo oʻlikning qayta tirilishiga tenglashtirilmoqda.)
- 123
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا فِى كُلِّ قَرْيَةٍ أَكَٰبِرَ مُجْرِمِيهَا لِيَمْكُرُوا۟ فِيهَا ۖ وَمَا يَمْكُرُونَ إِلَّا بِأَنفُسِهِمْ وَمَا يَشْعُرُونَ
Wa kazaalika ja'alnaa fee kulli qaryatin akaabira mujrimeehaa liyamkuroo feehaa wa maa yamkuroona illaa bi anfusihim wa maa yash'uroon
Xuddi shunga oʻxshash, har bir shaharda katta jinoyatchilarni unda makr qilish uchun qoʻydik. Ular, sezmagan holda, faqat oʻzlariga oʻzlari makr qilurlar, xolos. [45]
[45] (Bu jinoyatchilar katta mansablarni egallab olib, odamlarni oʻz yoʻliga solish uchun turli hiyla-nayranglar qiladilar. Ularning jinoyati Alloh taoloning haq-huquqlariga tajovuz qilishdir. Katta jinoyatchilarning dinga qarshi qilgan makr-hiylalari oʻzlarining boshiga yetadi. Chunki ular dinga qarshi chiqish bilan Allohga qarshi chiqadilar. Oʻzining halokatiga zamin yaratgan boʻladilar. Moʻminlarni esa Alloh taoloning Oʻzi himoya qiladi.)
- 124
وَإِذَا جَآءَتْهُمْ ءَايَةٌۭ قَالُوا۟ لَن نُّؤْمِنَ حَتَّىٰ نُؤْتَىٰ مِثْلَ مَآ أُوتِىَ رُسُلُ ٱللَّهِ ۘ ٱللَّهُ أَعْلَمُ حَيْثُ يَجْعَلُ رِسَالَتَهُۥ ۗ سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ أَجْرَمُوا۟ صَغَارٌ عِندَ ٱللَّهِ وَعَذَابٌۭ شَدِيدٌۢ بِمَا كَانُوا۟ يَمْكُرُونَ
Wa izaa jaaa'athum Aayatun qaaloo lan nu'mina hatta nu'taa misla maaa ootiya Rusulul laah; Allahu a'almu haisu yaj'alu Risaalatah; sa yuseebul lazeena ajramoo saghaarun 'indal laahi wa 'azaabun shadeedum bimaa kaanoo yamkuroon
Agar ularga oyat kelsa, Allohning Paygʻambarlariga berilgan narsaga oʻxshash narsa bizga ham berilmaguncha zinhor iymon keltirmasmiz, derlar. Oʻz Paygʻambarligini qayerga qoʻyishni Allohning Oʻzi yaxshi biladir. Jinoyat qilganlarga qilgan makrlari uchun Allohning huzurida, albatta, xorlik va shiddatli azob bordir.
- 125
فَمَن يُرِدِ ٱللَّهُ أَن يَهْدِيَهُۥ يَشْرَحْ صَدْرَهُۥ لِلْإِسْلَٰمِ ۖ وَمَن يُرِدْ أَن يُضِلَّهُۥ يَجْعَلْ صَدْرَهُۥ ضَيِّقًا حَرَجًۭا كَأَنَّمَا يَصَّعَّدُ فِى ٱلسَّمَآءِ ۚ كَذَٰلِكَ يَجْعَلُ ٱللَّهُ ٱلرِّجْسَ عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ
Famai yuridil laahu ai yahdiyahoo yashrah sadrahoo lil islaami wa mai yurid ai yudillaho yaj'al sadrahoo daiyiqan harajan ka annamaa yassa' 'adu fis samaaa'; kazaalika yaj'alul laahur rijsa 'alal lazeena la yu'minoon
Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi boʻlsa, uning koʻksini Islomga ochib qoʻyadir. Kimni zalolatga ketkazishni iroda qilsa, uning koʻksini xuddi osmonga koʻtarilayotgandek, tor va tang qilib qoʻyadir. Shunday qilib, Alloh iymon keltirmaydiganlarga azobni duchor qilur. [46]
[46] (Alloh taolo bandalaridan kimga hidoyatni ravo koʻrsa, oʻsha bandaning koʻksini keng qilib qoʻyadi. U banda iymon va Islomni keng qalb ila qabul qiladi. Aksincha, Alloh taolo kimga zalolat va kufrni ravo koʻrsa, uning qalbini tor va tang qilib qoʻyadi. Iymon va Islom haqida biror gap eshitsa, siqilaveradi. Ilm rivojlanib, odamlar fazoga uchadigan boʻlganlarida, inson qanchalik balandga koʻtarilsa, yuragi-koʻksi shunchalik siqilishi kashf etildi. Agar Qurʼon haqiqiy ilohiy kitob boʻlmaganda, bundan oʻn toʻrt asr avval bu ilmiy haqiqatni qanday qilib kashf etar edi?)
- 126
وَهَٰذَا صِرَٰطُ رَبِّكَ مُسْتَقِيمًۭا ۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَذَّكَّرُونَ
Wa haazaa siraatu Rabbika Mustaqeemaa; qad fassalnal Aayaati liqawminy yazzakkaroon
Mana shu, Robbingning toʻgʻri yoʻlidir. Ibrat oluvchi qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qildik.
- 127
۞ لَهُمْ دَارُ ٱلسَّلَٰمِ عِندَ رَبِّهِمْ ۖ وَهُوَ وَلِيُّهُم بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Lahum daarus salaami 'inda Rabbihim wa huwa waliyyuhum bimaa kaanoo ya'maloon
Ularga Robbilari huzurida dorus-salom (tinchlik uyi) bordir. U zot qilgan ishlari uchun ularning doʻstidir.
- 128
وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ جَمِيعًۭا يَٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ قَدِ ٱسْتَكْثَرْتُم مِّنَ ٱلْإِنسِ ۖ وَقَالَ أَوْلِيَآؤُهُم مِّنَ ٱلْإِنسِ رَبَّنَا ٱسْتَمْتَعَ بَعْضُنَا بِبَعْضٍۢ وَبَلَغْنَآ أَجَلَنَا ٱلَّذِىٓ أَجَّلْتَ لَنَا ۚ قَالَ ٱلنَّارُ مَثْوَىٰكُمْ خَٰلِدِينَ فِيهَآ إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌۭ
Wa yamwa yahshuruhum jamee'ai yaa ma'sharal jinni qadistaksartum minal insi wa qaala awliyaaa'uhy minal insi Rabbanas tamta'a ba'dunaa biba'dinw wa balaghnaaa ajalannal lazeee ajjalta lanaa; qaalan Naaru maswaakum khaalideena feehaaa illaa maa shaaa'allaah; inna Rabbaka Hakeemun 'Aleem
Ularning hammasini toʻplaydigan kunda: «Ey, jinlar jamoasi, insdan (adashtirganlaringizni) koʻpaytirvordingiz?!» – der. Ularning insdan boʻlgan doʻstlari: «Ey Robbimiz, biz bir-birimizdan huzur topdik va bizga belgilagan ajalingga yetib keldik», – derlar. U zot: «Qaytar joyingiz doʻzaxdir. Magar Alloh xohlasa (qolmaysiz)», – der. Albatta, Robbing hikmatli va bilimli Zotdir. [47]
[47] (Demak, jinlar odamlarni yoʻldan urib, igʻvo qilib, yomon yoʻlga yurgizib huzur-halovat olgan va rohatlanganlar. Jinlar fitnasiga uchib kofir va gunohkor boʻlgan odamlar esa, ularning ziynatlab koʻrsatgan, havoyu nafsni qondiruvchi ishlarini bajarib huzur qilganlar. Bular irodasi zaif, gʻofil, havoyu nafsga berilgan, shahvatparast odamlar boʻlganlar. Shayton ularning ushbu zaif joylaridan tutib, igʻvosiga uchirgan va oʻziga malay qilib olib, har koʻyga solgan, bu dunyoda maqsadlariga erishish yoʻlida ulardan foydalanib huzur qilgan.)
- 129
وَكَذَٰلِكَ نُوَلِّى بَعْضَ ٱلظَّٰلِمِينَ بَعْضًۢا بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ
Wa kazaalika nuwallee ba'daz zaalimeena ba'dam bimaa kaanoo yaksiboon
Shunday qilib, qilgan kasblariga binoan zolimlarni bir-birlariga doʻst qilurmiz.
- 130
يَٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌۭ مِّنكُمْ يَقُصُّونَ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِى وَيُنذِرُونَكُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَا ۚ قَالُوا۟ شَهِدْنَا عَلَىٰٓ أَنفُسِنَا ۖ وَغَرَّتْهُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا وَشَهِدُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُوا۟ كَٰفِرِينَ
Yaa ma'sharal jinni wal insi alam yaatikum Rusulum minkum yaqussoona 'alaikum Aayaatee wa yunziroonakum liqaaa'a Yawmikum haazaa; qaaloo shahidnaa 'alaaa anfusinaa wa gharrat humul hayaatud dunyaa wa shahidooo 'alaa anfusihim annahum kaanoo kaafireen
«Ey, jin va ins jamoalari, sizlarga oʻzingizdan boʻlgan Paygʻambarlar kelib, oyatlarimni sizga aytib bermadilarmi, sizlarni ushbu kuningizga duchor boʻlishingiz haqida ogohlantirmadilarmi?» Ular: «Oʻzimizga qarshi guvohlik berdik», – derlar. Ularni dunyo hayoti gʻururga ketkazdi va oʻzlariga qarshi, kofir boʻlganlarini aytib, guvohlik berdilar.
- 131
ذَٰلِكَ أَن لَّمْ يَكُن رَّبُّكَ مُهْلِكَ ٱلْقُرَىٰ بِظُلْمٍۢ وَأَهْلُهَا غَٰفِلُونَ
Zaalika al lam yakkur Rabbuka muhlikal quraa bizulminw wa ahluhaa ghaafiloon
Bunday qilishining boisi, Robbing gʻofil turgan shahar-qishloq aholisini halok qilmasligidandir.
- 132
وَلِكُلٍّۢ دَرَجَٰتٌۭ مِّمَّا عَمِلُوا۟ ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ
Wa likullin darajaatum mimmaa 'amiloo; wa maa Rabbuka bighaafilin 'ammaa ya'maloon
Har kimga qilganlariga yarasha daraja bordir. Va Robbing ularning qilayotgan amallaridan gʻofil emasdir.
- 133
وَرَبُّكَ ٱلْغَنِىُّ ذُو ٱلرَّحْمَةِ ۚ إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَسْتَخْلِفْ مِنۢ بَعْدِكُم مَّا يَشَآءُ كَمَآ أَنشَأَكُم مِّن ذُرِّيَّةِ قَوْمٍ ءَاخَرِينَ
Wa Rabbukal ghaniyyu zur rahmah; iny yashaaa yuz hibkum wa yastakhlif mim ba'dikum wa yastakhlif mim ba'dikum maa yashaaa'u kamaaa ansha akum min zurriyyati qawmin aakhareen
Va Robbing behojat va rahmat sohibi boʻlgan Zotdir. Agar xohlasa, xuddi sizlarni boshqa qavmlar zurriyotidan paydo qilganidek, sizlarni ketkazib, ortingizdan nimani xohlasa, oʻrinbosar qilib keltirur. [48]
[48] (Alloh taolo rahmat sohibi boʻlgan Zot. Odamlarning bu dunyoda yurishlarining oʻzi ham Allohning rahmatidan. U Oʻz rahmatini Oʻzi xohlagan bandalariga beradi. Hozirgi paytda yashab turgan odamlarni avval oʻtgan kishilar zurriyotidan paydo qilganligi ham hammaga maʼlum. Yaʼni, Alloh Oʻzi xohlab shunday qilgan. Bandalarga hojatmandligidan emas. Shuningdek, hozirgi avlod odamlariga ham hech qanday hojati yoʻqdir. Agar Alloh xohlasa, bu avlodni ham koʻtarib, yoʻq qilib, oʻrniga Oʻzi xohlagan narsani keltira oladi. Demak, Alloh bandalarga emas, bandalar Allohga hojatmanddirlar. Ular oʻzlarining dunyoga kelishlarida Allohga hojatmand boʻlganlari kabi, bu dunyoda yashashlarida ham, har lahzada, har narsada hojatmanddirlar. Alloh esa, Oʻz rahmati ila ularning hojatlarini ravo qiladi. Allohning bandalariga nisbatan rahmatining eng yuqori choʻqqisi, ularga paygʻambarlari orqali din — shariat yuborishi. Dinga yurmaganlar oʻsha oliy maqom neʼmatdan yuz oʻgirganlar boʻladilar. Oʻzlariga yomonlik qiladilar. Qiyomatda hollari yomon boʻladi.)
- 134
إِنَّ مَا تُوعَدُونَ لَءَاتٍۢ ۖ وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ
Inna maa too'adoona la aatinw wa maaa antum bimu'jizeen
Albatta, sizga vaʼda qilingan narsa keluvchidir. Sizlar esa U zotni ojiz qoldiruvchi emassiz. [49]
[49] (Yaʼni, albatta, sizga vaʼda qilingan qiyomat kuni, hisob-kitob, jazo va mukofot kelgusidir. Kelmasligi mumkin emas. U paytda siz Allohni ojiz qoldirib, qochib qutula olmaysiz. Albatta, qilganingizga yarasha jazoingizni olasiz.)
- 135
قُلْ يَٰقَوْمِ ٱعْمَلُوا۟ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنِّى عَامِلٌۭ ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن تَكُونُ لَهُۥ عَٰقِبَةُ ٱلدَّارِ ۗ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ
Qul yaa qawmi' maloo 'alaa makaanatikum innee 'aamilun fasawfa ta'lamoona man takoonu lahoo 'aaqibatud daar; innahoo laa yuflihuz zaalimoon
Sen: «Ey qavmim, oʻrningizda amalingizni qilavering. Men ham amal qiluvchiman. Tezda oxirat hovlisi oqibati kimning foydasiga boʻlishini bilasiz. Albatta, zolimlar najot topmaslar», – deb ayt.
- 136
وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ مِمَّا ذَرَأَ مِنَ ٱلْحَرْثِ وَٱلْأَنْعَٰمِ نَصِيبًۭا فَقَالُوا۟ هَٰذَا لِلَّهِ بِزَعْمِهِمْ وَهَٰذَا لِشُرَكَآئِنَا ۖ فَمَا كَانَ لِشُرَكَآئِهِمْ فَلَا يَصِلُ إِلَى ٱللَّهِ ۖ وَمَا كَانَ لِلَّهِ فَهُوَ يَصِلُ إِلَىٰ شُرَكَآئِهِمْ ۗ سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ
Wa ja'aloo lillaahi mimmaa zara-a minal harsi walan'aami naseeban faqaaloo haazaa lillaahi biza'mihim wa haaza lishurakaa'inaa famaa kaana lishurakaaa'ihim falaa yasilu ilal laahi wa maa kaana lillaahi fahuwa yasilu ilaa shurakaaa'ihim; saaa'a maa yahkumoon
Ular Allohga Uning Oʻzi yaratgan ekinlar va chorvalardan nasiba ajratdilar va oʻzlaricha: «Bu Allohga, bu esa butlarimizga», – dedilar. Bas, butlariga boʻlgan narsa Allohga yetmas. Allohga boʻlgan narsa esa, butlariga yetadir. Chiqargan hukmlari qanday ham yomon-a?! [50]
[50] (Arab mushriklari ekinlardan, chorva hayvonlaridan Allohga nasiba ajratish odatlari bor edi. Shu bilan birga, butlariga ham oʻsha ekinlardan va chorva hayvonlaridan nasiba ajratar edilar. Agar Allohga ajratgan narsalari butlariga ajratgan narsalariga qoʻshilib ketsa, mayli, deb qoʻyar edilar. Ammo butlariga ajratgan nasibadan Allohga ajratilganiga qoʻshilib ketsa, Alloh bunga muhtoj emas, deb qaytarib olishardi. Bu ish aslida mantiqsiz, qoʻpolroq qilib aytadigan boʻlsak, ahmoqona ish edi.)
- 137
وَكَذَٰلِكَ زَيَّنَ لِكَثِيرٍۢ مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ قَتْلَ أَوْلَٰدِهِمْ شُرَكَآؤُهُمْ لِيُرْدُوهُمْ وَلِيَلْبِسُوا۟ عَلَيْهِمْ دِينَهُمْ ۖ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ
Wa kazaalika zaiyana likaseerim minal mushrikeena qatla awlaadihim shurakaaa'uhum liyurdoohum wa liyalbisoo 'alaihim deenahum wa law shaaa'al laahu maa fa'aloohu fazarhum wa maa yaftaroon
Shuningdek, mushriklardan koʻplariga sheriklari ularni halok etish va dinlarini chalkashtirish uchun bolalarini oʻldirishni ziynatlab koʻrsatdi. Agar Alloh xohlasa, bunday qilmasdilar. Ularni va toʻqiyotgan narsalarini qoʻyib qoʻy.
- 138
وَقَالُوا۟ هَٰذِهِۦٓ أَنْعَٰمٌۭ وَحَرْثٌ حِجْرٌۭ لَّا يَطْعَمُهَآ إِلَّا مَن نَّشَآءُ بِزَعْمِهِمْ وَأَنْعَٰمٌ حُرِّمَتْ ظُهُورُهَا وَأَنْعَٰمٌۭ لَّا يَذْكُرُونَ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَيْهَا ٱفْتِرَآءً عَلَيْهِ ۚ سَيَجْزِيهِم بِمَا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
Wa qaaloo haaziheee an'aamunw wa harsun hijrun laa yat'amuhaaa illaa man nashaaa'u biza'mihim wa an'aamun hurrimat zuhooruhaa wa an'aamul laa yazkuroonas mal laahi 'alaihaf tiraaa'an 'alaih; sa yajzeehim bimaa kaanoo yaftaroon
Ular oʻzlaricha: «Mana bu chorva va ekinlar harom, ularni faqat biz xohlagan kishilargina yeydilar va mana bu minishi harom qilingan chorvalar», – dedilar. Ular maʼlum chorvalarga Allohning nomini zikr qilmaslar. Bu esa, U zotga tuhmatdir. U, tezda, qilgan tuhmatlari tufayli ularga jazo berajak. [51]
[51] (Bu oyatda mushrik va kofirlarning eng katta jinoyatlaridan biri — halol-haromni ajratishda Allohning aytganiga yurmay, oʻzlaricha koʻngillari tusagan hukmni chiqarishlari bayon qilinmoqda. Aslida, halol yoki harom haqida hukm chiqarish Alloh taoloning haqqi. Bandalarning bu ilohiy haqqa tajovuz qilishi kufrga olib boradigan katta jinoyatdir. Agar bir inson hamma diniy aqidalarga toʻliq iymon keltirsa, shariat koʻrsatmalariga mukammal amal qilsa-yu, Alloh halol degan narsani harom desa yoki, aksincha, harom deganini halol desa, kofir boʻladi. Bu masala shu darajada nozik masaladir.)
- 139
وَقَالُوا۟ مَا فِى بُطُونِ هَٰذِهِ ٱلْأَنْعَٰمِ خَالِصَةٌۭ لِّذُكُورِنَا وَمُحَرَّمٌ عَلَىٰٓ أَزْوَٰجِنَا ۖ وَإِن يَكُن مَّيْتَةًۭ فَهُمْ فِيهِ شُرَكَآءُ ۚ سَيَجْزِيهِمْ وَصْفَهُمْ ۚ إِنَّهُۥ حَكِيمٌ عَلِيمٌۭ
Wa qaaloo maa fee butooni haazihil an'aami khaalisatul lizukoorinaa wa muharramun 'alaaa azwaajinaa wa iny yakum maitatan fahum feehi shurakaaa'; sa yajzeehim wasfahum; innahoo Hakeemun 'Aleem
Ular, mana shu chorvalarning qornidagi narsalar erkaklarimizga halol, ayollarimizga harom, derlar. Agar u (qorindagi narsa) oʻlik boʻlsa, ular unga sheriklardir. Tezda ularga vasflari uchun Oʻzi jazo berajak. Albatta, U hikmatli va yaxshi biluvchi Zotdir.
- 140
قَدْ خَسِرَ ٱلَّذِينَ قَتَلُوٓا۟ أَوْلَٰدَهُمْ سَفَهًۢا بِغَيْرِ عِلْمٍۢ وَحَرَّمُوا۟ مَا رَزَقَهُمُ ٱللَّهُ ٱفْتِرَآءً عَلَى ٱللَّهِ ۚ قَدْ ضَلُّوا۟ وَمَا كَانُوا۟ مُهْتَدِينَ
Qad khasiral lazeena qatalooo awlaadahum safaham bighairi 'ilminw wa harramoo maa razaqahumul laahuf tiraaa'an 'alal laah; qad dalloo wa maa kaanoo muhtadeen
Aqli pastlik qilib, johillik ila farzandlarini oʻldirganlar va Alloh ularga rizq qilib bergan narsalarni harom qilganlar ziyonkor boʻldilar. Batahqiq, ular adashdilar va hidoyatga yuruvchilardan boʻlmadilar. [52]
[52] (Agar ular johil boʻlmasalar, Allohning farzandlarni koʻpaytirish, ularni tarbiyalab oʻstirish haqidagi taʼlimotiga dushmanlarcha ters, insu jin shaytonlarining gapiga kirib, oʻz jigargoʻshalarini oʻldirar edilarmi?! Yoki Alloh taolo ularga halol rizq qilib bergan narsalarni hech qanday sabab yoki dalilsiz oʻzlariga harom qilib olarmidilar?! Ana shunday ahmoqona ishlarni qilganlar: «... ziyonkor boʻldilar».)
- 141
۞ وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَ جَنَّٰتٍۢ مَّعْرُوشَٰتٍۢ وَغَيْرَ مَعْرُوشَٰتٍۢ وَٱلنَّخْلَ وَٱلزَّرْعَ مُخْتَلِفًا أُكُلُهُۥ وَٱلزَّيْتُونَ وَٱلرُّمَّانَ مُتَشَٰبِهًۭا وَغَيْرَ مُتَشَٰبِهٍۢ ۚ كُلُوا۟ مِن ثَمَرِهِۦٓ إِذَآ أَثْمَرَ وَءَاتُوا۟ حَقَّهُۥ يَوْمَ حَصَادِهِۦ ۖ وَلَا تُسْرِفُوٓا۟ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُسْرِفِينَ
Wa Huwal lazee ansha-a jannaatim ma'rooshaatinw wa ghaira ma'rooshaatinw wan nakhla wazzar'a mukhtalifan ukuluhoo wazzaitoona warrum maana mutashaabihanw wa ghaira mutashaabih; kuloo min samariheee izaaa asmara wa aatoo haqqahoo yawma hasaadihee wa laa tusrifoo; innahoo laa yuhibbul musrifeen
U (ishkomlarga) koʻtariladigan va koʻtarilmaydigan bogʻlarni, xurmo va ekinlarni yemagini xilma-xil qilib, zaytun va anorlarni bir-biriga oʻxshatib va oʻxshatmay paydo qilgan Zotdir. Mevalagan paytida uning mevasidan yenglar va yigʻim-terim kunida haqqini beringlar. Va isrof qilmanglar. Albatta, U isrof qilguvchilarni sevmas.
- 142
وَمِنَ ٱلْأَنْعَٰمِ حَمُولَةًۭ وَفَرْشًۭا ۚ كُلُوا۟ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِ ۚ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّۭ مُّبِينٌۭ
Wa minal an'aami hamoolatanw wa farshaa; kuloo mimmaa razaqakumul laahu wa laa tattabi'oo khutuwaatish Shaitaan; innahoo lakum 'aduwwum mubeen
Va chorvalardan hammollarini va (soʻygani) yerga yotqaziladiganlarini paydo qildi. Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan yenglar va shaytonning izidan ergashmanglar. Albatta, u sizlarga ochiq-oydin dushmandir. [53]
[53] (Oʻtgan oyatlarda mushriklar oʻzlaricha hech qanday haq-huquqsiz, dalil-hujjatsiz baʼzi hayvonlarni minishni, baʼzilarining goʻshtini yeyishni harom qilganlari aytilgan edi. Ammo, aslini olganda, hayvonlarni minish yoki minmaslik, goʻshtini yeyish yoki yemaslik haqidagi hukmni faqat Alloh taoloning Oʻzigina chiqaradi.)
- 143
ثَمَٰنِيَةَ أَزْوَٰجٍۢ ۖ مِّنَ ٱلضَّأْنِ ٱثْنَيْنِ وَمِنَ ٱلْمَعْزِ ٱثْنَيْنِ ۗ قُلْ ءَآلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ ٱلْأُنثَيَيْنِ أَمَّا ٱشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ ٱلْأُنثَيَيْنِ ۖ نَبِّـُٔونِى بِعِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Samaaniyata azwaaj minad daanis naini wa minal ma'zis nain; qul 'aazzaka raini harrama amil unsaiyayni ammash tamalat 'alaihi arhaamul unsayaini nabbi 'oonee bi'ilmin in kuntum saadiqeen
Sakkiz juft (paydo qildi): qoʻydan ikkini (erkak-urgʻochi) va echkidan ikkini. «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urgʻochisinimi yoxud ikkala urgʻochining bachadonlarida shomil boʻlgan narsanimi?! Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, ilmiy qilib xabarini beringlar-chi?» – deb ayt. [54]
[54] (Arab tilida «al-anʼom» deb nomlangan hayvonlar turkumini biz «chorva» deb tarjima qilmoqdamiz. Aslida «al-anʼom» deb tuya, sigir, qoʻy va echkiga aytiladi. Ularni juft — bir erkak va bir urgʻochi hisob qilinsa, sakkizta boʻladi.)
- 144
وَمِنَ ٱلْإِبِلِ ٱثْنَيْنِ وَمِنَ ٱلْبَقَرِ ٱثْنَيْنِ ۗ قُلْ ءَآلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ ٱلْأُنثَيَيْنِ أَمَّا ٱشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ ٱلْأُنثَيَيْنِ ۖ أَمْ كُنتُمْ شُهَدَآءَ إِذْ وَصَّىٰكُمُ ٱللَّهُ بِهَٰذَا ۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًۭا لِّيُضِلَّ ٱلنَّاسَ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa minal ibilis naini wa minal baqaris nain; qul 'aaazzakaraini harrama amil unsayaini ammash tamalat 'alaihi arhaamul unsayaini am kuntum shuhadaaa'a iz wassaakumul laahu bihaazaa; faman azlamu mimmanif taraa 'alal laahi kazibal liyuddillan naasa bighari 'ilm; innal laaha laa yahdil qawmaz zaalimeen
Tuyadan ikkitani, qoramoldan ikkini (paydo qildi). «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urgʻochisinimi yoxud ikkala urgʻochining bachadonlarida shomil boʻlgan narsanimi?! Yoki Alloh sizlarga buni amr qilganda shohid boʻlib turganmidingiz? Ilmsiz holda odamlarni adashtirish uchun Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigandan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas». [55]
[55] (Haqqingiz boʻlmay turib harom haqida hukm chiqarganingiz bir gunoh va oʻzingizcha chiqargan hukmni Allohga nisbat berishingiz yanada ulkanroq gunoh. Qani, ayting-chi, agar siz taʼkidlayotgandek, Alloh bularni harom qilgan boʻlsa: «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urgʻochisinimi yoxud ikkala urgʻochining bachadonlarida shomil boʻlgan narsanimi?!». Bilmaysiz. Chunki gumon va taxmin bilan gapirib yurgansiz.)
- 145
قُل لَّآ أَجِدُ فِى مَآ أُوحِىَ إِلَىَّ مُحَرَّمًا عَلَىٰ طَاعِمٍۢ يَطْعَمُهُۥٓ إِلَّآ أَن يَكُونَ مَيْتَةً أَوْ دَمًۭا مَّسْفُوحًا أَوْ لَحْمَ خِنزِيرٍۢ فَإِنَّهُۥ رِجْسٌ أَوْ فِسْقًا أُهِلَّ لِغَيْرِ ٱللَّهِ بِهِۦ ۚ فَمَنِ ٱضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍۢ وَلَا عَادٍۢ فَإِنَّ رَبَّكَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Qul laaa ajidu fee maaa oohiya ilaiya muharraman 'alaa taa'iminy yat'amuhooo illaaa ai yakoona maitatan aw damam masfoohan aw lahma khinzeerin fa innahoo rijsun aw fisqan uhilla lighairil laahi bih; famanid turra ghaira baa ghinw wa laa 'aadin fa inna Rabbaka Ghafoorur Raheem
«Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar oʻlimtik yoki oqizilgan qon yoki toʻngʻiz goʻshti boʻlsa, albatta, u iflos, haromdir. Yoxud fosiqlik ila Allohdan oʻzganing nomiga soʻyilgan boʻlsa (haromdir). Bas, kishi muztar boʻlib, maza talab qiluvchi va tajovuzkor boʻlmagan holida (isteʼmol qilsa), albatta, Robbing magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir», – deb ayt. [56]
[56] (Yaʼni, siz harom deb atagan narsalarning birortasini ham Alloh harom qilgani yoʻq. Bu narsalarni siz oʻzingizcha harom deb yuribsiz. Alloh taolo menga vahiy yuborib, nima halol, nima harom ekanini bayon qildi.)
- 146
وَعَلَى ٱلَّذِينَ هَادُوا۟ حَرَّمْنَا كُلَّ ذِى ظُفُرٍۢ ۖ وَمِنَ ٱلْبَقَرِ وَٱلْغَنَمِ حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ شُحُومَهُمَآ إِلَّا مَا حَمَلَتْ ظُهُورُهُمَآ أَوِ ٱلْحَوَايَآ أَوْ مَا ٱخْتَلَطَ بِعَظْمٍۢ ۚ ذَٰلِكَ جَزَيْنَٰهُم بِبَغْيِهِمْ ۖ وَإِنَّا لَصَٰدِقُونَ
Wa 'alal lazeena haadoo harramnaa kulla zee zufurinw wa minal baqari walghanami harramnaa 'alihim shuh oomahumaaa illaa maa hamalat zuhooruhumaaa awil hawaayaaa aw makhtalata bi'azm zaalika jazainaahum bibaghyihim wa innaa lasaa diqoon
Va yahudiy boʻlganlarga barcha (butun) tuyoqlilarni harom qildik. Mol va qoʻydan esa, ularga yogʻlarini harom qildik. Magar orqa va ichaklaridagi yoki suyakka aralashgan yogʻlari (haloldir). Bu, zulmlari uchun ularga bergan jazoimizdir. Albatta, Biz rostgoʻymiz. [57]
[57] (Demak, bu oyatda zikr qilingan narsalar faqat yahudiylarga xos boʻlib, ular qilgan zulm evaziga Alloh taolo tomonidan jazo boʻlib keldi. Boshqa qavmlarga esa halol. Oyatda biz «(butun) tuyoqli» deb tarjima qilganimiz soʻz, tuyogʻi ikkiga yoki koʻpga boʻlinmagan hayvonlar, degan maʼnodadir. Bunday hayvonlar tuya, tuyaqush, oʻrdak va shunga oʻxshash oyogʻidagi tuyogʻi butun (bitta) boʻlgan hayvonlardir. Ana shunday hayvonlarni Alloh taolo yahudiylarga harom qilgan. Shuningdek, mol va qoʻylarning oyatda istisno qilinganidan boshqa yogʻlarini ham harom qilgan.)
- 147
فَإِن كَذَّبُوكَ فَقُل رَّبُّكُمْ ذُو رَحْمَةٍۢ وَٰسِعَةٍۢ وَلَا يُرَدُّ بَأْسُهُۥ عَنِ ٱلْقَوْمِ ٱلْمُجْرِمِينَ
Fa in kazzabooka faqur Rabbukum zoo rahmatinw waasi'atinw waasi'atinw wa laa yuraddu baasuhoo 'anil qawmil mujrimeen
Agar seni yolgʻonchiga chiqarsalar: «Robbingiz keng rahmat sohibidir, ammo Uning azobi jinoyatchi qavmlardan qaytarilmas», – deb ayt.
- 148
سَيَقُولُ ٱلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ لَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَآ أَشْرَكْنَا وَلَآ ءَابَآؤُنَا وَلَا حَرَّمْنَا مِن شَىْءٍۢ ۚ كَذَٰلِكَ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ حَتَّىٰ ذَاقُوا۟ بَأْسَنَا ۗ قُلْ هَلْ عِندَكُم مِّنْ عِلْمٍۢ فَتُخْرِجُوهُ لَنَآ ۖ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ أَنتُمْ إِلَّا تَخْرُصُونَ
Sayaqoolul lazeena ashrakoo law shaaa'al laahu maaa ashraknaa wa laaa aabaa'unaa wa laa harramnaa min shai'; kazaalika kazzabal lazeena min qablihim hattaa zaaqoo baasanaa; qul hal 'indakum min 'ilmin fatukh rijoohu lanaa in tattabi'oona illaz zanna wa in antum illaa takhhrusoon
Hali shirk keltirganlar: «Agar Alloh xohlaganda, biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk keltirmas edik va biror narsani harom qilmas edik», – derlar. Ulardan oldingilari ham azobimizni tatigunlariga qadar shunga oʻxshash yolgʻonga chiqarib turganlar. «Sizning huzuringizda bizga chiqarib koʻrsatadigan biron ilm — hujjat bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yolgʻon gapirmoqdasizlar», – deb ayt. [58]
[58] (Yaʼni, Alloh sizlarning shirk keltirishingizni, baʼzi narsalarni harom deb eʼlon qilishingizni xohlaganini isbot qiladigan hujjatingiz bormi? Alloh Oʻz bandalaridan nimani xohlasa, ochiq-oydin aytib qoʻygan. Bandalar iymon keltirishni xohlaganlari uchun, iymon keltiringlar, degan. Kofir-mushrik boʻlishlarini xohlamagani uchun, kufr keltirmanglar, mushrik boʻlmanglar, deb qatʼiy hukm etgan. Shuningdek, bandalari nimani qilishini xohlasa, amr, nimalarni qilmasligini xohlasa, nahiy qilib qaytarib qoʻygan. Allohning xohishi hammasi ochiq-oydin, ilmiy sobit narsalardir. Allohning xohishi ichida, shirk keltiring, baʼzi narsalarni harom qiling, degan xohish yoʻq. Yoki, mening gʻoyib, hech kim bilmaydigan xohishlarimni izlab topib, oʻshanga amal qiling, degani ham yoʻq.)
- 149
قُلْ فَلِلَّهِ ٱلْحُجَّةُ ٱلْبَٰلِغَةُ ۖ فَلَوْ شَآءَ لَهَدَىٰكُمْ أَجْمَعِينَ
Qul falillaahil hujjatul baalighatu falaw shaaa'a lahadaakum ajma'een
Sen: «Yetuk hujjat Allohning Oʻzidadir. Agar xohlasa, hammangizni hidoyatga solar edi», – deb ayt. [59]
[59] (Alloh, shubhasiz, bunga qodir. Misol uchun, farishtalarni shunday qilib yaratdi. Ular doimo itoatkor, isyonsiz tabiat sohibi qilib yaratildilar. Lekin odamlarni xohlasa ham, xohlamasa ham, hidoyatga yuradigan qilib yaratishdan nima foyda bor? Alloh taolo odamlarga hidoyat va zalolat yoʻlini koʻrsatib qoʻydi, aql-idrok berdi va xohlagan yoʻlini tanlash ixtiyorini berdi. Ana oʻsha ixtiyorga qarab jazo yoki mukofot oladi. Mushrik va kofirlar ana oʻsha yomon — zalolat yoʻlini tanlaganlardir. Ular oʻsha ixtiyorlari uchun jazolarini oladilar.)
- 150
قُلْ هَلُمَّ شُهَدَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ يَشْهَدُونَ أَنَّ ٱللَّهَ حَرَّمَ هَٰذَا ۖ فَإِن شَهِدُوا۟ فَلَا تَشْهَدْ مَعَهُمْ ۚ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا وَٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ وَهُم بِرَبِّهِمْ يَعْدِلُونَ
Qul halumma shuhadaaa'akumul lazeena yash hadoona annal laaha harrama haazaa fa in shahidoo falaa tashhad ma'ahum; wa laa tattabi' ahwaaa'al lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa wallazeena laa yu'minoona bil Aakhirati wa hum bi Rabbihim ya'diloon
Sen: «Alloh mana shuni harom qilganiga guvohlik beradigan guvohlaringizni keltiring», – deb ayt. Bas, agar guvohlik bersalar, sen ular ila guvohlik berma. Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqaruvchilarning va oxiratga iymon keltirmaydiganlarning havoyi nafslariga ergashma. Ular Robbilariga shirk keltirurlar.
- 151
۞ قُلْ تَعَالَوْا۟ أَتْلُ مَا حَرَّمَ رَبُّكُمْ عَلَيْكُمْ ۖ أَلَّا تُشْرِكُوا۟ بِهِۦ شَيْـًۭٔا ۖ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَٰنًۭا ۖ وَلَا تَقْتُلُوٓا۟ أَوْلَٰدَكُم مِّنْ إِمْلَٰقٍۢ ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُكُمْ وَإِيَّاهُمْ ۖ وَلَا تَقْرَبُوا۟ ٱلْفَوَٰحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ ۖ وَلَا تَقْتُلُوا۟ ٱلنَّفْسَ ٱلَّتِى حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
Qul ta'aalaw atlu maa harrama Rabbukum 'alaikum allaa tushrikoo bihee shai'anw wa bilwaalidaini ihsaananw wa laa taqtulooo aw alaadakum min imlaaq; nahnu narzuqukum wa iyyaahum wa laa taqrabul fawaahisha maa zahara minhaa wa maa batana wa laa taqtulun nafsal latee harramal laahu illaa bilhaqq; zaalikum wassaakum bihee la'allakum ta'qiloon
Keling, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beraman: «Unga hech narsani shirk keltirmang! Ota-onangizga yaxshilik qiling! Ochlikdan qoʻrqib, bolalaringizni oʻldirmang. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz. Fahsh — buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang. Alloh harom qilgan jonni oʻldirmang. Magar haq ila boʻlsa, mayli». «Ushbularni sizga amr qildikki, shoyad, aql yuritsangiz», – deb ayt.
- 152
وَلَا تَقْرَبُوا۟ مَالَ ٱلْيَتِيمِ إِلَّا بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ حَتَّىٰ يَبْلُغَ أَشُدَّهُۥ ۖ وَأَوْفُوا۟ ٱلْكَيْلَ وَٱلْمِيزَانَ بِٱلْقِسْطِ ۖ لَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۖ وَإِذَا قُلْتُمْ فَٱعْدِلُوا۟ وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ۖ وَبِعَهْدِ ٱللَّهِ أَوْفُوا۟ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ
Wa laa taqraboo maalal yateemi illaa billatee hiyaa ahsanu hattaa yablugha ashuddahoo wa awful kaila walmeezaana bilqisti laa nukallifu nafsan illaa wus'ahaa wa izaa qultum fa'diloo wa law kaana zaa qurbaa wa bi 'ahdil laahi awfoo; zaalikum wassaakum bihee la'allakum tazakkarron
Yetimning moliga to voyaga yetguncha yaqinlashmang. Magar yaxshi yoʻl bilan boʻlsa, mayli. Oʻlchov va tarozini adolat ila toʻliq ado eting. Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif etmaymiz. Agar gapirsangiz, qarindoshingiz boʻlsa ham, adolat qiling. Allohga bergan ahdingizga vafo qiling. Bularni sizga amr qildikki, shoyad, eslasangizlar. [60]
[60] (Yetimning molini yeyish ijtimoiy aloqalarni buzishdir. Yetim zaif hol boʻlgani uchun jamiyat uni himoya qilishi kerak. Yetimning molini nohaq yegan odam uning haqqiga zulm qilgan boʻladi, shu bilan birga, jamiyat haqqiga ham zulm qiladi. Chunki molsiz qolgan yetimni endi jamiyat boqishi kerak boʻlib qoladi. Shuning uchun ham yetimni qaramogʻiga olgan odam uning moliga yaqinlashishi mumkin emas. Magar yaxshi yoʻl bilan boʻlsa, oʻsha molni oʻstirish uchun, koʻpaytirib voyaga yetganda uning qoʻliga topshirish uchun yaqinlashsa, mayli.)
- 153
وَأَنَّ هَٰذَا صِرَٰطِى مُسْتَقِيمًۭا فَٱتَّبِعُوهُ ۖ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ ٱلسُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَن سَبِيلِهِۦ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
Wa annna haazaa Siraatee mustaqeeman fattabi'oohu wa laa tattabi'us subula fatafarraqa bikum 'an sabeelih; zaalikum wassaakum bihee la'allakum tattaqoon
Albatta, bu Mening toʻgʻri yoʻlimdir. Bas, unga ergashing. Va boshqa yoʻllarga ergashmang. Bas, sizni Uning yoʻlidan adashtirmasinlar. Mana shu sizga qilgan amrki, shoyad, taqvo qilsangiz. [61]
[61] (Dunyodagi yagona toʻgʻri yoʻl — Allohning yoʻli. Inson ergashmogʻi lozim boʻlgan birdan-bir yoʻl — shu yoʻl. Undan boshqa yoʻllarning hammasi notoʻgʻri yoʻllar. Kim ularga yoki ulardan birortasiga yursa, adashadi. Notoʻgʻri yoʻlga yurganlar Allohning yoʻlidan adashgan boʻladi. Alloh taoloning ushbu narsalarni bajarishga hukm qilishi ham bandalar taqvo qilib, toʻgʻri yoʻlni topishlari uchundir.)
- 154
ثُمَّ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ تَمَامًا عَلَى ٱلَّذِىٓ أَحْسَنَ وَتَفْصِيلًۭا لِّكُلِّ شَىْءٍۢ وَهُدًۭى وَرَحْمَةًۭ لَّعَلَّهُم بِلِقَآءِ رَبِّهِمْ يُؤْمِنُونَ
Summa aatainaa Moosal Kitaaba tammaaman 'alal lazeee ahsana wa tafseelal likulli shai'inw wa hudanw wa rahmatal la'allahum biliqaaa'i Rabbihim yu'minoon
Yana Musoga ham kitobni, yaxshilik qilganga (neʼmat) batamom boʻlishi uchun, har bir narsa batafsil boʻlishi uchun, hidoyat va rahmat boʻlishi uchun berdik. Shoyadki, ular Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishlariga iymon keltirsalar.
- 155
وَهَٰذَا كِتَٰبٌ أَنزَلْنَٰهُ مُبَارَكٌۭ فَٱتَّبِعُوهُ وَٱتَّقُوا۟ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
Wa haazaa Kitaabun anzalnaahu Mubaarakun fattabi'oohu wattaqoo la'al lakum urhamoon
Biz tushirgan bu kitob muborakdir. Bas, unga ergashinglar. Va taqvo qilinglar. Shoyadki, rahim qilinsangizlar. [62]
[62] (Qurʼoni Karim koʻplab yetuk sifatlarga musharraf kitobdir. U dunyoga ham, oxiratga ham barakadir. Bu haqiqatni Qurʼoni Karimga aloqasi boʻlgan har bir musulmon yaxshi biladi. Agar dunyoda yashashdan maqsad ikki dunyoning barakasiga erishmoq boʻlsa: «Bas, unga ergashing». Undan oʻzga ergashishga arzigulik narsa yoʻq. Boshqalar barakasiz narsalar. Ularga ergashganlar ikki dunyoda maqsadlariga erisha olmaydilar. Qurʼonga ergashish bilan birga, taqvo ham boʻlishi zarur.)
- 156
أَن تَقُولُوٓا۟ إِنَّمَآ أُنزِلَ ٱلْكِتَٰبُ عَلَىٰ طَآئِفَتَيْنِ مِن قَبْلِنَا وَإِن كُنَّا عَن دِرَاسَتِهِمْ لَغَٰفِلِينَ
An taqooloo innammaaa unzilal Kitaabu 'alaa taaa'ifataini min qablinaa wa in kunnaa 'an diraasatihim laghaafileen
«Bizdan avvalgi ikki toifaga kitob tushirilgan, ularning darslaridan gʻofilmiz», demasliklaringiz uchun.
- 157
أَوْ تَقُولُوا۟ لَوْ أَنَّآ أُنزِلَ عَلَيْنَا ٱلْكِتَٰبُ لَكُنَّآ أَهْدَىٰ مِنْهُمْ ۚ فَقَدْ جَآءَكُم بَيِّنَةٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ وَهُدًۭى وَرَحْمَةٌۭ ۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَصَدَفَ عَنْهَا ۗ سَنَجْزِى ٱلَّذِينَ يَصْدِفُونَ عَنْ ءَايَٰتِنَا سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ بِمَا كَانُوا۟ يَصْدِفُونَ
Aw taqooloo law annaaa unzila 'alainal kitaabu lakunnaaa ahdaa minhum; faqad jaaa'akum baiyinatum mir Rabbikum wa hudanw wa rahmah; faman azlamu mimman kazzaba bi Aayaatil laahi wa sadaf 'anhaa; sanajzil lazeena yasdifoona 'an Aayaatinaa sooo'al 'azaabi bimaa kaanoo yasdifoon
Yoki «Agar bizga kitob tushirilganda, ulardan koʻra hidoyatliroq boʻlar edik», demasliklaringiz uchun, batahqiqki, sizga Robbingizdan ochiq hujjat, hidoyat va rahmat keldi. Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqargan va ulardan yuz oʻgirgan kimsadan ham zolimroq shaxs bormi? Tezda, oyatlarimizdan yuz oʻgirganlarni yuz oʻgirganlari tufayli yomon azob ila jazolarmiz.
- 158
هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّآ أَن تَأْتِيَهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ أَوْ يَأْتِىَ رَبُّكَ أَوْ يَأْتِىَ بَعْضُ ءَايَٰتِ رَبِّكَ ۗ يَوْمَ يَأْتِى بَعْضُ ءَايَٰتِ رَبِّكَ لَا يَنفَعُ نَفْسًا إِيمَٰنُهَا لَمْ تَكُنْ ءَامَنَتْ مِن قَبْلُ أَوْ كَسَبَتْ فِىٓ إِيمَٰنِهَا خَيْرًۭا ۗ قُلِ ٱنتَظِرُوٓا۟ إِنَّا مُنتَظِرُونَ
hal yanzuroona illaaa an taatiyahumul malaaa'ikatu aw yaatiya Rabbuka aw yaatiya ba'du Aayaati Rabbik; yawma yaatee ba'du Aayaati Rabbika laa yanfa'u nafsan eemaanuhaa lam takun aamanat min qablu aw kasabat feee eemaanihaa khairaa; qulin tazirooo innaa muntaziroon
Ular farishtalar kelishini, yo Robbingning kelishini yoki Robbingning baʼzi oyatlari kelishini kutmoqdalar, xolos. Robbingning baʼzi oyatlari kelgan kunida hech bir jonga, oldin iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan boʻlsa, iymoni naf bermas. «Kutaveringlar, biz ham kutguvchilarmiz», – deb ayt. [63]
[63] («Robbingning baʼzi oyatlari»dan murod — lol qoldiruvchi moʻjizalar. Shunday talablar qilingani ushbu suraning avvalgi oyatlarida ham bir necha marta zikr qilingan edi. Agar oyati karimaga umumiy holni eʼtiborga olib taʼvil beriladigan boʻlsa, «farishta»lardan murod — oʻlim farishtalaridir. «Robbingning kelishi» — qiyomat kunining qoim boʻlishi; «Robbingning baʼzi oyatlari» — qiyomat alomatlari, demakdir.)
- 159
إِنَّ ٱلَّذِينَ فَرَّقُوا۟ دِينَهُمْ وَكَانُوا۟ شِيَعًۭا لَّسْتَ مِنْهُمْ فِى شَىْءٍ ۚ إِنَّمَآ أَمْرُهُمْ إِلَى ٱللَّهِ ثُمَّ يُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَفْعَلُونَ
Innal lazeena farraqoo deenahum wa kaanoo shiya'allasta minhum fee shai'; innamaaa amruhum ilallaahi summma yunabbi'uhum bimaa kaanoo yaf'aloon
Dinlarini tafriqa qilib, oʻzlari guruhbozlik qilganlar bilan hech bir aloqang yoʻq. Albatta, ularning ishi Allohning Oʻziga havola. Soʻngra, qilgan ishlarining xabarini berur. [64]
[64] (Dunyoda turli dinlarni tutganlar, diniga tafriqa tushganlar koʻp. Shu bilan birga, oʻzlari turli guruhlarga, firqalarga boʻlinib olib, tarafkashlik qilib yurganlar ham koʻp. Lekin sening ular bilan hech qanday aloqang yoʻq. Sening Alloh huzuridan kelgan va uning huzurida maqbul dining bor.)
- 160
مَن جَآءَ بِٱلْحَسَنَةِ فَلَهُۥ عَشْرُ أَمْثَالِهَا ۖ وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَلَا يُجْزَىٰٓ إِلَّا مِثْلَهَا وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
man jaaa'a bilhasanati falahoo 'ashru amsaalihaa wa man jaaa'a bissaiyi'ati falaa yujzaaa illaa mislahaa wa hum laa yuzlamoon
Kim bir yaxshilik qilsa, unga oʻn barobar qaytarilur. Kim bir yomonlik qilsa, unga faqat qilganiga yarasha jazo boʻlur. Va ularga zulm qilinmas.
- 161
قُلْ إِنَّنِى هَدَىٰنِى رَبِّىٓ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ دِينًۭا قِيَمًۭا مِّلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًۭا ۚ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ
Qul innanee hadaanee Rabbeee ilaa Siraatim Mustaqeemin deenan qiyamam Millata Ibraaheema haneefaa; wa maa kaana minal mushrikeen
Sen: «Albatta, Meni Robbim toʻgʻri yoʻlga — rost dinga — toʻgʻrilikka moyil Ibrohim millatiga hidoyat qildi. U mushriklardan boʻlmagan edi», – deb ayt!
- 162
قُلْ إِنَّ صَلَاتِى وَنُسُكِى وَمَحْيَاىَ وَمَمَاتِى لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Qul inna Salaatee wa nusukee wa mahyaaya wa mamaatee lillaahi Rabbil 'aalameen
Sen: «Albatta, mening namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir.
- 163
لَا شَرِيكَ لَهُۥ ۖ وَبِذَٰلِكَ أُمِرْتُ وَأَنَا۠ أَوَّلُ ٱلْمُسْلِمِينَ
Laa shareeka lahoo wa bizaalika umirtu wa ana awwalul muslimeen
Uning sherigi yoʻq. Ana shunga buyurilganman. Va men eng avvalgi musulmonlardanman. [65]
[65] (Bu oyat musulmon odam butunlay Allohga ajralib chiqishi lozimligini koʻrsatadi. U namozni faqat Alloh uchun oʻqiydi. Boshqa zot uchun yoki badantarbiya, axloqiy mashq, ota-onasini xursand qilish uchun emas. U ibodatlarini faqat Alloh uchun ado etadi. Haj qilsa, roʻza tutsa, zakot bersa, Alloh uchun qiladi. Birovning gapi, maqtovi yoki ehtiromi uchun qilmaydi.)
- 164
قُلْ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْغِى رَبًّۭا وَهُوَ رَبُّ كُلِّ شَىْءٍۢ ۚ وَلَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ إِلَّا عَلَيْهَا ۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌۭ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ
Qul aghairal laahi abhee Rabbanw wa Huwa Rabbu kulli shai'; wa laa taksibu kullu nafsin illaa 'alaihaa; wa laa taziru waaziratunw wizra ukhraa; summa ilaa Rabbikum marji'ukum fa yunabbi'ukum bimaa kuntum feehi takhtalifoon
Allohdan oʻzgani Robbim deymi? Holbuki, U hamma narsaning Robbidir. Har bir jon yomon kasb qilsa, faqat oʻziga ziyon qilur. Hech bir jon boshqaning ogʻirligini koʻtarmas. Soʻngra, Robbilaringizga qaytishingiz bor. Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringizning xabarini berur.
- 165
وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَكُمْ خَلَٰٓئِفَ ٱلْأَرْضِ وَرَفَعَ بَعْضَكُمْ فَوْقَ بَعْضٍۢ دَرَجَٰتٍۢ لِّيَبْلُوَكُمْ فِى مَآ ءَاتَىٰكُمْ ۗ إِنَّ رَبَّكَ سَرِيعُ ٱلْعِقَابِ وَإِنَّهُۥ لَغَفُورٌۭ رَّحِيمٌۢ
Wa Huwal lazee ja'alakum khalaaa'ifal ardi wa rafa'a ba'dakum fawqa ba'din darajaatil liyabluwakum fee maaa aataakum; inna Rabbaka saree'ul 'iqaab; wa innahoo la Ghafoorur Raheem
U sizlarni yer yuzida xalifalar qilgan va Oʻzi bergan narsalarda sizni sinash uchun baʼzingizning darajasini baʼzingizdan ustun qilgan Zotdir. Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir. Va, albatta, U magʻfirat qiluvchi va rahimlidir», – deb ayt.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
