Sura 3

Oli Imron

آلِ عِمۡرَانَ

Ali 'Imran · Madaniy · 200 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓمٓ

    Alif-Laam-Meeem

    Alif. Laam. Miym. [1]

    [1] (Hijo harflari haqida Baqara surasida batafsil toʻxtab oʻtilgan.)

  2. 2

    ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْحَىُّ ٱلْقَيُّومُ

    Allaahu laaa ilaaha illaa Huwal Haiyul Qaiyoom

    Alloh — Undan oʻzga iloh yoʻq. U tirik va qayyum Zotdir. [2]

    [2] (Ushbu oyati karima tavhidni, Allohning yagonaligini xolis bayon qiladi. Alloh doim tirikdir, oʻlmaydi. U qayyum — bandalari ishlarining tadbirida doimo qoim turuvchidir.)

  3. 3

    نَزَّلَ عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ مُصَدِّقًۭا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ وَأَنزَلَ ٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ

    Nazzala 'alaikal Kitaaba bilhaqqi musaddiqal limaa baina yadaihi wa anzalat Tawraata wal Injeel

    U senga kitobni haq ila oʻzidan avvalgi narsani tasdiqlovchi qilib tushirdi hamda Tavrot va Injilni tushirdi.

  4. 4

    مِن قَبْلُ هُدًۭى لِّلنَّاسِ وَأَنزَلَ ٱلْفُرْقَانَ ۗ إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌۭ شَدِيدٌۭ ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌۭ ذُو ٱنتِقَامٍ

    Min qablu hudal linnaasi wa anzalal Furqaan; innallazeena kafaroo bi Aayaatil laahi lahum 'azaabun shadeed; wallaahu 'azeezun zun tiqaam

    Undan oldin odamlarga hidoyat qilib. Va Furqonni ham tushirdi. Allohning oyatlariga kufr keltirganlarga shiddatli azob bor. Alloh Aziyz va intiqom oluvchi Zotdir. [3]

    [3] (Demak, Muhammad alayhissalomga tushgan kitobni ham Allohning Oʻzi tushirgan, kitoblarning tushishi bashariyat uchun yangilik emas, Qurʼon ham avvalgi tushgan ilohiy kitoblarning davomi.)

  5. 5

    إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَخْفَىٰ عَلَيْهِ شَىْءٌۭ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِى ٱلسَّمَآءِ

    Innal laaha laa yakhfaa 'alaihi shai'un fil ardi wa laa fis samaaa'

    Albatta, Alloh Unga yerda ham, osmonda ham hech narsa maxfiy qolmaydigan Zotdir.

  6. 6

    هُوَ ٱلَّذِى يُصَوِّرُكُمْ فِى ٱلْأَرْحَامِ كَيْفَ يَشَآءُ ۚ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Huwal lazee yusawwirukum fil arhaami kaifa yashaaa'; laa ilaaha illaa Huwal 'Azeezul Hakeem

    U sizlarni bachadonlarda xohlagan suvratga soladigan Zotdir. Undan oʻzga iloh yoʻq. U Aziyz va Hakiym Zotdir.

  7. 7

    هُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ مِنْهُ ءَايَٰتٌۭ مُّحْكَمَٰتٌ هُنَّ أُمُّ ٱلْكِتَٰبِ وَأُخَرُ مُتَشَٰبِهَٰتٌۭ ۖ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِمْ زَيْغٌۭ فَيَتَّبِعُونَ مَا تَشَٰبَهَ مِنْهُ ٱبْتِغَآءَ ٱلْفِتْنَةِ وَٱبْتِغَآءَ تَأْوِيلِهِۦ ۗ وَمَا يَعْلَمُ تَأْوِيلَهُۥٓ إِلَّا ٱللَّهُ ۗ وَٱلرَّٰسِخُونَ فِى ٱلْعِلْمِ يَقُولُونَ ءَامَنَّا بِهِۦ كُلٌّۭ مِّنْ عِندِ رَبِّنَا ۗ وَمَا يَذَّكَّرُ إِلَّآ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَٰبِ

    Huwal lazeee anzala 'alaikal Kitaaba minhu Aayaatum Muh kamaatun hunna Ummul Kitaabi wa ukharu Mutashaabihaatun faammal lazeena fee quloobihim ziyghun fa yattabi'oona ma tashaabaha minhubtighaaa 'alfitnati wabtighaaa'a taaweelih; wa maa ya'lamu taaweelahooo illal laah; warraasikhoona fil 'ilmi yaqooloona aamannaa bihee kullum min 'indi Rabbinaa; wa maa yazzakkaru illaaa ulul albaab

    U senga kitobni tushirgan Zotdir. Unda muhkam — oydin oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih oyatlar ham bor. Qalblarida hidoyatdan ogʻish borlar fitna maqsadida va uni taʼviyl qilish maqsadida undan mutashobih boʻlganiga ergashadir. Uning taʼviylini Allohdan boshqa hech kim bilmas. Ilmda sobit boʻlganlar esa: Unga iymon keltirdik, barchasi Robbimiz huzuridandir, derlar. Va faqat aql egalarigina eslarlar. [4]

    [4] («Muhkam» soʻzi mahkam, ochiq-oydin, boshqa yoqqa burib boʻlmaydigan, degan maʼnoni anglatadi. «Mutashobih» soʻzi esa, oʻxshash, birini biridan ajratish qiyin, bir necha maʼnolarni anglatadigan, degan maʼnolarni bildiradi. Qurʼoni Karim oyatlari ham muhkam va mutashobihga boʻlinadi.)

  8. 8

    رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةً ۚ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْوَهَّابُ

    Rabbanaa laa tuzigh quloobanaa ba'da iz hadaitanaa wa hab lanaa mil ladunka rahmah; innaka antal Wahhaab

    Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan soʻng qalblarimizni ogʻdirmagin va bizga Oʻz huzuringdan rahmat ato qilgin. Albatta Sening Oʻzing koʻplab ato qiluvchisan.

  9. 9

    رَبَّنَآ إِنَّكَ جَامِعُ ٱلنَّاسِ لِيَوْمٍۢ لَّا رَيْبَ فِيهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُخْلِفُ ٱلْمِيعَادَ

    Rabbanaaa innaka jaami 'un-naasi li Yawmil laa raibafeeh; innal laaha laa yukhliful mee'aad

    Ey Robbimiz, albatta, Sen odamlarni kelishiga shubha yoʻq kunda yigʻuvchisan. Albatta, Alloh vaʼdaga xilof qilmas.

  10. 10

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَن تُغْنِىَ عَنْهُمْ أَمْوَٰلُهُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُهُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًۭٔا ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمْ وَقُودُ ٱلنَّارِ

    Innal lazeena kafaroo lan tughniya 'anhum amwaaluhum wa laaa awlaaduhum minal laahi shai'anw wa ulaaa'ika hum waqoodun Naar

    Albatta, kufr keltirganlarning mollari ham, bolalari ham ulardan Allohning azobini qaytara olmas. Ana oʻshalar, oʻzlari doʻzaxning yoqilgʻisidirlar.

  11. 11

    كَدَأْبِ ءَالِ فِرْعَوْنَ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ ۗ وَٱللَّهُ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

    Kadaabi Aali Fir'awna wallazeena min qablihim; kazzaboo bi Aayaatinaa fa akhazahumul laahu bizunoo bihim; wallaahu shadeedul 'iqaab

    Firʼavn ahlining va ulardan oldingilarning holiga oʻxshar. Ular oyatlarimizni yolgʻonga chiqardilar. Bas, gunohlari tufayli Alloh ularni tutdi. Va Alloh iqobi shiddatli Zotdir.

  12. 12

    قُل لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ سَتُغْلَبُونَ وَتُحْشَرُونَ إِلَىٰ جَهَنَّمَ ۚ وَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ

    Qul lillazeena kafaroosatughlaboona wa tuhsharoona ilaa jahannam; wa bi'sal mihaad

    Kufr keltirganlarga: «Tezda magʻlub boʻlasizlar va jahannamga yigʻilasizlar, u qandoq ham yomon joy», deb ayt. [5]

    [5] (Kufrning oqibati ikki dunyoning magʻlubiyatidir. Ushbu oyatda Alloh taolo ularning bu dunyoda tezda magʻlub boʻlishlarining, oxiratda ham jahannamga toʻplanishlarining xabarini bermoqda.)

  13. 13

    قَدْ كَانَ لَكُمْ ءَايَةٌۭ فِى فِئَتَيْنِ ٱلْتَقَتَا ۖ فِئَةٌۭ تُقَٰتِلُ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَأُخْرَىٰ كَافِرَةٌۭ يَرَوْنَهُم مِّثْلَيْهِمْ رَأْىَ ٱلْعَيْنِ ۚ وَٱللَّهُ يُؤَيِّدُ بِنَصْرِهِۦ مَن يَشَآءُ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَعِبْرَةًۭ لِّأُو۟لِى ٱلْأَبْصَٰرِ

    Qad kaana lakum Aayatun fee fi'atainil taqataa fi'atun tuqaatilu fee sabeelil laahi wa ukhraa kaafiratuny yarawnahum mislaihim raayal 'ayn; wallaahu yu'ayyidu bi nasrihee mai yashaaa'; innaa fee zaalika la 'ibratal li ulil absaar

    «Sizga toʻqnashgan ikki firqada ibrat bor edi. Bir firqa Allohning yoʻlida urishadir. Boshqasi kofirdir. Ular oʻz koʻzlari bilan (dushman) oʻzlariga ikki barobarligini koʻrib turardilar. Va Alloh kimni xohlasa, oʻshani Oʻz nusrati ila qoʻllaydir. Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordir», deb ayt. [6]

    [6] (Maʼlumki, Badr urushida mushriklarning soni musulmonlarning adadidan uch barobar koʻp edi. Shunga qaramay, Alloh taoloning nusrati bilan musulmonlar gʻolib keldilar.)

  14. 14

    زُيِّنَ لِلنَّاسِ حُبُّ ٱلشَّهَوَٰتِ مِنَ ٱلنِّسَآءِ وَٱلْبَنِينَ وَٱلْقَنَٰطِيرِ ٱلْمُقَنطَرَةِ مِنَ ٱلذَّهَبِ وَٱلْفِضَّةِ وَٱلْخَيْلِ ٱلْمُسَوَّمَةِ وَٱلْأَنْعَٰمِ وَٱلْحَرْثِ ۗ ذَٰلِكَ مَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَٱللَّهُ عِندَهُۥ حُسْنُ ٱلْمَـَٔابِ

    Zuyyina linnaasi hubbush shahawaati minannisaaa'i wal baneena walqanaateeril muqantarati minaz zahabi walfiddati walkhailil musawwamati wal an'aami walhars; zaalika mataa'ul hayaatid dunyaa wallaahu 'indahoo husnul ma-aab

    Odamlarga ayollardan, bolalardan, toʻp-toʻp tillo va kumushdan, goʻzal otlardan, chorvadan, ekin-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi. Ular dunyo hayotining matohidir. Allohning huzurida esa, husnli qaytar joy bor. [7]

    [7] («Shahvat» soʻzi urfda jinsiy maʼnoda ishlatib kelinadi. Aslida esa, shahvat «ishtaha» soʻzidan olingan boʻlib, koʻngil tusashi, xohlashiga aytiladi. Ushbu oyati karimada odamlarning koʻngliga muhabbati ziynatlangan, ishtahalari doim tortib turadigan narsalar haqida soʻz ketmoqda.)

  15. 15

    ۞ قُلْ أَؤُنَبِّئُكُم بِخَيْرٍۢ مِّن ذَٰلِكُمْ ۚ لِلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ عِندَ رَبِّهِمْ جَنَّٰتٌۭ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا وَأَزْوَٰجٌۭ مُّطَهَّرَةٌۭ وَرِضْوَٰنٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ بَصِيرٌۢ بِٱلْعِبَادِ

    Qul a'unabbi 'ukum bikhairim min zaalikum; lillazeenat taqaw 'inda Rabbihim jannaatun tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa wa azwaajum mutahharatunw wa ridwaanum minal laah; wallaahu baseerum bil'ibaad

    Sen: «Oʻsha narsalaringizdan yaxshirogʻining xabarini beraymi?! Taqvo qilganlarga Robbilari huzurida ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Unda abadiy qolurlar. Pokiza juftlar va Alloh tomonidan rozilik bor. Va Alloh bandalarni koʻrib turuvchidir», deb ayt. [8]

    [8] (Hamma bu dunyoning matohiga oʻzini uradi. Oʻshani deb koʻplar gunohga botadi, dindan chiqadi. Holbuki, bu narsalar shuncha urinishga arzimaydigan narsalardir. Besh kunlik dunyoning oʻtkinchi orzu-havasi, xolos. Lekin boshqa tarafda undan yaxshi, abadiy neʼmatlar bor. Alloh taolo ushbu oyatda Paygʻambarimiz alayhissalomga xitoban: «Oʻsha narsalaringizdan yaxshirogʻining xabarini beraymi?! deb ayt», deb buyurmoqda. Oxirat neʼmatlari bu dunyo matohidan naqadar ustun ekanligi shak-shubhasiz haqiqatdir. Ammo oxirat neʼmatlarining yana bir oʻziga xos imtiyozi bor. U ham boʻlsa, ularning taqvodor bandalarga xosligidir, boshqalarga nasib qilmaydi.)

  16. 16

    ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ إِنَّنَآ ءَامَنَّا فَٱغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَقِنَا عَذَابَ ٱلنَّارِ

    Allazeena yaqooloona Rabbanaaa innanaaa aamannaa faghfir lanaa zunoobanaa wa qinaa 'azaaban Naar

    Ular: «Robbimiz, albatta, biz iymon keltirdik, bizning gunohlarimizni magʻfirat qilgin va doʻzax azobidan saqlagin», deydiganlardir.

  17. 17

    ٱلصَّٰبِرِينَ وَٱلصَّٰدِقِينَ وَٱلْقَٰنِتِينَ وَٱلْمُنفِقِينَ وَٱلْمُسْتَغْفِرِينَ بِٱلْأَسْحَارِ

    Assaabireena wassaa diqeena walqaaniteena walmunfiqeena walmus taghfireena bil ashaar

    Sabr qiluvchilar, sodiqlar, doimiy toat qiluvchilar, nafaqa qiluvchilar va saharda istigʻfor aytuvchilardir.

  18. 18

    شَهِدَ ٱللَّهُ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ وَأُو۟لُوا۟ ٱلْعِلْمِ قَآئِمًۢا بِٱلْقِسْطِ ۚ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Shahidal laahu annahoo laa ilaaha illaa Huwa walmalaaa'ikatu wa ulul 'ilmi qaaa'imam bilqist; laaa ilaaha illaa Huwal 'Azeezul Hakeem

    Alloh adolat ila turib, albatta, Undan oʻzga iloh yoʻqligiga shohidlik berdi. Farishtalar va ilm egalari ham. Undan oʻzga iloh yoʻq. U aziyz va hakiym Zotdir.

  19. 19

    إِنَّ ٱلدِّينَ عِندَ ٱللَّهِ ٱلْإِسْلَٰمُ ۗ وَمَا ٱخْتَلَفَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ بَغْيًۢا بَيْنَهُمْ ۗ وَمَن يَكْفُرْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَإِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ

    Innad deena 'indal laahil Islaam; wa makhtalafal lazeena ootul Kitaaba illaa mim ba'di maa jaaa'ahumul 'ilmu baghyam bainahum; wa mai yakfur bi Aayaatil laahi fa innal laaha saree'ul hisaab

    Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelgandan soʻng, oʻzaro hasad qilishibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, albatta, Alloh hisobni tezda qiluvchidir. [9]

    [9] (Allohning huzurida Islomdan boshqa din yoʻq. Yahudiy, nasroniy, buddiy yoki yana boshqa har xil dinlar Allohning huzurida eʼtiborini yoʻqotgan dinlardir. Ularga eʼtiqod va amal qilganlar behuda yuribdilar hisob. Dunyoda Alloh yagona boʻlganidan keyin, aqida ham yagona boʻlishi kerak. U Islom aqidasidir. Ahli kitobning kelishmovchiligi ilmsizlikdan, johillikdan emas. Ularga Alloh tomonidan ilm kelgan edi. Ular Allohning yagonaligini, ibodatga sazovorlikda ham yagonaligini, bandalarning vazifasi nimadan iborat ekanligini yaxshi bilar edilar. Bilib turib, ixtilof qildilar.)

  20. 20

    فَإِنْ حَآجُّوكَ فَقُلْ أَسْلَمْتُ وَجْهِىَ لِلَّهِ وَمَنِ ٱتَّبَعَنِ ۗ وَقُل لِّلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْأُمِّيِّۦنَ ءَأَسْلَمْتُمْ ۚ فَإِنْ أَسْلَمُوا۟ فَقَدِ ٱهْتَدَوا۟ ۖ وَّإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ ٱلْبَلَٰغُ ۗ وَٱللَّهُ بَصِيرٌۢ بِٱلْعِبَادِ

    Fa in haaajjooka faqul aslamtu wajhiya lillaahi wa manit taba'an; wa qul lillazeena ootul Kitaaba wal ummiyyeena 'a-aslamtum; fa in aslamoo faqadih tadaw wa in tawallaw fa innamaa 'alaikal balaagh; wallaahu baseerum bil 'ibaad

    Agar sen bilan tortishsalar: «Men yuzimni Allohga taslim etdim va menga ergashganlar ham!« deb ayt. Va kitob berilganlarga va savodsizlarga: «Islomga kirdingizmi?» deb ayt. Agar Islomga kirsalar, bas, batahqiq, hidoyat topdilar. Agar yuz oʻgirsalar, sening zimmangda yetkazish, xolos. Alloh bandalarni koʻrib turuvchidir. [10]

    [10] (Yuz insonning eng oliy aʼzosi hisoblanadi. Yuzni Allohga taslim qilish esa, oʻsha yuzning egasi butun vujudini Allohga topshirganini bildiradi. Paygʻambar alayhissalomki oʻzlariga ushbu yoʻlni tanlabdilar, u kishiga ergashgan ummatlari ham albatta shu yoʻlni tanlaydilar. Bundan boshqa gap boʻlishi mumkin emas.)

  21. 21

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَيَقْتُلُونَ ٱلنَّبِيِّۦنَ بِغَيْرِ حَقٍّۢ وَيَقْتُلُونَ ٱلَّذِينَ يَأْمُرُونَ بِٱلْقِسْطِ مِنَ ٱلنَّاسِ فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ

    Innal lazeena yakfuroona bi Aayaatil laahi wa yaqtuloonan Nabiyyeena bighairi haqqinw wa yaqtuloonal lazeena yaamuroona bilqisti minannaasi fabashirhum bi'azaabin aleem

    Albatta, Allohning oyatlariga kufr keltiradiganlar, Paygʻambarlarni nohaqdan oʻldiradiganlar va odamlardan adolatga buyuradiganlarini oʻldiradiganlarga alamli azobning bashoratini ber.

  22. 22

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ وَمَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ

    Ulaaa'ikal lazeena habitat a'maaluhum fid dunyaa wal Aaakhirati wa maa lahum min naasireen

    Ana oʻshalar, amallari bu dunyo-yu oxiratda habata boʻlganlardir va ularga yordam beruvchilar yoʻqdir. [11]

    [11] (Iymonlari yoʻqligi, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari tufayli baʼzi qilgan yaxshi ishlari ham bekor ketadi. Ularga savob va najot keltirmaydi. Hamda boshlariga mushkul tushgan paytda yordamchilar yoʻqdir.)

  23. 23

    أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ نَصِيبًۭا مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ يُدْعَوْنَ إِلَىٰ كِتَٰبِ ٱللَّهِ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ يَتَوَلَّىٰ فَرِيقٌۭ مِّنْهُمْ وَهُم مُّعْرِضُونَ

    Alam tara ilal lazeena ootoo naseebam minal Kitaabi yud'awna ilaa Kitaabil laahi liyahkuma bainahum summa yatawallaa fareequm minhum wa hum mu'ridoon

    Kitobdan nasiba berilganlarga qaramaysanmi?! Oralarida hukm yuritish uchun Allohning kitobiga chaqirilganlarida ulardan bir guruhlari yuz oʻgirib ortga qaytarlar. [12]

    [12] (Ibn Isʼhoq rivoyat qiladilarki, Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom Baytul Midrosda bir guruh yahudiylarni Allohning diniga chaqirganlarida, ulardan Nuʼmon ibn Amr va Hars ibn Zayd deganlari: «Ey Muhammad, sen qaysi dindasan?» dedilar. U zot alayhissalom: «Ibrohim millati va dinidaman», dedilar. Ular: «Ibrohim yahudiy boʻlgan, deyishdi. Shunda Paygʻambar alayhissalom: «Undoq boʻlsa, kelinglar, shu masalani Tavrotdan koʻraylik», deganlarida, ular bosh tortdilar.)

  24. 24

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا۟ لَن تَمَسَّنَا ٱلنَّارُ إِلَّآ أَيَّامًۭا مَّعْدُودَٰتٍۢ ۖ وَغَرَّهُمْ فِى دِينِهِم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

    Zaalika bi annahum qaaloo lan tamassanan naaru illaaa ayyaamam ma'doodaatinw wa gharrahum fee deenihim maa kaanoo yaftaroon

    Buning sababi — ularning: «Bizga sanoqli kunlardan boshqa hech oʻt tegmas», deganlaridadir. Toʻqigan narsalari ularni dinlarida adashtirdi.

  25. 25

    فَكَيْفَ إِذَا جَمَعْنَٰهُمْ لِيَوْمٍۢ لَّا رَيْبَ فِيهِ وَوُفِّيَتْ كُلُّ نَفْسٍۢ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

    Fakaifa izaa jama'naahum li Yawmil laa raiba fee wa wuffiyat kullu nafsim maa kasabat wa hum laa yuzlamoon

    Unda, boʻlishida shubha yoʻq kunda ularni jamlaganimizda va har bir jon zulm qilinmasdan, qilganiga yarasha jazosini olganda, hollari qanday boʻladir?

  26. 26

    قُلِ ٱللَّهُمَّ مَٰلِكَ ٱلْمُلْكِ تُؤْتِى ٱلْمُلْكَ مَن تَشَآءُ وَتَنزِعُ ٱلْمُلْكَ مِمَّن تَشَآءُ وَتُعِزُّ مَن تَشَآءُ وَتُذِلُّ مَن تَشَآءُ ۖ بِيَدِكَ ٱلْخَيْرُ ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Qulil laahumma Maalikal Mulki tu'til mulka man tashaaa'u wa tanzi'ulmulka mimman tashhaaa'u wa tu'izzu man tashaaa'u wa tuzillu man tashaaa'u biyadikal khairu innaka 'alaa kulli shai'in Qadeer

    Sen: «Ey barcha mulkning egasi Robbim! Xohlagan kishingga mulk berursan va xohlagan kishingdan mulkni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sening qoʻlingda. Albatta, Sen har bir narsaga qodirsan.

  27. 27

    تُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَتُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ ۖ وَتُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَتُخْرِجُ ٱلْمَيِّتَ مِنَ ٱلْحَىِّ ۖ وَتَرْزُقُ مَن تَشَآءُ بِغَيْرِ حِسَابٍۢ

    Toolijul laila fin nahaari wa toolijun nahaara fil laili wa tukhrijul haiya minalmaiyiti wa tukhrijulo maiyita minal haiyi wa tarzuqu man tashaaa'u bighari hisab

    Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan, oʻlikdan tirikni chiqarursan va tirikdan oʻlikni chiqarursan hamda xohlagan kishingga behisob rizq berursan», deb ayt. [13]

    [13] (Koʻrinib turibdiki, bu ikki oyatda juda ham ulkan maʼnolar oʻz aksini topgan. Yagona Allohning faqat Oʻziga xos kamolot sifatlari jamlangan. Shuning uchun ham ushbu ikki oyatni kundalik vird-vazifa sifatida oʻqib yurish tavsiya qilinadi.)

  28. 28

    لَّا يَتَّخِذِ ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلْكَٰفِرِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۖ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَلَيْسَ مِنَ ٱللَّهِ فِى شَىْءٍ إِلَّآ أَن تَتَّقُوا۟ مِنْهُمْ تُقَىٰةًۭ ۗ وَيُحَذِّرُكُمُ ٱللَّهُ نَفْسَهُۥ ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ ٱلْمَصِيرُ

    Laa yattakhizil mu'minoonal kaafireena awliyaaa'a min doonil mu'mineena wa mai yaf'al zaalika falaisa minal laahi fee shai'in illaaa an tattaqoo minhum tuqaah; wa yuhazzirukumul laahu nafsah; wa ilal laahil maseer

    Moʻminlar moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutmasinlar. Kim buni qilsa, bas, unga Allohdan hech narsa yoʻq. Magar ulardan saqlansangiz, Alloh sizlarni Oʻz(azob)idan ogoh qiladir. Va qaytib borish Allohning Oʻzigadir. [14]

    [14] (Islomda boshqa dindagilar bilan yaxshi aloqada boʻlishga ruxsat bor. Lekin doʻst tutish, hamma narsani kofirga ishonib topshirib qoʻyish mumkin emas. Faqat bir holatdagina, istisno tariqasida, yuzaki ravishda oʻzini kofirga doʻst qilib koʻrsatishi mumkin: «Magar ulardan saqlansangiz». Bunday tasarrufni «taqiyya» deb ataladi. Taqiyya bilan jonni, molni va nomusni dushmanlardan saqlab qolishga harakat qilinadi.)

  29. 29

    قُلْ إِن تُخْفُوا۟ مَا فِى صُدُورِكُمْ أَوْ تُبْدُوهُ يَعْلَمْهُ ٱللَّهُ ۗ وَيَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Qul in tukhfoo maa fee sudoorikum aw tubdoohu ya'lamhul laah; wa ya'lamu maa fis samaawaati wa maa fil ard; wallaahu 'alaa kulli shai'in Qadeer

    Sen: «Agar qalbingizdagi narsani maxfiy tutsangiz ham, oshkor qilsangiz ham Alloh biladir. Va osmonlardagiyu yerdagi narsalarni ham biladir. Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt. [15]

    [15] (Oyati karima Alloh taolo bandalarining barcha ishlaridan ochiq-oydin xabardor ekanligini shubhaga hech oʻrin qoʻymaydigan darajada bayon qilmoqda. Kim maxfiy ravishda kofirlarni doʻst tutsa ham, biladi. Bilganidan soʻng, albatta, uning jazosini beradi.)

  30. 30

    يَوْمَ تَجِدُ كُلُّ نَفْسٍۢ مَّا عَمِلَتْ مِنْ خَيْرٍۢ مُّحْضَرًۭا وَمَا عَمِلَتْ مِن سُوٓءٍۢ تَوَدُّ لَوْ أَنَّ بَيْنَهَا وَبَيْنَهُۥٓ أَمَدًۢا بَعِيدًۭا ۗ وَيُحَذِّرُكُمُ ٱللَّهُ نَفْسَهُۥ ۗ وَٱللَّهُ رَءُوفٌۢ بِٱلْعِبَادِ

    Yawma tajidu kullu nafsim maa'amilat min khairim muhdaranw wa maa 'amilat min sooo'in tawaddu law anna bainahaa wa bainahooo amadam ba'eedaa; wa yuhazzirukumul laahu nafsah; wallaahu ra'oofum bil'ibaad

    Har bir jon qilgan yaxshi amalini hozir topadigan va yomon amalining uzoq masofada boʻlishini istaydigan kunda. Alloh sizlarni Oʻz(azob)idan ogoh qiladir. Alloh bandalariga mehribon Zotdir. [16]

    [16] (U kunda har bir jonning yaxshiligiyu yomonligi oxirigacha sarhisob qilinadi. Agar bandaning bu dunyodagi amallari yaxshi boʻlsa, xursandchilikka, baxtga, saodatga erishadi. Yomon boʻlsa, qani endi ushbu yomon amallar olis-olislarda boʻlsa edi, menga yaqin boʻlmasa edi, deb orzu qiladi.)

  31. 31

    قُلْ إِن كُنتُمْ تُحِبُّونَ ٱللَّهَ فَٱتَّبِعُونِى يُحْبِبْكُمُ ٱللَّهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Qul in kuntum tuhibboonal laaha fattabi' oonee yuhbibkumul laahu wa yaghfir lakum zunoobakum; wallaahu Ghafoorur Raheem

    Sen: «Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladir va sizlarning gunohlaringizni magʻfirat qiladir», deb ayt. Alloh Gʻafur va Rohiymdir.

  32. 32

    قُلْ أَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ ۖ فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Qul atee'ul laaha war Rasoola fa in tawallaw fa innal laaha laa yuhibbul kaafireen

    Allohga va Rasulga itoat qiling. Bas, agar ortga qaytsangiz, Alloh, albatta, kofirlarga muhabbat qilmas.

  33. 33

    ۞ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصْطَفَىٰٓ ءَادَمَ وَنُوحًۭا وَءَالَ إِبْرَٰهِيمَ وَءَالَ عِمْرَٰنَ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ

    Innal laahas tafaaa Aadama wa Noohanw wa Aala Ibraaheema wa Aala Imraana 'alal 'aalameen

    Albatta, Alloh Odamni, Nuhni, Oli Ibrohimni, Oli Imronni olamlar ustidan tanlab oldi.

  34. 34

    ذُرِّيَّةًۢ بَعْضُهَا مِنۢ بَعْضٍۢ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

    Zurriyyatam ba'duhaa mim ba'd; wallaahu Samee'un 'Aleem

    Baʼzilari baʼzilariga zurriyotdir. Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir. [17]

    [17] (Ushbu oyatda Alloh taolo Odam va Nuh alayhissalomlarning yolgʻiz oʻzlarini Ibrohim va Imron alayhissalomlarni esa, sulolalarini ham qoʻshib zikr qildi. Nega? Chunki Odam va Nuh alayhissalomlar yolgʻiz oʻzlari paygʻambar boʻlganlar. Ibrohim va Imron alayhissalomlar zurriyotlaridan bevosita paygʻambarlar sulolasi tarqalgan. Bu nasab yoki qarindoshlik asosidagi paygʻambarlik sulolasi emas, balki aqida asosidagi suloladir. Bu haqiqat Ibrohim alayhissalom Allohga iltijo qilib, zurriyotlaridan ham paygʻambar chiqarishini soʻraganlarida bayon qilingan.)

  35. 35

    إِذْ قَالَتِ ٱمْرَأَتُ عِمْرَٰنَ رَبِّ إِنِّى نَذَرْتُ لَكَ مَا فِى بَطْنِى مُحَرَّرًۭا فَتَقَبَّلْ مِنِّىٓ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Iz qaalatim ra atu 'Imraana Rabbi innee nazartu laka maa fee batnee muharraran fataqabbal minnee innaka Antas Samee'ul 'Aleem

    Imronning xotini: «Ey Robbim! Albatta, men qornimdagini Oʻzingga xolis nazr qildim. Bas, mendan qabul et. Albatta, Sening Oʻzing eshituvchi, biluvchi zotsan», deganini esla!

  36. 36

    فَلَمَّا وَضَعَتْهَا قَالَتْ رَبِّ إِنِّى وَضَعْتُهَآ أُنثَىٰ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا وَضَعَتْ وَلَيْسَ ٱلذَّكَرُ كَٱلْأُنثَىٰ ۖ وَإِنِّى سَمَّيْتُهَا مَرْيَمَ وَإِنِّىٓ أُعِيذُهَا بِكَ وَذُرِّيَّتَهَا مِنَ ٱلشَّيْطَٰنِ ٱلرَّجِيمِ

    Falammaa waqa'athaa qaalat Rabbi innee wada'tuhaaa unsaa wallaahu a'lamu bimaa wada'at wa laisaz zakaru kalunsaa wa innee sammaituhaa Maryama wa innee u'eezuhaa bika wa zurriyyatahaa minash Shaitaanir Rajeem

    Uni (Maryamni) tuqqan chogʻida: «Ey Robbim, men buni qiz tugʻdim-ku!!» – dedi. Holbuki, Alloh u nima tuqqanini yaxshi biladi. «Va oʻgʻil qizdek emas. Va men unga «Maryam» deb nom qoʻydim va albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga shaytonir rojim sharridan panoh tilarman.»

  37. 37

    فَتَقَبَّلَهَا رَبُّهَا بِقَبُولٍ حَسَنٍۢ وَأَنۢبَتَهَا نَبَاتًا حَسَنًۭا وَكَفَّلَهَا زَكَرِيَّا ۖ كُلَّمَا دَخَلَ عَلَيْهَا زَكَرِيَّا ٱلْمِحْرَابَ وَجَدَ عِندَهَا رِزْقًۭا ۖ قَالَ يَٰمَرْيَمُ أَنَّىٰ لَكِ هَٰذَا ۖ قَالَتْ هُوَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ يَرْزُقُ مَن يَشَآءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ

    Fataqabbalahaa Rabbuhaa biqaboolin hasaninw wa ambatahaa nabaatan hasananw wa kaffalahaa Zakariyyaa kullamaa dakhala 'alaihaa Zakariyyal Mihraaba wajada 'indahaa rizqan qaala yaa Maryamu annaa laki haazaa qaalat huwa min 'indil laahi innal laaha yarzuqu mai yashaaa'u bighairi hisaab

    Bas, uni Robbi juda yaxshi qabul qilib, nihoyatda goʻzal oʻstirdi va Zakariyoni unga kafil qildi. Zakariyo har qachon uning oldiga, mehrobga kirganida, uning huzurida rizq koʻrdi. U: «Ey Maryam, senga bu qayerdan», – dedi. «Bu, Allohning huzuridan. Albatta, Alloh xohlagan kishisiga behisob rizq berur», – dedi. [18]

    [18] (Shunday qilib, Maryam alohida eʼtibor ostida muborak boʻlib oʻsa bordi. Alloh unga Oʻzi inoyat koʻrsatib turdi. Zakariyo alayhissalom Maryamning kafili sifatida, tabiiyki, uning oziq-ovqati, rizqidan doimo xabardor boʻlib turishi lozim. Lekin ibodatxona mehrobida ibodat bilan mashgʻul boʻlib turgan Maryamning oldiga qachon kirsa, uning huzurida rizq turar edi.)

  38. 38

    هُنَالِكَ دَعَا زَكَرِيَّا رَبَّهُۥ ۖ قَالَ رَبِّ هَبْ لِى مِن لَّدُنكَ ذُرِّيَّةًۭ طَيِّبَةً ۖ إِنَّكَ سَمِيعُ ٱلدُّعَآءِ

    Hunaaalika da'aa Zakariyyaa Rabbahoo qaala Rabbi hab lee mil ladunka zurriyyatan taiyibatan innaka samee'ud du'aaa'

    Shu chogʻda Zakariyo Robbiga duo qilib: «Ey Robbim, menga Oʻz huzuringdan yaxshi zurriyot bergin. Albatta, Sen duoni eshituvchisan», – dedi.

  39. 39

    فَنَادَتْهُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ وَهُوَ قَآئِمٌۭ يُصَلِّى فِى ٱلْمِحْرَابِ أَنَّ ٱللَّهَ يُبَشِّرُكَ بِيَحْيَىٰ مُصَدِّقًۢا بِكَلِمَةٍۢ مِّنَ ٱللَّهِ وَسَيِّدًۭا وَحَصُورًۭا وَنَبِيًّۭا مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Fanaadat hul malaaa'ikatu wa huwa qaaa'imuny yusallee fil Mihraabi annal laaha yubashshiruka bi Yahyaa musaddiqam bi Kalimatim minal laahi wa saiyidanw wa hasooranw wa Nabiyyam minas saaliheen

    Mehrobda namoz oʻqib turganida, farishtalar unga: «Albatta, Alloh senga Allohdan boʻlgan kalimani tasdiqlovchi, boshliq, shahvati tiyilgan, solih Paygʻambarlardan boʻlgan Yahyoning bashoratini bermoqda», – dedilar. [19]

    [19] (Zakariyo alayhissalomning chin dildan qilgan duolari qabul boʻldi. Allohning farishtalari kelib u kishiga suyunchilik xabarini yetkazdilar. Alloh Zakariyo alayhissalomga oʻgʻil farzand berishni iroda qildi.)

  40. 40

    قَالَ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِى غُلَٰمٌۭ وَقَدْ بَلَغَنِىَ ٱلْكِبَرُ وَٱمْرَأَتِى عَاقِرٌۭ ۖ قَالَ كَذَٰلِكَ ٱللَّهُ يَفْعَلُ مَا يَشَآءُ

    Qaala Rabbi annaa yakoonu lee ghulaamunw wa qad balaghaniyal kibaru wamraatee 'aaqirun qaala kazaalikal laahu yaf'alu maa yashaaa'

    U: «Ey Robbim, menga qandoq oʻgʻil boʻlsin?! Oʻzim ulugʻ yoshga kirgan boʻlsam, xotinim tugʻmas boʻlsa?!» – dedi. U zot: «Shundoq, Alloh xohlaganini qiladir», – dedi.

  41. 41

    قَالَ رَبِّ ٱجْعَل لِّىٓ ءَايَةًۭ ۖ قَالَ ءَايَتُكَ أَلَّا تُكَلِّمَ ٱلنَّاسَ ثَلَٰثَةَ أَيَّامٍ إِلَّا رَمْزًۭا ۗ وَٱذْكُر رَّبَّكَ كَثِيرًۭا وَسَبِّحْ بِٱلْعَشِىِّ وَٱلْإِبْكَٰرِ

    Qaala Rabbij 'al leee Aayatan qaala Aaayatuka allaa tukalliman naasa salaasata ayyaamin illa ramzaa; wzkur Rabbaka kaseeranw wa sabbih bil'ashiyyi wal ibkaar

    U: «Ey Robbim, menga bir belgi tayinla», – dedi. U zot: «Sening belging — uch kun odamlarga faqat ishora bilan gapirishingdir. Robbingni koʻp esla va ertayu kech tasbih ayt!» – dedi.

  42. 42

    وَإِذْ قَالَتِ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَٰمَرْيَمُ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصْطَفَىٰكِ وَطَهَّرَكِ وَٱصْطَفَىٰكِ عَلَىٰ نِسَآءِ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa iz qaalatil malaaa'ikatu yaa Ya Maryamu innal laahas tafaaki wa tahharaki wastafaaki 'alaa nisaaa'il 'aalameen

    Farishtalarning: «Ey Maryam, albatta, Alloh seni tanlab oldi, pokladi va olamdagi ayollardan ustunligingni ixtiyor qildi.

  43. 43

    يَٰمَرْيَمُ ٱقْنُتِى لِرَبِّكِ وَٱسْجُدِى وَٱرْكَعِى مَعَ ٱلرَّٰكِعِينَ

    Yaa Maryamuq nutee li Rabbiki wasjudee warka'ee ma'ar raaki'een

    Ey Maryam, Robbingning ibodatida bardavom boʻl, Unga sajda qil va rukuʼ qiluvchilar bilan rukuʼ qil», deganlarini esla. [20]

    [20] (Bu yerda, Maryamni Alloh tanlab olganini, boshqalar kabi oddiy emasliklarini bayon etilmoqda. Shu bilan birga, u kishining, nasorolar daʼvo qilayotganidek, «ona xudo» yoki «xudoning xotini» ham emasliklarini bilvosita taʼkidlamoqda.)

  44. 44

    ذَٰلِكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْغَيْبِ نُوحِيهِ إِلَيْكَ ۚ وَمَا كُنتَ لَدَيْهِمْ إِذْ يُلْقُونَ أَقْلَٰمَهُمْ أَيُّهُمْ يَكْفُلُ مَرْيَمَ وَمَا كُنتَ لَدَيْهِمْ إِذْ يَخْتَصِمُونَ

    Zaalika min ambaaa'il ghaibi nooheehi ilaik; wa maa kunta ladaihim iz yulqoona aqlaamahum ayyuhum yakfulu Maryama wa maa kunta ladaihim iz yakhtasimoon

    Bu gʻayb xabarlardan boʻlib, senga vahiy qilmoqdamiz. Ular qaysilari Maryamning kafili boʻlishiga qalamlarini tashlashayotganlarida oldilarida emasding va tortishayotganlarida ham oldilarida emasding. [21]

    [21] (Bibi Maryamning onalarining ismi Hinna edi. U kishi Maryamni tuqqanlaridan keyin, vaʼdasiga vafo aylab, yangi yoʻrgaklangan chaqaloqni yahudiylarning «Haykal» ibodatxonasiga olib kelib, u yerdagi diniy xodimlarning oldiga qoʻyibdi va: «Bu nazr qilingan qizni olinglar», debdi. Shunda ular, men olaman-men olaman, deb talashib ketibdilar. Chunki qizcha boshliqlari hazrati Imronning qizi edi-da. Ular qalamlarini qurʼa sifatida daryoga tashlab, kafilni aniqlashibdi. Albatta bu ishlar Muhammad alayhissalomga qorongʻi, gʻayb ishlar edi. Bu maʼlumotni faqat Qurʼon keltirgan xabardan bilmoqdalar.)

  45. 45

    إِذْ قَالَتِ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَٰمَرْيَمُ إِنَّ ٱللَّهَ يُبَشِّرُكِ بِكَلِمَةٍۢ مِّنْهُ ٱسْمُهُ ٱلْمَسِيحُ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ وَجِيهًۭا فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ وَمِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ

    Iz qaalatil malaaa'ikatu yaa Maryamu innal laaha yubashshiruki bi Kalimatim minhus muhul Maseeh u 'Eesab nu Maryama wajeehan fid dunyaa wal Aakhirati wa minal muqarrabeen

    Farishtalar: «Ey Maryam, albatta, Alloh senga Oʻzidan boʻlgan soʻzning bashoratini bermoqda, uning ismi Masiyh Iyso ibn Maryam, bu dunyoyu oxiratda obroʻli va yaqin bandalardandir. [22]

    [22] (Oyatda kelgan «soʻz»dan murod Iyso alayhissalomdir. «Soʻz» arabchada kalima deyiladi. Iyso alayhissalomning bir nomlari «Kalimatulloh»dir. Chunki u kishining dunyoga kelishigi Allohning «Boʻl» degan soʻzi, kalimasi sabab boʻlgan.)

  46. 46

    وَيُكَلِّمُ ٱلنَّاسَ فِى ٱلْمَهْدِ وَكَهْلًۭا وَمِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Wa yukallimun naasa filmahdi wa kahlanw wa minassaaliheen

    U odamlarga beshikda ham, qarigan chogʻida ham gapiradi va solihlardandir», deganlarini esla. [23]

    [23] (Odatda qiz bola oʻzidan oʻzi homilador boʻlmaydi. Lekin Alloh taolo Maryamga uning homilador boʻlib, Allohning kalimasi tufayli Masih Iyso ibn Maryam degan farzand koʻrishini farishtalar orqali bildirmoqda. Shu bilan birga, uning boshqa sifatlarini ham sanab oʻtmoqda.)

  47. 47

    قَالَتْ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِى وَلَدٌۭ وَلَمْ يَمْسَسْنِى بَشَرٌۭ ۖ قَالَ كَذَٰلِكِ ٱللَّهُ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ إِذَا قَضَىٰٓ أَمْرًۭا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ

    Qaalat Rabbi annaa yakoonu ee waladunw wa lam yamsasnee basharun qaala kazaalikil laahu yakhluqu maa yashaaa'; izaa qadaaa amran fa innamaa yaqoolu lahoo kun fayakoon

    U: «Ey Robbim, menga bashar qoʻl tekkizmagan boʻlsa, qanday qilib bolam boʻladi?!» – dedi. U zot: «Shunday, Alloh xohlaganini qiladi. Bir ishni iroda qilsa, «Boʻl!» deyishi kifoya, boʻlaveradi», – dedi.

  48. 48

    وَيُعَلِّمُهُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ

    Wa yu'allimuhul Kitaaba wal Hikmata wat Tawraata wal Injeel

    Va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni oʻrgatadi. [24]

    [24] (Alloh Maryamning boʻlajak Masih Iyso ibn Maryam deb nomlangan oʻgʻliga hikmat, Tavrot va Injilni ham oʻrgatishi xabar qilinmoqda.)

  49. 49

    وَرَسُولًا إِلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ أَنِّى قَدْ جِئْتُكُم بِـَٔايَةٍۢ مِّن رَّبِّكُمْ ۖ أَنِّىٓ أَخْلُقُ لَكُم مِّنَ ٱلطِّينِ كَهَيْـَٔةِ ٱلطَّيْرِ فَأَنفُخُ فِيهِ فَيَكُونُ طَيْرًۢا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۖ وَأُبْرِئُ ٱلْأَكْمَهَ وَٱلْأَبْرَصَ وَأُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۖ وَأُنَبِّئُكُم بِمَا تَأْكُلُونَ وَمَا تَدَّخِرُونَ فِى بُيُوتِكُمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

    Wa Rasoolan ilaa Baneee Israaa'eela annee qad ji'tukum bi Aayatim mir Rabbikum annee akhluqu lakum minatteeni kahai 'atittairi fa anfukhu feehi fayakoonu tairam bi iznil laahi wa ubri'ul akmaha wal abrasa wa uhyil mawtaa bi iznil laahi wa unabbi'ukum bimaa taakuloona wa maa taddakhiroona fee buyootikum; inna fee zaalika la Aayatal lakum in kuntum mu'mineen

    Va Bani Isroilga Paygʻambar qiladi. U: «Albatta, men sizga Robbingizdan moʻjiza keltirdim, men sizlarga loydan qushga oʻxshash suvrat yasayman, unga puflasam, Allohning izni bilan qush boʻladi. Alloh izni bilan tugʻma koʻr va peslarni tuzataman va oʻlikni tiriltiraman. Sizlarga nimani yemoqdasizu, nimani uyingizda saqlayapsiz — xabarini beraman. Agar moʻmin boʻlsangiz, albatta, bunda sizga belgi bordir», deydi.

  50. 50

    وَمُصَدِّقًۭا لِّمَا بَيْنَ يَدَىَّ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ وَلِأُحِلَّ لَكُم بَعْضَ ٱلَّذِى حُرِّمَ عَلَيْكُمْ ۚ وَجِئْتُكُم بِـَٔايَةٍۢ مِّن رَّبِّكُمْ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ

    Wa musaddiqal limaa baina yadaiya minat Tawraati wa liuhilla lakum ba'dal lazee hurrima 'alaikum; wa ji'tukum bi Aayatim mir Rabbikum fattaqul laaha wa atee'oon

    Va oʻzimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi boʻlib, sizga harom qilinganning baʼzisini halol qilish uchun keldim. Sizga Robbingizdan moʻjiza bilan keldim. Allohga taqvo qiling va menga itoat eting.

  51. 51

    إِنَّ ٱللَّهَ رَبِّى وَرَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ۗ هَٰذَا صِرَٰطٌۭ مُّسْتَقِيمٌۭ

    Innal laaha Rabbee wa Rabbukum fa'budooh; haazaa Siraatum Mustaqeem

    Albatta, Alloh mening Robbim va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Bu — sirotul mustaqiymdir», deydir. [25]

    [25] (Iyso alayhissalomning: «... oʻzimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi boʻlib...» deganlaridan, yana bir bor, u kishining Bani Isroilga paygʻambar boʻlib, Muso alayhissalom shariatiga amal qilib kelganlari bilinmoqda.)

  52. 52

    ۞ فَلَمَّآ أَحَسَّ عِيسَىٰ مِنْهُمُ ٱلْكُفْرَ قَالَ مَنْ أَنصَارِىٓ إِلَى ٱللَّهِ ۖ قَالَ ٱلْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنصَارُ ٱللَّهِ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَٱشْهَدْ بِأَنَّا مُسْلِمُونَ

    Falammaaa ahassa 'Eesaa minhumul kufra qaala man ansaaree ilal laahi qaalal Hawaariyyoona nahnu ansaarul laahi aamannaa billaahi washhad bi annaa muslimoon

    Iyso ulardan kofirlikni sezib qolganda: «Kimlar Alloh yoʻlida menga yordamchi boʻladi?!» – dedi. Havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz, Allohga iymon keltirdik va bizning musulmonligimizga guvoh boʻl», – dedilar. [26]

    [26] («Havoriy» degani xolis, yaqin, ishonchli doʻst deganidir. Iyso alayhissalomning ham shunday kishilari bor edi. Ular Paygʻambarning daʼvatlariga darhol labbay deb javob berdilar. Allohning dini yoʻlida yordamchi boʻlishga tayyor ekanliklarini eʼlon qilishlari bilan birga, Allohga keltirgan iymonlarini ham zikr qilmoqdalar. Chunki iymon eng asosiy narsa hisoblanadi. Havoriylar yana Iyso alayhissalomdan oʻzlarining musulmonliklariga guvoh boʻlishlarini ham soʻrashmoqda. Yaʼni, Allohning amriga boʻysunganliklari, Allohning diniga va Paygʻambariga yordam berganliklariga guvoh boʻlishni soʻrashmoqda.)

  53. 53

    رَبَّنَآ ءَامَنَّا بِمَآ أَنزَلْتَ وَٱتَّبَعْنَا ٱلرَّسُولَ فَٱكْتُبْنَا مَعَ ٱلشَّٰهِدِينَ

    Rabbanaaa aamannaa bimaaa anzalta wattaba'nar Rasoola faktubnaa ma'ash shaahideen

    «Ey Robbimiz! Sen tushirgan narsaga iymon keltirdik va Paygʻambarga ergashdik. Bas, bizni guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin».

  54. 54

    وَمَكَرُوا۟ وَمَكَرَ ٱللَّهُ ۖ وَٱللَّهُ خَيْرُ ٱلْمَٰكِرِينَ

    Wa makaroo wa makaral laahu wallaahu khairul maakireen

    Makr qildilar. Alloh ham makr qildi. Alloh makr qiluvchilarning «zoʻri»dir. [27]

    [27] (Bani Isroil Iyso alayhissalomni xochga osishni va oʻldirishni xohlab, qoʻllaridan kelgan makr-hiylalarni qildilar. Alloh esa u kishini qutqarishni va Oʻziga koʻtarishni iroda qildi. Allohning tadbiri amalga oshdi. Makkor yahudiylarning hiylasi oʻtmadi.)

  55. 55

    إِذْ قَالَ ٱللَّهُ يَٰعِيسَىٰٓ إِنِّى مُتَوَفِّيكَ وَرَافِعُكَ إِلَىَّ وَمُطَهِّرُكَ مِنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَجَاعِلُ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوكَ فَوْقَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ ۖ ثُمَّ إِلَىَّ مَرْجِعُكُمْ فَأَحْكُمُ بَيْنَكُمْ فِيمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

    Iz qaalal laahu yaa 'Eesaaa innee mutawaffeeka wa raafi'uka ilaiya wa mutah hiruka minal lazeena kafaroo wa jaa'ilul lazeenattaba ooka fawqal lazeena kafarooo ilaa Yawmil Qiyaamati summa ilaiya marji'ukum fa ahkumu bainakum feemaa kuntum feehi takhtaliifoon

    Alloh: «Ey Iyso, men seni vafot qildiruvchi va Oʻzimga koʻtaruvchiman hamda kufr keltirganlardan seni poklovchiman va qiyomat kunigacha senga ergashganlarni kufr keltirganlardan ustun qoʻyuvchiman. Soʻngra, qaytish joyingiz Oʻzimga, bas, ixtilof qilgan narsalaringiz boʻyicha orangizda Oʻzim hukm chiqarurman», deganini esla!

  56. 56

    فَأَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَأُعَذِّبُهُمْ عَذَابًۭا شَدِيدًۭا فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ وَمَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ

    Fa ammal lazeena kafaroo fa u'az zibuhum 'azaaban shadeedan fiddunyaa wal Aakhirati wa maa lahum min naasireen

    Bas, kufr keltirganlarni bu dunyoyu u dunyoda shiddatli azob ila azoblayman. Ularga yordam beruvchilar yoʻqdir.

  57. 57

    وَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Wa ammal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati fa yuwaffeehim ujoorahum; wallaahu laa yuhibbuz zaalimeen

    Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning ajrini toʻliq beradi. Va Alloh zolimlarni xush koʻrmas.

  58. 58

    ذَٰلِكَ نَتْلُوهُ عَلَيْكَ مِنَ ٱلْءَايَٰتِ وَٱلذِّكْرِ ٱلْحَكِيمِ

    Zaalika natloohu 'alaika minal Aayaati wa Zikril Hakeem

    Bu, senga tilovat qilib berayotgan oyatlarimiz va hakim eslatmadandir.

  59. 59

    إِنَّ مَثَلَ عِيسَىٰ عِندَ ٱللَّهِ كَمَثَلِ ءَادَمَ ۖ خَلَقَهُۥ مِن تُرَابٍۢ ثُمَّ قَالَ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ

    Inna masala 'Eesaa 'indal laahi kamasali Aadama khalaqahoo min turaabin summa qaala lahoo kun fayakoon

    Albatta, Allohning huzurida Iysoning misoli xuddi Odamning misoliga oʻxshaydir. Uni tuproqdan yaratib, soʻngra unga «Boʻl!» dedi, bas, (u) boʻldi. [28]

    [28] (Ahli kitoblar Odam alayhissalomning tuproqdan yaratilganini, Allohning puflashi oqibatida jon kirganini yaxshi bilishadi. Bu haqda hech qanday ixtilof qilishmaydi. Yoʻq yerdan Odam alayhissalomni yaratgan Zot Iyso alayhissalomni tirik yurgan Maryamdan otasiz holda yarata olmaydimi?! Allohning har bir narsaga qodir ekanligiga ishongan esi bor odam boʻlsa, albatta bunga iqror boʻladi.)

  60. 60

    ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَلَا تَكُن مِّنَ ٱلْمُمْتَرِينَ

    Alhaqqu mir Rabbika falaa takum minal mumtareen

    Bu haqiqat Robbingdandir, bas, shak keltiruvchilardan boʻlma.

  61. 61

    فَمَنْ حَآجَّكَ فِيهِ مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَكَ مِنَ ٱلْعِلْمِ فَقُلْ تَعَالَوْا۟ نَدْعُ أَبْنَآءَنَا وَأَبْنَآءَكُمْ وَنِسَآءَنَا وَنِسَآءَكُمْ وَأَنفُسَنَا وَأَنفُسَكُمْ ثُمَّ نَبْتَهِلْ فَنَجْعَل لَّعْنَتَ ٱللَّهِ عَلَى ٱلْكَٰذِبِينَ

    Faman haaajjaka feehi mim ba'di maa jaaa'aka minal 'ilmi faqul ta'aalaw nad'u abnaaa'anaa wa abnaaa'akum wa nisaaa'anaa wa nisaaa'akum wa anfusanaa wa anfusakum summa nabtahil fanaj'al la'natal laahi 'alal kaazibeen

    Senga kelgan ilmdan keyin, kim sen bilan u haqida tortishsa, Sen: «Kelinglar, bizning bolalarimizni va sizning bolalaringizni, bizning ayollarimizni va sizning ayollaringizni, biz oʻzimizni, siz oʻzingizni chaqiramiz-da, soʻngra yolborib, yolgʻonchilarga Allohning laʼnati boʻlishini soʻraymiz», deb aytgin. [29]

    [29] ( Oli Imron surasining avvalidan to sakson nechanchi oyatigacha Paygʻambarimiz huzurlariga Najron nasorolari kelib, din haqida, Maryam va Iyso haqida tortishgan vaqtda nozil boʻlgan. Islomning haqligi ochiq-oydin boʻlib qolganda ham, raqib taraf qaysarlik bilan, oʻzimniki toʻgʻri, deb turib olgan. Shunda Alloh taolo Paygʻambar alayhissalomga ularni mubohalaga, yaʼni bolalar va ayollarni toʻplab, oʻzlari ham qoʻshilib, ikki taraf ham: «Shu masalada kim yolgʻon gapirayotgan boʻlsa, oʻshanga Allohning laʼnati boʻlsin», deb duo qilishga chaqirishni buyurdi.)

  62. 62

    إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلْقَصَصُ ٱلْحَقُّ ۚ وَمَا مِنْ إِلَٰهٍ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Innaa haazaa lahuwal qasasul haqq; wa maa min ilaahin illal laah; wa innal laahaa la Huwal 'Azeezul Hakeem

    Albatta, bu oʻzi haq qissadir. Allohdan oʻzga hech bir iloh yoʻq. Albatta, Alloh, Uning Oʻzi Aziyz va Hakiym Zotdir. [30]

    [30] (Yaʼni, Iyso haqida senga kelgan qissalar haqdir. Hech qanday shubhaga oʻrin yoʻq. Nasorolarning Iyso ham «xudo» deyishlari notoʻgʻri. Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Allohning Oʻzi aziz, hammadan gʻolib, birov Unga qarshi chiqa olmaydi. U hakim — har bir ishni oʻz oʻrnida, hikmat bilan qiladi.)

  63. 63

    فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِٱلْمُفْسِدِينَ

    Fa in tawallaw fa innal laaha'aleemun bil mufsideen

    Agar yuz oʻgirib ketsalar, bas, albatta, Alloh fasod qiluvchilarni biluvchidir.

  64. 64

    قُلْ يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ تَعَالَوْا۟ إِلَىٰ كَلِمَةٍۢ سَوَآءٍۭ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ أَلَّا نَعْبُدَ إِلَّا ٱللَّهَ وَلَا نُشْرِكَ بِهِۦ شَيْـًۭٔا وَلَا يَتَّخِذَ بَعْضُنَا بَعْضًا أَرْبَابًۭا مِّن دُونِ ٱللَّهِ ۚ فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَقُولُوا۟ ٱشْهَدُوا۟ بِأَنَّا مُسْلِمُونَ

    Qul yaa Ahlal Kitaabi ta'aalaw ilaa Kalimatin sawaaa'im bainanaa wa bainakum allaa na'buda illal laaha wa laa nushrika bihee shai'anw wa laa yattakhiza ba'dunaa ba'dan arbaabam min doonil laah; fa in tawallaw faqoolush hadoo bi annaa muslimoon

    Sen: «Ey, ahli kitoblar! Bizga ham, sizga ham barobar soʻzga keling: Allohdan oʻzgaga ibodat qilmaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qoʻyib, baʼzimiz baʼzimizni Robb qilib olmaylik», degin. Bas, agar yuz oʻgirsalar: «Guvoh boʻlinglar, biz, albatta, musulmonlarmiz», deb aytinglar.

  65. 65

    يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لِمَ تُحَآجُّونَ فِىٓ إِبْرَٰهِيمَ وَمَآ أُنزِلَتِ ٱلتَّوْرَىٰةُ وَٱلْإِنجِيلُ إِلَّا مِنۢ بَعْدِهِۦٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Yaaa Ahlal Kitaabi limaa tuhaaajjoona feee Ibraaheema wa maaa unzilatit Tawraatu wal Injeelu illaa mim ba'dih; afala ta'qiloon

    Ey, ahli kitoblar, nimaga Ibrohim haqida talashasizlar. Holbuki, Tavrot ham, Injil ham undan keyin tushgan-ku! Aql yuritmaysizlarmi?!

  66. 66

    هَٰٓأَنتُمْ هَٰٓؤُلَآءِ حَٰجَجْتُمْ فِيمَا لَكُم بِهِۦ عِلْمٌۭ فَلِمَ تُحَآجُّونَ فِيمَا لَيْسَ لَكُم بِهِۦ عِلْمٌۭ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

    Haaa antum haaa'ulaaa'i baajajtum feemaa lakum bihee 'ilmun falima tuhaaajjoonaa feemaa laisa lakum bihee 'ilm; wallaahu ya'lamu wa antum laa ta'lamoon

    Hoy sizlar, haligilar! Oʻzingiz bilgan narsada-ku talashdingiz, endi nimaga oʻzingiz bilmagan narsada talashmoqdasiz?! Alloh biladir, siz esa bilmaysiz. [31]

    [31] (Paygʻambar alayhissalom bilan Iyso haqida, shuningdek, Tavrot va Injilda kelgan baʼzi masalalar haqida tortishishgan edi. Bu masalalarda ularning ozmi-koʻpmi ilmlari bor edi. Tortishib, oʻz fikrini aytsa boʻlar edi. Ammo Tavrot va Injildan oldin oʻtgan hodisalar, oʻzlari bilmaydigan narsalar haqida tortishib nima qilardilar? Faqat, talashdi degan gap uchunmi? U narsalarni, xususan, Ibrohimning kimligini «Alloh biladi, siz esa bilmaysiz!».)

  67. 67

    مَا كَانَ إِبْرَٰهِيمُ يَهُودِيًّۭا وَلَا نَصْرَانِيًّۭا وَلَٰكِن كَانَ حَنِيفًۭا مُّسْلِمًۭا وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Maa kaana Ibraaheemu Yahoodiyyanw wa laa Nasraa niyyanw wa laakin kaana Haneefam Muslimanw wa maa kaana minal mushrikeen

    Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham boʻlmagan edi. Lekin u haq yoʻldan toymagan musulmon edi. Va mushriklardan ham boʻlmagan edi.

  68. 68

    إِنَّ أَوْلَى ٱلنَّاسِ بِإِبْرَٰهِيمَ لَلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُ وَهَٰذَا ٱلنَّبِىُّ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۗ وَٱللَّهُ وَلِىُّ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Innaa awlan naasi bi Ibraaheema lallazeenat taba 'oohu wa haazan nabiyyu wallazeena aamanoo; wallaahu waliyyul mu'mineen

    Albatta, odamlarning Ibrohimga haqlirogʻi unga ergashganlar, mana bu Paygʻambar va iymon keltirganlardir. Alloh moʻminlarning valiyidir. [32]

    [32] (Avvalo, «Albatta, odamlarning Ibrohimga haqlirogʻi unga ergashganlar», yaʼni oʻzlari hayot davrlarida u kishiga iymon keltirib, yoʻlidan yurganlar va u kishi oʻtganlaridan keyin ham ergashganlar. Yana keyin odamlarning Ibrohim alayhissalomga haqlirogʻi Paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi vassalam va u zotga iymon keltirgan moʻminlardir.)

  69. 69

    وَدَّت طَّآئِفَةٌۭ مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ لَوْ يُضِلُّونَكُمْ وَمَا يُضِلُّونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ

    Waddat taaa'ifatum min Ahlil Kitaabi law yudil loonakum wa maa yudilloona illaaa anfusahum wa maa yash'uroon

    Ahli kitoblardan bir toifalari sizni adashtirishni xohlarlar. Ular oʻzlaridan boshqani adashtirmaslar va lekin sezmaslar.

  70. 70

    يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لِمَ تَكْفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَأَنتُمْ تَشْهَدُونَ

    Yaaa Ahlal Kitaabi lima takfuroona bi Aayaatil laahi wan antum tashadoon

    Ey, ahli kitoblar, nimaga oʻzingiz guvoh boʻlib turib, Allohning oyatlariga kufr keltirasizlar?!

  71. 71

    يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لِمَ تَلْبِسُونَ ٱلْحَقَّ بِٱلْبَٰطِلِ وَتَكْتُمُونَ ٱلْحَقَّ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ

    Yaaa Ahalal Kitaabi lima talbisoonal haqqa bilbaatili wa taktumoonal haqqa wa antum ta'lamoon

    Ey, ahli kitoblar, nimaga haqni botilga aralashtirasizlar va bilib turib haqni yashirasizlar?! [33]

    [33] (Ahli kitoblar Islomning haqligini biladilar. Ularning ilohiy kitoblarida bu sobit boʻlgan. Lekin ular havoyu nafslariga uchib, kufr keltiradilar. Koʻrib-bilib turib, Islomdek haq narsani botilga aralashtiradilar va shu bilan Islomning haqiqatini berkitmoqchi, yoʻqotib yubormoqchi boʻladilar. Uzoq muddat mobaynida Alloh taoloning Oʻzi saqlagani uchun Qurʼonga oʻz botillarini qoʻsha olmadilar, lekin boshqa hamma narsaga qoʻshdilar va qoʻshmoqdalar. Ular bu gʻaraz ila Islom tarixi, hadis, Qurʼon tafsiri, kishilar siyrati kabi ilmlarga hiyla-nayrang orqali turli botillarni qoʻshib keldilar. Hozirgi kunda ham turli ilmiy nomlar bilan oʻsha qadim ishlarini qilmoqdalar. Alloh taolo mehribon, doimo ularning bu kirdikorlarini fosh etib, botillarini ajratib-chiqarib turadigan ulamolarni musulmon ummatiga berib turadi.)

  72. 72

    وَقَالَت طَّآئِفَةٌۭ مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ ءَامِنُوا۟ بِٱلَّذِىٓ أُنزِلَ عَلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَجْهَ ٱلنَّهَارِ وَٱكْفُرُوٓا۟ ءَاخِرَهُۥ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

    Wa qaalat taaa'ifatum min Ahlil Kitaabi aaminoo billazeee unzila 'alal lazeena aamanoo wajhan nahaari wakfurooo aakhirahoo la'alla hum yarji'oon

    Ahli kitoblardan bir toifalari: «Iymon keltirganlarga tushgan narsaga kunning avvalida iymon keltiringlar va kunning oxirida kufr keltiringlar, shoyadki, qaytsalar.

  73. 73

    وَلَا تُؤْمِنُوٓا۟ إِلَّا لِمَن تَبِعَ دِينَكُمْ قُلْ إِنَّ ٱلْهُدَىٰ هُدَى ٱللَّهِ أَن يُؤْتَىٰٓ أَحَدٌۭ مِّثْلَ مَآ أُوتِيتُمْ أَوْ يُحَآجُّوكُمْ عِندَ رَبِّكُمْ ۗ قُلْ إِنَّ ٱلْفَضْلَ بِيَدِ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌۭ

    Wa laa tu'minooo illaa liman tabi'a deenakum qul innal hudaa hudal laahi ai yu'taaa ahadum misla maaa ooteetum aw yuhaaajjookum 'inda Rabbikum, qul innal fadla biyadil laah; yu'teehi mai yashaaa'; wallaahu Waasi'un 'Aleem

    Va diningizga ergashganlardan boshqalarga ishonmanglar, toki birortaga sizga berilganga oʻxshash narsa berilmasin yoki Robbingiz huzurida siz bilan hujjat talashmasin», derlar. Sen: «Albatta, haqiqiy hidoyat Allohning hidoyatidir», deb ayt. Sen: «Albatta fazl Allohning qoʻlida — xohlagan kishisiga beradir. Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir.

  74. 74

    يَخْتَصُّ بِرَحْمَتِهِۦ مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ

    Yakhtassu birahmatihee mai yashaaa'; wallaahu zulfadil 'azeem

    Oʻz rahmatini xohlagan kishisiga xos qiladir va Alloh ulugʻ fazl egasidir», deb ayt. [34]

    [34] (Bunday usul hozir ham davom etmoqda. Ahli kitob sanalgan yahudiy va nasroniylar haqida, ular bir narsani chuqur tushunmasa, amal qilmaydi, degan tushuncha keng tarqalgan. Shu bois ulardan birortasi Islomga kirsa, butun musulmon olami quvonchdan terisiga sigʻmay ketadi. Ular orasida Islomga xolis kirib, hidoyat topib ketayotganlari koʻp, lekin yuqorida bayon etilganidek, hiyla qilib, Islomga zarar yetkazish maqsadida kunning avvalida iymonga kelib, oxirida kufrga qaytayotganlari ham yoʻq emas.)

  75. 75

    ۞ وَمِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ مَنْ إِن تَأْمَنْهُ بِقِنطَارٍۢ يُؤَدِّهِۦٓ إِلَيْكَ وَمِنْهُم مَّنْ إِن تَأْمَنْهُ بِدِينَارٍۢ لَّا يُؤَدِّهِۦٓ إِلَيْكَ إِلَّا مَا دُمْتَ عَلَيْهِ قَآئِمًۭا ۗ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا۟ لَيْسَ عَلَيْنَا فِى ٱلْأُمِّيِّۦنَ سَبِيلٌۭ وَيَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ وَهُمْ يَعْلَمُونَ

    Wa min Ahlil Kitaabi man in taamanhu biqintaariny yu'addihee ilaika wa minhum man in taamanhu bideenaaril laa yu'addiheee ilaika illaa maa dumta 'alaihi qaaa' imaa; zaalika biannahum qaaloo laisa 'alainaa fil ummiyyeena sabeelunw wa yaqooloona 'alal laahil kaziba wa hum ya'lamoon

    Ahli kitoblardan, agar hisobsiz molni omonat qoʻysang, uni senga ado qiladiganlari bor va bir dinorni omonat qoʻysang, ustida turib olmaguningcha, senga ado qilmaydiganlari ham bor. Bu ularning: omiylar uchun bizning ustimizga yoʻl yoʻq, deyishlaridandir. Ular bilib turib Alloh haqida yolgʻon soʻzlarlar.

  76. 76

    بَلَىٰ مَنْ أَوْفَىٰ بِعَهْدِهِۦ وَٱتَّقَىٰ فَإِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُتَّقِينَ

    Balaa man awfaa bi'ahdihee wattaqaa fainnal laaha yuhibbul muttaqeen

    Yoʻq! Balki kim ahdiga vafo qilsa va taqvodor boʻlsa. Bas, Alloh taqvodorlarni xush koʻradi.

  77. 77

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَشْتَرُونَ بِعَهْدِ ٱللَّهِ وَأَيْمَٰنِهِمْ ثَمَنًۭا قَلِيلًا أُو۟لَٰٓئِكَ لَا خَلَٰقَ لَهُمْ فِى ٱلْءَاخِرَةِ وَلَا يُكَلِّمُهُمُ ٱللَّهُ وَلَا يَنظُرُ إِلَيْهِمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وَلَا يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Innal lazeena yashtaroona bi'ahdil laahi wa aymaanihim samanan qaleelan ulaaa'ika laa khalaaqa lahum fil Aakhirati wa laa yukallimuhumul laahu wa laa yanzuru ilaihim Yawmal Qiyaamati wa laa yuzakkeehim wa lahum 'azabun 'aleem

    Allohning ahdini va oʻz qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar, albatta, ana oʻshalarga oxiratda nasiba yoʻqdir, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas, nazar solmas va poklamas. Ularga alamli azoblar bor.

  78. 78

    وَإِنَّ مِنْهُمْ لَفَرِيقًۭا يَلْوُۥنَ أَلْسِنَتَهُم بِٱلْكِتَٰبِ لِتَحْسَبُوهُ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ وَمَا هُوَ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ وَيَقُولُونَ هُوَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ وَمَا هُوَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ وَيَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ وَهُمْ يَعْلَمُونَ

    Wa inna minhum lafaree qany yalwoona alsinatahum bil Kitaabi litahsaboohu minal Kitaab, wa maa huwa minal Kitaabi wa yaqooloon huwa min 'indillaahi wa maa huwa min 'indillaahi wa yaqooloona 'alal laahil kaziba wa hum ya'lamoon

    Ulardan bir guruhlari borki, sizlar kitobdan boʻlmagan narsani kitobdan deb oʻylashingiz uchun kitobni tillarini burib oʻqirlar. Va: «U Allohning huzuridandir», derlar. Holbuki, u Allohning huzuridan emas. Ular bilib turib, Alloh haqida yolgʻon soʻzlarlar.

  79. 79

    مَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُؤْتِيَهُ ٱللَّهُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحُكْمَ وَٱلنُّبُوَّةَ ثُمَّ يَقُولَ لِلنَّاسِ كُونُوا۟ عِبَادًۭا لِّى مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَٰكِن كُونُوا۟ رَبَّٰنِيِّۦنَ بِمَا كُنتُمْ تُعَلِّمُونَ ٱلْكِتَٰبَ وَبِمَا كُنتُمْ تَدْرُسُونَ

    Maa kaana libasharin ai yu'tiyahul laahul Kitaaba walhukma wan Nubuwwata summa yaqoola linnaasi koonoo 'ibaadal lee min doonil laahi wa laakin koonoo rabbaaniy yeena bimaa kuntum tu'allimoonal Kitaaba wa bimaa kuntum tadrusoon

    Bir kishiga Alloh kitobni, hukmni va Paygʻambarlikni berganidan soʻng, u odamlarga: «Allohni koʻyib menga banda boʻlinglar», deyishi aslo mumkin emas. Lekin odamlarga: «Kitobni oʻrgatganingiz va oʻzingiz oʻrganganingiz asosida Robboniylar boʻling», deydi. [35]

    [35] (Maʼlumki, nasorolar Alloh ularga yuborgan paygʻambar Iyso alayhissalomni «xudo» deb eʼtiqod qilganlar va qiladilar. Ularga, nimaga Iysoni xudo deysizlar? deyilsa, oʻzi aytgan, bizni ibodatini qilishimizga buyurgan, deyishadi. Ahli kitoblar bilan boʻlgan tortishuvlarda bu masala ham qoʻzgʻalgan boʻlishi turgan gap. Bu maqomda haqiqat nimada ekanligini ushbu oyat bayon qilyapti.)

  80. 80

    وَلَا يَأْمُرَكُمْ أَن تَتَّخِذُوا۟ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ وَٱلنَّبِيِّۦنَ أَرْبَابًا ۗ أَيَأْمُرُكُم بِٱلْكُفْرِ بَعْدَ إِذْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ

    Wa laa yaamurakum an tattakhizul malaaa 'ikata wan Nabiyyeena arbaabaa; a yaamurukum bilkufri ba'da iz antum muslimoon

    U sizlarni farishtalar va Paygʻambarlarni Robb qilib olishingizga buyurmas. U sizni musulmon boʻlganingizdan keyin kufrga buyurarmidi?!

  81. 81

    وَإِذْ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَٰقَ ٱلنَّبِيِّۦنَ لَمَآ ءَاتَيْتُكُم مِّن كِتَٰبٍۢ وَحِكْمَةٍۢ ثُمَّ جَآءَكُمْ رَسُولٌۭ مُّصَدِّقٌۭ لِّمَا مَعَكُمْ لَتُؤْمِنُنَّ بِهِۦ وَلَتَنصُرُنَّهُۥ ۚ قَالَ ءَأَقْرَرْتُمْ وَأَخَذْتُمْ عَلَىٰ ذَٰلِكُمْ إِصْرِى ۖ قَالُوٓا۟ أَقْرَرْنَا ۚ قَالَ فَٱشْهَدُوا۟ وَأَنَا۠ مَعَكُم مِّنَ ٱلشَّٰهِدِينَ

    Wa iz akhazal laahu meesaaqan Nabiyyeena lamaaa aataitukum min Kitaabinw wa Hikmatin summa jaaa'akum Rasoolum musaddiqul limaa ma'akum latu'minunna bihee wa latansurunnah; qaala 'aaqrartum wa akhaztum alaa zaalikum isree qaalooo aqrarnaa; qaala fashhadoo wa ana ma'akum minash shaahideen

    Alloh Paygʻambarlardan: «Sizlarga kitob va hikmat berganim uchun ketingizdan sizlardagi narsani tasdiqlovchi Paygʻambar kelganda, albatta unga iymon keltirasiz va yordam berasiz, — deb ahdu paymonlarini olib turib: — Iqror boʻldingizmi? Bu haqda ishonchli ahdu paymonimni qabul qildingizmi?» deganini esla. Ular: «Iqror boʻldik», – deyishdi. U: «Bas, guvoh boʻlinglar, men ham guvoh boʻluvchilardanman», – dedi. [36]

    [36] (Ushbu oyati karimada ajoyib bir koʻrinish vasf etilmoqda: hamma paygʻambarlar Alloh taoloning huzurida toʻplanishgan. Bu ulkan yigʻilishda Alloh subhonahu va taolo paygʻambarlarning oʻzlarini guvoh qilib turib, oʻzi ham bu guvohlikka qoʻshilib turib, ulardan ishonchli, taʼkidlangan ahdu paymon olmoqda. Demak, paygʻambar alayhissalomlar oʻz ummatlarini oʻzlaridan keyin keladigan paygʻambarga iymon keltirish va unga yordam berish ruhida tarbiyalab kelishgan. Ularning barchalari bir silsilaning xalqlaridir.)

  82. 82

    فَمَن تَوَلَّىٰ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ

    Faman tawallaa ba'da zaalika fa ulaaa'ika humul faasiqoon

    Kim bundan keyin yuz oʻgirib ketsa, bas, ana oʻshalar fosiqlardir. [37]

    [37] (Ha, Muhammad alayhissalomdan, Islom dinidan faqat fosiqlargina, Allohning toatidan chiqqanlargina yuz oʻgiradilar.)

  83. 83

    أَفَغَيْرَ دِينِ ٱللَّهِ يَبْغُونَ وَلَهُۥٓ أَسْلَمَ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ طَوْعًۭا وَكَرْهًۭا وَإِلَيْهِ يُرْجَعُونَ

    Afaghaira deenil laahi yabghoona wa lahooo aslama man fis samaawaati wal ardi taw'anw wa karhanw wa ilaihi yurja'oon

    Allohning dinidan boshqani xohlaydilarmi?! Axir xohlasayu xohlamasa, osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Allohga boʻysunib turibdi-ku!!! Hamda Unga qaytariladilarku!!! [38]

    [38] (Allohning dini bitta. Hamma paygʻambarlar shu din bilan kelganlar. Bir-birlarini tasdiqlab, bir-birlariga yordam berib, Allohning diniga oʻz davrlarida xizmat qilib kelganlar.)

  84. 84

    قُلْ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَمَآ أُنزِلَ عَلَيْنَا وَمَآ أُنزِلَ عَلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ وَٱلْأَسْبَاطِ وَمَآ أُوتِىَ مُوسَىٰ وَعِيسَىٰ وَٱلنَّبِيُّونَ مِن رَّبِّهِمْ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍۢ مِّنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ

    Qul aamannaa billaahi wa maaa unzila 'alainaa wa maaa unzila 'alaaa Ibraaheema wa Ismaa'eela wa Ishaaqa wa Ya'qooba wal Asbaati wa maaa ootiya Moosaa wa 'Eesaa wan Nabiyyoona mir Rabbihim laa nufarriqu baina ahadim minhum wa nahnu lahoo muslimoon

    Sen: «Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub va asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso, Iyso va boshqa Paygʻambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik, ulardan birortasini ajratmaymiz va biz Ungagina musulmonmiz!» deb ayt! [39]

    [39] («Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub va asbotlarga tushirilgan narsaga». Yaʼni, sahifa va vahiylarga iymon keltirdik. «Asbot» degani Yaʼqub alayhissalomning avlodlari, deganidir.)

  85. 85

    وَمَن يَبْتَغِ غَيْرَ ٱلْإِسْلَٰمِ دِينًۭا فَلَن يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِى ٱلْءَاخِرَةِ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ

    Wa mai yabtaghi ghairal Islaami deenan falany yuqbala minhu wa huwa fil Aakhirati minal khaasireen

    Kim Islomdan boshqa dinni xohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas va u oxiratda ziyon koʻrguvchilardan boʻlur. [40]

    [40] (Allohning huzurida maqbul boʻlgan yagona Islom dinining oxirgi va mukammal koʻrinishi Muhammad alayhissalomga yuborilgan haqiqiy Islom dinidir. Endi undan boshqa dinni istab, oʻsha boshqa dinda yurganlardan u dinlari hargiz-hargiz qabul qilib yurilmaydi. Ular oxiratda ziyon koʻruvchilar boʻladi. Alloh ularni hidoyatga solmaydi, balki laʼnatlaydi.)

  86. 86

    كَيْفَ يَهْدِى ٱللَّهُ قَوْمًۭا كَفَرُوا۟ بَعْدَ إِيمَٰنِهِمْ وَشَهِدُوٓا۟ أَنَّ ٱلرَّسُولَ حَقٌّۭ وَجَآءَهُمُ ٱلْبَيِّنَٰتُ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Kaifa yahdil laahu qawman kafaroo ba'da eemaanihim wa shahidooo annar Rasoola haqqunw wa jaaa'ahumul baiyinaat; wallaahu laa yahdil qawmaz zaalimeen

    Iymonidan, Paygʻambarning haqligiga guvohlik berganidan va ularga ochiq bayonotlar kelganidan keyin kufr ketgan qavmni Alloh qanday qilib, hidoyatga solsin. Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas.

  87. 87

    أُو۟لَٰٓئِكَ جَزَآؤُهُمْ أَنَّ عَلَيْهِمْ لَعْنَةَ ٱللَّهِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ

    Ulaaa'ika jazaaa'uhum anna 'alaihim la'natal laahi walmalaaa'ikati wannaasi ajma'een

    Ana oʻshalarning jazosi ularga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning laʼnati boʻlishidir. [41]

    [41] (Bunday laʼnatga qolish katta badbaxtlik emasmi?! Bu dunyo-yu u dunyoning barcha-barchasidan boʻladigan laʼnatni oʻziga qaratish — juda ham ulkan jazo! Darhaqiqat, Islomga kirish imkoni boʻlib turib kirmaganlar shunday jazoga loyiqdirlar.)

  88. 88

    خَٰلِدِينَ فِيهَا لَا يُخَفَّفُ عَنْهُمُ ٱلْعَذَابُ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ

    Khaalideena feehaa laa yukhaffafu 'anhumul 'azaabu wa laa hum yunzaroon

    Unda abadiy qolurlar. Ulardan azob yengillatilmas va ularga nazar ham solinmas.

  89. 89

    إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُوا۟ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ وَأَصْلَحُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌ

    Illal lazeena taaboo mim ba'di zaalika wa aslahoo fa innal laaha Ghafoorur Raheem

    Magar shundoq boʻlgandan keyin tavba qilib, yaxshi amallarni qilganlar boʻlsa, bas, Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimlidir.

  90. 90

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بَعْدَ إِيمَٰنِهِمْ ثُمَّ ٱزْدَادُوا۟ كُفْرًۭا لَّن تُقْبَلَ تَوْبَتُهُمْ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلضَّآلُّونَ

    Innal lazeena kafaroo ba'da eemaanihim summaz daadoo kufral lan tuqbala tawbatuhum wa ulaaa'ika humud daaalloon

    Albatta, iymonlaridan keyin kufr keltirib, soʻngra kufri ziyoda boʻlganlarning tavbasi hech-hech qabul qilinmas. Ana oʻshalar adashganlardir.

  91. 91

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَمَاتُوا۟ وَهُمْ كُفَّارٌۭ فَلَن يُقْبَلَ مِنْ أَحَدِهِم مِّلْءُ ٱلْأَرْضِ ذَهَبًۭا وَلَوِ ٱفْتَدَىٰ بِهِۦٓ ۗ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ وَمَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ

    Innal lazeena kafaroo wa maatoo wa hum kuffaarun falany yuqbala min ahadihim mil'ul ardi zahabanw wa lawiftadaa bih; ulaaa 'ika lahum 'azaabun aleemunw wa maa lahum min naasireen

    Albatta, kufr keltirib, kofir holida oʻlganlarning birortasidan, agar yer yuzi toʻla oltin fido qilsa ham, aslo qabul qilinmas. Ana oʻshalarga alamli azob bor. Va ularga yordamchilar yoʻq. [42]

    [42] (Imomi Buxoriy, Muslim va Ahmadlar Paygʻambar alayhissalomdan quyidagi hadisi sharifni rivoyat qilganlar: «Qiyomat kuni doʻzax ahllaridan biriga: «Agarchi Yer yuzi toʻla narsang boʻlganda, oʻzingni qutqazishga fido qilarmiding?» deyiladi. U, ha, deydi. Shunda Alloh taolo unga: «Men sendan undan koʻra ozroq narsa soʻragan edim. Otang Odamning zohiridaligingda Menga hech narsani shirk keltirmasligingga ahd olgan edim. Sen boʻlsang, shirk keltirding», deydi». Vaqti oʻtgandan keyin, har qancha sarflangan moldan foyda yoʻq. Unday sarflashga hojat ham yoʻq. Yaxshisi, molni Alloh taolo rozi boʻladigan yoʻlda sarflash kerak.)

  92. 92

    لَن تَنَالُوا۟ ٱلْبِرَّ حَتَّىٰ تُنفِقُوا۟ مِمَّا تُحِبُّونَ ۚ وَمَا تُنفِقُوا۟ مِن شَىْءٍۢ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِهِۦ عَلِيمٌۭ

    Lan tanaalul birra hattaa tunfiqoo mimmaa tuhibboon; wa maa tunfiqoo min shai'in fa innal laaha bihee 'Aleem

    Oʻzingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimani nafaqa qilganingizni Alloh biluvchidir. [43]

    [43] (Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi rivoyat qiladilarki, hazrati Umar: «Ey Allohning Rasuli, mening Xaybardagi ulushimdan koʻra yaxshiroq narsam yoʻq. Nima qilishga buyurasiz?» dedilar. U zoti bobarakot: «Aslini ushlab turginda, tushgan foydani sadaqa qilib tur», dedilar. Musulmonlar asrlar davomida Allohning roziligini tilab, yaxshi koʻrgan molu mulklarini nafaqa qilib kelganlar.)

  93. 93

    ۞ كُلُّ ٱلطَّعَامِ كَانَ حِلًّۭا لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ إِلَّا مَا حَرَّمَ إِسْرَٰٓءِيلُ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ مِن قَبْلِ أَن تُنَزَّلَ ٱلتَّوْرَىٰةُ ۗ قُلْ فَأْتُوا۟ بِٱلتَّوْرَىٰةِ فَٱتْلُوهَآ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Kullut ta'aami kaana hillal li Baneee Israaa'eela illaa maa harrama Israaa'eelu 'alaa nafsihee min qabli an tunzzalat Tawraah; qul faatoo bit Tawraati fatloohaaa in kuntum saadiqeen

    Tavrot tushishidan oldin Isroil oʻziga harom qilgandan boshqa hamma taom Bani Isroilga halol edi. «Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, Tavrotni keltirib oʻqinglar», deb ayt!

  94. 94

    فَمَنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    Famanif taraa 'alal laahilkaziba mim ba'di zaalika fa ulaaa'ika humuz zaalimoon

    Shundan keyin ham, kimki Alloh haqida yolgʻon toʻqisa, bas, ana oʻshalar zolimlardir.

  95. 95

    قُلْ صَدَقَ ٱللَّهُ ۗ فَٱتَّبِعُوا۟ مِلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًۭا وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Qul sadaqal laah; fattabi'oo Millata Ibraaheema Haneefanw wa maa kaana minal mush rikeen

    Alloh rost aytdi. Ibrohimning yoʻldan toymagan millatiga ergashing. U mushriklardan boʻlmagan edi.

  96. 96

    إِنَّ أَوَّلَ بَيْتٍۢ وُضِعَ لِلنَّاسِ لَلَّذِى بِبَكَّةَ مُبَارَكًۭا وَهُدًۭى لِّلْعَٰلَمِينَ

    Inna awwala Baitinw wudi'a linnaasi lallazee bi Bakkata mubaarakanw wa hudal lil 'aalameen

    Odamlarga muborak, olamlarga hidoyat qilib qoʻyilgan birinchi uy Bakkadagi uydir.

  97. 97

    فِيهِ ءَايَٰتٌۢ بَيِّنَٰتٌۭ مَّقَامُ إِبْرَٰهِيمَ ۖ وَمَن دَخَلَهُۥ كَانَ ءَامِنًۭا ۗ وَلِلَّهِ عَلَى ٱلنَّاسِ حِجُّ ٱلْبَيْتِ مَنِ ٱسْتَطَاعَ إِلَيْهِ سَبِيلًۭا ۚ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِىٌّ عَنِ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Feehi Aayaatum baiyinaatum Maqaamu Ibraaheema wa man dakhalahoo kaana aaminaa; wa lillaahi 'alan naasi Hijjul Baiti manis tataa'a ilaihi sabeelaa; wa man kafara fa innal laaha ghaniyyun 'anil 'aalameen

    Unda ochiq alomatlar va maqomi Ibrohim bor. Kim unga kirsa, tinch boʻladir. Odamlardan yoʻlini topganlariga Alloh uchun Baytni haj qilmoq burchdir. Kimki kufr keltirsa, Alloh olamlardan behojatdir. [44]

    [44] (Ushbu ikki oyatda Alloh taolo Baytullohning fazlini, qibla boʻlishga eng haqli joy shu yer ekanini bayon qilyapti. Namoz vaqtida u tomonga yuzlanishdan tashqari, imkon topganlar uni haj qilishi ham farz boʻlganini eʼlon etyapti. «Bakka» — Makkai Mukarramaning ismlaridan biridir. «Bakka» soʻzining lugʻaviy maʼnosi, «taqillatib urmoq» boʻlib, Makkada har qanday magʻrurning ham boʻyni egiladi, shuning uchun uni «Bakka» ham deb ataladi.)

  98. 98

    قُلْ يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لِمَ تَكْفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَٱللَّهُ شَهِيدٌ عَلَىٰ مَا تَعْمَلُونَ

    Qul yaaa Ahlal Kitaabi lima takfuroona bi Aayaatillaahi wallaahu shaheedun 'alaa maa ta'maloon

    Ey, ahli kitoblar, nega Allohning oyatlariga kufr keltirasizlar?! Holbuki, Alloh qilayotganlaringizga guvoh-ku.

  99. 99

    قُلْ يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لِمَ تَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ مَنْ ءَامَنَ تَبْغُونَهَا عِوَجًۭا وَأَنتُمْ شُهَدَآءُ ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ

    Qul yaaa Ahlal Kitaabi lima tusuddoona 'an sabeelil laahi man aamana tabghoonahaa 'iwajanw wa antum shuhadaaa'; wa mallaahu bighaafilin 'ammaa ta'maloon

    Ey, ahli kitoblar! Nega iymon keltirganlarni Allohning yoʻlidan toʻsib, qaytarasiz?! Oʻzingiz shohid boʻlib turib, u(yoʻl)ning qingʻir boʻlishini xohlaysiz! Alloh qilayotgan ishlaringizdan gʻofil emasdir.

  100. 100

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِن تُطِيعُوا۟ فَرِيقًۭا مِّنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ يَرُدُّوكُم بَعْدَ إِيمَٰنِكُمْ كَٰفِرِينَ

    Yaaa ayyuhal lazeena aamanoo in tutee'oo fareeqam minal lazeena ootul Kitaaba yaruddookum ba'da eemaanikum kaafireen

    Ey, iymon keltirganlar! Agar kitob berilganlar toifasiga itoat qilsangiz, iymoningizdan keyin sizni kofirlikka qaytaradir. [45]

    [45] (Alloh taolo bu ummatni botil, buzilgan dinlar va tuzumlarning zulmidan Islomning adolatiga chaqirish uchun, dunyoning torligidan oxiratning kengligiga chaqirish uchun yubordi. Shunday sifatlarga ega boʻlgan ummat qanday qilib yoʻldan adashgan ahli kitoblarga ergashishi mumkin?! Agar ahli kitoblarga ergashsalar, ulkan baxtu saodatdan ajrab, iymondan chiqib, yana kofirlikka qaytadilar.)

  101. 101

    وَكَيْفَ تَكْفُرُونَ وَأَنتُمْ تُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتُ ٱللَّهِ وَفِيكُمْ رَسُولُهُۥ ۗ وَمَن يَعْتَصِم بِٱللَّهِ فَقَدْ هُدِىَ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Wa kaifa takfuroona wa antum tutlaa 'alaikum Aayaatul laahi wa feekum Rasooluh; wa mai ya'tasim baillaahi faqad hudiya ilaa Siraatim Mustaqeem

    Allohning oyatlari sizga tilovat qilinib turgan boʻlsa-yu, Uning Rasuli ichingizda boʻlsa-yu, qanday qilib kufr keltirasiz?! Kim Allohni mahkam tutsa, shubhasiz, toʻgʻri yoʻlga hidoyat topgan boʻladir.

  102. 102

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ حَقَّ تُقَاتِهِۦ وَلَا تَمُوتُنَّ إِلَّا وَأَنتُم مُّسْلِمُونَ

    Yaaa ayyuhal lazeena aamanut taqul laaha haqqa tuqaatihee wa laa tamoontunna illaa wa antum muslimoon

    Ey, iymon keltirganlar! Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat musulmon holingizdagina bu dunyodan oʻting. [46]

    [46] (Yaʼni, Islomni oʻlguningizcha mahkam tuting. Demak, ikki asosning biri — dunyoda iymon bilan, taqvodor boʻlib, Islomga toʻliq amal qilib oʻtmoqdir.)

  103. 103

    وَٱعْتَصِمُوا۟ بِحَبْلِ ٱللَّهِ جَمِيعًۭا وَلَا تَفَرَّقُوا۟ ۚ وَٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ كُنتُمْ أَعْدَآءًۭ فَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِكُمْ فَأَصْبَحْتُم بِنِعْمَتِهِۦٓ إِخْوَٰنًۭا وَكُنتُمْ عَلَىٰ شَفَا حُفْرَةٍۢ مِّنَ ٱلنَّارِ فَأَنقَذَكُم مِّنْهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ ءَايَٰتِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ

    Wa'tasimoo bi Hablil laahi jamee'anw wa laa tafarraqoo; wazkuroo ni'matal laahi alaikum iz kuntum a'daaa'an fa allafa baina quloobikum fa asbah tum bini'matiheee ikhwaananw wa kuntum 'alaa shafaa hufratim minan Naari fa anqazakum minhaa; kazaalika yubaiyinul laahu lakum aayaatihee la'allakum tahtadoon

    Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va boʻlinib ketmang. Va Allohning sizga bergan neʼmatini eslang: bir vaqtlar dushman edingiz, bas, qalblaringizni ulfat qildi. Uning neʼmati ila birodar boʻldingiz. Olovli jar yoqasida edingiz, undan sizni qutqardi. Shunday qilib, Alloh sizga Oʻz oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, hidoyat topsangiz. [47]

    [47] (Oyati karimadagi «Allohning ipi» degan iboradan Qurʼoni Karim tushuniladi. Jarga qulash xavfidagi inson ip-arqonni mahkam ushlasa, qutulib qolganidek, doʻzax tubiga qulamaslikning ham birdan-bir chorasi — Qurʼoni Karimni mahkam ushlashlikdir. Shundagina najot topadi. Musulmon ummati najot topishi uchun barcha bir boʻlib Allohning kalomi Qurʼoni Karimni mahkam tutishlari lozimdir. Bu oyatning ushbu jumlalari musulmon olamini birlashtirish shioridir. Qurʼoni Karim Allohning ipi-arqoni ekanligi haqida juda ham koʻp hadislar kelgan.)

  104. 104

    وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌۭ يَدْعُونَ إِلَى ٱلْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    Waltakum minkum ummatuny yad'oona ilal khairi wa yaamuroona bilma 'roofi wa yanhawna 'anil munkar; wa ulaaa'ika humul muflihoon

    Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, amru maʼruf, nahyu munkar qiladigan bir ummat boʻlsin. Ana oʻshalar, oʻzlari najot topguvchilardir. [48]

    [48] (Yaʼni, ummatingiz Allohga haqiqiy iymon keltirgan va uning yoʻlida haqiqiy birodar boʻlgan jamoa yaxshilikka chaqiradigan, amri maʼruf-nahyi munkar qiladigan ummatga aylansin. Yaxshilikka chaqirib turuvchi jamoa boʻlmasa, dunyoda ezgulik qolmaydi. Maʼrufga, yaʼni fazilat, haqiqat, yaxshilik va adolatga buyurib, munkardan, yaʼni razolat, botillik, zulm va yomonlikdan qaytarib turadigan jamoa boʻlmasa, hech bir qavm, hech bir ummat najot topa olmaydi.)

  105. 105

    وَلَا تَكُونُوا۟ كَٱلَّذِينَ تَفَرَّقُوا۟ وَٱخْتَلَفُوا۟ مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلْبَيِّنَٰتُ ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌۭ

    Wa laa takoonoo kallazeena tafarraqoo wakhtalafoo mim ba'di maa jaaa'ahumul baiyinaat; wa ulaaa'ika lahum 'azaabun 'azeem

    Oʻzlariga ochiq bayonotlar kelganidan keyin boʻlinib, ixtilofga tushganlarga oʻxshash boʻlmanglar, ana oʻshalarga ulugʻ azob bordir.

  106. 106

    يَوْمَ تَبْيَضُّ وُجُوهٌۭ وَتَسْوَدُّ وُجُوهٌۭ ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ٱسْوَدَّتْ وُجُوهُهُمْ أَكَفَرْتُم بَعْدَ إِيمَٰنِكُمْ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ

    Yawma tabyaddu wujoohunw wa taswaddu wujooh; faammal lazeenas waddat wujoohum akafartum ba'da eemaanikum fazooqul 'azaaba bimaa kuntum takfuroon

    Yuzlar oq va yuzlar qora boʻladigan kunda yuzlari qora boʻlganlarga: «Iymoningizdan keyin kofir boʻldingizmi?! Kufr keltirgan boʻlganingiz uchun azobni tatib koʻring», deyilur.

  107. 107

    وَأَمَّا ٱلَّذِينَ ٱبْيَضَّتْ وُجُوهُهُمْ فَفِى رَحْمَةِ ٱللَّهِ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ

    Wa ammal lazeenabyadd at wujoohuhum fafee rahmatil laahi hum feehaa khaalidoon

    Yuzlari oq boʻlganlar esa, bas, Allohning rahmatidadirlar. Ular unda abadiy qolurlar.

  108. 108

    تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱللَّهِ نَتْلُوهَا عَلَيْكَ بِٱلْحَقِّ ۗ وَمَا ٱللَّهُ يُرِيدُ ظُلْمًۭا لِّلْعَٰلَمِينَ

    Tilka Aayaatul laahi natloohaa 'alaika bilhaqq; wa mal laahu yureedu zulmallil 'aalameen

    Bular Allohning oyatlaridir. Ularni senga haq ila tilovat qilmoqdamiz. Alloh odamlarga zulmni xohlamas.

  109. 109

    وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ

    Wa lillaahi maa fissamaawaati wa maa fil ard; wa ilal laahi turja;ul umoor

    Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Ishlar Allohga qaytarilajak. [49]

    [49] (Modomiki osmonlaru Yerdagi jamiki narsalar Allohniki ekan, ularni qanday xohlasa, shunday tasarruf qiladi. Buning ustiga, barcha ishlar Allohning Oʻziga qaytariladi. Demak, bu dunyo va oxiratning yagona hokimi Allohning Oʻzidir.)

  110. 110

    كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ ۗ وَلَوْ ءَامَنَ أَهْلُ ٱلْكِتَٰبِ لَكَانَ خَيْرًۭا لَّهُم ۚ مِّنْهُمُ ٱلْمُؤْمِنُونَ وَأَكْثَرُهُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ

    Kuntum khaira ummatin ukhrijat linnaasi taamuroona bilma'roofi wa tanhawna 'anil munkari wa tu'minoona billaah; wa law aamana Ahlul Kitaabi lakaana khairal lahum minhumul mu'minoona wa aksaruhumul faasiqoon

    Siz odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat boʻldingiz. Amru maʼruf qilasiz, nahyu munkar qilasiz va Allohga iymon keltirasiz. Agar ahli kitoblar iymon keltirganlarida, oʻzlariga yaxshi boʻlar edi. Ulardan moʻminlari bor. Koʻplari fosiqdirlar. [50]

    [50] (Islom ummati oʻzi haqida bilib qoʻyishi zarur boʻlgan haqiqatlardan biri — bu ummatning odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat ekanligidir. Bu haqiqatni hozir oʻzini bu ummatga nisbat berayotganlar yaxshi tushunib olmoqlari lozim. Ajdodlarimiz xuddi shu haqiqatni toʻliq tushungan chogʻlarida butun dunyoga ustoz boʻlganlar. Dunyo xalqlarining peshqadami boʻlib, ularni ortlaridan ergashtirganlar. Boshqalarga tobeʼ boʻlmaganlar. Boshqalarning ortidan koʻr-koʻrona ergashmaganlar. Boshqalar huzurida oʻzlarini xoru zor tutmaganlar.)

  111. 111

    لَن يَضُرُّوكُمْ إِلَّآ أَذًۭى ۖ وَإِن يُقَٰتِلُوكُمْ يُوَلُّوكُمُ ٱلْأَدْبَارَ ثُمَّ لَا يُنصَرُونَ

    Lai yadurrookum 'illaaa azanw wa ai yuqaatilookum yuwallookumul adbaara summa laa yunsaroon

    Ular sizlarga ozor berishdan oʻzga hech qanday zarar yetkaza olmaslar. Agar sizlarga qarshi urush qilsalar, ortga qarab qocharlar. Soʻngra, ularga yordam berilmas.

  112. 112

    ضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ ٱلذِّلَّةُ أَيْنَ مَا ثُقِفُوٓا۟ إِلَّا بِحَبْلٍۢ مِّنَ ٱللَّهِ وَحَبْلٍۢ مِّنَ ٱلنَّاسِ وَبَآءُو بِغَضَبٍۢ مِّنَ ٱللَّهِ وَضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ ٱلْمَسْكَنَةُ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانُوا۟ يَكْفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَيَقْتُلُونَ ٱلْأَنۢبِيَآءَ بِغَيْرِ حَقٍّۢ ۚ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَوا۟ وَّكَانُوا۟ يَعْتَدُونَ

    Duribat 'alaihimuz zillatu aina maa suqifooo illaa bihablim minal laahi wa hablim minan naasi wa baaa'oo bighadabim minallaahi wa duribat 'alaihimul maskanah; zaalika bi-annahum kaanoo yakfuroona bi Aayaatil laahi wa yaqtuloonal Ambiyaaa'a bighairi haqq; zaalika bimaa 'asaw wa kaanoo ya'tadoon

    Alloh ipi boʻlmasa yoki odamlar ipi boʻlmasa, ularga qayerda boʻlsalar ham, xorlik bitildi. Ularga Allohning gʻazabi lozim boʻldi va miskinlik bitildi. Bunday boʻlishligi ularning Allohning oyatlariga kufr keltirishlari va Paygʻambarlarni nohaqdan oʻldirishlari sababidandir. Bunday boʻlishligi ularning osiy boʻlganlari va haddan oshganlari sababidandir.

  113. 113

    ۞ لَيْسُوا۟ سَوَآءًۭ ۗ مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ أُمَّةٌۭ قَآئِمَةٌۭ يَتْلُونَ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ ءَانَآءَ ٱلَّيْلِ وَهُمْ يَسْجُدُونَ

    Laisoo sawaaa'a; min Ahlil Kitaabi ummatun qaaa'imatuny yatloona Aayaatil laahi aanaaa'al laili wa hum yasjudoon

    Ular barobar emaslar. Ahli kitoblardan Allohning oyatlarini sajda qilgan hollarida kechasida tilovat qiladigan yaxshi toifalari ham bor.

  114. 114

    يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَيَأْمُرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَيُسَٰرِعُونَ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ وَأُو۟لَٰٓئِكَ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Yu'minoona billaahi wal Yawmil Aakhiri wa yaa muroona bilma'roofi wa yanhawna 'anil munkari wa yusaari'oona fil khairaati wa ulaa'ika minas saaliheen

    Ular Allohga, oxirat kuniga iymon keltirurlar, amru maʼruf va nahyu munkar qilurlar va yaxshiliklarga shoshilurlar. Ana oʻshalar ahli solihlardandir.

  115. 115

    وَمَا يَفْعَلُوا۟ مِنْ خَيْرٍۢ فَلَن يُكْفَرُوهُ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِٱلْمُتَّقِينَ

    Wa maa yaf'aloo min khairin falai yukfarooh; wallaahu 'aleemun bilmuttaqeen

    Yaxshilik qilsalar, hargiz inkor etilmaslar. Alloh taqvodorlarni yaxshi biluvchi Zotdir. [51]

    [51] (Yaʼni, ular yaxshilik qilsalar, hech qachon zoye ketmaydi. Ushbu oyatlarda ahli kitoblardan iymonga kelgan moʻminlarning ajoyib sifatlari zikr qilinmoqda. Ular iymonlilar safidan munosib oʻrin olib, iymon taqozosi ila harakat qilib ulkan baxt-saodatga erishdilar.)

  116. 116

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَن تُغْنِىَ عَنْهُمْ أَمْوَٰلُهُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُهُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًۭٔا ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۚ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ

    Innal lazeena kafaroo lan tughniya 'anhum amwaalum wa laaa awlaaduhum minal laahi shai anw wa ulaaa'ika Ashaabun Naar; hum feehaa khaalidoon

    Albatta, kufr keltirganlardan mollari ham, bolalari ham hargiz Alloh azobidan hech narsani qaytara olmas. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiydirlar.

  117. 117

    مَثَلُ مَا يُنفِقُونَ فِى هَٰذِهِ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا كَمَثَلِ رِيحٍۢ فِيهَا صِرٌّ أَصَابَتْ حَرْثَ قَوْمٍۢ ظَلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فَأَهْلَكَتْهُ ۚ وَمَا ظَلَمَهُمُ ٱللَّهُ وَلَٰكِنْ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

    Masalu maa yunfiqoona fee haazihil hayaatid dunyaa kamasali reehin feehaa sirrun as aabat harsa qawmin zalamooo anfusahum fa ahlakath; wa maa zalamahumul laahu wa laakin anfusahum yazlimoon

    Ularning bu dunyo hayotida qiladigan nafaqalari misoli oʻziga zulm qilgan bir qavmning ekinini urib halok qilgan sovuq shamolga oʻxshaydir. Alloh ularga zulm qilmadi. Lekin ular oʻzlariga zulm qildilar. [52]

    [52] (Yaxshi ekinzor bor. Koʻrgan odam xursand boʻladi. Ammo ekinzorning egasi zulm qildi, gunohkor boʻldi. Shu sababdan sovuq shamol kelib, ekinlarini sovuq urib ketdi. Ekinzor halok boʻldi. Hech narsa qolmadi. Kofirlarning bu dunyoda qilgan xayr-ehsonlari ham xuddi shunga oʻxshaydi. Sirtdan koʻrgan odamga savobli ish. Yaxshilikka pul-mol sarflayapti. Ammo egasining iymoni yoʻq. Bu esa, katta gunoh. Iymon boʻlmasa, hech qanday xayr-ehson qabul boʻlmaydi. Unga savob berilmaydi. Sovuq shamol ekinzorni halok qilganidek, ularning kofirligi ham ehsonlarini befoyda qiladi.)

  118. 118

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ بِطَانَةًۭ مِّن دُونِكُمْ لَا يَأْلُونَكُمْ خَبَالًۭا وَدُّوا۟ مَا عَنِتُّمْ قَدْ بَدَتِ ٱلْبَغْضَآءُ مِنْ أَفْوَٰهِهِمْ وَمَا تُخْفِى صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ ۚ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ ٱلْءَايَٰتِ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْقِلُونَ

    Yaaa ayyuhal lazeena aamanoo laa tattakhizoo bitaanatam min doonikum laa yaaloonakum khabaalanw waddoo maa 'anittum qad badatil baghdaaa'u min afwaahihim; wa maa tukhfee sudooruhum akbar; qad baiyannaa lakumul Aayaati in kuntum ta'qiloon

    Ey, iymon keltirganlar! Oʻzingizdan boshqadan sirdosh tutmang. Ular sizga yomonlik qilishini qoʻymas. Mashaqqatda qolishingizni xohlar. Dushmanliklari ogʻizlaridagi(soʻzlari)dan bilinib turibdi. Dillarida maxfiy turgani yana ham kattaroq. Agar aql yuritadigan boʻlsangiz, Biz sizlarga belgilarini bayon qildik.

  119. 119

    هَٰٓأَنتُمْ أُو۟لَآءِ تُحِبُّونَهُمْ وَلَا يُحِبُّونَكُمْ وَتُؤْمِنُونَ بِٱلْكِتَٰبِ كُلِّهِۦ وَإِذَا لَقُوكُمْ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا وَإِذَا خَلَوْا۟ عَضُّوا۟ عَلَيْكُمُ ٱلْأَنَامِلَ مِنَ ٱلْغَيْظِ ۚ قُلْ مُوتُوا۟ بِغَيْظِكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Haaa antum ulaaa'i tuhibboonahum wa laa yuhibboonakum wa tu'minoona bil kitaabi kullihee wa izaa laqookum qaalooo aamannaa wa izaa khalaw 'addoo 'alaikumul anaamila minal ghaiz; qul mootoo bighai zikum; innal laaha 'aleemum bizaatis sudoor

    Hoy, sizlar! Ularni yaxshi koʻrasizlar-u, ular sizni yaxshi koʻrmaslar. Sizlar kitobning hammasiga iymon keltirasizlar-u, ular sizlarni koʻrganda, iymon keltirdik, derlar, ammo xoli qolganlarida, sizlarga boʻlgan qattiq achchiqlaridan barmoq tishlarlar. «Achchiqlaring bilan oʻlib ketinglar», deb ayt. Albatta, Alloh dillarni egallagan narsalarni biluvchidir. [53]

    [53] (Musulmonlar soddaliklari uchun oʻzlaridan boshqalar ularga chiroyliroq muomala qilib, bir oz maqtab qoʻysa, boʻldi, muhabbat qoʻyaveradilar, ularni oʻzlariga sirdosh qilib olaveradilar. Bu xato ishdir, chunki qarshi taraf hech qachon musulmonlarni yaxshi koʻrmaydi. Musulmonlar Allohdan tushgan hamma kitoblarga, jumladan, oʻzlariga dushmanlik qilayotganlarga tushgan kitoblarga ham iymon keltiradilar. Bu xato emas, balki musulmonlik burchidir.)

  120. 120

    إِن تَمْسَسْكُمْ حَسَنَةٌۭ تَسُؤْهُمْ وَإِن تُصِبْكُمْ سَيِّئَةٌۭ يَفْرَحُوا۟ بِهَا ۖ وَإِن تَصْبِرُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ لَا يَضُرُّكُمْ كَيْدُهُمْ شَيْـًٔا ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطٌۭ

    In tamsaskum hasanatun tasu'hum wa in tusibkum saiyi'atuny yafrahoo bihaa wa in tasbiroo wa tattaqoo laa yad urrukum kaiduhum shai'aa; innal laaha bimaa ya'maloona muheet

    Sizga yaxshilik tegsa, ularga yomon boʻladir. Sizlarga musiybat yetsa, ular xursand boʻlarlar. Agar sabr va taqvo qilsangiz, ularning makri sizga hech zarar qilmas. Albatta, Alloh qilayotgan ishlarini ihota qilguvchidir.

  121. 121

    وَإِذْ غَدَوْتَ مِنْ أَهْلِكَ تُبَوِّئُ ٱلْمُؤْمِنِينَ مَقَٰعِدَ لِلْقِتَالِ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

    Wa iz ghadawta min ahlika tubawwi'ul mu'mineena maqaa'ida lilqitaal; wallaahu samee'un 'aleem

    Ahlingdan ertalab chiqib, moʻminlarni urush joylariga turgʻizganingni esla! Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.

  122. 122

    إِذْ هَمَّت طَّآئِفَتَانِ مِنكُمْ أَن تَفْشَلَا وَٱللَّهُ وَلِيُّهُمَا ۗ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ

    Iz hammat taaa'ifataani minkum an tafshalaa wallaahu waliyyuhumaa; wa 'alal laahi falyatawakkalil mu'minoon

    Sizlardan ikki toifa qoʻrqib zaiflashmoqchi boʻlganini esla! Alloh ularning valiyidir. Moʻminlar faqat Allohning Oʻziga tavakkal qilsinlar. [54]

    [54] (Bu oyati karima Xazraj qabilasiga mansub Bani Salama urugʻi va Avs qabilasiga mansub Bani Horisa urugʻi haqida tushgan. Ular munofiqlarning boshligʻi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul xafa boʻlib: «Mening aytganimni qilmay, yosh bolalarning aytganini qildi», deb jangchilarning uchdan birini olib Uhud yoʻlidan qaytganida, uning fitnasiga uchishlariga sal qolgan edi. Bu esa, musulmonlar safining yanada zaiflashishiga, ruhiy va maʼnaviy tushkunlik keltirishga sabab boʻlishi mumkin edi. Hali urush boshlanmay turib bunday ishlarning boʻlishi juda ham noqulay vaziyatni vujudga keltirar edi. Lekin bu toifalarni Alloh taoloning Oʻzi saqlab qoldi, inoyatiga oldi.)

  123. 123

    وَلَقَدْ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ بِبَدْرٍۢ وَأَنتُمْ أَذِلَّةٌۭ ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

    Wa laqad nasarakumul laahu bi-Badrinw wa antum azillatun fattaqul laaha la'allakum tashkuroon

    Batahqiq, Badrda oz boʻlsalaringiz ham, Alloh sizlarga nusrat berdi. Bas, Allohga taqvo qiling, shoyadki, shukr qilsangiz.

  124. 124

    إِذْ تَقُولُ لِلْمُؤْمِنِينَ أَلَن يَكْفِيَكُمْ أَن يُمِدَّكُمْ رَبُّكُم بِثَلَٰثَةِ ءَالَٰفٍۢ مِّنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ مُنزَلِينَ

    Iz taqoolu lilmu'mineena alai yakfiyakum ai-yumiddakum Rabbukum bisalaasati aalaafim minal malaaa'ikati munzaleen

    Moʻminlarga: «Sizga Robbingiz tushirilgan uch ming farishtalar ila madad bermogʻi kifoya qilmasmi?!» deganingni esla!

  125. 125

    بَلَىٰٓ ۚ إِن تَصْبِرُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ وَيَأْتُوكُم مِّن فَوْرِهِمْ هَٰذَا يُمْدِدْكُمْ رَبُّكُم بِخَمْسَةِ ءَالَٰفٍۢ مِّنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ مُسَوِّمِينَ

    Balaaa; in tasbiroo wa tattaqoo wa yaatookum min fawrihim haazaa yumdidkum Rabbukum bikhamsati aalaafim minal malaaa'ikati musawwaimeen

    «Ha (kifoya qiladir)! Agar sabr va taqvo qilsangiz, ular shu payt kelib qolsalar ham, Robbingiz sizga belgili besh ming farishta ila madad beradir».

  126. 126

    وَمَا جَعَلَهُ ٱللَّهُ إِلَّا بُشْرَىٰ لَكُمْ وَلِتَطْمَئِنَّ قُلُوبُكُم بِهِۦ ۗ وَمَا ٱلنَّصْرُ إِلَّا مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ

    Wa maa ja'alahul laahu illaa bushraa lakum wa litatma'inna quloobukum bih' wa man-nasru illaa min 'indilllaahil 'Azeezil Hakeem

    Alloh buni faqat sizga suyunchilik va qalbingiz taskin topishi uchungina qildi. Aslida, nusrat Aziyz va Hakiym Allohning huzuridandir.

  127. 127

    لِيَقْطَعَ طَرَفًۭا مِّنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَوْ يَكْبِتَهُمْ فَيَنقَلِبُوا۟ خَآئِبِينَ

    Laiyaqta'a tarafam minal lazeena kafarooo aw yakbitahum fayanqaliboo khaaa'ibeen

    Kufr keltirganlarning bir tarafini kesish uchun yoki xorlash uchun, toki, noumid boʻlib qaytsinlar. [55]

    [55] (Badr gʻazotida mushriklarning boshliqlaridan yetmishtasi halok boʻldi. Bu ularning bir tarafidan katta kesilish edi. Shuningdek, ularning kattalaridan yetmishtasi asirga tushdi, xoru zor boʻldi. Qolganlari esa, sharmandalarcha, kelgan joyiga qaytdi.)

  128. 128

    لَيْسَ لَكَ مِنَ ٱلْأَمْرِ شَىْءٌ أَوْ يَتُوبَ عَلَيْهِمْ أَوْ يُعَذِّبَهُمْ فَإِنَّهُمْ ظَٰلِمُونَ

    Laisa laka minal amrishai'un aw yatooba 'alaihim aw yu'az zi bahum fa innahum zaalimoon

    Bu sening ishing emas! U zot yoki ularning tavbasini qabul qilar, yoki azoblar. Bas, ular zolimlardir.

  129. 129

    وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ يَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَيُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Wa lilaahi maa fissamaawaati wa maa fil-ard; yaghfiru limai-yashaaa'u wa yu'azzibu mai-yashaaa'; wallaahu Ghafoorur Raheem

    Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Xohlagan kishini magʻfirat qiladir va xohlagan kishini azoblaydir. Alloh gunohni magʻfirat qiluvchi va rahimli Zotdir.

  130. 130

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَأْكُلُوا۟ ٱلرِّبَوٰٓا۟ أَضْعَٰفًۭا مُّضَٰعَفَةًۭ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

    Yaaa ayyuhal lazeena aamanoo la taakuhur ribaaa ad'aafam mudaa'afatanw wattaqul laaha la'allakum tuflihoon

    Ey, iymon keltirganlar! Riboni bir necha barobar qilib yemang. Allohga taqvo qiling, shoyadki, najot topsangiz. [56]

    [56] (Hofiz ibn Kasir rahmatillohi alayhi rivoyat qilishlaricha, berilgan qarzning muddati tugab qolganda qarz beruvchi qarzdorga: «Yo qarzingni toʻla yoki riboni koʻpaytir», der ekan. Toʻlasa, toʻladi, boʻlmasa, qarz muddatini choʻzish evaziga riboning miqdorini ham koʻpaytirar ekan. Har yili shunday boʻlavergandan keyin ribo bir necha barobarga koʻpayib ketarkan. Ushbu oyati karimada oʻsha holat muolaja qilinmoqda.)

  131. 131

    وَٱتَّقُوا۟ ٱلنَّارَ ٱلَّتِىٓ أُعِدَّتْ لِلْكَٰفِرِينَ

    Wattaqun Naaral lateee u'iddat lilkaafireen

    Va kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgan olovdan qoʻrqing.

  132. 132

    وَأَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

    Wa atee'ul laaha war Rasoola la'allakum turhamoon

    Allohga va Rasuliga itoat eting. Shoyadki, rahm qilinsangiz.

  133. 133

    ۞ وَسَارِعُوٓا۟ إِلَىٰ مَغْفِرَةٍۢ مِّن رَّبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ أُعِدَّتْ لِلْمُتَّقِينَ

    Wa saari'ooo ilaa maghfiratim mir Rabbikum wa Jannatin arduhassamaawaatu wal ardu u'iddat lilmuttaqeen

    Robbingizdan boʻlgan magʻfiratga va kengligi osmonlaru yercha boʻlgan, taqvodorlar uchun tayyorlab qoʻyilgan jannatga shoshiling.

  134. 134

    ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ فِى ٱلسَّرَّآءِ وَٱلضَّرَّآءِ وَٱلْكَٰظِمِينَ ٱلْغَيْظَ وَٱلْعَافِينَ عَنِ ٱلنَّاسِ ۗ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Allazeena yunfiqoona fissarraaa'i waddarraaa'i wal kaazimeenal ghaiza wal aafeena 'anin-naas; wallaahu yuhibbul muhsineen

    Ular yengillikda ham, ogʻirlikda ham nafaqa qiladiganlar, gʻazabini yutadiganlar va odamlarni afv qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir.

  135. 135

    وَٱلَّذِينَ إِذَا فَعَلُوا۟ فَٰحِشَةً أَوْ ظَلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ ذَكَرُوا۟ ٱللَّهَ فَٱسْتَغْفَرُوا۟ لِذُنُوبِهِمْ وَمَن يَغْفِرُ ٱلذُّنُوبَ إِلَّا ٱللَّهُ وَلَمْ يُصِرُّوا۟ عَلَىٰ مَا فَعَلُوا۟ وَهُمْ يَعْلَمُونَ

    Wallazeena izaa fa'aloo faahishatan aw zalamooo anfusahum zakarul laaha fastaghfaroo lizunoobihim; wa mai yaghfiruz zunooba illal laahu wa lam yusirroo 'alaa maa fa'aloo wa hum ya'lamooo

    Va ular fohisha ish yoki oʻzlariga zulm qilgan chogʻlarida Allohni eslab, gunohlarini magʻfirat qilishni soʻrarlar, gunohlarini Allohdan oʻzga kim ham magʻfirat qilardi? Va ular bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom boʻlmaslar. [57]

    [57] (Demak, bir marta, bilmasdan yoki zaiflik tutib, gunoh qilib qoʻygan odam darrov tavba qilsa va gunohdan toʻxtasa, shundagina tavbasi qabul ekan. Bu qoida va magʻfirat bobidagi bir oyat va hadislarga tegishlidir. Baʼzi nafsi buzuq odamlar oʻylaganidek, ogʻzida tavba qildim deb qoʻyib, qayta-qayta gunoh qilaveradiganlar bu hukmga kirmaydilar.)

  136. 136

    أُو۟لَٰٓئِكَ جَزَآؤُهُم مَّغْفِرَةٌۭ مِّن رَّبِّهِمْ وَجَنَّٰتٌۭ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَنِعْمَ أَجْرُ ٱلْعَٰمِلِينَ

    Ulaaa'ika jazaaa'uhum maghfiratum mir Rabbihim wa Jannaatun tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feeha; wa ni'ma ajrul 'aamileen

    Ana oʻshalarning mukofotlari — Robbilaridan boʻlgan magʻfirat va ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar boʻlib, ular unda abadiy qolurlar. Amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi!

  137. 137

    قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِكُمْ سُنَنٌۭ فَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ

    Qad khalat min qablikum sunanum faseeroo fil ardi fanzuroo kaifa kaana 'aaqiba tul mukazzibeen

    Sizdan oldin sunnatlar qolgan. Bas, yer yuzida yurib yolgʻonga chiqaruvchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar.

  138. 138

    هَٰذَا بَيَانٌۭ لِّلنَّاسِ وَهُدًۭى وَمَوْعِظَةٌۭ لِّلْمُتَّقِينَ

    Haazaa bayaanul linnaasi wa hudanw wa maw'izatul lilmuttaqeen

    Bu, odamlar uchun bayon va taqvodorlar uchun hidoyat va mavʼizadir.

  139. 139

    وَلَا تَهِنُوا۟ وَلَا تَحْزَنُوا۟ وَأَنتُمُ ٱلْأَعْلَوْنَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

    Wa laa tahinoo wa laa tahzanoo wa antumul a'lawna in kuntum mu'mineen

    Boʻshashmanglar! Xafa boʻlmanglar! Sizlar, agar moʻmin boʻlsalaringiz, ustunsizlar. [58]

    [58] (Ey musulmonlar! Hech boʻshashmanglar, zaiflashmanglar, sizga yetgan musibatlarga, boshingizga tushgan ogʻirliklarga xafa boʻlmanglar. Sizlar dunyoda hammani hidoyatga daʼvat qiluvchilarsiz. Ular zulmatga, zalolatga chaqiruvchilardir. Sizlar ikki dunyo saodatiga egasiz. Ular ikki dunyo badbaxtligiga egadirlar.)

  140. 140

    إِن يَمْسَسْكُمْ قَرْحٌۭ فَقَدْ مَسَّ ٱلْقَوْمَ قَرْحٌۭ مِّثْلُهُۥ ۚ وَتِلْكَ ٱلْأَيَّامُ نُدَاوِلُهَا بَيْنَ ٱلنَّاسِ وَلِيَعْلَمَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَيَتَّخِذَ مِنكُمْ شُهَدَآءَ ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Iny-yamsaskum qarhum faqad massal qawma qarhum misluh; wa tilkal ayyaamu nudaawiluhaa bainan naasi wa liya'lamal laahul lazeena aamanoo wa yattakhiza minkum shuhadaaa'; wallaahu laa yuh ibbuz zaalimeen

    Agar sizga jarohat yetgan boʻlsa, u qavmga ham shunga oʻxshash jarohat yetgan. Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib turamiz. Toki, Alloh iymon keltirganlarni bilishi uchun va ulardan shahidlarni chiqarib olishi uchun. Va Alloh zolimlarni sevmas. [59]

    [59] (Yaʼni, bir unday, bir bunday boʻlib turadi. Agar ish bir xilda turaversa, dunyoning qizigʻi qolmaydi. Doimo musulmonlar gʻolib kelaversa, hamma oʻzini musulmon deb eʼlon qilib yuboradi. Oqibatda hamma aralashib ketib, kim haqiqiy moʻmin-musulmon, kim yuzaki ekanini odamlar bila olmay qoladilar. Qiyinchilik, ogʻir holatlarda moʻminlar munofiqlardan ajrab chiqadilar. Shu bilan birga, moʻminlar ichida yanada olimaqomlari — shahidlari ham ajrab chiqadilar. («Shahid»larning ikkinchi maʼnosi guvohlardir.))

  141. 141

    وَلِيُمَحِّصَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَيَمْحَقَ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Wa liyumahhisal laahul lazeena aamanoo wa yamhaqal kaafireen

    Toki, Alloh moʻminlarni poklashi va kofirlarni halok qilishi uchun.

  142. 142

    أَمْ حَسِبْتُمْ أَن تَدْخُلُوا۟ ٱلْجَنَّةَ وَلَمَّا يَعْلَمِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ جَٰهَدُوا۟ مِنكُمْ وَيَعْلَمَ ٱلصَّٰبِرِينَ

    Am hasibtum an tadkhulul Jannnata wa lammaa ya'lamil laahul lazeena jaahadoo minkum wa ya'lamas saabireen

    Yoki Alloh sizlardan jihod qilganlarni bilmasdan va sabrlilarni bilmasdan turib, jannatga kiraveramiz, deb hisoblaysizmi?!

  143. 143

    وَلَقَدْ كُنتُمْ تَمَنَّوْنَ ٱلْمَوْتَ مِن قَبْلِ أَن تَلْقَوْهُ فَقَدْ رَأَيْتُمُوهُ وَأَنتُمْ تَنظُرُونَ

    Wa laqad kuntum tamannnawnal mawta min qabli an talqawhu faqad ra aitumoohu wa antum tanzuroon

    Duchor boʻlmasingizdan oldin oʻlimni orzu qilgan edingiz. Endi uni koʻrib, nazar solib turibsiz. [60]

    [60] (Bu xitob Uhud urushi chogʻidagi va undan oldingi holatni musulmonlarning yodiga solish uchundir. Maʼlumki, Badr urushida koʻpchilik qatnasha olmay qolgan edi. Badrdagi gʻalaba, unda shahid boʻlganlarga vaʼda qilingan oliy darajalarni bilgandan soʻng, yana gʻazot boʻlsa edi, biz ham savobga erishar edik, shahid boʻlsak, ushbu oliy darajalarga erishar edik, degan orzu koʻpchilikning xayolini qamrab olgan edi.)

  144. 144

    وَمَا مُحَمَّدٌ إِلَّا رَسُولٌۭ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ ٱلرُّسُلُ ۚ أَفَإِي۟ن مَّاتَ أَوْ قُتِلَ ٱنقَلَبْتُمْ عَلَىٰٓ أَعْقَٰبِكُمْ ۚ وَمَن يَنقَلِبْ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ فَلَن يَضُرَّ ٱللَّهَ شَيْـًۭٔا ۗ وَسَيَجْزِى ٱللَّهُ ٱلشَّٰكِرِينَ

    Wa maa Muhammadun illaa Rasoolun qad khalat min qablihir Rusul; afa'im maata aw qutilan qalabtum 'alaaa a'qaabikum; wa mai yanqalib 'alaa aqibihi falai yadurral laaha shai'aa; wa sayajzil laahush shaakireen

    Muhammad ham bir Paygʻambar, xolos. Undan avval ham Paygʻambarlar oʻtgan. Agar u oʻlsa yoki qatl qilinsa, orqangizga qaytasizmi?! Kimki orqasiga qaytsa, Allohga hech zarar keltira olmas. Va Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlar. [61]

    [61] (Kimki Islomning ulugʻ neʼmat ekanini tushunib yetsa, shukr qilsa, yaʼni Islomni oʻziga hayot yoʻli qilib olib, Allohga bu neʼmat uchun hamdu sano aytsa, Alloh taolo unga mukofot beradi. Uhud gʻazotida boʻlib oʻtgan bu hodisa va uning bayoni boʻlib tushgan ushbu oyat orqali Alloh taolo musulmonlarni Paygambar alayhissalomning shaxslariga ortiqcha yopishishdan qaytarib, asosiy manbaʼga qarashga odatlantirishni xohlagan. Musulmonlar toʻgʻridan-toʻgʻri Allohning Oʻziga murojaat qilishni oʻrgansinlar. Ular Allohning oldida oʻzlarini masʼul ekanliklarini sezsinlar.)

  145. 145

    وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَن تَمُوتَ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ كِتَٰبًۭا مُّؤَجَّلًۭا ۗ وَمَن يُرِدْ ثَوَابَ ٱلدُّنْيَا نُؤْتِهِۦ مِنْهَا وَمَن يُرِدْ ثَوَابَ ٱلْءَاخِرَةِ نُؤْتِهِۦ مِنْهَا ۚ وَسَنَجْزِى ٱلشَّٰكِرِينَ

    Wa maa kaana linafsin an tamoota illaa bi iznillaahi kitaabam mu'ajjalaa; wa mai yurid sawaabad dunyaa nu'tihee minhaa wa mai yurid sawaabal Aakhirati nu'tihee minhaa; wa sanajzish shaakireen

    Hech bir jon Allohning iznisiz oʻlmas. Bu, yozilgan ajaldir. Kim bu dunyoning savobini xohlasa, unga oʻshandan berurmiz. Kim oxiratning savobini xohlasa, unga oʻshandan berurmiz. Va shukr qiluvchilarni mukofotlarmiz.

  146. 146

    وَكَأَيِّن مِّن نَّبِىٍّۢ قَٰتَلَ مَعَهُۥ رِبِّيُّونَ كَثِيرٌۭ فَمَا وَهَنُوا۟ لِمَآ أَصَابَهُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَمَا ضَعُفُوا۟ وَمَا ٱسْتَكَانُوا۟ ۗ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلصَّٰبِرِينَ

    Wa ka aiyim min Nabiyyin qaatala ma'ahoo ribbiyyoona kaseerun famaa wahanoo limaaa Asaabahum fee sabeelil laahi wa maa da'ufoo wa mas takaanoo; wallaahu yuhibbus saabireen

    Qanchadan-qancha Paygʻambarlar bilan birga koʻplab robboniylar jang qilganlar. Ular Alloh yoʻlida yetgan musiybatdan boʻshashmaganlar, zaiflashmaganlar va boʻysunmaganlar. Alloh sabrlilarni sevadir.

  147. 147

    وَمَا كَانَ قَوْلَهُمْ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ رَبَّنَا ٱغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَإِسْرَافَنَا فِىٓ أَمْرِنَا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا وَٱنصُرْنَا عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Wa maa kaana qawlahum illaa an qaaloo Rabbanagh fir lanaa zunoobanaa wa israafanaa feee amirnaa wa sabbit aqdaamanaa wansurnaa 'alal qawmil kaafireen

    Ular: «Ey Robbimiz! Bizning gunohlarimiz va ishimizdagi isrofimizni Oʻzing kechirgin, sobitqadam qilgin va kofir qavmlar ustidan bizga nusrat bergin», degan gapdan oʻzga gapni aytmaganlar.

  148. 148

    فَـَٔاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ ثَوَابَ ٱلدُّنْيَا وَحُسْنَ ثَوَابِ ٱلْءَاخِرَةِ ۗ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Fa aataahumul laahu sawaabad dunyaa wa husna sawaabil Aakhirah; wallaahu yuhibbul muhsineen

    Bas, Alloh ularga bu dunyo savobini va oxiratning goʻzal savobini berdi. Alloh goʻzal amal qiluvchilarni sevadir.

  149. 149

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِن تُطِيعُوا۟ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يَرُدُّوكُمْ عَلَىٰٓ أَعْقَٰبِكُمْ فَتَنقَلِبُوا۟ خَٰسِرِينَ

    Yaaa 'aiyuhal lazeena aamanoo in tutee'ullazeena kafaroo yaruddookum 'alaaa a'qaabkum fatanqaliboo khaasireen

    Ey, iymon keltirganlar! Agar kufr keltirganlarga itoat qilsangiz, orqangizga qaytarurlar. Bas, ziyon koʻrguvchilarga aylanib qolursiz. [62]

    [62] (Maʼlumki, musulmonlar Uhud gʻazotida qisman magʻlubiyatga uchradilar. Bu ish Madinai Munavvarada ular bilan birga yashab turgan kofir va munofiqlarga igʻvo uchun katta bahona boʻldi. Badr gʻazotidagi gʻalabadan soʻng hamma musulmonlarga havas bilan qarab, ular bilan hisob-kitob qiladigan boʻlib qolgan edi. Ammo Uhuddan keyin barcha ish teskarisiga aylandi. Kofir va munofiqlar musulmonlarga past nazar bilan qaraydigan, ularga nasihat qiladigan va oʻzlaricha «toʻgʻri yoʻl» koʻrsatadigan boʻlib qoldilar.)

  150. 150

    بَلِ ٱللَّهُ مَوْلَىٰكُمْ ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلنَّٰصِرِينَ

    Balil laahu mawlaakum wa Huwa khairun naasireen

    Yoʻq! Alloh xoʻjangizdir. Va U yordam beruvchilarning yaxshisidir! [63]

    [63] (Yoʻq, ular sizga yordam ham bera olmaydi, homiy ham boʻla olmaydi. Balki Alloh taolo sizning Xojangiz va Valiyingizdir. Haqiqiy yordam beruvchilarning yaxshisi ham yolgʻiz Udir.)

  151. 151

    سَنُلْقِى فِى قُلُوبِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱلرُّعْبَ بِمَآ أَشْرَكُوا۟ بِٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ سُلْطَٰنًۭا ۖ وَمَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۚ وَبِئْسَ مَثْوَى ٱلظَّٰلِمِينَ

    Sanulqee fee quloobil lazeena kafarur ru'ba bimaaa ashrakoo billaahi maa lam yunazzil bihee sultaana-nw wa maawaahumun Naar; wa bi'sa maswaz zaalimeen

    Tezda, kufr keltirganlarning qalbiga, Allohga hujjatsiz narsani shirk keltirganlari uchun, qoʻrquvni solurmiz. Ularning qarorgohi doʻzaxdir. Zolimlarning joyi qanday ham yomon! [64]

    [64] (Agar moʻminlar haqiqiy iymon egalari boʻlsalar, ular har qachon kofirlar bilan toʻqnashganlarida, Alloh taolo kofirlar qalbiga qoʻrquvni solib qoʻyadi. Chunki kofirlar hujjatsiz, quvvatsiz, imkonsiz narsalarga tayanadilar.)

  152. 152

    وَلَقَدْ صَدَقَكُمُ ٱللَّهُ وَعْدَهُۥٓ إِذْ تَحُسُّونَهُم بِإِذْنِهِۦ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا فَشِلْتُمْ وَتَنَٰزَعْتُمْ فِى ٱلْأَمْرِ وَعَصَيْتُم مِّنۢ بَعْدِ مَآ أَرَىٰكُم مَّا تُحِبُّونَ ۚ مِنكُم مَّن يُرِيدُ ٱلدُّنْيَا وَمِنكُم مَّن يُرِيدُ ٱلْءَاخِرَةَ ۚ ثُمَّ صَرَفَكُمْ عَنْهُمْ لِيَبْتَلِيَكُمْ ۖ وَلَقَدْ عَفَا عَنكُمْ ۗ وَٱللَّهُ ذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Wa laqad sadaqakumul laahu wa'dahooo iz tahussoo nahum bi iznihee hattaaa izaa fashiltim wa tanaaza'tum fil amri wa 'asaitum mim ba'di maaa araakum maa tuhibboon; minkum mai yureedud dunyaa wa minkum mai yureedul Aakhirah; summa sarafakum 'anhum sarafakum 'anhum liyabtaliyakum wa laqad 'afaa 'ankum; wallaahu zoo fadlin 'alal mu'mineen

    Batahqiq, Alloh vaʼdasi ustidan chiqdi. Siz Uning izni bilan ularni qira boshladingiz. Toki zaiflashib, amr haqida ixtilof qilib va siz suygan narsani koʻrsatganidan soʻng, isyon qilguningizcha. Orangizda dunyoni xohlaydigan kimsalar bor va orangizda oxiratni xohlaydigan kimsalar bor. Soʻngra, sizlarni imtihon qilish uchun ulardan burdi. Batahqiq, sizni afv etdi. Alloh moʻminlarga fazl egasi boʻlgan Zotdir. [65]

    [65] (Uhud jangida gʻolib kelib turgan musulmonlar birdan magʻlubiyatga uchrashlari isyon, sustkashlik va Paygʻambar alayhissalomning amrlariga xilof qilish oqibatida yuzaga keldi. Holbuki, Badr gʻazotida musulmonlar sonlari, qurollari oz boʻlsa ham, gʻolib kelgan edilar. Bu esa, oʻz navbatida, Allohning moʻminlarga nusrat berishiga vaʼdasi moʻminlarning Allohning amriga toʻliq amal qilishlariga bogʻliq ekanligini koʻrsatadi.)

  153. 153

    ۞ إِذْ تُصْعِدُونَ وَلَا تَلْوُۥنَ عَلَىٰٓ أَحَدٍۢ وَٱلرَّسُولُ يَدْعُوكُمْ فِىٓ أُخْرَىٰكُمْ فَأَثَٰبَكُمْ غَمًّۢا بِغَمٍّۢ لِّكَيْلَا تَحْزَنُوا۟ عَلَىٰ مَا فَاتَكُمْ وَلَا مَآ أَصَٰبَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

    Iz tus'idoona wa laa talwoona 'alaaa ahadinw war Rasoolu yad'ookum feee ukhraakum fa asaabakum ghammam bighammil likailaa tahzanoo 'alaa maa faatakum wa laa maaa asaabakum; wallaahu khabeerum bimaa ta'maloon

    Paygʻambar ortingizdan chaqirib tursa ham hech kimga qaramay tirqirab qochganingizni eslang. Oʻtgan narsaga va yetgan musiybatga xafa boʻlmasligingiz uchun sizga gʻam ustiga gʻam berdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor Zotdir. [66]

    [66] (Alloh taolo Uhud urushida sizga gʻam ustiga gʻam berdi. Avvalo jarohat yetdi; koʻpchilik qatl boʻldi; mushriklardan magʻlub boʻldilar; oʻljadan quruq qoldilar; gʻalabani qoʻldan chiqardilar va eng ulkan gʻam — Rasulullohni ogʻir holda tashlab qochishlari va u zotning boshlari yorilib, tishlari sinib, yonoqlariga temir halqalarning kirishi boʻldi. Mana shu oxirgi gʻam hamma oʻtgan narsalarni va yetgan musibatlarni unutdirib yubordi.)

  154. 154

    ثُمَّ أَنزَلَ عَلَيْكُم مِّنۢ بَعْدِ ٱلْغَمِّ أَمَنَةًۭ نُّعَاسًۭا يَغْشَىٰ طَآئِفَةًۭ مِّنكُمْ ۖ وَطَآئِفَةٌۭ قَدْ أَهَمَّتْهُمْ أَنفُسُهُمْ يَظُنُّونَ بِٱللَّهِ غَيْرَ ٱلْحَقِّ ظَنَّ ٱلْجَٰهِلِيَّةِ ۖ يَقُولُونَ هَل لَّنَا مِنَ ٱلْأَمْرِ مِن شَىْءٍۢ ۗ قُلْ إِنَّ ٱلْأَمْرَ كُلَّهُۥ لِلَّهِ ۗ يُخْفُونَ فِىٓ أَنفُسِهِم مَّا لَا يُبْدُونَ لَكَ ۖ يَقُولُونَ لَوْ كَانَ لَنَا مِنَ ٱلْأَمْرِ شَىْءٌۭ مَّا قُتِلْنَا هَٰهُنَا ۗ قُل لَّوْ كُنتُمْ فِى بُيُوتِكُمْ لَبَرَزَ ٱلَّذِينَ كُتِبَ عَلَيْهِمُ ٱلْقَتْلُ إِلَىٰ مَضَاجِعِهِمْ ۖ وَلِيَبْتَلِىَ ٱللَّهُ مَا فِى صُدُورِكُمْ وَلِيُمَحِّصَ مَا فِى قُلُوبِكُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Summa anzala 'alaikum mim ba'dil ghammi amanatan nu'aasai yaghshaa taaa' ifatam minkum wa taaa'ifatun qad ahammathum anfusuhum yazunnoona billaahi ghairal haqqi zannal jaahiliyyati yaqooloona hal lanaa minal amri min shai'; qul innal amra kullahoo lillaah; yukhfoona fee anfusihim maa laa yubdoona laka yaqooloona law kaana lanaa minal amri shai'ummaa qutilnaa haahunaa; qul law kuntum fee buyootikum labarazal lazeena kutiba 'alaihimul qatlu ilaa madaaji'ihim wa liyabtaliyal laahu maa fee sudoorikum wa liyumah hisa maa fee quloobikum; wallaahu 'aleemum bizaatis sudoor

    Soʻngra, gʻamdan keyin sizdan bir toifangizni qamrab olgan mudroqni omonlik qilib tushirdi. Boshqa toifa esa, oʻzi bilan ovora boʻlib, Alloh haqida nohaq, johiliyat gumonini qilib: «Bizning qoʻlimizda nima ish bor edi», deyishdi. Sen: «Ishning barchasi Allohdandir», deb ayt! Senga oshkor qilmagan narsalarini ichlarida maxfiy tutarlar. Ular: «Agar qoʻlimizda bir ish boʻlganida, bu yerda qatl qilinmas edik», derlar. Sen: «Agar uylaringizda boʻlsangiz ham, qatl boʻlish taqdirida yozilganlar oʻz oʻlim joylariga chiqar edilar. Bu, Alloh koʻksingizdagi narsani sinashi va qalbingizdagini yaxshilab poklashi uchundir. Alloh koʻksingizdagi narsani biluvchi Zotdir», deb ayt. [67]

    [67] (Musulmonlar Uhud urushida yengilib qocha boshlaganlarida, Alloh taolo ularga mudroqni omonlik qilib yuborib, hatto falokatdan, butunlay tor-mor boʻlishdan saqlab qoldi. Bir oz mudrab, soʻng oʻziga kelgan musulmonlar Paygʻambar alayhissalom atroflarida toʻplanishdi va togʻning balandroq, qulayroq joyiga chiqib joylashishdi. Buni koʻrgan mushriklar oxirigacha hujum qilishga yuraklari dov bermay, ortga qaytdilar. Moʻminlardan bir toifasi bu ish bilan ovora boʻlib turgan bir paytda: Bu toifa — iymoni zaif toifa, qalbida fidokorlik tuygʻusi oʻrnashmagan toifa. Shu boisdan Alloh uchun ovora boʻlmaydi, dinu diyonat uchun ovora boʻlmaydi, Paygʻambar uchun ovora boʻlmaydi, musulmonlar uchun ovora boʻlmaydi. Boshlariga zarba yetganda, iymoni zaiflar, munofiqlar doimo shunday qiladilar. Boshliqlarga osilib, hamma aybni ularga toʻnkab odamlarni ulardan aynitishga oʻtadilar. Baʼzi qatl boʻlganlar haqida ham: «Agar bizning ixtiyorimiz bilan ish boʻlganida, bunday boʻlmas edi», deydilar. Qurʼoni Karim ularning bu notoʻgʻri vasvasalarini ham toʻgʻrilab, oʻlim va hayot ortidagi, sinovlar zamiridagi hikmatlarni bayon qiladi.)

  155. 155

    إِنَّ ٱلَّذِينَ تَوَلَّوْا۟ مِنكُمْ يَوْمَ ٱلْتَقَى ٱلْجَمْعَانِ إِنَّمَا ٱسْتَزَلَّهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ بِبَعْضِ مَا كَسَبُوا۟ ۖ وَلَقَدْ عَفَا ٱللَّهُ عَنْهُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ حَلِيمٌۭ

    Innal lazeena tawallaw minkum yawmal taqal jam'aani innamas tazallahumush Shaitaanu biba'di maa kasaboo wa laqad 'afal laahu 'anhum; innnal laaha Ghafoorum Haleem

    Ikki toʻp toʻqnashgan kuni sizlardan yuz oʻgirib qochganlarni baʼzi qilgan ishlari tufayli shayton yoʻldan urdi, xolos. Batahqiq, Alloh ularni afv qildi. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  156. 156

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَكُونُوا۟ كَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَقَالُوا۟ لِإِخْوَٰنِهِمْ إِذَا ضَرَبُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ أَوْ كَانُوا۟ غُزًّۭى لَّوْ كَانُوا۟ عِندَنَا مَا مَاتُوا۟ وَمَا قُتِلُوا۟ لِيَجْعَلَ ٱللَّهُ ذَٰلِكَ حَسْرَةًۭ فِى قُلُوبِهِمْ ۗ وَٱللَّهُ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌۭ

    Yaaa ayyuhul lazeena aamanoo laa takoonoo kallazeena kafaroo wa qaaloo li ikhwaanihim izaa daraboo fil ardi aw kaanoo ghuzzal law kaanoo 'indanaa maa maatoo wa maa qutiloo liyaj'alal laahu zaalika hasratan fee quloobihim; qallaahu yuhyee wa yumeet; wallaahu bimaa ta'maloona Baseer

    Ey, iymon keltirganlar! Kufr keltirganlarga va yer yuzida yurgan va gʻoziy boʻlgan birodarlari haqida, agar bizning huzurimizda boʻlganlarida oʻlmas edilar va qatl qilinmas edilar, deydiganlarga oʻxshamang. Buni Alloh qalblarida hasrat qilishi uchun ayturlar. Alloh tiriltirur va oʻldirur. Alloh qilgan amallaringizni koʻruvchi Zotdir.

  157. 157

    وَلَئِن قُتِلْتُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ أَوْ مُتُّمْ لَمَغْفِرَةٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَحْمَةٌ خَيْرٌۭ مِّمَّا يَجْمَعُونَ

    Wa la'in qutiltum fee sabeelil laahi aw muttum lamaghfiratum minal laahi wa rahmatun khairum mimmaa yajma'oon

    Garchi Alloh yoʻlida qatl qilinsangiz ham yoki oʻlsangiz ham, Allohdan boʻladigan magʻfirat va rahmat ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.

  158. 158

    وَلَئِن مُّتُّمْ أَوْ قُتِلْتُمْ لَإِلَى ٱللَّهِ تُحْشَرُونَ

    Wa la'im muttum 'aw qutiltumla ilal laahi tuhsharoon

    Garchi oʻlsangiz ham yoki qatl qilinsangiz ham, albatta, Alloh huzurida yigʻilursiz.

  159. 159

    فَبِمَا رَحْمَةٍۢ مِّنَ ٱللَّهِ لِنتَ لَهُمْ ۖ وَلَوْ كُنتَ فَظًّا غَلِيظَ ٱلْقَلْبِ لَٱنفَضُّوا۟ مِنْ حَوْلِكَ ۖ فَٱعْفُ عَنْهُمْ وَٱسْتَغْفِرْ لَهُمْ وَشَاوِرْهُمْ فِى ٱلْأَمْرِ ۖ فَإِذَا عَزَمْتَ فَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُتَوَكِّلِينَ

    Fabimaa rahmatim minal laahi linta lahum wa law kunta fazzan ghaleezal qalbi lanfaddoo min hawlika fafu 'anhum wastaghfir lahum wa shaawirhum fil amri fa izaa 'azamta fatawakkal 'alal laah; innallaaha yuhibbul mutawak kileen

    Allohning rahmati ila ularga muloyim boʻlding. Agar qoʻpol, qalbi qattiq boʻlganingda, atrofingdan tarqab ketar edilar. Bas, ularni afv et. Ularga istigʻfor ayt va ular bilan ishlarda mashvarat qil. Azmu qaror qilganingdan soʻng Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sevadir. [68]

    [68] (Alloh taolo ushbu amr ila Paygʻambar alayhissalomni qalbi kenglikda, muloyimlikda — kishilarni atroflarida jamlovchi oliy sifatlarda bardavom boʻlishga chaqirib, ayblar oʻtgan boʻlsa ham, musulmonlarni afv etishga buyurmoqda.)

  160. 160

    إِن يَنصُرْكُمُ ٱللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمْ ۖ وَإِن يَخْذُلْكُمْ فَمَن ذَا ٱلَّذِى يَنصُرُكُم مِّنۢ بَعْدِهِۦ ۗ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ

    Iny-yansurkumul laahu falaa ghaaliba lakum wa iny-yakhzulkum faman zal lazee yansurukum mim ba'dih; wa 'alal laahi falyatawakkalil mu'minoon

    Agar sizga Alloh nusrat bersa, sizdan gʻolib keluvchi yoʻq. Agar sizni tashlab qoʻysa, Undan oʻzga kim ham yordam berar edi. Moʻminlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar.

  161. 161

    وَمَا كَانَ لِنَبِىٍّ أَن يَغُلَّ ۚ وَمَن يَغْلُلْ يَأْتِ بِمَا غَلَّ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ ثُمَّ تُوَفَّىٰ كُلُّ نَفْسٍۢ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

    Wa maa kaana li Nabiyyin ai yaghull; wa mai yaghlul yaati bimaa ghalla Yawmal Qiyaamah; summa tuwaffaa kullu nafsim maa kasabat wa hum laa yuzlamoon

    Paygʻambarga xiyonat hech toʻgʻri kelmas. Kimki xiyonat qilsa, qiyomat kuni xiyonat qilib olgan narsasi bilan keladir. Soʻngra, har bir jon kasbiga yarasha toʻliq oladir. Ularga zulm qilinmas. [69]

    [69] (Birinchi marta musulmonlar Badr urushida oʻlja oldilar. Oʻsha oʻlja haqida munofiqlar igʻvo tarqatishdi. Bu igʻvolar orasida shunday yolgʻon xabar ham bor ediki, u boʻxtonga koʻra, goʻyo Paygʻambarimiz alayhissalom oʻljalarni gʻalul sifatida, yaʼni maxfiy ravishda, berkitib olganmishlar. Jumladan, Badr urushida tushgan oʻljadan bir toʻp oltin yoʻqolganida ham Paygʻambar alayhissalomni ayblashdi, u kishidan gumon qilishdi. Uhud urushida esa, kamonchilarning joylarini tashlab ketishlariga oʻlja dardi sabab boʻlgan edi. Ushbu oyatda mazkur tuhmatomuz shubha-gumonlar juda keskinlik ila rad etilmoqda. Nafaqat Muhammad alayhissalom, balki umuman barcha paygʻambarlarga xiyonat butkul yot xislat ekani ochiq aytilmoqda.)

  162. 162

    أَفَمَنِ ٱتَّبَعَ رِضْوَٰنَ ٱللَّهِ كَمَنۢ بَآءَ بِسَخَطٍۢ مِّنَ ٱللَّهِ وَمَأْوَىٰهُ جَهَنَّمُ ۚ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Afamanit taba'a Ridwaanal laahi kamam baaa'a bisakhatim minal laahi wa maawaahu Jahannam; wa bi'sal maseer

    Allohning roziligini izlagan odam Allohning gʻazabiga duchor boʻlgan va borar joyi jahannam boʻlgan odamga oʻxsharmidi! Va u qanday ham yomon joy!

  163. 163

    هُمْ دَرَجَٰتٌ عِندَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ بَصِيرٌۢ بِمَا يَعْمَلُونَ

    Hum darajaatun 'indal laah; wallaahu baseerum bimaa ya'maloon

    Ularning Allohning huzuridagi darajalari turlicha. Alloh qilayotgan amallarini koʻrib turuvchi Zotdir.

  164. 164

    لَقَدْ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ إِذْ بَعَثَ فِيهِمْ رَسُولًۭا مِّنْ أَنفُسِهِمْ يَتْلُوا۟ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِهِۦ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَإِن كَانُوا۟ مِن قَبْلُ لَفِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍ

    Laqad mannal laahu 'alal mu'mineena iz ba'asa feehim Rasoolam min anfusihim yatloo 'alaihim Aayaatihee wa yuzakkeehim wa yu'allimu humul Kitaaba wal Hikmata wa in kaanoo min qablu lafee dalaalim mubeen

    Batahqiq, Alloh moʻminlarga oʻzlaridan Paygʻambar yuborib, neʼmat berdi. U ularga Allohning oyatlarini tilovat qilib beradir, ularni poklaydir, kitob va hikmatni oʻrgatur. Garchi oldin ochiq-oydin adashuvda boʻlsalar ham.

  165. 165

    أَوَلَمَّآ أَصَٰبَتْكُم مُّصِيبَةٌۭ قَدْ أَصَبْتُم مِّثْلَيْهَا قُلْتُمْ أَنَّىٰ هَٰذَا ۖ قُلْ هُوَ مِنْ عِندِ أَنفُسِكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Awa lammaaa asaabatkum museebatun qad asabtum mislaihaa qultum annaa haazaa qul huwa min 'indi anfusikum; innal laaha 'alaa kulli shai'in Qadeer

    Sen: «Sizga musiybat yetgan paytda, holbuki, oʻzingiz ham ikki baravarini yetkazgan edingiz, bu qayerdan, deysizmi?! Bu oʻzingizning huzuringizdan!» deb ayt. Albatta, Alloh hamma narsaga qodirdir. [70]

    [70] (Yaʼni, oʻzingiz sustkashlik qildingiz, zaiflashdingiz, oʻzingiz Allohning shartini buzdingiz, oʻzingiz Paygʻambarning amriga xilof qildingiz, endi kelib, «Bu qayerdan?» deysizmi?! Bilib qoʻying, bu musibatni oʻzingiz oʻzingizga chaqirib oldingiz.)

  166. 166

    وَمَآ أَصَٰبَكُمْ يَوْمَ ٱلْتَقَى ٱلْجَمْعَانِ فَبِإِذْنِ ٱللَّهِ وَلِيَعْلَمَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Wa maa asaabakum yawmal taqal jam'aani fabiiznil laahi wa liya'lamal mu'mineen

    Ikki jamoa toʻqnashgan kuni sizga musiybat Allohning izni bilan va moʻminlarni bilish uchun.

  167. 167

    وَلِيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ نَافَقُوا۟ ۚ وَقِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا۟ قَٰتِلُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ أَوِ ٱدْفَعُوا۟ ۖ قَالُوا۟ لَوْ نَعْلَمُ قِتَالًۭا لَّٱتَّبَعْنَٰكُمْ ۗ هُمْ لِلْكُفْرِ يَوْمَئِذٍ أَقْرَبُ مِنْهُمْ لِلْإِيمَٰنِ ۚ يَقُولُونَ بِأَفْوَٰهِهِم مَّا لَيْسَ فِى قُلُوبِهِمْ ۗ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يَكْتُمُونَ

    Wa liya'lamal lazeena naafaqoo; wa qeela lahum ta'aalaw qaatiloo fee sabeelil laahi awid fa'oo qaaloo law na'lamu qitaalallat taba'naakum; hum lilkufri yawma'izin aqrabu minhum lil eemaan; yaqooloona bi afwaahihim maa laisa fee quloobihim; wallaahu a'lamu bimaa yaktumoon

    Va munofiqlik qilayotganlarni bilish uchun yetdi. Va ularga: «Kelinglar, Allohning yoʻlida urush qilinglar yoki mudofaa qilinglar», deyildi. Ular: «Agar jang boʻlishini aniq bilsak, sizga ergashardik», – dedilar. Ular oʻsha kunda iymondan koʻra kufrga yaqinroq edilar. Tillari bilan dillarida yoʻq narsani ayturlar. Alloh berkitayotgan narsalarini yaxshi biluvchi Zotdir.

  168. 168

    ٱلَّذِينَ قَالُوا۟ لِإِخْوَٰنِهِمْ وَقَعَدُوا۟ لَوْ أَطَاعُونَا مَا قُتِلُوا۟ ۗ قُلْ فَٱدْرَءُوا۟ عَنْ أَنفُسِكُمُ ٱلْمَوْتَ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Allazeena qaaloo liikhwaanihim wa qa'adoo law ataa'oonaa maa qutiloo; qul fadra'oo'an anfusikumul mawta in kuntum saadiqeen

    Ular oʻz birodarlariga va (urushga chiqmay) oʻtirganlarga: «Agar bizga itoat qilganlarida qatl qilinmas edilar», – deyishdi. Sen: «Agar gapingiz rost boʻlsa, oʻzingizdan oʻlimni qaytarib koʻring-chi», deb ayt. [71]

    [71] (Munofiqlar oʻz birodarlariga va urushga chiqmay uyda oʻtirganlarga oʻzlarini haq koʻrsatib, aybni jang qilganlarga agʻdara boshladilar. Ularning fikricha, Paygʻambar alayhissalomning amrlariga itoat qilganlari xatolik boʻlgan. Agar munofiqlarga itoat qilganlarida toʻgʻri boʻlar emish. Bu daʼvo tagida hamma narsa Allohning irodasi bilan boʻlishini inkor etish yotadi.)

  169. 169

    وَلَا تَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ قُتِلُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ أَمْوَٰتًۢا ۚ بَلْ أَحْيَآءٌ عِندَ رَبِّهِمْ يُرْزَقُونَ

    Wa laa tahsabannal lazeena qutiloo fee sabeelillaahi amwaata; bal ahyaaa'un 'inda Rabbihim yurzaqoon

    Allohning yoʻlida qatl boʻlganlarni oʻliklar deb hisoblamanglar. Balki, ular — tirik, Robbilari huzurida rizqlanmoqdalar.

  170. 170

    فَرِحِينَ بِمَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ وَيَسْتَبْشِرُونَ بِٱلَّذِينَ لَمْ يَلْحَقُوا۟ بِهِم مِّنْ خَلْفِهِمْ أَلَّا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ

    Fariheena bimaaa aataa humul laahu min fadlihee wa yastabshiroona billazeena lam yalhaqoo bihim min fadlihee wa yastabshiroona billazeena lam yalhaqoo bihim min khalfihim allaa khawfun 'alaihim wa laa hum yahzanoon

    Ular Alloh Oʻz fazlidan bergan narsalardan xursandlar va hali ortlaridan oʻzlariga qoʻshilmagan birodarlariga, ularga xavf yoʻqligining hamda xafa ham boʻlmasliklarining xushxabarini bermoqdalar.

  171. 171

    ۞ يَسْتَبْشِرُونَ بِنِعْمَةٍۢ مِّنَ ٱللَّهِ وَفَضْلٍۢ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Yastabshiroona bini'matim minal laahi wa fad linw wa annal laaha laa yudee'u ajral mu'mineen

    Ular Allohdan boʻlgan neʼmat va fazlning hamda, albatta, Alloh moʻminlarning ajrini zoye qilmasligining xushxabarini bermoqdalar. [72]

    [72] (Ushbu oyatlar Alloh yoʻlida jihod qilib qurbon boʻlgan bandalari maqomlarining bayonidir. Ularni «oʻliklar» deb hisoblamaslikka amr, ular tirik ekanliklari va Robbilari huzurida rizqlanayotganlarining xabaridir. Demak, shahidlar haqidagi tasavvur shunday boʻlishi kerak.)

  172. 172

    ٱلَّذِينَ ٱسْتَجَابُوا۟ لِلَّهِ وَٱلرَّسُولِ مِنۢ بَعْدِ مَآ أَصَابَهُمُ ٱلْقَرْحُ ۚ لِلَّذِينَ أَحْسَنُوا۟ مِنْهُمْ وَٱتَّقَوْا۟ أَجْرٌ عَظِيمٌ

    Allazeenas tajaaboo lil laahi war Rasooli mim ba'di maaa asaabahumulqarh; lillazeena ahsanoo minhum wattaqaw ajrun 'azeem

    Ular jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Paygʻambar chaqirigʻiga javob beradiganlardir. Ulardan yaxshilik va taqvo qilganlariga ulugʻ ajrlar bordir.

  173. 173

    ٱلَّذِينَ قَالَ لَهُمُ ٱلنَّاسُ إِنَّ ٱلنَّاسَ قَدْ جَمَعُوا۟ لَكُمْ فَٱخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ إِيمَٰنًۭا وَقَالُوا۟ حَسْبُنَا ٱللَّهُ وَنِعْمَ ٱلْوَكِيلُ

    Allazeena qaala lahumun naasu innan naasa qad jama'oo lakum fakhshawhuin fazaadahum eemaannanwa wa qaaloo hasbunal laahu wa ni'malwakeel

    Ularga kishilar: «Albatta, odamlar sizga qarshi kuch toʻpladilar, ulardan qoʻrqinglar», deganda, iymonlari ziyoda boʻldi va: «Bizga Allohning Oʻzi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», – dedilar. [73]

    [73] (Yaʼni, oʻsha moʻminlarga baʼzi kishilar kelib, qurayshliklarning ularga qarshi koʻp kuch toʻplaganlarini aytib, ulardan qoʻrqinglar, deganida, moʻminlar qoʻrqish oʻrniga, iymonlari ziyoda boʻldi. Shu bilan birga, «Bizga Allohning Oʻzi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», dedilar. Imom Ahmad ibn Hanbal va boshqa muhaddislar rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissalotu vassalom oʻz sahobalaridan biriga: «Boshingga ogʻir ish tushganda, «Hasbiyallohu va neʼmal vakiyl», degin», deganlar.)

  174. 174

    فَٱنقَلَبُوا۟ بِنِعْمَةٍۢ مِّنَ ٱللَّهِ وَفَضْلٍۢ لَّمْ يَمْسَسْهُمْ سُوٓءٌۭ وَٱتَّبَعُوا۟ رِضْوَٰنَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ ذُو فَضْلٍ عَظِيمٍ

    Fanqalaboo bini'matim minal laahi wa fadlil lam yamsashum sooo'unw wattaba'oo ridwaanal laah; wallaahu zoo fadlin 'azeem

    Bas, Allohning neʼmati va fazli ila ularga yomonlik yetmasdan qaytdilar va Allohning roziligiga erishdilar. Alloh ulugʻ fazl egasidir. [74]

    [74] (Ular Allohga tavakkal qilib, Uni oʻzlariga kofiy vakil bilib chiqqan edilar. Bas, bu urushdan ziyon koʻrmasdan, Allohning neʼmati, fazli va roziligiga sazovor boʻlgan holda qaytdilar.)

  175. 175

    إِنَّمَا ذَٰلِكُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ يُخَوِّفُ أَوْلِيَآءَهُۥ فَلَا تَخَافُوهُمْ وَخَافُونِ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

    Innamaa zaalikumush Shaitaanu yukhawwifu awliyaaa'ahoo falaa takhaafoohum wa khaafooni in kuntum mu'mineen

    Albatta, bunday boʻlishingiz shaytondandir, u oʻz yaqinlaridan qoʻrqitur. Bas, agar moʻmin boʻlsangiz, ulardan qoʻrqmanglar, mendan qoʻrqinglar. [75]

    [75] (Yaʼni, odamlar sizga qarshi kuch toʻpladilar, ulardan qoʻrqinglar, degan xabardan qoʻrqinchga tushsangiz, bu holingiz shaytondandir. U sizlarni oʻz doʻstlaridan qoʻrqitadi. Shayton oʻziga ergashganlarni sizning koʻzingizga kuchli boʻlib koʻrinishini istaydi. Agar haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, ulardan qoʻrqmanglar, ularning qoʻlidan hech narsa kelmaydi.)

  176. 176

    وَلَا يَحْزُنكَ ٱلَّذِينَ يُسَٰرِعُونَ فِى ٱلْكُفْرِ ۚ إِنَّهُمْ لَن يَضُرُّوا۟ ٱللَّهَ شَيْـًۭٔا ۗ يُرِيدُ ٱللَّهُ أَلَّا يَجْعَلَ لَهُمْ حَظًّۭا فِى ٱلْءَاخِرَةِ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ

    Wa laa yahzunkal lazeena yusaari'oona fil Kufr; innahum lai yadurrul laaha shai'aa; yureedul laahu allaa yaj'ala lahum hazzan fil Aakhirati wa lahum 'azaabun 'azeem

    Kufrga oshiqayotganlar seni xafa qilmasin. Albatta, ular hargiz Allohga biror zarar yetkaza olmaslar. Alloh ularga oxiratda nasiba qilmaslikni xohlaydir. Ularga ulkan azob bordir.

  177. 177

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱشْتَرَوُا۟ ٱلْكُفْرَ بِٱلْإِيمَٰنِ لَن يَضُرُّوا۟ ٱللَّهَ شَيْـًۭٔا وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Innal lazeenash tarawul kufra bil eemaani lai yadurrul laaha shai anw wa lahum 'azdaabun aleem

    Albatta, kufrni iymonga sotib olganlar Allohga hargiz biror zarar yetkaza olmaslar. Ularga alamli azob bordir.

  178. 178

    وَلَا يَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَنَّمَا نُمْلِى لَهُمْ خَيْرٌۭ لِّأَنفُسِهِمْ ۚ إِنَّمَا نُمْلِى لَهُمْ لِيَزْدَادُوٓا۟ إِثْمًۭا ۚ وَلَهُمْ عَذَابٌۭ مُّهِينٌۭ

    Wa laa yahsabannal lazeena kafarooo annamaa numlee lahum khairulli anfusihim; innamaa numlee lahum liyazdaadooo ismaa wa lahum 'azaabum muheen

    Kufr keltirganlar ularni tek qoʻyganimizni oʻzlari uchun yaxshi deb hisoblamasinlar. Biz ularni faqat gunohlari koʻpayishi uchungina tek qoʻyamiz. Ularga xorlovchi azob bordir.

  179. 179

    مَّا كَانَ ٱللَّهُ لِيَذَرَ ٱلْمُؤْمِنِينَ عَلَىٰ مَآ أَنتُمْ عَلَيْهِ حَتَّىٰ يَمِيزَ ٱلْخَبِيثَ مِنَ ٱلطَّيِّبِ ۗ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُطْلِعَكُمْ عَلَى ٱلْغَيْبِ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَجْتَبِى مِن رُّسُلِهِۦ مَن يَشَآءُ ۖ فَـَٔامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ ۚ وَإِن تُؤْمِنُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ فَلَكُمْ أَجْرٌ عَظِيمٌۭ

    Maa kaanal laahu liyazaral mu'mineena 'alaa maaa antum 'alaihi hattaa yameezal khabeesa minat taiyib; wa maa kaanal laahu liyutli'akum 'alal ghaibi wa laakinnal laaha yajtabee mir Rusulihii mai yashaaa'u fa aaminoo billaahi wa Rusulih; wa in tu 'minoo wa tattaqoo falakum ajrun 'azeem

    Alloh moʻminlarni pokidan nopokini ajratmasdan, siz turgan holda, qoʻyib qoʻymas. Alloh sizlarni gʻaybdan xabardor qilib qoʻymas. Lekin Alloh Oʻz Paygʻambarlaridan kimni xohlasa, tanlab oladir. Bas, Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltiringlar. Agar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, sizlarga ulugʻ ajr bordir. [76]

    [76] (Ushbu oyatda Alloh taolo moʻminlarni munofiqlarga aralash boʻlib yuraverishlariga qoʻyib qoʻymasligini, balki haqiqiy moʻminni munofiqdan ajratib olishni aytmoqda. Odatda, bunday paytlarda sinov, imtihon usuli ishga solinadi. Uhud urushi ham ana shunday: pokni nopokdan, haqiqiy moʻminni munofiqdan ajratib olish uchun sinov, imtihon boʻldi.)

  180. 180

    وَلَا يَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ يَبْخَلُونَ بِمَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ هُوَ خَيْرًۭا لَّهُم ۖ بَلْ هُوَ شَرٌّۭ لَّهُمْ ۖ سَيُطَوَّقُونَ مَا بَخِلُوا۟ بِهِۦ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ وَلِلَّهِ مِيرَٰثُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌۭ

    Wa laa yahsabannal lazeena yabkhaloon bimaa aataahumul lahu min fadilhee huwa khairal lahum bal huwa sharrul lahum sayutaw waqoona maa bakhiloo bihee Yawmal Qiyaamah; wa lillaahi meeraasus samaawaati wal ard; wallaahu bimaa ta'maloona Khabeer

    Alloh Oʻz fazlidan bergan narsaga baxillik qilganlar buni oʻzlariga yaxshilik deb hisoblamasinlar. Aksincha, bu ularga yomonlikdir. Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari ila boʻyinlari oʻralur. Osmonlaru yerning merosi Allohgadir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. [77]

    [77] (Islom dini taʼlimoti boʻyicha, insonning qoʻlidagi mol unga Alloh Oʻz fazlidan bergan omonatdir. Shuning uchun u mazkur molning haqiqiy egasi Allohning roziligi yoʻlida sarflashi kerak. Ammo baxillik qilib, molni sarflamay toʻplasa, oʻzining koʻziga yaxshi boʻlib koʻringani bilan, aslida yaxshilik boʻlmaydi. Kim baxillik bilan toʻplagan molini yaxshilik deb hisoblasa, notoʻgʻri oʻylagan boʻladi.)

  181. 181

    لَّقَدْ سَمِعَ ٱللَّهُ قَوْلَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ فَقِيرٌۭ وَنَحْنُ أَغْنِيَآءُ ۘ سَنَكْتُبُ مَا قَالُوا۟ وَقَتْلَهُمُ ٱلْأَنۢبِيَآءَ بِغَيْرِ حَقٍّۢ وَنَقُولُ ذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ

    Laqad sami'al laahu qawlal lazeena qaalooo innal laaha faqeerunw wa nahnu aghniyaaa'; sanaktubu maa qaaloo wa qatlahumul Ambiyaa'a bighairi haqqinw wa naqoolu zooqoo 'azaaba Ihreeq

    Batahqiq, Alloh: «Albatta, Alloh kambagʻal va biz boymiz», deganlarning gapini eshitdi. Aytganlarini va Paygʻambarlarni nohaq oʻldirganlarni yozib qoʻyamiz va: «Kuydiruvchi azobni tatib koʻring!» deymiz. [78]

    [78] (Yahudiylar doimo Alloh taolo toʻgʻrisida yomon tasavvurda, nohaq aqidada boʻlganlar. Ular moʻtabar hisoblaydigan kitoblarida ham bu narsa oʻz aksini topgan. Boʻlmasa, Alloh kambagʻal, biz boymiz, deyisharmidi? Alloh ularning bu beodob gaplarini eshitmaydi, deb oʻylashadi. Ammo ular notoʻgʻri oʻylashadi. Qiyomat kuni farishtalar Allohning nomidan ularga: «Kuydiruvchi azobni tatib koʻring!» deydilar.)

  182. 182

    ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيكُمْ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَيْسَ بِظَلَّامٍۢ لِّلْعَبِيدِ

    Zaalika bimaa qaddamat aideekum wa annal laaha laisa bizallaamil lil'abeed

    Bundoq boʻlishligi sizning oʻz qoʻlingiz ila qilganingiz tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga zulm qiluvchi emas.

  183. 183

    ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ عَهِدَ إِلَيْنَآ أَلَّا نُؤْمِنَ لِرَسُولٍ حَتَّىٰ يَأْتِيَنَا بِقُرْبَانٍۢ تَأْكُلُهُ ٱلنَّارُ ۗ قُلْ قَدْ جَآءَكُمْ رُسُلٌۭ مِّن قَبْلِى بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَبِٱلَّذِى قُلْتُمْ فَلِمَ قَتَلْتُمُوهُمْ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Allazeena qaalooo innal laaha 'ahida ilainaaa allaa nu'mina liRasoolin hatta yaa tiyanaa biqurbaanin taa kuluhun naar; qul qad jaaa'akum Rusulum min qablee bilbaiyinaati wa billazee qultum falima qataltumoohum in kuntum saadiqeen

    «Albatta, Alloh bizdan oʻtda kuyadigan qurbonlik keltirmagan Paygʻambarga ishonmasligimizga ahd olgan», deydiganlarga: «Mendan oldin ham sizlarga Paygʻambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz aytgan narsa bilan kelganlar. Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, nimaga ularni oʻldirdingiz?» deb ayt. [79]

    [79] (Yaʼni, hozir Paygʻambar alayhissalomdan moʻjiza keltirishni soʻrashyapti. Moʻjizani keltirsalar, u kishiga iymon keltirishga vaʼda qilmoqdalar. Lekin Qurʼoni Karim ularni oʻzlarining boshidan oʻtgan voqelik bilan yuzma-yuz qoʻymoqda. Paygʻambar alayhissalotu vassalomga xitob etib, ularga: «Mendan oldin ham sizlarga paygʻambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz aytgan narsa (yaʼni, moʻjizalar) bilan kelganlar. Agar (moʻjizani koʻrsak, iymon keltiramiz deganingizda) rostgoʻy boʻlsalaringiz, nimaga ularni oʻldirdingiz?» deb ayt», deydi.)

  184. 184

    فَإِن كَذَّبُوكَ فَقَدْ كُذِّبَ رُسُلٌۭ مِّن قَبْلِكَ جَآءُو بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَٱلزُّبُرِ وَٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُنِيرِ

    Fa in kaz zabooka faqad kuz ziba Rusulum min qablika jaaa'oo bilbaiyinaati waz Zuburi wal Kitaabil Muneer

    Agar seni yolgʻonchi qilsalar, sendan oldin ochiq-oydin bayonotlar, hikmatli kitoblar va nurli kitoblar bilan kelgan Paygʻambarlarni ham yolgʻonchi qilganlar.

  185. 185

    كُلُّ نَفْسٍۢ ذَآئِقَةُ ٱلْمَوْتِ ۗ وَإِنَّمَا تُوَفَّوْنَ أُجُورَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۖ فَمَن زُحْزِحَ عَنِ ٱلنَّارِ وَأُدْخِلَ ٱلْجَنَّةَ فَقَدْ فَازَ ۗ وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا مَتَٰعُ ٱلْغُرُورِ

    Kulu nafsin zaaa'iqatul mawt; wa innamaa tuwaffawna ujoorakum Yawmal Qiyaamati faman zuhziha 'anin Naari waudkhilal Jannata faqad faaz; wa mal hayaatud dunyaaa illaa mataa'ul ghuroor

    Har bir jon oʻlimni totguvchidir. Qiyomat kuni ajrlaringizni toʻligʻicha olursiz. Kim doʻzaxdan uzoqlashtirilsa va jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutibdi. Bu dunyo hayoti gʻurur matohidan oʻzga narsa emas. [80]

    [80] (Qiyomat kunida zarracha yaxshilik ham, zarracha yomonlik ham hisob-kitob qilinadi. Har bir insonga qilganiga yarasha mukofot yoki jazo toʻligʻicha beriladi. Ana oʻshanda haqiqiy yutuqqa erishgan kimu, magʻlubiyatga uchragan kim ekani maʼlum boʻladi.)

  186. 186

    ۞ لَتُبْلَوُنَّ فِىٓ أَمْوَٰلِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ وَلَتَسْمَعُنَّ مِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِكُمْ وَمِنَ ٱلَّذِينَ أَشْرَكُوٓا۟ أَذًۭى كَثِيرًۭا ۚ وَإِن تَصْبِرُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ فَإِنَّ ذَٰلِكَ مِنْ عَزْمِ ٱلْأُمُورِ

    Latublawunna feee amwaalikum wa anfusikum wa latasma'unna minal lazeena ootul Kitaaba min qablikum wa minal lazeena ashrakooo azan kaseeraa; wa in tasbiroo wa tattaqoo fa inna zaalika min 'azmil umoor

    Albatta, molu jonda sinovga uchraysiz. Albatta, sizdan oldin kitob berilganlardan va shirk keltirganlardan koʻplab ozor eshitasiz. Agar sabr qilsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, bu salmoqli ishlardandir. [81]

    [81] (Barcha aqida va daʼvatlarda, albatta, balo-ofat va sinovlar boʻlishi shartdir. Dushmanlardan ozor eshitish va jafo koʻrish ham bor narsa. Bunday paytlarda sabr-toqatli, chidamli boʻlish va Alloh taologa taqvo qilish zarurdir. Chunki bu yoʻl oliy maqsad yoʻlidir. Jannat yoʻlidir. Jannat yoʻli doimo tikanlar bilan oʻralgan boʻladi. Doʻzax esa, shahvoniy ishlar, lazzatlar bilan oʻralgan boʻladi.)

  187. 187

    وَإِذْ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَٰقَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ لَتُبَيِّنُنَّهُۥ لِلنَّاسِ وَلَا تَكْتُمُونَهُۥ فَنَبَذُوهُ وَرَآءَ ظُهُورِهِمْ وَٱشْتَرَوْا۟ بِهِۦ ثَمَنًۭا قَلِيلًۭا ۖ فَبِئْسَ مَا يَشْتَرُونَ

    Wa iz akhazal laahu meesaaqal lazeena ootul Kitaaba latubaiyinunnahoo linnaasi wa laa taktumoona hoo fanabazoohu waraaa'a zuhoorihim washtaraw bihee samanan qaleelan fabi'sa maa yashtaroon

    Alloh kitob berilganlardan, uni odamlarga albatta bayon qilursiz va berkitmassiz, deb ahd olganini esla. Bas, uni ortlariga qaratib otdilar va arzon narxga sotdilar. Sotib olgan narsalari qanday ham yomon! [82]

    [82] (Oyati karimada ahli kitoblarning, xususan, yahudiylarning ahdni buzib, xiyonat qilishlari oʻziga xos uslub ila bayon etilyapti. Aslida, Alloh ularga kitob berayotgan paytda, bu kitobni albatta, odamlarga bayon qilasiz va berkitmaysiz, deb ahd olgan edi. Jumladan, ular kelishining xabari oʻz kitoblarida berilgan Muhammad alayhissalomning vasflari va u kishi haqidagi maʼlumotlarni berkitmasdan odamlarga bayon qilishlari kerak edi. Ular rozi boʻlib, ahd berib olgan boʻlsalar ham, ahdni buzdilar.)

  188. 188

    لَا تَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ يَفْرَحُونَ بِمَآ أَتَوا۟ وَّيُحِبُّونَ أَن يُحْمَدُوا۟ بِمَا لَمْ يَفْعَلُوا۟ فَلَا تَحْسَبَنَّهُم بِمَفَازَةٍۢ مِّنَ ٱلْعَذَابِ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Laa tahsabannal lazeena yafrahoona bimaaa ataw wa yuhibbona ai yuhmadoo bimaa lam yaf'aloo falaa tahsabunnahum bimafaazatim minal 'azaabi wa lahum 'azaabun aleem

    Qilganlariga xursand boʻlib, qilmaganlariga maqtalishni suyadiganlarni azobdan najotda deb hisoblama. Ularga alamli azob bor!

  189. 189

    وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ

    Wa lillaahi mulkus samaawaati wal ard; wallaahu 'alaa kulli shai'in Qadeer

    Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir.

  190. 190

    إِنَّ فِى خَلْقِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱخْتِلَٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ لَءَايَٰتٍۢ لِّأُو۟لِى ٱلْأَلْبَٰبِ

    Inna fee khalqis samaawati wal ardi wakhtilaafil laili wannahaari la Aayaatil liulil albaab

    Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun belgilar bor. [83]

    [83] (Osmonga nazar solib, aqlini ishlatgan odam, yerga nazar solib, aqlini ishlatgan odam, kechayu kunduzning almashishiga nazar solib, aqlini ishlatgan odam, albatta, Allohning yagonaligiga, qudratiga, yaratuvchiligiga qoyil qolmasdan iloji yoʻq.)

  191. 191

    ٱلَّذِينَ يَذْكُرُونَ ٱللَّهَ قِيَٰمًۭا وَقُعُودًۭا وَعَلَىٰ جُنُوبِهِمْ وَيَتَفَكَّرُونَ فِى خَلْقِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ رَبَّنَا مَا خَلَقْتَ هَٰذَا بَٰطِلًۭا سُبْحَٰنَكَ فَقِنَا عَذَابَ ٱلنَّارِ

    Allazeena yazkuroonal laaha qiyaamaiw-wa qu'oodanw-wa 'alaa juno obihim wa yatafakkaroona fee khalqis samaawaati wal ardi Rabbanaa maa khalaqta haaza baatilan Subhaanak faqinaa 'azaaban Naar

    Allohni tik turgan, oʻtirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar: «Robbimiz, buni bekorga yaratganing yoʻq, Oʻzing poksan, bizni oʻt azobidan saqlagin.

  192. 192

    رَبَّنَآ إِنَّكَ مَن تُدْخِلِ ٱلنَّارَ فَقَدْ أَخْزَيْتَهُۥ ۖ وَمَا لِلظَّٰلِمِينَ مِنْ أَنصَارٍۢ

    Rabbanaaa innaka man tudkhilin Naara faqad akhzai tahoo wa maa lizzaalimeena min ansaar

    Robbimiz, albatta, Sen kimni doʻzaxga kiritsang, batahqiq, uni sharmanda qilibsan. Va zolimlarga yordam beruvchilar yoʻq.

  193. 193

    رَّبَّنَآ إِنَّنَا سَمِعْنَا مُنَادِيًۭا يُنَادِى لِلْإِيمَٰنِ أَنْ ءَامِنُوا۟ بِرَبِّكُمْ فَـَٔامَنَّا ۚ رَبَّنَا فَٱغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَكَفِّرْ عَنَّا سَيِّـَٔاتِنَا وَتَوَفَّنَا مَعَ ٱلْأَبْرَارِ

    Rabbanaaa innanaa sami'naa munaadiyai yunaadee lil eemaani an aaminoo bi Rabbikum fa aamannaa; Rabbanaa faghfir lanaa zunoobanaa wa kaffir 'annaa saiyi aatina wa tawaffanaa ma'al abraar

    Robbimiz, biz nido qiluvchining «Robbingizga iymon keltiring!» deb nido qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik. Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni oʻchirgin hamda yaxshilar bilan birga oʻldirgin.

  194. 194

    رَبَّنَا وَءَاتِنَا مَا وَعَدتَّنَا عَلَىٰ رُسُلِكَ وَلَا تُخْزِنَا يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ إِنَّكَ لَا تُخْلِفُ ٱلْمِيعَادَ

    Rabbanaa wa aatinaa maa wa'attanaa 'alaa Rusulika wa laa tukhzinaa Yawmal Qiyaamah; innaka laa tukhliful mee'aad

    Robbimiz, bizga Paygʻambarlaringga vaʼda qilgan narsalaringni bergin va bizni qiyomat kuni sharmanda qilmagin. Albatta, Sen vaʼdaga xilof qilmassan», derlar. [84]

    [84] (Ushbu oyati karimalardan koʻrinib turibdiki, Allohning biru borligi hamda cheksiz qudrati va boshqa komil sifatlarini toʻla anglab yetish uchun ibodat va tafakkur lozim ekan. Biri boʻlib ikkinchisi boʻlmasa ham, ish bitmas ekan. Allohni tik turgan, oʻtirgan va yonboshlagan hollarda eslash darajasi ulugʻ daraja boʻlib, inson ibodatga oliy maqomga erishgandagina ushbu darajaga koʻtariladi. Shunday darajada tafakkur qilgan odam qalbi sof holga keladi va duo qilsa, ijobat boʻladigan maqomga yetadi.)

  195. 195

    فَٱسْتَجَابَ لَهُمْ رَبُّهُمْ أَنِّى لَآ أُضِيعُ عَمَلَ عَٰمِلٍۢ مِّنكُم مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ ۖ بَعْضُكُم مِّنۢ بَعْضٍۢ ۖ فَٱلَّذِينَ هَاجَرُوا۟ وَأُخْرِجُوا۟ مِن دِيَٰرِهِمْ وَأُوذُوا۟ فِى سَبِيلِى وَقَٰتَلُوا۟ وَقُتِلُوا۟ لَأُكَفِّرَنَّ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَلَأُدْخِلَنَّهُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ثَوَابًۭا مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ عِندَهُۥ حُسْنُ ٱلثَّوَابِ

    Fastajaaba lahum Rabbuhum annee laaa Udee'u 'amala 'aamilim minkum min zakarin aw unsaa ba'dukum mim ba'din fal lazeena haajaroo wa ukhrijoo min diyaarihim wa oozoo fee sabeelee wa qaataloo wa qutiloo la ukaffiranna 'anhum saiyi aatihim wa la udkhilanna hum Jannnatin tajree min tahtihal anhaaru sawaabam min 'indil laah; wallaahu 'indahoo husnus sawaab

    Robbilari ularning (duolarini) ijobat qilib: «Men sizlardan erkagu ayol amal qiluvchining amalini zoye qilmasman. Baʼzingiz baʼzingizdansiz. Hijrat qilganlar, diyorlaridan chiqarilganlar, Mening yoʻlimda aziyat chekkanlar, jang qilganlar va qatl boʻlganlarning yomonliklarini oʻchirurman hamda ularni albatta ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiriturman, bu — Allohning huzuridan savobdir. Va Alloh — huzurida goʻzal savob bor Zotdir», dedi. [85]

    [85] (Ushbu oyati karimada Alloh taolo tafakkuringizni, xayolingizni, niyatingizni yoki gapu soʻzingizni zoye qilmayman, degani yoʻq. Balki, amalingizni zoye qilmayman, demoqda. Demak, Allohning oʻlchovida eng eʼtiborga sazovor narsa amaldir. Yaxshilik yoʻlida qilingan amal, Islom dini nazarida, ibodat darajasiga koʻtariladi. Amal qiluvchi iymonli boʻlsa boʻldi. Uning kimligidan qatʼiy nazar, amali zoye boʻlmaydi.)

  196. 196

    لَا يَغُرَّنَّكَ تَقَلُّبُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى ٱلْبِلَٰدِ

    Laa yaghurrannaka taqal lubul lazeena kafaroo fil bilaad

    Kufr keltirganlarning yurt kezishlari seni aldab qoʻymasin.

  197. 197

    مَتَٰعٌۭ قَلِيلٌۭ ثُمَّ مَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۚ وَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ

    Mataa'un qaleelun summa maawaahum Jahannam; wa bi'sal mihaad

    Bu ozgina matohdir. Soʻngra oʻrinlari jahannamdir. U qanday ham yomon yotoq! [86]

    [86] (Bu dunyoning qiziq ishlaridan biri shuki, moʻminlar, abrorlar azob-uqubatga duchor boʻlib, yurtlaridan hijrat qilib chiqib yoki haydab chiqarilib yoki qamoqlarga tashlanib, Allohning yoʻlida aziyatlar chekib turgan bir paytda, kofirlar kibru havo, dabdabayu tantana bilan yurt kezadilar. Hammaga oʻzlarini koʻz-koʻz qiladilar. Bu holat moʻminlarni xafa qilib, nimaga bunday boʻladi, degan savolni koʻngliga solib, adashtirib, aldab qoʻyishi mumkin. Ushbu oyat ana shunaqa aldovga berilib qolmaslikni moʻminlarga Paygʻambar alayhissalotu vassalom orqali tayinlamoqda.)

  198. 198

    لَٰكِنِ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ رَبَّهُمْ لَهُمْ جَنَّٰتٌۭ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا نُزُلًۭا مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ ۗ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ خَيْرٌۭ لِّلْأَبْرَارِ

    Laakinil lazeenat taqaw Rabbahum lahum Jannnaatun tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa nuzulammin 'indil laah; wa maa 'indal laahi khairul lil abraar

    Lekin Robbilariga taqvo qilganlar uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar boʻlib, unda abadiy qolurlar. Bu Allohdan ziyofatdir. Alloh huzuridagi narsa abrorlar uchun yaxshidir.

  199. 199

    وَإِنَّ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ لَمَن يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْكُمْ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْهِمْ خَٰشِعِينَ لِلَّهِ لَا يَشْتَرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ ثَمَنًۭا قَلِيلًا ۗ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ

    Wa inna min Ahlil Kitaabi lamai yu minu billaahi wa maaa unzila ilaikum wa maaa unzila ilaihim khaashi 'eena lillaahi laa yashtaroona bi Aayaatil laahi samanan qaleelaa; ulaaa'ika lahum ajruhum 'inda Rabbihim; innal laaha saree'ul hisaab

    Albatta, ahli kitoblardan Allohga, sizlarga tushirilgan narsaga, ularga tushirilgan narsaga iymon keltiradiganlari, Allohga oʻzini xor tutib boʻyin egadiganlari, Allohning oyatlarini arzon bahoga sotmaydiganlari bordir. Ana oʻshalarga Robbilari huzurida ajr bordir. Albatta, Alloh tezhisob Zotdir.

  200. 200

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱصْبِرُوا۟ وَصَابِرُوا۟ وَرَابِطُوا۟ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanus biroo wa saabiroo wa raabitoo wattaqul laaha la'allakum tuflihoon

    Ey, iymon keltirganlar! Sabr qiling. Sabr ila gʻolib keling. Kurashga bel bogʻlab turing. Allohga taqvo qiling. Shoyadki, yutuqqa erishsangiz. [87]

    [87] (Sabr ila gʻolib kelish muhim narsa, chunki qarshi taraf ham oʻziga yarasha sabrlidir. Demak, ikki tomonning sabrlari kurashida moʻminlarning sabri gʻolib kelishi kerak. Buni sharʼiy istilohda «musobara» deyiladi. Biz «kurashga bel bogʻlab turing» deb tarjima qilgan ibora esa, «murobata» deyilib, ibodat joyida yoki musulmonlarni dushmandan himoya qilish joyida bardavom boʻlish maʼnosini beradi.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com