Sura 4
Niso
النِّسَاءِ
An-Nisa · Madaniy · 176 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُوا۟ رَبَّكُمُ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍۢ وَٰحِدَةٍۢ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالًۭا كَثِيرًۭا وَنِسَآءًۭ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ٱلَّذِى تَسَآءَلُونَ بِهِۦ وَٱلْأَرْحَامَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًۭا
Yaaa aiyuhan naasut taqoo Rabbakumul lazee khalaqakum min nafsinw waahidatinw wa khalaqa minhaa zawjahaa wa bas sa minhumaa rijaalan kaseeranw wa nisaaa'aa; wattaqul laahallazee tasaaa 'aloona bihee wal arhaam; innal laaha kaana 'alaikum Raqeeba
Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan koʻplab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qoʻrqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan soʻrovda boʻladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalarini uzish)dan qoʻrqing. Albatta, Alloh ustingizda kuzatib turuvchi Zotdir.
- 2
وَءَاتُوا۟ ٱلْيَتَٰمَىٰٓ أَمْوَٰلَهُمْ ۖ وَلَا تَتَبَدَّلُوا۟ ٱلْخَبِيثَ بِٱلطَّيِّبِ ۖ وَلَا تَأْكُلُوٓا۟ أَمْوَٰلَهُمْ إِلَىٰٓ أَمْوَٰلِكُمْ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ حُوبًۭا كَبِيرًۭا
Wa aatul yataamaaa amwaalahum wa laa tatabad dalul khabeesa bittaiyibi wa laa taakulooo amwaalahum ilaaa amwaalikum; innahoo kaana hooban kabeeraa
Va yetimlarga oʻz mollarini bering. Nopokni pokka almashtirmang. Ularning mollarini oʻzingizning mollaringizga qoʻshib yemang. Zero, bu katta gunoh boʻlur.
- 3
وَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا تُقْسِطُوا۟ فِى ٱلْيَتَٰمَىٰ فَٱنكِحُوا۟ مَا طَابَ لَكُم مِّنَ ٱلنِّسَآءِ مَثْنَىٰ وَثُلَٰثَ وَرُبَٰعَ ۖ فَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا تَعْدِلُوا۟ فَوَٰحِدَةً أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ ۚ ذَٰلِكَ أَدْنَىٰٓ أَلَّا تَعُولُوا۟
Wa in khiftum allaa tuqsitoo fil yataamaa fankihoo maa taaba lakum minan nisaaa'i masnaa wa sulaasa wa rubaa'a fa'in khiftum allaa ta'diloo fawaahidatan aw maa malakat aimaanukum; zaalika adnaaa allaa ta'ooloo
Agar yetimlarga adolat qila olmaslikdan qoʻrqsangiz, oʻzingizga yoqqan ayollardan ikkitami, uchtami, toʻrttami nikohlab oling. Agar adolat qila olmaslikdan qoʻrqsangiz, bittani (oling) yoki qoʻlingizda mulk boʻlganlar bilan (kifoyalaning). Mana shu, jabr qilmasligingizga yaqinroqdir. [1]
[1] (Demak, oyatdagi «yetimlar»dan murod yetim qizlar ekan. Yetim qizlarga ularni oʻz kafolatiga — himoyasiga olgan kishi uylanmoqchi boʻlsa-yu, ammo bu ishda adolatsizlikka yoʻl qoʻyishdan qoʻrqsa, oʻsha yetim qizlarga uylanishni qoʻysinda, boshqa oʻziga yoqqan, nikohi halol boʻlgan ayollardan xohishiga qarab ikkitagami, uchtagami, toʻrttagami uylansin. Agar xotinlar orasida adolat oʻrnata olmaslikdan qoʻrqsa, bittaga uylansin yoki choʻri tutish bilan kifoyalansin.)
- 4
وَءَاتُوا۟ ٱلنِّسَآءَ صَدُقَٰتِهِنَّ نِحْلَةًۭ ۚ فَإِن طِبْنَ لَكُمْ عَن شَىْءٍۢ مِّنْهُ نَفْسًۭا فَكُلُوهُ هَنِيٓـًۭٔا مَّرِيٓـًۭٔا
Wa aatun nisaaa'a sadu qaatihinna nihlah; fa in tibna lakum 'an shai'im minhu nafsan fakuloohu hanee'am mareee'aa
Ayollarga mahrlarini koʻngildan chiqarib bering. Agar ular undan biror narsani chin koʻngildan tutsalar, bas, uni yenglar. Osh boʻlsin, ofiyat boʻlsin.
- 5
وَلَا تُؤْتُوا۟ ٱلسُّفَهَآءَ أَمْوَٰلَكُمُ ٱلَّتِى جَعَلَ ٱللَّهُ لَكُمْ قِيَٰمًۭا وَٱرْزُقُوهُمْ فِيهَا وَٱكْسُوهُمْ وَقُولُوا۟ لَهُمْ قَوْلًۭا مَّعْرُوفًۭا
Wa laa tu'tus sufahaaa'a amwaalakumul latee ja'alal laahu lakum qiyaamanw-warzuqoohum feehaa waksoohum wa qooloo lahum qawlam ma'roofaa
Alloh (hayotingizni) turgʻizish (vositasi) qilgan mollaringizni esi pastlarga bermang. Ularni oʻsha mollardan rizqlantiring, kiyintiring va ularga yaxshi soʻzlar ayting.
- 6
وَٱبْتَلُوا۟ ٱلْيَتَٰمَىٰ حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغُوا۟ ٱلنِّكَاحَ فَإِنْ ءَانَسْتُم مِّنْهُمْ رُشْدًۭا فَٱدْفَعُوٓا۟ إِلَيْهِمْ أَمْوَٰلَهُمْ ۖ وَلَا تَأْكُلُوهَآ إِسْرَافًۭا وَبِدَارًا أَن يَكْبَرُوا۟ ۚ وَمَن كَانَ غَنِيًّۭا فَلْيَسْتَعْفِفْ ۖ وَمَن كَانَ فَقِيرًۭا فَلْيَأْكُلْ بِٱلْمَعْرُوفِ ۚ فَإِذَا دَفَعْتُمْ إِلَيْهِمْ أَمْوَٰلَهُمْ فَأَشْهِدُوا۟ عَلَيْهِمْ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ حَسِيبًۭا
Wabtalul yataamaa hattaaa izaa balaghun nikaaha fa in aanastum minhum rushdan fad fa'ooo ilaihim amwaalahum wa laa taa kuloohaaa israafanw wa bidaaran ai yakbaroo; wa mai kaana ghaniyyan falyasta' fif wa mai kaana faqeeran falyaakul bilma'roof; fa izaa dafa'tum ilaihim amwaalahum fa'ashhidoo 'alaihim; wa kafaa billaahi Haseeba
Yetimlarni to nikoh(yoshi)ga yetgunlaricha sinab turinglar. Agar ularning es-hushi joyida ekanini bilsangiz, ularga oʻz mollarini topshiring. U mollarni isrof ila va egalarining katta boʻlib qolishidan qoʻrqib shoshilib yemang. Boy boʻlganlar iffatli boʻlsinlar. Kim kambagʻal boʻlsa, toʻgʻrilik bilan yesin. Ularga oʻz mollarini topshirayotganingizda guvohlar keltiring. Hisobchilikka Allohning Oʻzi kifoya qilur.
- 7
لِّلرِّجَالِ نَصِيبٌۭ مِّمَّا تَرَكَ ٱلْوَٰلِدَانِ وَٱلْأَقْرَبُونَ وَلِلنِّسَآءِ نَصِيبٌۭ مِّمَّا تَرَكَ ٱلْوَٰلِدَانِ وَٱلْأَقْرَبُونَ مِمَّا قَلَّ مِنْهُ أَوْ كَثُرَ ۚ نَصِيبًۭا مَّفْرُوضًۭا
Lirrijaali naseebum mimmaa tarakal waalidaani wal aqraboona wa lin nisaaa'i naseebum mimmaa tarakal waalidaani wal aqraboona mimmaa qalla minhu aw kasur; naseebam mafroodaa
Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada erkaklarning nasibasi bor. Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada ayollarning nasibasi bor. U oz boʻlsin, koʻp boʻlsin — farz qilingan nasibadir.
- 8
وَإِذَا حَضَرَ ٱلْقِسْمَةَ أُو۟لُوا۟ ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينُ فَٱرْزُقُوهُم مِّنْهُ وَقُولُوا۟ لَهُمْ قَوْلًۭا مَّعْرُوفًۭا
Wa izaa hadaral qismata ulul qurbaa walyataamaa walmasaakeenu farzuqoohum minhu wa qooloo lahum qawlam ma'roofaa
Agar taqsimlashga qarindoshlar, yetimlar va miskinlar hozir boʻlsalar, ularni u(meros)dan rizqlantiringlar hamda ularga yaxshi gaplar aytinglar. [2]
[2] («Taqsimlash» — merosni boʻlish uchun haqdorlar yigʻilgan majlisdir. Demak, meros taqsimlash majlisida haqdorlardan boshqa qarindoshlar ham, shuningdek, yetimlar, kambagʻal-miskinlar ham hozir boʻlishlari mumkin. Haqdorlar merosdan nasibalarini olishsa-yu, qolganlarga hech narsa tegmay qolsa, oʻksishlari, koʻngillari sinishi ehtimoli bor. Shunday noqulay holatni oʻrtadan koʻtarish uchun, oyatning hukmiga koʻra, merosxoʻrlar biror narsani ajratib, haligi kishilarga berib, ularni ham sevintirishlari lozim.)
- 9
وَلْيَخْشَ ٱلَّذِينَ لَوْ تَرَكُوا۟ مِنْ خَلْفِهِمْ ذُرِّيَّةًۭ ضِعَٰفًا خَافُوا۟ عَلَيْهِمْ فَلْيَتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَلْيَقُولُوا۟ قَوْلًۭا سَدِيدًا
Walyakhshal lazeena law tarakoo min khalfihim zurriyyatan di'aafan khaafoo 'alaihim falyattaqul laaha walyaqooloo qawlan sadeedaa
Oʻzlari zaifhol zurriyotlarini ortdan qoldirishdan qanday qoʻrqsalar, (boshqalar haqida ham) shunday qoʻrqsinlar. Bas, Allohdan qoʻrqsinlar va toʻgʻri soʻz aytsinlar. [3]
[3] (Otasi oʻlib yetim qolgan bolalarni otaliqqa olgan odam oʻsha yetim bolalarning oʻrniga oʻz bolalarini qoʻyib tasavvur qilsin. Goʻyo uning oʻzi vafot etib, ortida zaifhol bolalari qolganini oʻylaganda qanday qoʻrqsa, qoʻlidagi yetim bolalarga ham shunday nazar bilan qarasin, degan maʼno chiqadi. Bunda yetimlarni otaliqqa olgan kishida otalik mehrini qoʻzish bilan yetimlarga boʻlgan rahm-shafqatini ziyoda qilinmoqda.)
- 10
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَأْكُلُونَ أَمْوَٰلَ ٱلْيَتَٰمَىٰ ظُلْمًا إِنَّمَا يَأْكُلُونَ فِى بُطُونِهِمْ نَارًۭا ۖ وَسَيَصْلَوْنَ سَعِيرًۭا
Innal lazeena yaakuloona amwaalal yataamaa zulman innamaa yaakuloona fee butoonihim Naaranw-wa sayaslawna sa'eeraa
Albatta, yetimlarning molini zulm ila yeganlar qorinlarida olovni yegan boʻlurlar. Va, shubhasiz, doʻzaxga kirurlar.
- 11
يُوصِيكُمُ ٱللَّهُ فِىٓ أَوْلَٰدِكُمْ ۖ لِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ ٱلْأُنثَيَيْنِ ۚ فَإِن كُنَّ نِسَآءًۭ فَوْقَ ٱثْنَتَيْنِ فَلَهُنَّ ثُلُثَا مَا تَرَكَ ۖ وَإِن كَانَتْ وَٰحِدَةًۭ فَلَهَا ٱلنِّصْفُ ۚ وَلِأَبَوَيْهِ لِكُلِّ وَٰحِدٍۢ مِّنْهُمَا ٱلسُّدُسُ مِمَّا تَرَكَ إِن كَانَ لَهُۥ وَلَدٌۭ ۚ فَإِن لَّمْ يَكُن لَّهُۥ وَلَدٌۭ وَوَرِثَهُۥٓ أَبَوَاهُ فَلِأُمِّهِ ٱلثُّلُثُ ۚ فَإِن كَانَ لَهُۥٓ إِخْوَةٌۭ فَلِأُمِّهِ ٱلسُّدُسُ ۚ مِنۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍۢ يُوصِى بِهَآ أَوْ دَيْنٍ ۗ ءَابَآؤُكُمْ وَأَبْنَآؤُكُمْ لَا تَدْرُونَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ لَكُمْ نَفْعًۭا ۚ فَرِيضَةًۭ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًۭا
Yooseekumul laahu feee awlaadikum liz zakari mislu hazzil unsayayn; fa in kunna nisaaa'an fawqas nataini falahunna suhusaa maa taraka wa in kaanat waahidatan falahan nisf; wa li abawaihi likulli waahidim minhumas sudusu mimmma taraka in kaana lahoo walad; fa il lam yakul lahowaladunw wa warisahooo abawaahu fali ummihis sulus; fa in kaana lahoo ikhwatun fali ummihis sudus; mim ba'di wasiyyatiny yoosee bihaaa aw dayn; aabaaa'ukum wa abnaaa'ukum laa tadroona aiyuhum aqrabu lakum naf'aa; fareedatam minallaah; innal laaha kaana 'Aleeman Hakeemaa
Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir oʻgʻilga ikki qiz nasibasicha berishni amr etadi. Agar ular ikkitadan koʻp (ayol) boʻlsalar, ularga u (ota) qoldirganning uchdan ikkisi. Agar qiz bitta boʻlsa, unga yarmi. Agar u(mayyit)ning bolasi boʻlsa, u tark qilgan narsadan ota-onasining har biriga oltidan bir. Agar uning bolasi boʻlmasa va ota-onasi merosxoʻr boʻlsa, onasiga uchdan bir. Agar uning aka-ukalari boʻlsa, onasiga oltidan bir. U qilgan vasiyat yoki qarzini ado etgandan soʻng. Otalaringiz va bolalaringizdan qaysi birlari sizga manfaatliroq ekanini bilmassizlar. Bu, Alloh joriy qilgan farzdir. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir. [4]
[4] (Al-Avfiy Ibn Abbosdan quyidagilarni rivoyat qiladi: «Alloh taolo oʻgʻil va qizlarga ota-onalarga meros bobida farz qilgan hukmlar haqida oyatlar tushirganda baʼzi odamlarga yoqmadi. Rasululloh alayhissalotu vassalomning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Qiz bolaga otasining merosidan yarmi beriladimi? Axir, u ot minib, dushmanga qarshi urushmaydi-ku! Qoʻlidan hech narsa kelmaydigan goʻdakka ham meros beriladimi?» deyishdi. Ularning bu tutimlariga javoban Alloh taolo: «Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir oʻgʻilga ikki qiz nasibasicha berishni amr qiladi», deb boshlanuvchi oyati karimani nozil qildi.)
- 12
۞ وَلَكُمْ نِصْفُ مَا تَرَكَ أَزْوَٰجُكُمْ إِن لَّمْ يَكُن لَّهُنَّ وَلَدٌۭ ۚ فَإِن كَانَ لَهُنَّ وَلَدٌۭ فَلَكُمُ ٱلرُّبُعُ مِمَّا تَرَكْنَ ۚ مِنۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍۢ يُوصِينَ بِهَآ أَوْ دَيْنٍۢ ۚ وَلَهُنَّ ٱلرُّبُعُ مِمَّا تَرَكْتُمْ إِن لَّمْ يَكُن لَّكُمْ وَلَدٌۭ ۚ فَإِن كَانَ لَكُمْ وَلَدٌۭ فَلَهُنَّ ٱلثُّمُنُ مِمَّا تَرَكْتُم ۚ مِّنۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍۢ تُوصُونَ بِهَآ أَوْ دَيْنٍۢ ۗ وَإِن كَانَ رَجُلٌۭ يُورَثُ كَلَٰلَةً أَوِ ٱمْرَأَةٌۭ وَلَهُۥٓ أَخٌ أَوْ أُخْتٌۭ فَلِكُلِّ وَٰحِدٍۢ مِّنْهُمَا ٱلسُّدُسُ ۚ فَإِن كَانُوٓا۟ أَكْثَرَ مِن ذَٰلِكَ فَهُمْ شُرَكَآءُ فِى ٱلثُّلُثِ ۚ مِنۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍۢ يُوصَىٰ بِهَآ أَوْ دَيْنٍ غَيْرَ مُضَآرٍّۢ ۚ وَصِيَّةًۭ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَلِيمٌۭ
Wa lakum nisfu maa taraka azwaajukum il lam yakul lahunna walad; fa in kaana lahunna waladun falakumur rub'u mimmaa tarakna mim ba'di wasiyyatiny yooseena bihaaa aw dayn; wa lahunnar rubu'u mimmaa tarakum il lam yakul lakum walad; fa in kaana lakum waladun falahunnas sumunu mimmaa taraktum; mim ba'di wasiyyatin toosoona bihaaa aw dayn; wa in kaana rajuluny yoorasu kalaalatan awim ra atunw wa lahooo akhun aw ukhtun falikulli waahidim minhumas sudus; fa in kaanooo aksara min zaalika fahum shurakaaa'u fissulusi mim ba'di wasiyyatiny yoosaa bihaaa aw dainin ghaira mudaaarr; wasiyyatam minal laah; wallaahu 'Aleemun Haleem
Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan narsaning — agar ularning bolasi boʻlmasa — yarmi tegadi. Agar ularning bolasi boʻlsa, sizga ular qoldirgan narsaning choragi tegadi. Ular qilgan vasiyatni yoki qarzlarini ado etgandan soʻng. Ularga siz qoldirgan narsaning — agar bolangiz boʻlmasa — choragi tegadi. Agar bolangiz boʻlsa, ularga siz qoldirgan narsaning sakkizdan biri tegadi. Siz qilgan vasiyatni yoki qarzingizni ado etgandan soʻng. Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa, uning birodari yoki singlisi boʻlsa, ulardan har biriga oltidan bir tegur. Agar ular bundan koʻp boʻlsalar, uchdan biriga sherikdirlar. Zarar qilmaydigan vasiyatni yoki qarzni ado etgandan soʻng. Bular Allohning vasiyatidir. Va Alloh biluvchi hamda Haliym Zotdir. [5]
[5] (Agar befarzand er oʻlib, ortidan xotini qolsa, merosning choragini oladi. Ammo oʻlgan erning oʻgʻilmi, qizmi, oʻzmi-oʻgaymi, yaʼni boshqa xotinidanmi, koʻpmi, ozmi farzandi boʻlsa, xotinga merosning sakkizdan biri tegadi. Bu ham vasiyatni yoki olingan qarzni ado etgandan keyin boʻladigan taqsim. Merosxoʻr xotin bitta boʻlsa, mazkur chorak yoki sakkizdan bir ulushni oʻzi oladi. Agar ikkita, uchta yoki toʻrtta boʻlsalar, oʻsha chorak yoki sakkizdan birda sherik boʻladilar. Oyati karimadagi: «Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa», jumlasini, xususan, «kalola» soʻzini bir oz sharhlashga toʻgʻri keladi. Bu haqda ulamolarimiz ham ancha bahs yuritganlar. Bizning tilimizda «kalola» soʻzining maʼnosini aynan ifoda etadigan ibora yoʻq. Shuningdek, arab tilida ham bu soʻzning murodifi yoʻq. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan odamlar «kalola» haqida soʻrashganida: «U toʻgʻrisida oʻz fikrimni aytaman, toʻgʻri boʻlsa, Allohdan, xato boʻlsa, mendan va shaytondan, yaʼni Allohning va Uning Rasulining bunga aloqalari yoʻq. Kalola — zurriyoti va ajdodi yoʻq odamdir», dedilar. Yaʼni, oʻlgan paytida bola-chaqasi, nabira-chevaralari ham, ota-onasi, bobo-momosi ham yoʻq boʻlgan odam, demakdir. Hazrati Umar roziyallohu anhu ham oʻz xalifalik vaqtlarida: «Abu Bakrning fikriga xilof qilishdan uyalaman», deganlar. Toʻrt mahzab sohiblari ham, avval oʻtgan, keyin kelgan ulamolar ham shu fikrga qoʻshilganlar.)
- 13
تِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ۚ وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ يُدْخِلْهُ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ
Tilka hudoodul laah; wa mai yuti'il laaha wa Rasoolahoo yudkhilhu Jannaatin tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa; wa zaalikal fawzul 'azeem
Ana oʻshalar Allohning chegaralaridir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat etsa, U Zot uni ostidan anhorlar oqib turgan jannatga abadiy qolish uchun kiritadir. Bu esa, ulkan yutuqdir.
- 14
وَمَن يَعْصِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَيَتَعَدَّ حُدُودَهُۥ يُدْخِلْهُ نَارًا خَٰلِدًۭا فِيهَا وَلَهُۥ عَذَابٌۭ مُّهِينٌۭ
Wa mai ya'sil laaha wa Rasoolahoo wa yata'adda hudoodahoo yudkhilhu Naaran khaalidan feehaa wa lahoo 'azaabum muheen
Kim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegarasidan tajovuz qilsa, U Zot uni abadiy qolish uchun doʻzaxga kiritadir. Va unga xorlovchi azob bordir. [6]
[6] (Demak, bu dunyoda faqat Allohga va Uning Rasuligagina itoat qilib yashash lozim. Bu itoat shariatga amal qilish bilan boʻladi. Allohga boʻysunib, u koʻrsatgan dasturga amal qilib yashash iymonda, Islomda, dindorlikda yashash demakdir. Allohning itoatidan chiqib, boshqaga itoat qilish, uning dasturini qoʻyib, boshqaning dasturiga amal qilish shirk, kufr va jahannamdir.)
- 15
وَٱلَّٰتِى يَأْتِينَ ٱلْفَٰحِشَةَ مِن نِّسَآئِكُمْ فَٱسْتَشْهِدُوا۟ عَلَيْهِنَّ أَرْبَعَةًۭ مِّنكُمْ ۖ فَإِن شَهِدُوا۟ فَأَمْسِكُوهُنَّ فِى ٱلْبُيُوتِ حَتَّىٰ يَتَوَفَّىٰهُنَّ ٱلْمَوْتُ أَوْ يَجْعَلَ ٱللَّهُ لَهُنَّ سَبِيلًۭا
Wallaatee yaateenal faahishata min nisaaa'ikum fastashhidoo 'alaihinna arba'atam minkum fa in shahidoo fa amsikoohunna fil buyooti hatta yatawaffaa hunnal mawtu aw yaj'alal laahu lahunna sabeelaa
Ayollaringizdan fohisha (zino) qilganlariga oʻzlaringizdan toʻrtta guvoh keltiring. Agar guvohlik bersalar, ularni to oʻlim yetguncha yoki Alloh bir yoʻl koʻrsatguncha uylarida tutib turing. [7]
[7] (Islomdan avval boshqa razolatlar qatori fohishabozlik ham keng tarqalgan edi. Zinokorlik ayb emas, faxr hisoblanar edi. Oʻzlariga bahona topib, zinoga turli yoʻllar ochgan edilar. Alloh taolo jamiyatning bu dardiga ham oʻziga xos davo qoʻlladi. Avval-boshda bu borada biz oʻrganayotgan ushbu oyatni tushirdi. Musulmonlarni bu razolatdan uzoqlashishga va kim bu mazkur fohishaga qoʻl ursa, unga nisbatan kerakli choralar koʻrishni amr qildi.)
- 16
وَٱلَّذَانِ يَأْتِيَٰنِهَا مِنكُمْ فَـَٔاذُوهُمَا ۖ فَإِن تَابَا وَأَصْلَحَا فَأَعْرِضُوا۟ عَنْهُمَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ تَوَّابًۭا رَّحِيمًا
Wallazaani yaatiyaanihaa minkum fa aazoohumaa fa in taabaa wa aslahaa fa a'ridoo 'anhumaaa; innal laaha kaana Tawwaabar Raheema
Sizlardan oʻsha(fohisha) ishni qilgan ikki erkakka ozor beringlar. Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qoʻying. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahimli Zotdir. [8]
[8] (Bu oyatdagi fohisha ishdan koʻzda tutilgan narsa bachabozlikdir. Bu razolat ham keng tarqalgan jinoyatlardan boʻlgan. «Ozor beringlar» degani — soʻkish, ayblash, qoʻlga tushgan narsalar bilan urish, deganidir va bular vaqtinchalik chora hisoblangan. Ishonchli hadis kitoblarining sohiblari Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom: «Kimning Lut qavmi amalini qilayotganini koʻrsangiz, qiluvchini ham, qilinuvchini ham oʻldiring», deganlar. Ammo ushbu oyatda koʻrsatilgan vaqtinchalik chora boʻyicha ozor bergandan soʻng ular: «Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qoʻying».)
- 17
إِنَّمَا ٱلتَّوْبَةُ عَلَى ٱللَّهِ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلسُّوٓءَ بِجَهَٰلَةٍۢ ثُمَّ يَتُوبُونَ مِن قَرِيبٍۢ فَأُو۟لَٰٓئِكَ يَتُوبُ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًۭا
Innamat tawbatu 'alallaahi lillazeena ya'maloonas sooo'a bijahaalatin summa yatooboona min qareebin faulaaika yatoobul laahu 'alaihim; wa kaanal laahu 'Aleeman Hakeemaa
Jaholat-la yomonlik qilib qoʻyib, soʻngra tezda tavba qiladiganlarning tavbasi Allohning zimmasidadir. Alloh ana oʻshalarning tavbasini qabul qiladir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
- 18
وَلَيْسَتِ ٱلتَّوْبَةُ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ حَتَّىٰٓ إِذَا حَضَرَ أَحَدَهُمُ ٱلْمَوْتُ قَالَ إِنِّى تُبْتُ ٱلْـَٰٔنَ وَلَا ٱلَّذِينَ يَمُوتُونَ وَهُمْ كُفَّارٌ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ أَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًۭا
Wa laisatit tawbatu lillazeena ya'maloonas saiyiaati hattaaa izaa hadara ahadahumul mawtu qaala innee tubtul 'aana wa lallazeena yamootoona wa hum kuffaar; ulaaa'ika a'tadnaa lahum 'azaaban aleemaa
Yomonliklarni qilib yurib, birlariga oʻlim yetganda, endi tavba qildim, deganlarga va kofir hollarida oʻlganlarga tavba yoʻq. Ana oʻshalarga alamli azoblarni tayyorlab qoʻyganmiz.
- 19
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا يَحِلُّ لَكُمْ أَن تَرِثُوا۟ ٱلنِّسَآءَ كَرْهًۭا ۖ وَلَا تَعْضُلُوهُنَّ لِتَذْهَبُوا۟ بِبَعْضِ مَآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ إِلَّآ أَن يَأْتِينَ بِفَٰحِشَةٍۢ مُّبَيِّنَةٍۢ ۚ وَعَاشِرُوهُنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ ۚ فَإِن كَرِهْتُمُوهُنَّ فَعَسَىٰٓ أَن تَكْرَهُوا۟ شَيْـًۭٔا وَيَجْعَلَ ٱللَّهُ فِيهِ خَيْرًۭا كَثِيرًۭا
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa yahillu lakum an tarisun nisaaa'a karhan wa laa ta'duloohunna litazhaboo biba'di maaa aataitumoohunna illaaa ai yaateena bifaahishatim bubaiyinah; wa 'aashiroo hunna bilma'roof; fa in karihtumoohunna fa'asaaa an takrahoo shai'anw wa yaj'alal laahu feehi khairan kaseeraa
Ey, iymon keltirganlar! Sizlarga ayollarni zulm-la merosga olish halol emas. Ochiq fohisha ish qilmasalar, bergan narsalaringizning baʼzisini olish uchun ularni zoʻrlik-la ushlab turmang va ular ila yaxshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada koʻpgina yaxshiliklarni qilsa. [9]
[9] (Ushbu oyat Islomdan oldingi davrda ayol kishiga zulm va jabr shaklida joriy qilingan baʼzi odatlarni botil etmoqda. Jumladan, johiliy arablarning odati boʻyicha, erkak kishi vafot etsa, uning xotini ham boshqa molu mulki qatori qarindoshlariga meros boʻlib qolar edi. U bechora ayolni zoʻrlik-la merosga olishar edi. Xohlasa, birontasi unga mahr bermay uylanar yoki boshqa birovga erga berib, mahrini oʻzlari olishar yoki umuman u shoʻrlikni erga berishmas, oʻzlari ham uylanishmas, behuda ushlab turishar edi. Ushbu oyatda Alloh taolo moʻmin-musulmon bandalariga xitob qilib, bunday ishlar yaramasligini bayon qilmoqda. Va ayollarga nisbatan boʻlgan zulm va jabr-sitamni koʻtarmoqda.)
- 20
وَإِنْ أَرَدتُّمُ ٱسْتِبْدَالَ زَوْجٍۢ مَّكَانَ زَوْجٍۢ وَءَاتَيْتُمْ إِحْدَىٰهُنَّ قِنطَارًۭا فَلَا تَأْخُذُوا۟ مِنْهُ شَيْـًٔا ۚ أَتَأْخُذُونَهُۥ بُهْتَٰنًۭا وَإِثْمًۭا مُّبِينًۭا
Wa in arattumustib daala zawjim makaana zawjin wa aataitum ihdaahunna qintaaran falaa taakhuzoo minhu shai'aa; ataakhuzoonahoo buhtaannanw wa ismam mubeenaa
Va agar xotin oʻrniga boshqa xotin olmoqchi boʻlsangiz va ularning biriga haddan ziyod mahr bergan boʻlsangiz ham, undan hech narsani qaytarib olmang. Uni boʻhton va katta gunoh holida olaverasizmi?
- 21
وَكَيْفَ تَأْخُذُونَهُۥ وَقَدْ أَفْضَىٰ بَعْضُكُمْ إِلَىٰ بَعْضٍۢ وَأَخَذْنَ مِنكُم مِّيثَٰقًا غَلِيظًۭا
Wa kaifa taakhuzoonahoo wa qad afdaa ba'dukum ilaa ba'dinw wa akhazna minkum meesaaqan ghaleezaa
Va qanday ham olursiz?! Axir, bir-biringizga qovushdingiz va ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?! [10]
[10] (Oyati karimadagi, «... ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?!» jumlasidagi «ahdu paymon»ning maʼnosi haqida Sufyon as-Savriy: «Yaxshilik ila tutib turish yoki yaxshilik bilan ajrashish haqidagi ahd», deganlar. Robeʼ ibn Anas esa: «Bu Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning: «Siz ularni Allohning omonati ila oldingiz va farjlarini Allohning kalimasi ila oʻzingizga halol etdingiz», degan hadislaridan iboratdir», degan.)
- 22
وَلَا تَنكِحُوا۟ مَا نَكَحَ ءَابَآؤُكُم مِّنَ ٱلنِّسَآءِ إِلَّا مَا قَدْ سَلَفَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ فَٰحِشَةًۭ وَمَقْتًۭا وَسَآءَ سَبِيلًا
Wa laa tankihoo maa nakaha aabaaa'ukum minan nisaaa'i illaa maa qad salaf; inahoo kaana faahishatanw wa maqtanw wa saaa'a sabeelaa
Otalaringiz oʻz nikohlariga olgan ayollarni siz oʻz nikohingizga olmang! Avval oʻtgan boʻlsa, mayli. Bu ish, albatta, fohisha, gʻazabnok ish va qanday ham yomon yoʻldir! [11]
[11] (Johiliyat davrida oʻgay onaga uylanish odati bor edi. Bu koʻpincha «azl»ga — ayollarni zulm ila behuda tutib turishga ham sabab boʻlar edi. Chunki aksar paytda bolaning katta boʻlib voyaga yetishini, soʻngra otasining xotiniga — oʻgay onasiga uylanishini kutishga toʻgʻri kelar edi. Agar oʻgʻli otasi oʻlgan paytda voyaga yetgan boʻlsa, oʻgay onasi unga meros tariqasida xotin boʻlib qolar edi. Alloh taolo ushbu oyati karimani nozil qilib, bu ishni harom etdi.)
- 23
حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَٰتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَٰتُكُمْ وَعَمَّٰتُكُمْ وَخَٰلَٰتُكُمْ وَبَنَاتُ ٱلْأَخِ وَبَنَاتُ ٱلْأُخْتِ وَأُمَّهَٰتُكُمُ ٱلَّٰتِىٓ أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَٰتُكُم مِّنَ ٱلرَّضَٰعَةِ وَأُمَّهَٰتُ نِسَآئِكُمْ وَرَبَٰٓئِبُكُمُ ٱلَّٰتِى فِى حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ ٱلَّٰتِى دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُوا۟ دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلَٰٓئِلُ أَبْنَآئِكُمُ ٱلَّذِينَ مِنْ أَصْلَٰبِكُمْ وَأَن تَجْمَعُوا۟ بَيْنَ ٱلْأُخْتَيْنِ إِلَّا مَا قَدْ سَلَفَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا
Hurrimat 'alaikum umma haatukum wa bannaatukum wa akhawaatukum wa 'ammaatukum wa khaalaatukum wa banaatul akhi wa banaatul ukhti wa ummahaatu kumul laateee arda' nakum wa akhawaatukum minarradaa'ati wa ummahaatu nisaaa'ikum wa rabaaa'i bukumul laatee fee hujoorikum min nisaaa'ikumul laatee dakhaltum bihinna Fa il lam takoonoo dakhaltum bihina falaa junaaha 'alaikum wa halaaa'ilu abnaaa'ikumul lazeena min aslaabikum wa an tajma'oo bainal ukhtaini illaa maa qad salaf; innallaaha kaana Ghafoorar Raheema
Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, oʻzingiz qovushgan xotinlaringizning qaramogʻingizdagi qizlari harom qilindi. Agar u(xotin)lar bilan qovushmagan boʻlsangiz, (qizlariga uylanishingizda) gunoh yoʻq. Va pushtingizdan boʻlgan oʻgʻillaringizning xotinlari, opa-singilni qoʻshib olmogʻingiz harom qilindi. Magar avval oʻtgan boʻlsa, mayli. Albatta, Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimli Zotdir. [12]
[12] (Avvalda nikoh muqaddas aloqa ekani aytib oʻtildi. Albatta, bu aloqani toʻgʻri holda oʻrnatish kerak. Buning uchun esa, uylanmoqchi boʻlgan inson oʻziga mos juft tanlamogʻi zarur. Tanlash jarayonida eʼtibor berish farz boʻlgan shart — xotinlikka tanlanayotgan ayolning nikohi tanlovchi erkakka halol boʻlishi kerak. Islom shariati musulmon erkaklarga ayrim toifa ayollarga uylanishni harom qilgan. Mazkur toifalar ushbu oyatda, bundan oldingi va keyingi oyatlarda va paygʻambarlarimizning hadislarida bayon qilingan.)
- 24
۞ وَٱلْمُحْصَنَٰتُ مِنَ ٱلنِّسَآءِ إِلَّا مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ ۖ كِتَٰبَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ ۚ وَأُحِلَّ لَكُم مَّا وَرَآءَ ذَٰلِكُمْ أَن تَبْتَغُوا۟ بِأَمْوَٰلِكُم مُّحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَٰفِحِينَ ۚ فَمَا ٱسْتَمْتَعْتُم بِهِۦ مِنْهُنَّ فَـَٔاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ فَرِيضَةًۭ ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا تَرَٰضَيْتُم بِهِۦ مِنۢ بَعْدِ ٱلْفَرِيضَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًۭا
Walmuhsanaatu minan nisaaa'i illaa maa malakat aimaanukum kitaabal laahi 'alaikum; wa uhilla lakum maa waraaa'a zaalikum an tabtaghoo bi amwaali kum muhsineena ghaira musaa fiheen; famastamta'tum bihee minhunna fa aatoohunna ujoorahunna fareedah; wa laa junaaha 'alaikum feemaa taraadaitum bihee mim ba'dil fareedah; innal laaha kaana 'Aleeman Hakeemaa
Qoʻlingizga mulk boʻlib tushganlardan boshqa erli ayollar ham (harom qilindi). Bu sizlarga Allohning yozganidir. Ana oʻshalardan boshqalarni poklik va zino aralashtirmagan holda mollaringiz ila talab qilmogʻingiz halol qilindi. Ulardan huzurlanishingiz sababidan mahrlarini bering. Bu farzdir. Farz mahrdan keyin oʻzaro rozilik ila kelishganingiz gunoh emas. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir. [13]
[13] (Bu oyati karimaning avvalida nikohi harom qilingan ayollarning zikri davom etmoqda. Ularning oxirgi toifasi oʻlaroq erli ayollar keltirildi. Demak, eri bor ayolga uylanish harom. Eri oʻlib yoki eridan ajrashib idda oʻtirgan ayollar ham, to idda muddati orasida erlik ayollar qatoriga kiradi. Bularning nikohi ham vaqtincha haromdir. Oyatda erli ayollardan «qoʻlingizga mulk boʻlib tushganlar» istisno qilinmoqda. Yaʼni, urushda dushman tomondan musulmonlar qoʻliga tushgan ayollar, erlari boʻlsa ham, hayz koʻrganlaridan keyin ularga molik boʻlgan musulmonlarga halol boʻlaveradi.)
- 25
وَمَن لَّمْ يَسْتَطِعْ مِنكُمْ طَوْلًا أَن يَنكِحَ ٱلْمُحْصَنَٰتِ ٱلْمُؤْمِنَٰتِ فَمِن مَّا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُم مِّن فَتَيَٰتِكُمُ ٱلْمُؤْمِنَٰتِ ۚ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَٰنِكُم ۚ بَعْضُكُم مِّنۢ بَعْضٍۢ ۚ فَٱنكِحُوهُنَّ بِإِذْنِ أَهْلِهِنَّ وَءَاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ مُحْصَنَٰتٍ غَيْرَ مُسَٰفِحَٰتٍۢ وَلَا مُتَّخِذَٰتِ أَخْدَانٍۢ ۚ فَإِذَآ أُحْصِنَّ فَإِنْ أَتَيْنَ بِفَٰحِشَةٍۢ فَعَلَيْهِنَّ نِصْفُ مَا عَلَى ٱلْمُحْصَنَٰتِ مِنَ ٱلْعَذَابِ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَشِىَ ٱلْعَنَتَ مِنكُمْ ۚ وَأَن تَصْبِرُوا۟ خَيْرٌۭ لَّكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Wa mal lam yastati' minkum tawlan ai yankihal muhsanaatil mu'minaati famimmaa malakat aimaanukum min fatayaatikumul mu'minaat; wallaahu a'lamu bi eemaanikum; ba'dukum mim ba'd; fankihoohunna bi izni ahlihinna wa aatoohunna ujoorahunna bilma'roofi muhsanaatin ghaira musaa fihaatinw wa laa muttakhizaati akhdaan; fa izaaa uhsinna fa in ataina bifaahi shatin fa'alaihinnna nisfu maa 'alal muhsanaati minal 'azaab; zaalika liman khashiyal 'anata minkum; wa an tasbiroo khairul lakum; wallaahu Ghafoorur Raheem
Sizlardan kim hur moʻminalarni nikohiga olishga imkon topmasa, qoʻlingizda mulk boʻlgan moʻmina qizlaringizdan (uylansin). Alloh iymoningizni biluvchi Zotdir. Hammalaringiz birsiz. Ularni nikohingizga ahllarining izni ila oling. Va yaxshilik bilan mahrlarini bering. Ular pokiza, zinokor emas va oʻynash tutmagan boʻlsinlar. Erga tekkanlaridan soʻng fohisha ish qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan azobning yarmi beriladir. Bu buzilishdan qoʻrqqanlar uchundir. Sabr qilmogʻingiz siz uchun yaxshidir. Alloh magʻfiratli va rahimlidir. [14]
[14] (Biz tushunarli boʻlishi uchun «kanizak» deb atayotgan soʻz oʻrnida Qurʼoni Karim «moʻmina qizlaringizdan» degan iborani ishlatgan. Bu bilan ularning shaʼni koʻtarilmoqda, ular ham Islom nazarida boshqalardan farq qilmasliklarini taʼkidlanmoqda. Maʼlumki, erli hur ayolning zinosi isbotlansa, oʻlguncha toshboʻron qilinadi. Oila qurmagan hur ayol zino qilsa, yuz darra uriladi. Ushbu oyatda, hur ayollarga beriladigan azobning yarmi haqida soʻz ketmoqda. Ochiq koʻrinib turibdiki, bu yerda nazarda tutilgan azob darra urishdir. Demak, erli choʻrining zinosi sobit boʻlsa, unga ellik darra uriladi. Ularning choʻrilik holatidan kelib chiqib shunday hukm joriy qilingan. Albatta, ular hur ayollar kabi qulayliklarga ega emaslar. Turmush jarayonida turli holatlarni boshdan oʻtkazishlari mumkin. Shular eʼtiboridan ularga nisbatan toshboʻron jazosi bekor qilingan va darra urish yuztadan elliktaga tushirilgan. Bu hol Islomning insonparvarligining bir koʻrinishidir. Boshqa tuzumlarda kiborlarga jazo bekor qilinib, bechoralarga kuchaytirilishi hammaga maʼlum.)
- 26
يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُبَيِّنَ لَكُمْ وَيَهْدِيَكُمْ سُنَنَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ وَيَتُوبَ عَلَيْكُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ
Yureedul laahu liyubai yina lakum wa yahdiyakum sunanal lazeena min qablikum wa yatooba 'alaikum; wallaahu 'Aleemun Hakeem
Alloh sizlarga bayon qilib berishni, sizni oldingilarning yoʻliga hidoyat qilishni va tavbalaringizni qabul etishni xohlaydir. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
- 27
وَٱللَّهُ يُرِيدُ أَن يَتُوبَ عَلَيْكُمْ وَيُرِيدُ ٱلَّذِينَ يَتَّبِعُونَ ٱلشَّهَوَٰتِ أَن تَمِيلُوا۟ مَيْلًا عَظِيمًۭا
Wallaahu yureedu ai yatooba 'alaikum wa yureedul lazeena yattabi 'oonash shahawaati an tameeloo mailan 'azeemaa
Alloh sizning tavbangizni qabul qilishni xohlaydir. Shahvatlarga ergashadiganlar esa, ulkan ogʻishga moyil boʻlishingizni xohlaydir.
- 28
يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُخَفِّفَ عَنكُمْ ۚ وَخُلِقَ ٱلْإِنسَٰنُ ضَعِيفًۭا
Yureedul laahu ai yukhaffifa 'ankum; wa khuliqal insaanu da'eefaa
Alloh sizdan yengillatmoqni xohlaydir. Va inson zaif yaratilgandir. [15]
[15] (Yaratuvchining Oʻzi, zaif yaratilgan, deb turgandan keyin, shu zaif insonga yoʻl koʻrsatishda Alloh taolo ogʻirlikni xohlarmidi? Yoʻq, U yengillikni xohlaydi.)
- 29
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَأْكُلُوٓا۟ أَمْوَٰلَكُم بَيْنَكُم بِٱلْبَٰطِلِ إِلَّآ أَن تَكُونَ تِجَٰرَةً عَن تَرَاضٍۢ مِّنكُمْ ۚ وَلَا تَقْتُلُوٓا۟ أَنفُسَكُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًۭا
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa taakulooo amwaalakum bainakum bilbaatili 'illaaa an takoona tijaaratan 'an taraadim minkum; wa laa taqtulooo anfusakum; innal laaha kaana bikum Raheemaa
Ey, iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yoʻl bilan yemang. Magar oʻzaro rozilik ila tijorat boʻlsa, mayli. Oʻzingizni oʻzingiz oʻldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahimlidir.
- 30
وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ عُدْوَٰنًۭا وَظُلْمًۭا فَسَوْفَ نُصْلِيهِ نَارًۭا ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًا
Wa mai yaf'al zaalika 'udwaananw wa zulman fasawfa nusleehi Naaraa; wa kaana zaalika 'alal laahi yaseeraa
Kim oʻshani tajovuzkorlik va zulm ila qilsa, albatta, uni doʻzaxga kiriturmiz. Bu esa, Allohga osondir. [16]
[16] (Oyatdagi «oʻshani» bir-birining molini botil yoʻl ila yeb, oʻzini-oʻzi halokatga duchor qilishga ishoradir. Demak, kim mazkur ishni tajovuzkorlik (yaʼni, haromligini bilib turib) va zulm ila (yaʼni, qilishdan tap tortmay) qilsa, oxiratda doʻzaxga kiritiladi. Yaʼni, botil yoʻl bilan mol yeganlarni doʻzaxga kiritish Alloh uchun osondir, hech kim qochib, hiyla qilib qutula olmaydi.)
- 31
إِن تَجْتَنِبُوا۟ كَبَآئِرَ مَا تُنْهَوْنَ عَنْهُ نُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَنُدْخِلْكُم مُّدْخَلًۭا كَرِيمًۭا
In tajtaniboo kabaaa'ira maa tunhawna 'anhu nukaffir 'ankum saiyiaatikum wa nudkhilkum mudkhalan kareemaa
Agar qaytarilgan narsalarning kattalaridan chetda boʻlsangiz, gunohlaringizni kechirurmiz va sizni yaxshi joyga kiritamiz. [17]
[17] (Bu oyati karimaning maʼnosi, katta gunohlardan chetda boʻlsangiz, kichik gunohlaringizni kechirib, oxiratda sizni jannatga kiritamiz, deganidir.)
- 32
وَلَا تَتَمَنَّوْا۟ مَا فَضَّلَ ٱللَّهُ بِهِۦ بَعْضَكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ ۚ لِّلرِّجَالِ نَصِيبٌۭ مِّمَّا ٱكْتَسَبُوا۟ ۖ وَلِلنِّسَآءِ نَصِيبٌۭ مِّمَّا ٱكْتَسَبْنَ ۚ وَسْـَٔلُوا۟ ٱللَّهَ مِن فَضْلِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمًۭا
Wa laa tatamannaw maa faddalal laahu bihee ba'dakum 'alaa ba'd; lirrijaali naseebum mimak tasaboo wa linnisaaa'i naseebum mimmak tasabna; was'alullaaha min fadlih; innal laaha kaana bikulli shai'in 'Aleemaa
Alloh baʼzingizni baʼzingizdan afzal etgan narsalarni (hasad ila) orzu etmang. Erkaklarga oʻz kasbidan nasiba bor. Ayollarga oʻz kasbidan nasiba bor. Allohdan fazlini soʻrang. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir. [18]
[18] (Oyati karimada afzallik va fazl aniq nimadan iborat ekanligi ochiq aytilmay, umumiy holda qoldirilgan. Bu qurʼoniy usulga koʻra, har kim oʻz fikri, idrokiga yarasha tushunib olaveradi. Fazl sihat-salomatlikda, mansabda, molu pulda, xotirjamlikda, hilmda, obroʻ-eʼtiborda boʻlishi mumkin. Demak, Alloh baʼzi shaxslarni boshqalardan afzal qilib qoʻysa, unga hasad qilmaslik kerak, balki fazlni Yaratuvchining Oʻzidan soʻrash lozim.)
- 33
وَلِكُلٍّۢ جَعَلْنَا مَوَٰلِىَ مِمَّا تَرَكَ ٱلْوَٰلِدَانِ وَٱلْأَقْرَبُونَ ۚ وَٱلَّذِينَ عَقَدَتْ أَيْمَٰنُكُمْ فَـَٔاتُوهُمْ نَصِيبَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ شَهِيدًا
Wa likullin ja'alnaa ma waaliya mimmaa tarakal waalidaani wal aqraboon; wallazeena 'aqadat aimaanukum fa aatoohum naseebahum; innal laaha kaana 'alaa kulli shai'in Shaheedaa
Ota-ona va qarindoshlar qoldirgan narsaga har bir kishi uchun merosxoʻrlar qildik. Qasamingiz ila bogʻlanganlarga nasibasini bering. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir. [19]
[19] (Yaʼni, har bir odamning qarindoshlari merosxoʻri boʻladi. U ota-onasi va qarindoshlaridan meros olganidek, undan ham bolalari va qarindoshlari meros oladi. Shunday qilib, mol avloddan avlodga oʻtib turadi. Oyati karimadagi: «Qasamingiz ila bogʻlanganlarga nasibasini bering», degan jumlada merosga taalluqli, qarindosh boʻlmagan shaxslarga ishora qilinmoqda. Islomning dastlabki bosqichida shunday shaxslar boʻlgan.)
- 34
ٱلرِّجَالُ قَوَّٰمُونَ عَلَى ٱلنِّسَآءِ بِمَا فَضَّلَ ٱللَّهُ بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ وَبِمَآ أَنفَقُوا۟ مِنْ أَمْوَٰلِهِمْ ۚ فَٱلصَّٰلِحَٰتُ قَٰنِتَٰتٌ حَٰفِظَٰتٌۭ لِّلْغَيْبِ بِمَا حَفِظَ ٱللَّهُ ۚ وَٱلَّٰتِى تَخَافُونَ نُشُوزَهُنَّ فَعِظُوهُنَّ وَٱهْجُرُوهُنَّ فِى ٱلْمَضَاجِعِ وَٱضْرِبُوهُنَّ ۖ فَإِنْ أَطَعْنَكُمْ فَلَا تَبْغُوا۟ عَلَيْهِنَّ سَبِيلًا ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيًّۭا كَبِيرًۭا
Arrijaalu qawwaamoona 'alan nisaaa'i bimaa fad dalallaahu ba'dahum 'alaa ba'dinw wa bimaaa anfoqoo min amwaalihim; fassaalihaatu qaanitaatun haafizaatul lil ghaibi bimaa hafizal laah; wallaatee takhaafoona nushoo zahunna fa 'izoohunna wahjuroohunna fil madaaji'i wadriboohunna fa in ata'nakum falaa tabghoo 'alaihinna sabeelaa; innallaaha kaana 'Aliyyan Kabeeraa
Alloh baʼzilarini baʼzilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar — itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi boʻyicha gʻoyib (er)larining muhofazasini qiluvchilardir. Bosh koʻtarishlaridan xavf qilingan ayollarga vaʼz-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yoʻl axtarmang. Albatta, Alloh yuksak maqomli buyuk Zotdir. [20]
[20] (Alloh taolo hech bir ishni behikmat qilmaydi. Jumladan, erkak kishi oila rahbari boʻlsa va u oʻz rahbarligini shariatda koʻrsatilgandek ado etsa, bunday oilalar baxt-saodatga sohib boʻlmoqda. Bu koʻrsatmaga yurmagan oilalar esa, baxtsizlikka uchramoqda, shundaylardan tashkil topgan jamiyatlar ham baxtsizlikka duchor boʻlmoqda. Bu yerda gapni choʻzib oʻtirishning hojati boʻlmasa kerak. Moʻmina, soliha ayollarning tabiatida eriga itoatkorlik bordir. Biz «itoatkorlik» deb tarjima qilayotgan soʻz oyati karimada «qonitatun» lafzi ila kelgan. Bu soʻz oʻz irodasi, ragʻbati va muhabbati ila itoat qilish maʼnosini anglatadi. Demak, moʻmina, soliha ayollarning erlariga itoati oʻz masʼuliyatini tushungan holdan kelib chiqqan boʻladi. Qoʻrqqanidan, majburlashdan yoki boshqa biror bosqidan emas. Bu itoat oʻzini tushungan, hayotdagi oʻrnini, vazifasi va masʼuliyatini his etgan goʻzal insonning itoatidir.)
- 35
وَإِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَٱبْعَثُوا۟ حَكَمًۭا مِّنْ أَهْلِهِۦ وَحَكَمًۭا مِّنْ أَهْلِهَآ إِن يُرِيدَآ إِصْلَٰحًۭا يُوَفِّقِ ٱللَّهُ بَيْنَهُمَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا خَبِيرًۭا
Wa in khiftum shiqaaqa baini himaa fab'asoo haka mam min ahlihee wa hakamam min ahlihaa; iny-yureedaaa islaah ai-yuwaffiqil laahu bainahumaa; innal laaha kaana 'Aleeman Khabeeraa
Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qoʻrqsangiz, erning ahlidan bir hakam va xotinning ahlidan bir hakam ajrating. Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-xotinning orasini muvofiqlashtirur. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir.
- 36
۞ وَٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَلَا تُشْرِكُوا۟ بِهِۦ شَيْـًۭٔا ۖ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَٰنًۭا وَبِذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱلْجَارِ ذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْجَارِ ٱلْجُنُبِ وَٱلصَّاحِبِ بِٱلْجَنۢبِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ مَن كَانَ مُخْتَالًۭا فَخُورًا
Wa'budul laaha wa laa tushrikoo bihee shai'anw wa bilwaalidaini ihsaananw wa bizil qurbaa walyataamaa walmasaakeeni waljaari zilqurbaa waljaaril junubi wassaahibi biljambi wabnis sabeeli wa maa malakat aimaanukum; innal laaha laa yuhibbu man kaana mukhtaalan fakhooraa
Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qoʻshnilarga, yon qoʻshnilarga, yonboshdagi sohiblarga, koʻchada qolganlarga va qoʻlingizda mulk boʻlganlarga yaxshilik qilinglar. Albatta, Alloh oʻzini yuqori tutuvchilarni va odamlar ustidan faxr qiluvchilarni xush koʻrmas. [21]
[21] (Oilaviy-ijtimoiy masalalar, mol-mulk haqida, birovlarga yaxshilik qilish haqida bahs etuvchi oyat va jumlalar ichida ibodat va shirk keltirmaslik haqidagi ushbu jumlaning kelishi bejiz emas. Allohning Oʻzigagina ibodat qilish, Unga hech narsani shirk keltirmaslik — tavhiddir. Bandalar uchun Allohning tavhidi asosiy aqidadir. Tavhid har bir insondan talab etiladi. U Allohning bandalaridagi haqqidir. Oyatda tavhidga amr etilganidan soʻng, bir necha toifa kishilarga yaxshilik qilishga buyurilyapti.)
- 37
ٱلَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ ٱلنَّاسَ بِٱلْبُخْلِ وَيَكْتُمُونَ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ۗ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابًۭا مُّهِينًۭا
Allazeena yabkhaloona wa yaamuroonan naasa bilbukhli wa yaktumoona maaa aataahu mullaahu min fadlih; wa a'tadnaa lilkaafireena 'azaabam muheenaa
Ular baxillik qiladigan, odamlarni baxillikka buyuradigan va Alloh ularga Oʻz fazlidan bergan narsalarni berkitadiganlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlaganmiz.
- 38
وَٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ رِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَلَا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَلَا بِٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ ۗ وَمَن يَكُنِ ٱلشَّيْطَٰنُ لَهُۥ قَرِينًۭا فَسَآءَ قَرِينًۭا
Wallazeena yunfiqoona amwaalahum ri'aaa'an naasi wa laa yu'minoona billaahi wa laa bil Yawmil Aakhir; wa mai yakunish shaitaanu lahoo qareenan fasaaa'a qareenaa
Ular mollarini kishilar koʻrishi uchun sarflarlar. Hamda Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirmaslar. Kimning yaqini shayton boʻlsa, u qanday ham yomon yaqin!
- 39
وَمَاذَا عَلَيْهِمْ لَوْ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَأَنفَقُوا۟ مِمَّا رَزَقَهُمُ ٱللَّهُ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِهِمْ عَلِيمًا
Wa maazaa 'alaihim law aamanoo billaahi wal Yawmil Aakhiri wa anfaqoo mimmaa razaqahumul laah; wa kaanallaahu bihim Aaleemaa
Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsalar, Alloh ularga rizq qilib bergan narsadan nafaqa qilsalar, ularga nima zarar boʻladir? Alloh ularni yaxshi biluvchi Zotdir!
- 40
إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَظْلِمُ مِثْقَالَ ذَرَّةٍۢ ۖ وَإِن تَكُ حَسَنَةًۭ يُضَٰعِفْهَا وَيُؤْتِ مِن لَّدُنْهُ أَجْرًا عَظِيمًۭا
Innal laaha laa yazlimu misqaala zarratinw wa in taku hasanatany yudaa'ifhaa wa yu'ti mil ladunhu ajran 'azeemaa
Albatta, Alloh zarracha ham zulm qilmas. Agar yaxshilik boʻlsa, bir necha bor koʻpaytirur va Oʻz huzuridan ulugʻ ajr berur.
- 41
فَكَيْفَ إِذَا جِئْنَا مِن كُلِّ أُمَّةٍۭ بِشَهِيدٍۢ وَجِئْنَا بِكَ عَلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ شَهِيدًۭا
Fakaifa izaa ji'naa min kulli ummatim bishaheedinw wa ji'naabika 'alaa haaa'ulaaa 'i Shaheedan
Har bir ummatdan bir guvoh keltirib, seni ularning hammasiga guvoh etib keltirgan chogʻimizda hol qandoq boʻlur?! [22]
[22] (Bu oyatda qiyomat kunining vasfi kelmoqda. Qiyomat qoʻpganida, har bir ummatga oʻz paygʻambari guvoh etib olib kelinadi. Anbiyolar esa, ummatlari Allohning amriga yurganlari va yurmaganlari haqida adolatli guvohlik beradilar. Muhammad alayhissalom avvaldan oxirgacha hamma ummatlarga guvohlik beradilar. Ana oʻshanda u kishiga iymon keltirmaganlar, mutakabbir, faxrlanuvchi va baxillarning, odamlarni ham baxillikka buyurgan va Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlarni berkitganlarning holi nima boʻladi? Ular oʻzlari inkor etgan Xoliqning huzurida turibdilar, oʻzlari rad qilgan paygʻambar endi ularga guvohlik berishi, ular haqidagi bor haqiqatni Oliy Qozi huzurida aytishi kerak. Endi bu kofirlar, munofiqlarning holi ne kechadi? Qiyomat qoim boʻldi. Haqiqat yuzaga chiqdi.)
- 42
يَوْمَئِذٍۢ يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَعَصَوُا۟ ٱلرَّسُولَ لَوْ تُسَوَّىٰ بِهِمُ ٱلْأَرْضُ وَلَا يَكْتُمُونَ ٱللَّهَ حَدِيثًۭا
Yawma'iziny yawad dullazeena kafaroo wa'asawur Rasoola law tusawwaa bihimul ardu wa laa yaktumoonal laaha hadeesaa
Kufr keltirganlar va Rasulga isyon qilganlar oʻsha kunda yerga qorishib ketishni istarlar va Allohdan hech gapni yashira olmaslar.
- 43
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَقْرَبُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنتُمْ سُكَٰرَىٰ حَتَّىٰ تَعْلَمُوا۟ مَا تَقُولُونَ وَلَا جُنُبًا إِلَّا عَابِرِى سَبِيلٍ حَتَّىٰ تَغْتَسِلُوا۟ ۚ وَإِن كُنتُم مَّرْضَىٰٓ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَآءَ أَحَدٌۭ مِّنكُم مِّنَ ٱلْغَآئِطِ أَوْ لَٰمَسْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَلَمْ تَجِدُوا۟ مَآءًۭ فَتَيَمَّمُوا۟ صَعِيدًۭا طَيِّبًۭا فَٱمْسَحُوا۟ بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَفُوًّا غَفُورًا
yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa taqrabus Salaata wa antum sukaaraa hatta ta'lamoo ma taqooloona wa la junuban illaa 'aabiree sabeelin hatta taghtasiloo; wa in kuntum mardaaa aw 'alaa safarin aw jaaa'a ahadum minkum minal ghaaa'iti aw laamastumun nisaaa'a falam tajidoo maaa'an fatayam mamoo sa'eedan taiyiban famsahoo biwujoohikum wa aideekum; innal laaha kaana 'Afuwwan Ghafooraa
Ey, iymon keltirganlar! Mast holingizda — to aytayotgan gapingizni biladigan boʻlmaguningizcha — namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham, to gʻusl qilmaguningizcha. Magar yoʻldan oʻtuvchi boʻlsa, mayli. Agar bemor yoki safarda boʻlsangiz yoki sizdan biringiz tahoratxonadan kelsa yoxud ayollarga yaqinlashgan boʻlsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq-la tayammum qiling. Bas, yuzingizga va qoʻllaringizga masʼh torting. Albatta, Alloh afv etuvchi va magʻfirat qiluvchi Zotdir. [23]
[23] (Bu oyati karimada koʻpgina hukmlar mujassam topgandir. Shu bilan birga, aroqni harom qilish yoʻlida tatbiq qilingan choraning yana bir bosqichi hamdir. Tahorat va gʻuslga suv topilmasa, toza tuproq-la tayammum qilinadi. Shuningdek, suv tegishi bilan kasalligi kuchayib ketadigan bemorlarga ham tayammumga ruxsat. Yaʼni, tahorati yoʻq odam tahoratni niyat qilib tayammum qilsa, tahorat oʻrniga oʻtadi. Junub odam gʻuslni niyat qilib tayammum qilsa, gʻusl oʻrniga oʻtadi.)
- 44
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ نَصِيبًۭا مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ يَشْتَرُونَ ٱلضَّلَٰلَةَ وَيُرِيدُونَ أَن تَضِلُّوا۟ ٱلسَّبِيلَ
Alam tara ilal lazeena ootoo naseebam minal Kitaabi yashtaroonad dalaalata wa yureedoona an tadillus sabeel
Kitobdan nasiba berilganlarning zalolatni sotib olishlarini va siz yoʻldan adashishingizni istashlarini koʻrmaysizmi?
- 45
وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِأَعْدَآئِكُمْ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَلِيًّۭا وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ نَصِيرًۭا
Wallaahu a'lamu bi a'daaa'i-kum; wa kafaa billaahi waliyyanw wa kafaa billaahi naseera
Alloh sizning dushmanlaringizni biluvchi Zotdir. Valiylikka Allohning Oʻzi kifoya qilur. Nusrat beruvchilikka Allohning Oʻzi kifoya qilur.
- 46
مِّنَ ٱلَّذِينَ هَادُوا۟ يُحَرِّفُونَ ٱلْكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِۦ وَيَقُولُونَ سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَٱسْمَعْ غَيْرَ مُسْمَعٍۢ وَرَٰعِنَا لَيًّۢا بِأَلْسِنَتِهِمْ وَطَعْنًۭا فِى ٱلدِّينِ ۚ وَلَوْ أَنَّهُمْ قَالُوا۟ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَٱسْمَعْ وَٱنظُرْنَا لَكَانَ خَيْرًۭا لَّهُمْ وَأَقْوَمَ وَلَٰكِن لَّعَنَهُمُ ٱللَّهُ بِكُفْرِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُونَ إِلَّا قَلِيلًۭا
Minal lazeena haadoo yuharrifoonal Kalima 'am mawaadi'ihee wa yaqooloona sami'naa wa 'asainaa wasma' ghaira musma'inw wa raa'inaa laiyam bi alsinatihim wa ta'nan fiddeen; wa law annahum qaaloo sami'naa wa ata'naa wasma' wanzurnaa lakaana khairal lahum wa aqwama wa laakil la ''anahumul laahu bikufrihim falaa yu'minoona illaa qaleela
Yahudiy boʻlganlardan kalimalarni oʻz joyidan buzib oʻzgartiruvchilar bor. Ular tillarini burib va dinga taʼna yetkazib: «Eshitdik va isyon qildik, eshit, eshitmay qolgur va «Roina» derlar. Agar ular, eshitdik, va itoat qildik, eshit va bizga nazar sol, deganlarida, albatta, oʻzlariga yaxshi va toʻgʻri boʻlar edi. Lekin Alloh ularni kufrlari sababli laʼnatladi. Bas, ozginalaridan boshqalari iymon keltirmaslar. [24]
[24] (Yaʼni, yahudiylar razilona soʻz oʻyini qilishadi. Sirtdan chiroyli, odobli soʻzlarni aytgandek koʻrinishadi, ammo aslida tillarini burib, oʻsha soʻzlarning ikkinchi — yomon maʼnosini ifodalashadi. Misol uchun, Paygʻambarimiz alayhissalom bir gapni aytsalar, moʻmin-musulmonlar, eshitdik va itoat qildik, der edilar. Yahudiylar esa, eshitdik va isyon qildik, deyishadi. Sirtdan qaraganda, xuddi moʻminlarga oʻxshab javob berganga oʻxshashadi. Aslida esa, u kishini masxara qilmoqchi va dinga taʼna yetkazmoqchi boʻladilar.)
- 47
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ ءَامِنُوا۟ بِمَا نَزَّلْنَا مُصَدِّقًۭا لِّمَا مَعَكُم مِّن قَبْلِ أَن نَّطْمِسَ وُجُوهًۭا فَنَرُدَّهَا عَلَىٰٓ أَدْبَارِهَآ أَوْ نَلْعَنَهُمْ كَمَا لَعَنَّآ أَصْحَٰبَ ٱلسَّبْتِ ۚ وَكَانَ أَمْرُ ٱللَّهِ مَفْعُولًا
yaaa aiyuha lazeena ootu Kitaaba aaminoo bimaa nazzalnaa musadiqallimaa ma'akum min qabli an natmisa wujoohan fanaruddahaa 'alaaa adbaarihaaa aw nal'anahum kamaa la'annaaa Ashaabas Sabt; wa kaana amrul laahi maf'oolaa
Ey, kitob berilganlar! Yuzlarni buzib, orqalariga burmasimizdan yoxud ularni shanba odamlarini laʼnatlaganimizdek laʼnatlamasimizdan oldin, sizlardagi narsani tasdiqlovchi boʻlib kelgan narsaga iymon keltiring. Allohning ishi amalga oshgusidir. [25]
[25] (Yahudiylar shariati boʻyicha, shanba kuni ishlash, jumladan, baliq ovlash man qilingan edi. Ammo ular shumlik qilib, bu ilohiy amrni ham buzdilar. Alohida hovuzlar qazib, shanba kuni baliqlarni qamab olib, boshqa kunlari tutishdi. Shunda Allohning gʻazabi kelib, ularni maymun va toʻngʻizga aylantirdi.)
- 48
إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِۦ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَآءُ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَقَدِ ٱفْتَرَىٰٓ إِثْمًا عَظِيمًا
Innal laaha laa yaghfiru ai yushraka bihee wa yaghfiru maa doona zaalika limai yashaaa'; wa mai yushrik billaahi faqadif taraaa isman 'azeemaa
Albatta, Alloh Oʻziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechiradir. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, katta gunohni toʻqibdir.
- 49
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يُزَكُّونَ أَنفُسَهُم ۚ بَلِ ٱللَّهُ يُزَكِّى مَن يَشَآءُ وَلَا يُظْلَمُونَ فَتِيلًا
Alam tara ilal lazeena yuzakkoona anfusahum; balil laahu yuzakkee mai yashaaa'u wa laa yuzlamoona fateelaa
Oʻzlarini pok qilib koʻrsatayotganlarni koʻrmaysanmi?! Yoʻq! Alloh kimni xohlasa, shuni poklaydir. Va qilcha zulm qilinmaslar.
- 50
ٱنظُرْ كَيْفَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ ۖ وَكَفَىٰ بِهِۦٓ إِثْمًۭا مُّبِينًا
Unzur kaifa yaftaroona 'alal laahil kazib, wakafaa biheee ismamm mubeenaa
Ularning Allohga yolgʻon toʻqishini koʻrmaysanmi?! Shuning oʻzi ham ochiq-oydin gunohlikka yetarlidir.
- 51
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ نَصِيبًۭا مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ يُؤْمِنُونَ بِٱلْجِبْتِ وَٱلطَّٰغُوتِ وَيَقُولُونَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ هَٰٓؤُلَآءِ أَهْدَىٰ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ سَبِيلًا
Alam tara ilal lazeena 'ootoo naseebam minal kitaabi yu'minoona bil Jibti wat Taaghooti wa yaqooloona lillazeena kafaroo haaa ulaaa'i ahdaa minal lazeena aamanoo sabeelaa
Kitobdan nasibador boʻlganlarning botilga va togʻutga iymon keltirishlarini va kufr keltirganlarni (koʻrsatib): «Anavilar, iymon keltirganlardan koʻra hidoyatliroq yoʻldalar», deyishlarini koʻrmaysanmi?! [26]
[26] (Bu oyati karimada yahudiylar endi «Kitobdan nasibador boʻlganlar», deb tavsiflanmoqda. Biz «botil» deb tarjima qilgan soʻz oyatda «jibt» deb kelgan. Arab tilida jibt — but, sanam, folbin va sehrgarga oʻxshash narsalarga ishlatiladi. «Togʻut» esa — Allohning shariatidan boshqa shariat va Allohning shariatiga asoslanmagan hukmdir. Ushbu oyati karimada Alloh taolo yahudiylarni jibt va togʻutga iymon keltirganlar, deb vasf qilmoqda.)
- 52
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَمَن يَلْعَنِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ نَصِيرًا
Ulaaa'ikal lazeena la'ana humul laahu wa mai yal'anil laahu falan tajida lahoo naseeraa
Ana oʻshalarni Alloh laʼnatlagandir. Kimni Alloh laʼnatlasa, unga hech nusratchi topolmassan.
- 53
أَمْ لَهُمْ نَصِيبٌۭ مِّنَ ٱلْمُلْكِ فَإِذًۭا لَّا يُؤْتُونَ ٱلنَّاسَ نَقِيرًا
Am lahum naseebum minal mulki fa izal laa yu'toonan naasa naqeeraa
Yoki ular mulkdan nasibadorlar-u, shunday taqdirda undan odamlarga zigʻircha ham bermaslarmi?!
- 54
أَمْ يَحْسُدُونَ ٱلنَّاسَ عَلَىٰ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ۖ فَقَدْ ءَاتَيْنَآ ءَالَ إِبْرَٰهِيمَ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَءَاتَيْنَٰهُم مُّلْكًا عَظِيمًۭا
Am yahsudoonan naasa 'alaa maaa aataahumul laahu min fadlihee faqad aatainaaa Aala Ibraaheemal Kitaaba wal Hikmata wa aatainaahum mulkan 'azeemaa
Yoki Alloh odamlarga Oʻz fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi? Batahqiq, Ibrohim oilasiga kitobni, hikmatni va ulugʻ mulkni berganmiz-ku?!
- 55
فَمِنْهُم مَّنْ ءَامَنَ بِهِۦ وَمِنْهُم مَّن صَدَّ عَنْهُ ۚ وَكَفَىٰ بِجَهَنَّمَ سَعِيرًا
Faminhum man aamana bihee wa minhum man sadda 'anh; wa kafaa bi Jahannama sa'eeraa
Bas, ularning ichida u(Muhammad)ga iymon keltirganlar ham bor, undan yuz oʻgirib kufr keltirganlar ham bor. Jahannam kuydirish azobiga kifoya qilur.
- 56
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا سَوْفَ نُصْلِيهِمْ نَارًۭا كُلَّمَا نَضِجَتْ جُلُودُهُم بَدَّلْنَٰهُمْ جُلُودًا غَيْرَهَا لِيَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَزِيزًا حَكِيمًۭا
Innal lazeena kafaroo bi Aayaatinaa sawfa nusleehim Naaran kullamaa nadijat julooduhum baddalnaahum juloodan ghairahaa liyazooqul 'azaab; innallaaha kaana 'Azeezan Hakeemaa
Oyatlarimizga kufr keltirganlarni, albatta, doʻzaxga kiritarmiz. Qachonki, terilari yetib pishganda, azobni tortishlari uchun boshqa teri almashtirarmiz. Albatta, Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.
- 57
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَنُدْخِلُهُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۖ لَّهُمْ فِيهَآ أَزْوَٰجٌۭ مُّطَهَّرَةٌۭ ۖ وَنُدْخِلُهُمْ ظِلًّۭا ظَلِيلًا
Wallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati sanud khiluum jannaatin tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaaa abadaa, lahum feehaaa azwaajum mutahharatun wa nudkhiluhum zillan zaleelaa
Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni, albatta, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritarmiz. Unda abadiy, boqiy qolurlar. Unda ularga pokiza juftlar bor. Va ularni quyuq soyalarga kiritarmiz. [27]
[27] (Ushbu oyatda zikr etilgan saodatmand kishilar mazkur ulugʻ neʼmatga Allohning fazli ila, iymonlari va solih amallari tufayli erishadilar.)
- 58
۞ إِنَّ ٱللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَن تُؤَدُّوا۟ ٱلْأَمَٰنَٰتِ إِلَىٰٓ أَهْلِهَا وَإِذَا حَكَمْتُم بَيْنَ ٱلنَّاسِ أَن تَحْكُمُوا۟ بِٱلْعَدْلِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ نِعِمَّا يَعِظُكُم بِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ سَمِيعًۢا بَصِيرًۭا
Innal laaha yaamurukum an tu'addul amaanaati ilaaa ahlihaa wa izaa hakamtum bainan naasi an tahkumoo bil 'adl; innal laaha yaamurukum an tu'addul amaanaati ilaaa ahlihaa wa izaa hakamtum bainan naasi an tahkumoo bil 'adl; innal laaha ni'immaa ya'izukum bih; innal laaha kaana Samee'am Baseera
Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni oʻz ahliga erishtirishni va agar odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat ila hukm qilishni amr qilur. Alloh sizlarga qanday ham yaxshi vaʼz qilur! Albatta, Alloh eshituvchi va koʻruvchi Zotdir. [28]
[28] (Omonatni turlari koʻpdir. Jumladan, ulamolarimiz Allohni bandaga yuklagan omonatlari bor, namoz, roʻza, zakot, kafforot va nazrlar ham omonatdir, deydilar. Shuningdek, bandalarning bandalardagi turli haqlari ham omonat hisoblanadi. Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom hadislaridan birida: «Birov senga bir kalima aytib, soʻngra atrofga qarab qoʻysa, bilginki, shu soʻz omonatdir», deganlar. Eng buyuk omonat esa, iymon omonatidir. Hadisi sharifda Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom quyidagilarni aytadilar: «Shahidlik omonatdan boshqa hamma gunohlarni yuvib yuboradi. Qiyomat kuni, agar Allohning yoʻlida qatl etilgan boʻlsa ham, odamni keltirib, omonatni ado qil, deyiladi. U esa: «Qanday qilib uni ado etaman, axir dunyo tugadi-ku!» deydi. Shunda unga omonat jahannamning qaʼridan koʻrinadi. U tushib yelkasiga koʻtarib chiqadi. Endi chiqay deganda, yelkasidan tushib ketadi. U ham omonatni izidan tushadi. Shu holat abadiy ravishda davom etadi», deganlar.)
- 59
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ وَأُو۟لِى ٱلْأَمْرِ مِنكُمْ ۖ فَإِن تَنَٰزَعْتُمْ فِى شَىْءٍۢ فَرُدُّوهُ إِلَى ٱللَّهِ وَٱلرَّسُولِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌۭ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلًا
Yaaa aiyuhal lazeena aamanooo atee'ul laaha wa atee'ur Rasoola wa ulil amri minkum fa in tanaaza'tum fee shai'in faruddoohu ilal laahi war Rasooli in kuntum tu'minoona billaahi wal yawmil Aakhir; zaalika khairunw wa ahsanu taaweelaa
Ey, iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Paygʻambarga va oʻzingizdan boʻlgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Alloh va oxirat kuniga iymon keltirgan boʻlsangiz, uni Allohga va Paygʻambarga qaytaring. Ana shunday qilish xayrli va oqibati yaxshidir.
- 60
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ ءَامَنُوا۟ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَن يَتَحَاكَمُوٓا۟ إِلَى ٱلطَّٰغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوٓا۟ أَن يَكْفُرُوا۟ بِهِۦ وَيُرِيدُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَن يُضِلَّهُمْ ضَلَٰلًۢا بَعِيدًۭا
Alam tara ilal lazeena yaz'umoona annahum aarmanoo bimaa unzilaa ilaika wa maaa unzila min qablika yureedoona ai yatahaakamooo ilat Taaghooti wa qad umirooo ai yakfuroo bih, wa yureedush Shaitaanu ai yudillahum dalaalam ba'eedaa
Senga nozil boʻlgan narsaga va sendan oldin nozil boʻlgan narsaga iymon keltirganlarini daʼvo qilayotganlarni koʻrmaysanmi?! Togʻutdan hukm soʻrab borishni istarlar. Holbuki, unga kufr keltirishga buyurilganlar. Shayton esa, ularni yoʻldan butunlay adashtirishni istaydir. [29]
[29] (Avval ham aytilganidek, togʻut — Allohning iznisiz boʻlgan hukmidir. Munofiqlar ham Allohning hukmini istamaydilar, shuning uchun ham togʻutdan hukm soʻrab boradilar. Nima boʻlsa boʻlsin, Allohning hukmi boʻlmasa, bas. Har qanday togʻutning hukmini istayveradilar. Bu ishni bilmasdan, koʻr-koʻrona qilmaydilar, balki ularga bayon kelgan. Munofiqlar togʻutga kufr keltirishga buyurilganlar. Demak, ular bilib turib qilmoqdalar. Shuning uchun ham ularning iymon haqidagi daʼvolari botil. Ular, aslida, shaytonning yoʻliga kirganlar.)
- 61
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا۟ إِلَىٰ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَإِلَى ٱلرَّسُولِ رَأَيْتَ ٱلْمُنَٰفِقِينَ يَصُدُّونَ عَنكَ صُدُودًۭا
Wa izaa qeela lahum ta'aalaw ilaa maaa anzalallaahu wa ilar Rasooli ra aital munaafiqeena yasuddoona 'anka sudoodaa
Agar ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va Paygʻambar huzuriga kelinglar», deyilsa, munofiqlar sendan tamoman yuz oʻgirganlarini koʻrursan.
- 62
فَكَيْفَ إِذَآ أَصَٰبَتْهُم مُّصِيبَةٌۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ثُمَّ جَآءُوكَ يَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ إِنْ أَرَدْنَآ إِلَّآ إِحْسَٰنًۭا وَتَوْفِيقًا
Fakaifa izaaa asaabathum museebatum summa jaaa'ooka yahlifoona billaahi in aradnaaa illaaa ihsaananw wa tawfeeqaa
Endi, qilgan narsalari tufayli ularga musiybat yetgandan soʻng, senga kelib, Alloh ila qasam ichib: «Biz faqat yaxshilik va tavfiqni xohlagan edik», deyishlari qanday boʻldi?
- 63
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يَعْلَمُ ٱللَّهُ مَا فِى قُلُوبِهِمْ فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَعِظْهُمْ وَقُل لَّهُمْ فِىٓ أَنفُسِهِمْ قَوْلًۢا بَلِيغًۭا
Ulaaa'ikal lazeena ya'la mullaahu maa fee quloobihim fa a'rid 'anhum wa 'izhum wa qul lahum feee anfusihim qawlam baleeghaa
Ana oʻshalarning qalblaridagini Alloh biladir. Bas, ularning qilganidan yuz oʻgir! Ularga vaʼz qil! Yolgʻiz oʻzlariga yetkazib soʻzla!
- 64
وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن رَّسُولٍ إِلَّا لِيُطَاعَ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ وَلَوْ أَنَّهُمْ إِذ ظَّلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ جَآءُوكَ فَٱسْتَغْفَرُوا۟ ٱللَّهَ وَٱسْتَغْفَرَ لَهُمُ ٱلرَّسُولُ لَوَجَدُوا۟ ٱللَّهَ تَوَّابًۭا رَّحِيمًۭا
Wa maa arsalnaa mir Rasoolin illaa liyutaa'a bi iznil laah; wa law annahum 'iz zalamooo anfusahum jaaa'ooka fastaghfarul laaha wastaghfara lahumur Rasoolu la wajadul laaha Tawwaabar Raheemaa
Qaysi bir Paygʻambarni yuborgan boʻlsak, Allohning izni ila faqat itoat qilinishi uchun yuborganmiz. Agar ular oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan chogʻlarida huzuringga kelib, Allohga istigʻfor aytganlarida va Paygʻambar ham ular uchun istigʻfor aytganida edi, albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va rahimli Zot ekanini topgan boʻlur edilar.
- 65
فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّىٰ يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا۟ فِىٓ أَنفُسِهِمْ حَرَجًۭا مِّمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا۟ تَسْلِيمًۭا
Falaa wa Rabbika laa yu'minoona hattaa yuhakkimooka fe emaa shajara bainahum summa laa yajidoo fee anfusihim harajam mimmaa qadaita wa yusal limoo tasleemaa
Yoʻq, Robbingga qasamki, seni oʻz oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha, keyin, chiqargan hukmingga dillarida tanglik topmasdan, butunlay taslim boʻlmagunlaricha, zinhor moʻmin boʻla olmaslar! [30]
[30] (Demak, iymonning, moʻminlikning bir sharti — har bir narsada Paygʻambarni alayhissalotu vassalom, yaʼni Islom dinini hakam qilib olish zarurligidir. Moʻmin-musulmonman degan odam, moʻmin-musulmonmiz degan jamiyat oʻzining har bir ishini Islomning hukmi ila olib borishi kerak. Shu bilan birga, ushbu hukmga ham ichidan toʻla rozi, ham sirtidan butunlay taslim boʻlishi kerak. Bu haqiqatni Alloh taolo qasam bilan taʼkidlab aytmoqda. Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom ham oʻz hadislaridan birida: «Mening jonim qudrat qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, havoyu nafsi men keltirgan narsaga tobeʼ boʻlmaguncha, birorta odam moʻmin boʻla olmaydi», deganlar.)
- 66
وَلَوْ أَنَّا كَتَبْنَا عَلَيْهِمْ أَنِ ٱقْتُلُوٓا۟ أَنفُسَكُمْ أَوِ ٱخْرُجُوا۟ مِن دِيَٰرِكُم مَّا فَعَلُوهُ إِلَّا قَلِيلٌۭ مِّنْهُمْ ۖ وَلَوْ أَنَّهُمْ فَعَلُوا۟ مَا يُوعَظُونَ بِهِۦ لَكَانَ خَيْرًۭا لَّهُمْ وَأَشَدَّ تَثْبِيتًۭا
Wa law annaa katabnaa 'alaihim aniq tulooo anfusakum awikh rujoo min diyaarikum maa fa'aloohu illaa qaleelum minhum wa law annahum fa'aloo maa yoo'azoona bihee lakaana khairal lahum wa ashadda tasbeetaa
Agar Biz ularga, oʻzlaringizni oʻldiring yoki oʻzingizni diyorlaringizdan chiqaring, deb farz qilganimizda, ozginalaridan boshqasi buni qilmas edilar. Ular oʻzlariga vaʼz qilingan narsalarni qilganlarida edi, oʻzlariga yaxshi va sabotlari mustahkam boʻlar edi.
- 67
وَإِذًۭا لَّءَاتَيْنَٰهُم مِّن لَّدُنَّآ أَجْرًا عَظِيمًۭا
Wa izal la aatainaahum mil ladunnaaa ajran 'azeemaa
U holda, Biz ham ularga Oʻz huzurimizdan ulugʻ ajr bergan boʻlur edik.
- 68
وَلَهَدَيْنَٰهُمْ صِرَٰطًۭا مُّسْتَقِيمًۭا
Wa lahadainaahum Siraatam mustaqeemaa
Va ularni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur edik. [31]
[31] (Darhaqiqat, Alloh bandalarini shunday bir ishga buyurganida nima qila olar edik? Zotan u har qanday ishni amr etishga haqlidir. Chunki, yaratgan Parvardigor ularga faqat yaxshilikni ravo koʻradi. Hech qachon bandalariga yomonlikni sogʻinmaydi. Bandalar uning aytganlarini qilganlarida, ham oʻzlariga yaxshi boʻlar, ham iymonlari sobit, mustahkam boʻlar edi. Odamlar Allohning buyruqlariga javoban Islomga toʻliq amal qilganlarida edi, Alloh taolo ularga ulugʻ ajrni — jannatni bergan boʻlur edi. Ularni hidoyatga boshlagan, toʻgʻri yoʻlga solgan boʻlur edi.)
- 69
وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ فَأُو۟لَٰٓئِكَ مَعَ ٱلَّذِينَ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مِّنَ ٱلنَّبِيِّۦنَ وَٱلصِّدِّيقِينَ وَٱلشُّهَدَآءِ وَٱلصَّٰلِحِينَ ۚ وَحَسُنَ أُو۟لَٰٓئِكَ رَفِيقًۭا
Wa many-yuti'il laaha war Rasoola fa ulaaa'ika ma'al lazeena an'amal laahu 'alaihim minan nabiyyeena wassiddeeqeena washshuhadaaa'i wassaaliheen; wa hasuna ulaaa'ika rafeeqaa
Kim Allohga va Rasulga itoat qilsa, bas, ana oʻshalar Alloh neʼmat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar. Va ular qanday ham yaxshi rafiq (hamroh)lardir!
- 70
ذَٰلِكَ ٱلْفَضْلُ مِنَ ٱللَّهِ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ عَلِيمًۭا
Zaalikal fadlu minal laah; wa kafaa billaahi 'Aleemaa
Bu — Allohdan boʻlgan fazldir va bilguvchilikda Allohning Oʻzi kifoya qilur.
- 71
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ خُذُوا۟ حِذْرَكُمْ فَٱنفِرُوا۟ ثُبَاتٍ أَوِ ٱنفِرُوا۟ جَمِيعًۭا
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo khuzoo hizrakum fanfiroo subaain awin firoo jamee'aa
Ey, iymon keltirganlar! Oʻzingizni hushyor tuting va guruh-guruh boʻlib qoʻzgʻaling yoki toʻp holingizda qoʻzgʻaling! [32]
[32] (Avval ham taʼkidlaganimizdek, kofirlarning bir xususiyatlari borki, ular oʻzaro bir-birlari bilan urushsalar ham, musulmonlarga qarshi birlashib dushmanlik qiladilar. Shuning uchun musulmonlar doimo hushyor turishlari shart. Vaqt-soati kelib, mabodo qoʻzgʻalish kerak boʻlib qolsa, Allohning amriga binoan yoki guruh-guruh boʻlib, yoki toʻp hollarida qoʻzgʻaladilar. Ushbu oyatdagi amrlar Alloh taolo Qurʼoni Karimda moʻmin-musulmonlarga faqat namoz, roʻza yoki axloq va odobga buyuribgina qolmay, boshqa narsalarga, jumladan, urushni qanday olib borishni ham oʻrgatadi. Bu haqiqat sobit haqiqatdir.)
- 72
وَإِنَّ مِنكُمْ لَمَن لَّيُبَطِّئَنَّ فَإِنْ أَصَٰبَتْكُم مُّصِيبَةٌۭ قَالَ قَدْ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَىَّ إِذْ لَمْ أَكُن مَّعَهُمْ شَهِيدًۭا
Wa inna minkum lamal la yubatti'anna fa in asaabatkum museebatun qaala qad an'amal laahu 'alaiya iz lam akum ma'ahum shaheeda
Albatta, ichingizda ortda qoladiganlar ham bor. Agar sizga musiybat yetsa, u: «Alloh Oʻzi menga neʼmat berdi, yaxshiyamki, ular bilan birga hozir boʻlmaganim», deydi. [33]
[33] (Yaʼni, dushmanga qarshi safarbarlik eʼlon qilinganda qoʻzgʻalmay ortda qoladiganlar ham boʻladiki, ular munofiqlardir. Munofiqqa baribir, oʻzini har maqomga moslab, har qanday safsatani bahona qilaveradi.)
- 73
وَلَئِنْ أَصَٰبَكُمْ فَضْلٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ لَيَقُولَنَّ كَأَن لَّمْ تَكُنۢ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُۥ مَوَدَّةٌۭ يَٰلَيْتَنِى كُنتُ مَعَهُمْ فَأَفُوزَ فَوْزًا عَظِيمًۭا
Wa la'in asaabakum fadlum minal laahi la yaqoolanna ka al lam takum bainakum wa bainahoo mawaddatuny yaa laitanee kuntu ma'ahum fa afooza fawzan 'azeemaa
Agar sizga Allohdan fazl yetsa, xuddi siz bilan uning orasida doʻstlik boʻlmagandek, «Qani endi, men ham ular bilan boʻlganimda, ulugʻ zafar qozonar edim», deydi.
- 74
۞ فَلْيُقَٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ يَشْرُونَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا بِٱلْءَاخِرَةِ ۚ وَمَن يُقَٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيُقْتَلْ أَوْ يَغْلِبْ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًۭا
Falyuqaatil fee sabeelil laahil lazeena yashroonal hayaatad dunyaa bil Aakhirah; wa many-uqaatil fee sabeelil laahi fa yuqtal aw yaghlib fasawfa nu'teehi ajran 'azeemaa
Oxirat uchun bu dunyo hayotini sotadiganlar Allohning yoʻlida jang qilsinlar. Kim Allohning yoʻlida jang qilib oʻldirilsa yoki gʻolib kelsa, Biz unga, albatta, ulugʻ ajrni berurmiz.
- 75
وَمَا لَكُمْ لَا تُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلْوِلْدَٰنِ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَخْرِجْنَا مِنْ هَٰذِهِ ٱلْقَرْيَةِ ٱلظَّالِمِ أَهْلُهَا وَٱجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيًّۭا وَٱجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا
Wa maa lakum laa tuqaatiloona fee sabeelil laahi walmustad'afeena minar rijaali wannisaaa'i walwildaanil lazeena yaqooloona Rabbanaaa akhrijnaa min haazihil qaryatiz zaalimi ahluhaa waj'al lanaa mil ladunka waliyanw waj'al lanaa mil ladunka naseeraa
Nima uchun Allohning yoʻlida va: «Ey Robbimiz, bizni ahli zolim shahardan chiqargin, bizga Oʻz tomoningdan doʻst ato qilgin va Oʻz tomoningdan nusratchi ato qilgin» deyayotgan zaifhol erkagu ayol va bolalar yoʻlida jang qilmaysizlar?! [34]
[34] (Xususan, mazkur zaifhol erkagu ayollar va bolalar aholisi zolim boʻlgan shaharda tutqun boʻlsalar. Dinu diyonatlari uchun azob-uqubatga duchor qilinayotgan boʻlsalar. Musulmonlar faqat shunday oliy maqsad yoʻlida jang qiladilar. Ularga boshqacha urushning keragi yoʻq.)
- 76
ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱلطَّٰغُوتِ فَقَٰتِلُوٓا۟ أَوْلِيَآءَ ٱلشَّيْطَٰنِ ۖ إِنَّ كَيْدَ ٱلشَّيْطَٰنِ كَانَ ضَعِيفًا
Allazeena aamanoo yuqaatiloona fee sabeelil laahi wallazeena kafaroo yuqaatiloona fee sabeelit Taaghoot faqaatiloo awliyaaa'ash Shaitaan; inna kaidash Shairaani kaana da'eefa
Iymon keltirganlar Allohning yoʻlida jang qilurlar. Kufr keltirganlar togʻutning yoʻlida jang qilurlar. Bas, shaytonning doʻstlariga qarshi jang qiling. Albatta, shaytonning hiylasi zaifdir.
- 77
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ قِيلَ لَهُمْ كُفُّوٓا۟ أَيْدِيَكُمْ وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيْهِمُ ٱلْقِتَالُ إِذَا فَرِيقٌۭ مِّنْهُمْ يَخْشَوْنَ ٱلنَّاسَ كَخَشْيَةِ ٱللَّهِ أَوْ أَشَدَّ خَشْيَةًۭ ۚ وَقَالُوا۟ رَبَّنَا لِمَ كَتَبْتَ عَلَيْنَا ٱلْقِتَالَ لَوْلَآ أَخَّرْتَنَآ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ قَرِيبٍۢ ۗ قُلْ مَتَٰعُ ٱلدُّنْيَا قَلِيلٌۭ وَٱلْءَاخِرَةُ خَيْرٌۭ لِّمَنِ ٱتَّقَىٰ وَلَا تُظْلَمُونَ فَتِيلًا
Alam tara ilal lazeena qeela lahum kuffooo aidiyakum wa aqeemus Salaata w aaatuz Zakaata falammaa kutiba 'alaihimul qitaalu izaa fareequm minhum yakhshawnnan naasa kakhashyatil laahi aw ashadda khashyah; wa qaaloo Rabbanaa lima katabta 'alainal qitaala law laaa akhkhartanaa ilaaa ajalin qareeb; qul mataa'ud dunyaa qaleelunw wal Aakhiratu khairul limanit taqaa wa laa tuzlamoona fateelaa
Qoʻlingizni tiying, namoz oʻqib, zakot bering, deb aytilgan kimsalarni koʻrmaysanmi?! Ularga urush farz qilinganda, birdan, bir guruhlari odamlardan xuddi Allohdan qoʻrqqandek yoki undan ham qattiqroq qoʻrqishmoqda. Va: «Ey Robbimiz, bizga urushni nega farz qilding, biroz ortga surib tursang boʻlmasmidi?!» demoqdalar. «Dunyoning matohi oz, oxirat esa, taqvo qilganlarga yaxshidir. Va qilchalik zulm qilinmassizlar», deb ayt.
- 78
أَيْنَمَا تَكُونُوا۟ يُدْرِككُّمُ ٱلْمَوْتُ وَلَوْ كُنتُمْ فِى بُرُوجٍۢ مُّشَيَّدَةٍۢ ۗ وَإِن تُصِبْهُمْ حَسَنَةٌۭ يَقُولُوا۟ هَٰذِهِۦ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌۭ يَقُولُوا۟ هَٰذِهِۦ مِنْ عِندِكَ ۚ قُلْ كُلٌّۭ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ ۖ فَمَالِ هَٰٓؤُلَآءِ ٱلْقَوْمِ لَا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ حَدِيثًۭا
Ainamaa takoonoo yudrikkumul mawtu wa law kuntum fee buroojim mushai yadah; wa in tusibhum hasanatuny yaqooloo haazihee min indil laahi wa in tusibhum saiyi'atuny yaqooloo haazihee min 'indik; qul kullum min 'indillaahi famaa lihaaa 'ulaaa'il qawmi laa yakkaadoona yafqahoona hadeesaa
Qayerda boʻlsangiz ham, hattoki mustahkam qalʼalarda boʻlsangiz ham, oʻlim sizni topadir. Agar ularga yaxshilik yetsa, bu Allohdan, derlar. Yomonlik yetganda esa, bu sendan, derlar. «Hammasi Allohdan», deb ayt! Anavi qavmlarga nima boʻldiki, gapni tushunay demaslar?!
- 79
مَّآ أَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍۢ فَمِنَ ٱللَّهِ ۖ وَمَآ أَصَابَكَ مِن سَيِّئَةٍۢ فَمِن نَّفْسِكَ ۚ وَأَرْسَلْنَٰكَ لِلنَّاسِ رَسُولًۭا ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًۭا
Maaa asaabaka min hasanatin faminal laahi wa maaa asaaabaka min saiyi'atin famin nafsik; wa arsalnaaka linnaasi Rasoolaa; wa kafaa billaahi Shaheedaa
Senga yetgan yaxshilik Allohdandir. Va senga yetgan yomonlik nafsingdandir. Biz seni odamlarga Paygʻambar qilib yubordik. Shohidlikka Allohning Oʻzi kifoya qilur. [35]
[35] (Bu oyatda yana bir haqiqatning bayoni kelmoqda. Inson Alloh koʻrsatgan yoʻldan yursa, yaxshilikni qilib, yomonlikdan qaytsa, Alloh taolo uni qoʻllab-quvvatlaydi va zafarga erishtiradi. Bu holda inson Alloh koʻrsatgan yoʻldan yurdi, Uning shariatiga amal qildi, Uning madadi ila faoliyat koʻrsatdi, u koʻrsatgan yaxshilikni qildi va yomonlikdan chetlandi. Natijada yaxshilikka erishdi. Albatta, bu yaxshilik Allohdandir. Ammo inson Allohning yoʻlidan yurmasa, U bergan aqlni toʻgʻrilikcha ishlatmasa, Uning shariatiga amal qilmasa, buyurgan yaxshiligini bajarmasa, qaytargan yomonlikdan qaytmasa, oʻzidan koʻrsin — oqibat, albatta, yomon boʻladi. Bu yomonlikka uning oʻzi sababchidir. Sening vazifang paygʻambarlik — elchilik qilish. Odamlarga yaxshilik yoki yomonlik yetkazish emas. Bir narsani bor yoki yoʻq qilish Allohning qoʻlida. Hammasiga Allohning Oʻzi shohid. Shohidlikka esa, Allohning Oʻzi kifoya qilur.)
- 80
مَّن يُطِعِ ٱلرَّسُولَ فَقَدْ أَطَاعَ ٱللَّهَ ۖ وَمَن تَوَلَّىٰ فَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًۭا
Man yuti'ir Rasoola faqad ataa'al laaha wa man tawallaa famaaa arsalnaaka 'alaihim hafeezaa
Kim Paygʻambarga itoat qilsa, Allohga itoat qilgan boʻlur. Kim yuz oʻgirsa, Biz seni ularga qoʻriqchi qilib yuborganimiz yoʻq.
- 81
وَيَقُولُونَ طَاعَةٌۭ فَإِذَا بَرَزُوا۟ مِنْ عِندِكَ بَيَّتَ طَآئِفَةٌۭ مِّنْهُمْ غَيْرَ ٱلَّذِى تَقُولُ ۖ وَٱللَّهُ يَكْتُبُ مَا يُبَيِّتُونَ ۖ فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا
Wa yaqooloona taa'antun fa izaa barazoo min 'indika baiyata taaa'ifatum minhum ghairal lazee taqoolu wallaahu yaktubu maa yubaiyitoona faa'rid 'anhum wa tawakkal 'alal laah; wa kafaa billaahi Wakeelaa
Ular, itoat, derlar. Huzuringdan chiqqach esa, bir toifalari aytganingdan boshqaga xufyona til biriktirarlar. Alloh xufyona til biriktirgan narsalarini yozib qoʻyadir. Bas, ulardan yuz oʻgir va Allohga tavakkal qil. Vakillikka Allohning Oʻzi kifoya qilur. [36]
[36] (Oyati karima «Ular» deb aytayotgan kishilar — munofiqlardir. Ularga Qurʼon oyatlarini oʻqib bersalar, Allohning amrlarini yetkazsalar, qisqa qilib «itoat», deyishadi. «Itoat»dan boshqa niyat yoʻq, deb koʻrsatmoqchi boʻlishadi. Aslida esa, maqsadlari boshqa, shuning uchun ham, Paygʻambar alayhissalomning huzurlaridan chiqishganidan soʻng «itoat»ni unutib, boshqacha ish tutishadi.)
- 82
أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ ٱلْقُرْءَانَ ۚ وَلَوْ كَانَ مِنْ عِندِ غَيْرِ ٱللَّهِ لَوَجَدُوا۟ فِيهِ ٱخْتِلَٰفًۭا كَثِيرًۭا
Afalaa yatadabbaroonal Qur'aan; wa law kaana min 'indi ghairil laahi la wajadoo fee hikh tilaafan kaseeraa
Qurʼonni tadabbur etib koʻrmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqaning huzuridan boʻlganida, undan koʻp ixtiloflar topar edilar. [37]
[37] (Qurʼonga murojaat etib, uni tadabbur qilib koʻrgan odam haqiqatni anglab yetadi. U ilohiy kitobdir, uning ilohiyligini tadabbur qilgan odam buni darhol anglaydi. Chunki Qurʼonni jiddiy oʻrganishga kirishgan odam unda hech qanday ziddiyat yoʻqligini payqaydi.)
- 83
وَإِذَا جَآءَهُمْ أَمْرٌۭ مِّنَ ٱلْأَمْنِ أَوِ ٱلْخَوْفِ أَذَاعُوا۟ بِهِۦ ۖ وَلَوْ رَدُّوهُ إِلَى ٱلرَّسُولِ وَإِلَىٰٓ أُو۟لِى ٱلْأَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ ٱلَّذِينَ يَسْتَنۢبِطُونَهُۥ مِنْهُمْ ۗ وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ لَٱتَّبَعْتُمُ ٱلشَّيْطَٰنَ إِلَّا قَلِيلًۭا
Wa izaa jaaa'ahum amrum minal amni awil kkhawfi azaa'oo bihee wa law raddoohu ilar Rasooli wa ilaaa ulil amri minhum la'alimahul lazeena yastambitoonahoo minhum; wa law laa fadlul laahi 'alaikum wa rahmatuhoo lattaba'tumush Shaitaana illaa qaleelaa
Qachonki ularga eminlik yoki haq toʻgʻrisida bir ish — xabar yetsa, uni taraturlar. Agar uni Paygʻambarga va oʻzlaridan boʻlgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar. Allohning fazli va marhamati boʻlmaganda, ozginangizdan boshqangiz shaytonga ergashib ketar edingiz.
- 84
فَقَٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ لَا تُكَلَّفُ إِلَّا نَفْسَكَ ۚ وَحَرِّضِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۖ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَكُفَّ بَأْسَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ وَٱللَّهُ أَشَدُّ بَأْسًۭا وَأَشَدُّ تَنكِيلًۭا
Faqaatil fee sabeelil laahi laa tukallafu illa nafsaka wa harridil mu'mineena 'asallaahu ai yakuffa baasallazeena kafaroo; wallaahu ashaddu baasanw wa ashaaddu tanakeelaa
Allohning yoʻlida jang qil! Oʻzingdan boshqadan masʼul qilinmassan. Moʻminlarni qiziqtir. Shoyadki, Alloh kufr keltirganlarning shiddatini dafʼ qilsa. Alloh shiddati qattiq va azobi ortiq Zotdir.
- 85
مَّن يَشْفَعْ شَفَٰعَةً حَسَنَةًۭ يَكُن لَّهُۥ نَصِيبٌۭ مِّنْهَا ۖ وَمَن يَشْفَعْ شَفَٰعَةًۭ سَيِّئَةًۭ يَكُن لَّهُۥ كِفْلٌۭ مِّنْهَا ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ مُّقِيتًۭا
Mai yashfa' shafaa'atan hasanatay yakul lahoo naseebum minhaa wa mai yashfa' shafaa'tan saiyi'atanny-yakul lahoo kiflum minhaa; wa kaanal laahu 'alaa kulli shai'im Muqeetaa
Kim yaxshi shafoat qilsa, undan oʻz nasibasi boʻlur. Kim yomon shafoat qilsa, undan oʻz nasibasi boʻlur. Alloh har bir narsaning bahosini beruvchi Zotdir. [38]
[38] (Arab tilida «shafoat» soʻzi bizda tanilgan maʼnodan koʻra kengroq maʼnoda ishlatiladi. Birovni boshqalar oldida oqlash uchun qilingan saʼy-harakat va gap-soʻz ham shafoat hisoblanadi. Inchunin, qoralash uchun qilingani ham. Shuningdek, bu ishning yaxshiligini tushuntirish uchun targʻib qilish, unga qiziqtirish yaxshi shafoat, oʻsha ishni yomon deb tushuntirish esa, yomon shafoat hisoblanadi.)
- 86
وَإِذَا حُيِّيتُم بِتَحِيَّةٍۢ فَحَيُّوا۟ بِأَحْسَنَ مِنْهَآ أَوْ رُدُّوهَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ حَسِيبًا
Wa izaa huyyeetum bitahiy yatin fahaiyoo bi ahsana minhaaa aw ruddoohaa; innal laaha kaana 'alaa kulli shai'in Haseeba
Qachonki sizga bir salomlashish ila salom berilsa, siz undan koʻra yaxshiroq alik oling yoki xuddi oʻzidek javob bering. Albatta, Alloh har bir narsaning hisobini oluvchi Zotdir. [39]
[39] (Islomdagi salomlashish eng goʻzal va eng maʼnoli salomlashishdir. Islomda tanigangayu tanimaganga salom berish sunnatdir. Salomga alik olish esa, vojibdir.)
- 87
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۗ وَمَنْ أَصْدَقُ مِنَ ٱللَّهِ حَدِيثًۭا
Allaahu laaa ilaaha illaa huwa la yajma'annakum ilaa Yawmil Qiyaamati laa raiba feeh; wa man asdaqu mminallaahi hadeesaa
Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. U sizlarni qoim boʻlishida hech shubha yoʻq qiyomat kuni albatta jamlaydir. Kim Allohdan koʻra rostgoʻyroq?!
- 88
۞ فَمَا لَكُمْ فِى ٱلْمُنَٰفِقِينَ فِئَتَيْنِ وَٱللَّهُ أَرْكَسَهُم بِمَا كَسَبُوٓا۟ ۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَهْدُوا۟ مَنْ أَضَلَّ ٱللَّهُ ۖ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ سَبِيلًۭا
Famaa lakum filmuna afiqeena fi'ataini wallaahu arkasahum bimaa kasaboo; atureedoona an tahdoo man adallal laahu wa mmai yudlilil laahu falan tajida lahoo sabeelaa
Sizga nima boʻldiki, munofiqlar haqida ikkiga boʻlinasizlar?! Holbuki, Alloh ularni rasvo qilib qoʻydi-ku. Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyat qilmoqchi boʻlasizlarmi?! Alloh kimni adashtirgan boʻlsa, unga yoʻl topa olmassan. [40]
[40] (Imom Ahmad ibn Hanbal qilgan rivoyatda Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Uhud jangiga chiqqanlarida, u kishi bilan chiqqanlardan baʼzilari orqaga qaytib ketdilar. Sahobalar oʻsha orqaga qaytganlarga munosabatda ikkiga boʻlindilar. Birlari ularni oʻldiramiz, deyishsa, boshqalari, yoʻq, ular moʻminlar, ularni oʻldirmaymiz, deyishdi. Shunda Alloh taolo: «Sizga nima boʻldiki, munofiqlar haqida ikkiga boʻlinasizlar?» oyatini nozil qildi. Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom: «Albatta, bu oyat poklovchidir. Bosqon temirning zangini ketkazganidek, zanglarni ketkazadi», dedilar.)
- 89
وَدُّوا۟ لَوْ تَكْفُرُونَ كَمَا كَفَرُوا۟ فَتَكُونُونَ سَوَآءًۭ ۖ فَلَا تَتَّخِذُوا۟ مِنْهُمْ أَوْلِيَآءَ حَتَّىٰ يُهَاجِرُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَخُذُوهُمْ وَٱقْتُلُوهُمْ حَيْثُ وَجَدتُّمُوهُمْ ۖ وَلَا تَتَّخِذُوا۟ مِنْهُمْ وَلِيًّۭا وَلَا نَصِيرًا
Wadoo law takfuroona kamaa kafaroo fatakoonoona sawaaa'an falaa tattakhizoo minhum awliyaaa'a hattaa yuhaajiroo fee sabeelil laah; fa in tawallaw fa khuzoohum waqtuloohum haisu wajat tumoohum wa laa tattakhizoo minhum waliyyanw wa laa naseeraa
Ular siz ham xuddi oʻzlaridek kofir boʻlib, ularga tenglashishingizni xohlarlar. Toki Alloh yoʻlida hijrat qilmagunlaricha, ulardan doʻst tutmang. Agar yuz oʻgirib ketsalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, oʻldiring. Ulardan doʻst ham, yordamchi ham tutmang.
- 90
إِلَّا ٱلَّذِينَ يَصِلُونَ إِلَىٰ قَوْمٍۭ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَٰقٌ أَوْ جَآءُوكُمْ حَصِرَتْ صُدُورُهُمْ أَن يُقَٰتِلُوكُمْ أَوْ يُقَٰتِلُوا۟ قَوْمَهُمْ ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَسَلَّطَهُمْ عَلَيْكُمْ فَلَقَٰتَلُوكُمْ ۚ فَإِنِ ٱعْتَزَلُوكُمْ فَلَمْ يُقَٰتِلُوكُمْ وَأَلْقَوْا۟ إِلَيْكُمُ ٱلسَّلَمَ فَمَا جَعَلَ ٱللَّهُ لَكُمْ عَلَيْهِمْ سَبِيلًۭا
Illal lazeena yasiloona ilaa qawmim binakum wa bainahum meesaaqun aw jaaa'ookum hasirat sudooruhum ai yuqaatilookum aw yuqaatiloo qawmahum, wa law shaaa'al laahu lasallatahum 'alaikum falaqaatalookum; fa ini' tazalookum falam yuqaatilookum wa alqaw ilaikumus salama famaa ja'alal laahu lakum 'alaihim sabeelaa
Magar siz bilan orasida ahdnoma bor qavmga yetib borsalar yoki sizlar bilan ham, oʻz qavmlari bilan ham urushish koʻngillariga sigʻmasdan huzuringizga kelsalar, mayli. Alloh xohlaganida, ularni sizdan ustun qilib qoʻyardi va ular sizlarga qarshi urush qilardilar. Agar sizdan chetlansalar va siz bilan urushmasdan, tinchlikni taklif qilsalar, Alloh sizlarga ularning ziddiga yoʻl bermas.
- 91
سَتَجِدُونَ ءَاخَرِينَ يُرِيدُونَ أَن يَأْمَنُوكُمْ وَيَأْمَنُوا۟ قَوْمَهُمْ كُلَّ مَا رُدُّوٓا۟ إِلَى ٱلْفِتْنَةِ أُرْكِسُوا۟ فِيهَا ۚ فَإِن لَّمْ يَعْتَزِلُوكُمْ وَيُلْقُوٓا۟ إِلَيْكُمُ ٱلسَّلَمَ وَيَكُفُّوٓا۟ أَيْدِيَهُمْ فَخُذُوهُمْ وَٱقْتُلُوهُمْ حَيْثُ ثَقِفْتُمُوهُمْ ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكُمْ جَعَلْنَا لَكُمْ عَلَيْهِمْ سُلْطَٰنًۭا مُّبِينًۭا
Satajidoona aakhareena yureedoona ai yaamanookum wa yaamanoo qawmahum kullamaa ruddooo ilal itnati urkisoo feehaa; fa il lam ya'tazilookum wa yulqooo ilai kumus salama wa yakuffooo aidiyahum fakhuzoohum waqtuloohum haisu saqif tumoohum; wa ulaaa'ikum ja'alnaa lakum 'alaihim sultaanam mubeenaa
Sizdan ham, oʻz qavmlaridan ham omonda boʻlishni xohlaydigan, fitnaga qaytarilgan chogʻlarida unga shoʻngʻiydigan boshqa birovlarni ham koʻrasizlar. Agar sizdan chetlanmasalar, sizga tinchlikni taklif qilmasalar va qoʻllarini tiymasalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, oʻldiring. Ana oʻshandaylar ustidan sizga ochiq haq berdik. [41]
[41] (Ibn Jarir Mujohiddan rivoyat qilishicha, bu oyati karima makkalik bir qavm haqida nozil boʻlgan. Ular Paygʻambar alayhissalomning huzurlariga kelib, riyo uchun musulmonliklarini bildirishardi. Soʻngra qurayshliklar oldiga borib, ular bilan birga butlariga ibodat qilishar edi. Shu yoʻl bilan ikki tomondan ham omon qolmoqchi boʻlishar edi. Demak, ularga ishonib boʻlmaydi. Modomiki ular musulmonlarga yomonlik qilishdan chetlanmasalar, tinchlikni taklif qilmasalar va ulardan qoʻllarini tiymasalar, ularni asir olish, topgan joyda oʻldirish kerak. Bunga Allohning Oʻzi ruxsat bermoqda. Bularning hammasi musulmonlarning munofiqlar bilan boʻladigan munosabatlari haqidagi hukmlardir.)
- 92
وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ أَن يَقْتُلَ مُؤْمِنًا إِلَّا خَطَـًۭٔا ۚ وَمَن قَتَلَ مُؤْمِنًا خَطَـًۭٔا فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍۢ مُّؤْمِنَةٍۢ وَدِيَةٌۭ مُّسَلَّمَةٌ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦٓ إِلَّآ أَن يَصَّدَّقُوا۟ ۚ فَإِن كَانَ مِن قَوْمٍ عَدُوٍّۢ لَّكُمْ وَهُوَ مُؤْمِنٌۭ فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍۢ مُّؤْمِنَةٍۢ ۖ وَإِن كَانَ مِن قَوْمٍۭ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَٰقٌۭ فَدِيَةٌۭ مُّسَلَّمَةٌ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ وَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍۢ مُّؤْمِنَةٍۢ ۖ فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ تَوْبَةًۭ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًۭا
Wa maa kaana limu'minin ai yaqtula mu'minan illaa khata'aa; waman qatala mu'minan khata'an fatabreeru raqabatim mu'minatinw wa diyatum mmusallamatun ilaaa ahliheee illaaa ai yassaddaqoo; fa in kaana min qawmin 'aduwwil lakum wa huwa mu'minun fatabreeru raqabatim mu'minah; wa in kaana min qawmim bainakum wa bainahum meesaaqun fadiyatum mmusallamatun ilaaa ahlihee wa tahreeru raqabatim mu'minatin famal lam yajid fa Siyaamu shahraini mutataabi'aini tawhatam minal laah; wa kaanal laahu 'Aleeman hakeemaa
Moʻmin moʻminni oʻldirmas. Magar bilmasdan qilishi mumkin. Kimki moʻminni bilmasdan oʻldirib qoʻysa, bas, unga moʻmin qulni ozod qilish va (oʻlganning) ahli kechirmasalar, xun berish vojib boʻlur. Agar u sizga dushman qavmdan boʻlib, oʻzi moʻmin boʻlsa, moʻmin qulni ozod qilish vojib boʻlur. Agar u siz bilan orasida ahdnomasi bor qavmdan boʻlsa, ahliga beriladigan xun va moʻmin qulni ozod qilish vojib boʻlur. Kim topmasa, Allohga tavba uchun ketma-ket ikki oy roʻza tutish vojib boʻlur. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
- 93
وَمَن يَقْتُلْ مُؤْمِنًۭا مُّتَعَمِّدًۭا فَجَزَآؤُهُۥ جَهَنَّمُ خَٰلِدًۭا فِيهَا وَغَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُۥ وَأَعَدَّ لَهُۥ عَذَابًا عَظِيمًۭا
Wa mai yaqtul mu'minammuta 'ammidan fajazaaa'uhoo Jahannamu khaalidan feehaa wa ghadibal laahu' alaihi wa la'anahoo wa a'adda lahoo 'azaaban 'azeemaa
Kim bir moʻminni qasdan oʻldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur. Unga Allohning gʻazabi va laʼnati yogʻilur. Va Alloh unga ulkan azobni tayyorlagandir. [42]
[42] (Moʻmin kishini qasddan oʻldirish shunchalik katta jinoyat va gunohki, uni qul ozod qilish bilan ham, xun toʻlash bilan ham yuvib boʻlmaydi. Moʻmin moʻminni qasddan oʻldirishi bir beayb jonga qoʻshib, iymondek ulugʻ neʼmat tufayli vujudga kelgan aqida qardoshligini ham oʻldirishdir. Shuning uchun ham qisqagina bir oyatda bu jinoyatchiga boshqa hech kimga tayin qilinmagan oliy jazolar — jahannamda abadiy qolish, Allohning gʻazabiga va laʼnatiga duchor boʻlish va U zot tayyorlab qoʻygan ulkan azob vaʼda qilinmoqda. Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom oʻz hadislaridan birida: «Bir musulmonning oʻldirilishi Allohning huzurida dunyoning zavolidan ham ogʻirroqdir», deganlar. Mazkur jazolar qasddan moʻmin odamni oʻldirganning oxiratidagi jazosidir. Ammo boshqa oyat va hadislardan kelib chiqib, unga bu dunyoda ham maʼlum jazolar belgilangan. Avvalo, qotil ustidan oʻldirilgan shaxsning valiyul amrlari hukmga ega boʻladilar. Ular xohlasalar, qotildan qasos olish maqsadida uni oʻldirishni talab qiladilar, xohlasalar kechib yuboradilar yoki xohlasalar kuchaytirilgan xun oladilar. Kuchaytirilgan xun esa, oʻttizta hiqqa, oʻttizta jazuʼa va qirqta xalufa tuyalardan iborat.)
- 94
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا ضَرَبْتُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَتَبَيَّنُوا۟ وَلَا تَقُولُوا۟ لِمَنْ أَلْقَىٰٓ إِلَيْكُمُ ٱلسَّلَٰمَ لَسْتَ مُؤْمِنًۭا تَبْتَغُونَ عَرَضَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا فَعِندَ ٱللَّهِ مَغَانِمُ كَثِيرَةٌۭ ۚ كَذَٰلِكَ كُنتُم مِّن قَبْلُ فَمَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْكُمْ فَتَبَيَّنُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًۭا
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo izaa darabtum fee sabeelil laahi fatabaiyanoo wa laa taqooloo liman alqaaa ilaikumus salaama lasta mu'minan tabtaghoona 'aradal hayaatid dunyaa fa'indal laahi maghaanimu kaseerah; kazaalika kuntum min qablu famannnal laahu 'alaikum fatabaiyanoo; innallaaha kaana bimaa ta'maloona Khabeeraa
Ey, iymon keltirganlar! Allohning yoʻlida jihodga chiqsangiz, aniqlab olinglar va sizga salom bergan kimsaga, moʻmin emassan, demanglar. Bu dunyo hayotining oʻtkinchi oʻljasini istaysizlar, Allohning huzurida esa, koʻplab oʻljalar bor. Avvallari siz ham shunday edingiz, Alloh sizga neʼmat berdi. Bas, aniqlab oling. Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. [43]
[43] (Ushbu oyati karimaning nozil boʻlish sababi haqida Imom Ahmad ibn Hanbal hazrati Abdulloh ibn Abbosdan roziyallohu anhumo rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi: «Bani Salim qabilasidan bir odam bir guruh sahobaning oldidan qoʻylarini boqib oʻtib qoldi va ularga salom berdi. Sahobalar: «Bizdan qoʻrqqanidan salom berdi, boʻlmasa, bermas edi», dedilar-da, uni oʻldirib qoʻylarini Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga haydab bordilar. Shunda Alloh taolo: «Ey iymon keltirganlar! Allohning yoʻlida jihodga chiqadigan boʻlsangiz, aniqlab olinglar...» oyatini nozil qildi.)
- 95
لَّا يَسْتَوِى ٱلْقَٰعِدُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ غَيْرُ أُو۟لِى ٱلضَّرَرِ وَٱلْمُجَٰهِدُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ ۚ فَضَّلَ ٱللَّهُ ٱلْمُجَٰهِدِينَ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ عَلَى ٱلْقَٰعِدِينَ دَرَجَةًۭ ۚ وَكُلًّۭا وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ وَفَضَّلَ ٱللَّهُ ٱلْمُجَٰهِدِينَ عَلَى ٱلْقَٰعِدِينَ أَجْرًا عَظِيمًۭا
Laa yastawil qaa'idoona Minal mu'mineena ghairu ulid darari walmujaahidoona fee sabeelil laahi bi amwaalihim wa anfusihim; faddalal laahul mujaahideena bi amwaalihim wa anfusihim; faddalal laahul mujaahideena bi am waalihim wa anfusihim 'alalqaa'ideena darajab; wa kullanw wa'adal laahul husnaa; wa faddalal laahul mujaahideena 'alal qaa'ideena ajran 'azeemaa
Moʻminlardan beshikast boʻla turib oʻtirib qolganlari bilan Allohning yoʻlida mollari va jonlari ila jihod qiluvchilari barobar boʻlmaslar. Alloh mollari va jonlari bilan jiddu jahd qiluvchilarning darajasini oʻtirib qoluvchilardan afzal qildi. Alloh hammaga yaxshilikni vaʼda qilgan. Alloh mujohidlarni oʻtirib qoluvchilardan ulugʻ ajr ila afzal qilgan.
- 96
دَرَجَٰتٍۢ مِّنْهُ وَمَغْفِرَةًۭ وَرَحْمَةًۭ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًۭا رَّحِيمًا
Darajaatim minhu wa maghfiratanw wa rahmah; wa kaanal laahu Ghafoorar Raheema
Oʻzidan boʻlgan darajalar ila, magʻfirat va rahmat ila (afzal qilgan). Va Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimli Zotdir.
- 97
إِنَّ ٱلَّذِينَ تَوَفَّىٰهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ ظَالِمِىٓ أَنفُسِهِمْ قَالُوا۟ فِيمَ كُنتُمْ ۖ قَالُوا۟ كُنَّا مُسْتَضْعَفِينَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ قَالُوٓا۟ أَلَمْ تَكُنْ أَرْضُ ٱللَّهِ وَٰسِعَةًۭ فَتُهَاجِرُوا۟ فِيهَا ۚ فَأُو۟لَٰٓئِكَ مَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَسَآءَتْ مَصِيرًا
Innal lazeena tawaffaa humul malaaa'ikatu zaalimeee anfusihim qaaloo feema kuntum qaaloo kunnaa mustad'afeena fil-ard; qaalooo alam takun ardul laahi waasi'atan fatuhaajiroo feehaa; fa ulaaa'ika maawaahum Jahannamu wa saaa'at maseeraa
Oʻziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: «Nima qilayotgan edinglar?» derlar. Ular: «Yer yuzida bechora edik», derlar. «Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz boʻlmasmidi?!» derlar. Ana oʻshalarning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy! [44]
[44] («Oʻziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlar», deb vasf qilingan kishilar maʼlum bir toifadir. Ular oʻzlarini boʻlmasa-da, molu mulklarini asrab qolish uchun, hijratning qiyinchiliklaridan qochib, kofirlar ichida qolib ketgan kishilardir. Ularni Alloh taolo «oʻziga zulm qiluvchilar», deb sifatlamoqda.)
- 98
إِلَّا ٱلْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلْوِلْدَٰنِ لَا يَسْتَطِيعُونَ حِيلَةًۭ وَلَا يَهْتَدُونَ سَبِيلًۭا
Illal mustad 'afeena minar rijaali wannisaaa'i walwildaani laa yastatee'oona heelatanw wa laa yahtadoona sabeela
Faqat erkaklar, ayollar va bolalardan iborat, biron choraga qodir boʻlmagan, yoʻlni topa olmagan bechoralargina bundan mustasno.
- 99
فَأُو۟لَٰٓئِكَ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَعْفُوَ عَنْهُمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَفُوًّا غَفُورًۭا
Fa ulaaa'ika 'asal laahu ai ya'fuwa 'anhum; wa kaanal laahu 'Afuwwan Ghafooraa
Ana oʻshalar, shoyadki, Alloh ularni afv etsa. Zotan, Alloh afv etuvchi va magʻfirat qiluvchi Zotdir.
- 100
۞ وَمَن يُهَاجِرْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ يَجِدْ فِى ٱلْأَرْضِ مُرَٰغَمًۭا كَثِيرًۭا وَسَعَةًۭ ۚ وَمَن يَخْرُجْ مِنۢ بَيْتِهِۦ مُهَاجِرًا إِلَى ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ثُمَّ يُدْرِكْهُ ٱلْمَوْتُ فَقَدْ وَقَعَ أَجْرُهُۥ عَلَى ٱللَّهِ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا
Wa mai yuhaajir fee sabeelil laahi yajid fil ardi mmuraaghaman kaseeranw wa sa'ah; wa mai yakhruj mim baitihee muhaajiran ilal laahi wa Rasoolihee summa yudrikhul mawtu faqad waqa'a ajruhoo 'alal laah; wa kaanal laahu Ghafoorar Raheemaa
Kim Allohning yoʻlida hijrat qilsa, yer yuzida koʻpgina panohgohlar va kengchilik topadir. Kim uyidan Alloh va Rasulga hijrat qilib chiqsa-yu, soʻngra unga oʻlim yetsa, albatta, uning ajri Alloh zimmasiga tushadir. Va Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimli Zotdir. [45]
[45] (Ushbu oyatda hijrat qilishga targʻib — qiziqtirish bor. Bu ulugʻ ishga kishilarni maʼnaviy jihatdan tayyorlash, koʻngillariga kelishi mumkin boʻlgan baʼzi xayollarni koʻtarish bor. Hijrat dinu diyonatni deb vatanni tark etishdir. Kishilar oʻzlaricha, vatandan uzoqda boʻlgan shaxs xavf-xatarda qoladi, rizqi roʻzi qiyiladi, degan fikrda boʻladilar. Bu esa, musulmonlikka hech toʻgʻri kelmaydigan notoʻgʻri fikrdir. Alloh taolo hech qachon Oʻzining yoʻlida hijrat qilgan bandasini chorasiz holda tashlab qoʻymaydi. Unga xavf-xatarlardan asraydigan panohgohlar ato qiladi va rizqini keng qilib qoʻyadi. Koʻpgina kishilar hijratdan keyin oliy darajalarga, keng rizqlarga erishgani tajribadan maʼlum. Odamlarni hijratdan toʻsib turadigan narsalardan biri oʻlimdan qoʻrqishdir. Aslida esa, avval oʻtgan oyatlarda taʼkidlanganidek, oʻlim joy tanlamaydi. Vaqti-soati yetganda, muhojir ham, muqim ham oʻlaveradi. Ammo u oʻlim bilan bu oʻlimning farqi bor. Muhojirlikda oʻlishning baxtiga nima yetsin!)
- 101
وَإِذَا ضَرَبْتُمْ فِى ٱلْأَرْضِ فَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَقْصُرُوا۟ مِنَ ٱلصَّلَوٰةِ إِنْ خِفْتُمْ أَن يَفْتِنَكُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱلْكَٰفِرِينَ كَانُوا۟ لَكُمْ عَدُوًّۭا مُّبِينًۭا
Wa izaa darabtum fil ardi falaisa 'alaikum junaahun an taqsuroo minas Salaati in khiftum ai yaftinakumul lazeena kafarooo; innal kaafireena kaanoo lakum aduwwam mubeenaa
Yer yuzida javlon urganingizda, kufr keltirganlar sizga fitna qilishidan xavf qilsangiz, namozni qasr qilib ado etmogʻingizda gunoh yoʻqdir. Albatta, kofirlar sizga ochiq dushmandirlar.
- 102
وَإِذَا كُنتَ فِيهِمْ فَأَقَمْتَ لَهُمُ ٱلصَّلَوٰةَ فَلْتَقُمْ طَآئِفَةٌۭ مِّنْهُم مَّعَكَ وَلْيَأْخُذُوٓا۟ أَسْلِحَتَهُمْ فَإِذَا سَجَدُوا۟ فَلْيَكُونُوا۟ مِن وَرَآئِكُمْ وَلْتَأْتِ طَآئِفَةٌ أُخْرَىٰ لَمْ يُصَلُّوا۟ فَلْيُصَلُّوا۟ مَعَكَ وَلْيَأْخُذُوا۟ حِذْرَهُمْ وَأَسْلِحَتَهُمْ ۗ وَدَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْ تَغْفُلُونَ عَنْ أَسْلِحَتِكُمْ وَأَمْتِعَتِكُمْ فَيَمِيلُونَ عَلَيْكُم مَّيْلَةًۭ وَٰحِدَةًۭ ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِن كَانَ بِكُمْ أَذًۭى مِّن مَّطَرٍ أَوْ كُنتُم مَّرْضَىٰٓ أَن تَضَعُوٓا۟ أَسْلِحَتَكُمْ ۖ وَخُذُوا۟ حِذْرَكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ أَعَدَّ لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابًۭا مُّهِينًۭا
Wa izaa kunta feehim fa aqamta lahumus Salaata faltaqum taaa'ifatum minhum ma'aka walyaakhuzooo aslihatahum fa izaa sajadoo fal yakoonoo minw waraaa'ikum waltaati taaa'ifatun ukhraa lam yusalloo falyusallo ma'aka walyaakhuzoo hizrahum wa aslihatahum; waddal lazeena kafaroo law taghfuloona 'anaslihatikum wa amti'atikum fa yameeloona 'alaikum mailatanw waahidah; wa laa junaaha 'alaikum in kaana bikum azam mimmatarin aw kuntum mmardaaa an tada'ooo aslihatakum wa khuzoo hizrakum; innal laaha a'adda lilkaafireena 'azaabam muheenaa
Ular ichida boʻlsang-u, namoz ado qilmoqchi boʻlsang, ulardan bir toifasi sen bilan tursin va silohlarini oʻzlari bilan olsinlar. Sajda qilganlaridan keyin orqangizga oʻtsinlar. Namoz oʻqimagan boshqa toifa kelib, sen bilan namoz oʻqisin. Ehtiyot boʻlib, silohlarini oʻzlari bilan olsinlar. Silohlaringiz va matohlaringizdan gʻofil boʻlsangiz, kufr keltirganlar ustingizdan birdan hamla qilishni istarlar. Yomgʻirdan ozor yetsa yoki bemor boʻlsangiz, silohlaringizni qoʻymogʻingizda gunoh yoʻqdir. Hushyor boʻlinglar! Albatta, Alloh kofirlarga xorlovchi azob tayyorlagandir. [46]
[46] (Ushbu oyati karima bilan tanishganda, namozga naqadar katta eʼtibor borligi darhol anglab yetiladi. Oʻylab koʻring-a: urush boʻlib tursa, har bir insonning hayoti qil ustida tursa-da, yana namoz oʻqishga amr boʻlsa! Urush paytida oʻqiladigan namoz «Xavf namozi», deb ataladi. Demak, jihodga chiqqan mujohidlar bu holda ikkiga boʻlinishadi. Bir toifalari imom bilan namoz oʻqiydi, ikkinchi toifa namoz oʻqimay, qoʻriqchilik qilib turadi. Imom birinchi toifa bilan birinchi rakaatni oʻqib boʻlgandan soʻng turib orqaga qoʻriqchilikka oʻtadi. Qoʻriqchilik qilib turgan ikkinchi toifa kelib imom bilan ikkinchi rakaatni oʻqiydi. Oyatda shu joygacha zikr etilgan. Namozning davomi Paygʻambarimiz alayhissalomning sunnatlarida kelgan. Ikkinchi rakaat tamom boʻlishi bilan imom salom beradi. Chunki u ikki rakaatni tamom oʻqidi. Keyin birinchi toifa kelib ikkinchi rakaatni har kim oʻzi oʻqib salom beradi. Ikkinchi rakaatni imom bilan oʻqigan va yana qorovullikka oʻtgan ikkinchi toifa birinchi toifadan keyin qolgan bir rakaat namozini yakka-yakka oʻqib salom beradi. Bunday namozni ado etish davomida musulmonlar hushyor boʻlishlari va silohlarini oʻzlari bilan birga tutishlari qayta-qayta tayinlanmoqda. Kofirlarning yomonliklaridan bexabar qolmanglar, deb ogohlantirilmoqda.)
- 103
فَإِذَا قَضَيْتُمُ ٱلصَّلَوٰةَ فَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ قِيَٰمًۭا وَقُعُودًۭا وَعَلَىٰ جُنُوبِكُمْ ۚ فَإِذَا ٱطْمَأْنَنتُمْ فَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ إِنَّ ٱلصَّلَوٰةَ كَانَتْ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ كِتَٰبًۭا مَّوْقُوتًۭا
Fa izaa qadaitumus Salaata fazkurul laaha qiyaamanw wa qu'oodanw wa 'alaa junoobikum; fa izat maanantum fa aqeemus Salaah; innas Salaata kaanat 'alal mu'mineena kitaabam mawqootaa
Namozni ado etganingizdan soʻng, Allohni turgan, oʻtirgan va yonboshlagan holingizda eslang. Xotirjam boʻlganingizda namozni toʻliq ado eting. Albatta, namoz moʻminlarga vaqtida farz qilingandir. [47]
[47] (Har vaqtda ham, har namozdan keyin ham Allohni zikir etish targʻib qilinadi. Ammo bu oyati karimada bu ish xavf namozidan keyin, ayniqsa, zarur ekani taʼkidlanmoqda. Oʻtirganda ham, turganda ham, yonboshlaganda ham, yaʼni hamma holatlarda Alloh taoloni zikr qilib, undan dushman bilan boʻladigan jangda gʻalaba-nusrat soʻraladi.)
- 104
وَلَا تَهِنُوا۟ فِى ٱبْتِغَآءِ ٱلْقَوْمِ ۖ إِن تَكُونُوا۟ تَأْلَمُونَ فَإِنَّهُمْ يَأْلَمُونَ كَمَا تَأْلَمُونَ ۖ وَتَرْجُونَ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا يَرْجُونَ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا
Wa laa tahinoo fibtighaaa'il qawmi in takoonoo taalamoona fa innahum yaalamoona kamaa taalamoona wa tarjoona minal laahi maa laa yarjoon; wa kaanal laahu 'Aleeman Hakeemaa
U qavmni quvishda boʻsh kelmang. Agar alam chekayotgan boʻlsangiz, ular ham siz alam chekayotganingizdek alam chekmoqdalar. Siz esa, Allohdan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasiz. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
- 105
إِنَّآ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ ٱلنَّاسِ بِمَآ أَرَىٰكَ ٱللَّهُ ۚ وَلَا تَكُن لِّلْخَآئِنِينَ خَصِيمًۭا
Innaaa anzalnaaa ilaikal Kitaaba bilhaqqi litahkuma bainan naasi bimaaa araakal laah; wa laa takul lilkhaaa'ineena khaseemaa
Albatta, Biz senga kitobni haq ila odamlar orasida senga Alloh koʻrsatganicha hukm qilishing uchun tushirdik. Sen xoinlarning yonini oluvchi boʻlma!
- 106
وَٱسْتَغْفِرِ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا
Wastaghfiril laaha innal laaha kaana Ghafoorar Raheema
Allohga istigʻfor ayt! Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.
- 107
وَلَا تُجَٰدِلْ عَنِ ٱلَّذِينَ يَخْتَانُونَ أَنفُسَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ مَن كَانَ خَوَّانًا أَثِيمًۭا
Wa laa tujaadil 'anil lazeena yakhtaanoona anfusahum; innal laaha laa yuhibbuman kaana khawwaanan aseemaa
Oʻz jonlariga xiyonat qiladiganlarni mudofaa qilma. Albatta, Alloh xiyonatchi va gunohkor boʻlgan kimsani xush koʻrmas. [48]
[48] (Alloh taolo bu oyatda Toʻma ibn Ubayraq va uning qarindoshlarini «oʻz jonlariga xiyonat qilganlar», deb vasf qilmoqda. Aslida, ular yahudiy shaxsga xiyonat qilgan, oʻgʻrilik aybini unga agʻdargan edilar. Lekin bu ishning yomonligi ularga qaytishi eʼtiboridan oʻzlariga xiyonat qilgan hisoblanadi. Oʻgʻrilik qilish — gunohkorlik, aybni nohaqdan birovga agʻdarish esa, xiyonatdir.)
- 108
يَسْتَخْفُونَ مِنَ ٱلنَّاسِ وَلَا يَسْتَخْفُونَ مِنَ ٱللَّهِ وَهُوَ مَعَهُمْ إِذْ يُبَيِّتُونَ مَا لَا يَرْضَىٰ مِنَ ٱلْقَوْلِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطًا
Yastakhfoona minannaasi wa laa yastakh foona minal laahi wa huwa ma'ahum iz yubaiyitoona maa laa yardaa minal qawl; wa kaanal laahu bimaa ya'maloona muheetaa
Odamlardan yashirarlar va Allohdan yashira olmaslar. Holbuki, U Oʻzi rozi boʻlmaydigan gapni xufyona kelishayotganlarida ham ular ila birgadir. Va Alloh ular qilayotgan amallarni ihota qiluvchi Zotdir.
- 109
هَٰٓأَنتُمْ هَٰٓؤُلَآءِ جَٰدَلْتُمْ عَنْهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا فَمَن يُجَٰدِلُ ٱللَّهَ عَنْهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ أَم مَّن يَكُونُ عَلَيْهِمْ وَكِيلًۭا
haaa antum haaa'ulaaa'i jaadaltum 'anhum fil hayaatid dunyaa famai yujaadilul laaha 'anhum Yawmal Qiyaamati am mai yakoonu 'alaihim wakeelaa
Hoy, sizlar! Bu hayoti dunyoda ularning yonini oldingiz. Qiyomat kunida Alloh oldida ularning yonini kim oladir yoki kim ularga vakil boʻladir?!
- 110
وَمَن يَعْمَلْ سُوٓءًا أَوْ يَظْلِمْ نَفْسَهُۥ ثُمَّ يَسْتَغْفِرِ ٱللَّهَ يَجِدِ ٱللَّهَ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا
Wa mai ya'mal sooo'an aw yazlim nafsahoo summa yastaghfiril laaha yajidil laaha Ghafoorar Raheemaa
Kim yomonlik qilsa yoki oʻziga zulm etsa, soʻngra Allohga istigʻfor aytsa, Allohni magʻfiratli va rahimli Zot topadir.
- 111
وَمَن يَكْسِبْ إِثْمًۭا فَإِنَّمَا يَكْسِبُهُۥ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًۭا
Wa mai yaksib isman fa innamaa yaksibuhoo 'alaa nafsih; wa kaanal laahu 'Aleeman hakeemaa
Kim gunoh qilsa, uni faqatgina oʻz zarariga qiladir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir. [49]
[49] (Birovning gunohi uchun boshqa birov javobgar boʻlmaydi. Har kim oʻz qilmishi uchun javobgar boʻladi. Alloh hamma narsani bilib turadi, jumladan, gunohkorlarning gunohlarini ham bilib turadi. Oʻsha bilishga binoan gunohkorni jazolashi uning har bir narsani hikmat bilan qilishligidandir.)
- 112
وَمَن يَكْسِبْ خَطِيٓـَٔةً أَوْ إِثْمًۭا ثُمَّ يَرْمِ بِهِۦ بَرِيٓـًۭٔا فَقَدِ ٱحْتَمَلَ بُهْتَٰنًۭا وَإِثْمًۭا مُّبِينًۭا
Wa mai yaksib khateee'atan aw isman summa yarmi bihee bareee'an faqadih tamala buhtaananw wa ismam mubeenaa
Kim xato yoki gunoh qilsa-yu, soʻngra uni beaybga agʻdarsa, shubhasiz, boʻhton va ochiq gunohni oʻz boʻyniga olibdir.
- 113
وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكَ وَرَحْمَتُهُۥ لَهَمَّت طَّآئِفَةٌۭ مِّنْهُمْ أَن يُضِلُّوكَ وَمَا يُضِلُّونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ ۖ وَمَا يَضُرُّونَكَ مِن شَىْءٍۢ ۚ وَأَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَعَلَّمَكَ مَا لَمْ تَكُن تَعْلَمُ ۚ وَكَانَ فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكَ عَظِيمًۭا
Wa law laa fadlul laahi 'alaika wa rahmatuhoo lahammat taaa'ifatum minhum ai yudillooka wa maa yudilloona illaaa anfusahum wa maa yadurroonaka min shai'; wa anzalal laahu 'alaikal Kitaaba wal Hikmata wa 'allamaka maa lam takun ta'lam; wa kaana fadlul laahi 'alaika 'azeemaa
Agar senga Allohning fazli va rahmati boʻlmaganida, ulardan bir toifasi seni adashtirishga uringan edilar. Ular faqat oʻzlarini adashtiradilar, xolos. Senga hech zarar yetkaza olmaslar. Alloh senga kitobni va hikmatni tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va senga Allohning fazli ulugʻ boʻldi. [50]
[50] (Yaʼni, Alloh taolo Oʻz fazli va marhamati ila oyatlar tushirib, haqiqatni bayon qilmaganida, Toʻma ibn Ubayraqning qavmi, uni odamlar oldida oqlashni talab qilib, aybni yahudiy shaxsga agʻdarib, Paygʻambarni adashtirishga urinib qolgan edilar. Ammo bu ishlari bilan ular oʻzlarini adashtiradilar, xolos. Har qancha urinsalar ham Paygʻambar alayhissalotu vassalomga zarar yetkaza olmaydilar. Alloh doimo Oʻz Paygʻambarini saqlaydi. Mazkur hodisada noqulaylikdan saqlab qolgani oʻziga xos fazlu karamdir. Lekin asosiy fazli va haqiqiy marhamati: «Alloh senga kitobni (Qurʼonni) va hikmatni (sunnatni) tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va (shu bilan) senga Allohning fazli ulugʻ boʻldi».)
- 114
۞ لَّا خَيْرَ فِى كَثِيرٍۢ مِّن نَّجْوَىٰهُمْ إِلَّا مَنْ أَمَرَ بِصَدَقَةٍ أَوْ مَعْرُوفٍ أَوْ إِصْلَٰحٍۭ بَيْنَ ٱلنَّاسِ ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ ٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِ ٱللَّهِ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًۭا
laa khaira fee kaseerim min najwaahum illaa man amara bisadaqatin aw ma'roofin aw islaahim bainan naas; wa mai yaf'al zaalikab tighaaa'a mardaatil laahi fa sawfa nu'teehi ajran 'azeemaa
Ularning koʻpgina maxfiy suhbatlarida yaxshilik yoʻq, magar kim sadaqaga, yaxshilikka va odamlar orasida islohga amr qilsagina, yaxshilik bor. Kim oʻsha ishni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga ulugʻ ajr berurmiz.
- 115
وَمَن يُشَاقِقِ ٱلرَّسُولَ مِنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُ ٱلْهُدَىٰ وَيَتَّبِعْ غَيْرَ سَبِيلِ ٱلْمُؤْمِنِينَ نُوَلِّهِۦ مَا تَوَلَّىٰ وَنُصْلِهِۦ جَهَنَّمَ ۖ وَسَآءَتْ مَصِيرًا
Wa mai yushaaqiqir Rasoola mim ba'di maa tabaiyana lahul hudaa wa tattabi' ghaira sabeelil mu'mineena nuwallihee ma tawallaa wa nuslihee Jahannama wa saaa'at maseeraa
Kim oʻziga hidoyat ravshan boʻlgandan keyin Paygʻambarga xilof qilsa va moʻminlarning yoʻlidan boshqa yoʻlga yursa, ketgan tomonga qoʻyib qoʻyamiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy! [51]
[51] (Bu oyati karimada Toʻma ibn Ubayraqning qarindoshlaridan Bashir ibn Ubayraqqa ishora qilinmoqda. U Bani Ubayraqni fosh qiluvchi oyatlar nozil boʻlganidan soʻng murtad boʻlib (dindan chiqib), mushriklarga qoʻshilib ketgan edi. Garchi ishora maʼlum bir shaxsga boʻlsa ham, hukm umumiydir. Kim Paygʻambar alayhissalotu vassalomga xilof qilsa, u kishining yoʻlidan boshqa yoʻlga yursa, kofir, mushrik va murtad boʻladi. Kim moʻminlarning yoʻlidan boshqa yoʻlni tanlasa, oʻsha yoʻlidan yuraversin, Alloh uni ketgan tomoniga yurgazib qoʻyaveradi. Ammo oxiri olib borib jahannamga kiritadi. Jahannam qanday joyligini esa, hamma biladi.)
- 116
إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِۦ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَآءُ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَٰلًۢا بَعِيدًا
Innal laaha laa yaghfiru ai yushraka bihee wayaghfiru maa doona zaalika limai yashaaa'; wa mai yushrik billaahi faqad dalla dalaalam ba'eedaa
Albatta, Alloh Oʻziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqani, kimni xohlasa, kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, qattiq adashgan boʻlur.
- 117
إِن يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦٓ إِلَّآ إِنَٰثًۭا وَإِن يَدْعُونَ إِلَّا شَيْطَٰنًۭا مَّرِيدًۭا
iny yad'oona min dooniheee illaaa inaasanw wa iny yad'oona illaa Shaitaanam mareedaa
Ular Undan boshqa faqat ayol sanamlarga ibodat qilurlar va faqat bebosh shaytonga ibodat qilurlar. [52]
[52] (Yaʼni, arab mushriklari Allohdan boshqa, faqat ayol-sanamlarga ibodat qiladilar. Johiliy arablarning buzuq eʼtiqodlari boʻyicha, farishtalar Allohning qizlari hisoblanar edi. Ular shuning uchun ham butlarini ayol kishi shaklida yasashar va ularga ayollarning ismini berishar edi.)
- 118
لَّعَنَهُ ٱللَّهُ ۘ وَقَالَ لَأَتَّخِذَنَّ مِنْ عِبَادِكَ نَصِيبًۭا مَّفْرُوضًۭا
La'anahul laah; wa qaala la attakhizanna min 'ibaadika naseebam mafroodaa
Alloh uni laʼnatladi. U esa: «Qasamki, bandalaringdan maʼlum nasibani olaman.
- 119
وَلَأُضِلَّنَّهُمْ وَلَأُمَنِّيَنَّهُمْ وَلَءَامُرَنَّهُمْ فَلَيُبَتِّكُنَّ ءَاذَانَ ٱلْأَنْعَٰمِ وَلَءَامُرَنَّهُمْ فَلَيُغَيِّرُنَّ خَلْقَ ٱللَّهِ ۚ وَمَن يَتَّخِذِ ٱلشَّيْطَٰنَ وَلِيًّۭا مِّن دُونِ ٱللَّهِ فَقَدْ خَسِرَ خُسْرَانًۭا مُّبِينًۭا
Wa la udillannahum wa la umanni yannnahum wa la aamurannahum fala yubat tikunna aazaanal lan'aami wa la aamurannahum fala yughai yirunna khalqal laah; wa mai yattakhizish Shaitaana waliyyam mmin doonil laahi faqad khasira khusraanam mubeena
Ularni adashtiraman, xomxayollariga solaman, ularga amr qilsam, chorvalarning quloqlarini kesarlar va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini oʻzgartirarlar», dedi. Kimki Allohni qoʻyib shaytonni doʻst tutsa, batahqiq, ochiq-oydin ziyonga uchraydir. [53]
[53] (Yaʼni, Alloh shaytonni laʼnatladi, Oʻz rahmatidan quvdi. Shayton esa, quvilayotgan paytda: «Qasamki, bandalaringdan maʼlum nasibani olaman», dedi. Meni shularning sababidan laʼnatlayapsan, men bulardan maʼlum miqdorni oʻz yoʻlimga chiqarib, kufr va isyonga chorlayman, dedi. Yaʼni, bandalaringni toʻgʻri yoʻldan — Sening yoʻlingdan adashtiraman va ularni xom xayollarga solaman — umrimiz uzun boʻladi, maza qilib yuramiz, qayta tirilish ham, hisob-kitob ham, qiyomat ham yoʻq, deb yuraveradigan qilib qoʻyaman, deydi.)
- 120
يَعِدُهُمْ وَيُمَنِّيهِمْ ۖ وَمَا يَعِدُهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ إِلَّا غُرُورًا
Ya'iduhum wa yuman neehim wa maa ya'iduhumush Shaitaanu illaa ghurooraa
U ularga vaʼda berur va xomxayollarga solur. Shayton ularga gʻururdan boshqa narsani vaʼda qilmas.
- 121
أُو۟لَٰٓئِكَ مَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ وَلَا يَجِدُونَ عَنْهَا مَحِيصًۭا
Ulaaa'ika maawaahum Jahannamu wa laa yajidoona 'anhaa maheesaa
Ana oʻshalarning joylari jahannamdir. Va undan qutulish yoʻlini topa olmaslar.
- 122
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَنُدْخِلُهُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقًّۭا ۚ وَمَنْ أَصْدَقُ مِنَ ٱللَّهِ قِيلًۭا
Wallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati sanud khiluhum Jannaatin tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaaa abadaa; wa'dal laahi haqqaa; wa man asdaqu minal laahi qeelaa
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiriturmiz. Unda abadiy — bardavom qolurlar. Allohning vaʼdasi haqdir. Allohdan rostgoʻyroq zot bormi? [54]
[54] (Bandaning jannatga kirishi uchun iymon va yaxshi amallar boʻlishi shart. Iymonsiz holda qilingan har qancha yaxshi amallarning foydasi boʻlmaydi. Iymoni boʻlib turib yaxshi amallarni qilgan bandalar faqat jannatga kirish bilan kifoyalanib qolmaydilar. Balki jannatda abadiy — bardavom qoladilar. Bu esa, shaytonning doʻstlari doʻzaxda abadiy — bardavom qolishlarining muqobiligadir.)
- 123
لَّيْسَ بِأَمَانِيِّكُمْ وَلَآ أَمَانِىِّ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ ۗ مَن يَعْمَلْ سُوٓءًۭا يُجْزَ بِهِۦ وَلَا يَجِدْ لَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيًّۭا وَلَا نَصِيرًۭا
Laisa bi amaaniyyikum wa laaa amaaniyyi Ahlil Kitaab; mai ya'mal sooo'ai yujza bihee wa laa yajid lahoo min doonil laahi waliyanw wa laa naseeraa
Sizlarning xomxayolingizcha ham emas, ahli kitoblarning xomxayolicha ham emas. Kim yomonlik qilsa, uning jazosini tortadir. Va oʻziga Allohdan oʻzga doʻst ham, yordamchi ham topa olmas.
- 124
وَمَن يَعْمَلْ مِنَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌۭ فَأُو۟لَٰٓئِكَ يَدْخُلُونَ ٱلْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ نَقِيرًۭا
Wa mai ya'mal minas saalihaati min zakarin aw unsaa wa huwa mu'minun fa ulaaa'ika yadkhuloonal Jannata wa laa yuzlamoona naqeeraa
Erkakmi, ayolmi — kim moʻmin boʻlgan holda yaxshiliklar qilsa, ana oʻshalar jannatga kirurlar va ularga qilcha ham zulm qilinmas. [55]
[55] (Yaxshi amallarning mukofotini berishda erkagu ayoldan barobar iymon shart qilinib qoʻyiladi. Iymon boʻlmasa, boʻlmaydi. Iymoni boʻlib turib, yaxshi amallarni qilgan har bir erkagu ayol, kim boʻlishidan qatʼiy nazar, jannatga kiradilar. Ularga bu dunyoda qilgan amallarining mukofotini qilicha ham qoldirilmay beriladi.)
- 125
وَمَنْ أَحْسَنُ دِينًۭا مِّمَّنْ أَسْلَمَ وَجْهَهُۥ لِلَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌۭ وَٱتَّبَعَ مِلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًۭا ۗ وَٱتَّخَذَ ٱللَّهُ إِبْرَٰهِيمَ خَلِيلًۭا
Wa man ahsanu deenam mimmman aslama wajhahoo lillaahi wa huwa muhsinunw wattaba'a Millata Ibraaheema haneefaa; wattakhazal laahu Ibraaheema khaleelaa
Yaxshilik qiluvchi boʻlgan holida yuzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning toʻgʻri diniga ergashgan kimsaning dinidan ham yaxshiroq din bormi? Va Alloh Ibrohimni doʻst tutgan edi. [56]
[56] (Ushbu oyatdagi savol bir narsani bilish uchun berilayotgan savol emas. Balki bor narsani iqror qilish uchun aytilayotgan tasdiq savolidir. Qilgan yaxshi amalning qabul boʻlishiga iymon qanchalik shart boʻlsa, ixlos ham (yaʼni, ishni Allohning roziligi uchun ixlos bilan ado etish) shunchalik shartdir. Ibrohim alayhissalomning millati — dini Islom edi. Alloh taolo boshqa oyatlarda ham bu haqiqatni bayon etgan. Demak, oyatda Islomdan oʻzga haqiqiy din yoʻq, deyilmoqda va bu dinga odamlarni yanada qiziqtirish uchun Ibrohim alayhissalomni Alloh taolo Oʻziga doʻst tutganini taʼkidlamoqda.)
- 126
وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍۢ مُّحِيطًۭا
Wa lillaahi maa fis samaawaati wa maa fil ard; wa kaanal laahu bikulli shai'im muheetaa
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohga xosdir va Alloh har bir narsani ihota qilgan Zotdir.
- 127
وَيَسْتَفْتُونَكَ فِى ٱلنِّسَآءِ ۖ قُلِ ٱللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِيهِنَّ وَمَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فِى ٱلْكِتَٰبِ فِى يَتَٰمَى ٱلنِّسَآءِ ٱلَّٰتِى لَا تُؤْتُونَهُنَّ مَا كُتِبَ لَهُنَّ وَتَرْغَبُونَ أَن تَنكِحُوهُنَّ وَٱلْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ ٱلْوِلْدَٰنِ وَأَن تَقُومُوا۟ لِلْيَتَٰمَىٰ بِٱلْقِسْطِ ۚ وَمَا تَفْعَلُوا۟ مِنْ خَيْرٍۢ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِهِۦ عَلِيمًۭا
Wa yastaftoonaka finnisaaa'i qulil laahu yufteekum feehinna wa maa yutlaa 'alaikum fil Kitaabi fee yataaman nisaaa'il laatee laa tu'toonahunna mmaa kutiba lahunnna wa targhaboona an tankihoohunna wal mustad'a feena minal wildaani wa an taqoomoo lilyataamaa bilqist; wa maa taf'aloo min khairin fa innal laaha kaana bihee 'Aleemaa
Sendan ayollar haqida fatvo soʻrarlar. «Alloh sizga ular haqida va kitobda tilovat qilinadigan, siz ularga tayin qilingan narsani bermay nikohiga ragʻbat qilganingiz ayollar haqida, zaifhol bolalar haqida va yetimlarga adolat qilmogʻingiz haqida fatvo beradir», deb ayt. Alloh qilgan har bir yaxshiligingizni biluvchi Zotdir.
- 128
وَإِنِ ٱمْرَأَةٌ خَافَتْ مِنۢ بَعْلِهَا نُشُوزًا أَوْ إِعْرَاضًۭا فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَآ أَن يُصْلِحَا بَيْنَهُمَا صُلْحًۭا ۚ وَٱلصُّلْحُ خَيْرٌۭ ۗ وَأُحْضِرَتِ ٱلْأَنفُسُ ٱلشُّحَّ ۚ وَإِن تُحْسِنُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًۭا
Wa inimra atun khaafat mim ba'lihaa nushoozan aw i'raadan falaa junaaha 'alaihi maaa ai yuslihaa bainahumaa sulhaa; wassulhu khair; wa uhdiratil anfusush shuhh; wa in tuhsinoo wa tattaqoo fa innal laaha kaana bimaa ta'maloona Khabeeraa
Agar ayol kishi oʻz eridan nafrat va yuz oʻgirish sodir boʻlishidan qoʻrqsa, ikkovlari oʻzaro sulhga kelishishlarida gunoh yoʻq. Sulh yaxshidir. Nafslar qizgʻanishga hozirdir. Agar yaxshilik va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardor Zotdir. [57]
[57] (Oilada turli sabablarga koʻra, erda xotiniga nisbatan nafrat paydo boʻlishi mumkin. Natijada er xotinidan ajralmoqchi yoki undan yuz oʻgirib, taloq ham qilmay, muomala qilmay tashlab qoʻymoqchi. Xotin eridan ajrashni xohlamasa, yarashishga urinadi. Erning nafratiga yoki yuz oʻgirishiga sabab boʻlgan ishlarni bartaraf etish bilan uni rozi qilib, ajralmay qolishga tirishadi. Jumladan, xotinidan nafratlanib, uni taloq qilmoqchi boʻlgan yoki yuz oʻgirib, tek tashlab qoʻymoqchi boʻlgan erkak oʻsha xotinning ajrashish istagi yoʻqligini bilgach, unga yaxshilik qilib, taqvo yuzasidan oʻzi bilan olib qolsa, yaxshi boʻladi. Alloh unga ajr va savob beradi.)
- 129
وَلَن تَسْتَطِيعُوٓا۟ أَن تَعْدِلُوا۟ بَيْنَ ٱلنِّسَآءِ وَلَوْ حَرَصْتُمْ ۖ فَلَا تَمِيلُوا۟ كُلَّ ٱلْمَيْلِ فَتَذَرُوهَا كَٱلْمُعَلَّقَةِ ۚ وَإِن تُصْلِحُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا
Wa lan tastatee'ooo an ta'diloo bainan nisaaa'i wa law harastum falaa tameeloo kullal maili fatazaroohaa kalmu'al laqah; wa in tuslihoo wa tattaqoo fa innal laaha kaana Ghafoorar Raheema
Agar rosa harakat qilsangiz ham, xotinlar oʻrtasida adolatli boʻla olmassizlar. Bir yoʻla moyil boʻlib ketib, (baʼzisini) muallaqqa oʻxshatib qoʻymang. Agar isloh va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir. [58]
[58] («Xotinlar oʻrtasida adolat» koʻp xotinli erning xotinlariga nisbatan qalbidagi muhabbati borasidadir. Yaʼni, koʻnglingizda muhabbati oʻrnashgan baʼzi xotiningizga bir yoʻla moyil boʻlib ketib, xotinlaringizning baʼzisini muallaq ayolga oʻxshatib qoʻymang. «Muallaq ayol» deb xotin boʻlib xotin emas, boshi ochiq boʻlib, boshi ochiq emas, arosat bir holda qolgan ayolga aytiladi. Bunday muallaqlik azob, shuning uchun oyati karima erni bu masalada adolatli boʻlishga chorlamoqda. Koʻp xotinli er yaxshi koʻrgan xotini bilan doimo birga boʻlib, boshqasini tark etsa, shariatga hech toʻgʻri kelmaydi.)
- 130
وَإِن يَتَفَرَّقَا يُغْنِ ٱللَّهُ كُلًّۭا مِّن سَعَتِهِۦ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ وَٰسِعًا حَكِيمًۭا
Wa iny-yatafarraqaa yughnil laahu kullam min sa'atih; wa kaanal laahu Waasi'an Hakeemaa
Agar ajrashsalar, Alloh Oʻz fazlidan har birini behojat qilur. Alloh fazli keng va hikmatli Zotdir.
- 131
وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَلَقَدْ وَصَّيْنَا ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِكُمْ وَإِيَّاكُمْ أَنِ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ وَإِن تَكْفُرُوا۟ فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَنِيًّا حَمِيدًۭا
Wa lillaahi maafis samaawaati wa maa fil ard; wa laqad wassainal lazeena ootul Kitaaba min qablikum wa iyyaakum anit taqul laah; wa intakfuroo fa inna lillaahi maa fis samaawaati wa maa fil ard; wa kaanal laahu Ghaniyyan hameedaa
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Batahqiq, Biz sizdan oldin kitob berilganlarga ham, sizga ham: «Allohga taqvo qilinglar», deb vasiyat qildik. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh behojat va maqtalgan Zotdir.
- 132
وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا
Wa lillaahi maa fis samaawaati wa maa fil ard; wa kafaa billaahi Wakeelaa
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Vakil boʻlishga Alloh kifoyadir.
- 133
إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ أَيُّهَا ٱلنَّاسُ وَيَأْتِ بِـَٔاخَرِينَ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ ذَٰلِكَ قَدِيرًۭا
Iny-yashaa yuzhibkum aiyuhan naasu wa yaati bi aakhareen; wa kaanal laahu 'alaa zaalika Qadeeraa
Agar U Zot xohlasa, ey odamlar, sizlarni ketkazib, boshqalarni keltirur. Va Alloh bunga qodir boʻlgan Zotdir. [59]
[59] (Agar Alloh xohlasa, bir zumda hamma odamlarni bu dunyodan yoʻq qilib, ularning oʻrniga Oʻziga iymon keltiradigan, aytganidan chiqmay yuradigan, yangi boshqa bir odamlarni keltirib oladi. Alloh bu ishga va bundan ham kattalariga qodirdir.)
- 134
مَّن كَانَ يُرِيدُ ثَوَابَ ٱلدُّنْيَا فَعِندَ ٱللَّهِ ثَوَابُ ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ سَمِيعًۢا بَصِيرًۭا
man kaana yureedu sawaabad dunyaa fa'indallaahi sawaabud dunyaa wal Aakhirah; wa kaanal laahu Samee'am Baseeraa
Kim bu dunyo savobini istasa, bilsinki, Allohning huzurida ham bu dunyoning, ham u dunyoning savobi bordir. Va Alloh eshituvchi va koʻruvchi Zotdir.
- 135
۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ كُونُوا۟ قَوَّٰمِينَ بِٱلْقِسْطِ شُهَدَآءَ لِلَّهِ وَلَوْ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمْ أَوِ ٱلْوَٰلِدَيْنِ وَٱلْأَقْرَبِينَ ۚ إِن يَكُنْ غَنِيًّا أَوْ فَقِيرًۭا فَٱللَّهُ أَوْلَىٰ بِهِمَا ۖ فَلَا تَتَّبِعُوا۟ ٱلْهَوَىٰٓ أَن تَعْدِلُوا۟ ۚ وَإِن تَلْوُۥٓا۟ أَوْ تُعْرِضُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًۭا
Yaa aiyuhal lazeena aamanoo koonoo qawwa ameena bilqisti shuhadaaa'a lillaahi wa law 'alaa anfusikum awil waalidaini wal aqrabeen iny yakun ghaniyyan aw faqeeran fallaahu awlaa bihimaa falaaa tattabi'ul hawaaa an ta'diloo; wa in talwooo aw tu'ridoo fa innal laaha kaana bimaa ta'maloona Khabeera
Ey, iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar oʻzingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga boʻlsa ham, Alloh uchun toʻgʻri guvohlik beruvchi boʻling. Agar u boy boʻlsa ham, kambagʻal boʻlsa ham, Alloh unga yaqinroqdir. Havoyi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz oʻgirib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. [60]
[60] (Demak, guvohlik Alloh uchun boʻlishi kerak. Boshqa narsa uchun emas. Biror shaxs uchun emas, qabila uchun emas, hizb yoki xalq uchun emas. Ana shundagina adolatli guvohlik boʻladi. Albatta, odamning oʻziga qarshi guvohlik berishi, ota-onasi yoki qarindosh-urugʻiga qarshi guvohlik berishi oson emas. Bu ish gapirishga oson, xolos. Lekin ilohiy taʼlimot shuni iroda qiladi. Ana shundagina haqiqiy adolat yuzaga chiqishi mumkin.)
- 136
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ ءَامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَٱلْكِتَٰبِ ٱلَّذِى نَزَّلَ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَٱلْكِتَٰبِ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ مِن قَبْلُ ۚ وَمَن يَكْفُرْ بِٱللَّهِ وَمَلَٰٓئِكَتِهِۦ وَكُتُبِهِۦ وَرُسُلِهِۦ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَٰلًۢا بَعِيدًا
Yaaa aiyuhal lazeena aamanooo aaminoo billaahi wa Rasoolihee wal Kitaabil lazee nazzala 'alaa Rasoolihee wal Kitaabil lazeee anzala min qabl; wa mai yakfur billaahi wa Malaaa'ikatihee wa Kutubihee wa Rusulihee wal Yawmil Aakhiri faqad dalla dalaalam ba'eedaa
Ey, iymon keltirganlar! Allohga, Uning Rasuliga, U Oʻz Rasuliga tushirgan kitobga va bundan oldin tushirgan kitobga iymon keltiring. Kim Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Paygʻambarlariga va oxirat kuniga kufr keltirsa, batahqiq, qattiq adashgan boʻladi.
- 137
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ثُمَّ كَفَرُوا۟ ثُمَّ ءَامَنُوا۟ ثُمَّ كَفَرُوا۟ ثُمَّ ٱزْدَادُوا۟ كُفْرًۭا لَّمْ يَكُنِ ٱللَّهُ لِيَغْفِرَ لَهُمْ وَلَا لِيَهْدِيَهُمْ سَبِيلًۢا
Innal lazeena aamanoo summa kafaroo summa aamanoo summa kafaroo summaz daado kufral lam yakunil laahu liyaghfira lahum wa laa liyahdiyahum sabeelaa
Albatta, iymon keltirganlaridan keyin kufr keltirganlar, soʻngra iymon keltirib yana kufrga ketgan va kufrida ziyoda boʻlganlarni Alloh magʻfirat qilmas va toʻgʻri yoʻlga hidoyat etmas. [61]
[61] (Iymon bilan kufr orasida borib-kelib, borib-kelib, oxiri kufrda ziyoda boʻlayotganlar — munofiqlardir. Agar inson kofir boʻlib yurib keyin iymonga kelsa, uning iymoni kofirligini yuvib ketadi. Iymonga kelgandan keyingi davrdan boshlab hisob-kitobi boshlanadi.)
- 138
بَشِّرِ ٱلْمُنَٰفِقِينَ بِأَنَّ لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا
Bashshiril munaafiqeena bi anna lahum 'azaaban aleemaa
Munofiqlarga ularga albatta alamli azob boʻlishining bashoratini ber.
- 139
ٱلَّذِينَ يَتَّخِذُونَ ٱلْكَٰفِرِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۚ أَيَبْتَغُونَ عِندَهُمُ ٱلْعِزَّةَ فَإِنَّ ٱلْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًۭا
Allazeena yattakhizoo nal kaafireena awliyaaa'a min doonil mu'mineen; a-yabta ghoona 'indahumul 'izzata fainnnal 'izzata lillaahi jamee'aa
Ular moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutadiganlardir. Ularning oldida izzat, kuch-qudrat izlaydilarmi? Albatta, izzat, kuch-qudratning barchasi Allohning huzuridadir.
- 140
وَقَدْ نَزَّلَ عَلَيْكُمْ فِى ٱلْكِتَٰبِ أَنْ إِذَا سَمِعْتُمْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ يُكْفَرُ بِهَا وَيُسْتَهْزَأُ بِهَا فَلَا تَقْعُدُوا۟ مَعَهُمْ حَتَّىٰ يَخُوضُوا۟ فِى حَدِيثٍ غَيْرِهِۦٓ ۚ إِنَّكُمْ إِذًۭا مِّثْلُهُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ جَامِعُ ٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱلْكَٰفِرِينَ فِى جَهَنَّمَ جَمِيعًا
Wa qad nazzala 'alaikum fil Kitaabi an izaa sami'tum Aayaatil laahi yukfaru bihaa wa yustahza u bihaa falaa taq'udoo ma'ahum hattaa yakhoodoo fee hadeesin ghairih; innakum izam misluhum; innal laaha jaami'ul munaafiqeena wal kaafireena fee jahannama jamee'aa
Batahqiq, sizlarga kitobda: «Allohning oyatlariga kufr keltirilgan va ularni istehzo qilingan chogʻda, boshqa gapga oʻtmagunlaricha, ular bilan oʻtirmanglar», deb tushirdi. Agar oʻtirsangiz, siz ham ularga oʻxshashsiz. Albatta, Alloh munofiq va kofirlarning hammasini jahannamda jamlovchidir. [62]
[62] (Alloh taolo kitobda, yaʼni Qurʼoni Karimda moʻminlarga Allohning oyatlari haqida kufr va istehzo gaplar boʻlayotgan majlisda oʻtirmaslikka amr qilgan edi. Bu amr Makkai Mukarramada nozil boʻlgan al-Anʼom surasida kelgan. Chunki moʻmin kishining bu kabi majlislarda jim oʻtirishi munofiqlikning boshlanishidir. Har bir moʻmin Alloh, Islom, Paygʻambar alayhissalotu vassalom va Qurʼon kabi moʻtabar tushunchalar haqida yomon, axloqsiz gap-soʻzlarni eshitgan chogʻida qarshi chiqmoqqa, hattoki toʻgʻrilamoqqa burchlidir. Kimki bunday hollarda jim oʻtirsa, munofiqlik yoʻliga qadam qoʻygan boʻladi.)
- 141
ٱلَّذِينَ يَتَرَبَّصُونَ بِكُمْ فَإِن كَانَ لَكُمْ فَتْحٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ قَالُوٓا۟ أَلَمْ نَكُن مَّعَكُمْ وَإِن كَانَ لِلْكَٰفِرِينَ نَصِيبٌۭ قَالُوٓا۟ أَلَمْ نَسْتَحْوِذْ عَلَيْكُمْ وَنَمْنَعْكُم مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۚ فَٱللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ وَلَن يَجْعَلَ ٱللَّهُ لِلْكَٰفِرِينَ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا
Allazeena yatarab basoona bikum fa in kaana lakum fathum minal laahi qaalooo alam nakum ma'akum wa in kaana lilkaafireena naseebun qaalooo alam nastah wiz 'alaikum wa nammna'kum minal mu'mineen; fallaahu yahkumu bainakum Yawmal Qiyaamah; wa lai yaj'alal laahu lilkaafireena 'alal mu'mineena sabeelaa
Ular sizlarni kuzatib tururlar. Sizlarga Alloh tomonidan fath boʻlsa: «Sizlar bilan birga emasmidik?!» derlar. Agar kofirlarga nasiba boʻlsa: «Sizlarga ustun kelib, moʻminlardan himoya qilmadikmi?» derlar. Alloh qiyomat kuni ular orasida hukm qilur. Alloh hargiz kofirlarga moʻminlar ustidan yoʻl bermas. [63]
[63] (Munofiq har doim munofiqligini qiladi. Iymon masalasidaki ikkiyoqlamalik qilgandan keyin, boshqa masalalarda bundan battar boʻladi. Ular doimo iymon va kufr, moʻminlar va kofirlar orasida tarozining pallasi qayoqqa ogʻishini kuzatib turadilar.)
- 142
إِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ يُخَٰدِعُونَ ٱللَّهَ وَهُوَ خَٰدِعُهُمْ وَإِذَا قَامُوٓا۟ إِلَى ٱلصَّلَوٰةِ قَامُوا۟ كُسَالَىٰ يُرَآءُونَ ٱلنَّاسَ وَلَا يَذْكُرُونَ ٱللَّهَ إِلَّا قَلِيلًۭا
Innal munaafiqeena yukhaadi'oonal laaha wa huwa khaadi'uhum wa izaa qaamooo ilas Salaati qaamoo kusaalaa yuraaa'oonan naasa wa laa yazkuroonal laaha illaa qaleelaa
Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi boʻlurlar. Holbuki, Alloh ularni «aldovchi»dir. Agar namozga tursalar, dangasalik bilan, xoʻjakoʻrsinga tururlar va Allohni kamdan-kam zikr qilurlar.
- 143
مُّذَبْذَبِينَ بَيْنَ ذَٰلِكَ لَآ إِلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ وَلَآ إِلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ ۚ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ سَبِيلًۭا
Muzabzabeena baina zaalika laaa ilaa haaa' ulaaa'i wa laaa ilaa haaa'ulaaa'; wa mai yudlilil laahu falan tajida lahoo sabeela
Ular orada sarsondirlar. Na anavilarga qoʻshila oladirlar va na manavilarga qoʻshila oladirlar. Alloh kimni yoʻldan adashtirsa, hargiz unga yoʻl topa olmassan.
- 144
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ ٱلْكَٰفِرِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَجْعَلُوا۟ لِلَّهِ عَلَيْكُمْ سُلْطَٰنًۭا مُّبِينًا
Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa tattakhizul kaafireena awliyaaa'a min doonil mu'mineen; aturee doona an taj'aloo lillaahi 'alaikum sultaanam mubeenaa
Ey, iymon keltirganlar! Moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutmang. Allohning huzurida oʻz ziddingizga ochiq hujjat qilishni xohlaysizmi?! [64]
[64] (Moʻminni qoʻyib, kofirni doʻst tutish ham bir navi hujjatdirki, oxiratda bu hujjat ularning zararlariga ishlaydi va Alloh ularni shu hujjat asosida azoblaydi.)
- 145
إِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ فِى ٱلدَّرْكِ ٱلْأَسْفَلِ مِنَ ٱلنَّارِ وَلَن تَجِدَ لَهُمْ نَصِيرًا
Innal munaafiqeena fiddarkil asfali minan Naari wa lan tajjida lahum naseeraa
Albatta, munofiqlar doʻzaxning eng ostki qavatidadirlar va hargiz ularga bir yordamchini topa olmassan. [65]
[65] (Islom dini uchun munofiqlar kofirlardan ham zararli va xavflidirlar. Shuning uchun oxiratda ham ular kofirlardan-da koʻra qattiqroq azobga duchor boʻladilar. Doʻzaxning eng qaʼriga — eng ostki qavatiga tashlanadilar. Bu joyni oyatda «ad-Darkul asfali» deyilgan.)
- 146
إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُوا۟ وَأَصْلَحُوا۟ وَٱعْتَصَمُوا۟ بِٱللَّهِ وَأَخْلَصُوا۟ دِينَهُمْ لِلَّهِ فَأُو۟لَٰٓئِكَ مَعَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۖ وَسَوْفَ يُؤْتِ ٱللَّهُ ٱلْمُؤْمِنِينَ أَجْرًا عَظِيمًۭا
Illal lazeena taaboo wa aslahoo wa'tasamoo billaahi wa akhlasoo deenahum lillaahi faulaaa'ika ma'al mu'mineena wa sawfa yu'til laahul mu'mineena ajran 'azeemaa
Magar tavba qilib, solih amallar qilgan, Allohni mahkam ushlagan va Alloh uchun dinga ixlos qoʻyganlar — ana oʻshalar moʻminlar ila birgadirlar. Alloh, albatta, moʻminlarga ulugʻ ajr berur.
- 147
مَّا يَفْعَلُ ٱللَّهُ بِعَذَابِكُمْ إِن شَكَرْتُمْ وَءَامَنتُمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ شَاكِرًا عَلِيمًۭا
maa yafa'lul laahu bi 'azaabikum in shakartum wa aamantum; wa kaanal laahu Shaakiran 'Aleema
Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladir?! Alloh Shakur(oz amal uchun koʻp savob beruvchi) va biluvchi Zotdir. [66]
[66] (Alloh taolo noshukr va kofir bandalarni nima uchun azoblaydi? Ularni azoblashdan bir foyda topadimi? Yoki ularni azoblashdan lazzat oladimi? Albatta, Alloh noshukr va iymonsizlarni azoblashdan hech foyda topmaydi va ularni azoblashdan lazzat ham olmaydi. Bu azobning asosiy sababi bandaning shukr qilmagani va iymon keltirmaganidir. Noshukr va iymonsiz bu dunyoda azoblansa, qilgan xatosi evaziga, toʻgʻri yoʻlga qaytsin, deb qilinadi. Uni oxiratda azoblash esa, noshukrligi va kofirligining jazosidir. Aslida, «Alloh shukr qiluvchi va biluvchi Zotdir». Yaʼni, shukr qilgan bandalaridan rozi boʻladi va ularga ulugʻ ajrlarni beradi.)
- 148
۞ لَّا يُحِبُّ ٱللَّهُ ٱلْجَهْرَ بِٱلسُّوٓءِ مِنَ ٱلْقَوْلِ إِلَّا مَن ظُلِمَ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ سَمِيعًا عَلِيمًا
Laa yuhibbullaahul jahra bis sooo'i minal qawli illaa man zulim; wa kaanallaahu Samee'an 'Aleeman
Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush koʻrmas. Magar mazlumdan boʻlsa, mayli. Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir. [67]
[67] (Qalbida taqvosi, vijdonida hassoslik boʻlmagan odam har qanday yomon soʻzni osongina oshkora qiladi, atrofga yoyadi. Yomon gapni oshkor qilish ikki odamning bir-birini soʻkishidan, yomonlashidan va gʻiybat-boʻhton qilishidan boshlanadi. Soʻngra asta-sekin kattalashib, jamiyatni halokat jari yoqasiga olib keladi. Shuning uchun ham Islom jamiyatida yomon soʻzni oshkor qilish qatʼiyan taqiqlanadi. Faqat bir toifaga — mazlumga ruxsat. Shunda ham, mazlum inson oʻz ustidagi zulmni koʻtarishi uchungina izn beriladi. Jumladan, zolimning zulmidan jamiyatni xabardor etish uchun mazlumgina yomon gapni oshkor qilishi mumkin.)
- 149
إِن تُبْدُوا۟ خَيْرًا أَوْ تُخْفُوهُ أَوْ تَعْفُوا۟ عَن سُوٓءٍۢ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَفُوًّۭا قَدِيرًا
in tubdoo khairann aw tukhfoohu aw ta'foo 'an sooo'in fa innal laaha kaana 'afuwwan Qadeeraa
Agar yaxshilikni oshkora yoki maxfiy qilsangiz yoki yomonlikni afv etsangiz, albatta, Alloh afvli va qodir Zotdir.
- 150
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ وَيُرِيدُونَ أَن يُفَرِّقُوا۟ بَيْنَ ٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ وَيَقُولُونَ نُؤْمِنُ بِبَعْضٍۢ وَنَكْفُرُ بِبَعْضٍۢ وَيُرِيدُونَ أَن يَتَّخِذُوا۟ بَيْنَ ذَٰلِكَ سَبِيلًا
Innal lazeena yakkfuroona billaahi wa Rusulihee wa yureedoona ai yufarriqoo bainal laahi wa Rusulihee wa yaqooloona nu'minu biba'dinw wa nakfuru biba' dinw wa yureedoona ai yattakhizoo baina zaalika sabeelaa
Albatta, Allohga va Uning Paygʻambarlariga kufr keltiradiganlar va Alloh ila Paygʻambarlari orasida ayrimchilikni iroda qiladiganlar hamda baʼzilariga iymon va baʼzilariga kufr keltiramiz, deb ana oʻshanday ora yoʻlni tutishni xohlaydiganlar.
- 151
أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْكَٰفِرُونَ حَقًّۭا ۚ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابًۭا مُّهِينًۭا
Ulaaa'ika humul kaafiroona haqqaa; wa a'tadnaa lilkaafireena 'azaabam muheenaa
Ana oʻshalar, haqiqiy kofirlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz.
- 152
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ وَلَمْ يُفَرِّقُوا۟ بَيْنَ أَحَدٍۢ مِّنْهُمْ أُو۟لَٰٓئِكَ سَوْفَ يُؤْتِيهِمْ أُجُورَهُمْ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا
Wallazeena aamanoo billaahi wa Rusulihee wa lam yufarriqoo baina ahadim minhum ulaaa'ika sawfa yu'teehim ujoorahum; wa kaanal laahu Ghafoorar Raheema
Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltirganlarga va ularning birortasini ham ayirmaganlarga — ana oʻshalarga ajrlarini albatta berurmiz. Va Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.
- 153
يَسْـَٔلُكَ أَهْلُ ٱلْكِتَٰبِ أَن تُنَزِّلَ عَلَيْهِمْ كِتَٰبًۭا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ۚ فَقَدْ سَأَلُوا۟ مُوسَىٰٓ أَكْبَرَ مِن ذَٰلِكَ فَقَالُوٓا۟ أَرِنَا ٱللَّهَ جَهْرَةًۭ فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّٰعِقَةُ بِظُلْمِهِمْ ۚ ثُمَّ ٱتَّخَذُوا۟ ٱلْعِجْلَ مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَٰتُ فَعَفَوْنَا عَن ذَٰلِكَ ۚ وَءَاتَيْنَا مُوسَىٰ سُلْطَٰنًۭا مُّبِينًۭا
yas'aluka Ahlul Kitaabi an tunazzila 'alaihim Kitaabam minas samaaa'i faqad sa aloo Moosaa akbara min zaalika faqaaloo arinal laaha jahratan fa akhazat humus saa'iqatu bizulmihim; summat takhazul 'ijla mim ba'di maa jaa'at humul baiyinaatu fa'afawnaa 'ann zaalik; wa aatainaa Moosaa sultaanam mubeenaa
Ahli kitoblar sendan ularga osmondan kitob tushirib berishingni soʻrarlar. Musodan bundan ham katta narsani soʻraganlar — «Bizga Allohni oshkora koʻrsat», deganlar. Bas, zulmlari tufayli ularni chaqmoq urdi. Soʻngra, ularga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan keyin buzoqni (xudo qilib) oldilar. Bas, Biz buni ham afv qildik va Musoga ochiq-oydin sulton berdik.
- 154
وَرَفَعْنَا فَوْقَهُمُ ٱلطُّورَ بِمِيثَٰقِهِمْ وَقُلْنَا لَهُمُ ٱدْخُلُوا۟ ٱلْبَابَ سُجَّدًۭا وَقُلْنَا لَهُمْ لَا تَعْدُوا۟ فِى ٱلسَّبْتِ وَأَخَذْنَا مِنْهُم مِّيثَٰقًا غَلِيظًۭا
Wa rafa'naa fawqahumut Toora bimeesaaqihim wa qulnaa lahumud khulul baaba sujjadanw wa qulnaa lahum laa ta'doo fis Sabti wa akhaznaa minhum meesaaqan ghaleezaa
Va ahdnomalariga muvofiq, ustilariga Turni koʻtardik va ularga: «Eshikdan egilib kiringlar» hamda «Shanba kuni haddingizdan oshmang», dedik. Va ulardan mustahkam ahdnoma oldik. [68]
[68] (Yaʼni, yahudiylar shariatga yurmaganlari holda, nima qilsang rozimiz, deb ahd bergan edilar. Xuddi oʻsha ahdnomalariga muvofiq Alloh taolo ularni qoʻrqitish uchun tepalariga Tur togʻini olib kelib qoʻydi. Yahudiylar nochor holda qoldilar. Agar tavba qilmasalar, Allohning aytganiga kirmasalar, ustilaridagi togʻ ularni bosib qoʻyishi aniq edi. Ammo yahudiylar yana yahudiyliklarini qildilar. Oʻzlarini xavfdan holi sezishlari bilan darhol ahdnomani buzdilar. Baytul Maqdisga tavozuʼ bilan egilib emas, ketlari bilan surilib kirdilar va shanba kuni baliq ovlashga hiyla oʻylab chiqardilar. Bas, ushbu qilgan gunohlari va boshqa (kelasi oyatlarda zikr qilinadigan) ayblari uchun Alloh taolo ularni laʼnatladi.)
- 155
فَبِمَا نَقْضِهِم مِّيثَٰقَهُمْ وَكُفْرِهِم بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَقَتْلِهِمُ ٱلْأَنۢبِيَآءَ بِغَيْرِ حَقٍّۢ وَقَوْلِهِمْ قُلُوبُنَا غُلْفٌۢ ۚ بَلْ طَبَعَ ٱللَّهُ عَلَيْهَا بِكُفْرِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُونَ إِلَّا قَلِيلًۭا
Fabimaa naqdihim meesaaqahum wa kufrihim bi Aayaatil laahi wa qatlihimul Ambiyaaa'a bighairi haqqinw wa qawlihim quloobunna ghulf; bal taba'al laahu 'alaihaa bikufrihim falaa yu'minoona illaa qaleelaa
Ahdnomalarini buzganlari, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Paygʻambarlarni nohaqdan oʻldirganlari, «qalblarimiz berk» deganlari uchun. Yoʻq! Balki, kufrlari sababli Alloh qalblariga muhr bosgan, ozginalaridan boshqasi iymon keltirmaslar.
- 156
وَبِكُفْرِهِمْ وَقَوْلِهِمْ عَلَىٰ مَرْيَمَ بُهْتَٰنًا عَظِيمًۭا
Wa bikufrihim wa qawlihim 'alaa Maryama buh taanan 'azeema
«Va kufrlari, Maryamga qarshi ulkan boʻhton aytganlari uchun».
- 157
وَقَوْلِهِمْ إِنَّا قَتَلْنَا ٱلْمَسِيحَ عِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ رَسُولَ ٱللَّهِ وَمَا قَتَلُوهُ وَمَا صَلَبُوهُ وَلَٰكِن شُبِّهَ لَهُمْ ۚ وَإِنَّ ٱلَّذِينَ ٱخْتَلَفُوا۟ فِيهِ لَفِى شَكٍّۢ مِّنْهُ ۚ مَا لَهُم بِهِۦ مِنْ عِلْمٍ إِلَّا ٱتِّبَاعَ ٱلظَّنِّ ۚ وَمَا قَتَلُوهُ يَقِينًۢا
Wa qawlihim innaa qatal nal maseeha 'Eesab-na-Maryama Rasoolal laahi wa maa qataloohu wa maa salaboohu wa laakin shubbiha lahum; wa innal lazeenakh talafoo fee lafee shakkim minh; maa lahum bihee min 'ilmin illat tibaa'az zann; wa maa qataloohu yaqeenaa
«Biz Allohning Rasuli Masiyh Iyso ibn Maryamni oʻldirdik», deganlari uchun (ularni laʼnatladik). Holbuki, uni oʻldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi. U haqida ixtilofga tushganlar uning oʻlimidan shak-shubhadadirlar. U toʻgʻrisida ularning bilimlari yoʻq, magar gumonga ergasharlar. Uni oʻldirmaganlari aniqdir. [69]
[69] («Alloh taolo Iyso ibn Maryamni ochiq-oydin alomatlar va hidoyat ila paygʻambar qilib yuborganida yahudiylar u zotga berilgan paygʻambarlik va moʻjizalarga hasad qildilar. Yahudiylar esa, u kishini yolgʻonchiga chiqardilar, xilof qildilar va imkoni boricha u zotga ozor berishga oʻtdilar.)
- 158
بَل رَّفَعَهُ ٱللَّهُ إِلَيْهِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًۭا
Bar rafa'ahul laahu ilayh; wa kaanal laahu 'Azeezan Hakeemaa
Balki, uni Alloh Oʻziga koʻtardi. Alloh aziyz va hakiym boʻlgan Zotdir.
- 159
وَإِن مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ إِلَّا لَيُؤْمِنَنَّ بِهِۦ قَبْلَ مَوْتِهِۦ ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يَكُونُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًۭا
Wa im min Ahlil Kitaabi illaa layu'minanna bihee qabla mawtihee wa Yawmal Qiyaamati yakoonu 'alaihim shaheedaa
Hech bir ahli kitob yoʻqki, unga oʻlimidan oldin iymon keltirmasa. Qiyomat kuni esa, u ularning ziddiga guvoh boʻlur. [70]
[70] (Ulamolarimiz bu oyati karimaning maʼnosida ikki xil fikr aytganlar. Bunga oyatdagi «oʻlimidan oldin» iborasi sabab boʻlgan. Baʼzilari, bu yerda Iysoning oʻlimi nazarda tutilgan, desalar, baʼzilari, ahli kitobning oʻlimi nazarda tutilgan deydilar. Birinchi toifaning gapiga binoan oyatning maʼnosi bunday: Iyso alayhissalom qiyomat yaqinlashganda tushganlarida ahli kitoblardan hech kim qolmay, u kishi oʻlishlaridan oldin u zotga iymon keltiradi. Ikkinchi toifa olimlarning tafsirlariga koʻra esa, har bir ahli kitob oʻz oʻlimidan oldin, albatta, Iyso alayhissalomga iymon keltiradi. Yaʼni, har bir yahudiy ham oʻz oʻlimidan oldin, albatta, Iyso alayhissalomga iymon keltiradi. Ammo bu foyda bermaydigan iymon boʻladi. Shuning uchun ham Iyso alayhissalom «Qiyomat kuni... ular(ning) ziddiga guvoh boʻlur».)
- 160
فَبِظُلْمٍۢ مِّنَ ٱلَّذِينَ هَادُوا۟ حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ طَيِّبَٰتٍ أُحِلَّتْ لَهُمْ وَبِصَدِّهِمْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ كَثِيرًۭا
Fabizulmin minal lazeena haadoo harramnaa 'alaihim taiyibaatin uhillat lahum wa bisadihim 'an sabeelil laahi kaseeraa
Yahudiy boʻlganlarga, ularning zulmi, Allohning yoʻlidan koʻp toʻsganlari uchun, oʻzlariga halol qilingan narsani harom qildik.
- 161
وَأَخْذِهِمُ ٱلرِّبَوٰا۟ وَقَدْ نُهُوا۟ عَنْهُ وَأَكْلِهِمْ أَمْوَٰلَ ٱلنَّاسِ بِٱلْبَٰطِلِ ۚ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَٰفِرِينَ مِنْهُمْ عَذَابًا أَلِيمًۭا
Wa akhzihimur ribaa wa qad nuhoo 'anhu wa aklihim amwaalan naasi bilbaatil; wa a'tadnaa lilkaafireena minhum 'azaaban aleema
Va qaytarilgan boʻlsalar ham, ribo olganliklari va odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yeganlari uchun. Va ularning kofirlari uchun alamli azobni tayyorlab qoʻydik.
- 162
لَّٰكِنِ ٱلرَّٰسِخُونَ فِى ٱلْعِلْمِ مِنْهُمْ وَٱلْمُؤْمِنُونَ يُؤْمِنُونَ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ ۚ وَٱلْمُقِيمِينَ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ وَٱلْمُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَٱلْمُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ أُو۟لَٰٓئِكَ سَنُؤْتِيهِمْ أَجْرًا عَظِيمًا
Laakinir raasikhoona fil'ilmi minhum walmu'minoona yu'minoona bimaaa unzila ilaika wa maaa unzila min qablika walmuqeemeenas Salaata walmu'toonaz Zakaata walmu 'minoona billaahi wal yawmil Aakhir; ulaaa'ika sanu'teehim ajran 'azeemaa
Lekin, ulardan ilmda mustahkam boʻlganlari va moʻminlari senga nozil boʻlgan narsaga va sendan oldin nozil boʻlgan narsaga iymon keltirurlar. Xususan, namozni qoim qiluvchilar, zakot beruvchilar, Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar ham. Ana oʻshalarga albatta ulugʻ ajr berurmiz.
- 163
۞ إِنَّآ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ كَمَآ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰ نُوحٍۢ وَٱلنَّبِيِّۦنَ مِنۢ بَعْدِهِۦ ۚ وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ وَٱلْأَسْبَاطِ وَعِيسَىٰ وَأَيُّوبَ وَيُونُسَ وَهَٰرُونَ وَسُلَيْمَٰنَ ۚ وَءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ زَبُورًۭا
innaaa awhainaaa ilaika kamaaa awhainaaa ilaa Noohinw wan nabiyyeena mim ba'dih; wa awhainaaa ilaaa ibraaheema wa Ismaaa'eela wa Ishaaqa wa Ya'qooba wal Asbaati wa 'Eesaa wa Ayyooba wa Yoonusa wa haaroona wa Sulaimaan; wa aatainaa Daawooda Zabooraa
Biz senga xuddi Nuh va undan keyingi Paygʻambarlarga vahiy yuborganimizdek vahiy yubordik. Biz Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub, asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonga vahiy yubordik. Dovudga esa Zaburni berdik. [71]
[71] (Demak, hamma paygʻambarlarga vahiy yuborayotgan, ularni bandalar ichidan tanlab olayotgan Zot bitta. Mazkur paygʻambarlarga vahiy yuborgan oʻsha Zot Muhammad alayhissalomga ham vahiy yuborgan. Mazkur kishilarni paygʻambar qilib tanlab olgan oʻsha zot Muhammad alayhissalomni paygʻambar qilib tanlab olgandir. Dovud alayhissalomga Zaburni bergan boʻlsa, Muhammad alayhissalomga Qurʼonni bergandir.)
- 164
وَرُسُلًۭا قَدْ قَصَصْنَٰهُمْ عَلَيْكَ مِن قَبْلُ وَرُسُلًۭا لَّمْ نَقْصُصْهُمْ عَلَيْكَ ۚ وَكَلَّمَ ٱللَّهُ مُوسَىٰ تَكْلِيمًۭا
Wa Rusulan qad qasas naahum 'alaika min qablu wa Rusulal lam naqsushum 'alaik; wa kallamallaahu Moosaa takleemaa
Va Biz senga bundan oldin qissalarini aytib bergan va qissalarini aytib bermagan Paygʻambarlarni yubordik. Va Alloh Muso ila oʻziga xos gaplashdi. [72]
[72] (Qurʼoni Karimda nomlari zikr qilingan paygʻambarlar quyidagilar: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub, Yusuf, Ayyub, Shuayb, Muso, Horun, Yunus, Dovud, Sulaymon, Ilyos, al-Yasaʼ, Zakariyo, Yahyo, Zul-Kifl, Iyso va Muhammad alayhissalomlardir. Qurʼoni Karimda nomlari zikr qilinmagan paygʻambarlar haqidagi eng ishonchli maʼlumot Ibn Murdavayhi Abu Zarr al-Gʻiforiy roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda kelgan, u kishi aytadilarki: «Ey Allohning Rasuli, paygʻambarlar qancha?» deb soʻradim. U zot alayhissalotu vassalom: «Bir yuz yigirma toʻrt mingta», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, ulardan qanchasi Rasullar?» dedim. U zot: «Uch yuz oʻn uchtasi, koʻpchilik», dedilar.)
- 165
رُّسُلًۭا مُّبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ لِئَلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَى ٱللَّهِ حُجَّةٌۢ بَعْدَ ٱلرُّسُلِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًۭا
Rusulam mubashshireena wa munzireena li'allaa yakoona linnaasi 'alal laahi hujjatum ba'dar Rusul; wa kaanallaahu 'Azeezan Hakeema
Bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi Paygʻambarlarni Alloh huzurida odamlarga Paygʻambarlardan soʻng hujjat boʻlmasligi uchun yubordik. Va Alloh aziyz va hakiym boʻlgan Zotdir.
- 166
لَّٰكِنِ ٱللَّهُ يَشْهَدُ بِمَآ أَنزَلَ إِلَيْكَ ۖ أَنزَلَهُۥ بِعِلْمِهِۦ ۖ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَشْهَدُونَ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًا
Laakinil laahu yashhadu bimaaa anzala ilaika anzalahoo bi'ilmihee wal malaaa'ikatu yashhadoon; wa kafaa billaahi Shaheeda
Lekin Alloh senga nozil qilgan narsasi ila guvohlik beradir. Uni Oʻz ilmi ila nozil qildi. Farishtalar ham guvohlik berurlar. Guvohlikka Allohning Oʻzi kifoya qilur.
- 167
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ قَدْ ضَلُّوا۟ ضَلَٰلًۢا بَعِيدًا
Innal lazeena kafaroo wa saddoo 'an sabeelil laahi qad dalloo dalaalam ba'eedaa
Kufr keltirgan va Allohning yoʻlidan toʻsganlar, batahqiq, qattiq adashgandirlar.
- 168
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَظَلَمُوا۟ لَمْ يَكُنِ ٱللَّهُ لِيَغْفِرَ لَهُمْ وَلَا لِيَهْدِيَهُمْ طَرِيقًا
Innal lazeenakafaroo wa zalamoo lam yakkunillaahu liyaghfira lahum wa laa liyahdiyahum tareeqaa
Albatta, kufr keltirganlar va zulm qilganlarni Alloh zinhor magʻfirat qilmas va yoʻlga hidoyat ham qilmas.
- 169
إِلَّا طَرِيقَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًۭا
Illaa tareeqa jahannamma khaalideena feehaa abadaa; wa kaana zaalika 'alal laahi yaseeraa
Magar jahannam yoʻliga (hidoyat qilur) va unda abadiy qolurlar. Bu, Alloh uchun osondir.
- 170
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَكُمُ ٱلرَّسُولُ بِٱلْحَقِّ مِن رَّبِّكُمْ فَـَٔامِنُوا۟ خَيْرًۭا لَّكُمْ ۚ وَإِن تَكْفُرُوا۟ فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًۭا
Yaaa aiyuhan naasu qad jaaa'akumur Rasoolu bilhaqqi mir Rabbikum fa ammminoo khairal lakum; wa in takfuroo fainnna lillaahi maa fis samaawaati wal ard; wa kaanal laahu 'Aleemann hakeemaa
Ey odamlar! Batahqiq, sizlarga Robbingizdan haq ila Paygʻambar keldi. Bas, iymon keltiring, oʻzingizga yaxshi boʻladir. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
- 171
يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لَا تَغْلُوا۟ فِى دِينِكُمْ وَلَا تَقُولُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْحَقَّ ۚ إِنَّمَا ٱلْمَسِيحُ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ رَسُولُ ٱللَّهِ وَكَلِمَتُهُۥٓ أَلْقَىٰهَآ إِلَىٰ مَرْيَمَ وَرُوحٌۭ مِّنْهُ ۖ فَـَٔامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ ۖ وَلَا تَقُولُوا۟ ثَلَٰثَةٌ ۚ ٱنتَهُوا۟ خَيْرًۭا لَّكُمْ ۚ إِنَّمَا ٱللَّهُ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ ۖ سُبْحَٰنَهُۥٓ أَن يَكُونَ لَهُۥ وَلَدٌۭ ۘ لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًۭا
Yaaa Ahlal Kitaabi laa taghloo fee deenikum wa laa taqooloo 'alal laahi illalhaqq; innamal Maseehu 'Eesab-nu-Maryamma Rasoolul laahi wa Kalimatuhooo alqaahaaa ilaa Maryamma wa roohum minhum fa aaminoo billaahi wa Rusulihee wa laa taqooloo salaasah; intahoo khairallakum; innamal laahu Ilaahunw Waahid, Subhaanahooo ani yakoona lahoo walad; lahoo maa fissamaawaati wa maa fil ard; wa kafaa billaahi Wakeelaa
Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmang va Alloh haqida haqdan boshqani aytmang. Albatta, Masiyh Iyso ibn Maryam Allohning Paygʻambari, Maryamga ilqo qilgan kalimasi va Undan boʻlgan ruhdir. Bas, Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltiring. Uni uchta demang. Toʻxtang, oʻzingizga yaxshi boʻladi. Albatta, Alloh yagona ilohdir, oʻzga emas. U Oʻzining bolasi boʻlishidan pok boʻldi. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Vakillikka Allohning Oʻzi kifoya qilur. [73]
[73] (Islom dini insoniyatning aqidasini toʻgʻri yoʻlga solishga kelgan. Bu oʻrinda nasorolarning aqidasini toʻgʻrilamoqda. Maʼlumki, nasroniy dini yangiligi vaqtida aqida toʻgʻri boʻlgan. Lekin zamon oʻtishi bilan bu aqida asta-sekin buzila borgan. Milodiy oltinchi asrga kelib, Rim imperatorlarining tazyiqi ostida nasroniy aqidasi tamoman buzilib boʻlgan edi. Nasorolar oʻz dinlarida haddan oshib ketdilar. Allohning bandasi va paygʻambari Iyso alayhissalomni, Allohning oʻgʻli, dedilar. Soʻngra, Alloh uch asldan — ota, oʻgʻil va muqaddas ruhdan iboratdir, deb daʼvo qildilar. Shuningdek, Bibi Maryamni ham ilohlik darajasiga koʻtardilar. Xudoning tabiati haqida bitmas-tuganmas ixtiloflarga tushdilar. Oxiri kelib, oʻzlari ham tushunib yetmaydigan aqidaviy mashmashalarga giriftor boʻldilar. Ularning ushbu va shunga oʻxshash koʻplab ishlari dinda gʻuluvga ketish — haddan oshish edi.)
- 172
لَّن يَسْتَنكِفَ ٱلْمَسِيحُ أَن يَكُونَ عَبْدًۭا لِّلَّهِ وَلَا ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ ٱلْمُقَرَّبُونَ ۚ وَمَن يَسْتَنكِفْ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَيَسْتَكْبِرْ فَسَيَحْشُرُهُمْ إِلَيْهِ جَمِيعًۭا
Lanny yastankifal Maseehu ai yakoona 'abdal lillaahi wa lal malaaa'ikatul muqarraboon; wa mai yastankif 'an ibaadatihee wa yastakbir fasa yahshuruhum ilaihi jamee'aa
Masiyh ham, muqarrab farishtalar ham Allohga banda boʻlishdan zinhor bosh tortmaslar. Kim Uning ibodatidan bosh tortsa va mutakabbirlik qilsa, ularning hammasini Oʻziga toʻplar.
- 173
فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ وَيَزِيدُهُم مِّن فَضْلِهِۦ ۖ وَأَمَّا ٱلَّذِينَ ٱسْتَنكَفُوا۟ وَٱسْتَكْبَرُوا۟ فَيُعَذِّبُهُمْ عَذَابًا أَلِيمًۭا وَلَا يَجِدُونَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيًّۭا وَلَا نَصِيرًۭا
Fa ammal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati fa yuwaffeehim ujoorahum wa yazeeduhum min fadlihee wa ammal lazeenas tankafoo wastakbaroo fa yu'azzibuhum 'azaaban aleemanw wa laa yajidoona lahum min doonil laahi waliyyanw wa laa naseeraa
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni esa, ajrlarini toʻliq qilib berur va Oʻz fazlidan ziyoda ham qilur. Ammo, or qilib kibrga ketganlarni alamli azob bilan azoblar va ular oʻzlari uchun Allohdan oʻzga doʻst ham, yordamchi ham topmaslar.
- 174
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَكُم بُرْهَٰنٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ وَأَنزَلْنَآ إِلَيْكُمْ نُورًۭا مُّبِينًۭا
yaa aiyuhan naasu qad jaaa'akum burhaanum mir Rabbikum wa anzalnaaa ilaikum Nooram Mubeena
Ey odamlar! Sizga Robbingizdan burhon keldi va sizga aniq nurni nozil qildik. [74]
[74] (Bu burhon — Qurʼoni Karimdir. Ushbu burhon — Allohning yagonaligining burhonidir. Ushbu burhon — Paygʻambar alayhissalomning haqliklari burhonidir. Ushbu burhon — Islomning ikki dunyo saodatiga eltuvchi din ekanligining burhonidir. Alloh taolo Oʻz bandalariga rahm etib, ularga ikki dunyo baxtiga erishish dasturi qilib nozil etgan bu Qurʼon — aniq nurdir.)
- 175
فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَٱعْتَصَمُوا۟ بِهِۦ فَسَيُدْخِلُهُمْ فِى رَحْمَةٍۢ مِّنْهُ وَفَضْلٍۢ وَيَهْدِيهِمْ إِلَيْهِ صِرَٰطًۭا مُّسْتَقِيمًۭا
Fa ammal lazeena aamanoo billaahi wa'tasamoo bihee fasa yudkhiluhum fee rah matim minhu wa fadlinw wa yahdeehim ilaihi Siraatam Mustaqeema
Allohga iymon keltirgan va Uni mahkam tutganlarni, shubhasiz, Oʻzidan boʻlgan rahmatga va fazlga kiritur va ularni unga — toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur.
- 176
يَسْتَفْتُونَكَ قُلِ ٱللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِى ٱلْكَلَٰلَةِ ۚ إِنِ ٱمْرُؤٌا۟ هَلَكَ لَيْسَ لَهُۥ وَلَدٌۭ وَلَهُۥٓ أُخْتٌۭ فَلَهَا نِصْفُ مَا تَرَكَ ۚ وَهُوَ يَرِثُهَآ إِن لَّمْ يَكُن لَّهَا وَلَدٌۭ ۚ فَإِن كَانَتَا ٱثْنَتَيْنِ فَلَهُمَا ٱلثُّلُثَانِ مِمَّا تَرَكَ ۚ وَإِن كَانُوٓا۟ إِخْوَةًۭ رِّجَالًۭا وَنِسَآءًۭ فَلِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ ٱلْأُنثَيَيْنِ ۗ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ أَن تَضِلُّوا۟ ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۢ
Yastaftoonaka qulillaahu yafteekum fil kalaalah; inimru'un halaka laisa lahoo waladunw wa lahoo ukhtun falahaa nisfu maa tarak; wa huwa yarisuhaaa il lam yakkul lahaa walad; fa in kaanatas nataini falahumas sulusaani mimmmaa tarak; wa in kaanooo ikhwatar rijaalanw wa nisaaa'an faliz zakari mislu hazzil unsayayn; yubaiyinullaahu lakum an tadilloo; wallaahu bikulli shai'in Aleem
Sendan fatvo soʻrarlar. «Alloh sizga kalola haqida fatvo berur», deb ayt. Agar bir odam oʻlsa-yu, uning bolasi boʻlmasa, singlisi boʻlsa, unga marhumdan qolganning yarmi berilur. Agar singilning bolasi boʻlmasa, u hamma merosni olur. Agar singil ikkita boʻlsa, ular marhumdan qolganning uchdan ikkisini olurlar. Agar (merosxoʻrlar) erkak-ayol birodarlar boʻlsalar, bir erkak ikki ayol hissasi asosida olurlar. Adashmasligingiz uchun Alloh bayon qilmoqda. Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir. [75]
[75] («Kalola» nima ekanligi xususida ushbu Niso surasi avvalida bahs qilganmiz.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
