Sura 5
Moida
المَائِدَةِ
Al-Ma'idah · Madaniy · 120 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَوْفُوا۟ بِٱلْعُقُودِ ۚ أُحِلَّتْ لَكُم بَهِيمَةُ ٱلْأَنْعَٰمِ إِلَّا مَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ غَيْرَ مُحِلِّى ٱلصَّيْدِ وَأَنتُمْ حُرُمٌ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ يَحْكُمُ مَا يُرِيدُ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo awfoo bil'uqood; uhillat lakum baheematul an'aami illaa maa yutlaa 'alaikum ghaira muhillis saidi wa antum hurum; innal laaha yahkumu maa yureed
Ey, iymon keltirganlar! Ahdnomalarga vafo qiling! Sizga, keyin tilovat qilinadiganlaridan boshqa, chorva hayvonlari halol qilindi, ehromdalik vaqtingizda ovni halol sanamagan holingizda. Albatta, Alloh nimani iroda etsa, shuni hukm qiladir. [1]
[1] (Oyati karimadagi «ahdnomalar» soʻzi avvalo, insonning banda sifatida Alloh taolo huzuridagi ahdnomalaridir. Buni iymon ahdnomasi deyiladi va u oʻz ichiga Allohning yagona ilohligini, Robbligini va Hokimligini eʼtirof etishni, Unga banda boʻlish, itoat qilish va taslim boʻlishni oladi. Bu ahdnomani Alloh taolo birinchi inson Odam atodan boshlab ola boshlagan.)
- 2
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تُحِلُّوا۟ شَعَٰٓئِرَ ٱللَّهِ وَلَا ٱلشَّهْرَ ٱلْحَرَامَ وَلَا ٱلْهَدْىَ وَلَا ٱلْقَلَٰٓئِدَ وَلَآ ءَآمِّينَ ٱلْبَيْتَ ٱلْحَرَامَ يَبْتَغُونَ فَضْلًۭا مِّن رَّبِّهِمْ وَرِضْوَٰنًۭا ۚ وَإِذَا حَلَلْتُمْ فَٱصْطَادُوا۟ ۚ وَلَا يَجْرِمَنَّكُمْ شَنَـَٔانُ قَوْمٍ أَن صَدُّوكُمْ عَنِ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ أَن تَعْتَدُوا۟ ۘ وَتَعَاوَنُوا۟ عَلَى ٱلْبِرِّ وَٱلتَّقْوَىٰ ۖ وَلَا تَعَاوَنُوا۟ عَلَى ٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa tuhilloo sha'aaa 'iral laahi wa lash Shahral Haraama wa lal hadya wa lal qalaaa'ida wa laa aaammeenal Baital Haraama yabtaghoona fadlam mir Rabbihim wa ridwaanaa; wa izaa halaltum fastaadoo; wa laa yajrimannakum shana aanu qawmin an saddookum 'anil Masjidil-Haraami an ta'tadoo; wa ta'aawanoo 'alalbirri wattaqwaa; wa laa ta'aawanoo 'alal ismi wal'udwaan; wattaqul laah; innal laaha shadeedul 'iqaab
Ey, iymon keltirganlar! Allohning dini alomatlarini, harom oyni, atalgan qurbonlikni, osilgan belgilarni va Robbilaridan fazl va rozilik tilab Baytul Haromni qasd qilib chiqqanlarni oʻzingizga halol hisoblamang. Ehromdan chiqib halol boʻlsangiz, ov qilsangiz, mayli. Masjidul Haromdan toʻsgani uchun bir qavmni yomon koʻrishingiz ularga tajovuzkor boʻlishingizga olib bormasin. Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yoʻlida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.
- 3
حُرِّمَتْ عَلَيْكُمُ ٱلْمَيْتَةُ وَٱلدَّمُ وَلَحْمُ ٱلْخِنزِيرِ وَمَآ أُهِلَّ لِغَيْرِ ٱللَّهِ بِهِۦ وَٱلْمُنْخَنِقَةُ وَٱلْمَوْقُوذَةُ وَٱلْمُتَرَدِّيَةُ وَٱلنَّطِيحَةُ وَمَآ أَكَلَ ٱلسَّبُعُ إِلَّا مَا ذَكَّيْتُمْ وَمَا ذُبِحَ عَلَى ٱلنُّصُبِ وَأَن تَسْتَقْسِمُوا۟ بِٱلْأَزْلَٰمِ ۚ ذَٰلِكُمْ فِسْقٌ ۗ ٱلْيَوْمَ يَئِسَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن دِينِكُمْ فَلَا تَخْشَوْهُمْ وَٱخْشَوْنِ ۚ ٱلْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِى وَرَضِيتُ لَكُمُ ٱلْإِسْلَٰمَ دِينًۭا ۚ فَمَنِ ٱضْطُرَّ فِى مَخْمَصَةٍ غَيْرَ مُتَجَانِفٍۢ لِّإِثْمٍۢ ۙ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Hurrimat 'alaikumul maitatu waddamu wa lahmul khinzeeri wa maaa uhilla lighiril laahi bihee walmun khani qatu wal mawqoozatu wal mutarad diyatu wanna teehatu wa maaa akalas sabu'u illaa maa zakkaitum wa maa zubiha 'alan nusubi wa an tastaqsimoo bil azlaam; zaalikum fisq; alyawma ya'isal lazeena kafaroo min deenikum falaa takhshawhum wakh shawn; alyawma akmaltu lakum deenakum wa atmamtu 'alaikum ni'matee wa radeetu lakumul Islaama deenaa; famanidturra fee makhmasatin ghaira mutajaanifil li ismin fa innallaaha Ghafoorur Raheem
Sizlarga oʻlimtik, qon, choʻchqa goʻshti, Allohdan boshqaning nomi ila soʻyilgan, boʻgʻilib oʻlgan, urib oʻldirilgan, yiqilib oʻlgan, suzib oʻldirilgan, yirtqich yegan hayvonlar harom qilindi. Magar, (oʻlmay turib) soʻyib olsangiz (halol). Va butlarga soʻyilgan hayvonlar ham, choʻplar ila fol ochishingiz ham harom qilindi. Bunday qilmogʻingiz fosiqlikdir. Bugungi kunda kufr keltirganlar diningizga zarar yetkazishdan umid uzdilar. Ulardan qoʻrqmanglar, Mendan qoʻrqinglar. Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim. Sizga neʼmatimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb, rozi boʻldim. Kimki gunohga moyil boʻlmagan holida ochlikda muztar boʻlsa, albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir. [2]
[2] (Ushbu oyati karimada asli goʻshti halol qilingan hayvonlar haqida soʻz ketmoqda. Albatta, choʻchqani hisobga olmaganda. Aslida, goʻshti harom boʻlgan hayvonlar oʻz-oʻzidan maʼlum, bahs ular haqida emas. Goʻsht tirik hayvondan olinadi. Ana oʻsha tirik jonivorni goʻshtga aylantirish jarayoni va undagi niyat hamda eʼtiqod uning halol yoki haromga aylanishiga sabab boʻladi. Shuning uchun ham bu jarayonga, yaʼni tirik hayvonni goʻshtga aylantirish jarayoniga shariatda alohida eʼtibor beriladi. Bu shartlarning boshida hayvonning jonini chiqarish paytida unga jon bergan Allohning nomini zikr qilish turadi. Bu ish qilinmasa, katta maʼnaviy jinoyat sodir boʻlgan boʻladi, shu sababli uning goʻshti haromga aylanadi.)
- 4
يَسْـَٔلُونَكَ مَاذَآ أُحِلَّ لَهُمْ ۖ قُلْ أُحِلَّ لَكُمُ ٱلطَّيِّبَٰتُ ۙ وَمَا عَلَّمْتُم مِّنَ ٱلْجَوَارِحِ مُكَلِّبِينَ تُعَلِّمُونَهُنَّ مِمَّا عَلَّمَكُمُ ٱللَّهُ ۖ فَكُلُوا۟ مِمَّآ أَمْسَكْنَ عَلَيْكُمْ وَٱذْكُرُوا۟ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَيْهِ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ
Yas'aloonaka maazaaa uhilla lahum; qul uhilla lakumuttaiyibaatu wa maa'allamtum minal jawaarihi mukallibeena tu'allimoonahunnamimmaa 'allamakumul laahu fakuloo mimmaaa amsakna 'alaikum wazkurus mal laahi 'alaih; wattaqul laah; innal laaha saree'ul hisaab
Sendan ularga nima halol qilinganini soʻrarlar. Sen: «Sizlarga pok narsalar halol qilindi. Ovchi itlarga oʻxshatib, Alloh sizga oʻrgatgan narsalardan ularga ham oʻrgatgan ovchi hayvonlaringiz sizga tutib bergan narsadan yenglar. Ularga Allohning ismini zikr qilinglar. Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh hisobi tezkor Zotdir», deb ayt!
- 5
ٱلْيَوْمَ أُحِلَّ لَكُمُ ٱلطَّيِّبَٰتُ ۖ وَطَعَامُ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ حِلٌّۭ لَّكُمْ وَطَعَامُكُمْ حِلٌّۭ لَّهُمْ ۖ وَٱلْمُحْصَنَٰتُ مِنَ ٱلْمُؤْمِنَٰتِ وَٱلْمُحْصَنَٰتُ مِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِكُمْ إِذَآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ مُحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَٰفِحِينَ وَلَا مُتَّخِذِىٓ أَخْدَانٍۢ ۗ وَمَن يَكْفُرْ بِٱلْإِيمَٰنِ فَقَدْ حَبِطَ عَمَلُهُۥ وَهُوَ فِى ٱلْءَاخِرَةِ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ
Alyawma uhilla lakumut taiyibaatu wa ta'aamul lazeena ootul Kitaaba hillul lakum wa ta'aamukum hillul lahum wal muhsanaatu minal mu'minaati walmuhsanaatu minal lazeena ootul Kitaaba min qablikum izaaa aataitumoohunna ujoorahunna muhsineena ghaira musaafiheena wa laa muttakhizeee akhdaan; wa mai yakfur bil eemaani faqad habita 'amaluhoo wa huwa fil Aaakhirati minal khaasireen
Bugungi kunda sizlarga pok narsalar halol qilindi. Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir. Afiyfa moʻminalar va sizdan oldin kitob berilganlardan boʻlgan afiyfalar ham, agar iffatli boʻlgan holingizda, zinokor boʻlmay va oʻynash tutmay mahrlarini bersangiz, sizga haloldir. Kim iymonni inkor qilsa, uning amali behuda ketadi va oxiratda u ziyon koʻruvchilardan boʻladir. [3]
[3] (Islomda musulmonlarga ahli kitoblarning soʻygan soʻyishlari halol qilingan. Bu oyatda «taom» soʻzi qoʻllangan, ammo undan ahli kitoblarning barcha taomlari, jumladan, choʻchqa yoki boshqa harom hayvonlarning goʻshti, aroqqa oʻxshash ichimliklari ham halol ekan-da, deb tushunilmasligi kerak. Bu narsalarning haromligi oʻz-oʻzidan hammaga maʼlum. Asli oʻzi halol boʻlgan boshqa narsalar haqida ham avval aytib oʻtildi. Demak, bu yerda gap goʻshti asli halol boʻlgan hayvonlar ahli kitoblarning dinlari asosida soʻyilgan boʻlsa, halol boʻlishligi haqida ketmoqda.)
- 6
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا قُمْتُمْ إِلَى ٱلصَّلَوٰةِ فَٱغْسِلُوا۟ وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى ٱلْمَرَافِقِ وَٱمْسَحُوا۟ بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى ٱلْكَعْبَيْنِ ۚ وَإِن كُنتُمْ جُنُبًۭا فَٱطَّهَّرُوا۟ ۚ وَإِن كُنتُم مَّرْضَىٰٓ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَآءَ أَحَدٌۭ مِّنكُم مِّنَ ٱلْغَآئِطِ أَوْ لَٰمَسْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَلَمْ تَجِدُوا۟ مَآءًۭ فَتَيَمَّمُوا۟ صَعِيدًۭا طَيِّبًۭا فَٱمْسَحُوا۟ بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُم مِّنْهُ ۚ مَا يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيَجْعَلَ عَلَيْكُم مِّنْ حَرَجٍۢ وَلَٰكِن يُرِيدُ لِيُطَهِّرَكُمْ وَلِيُتِمَّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo izaa qumtum ilas Salaati faghsiloo wujoohakum wa Aidiyakum ilal maraafiqi wamsahoo biru'oosikum wa arjulakum ilal ka'bayn; wa in kuntum junuban fattahharoo; wain kuntum mardaaa aw'alaa safarin aw jaaa'a ahadum minkum minal ghaaa'iti aw laamastumunnisaaa'a falam tajidoo maaa'an fatayammamoo sa'eedan taiyiban famsahoo biwujoohikum wa aideekum minh; ma yureedul laahu liyaj'ala 'alaikum min harajinw wa laakidy yureedu liyutahhirakum wa liyutimma m'matahoo 'alaikum la'allakum tashkuroon
Ey, iymon keltirganlar! Namozga turmoqchi boʻlsalaringiz, yuzlaringizni va qoʻllaringizni chigʻanoqlari ila yuvinglar. Boshlaringizga masʼh tortinglar. Va oyoqlaringizni toʻpiqlari ila yuvinglar. Agar junub boʻlsalaringiz, poklaninglar. Agar bemor yoki safarda boʻlsalaringiz yoxud birortalaringiz tahoratxonadan kelsa yoki ayollarga yaqinlik qilsa-yu, suv topa olmasalaringiz, bas, pokiza tuproq ila tayammum qilinglar. Undan yuzingizga va qoʻllaringizga masʼh tortinglar. Alloh sizlarga qiyinchilik tugʻdirishni istamas. Ammo sizlarni poklashni va sizlarga Oʻz neʼmatini batamom qilib berishni istaydir. Shoyadki, shukr qilsangizlar. [4]
[4] (Ushbu oyatlar sinchiklab oʻqib-oʻrganilsa, Islomning poklik dini, poklik boʻlganda ham, mukammal poklik dini ekanligi yaqqol namoyon boʻladi. Avvalgi besh oyatda pok narsalarning halol qilingani, musulmonlarga pok taomlar, pokiza ayollar halol qilingani haqida soʻz borgan boʻlsa, bu oyatda badan pokligi hamda, eng muhimi, qalb pokligi haqida soʻz ketmoqda. Chunki namoz qalbni poklovchi amaldir. Hamma narsa poklikka tayanadi, poklikka qaratilgandir. Xossatan, namoz oʻqish uchun nafaqat badan, balki kiyim-bosh va joy ham pok boʻlishi zarur.)
- 7
وَٱذْكُرُوا۟ نِعْمَةَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَمِيثَٰقَهُ ٱلَّذِى وَاثَقَكُم بِهِۦٓ إِذْ قُلْتُمْ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ
Wazkuroo ni'matal laahi 'alaikum wa meesaaqahul lazee waasaqakum biheee iz qultum sami'naa wa ata'naa wattaqul laah; innal laaha 'aleemum bizaatis sudoor
Allohning sizga bergan neʼmatini va sizdan olgan ahdini eslang. Oʻzingiz: «Eshitdik va itoat qildik», degansiz-a?! Va Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh koʻkraklardagi narsani ham bilguvchi Zotdir. [5]
[5] (Insonga Alloh bergan neʼmatlarning sanogʻiga yetib boʻlmasligini, bu neʼmatlarning shukrini ham ado eta olmasligimizni yaxshi bilamiz. Ammo Allohning bizga bergan neʼmatlari ichida eng ulugʻi iymon — Islom neʼmati ekanini tushunib yetmogʻimiz lozim. Bu ulkan neʼmatning shukri unga amal qilish bilan boʻlishini ham tushunmogʻimiz kerak. Oyatda kelayotgan «miysoq» — ahdnoma esa, Allohning amriga itoat qilish ahdnomasi edi. Bandalar oʻzlari iymon keltirib, moʻmin-musulmon boʻlganlarida, «eshitdik va itoat qilamiz», deb ahd berishgan edi. Endi ahkomlar keldi. Uni tinglab, oʻrgansinlar va itoat qilsinlar. Taqvodor boʻlsinlar. Chunki Allohga iymonsiz, itoatsiz va taqvosiz hayotning mazmuni boʻlmaydi.)
- 8
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ كُونُوا۟ قَوَّٰمِينَ لِلَّهِ شُهَدَآءَ بِٱلْقِسْطِ ۖ وَلَا يَجْرِمَنَّكُمْ شَنَـَٔانُ قَوْمٍ عَلَىٰٓ أَلَّا تَعْدِلُوا۟ ۚ ٱعْدِلُوا۟ هُوَ أَقْرَبُ لِلتَّقْوَىٰ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ
Yaaa aiyuhal lazeena aamaanoo koonoo qawwaa meena lillaahi shuhadaaa'a bilqist, wa laa yajrimannakum shana aanu qawmin 'alaaa allaa ta'diloo; i'diloo; huwa aqrabu littaqwaa wattaqul laah; innal laaha khabeerum bimaa ta'maloon
Ey, iymon keltirganlar! Alloh uchun haqda turing, adolatli guvoh boʻling. Bir qavmni yomon koʻrishingiz sizni ularga nisbatan adolat qilmaslikka olib bormasin. Adolat qiling. Bu taqvoga oid ishdir. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh qilayotgan amalingizdan xabardor Zotdir. [6]
[6] (Darhaqiqat, oʻzi uchun yoki oilasi, qavmi-qarindoshi, millati yoki boshqa eʼtiborlar uchun emas, faqat Alloh uchun haqda turish kerak. Bu oson ish emas. Shuningdek, kezi kelganda oʻziga qarshi, hatto ota-onasi, bola-chaqasiga qarshi adolatli guvoh boʻlishga ham toʻgʻri keladi. Bunday moʻjizasifat ishlar faqat iymonning taʼmini totgan, Islomning haqiqatini anglagan kishilardangina sodir boʻladi.)
- 9
وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ ۙ لَهُم مَّغْفِرَةٌۭ وَأَجْرٌ عَظِيمٌۭ
Wa'adal laahul lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati lahum maghfiratunw wa ajrun 'azeem
Alloh iymon keltirib yaxshi amallarni qilganlarga vaʼda qildi: Ularga magʻfirat va ulkan ajr boʻlur.
- 10
وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَآ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ
Wallazeena kafaroo wa kazzaboo bi Aayaatinaaa ulaaa'ika Ashaabul Jaheem
Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar — ana oʻshalar doʻzax egalaridir!
- 11
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ هَمَّ قَوْمٌ أَن يَبْسُطُوٓا۟ إِلَيْكُمْ أَيْدِيَهُمْ فَكَفَّ أَيْدِيَهُمْ عَنكُمْ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ
Yaa aiyuhal lazeena aamanuz kuroo ni'matallaahi 'alaikum iz hamma qawmun ai yabsutooo ilaikum aidiyahm fakaffa aidiyahum 'ankum wattaqullaah; wa'alal laahi fal yatawakalil mu'minoon
Ey, iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan neʼmatini eslang. Bir qavm sizga qoʻl uzatmoqchi boʻlganida, U ularning qoʻllarini sizdan qaytargan edi. Va Allohga taqvo qiling. Moʻminlar Allohga tavakkal qilsinlar. [7]
[7] («Musulmonlarga qoʻl choʻzmoqchi boʻlgan qavm» kimlar ekanligi haqida turli rivoyatlar bor. Ammo muhaqqiq ulamolarimiz bu qavm Hudaybiya hodisasi paytida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni va musulmonlarni gʻaflatda qoldirib, qirib tashlamoqchi boʻlgan mushriklar guruhi ekanini taʼkidlaganlar. Alloh ularga yovuz niyatlariga erishish imkonini bermadi. Ular musulmonlar qoʻliga asir tushdilar. Bu, albatta, Alloh tomonidan musulmonlarga berilgan ulkan neʼmatdir. Koʻrinib turibdiki, Alloh xohlasa, har qanday holda ham bandasiga neʼmat ato etadi. Ammo banda bunday baxtga erishishi uchun bu inoyatga loyiq boʻlishi lozim. Bu esa, yana taqvo bilan boʻladi.)
- 12
۞ وَلَقَدْ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَٰقَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَبَعَثْنَا مِنْهُمُ ٱثْنَىْ عَشَرَ نَقِيبًۭا ۖ وَقَالَ ٱللَّهُ إِنِّى مَعَكُمْ ۖ لَئِنْ أَقَمْتُمُ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَيْتُمُ ٱلزَّكَوٰةَ وَءَامَنتُم بِرُسُلِى وَعَزَّرْتُمُوهُمْ وَأَقْرَضْتُمُ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًۭا لَّأُكَفِّرَنَّ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَلَأُدْخِلَنَّكُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۚ فَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ مِنكُمْ فَقَدْ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ
Wa laqad akhazal laahu meesaaqa Banee Israaa'eela wa ba'sanaa minhumus ani 'ashara naqeebanw wa qaalal laahu innee ma'akum la'in aqamtumus Salaata wa aataitumuz Zakaata wa aamantum bi Rusulee wa'azzartumoohum wa aqradtumul laaha qardan hasanal la ukaffiranna 'ankum saiyiaatikum wa la udkhilan nakum Jannaatin tajree min tahtihal anhaar; faman kafara ba'da zaalika minkum faqad dalla sawaaa'as Sabeel
Batahqiq, Alloh Bani Isroildan ahdnoma oldi. Ulardan oʻn ikkitasini naqib qilib yubordik. Va Alloh: «Albatta, Men sizlar bilanman. Agar namozni qoim qilsangiz, zakotni bersangiz, Paygʻambarlarimga iymon keltirsangiz, ularni qoʻllasangiz va Allohga yaxshi qarz bersangiz, albatta, sizning xatolaringizni kechiraman hamda sizni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritaman. Bas, bundan keyin ham sizdan kim kufr keltirsa, batahqiq, toʻgʻri yoʻldan adashgan boʻladir», dedi. [8]
[8] (Bani Isroil — yahudiylardir. Isroil — Yaʼqub alayhissalomning ikkinchi ismlari. Maʼlumki, u kishining oʻn ikkita oʻgʻillari boʻlgan. Ushbu oʻn ikki oʻgʻildan tarqalgan zurriyotlar Bani Isroilni tashkil etadi. Alloh taolo ahdni oʻsha oʻn ikki urugʻning (asbotning) oʻn ikki naqibi — vakilidan olgan.)
- 13
فَبِمَا نَقْضِهِم مِّيثَٰقَهُمْ لَعَنَّٰهُمْ وَجَعَلْنَا قُلُوبَهُمْ قَٰسِيَةًۭ ۖ يُحَرِّفُونَ ٱلْكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِۦ ۙ وَنَسُوا۟ حَظًّۭا مِّمَّا ذُكِّرُوا۟ بِهِۦ ۚ وَلَا تَزَالُ تَطَّلِعُ عَلَىٰ خَآئِنَةٍۢ مِّنْهُمْ إِلَّا قَلِيلًۭا مِّنْهُمْ ۖ فَٱعْفُ عَنْهُمْ وَٱصْفَحْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُحْسِنِينَ
Fabimaa naqdihim meesaa qahum la'annaahum wa ja'alnaa quloobahum qaasiyatany yuharrifoonal kalima 'ammawaadi'ihee wa nasoo hazzam mimmaa zukkiroo bih; khaaa'inatim minhum illaa qaleelam minhum fa'fu 'anhum wasfah; innal laaha yuhibbul muhsineen
Ahdlarini buzganlari uchun ularni laʼnatladik va qalblarini qattiq qildik. Ular kalimalarni oʻz oʻrnidan oʻzgartirdilar. Oʻzlariga eslatma boʻlgan narsadan koʻp nasibani unutdilar. Ularning ozginalaridan boshqalaridan mudom xiyonat koʻrasan. Bas, ularni afv et va ayblarini oʻtib yubor. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevar. [9]
[9] (Bani Isroil yahudiyligiga bordi. Hatto Alloh taolo bilan boʻlgan ahdnomani ham buzdi. Uni bajo keltirmadi. Namozni qoim qilmadi. Namoz deb atalmish ulugʻ ibodatni Alloh aytganidek emas, oʻzlari xohlaganlaridek buzib ado etadigan boʻlishdi. Zakot berish u yoqda tursin, hamma iqtisodiy aloqalarga harom-xarishni qoʻshdilar. Odamlarning molini botil yoʻl bilan yeyishni joriy qildilar. Allohning barcha paygʻambarlariga birday iymon keltirishmadi, aksincha, ularning koʻpchiligini haqorat qildilar. Hatto Zakariyo, Yahyo alayhissalomlarga oʻxshashlarini oʻldirishgacha borib yetdilar. Iso alayhissalomni oʻldirdik, deb daʼvo qildilar. Oxirgi Paygʻambar Muhammad alayhissalotu vassalomni ham oʻldirishga harakat qildilar. Allohga yaxshi qarz berish tugul, bandaga ham yaxshi qarz bermadilar. Qarz berishda riboxoʻrlikni butun dunyo boʻyicha yoʻlga qoʻydilar.)
- 14
وَمِنَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّا نَصَٰرَىٰٓ أَخَذْنَا مِيثَٰقَهُمْ فَنَسُوا۟ حَظًّۭا مِّمَّا ذُكِّرُوا۟ بِهِۦ فَأَغْرَيْنَا بَيْنَهُمُ ٱلْعَدَاوَةَ وَٱلْبَغْضَآءَ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ وَسَوْفَ يُنَبِّئُهُمُ ٱللَّهُ بِمَا كَانُوا۟ يَصْنَعُونَ
Wa minal lazeena qaalooo innaa nasaaraaa akhaznaa meesaaqahum fanasoo hazzam mimmaa zukkiroo bihee fa aghrainaa binahumul 'adaawata walbaghdaaa'a ilaa yawmil Qiyaamah; wa sawfa yunabbi'uhumul laahu bimaa kaanoo yasna'oon
Va, «Biz nasorolarmiz», deganlarning ham ahdnomasini oldik. Bas, ular oʻzlariga eslatma boʻlgan narsadan koʻp nasibani unutdilar. Biz ular orasida adovat va yomon koʻrishni qiyomat kunigacha qoʻzgʻatdik. Alloh, albatta, ularga qilmishlari haqida xabar beradir. [10]
[10] (Iyso alayhissalomga birinchi ergashganlar Nosiro nomli qishloq aholisi ekan. Shuning uchun ham ularga «nasorolar», deb nom berilgan. Boshqa bir talqinlarga koʻra, Iyso alayhissalom: «Kim menga nusrat (yordam) beradi?» deganlarida, biz, deb chiqqan ekanlar. Shuning uchun «nasoro» nomini olganlar. Nasorolarning oʻzaro adovatlari hammaga maʼlum va mashhur. Katolik protestant bilan, pravoslav moruniy bilan yoki boshqasi yana biri bilan hamisha dushman. Har bir cherkov oʻzini alohida dinda deb hisoblaydi va boshqasini dushman bilib, yomon koʻradi. Ularning oʻzaro olib borgan diniy-mazhabiy urushlari oqibatida qonlar daryo boʻlib oqqani tarixda mashhur.)
- 15
يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ قَدْ جَآءَكُمْ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمْ كَثِيرًۭا مِّمَّا كُنتُمْ تُخْفُونَ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ وَيَعْفُوا۟ عَن كَثِيرٍۢ ۚ قَدْ جَآءَكُم مِّنَ ٱللَّهِ نُورٌۭ وَكِتَٰبٌۭ مُّبِينٌۭ
yaaa Ahlal kitaabi qad jaaa'akum Rasoolunaa yubaiyinu lakum kaseeram mimmmaa kuntum tukhfoona minal Kitaabi wa ya'foo 'an kaseer; qad jaaa'akum minal laahi noorunw wa Kitaabum Mubeen
Ey, ahli kitoblar! Batahqiq, sizlarga Paygʻambarimiz keldi. U, sizga kitobdan berkitib yurgan koʻpgina narsalaringizni bayon qilib berur. Koʻpginasini esa, afv qilur. Batahqiq, sizlarga Allohdan nur va oydin Kitob keldi. [11]
[11] (Yahudiy va nasorolarga bu oyatda taʼkidlab aytilayotgan narsa — Allohning oxirgi Paygʻambari alayhissalotu vassalomning nafaqat arab mushriklariga, balki dunyodagi boshqa barcha xalqlarga, shu jumladan, ahli kitoblarga ham Alloh tomonidan kelganliklaridir. Muhammad alayhissalomning yahudiylarga ham paygʻambar boʻlib kelishlari xabari Tavrotda bor boʻlib, ulardan ahd olinganda, u zotga iymon keltirish ahdi ham olingan edi. Shuningdek, u zoti bobarakot alayhissalotu vassalomni nasorolarga ham paygʻambar boʻlib kelishlari xabari Injilda zikr qilingan boʻlib, Alloh taolo nasorolardan ahd olgan paytida, u zot kelgan vaqtlarida iymon keltirish ahdi ham olingan edi. Bu oyatda ularga oʻsha ahdnomada aytilgan paygʻambar darhaqiqat kelganligining xabarini berib turib, u zotning ahli kitoblarga qiladigan baʼzi ishlari ham aytilmoqda.)
- 16
يَهْدِى بِهِ ٱللَّهُ مَنِ ٱتَّبَعَ رِضْوَٰنَهُۥ سُبُلَ ٱلسَّلَٰمِ وَيُخْرِجُهُم مِّنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ بِإِذْنِهِۦ وَيَهْدِيهِمْ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ
Yahdee bihil laahu manit taba'a ridwaanahoo subulas salaami wa yukhrijuhum minaz zulumaati ilan noori bi iznihee wa yahdeehim ilaa Siraatim Mustaqeem
U bilan Alloh Oʻz roziligini istaganlarni salom yoʻllariga boshlar va ularni Oʻz izni ila zulmatlardan nurga chiqarar. Hamda sirotul mustaqiymga hidoyat qilar. [12]
[12] (Oʻsha oydin Kitob — Qurʼon bilan Alloh taolo Oʻz roziligini istab musulmon boʻlgan bandalarini salom (tinchlik) yoʻllariga boshlaydi.)
- 17
لَّقَدْ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْمَسِيحُ ٱبْنُ مَرْيَمَ ۚ قُلْ فَمَن يَمْلِكُ مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا إِنْ أَرَادَ أَن يُهْلِكَ ٱلْمَسِيحَ ٱبْنَ مَرْيَمَ وَأُمَّهُۥ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًۭا ۗ وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ
Laqad kafaral lazeena qaalooo innal laaha huwal maseehub nu Maryam; qul famany-yamliku minal laahi shai'an in araada ai yuhlikal Maseehab na Maryama wa ummahoo wa man fil ardi jamee'aa, wa lillaahi mmulkus samaawaati wal ardi wa maa bainahumaa; yakhluqu maa Yashaaa'; wakhluqu maa yashaaa'; wallaahu 'alaa kulli shai'in Qadeer
Batahqiq, Masiyh ibn Maryam Allohdir, deganlar ham kofir boʻldilar. Ularga: «Agar Alloh Masiyh ibn Maryamni, uning onasini va yer yuzidagi barcha kimsalarni halok etishni iroda qilsa, kim Uni biron narsadan man qila oladi? Holbuki, osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalar Allohnikidir. U nimani xohlasa, xalq qiladir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt! [13]
[13] (Nasorolar Allohga bergan ahdlarida vafo qilmagan eng bosh masala — Allohning tavhidini qoʻyib, shirkka burilishlari edi. Ularning zalolatga ketishlarining asosiy masalasi shu boʻlgan.)
- 18
وَقَالَتِ ٱلْيَهُودُ وَٱلنَّصَٰرَىٰ نَحْنُ أَبْنَٰٓؤُا۟ ٱللَّهِ وَأَحِبَّٰٓؤُهُۥ ۚ قُلْ فَلِمَ يُعَذِّبُكُم بِذُنُوبِكُم ۖ بَلْ أَنتُم بَشَرٌۭ مِّمَّنْ خَلَقَ ۚ يَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَيُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۚ وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ۖ وَإِلَيْهِ ٱلْمَصِيرُ
Wa qaalatil Yahoodu wan Nasaaraa nahnu abnaaa'ul laahi wa ahibbaaa'uh; qul falima yu'azzibukum bizunoobikum bal antum basharum mimmman khalaq; yaghfiru limai yashaaa'u wa yu'azzibu mai yashaaa'; wa lillaahi mulkus samaawaati wal ardi wa maa bainahumaa wa ilaihil maseer
Yahudiy va nasorolar: «Biz Allohning oʻgʻillarimiz va Uning mahbublarimiz», – dedilar. Ularga: «Unday boʻlsa, nimaga U sizlarni gunohlaringiz tufayli azoblaydir? Balki, sizlar U yaratgan bashardirsizlar. U kimni xohlasa, magʻfirat qiladi. Kimni xohlasa, azoblaydir. Osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalar Allohnikidir. Qaytib borish faqat Uning Oʻzigadir», – deb ayt.
- 19
يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ قَدْ جَآءَكُمْ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمْ عَلَىٰ فَتْرَةٍۢ مِّنَ ٱلرُّسُلِ أَن تَقُولُوا۟ مَا جَآءَنَا مِنۢ بَشِيرٍۢ وَلَا نَذِيرٍۢ ۖ فَقَدْ جَآءَكُم بَشِيرٌۭ وَنَذِيرٌۭ ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ
Yaaa Ahlal Kitaabi qad jaaa'akum Rasoolunaa yubaiyinu lakum 'alaa fatratim minal Rusuli an taqooloo maa jaaa'anaa mim basheerinw wa laa nazeerin faqad jaaa'akum basheerunw wa nazeer; wallaahu 'alaa kulli shai'in Qadeer
Ey, ahli kitoblar! Batahqiq, sizlarga Paygʻambarimiz keldi. U sizlarga Paygʻambarlardan boʻsh davrda (dinni) bayon qiladir. Bizga bashorat berguvchi ham, ogohlantirguvchi ham kelmagan, demasligingiz uchun. Bas, batahqiq, sizlarga bashorat berguvchi ham, ogohlantirguvchi ham keldi. Va Alloh har bir narsaga qodirdir. [14]
[14] (Biz «boʻsh davr» deb tarjima qilgan soʻz Qurʼoni Karim matnida «fatratin» deyilgan. Bu soʻz lugʻatda, sukunat, boʻshlik, kesilish va zaiflik maʼnolarini anglatadi. Shariatda bir paygʻambar bilan ikkinchisining orasidagi paygʻambarsiz oʻtgan vaqtga «fatiratun» — boʻsh davr deyiladi. Maʼlumki, Iyso alayhissalomning paygʻambarliklaridan soʻng Muhammad alayhissalotu vassalom kelgunlariga qadar oradan olti yuz yil oʻtgan.)
- 20
وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦ يَٰقَوْمِ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَةَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ جَعَلَ فِيكُمْ أَنۢبِيَآءَ وَجَعَلَكُم مُّلُوكًۭا وَءَاتَىٰكُم مَّا لَمْ يُؤْتِ أَحَدًۭا مِّنَ ٱلْعَٰلَمِينَ
Qa iz qaala Moosaa liqawmihee yaa qawmiz kuroo ni'matal laahi 'alaikum iz ja'ala feekum mulookanw wa aataakum maa lam yu'ti ahadam minal 'aalameen
Muso oʻz qavmiga: «Ey qavmim, Allohning sizga bergan neʼmatlarini eslang. Axir, U sizdan Paygʻambarlar yubordi, podshohlar chiqardi va olamlarda birortaga bermagan narsalarni berdi-ku», – deganini esla.
- 21
يَٰقَوْمِ ٱدْخُلُوا۟ ٱلْأَرْضَ ٱلْمُقَدَّسَةَ ٱلَّتِى كَتَبَ ٱللَّهُ لَكُمْ وَلَا تَرْتَدُّوا۟ عَلَىٰٓ أَدْبَارِكُمْ فَتَنقَلِبُوا۟ خَٰسِرِينَ
Yaa qawmid khulul Ardal MMuqaddasatal latee katabal laahu lakum wa laa tartaddoo 'alaaa adbaarikum fatanqaliboo khaasireen
Ey qavmim, Alloh sizga yozib qoʻygan muqaddas yerga kiring. Ortingizga qaytmang, bas, ziyon koʻrguvchiga aylanasiz.
- 22
قَالُوا۟ يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّ فِيهَا قَوْمًۭا جَبَّارِينَ وَإِنَّا لَن نَّدْخُلَهَا حَتَّىٰ يَخْرُجُوا۟ مِنْهَا فَإِن يَخْرُجُوا۟ مِنْهَا فَإِنَّا دَٰخِلُونَ
Qaaloo yaa Moosaaa innaa feehaa qwman jabbaareena wa innaa lan nadkhulahaa hattaa yakhrujoo minhaa fa innaa daakhiloon
Ular: «Ey Muso, unda zoʻravon qavm bor. Ular undan chiqmagunlaricha biz hech qachon kirmasmiz. Agar ular chiqsalar, biz kiruvchidirmiz», – dedilar.
- 23
قَالَ رَجُلَانِ مِنَ ٱلَّذِينَ يَخَافُونَ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمَا ٱدْخُلُوا۟ عَلَيْهِمُ ٱلْبَابَ فَإِذَا دَخَلْتُمُوهُ فَإِنَّكُمْ غَٰلِبُونَ ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَتَوَكَّلُوٓا۟ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Qaala rajulaani minal lazeena yakhaafoona an'amal laahu 'alaihimad khuloo 'alaihimul baab, fa izaa dakhaltumoohu fa innakum ghaaliboon; wa 'alal laahi fatawakkalooo in kuntum mu'mineen
Ulardan U zotdan qoʻrqadiganlardan boʻlgan va Alloh ularga neʼmat ato etgan ikki kishi: «Ularning ustiga eshikdan kirib boringlar. Agar unga kirsalaring, albatta gʻolib boʻlasizlar. Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga tavakkal qilingiz», – dedilar. [15]
[15] (Muso alayhissalom muqaddas yerdagi ahvolni bilish maqsadida oldin oʻn ikkita naqib — vakil yuborgan edilar. Ushbu oyatda zikri kelgan, Allohdan qoʻrquvchi va uning neʼmatiga sazovor boʻlgan ikki kishi oʻsha naqiblardan edi. Allohdan qoʻrqadigan banda hech qachon boshqadan qoʻrqmaydi. Chunki bir qalb ikki xavfni koʻtarmaydi. Allohdan qoʻrqmagan esa, hammadan qoʻrqadi. Ushbu ikki solih banda ham Allohdan qoʻrqadiganlardan boʻlganlari uchun, qoʻrqmasdan muqaddas yerga borib, u yerda yurgan katta jussali, baquvvat va zoʻravon qavmni oʻz koʻzlari bilan koʻrib keldilar. Qavmlarini Allohning amriga itoat etib oʻsha zoʻravon qavm ustiga dadil bostirib boraverishga undadilar. Ammo Xudodan qoʻrqmaganlar Allohning amriga itoat etmasliklariga zoʻravon qavmdan qoʻrqishlarini bahona qildilar.)
- 24
قَالُوا۟ يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّا لَن نَّدْخُلَهَآ أَبَدًۭا مَّا دَامُوا۟ فِيهَا ۖ فَٱذْهَبْ أَنتَ وَرَبُّكَ فَقَٰتِلَآ إِنَّا هَٰهُنَا قَٰعِدُونَ
Qaaloo yaa Moosaaa innaa lan nadkhulahaa abadam maa daamoo feehaa fazhab anta wa Rabbuka faqaatilaaa innaa haahunaa qaa'idoon
Ular: «Ey Muso, modomiki, ular bor ekan, biz zinhor va zinhor u yerga kirmasmiz. Sen oʻzing Robbing ila borib ikkovlon ularga qarshi urush qilaveringlar. Biz bu yerda oʻtirib turuvchimiz», – dedilar. [16]
[16] (Qoʻrqoqlikning oqibati shu-da. Demak, Alloh Muso alayhissalomning Robbi, Bani Isroilning Robbi emas ekan-da. Qoʻrqoq boʻlgandan keyin hol shu. Hamma narsadan, hatto aqidadan ham voz kechib yuboraveriladi.)
- 25
قَالَ رَبِّ إِنِّى لَآ أَمْلِكُ إِلَّا نَفْسِى وَأَخِى ۖ فَٱفْرُقْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ ٱلْقَوْمِ ٱلْفَٰسِقِينَ
Qaala Rabbi innee laaa amliku illaa nafsee wa akhee fafruq bainanaa wa bainal qawmil faasiqeen
U: «Ey Robbim, albatta, men oʻzim va birodarimdan boshqaga ega emasman. Oʻzing biz bilan fosiq qavmning orasini ajratgin», – dedi.
- 26
قَالَ فَإِنَّهَا مُحَرَّمَةٌ عَلَيْهِمْ ۛ أَرْبَعِينَ سَنَةًۭ ۛ يَتِيهُونَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ فَلَا تَأْسَ عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْفَٰسِقِينَ
Qaala fa innahaa muhar ramatun 'alaihim arba'eena sanah; yateehoona fil ard; falaa taasa 'alal qawmil faasiqeen
U: «Albatta, bu yer ularga qirq yilgacha haromdir. Ular yer yuzida hayron boʻlib yurarlar. Fosiq qavmlar uchun xafa boʻlma», – dedi. [17]
[17] (Bani Isroilning bu qilmishi uchun, yaʼni Allohning amriga itoat etmagani — Muqaddas yerga kirmagani uchun, Alloh ularga bu muqaddas yerga kirishni qirq yilgacha harom qilib qoʻydi. Tafsirchilarimizning aytishlaricha, yahudiylar bu muddatda Siyno yarim orolidagi sahroda farsahlik joydan tashqariga chiqa olmay, adashib, hayron boʻlib, bir borgan joyga qayta-qayta borib yuraverdilar. Ana shunday hayronlik va sarson-sargardonlikda qirq yil yurdilar. Bu davrda mazkur gunohni sodir etgan, nobakor avlod oʻlib bitdi. Sahroda oʻsgan yangi avlod paydo boʻldi. Yaʼni, Alloh tayin qilgan muddat tugaguncha avvalgilar muqaddas yerga kira olmay oʻlib ketdilar.)
- 27
۞ وَٱتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ ٱبْنَىْ ءَادَمَ بِٱلْحَقِّ إِذْ قَرَّبَا قُرْبَانًۭا فَتُقُبِّلَ مِنْ أَحَدِهِمَا وَلَمْ يُتَقَبَّلْ مِنَ ٱلْءَاخَرِ قَالَ لَأَقْتُلَنَّكَ ۖ قَالَ إِنَّمَا يَتَقَبَّلُ ٱللَّهُ مِنَ ٱلْمُتَّقِينَ
Watlu 'alaihim naba abnai Aadama bilhaqq; iz qarrabaa qurbaanan fatuqubbila min ahadihimaa wa lam yutaqabbal minal aakhari qaala la aqtulannnaka qaala innamaa yataqabbalul laahu minal muttaqeen
Ularga Odamning ikki oʻgʻli xabarini haq ila tilovat qilib ber. Ikkovlari qurbonlik qilganlarida, birlaridan qabul qilindi, boshqasidan qabul qilinmadi. U: «Albatta, men seni oʻldirajakman», – dedi. Birisi: «Albatta, Alloh taqvodorlardangina qabul qiladir.
- 28
لَئِنۢ بَسَطتَ إِلَىَّ يَدَكَ لِتَقْتُلَنِى مَآ أَنَا۠ بِبَاسِطٍۢ يَدِىَ إِلَيْكَ لِأَقْتُلَكَ ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ ٱللَّهَ رَبَّ ٱلْعَٰلَمِينَ
La'im basatta ilaiya yadaka litaqtulanee maaa ana bibaasitiny yadiya ilaika li aqtulaka inneee akhaaful laaha Rabbal 'aalameen
Agar sen meni oʻldirish uchun qoʻl koʻtarsang, men seni oʻldirish uchun qoʻl koʻtarmasman. Men, albatta, olamlarning Robbi Allohdan qoʻrqaman.
- 29
إِنِّىٓ أُرِيدُ أَن تَبُوٓأَ بِإِثْمِى وَإِثْمِكَ فَتَكُونَ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلنَّارِ ۚ وَذَٰلِكَ جَزَٰٓؤُا۟ ٱلظَّٰلِمِينَ
Inee ureedu an tabooo'a bi ismee wa ismika fatakoona min Ashaabin Naar; wa zaalika jazaaa'uz zaalimeen
Men, albatta, mening ham gunohimni, oʻzingning ham gunohingni olib ketishingni, shu sababdan doʻzax ahlidan boʻlishingni xohlayman. Ana oʻsha zolimlarning jazosidir», – dedi.
- 30
فَطَوَّعَتْ لَهُۥ نَفْسُهُۥ قَتْلَ أَخِيهِ فَقَتَلَهُۥ فَأَصْبَحَ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ
Fatawwa'at lahoo nafsu hoo qatla akheehi faqatalahoo fa asbaha minal khaasireen
Nafsi unga birodarini oʻldirishni yaxshi koʻrsatdi. Bas, uni oʻldirdi. Shu sababdan ziyonkorlardan boʻldi.
- 31
فَبَعَثَ ٱللَّهُ غُرَابًۭا يَبْحَثُ فِى ٱلْأَرْضِ لِيُرِيَهُۥ كَيْفَ يُوَٰرِى سَوْءَةَ أَخِيهِ ۚ قَالَ يَٰوَيْلَتَىٰٓ أَعَجَزْتُ أَنْ أَكُونَ مِثْلَ هَٰذَا ٱلْغُرَابِ فَأُوَٰرِىَ سَوْءَةَ أَخِى ۖ فَأَصْبَحَ مِنَ ٱلنَّٰدِمِينَ
Faba'asal laahu ghuraabai yabhasu fil ardi liyuriyahoo kaifa yuwaaree sawata akheeh; qaala yaa wailataaa a'ajaztu an akoona misla haazal ghuraabi fa uwaariya saw ata akhee fa asbaha minan naadimeen
Alloh yer yuzida kezib yurgan qargʻani unga birodarining oʻligini qanday koʻmishini koʻrsatish uchun yubordi. U: «Shoʻrim qursin! Mana shu qargʻachalik boʻlib, birodarim oʻligini koʻma olmadim-a?!» – dedi. Bas, u nadomat qiluvchilardan boʻldi. [18]
[18] (Oyati karimaning siyoqidan koʻrinib turibdiki, qotil birodarini oʻldirib qoʻygandan keyin nima qilarini bilmay qolgan. Oʻlikni koʻmish kerakligi xayoliga kelmagan. Chunki avval oʻlik boʻlmagan. Bu Yer yuzidagi birinchi oʻlik edi. Rivoyatlarda kelishicha, shu paytda Alloh unga oʻlikni koʻmishni oʻrgatish uchun ikki qargʻani yuborgan. Ular qotilning oldida urushib, biri ikkinchisini oʻldirgan. Soʻngra qotil qargʻa oʻlgan qargʻani yerni kavlab koʻmgan.)
- 32
مِنْ أَجْلِ ذَٰلِكَ كَتَبْنَا عَلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ أَنَّهُۥ مَن قَتَلَ نَفْسًۢا بِغَيْرِ نَفْسٍ أَوْ فَسَادٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ فَكَأَنَّمَا قَتَلَ ٱلنَّاسَ جَمِيعًۭا وَمَنْ أَحْيَاهَا فَكَأَنَّمَآ أَحْيَا ٱلنَّاسَ جَمِيعًۭا ۚ وَلَقَدْ جَآءَتْهُمْ رُسُلُنَا بِٱلْبَيِّنَٰتِ ثُمَّ إِنَّ كَثِيرًۭا مِّنْهُم بَعْدَ ذَٰلِكَ فِى ٱلْأَرْضِ لَمُسْرِفُونَ
min ajli zaalika katabnaa 'alaa Banee Israaa'eela annahoo man qatala nnafsam bighairi nafsin aw fasaadin fil ardi faka annnamaa qatalan fil ardi faka annammaa qatalan naasa jamee'anw wa man ahyaahaa faka annamaaa ahyan naasa jamee'aa; wa laqad jaaa'at hum Rusulunaa bilbaiyinaati summa inna kaseeram minhum ba'da zaalika fil ardi lamusrifoon
Shuning uchun ham, Bani Isroilga: «Kim bir jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham oʻldirsa, xuddi hamma odamlarni oʻldirgan boʻladi. Kim uni tiriltirsa, xuddi hamma odamlarni tiriltirgandek boʻladi», deb yozdik. Batahqiq, ularga Paygʻambarlarimiz bayonotlar olib keldilar. Soʻngra, bundan keyin ham, ulardan koʻplari yer yuzida isrof qilguvchilardan boʻldilar. [19]
[19] (Islomda oʻlim hukmiga loyiq jinoyat qilmagan jon juda ham yuqori baholanadi. Zotan, oʻlim hukmi ham boshqa yaxshi jonlarning hayotini saqlab qolish uchun chiqariladi. Shu bois bir beayb insonni oʻldirgan odam butun boshli insoniyatni oʻldirgandek jinoyat qilgan hisoblanadi. Xuddi shu haqiqatni Alloh taolo Bani Isroilga yozishi — farz qilishi — ular oʻsha vaqtda ahli kitob boʻlib turgan qavm ekanligidadir.)
- 33
إِنَّمَا جَزَٰٓؤُا۟ ٱلَّذِينَ يُحَارِبُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَيَسْعَوْنَ فِى ٱلْأَرْضِ فَسَادًا أَن يُقَتَّلُوٓا۟ أَوْ يُصَلَّبُوٓا۟ أَوْ تُقَطَّعَ أَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُم مِّنْ خِلَٰفٍ أَوْ يُنفَوْا۟ مِنَ ٱلْأَرْضِ ۚ ذَٰلِكَ لَهُمْ خِزْىٌۭ فِى ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَهُمْ فِى ٱلْءَاخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ
Innamaa jazaaa'ul lazeena yuhaariboonal laaha wa Rasoolahoo wa yas'awna fil ardi fasaadan ai yuqattalooo aw yusallabooo aw tuqatta'a aideehim wa arjuluhum min khilaafin aw yunfaw minalard; zaalika lahum khizyun fid dunyaa wa lahum fil Aakhirati 'azaabun 'azeem
Allohga va Uning Paygʻambariga qarshi urush qiluvchilar, yer yuzida fasod qiluvchilarning jazosi, albatta, oʻldirilmoqlari yoki osilmoqlari yoxud qoʻl-oyoqlari qarama-qarshi tomondan kesilmogʻi yoki yer yuzida surgun qilinmoqlaridir. Bu, ularga bu dunyoda or boʻlur. Oxiratda esa, ularga ulkan azob bor.
- 34
إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُوا۟ مِن قَبْلِ أَن تَقْدِرُوا۟ عَلَيْهِمْ ۖ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Illal lazeena taaboo min qabli an taqdiroo 'alaihim fa'lamooo annnal laaha Ghafoorur Raheem
Magar, ularga qodir boʻlishingizdan oldin tavba qilsalar, bilingki, albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir. [20]
[20] (Qoʻlga tushmasdan oldin tavba qilish haqiqiy afsus-nadomatning, yaxshilikka qaytishga qilingan qatʼiy qarorning alomatidir. Ular oʻz jinoyatlarini davom ettiraversalar ham boʻlardi, ammo insofga kirib, ishlarining notoʻgʻri ekanini anglab yetibdilar, Islom dini bu ragʻbatni taqdirlaydi. Boshqa sharʼiy hukmlar qatori ushbu hukmga ham amal qilingan davrda elu ulus tinch boʻlib, hamma omonda edi. Bepoyon sahroda qoʻy boqib yurgan choʻpon qoʻylariga boʻri hujum qilishidan xavfsiramasa, boshqa qoʻrqinchi yoʻq edi. Ammo hozir-chi? Odamlar uyida tinch oʻtira olmaydilar. Har qadamda jonlari ham, molu mulklari ham xavf ostida. Dunyodagi jami hukumatlar birlashib ham jinoyatchilarni jilovlay olmayaptilar. Allohning hukmiga yurmaslikning oqibati shu.)
- 35
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱبْتَغُوٓا۟ إِلَيْهِ ٱلْوَسِيلَةَ وَجَٰهِدُوا۟ فِى سَبِيلِهِۦ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
yaaa aiyuhal lazeena aamanut taqul laaha wabtaghooo ilaihil waseelata wa jaahidoo fee sabeelihee la'allakum tuflihoon
Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Unga vasiyla axtaringiz hamda Uning yoʻlida jihod qilingiz. Shoyadki, yutuqqa erishsangiz. [21]
[21] (Dunyoda qoʻrqish lozim boʻlgan yagona zot Allohdir. Qachonki insonlarda Allohdan qoʻrqish hissi — taqvo hissi boʻlmas ekan, hech qanday qonun, hech qanday tuzum odamlarni yomonlikdan saqlab tura olmaydi. Qoʻyilgan mirshab yoki josuslar nazoratidan qochib, oldingidan ham battar ishlarni qilaveradilar. Insonda taqvo boʻlsa-chi? Unda har bir inson oʻziga oʻzi qoʻriqchi va kuzatuvchi boʻladi. Hech kim uni nazorat qilmasa ham, hech kim koʻrmayotgan boʻlsa ham, yomonlik qilmaydi.)
- 36
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْ أَنَّ لَهُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًۭا وَمِثْلَهُۥ مَعَهُۥ لِيَفْتَدُوا۟ بِهِۦ مِنْ عَذَابِ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ مَا تُقُبِّلَ مِنْهُمْ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ
Innal lazeena kafaroo law anna lahum maa fil ardi jamee'anw wa mislahoo ma'ahoo liyaftadoo bihee min 'azaabi Yawmil Qiyaamati maa tuqubbila minhum wa lahum azaabun aleem
Agar kufr keltirganlar qoʻlida yer yuzidagi hamma narsa va yana shuncha narsa boʻlsa-yu, uni qiyomat kunining azobidan qutulishga toʻlov qilib bersalar ham, ulardan qabul qilinmas. Ularga alamli azob bor.
- 37
يُرِيدُونَ أَن يَخْرُجُوا۟ مِنَ ٱلنَّارِ وَمَا هُم بِخَٰرِجِينَ مِنْهَا ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌۭ مُّقِيمٌۭ
Yureedoona ai yakhrujoo minan Naari wa maa hum bikhaari jeena minhaa wa lahum 'azaabum muqeem
Ular doʻzaxdan chiqmoqchi boʻlurlar. Ammo undan chiqa olmaslar. Ularga muqim azob bor.
- 38
وَٱلسَّارِقُ وَٱلسَّارِقَةُ فَٱقْطَعُوٓا۟ أَيْدِيَهُمَا جَزَآءًۢ بِمَا كَسَبَا نَكَٰلًۭا مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ
Wassaariqu qassaariqatu faqta'oo aidiyahumma jazaaa'am bimaa kasabaa nakaalam minal laah; wallaahu 'Azeezun hakeem
Oʻgʻri erkak va oʻgʻri ayolning qoʻllarini kesinglar. Bu ularning qilmishiga jazo va Allohdan iqobdir. Alloh Aziyz va Hakiymdir.
- 39
فَمَن تَابَ مِنۢ بَعْدِ ظُلْمِهِۦ وَأَصْلَحَ فَإِنَّ ٱللَّهَ يَتُوبُ عَلَيْهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌ
Faman taaba mim ba'di zulmihee wa aslaha fa innal laaha yatoobu 'alaih; innal laaha Ghafoorur Raheem
Kim zulmidan keyin tavba etsa va amali solih qilsa, Alloh, albatta, tavbasini qabul qiladir. Shubhasiz, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir. [22]
[22] (Gunoh qilgan banda tavbaga shoshilmogʻi lozim. Ammo bu oyati karimaga chuqurroq nazar soladigan boʻlsak, unda: «tavba etsa va amali solih qilsa», deyilmoqda. Musulmon odam uchun yomonlikdan qaytishning oʻzi kifoya qilmas ekan. Yomonlikdan qaytish bilan birga, yaxshilik amallarni qilishi ham zarur ekan. Madinai Munavvarada bir ayol oʻgʻrilik qilib qoʻlga tushadi. Uning qarindosh-urugʻlari bundan qattiq tashvishlanadilar. Agar qoʻli kesilsa, butun urugʻimizga or boʻladi, deb qaygʻuradilar. Maslahatlashishib, Usoma ibn Zayd Paygʻambarimizning erkasi, uni ishga solaylik, kechirib yuborsalar ajab emas, deyishadi. Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumo vositachilik qiladilar. Shunda Rasululloh alayhissalotu vassalom qattiq gʻazablanadilar va masjidda jamoat namozidan soʻng xutba qilib: «Sizga nima boʻldiki, Allohning haddidan boʻlmish bir hadda menga vositachi qoʻyasizlar! Allohga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima oʻgʻrilik qilsa ham, qoʻlini kesaman! Sizdan oldin oʻtganlarning halok boʻlishiga sabab ham oddiy odamga hadni joriy etib, obroʻliga joriy etmaslik edi», dedilar. («Had» deganda sharʼiy jazo tushuniladi.))
- 40
أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ يُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ وَيَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ
Alam ta'lam annal laaha lahoo mulkus samaawaati wal ardi yu'az zibu many-yashaa'u wa yaghfiru limany-yashaaa'; wallaahu 'alaa kulli shai'in Qadeer
Osmonlaru yerning mulki Allohniki ekanligini, kimni xohlasa, azoblashini, kimni xohlasa, magʻfirat qilishini va Alloh har bir narsaga qodir ekanini bilmasmiding?!
- 41
۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلرَّسُولُ لَا يَحْزُنكَ ٱلَّذِينَ يُسَٰرِعُونَ فِى ٱلْكُفْرِ مِنَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِأَفْوَٰهِهِمْ وَلَمْ تُؤْمِن قُلُوبُهُمْ ۛ وَمِنَ ٱلَّذِينَ هَادُوا۟ ۛ سَمَّٰعُونَ لِلْكَذِبِ سَمَّٰعُونَ لِقَوْمٍ ءَاخَرِينَ لَمْ يَأْتُوكَ ۖ يُحَرِّفُونَ ٱلْكَلِمَ مِنۢ بَعْدِ مَوَاضِعِهِۦ ۖ يَقُولُونَ إِنْ أُوتِيتُمْ هَٰذَا فَخُذُوهُ وَإِن لَّمْ تُؤْتَوْهُ فَٱحْذَرُوا۟ ۚ وَمَن يُرِدِ ٱللَّهُ فِتْنَتَهُۥ فَلَن تَمْلِكَ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَمْ يُرِدِ ٱللَّهُ أَن يُطَهِّرَ قُلُوبَهُمْ ۚ لَهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا خِزْىٌۭ ۖ وَلَهُمْ فِى ٱلْءَاخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌۭ
Yaaa ayyuhar Rasoolu laa yahzukal lazeena yusaa ri'oona fil kufri minal lazeena qaaloo aamannaa bi afwaahihim wa lam tu'min quloobuhum; wa minal lazeena haadoo sammaa'oona lilkazibi sammaa'oona liqawmin aakhareena lam yaatooka yuharifoonal kalima mim ba'di mawaadi'ihee yaqooloona in ooteetum haazaa fakhuzoohu wa il lam tu'tawhu fahzaroo; wa many-yuridil laahu fitnatahoo falan tamlika lahoo minal laahi shai'aa; ulaaa 'ikal lazeena lam yuridil laahu any-yutahhira quloobahum; lahum fid dunyaa khizyunw wa lahum fil Aakhirati'azaabun 'azeem
Ey Paygʻambar! Ogʻizlari ila: «Iymon keltirdik» deb, qalblari iymon keltirmaganlar va yahudiy boʻlganlarning kufrga oshiqadiganlaridan xafa boʻlma. Ular yolgʻonni koʻp eshiturlar, senga kelmagan qavmlardan ham eshiturlar. Soʻzlarni joylaridan oʻzgartirurlar. Ular: «Agar sizga bu berilsa, olinglar, agar bu berilmasa, hazir boʻlinglar», derlar. Alloh kimni fitnaga solishni iroda qilsa, unga Alloh tomonidan boʻladigan biron narsani toʻsa olmassan. Alloh ana oʻshalarning qalblarini poklashni iroda qilmadi. Ularga bu dunyoda sharmandalik bor. Ularga oxiratda ulkan azob bor. [23]
[23] («Ogʻizlari ila, iymon keltirdik, deb qalblari iymon keltirmaganlar»dan murod — munofiqlardir. Demak, ushbu oyati karima munofiqlar va yahudiylar haqida tushgan. Maʼlumki, munofiqlikning kelib chiqishi ham yahudiylarga borib taqaladi.)
- 42
سَمَّٰعُونَ لِلْكَذِبِ أَكَّٰلُونَ لِلسُّحْتِ ۚ فَإِن جَآءُوكَ فَٱحْكُم بَيْنَهُمْ أَوْ أَعْرِضْ عَنْهُمْ ۖ وَإِن تُعْرِضْ عَنْهُمْ فَلَن يَضُرُّوكَ شَيْـًۭٔا ۖ وَإِنْ حَكَمْتَ فَٱحْكُم بَيْنَهُم بِٱلْقِسْطِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُقْسِطِينَ
Sammaa'oona lilkazibi akkaaloona lissuht; fa in jaaa'ooka fahkum bainahum aw a'rid anhum wa in tu'rid 'anhum falany-yadurrooka shai'anw wa in hakamta fahkum bainahum bilqist; innal laaha yuhibbul muqsiteen
Ular yolgʻonni koʻp eshituvchilar, haromni koʻp yeyuvchilardir. Agar senga kelsalar, oralarida hukm chiqar yoki ulardan yuz oʻgir. Agar ulardan yuz oʻgirsang, senga hech zarar keltira olmaslar. Agar hukm qilsang, oralarida adolat ila hukm qil. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni sevadir. [24]
[24] (Iymon-Islom boʻlmasa, jamiyatda yolgʻon avj oladi. Ularning eshitadigan narsasi yolgʻon boʻlib qoladi. Yolgʻonni koʻp eshitadi degani, demak, qariyb hamma yolgʻon gapiradi, deganidir. Atrof yolgʻonga toʻlib ketadi. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha yolgʻonchiga aylanadi. Rost va toʻgʻri soʻzga joy qolmaydi. Unday jamiyatda rost va toʻgʻri soʻzli odam aqldan ozgan va gʻarib sanaladi. Chunki u yashab turgan jamiyatda rost soʻzni faqat yolgʻon topa olmay qolganlaridagina, noilojlikdan gapiradilar. Mazkur kishilarning yana bir sifati — «haromni koʻp yeyuvchilar»dir. Ogʻzi bilan iymon keltirib, qalbi iymon keltirmaganlar jamiyatida va yahudiy boʻlganlar jamiyatida harom yemoq odat tusiga kiradi. Iymon-Islom boʻlmagan jamiyatda harom yeyish avj oladi. Alloh harom qilgan choʻchqa, oʻlimtik, qon, aroq va boshqalarni oʻzlari uchun eng tansiq va aziz taom hisoblaydilar. Buning ustiga, topganlari hammasi harom. Botil yoʻl bilan, qimor, poraxoʻrlik, riboxoʻrlik, tovlamachilik, zoʻravonlik, oʻgʻrilik, birovning haqini tortib olish kabi yoʻllar bilan mol topadilar. Ularning jamiyatida halol yoʻl bilan rizq topish anqoning urugʻiga aylanadi. Oʻzlari shunday holda boʻla turib, yana munofiqlik ila fatvo soʻrab kelishadi.)
- 43
وَكَيْفَ يُحَكِّمُونَكَ وَعِندَهُمُ ٱلتَّوْرَىٰةُ فِيهَا حُكْمُ ٱللَّهِ ثُمَّ يَتَوَلَّوْنَ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ ۚ وَمَآ أُو۟لَٰٓئِكَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ
Wa kaifa yuhakkimoonaka wa 'indahumut Tawraatu feehaa hukmul laahi summa yatawallawna mim ba'di zaalik; wa maaa ulaaa'ika bilmu'mineen
Oʻzlarida Tavrot boʻla turib, unda Allohning hukmi boʻla turib, qanday qilib seni hakam qilurlar-u, soʻngra yana yuz oʻgirib keturlar? Ular moʻmin emaslar.
- 44
إِنَّآ أَنزَلْنَا ٱلتَّوْرَىٰةَ فِيهَا هُدًۭى وَنُورٌۭ ۚ يَحْكُمُ بِهَا ٱلنَّبِيُّونَ ٱلَّذِينَ أَسْلَمُوا۟ لِلَّذِينَ هَادُوا۟ وَٱلرَّبَّٰنِيُّونَ وَٱلْأَحْبَارُ بِمَا ٱسْتُحْفِظُوا۟ مِن كِتَٰبِ ٱللَّهِ وَكَانُوا۟ عَلَيْهِ شُهَدَآءَ ۚ فَلَا تَخْشَوُا۟ ٱلنَّاسَ وَٱخْشَوْنِ وَلَا تَشْتَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِى ثَمَنًۭا قَلِيلًۭا ۚ وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْكَٰفِرُونَ
Innaaa anzalnat Tawraata feehaa hudanw wa noor; yahkumu bihan Nabiyyoonal lazeena aslamoo lillazeena haadoo war rabbaaniyyoona wal ahbaaru bimas tuhfizoo min Kitaabil laahi wa kaanoo 'alaihi shuhadaaa'; falaa takhshawun naasa wakhshawni wa laa tashtaroo bi aayaatee samanan qaleelaa; wa mal lam yahkum bimaaa anzalal laahu fa ulaaa'ika humul kaafiroon
Biz Tavrotni nozil qildik. Unda hidoyat va nur bor. U bilan U zotga taslim boʻlgan Paygʻambarlar, Allohning kitobini muhofaza qilishga mukallaf boʻlgan robboniylar va ahborlar yahudiy boʻlganlarga hukm yuriturlar. Ular bu kitobga guvoh qilinganlar. Odamlardan qoʻrqmanglar, Mendan qoʻrqinglar. Mening oyatlarimni arzon bahoga sotmanglar. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, oʻshalar kofirlardir.
- 45
وَكَتَبْنَا عَلَيْهِمْ فِيهَآ أَنَّ ٱلنَّفْسَ بِٱلنَّفْسِ وَٱلْعَيْنَ بِٱلْعَيْنِ وَٱلْأَنفَ بِٱلْأَنفِ وَٱلْأُذُنَ بِٱلْأُذُنِ وَٱلسِّنَّ بِٱلسِّنِّ وَٱلْجُرُوحَ قِصَاصٌۭ ۚ فَمَن تَصَدَّقَ بِهِۦ فَهُوَ كَفَّارَةٌۭ لَّهُۥ ۚ وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ
Wa katabnaa 'alaihim feehaaa annan nafsa binnafsi wal'aina bil'aini wal anfa bilanfi wal uzuna bil uzuni wassinna bissinni waljurooha qisaas; faman tasaddaqa bihee fahuwa kaffaaratul lah; wa mal lam yahkum bimaaa anzalal laahu fa ulaaa'ika humuz zalimoon
Biz unda ularga: jonga — jon, koʻzga — koʻz, burunga — burun, quloqqa — quloq, tishga — tish va jarohatlarda qasos vojib, deb yozdik. Kim u(qasos)ni kechib yuborsa, bu unga kafforotdir. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, oʻshalar zolimlardir. [25]
[25] (Yaʼni, Biz Tavrotda yahudiylarga jinoyatchilardan qasos olishni vojib, deb yozdik. Jonga — jon, yaʼni odam oʻldirganning oʻzi ham oʻldiriladi. Koʻzga — koʻz, yaʼni birovning koʻzini koʻr qilgandan uning ham koʻzini koʻr qilish ila qasos olinadi. Burun, quloq, tish va boshqa aʼzolar, shuningdek, yetgan jarohatlarga ham shunga oʻxshatib qasos olinadi. Ushbu hukm Islom shariatida ham oʻzgartirilmasdan qabul qilingan.)
- 46
وَقَفَّيْنَا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم بِعِيسَى ٱبْنِ مَرْيَمَ مُصَدِّقًۭا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ ۖ وَءَاتَيْنَٰهُ ٱلْإِنجِيلَ فِيهِ هُدًۭى وَنُورٌۭ وَمُصَدِّقًۭا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ وَهُدًۭى وَمَوْعِظَةًۭ لِّلْمُتَّقِينَ
Wa qaffainaa 'alaaa aasaaarihim bi 'Eesab ni Maryama musaddiqal limaa baina yadihi minat Tawraati wa aatainaahul Injeela feehi hudanw wa noorunw wa musaddiqal limaa baina yadaihi minat Tawraati wa hudanw wa maw'izatal lilmuttaqeen
Ularning izlaridan Iyso ibn Maryamni oʻzidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi qilib yubordik. Unga Injilni berdik. Unda hidoyat va nur bor. U oʻzidan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchidir. U taqvodorlar uchun hidoyat va mavʼizadir.
- 47
وَلْيَحْكُمْ أَهْلُ ٱلْإِنجِيلِ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فِيهِ ۚ وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ
Walyahkum Ahlul Injeeli bimaaa anzalal laahu feeh; wa mal lam yahkum bimaaa anzalal laahu fa ulaaa'ika humul faasiqoon
Injil ahli unda Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritsinlar. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, ana oʻshalar fosiqlardir. [26]
[26] (Demak, Injilga eʼtiqod qilgan nasorolar ham unda Alloh nozil qilgan hukmlar ostida, oʻsha hukmlarni joriy qilgan holda yashamoqlari kerak boʻlgan. Tavrot ahli undagi hukmlar ostida, Injil ahli ham undagi hukmlar ostida yashamoqlari matlub boʻlgan. Qurʼon tushib boʻlganidan keyin esa, hamma baravariga Qurʼonning ahkomlari ostida yashashi vojibga aylangan.)
- 48
وَأَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ مُصَدِّقًۭا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ وَمُهَيْمِنًا عَلَيْهِ ۖ فَٱحْكُم بَيْنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ ۖ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَهُمْ عَمَّا جَآءَكَ مِنَ ٱلْحَقِّ ۚ لِكُلٍّۢ جَعَلْنَا مِنكُمْ شِرْعَةًۭ وَمِنْهَاجًۭا ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ وَلَٰكِن لِّيَبْلُوَكُمْ فِى مَآ ءَاتَىٰكُمْ ۖ فَٱسْتَبِقُوا۟ ٱلْخَيْرَٰتِ ۚ إِلَى ٱللَّهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًۭا فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ
Wa anzalnaa ilaikal Kitaaba bilhaqqi musaddiqallimaa baina yadaihi minal Kitaabi wa muhaiminan 'alaihi fahkum bainahum bimaa anzalal laahu wa laa tattabi ahwaaa'ahum 'ammaa jaaa'aka minal haqq; likullin ja'alnaa minkum shir'atanw wa minhaajaa; wa law shaaa'al laahu laja'alakum ummatanw waahidatanw wa laakil liyabluwakum fee maa aataakum fastabiqul khairaat; ilal laahi arji'ukum jamee'an fayunab bi'ukum bimaa kuntum feehi takhtalifoon
Va Biz senga kitobni haq ila, oʻzidan oldingi Kitobni tasdiqlovchi va uning ustidan nazorat etguvchi qilib nozil qildik. Bas, ular orasida Alloh nozil etgan narsa ila hukm yurit. Oʻzingga kelgan haqni qoʻyib, ularning xohishlariga ergashma. Sizlardan har biringizga alohida shariat va yoʻl qilib qoʻydik. Agar Alloh xohlasa, hammangizni bir ummat qilib qoʻyar edi. Ammo U sizlarni Oʻzi ato etgan narsada sinamoq istaydir. Yaxshilikka shoshilingiz. Hammangizning qaytar joyingiz Alloh huzuridadir. Bas, oʻshanda ixtilof qilgan narsalaringiz haqida xabar berur. [27]
[27] (Qurʼon, undan kelib chiqadigan Islom shariati Alloh tomonidan tushgan. Kim uni inkor etsa, Allohni inkor etadi. Yaʼni, Qurʼoni Karim oʻzidan oldingi kitoblarda kelgan ilohiy taʼlimotlarni tasdiqlaydi. U oxirgi va boqiy kitob, shuning uchun ham oldingi kitoblarga haqiqiy bahoni u beradi. Qurʼoni Karim oxirgi kitob boʻlgani uchun ham hamma taʼlimotlar ustidan nozir va hakamdir. Ulardagi ixtilof va kelishmovchiliklar haqidagi hukmlar ham Qurʼondan chiqadi.)
- 49
وَأَنِ ٱحْكُم بَيْنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَهُمْ وَٱحْذَرْهُمْ أَن يَفْتِنُوكَ عَنۢ بَعْضِ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيْكَ ۖ فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَٱعْلَمْ أَنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُصِيبَهُم بِبَعْضِ ذُنُوبِهِمْ ۗ وَإِنَّ كَثِيرًۭا مِّنَ ٱلنَّاسِ لَفَٰسِقُونَ
Wa anih kum bainahum bimaaa anzalal laahu wa laa tattabi' ahwaaa'ahum wahzarhum ai yaftinooka 'am ba'di maaa anzalal laahu ilaika fa in tawallaw fa'lam annamaa yureedul laahu ai yuseebahum biba'di zunoobihim; wa inna kaseeram minan naasi lafaasiqoon
Ular orasida Alloh nozil etgan narsa ila hukm yurit. Ularning xohishlariga ergashma va ular seni Alloh senga nozil qilgan narsada fitnaga solishlaridan hazir boʻl. Agar yuz oʻgirsalar, bilki, Alloh ularni baʼzi gunohlari tufayli musiybatga solishni iroda qilibdir. Albatta, odamlardan koʻplari fosiqlardir. [28]
[28] (Yaʼni, odamlar shariat hukmini yuritishda baʼzi juzʼiy kamchiliklar boʻlishini taklif qilsa ham, qabul etma, deganidir. Nomaʼqul odamlar shariatga umuman amal qilmaslik haqida takliflar kiritadilar, bu qabul boʻlmasa, kichikroq oʻzgartish kiritishni taklif etadilar. Tabiiyki, bu ham qabul boʻlmaydi. Shunda Alloh insof berganlari oʻziga kelib, haqiqatga taslim boʻladi. Musulmon boʻlib hayot kechirishni boshlaydi. Insofga kelmaganlari esa, yuz oʻgirib ketadi.)
- 50
أَفَحُكْمَ ٱلْجَٰهِلِيَّةِ يَبْغُونَ ۚ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ ٱللَّهِ حُكْمًۭا لِّقَوْمٍۢ يُوقِنُونَ
Afahukmal jaahiliyyati yabghoon; wa man ahsanu minal laahi hukmal liqawminy yooqinoon
Johiliyat hukmini istarlarmi?! Ishonchi komil qavmlar uchun Allohdan hukmi yaxshiroq kim bor?!
- 51
۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ ٱلْيَهُودَ وَٱلنَّصَٰرَىٰٓ أَوْلِيَآءَ ۘ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍۢ ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَإِنَّهُۥ مِنْهُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa tattakhizul Yahooda wan nasaaraaa awliyaaa'; ba'duhum awliyaaa'u ba'd; wa mai yatawallahum minkum fa innahoo minhum; innal laaha laa yahdil qawmaz zaalimeen
Ey, iymon keltirganlar! Yahudiy va nasorolarni oʻzingizga doʻst tutmang. Ular bir-birlari bilan doʻstdirlar. Sizdan kim ularni doʻst tutsa, albatta, u ulardandir. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat etmas.
- 52
فَتَرَى ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌۭ يُسَٰرِعُونَ فِيهِمْ يَقُولُونَ نَخْشَىٰٓ أَن تُصِيبَنَا دَآئِرَةٌۭ ۚ فَعَسَى ٱللَّهُ أَن يَأْتِىَ بِٱلْفَتْحِ أَوْ أَمْرٍۢ مِّنْ عِندِهِۦ فَيُصْبِحُوا۟ عَلَىٰ مَآ أَسَرُّوا۟ فِىٓ أَنفُسِهِمْ نَٰدِمِينَ
Fataral lazeena fee quloobihim maraduny yusaari'oona feehim yaqooloona nakhshaaa an tuseebanaa daaa'irah; fa'asallaahu ai yaatiya bilfathi aw amrim min 'indihee fa yusbihoo 'alaa maaa asarroo feee anfusihim naadimeen
Qalblarida kasallik borlarning «Zamon aylanib bizga musiybat yetishidan qoʻrqamiz» deb, ular tomon shoshilganini koʻrasan. Shoyadki, Alloh fathu nusrat bersa yoki Oʻz tomonidan biron ish ato qilsayu oʻzlaricha sirlashgan narsalariga nadomat qilsalar. [29]
[29] (Yaʼni, mazkur kofirlar zamon aylanib musulmonlar yengilib qolsa, gʻoliblarning zarbasi ostida qolmayin, deb qoʻrqadi. Demak, Islomga u ixlos bilan kirgan emas. Musulmonlar ustun kelib turganda, ulardan qoʻrqib, tili bilan musulmonligini izhor qilgan, baʼzi ibodatlarga va diniy koʻrsatmalarga ham amal qilib turgan. Musulmonlarga qarshi boʻlgan kofirlar bilan ham doʻstlashib, hamkorlik qilib, mabodo zamon aylanib ular musulmonlardan ustun kelib qolsa, menga zarar berishmasin, deb turadi. Lekin ish tamoman boshqacha boʻlib chiqishi ham mumkin.)
- 53
وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَهَٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَٰنِهِمْ ۙ إِنَّهُمْ لَمَعَكُمْ ۚ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ فَأَصْبَحُوا۟ خَٰسِرِينَ
Wa yaqoolul lazeena aamanooo ahaaa'ulaaa'il lazeena aqsamoo billaahi jahda aimaanihim innahum lama'akum; habitat a'maaluhum fa asbahoo khaasireen
Iymon keltirganlar: «Oʻzlarini sizlar bilan deb, Allohning nomi ila jon-jahdlari ila qasam ichganlar anavilarmi?» – deyishadi. Amallari behuda ketdi. Bas, ziyon koʻrguvchilardan boʻldilar.
- 54
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَن يَرْتَدَّ مِنكُمْ عَن دِينِهِۦ فَسَوْفَ يَأْتِى ٱللَّهُ بِقَوْمٍۢ يُحِبُّهُمْ وَيُحِبُّونَهُۥٓ أَذِلَّةٍ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ أَعِزَّةٍ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ يُجَٰهِدُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلَا يَخَافُونَ لَوْمَةَ لَآئِمٍۢ ۚ ذَٰلِكَ فَضْلُ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ
Yaa aiyuhal lazeena aamanoo mai yartadda minkum 'an deenihee fasawfa yaatil laahu biqawminy yuhibbuhum wa yuhibboonahoo azillatin 'alal mu'mineena a'izzatin 'alal kaafireena yujaahidoona fee sabeelil laahi wa laa yakhaafoona lawmata laaa'im; zaalika fadlul laahi yu'teehi mai yashaaa'; wallaahu Waasi'un 'Aleem
Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan kim dinidan qaytsa, Alloh albatta Oʻzi sevadigan va ular ham Allohni sevadigan qavmni keltirur. Ular moʻminlarga xokisor, kofirlarga qattiqqoʻl, Allohning yoʻlida jihod qilurlar va malomatchining malomatidan qoʻrqmaslar. Bu, Allohning fazli boʻlib, xohlagan odamiga beradir. Alloh fazli-karami keng va biluvchi Zotdir. [30]
[30] (Alloh taolo dinining Yer yuzida barqaror boʻlishni iroda etgan. Bu irodani yuzaga chiqarishda baʼzi bandalarini vosita — sabab qiladi. Mana shu sharafli ishga musulmon ummati tanlangan. Kim bu sharafni yetarli taqdir etsa, chin qalbidan ixlos bilan bu dinga xizmat qiladi. Bu din yoʻlida jonini ham, molini ham baxsh etadi. Ammo kim bu ulkan baxtning qadriga yetmasa, turli bahonalar bilan Islomdan qaytsa — murtad boʻlsa, yomonligi oʻzigadir. Islomga hech qanday zarar yetmaydi. Qaytaga, unga oʻxshagan nomaʼqul shaxslardan xoli boʻladi. Alloh undaylarga muhtoj emas.)
- 55
إِنَّمَا وَلِيُّكُمُ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَهُمْ رَٰكِعُونَ
Innamaa waliyyukumul laahu wa Rasooluhoo wal lazeena aamanul lazeena yuqeemoonas Salaata wa yu'toonaz Zakaata wa hum raaki'oon
Albatta, sizning valiylaringiz Alloh, Uning Paygʻambari va boʻysungan hollarida namozni qoim qilib, zakotni ado etadigan iymon keltirganlardir.
- 56
وَمَن يَتَوَلَّ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ فَإِنَّ حِزْبَ ٱللَّهِ هُمُ ٱلْغَٰلِبُونَ
Wa mai yatawallal laaha wa Rasoolahoo wallazeena aamanoo fa inna hizbal laahi humul ghaaliboon
Kim Allohni, Uning Paygʻambarini va iymon keltirganlarni valiy qilib olsa, bas, albatta, Allohning hizbi — ana oʻshalar gʻoliblardir.
- 57
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ دِينَكُمْ هُزُوًۭا وَلَعِبًۭا مِّنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِكُمْ وَٱلْكُفَّارَ أَوْلِيَآءَ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa tattakhizul lazeenat takhazoo deenakum huzuwanw wa la'ibam minal lazeena ootul Kitaaba min qablikum walkuffaara awliyaaa'; wattaqul laaha in kuntum muu'mineen
Ey, iymon keltirganlar! Diningizni masxara va oʻyin qilib olgan sizdan oldin kitob berilganlar va kufr keltirganlarni valiy — doʻst tutmang. Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga taqvo qiling.
- 58
وَإِذَا نَادَيْتُمْ إِلَى ٱلصَّلَوٰةِ ٱتَّخَذُوهَا هُزُوًۭا وَلَعِبًۭا ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌۭ لَّا يَعْقِلُونَ
Wa izaa naadaitum ilas Salaatit takhazoohaa huzu wan'w wa la'ibaa; zaalika biannnahum qawmul laa ya'qiloon
Agar namozga nido qilsangiz, ular uni masxara va oʻyin qilishadi. Bu ularning aql qilmaydigan qavmligidandir.
- 59
قُلْ يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ هَلْ تَنقِمُونَ مِنَّآ إِلَّآ أَنْ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْنَا وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبْلُ وَأَنَّ أَكْثَرَكُمْ فَٰسِقُونَ
Qul yaaa Ahlal Kitaabi hal tanqimoona minnaaa illaaa an aamannaa billaahi wa maaa unzila ilainaa wa maa unzila min qablu wa annna aksarakum faasiqoon
«Ey, ahli kitoblar! Bizni faqat Allohga hamda oʻzimizga nozil qilingan va avvallari nozil qilingan narsalarga iymon keltirganimiz uchun va sizlarning koʻpchiligingiz fosiq boʻlganingiz uchun ayblaysizlarmi?!» – deb ayt. [31]
[31] (Ahli kitob boʻlsin, xudosiz boʻlsin, mushrik boʻlsin, munofiq boʻlsin, kim boʻlishidan qatʼiy nazar, musulmon boʻlmaganlar musulmonlarni yomon koʻrishiga asosiy sabab iymondir. Kofirlarning bu ishlari hech qanday mantiqqa toʻgʻri kelmaydigan bir holat. Oʻylab koʻring-a: iymonsiz odam moʻmin insonni moʻmin boʻlgani uchun yomon koʻrsa?! Qoʻpolroq misol keltiradigan boʻlsak, bu narsa aroqxoʻr-alkash aroq ichmaydigan pok odamni faqat aroq ichmagani uchun yomon koʻrishidek gap.)
- 60
قُلْ هَلْ أُنَبِّئُكُم بِشَرٍّۢ مِّن ذَٰلِكَ مَثُوبَةً عِندَ ٱللَّهِ ۚ مَن لَّعَنَهُ ٱللَّهُ وَغَضِبَ عَلَيْهِ وَجَعَلَ مِنْهُمُ ٱلْقِرَدَةَ وَٱلْخَنَازِيرَ وَعَبَدَ ٱلطَّٰغُوتَ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ شَرٌّۭ مَّكَانًۭا وَأَضَلُّ عَن سَوَآءِ ٱلسَّبِيلِ
Qul hal unabbi'ukum bisharrim min zaalika masoobatan 'indal laah; malla'ana hul laahu wa ghadiba 'alaihi wa ja'ala minhumul qiradata wal khanaazeera wa 'abadat Taaghoot; ulaaa'ika sharrum makaananw wa adallu 'an Sawaaa'is Sabeel
«Sizlarga Allohning huzuridagi bundan ham koʻra yomonroq «savob»ning xabarini beraymi? Kim Allohning laʼnatiga uchragan, gʻazabiga duchor boʻlgan, maymun va choʻchqaga aylantirilgan va togʻutga ibodat qilgan boʻlsa, ana oʻshalar yomon martabadagi va toʻgʻri yoʻldan butunlay adashgan kimsalardir», – deb ayt! [32]
[32] (Oʻzlari shunday ulkan «savob»ga — Allohning laʼnatiga uchrab turib, yana musulmonlarni Allohga va U nozil qilgan narsaga iymon keltirganlari uchungina ayblashni ularga kim qoʻyibdi?!)
- 61
وَإِذَا جَآءُوكُمْ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا وَقَد دَّخَلُوا۟ بِٱلْكُفْرِ وَهُمْ قَدْ خَرَجُوا۟ بِهِۦ ۚ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا كَانُوا۟ يَكْتُمُونَ
Wa izaa jaaa'ookum qaalooo aamannaa wa qad dakhaloo bilkufri wa hum qad kharajoo bih; wallaahu a'lamu bimaa kaanoo yaktumoon
Ular huzuringizga kelsalar, iymon keltirdik, derlar. Holbuki, ularning kufr ila kirib, kufr ila chiqishlari shubhasiz. Alloh ular berkitgan narsani yaxshi biladir.
- 62
وَتَرَىٰ كَثِيرًۭا مِّنْهُمْ يُسَٰرِعُونَ فِى ٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ وَأَكْلِهِمُ ٱلسُّحْتَ ۚ لَبِئْسَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Wa taraa kaseeram minhum yusaari'oona fil ismi wal'udwaani wa aklihimus suht; labi'sa maa kaanoo ya'maloon
Va ulardan koʻplarining gunohga, dushmanlikka va harom yemoqqa oshiqayotganini koʻrasan. Qilayotgan ishlari qanday ham yomon!
- 63
لَوْلَا يَنْهَىٰهُمُ ٱلرَّبَّٰنِيُّونَ وَٱلْأَحْبَارُ عَن قَوْلِهِمُ ٱلْإِثْمَ وَأَكْلِهِمُ ٱلسُّحْتَ ۚ لَبِئْسَ مَا كَانُوا۟ يَصْنَعُونَ
Law laa yanhaahumur rabbaaniyyoona wal ahbaaru 'an qawlihimul ismaa wa aklihimus suht; labi'sa maa kaanoo yasna'oon
Robboniylari va ahborlari ularni gunoh aytish va haromni yeyishdan qaytarsalar boʻlmasmi?! Qilayotgan hunarlari qanday ham yomon-a!
- 64
وَقَالَتِ ٱلْيَهُودُ يَدُ ٱللَّهِ مَغْلُولَةٌ ۚ غُلَّتْ أَيْدِيهِمْ وَلُعِنُوا۟ بِمَا قَالُوا۟ ۘ بَلْ يَدَاهُ مَبْسُوطَتَانِ يُنفِقُ كَيْفَ يَشَآءُ ۚ وَلَيَزِيدَنَّ كَثِيرًۭا مِّنْهُم مَّآ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ طُغْيَٰنًۭا وَكُفْرًۭا ۚ وَأَلْقَيْنَا بَيْنَهُمُ ٱلْعَدَٰوَةَ وَٱلْبَغْضَآءَ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ كُلَّمَآ أَوْقَدُوا۟ نَارًۭا لِّلْحَرْبِ أَطْفَأَهَا ٱللَّهُ ۚ وَيَسْعَوْنَ فِى ٱلْأَرْضِ فَسَادًۭا ۚ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلْمُفْسِدِينَ
Wa qaalatil Yahoodu Yadullaahi maghloolah; ghulla aideehim wa lu'inoo bimaa qaaloo; bal yadaahu mabsoo tataani yunfiqu kaifa yashaaa'; wa la yazeedanna kaseeramm minhum maaa unzila ilaika mir Rabbika tughyaananw wa kufraa; wa alqainaa bainahumul 'adaawata wal baghdaaa a' ilaa Yawmil Qiyaamah; kullamaaa awqadoo naaral lilharbi at fa-ahal laah; wa yas'awna fil ardi fasaadaa; wal laahu laa yuhibbul mufsideen
Yahudiylar: «Allohning qoʻli bogʻliqdir», dedilar. Qoʻllari bogʻlansin ularning! Aytganlari uchun laʼnatga uchrasinlar! Aksincha, Allohning ikki qoʻli ochiq, xohlaganicha nafaqa qilur. Senga Robbingdan nozil qilingan narsa ulardan koʻplarining tugʻyon va kufrini ziyoda qilur. Ularning orasiga qiyomat kunigacha dushmanlik va yomon koʻrishni soldik. Ular qachon urush olovini yoqsalar, Alloh oʻchirur. Ular yer yuzida fasod qilib yurarlar. Alloh fasod qilguvchilarni sevmas. [33]
[33] (Ushbu oyati karima yahudiylarning Alloh taologa nisbatan katta beodobliklaridan birini keltirish bilan soʻz boshlanmoqda. Ular Alloh taolo toʻgʻrisida notoʻgʻri tasavvurga borib: «Allohning qoʻli bogʻliqdir», dedilar». Hamma ayblardan xoli boʻlgan Alloh taoloni baxil, deya sifatlash uchun faqat yahudiy boʻlish kerak. Faqat ulargina bunday daʼvo qilishga jurʼat etishlari mumkin. Aslida, baxillik yahudiylarning oʻzlariga xos.)
- 65
وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ ءَامَنُوا۟ وَٱتَّقَوْا۟ لَكَفَّرْنَا عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَلَأَدْخَلْنَٰهُمْ جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ
Wa law anna Ahlal Kitaabi aamanoo wattaqaw lakaffarnaa 'anhum saiyiaatihim wa la adkhalnaahu Jannaatin Na'eem
Agar ahli kitoblar iymon keltirib, taqvo qilganlarida edi, ularning gunohlarini yuvgan va jannati naʼiymga kiritgan boʻlardik.
- 66
وَلَوْ أَنَّهُمْ أَقَامُوا۟ ٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْهِم مِّن رَّبِّهِمْ لَأَكَلُوا۟ مِن فَوْقِهِمْ وَمِن تَحْتِ أَرْجُلِهِم ۚ مِّنْهُمْ أُمَّةٌۭ مُّقْتَصِدَةٌۭ ۖ وَكَثِيرٌۭ مِّنْهُمْ سَآءَ مَا يَعْمَلُونَ
Wa law annahum aqaamut Tawraata wal Injeela wa maaa unzila ilaihim mir Rabbihim la akaloo min fawqihim wa min tahti arjulihim; minhum ummatum muqta sidatunw wa kaseerum minhum saaa'a maa ya'maloon
Agar ular Tavrotga, Injilga va ularga Robbilaridan nozil boʻlgan narsaga amal qilganlarida edi, albatta, tepalaridan ham, oyoqlari ostidan ham yegan boʻlardilar. Ulardan moʻtadil toifalar ham bor. Ularning koʻplarining qilgan narsalari juda ham yomon. [34]
[34] (Albatta, iymon va taqvo Alloh taolodan nozil boʻlgan Tavrot va Injilni, boshqa ilohiy kitoblarni, jumladan, Qurʼoni Karimni hayotga tatbiq etishni taqazo qiladi. Tavrot ham, Injil ham Muhammad alayhissalotu vassalomga iymon keltirishga, u kishining diniga kirishga amr qilgan. Hamma Islomga kirishi, soʻnggi Paygʻambarga ergashishi va Qurʼoni Karimga amal etishi lozim. Qurʼoni Karim kelishidan oldin Tavrot va Injilga amal qilganlarida ham, ushbu oyatdagi ilohiy vaʼdaga noil boʻlar edilar. Qurʼoni Karim kelgandan keyin unga amal qilinsa ham, albatta, oʻsha vaʼdaga vafo qilinadi.)
- 67
۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلرَّسُولُ بَلِّغْ مَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ۖ وَإِن لَّمْ تَفْعَلْ فَمَا بَلَّغْتَ رِسَالَتَهُۥ ۚ وَٱللَّهُ يَعْصِمُكَ مِنَ ٱلنَّاسِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْكَٰفِرِينَ
Yaaa aiyuhar Rasoolu balligh maaa unzila ilaika mir Rabbika wa il lam taf'al famaaa ballaghta Risaalatah; wallaahu ya'simuka minan naas; innal laaha laa yahdil qawmal kaafireen
Ey, Paygʻambar! Senga Robbingdan nozil qilingan narsani yetkaz. Agar shunday qilmasang, Uning elchiligini yetkazmagan boʻlasan. Alloh seni odamlardan saqlar. Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas.
- 68
قُلْ يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لَسْتُمْ عَلَىٰ شَىْءٍ حَتَّىٰ تُقِيمُوا۟ ٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ ۗ وَلَيَزِيدَنَّ كَثِيرًۭا مِّنْهُم مَّآ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ طُغْيَٰنًۭا وَكُفْرًۭا ۖ فَلَا تَأْسَ عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْكَٰفِرِينَ
Qul yaaa Ahlal Kitaabi lastum 'alaa shai'in hattaa tuqeemut Tawraata wal Injeela wa maaa unzila ilaikum mir Rabbikum; wa layazeedanna kaseeram minhum maa unzila ilaika mir Rabbika tugh yaananw wa kufran falaa taasa 'alal qawmil kaafireen
«Ey, ahli kitoblar! Tavrot, Injil va sizga Robbingizdan nozil qilingan narsaga amal qilmaguningizcha hech narsaga arzimassizlar», deb ayt. Senga Robbingdan nozil qilingan narsa ulardan koʻplarining tugʻyon va kufrlarini ziyoda qilur. Kofir qavmlar uchun achinma.
- 69
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَٱلَّذِينَ هَادُوا۟ وَٱلصَّٰبِـُٔونَ وَٱلنَّصَٰرَىٰ مَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Innal lazeena aamanoo wallazeena haadoo was saabi'oona wan Nasaaraa man aamana billaahi wal yawmil Aakhiri wa 'amila saalihan falaa khawfun 'alaihim wa laa hum yahzanoon
Albatta, iymon keltirganlar, yahudiy boʻlganlar, sobiʼunlar va nasorolardan kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa va yaxshi amal qilsa, ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar. [35]
[35] (Kim boʻlishidan qatʼiy nazar — xoh musulmon boʻlsin, xoh yahudiy boʻlsin, xoh Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam kelishlaridan oldin butlarga sigʻinishni tark etib, oʻz holicha, muayyan bir dinga ergashmasdan, yolgʻiz Allohga ibodat qilgan sobiʼunlar toifasi boʻlsin, xoh nasroniy dinidagilar boʻlsin — Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirib, yaxshi amal qilishi kerak. Har dinning muddati tugab, uni bekor qiluvchi din kelganda, yangi dinga oʻtish zarur. Muddati qiyomat kunigacha tugamaydigan oxirgi va mukammal din boʻlmish Islom kelganidan keyin hamma bunga oʻtishi, Allohga, Muhammad alayhissalotu vassalomga, Qurʼonga va iymon keltirilishi lozim boʻlgan yana boshqa narsalarga iymon keltirishi hamda yaxshi amallar qilishi lozim.)
- 70
لَقَدْ أَخَذْنَا مِيثَٰقَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَأَرْسَلْنَآ إِلَيْهِمْ رُسُلًۭا ۖ كُلَّمَا جَآءَهُمْ رَسُولٌۢ بِمَا لَا تَهْوَىٰٓ أَنفُسُهُمْ فَرِيقًۭا كَذَّبُوا۟ وَفَرِيقًۭا يَقْتُلُونَ
Laqad akhaznaa meesaaqa Banee Israaa'eela wa arsalnaaa ilaihim Rusulan kullamaa jaaa'ahum Rasoolum bimaa laa tahwaaa anfusuhum fareeqan kazzaboo wa fareeqany yaqtuloon
Batahqiq, Biz Bani Isroildan miysoq — ahdnoma oldik va ularga Paygʻambarlar yubordik. Har qachon ularning havoyi nafslariga toʻgʻri kelmaydigan narsa keltirgan Paygʻambarni: bir guruhlarini yolgʻonchi dedilar, bir guruhlarini oʻldirdilar.
- 71
وَحَسِبُوٓا۟ أَلَّا تَكُونَ فِتْنَةٌۭ فَعَمُوا۟ وَصَمُّوا۟ ثُمَّ تَابَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ ثُمَّ عَمُوا۟ وَصَمُّوا۟ كَثِيرٌۭ مِّنْهُمْ ۚ وَٱللَّهُ بَصِيرٌۢ بِمَا يَعْمَلُونَ
Wa hasibooo allaa takoona fitnaun fa'amoo wa sammoo summa taabal laahu 'alaihim summa 'amoo wa sammoo kaseerum minhum; wallaahu baseerum bimaa ya'maloon
Ular, hech qanday sinov boʻlmas, deb koʻru kar boʻlib oldilar. Soʻngra, Alloh ularni kechirdi. Keyin ulardan koʻplari yana koʻru kar boʻlib oldilar. Alloh ularning qilayotganini koʻruvchi Zotdir. [36]
[36] (Yahudiylarning sinov, hisob-kitob boʻlishiga iymonlari yoʻq edi. Ular shunday oʻtib ketishlariga, amallarining sarhisobini bermasliklariga qattiq ishonardilar. Bunday botil ishonch ularni koʻru kar qilib qoʻygan edi. Koʻzlari oʻngida roʻy berib turgan hodisalardan ibrat olmasdilar. Quloqlari bilan eshitayotgan narsalar ham ularga taʼsir qilmas edi. Hech qanday sinov, hisob-kitob boʻlmaydi, deb qattiq ishonishlari ularni shu holga olib kelgandi.)
- 72
لَقَدْ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْمَسِيحُ ٱبْنُ مَرْيَمَ ۖ وَقَالَ ٱلْمَسِيحُ يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ رَبِّى وَرَبَّكُمْ ۖ إِنَّهُۥ مَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَقَدْ حَرَّمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِ ٱلْجَنَّةَ وَمَأْوَىٰهُ ٱلنَّارُ ۖ وَمَا لِلظَّٰلِمِينَ مِنْ أَنصَارٍۢ
Laqad kafaral lazeena qaalooo innal laaha Huwal maseehub nu Maryama wa qaalal Maseehu yaa Baneee Israaa'eela budul laaha Rabbee wa Rabbakum innnahoo many-yushrik ballaahi faqad harramal laahu 'alaihil jannata wa maa waahun Naaru wa maa lizzaalimeena min ansaar
Alloh, albatta, Masiyh ibn Maryamdir, deganlar, batahqiq, kofir boʻldilar. Masiyh ibn Maryam esa: «Mening Robbim va sizning Robbingiz Allohga ibodat qiling. Kim Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilur va uning turar joyi doʻzax boʻlur. Va zolimlarga nusrat beruvchilar yoʻqdir», dedi.
- 73
لَّقَدْ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ ثَالِثُ ثَلَٰثَةٍۢ ۘ وَمَا مِنْ إِلَٰهٍ إِلَّآ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ ۚ وَإِن لَّمْ يَنتَهُوا۟ عَمَّا يَقُولُونَ لَيَمَسَّنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
laqad kafaral lazeena qaalooo innal laaha saalisu salaasah; wa maa min ilaahin illaaa Ilaahunw Waahid; wa illam yantahoo 'ammaa yaqooloona layamas sannal lazeena kafaroo minhum 'azaabun aleem
Alloh uchtaning uchinchisidir, deganlar, batahqiq, kofir boʻldilar. Yagona ilohdan oʻzga hech qanday iloh yoʻq! Agar aytayotganlaridan qaytmasalar, ulardan kufr keltirganlarini alamli azob tutadir. [37]
[37] (Nasroniy dinidagilarning mantiqsiz, oʻzlari oʻylab chiqargan, haqiqiy diniy taʼlimotni buzib koʻrsatadigan aqidalaridan biri ushbu oyatda muhokama qilinmoqda. Ular: «Allohning tabiati bir-biriga teng uchta koʻrinishdan — Ota xudo, oʻgʻil xudo va muqaddas ruhdan iboratdir. Oʻgʻil xudo, yaʼni Iyso vositasi ila butun maxluqot Ota xudoga ulashadi. Oʻgʻil xudoga fido qilinganlik, Muqaddas ruhga «tozalash» nisbati beriladi», deydilar. Shu bilan birga, oʻzlarini tavhid aqidasida deb daʼvo qiladilar.)
- 74
أَفَلَا يَتُوبُونَ إِلَى ٱللَّهِ وَيَسْتَغْفِرُونَهُۥ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Afalaa yatooboona ilal laahi wa yastaghfiroonah; wallaahu Ghafoorur Raheem
Allohga tavba qilib, unga istigʻfor aytmaydilarmi?! Zotan, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.
- 75
مَّا ٱلْمَسِيحُ ٱبْنُ مَرْيَمَ إِلَّا رَسُولٌۭ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ ٱلرُّسُلُ وَأُمُّهُۥ صِدِّيقَةٌۭ ۖ كَانَا يَأْكُلَانِ ٱلطَّعَامَ ۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُبَيِّنُ لَهُمُ ٱلْءَايَٰتِ ثُمَّ ٱنظُرْ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ
Mal Maseehub nu Maryama illaa Rasoolun qad khalat min qablihir Rusulu wa ummuhoo siddeeqatun kaanaa yaa kulaanit ta'aam; unzur kaifa nubaiyinu lahumul Aayaati suman zur annaa yu'fakoon
Masiyh ibn Maryam bir Paygʻambar, xolos. Undan oldin ham Paygʻambarlar oʻtgan. Uning onasi esa, siddiqadir. Ikkovlari ham taom yer edilar. Biz ularga oyatlarni qanday bayon qilayotganimizga nazar sol-u, keyin ularning qanday burilib ketayotganlariga nazar sol. [38]
[38] (Bibi Maryam binti Imron Allohning aytganlarini, amru farmonini tasdiqlovchi — siddiqadir. Sodiq, pok bir bandadir. Bu kishini ham «ona xudo» deb eʼtiqod qilib boʻlmaydi. Demak, Masih ibn Maryamni ham, uning onasi Maryam siddiqani ham «xudo» deb eʼtiqod qilish xatodir.)
- 76
قُلْ أَتَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّۭا وَلَا نَفْعًۭا ۚ وَٱللَّهُ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Qul ata'budoona min doonil laahi maa laa yamliku lakum darranw wa laa naf'aa; wallaahu Huwas Samee'ul 'Aleem
Sen: «Allohni qoʻyib, sizga zarar ham, foyda ham bera olmaydigan narsaga ibodat qilasizlarmi?! Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir», deb ayt. [39]
[39] (Haqiqiy foyda va zarar beruvchi zot Allohdir, uni qoʻyib, foyda ham, zarar ham bera olmaydigan narsaga, jumladan, Masih ibn Maryam va uning onasiga ibodat qilish mutlaqo notoʻgʻri ishdir. Kim shunday ish qilsa, albatta, eʼtiborsiz qolmaydi.)
- 77
قُلْ يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لَا تَغْلُوا۟ فِى دِينِكُمْ غَيْرَ ٱلْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعُوٓا۟ أَهْوَآءَ قَوْمٍۢ قَدْ ضَلُّوا۟ مِن قَبْلُ وَأَضَلُّوا۟ كَثِيرًۭا وَضَلُّوا۟ عَن سَوَآءِ ٱلسَّبِيلِ
Qul yaaa Ahlal Kitaabi laa taghloo fee deenikum ghairal haqqi wa laa tattabi'ooo ahwaaa'a qawmin qad dalloo min qablu wa adalloo kaseeranw wa dalloo 'an Sawaaa'is Sabeel
Sen: «Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshib, nohaqlik qilmang. Va oldin oʻzlari adashib va koʻpchilikni adashtirib, toʻgʻri yoʻldan umuman chiqqanlarning havoyi nafslariga ergashmang», deb ayt. [40]
[40] (Dinda haddan oshishlik arabchada «gʻuluv» deyiladi. Gʻuluv — aslida, dinda boʻlmagan narsalarni oʻzini yana ham dindorroq, taqvodorroq koʻrsatish maqsadida dinga kiritishdir.)
- 78
لُعِنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ عَلَىٰ لِسَانِ دَاوُۥدَ وَعِيسَى ٱبْنِ مَرْيَمَ ۚ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَوا۟ وَّكَانُوا۟ يَعْتَدُونَ
Lu'inal lazeena kafaroo mim Baneee israaa'eela 'alaa lisaani Daawooda wa 'Eesab ni Maryam; zaalika bimaa 'asaw wa kaanoo ya tadoon
Bani Isroildan kufr keltirganlari Dovud va Iyso ibn Maryam tilida laʼnatlandilar. Bu esa, isyon qilganlari va tajovuzkor boʻlganlari uchun boʻldi. [41]
[41] (Dovud va Iyso alayhissalomlar Bani Isroilni isyoni va tajovuzkorligi uchun laʼnatlagan edilar. Aslida, hidoyatga boshlash uchun, Alloh tomonidan rahmat boʻlib kelgan paygʻambar boʻlar-boʻlmas ishga bir qavmni laʼnatlayvermaydi. Juda ham oʻtib ketganidan, chidab boʻlmaydigan holga yetganligidangina qilishi mumkin bu ishni. Shuning oʻzi ham Bani Isroilning kim ekanligini koʻrsatib turibdi.)
- 79
كَانُوا۟ لَا يَتَنَاهَوْنَ عَن مُّنكَرٍۢ فَعَلُوهُ ۚ لَبِئْسَ مَا كَانُوا۟ يَفْعَلُونَ
Kaanoo laa yatanaahawna 'am munkarin fa'aluhoo; labi'sa maa kaanoo yafa'loon
Ular, qilingan yomon ishdan bir-birlarini qaytarmas edilar. Bu qilmishlari qanday ham yomon boʻldi!
- 80
تَرَىٰ كَثِيرًۭا مِّنْهُمْ يَتَوَلَّوْنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ لَبِئْسَ مَا قَدَّمَتْ لَهُمْ أَنفُسُهُمْ أَن سَخِطَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ وَفِى ٱلْعَذَابِ هُمْ خَٰلِدُونَ
Taraa kaseeram minhum yatawallawnal lazeena kafaroo; labi'sa maa qaddamat lahum anfusuhum an sakhital laahu 'alaihim wa fil 'azaabi hum khaalidoon
Ulardan koʻplarining kufr keltirganlarni valiy — doʻst tutganini koʻrasan. Ularga nafslari taqdim qilgan narsa qanday ham yomon boʻldi. Alloh ularga gʻazab qildi. Va ular azobda boqiy qoluvchilardir. [42]
[42] (Yahudiylar doimo musulmonlarga qarshi kofirlar bilan til biriktirib, oʻzaro hamkorlik qilib kelganlar. Paygʻambarimiz alayhissalom vaqtlarida mushriklarni afzal koʻrib, musulmonlarga qarshi til biriktirgan boʻlsalar, hozirgacha turli kofirlar bilan til biriktirib, Islomga qarshi boʻlib kelmoqdalar.)
- 81
وَلَوْ كَانُوا۟ يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلنَّبِىِّ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْهِ مَا ٱتَّخَذُوهُمْ أَوْلِيَآءَ وَلَٰكِنَّ كَثِيرًۭا مِّنْهُمْ فَٰسِقُونَ
Wa law kaanoo yu'minoona billaahi wan nabiyyi wa maaa unzila ilaihi attakhazoohum awliyaaa'a wa laakinna kaseeram minhum faasiqoon
Agar Allohga, Paygʻambarga va unga nozil qilingan narsaga iymon keltirganlarida edi, ularni valiy — doʻst tutmas edilar. Lekin ulardan koʻplari fosiqlardir. [43]
[43] (Yaʼni, oʻsha yahudiylar Alloh taologa, Muhammad alayhissalotu vassalomga va Qurʼonga iymonlari boʻlganda edi, kofirlarni doʻst tutmas edilar. Ushbu oyatda ular Allohga ham iymonlari yoʻqlikda ayblanmoqdalar. Yahudiy va boshqa ahli kitoblarning, biz moʻminmiz, degan daʼvolari shu bilan puchga chiqadi. Ularning koʻplari fosiq ekanliklari ham tasdiqlanmoqda. Fosiqlik esa, din koʻrsatgan chegaradan chetga chiqishdir.)
- 82
۞ لَتَجِدَنَّ أَشَدَّ ٱلنَّاسِ عَدَٰوَةًۭ لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱلْيَهُودَ وَٱلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ ۖ وَلَتَجِدَنَّ أَقْرَبَهُم مَّوَدَّةًۭ لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّا نَصَٰرَىٰ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّ مِنْهُمْ قِسِّيسِينَ وَرُهْبَانًۭا وَأَنَّهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ
Latajidanna ashad dan naasi 'adaawatal lillazeena aamanul Yahooda wallazeena ashrakoo wa latajidanna aqrabahum mawaddatal lil lazeena aamanul lazeena qaalooo innaa Nasaaraa; zaalika bi anna mminhum qiseeseena wa ruhbaananw wa annahum laa yastakbiroon
Yahudiy va shirk keltirganlarning iymon keltirganlarga nisbatan odamlarning ashaddiy adovatlisi ekanini topasan. Ulardan iymon keltirganlarga doʻstlikka yaqinrogʻi, biz nasorolarmiz, deganlar ekanini topasan. Bu, ularning ichida diniy olimlar va rohiblar boʻlganidan va ularning takabburlik qilmasliklaridandir. [44]
[44] (Bu uch toifa musulmonlarga munosabatda ikkiga boʻlinadi. Birinchisi — musulmonlarga nisbatan ashaddiy adovatli toifa boʻlib, ular yahudiy va mushriklardan iboratdir. Ikkinchi toifa — musulmonlarga nisbatan, boshqa kofirlarga qaraganda, doʻstlikka yaqinroq toifa boʻlib, ular nasorolardan iboratdir.)
- 83
وَإِذَا سَمِعُوا۟ مَآ أُنزِلَ إِلَى ٱلرَّسُولِ تَرَىٰٓ أَعْيُنَهُمْ تَفِيضُ مِنَ ٱلدَّمْعِ مِمَّا عَرَفُوا۟ مِنَ ٱلْحَقِّ ۖ يَقُولُونَ رَبَّنَآ ءَامَنَّا فَٱكْتُبْنَا مَعَ ٱلشَّٰهِدِينَ
Wa izaa sami'oo maaa unzila ilar Rasooli taraaa a'yunahum tafeedu minad dam'i mimmmaa 'arafoo minalhaqq; yaqooloona Rabbanaaa aamannaa faktubnaa ma'ash shaahideen
Ularni Paygʻambarga nozil qilingan narsani tinglaganlarida, haqni bilganliklaridan, koʻzlari yosh toʻkkanini koʻrasan. Ular: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik, bas, bizni shohidlar qatoriga yozgin», – derlar.
- 84
وَمَا لَنَا لَا نُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَمَا جَآءَنَا مِنَ ٱلْحَقِّ وَنَطْمَعُ أَن يُدْخِلَنَا رَبُّنَا مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلصَّٰلِحِينَ
Wa maa lanaa laa nu'minu billaahi wa maa jaaa'anaa minal haqqi wa natma'u ai yudkhilanaa Rabbunaa ma'al qawmis saaliheen
«Nima uchun Allohga va bizga kelgan haqqa iymon keltirmas ekanmiz va Robbimiz bizni ham solih qavmlar qatoriga kiritishini tamaʼ qilmas ekanmiz?!» – derlar. [45]
[45] (Yaʼni, mazkur nasorolar, Allohga va Undan kelgan haq din boʻlmish Islomga iymon keltirmaslikni, tushunib boʻlmaydigan hol deb hisoblaydilar.)
- 85
فَأَثَٰبَهُمُ ٱللَّهُ بِمَا قَالُوا۟ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلْمُحْسِنِينَ
Fa asaabahumul laahu bimaa qaaloo Jannnaatin tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa; wa zaalika jazaaa'ul muhsineen
Aytganlariga yarasha Alloh ularga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarda boqiy qolishni mukofot qilib berdi. Yaxshilik qiluvchilarning mukofoti shuldir.
- 86
وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَآ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ
Wallazeena kafaroo wa kazzaboo bi Aayaatinaaa ulaaa'ika Ashaabul Jaheem
Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar — ana oʻshalar jahannam egalaridir.
- 87
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تُحَرِّمُوا۟ طَيِّبَٰتِ مَآ أَحَلَّ ٱللَّهُ لَكُمْ وَلَا تَعْتَدُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْمُعْتَدِينَ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa tuharrimoo taiyibaati maaa ahallal laahu lakum wa laa ta'tadooo; innal laaha laa yuhibbul mu'tadeen
Ey, iymon keltirganlar! Alloh sizga halol qilgan pok narsalarni harom qilmang. Haddingizdan oshmang. Albatta, Alloh haddidan oshuvchilarni sevmas.
- 88
وَكُلُوا۟ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ حَلَٰلًۭا طَيِّبًۭا ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ أَنتُم بِهِۦ مُؤْمِنُونَ
Wa kuloo mimmaa razaqakumul laahu halaalan taiyibaa; wattaqul laahallazeee antum bihee mu'minon
Va Alloh sizga rizq qilib bergan halol-pok narsalardan yenglar. Oʻzingiz ishongan Allohga taqvo qiling. [46]
[46] (Hukm chiqarish, jumladan, nima halolu nima haromligining hukmini chiqarish ham Alloh taoloning oʻzigagina xosdir. Alloh halol degan narsani kim harom desa yoki Alloh harom qilgan narsani kim halol desa, kofir boʻladi. Unday odam Allohning ilohlik sifatiga — shariat hukmlarini chiqarish sifatiga sherik boʻlishga uringan boʻladi. Shuningdek, bir kishi oʻzi uchun ham bunday hukmni chiqarib, qandaydir dindorlik sifatini ziyoda qilishga urinish, deb oʻylashi ham notoʻgʻridir. Bunday ish dindagi gʻuluv — haddan oshish hisoblanadi.)
- 89
لَا يُؤَاخِذُكُمُ ٱللَّهُ بِٱللَّغْوِ فِىٓ أَيْمَٰنِكُمْ وَلَٰكِن يُؤَاخِذُكُم بِمَا عَقَّدتُّمُ ٱلْأَيْمَٰنَ ۖ فَكَفَّٰرَتُهُۥٓ إِطْعَامُ عَشَرَةِ مَسَٰكِينَ مِنْ أَوْسَطِ مَا تُطْعِمُونَ أَهْلِيكُمْ أَوْ كِسْوَتُهُمْ أَوْ تَحْرِيرُ رَقَبَةٍۢ ۖ فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ ثَلَٰثَةِ أَيَّامٍۢ ۚ ذَٰلِكَ كَفَّٰرَةُ أَيْمَٰنِكُمْ إِذَا حَلَفْتُمْ ۚ وَٱحْفَظُوٓا۟ أَيْمَٰنَكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ ءَايَٰتِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
Laa yu'aakhizukumul laahu billaghwi feee aimaanikum wa laakiny ya'aakhizukum bimaa 'aqqattumul aimaana fakaf faaratuhooo it'aamu 'asharati masaakeena min awsati maa tut'imoona ahleekum aw kiswatuhum aw tahreeru raqabatin famallam yajid fa Siyaamu salaasati aiyaam; zaalika kaffaaratu aimaanikum izaa halaftum; wahfazooo aimaanakum; kazaalika yubaiyinul laahu lakum Aayaatihee la'allakum tashkuroon
Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz uchun tutmas. Lekin qasd ila tukkan qasamlaringiz uchun tutadir. Bas, uning kafforoti oʻz ahlingizni oʻrtacha taomlantirish miqdorida oʻnta miskinga taom yoki kiyim berish yoxud bir qul ozod qilishdir. Kim topa olmasa, bas, uch kun roʻza tutsin. Ana oʻsha, agar qasam ichgan boʻlsangiz, qasamingizning kafforotidir. Qasamlaringizni muhofaza qiling. Alloh sizga shunday qilib Oʻz oyatlarini bayon etadi. Shoyadki, shukr qilsangiz. [47]
[47] (Shuni alohida taʼkidlash lozimki, islomiy taʼlimotlarda umuman qasam ichishga targʻib qilinmaydi. Avvalo, qasamni faqat Allohning nomi bilan ichiladi. Boshqasi mumkin emas. Bu jumlada qasamning mahkamligi hissiy taʼbir ila bayon qilinmoqda. Buning uchun «qasd ila» iborasining maʼnosiga «tukkan» iborasi ham bogʻlanmoqda. Xuddiki, qasam bir hissiy narsayu uni mahkamlash uchun tugish mumkin boʻlganidek. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, tutish — ayb sanash uchun qasam qasd va mustahkam niyat ila ichilgan boʻlishi shart ekan. Ana shunday holatda qasam ichuvchi agar qasamxoʻr boʻlsa, yaʼni qasamini oʻrinlata olmasa, shariat boʻyicha unga nisbatan jazo chorasi koʻriladi.)
- 90
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّمَا ٱلْخَمْرُ وَٱلْمَيْسِرُ وَٱلْأَنصَابُ وَٱلْأَزْلَٰمُ رِجْسٌۭ مِّنْ عَمَلِ ٱلشَّيْطَٰنِ فَٱجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
yaaa aiyuhal lazeena aamanooo innamal khamru walmaisiru wal ansaabu wal azlaamu rijsum min 'amalish shaitaani fajtaniboohu la'al lakum tuflihoon
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) choʻplar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda boʻling. Shoyadki, najot topsangiz.
- 91
إِنَّمَا يُرِيدُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَن يُوقِعَ بَيْنَكُمُ ٱلْعَدَٰوَةَ وَٱلْبَغْضَآءَ فِى ٱلْخَمْرِ وَٱلْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَن ذِكْرِ ٱللَّهِ وَعَنِ ٱلصَّلَوٰةِ ۖ فَهَلْ أَنتُم مُّنتَهُونَ
Innamaa yureedush Shaitaanu ai yooqi'a bainakumul 'adaawata wal baghdaaa'a fil khamri wal maisiri wa yasuddakum 'an zikril laahi wa 'anis Salaati fahal antum muntahoon
Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon koʻrishlikni solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan toʻsishni xohlaydir. Endi toʻxtarsizlar?! [48]
[48] (Alloh taolo bu ikki narsani — xamr va qimorni «ifloslik va shaytonning ishi», deb atamoqda. Alloh Oʻz bandalariga mehribon boʻlgani uchun ularni ifloslik va shaytonning ishidan qaytaradi. Nopok taomlarni zararli boʻlgani uchun harom qilganidek, iflos ishlarni ham bandalariga zararli boʻlgani uchun harom qiladi. Ushbu oyati karimada zikr qilingan aroq bilan qimorning zararlaridan ikkinchisi — ular odamlarni Allohning zikridan va namozdan toʻsishi. Bu maʼlum va tushunarli hol. Aroqxoʻrning aroq ichishining oʻzi Allohni eslamasligiga dalil. Ichib mast boʻlib olgandan keyin esa, umuman esga olmaydi. Namoz ham, boshqa ishlar qatori, aroqxoʻrning esidan chiqadi. Shuningdek, qimorga berilib ketgan qimorboz Allohning zikrini ham, namozni ham unutadi. Bu narsa aroq va qimor keltiradigan zararlarning eng kattasidir. Boshqa jinoyatlar shu unutishdan kelib chiqadi.)
- 92
وَأَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ وَٱحْذَرُوا۟ ۚ فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَا عَلَىٰ رَسُولِنَا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ
Wa atee'ul laaha wa atee'ur Rasoola wahzaroo; fa in tawal laitum fa'lamooo annamaa 'alaa Rasoolinal balaaghul mubeen
Allohga itoat qiling va Paygʻambarga itoat qiling va hazir boʻling! Agar yuz oʻgiradigan boʻlsangiz, bilingki, Paygʻambarimiz vazifasi aniq yetkazish, xolos.
- 93
لَيْسَ عَلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جُنَاحٌۭ فِيمَا طَعِمُوٓا۟ إِذَا مَا ٱتَّقَوا۟ وَّءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ ثُمَّ ٱتَّقَوا۟ وَّءَامَنُوا۟ ثُمَّ ٱتَّقَوا۟ وَّأَحْسَنُوا۟ ۗ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلْمُحْسِنِينَ
Laisa 'alal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati junaahun feemaa ta'imooo izaa mat taqaw wa aamanoo wa 'amilus saalihaati summat taqaw wa aamanoo summat taqaw wa ahsanoo; wallaahu yuhibbul muhsineen
Iymon keltirganlar uchun, agar taqvo qilib, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan boʻlsalar, soʻngra taqvo qilib, iymon keltirsalar, keyin taqvo qilib ehson qilsalar, yeb-ichganlarida gunoh yoʻqdir. Zotan, Alloh ehson qiluvchilarni sevadir.
- 94
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَيَبْلُوَنَّكُمُ ٱللَّهُ بِشَىْءٍۢ مِّنَ ٱلصَّيْدِ تَنَالُهُۥٓ أَيْدِيكُمْ وَرِمَاحُكُمْ لِيَعْلَمَ ٱللَّهُ مَن يَخَافُهُۥ بِٱلْغَيْبِ ۚ فَمَنِ ٱعْتَدَىٰ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَلَهُۥ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo la yabluwannnakumul laahu bishai'im minas saidi tanaaluhooo aideekum wa rimaahukum liya'lamal laahu mai yakhaafuhoo bilghaib; famani' tadaa ba'da zaalika falahoo 'azaabun aleem
Ey, iymon keltirganlar! Alloh Undan kim gʻoyibona qoʻrqishini bilish uchun sizlarni qoʻllaringiz va nayzalaringiz yetadigan ovlarda bir oz sinab koʻradir. Bundan keyin kim tajovuz qilsa, unga alamli azob bor.
- 95
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَقْتُلُوا۟ ٱلصَّيْدَ وَأَنتُمْ حُرُمٌۭ ۚ وَمَن قَتَلَهُۥ مِنكُم مُّتَعَمِّدًۭا فَجَزَآءٌۭ مِّثْلُ مَا قَتَلَ مِنَ ٱلنَّعَمِ يَحْكُمُ بِهِۦ ذَوَا عَدْلٍۢ مِّنكُمْ هَدْيًۢا بَٰلِغَ ٱلْكَعْبَةِ أَوْ كَفَّٰرَةٌۭ طَعَامُ مَسَٰكِينَ أَوْ عَدْلُ ذَٰلِكَ صِيَامًۭا لِّيَذُوقَ وَبَالَ أَمْرِهِۦ ۗ عَفَا ٱللَّهُ عَمَّا سَلَفَ ۚ وَمَنْ عَادَ فَيَنتَقِمُ ٱللَّهُ مِنْهُ ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌۭ ذُو ٱنتِقَامٍ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa taqtuslus saida wa antum hurum; wa man qatalahoo minkum mut'am midan fajazaaa'um mislu maa qatala minanna'ami yahkumu bihee zawaa 'adlim minkum hadyam baalighal Ka'bati aw kaffaaratun ta'aamu masaakeena aw 'adlu zaalika Siyaamal liyazooqa wabaala amrih; 'afal laahu 'ammaa salaf; wa man 'aada fayanta qimul laahu minh; wallaahu 'azeezun zuntiqaam
Ey, iymon keltirganlar! Ehromdalik holingizda ovni oʻldirmang. Sizdan kim uni qasdan oʻldirsa, jazosi sizdan ikki odil kishi hukmiga muvofiq chorva hayvonlaridan u(ov)ga teng keladiganini hadyi qilib Kaʼbaga yetkazishdir. Yoxud uning kafforoti miskinlarga taom berish yoki shu barobarida, oʻz qilmishining yomon oqibatini tatib koʻrsin uchun, roʻza tutishdir. Oʻtganlarini Alloh afv qildi. Kim qaytarsa, Alloh undan intiqom olur. Zotan, Alloh Aziyz, intiqom egasidir. [49]
[49] (Demak, «ovda sinab koʻrish» deganda, musulmon kishiga ehromdalik holida ov qilish harom ekanligi tushuniladi. Zotan, haj va umra ibodati musulmon kishi uchun koʻp tomonlama sinov sanaladi. Jumladan, molu mulk sarflashga tayyormi-yoʻqmi ekani, jismoniy qiyinchiliklarga dosh bera oladimi, oʻzini shahvatdan, turli fahsh gap-soʻzlardan tiyishga qurbi yetadimi-yoʻqmi — bular sinaladi.)
- 96
أُحِلَّ لَكُمْ صَيْدُ ٱلْبَحْرِ وَطَعَامُهُۥ مَتَٰعًۭا لَّكُمْ وَلِلسَّيَّارَةِ ۖ وَحُرِّمَ عَلَيْكُمْ صَيْدُ ٱلْبَرِّ مَا دُمْتُمْ حُرُمًۭا ۗ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ
Uhilla lakum saidul bahri wa ta'aamuhoo mataa'al lakum wa lissaiyaarati wa hurrima 'alaikum saidul barri maa dumtum hurumaa; wattaqul laahal lazeee ilaihi tuhsharoon
Dengiz ovi va uning taomi sizga va sayr qiluvchilarga halol qilindi. Modomiki, ehromda ekansiz, sizga quruqlik ovi harom qilindi. Huzurida toʻplanadiganingiz Allohga taqvo qiling.
- 97
۞ جَعَلَ ٱللَّهُ ٱلْكَعْبَةَ ٱلْبَيْتَ ٱلْحَرَامَ قِيَٰمًۭا لِّلنَّاسِ وَٱلشَّهْرَ ٱلْحَرَامَ وَٱلْهَدْىَ وَٱلْقَلَٰٓئِدَ ۚ ذَٰلِكَ لِتَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَأَنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ
Ja'alal laahul Ka'batal Baital Haraama qiyaamal linnaasi wash Shahral Haraama walhadya walqalaaa'id; zaalika lita'lamooo annal laaha ya'lamu maa fis samaawaati wa maa fil ardi wa annal laaha bikulli shai'in 'Aleem
Alloh Kaʼbani — Baytul Haromni, harom oyni, hadyini va osiladigan belgilarni odamlar uchun asos qilib qoʻydi. Bu esa, Alloh albatta osmonlaru yerdagi narsalarni bilishini va albatta Alloh har bir narsani biluvchi Zot ekanini bilishingiz uchundir.
- 98
ٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ وَأَنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
I'lamooo annal laaha shadeedul 'iqaabi wa annal laaha Ghafoorur Raheem
Bilingki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir va, albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.
- 99
مَّا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا تَكْتُمُونَ
Maa 'alar Rasooli illal balaagh; wallaahu ya'lamu maa tubdoona wa maa taktumoon
Paygʻambar zimmasida faqat yetkazish bor, xolos. Alloh oshkor qilganingizni ham, yashirganingizni ham biladir.
- 100
قُل لَّا يَسْتَوِى ٱلْخَبِيثُ وَٱلطَّيِّبُ وَلَوْ أَعْجَبَكَ كَثْرَةُ ٱلْخَبِيثِ ۚ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ يَٰٓأُو۟لِى ٱلْأَلْبَٰبِ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
Qul laa yastawil khabeesu wattaiyibu wa law a'jabaka kasratul khabees; fattaqul laaha yaaa ulil albaabi la'allakum tuflihoon
Sen: «Agar nopokning koʻpligi seni ajablantirsa ham, pok bilan nopok teng boʻla olmas. Ey, aql egalari, Allohga taqvo qiling, shoyadki, najot topsangiz», deb ayt.
- 101
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَسْـَٔلُوا۟ عَنْ أَشْيَآءَ إِن تُبْدَ لَكُمْ تَسُؤْكُمْ وَإِن تَسْـَٔلُوا۟ عَنْهَا حِينَ يُنَزَّلُ ٱلْقُرْءَانُ تُبْدَ لَكُمْ عَفَا ٱللَّهُ عَنْهَا ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌ حَلِيمٌۭ
yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa tas'aloo 'an ashyaaa'a in tubda lakum tasu'kum wa in tas'aloo 'anhaa heena yunazzalul Qur'aanu tubda lakum; 'afallaahu 'anhaa; wallaahu Ghafoorun Haleem
Ey, iymon keltirganlar! Har xil narsalarni soʻrayvermanglar. Agar zohir boʻlsa, sizga yomon boʻladir. Agar Qurʼon nozil qilinib turgan chogʻda soʻrasangiz, sizga zohir boʻladir. Holbuki, Alloh ularni afv qilgan edi. Alloh magʻfiratli va Haliym Zotdir. [50]
[50] (Hamma narsaning meʼyori va chegarasi boʻlganidek, savolning ham chegarasi va uslubi bor. Islom voqelik dini boʻlganidan, maʼrifat uchun beriladgan savollar ham voqelikdan kelib kelib chiqishi, kishilarga manfaat jalb etishi lozim. Insonning ilmini oshirmaydigan, maʼrifatiga xizmat qilmaydigan, voqelikda boʻlmaydigan ikir-chikirlarni soʻrayverishdan nima va kimga foyda bor? Ayniqsa, Qurʼon nozil etilib turgan paytda. Chunki shariatning yangidan-yangi hukmlari joriy etilib turgan paytda har xil savollar berilaversa, qoʻshimcha hukmlar tushib, koʻpchilikka jabr boʻlib qolish ehtimoli bordir.)
- 102
قَدْ سَأَلَهَا قَوْمٌۭ مِّن قَبْلِكُمْ ثُمَّ أَصْبَحُوا۟ بِهَا كَٰفِرِينَ
Qad sa alahaa qawmum min qablikum summa asbahoo bihaa kaafireen
Sizdan oldin ham bir qavm ularni soʻragan, soʻngra esa, ularga kofir boʻlgan edi.
- 103
مَا جَعَلَ ٱللَّهُ مِنۢ بَحِيرَةٍۢ وَلَا سَآئِبَةٍۢ وَلَا وَصِيلَةٍۢ وَلَا حَامٍۢ ۙ وَلَٰكِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ ۖ وَأَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ
Maa ja'alal laahu mim baheeratinw wa laa saaa'ibatinw wa laa waseelatinw wa laa haaminw wa laakinnal lazeena kafaroo yaftaroona 'alallaahil kazib; wa aksaruhum laa ya'qiloon
Alloh bahiyra, soiba, vasiyla va hommlarni qilgani yoʻq. Lekin kufr keltirganlar Allohga nisbatan yolgʻon toʻqirlar. Ularning koʻplari aqlsizdirlar. [51]
[51] (Beshinchi boʻtaloq urgʻochi tugʻilsa, ona tuyaning qulogʻini tilib, belgili qilib qoʻyib yuborilar va u «bahiyra» deb aytilar edi. Johiliy arablarning buzuq eʼtiqodlariga koʻra, bunday tuyaning goʻshtini yeyish, sutini ichish, oʻzini minish yoki ustiga yuk yuklash harom hisoblanardi. «Bahiyra» deb qoʻyib yuborilgan tuya erkin holda yuraverar, unga birov tegmas edi. «Soiba» lugʻatda «qoʻyib yuborilgan» maʼnoni anglatib, bir kishi safardan kelgani, kasaldan tuzalgani uchun nazr qilgan tuyaga aytilardi. «Vasiyla» lugʻatda «ulovchi» maʼnosini anglatib, birin-ketin ulab urgʻochi bola tuqqan qoʻyga aytilardi. Uni ham soʻymas edilar. «Homm» esa, lugʻatda «himoya qiluvchi» maʼnosini anglatib, urgʻochi hayvonlarga qochirish uchun qoʻyiladigan erkak hayvonga aytiladi. Johiliy arablar bir erkak hayvon oʻnta urgʻochini qochirsa, uni «homm» deb atar edilar va unga ham alohida munosabat koʻrsatilar, minilmas, yuk yuklatilmas edi.)
- 104
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا۟ إِلَىٰ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَإِلَى ٱلرَّسُولِ قَالُوا۟ حَسْبُنَا مَا وَجَدْنَا عَلَيْهِ ءَابَآءَنَآ ۚ أَوَلَوْ كَانَ ءَابَآؤُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ شَيْـًۭٔا وَلَا يَهْتَدُونَ
Wa izaa qeela lahum ta'aalaw ilaa maaa anzalallaahu wa ilar Rasooli qaaloo hasbunaa maa wajadnaa 'alaihi aabaaa'anaa; awa law kaana aabaaa'uhum laa ya'lamoona shai'anw wa laa yahtadoon
Ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga, Paygʻambarga kelinglar», deyilsa, «Bizga ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan boʻlsak, oʻsha yetarli», derlar. Agar ota-bobolari hech narsaga aqli yetmaydigan va hidoyatga erishmagan boʻlsalar ham-a?!
- 105
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ عَلَيْكُمْ أَنفُسَكُمْ ۖ لَا يَضُرُّكُم مَّن ضَلَّ إِذَا ٱهْتَدَيْتُمْ ۚ إِلَى ٱللَّهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًۭا فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo 'alaikum anfusakum laa yadurrukum man dalla izah tadaitum; ilal laahi marji'ukum jamee'an fayunabbi'ukum bimaa kuntum ta'maloon
Ey, iymon keltirganlar! Oʻzingizni biling. Agar hidoyatda boʻlsangiz, adashganlari sizga zarar qilmas. Hammangizning qaytib boradigan joyingiz Allohning huzurida. Oʻshanda sizga qilib yurgan ishlaringizning xabarini beradir. [52]
[52] (Allohning shariatida yurmay kofir boʻlayotganlarga vaʼz-nasihat, amri maʼruf va nahyi munkar qilib, ularni toʻgʻri yoʻlga solish uchun qoʻlingizdan kelgan harakatni qildingiz. Ammo ular koʻnmadilar, aytganingizni qabul qilmadilar. Endi «oʻzingizni biling», ishlaringizni joyiga qoʻying. Allohning amrini bajo qilishda davom eting. Kofirlarning qilmishlari sizni turli xayollarga olib bormasin, ular oʻz qilmishlari uchun oʻzlari javob beradilar.)
- 106
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ شَهَٰدَةُ بَيْنِكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ حِينَ ٱلْوَصِيَّةِ ٱثْنَانِ ذَوَا عَدْلٍۢ مِّنكُمْ أَوْ ءَاخَرَانِ مِنْ غَيْرِكُمْ إِنْ أَنتُمْ ضَرَبْتُمْ فِى ٱلْأَرْضِ فَأَصَٰبَتْكُم مُّصِيبَةُ ٱلْمَوْتِ ۚ تَحْبِسُونَهُمَا مِنۢ بَعْدِ ٱلصَّلَوٰةِ فَيُقْسِمَانِ بِٱللَّهِ إِنِ ٱرْتَبْتُمْ لَا نَشْتَرِى بِهِۦ ثَمَنًۭا وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ۙ وَلَا نَكْتُمُ شَهَٰدَةَ ٱللَّهِ إِنَّآ إِذًۭا لَّمِنَ ٱلْءَاثِمِينَ
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo shahaadatu bainikum izaa hadara ahadakumul mawtu heenal wasiyyatis naani zawaa 'adlim minkum aw aakharaani min ghairikum in antum darabtum fil ardi fa asaabatkum museebatul mawt; tahbi soonahumaa mim ba'dis Salaati fa yuqsimaani billaahi inirtabtum laa nashtaree bihee samananw wa law kaana zaa qurbaa wa laa naktumu shahaadatal laahi innaaa izal laminal aasimeen
Ey, iymon keltirganlar! Birortangizga oʻlim kelganda — vasiyat qilar chogʻida oʻzingizdan boʻlgan ikki adolatli kishi, agar yer yuzida safardalik chogʻingizda oʻlim musiybati yetsa, oʻzgalardan ikki kishi oʻrtangizda guvoh boʻlsin. Agar shubha qilsangiz, guvohlarni namozdan keyin tutasiz va ular: «Garchi qarindoshimiz uchun boʻlsa ham, qasamni ozgina qiymatga sotmasmiz va Alloh uchun guvohligimizni yashirmasmiz. Zotan, u holda, albatta, gunohkorlardan boʻlib qolamiz», deb Alloh nomi ila qasam icharlar.
- 107
فَإِنْ عُثِرَ عَلَىٰٓ أَنَّهُمَا ٱسْتَحَقَّآ إِثْمًۭا فَـَٔاخَرَانِ يَقُومَانِ مَقَامَهُمَا مِنَ ٱلَّذِينَ ٱسْتَحَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْأَوْلَيَٰنِ فَيُقْسِمَانِ بِٱللَّهِ لَشَهَٰدَتُنَآ أَحَقُّ مِن شَهَٰدَتِهِمَا وَمَا ٱعْتَدَيْنَآ إِنَّآ إِذًۭا لَّمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ
Fa in 'usira 'alaaa annahumas tahaqqaaa isman fa aakharaani yaqoomaani maqaamahumaa minal lazeenas tahaqqa 'alaihimul awlayaani fa yuqsimaani billaahi lashahaadatunaaa ahaqqu min shahaadatihimaaa wa ma'tadainaaa innaaa izal laminaz zaalimeen
Agar ikkovlarining gunohlari bilinib qolsa, oʻrinlariga ustilariga nohaqlik tushgan yaqinlardan ikkitalari oʻturlar va Alloh ila qasam ichib: «Bizning guvohligimiz ularning guvohliklaridan toʻgʻriroq va biz tajovuz qilmadik. Agar qilgan boʻlsak, albatta, zolimlardan boʻlurmiz», deyishadi.
- 108
ذَٰلِكَ أَدْنَىٰٓ أَن يَأْتُوا۟ بِٱلشَّهَٰدَةِ عَلَىٰ وَجْهِهَآ أَوْ يَخَافُوٓا۟ أَن تُرَدَّ أَيْمَٰنٌۢ بَعْدَ أَيْمَٰنِهِمْ ۗ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱسْمَعُوا۟ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ
Zaalika adnaaa ai yaatoo bishshahaadati 'alaa wajhihaaa aw yakhaafooo an turadda aimaanum ba'da aimaanihim; wattaqul laaha wasma'oo; wallaahu laa yahdil qawmal faasiqeen
Ana shunday qilmoqlik, guvohlikni haqqoniy ado etishlariga yoki qasamlaridan soʻng raddiya qasam boʻlishidan qoʻrqishlariga yaqinroqdir. Allohga taqvo qilinglar va quloq osinglar. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas. [53]
[53] (Yaʼni, yuqoridagi ikki oyat koʻrsatmalariga amal qilmoqlik, avvalo, guvohlikni haqqoniy ado etishlariga yaqinroqdir. Namozdan keyin koʻpchilik ichida Alloh nomi bilan qasam ichtirilib, soʻngra: «Garchi qarindoshimiz uchun boʻlsa ham, qasamni ozgina qiymatga sotmaymiz va Alloh uchun guvohligimizni yashirmaymiz. Zotan, u holda, albatta, gunohkorlardan boʻlib qolamiz», deyishlari haqiqatan ham haqqoniy guvohlik berishlariga kuchli omil boʻladi. Boz ustiga, ular yana bir narsadan qoʻrqib turishadi. Agar yuqorida aytilgan ishlardan keyin ham xiyonat qiladigan boʻlsalar, merosxoʻrlardan ikki kishi raddiya qasami ila ularni fosh qilishlari, sharmanda boʻlishlari ehtimoli bor. Shundan qoʻrqib ham oʻzlariga ishonilgan vazifani vijdonan ado etadilar. Bular hammasi ehtiyot choralari. Ammo guvohlikni haqqoniy ado etishning asosiy tayanchi taqvodir.)
- 109
۞ يَوْمَ يَجْمَعُ ٱللَّهُ ٱلرُّسُلَ فَيَقُولُ مَاذَآ أُجِبْتُمْ ۖ قَالُوا۟ لَا عِلْمَ لَنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ عَلَّٰمُ ٱلْغُيُوبِ
yawma yajma'ul laahur Rusula fa yaqoolu maazaaa ujibtum qaaloo laa 'ilma lanaa innaka Anta 'Allaamul Ghuyoob
Alloh Paygʻambarlarni jamlagan kunda: «Sizga qanday javob qilindi?» – deb soʻraydir. Ular: «Biz bilmaymiz, albatta, Sening Oʻzinggina gʻayblarni yaxshi bilguvchisan», derlar.
- 110
إِذْ قَالَ ٱللَّهُ يَٰعِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ ٱذْكُرْ نِعْمَتِى عَلَيْكَ وَعَلَىٰ وَٰلِدَتِكَ إِذْ أَيَّدتُّكَ بِرُوحِ ٱلْقُدُسِ تُكَلِّمُ ٱلنَّاسَ فِى ٱلْمَهْدِ وَكَهْلًۭا ۖ وَإِذْ عَلَّمْتُكَ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ ۖ وَإِذْ تَخْلُقُ مِنَ ٱلطِّينِ كَهَيْـَٔةِ ٱلطَّيْرِ بِإِذْنِى فَتَنفُخُ فِيهَا فَتَكُونُ طَيْرًۢا بِإِذْنِى ۖ وَتُبْرِئُ ٱلْأَكْمَهَ وَٱلْأَبْرَصَ بِإِذْنِى ۖ وَإِذْ تُخْرِجُ ٱلْمَوْتَىٰ بِإِذْنِى ۖ وَإِذْ كَفَفْتُ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ عَنكَ إِذْ جِئْتَهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْهُمْ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌۭ مُّبِينٌۭ
Iz qaalal laahu yaa 'Eesab-na-Maryamaz kur ni'matee 'alaika wa 'alaa waalidatik; iz aiyattuka bi Roohil Qudusi tukallimun naasa fil mahdi wa kahlanw wa iz 'allamtukal kitaaba wal Hikmata wa Tawraata wal Injeela wa iz Takhluqu minat teeni kahai 'atit tairi bi iznee fatanfukhu feeha fatakoonu tairam bi iznee wa tubri'ul akmaha wal abrasa bi iznee wa iz tukhrijul mawtaa bi iznee wa iz kafaftu Baneee Israaa'eela 'anka iz ji'tahum bil baiyinaati fa qaalal lazeena kafaroo minhum in haazaaa illaa sihrum mubeen
Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, senga va volidangga bergan neʼmatimni esla. Seni muqaddas ruh bilan qoʻllaganimni, odamlarga beshikda ham, kattaligingda ham gapirganingni esla. Senga kitobni, hikmatni, Tavrotni va Injilni oʻrgatganimni esla. Mening iznim ila loydan qush shaklini yasaganingda va unga puflaganingda, Mening iznim ila qush boʻlganini, Mening iznim ila tugʻma koʻrni va pesni tuzatganingni esla. Mening iznim ila oʻliklarni chiqarganingni esla. Bani Isroilga aniq moʻjizalar keltirganingda, ulardan kufr keltirganlari: «Bu ochiq sehrdan oʻzga hech narsa emas», deganida, seni ulardan qutqarganimini esla», deganini yod et! [54]
[54] (Ushbu oyatda Alloh taolo bu haqiqatni barcha paygʻambarlar huzurida, masalaning bosh qahramoni Iyso ibn Maryam alayhissalomning oʻzlariga eslatish bilan tasdiqlamoqda. Avvalo, nasorolar «xudo» deb eʼtiqod qilayotgan Iysoning volidasi bor ekan. Xudoning esa, onasi boʻlishi mumkin emas. Dunyoga kelishda onaga muhtoj boʻlgan shaxs Xudo boʻla olmaydi. Ikkinchidan, Iyso ibn Maryamga ham, uning volidasi Maryam binti Imronga ham Alloh neʼmat bergan ekan. Boshqaning neʼmatiga muhtoj shaxslar Xudo boʻlishi mumkin emas. «Muqaddas ruh» Jabroil farishta alayhissalomdir. «Gapirish» deganda esa, Allohga daʼvat, paygʻambarlik gaplari nazarda tutilyapti. Odamlarning oddiy gaplaridek gap boʻlganida, buncha guvohlar huzurida hujjat sifatida keltirilmas edi. Agar beshikda gapirganing yoki doimo paygʻambarlarga xos gapirganing uchun seni «xudo» deb eʼtiqod qilishayotgan boʻlsa, bu narsa seni Men Jabroil bilan qoʻllaganim va u orqali oʻz soʻzlarimni yuborib turganimdan ekanligini bilsinlar.)
- 111
وَإِذْ أَوْحَيْتُ إِلَى ٱلْحَوَارِيِّۦنَ أَنْ ءَامِنُوا۟ بِى وَبِرَسُولِى قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا وَٱشْهَدْ بِأَنَّنَا مُسْلِمُونَ
Wa iz awhaitu ilal hawaariyyeena an aaminoo bee wa bi Rasoolee qaalooo aamannaa washhad bi annanaa muslimoon
Havoriylarga: «Menga va Mening Paygʻambarimga iymon keltiring», deb vahiy yuborganimda, ular: «Iymon keltirdik va shohid boʻl, biz albatta, musulmonlarmiz», deganini esla! [55]
[55] (Havoriylar, Iyso alayhissalomga ixloslari zoʻr, din ishi uchun butunlay ajralib chiqqan insonlar edi. Iyso alayhissalomga haqiqiy koʻmakchi boʻlgan kishilar ham oʻshalar. Bu oyatdagi «vahiy yuborganimda» degan soʻzlardan paygʻambarlarga yuboriladigan vahiyni tushunmaslik kerak. Arab tilida, Qurʼon istilohida «vahiy» soʻzi «ilhom» maʼnosida ham ishlatiladi.)
- 112
إِذْ قَالَ ٱلْحَوَارِيُّونَ يَٰعِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ هَلْ يَسْتَطِيعُ رَبُّكَ أَن يُنَزِّلَ عَلَيْنَا مَآئِدَةًۭ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ۖ قَالَ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Iz qaalal hawaariyyoona yaa 'Eesab na Maryama hal yastatee'u Rabbuka ai yunaz zila 'alinaa maaa'idatam minas samaaa'i qaalat taqul laaha in kuntum mu'mineen
Havoriylar: «Ey, Iyso ibn Maryam, sening Robbing bizga osmondan tuzatilgan dasturxon tushira olurmi?» – deganlarida, u: «Agar moʻmin boʻlsalaringiz, Allohga taqvo qilinglar», deganini esla.
- 113
قَالُوا۟ نُرِيدُ أَن نَّأْكُلَ مِنْهَا وَتَطْمَئِنَّ قُلُوبُنَا وَنَعْلَمَ أَن قَدْ صَدَقْتَنَا وَنَكُونَ عَلَيْهَا مِنَ ٱلشَّٰهِدِينَ
Qaaloo nureedu an naakula minhaa wa tatam'inna quloo bunaa wa na'lama an qad sadaqtana wa nakoona 'alaihaa minash shaahideen
Ular: «Undan yemoqni, qalblarimiz taskin topmogʻini, bizga rost gapirganingni bilmoqni va bunga guvoh boʻlmoqni istarmiz», dedilar.
- 114
قَالَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ ٱللَّهُمَّ رَبَّنَآ أَنزِلْ عَلَيْنَا مَآئِدَةًۭ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ تَكُونُ لَنَا عِيدًۭا لِّأَوَّلِنَا وَءَاخِرِنَا وَءَايَةًۭ مِّنكَ ۖ وَٱرْزُقْنَا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ
Qaala 'Eesab nu Maryamal laahumma Rabbanaaa anzil 'alainaa maaa'idatam minas samaaa'i takoonu lanaa 'eedal li awwalinaa wa aakirinaa wa Aayatam minka warzuqnaa wa Anta khairur raaziqeen
Iyso ibn Maryam: «Allohim! Robbimiz! Bizga osmondan yasatilgan dasturxon tushirgin, u avvalimizgayu oxirimizga bayram boʻlib qolsin. Sendan moʻjiza boʻlib qolsin. Va bizga rizq bergin, zotan Oʻzing eng yaxshi rizq berguvchisan», dedi.
- 115
قَالَ ٱللَّهُ إِنِّى مُنَزِّلُهَا عَلَيْكُمْ ۖ فَمَن يَكْفُرْ بَعْدُ مِنكُمْ فَإِنِّىٓ أُعَذِّبُهُۥ عَذَابًۭا لَّآ أُعَذِّبُهُۥٓ أَحَدًۭا مِّنَ ٱلْعَٰلَمِينَ
Waalal laahu innee munaz ziluhaa 'alaikum faman yakfur ba'du minkum fa inneee u'azzibuhoo 'azaabal laaa u'azzibuhooo ahadam minal 'aalameen
Alloh: «Men, albatta, uni sizlarga tushirguvchiman. Bas, bundan keyin sizlardan kim kufr keltirsa, uni olamlarda hech kimni azoblamagan azob ila azoblagayman», dedi. [56]
[56] (Alloh taolo dasturxon tushirish haqidagi soʻrovni ijobat qilish bilan birga, Oʻzining doimiy odatini ham esga solmoqda. U odat moʻjiza talab qilgan qavm, moʻjiza kelgandan keyin ham kufr keltirsa, uni qattiq azobga duchor qilishdir. Bu azob ham bu dunyoda, ham u dunyoda boʻladi.)
- 116
وَإِذْ قَالَ ٱللَّهُ يَٰعِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ ءَأَنتَ قُلْتَ لِلنَّاسِ ٱتَّخِذُونِى وَأُمِّىَ إِلَٰهَيْنِ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ قَالَ سُبْحَٰنَكَ مَا يَكُونُ لِىٓ أَنْ أَقُولَ مَا لَيْسَ لِى بِحَقٍّ ۚ إِن كُنتُ قُلْتُهُۥ فَقَدْ عَلِمْتَهُۥ ۚ تَعْلَمُ مَا فِى نَفْسِى وَلَآ أَعْلَمُ مَا فِى نَفْسِكَ ۚ إِنَّكَ أَنتَ عَلَّٰمُ ٱلْغُيُوبِ
Wa iz qaalal laahu yaa 'Eesab na Maryama 'a-anta qulta linnaasit takhizoonee wa ummiya ilaahaini min doonil laahi qaala Subhaanaka maa yakoonu leee anaqoola maa yakkoonu leee an aqoola maa laisa lee bihaqq; in kuntu qultuhoo faqad 'alimtah; ta'lamu maa fee nafsee wa laaa a'almu maa fee nafsik; innaka Anta 'Allaamul Ghuyoob
Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, sen odamlarga, Allohni qoʻyib, meni va onamni iloh qilib olinglar, dedingmi?» – deganini, u esa: «Oʻzing poksan! (Allohim), men haqqim yoʻq narsani ayta olmayman-ku. Agar aytgan boʻlganimda, batahqiq, Sen uni bilar eding. Sen mening dilimdagini bilasan, men Sendagi hech narsani bilmasman. Albatta, Sen Oʻzing gʻayblarni eng yaxshi bilguvchi Zotsan», deganini esla.
- 117
مَا قُلْتُ لَهُمْ إِلَّا مَآ أَمَرْتَنِى بِهِۦٓ أَنِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ رَبِّى وَرَبَّكُمْ ۚ وَكُنتُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًۭا مَّا دُمْتُ فِيهِمْ ۖ فَلَمَّا تَوَفَّيْتَنِى كُنتَ أَنتَ ٱلرَّقِيبَ عَلَيْهِمْ ۚ وَأَنتَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ شَهِيدٌ
Maa qultu lahum illaa maaa amartanee bihee ani'budul laaha Rabbeee wa Rabbakum; wa kuntu 'alaihim shaheedam maa dumtu feehim falammaa tawaffaitanee kunta Antar Raqeeba 'alaihim; wa Anta 'alaa kulli shai'in Shaheed
Men ularga Oʻzing menga amr qilgan narsa: «Allohga, mening Robbim va sizning Robbingizga ibodat qiling»dan boshqani aytganim yoʻq. Va, modomiki, oralarida ekanman, ularga guvoh boʻldim. Meni Oʻzingga olganingdan soʻng, Sening Oʻzing ularga kuzatuvchi boʻlding. Zotan, Sen har bir narsaga guvohsan. [57]
[57] (Yaʼni, qilgan ishlari, aytgan gaplari va boshqa narsalariga guvoh boʻldim. Jumladan, Sening amringni qanaqa qabul qilishlariga guvoh boʻldim. Mening ular ichida boʻlgan vaqtimdagi gaplar shulardan iborat. Men xudolik daʼvosini qilganim yoʻq. Mendan keyin nima boʻlganini Oʻzing bilasan.)
- 118
إِن تُعَذِّبْهُمْ فَإِنَّهُمْ عِبَادُكَ ۖ وَإِن تَغْفِرْ لَهُمْ فَإِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
In tu'azzibhum fa innahum ibaaduka wa in taghfir lahum fa innaka Antal 'Azzezul Hakeem
Agar ularni azoblaydigan boʻlsang, bas, albatta, ular Sening bandalaring. Agar ularni magʻfirat qiladigan boʻlsang, bas, albatta, Sening Oʻzing Aziyz — gʻolib va hikmatli Zotsan.
- 119
قَالَ ٱللَّهُ هَٰذَا يَوْمُ يَنفَعُ ٱلصَّٰدِقِينَ صِدْقُهُمْ ۚ لَهُمْ جَنَّٰتٌۭ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۚ رَّضِىَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا۟ عَنْهُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ
Qaalal laahu haaza yawmu yanfa'us saadiqeena sidquhum; lahum janaatunn tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaaa abadaa; radiyal laahu 'anhum wa radoo 'anh; zaalikal fawzul 'azeem
Alloh: «Bu kun, rostgoʻylarga rostgoʻyliklari manfaat beradigan kun. Ularga ostidan suvlar oqib turgan jannatlar bor, unda abadiy — boqiy boʻlurlar. Alloh ulardan rozi boʻldi. Ular Allohdan rozi boʻldi. Bu esa, ulugʻ yutuqdir», – dedi. [58]
[58] (Oyatdagi «rostgoʻylar»dan murod iymoni sodiqlardir.)
- 120
لِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا فِيهِنَّ ۚ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۢ
Lillaahi mulkus samaawaati wal ardi wa maa feehinn; wa Huwa 'alaa kulli shain'in Qadeer
Osmonlaru yer va ulardagi narsalar Allohning mulkidir. Va U har bir narsaga qodirdir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
