Sura 2
Baqara
البَقَرَةِ
Al-Baqarah · Madaniy · 286 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
الٓمٓ
Alif-Laaam-Meeem
Alif. Laam. Miym. [1]
[1] (Qurʼoni Karimning yigirma toʻqqiz surasi harflar bilan boshlangan. Bu harflarga turlicha nomlar berilgan: baʼzilar «Huriful muqataot» kesik harflar desalar, boshqalar «Huriful hijoi» alifbo hariflari deydilar, uchinchilari esa, «Favotuhus suar» suralarni ochuvchilar deydilar. Bu harflarga turlicha nom berilganidek, ular ila boshlanishidan koʻzlangan murod haqida ham har xil fikrlar aytilgan. Bu haqda maxsus bahslar ham bor. Baʼzi ulamolar bu harflarning sirini Allohga havola etadilar, boshqalari: «Bu Alloh bilan Paygʻambar alayhissalom oʻrtalaridagi sir», deydilar. Boshqa birlari esa, ularga oʻzlaricha maʼno yoʻyganlar. Ixtilofning asosiy sababi — ular haqida na Paygʻambar alayhissalomning oʻzlaridan va na sahobai kiromlardan birorta ham rivoyat yoʻqligidir.)
- 2
ذَٰلِكَ ٱلْكِتَٰبُ لَا رَيْبَ ۛ فِيهِ ۛ هُدًۭى لِّلْمُتَّقِينَ
Zaalikal Kitaabu laa raiba feeh; udal lilmuttaqeen
Bu kitobda shak-shubha yoʻq, u taqvodorlarga hidoyatdir. [2]
[2] (Yaʼni, Qurʼoni Karim shunday kitobki, uning haqligiga hech shak-shubha yoʻq. Unda hamma narsa ochiq-oydin, aniq-ravshandir. Qurʼoni Karimning bir sifati «taqvodorlarga hidoyatdir». Hidoyat-maqsadga erishtirguvchi lutf bilan yoʻl koʻrsatishdir. Taqvodorlar esa, uqubatga eltguvchi narsalardan saqlanadigan shaxslardir. Demak, Qurʼoni Karim hidoyatidan bahramand boʻlish uchun taqvodor boʻlish kerak ekan. Taqvosiz qalbga Qurʼoni Karim hidoyat solmaydi. Kimki Qurʼoni Karimdan hidoyat olibdimi, demak unda taqvo bor ekan.)
- 3
ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱلْغَيْبِ وَيُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ
Allazeena yu'minoona bilghaibi wa yuqeemoonas salaata wa mimmaa razaqnaahum yunfiqoon
Ular gʻaybga iymon keltirurlar, namozni toʻkis oʻqirlar va Biz ularga bergan rizqdan nafaqa qilurlar. [3]
[3] (Ushbu oyatda Qurʼon hidoyatidan bahramand boʻla oladigan taqvodorlarning sifatlaridan uchtasi sanalgan: Birinchisi — «gʻaybga iymon keltirurlar». Abul Oliya gʻaybga iymon keltirishning tafsirida: «Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, paygʻambarlariga, qiyomat kuniga, jannatiga, doʻzaxiga, muloqotiga, oʻlimdan keyingi hayotga va qayta tirilishga ishonishdir», degan ekanlar. Ikkinchisi — «namoz oʻqirlar». Yaʼni, Allohga ibodat qiladilar. Bandaga qul boʻlishdan ozod boʻlib, bandalarning Parvardigoriga qul boʻladilar. Namoz orqali banda Alloh taologa bogʻlanadi. Hayotida yerga qapishib yurishdan yuqori narsani topadi. Shuningdek, boshqa ulkan yaxshiliklarga erishadi. Uchinchisi — «Biz ularga bergan rizqdan nafaqa qilurlar». Moʻmin-musulmonning, taqvodor odamning eʼtiqodi boʻyicha, uning qoʻlidagi mol-dunyo Alloh bergan rizq, oʻzi yaratgan narsa emas. Shuning uchun ham taqvodor inson Alloh bergan rizqdan oʻzining zaifhol, muhtoj birodarlariga sadaqa qiladi. «Sadaqa» soʻzini tasdiq maʼnosi bor, mol-dunyosini sarflab sadaqa qilishda eʼtiqoddagi maʼnoning, yaʼni yaxshilik qilish maʼnosining tasdigʻi bor. «Nafaqa» oʻzi umumiy soʻz boʻlib, zakot, xayr-ehson, sadaqa kabi maʼnolarni anglatadi.);
- 4
وَٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ وَبِٱلْءَاخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ
Wallazeena yu'minoona bimaa unzila ilaika wa maaa unzila min qablika wa bil Aakhirati hum yooqinoon
Va ular senga va sendan oldin nozil qilingan narsaga iymon keltirarlar va oxiratga aniq ishonarlar. [4]
[4] (Demak, taqvodorlarga oid navbatdagi toʻrtinchi sifat — Muhammad alayhissalomga nozil qilingan Qurʼoni Karimga va u kishidan oldin tushirilgan samoviy kitoblarga iymon keltirish. Bu narsa, Islom ummatining buyuk sifatlaridan biri boʻlib, boshqa hech bir ummatda yoʻqdir. Chunki Islom ummatidan boshqa hech bir ummat Allohdan nozil boʻlgan barcha kitoblarga birdek iymon keltirmagan. Islom ummati Alloh tushirgan barcha kitoblarga birdek iymon keltiradi.)
- 5
أُو۟لَٰٓئِكَ عَلَىٰ هُدًۭى مِّن رَّبِّهِمْ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ
Ulaaa'ika 'alaa hudam mir rabbihim wa ulaaa'ika humul muflihoon
Ana oʻshalar Robbilaridan boʻlgan hidoyatdadirlar va ana oʻshalar, oʻshalargina najot topguvchilardir. [5]
[5] (Kim najot topishni istasa, oʻzida taqvodorlik sifatlarini mujassam qilishga urinsin.)
- 6
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ سَوَآءٌ عَلَيْهِمْ ءَأَنذَرْتَهُمْ أَمْ لَمْ تُنذِرْهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
Innal lazeena kafaroo sawaaa'un 'alaihim 'a-anzar tahum am lam tunzirhum laa yu'minoon
Albatta, kufr keltirganlarga qoʻrqitasanmi-qoʻrqitmaysanmi — bari bir, iymon keltirmaslar.
- 7
خَتَمَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَعَلَىٰ سَمْعِهِمْ ۖ وَعَلَىٰٓ أَبْصَٰرِهِمْ غِشَٰوَةٌۭ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌۭ
Khatamal laahu 'alaa quloobihim wa 'alaa sam'i-him wa 'alaaa absaarihim ghishaa watunw wa lahum 'azaabun 'azeem
Alloh ularning qalblari va quloqlarini muhrlab qoʻygan va koʻzlarida parda bor. Va ularga ulkan azob bordir.
- 8
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَبِٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَمَا هُم بِمُؤْمِنِينَ
Wa minan naasi mai yaqoolu aamannaa billaahi wa bil yawmil aakhiri wa maa hum bimu'mineen
Va odamlardan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik, deydiganlari bor. Holbuki, ular moʻmin emaslar.
- 9
يُخَٰدِعُونَ ٱللَّهَ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَمَا يَخْدَعُونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ
Yukhaadi'oonal laaha wallazeena aamanoo wa maa yakhda'oona illaaa anfusahum wa maa yash'uroon
Ular Allohni va iymon keltirganlarni aldamoqchi boʻlarlar. Va holbuki, sezmasdan oʻzlarini aldarlar.
- 10
فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌۭ فَزَادَهُمُ ٱللَّهُ مَرَضًۭا ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۢ بِمَا كَانُوا۟ يَكْذِبُونَ
Fee quloobihim mara dun fazzdahumul laahu maradan wa lahum 'azaabun aleemum bimaa kaanoo yakziboon
Ularning qalblarida kasal bor. Alloh kasallarini ziyoda qildi. Va ularga yolgʻon gapirganlari uchun alamli azob bor.
- 11
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ لَا تُفْسِدُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ قَالُوٓا۟ إِنَّمَا نَحْنُ مُصْلِحُونَ
Wa izaa qeela lahum laa tufsidoo fil ardi qaalo innamaa nahnu muslihoon
Va agar ularga, yer yuzida fasod qilmang, deyilsa, biz faqat isloh qiluvchilarmiz, derlar.
- 12
أَلَآ إِنَّهُمْ هُمُ ٱلْمُفْسِدُونَ وَلَٰكِن لَّا يَشْعُرُونَ
Alaaa innahum humul mufsidoona wa laakil laa yash'uroon
Ogoh boʻling, ular, faqat ular fasodchilardir, lekin sezmaslar.
- 13
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ ءَامِنُوا۟ كَمَآ ءَامَنَ ٱلنَّاسُ قَالُوٓا۟ أَنُؤْمِنُ كَمَآ ءَامَنَ ٱلسُّفَهَآءُ ۗ أَلَآ إِنَّهُمْ هُمُ ٱلسُّفَهَآءُ وَلَٰكِن لَّا يَعْلَمُونَ
Wa izaa qeela lahum aaminoo kamaaa aamanan naasu qaalooo anu'minu kamaaa aamanas sufahaaa'; alaaa innahum humus sufahaaa'u wa laakil laa ya'lamoon
Va agar ularga, odamlar iymon keltirganidek iymon keltiringlar, deyilsa, «Esi pastlar iymon keltirganidek iymon keltiramizmi?» derlar. Ogoh boʻling, ular, faqat ular esi pastlardir va lekin oʻzlari bilmaslar.
- 14
وَإِذَا لَقُوا۟ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا وَإِذَا خَلَوْا۟ إِلَىٰ شَيَٰطِينِهِمْ قَالُوٓا۟ إِنَّا مَعَكُمْ إِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِءُونَ
Wa izaa laqul lazeena aamanoo qaalooo aamannaa wa izaa khalw ilaa shayaateenihim qaalooo innaa ma'akum innamaa nahnu mustahzi'oon
Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, derlar, shaytonlari bilan xoli qolganda esa, biz sizlar bilanmiz, faqat istehzo qilyapmiz, xolos, derlar.
- 15
ٱللَّهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ وَيَمُدُّهُمْ فِى طُغْيَٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ
Allahu yastahzi'u bihim wa yamudduhum fee tughyaanihim ya'mahoon
Alloh ularni istehzo qiladir va tugʻyonlarida dovdirashlariga qoʻyib beradir.
- 16
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱشْتَرَوُا۟ ٱلضَّلَٰلَةَ بِٱلْهُدَىٰ فَمَا رَبِحَت تِّجَٰرَتُهُمْ وَمَا كَانُوا۟ مُهْتَدِينَ
Ulaaa'ikal lazeenash tara wud dalaalata bilhudaa famaa rabihat tijaaratuhum wa maa kaanoo muhtadeen
Ana oʻshalar zalolatni hidoyatga sotib olganlardir. Va tijoratlari foyda keltirmadi hamda ular hidoyat topganlardan boʻlmadilar. [6]
[6] (Ushbu oyatda Alloh taolo munofiqlar hidoyatni qoʻyib zalolat-adashish yoʻlini ixtiyor qilganliklarini ilohiy taʼbirlar bilan bayon qilmoqda. Agar ular xohlasalar, hidoyat qoʻllariga tekkan edi, undan foydalanib yursalar boʻlar edi. Paygʻambar alayhissalom boshqalar qatori ularni ham daʼvat qilgan edilar. Ammo ular hidoyatni boy berib, zalolatni tanladilar. Yaʼni, hidoyatga zalolatni sotib oldilar. Ammo ularning bu tijorat-savdolari foyda keltirmadi. Shu bilan birga, ular hidoyatda-toʻgʻri yoʻlda yuruvchilardan boʻlmadilar. Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom: «Munofiqning belgisi uchdir: gapirsa yolgʻon gapiradi, vaʼda bersa, soʻzida turmaydi va omonat topshirilsa, xiyonat qiladi», deganlar. Shuningdek, Imom Buxoriy Ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: «Toʻrt narsa bor, kimda ular boʻlsa, toʻliq munofiq boʻladi. Kimda ulardan bir xislat boʻlsa, uni tashlaguncha, nifoqning xislatlaridan biri u kishida turadi. Omonatga xiyonat qiladi, yolgʻon gapiradi, ahd qilsa, aldaydi va tortishsa, fojirlik qiladi», deyilgan.)
- 17
مَثَلُهُمْ كَمَثَلِ ٱلَّذِى ٱسْتَوْقَدَ نَارًۭا فَلَمَّآ أَضَآءَتْ مَا حَوْلَهُۥ ذَهَبَ ٱللَّهُ بِنُورِهِمْ وَتَرَكَهُمْ فِى ظُلُمَٰتٍۢ لَّا يُبْصِرُونَ
Masaluhum kamasalillazis tawqada naaran falammaaa adaaa'at maa hawlahoo zahabal laahu binoorihim wa tarakahum fee zulumaatil laa yubsiroon
Ular, misoli, yoqqan oʻti endi atrofini yoritganida, Alloh nurlarini ketkazib, qorongʻu zulmatlarda qoldirgan kishilarga oʻxsharlar. Ular koʻrmaslar. [7]
[7] (Haqiqatda ham, munofiqlar kofirlarning ziddi oʻlaroq, avval boshdan Islom daʼvatini eshitdilar. Islom-iymon kalimalarini nutq qildilar, hatto yaxshigina quloq osdilar, iymon keltirdik, dedilar, ibodat ham qildilar. Keyin esa, hammasini tashlab, inkor qilib, kufr, nifoq, shak-shubha zulmatlarida qolib ketdilar.)
- 18
صُمٌّۢ بُكْمٌ عُمْىٌۭ فَهُمْ لَا يَرْجِعُونَ
Summum bukmun 'umyun fahum laa yarji'oon
Ular kar, soqov, koʻrdirlar. Bas, ular qaytmaslar.
- 19
أَوْ كَصَيِّبٍۢ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ فِيهِ ظُلُمَٰتٌۭ وَرَعْدٌۭ وَبَرْقٌۭ يَجْعَلُونَ أَصَٰبِعَهُمْ فِىٓ ءَاذَانِهِم مِّنَ ٱلصَّوَٰعِقِ حَذَرَ ٱلْمَوْتِ ۚ وَٱللَّهُ مُحِيطٌۢ بِٱلْكَٰفِرِينَ
Aw kasaiyibim minas samaaa'i feehi zulumaatunw wa ra'dunw wa barq, yaj'aloona asaabi'ahum feee aazaanihim minas sawaa'iqi hazaral mawt' wallaahu muheetum bilkaafireen
Yoki xuddi osmondan yomgʻir yogʻib, qorongʻu bosib, momaqaldiroq va chaqmoq chaqqanda, yashindan qochib, panjalarini quloqlariga tiqib, oʻlimdan ehtiyot boʻlayotgan odamga oʻxsharlar. Va Alloh kofirlarni oʻrab oluvchidir.
- 20
يَكَادُ ٱلْبَرْقُ يَخْطَفُ أَبْصَٰرَهُمْ ۖ كُلَّمَآ أَضَآءَ لَهُم مَّشَوْا۟ فِيهِ وَإِذَآ أَظْلَمَ عَلَيْهِمْ قَامُوا۟ ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَذَهَبَ بِسَمْعِهِمْ وَأَبْصَٰرِهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ
Yakaadul barqu yakhtafu absaarahum kullamaaa adaaa'a lahum mashaw feehi wa izaaa azlama 'alaihim qaamoo; wa law shaaa'al laahu lazahaba bisam'ihim wa absaarihim; innal laaha 'alaa kulli shai'in Qadeer
Chaqmoq ularning koʻzini olib qoʻyay deydi. Yorishgan paytda yurishar, qorongʻi boʻlsa, toʻxtashar. Agar Alloh xohlasa, ularning koʻzu quloqlarini ketkazur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir. [8]
[8] (Alloh taolo ushbu ikki oyatda munofiqlarning hayratlari, ikkilanishlari va umumiy ruhiy holatlarini momaqaldiroq boʻlib chaqmoq chaqib, osmonni zulmat bosib, qattiq yomgʻir yoqqanda koʻchada qolgan bechora odamga oʻxshatadi. U qoʻrqqanidan dahshatga tushib, yashindan qutulmoqchi boʻladi, panjalarini quloqlariga tiqib, shu meni oʻlimdan saqlaydi, deb turadi. Ular kufr va nifoq zulmatidadirlar; chaqmoq chaqqan paytdagi yorugʻdan foydalanib bir-ikki qadam bosa oladilar, chaqmoqdan keyin yana qorongʻuda turib qoladilar.)
- 21
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱعْبُدُوا۟ رَبَّكُمُ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
Yaaa aiyuhan naasu'budoo Rabbakumul lazee khalaqakum wallazeena min qablikum la'allakum tattaqoon
Ey odamlar, sizlarni va sizdan oldingilarni yaratgan Robbingizga ibodat qiling. Shoyadki, taqvodor boʻlsangiz. [9]
[9] (Ushbu oyatda umumbasharga qarata nido etilmoqdaki, sizlarni yaratgan tarbiyakunandalaringiz ulugʻ Allohga ibodat qilinglar! Sizlarni yaratishda U yagona boʻlgan, endi yolgʻiz Oʻziga ibodat qilishingizga haqlidir. Ibodatdan maqsad — shoyadki taqvodor boʻlsalaringiz.)
- 22
ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ فِرَٰشًۭا وَٱلسَّمَآءَ بِنَآءًۭ وَأَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَخْرَجَ بِهِۦ مِنَ ٱلثَّمَرَٰتِ رِزْقًۭا لَّكُمْ ۖ فَلَا تَجْعَلُوا۟ لِلَّهِ أَندَادًۭا وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ
Allazee ja'ala lakumul arda firaashanw wassamaaa'a binaaa 'anw wa anzala minassamaaa'i maaa'an fa akhraja bihee minas samaraati rizqal lakum falaa taj'aloo lillaahi andaadanw wa antum ta'lamoon
U sizlarga yerni toʻshab, osmonni bino qilgan va osmondan suv tushirib, u bilan sizlarga mevalarni rizq qilib chiqargan Zotdir. Bilib turib Allohga boshqalarni tenglashtirmang.
- 23
وَإِن كُنتُمْ فِى رَيْبٍۢ مِّمَّا نَزَّلْنَا عَلَىٰ عَبْدِنَا فَأْتُوا۟ بِسُورَةٍۢ مِّن مِّثْلِهِۦ وَٱدْعُوا۟ شُهَدَآءَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Wa in kuntum fee raibim mimmaa nazzalnaa 'alaa 'abdinaa fatoo bi Sooratim mim mislihee wad'oo shuhadaaa'akum min doonil laahi in kuntum saadiqeen
Va agar bandamizga tushirgan narsamizga shakingiz boʻlsa, unga oʻxshash bir sura keltiring va rost soʻzlovchilardan boʻlsangiz, Allohdan oʻzga guvohlaringizni chaqiring.
- 24
فَإِن لَّمْ تَفْعَلُوا۟ وَلَن تَفْعَلُوا۟ فَٱتَّقُوا۟ ٱلنَّارَ ٱلَّتِى وَقُودُهَا ٱلنَّاسُ وَٱلْحِجَارَةُ ۖ أُعِدَّتْ لِلْكَٰفِرِينَ
Fail lam taf'aloo wa lan taf'aloo fattaqun Naaral latee waqooduhan naasu walhijaaratu u'iddat lilkaafireen
Bas, agar qila olmasanglar, hech qachon qila olmaysizlar ham, yoqilgʻisi odamlar va tosh boʻlgan, kofirlar uchun tayyorlangan oʻtdan qoʻrqinglar. [10]
[10] (Alloh subhonahu va taoloning, «hech qachon qila olmaysizlar ham», deyishi ulkan moʻjizadir. Bu yerda Qurʼon suralaridan bittasiga oʻxshash surani hech qachon keltira olmasligi taʼkidlab aytilmoqda.)
- 25
وَبَشِّرِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أَنَّ لَهُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ كُلَّمَا رُزِقُوا۟ مِنْهَا مِن ثَمَرَةٍۢ رِّزْقًۭا ۙ قَالُوا۟ هَٰذَا ٱلَّذِى رُزِقْنَا مِن قَبْلُ ۖ وَأُتُوا۟ بِهِۦ مُتَشَٰبِهًۭا ۖ وَلَهُمْ فِيهَآ أَزْوَٰجٌۭ مُّطَهَّرَةٌۭ ۖ وَهُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ
Wa bashshiril lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati anna lahum jannaatin tajree min tahtihal anhaaru kullamaa riziqoo minhaa min samaratir rizqan qaaloo haazal lazee ruziqnaa min qablu wa utoo bihee mutashaabihaa, wa lahum feehaaa azwaajum mutahhara tunw wa hum feehaa khaalidoon
Iymon keltirgan va solih amallar qilganlarga ular uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar borligining bashoratini ber. Qachonki ularning mevasidan bahramand boʻlsalar, bundan avval ham rizqlangan edik, derlar. Ularga oʻxshash narsalar berilgandir. Ularga u yerda pokiza juftlar bor va ular u yerda abadiy qolurlar. [11]
[11] (Ushbu oyati karimada Alloh subhonahu va taolo Paygʻambari Muhammad alayhissalomga xitob qilib, iymon keltirgan va solih amal qilganlarga bashorat-suyunchi xabarini berishni buyurmoqda. Demak, daraxtlari ostidan anhorlar oqib turuvchi jannatga kirish uchun iymon keltirish, yaʼni Allohga, Paygʻambarga, Qurʼonga va iymon lozim boʻlgan boshqa narsalarga iymon keltirish hamda amali solihlarni, yaʼni Qurʼon va sunnatda yaxshi deb taʼriflangan ishlarni qilish zarurdir.)
- 26
۞ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَسْتَحْىِۦٓ أَن يَضْرِبَ مَثَلًۭا مَّا بَعُوضَةًۭ فَمَا فَوْقَهَا ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ فَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ ۖ وَأَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَيَقُولُونَ مَاذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِهَٰذَا مَثَلًۭا ۘ يُضِلُّ بِهِۦ كَثِيرًۭا وَيَهْدِى بِهِۦ كَثِيرًۭا ۚ وَمَا يُضِلُّ بِهِۦٓ إِلَّا ٱلْفَٰسِقِينَ
Innal laaha laa yastahyeee ai yadriba masalam maa ba'oodatan famaa fawqahaa; faammal lazeena aamanoo faya'lamoona annahul haqqu mir rabbihim wa ammal lazeena kafaroo fayaqooloona maazaaa araadal laahu bihaazaa masalaa; yudillu bihee kaseeranw wa yahdee bihee kaseeraa; wa maa yudillu biheee illal faasiqeen
Albatta, Alloh chivin yoki undan ustunroq narsani misol keltirishdan uyalmas. Iymon keltirganlar, albatta, u Robbilaridan kelgan haqligini bilurlar. Ammo kufr keltirganlar: «Alloh bu misoldan nimani iroda qildi?» – derlar. U oʻsha bilan koʻpchilikni zalolatga ketkizar va koʻpchilikni hidoyatga solar. U oʻsha bilan faqat fosiqlarnigina zalolatga ketkizar.
- 27
ٱلَّذِينَ يَنقُضُونَ عَهْدَ ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مِيثَٰقِهِۦ وَيَقْطَعُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ
Allazeena yanqudoona 'ahdal laahi mim ba'di meesaaqihee wa yaqt'oona maaa amaral laahu biheee ai yoosala wa yufsidoona fil ard; ulaaa'ika hum khaasirron
Ular Allohning ahdini bogʻlanganidan soʻng buzadigan, Alloh bogʻlanishga buyurgan narsalarni kesadigan, yer yuzida fasod qiladigan zotlardir. Ana oʻshalar yutqazuvchilardir. [12]
[12] (Yaʼni, har bir bandaning Yaratgan bilan bogʻlagan ahdi bor. Kofir va munofiqlar oʻsha ahdni buzish bilan boshqalardan ajrab turadi. Alloh koʻp narsalarni, jumladan, qarindoshlik aloqalarini bogʻlashga, insoniy aloqalarni bogʻlashga, iymon va dindoshlik aloqalarini bogʻlashga... va hokazo ishlarga buyurgan. Fosiq-kofir va munofiqlar ushbu aloqalarni ham kesadilar. Fasodning turi juda koʻp. Jumladan, yuqoridagi ikki sifat ham Yer yuzini fasodga toʻldiradigan sifatlardan hisoblanadi. Ammo eng katta fasod-borliqni yaratuvchi zot boʻlmish Alloh taolo koʻrsatgan yoʻlini tark etib, boshqacha yashashga harakat qilishidir. Hamma fasod shundan kelib chiqadi.)
- 28
كَيْفَ تَكْفُرُونَ بِٱللَّهِ وَكُنتُمْ أَمْوَٰتًۭا فَأَحْيَٰكُمْ ۖ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
Kaifa takfuroona billaahi wa kuntum amwaatan fa ahyaakum summa yumeetukum summa yuhyeekum summaa ilaihi turja'oon
Allohga qanday kufr keltirasizlar? Va holbuki, jonsiz edingiz, U sizga jon berdi, soʻngra joningizni oladir va yana tiriltiradir va sizlar Unga qaytajaksizlar.
- 29
هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ لَكُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًۭا ثُمَّ ٱسْتَوَىٰٓ إِلَى ٱلسَّمَآءِ فَسَوَّىٰهُنَّ سَبْعَ سَمَٰوَٰتٍۢ ۚ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۭ
Huwal lazee khalaqa lakum maa fil ardi jamee'an summas tawaaa ilas samaaa'i fasaw waahunna sab'a samaa waat; wa Huwa bikulli shai'in Aleem
U sizlar uchun yer yuzidagi barcha narsani yaratgan Zot. Soʻngra osmonga yuzlandi va ularni yettita qilib toʻgʻriladi. Va U har bir narsani biluvchi Zotdir. [13]
[13] (Alloh dunyodagi jamiki narsalarni insonga hadya etgan ekan, inson ham, oʻz navbatida, oʻsha neʼmatlarni bergan Zotga shukr qilib yashamogʻi lozim. Hol shunday ekan, qanday qilib ular Allohni inkor etadilar va unga kufr keltiradilar?!)
- 30
وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَٰٓئِكَةِ إِنِّى جَاعِلٌۭ فِى ٱلْأَرْضِ خَلِيفَةًۭ ۖ قَالُوٓا۟ أَتَجْعَلُ فِيهَا مَن يُفْسِدُ فِيهَا وَيَسْفِكُ ٱلدِّمَآءَ وَنَحْنُ نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ وَنُقَدِّسُ لَكَ ۖ قَالَ إِنِّىٓ أَعْلَمُ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Wa iz qaala rabbuka lil malaaa'ikati innee jaa'ilun fil ardi khaleefatan qaalooo ataj'alu feehaa mai yufsidu feehaa wa yasfikud dimaaa'a wa nahnu nusabbihu bihamdika wa nuqaddisu laka qaala inneee a'lamu maa laa ta'lamoon
Esla, vaqtiki Robbing farishtalarga: «Men yer yuzida xalifa qilmoqchiman», – dedi. Ular: «Unda fasod qiladigan, qon toʻkadigan kimsani qilmoqchimisan? Va holbuki, biz Senga tasbih, hamd aytib va Seni ulugʻlab turibmiz», – dedilar. U: «Men siz bilmaganni bilaman», – dedi. [14]
[14] (Ushbu oyatdan maʼlum boʻlyaptiki, Alloh taolo Odamni Oʻzining Yer yuzidagi oʻrinbosari-xalifasi boʻlishini iroda etgan ekan. Demak, insonga ulkan ishonch bildirilgan, ulugʻ Allohning xalifasi boʻlishdek oliy maqomga loyiq koʻrilgan. Bunday marhamatning oʻziga yarasha buyuk masʼuliyati ham bor. Inson shuni anglagan holda, uni xalifa qilib qoʻygan Zotning topshiriqlarini bajarmogʻi, yaratgan Zot munosib koʻrgan oliy maqomga dogʻ tushirmaslikka harakat qilmogʻi kerak.)
- 31
وَعَلَّمَ ءَادَمَ ٱلْأَسْمَآءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ فَقَالَ أَنۢبِـُٔونِى بِأَسْمَآءِ هَٰٓؤُلَآءِ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Wa 'allama Aadamal asmaaa'a kullahaa summa 'aradahum 'alal malaaa'ikati faqaala ambi'oonee bias maaa'i haaa'ulaaa'i in kuntum saadiqeen
Va U Odamga ismlarning barchasini oʻrgatdi, soʻngra ularni farishtalarga roʻbaroʻ qildi. Keyin: «Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, anavilarning ismlarini menga aytib bering», – dedi.
- 32
قَالُوا۟ سُبْحَٰنَكَ لَا عِلْمَ لَنَآ إِلَّا مَا عَلَّمْتَنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ
Qaaloo subhaanaka laa 'ilma lanaaa illaa maa 'allamtanaaa innaka antal'aleemul hakeem
Ular: «Oʻzing poksan! Bizda Sen bildirgandan boshqa ilm yoʻq. Albatta, Sening Oʻzing biluvchisan va hikmatli Zotsan», – dedilar.
- 33
قَالَ يَٰٓـَٔادَمُ أَنۢبِئْهُم بِأَسْمَآئِهِمْ ۖ فَلَمَّآ أَنۢبَأَهُم بِأَسْمَآئِهِمْ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ إِنِّىٓ أَعْلَمُ غَيْبَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَأَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا كُنتُمْ تَكْتُمُونَ
Qaala yaaa Aadamu ambi' hum biasmaaa'ihimfalammaaa amba ahum bi asmaaa'ihim qaala alam aqul lakum inneee a'lamu ghaibas samaawaati wal ardi wa a'lamu maa tubdoona wa maa kuntum taktumoon
«Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini aytib ber», – dedi. Ularga oʻsha narsalarning ismlarini aytib bergan chogʻida, «Men sizlarga osmonlaru yerning gʻaybini bilaman va sizlar berkitmaganu berkitgan narsalarni ham bilaman demabmidim», – dedi. [15]
[15] (Shu bilan Odamning farishtalardan ustunlik tarafi namoyon boʻldi. U ham boʻlsa, ilm-maʼrifat. Inson Yer yuzida fasod qilishi, qon toʻkishi ham mumkin, neʼmati ilohiy boʻlmish ilmni oʻz oʻrnida ishlatib, farishtalardan ustun boʻlishi ham mumkin.)
- 34
وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُوا۟ لِءَادَمَ فَسَجَدُوٓا۟ إِلَّآ إِبْلِيسَ أَبَىٰ وَٱسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ ٱلْكَٰفِرِينَ
Wa iz qulnaa lilmalaaa'i katis judoo liAadama fasajadooo illaaa Ibleesa abaa wastakbara wa kaana minal kaafireen
Esla, farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» deganimizni. Bas, sajda qildilar, magar iblis bosh tortdi, mutakabbirlik qildi va kofirlardan boʻldi. [16]
[16] (Farishtalarga sajdani buyurib, Alloh Odamga ulkan martaba ato etdi. Ammo bu sajda ibodat uchun emas, balki Odamni — Allohning ulugʻ ijodini tabriklash maʼnosida edi. Farishtalar darhol sajda qildilar, chunki ular fitratida Allohning amriga isyon qilish xususiyati yoʻq. Faqat Iblis sajda qilmadi.)
- 35
وَقُلْنَا يَٰٓـَٔادَمُ ٱسْكُنْ أَنتَ وَزَوْجُكَ ٱلْجَنَّةَ وَكُلَا مِنْهَا رَغَدًا حَيْثُ شِئْتُمَا وَلَا تَقْرَبَا هَٰذِهِ ٱلشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa qulnaa yaaa Aadamus kun anta wa zawjukal jannata wa kulaa minhaa raghadan haisu shi'tumaa wa laa taqabaa haazihish shajarata fatakoonaa minaz zaalimeen
Va: «Ey Odam, sen oʻz jufting ila jannatda maskan top. Unda nimani xohlasalaringiz, yenglar, osh boʻlsin va mana bu daraxtga yaqin kelmanglar, bas, u holda zolimlardan boʻlasizlar», – dedik.
- 36
فَأَزَلَّهُمَا ٱلشَّيْطَٰنُ عَنْهَا فَأَخْرَجَهُمَا مِمَّا كَانَا فِيهِ ۖ وَقُلْنَا ٱهْبِطُوا۟ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّۭ ۖ وَلَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مُسْتَقَرٌّۭ وَمَتَٰعٌ إِلَىٰ حِينٍۢ
Fa azallahumash Shaitaanu 'anhaa fa akhrajahumaa mimmaa kaanaa fee wa qulnah bitoo ba'dukum liba'din 'aduwwunw wa lakum fil ardi mustaqarrunw wa mataa'un ilaa heen
Shayton ularni undan ozdirdi va boʻlgan narsalaridan chiqardi. Va Biz: «Baʼzingiz baʼzingizga dushman boʻlib tushinglar, sizlarga yer yuzida qarorgoh va bir muddat huzur qilish bordir», – dedik.
- 37
فَتَلَقَّىٰٓ ءَادَمُ مِن رَّبِّهِۦ كَلِمَٰتٍۢ فَتَابَ عَلَيْهِ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ
Fatalaqqaaa Aadamu mir Rabbihee Kalimaatin fataaba 'alayh; innahoo Huwat Tawwaabur Raheem
Bas, Odam oʻz Robbisidan soʻzlarni qabul qilib oldi, keyin U Zot uning tavbasini qabul qildi. Albatta, U tavbani qabul qiluvchi va rahimli Zotdir.
- 38
قُلْنَا ٱهْبِطُوا۟ مِنْهَا جَمِيعًۭا ۖ فَإِمَّا يَأْتِيَنَّكُم مِّنِّى هُدًۭى فَمَن تَبِعَ هُدَاىَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Qulnah bitoo minhaa jamee 'an fa immaa yaatiyannakum minnee hudan faman tabi'a hudaaya falaa khawfun 'alaihim wa laa hum yahza noon
Biz: «Undan hammangiz tushing. Bas, Mendan sizga hidoyat kelajak. Kim Mening hidoyatimga ergashsa, ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar», – dedik.
- 39
وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَآ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ
Wallazeena kafaroo wa kaz zabooo bi aayaatinaa ulaaa'ika Ashaabun Naari hum feehaa khaalidoon
Va kufr keltirgan hamda oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar esa, ular doʻzax egalaridir, ular unda abadiy qolurlar. [17]
[17] (Allohning hidoyatiga ergashmaganlarni Alloh taolo loʻnda qilib, kufr keltirganlar deb qoʻya qolgan. Erishadigan oqibatlari aniq: ular doʻzaxga tushadilar, oʻsha yerda abadiy qoladilar.)
- 40
يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتِىَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَوْفُوا۟ بِعَهْدِىٓ أُوفِ بِعَهْدِكُمْ وَإِيَّٰىَ فَٱرْهَبُونِ
Yaa Baneee Israaa'eelaz kuroo ni'matiyal lateee an'amtu 'alaikum wa awfoo bi'Ahdeee oofi bi ahdikum wa iyyaaya farhaboon
Ey Bani Isroil, sizga bergan neʼmatlarimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Men ham sizga bergan ahdimga vafo qilurman. Va Mendangina qoʻrqing.
- 41
وَءَامِنُوا۟ بِمَآ أَنزَلْتُ مُصَدِّقًۭا لِّمَا مَعَكُمْ وَلَا تَكُونُوٓا۟ أَوَّلَ كَافِرٍۭ بِهِۦ ۖ وَلَا تَشْتَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِى ثَمَنًۭا قَلِيلًۭا وَإِيَّٰىَ فَٱتَّقُونِ
Wa aaminoo bimaaa anzaltu musaddiqal limaa ma'akum wa laa takoonooo awwala kaafirim bihee wa laa tashtaroo bi Aayaatee samanan qaleelanw wa iyyaaya fattaqoon
Va sizdagi narsani tasdiqlovchi qilib tushirgan narsamga iymon keltiring. Unga birinchi kufr keltiruvchi boʻlmang. Mening oyatlarimni oz bahoga sotmang va Mengagina taqvo qiling.
- 42
وَلَا تَلْبِسُوا۟ ٱلْحَقَّ بِٱلْبَٰطِلِ وَتَكْتُمُوا۟ ٱلْحَقَّ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ
Wa laa talbisul haqqa bilbaatili wa taktumul haqqa wa antum ta'lamoon
Haqni botilga aralashtirmang va oʻzingiz bilib turib haqni berkitmang.
- 43
وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَٱرْكَعُوا۟ مَعَ ٱلرَّٰكِعِينَ
Wa aqeemus salaata wa aatuz zakaata warka'oo ma'ar raaki'een
Namozni toʻkis ado qiling, zakot bering va rukuʼ qiluvchilar bilan rukuʼ qiling.
- 44
۞ أَتَأْمُرُونَ ٱلنَّاسَ بِٱلْبِرِّ وَتَنسَوْنَ أَنفُسَكُمْ وَأَنتُمْ تَتْلُونَ ٱلْكِتَٰبَ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
Ataamuroonan naasa bilbirri wa tansawna anfusakum wa antum tatloonal Kitaab; afalaa ta'qiloon
Odamlarni yaxshilikka chorlab turib, oʻzingizni unutasizmi? Holbuki, kitobni tilovat qilyapsiz-ku. Aqlni ishlatmaysizmi?!
- 45
وَٱسْتَعِينُوا۟ بِٱلصَّبْرِ وَٱلصَّلَوٰةِ ۚ وَإِنَّهَا لَكَبِيرَةٌ إِلَّا عَلَى ٱلْخَٰشِعِينَ
Wasta'eenoo bissabri was Salaah; wa innahaa lakabee ratun illaa alal khaashi'een
Sabr va namoz ila yordam soʻrang. Va albatta, u nafsi siniqlardan boshqalarga juda katta ishdir. [18]
[18] (Biz yordam soʻrang deb tarjima qilgan ibora arab tilida «istaʼiynu» deb kelgan. Bu soʻzning maʼnosi bir ishga urinib turib, yana qoʻshimcha yordam soʻrashni anglatadi. Demak, musulmon kishi har bir ishga astoydil urinadi va shu urinish bilan birga, Allohdan yordam soʻraydi. Sabr ham, koʻpchilik xayol qilganiday salbiy maʼnoda, yaʼni nima boʻlsa ham sabr qilyapman, deb jim-harakatsiz turish emas, balki Allohning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan mashaqqatlarni yengishdagi sabrdir. Eng bosh sabr havoyu nafsni, rohat-farogʻatni, mansabni tark qilib, Allohning aytganiga yurishga chidamdir.)
- 46
ٱلَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُم مُّلَٰقُوا۟ رَبِّهِمْ وَأَنَّهُمْ إِلَيْهِ رَٰجِعُونَ
Allazeena yazunnoona annahum mulaaqoo Rabbihim wa annahum ilaihi raaji'oon
Ular albatta Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishlariga va albatta Unga qaytib borishlariga ishongan zotlardir.
- 47
يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتِىَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَنِّى فَضَّلْتُكُمْ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ
Yaa Baneee Israaa'eelaz kuroo ni'matiyal lateee an'amtu 'alaikum wa annee faddaltukum 'alal 'aalameen
Ey Bani Isroil, sizga bergan neʼmatlarimni va Men sizlarni olamlardan afzal qilib qoʻyganimni eslang! [19]
[19] (Oʻsha paytlarda paygʻambarlik, ilohiy kitoblar va boshqa afzalliklar Bani Isroilga berilgan edi. Lekin ular bu neʼmatlarga shukr etmadilar, ahdga vafo qilmadilar. Shundan soʻng Alloh ularni laʼnatladi, gʻazab qildi, xorlik va zorlikni ravo koʻrdi.)
- 48
وَٱتَّقُوا۟ يَوْمًۭا لَّا تَجْزِى نَفْسٌ عَن نَّفْسٍۢ شَيْـًۭٔا وَلَا يُقْبَلُ مِنْهَا شَفَٰعَةٌۭ وَلَا يُؤْخَذُ مِنْهَا عَدْلٌۭ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ
Wattaqoo Yawmal laa tajzee nafsun 'an nafsin shai'anw wa laa yuqbalu minhaa shafaa'atunw wa laa yu'khazu minhaa 'adlunw wa laa hum yunsaroon
Bir jon boshqa jondan hech narsani ado qila olmaydigan, undan shafoat qabul qilinmaydigan, undan toʻlov olinmaydigan va ularga yordam berilmaydigan kundan qoʻrqing.
- 49
وَإِذْ نَجَّيْنَٰكُم مِّنْ ءَالِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ يُذَبِّحُونَ أَبْنَآءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَآءَكُمْ ۚ وَفِى ذَٰلِكُم بَلَآءٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ عَظِيمٌۭ
Wa iz najjainaakum min Aali Fir'awna yasoomoonakum sooo'al azaabi yuzabbihoona abuaaa'akum wa yastahyoona nisaaa'akum; wa fee zaalikum balaaa'um mir Rabbikum 'azeem
Sizni yomon azoblarga solib, oʻgʻillaringizni soʻyib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan Firʼavn ahlidan qutqarganimizni eslang. Ana oʻshanda Robbingizdan ulugʻ sinov bordir. [20]
[20] (Firʼavn — qadimgi Misr podshohining laqabi. Yaʼni, kim Misrga podshoh boʻlsa, Firʼavn boʻladi. «Firʼavn ahli» degani Firʼavnning odamlari demakdir. Firʼavn Bani Isroilda tugʻilgan oʻgʻil bolalarni oʻldirib, qizlarni tirik qoldirishi ham ulkan bir azob.)
- 50
وَإِذْ فَرَقْنَا بِكُمُ ٱلْبَحْرَ فَأَنجَيْنَٰكُمْ وَأَغْرَقْنَآ ءَالَ فِرْعَوْنَ وَأَنتُمْ تَنظُرُونَ
Wa iz faraqnaa bikumul bahra fa anjainaakum wa agh-raqnaaa Aala Fir'awna wa antum tanzuroon
Va dengizni yorib, sizni qutqarib, sizning koʻz oldingizda Firʼavn ahlini gʻarq qilganimizni eslang. [21]
[21] (Bani Isroilni Muso alayhissalom Misrdan olib chiqib ketayotganlarida, Firʼavn odamlari bilan quvib kelib qoladi. Shunda Alloh dengizni ikkiga boʻlib yoʻl ochadi va Bani Isroil oʻtib oladilar. Ortlaridan Firʼavn odamlari bilan tushganda, Alloh ularni gʻarq qiladi.)
- 51
وَإِذْ وَٰعَدْنَا مُوسَىٰٓ أَرْبَعِينَ لَيْلَةًۭ ثُمَّ ٱتَّخَذْتُمُ ٱلْعِجْلَ مِنۢ بَعْدِهِۦ وَأَنتُمْ ظَٰلِمُونَ
Wa iz waa'adnaa Moosaaa arba'eena lailatan summattakhaztumul 'ijla mim ba'dihee wa antum zaalimoon
Va Muso bilan qirq kechaga vaʼdalashganimizni, u (ketgani)dan soʻng zolim boʻlgan holingizda buzoqni (xudo) tutganingizni eslang!
- 52
ثُمَّ عَفَوْنَا عَنكُم مِّنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
Summa 'afawnaa 'ankum mim ba'di zaalika la'allakum tashkuroon
Oʻshandan keyin sizni afv etdik. Shoyadki, shukr qilsangiz.
- 53
وَإِذْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْفُرْقَانَ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
Wa iz aatainaa Moosal kitaaba wal Furqaana la'allakum tahtadoon
Shoyadki, hidoyat topsangiz deb, Musoga kitobni va furqonni berganimizni eslang.
- 54
وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦ يَٰقَوْمِ إِنَّكُمْ ظَلَمْتُمْ أَنفُسَكُم بِٱتِّخَاذِكُمُ ٱلْعِجْلَ فَتُوبُوٓا۟ إِلَىٰ بَارِئِكُمْ فَٱقْتُلُوٓا۟ أَنفُسَكُمْ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌۭ لَّكُمْ عِندَ بَارِئِكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ
Wa iz qaala Moosaa liqawmihee yaa qawmi innakum zalamtum anfusakum bittikhaa zikumul 'ijla fatoobooo ilaa Baari'ikum faqtulooo anfusakum zaalikum khairul lakum 'inda Baari'ikum fataaba 'alaikum; innahoo Huwat Tawwaabur Raheem
Musoning oʻz qavmiga: «Ey qavmim, albatta, siz buzoqni (xudo) tutishingiz ila oʻzingizga oʻzingiz zulm qildingiz. Endi sizni bor qiluvchi Zotga tavba qiling, oʻzingizni oʻzingiz oʻldiring, shundoq qilmogʻingiz sizni bor qiluvchi Zot huzurida siz uchun yaxshidir. Bas, U tavbangizni qabul qildi. Chunki U tavbani koʻplab qabul qiluvchi va rahimli Zotdir», deganini eslang. [22]
[22] (Buzoqni xudo deb tutish inson uchun, uning aqli uchun naqadar ulkan or boʻlishiga qaramay, Bani Isroil tabiatidagi buzuqlikdan kelib chiqib, shu ishni oʻziga ep koʻrdi va bu bilan oʻziga oʻzi zulm qildi.)
- 55
وَإِذْ قُلْتُمْ يَٰمُوسَىٰ لَن نُّؤْمِنَ لَكَ حَتَّىٰ نَرَى ٱللَّهَ جَهْرَةًۭ فَأَخَذَتْكُمُ ٱلصَّٰعِقَةُ وَأَنتُمْ تَنظُرُونَ
Wa iz qultum yaa Moosaa lan nu'mina laka hattaa naral laaha jahratan fa akhazat kumus saa'iqatu wa antum tanzuroon
«Ey Muso, Allohni ochiq-ravshan koʻrmagunimizcha, senga ishonmaymiz», deganingizni, shunda sizni oʻzingiz nazar solib turganingizda yashin urganini eslang. [23]
[23] (Bani Isroilning bu shakkokligi uchun Alloh taolo munosib jazoladi: oʻzlari qarab turgan holda yashin urib, halok boʻldilar.)
- 56
ثُمَّ بَعَثْنَٰكُم مِّنۢ بَعْدِ مَوْتِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
Summa ba'asnaakum mim ba'di mawtikum la'allakum tashkuroon
Soʻngra, oʻlimingizdan keyin qayta tiriltirdik, shoyadki, shukr qilsangiz. [24]
[24] (Alloh taolo ularni qayta tiriltiribgina qoʻymadi. Balki yana qoʻshimcha marhamatlar koʻrsatdi.)
- 57
وَظَلَّلْنَا عَلَيْكُمُ ٱلْغَمَامَ وَأَنزَلْنَا عَلَيْكُمُ ٱلْمَنَّ وَٱلسَّلْوَىٰ ۖ كُلُوا۟ مِن طَيِّبَٰتِ مَا رَزَقْنَٰكُمْ ۖ وَمَا ظَلَمُونَا وَلَٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ
Wa zallalnaa 'alaikumul ghamaama wa anzalnaa 'alaikumul Manna was Salwaa kuloo min taiyibaati maa razaqnaakum wa maa zalamoonaa wa laakin kaanooo anfusahum yazlimoon
Va bulutni ustingizdan soya soldirib qoʻydik, sizga mann va bedanani tushirdik. Rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar. Bizga zulm qilmadilar. Lekin oʻzlariga zulm qilardilar. [25]
[25] (Ibn Kasirning aytishlaricha, «Mann» oʻzini yesa, taom va shirinlik, suvga qoʻshib ichsa, ichimlik boʻladigan narsadir. Uni boshqa narsalarga qoʻshsa ham boʻlaveradi.)
- 58
وَإِذْ قُلْنَا ٱدْخُلُوا۟ هَٰذِهِ ٱلْقَرْيَةَ فَكُلُوا۟ مِنْهَا حَيْثُ شِئْتُمْ رَغَدًۭا وَٱدْخُلُوا۟ ٱلْبَابَ سُجَّدًۭا وَقُولُوا۟ حِطَّةٌۭ نَّغْفِرْ لَكُمْ خَطَٰيَٰكُمْ ۚ وَسَنَزِيدُ ٱلْمُحْسِنِينَ
Wa iz qulnad khuloo haazihil qaryata fakuloo minhaa haisu shi'tum raghadanw wadkhulul baaba sujjadanw wa qooloo hittatun naghfir lakum khataayaakum; wa sanazeedul muhsineen
«Ushbu qishloqqa kiringiz va uning xohlagan joyida yenglar, yeganingiz osh boʻlsin va eshikdan taʼzim bilan, hittatun, deb kiring, sizning xatolaringizni magʻfirat qilamiz va yaxshilarga ziyoda qilamiz», deganimizni eslang. [26]
[26] (Ushbu oyatda, «Ushbu qishloqqa kiringiz», degan jumladagi «qishloq»dan murod — Quddusi sharifdir. Uzoq zamonlar Misrda vatangado boʻlib yurgan Bani Isroilga Alloh taolo vatan ato qilib, «qishloqqa kiringiz», deyapti. Buning ustiga yana: «Xohlagan joyingizda yeb-ichinglar, yeganlaringiz osh boʻlsin», deb katta marhamat koʻrsatyapti. Shu bilan birga, qanday holda kirish lozimligini ham oʻrgatdi. Eshikdan sajda qilib, yaʼni odob bilan, «hittatun» degan soʻzni aytib kiring, deyildi. «Hittatun» degani — afv et, gunohimni kech, degan maʼnoni anglatar ekan. Bani Isroil agar qishloqqa sajda qilib, gunohlarini kechishini soʻrab, Alloh oʻrgatgan soʻzni aytib kirsalar, Parvardigor ularga magʻfirat vaʼda qildi. «Sizning xatolaringizni magʻfirat qilamiz va yaxshilarga ziyoda qilib beramiz», dedi.)
- 59
فَبَدَّلَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ قَوْلًا غَيْرَ ٱلَّذِى قِيلَ لَهُمْ فَأَنزَلْنَا عَلَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ رِجْزًۭا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ
Fabaddalal lazeena zalamoo qawlan ghairal lazee qeela lahum fa anzalnaa 'alal lazeena zalamoo rijzam minas samaaa'i bimaa kaanoo yafsuqoon
Bas, zulm qilganlar ularga aytilgan soʻzni boshqasiga almashtirdilar. Biz zulm qilganlarga fisq qilayotganlari uchun osmondan azob tushirdik. [27]
[27] (Bani Isroil yana buzgʻunchilik qildi. Alloh taolo oʻrgatgan «hittatun» soʻzi oʻrniga boshqa soʻzni almashtirib aytdilar. Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, Paygʻambar alayhissalom: «Bani Isroilga, eshikdan taʼzim qilib, hittatun, deb kiringlar, deyilgan edi. Ular dumbalari bilan sudralib, soʻzni almashtirib, habbatun fi shaʼratin, deb kirdilar», dedilar. Ushbu hadisdan maʼlum boʻladiki, ular ham amalda, ham soʻzda xilof qilganlar. Sajda (taʼzim) qilib kiringlar, deyilsa, dumbalari bilan sudralib kirganlar. «Hittatun» deb aytinglar, deyilsa, «habbatun fi shaʼratin», yaʼni arpa doni ichidagi bir dona don, deyishgan. Ularning bu ishlari ham zulm, ham fisq — Allohning amridan chiqish edi. Shuning uchun Alloh taolo ularga osmondan azob tushirdi.)
- 60
۞ وَإِذِ ٱسْتَسْقَىٰ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦ فَقُلْنَا ٱضْرِب بِّعَصَاكَ ٱلْحَجَرَ ۖ فَٱنفَجَرَتْ مِنْهُ ٱثْنَتَا عَشْرَةَ عَيْنًۭا ۖ قَدْ عَلِمَ كُلُّ أُنَاسٍۢ مَّشْرَبَهُمْ ۖ كُلُوا۟ وَٱشْرَبُوا۟ مِن رِّزْقِ ٱللَّهِ وَلَا تَعْثَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ
Wa izis tasqaa Moosaa liqawmihee faqulnad rib bi'asaakal hajara fanfajarat minhusnataaa 'ashrata 'aynan qad 'alima kullu unaasim mash rabahum kuloo washraboo mir rizqil laahi wa laa ta'saw fil ardi mufsideen
Muso oʻz qavmini serob qilishni soʻraganida, «Hassang bilan toshni ur!» deganimizni eslang. Bas, undan oʻn ikki buloq otilib chiqdi. Har qabila oʻz suvini bildi. Alloh bergan rizqdan yeb-ichinglar. Yer yuzida buzgʻunchilik ustiga buzgʻunchilik qilmanglar.
- 61
وَإِذْ قُلْتُمْ يَٰمُوسَىٰ لَن نَّصْبِرَ عَلَىٰ طَعَامٍۢ وَٰحِدٍۢ فَٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ يُخْرِجْ لَنَا مِمَّا تُنۢبِتُ ٱلْأَرْضُ مِنۢ بَقْلِهَا وَقِثَّآئِهَا وَفُومِهَا وَعَدَسِهَا وَبَصَلِهَا ۖ قَالَ أَتَسْتَبْدِلُونَ ٱلَّذِى هُوَ أَدْنَىٰ بِٱلَّذِى هُوَ خَيْرٌ ۚ ٱهْبِطُوا۟ مِصْرًۭا فَإِنَّ لَكُم مَّا سَأَلْتُمْ ۗ وَضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ ٱلذِّلَّةُ وَٱلْمَسْكَنَةُ وَبَآءُو بِغَضَبٍۢ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانُوا۟ يَكْفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَيَقْتُلُونَ ٱلنَّبِيِّۦنَ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ ۗ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَوا۟ وَّكَانُوا۟ يَعْتَدُونَ
Wa iz qultum yaa Moosaa lan nasbira 'alaa ta'aaminw waahidin fad'u lanaa rabbaka yukhrij lanaa mimmaa tumbitul ardu mimbaqlihaa wa qis saaa'ihaa wa foomihaa wa 'adasihaa wa basalihaa qaala atastabdiloonal lazee huwa adnaa billazee huwa khayr; ihbitoo misran fa inna lakum maa sa altum; wa duribat 'alaihimuz zillatu walmaskanatu wa baaa'oo bighadabim minal laah; zaalika bi annahum kaano yakfuroona bi aayaatil laahi wa yaqtuloonan Nabiyyeena bighairil haqq; zaalika bimaa 'asaw wa kaanoo ya'tadoon
«Ey Muso, bir xil taomga hech chiday olmaymiz, Robbingga duo qil, bizga yerda oʻsadigan narsalardan — sabzavot, tarra, sarimsoq, mosh, piyoz chiqarib bersin», deganingizni eslang. U: «Yaxshi narsani past narsaga almashtirishni soʻraysizlarmi? Birorta shaharga tushing, soʻraganingizni albatta topasiz», dedi. Ularga xorlik va miskinlik yozildi va Allohning gʻazabiga loyiq boʻldilar. Bu, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Nabiylarni nohaq qatl etganlari uchundir. Bu, isyonga ketganlari va haddan oshganlari uchundir.
- 62
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَٱلَّذِينَ هَادُوا۟ وَٱلنَّصَٰرَىٰ وَٱلصَّٰبِـِٔينَ مَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا فَلَهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Innal lazeena aamanoo wallazeena haadoo wan nasaaraa was Saabi'eena man aamana billaahi wal yawmil aakhiri wa 'amila saalihan falahum ajruhum 'inda Rabbihim wa laa khawfun 'alaihim wa laa hum yahzanoon
Albatta, iymon keltirganlar, yahudiy boʻlganlar, nasorolar va sobiiylardan, qaysilari Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, oʻshalarga Robbilari huzurida ajrlar bordir. Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar. [28]
[28] (Oyati karimadagi «iymon keltirganlar»dan murod musulmonlardir. «Yahudiy boʻlganlar» — Bani Isroildir. Yahudiyning ikki toifasi bor: birinchisi — Allohga qaytgan, ikkinchisi — Yahudoning farzandlari. «Nasorolar» deganda esa, Iyso alayhissalomga iymon keltirganlar tushuniladi. Ular u kishiga yordam berganlari uchun «nasoro» (yordam beruvchilar) deb nom olganlar. «Sobiiylar» deb Paygʻambarimiz kelishlaridan oldin arab mushriklaridan bir guruhlari oʻz qavmlarining butu sanamlarga sigʻinishlarini yoqtirmay, oʻzlari yangi aqida axtarib, oxiri, Ibrohim alayhissalom dinida yuramiz, deb qavmlaridan ajrab chiqqan kishilarga aytiladi. Bu nomni ularga mushriklar bergan, yaʼni otalarining dinidan burilganlar, deganidir.)
- 63
وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَٰقَكُمْ وَرَفَعْنَا فَوْقَكُمُ ٱلطُّورَ خُذُوا۟ مَآ ءَاتَيْنَٰكُم بِقُوَّةٍۢ وَٱذْكُرُوا۟ مَا فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
Wa iz akhaznaa meesaaqakum wa rafa'naa fawqakumut Toora khuzoo maaa aatainaakum biquwwatinw wazkuroo maa feehi la'allakum tattaqoon
Ahdu paymonlaringizni olganimizni va ustingizga Turni koʻtarganimizni, «Biz sizga bergan narsani quvvat bilan oling va undagi narsani eslang, shoyadki, taqvodor boʻlsangiz», (deganimizni) eslang.
- 64
ثُمَّ تَوَلَّيْتُم مِّنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ ۖ فَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ لَكُنتُم مِّنَ ٱلْخَٰسِرِينَ
Summa tawallaitum mim ba'di zaalika falawlaa fadlul laahi 'alaikum wa rahmatuhoo lakuntum minal khaasireen
Soʻngra, oʻshandan keyin yuz oʻgirdingiz. Sizga Allohning fazli boʻlmaganida, albatta yutqazganlardan boʻlardingiz.
- 65
وَلَقَدْ عَلِمْتُمُ ٱلَّذِينَ ٱعْتَدَوْا۟ مِنكُمْ فِى ٱلسَّبْتِ فَقُلْنَا لَهُمْ كُونُوا۟ قِرَدَةً خَٰسِـِٔينَ
Wa laqad 'alimtumul lazeena'-tadaw minkum fis Sabti faqulnaa lahum koonoo qiradatan khaasi'een
Batahqiq, sizlardan shanba kuni tajovuzkorlik qilganlarni bildingiz. Biz ularga: «Quvilgan, xor-zor maymunga aylaning», – dedik.
- 66
فَجَعَلْنَٰهَا نَكَٰلًۭا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهَا وَمَا خَلْفَهَا وَمَوْعِظَةًۭ لِّلْمُتَّقِينَ
Faja'alnaahaa nakaalal limaa baina yadihaa wa maa khalfahaa wa maw'izatal lilmuttaqeen
Biz bu (hodisa)ni uning oldidagilarga va keyinidagilarga va taqvodorlarga mavʼiza qildik. [29]
[29] (Ushbu xabarlardan Bani Isroilning yana ikki axloqini bilib olsa boʻladi. Koʻp taʼkidlashga qaramay, oʻzlariga tushgan vahiydan, ilohiy koʻrsatmalardan yuz oʻgirish. Buyruq va qaytariqlarga yuzaki amal qilgan boʻlib, aslida, xilof ish tutish. Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissalom: «Yahudiylar qilgan ishni sizlar qilmanglar, Alloh harom qilgan narsalarni har xil hiylalar bilan halol hisoblamanglar», deydilar.)
- 67
وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦٓ إِنَّ ٱللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَن تَذْبَحُوا۟ بَقَرَةًۭ ۖ قَالُوٓا۟ أَتَتَّخِذُنَا هُزُوًۭا ۖ قَالَ أَعُوذُ بِٱللَّهِ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْجَٰهِلِينَ
Wa iz qaala Moosaa liqawmiheee innal laaha yaamurukum an tazbahoo baqaratan qaalooo atattakhizunna huzuwan qaala a'oozu billaahi an akoona minal jaahileen
Muso oʻz qavmiga: «Alloh sizga sigir soʻymoqni buyurmoqda», deganini eslang. Ular: «Bizni masxara qilyapsanmi?» – dedilar. U: «Johillardan boʻlishimdan Allohdan panoh soʻrayman», – dedi.
- 68
قَالُوا۟ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّن لَّنَا مَا هِىَ ۚ قَالَ إِنَّهُۥ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌۭ لَّا فَارِضٌۭ وَلَا بِكْرٌ عَوَانٌۢ بَيْنَ ذَٰلِكَ ۖ فَٱفْعَلُوا۟ مَا تُؤْمَرُونَ
Qaalud-'u lanaa rabbaka yubaiyil lanaa maa hee; qaala innahoo yaqoolu innahaa baqaratul laa faaridunw wa laa bikrun 'awaanum baina zaalika faf'aloo maa tu'maroon
Ular: «Robbingga duo qil, uning qanday ekanini bayon qilib bersin», – dedilar. U: «U Zot, qari ham, yosh ham boʻlmagan, ikkovining oʻrtasidagi sigir, deyapti. Bas, buyurilgan narsani bajaring», – dedi.
- 69
قَالُوا۟ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّن لَّنَا مَا لَوْنُهَا ۚ قَالَ إِنَّهُۥ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌۭ صَفْرَآءُ فَاقِعٌۭ لَّوْنُهَا تَسُرُّ ٱلنَّٰظِرِينَ
Qaalud-'u lanaa rabaaka yubaiyil lanaa maa lawnuhaa; qaala innahoo yaqoolu innahaa baqaratun safraaa'u faqi'ul lawnuhaa tasurrunnaazireen
Ular: «Robbingga duo qil, uning rangini bayon qilib bersin», dedilar. U: «U Zot, rangi sap-sariq, qaraganlarni xursand qiladigan sigir, deyapti», – dedi.
- 70
قَالُوا۟ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّن لَّنَا مَا هِىَ إِنَّ ٱلْبَقَرَ تَشَٰبَهَ عَلَيْنَا وَإِنَّآ إِن شَآءَ ٱللَّهُ لَمُهْتَدُونَ
Qaalud-'u lanaa rabbaka yubaiyil lanaa maa hiya innal baqara tashaabaha 'alainaa wa innaaa in shaaa'al laahu lamuhtadoon
Ular: «Robbingga duo qil, uning qanday ekanini bizga bayon qilib bersin, sigir bizga noaniq boʻlib qoldi, biz, inshoalloh, albatta, hidoyat topuvchimiz», – dedilar.
- 71
قَالَ إِنَّهُۥ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌۭ لَّا ذَلُولٌۭ تُثِيرُ ٱلْأَرْضَ وَلَا تَسْقِى ٱلْحَرْثَ مُسَلَّمَةٌۭ لَّا شِيَةَ فِيهَا ۚ قَالُوا۟ ٱلْـَٰٔنَ جِئْتَ بِٱلْحَقِّ ۚ فَذَبَحُوهَا وَمَا كَادُوا۟ يَفْعَلُونَ
Qaala innahoo yaqoolu innahaa baqaratul laa zaloolun tuseerul arda wa laa tasqil harsa musallamatullaa shiyata feehaa; qaalul 'aana jita bilhaqq; fazabahoohaa wa maa kaado yaf'aloon
U: «U Zot, oʻsha sigir minilmagan, yer haydash, ekin sugʻorishda ishlatilmagan, ayblardan salomat, aralashgan rangi yoʻq, deyapti», – dedi. Ular: «Ana endi haqni keltirding», – dedilar. Bas, uni soʻydilar. Sal boʻlmasa, qila olmasdilar.
- 72
وَإِذْ قَتَلْتُمْ نَفْسًۭا فَٱدَّٰرَْٰٔتُمْ فِيهَا ۖ وَٱللَّهُ مُخْرِجٌۭ مَّا كُنتُمْ تَكْتُمُونَ
Wa iz qataltum nafsan faddaara'tum feehaa wallaahu mukrijum maa kuntum taktumoon
Bir jonni oʻldirib qoʻyib, u haqida ixtilofga tushganingizni eslang. Alloh siz berkitgan narsani chiqarguvchidir.
- 73
فَقُلْنَا ٱضْرِبُوهُ بِبَعْضِهَا ۚ كَذَٰلِكَ يُحْىِ ٱللَّهُ ٱلْمَوْتَىٰ وَيُرِيكُمْ ءَايَٰتِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
Faqulnad riboohu biba'dihaa; kazaalika yuhyil laa hul mawtaa wa yureekum aayaatihee la'allakum ta'qiloon
«Bas, uni u(sigir)ning baʼzi joyi bilan uring», – dedik. Alloh xuddi shunday qilib oʻliklarni tiriltirur va oyat — alomatlarini sizga koʻrsatur. Shoyadki, aql ishlatsangiz.
- 74
ثُمَّ قَسَتْ قُلُوبُكُم مِّنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ فَهِىَ كَٱلْحِجَارَةِ أَوْ أَشَدُّ قَسْوَةًۭ ۚ وَإِنَّ مِنَ ٱلْحِجَارَةِ لَمَا يَتَفَجَّرُ مِنْهُ ٱلْأَنْهَٰرُ ۚ وَإِنَّ مِنْهَا لَمَا يَشَّقَّقُ فَيَخْرُجُ مِنْهُ ٱلْمَآءُ ۚ وَإِنَّ مِنْهَا لَمَا يَهْبِطُ مِنْ خَشْيَةِ ٱللَّهِ ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
Summa qasat quloobukum mim ba'di zaalika fahiya kalhijaarati aw-ashaadu qaswah; wa inna minal hijaarati lamaa yatafajjaru minhul anhaar; wa inna minhaa lamaa yash shaqqaqu fayakhruju minhul maaa'; wa inna minhaa lamaa yahbitu min khashyatil laa; wa mal laahu bighaafilin 'ammaa ta'maloon
Soʻngra, shundan keyin qalblaringiz qattiq boʻldi, ular toshdek yoki toshdan ham qattiq. Va holbuki, toshlarning baʼzilaridan anhorlar otilib chiqadir, baʼzilari yorilib, undan suv chiqadir va baʼzilari Allohdan qoʻrqqanidan qulab tushadir. Va Alloh qilayotgan ishlaringizdan gʻofil emas. [30]
[30] (Ushbu oyatda Alloh taolo Bani Isroilning oxirgi hodisadan keyingi holatini vasf qilmoqda. Shuncha moʻjiza koʻrgan inson, kim boʻlishidan qatʼiy nazar, qalbi erib, Allohga boʻlgan eʼtiqodi ziyoda boʻlishi kerak edi. Ammo Bani Isroilning qalblari qattiq boʻldi. Qattiq boʻlganda ham, toshdek qattiq, balki toshdan haim qattiq boʻldi.)
- 75
۞ أَفَتَطْمَعُونَ أَن يُؤْمِنُوا۟ لَكُمْ وَقَدْ كَانَ فَرِيقٌۭ مِّنْهُمْ يَسْمَعُونَ كَلَٰمَ ٱللَّهِ ثُمَّ يُحَرِّفُونَهُۥ مِنۢ بَعْدِ مَا عَقَلُوهُ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
Afatatma'oona ai yu'minoo lakum wa qad kaana fareequm minhum yasma'oona Kalaamal laahi summa yuharri foonahoo mim ba'di maa'aqaloohu wa hum ya'lamoon
Ularning iymon keltirishlarini tamaʼ qilasizlarmi? Va holbuki, ulardan bir guruhlari Allohning kalomini eshitar edilar va soʻngra uni tushunganlaridan keyin, bilib turib buzar edilar. [31]
[31] (Iymon oʻziga yarasha poklik, musaffolik, nurni qabul qilib olishga isteʼdod talab qiladi. Ammo yahudiylarda bu narsaga yaqinlik hech sezilmayapti. Ularning eng yaxshi vakillari boʻlmish diniy olimlariki Allohning kalomini eshitib, uni tushunib yetgandan soʻng, bilib turib buzsalar, qolganlari nima ham qilar edi.)
- 76
وَإِذَا لَقُوا۟ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا وَإِذَا خَلَا بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍۢ قَالُوٓا۟ أَتُحَدِّثُونَهُم بِمَا فَتَحَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمْ لِيُحَآجُّوكُم بِهِۦ عِندَ رَبِّكُمْ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
Wa izaa laqul lazeena aamanoo qaalooo aamannaa wa izaakhalaa ba'duhum ilaa ba'din qaalooo atuhaddisoonahum bimaa fatahal laahu 'alaikum liyuhaajjookum bihee 'inda rabbikum; afalaa ta'qiloon
Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, derlar. Baʼzilari baʼzilari bilan xoli qolsalar, ularga: «Alloh sizga ochgan narsa haqida Robbingiz huzurida hujjat talashishlari uchun gapiryapsizmi? Aqlni ishlatmaysizmi?» derlar. [32]
[32] (Shunaqa sifat egalarining iymonga kelishidan umidvor boʻlsa boʻladimi? Ular ikkiyuzlamachi qavmdir. Musulmonlar bilan uchrashib qolganda, iymonga keldik, Muhammad alayhissalomga ummat boʻldik, deyishadi. Chunki Tavrotda u kishi haqlarida bashoratlar bor va yahudiylar u zotning paygʻambar boʻlib kelishlarini kutayotgan edilar. Alloh taolo oʻsha Paygʻambar tufayli bizni dushmanlarimizga gʻolib qiladi, deyishar edi... Ammo oʻzlari bir-birlari bilan yolgʻiz qolganlarida, bu haqiqatni oshkor qilganlarni soʻka boshlar edilar.)
- 77
أَوَلَا يَعْلَمُونَ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ
Awalaa ya'lamoona annal laaha ya'lamu maa yusirroona wa maa yu'linoon
Alloh ularning sir tutganu oshkor qilgan narsalarini albatta bilishini anglamaydilarmi? [33]
[33] (Zikr qilingan bu hol yahudiylarning diniy olimlariga oid.)
- 78
وَمِنْهُمْ أُمِّيُّونَ لَا يَعْلَمُونَ ٱلْكِتَٰبَ إِلَّآ أَمَانِىَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَظُنُّونَ
Wa minhum ummiyyoona laa ya'lamoonal kitaaba illaaa amaaniyya wa in hum illaa yazunnoon
Ularning ichida kitobdan bexabar, xomxayoldan boshqani bilmaydigan omiylar bor. Ular faqat gumon qiladilar xolos. [34]
[34] (Yaʼni, yahudiylar ichida Tavrotdan bexabar, unda nima gap borligini bilmaydigan savodsiz omiylar ham bor. Oʻsha omiylarning bilgani faqat xomxayol, xolos. Turli narsalarni gumon qilib, oʻsha gumoniga ishonib yuraveradi. Bu omiylarning shunday holga tushib qolishiga nima sabab? Asosiy sabablaridan biri — zalolatga ketgan ulamolar.)
- 79
فَوَيْلٌۭ لِّلَّذِينَ يَكْتُبُونَ ٱلْكِتَٰبَ بِأَيْدِيهِمْ ثُمَّ يَقُولُونَ هَٰذَا مِنْ عِندِ ٱللَّهِ لِيَشْتَرُوا۟ بِهِۦ ثَمَنًۭا قَلِيلًۭا ۖ فَوَيْلٌۭ لَّهُم مِّمَّا كَتَبَتْ أَيْدِيهِمْ وَوَيْلٌۭ لَّهُم مِّمَّا يَكْسِبُونَ
Fawailul lillazeena yaktuboonal kitaaba bi aydddhim summa yaqooloona haazaa min 'indil laahi liyashtaroo bihee samanan qaleelan fawilul lahum mimaa katabat aydeehim wa wailul lahum mimmaa yaksiboon
Kitobni oʻz qoʻli bilan yozib, soʻngra uni arzon bahoga sotish uchun: «Bu Allohning huzuridan», deydiganlarga halokat boʻlsin! Ularga qoʻllari bilan yozgan narsalaridan halokat boʻlsin! Ularga topgan foydalaridan halokat boʻlsin! [35]
[35] (Oyati karima zikr qilgan «arzon baho» haqida Imom Hasan Basriy: «Arzon baho — dunyo va uning narsalaridir», degan ekanlar. Dunyoga molu boylik, mansab va boshqalar kiradi.)
- 80
وَقَالُوا۟ لَن تَمَسَّنَا ٱلنَّارُ إِلَّآ أَيَّامًۭا مَّعْدُودَةًۭ ۚ قُلْ أَتَّخَذْتُمْ عِندَ ٱللَّهِ عَهْدًۭا فَلَن يُخْلِفَ ٱللَّهُ عَهْدَهُۥٓ ۖ أَمْ تَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Wa qaaloo lan tamassanan Naaru illaaa ayyaamam ma'doo dah; qul attakhaztum 'indal laahi 'ahdan falai yukhlifal laahu 'ahdahooo am taqooloona 'alal laahi maa laa ta'lamoon
Va ular: «Bizga (doʻzax) oʻti hech tegmas, tegsa ham sanoqli kunlargina tegadir», – dedilar. Sen: «Allohdan ahd oldingizmi? Zotan, Alloh ahdiga hech xilof qilmas. Yoki Allohning nomidan bilmagan narsangizni gapiryapsizmi?» – deb ayt.
- 81
بَلَىٰ مَن كَسَبَ سَيِّئَةًۭ وَأَحَٰطَتْ بِهِۦ خَطِيٓـَٔتُهُۥ فَأُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ
Balaa man kasaba sayyi'atanw wa ahaatat bihee khateee'atuhoo fa-ulaaa'ika Ashaabun Naari hum feehaa khaalidoon
Yoʻq! Kim gunoh qilsa va uni xatolari oʻrab olgan boʻlsa, ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
- 82
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ
Wallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati ulaaa'ika Ashaabul Jannati hum feeha khaalidoon
Va iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ana oʻshalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
- 83
وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَٰقَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ لَا تَعْبُدُونَ إِلَّا ٱللَّهَ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَانًۭا وَذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَقُولُوا۟ لِلنَّاسِ حُسْنًۭا وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ ثُمَّ تَوَلَّيْتُمْ إِلَّا قَلِيلًۭا مِّنكُمْ وَأَنتُم مُّعْرِضُونَ
Wa iz akhaznaa meesaaqa Baneee Israaa'eela laa ta'budoona illal laaha wa bil waalidaini ihsaananw wa zil qurbaa walyataamaa walmasaakeeni wa qooloo linnaasi husnanw wa aqeemus salaata wa aatuzZakaata summa tawallitum illaa qaleelam minkum wa antum mu'ridoon
Allohdan boshqaga ibodat etmaysiz, ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga yaxshilik qilasiz, odamlarga yaxshi gaplar ayting, namozni qoim qiling, zakot bering, deb Bani Isroildan ahdu paymon olganimizni eslang. Soʻngra, ozginangizdan boshqangiz yuz oʻgirib, ortga qarab ketdingiz. [36]
[36] (Mulohaza qilinsa, Alloh taolo Bani Isroildan ahdu paymon olgan ishlar Islom dini ham buyurgan ishlardir. Shundan hamma samoviy dinlarning birligi kelib chiqadi. Tavhid aqidasining asosi — Allohdan boshqaga ibodat qilmaslik — ahdu paymon olingan ishlarning boshida sanalyapti. Ota-onaga yaxshilik qilish har bir farzandning muqaddas burchi hisoblanadi. Qarindoshlarning qarindoshlik haqqi bor, ularga ham yaxshilik qilish lozim. Yetimlar — boquvchisiz qolgan yosh bolalardir. Jamiyatda ularning ham haqqi bor. Shuningdek, miskinlar ham turli sabablarga koʻra, hayoti noqulay hollarga tushib qolgan shaxslardir, ularga ham yaxshilik koʻrsatish insonning insoniylik burchi hisoblanadi.)
- 84
وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَٰقَكُمْ لَا تَسْفِكُونَ دِمَآءَكُمْ وَلَا تُخْرِجُونَ أَنفُسَكُم مِّن دِيَٰرِكُمْ ثُمَّ أَقْرَرْتُمْ وَأَنتُمْ تَشْهَدُونَ
Wa iz akhaznaa meesaa qakum laa tasfikoona dimaaa'akum wa laa tukrijoona anfusakum min diyaarikum summa aqrartum wa antum tashhadoon
Bir-biringizning qonlaringizni toʻkmaysiz va diyoringizdan chiqarmaysiz, deb sizlardan ahdu paymon olganimizni eslang. Soʻngra, guvohlik berib turib iqror boʻldingiz.
- 85
ثُمَّ أَنتُمْ هَٰٓؤُلَآءِ تَقْتُلُونَ أَنفُسَكُمْ وَتُخْرِجُونَ فَرِيقًۭا مِّنكُم مِّن دِيَٰرِهِمْ تَظَٰهَرُونَ عَلَيْهِم بِٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ وَإِن يَأْتُوكُمْ أُسَٰرَىٰ تُفَٰدُوهُمْ وَهُوَ مُحَرَّمٌ عَلَيْكُمْ إِخْرَاجُهُمْ ۚ أَفَتُؤْمِنُونَ بِبَعْضِ ٱلْكِتَٰبِ وَتَكْفُرُونَ بِبَعْضٍۢ ۚ فَمَا جَزَآءُ مَن يَفْعَلُ ذَٰلِكَ مِنكُمْ إِلَّا خِزْىٌۭ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يُرَدُّونَ إِلَىٰٓ أَشَدِّ ٱلْعَذَابِ ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
Summa antum haaa'ulaaa'i taqtuloona anfusakum wa tukhrijoona fareeqam minkum min diyaarihim tazaaharoona 'alaihim bil ismi wal'udwaani wa iny yaatookum usaaraa tufaadoohum wahuwa muharramun 'alaikum ikhraajuhum; afatu' mi-noona biba'dil Kitaabi wa takfuroona biba'd; famaa jazaaa'u mai yaf'alu zaalika minkum illaa khizyun fil hayaatid-dunyaa wa yawmal qiyaamati yuraddoona ilaaa ashaddil 'azaab; wa mal laahu bighaafilin 'ammaa ta'maloon
Soʻngra, siz oʻzingizni oʻzingiz oʻldirasiz va bir guruhingizni diyoridan chiqarasiz hamda ularga qarshi gunoh va dushmanlik yoʻlida yordam berasiz. Agar ular asir boʻlsalar, qutqarib olasiz. Va holbuki, ularni chiqarish harom edi. Yoki kitobning baʼzisiga iymon keltirib, baʼzisiga kufr keltirasizmi?! Sizlardan oʻshandoq qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat rasvo boʻlishlikdir, qiyomat kunida esa, eng shiddatli azobga qaytarilurlar. Alloh qilayotganingizdan gʻofil emas.
- 86
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱشْتَرَوُا۟ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا بِٱلْءَاخِرَةِ ۖ فَلَا يُخَفَّفُ عَنْهُمُ ٱلْعَذَابُ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ
Ulaaa'ikal lazeenash tarawul hayaatad dunyaa bil aakhirati falaa yukhaffafu 'anhumul 'azaabu wa laa hum yunsaroon
Ana oʻshalar dunyo hayotini oxiratga sotib olganlardir. Ulardan azob yengillatilmas va ularga yordam ham berilmas.
- 87
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ وَقَفَّيْنَا مِنۢ بَعْدِهِۦ بِٱلرُّسُلِ ۖ وَءَاتَيْنَا عِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ ٱلْبَيِّنَٰتِ وَأَيَّدْنَٰهُ بِرُوحِ ٱلْقُدُسِ ۗ أَفَكُلَّمَا جَآءَكُمْ رَسُولٌۢ بِمَا لَا تَهْوَىٰٓ أَنفُسُكُمُ ٱسْتَكْبَرْتُمْ فَفَرِيقًۭا كَذَّبْتُمْ وَفَرِيقًۭا تَقْتُلُونَ
Wa laqad aatainaa Moosal Kitaaba wa qaffainaa mim ba'dihee bir Rusuli wa aatainaa 'Eesab-na-Maryamal baiyinaati wa ayyadnaahu bi Roohil Qudus; afakullamaa jaaa'akum Rasoolum bimaa laa tahwaaa anfusukumus takbartum fafareeqan kazzabtum wa fareeqan taqtuloon
Va batahqiq, Musoga kitobni berdik va uning ortidan Paygʻambarlarni ketma-ket yubordik. Va Iyso ibn Maryamga ravshan(moʻjiza)larni berdik va uni Ruhul Qudus bilan qoʻlladik. Har qachon Paygʻambar sizning havoyi nafsingizga yoqmaydigan narsa keltirsa, mutakabbirlik qilib, baʼzilarini yolgʻonchiga chiqarib, baʼzilarini oʻldiraverasizmi?!
- 88
وَقَالُوا۟ قُلُوبُنَا غُلْفٌۢ ۚ بَل لَّعَنَهُمُ ٱللَّهُ بِكُفْرِهِمْ فَقَلِيلًۭا مَّا يُؤْمِنُونَ
Wa qaaloo quloobunaa ghulf; bal la'anahumul laahu bikufrihim faqaleelam maa yu'minoon
Va ular: «Qalbimiz gʻiloflangan», deyishar. Yoʻq, unday emas, kufrlari sababli Alloh ularni laʼnatlagan. Bas, ozginagina iymon keltirurlar. [37]
[37] (Yahudiylar Islomga daʼvat qilinganlarida: «Bizning qalbimiz gʻiloflangan, yangi daʼvat kirmaydi, yangi daʼvatchini qabul qilmaydi», deb aytishar edilar. Alloh taolo ushbu oyatda ularning bu gaplari yolgʻon ekanini fosh etib, haqiqatni bayon qilmoqda. Haqiqat nima? Haqiqat shulki, ular avvaldan kufr keltirib, iymondan qochib yurganlari uchun Alloh ularni laʼnatlab, yaʼni rahmatidan quvib, hidoyat neʼmatidan mahrum etgan. Shu sababdan ular iymonga kela olmaydilar. Agar mabodo kelsalar ham, juda oz keladilar.)
- 89
وَلَمَّا جَآءَهُمْ كِتَٰبٌۭ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ مُصَدِّقٌۭ لِّمَا مَعَهُمْ وَكَانُوا۟ مِن قَبْلُ يَسْتَفْتِحُونَ عَلَى ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَلَمَّا جَآءَهُم مَّا عَرَفُوا۟ كَفَرُوا۟ بِهِۦ ۚ فَلَعْنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ
Wa lammaa jaaa'ahum Kitaabum min 'indil laahi musaddiqul limaa ma'ahum wa kaanoo min qablu yastaftihoona 'alal lazeena kafaroo falammaa jaaa'ahum maa 'arafoo kafaroo bih; fala 'natul laahi 'alal kaafireen
Ularga Allohning huzuridan oʻzlaridagi narsani tasdiqlovchi kitob kelganda, va holbuki, kofirlarga qarshi (undan) yordam kutardilar. Bas, qachonki ularga oʻzlari bilgan narsa kelganda, unga kufr keltirdilar. Kofirlarga Allohning laʼnati boʻlsin. [38]
[38] (Ibn Kasir rahmatullohi alayhi rivoyat qiladilarki, yahudiylar Avs va Xazraj qabilalariga qarshi, yaqinda bizning kitoblarimiz xabarini bergan Paygʻambar chiqadi, biz unga iymon keltirib, sizlarning ustingizdan gʻalaba qozonamiz, der edilar. Alloh taolo Paygʻambarni arablar ichidan tanlab yuborgach esa, u kishiga kufr keltirdilar. Avvalgi gaplarini oʻzlari inkor qildilar. Shunda Muoz ibn Jabal, Bashir ibn al-Barraa ibn Maʼruf va Dovud ibn Salamalar ularga qarata: «Ey yahudiylar jamoasi, Allohdan qoʻrqinglar! Musulmon boʻlinglar! Biz shirk ahli boʻlgan davrimizda, bizga qarshi u kishidan yordam topishingizni aytar edingizlar. U kishining paygʻambar qilib yuborilishi xabarini berar edingizlar. Sifatlarini aytib berar edingizlar», dedilar. Bunga javoban Bani Naziyr yahudiylaridan Salom ibn Mushkam degani: «U biz bilgan narsani olib keldi. Biz sizga aytgan bu emas», dedi.)
- 90
بِئْسَمَا ٱشْتَرَوْا۟ بِهِۦٓ أَنفُسَهُمْ أَن يَكْفُرُوا۟ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بَغْيًا أَن يُنَزِّلَ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۖ فَبَآءُو بِغَضَبٍ عَلَىٰ غَضَبٍۢ ۚ وَلِلْكَٰفِرِينَ عَذَابٌۭ مُّهِينٌۭ
Bi'samash taraw biheee anfusahum ai yakfuroo bimaaa anzalal laahu baghyan ai yunazzilal laahu min fadlilhee 'alaa mai yashaaa'u min ibaadihee fabaaa'oo bighadabin 'alaa ghadab; wa lilkaafireena 'azaabum muheen
Ular oʻzlarini sotgan narsa: Alloh bandalaridan xohlaganiga Oʻz fazlidan tushirganiga hasad qilib, Alloh tushirgan narsaga kufr keltirmoqlik, qandoq ham yomon. Ular gʻazabning ustiga gʻazabni lozim tutdilar. Kofirlarga xor qiluvchi azob bordir.
- 91
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ ءَامِنُوا۟ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ قَالُوا۟ نُؤْمِنُ بِمَآ أُنزِلَ عَلَيْنَا وَيَكْفُرُونَ بِمَا وَرَآءَهُۥ وَهُوَ ٱلْحَقُّ مُصَدِّقًۭا لِّمَا مَعَهُمْ ۗ قُلْ فَلِمَ تَقْتُلُونَ أَنۢبِيَآءَ ٱللَّهِ مِن قَبْلُ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Wa izaa qeela lahum aaminoo bimaaa anzalal laahu qaaloo nu'minu bimaaa unzila 'alainaa wa yakfuroona bimaa waraaa'ahoo wa huwal haqqu musaddiqal limaa ma'ahum; qul falima taqtuloona Ambiyaaa'al laahi min qablu in kuntum mu'mineen
Agar ularga: «Alloh tushirgan narsaga iymon keltiring», deyilsa, «Bizga tushirilgan narsaga iymon keltiramiz», derlar va undan keyingi narsaga kufr keltirarlar. Holbuki, u ulardagi narsani tasdiqlovchi haqdir. Ayt: «Agar moʻmin boʻlsangiz, nimaga ilgari Allohning Paygʻambarlarini oʻldirdingiz?!»
- 92
۞ وَلَقَدْ جَآءَكُم مُّوسَىٰ بِٱلْبَيِّنَٰتِ ثُمَّ ٱتَّخَذْتُمُ ٱلْعِجْلَ مِنۢ بَعْدِهِۦ وَأَنتُمْ ظَٰلِمُونَ
Wa laqad jaaa'akum Moosa bilbaiyinaati summat takhaztunmul 'ijla mim ba'dihee wa antum zaalimoon
Va batahqiq, Muso sizlarga ravshan(moʻjiza)lar ila keldi. Soʻngra, siz undan keyin zolim boʻlgan holingizda buzoqni (xudo) tutdingiz.
- 93
وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَٰقَكُمْ وَرَفَعْنَا فَوْقَكُمُ ٱلطُّورَ خُذُوا۟ مَآ ءَاتَيْنَٰكُم بِقُوَّةٍۢ وَٱسْمَعُوا۟ ۖ قَالُوا۟ سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَأُشْرِبُوا۟ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلْعِجْلَ بِكُفْرِهِمْ ۚ قُلْ بِئْسَمَا يَأْمُرُكُم بِهِۦٓ إِيمَٰنُكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Wa iz akhaznaa meesaaqakum wa rafa'naa fawqa kumut Toora khuzoo maaa aatainaakum biquwwatinw wasma'oo qaaloo sami'naa wa 'asainaa wa ushriboo fee quloobihimul 'ijla bikufrihim; qul bi'samaa yaamurukum biheee eemaanukum in kuntum m'mineen
Sizdan ahdu paymoningizni olib, ustingizga Turni koʻtarib: «Sizga Biz bergan narsani quvvat bilan tuting va tinglang», deganimizni eslang. Ular: «Tingladik va isyon qildik», dedilar. Kufrlari sababli qalblariga buzoq oʻrnashtirildi. Ayt: «Agar moʻmin boʻlsangiz, sizning iymoningiz qanday ham yomon narsaga buyuradi!» [39]
[39] (Bani Isroilning xiyonatkorligi, aldamchiligi va boshqa kirdikorlarni nazarda tutgan holda Alloh taolo ulardan taʼkidlangan, hujjatlashtirilgan ahdu paymon olgan va ustilariga Tur togʻini koʻtarib turib: «Sizga Biz bergan narsani quvvat bilan tuting va tinglang», deb aytgan edi. Iymoni bor xalqqa shu yetarli boʻlishi kerak edi. Ammo Bani Isroil nima qildi?! Ular tilda «eshitdik», deyishdi, ammo amallari bilan, «isyon qildik», deyishdi. Yaʼni, til boshqa, amal boshqa boʻldi.)
- 94
قُلْ إِن كَانَتْ لَكُمُ ٱلدَّارُ ٱلْءَاخِرَةُ عِندَ ٱللَّهِ خَالِصَةًۭ مِّن دُونِ ٱلنَّاسِ فَتَمَنَّوُا۟ ٱلْمَوْتَ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Qul in kaanat lakumud Daarul Aakhiratu 'indal laahi khaalisatam min doonin naasi fatamannawul mawta in kuntum saadiqeen
Ayt: «Agar Allohning huzuridagi oxirat hovlisi boshqa odamlarsiz xolis sizga boʻladigan boʻlsa, gapingizda rostgoʻy boʻlsangiz, oʻlimni orzu qiling».
- 95
وَلَن يَتَمَنَّوْهُ أَبَدًۢا بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِٱلظَّٰلِمِينَ
Wa lai yatamannawhu abadam bimaa qaddamat aydeehim; wallaahu 'aleemum bizzaalimeen
Ular qoʻllari taqdim qilgan narsalar sababidan, uni abadiy orzu qilmaslar va Alloh zulm qiluvchilarni biluvchi Zotdir. [40]
[40] (Oyatdagi «qoʻllari taqdim qilgan narsalar» jumlasi, «gunohlar» maʼnosida kelgandir. Arab tilida biror narsaning ahamiyatini boʻrttirib koʻrsatilmoqchi boʻlinsa, ushbu uslub ishlatiladi. Demak, yahudiylar oʻlimni orzu qila olmaydilar. Chunki ular oʻzlarining gunohlarini yaxshi biladilar. Ushbu gunohlar bilan hech-hech jannatga kirib boʻlmaydi. Oʻlsalar, besh kunlik dunyoning matosidan ajralib qolishlaridan qoʻrqib, bu dunyo hayotiga mahkam yopishib oladilar.)
- 96
وَلَتَجِدَنَّهُمْ أَحْرَصَ ٱلنَّاسِ عَلَىٰ حَيَوٰةٍۢ وَمِنَ ٱلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ ۚ يَوَدُّ أَحَدُهُمْ لَوْ يُعَمَّرُ أَلْفَ سَنَةٍۢ وَمَا هُوَ بِمُزَحْزِحِهِۦ مِنَ ٱلْعَذَابِ أَن يُعَمَّرَ ۗ وَٱللَّهُ بَصِيرٌۢ بِمَا يَعْمَلُونَ
Wa latajidannahum ahrasannaasi 'alaa hayaatinw wa minal lazeena ashrakoo; yawaddu ahaduhum law yu'ammaru alfa sanatinw wa maa huwa bi muzahzihihee minal 'azaabi ai yu'ammar; wallaahu baseerum bimaa ya'maloon
Ularning hayotga eng hirs qoʻygan odamlar ekanligini bilasan. Mushriklardan birlari ming yil umr koʻrishni suyadir. Ammo uzoq umr koʻrishi uni azobdan qutqarmas. Va Alloh ularning qilayotganlarini koʻruvchidir.
- 97
قُلْ مَن كَانَ عَدُوًّۭا لِّجِبْرِيلَ فَإِنَّهُۥ نَزَّلَهُۥ عَلَىٰ قَلْبِكَ بِإِذْنِ ٱللَّهِ مُصَدِّقًۭا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ وَهُدًۭى وَبُشْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ
Qul man kaana 'aduwwal li Jibreela fainnahoo nazzalahoo 'alaa qalbika bi iznil laahi musaddiqal limaa baina yadihi wa hudanw wa bushraa lilmu'mineen
Jabroilga dushman boʻlganlarga ayt, albatta, Ul u(Qurʼon)ni sening qalbingga Allohning izni bilan, oʻzidan oldingini tasdiqlovchi va moʻminlar uchun hidoyat va bashorat qilib tushirdi. [41]
[41] («Jibroilga dushman boʻlganlar» — yahudiylardir. Ular Jibroil farishtani oʻzlariga dushman hisoblashar edilar. Bunga dalil oʻlaroq Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilishicha yahudiylar Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom bilan uzoq suhbat qurgan edilar. Shunda, «Ular: «Har bir paygʻambarning unga xabar keltiradigan farishtasi boʻladi. Bizga ayt-chi, sening sohibing kim?» dedilar. U kishi: «Jibroil alayhissalom», dedilar. Ular: «Jibroil urushni, jangni, azobni tushiradi, bizning dushmanimiz, agar rahmat, yomgʻir va nabototlarni olib tushadigan Mikoil deganingda, yaxshi boʻlardi», dedilar.)
- 98
مَن كَانَ عَدُوًّۭا لِّلَّهِ وَمَلَٰٓئِكَتِهِۦ وَرُسُلِهِۦ وَجِبْرِيلَ وَمِيكَىٰلَ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَدُوٌّۭ لِّلْكَٰفِرِينَ
Man kaana 'aduwwal lillaahi wa malaaa'ikatihee wa Rusulihee wa Jibreela wa Meekaala fa innal laaha 'aduwwul lilkaafireen
Kim Allohga, Uning farishtalariga, Paygʻambarlariga, Jabroilga va Mikoilga dushman boʻlsa, albatta, Alloh kofirlarning dushmanidir.
- 99
وَلَقَدْ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ءَايَٰتٍۭ بَيِّنَٰتٍۢ ۖ وَمَا يَكْفُرُ بِهَآ إِلَّا ٱلْفَٰسِقُونَ
Wa laqad anzalnaaa ilaika Aayaatim baiyinaatinw wa maa yakfuru bihaaa illal faasiqoon
Batahqiq, senga ravshan oyatlarni tushirdik, ularga faqat fosiqlargina kufr keltirur.
- 100
أَوَكُلَّمَا عَٰهَدُوا۟ عَهْدًۭا نَّبَذَهُۥ فَرِيقٌۭ مِّنْهُم ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
Awa kullamaa 'aahadoo ahdan nabazahoo fareequm minhum; bal aksaruhum laa u'minoon
Har qachon ahd qilsalar, ulardan bir guruhi uni buzaveradimi?! Yoʻq! Ularning koʻplari iymon keltirmaslar.
- 101
وَلَمَّا جَآءَهُمْ رَسُولٌۭ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ مُصَدِّقٌۭ لِّمَا مَعَهُمْ نَبَذَ فَرِيقٌۭ مِّنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ كِتَٰبَ ٱللَّهِ وَرَآءَ ظُهُورِهِمْ كَأَنَّهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
Wa lammaa jaaa'ahum Rasoolum min 'indil laahi musaddiqul limaa ma'ahum nabaza fareequm minal lazeena ootul Kitaaba Kitaabal laahi waraaa'a zuhoorihim ka annahum laa ya'lamoon
Ulardagi narsani tasdiqlab, Allohning huzuridan ularga Paygʻambar kelsa, kitob berilganlardan bir guruhi, xuddi bilmagandek, Allohning kitobini ortlariga qarab otdilar. [42]
[42] («Allohning kitobi» Tavrot boʻlishi mumkin, chunki unda Muhammad alayhissalomning paygʻambar boʻlib kelishlari bashorati bor. Tavrotning bashoratini tan olmaganlarni kitobni orqalariga qarab otish deb vasf etilmoqda. Ayni choqda, u kitob Qurʼoni Karim ham boʻlishi mumkin, chunki yahudiylar uni ham qabul qilmadilar.)
- 102
وَٱتَّبَعُوا۟ مَا تَتْلُوا۟ ٱلشَّيَٰطِينُ عَلَىٰ مُلْكِ سُلَيْمَٰنَ ۖ وَمَا كَفَرَ سُلَيْمَٰنُ وَلَٰكِنَّ ٱلشَّيَٰطِينَ كَفَرُوا۟ يُعَلِّمُونَ ٱلنَّاسَ ٱلسِّحْرَ وَمَآ أُنزِلَ عَلَى ٱلْمَلَكَيْنِ بِبَابِلَ هَٰرُوتَ وَمَٰرُوتَ ۚ وَمَا يُعَلِّمَانِ مِنْ أَحَدٍ حَتَّىٰ يَقُولَآ إِنَّمَا نَحْنُ فِتْنَةٌۭ فَلَا تَكْفُرْ ۖ فَيَتَعَلَّمُونَ مِنْهُمَا مَا يُفَرِّقُونَ بِهِۦ بَيْنَ ٱلْمَرْءِ وَزَوْجِهِۦ ۚ وَمَا هُم بِضَآرِّينَ بِهِۦ مِنْ أَحَدٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ وَيَتَعَلَّمُونَ مَا يَضُرُّهُمْ وَلَا يَنفَعُهُمْ ۚ وَلَقَدْ عَلِمُوا۟ لَمَنِ ٱشْتَرَىٰهُ مَا لَهُۥ فِى ٱلْءَاخِرَةِ مِنْ خَلَٰقٍۢ ۚ وَلَبِئْسَ مَا شَرَوْا۟ بِهِۦٓ أَنفُسَهُمْ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ
Wattaba'oo maa tatlush Shayaateenu 'alaa mulki Sulaimaana wa maa kafara Sulaimaanu wa laakinnash Shayattena kafaroo yu'al limoonan naasas sihra wa maaa unzila 'alal malakaini bi Baabila Haaroota wa Maaroot; wa maa yu'allimaani min ahadin hattaa yaqoolaaa innamaa nahnu fitnatun falaa takfur fayata'al lamoona minhumaa maa yufarriqoona bihee bainal mar'i wa zawjih; wa maa hum bidaaarreena bihee min ahadin illaa bi-iznillah; wa yata'allamoona maa yadurruhum wa laa yanfa'uhum; wa laqad 'alimoo lamanish taraahu maa lahoo fil Aakhirati min khalaaq; wa labi'sa maa sharaw biheee anfusahum; law kaanoo ya'lamoon
Va Sulaymon podsholigida shaytonlar tilovat qilgan narsaga ergashdilar. Sulaymon kufr keltirgani yoʻq. Lekin shaytonlar odamlarga sehrni oʻrgatib, kofir boʻldilar. Va Bobilda Horut va Morut nomli ikki farishtaga tushgan narsaga ergashdilar. Ikkovlari hatto: «Biz fitna — sinov uchunmiz, kofir boʻlmagin», demasdan oldin hech kimga oʻrgatmasdilar. Bas, ikkovlaridan er-xotinning oʻrtasini buzadigan narsani oʻrganishar edi. Va ular u ila Allohning iznisiz biror kishiga zarar yetkazuvchi emasdilar. Va ular zarar keltiradigan, foyda keltirmaydigan narsani oʻrganurlar. Va batahqiq, biladilarki, uni sotib olgan kishiga oxiratda nasiba yoʻq. Agar bilsalar, oʻzlarini sotgan narsa qandoq ham yomon! [43]
[43] (Alloh Sulaymon alayhissalomga bergan mazkur moʻjizalarni koʻrib, odamlardan baʼzilari iymonga keldi, iymonlilarning iymonlari mustahkamlandi. Ammo kofirlar, dushmanlar va shaytonlar: «Sulaymon sehrgar, u oʻz sehrining kuchi bilan turli hayvonlar ila munosabatda boʻlmoqda, jinlarni ishlatmoqda, degan gaplarni tarqatishdi. paygʻambarlik moʻjizasi ilohiy neʼmat boʻlib, faqat Alloh tomonidan beriladi. Sehr esa, oʻrgatuvchidan oʻrgansa boʻladigan, yomonlikka ishlatiladigan bir narsadir. Shunday qilib, moʻjiza nimayu sehr nima — kishilarga amalda koʻrsatilgan ekan. Ushbu oyati karima mazkur masalani muolaja qilarkan, Sulaymon sehrgar boʻlgan, degan daʼvoga «Sulaymon kofir boʻlmagan» degan javob kelmoqda. Shundan anglashiladiki, sehr kufrga tenglashtirilmoqda. Bu maʼnoni «Lekin shaytonlar odamlarga sehrni oʻrgatib kofir boʻldilar», degan jumla yanada taʼkidlamoqda. Kofirlikni boʻyniga olib sehrni oʻrganganlar nimaga ishlatishadi sehrlarini? «Er-xotinning oʻrtasini buzishga». Demak, yomon narsaga. Sehrni oʻrgangan, uni yomonlikka ishlatganlarga oxiratda hech qanday nasiba qolmaydi. Buni ularning oʻzlari ham yaxshi biladilar.)
- 103
وَلَوْ أَنَّهُمْ ءَامَنُوا۟ وَٱتَّقَوْا۟ لَمَثُوبَةٌۭ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ خَيْرٌۭ ۖ لَّوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ
Wa law annahum aamanoo wattaqaw lamasoobatum min 'indillaahi khairun law kaanoo ya'lamoon
Agar ular iymon keltirib, taqvo qilganlarida, gar bilsalar, Allohning huzuridagi savob yaxshi edi.
- 104
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَقُولُوا۟ رَٰعِنَا وَقُولُوا۟ ٱنظُرْنَا وَٱسْمَعُوا۟ ۗ وَلِلْكَٰفِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ
Yaaa ayyuhal lazeena aamanoo laa taqooloo raa'inaa wa qoolun zurnaa wasma'oo; wa lilkaafireena 'azaabun aleem
Ey, iymon keltirganlar! «Roʼina» demanglar, «unzurna» denglar va tinglanglar. Va kofirlarga alamli azob boʻlur. [44]
[44] (Sahobai kiromlar oʻrganishi lozim boʻlgan narsalarni saboq olsalar, Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomga, «Roʼina», yaʼni kuzatib turing, tushunib, oʻzlashtirib olaylik, deyishar ekan. Ammo pastkash yahudiylar musulmonlarni tahqirlash uchun shu holatdan ham foydalanishibdi. Oʻzlarining ibroniy tillarida xuddi «roʼina» kabi talaffuz etiladigan, lekin soʻkish, masxara maʼnosida ishlatiladigan soʻzni Rasuli akram alayhissalotu vassalom huzurlariga kelganda aytadigan boʻlishibdi.)
- 105
مَّا يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ وَلَا ٱلْمُشْرِكِينَ أَن يُنَزَّلَ عَلَيْكُم مِّنْ خَيْرٍۢ مِّن رَّبِّكُمْ ۗ وَٱللَّهُ يَخْتَصُّ بِرَحْمَتِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ
Maa yawaddul lazeena kafaroo min ahlil kitaabi wa lal mushrikeena ai-yunazzala 'alaikum min khairim mir Rabbikum; wallaahu yakhtassu birahmatihee mai-yashaaa; wallaahu zul fadlil'azeem
Ahli kitob va mushriklardan boʻlgan kofirlar sizlarga Robbingizdan yaxshilik tushirilishini yoqtirmaslar. Va holbuki, Alloh Oʻz rahmatini kimga xohlasa, oʻshanga xos qiladir. Alloh ulugʻ fazl egasidir.
- 106
۞ مَا نَنسَخْ مِنْ ءَايَةٍ أَوْ نُنسِهَا نَأْتِ بِخَيْرٍۢ مِّنْهَآ أَوْ مِثْلِهَآ ۗ أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ
Maa nansakh min aayatin aw nunsihaa na-ti bikhairim minhaaa aw mislihaaa; alam ta'lam annal laaha 'alaa kulli shai'in qadeer
Oyatlardan birontasini nasx qilsak yoki unuttirsak, undan yaxshisini yoki unga oʻxshashini keltirurmiz. Alloh har narsaga qodir ekanini bilmadingmi?
- 107
أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا نَصِيرٍ
Alam ta'lam annallaaha lahoo mulkus samaawaati wal ard; wa maa lakum min doonil laahi minw waliyyinw wa laa naseer
Albatta, osmonlaru yerning mulki Allohniki ekanini va sizlarga Allohdan oʻzga doʻst ham, yordamchi ham yoʻqligini bilmadingmi? [45]
[45] («Nasx» soʻzi lugʻatda oʻzgartish, bekor qilish maʼnosini bildiradi. Shariat taʼrifida esa, bir sharʼiy hukmning undan keyin kelgan sharʼiy dalil bilan bekor qilinishiga aytiladi. Tushunish uchun oddiy bir misol keltiradigan boʻlsak, koʻpchilik boʻlar-boʻlmasga Paygʻambar alayhissalom huzurlariga kirib, bekorchi gaplar bilan u zotning vaqtlarini olishaverganidan soʻng, Alloh taolo oyat tushirib, kim Paygʻambar alayhissalom bilan huzurlarida yolgʻiz qolib gaplashmoqchi boʻlsa, gaplashishdan oldin sadaqa qilishga buyurdi. Odamlar bu orqali Paygʻambar alayhissalomning qimmatli vaqtlarini bekor oʻtkazmaslik lozim ekanligini anglab boʻlganlaridan soʻng, boshqa oyat tushirib, avvalgi hukm bekor qilingani eʼlon etildi.)
- 108
أَمْ تُرِيدُونَ أَن تَسْـَٔلُوا۟ رَسُولَكُمْ كَمَا سُئِلَ مُوسَىٰ مِن قَبْلُ ۗ وَمَن يَتَبَدَّلِ ٱلْكُفْرَ بِٱلْإِيمَٰنِ فَقَدْ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ
Am tureedoona an tas'aloo Rasoolakum kamaa su'ila Moosa min qabl; wa mai yatabaddalil kufra bil eemaani faqad dalla sawaaa'as sabeel
Yoki Paygʻambaringizdan, bundan avval Musodan soʻralganidek, savol soʻrashni xohlaysizmi?! Kim iymonni kufrga almashtirsa, batahqiq, toʻgʻri yoʻldan adashgan boʻlur. [46]
[46] (Alloh taolo musulmonlarni yahudiylarga oʻxshab gʻarazli savollar berishdan qaytarmoqda. Paygʻambar alayhissalomdan Muso alayhissalomdan Bani Isroil soʻragan narsalarga oʻxshash narsalarni soʻrashning yomonligini bayon qilyapti va bu ishni, iymonni kufrga almashtirish, deb atayapti.)
- 109
وَدَّ كَثِيرٌۭ مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ لَوْ يَرُدُّونَكُم مِّنۢ بَعْدِ إِيمَٰنِكُمْ كُفَّارًا حَسَدًۭا مِّنْ عِندِ أَنفُسِهِم مِّنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ ٱلْحَقُّ ۖ فَٱعْفُوا۟ وَٱصْفَحُوا۟ حَتَّىٰ يَأْتِىَ ٱللَّهُ بِأَمْرِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ
Wadda kaseerum min ahlil kitaabi law yaruddoo nakum mim ba'di eemaanikum kuffaaran hasadam min 'indi anfusihim mim ba'di maa tabaiyana lahumul haqqu fa'foo washfahoo hattaa yaa tiyallaahu bi amrih; innal laaha 'alaa kulli shai'in qadeer
Ahli kitoblardan koʻplari ularga haq ravshan boʻlganidan keyin, oʻzlaricha hasad qilib, sizlarni iymonli boʻlganingizdan keyin kofirlikka qaytarmoqchi boʻlurlar. Allohning amri kelguncha afv eting, kechirimli boʻling. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
- 110
وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ ۚ وَمَا تُقَدِّمُوا۟ لِأَنفُسِكُم مِّنْ خَيْرٍۢ تَجِدُوهُ عِندَ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌۭ
Wa aqeemus salaata wa aatuz zakaah; wa maa tuqaddimoo li anfusikum min khairin tajidoohu 'indal laah; innal laaha bimaa ta'maloona baseer
Namozni qoim qiling, zakot bering, oʻzingiz uchun qilgan yaxshiliklarni Allohning huzurida toparsiz. Albatta, Alloh qilayotganingizni koʻruvchidir.
- 111
وَقَالُوا۟ لَن يَدْخُلَ ٱلْجَنَّةَ إِلَّا مَن كَانَ هُودًا أَوْ نَصَٰرَىٰ ۗ تِلْكَ أَمَانِيُّهُمْ ۗ قُلْ هَاتُوا۟ بُرْهَٰنَكُمْ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Wa qaaloo lai yadkhulal jannata illaa man kaana Hoodan aw Nasaaraa; tilka ammniyyuhum; qul haatoo burhaa nakum in kuntum saadiqeen
Va ular: «Jannatga yahudiy va nasroniylardan boshqa hech kim kirmas», – dedilar. Bu ularning xom xayollaridir. Sen: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, hujjatingizni keltiring», – deb ayt.
- 112
بَلَىٰ مَنْ أَسْلَمَ وَجْهَهُۥ لِلَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌۭ فَلَهُۥٓ أَجْرُهُۥ عِندَ رَبِّهِۦ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Balaa man aslama wajhahoo lillaahi wa huwa muhsinun falahooo ajruhoo 'inda rabbihee wa laa khawfun 'alaihim wa laa hum yahzanoon
Yoʻq! Kimki yaxshilik qilgan holida yuzini Allohga topshirsa, unga Robbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar. [47]
[47] (Demak, ham maʼnaviy, ham moddiy tarafdan faqat Alloh uchun boʻlgan ish oʻz egasini mukofotga yetkazadi. Avvalo, «Robbi huzurida ajr bordir». Yana unga kelajakda xavf yoʻq. Yana u boʻlib oʻtgan ishlardan afsuslanmaydi. Bular Allohning vaʼdalaridir va muhaqqaq, shunday boʻlgusidir.)
- 113
وَقَالَتِ ٱلْيَهُودُ لَيْسَتِ ٱلنَّصَٰرَىٰ عَلَىٰ شَىْءٍۢ وَقَالَتِ ٱلنَّصَٰرَىٰ لَيْسَتِ ٱلْيَهُودُ عَلَىٰ شَىْءٍۢ وَهُمْ يَتْلُونَ ٱلْكِتَٰبَ ۗ كَذَٰلِكَ قَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ مِثْلَ قَوْلِهِمْ ۚ فَٱللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ
Wa qaalatil Yahoodu laisatin Nasaaraa 'alaa shai'inw-wa qaalatin Nasaaraaa laisatil Yahoodu 'alaa shai'inw'wa hum yatloonal Kitaab; kazaalika qaalal lazeena la ya'lamoona misla qawlihim Yawmal Qiyaamati feemaa kaanoo feehi yakhtalifoon
Yahudiylar: «Nasroniylar arzimas narsadadirlar», dedilar. Nasroniylar: «Yahudiylar arzimas narsadadirlar», dedilar. Va holbuki, ular kitob tilovat qilurlar. Shuningdek, bilmaydigan kimsalar ham ularning gapiga oʻxshash gap aytdilar. Bas, qiyomat kuni oralarida Alloh ular ixtilof qilgan narsa haqida hakamlik qiladir. [48]
[48] (Samoviy kitob egasi boʻlmagan xalqlar oyatda ilohiy taʼlimotlarni «bilmaydigan kimsalar», deb atalyapti. Ular ham yahudiy va nasroniylarning gaplariga oʻxshash gaplarni aytadilar, yaʼni bular ikkalasi ham hech narsaga arzimaydi, deydilar. Ular tortishishgan masalaning haqiqiy hukmini Alloh taolo qiyomat kuni Oʻzi chiqaradi.)
- 114
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن مَّنَعَ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ أَن يُذْكَرَ فِيهَا ٱسْمُهُۥ وَسَعَىٰ فِى خَرَابِهَآ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ مَا كَانَ لَهُمْ أَن يَدْخُلُوهَآ إِلَّا خَآئِفِينَ ۚ لَهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا خِزْىٌۭ وَلَهُمْ فِى ٱلْءَاخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌۭ
Wa man azlamu mimmam-mana'a masaajidal laahi ai-yuzkara feehas muhoo wa sa'aa fee kharaabihaaa; ulaaa'ika maa kaana lahum ai yadkhuloohaaa illaa khaaa''feen; lahum fiddunyaa khizyunw wa lahum fil aakhirati 'azaabun 'azeem
Allohning masjidlarida Uning ismi zikr qilinishini man etgan va ularni buzishga harakat qilgandan ham zolimroq odam bormi? Ana oʻshalar u joylarga faqat qoʻrqqan hollaridagina kirishlari kerak edi-ku! Ularga bu dunyoda xorlik bordir va ularga oxiratda ulugʻ azob bordir.
- 115
وَلِلَّهِ ٱلْمَشْرِقُ وَٱلْمَغْرِبُ ۚ فَأَيْنَمَا تُوَلُّوا۟ فَثَمَّ وَجْهُ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ وَٰسِعٌ عَلِيمٌۭ
Wa lillaahil mashriqu walmaghrib; fa aynamaa tuwalloo fasamma wajhullaah; innal laaha waasi'un Aleem
Mashriqu magʻrib Allohnikidir, qayoqqa qarasangiz, Allohning yuzi bor. Albatta, Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir. [49]
[49] (Butun Yer yuzi — magʻribu mashriq musulmonlar uchun masjid qilingan. Chunki Yer yuzi Alloh taoloniki. Unga ibodat qilmoqchi boʻlgan odam har joyda ibodat qilaversa boʻlaveradi.)
- 116
وَقَالُوا۟ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ وَلَدًۭا ۗ سُبْحَٰنَهُۥ ۖ بَل لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ كُلٌّۭ لَّهُۥ قَٰنِتُونَ
Wa qaalut takhazal laahu waladan subhaanahoo bal lahoo maa fis samaawaati wal ardi kullul lahoo qaanitoon
Ular: «Alloh farzand tutdi», derlar. U pokdir. Albatta osmonlaru yerdagi barcha narsalar Unikidir. Hamma Unga boʻysunuvchidir.
- 117
بَدِيعُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَإِذَا قَضَىٰٓ أَمْرًۭا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ
Badree'us samaawaati wal ardi wa izaa qadaaa amran fa innamaa yaqoolu lahoo kun fayakoon
U osmonlaru yerni paydo qiluvchidir. Biror ishni qilmoqchi boʻlganida, unga: «Boʻl!» desa, boʻlaveradir. [50]
[50] (Kofirlar ushbu oyati karimada kelganidek, «Alloh oʻziga farzand tutdi», deydilar. Bu oyatlar tushayotgan paytda musulmonlar bilan yuzma-yuz toʻqnashib turgan uch toifa kofirlar uchchalasi ham ulkan jinoyatga borib, Allohga tuhmat qilishardi: Yahudiylar: «Uzayr Allohning oʻgʻli», deyishardi; nasorolar: «Iyso Masih Allohning oʻgʻli», deyishardi; kofirlarning uchinchi guruhi boʻlmish mushriklar: «Farishtalar Allohning qizlari», deyishardi. Islomiy tasavvurdan boshqa tasavvurlar falsafalarning katta xatosi Xoliq (yaratuvchi) bilan maxluq (yaratilmish) orasidagi farqni tushunmaslikdadir. Islom nazariyasi boʻyicha, mahluqlar tamom boshqa, Xoliq tamom boshqa mavjudlik. Xoliqning aslo oʻxshashi yoʻq, Uni tasavvurga sigʻdirib ham boʻlmaydi, maxluqqa qiyosan taʼriflanmaydi ham. Yaʼni, Allohning xotini ham, farzandi ham boʻlishi mumkin emas.)
- 118
وَقَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ لَوْلَا يُكَلِّمُنَا ٱللَّهُ أَوْ تَأْتِينَآ ءَايَةٌۭ ۗ كَذَٰلِكَ قَالَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِم مِّثْلَ قَوْلِهِمْ ۘ تَشَٰبَهَتْ قُلُوبُهُمْ ۗ قَدْ بَيَّنَّا ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يُوقِنُونَ
Wa qaalal lazeena laa ya'lamoona law laa yukallimunal laahu aw taateenaaa aayah; kazaalika qaalal lazeena min qablihim misla qawlihim; tashaabahat quloobuhum; qad baiyannal aayaati liqawminy yooqinoon
Bilmaydigan kimsalar: «Alloh biz bilan gaplashsa edi yoki moʻjiza kelsa edi», deyishdi. Ulardan oldingilar ham ularning soʻziga oʻxshash gapirgan edilar. Qalblari oʻxshash boʻldi. Batahqiq, Biz yaxshi biluvchi qavmlarga moʻjizalarni bayon qilganmiz.
- 119
إِنَّآ أَرْسَلْنَٰكَ بِٱلْحَقِّ بَشِيرًۭا وَنَذِيرًۭا ۖ وَلَا تُسْـَٔلُ عَنْ أَصْحَٰبِ ٱلْجَحِيمِ
Innaaa arsalnaaka bilhaqqi basheeranw wa nazeeranw wa laa tus'alu 'am Ashaabil Jaheem
Albatta, Biz seni haq bilan suyunchli xabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Va doʻzaxiylar haqida soʻralmassan.
- 120
وَلَن تَرْضَىٰ عَنكَ ٱلْيَهُودُ وَلَا ٱلنَّصَٰرَىٰ حَتَّىٰ تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ ۗ قُلْ إِنَّ هُدَى ٱللَّهِ هُوَ ٱلْهُدَىٰ ۗ وَلَئِنِ ٱتَّبَعْتَ أَهْوَآءَهُم بَعْدَ ٱلَّذِى جَآءَكَ مِنَ ٱلْعِلْمِ ۙ مَا لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا نَصِيرٍ
Wa lan tardaa 'ankal Yahoodu wa lan Nasaaraa hattaa tattabi'a millatahum; qul inna hudal laahi huwalhudaa; wa la'init taba'ta ahwaaa'ahum ba'dal lazee jaaa'aka minal 'ilmimaa laka minal laahi minw waliyyinw wa laa naseer
Sendan yahudiylar ham, nasroniylar ham ularning millatiga ergashmaguningcha hech-hech rozi boʻlmaslar. «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir», deb ayt. Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsang, seni Allohdan (qutqaruvchi) doʻst ham, yordamchi ham yoʻqdir.
- 121
ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَتْلُونَهُۥ حَقَّ تِلَاوَتِهِۦٓ أُو۟لَٰٓئِكَ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۗ وَمَن يَكْفُرْ بِهِۦ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ
Allazeena aatainaahumul Kitaaba yatloonahoo haqqa tilaawatiheee ulaaa'ika yu'minoona bi; wa mai yakfur bihee fa ulaaa'ika humul khaasiroon
Biz kitob berganlardan uni oʻrniga qoʻyib tilovat qiladiganlari, ana oʻshalari unga iymon keltiradir. Kim unga kufr keltirsa, ana oʻshalar oʻzlari yutqazganlardir. [51]
[51] (Agar yahudiylar haqiqiy Tavrotni insof bilan, oʻrniga qoʻyib oʻqisalar, Muhammad alayhissalomga iymon keltirish zarurligini tushunib yetadilar. Nasroniylar ham Injilni buzmasdan, insof bilan, oʻrniga qoʻyib oʻqisalar, Muhammad alayhissalomga iymon keltirish zarurligini anglab yetadilar. Kimki Qurʼoni Karimni insof bilan, oʻrniga qoʻyib oʻqisa, unga iymon keltirish zarurligini tushunib yetadi.)
- 122
يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتِىَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَنِّى فَضَّلْتُكُمْ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ
Yaa Baneee Israaa'eelaz-kuroo ni'matiyal lateee an'amtu 'alaikum wa annee faddaltukum 'alal 'aalameen
Ey, Bani Isroil, sizga bergan neʼmatlarimni va Men sizlarni olamlardan afzal qilib qoʻyganimni eslang!
- 123
وَٱتَّقُوا۟ يَوْمًۭا لَّا تَجْزِى نَفْسٌ عَن نَّفْسٍۢ شَيْـًۭٔا وَلَا يُقْبَلُ مِنْهَا عَدْلٌۭ وَلَا تَنفَعُهَا شَفَٰعَةٌۭ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ
Wattaqoo yawmal laa tajzee nafsun 'an nafsin shai 'anw wa laa yuqbalu minhaa 'adlunw wa laa tanfa'uhaa shafaa 'atunw wa laa hum yunsaroon
Bir jon boshqa jondan hech narsani ado qila olmaydigan, undan shafoat qabul qilinmaydigan, undan toʻlov olinmaydigan va ularga yordam berilmaydigan Kundan qoʻrqing!
- 124
۞ وَإِذِ ٱبْتَلَىٰٓ إِبْرَٰهِۦمَ رَبُّهُۥ بِكَلِمَٰتٍۢ فَأَتَمَّهُنَّ ۖ قَالَ إِنِّى جَاعِلُكَ لِلنَّاسِ إِمَامًۭا ۖ قَالَ وَمِن ذُرِّيَّتِى ۖ قَالَ لَا يَنَالُ عَهْدِى ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa izib talaaa Ibraaheema Rabbuho bi Kalimaatin fa atammahunna qaala Innee jaa'iluka linnaasi Imaaman qaala wa min zurriyyatee qaala laa yanaalu 'ahdiz zaalimeen
Ibrohimni Robbisi kalimalar ila sinab koʻrganda, u ularni batamom ado etganini esla! U zot: «Men, albatta, seni odamlarga imom qilmoqchiman» – dedi. U: «Zurriyotimdan hammi?» – dedi. U zot: «Zolimlar ahdimga hech qachon erisha olmaslar», – dedi.
- 125
وَإِذْ جَعَلْنَا ٱلْبَيْتَ مَثَابَةًۭ لِّلنَّاسِ وَأَمْنًۭا وَٱتَّخِذُوا۟ مِن مَّقَامِ إِبْرَٰهِۦمَ مُصَلًّۭى ۖ وَعَهِدْنَآ إِلَىٰٓ إِبْرَٰهِۦمَ وَإِسْمَٰعِيلَ أَن طَهِّرَا بَيْتِىَ لِلطَّآئِفِينَ وَٱلْعَٰكِفِينَ وَٱلرُّكَّعِ ٱلسُّجُودِ
Wa iz ja'alnal Baita masaabatal linnassi wa amnanw wattakhizoo mim Maqaami Ibraaheema musallaaa; wa 'ahidnaaa ilaaa Ibraaheema wa Ismaa'eela an tahhiraa Baitiya littaaa'ifeena wal'aakifeena warrukka'is sujood
«Uy»ni odamlar uchun masaba va omonlik joyi qilganimizni esla. Va Ibrohimning maqomini namozgoh tuting. Va Ibrohim va Ismoilga: «Uyimni tavof qiluvchilar, muqim turuvchilar, rukuʼ va sajda qiluvchilar uchun poklab qoʻyinglar», deb amr qildik. [52]
[52] («Masaba» ziyorat qilib toʻymaydigan makon.)
- 126
وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِۦمُ رَبِّ ٱجْعَلْ هَٰذَا بَلَدًا ءَامِنًۭا وَٱرْزُقْ أَهْلَهُۥ مِنَ ٱلثَّمَرَٰتِ مَنْ ءَامَنَ مِنْهُم بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ ۖ قَالَ وَمَن كَفَرَ فَأُمَتِّعُهُۥ قَلِيلًۭا ثُمَّ أَضْطَرُّهُۥٓ إِلَىٰ عَذَابِ ٱلنَّارِ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ
Wa iz qaala Ibraaheemu Rabbij 'al haazaa baladan aaminanw warzuq ahlahoo minas samaraati man aamana minhum billaahi wal yawmil aakhiri qaala wa man kafara faumatti'uhoo qaleelan summa adtarruhooo ilaa 'azaabin Naari wa bi'salmaseer
Ibrohimning: «Robbim, buni omonlik yurti qilgin va ahlidan Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar ila rizqlantirgin», deganini esla. U: «Kim kufr keltirsa, ozgina huzur baxsh etaman, soʻngra doʻzax azobiga majbur qilaman va u qanday ham yomon joy!» – dedi. [53]
[53] (Ushbu oyatda ikkinchi marta, endi Ibrohim alayhissalom tillaridan, Baytullohning omonlik maskani boʻlishi xabari kelyapti. Ammo, odobli, sermulahaza paygʻambar Ibrohim alayhissalom avvalgi darsdan saboq olib, Allohning mukofotini bu gal hammaga emas, balki moʻminlargagina soʻramoqdalar. Asosiy qoida esa oʻzgarmasdir: «Kim kufr keltirsa, ozgina huzur baxsh etaman, soʻngra doʻzax azobiga majbur qilaman va u qanday ham yomon joy!» «Ozgina huzur» kofirlar uchun bu dunyoda beriladigan zohiriy huzurdir. Soʻngra esa, oxiratda ularni doʻzax azobi kutadi.)
- 127
وَإِذْ يَرْفَعُ إِبْرَٰهِۦمُ ٱلْقَوَاعِدَ مِنَ ٱلْبَيْتِ وَإِسْمَٰعِيلُ رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Wa iz yarfa'u Ibraaheemul qawaa'ida minal Baitiwa Ismaa'eelu Rabbanaa taqabbal minnaa innaka Antas Samee'ul Aleem
Ibrohim bilan Ismoil «Ey Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sening Oʻzing eshituvchi, biluvchi Zotsan», deb Baytning poydevorlarini koʻtarayotganini esla.
- 128
رَبَّنَا وَٱجْعَلْنَا مُسْلِمَيْنِ لَكَ وَمِن ذُرِّيَّتِنَآ أُمَّةًۭ مُّسْلِمَةًۭ لَّكَ وَأَرِنَا مَنَاسِكَنَا وَتُبْ عَلَيْنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ
Rabbanaa waj'alnaa muslimaini laka wa min zurriyyatinaaa ummatam muslimatal laka wa arinaa manaasikanaa wa tub 'alainaa innaka antat Tawwaabur Raheem
«Robbimiz, ikkovimizni Oʻzingga musulmon boʻlganlardan qil va zurriyotimizdan ham Oʻzingga musulmon ummat qil, bizga ibodatlarimizni koʻrsat, tavbamizni qabul et. Albatta, Sening Oʻzing tavbalarni koʻplab qabul etuvchi, rahimli Zotsan.»
- 129
رَبَّنَا وَٱبْعَثْ فِيهِمْ رَسُولًۭا مِّنْهُمْ يَتْلُوا۟ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِكَ وَيُعَلِّمُهُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَيُزَكِّيهِمْ ۚ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Rabbanaa wab'as feehim Rasoolam minhum yatloo 'alaihim aayaatika wa yu'allimuhumul Kitaaba wal Hikmata wa yuzakkeehim; innaka Antal 'Azeezul Hakeem
Robbimiz, ularga oʻzlarining ichidan ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, kitobni va hikmatni oʻrgatadigan, ularni poklaydigan Paygʻambar yubor. Albatta, Sening Oʻzing Aziyz va hikmatli zotsan. [54]
[54] (Yuqoridagi oyatlar Baytullohning qurilish jarayonini jonlantirib koʻz oldimizga olib keladi. Ibrohim va Ismoil alayhissalomlar Baytullohni qurar ekanlar, fursatni qulay bilib, koʻngillaridagi duolarni ham qilib oldilar. Aqida ishi muhim ish, u moʻmin inson uchun eng ahamiyatli masaladir. Shuning uchun avvalgi oyatlarda ahli haramga rizq soʻragan ota-bola paygʻambarlar endi zurriyotlariga Allohdan iymon-islom soʻramoqdalar. Ular yana Allohdan: «Bizga ibodatlarimizni koʻrsat, tavbamizni qabul et», deb soʻrayaptilar. Biz, «ibodatlarimizni» deb tarjima qilgan soʻz arabchada «manasikana» deyilgan. «Manosik» soʻzi aslida ibodat maʼnosini anglatsa ham, urfda haj ibodatlari maʼnosida ishlatiladi. Shuning uchun bu duoda, mana, sening uyingni quryapmiz, endi uni haj qilishni ham oʻzing oʻrgat, maʼnosi boʻladi.)
- 130
وَمَن يَرْغَبُ عَن مِّلَّةِ إِبْرَٰهِۦمَ إِلَّا مَن سَفِهَ نَفْسَهُۥ ۚ وَلَقَدِ ٱصْطَفَيْنَٰهُ فِى ٱلدُّنْيَا ۖ وَإِنَّهُۥ فِى ٱلْءَاخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ
Wa manny yarghabu 'am-Millarti Ibraaheema illaa man safiha nafsah; wa laqadis tafainaahu fid-dunyaa wa innaho fil aakhirati laminas saaliheen
Oʻzini esi past sanaganlargina Ibrohimning millatidan yuz oʻgirur. Albatta, Biz uni bu dunyoda tanlab oldik va, albatta, u oxiratda solihlardan boʻlgay.
- 131
إِذْ قَالَ لَهُۥ رَبُّهُۥٓ أَسْلِمْ ۖ قَالَ أَسْلَمْتُ لِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Iz qaala lahoo Rabbuhooo aslim qaala aslamtu li Rabbil 'aalameen
Chunki Robbi unga: «Musulmon boʻl!» deganida, u: «Olamlarning Robbiga musulmon boʻldim», – dedi.
- 132
وَوَصَّىٰ بِهَآ إِبْرَٰهِۦمُ بَنِيهِ وَيَعْقُوبُ يَٰبَنِىَّ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصْطَفَىٰ لَكُمُ ٱلدِّينَ فَلَا تَمُوتُنَّ إِلَّا وَأَنتُم مُّسْلِمُونَ
Wa wassaa bihaaa Ibraaheemu baneehi wa Ya'qoob, yaa baniyya innal laahas tafaa lakumud deena falaa tamootunna illaa wa antum muslimoon
Ibrohim oʻsha(millat)ni bolalariga vasiyat qildi. Yaʼqub ham: «Ey bolalarim, albatta, Alloh sizlarga dinni tanladi, sizlar musulmon boʻlmasdan turib oʻlmassiz», – dedi.
- 133
أَمْ كُنتُمْ شُهَدَآءَ إِذْ حَضَرَ يَعْقُوبَ ٱلْمَوْتُ إِذْ قَالَ لِبَنِيهِ مَا تَعْبُدُونَ مِنۢ بَعْدِى قَالُوا۟ نَعْبُدُ إِلَٰهَكَ وَإِلَٰهَ ءَابَآئِكَ إِبْرَٰهِۦمَ وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِسْحَٰقَ إِلَٰهًۭا وَٰحِدًۭا وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ
Am kuntum shuhadaaa'a iz hadara Ya'qoobal mawtu iz qaala libaneehi maa ta'budoona mim ba'dee qaaloo na'budu ilaahaka wa ilaaha aabaaa'ika Ibraaheema wa Ismaa'eela wa Ishaaqa Ilaahanw waahidanw wa nahnu lahoo muslimoon
Yoki Yaʼqubga oʻlim hozir boʻlib, u oʻz bolalariga: «Mendan keyin nimaga ibodat qilasizlar?» deganida, ular: «Sening Ilohingga va otalaring Ibrohim, Ismoil va Isʼhoqning Ilohiga, yolgʻiz Ilohga ibodat qilamiz hamda biz Unga musulmon boʻluvchimiz», deganlarida guvoh boʻlganmisiz?!
- 134
تِلْكَ أُمَّةٌۭ قَدْ خَلَتْ ۖ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَلَكُم مَّا كَسَبْتُمْ ۖ وَلَا تُسْـَٔلُونَ عَمَّا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Tilka ummatun qad khalat lahaa maa kasabat wa lakum maa kasabtum wa laa tus'aloona 'ammaa kaano ya'maloon
Ular bir ummat edi, oʻtib ketdilar. Ularga oʻzlari kasb qilganlari boʻladi. Sizlarga oʻzingiz kasb qilganingiz boʻladir. Ularning qilgan amallaridan siz soʻralmassiz.
- 135
وَقَالُوا۟ كُونُوا۟ هُودًا أَوْ نَصَٰرَىٰ تَهْتَدُوا۟ ۗ قُلْ بَلْ مِلَّةَ إِبْرَٰهِۦمَ حَنِيفًۭا ۖ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ
Wa qaaloo koonoo Hoodan aw Nasaaraa tahtadoo; qul bal Millata Ibraaheema Haneefanw wa maa kaana minal mushrikeen
Ular: «Yahudiy yoki nasroniy boʻling, hidoyat topasiz», derlar. «Balki, Ibrohimning hanif millatiga (diniga) ergashamiz va u mushriklardan boʻlmagan», deb ayt. [55]
[55] (Yahudiy va nasroniylarning gapi bitta: unisi, yahudiy boʻling, hidoyat topasiz, desa, bunisi, nasroniy boʻling, hidoyat topasiz, deydi. Bunga javoban esa, Alloh Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga: «Yaxshisi hammamiz — sizlar ham, biz ham Ibrohim alayhissalomning hanif millatiga ergashaylik», deyishni buyurmoqda. «Hanif» degani barcha botil dinlarni tashlab haq din tomon burilishni anglatadi.)
- 136
قُولُوٓا۟ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْنَا وَمَآ أُنزِلَ إِلَىٰٓ إِبْرَٰهِۦمَ وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ وَٱلْأَسْبَاطِ وَمَآ أُوتِىَ مُوسَىٰ وَعِيسَىٰ وَمَآ أُوتِىَ ٱلنَّبِيُّونَ مِن رَّبِّهِمْ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍۢ مِّنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ
Qoolooo aamannaa billaahi wa maaa unzila ilainaa wa maaa unzila ilaaa Ibraaheema wa Ismaa'eela wa Ishaaqa wa Ya'qooba wal Asbaati wa maaootiya Moosa wa 'Eesaa wa maaa ootiyan Nabiyyoona mir Rabbihim laa nufaariq baina ahadim minhum wa nahnu lahoo muslimoon
Aytinglar: «Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub, asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso va Iysoga berilgan narsaga va Paygʻambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik. Ularning orasidan birortasini farqlamasmiz va biz Unga musulmonlarmiz». [56]
[56] (Qurʼoni Karimda zikri kelgan «asbotlar»dan murod — Yaʼqub alayhissalomning oʻn ikki nafar oʻgʻlidan tarqalgan zurriyotlari. Demak, musulmonlar ularning paygʻambarliklariga ham iymon keltirishlari lozim.)
- 137
فَإِنْ ءَامَنُوا۟ بِمِثْلِ مَآ ءَامَنتُم بِهِۦ فَقَدِ ٱهْتَدَوا۟ ۖ وَّإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنَّمَا هُمْ فِى شِقَاقٍۢ ۖ فَسَيَكْفِيكَهُمُ ٱللَّهُ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Fa in aamanoo bimisli maaa aamantum bihee faqadih tadaw wa in tawallaw fa innamaa hum fee shiqaaq; fasayakfeekahumul laah; wa Huwas Samee'ul Aleem
Agar siz iymon keltirganga oʻxshash iymon keltirsalar, batahqiq, hidoyat toparlar. Va agar yuz oʻgirsalar, bas, albatta, ular xilofdan boshqa narsada boʻlmaslar. Alloh senga ular (yomonligi)dan kifoya qilur. Va U eshituvchi, biluvchi Zotdir.
- 138
صِبْغَةَ ٱللَّهِ ۖ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ ٱللَّهِ صِبْغَةًۭ ۖ وَنَحْنُ لَهُۥ عَٰبِدُونَ
Sibghatal laahi wa man ahsanu minal laahi sibghatanw wa nahnu lahoo 'aabidoon
Allohning boʻyogʻini (lozim tuting). Allohning boʻyogʻidan chiroyliroq boʻyoq berguvchi kim bor?! Va biz Unga ibodat qiluvchilarmiz. [57]
[57] (Oyatdagi «boʻyoq» kalimasi ramzan dinni anglatadi. Insonni goʻzal qilib koʻrsatadigan narsa dindir. Haqiqiy dindor shaxsda uning alomatlari yaqqol koʻzga tashlanib turadi. Shu maʼnoda, inson agar goʻzal boʻlish uchun turli boʻyoqlardan — din va tuzumlardan birini tanlashi lozim boʻlsa, nimani tanlashi kerak? Albatta, hech qanday gap-soʻzsiz, Allohning boʻyogʻini (dinini) tutishi lozim. Chunki Allohning boʻyogʻidan (dinidan) oʻzga chiroyliroq boʻyoq yoʻq!)
- 139
قُلْ أَتُحَآجُّونَنَا فِى ٱللَّهِ وَهُوَ رَبُّنَا وَرَبُّكُمْ وَلَنَآ أَعْمَٰلُنَا وَلَكُمْ أَعْمَٰلُكُمْ وَنَحْنُ لَهُۥ مُخْلِصُونَ
Qul atuhaaajjoonanaa fil laahi wa Huwa Rabbunaa wa Rabbukum wa lanaa a'maalunaa wa lakum a'maalukum wa nahnu lahoo mukhlisson
Ayt: «Biz bilan Alloh haqida tortishasizmi?! Va holbuki, U bizning Robbimiz va sizning Robbingiz, bizning oʻz amallarimiz bor, sizning oʻz amallaringiz bor. Va biz Unga muxlismiz».
- 140
أَمْ تَقُولُونَ إِنَّ إِبْرَٰهِۦمَ وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ وَٱلْأَسْبَاطَ كَانُوا۟ هُودًا أَوْ نَصَٰرَىٰ ۗ قُلْ ءَأَنتُمْ أَعْلَمُ أَمِ ٱللَّهُ ۗ وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَتَمَ شَهَٰدَةً عِندَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
Am taqooloona inna Ibraaheema wa Ismaa'eela wa Ishaaq wa Ya'qooba wal asbaata kaanoo Hoodan aw Nasaaraa; qul 'a-antum a'lamu amil laah; wa man azlamu mimman katama shahaadatan 'indahoo minallaah; wa mallaahu bighaafilin 'ammaa ta'maloon
Yoki: «Albatta, Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub va asbotlar yahudiy va nasroniy boʻlgan», deysizlarmi?! «Sizlar bilimdonroqmi yoki Allohmi?» degin. Huzuridagi Allohdan boʻlgan guvohlikni berkitgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Va Alloh qilayotgan ishlaringizdan gʻofil emasdir.
- 141
تِلْكَ أُمَّةٌۭ قَدْ خَلَتْ ۖ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَلَكُم مَّا كَسَبْتُمْ ۖ وَلَا تُسْـَٔلُونَ عَمَّا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Tilka ummatun qad khalat lahaa maa kasabat wa lakum maa kasabtum wa laa tus'aloona 'ammaa kaano ya'maloo
Ular bir ummat edilar, oʻtib ketdilar. Ularga oʻzlari kasb qilganlari boʻlur. Sizlarga oʻzingiz kasb qilganingiz boʻladir. Ularning qilgan amallaridan sizlar soʻralmassiz.
- 142
۞ سَيَقُولُ ٱلسُّفَهَآءُ مِنَ ٱلنَّاسِ مَا وَلَّىٰهُمْ عَن قِبْلَتِهِمُ ٱلَّتِى كَانُوا۟ عَلَيْهَا ۚ قُل لِّلَّهِ ٱلْمَشْرِقُ وَٱلْمَغْرِبُ ۚ يَهْدِى مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ
Sayaqoolus sufahaaa'u minan naasi maa wallaahum 'an Qiblatihimul latee kaanoo 'alaihaa; qulo lillaahil mashriqu walmaghrib; yahdee mai yashaaa'u ilaa Siraatim Mustaqeem
Odamlardan esi pastlari: «Bularni qiblalaridan nima yuz oʻgirtirdi ekan?» derlar. Sen: «Mashriqu magʻrib Allohniki, kimni xohlasa, oʻshani toʻgʻri yoʻlga boshlaydir», deb ayt. [58]
[58] (Oyati karima kelajakda roʻy beradigan muhim bir ishning xabarini bermoqda. Vaqti yetib, Allohning amri ila qibla Baytul Maqdisdan Kaʼbai Muazzamaga oʻzgartirilganda, yaʼni musulmonlar avvalgi qiblani qoʻyib boshqasiga yuz oʻgirganlarida, yahudiylar — odamlardan esi pastlari, bularni qiblalaridan nima yuz oʻgirtirdi ekan, deydilar. Bunday koʻngilsiz gaplar boʻlishini avvaldan bildirib qoʻyayotganining bir boisi, boʻlgʻusi yomon taʼsirni kesishdir.)
- 143
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَٰكُمْ أُمَّةًۭ وَسَطًۭا لِّتَكُونُوا۟ شُهَدَآءَ عَلَى ٱلنَّاسِ وَيَكُونَ ٱلرَّسُولُ عَلَيْكُمْ شَهِيدًۭا ۗ وَمَا جَعَلْنَا ٱلْقِبْلَةَ ٱلَّتِى كُنتَ عَلَيْهَآ إِلَّا لِنَعْلَمَ مَن يَتَّبِعُ ٱلرَّسُولَ مِمَّن يَنقَلِبُ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ ۚ وَإِن كَانَتْ لَكَبِيرَةً إِلَّا عَلَى ٱلَّذِينَ هَدَى ٱللَّهُ ۗ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُضِيعَ إِيمَٰنَكُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِٱلنَّاسِ لَرَءُوفٌۭ رَّحِيمٌۭ
Wa kazaalika ja'alnaakum ummatanw wasatal litakoonoo shuhadaaa'a 'alan naasi wa yakoonar Rasoolu 'alaikum shaheedaa; wa maa ja'alnal qiblatal latee kunta 'alaihaaa illaa lina'lama mai yattabi'ur Rasoola mimmai yanqalibu 'alaa 'aqibayh; wa in kaanat lakabeeratan illaa 'alal lazeena hadal laah; wa maa kaanal laahu liyudee'a eemaanakum; innal laaha binnaasi la Ra'oofur Raheem
Shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh boʻlishingiz va Paygʻambar sizlarning ustingizdan guvoh boʻlishi uchun oʻrta millat qildik. Sen avval yuzlangan qiblani, faqat, ortga burilib ketadiganlar kim-u, Paygʻambarga ergashuvchilar kim ekanini bilish uchungina qilganmiz. Garchi bu ish Alloh hidoyatga solganlardan boshqalarga ogʻir boʻlsa ham. Alloh iymoningizni zoye qilmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahimlidir. [59]
[59] (Alloh taolo musulmonlarni oʻrta ummat qilgan. Biz «oʻrta» deb tarjima qilgan soʻz arabchada «vasat» deb kelgan va yaxshi, oʻrta, markaz va adolatli maʼnolarini anglatadi. «Oʻrta» maʼnoda koʻproq ishlatilgani uchun tarjimaga shu maʼno ixtiyor qilindi. Oʻrtaning yaxshi deyilayotganiga bois shuki, chetlar chet boʻlgani uchun ham har xil taʼsirlarga koʻp uchraydi va buzilish ehtimoli koʻproq. Ammo oʻrta buzilmay, yaxshi holicha qoladi. Oʻrtaga adolat maʼnosi berilishining sababi esa, «oʻrta» atroflarga nisbatan bir xil turadi, biror tomonga ogʻib, adolatni buzmaydi. Oyatdan, xuddi sizlar oʻzlaringiz oʻrta ummat boʻlganingiz uchun qiblalaringizni ham shundoq qildik, degan maʼno chiqadi.)
- 144
قَدْ نَرَىٰ تَقَلُّبَ وَجْهِكَ فِى ٱلسَّمَآءِ ۖ فَلَنُوَلِّيَنَّكَ قِبْلَةًۭ تَرْضَىٰهَا ۚ فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ۚ وَحَيْثُ مَا كُنتُمْ فَوَلُّوا۟ وُجُوهَكُمْ شَطْرَهُۥ ۗ وَإِنَّ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ لَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ
Qad naraa taqalluba wajhika fis samaaa'i fala nuwalliyannaka qiblatan tardaahaa; fawalli wajhaka shatral Masjidil haaraam; wa haisu maa kuntum fawalloo wujoohakum shatrah; wa innal lazeena ootul Kitaaba laya'lamoona annahul haqqu mir Rabbihim; wa mal laahu bighaafilin 'ammaa ya'maloon
Goho yuzingning osmonga tez-tez burilganini koʻrurmiz. Bas, albatta, seni oʻzing rozi boʻlgan qiblaga qaraturmiz. Yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qayerda boʻlsangiz ham, yuzingizni u tomon buringiz. Albatta, kitob berilganlar uning Robbilaridan boʻlgan haq ekanini bilurlar. Va Alloh ularning qilayotgan amallaridan gʻofil emasdir.
- 145
وَلَئِنْ أَتَيْتَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ بِكُلِّ ءَايَةٍۢ مَّا تَبِعُوا۟ قِبْلَتَكَ ۚ وَمَآ أَنتَ بِتَابِعٍۢ قِبْلَتَهُمْ ۚ وَمَا بَعْضُهُم بِتَابِعٍۢ قِبْلَةَ بَعْضٍۢ ۚ وَلَئِنِ ٱتَّبَعْتَ أَهْوَآءَهُم مِّنۢ بَعْدِ مَا جَآءَكَ مِنَ ٱلْعِلْمِ ۙ إِنَّكَ إِذًۭا لَّمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa la'in ataital lazeena ootul kitaaba bikulli aayatim maa tabi'oo Qiblatak; wa maaa anta bitaabi'in Qiblatahum; wa maa ba'duhum bitaabi''in Qiblata ba'd; wa la'init taba'ta ahwaaa;ahum mim ba'di maa jaaa'aka minal 'ilmi innaka izal laminaz zaalimeen
Agar kitob berilganlarga barcha hujjatlarni keltirsang ham, sening qiblangga ergashmaslar. Sen ham ularning qiblasiga ergashuvchi emassan. Va ular bir-birlarining qiblasiga ergashuvchi emaslar. Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsang, unda, albatta, zolimlardan boʻlursan. [60]
[60] (Ushbu oyati karimada ahli kitoblarning tabiati, feʼlidagi muhim nuqta tushuntirilyapti: ularga hujjat-mujjat kerak emas, ularning Islomga nisbatan dushmanliklari dalil va tushunchaning yetishmasligidan emas, balki bilib, tushunib turib qilinayotgan dushmanlikdir. Ahli kitoblar qiblangga ergashmaydilar, deyilishidan ham qibla butun boshli din va millatning ramzi ekanligi koʻrinib turibdi.)
- 146
ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَعْرِفُونَهُۥ كَمَا يَعْرِفُونَ أَبْنَآءَهُمْ ۖ وَإِنَّ فَرِيقًۭا مِّنْهُمْ لَيَكْتُمُونَ ٱلْحَقَّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
Allazeena aatainaahumul kitaaba ya'rifoonahoo kamaa ya'rifoona abnaaa'ahum wa inna fareeqam minhum layaktumoonal haqqa wa hum ya'lamoon
Kitob berilganlar uni xuddi bolalarini tanigandek tanirlar. Va, albatta, ulardan bir guruhlari bilib turib haqni berkitarlar. [61]
[61] (Inson oʻz bolasini hammadan yaxshi taniydi. Chunki bola uning jigarbandi, unda oʻzining qoni, his-tuygʻulari va butun vujudi aksini topgan. Baʼzi hollarda bolaning oʻzi u yoqda tursin, hididan ham taniydi. Shunga qiyosan zarbulmasal qilib aytilyaptiki, «Kitob berilganlar uni (Muhammad alayhissalomni) xuddi bolalarini tanigandek taniydilar». Chunki ularning muqaddas kitoblari Tavrot va Injilda oxirzamon Paygʻambari haqida oydin xabarlar kelgan. Yahudiylardan insoflilari oʻsha xabar asosida Paygʻambar alayhissalomga iymon keltirib, sahobalik baxtiga muyassar boʻlganlar. Lekin ahli kitoblardan bir guruhlari haqni bilib turib, hasad qilishib, berkitadilar. Shu jumladan, qibla haqidagi ilmni ham. Ulardagi mavjud hasad va haq doimo oʻzini koʻrsatib turadi.)
- 147
ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُمْتَرِينَ
Alhaqqu mir Rabbika falaa takoonana minal mumtareen
Bu haq Robbingdandir, hechhech shak qiluvchilardan boʻlma.
- 148
وَلِكُلٍّۢ وِجْهَةٌ هُوَ مُوَلِّيهَا ۖ فَٱسْتَبِقُوا۟ ٱلْخَيْرَٰتِ ۚ أَيْنَ مَا تَكُونُوا۟ يَأْتِ بِكُمُ ٱللَّهُ جَمِيعًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ
Wa likullinw wijhatun huwa muwalleehaa fastabiqul khairaat; ayna maa takoonoo yaati bikumullaahu jamee'aa; innal laaha 'alaa kulli shai'in qadeer
Har kimning yuzlanadigan tarafi bor. U oʻshanga boqadir. Yaxshiliklarga shoshiling. Qayerda boʻlsangiz ham, Alloh sizlarni jamlaydir. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
- 149
وَمِنْ حَيْثُ خَرَجْتَ فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ۖ وَإِنَّهُۥ لَلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
Wa min haisu kharajta fawalli wajhaka shatral Masjidil Haraami wa innahoo lalhaqqu mir Rabbik; wa mallaahu bighaafilin 'ammaa ta'maloon
Qayerdan chiqsang ham, yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Va, albatta, bu Robbingdan boʻlgan haqdir. Va Alloh siz qilayotgan narsadan gʻofil emasdir.
- 150
وَمِنْ حَيْثُ خَرَجْتَ فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ۚ وَحَيْثُ مَا كُنتُمْ فَوَلُّوا۟ وُجُوهَكُمْ شَطْرَهُۥ لِئَلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَيْكُمْ حُجَّةٌ إِلَّا ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْهُمْ فَلَا تَخْشَوْهُمْ وَٱخْشَوْنِى وَلِأُتِمَّ نِعْمَتِى عَلَيْكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
Wa min haisu kharajta fawalli wajhaka shatral Masjidil Haraam; wa haisu maa kuntum fawalloo wujoohakum shatrahoo li'allaa yakoona linnaasi 'alaikum hujjatun illal lazeena zalamoo minhum falaa takhshawhum wakhshawnee wa liutimma ni'matee 'alaikum wa la'allakum tahtadoon
Va qayerdan chiqsang ham, yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qayerda boʻlsangiz ham, yuzingizni u tomonga buring. Odamlarda sizga qarshi hujjat boʻlmasligi uchun. Ulardan zulm qilganlaridan qoʻrqmanglar, Mendan qoʻrqinglar. Va sizga neʼmatimni batamom etish uchun, shoyadki, hidoyat topsangiz.
- 151
كَمَآ أَرْسَلْنَا فِيكُمْ رَسُولًۭا مِّنكُمْ يَتْلُوا۟ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِنَا وَيُزَكِّيكُمْ وَيُعَلِّمُكُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَيُعَلِّمُكُم مَّا لَمْ تَكُونُوا۟ تَعْلَمُونَ
kamaaa arsalnaa feekum Rasoolam minkum yatloo 'alaikum aayaatina wa yuzakkeekum wa yu'alli mukumul kitaaba wal hikmata wa yu'allimukum maa lam takoonoo ta'lamoon
Shuningdek, ichingizga oʻzingizdan, sizlarga oyatlarimizni tilovat qiladigan, sizlarni poklaydigan, sizlarga kitobni, hikmatni va bilmaydigan narsalaringizni oʻrgatadigan Paygʻambar yubordik.
- 152
فَٱذْكُرُونِىٓ أَذْكُرْكُمْ وَٱشْكُرُوا۟ لِى وَلَا تَكْفُرُونِ
Fazkurooneee azkurkum washkuroo lee wa laa takfuroon
Bas, Meni eslangiz, sizni eslarman. Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz.
- 153
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱسْتَعِينُوا۟ بِٱلصَّبْرِ وَٱلصَّلَوٰةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ
Yaaa ayyuhal laazeena aamanus ta'eenoo bissabri was Salaah; innal laaha ma'as-saabireen
Ey, iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila madad soʻranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir. [62]
[62] (Demak, moʻmin-musulmon banda mazkur qiyinchiliklarni yengish uchun katta miqdordagi sabrga ega boʻlishi kerak. Ammo hamma narsaning chegarasi boʻlganidek, gohida sabr ham tugashi, susayishi mumkin, bunday holatda namoz yordamga keladi. Namoz bitmas-tuganmas yordamchi, kuchga-kuch, quvvatga-quvvat baxsh etuvchi, qalbga madad beruvchi, sabrga-sabr qoʻshuvchi, sokinlik va xotirjamlik manbaidir. U ojiz, zaif odamni quvvat va yordamning asl manbai boʻlmish Alloh taologa bogʻlovchi vositadir.)
- 154
وَلَا تَقُولُوا۟ لِمَن يُقْتَلُ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ أَمْوَٰتٌۢ ۚ بَلْ أَحْيَآءٌۭ وَلَٰكِن لَّا تَشْعُرُونَ
Wa laa taqooloo limai yuqtalu fee sabeelil laahi amwaat; bal ahyaaa'unw wa laakil laa tash'uroon
Allohning yoʻlida qatl boʻlganlarni «oʻliklar» demang. Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmassiz.
- 155
وَلَنَبْلُوَنَّكُم بِشَىْءٍۢ مِّنَ ٱلْخَوْفِ وَٱلْجُوعِ وَنَقْصٍۢ مِّنَ ٱلْأَمْوَٰلِ وَٱلْأَنفُسِ وَٱلثَّمَرَٰتِ ۗ وَبَشِّرِ ٱلصَّٰبِرِينَ
Wa lanablu wannakum bishai'im minal khawfi waljoo'i wa naqsim minal amwaali wal anfusi was samaraat; wa bashshiris saabireen
Albata, Biz sizlarni bir oz qoʻrqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber.
- 156
ٱلَّذِينَ إِذَآ أَصَٰبَتْهُم مُّصِيبَةٌۭ قَالُوٓا۟ إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّآ إِلَيْهِ رَٰجِعُونَ
Allazeena izaaa asaabathum museebatun qaalooo innaa lillaahi wa innaaa ilaihi raaji'oon
Ular musiybat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz», derlar.
- 157
أُو۟لَٰٓئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَٰتٌۭ مِّن رَّبِّهِمْ وَرَحْمَةٌۭ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُهْتَدُونَ
Ulaaa'ika 'alaihim salawaatun mir Rabbihim wa rahma; wa ulaaa'ika humul muhtadoon
Ana oʻshalarga Robbilaridan salovotlar va rahmat bor. Ana oʻshalar hidoyat topganlardir. [63]
[63] (Bu ulkan tarbiyaning yorqin misolidir. Shuncha sinov va mashaqqatlarga mukofot qilib gʻalaba, nusrat va boshqa narsalar emas, Allohning salovatlari, mehri va shafqati hamda rahmati vaʼda qilinmoqda! Shuning uchun moʻminlar doimo Allohning roziligini koʻzlab ish qilishlari lozim boʻladi. Bu dunyoda hosil boʻladigan baʼzi bir natijalar oxirgi maqsad boʻlib qolmasligi kerak. Hatto aqidaning gʻolib kelishi ham yuqorida aytilgan mukofotning oʻrnini bosa olmaydi.)
- 158
۞ إِنَّ ٱلصَّفَا وَٱلْمَرْوَةَ مِن شَعَآئِرِ ٱللَّهِ ۖ فَمَنْ حَجَّ ٱلْبَيْتَ أَوِ ٱعْتَمَرَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِ أَن يَطَّوَّفَ بِهِمَا ۚ وَمَن تَطَوَّعَ خَيْرًۭا فَإِنَّ ٱللَّهَ شَاكِرٌ عَلِيمٌ
Innas Safaa wal-Marwata min sha'aaa'iril laahi faman hajjal Baita awi'tamara falaa junaaha 'alaihi ai yattawwafa bihimaa; wa man tatawwa'a khairan fa innal laaha Shaakirun'Aleem
Albatta, Safo va Marva Allohning (dinining) belgilaridandir. Kim Baytullohni haj yoki umra qilsa, ikkovlari oʻrtasida saʼyi qilish gunoh emas. Kim yaxshilikni xolisona qilsa, bas, albatta, Alloh Shakur(oz amal uchun koʻp savob beruvchi) va biluvchidir. [64]
[64] (Oyatda Alloh taolo: «Kim Baytullohni haj yoki umra qilsa, ikkovlari oʻrtasida saʼy qilishi gunoh emas», deydi. Ushbu oyat hujjat boʻlib shariatimizda Safo va Marva tepaliklari oʻrtasida saʼyi qilish vojib amal, deb belgilangan. Oyatda saʼyi qilish vojib boʻladi, deyish oʻrniga, «Saʼyi qilish gunoh boʻlmaydi», deyilishining boisi shuki, ikkala tepalikda but borligi uchun, saʼyi qilish mushriklarning ishi, gunoh boʻladi, deb oʻylab musulmonlar saʼyi qilmay qoʻygan edilar. Shuning uchun Alloh taolo gunoh boʻlmaydi, saʼyi qilinglar, demoqda.)
- 159
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَآ أَنزَلْنَا مِنَ ٱلْبَيِّنَٰتِ وَٱلْهُدَىٰ مِنۢ بَعْدِ مَا بَيَّنَّٰهُ لِلنَّاسِ فِى ٱلْكِتَٰبِ ۙ أُو۟لَٰٓئِكَ يَلْعَنُهُمُ ٱللَّهُ وَيَلْعَنُهُمُ ٱللَّٰعِنُونَ
Innal lazeena yaktumoona maaa anzalnaa minal baiyinaati walhudaa mim ba'di maa baiyannaahu linnaasi fil kitaabi ulaaa'ika yal'anuhumul laahu wa yal'anuhumul laa 'inoon
Albatta, Biz nozil qilgan ravshan oyatlarni va hidoyatni odamlarga kitobda bayon qilib berganimizdan keyin berkitganlarni — oʻshalarni Alloh laʼnatlaydir. Va laʼnatlovchilar laʼnatlaydir.
- 160
إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُوا۟ وَأَصْلَحُوا۟ وَبَيَّنُوا۟ فَأُو۟لَٰٓئِكَ أَتُوبُ عَلَيْهِمْ ۚ وَأَنَا ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ
Illal lazeena taaboo wa aslahoo wa baiyanoo fa ulaaa'ika atoobu 'alaihim; wa Anat Tawwaabur Raheem
Magar tavba qilib, ahli solih boʻlib, bayon qilganlarning, ana oʻshalarning tavbasini qabul qilurman. Va Men tavbalarni koʻplab qabul qiluvchi va rahimlidirman.
- 161
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَمَاتُوا۟ وَهُمْ كُفَّارٌ أُو۟لَٰٓئِكَ عَلَيْهِمْ لَعْنَةُ ٱللَّهِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ
Innal lazeena kafaroo wamaa too wa hum kuffaarun ulaaa'ika 'alaihim la 'natul laahi walmalaa'ikati wannaasi ajma'een
Albatta, kufr keltirgan va kofirlik holida oʻlganlarga, ana oʻshalarga Allohning, farishtalarning va odamlarning — barchaning laʼnati boʻlgay.
- 162
خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ لَا يُخَفَّفُ عَنْهُمُ ٱلْعَذَابُ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ
khaalideena feeha laa yukhaffafu 'anhumul 'azaabu wa laa hum yunzaroon
Unda abadiy boʻlurlar. Ulardan azob yengillatilmas. Va ularga nazar ham solinmas.
- 163
وَإِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ ۖ لَّآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلرَّحْمَٰنُ ٱلرَّحِيمُ
Wa ilaahukum illaahunw waahid, laaa ilaaha illaa Huwar Rahmaanur Raheem
Va ilohingiz bir ilohdir. Rohman va Rohiym boʻlmish Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻqdir.
- 164
إِنَّ فِى خَلْقِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱخْتِلَٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَٱلْفُلْكِ ٱلَّتِى تَجْرِى فِى ٱلْبَحْرِ بِمَا يَنفَعُ ٱلنَّاسَ وَمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن مَّآءٍۢ فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَآبَّةٍۢ وَتَصْرِيفِ ٱلرِّيَٰحِ وَٱلسَّحَابِ ٱلْمُسَخَّرِ بَيْنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَعْقِلُونَ
Inna fee khalqis samaawaati wal ardi wakhtilaafil laili wannahaari walfulkil latee tajree fil hahri bimaa yanfa'unnaasa wa maaa anzalal laahu minas samaaa'i mim maaa'in fa ahyaa bihil arda ba'da mawtihaa wa bas sa feehaa min kulli daaabbatinw wa tasreefir riyaahi wassahaabil musakhkhari bainas samaaa'i wal ardi la aayaatil liqawminy ya'qiloon
Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida, kechayu kunduzning almashib turishida, odamlarga manfaatli narsalari ila dengizda yurib turgan kemada, Allohning osmondan suv tushirib, u bilan oʻlgan yerni tiriltirishi va unda turli jondorlarni taratishida, shamollarni yoʻnaltirishida, osmonu yer orasidagi itoatgoʻy bulutda aql yurituvchi qavmlar uchun belgilar bor. [65]
[65] (Ushbu oyatlarda zikr qilingan holatlarni doim koʻrib, ularning ichida yashab yuramiz. Shu qadar koʻnikib ketganmizki, alohida eʼtibor bermay qoʻyganmiz. Holbuki, bularning har biri Alloh taoloning borligiga katta bir dalildir. Darhaqiqat, insof bilan, aqlni joyiga qoʻyib, bir oʻylab koʻraylik-chi: osmonlaru Yerni kim yaratgan? Osmonlarning chegarasini hali birov chegaralab bilgani yoʻq. Undagi bor narsalar, hamma-hammasini kim yaratgan? Allohning borligini inkor qilayotgan xudosizlarmi? Yoki boshqa birorta yaratuvchi bormi?)
- 165
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَتَّخِذُ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَندَادًۭا يُحِبُّونَهُمْ كَحُبِّ ٱللَّهِ ۖ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَشَدُّ حُبًّۭا لِّلَّهِ ۗ وَلَوْ يَرَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ إِذْ يَرَوْنَ ٱلْعَذَابَ أَنَّ ٱلْقُوَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًۭا وَأَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعَذَابِ
Wa minan naasi mai yattakhizu min doonil laahi andaadai yuhibboonahum kahubbil laahi wallazeena aamanooo ashaddu hubbal lillah; wa law yaral lazeena zalamoo iz yarawnal 'azaaba annal quwwata lillaahi jamee'anw wa annallaaha shadeedul 'azaab
Odamlar ichida Allohdan oʻzga tengdoshlarni tutadiganlar va ularni Allohni sevgandek sevadiganlar bor. Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari qattiqdir. Zulm qilganlar azobni koʻrgan chogʻlarida, albatta, barcha quvvat Allohga xosligini va, albatta, Allohning azobi shiddatli ekanini bilsalar edi!
- 166
إِذْ تَبَرَّأَ ٱلَّذِينَ ٱتُّبِعُوا۟ مِنَ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوا۟ وَرَأَوُا۟ ٱلْعَذَابَ وَتَقَطَّعَتْ بِهِمُ ٱلْأَسْبَابُ
Iz tabarra al lazeenat tubi'oo minal lazeenattaba'oo wa ra awul 'azaaba wa taqatta'at bihimul asbaab
U paytda peshvolar (oʻzlariga) ergashganlardan tonarlar va ular azobni koʻrarlar, ularning bogʻlanishlari kesilur.
- 167
وَقَالَ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوا۟ لَوْ أَنَّ لَنَا كَرَّةًۭ فَنَتَبَرَّأَ مِنْهُمْ كَمَا تَبَرَّءُوا۟ مِنَّا ۗ كَذَٰلِكَ يُرِيهِمُ ٱللَّهُ أَعْمَٰلَهُمْ حَسَرَٰتٍ عَلَيْهِمْ ۖ وَمَا هُم بِخَٰرِجِينَ مِنَ ٱلنَّارِ
Wa qaalal lazeenat taba'oo law anna lanaa karratan fanatabarra a minhum kamaa tabarra'oo minnaa; kazaalika yureehimullaahu a'maalahum hasaraatin 'alaihim wa maa hum bikhaarijeena minan Naar
Va ergashganlar: «Qani endi bizga bir ortga qaytish boʻlsa edi, bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonar edik», derlar. Shunday qilib, Alloh ularga amallarining oʻzlariga hasrat boʻlganini koʻrsatur. Va ular doʻzaxdan chiquvchi emaslar. [66]
[66] (Qiyomatdan bir koʻrinish: hamma oʻzi bilan ovora, birov bilan birovning ishi yoʻq. Peshvolar, boshliqlar, bu dunyoda boshqalarni oʻz ortidan ergashtirib yurganlar oʻzlariga ergashganlardan tonadilar. Chunki oʻzining ishi chatoq boʻlib turganda, boshqaning tashvishi ortiqcha boʻladi ularga. Azobni koʻrgach, oralaridagi barcha bogʻlanishlar, aloqalar, yaqinliklar kesiladi.)
- 168
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ كُلُوا۟ مِمَّا فِى ٱلْأَرْضِ حَلَٰلًۭا طَيِّبًۭا وَلَا تَتَّبِعُوا۟ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِ ۚ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّۭ مُّبِينٌ
Yaaa ayyuhan naasu kuloo mimmaa fil ardi halaalan taiyibanw wa laa tattabi'oo khutu waatish Shaitaan; innahoo lakum 'aduwwum mubeen
Ey odamlar! Yer yuzidagi narsalardan halol-poklarini yenglar. Va shayton izidan ergashmanglar, chunki u sizlarga ochiq dushmandir. [67]
[67] (Oyati karima halol-pok rizqlarni yeyishga zid qilib shaytonning izidan ergashish qoʻyilmoqda. Yaʼni, shaytonning yoʻlida yurganlargina halol-pok yemaydilar, deganidir bu. Shayton insonlarga halol yedirmaslik bilan ularni Allohning itoatidan chiqaradi. Shaytonning yetoviga tushib qolgan nodon inson esa, halol-haromni farqlamay naqadar ulkan gunoh qilayotganini oʻzi bilmaydi, hatto his etmaydigan darajaga tushadi.)
- 169
إِنَّمَا يَأْمُرُكُم بِٱلسُّوٓءِ وَٱلْفَحْشَآءِ وَأَن تَقُولُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Innamaa yaamurukum bissooo'i walfahshaaa'i wa an taqooloo alal laahi maa laa ta'lamoon
Albatta, u sizlarni yomon va fahsh ishlarga hamda Allohga qarshi bilmagan narsangizni gapirishingizga buyuradir.
- 170
وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّبِعُوا۟ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ قَالُوا۟ بَلْ نَتَّبِعُ مَآ أَلْفَيْنَا عَلَيْهِ ءَابَآءَنَآ ۗ أَوَلَوْ كَانَ ءَابَآؤُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ شَيْـًۭٔا وَلَا يَهْتَدُونَ
Wa izaa qeela lahumuttabi'oo maaa anzalal laahu qaaloo bal nattabi'u maaa alfainaa 'alaihi aabaaa'anaaa; awalaw kaana aabaaa'hum laa ya'qiloona shai'anw wa laa yahtadoon
Ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga ergashingiz», deyilsa, ular: «Yoʻq, biz otalarimizni nimada topsak, shunga ergashamiz», derlar. Otalari hech narsaga aqli yetmagan va hidoyat topmagan boʻlsalar ham-a?!
- 171
وَمَثَلُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ كَمَثَلِ ٱلَّذِى يَنْعِقُ بِمَا لَا يَسْمَعُ إِلَّا دُعَآءًۭ وَنِدَآءًۭ ۚ صُمٌّۢ بُكْمٌ عُمْىٌۭ فَهُمْ لَا يَعْقِلُونَ
Wa masalul lazeena kafaroo kamasalil lazee yan'iqu bimaa laa yasma'u illaa du'aaa'anw wa nidaaa'aa; summum bukmun 'umyun fahum laa ya'qiloon
Kufr keltirganlar misoli xuddi qichqiriq va sasdan boshqa narsani eshitmaydiganlarga baqirayotganga oʻxshaydi. Ular kar, soqov va koʻrdirlar. Ular aql ishlatmaslar. [68]
[68] (Alloh taolo bu oyati karimada kofirlarni choʻponni ovozini eshitib, maʼnosini tushinmaydigan chorva hayvonlariga, paygʻambarlarni ularni haydab yuruvchi choʻponga oʻxshatmoqda.)
- 172
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ كُلُوا۟ مِن طَيِّبَٰتِ مَا رَزَقْنَٰكُمْ وَٱشْكُرُوا۟ لِلَّهِ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ
Yaaa ayyuhal lazeena aamanoo kuloo min taiyibaati maa razaqnaakum washkuroo lillaahi in kuntum iyyaahu ta'budoon
Ey, iymon keltirganlar! Sizlarga rizq qilib berganimiz pok narsalardan yenglar va Allohga shukr qilinglar, agar Unga ibodat qiladigan boʻlsalaringiz.
- 173
إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ ٱلْمَيْتَةَ وَٱلدَّمَ وَلَحْمَ ٱلْخِنزِيرِ وَمَآ أُهِلَّ بِهِۦ لِغَيْرِ ٱللَّهِ ۖ فَمَنِ ٱضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍۢ وَلَا عَادٍۢ فَلَآ إِثْمَ عَلَيْهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌ
Innamaa harrama 'alaikumul maitata waddama wa lahmal khinzeeri wa maaa uhilla bihee lighairil laahi famanid turra ghaira baaghinw wa laa 'aadin falaaa isma 'alaih; innal laaha Ghafoorur Raheem
Albatta, U zot sizlarga faqat oʻlimtikni, qonni, choʻchqaning goʻshtini va Allohdan boshqaga soʻyilganni harom qildi. Kimki majbur boʻlsa-yu, zulm qilmay, haddan oshmay (yesa), unga gunoh boʻlmas. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimlidir. [69]
[69] (Saʼd ibn Abi Vaqqos roziyallohu anhu Paygʻambarimiz alayhissalomga: «Ey Allohning Rasuli, duo qiling, Alloh meni duosi qabul boʻladiganlardan qilsin», dedilar. Shunda Paygʻambar alayhissalom: «Ey Saʼd, taomingni halol qil, duosi qabul boʻladigan boʻlasan. Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, bir odam harom luqmani qorniga tashlasa, Alloh uning duosini qirq kungacha qabul qilmaydi. Qaysi bandaning goʻshti haromdan va ribodan oʻssa, unga doʻzax munosibdir», dedilar.)
- 174
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ وَيَشْتَرُونَ بِهِۦ ثَمَنًۭا قَلِيلًا ۙ أُو۟لَٰٓئِكَ مَا يَأْكُلُونَ فِى بُطُونِهِمْ إِلَّا ٱلنَّارَ وَلَا يُكَلِّمُهُمُ ٱللَّهُ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وَلَا يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Innal lazeena yaktumoona maaa anzalal laahu minal kitaabi wa yashtaroona bihee samanan qaleelan ulaaa'ika maa yaakuloona fee butoonihim illan Naara wa laa yukallimu humul laahu Yawmal Qiyaamati wa laa yuzakkeehim wa lahum 'azaabun aleem
Albatta, Alloh kitobda tushirgan narsani berkitganlar va uni ozgina bahoga sotganlar, ana oʻshalar qorinlariga olovdan boshqa narsani yemaslar, ularga Alloh qiyomat kuni gapirmas va ularni poklamas. Ularga alamli azoblar bor. [70]
[70] (Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, u kishi: «Ushbu oyat yahudiylarning Kaʼb ibn Ashraf, Molik ibn as-Soyf va Hayyi ibn Axtobga oʻxshash boshliqlari haqida tushgan. Ular oʻzlariga ergashganlardan hadyalar olar edilar. Muhammad alayhissalom paygʻambar etib yuborilganlaridan soʻng, mazkur manfaatlardan mahrum boʻlishdan qoʻrqib, u kishi haqidagi haqiqatni berkitdilar», dedilar.)
- 175
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱشْتَرَوُا۟ ٱلضَّلَٰلَةَ بِٱلْهُدَىٰ وَٱلْعَذَابَ بِٱلْمَغْفِرَةِ ۚ فَمَآ أَصْبَرَهُمْ عَلَى ٱلنَّارِ
Ulaaa'ikal lazeenash tarawud dalaalata bilhudaa wal'azaaba bilmaghfirah; famaaa asbarahum 'alan Naar
Ana oʻshalar adashuvni hidoyatga, azobni magʻfiratga sotib olganlardir. Doʻzax oʻtiga qandoq chidaydilar-a?!
- 176
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ نَزَّلَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ ۗ وَإِنَّ ٱلَّذِينَ ٱخْتَلَفُوا۟ فِى ٱلْكِتَٰبِ لَفِى شِقَاقٍۭ بَعِيدٍۢ
Zaalika bi annal laaha nazzalal kitaaba bilhaqq; wa innal lazeenakh talafoo fil kitaabi lafee shiqaaqim ba'eed
Buning sababi, albatta, Alloh kitobni haq bilan nozil qilgan edi. Kitob xususida ixtilof qilganlar esa, tubsiz tortishuvdadirlar. [71]
[71] (Qoʻllaridagi hidoyat va magʻfiratni boy berib, qattiq azobga duchor boʻlishlarining sababi — ular «Alloh kitobni haq bilan nozil qilgan»ini tan olmadilar. Holbuki, bu haq kitobga amal qilib, baxt-saodatda yashasalar boʻlar edi. Ammo ular Allohning kitobi xususida ixtilof qildilar, tubsiz talashuv va tuganmas ixtilof girdobiga tushib qoldilar. Oqibatda mazkur azoblarga duchor boʻldilar.)
- 177
۞ لَّيْسَ ٱلْبِرَّ أَن تُوَلُّوا۟ وُجُوهَكُمْ قِبَلَ ٱلْمَشْرِقِ وَٱلْمَغْرِبِ وَلَٰكِنَّ ٱلْبِرَّ مَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةِ وَٱلْكِتَٰبِ وَٱلنَّبِيِّۦنَ وَءَاتَى ٱلْمَالَ عَلَىٰ حُبِّهِۦ ذَوِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينَ وَٱبْنَ ٱلسَّبِيلِ وَٱلسَّآئِلِينَ وَفِى ٱلرِّقَابِ وَأَقَامَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَى ٱلزَّكَوٰةَ وَٱلْمُوفُونَ بِعَهْدِهِمْ إِذَا عَٰهَدُوا۟ ۖ وَٱلصَّٰبِرِينَ فِى ٱلْبَأْسَآءِ وَٱلضَّرَّآءِ وَحِينَ ٱلْبَأْسِ ۗ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ صَدَقُوا۟ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُتَّقُونَ
Laisal birra an tuwalloo wujoohakum qibalal mashriqi walmaghribi wa laakinnal birra man aamana billaahi wal yawmil aakhiri wal malaaa 'ikati wal kitaabi wan nabiyyeena wa aatalmaala 'alaa hubbihee zawilqurbaa walyataa maa walmasaakeena wabnas sabeeli wassaaa'ileena wa firriqaabi wa aqaamas salaata wa aataz zakaata walmoofoona bi ahdihim izaa 'aahadoo wasaabireena fil baasaaa'i waddarraaa'i wa heenal baas; ulaaa'ikal lazeena sadaqoo wa ulaaa 'ika humul muttaqoon
Yaxshilik yuzingizni mashriq yoki magʻrib tomonga burishingizda emas. Lekin yaxshilik kim Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, Paygʻambarlarga iymon keltirsa va yaxshi koʻrgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, vatangadolarga, tilanchilarga, qul ozod qilishga bersa, namozni qoim qilsa, zakot bersa; Ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, kambagʻallik, qiyinchilik paytida va shiddat vaqtida ham sabr qiluvchilarga xosdir. Ana oʻshalar sodiq boʻlganlardir. Ana oʻshalar taqvodorlardir.
- 178
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ كُتِبَ عَلَيْكُمُ ٱلْقِصَاصُ فِى ٱلْقَتْلَى ۖ ٱلْحُرُّ بِٱلْحُرِّ وَٱلْعَبْدُ بِٱلْعَبْدِ وَٱلْأُنثَىٰ بِٱلْأُنثَىٰ ۚ فَمَنْ عُفِىَ لَهُۥ مِنْ أَخِيهِ شَىْءٌۭ فَٱتِّبَاعٌۢ بِٱلْمَعْرُوفِ وَأَدَآءٌ إِلَيْهِ بِإِحْسَٰنٍۢ ۗ ذَٰلِكَ تَخْفِيفٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ وَرَحْمَةٌۭ ۗ فَمَنِ ٱعْتَدَىٰ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَلَهُۥ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ
Yaaa ayyuhal lazeena aamanoo kutiba alaikumul qisaasu fil qatlaa alhurru bilhurri wal'abdu bil'abdi wal unsaa bil unsaa; faman 'ufiya lahoo min akheehi shai'un fattibaa'um bilma'roofi wa adaaa'un ilaihi bi ihsaan; zaalika takhfeefum mir rahbikum wa rahmah; famani' tadaa ba'da zaalika falahoo 'azaabun aleem
Ey, iymon keltirganlar! Sizga oʻldirilganlar uchun qasos farz qilindi: hurga hur, qulga qul, ayolga ayol. Kimga oʻz birodaridan bir narsa afv qilinsa, bas, yaxshilik ila soʻralsin va ado etish ham yaxshilikcha boʻlsin. Bu, Robbilaringizdan yengillik va rahmatdir. Undan keyin kim dushmanlik qilsa, unga alamli azob bor. [72]
[72] (Bu oyati karimada Alloh taolo qasos olishda adolat boʻlishini, haddan oshmaslikni uqdirib, «hurga hur, qulga qul, ayolga ayol», deb tushuntirmoqda. Lekin oyati karimaga binoan, odam oʻldirgan shaxsni qasos uchun, albatta, oʻldirish shart emas, balki oʻlikning egalari kechib yuborsa, oʻldirmay qoʻyib yuborsa, oʻrniga xun puli olsa ham boʻladi. Bunda oʻlik egasi haqini yaxshilik bilan soʻrashi lozim, aybdor taraf ham ularning haqini yaxshilik bilan ado etishi zarur.)
- 179
وَلَكُمْ فِى ٱلْقِصَاصِ حَيَوٰةٌۭ يَٰٓأُو۟لِى ٱلْأَلْبَٰبِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
Wa lakum fil qisaasi hayaatuny yaaa ulil albaabi la 'allakum tattaqoon
Sizlarga qasos olishda hayot bor. Ey, aql egalari! Shoyadki, taqvodor boʻlsangiz. [73]
[73] (Bu oyati karima qasosning shariatga kiritilishining hikmatini bayon qilmoqda. Demak, qasos olishda kishilar uchun hayot bor ekan. Qasos qalbdagi nafratni qondirish emas, balki oliy maqsad — hayot uchun ekan. Qasos olish yoʻlga qoʻyilsa, inson hayotini saqlab qolishda katta ish qilingan boʻladi. Chunki har bir odam boshqa birovni oʻldirsa, qasosiga oʻzining ham oʻldirilishini biladi va hech qachon odam oʻldirishga qoʻl urmaydi.)
- 180
كُتِبَ عَلَيْكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ إِن تَرَكَ خَيْرًا ٱلْوَصِيَّةُ لِلْوَٰلِدَيْنِ وَٱلْأَقْرَبِينَ بِٱلْمَعْرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى ٱلْمُتَّقِينَ
Kutiba 'alaikum izaa hadara ahadakumul mawtu in taraka khairanil wasiyyatu lilwaalidaini wal aqrabeena bilma'roofi haqqan 'alalmut taqeen
Sizlarga, birortangizga oʻlim kelganda, agar u boylik qoldirayotgan boʻlsa, ota-onasi va yaqinlariga toʻgʻrilik bilan vasiyat qilish taqvodorlarning burchi sifatida farz qilindi. [74]
[74] (Bu oyati karima meros haqidagi oyatdan avval tushgan, keyinchalik meros oyati tushib, vasiyat qilmasa ham, oʻlgandan qolgan mol meros sifatida yaqin kishilarga boʻlib berilishi bayon qilindi. Oʻsha oyatda kimga qancha tegishi ham aytildi. Ota-ona merosxoʻrlar qatoriga kirdilar.)
- 181
فَمَنۢ بَدَّلَهُۥ بَعْدَمَا سَمِعَهُۥ فَإِنَّمَآ إِثْمُهُۥ عَلَى ٱلَّذِينَ يُبَدِّلُونَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ
Famam baddalahoo ba'da maa sami'ahoo fa innamaaa ismuhoo 'alallazeena yubaddi loonah; innallaha Samee'un 'Aleem
Kim uni eshitgandan soʻng oʻzgartirsa, bas, gunohi faqat oʻzgartirganlarning oʻziga boʻladir. Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir. [75]
[75] (Yaʼni, oʻlayotgan odamning vasiyatini eshitgan odam u oʻlgach, vasiyatini oʻzgartirib, mol-dunyosining vasiyatga muvofiq taqsimlanmasligiga sabab boʻlsa, gunohkorlardandir. Gunoh vasiyat qiluvchi yoki vasiyat qilingan kishiga emas, balki oʻsha oʻzgartiruvchining oʻziga boʻladi. Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.)
- 182
فَمَنْ خَافَ مِن مُّوصٍۢ جَنَفًا أَوْ إِثْمًۭا فَأَصْلَحَ بَيْنَهُمْ فَلَآ إِثْمَ عَلَيْهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Faman khaafa mim moosin janafan aw isman fa aslaha bainahum falaaa ismaa 'alayh; innal laaha Ghafooru Raheem
Kimki vasiyat qiluvchidan toyilish yoki gunoh sodir boʻlishidan qoʻrqsa, bas, ularning orasini isloh qilsa, unga gunoh boʻlmas. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir. [76]
[76] (Biz «toyilish» deb tarjima qilgan soʻz oyati karimada «janafan» deyilgan. Bu soʻz xato qilib haqdan burilishni bildiradi. Yaʼni, bilmasdan. «Gunoh» esa, bilib turib haqsizlik qilishdir. Demak, vasiyat qiluvchi bilibmi-bilmaymi notoʻgʻri vasiyat qilgan boʻlsa, uning vasiyatini buzgan odam bundan avvalgi oyatda kelgani kabi gunohkor boʻlmaydi. Misol uchun, bir odam molining uchdan biri miqdoridan koʻpini vasiyat qilib yuborsa, vasiyati faqat uchdan biriga oʻtadi, qolganiga amal qilmagan odam gunohkor boʻlmaydi.)
- 183
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ كُتِبَ عَلَيْكُمُ ٱلصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
Yaa ayyuhal lazeena aamanoo kutiba 'alaikumus Siyaamu kamaa kutiba 'alal lazeena min qablikum la'allakum tattaqoon
Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham roʻza farz qilindi. Shoyadki, taqvodor boʻlsalaringiz.
- 184
أَيَّامًۭا مَّعْدُودَٰتٍۢ ۚ فَمَن كَانَ مِنكُم مَّرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍۢ فَعِدَّةٌۭ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ ۚ وَعَلَى ٱلَّذِينَ يُطِيقُونَهُۥ فِدْيَةٌۭ طَعَامُ مِسْكِينٍۢ ۖ فَمَن تَطَوَّعَ خَيْرًۭا فَهُوَ خَيْرٌۭ لَّهُۥ ۚ وَأَن تَصُومُوا۟ خَيْرٌۭ لَّكُمْ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
Ayyaamam ma'doodaat; faman kaana minkum mareedan aw'alaa safarin fa'iddatum min ayyaamin ukhar; wa 'alal lazeena yuteeqoonahoo fidyatun ta'aamu miskeenin faman tatawwa'a khairan fahuwa khairulo lahoo wa an tasoomoo khairul lakum in kuntum ta'lamoon
Sanoqli kunlar. Sizlardan kim bemor yoki musofir boʻlsa, bas, sanogʻini boshqa kunlardan tutadir. Uni qiynalib tutadiganlar zimmasida bir miskin taomi fidya bordir. Kim yaxshilikni oʻz ixtiyori ila qilsa, oʻzi uchun yaxshidir. Agar bilsangiz, roʻza tutmogʻingiz siz uchun yaxshidir.
- 185
شَهْرُ رَمَضَانَ ٱلَّذِىٓ أُنزِلَ فِيهِ ٱلْقُرْءَانُ هُدًۭى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَٰتٍۢ مِّنَ ٱلْهُدَىٰ وَٱلْفُرْقَانِ ۚ فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ ٱلشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ ۖ وَمَن كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍۢ فَعِدَّةٌۭ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ ۗ يُرِيدُ ٱللَّهُ بِكُمُ ٱلْيُسْرَ وَلَا يُرِيدُ بِكُمُ ٱلْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُوا۟ ٱلْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُوا۟ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَىٰكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
Shahru Ramadaanallazeee unzila feehil Qur'aanu hudal linnaasi wa baiyinaatim minal hudaa wal furqaan; faman shahida minkumush shahra falyasumhu wa man kaana mareedan aw 'alaa safarin fa'iddatum min ayyaamin ukhar; yureedul laahu bikumul yusra wa laa yureedu bikumul 'usra wa litukmilul 'iddata wa litukabbirul laaha 'alaa maa hadaakum wa la'allakum tashkuroon
Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar boʻlib Qurʼon tushirilgandir. Sizdan kim u oyda hozir boʻlsa, roʻzasini tutsin. Kim bemor yoki safarda boʻlsa, bas, sanogʻini boshqa kunlardan tutadir. Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinlikni xohlamas. Sanogʻini mukammal qilishingiz va sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulugʻlashingiz uchun. Shoyadki, shukr qilsalaringiz. [77]
[77] (Alloh taolo Oʻzining abadiy moʻjizasi, qiyomatgacha insoniyatga hidoyat boʻladigan kitobi Qurʼoni Karimni tushirish vaqti qilib Ramazoni sharif oyini ixtiyor qilganining oʻzi bu oyning fazilatini yuksakka koʻtargan. Endi esa, nur ustiga nur, fazilat ustiga fazilat qoʻshib, roʻza ibodatini ham shu Ramazon oyida tutishni farz qilmoqda.)
- 186
وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِى عَنِّى فَإِنِّى قَرِيبٌ ۖ أُجِيبُ دَعْوَةَ ٱلدَّاعِ إِذَا دَعَانِ ۖ فَلْيَسْتَجِيبُوا۟ لِى وَلْيُؤْمِنُوا۟ بِى لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ
Wa izaa sa alaka 'ibaadee 'annnee fa innee qareebun ujeebu da'wataddaa'i izaa da'aani falyastajeeboo lee walyu minoo beela 'allahum yarshudoon
Agar bandalarim sendan Meni soʻrasalar, Men, albatta, yaqinman. Duo qilguvchi duo qilganda, ijobat qilurman. Bas, Menga ham ijobat qilsinlar va iymon keltirsinlar. Shoyadki, toʻgʻri yoʻlni topsalar. [78]
[78] (Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan imom Ahmad rivoyat qiladilarki, Paygʻambarimiz alayhissalom: «Qalblar idishga oʻxshaydi. Baʼzilari baʼzisidan koʻproq joylashtiradi. Agar Allohdan biror narsa soʻraydigan boʻlsangiz, ijobat boʻlishiga qattiq ishonib soʻrang. Gʻofil qalb bilan duo qilgan bandaning duosini Alloh qabul qilmaydi», dedilar. Imomi Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda, Paygʻambarimiz alayhissalom: «Agar banda shoshilishmasa, duosiga ijobat boʻladi. Duo qildim, qabul boʻlmadi, demasin», deganlar.)
- 187
أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ ٱلصِّيَامِ ٱلرَّفَثُ إِلَىٰ نِسَآئِكُمْ ۚ هُنَّ لِبَاسٌۭ لَّكُمْ وَأَنتُمْ لِبَاسٌۭ لَّهُنَّ ۗ عَلِمَ ٱللَّهُ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَخْتَانُونَ أَنفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنكُمْ ۖ فَٱلْـَٰٔنَ بَٰشِرُوهُنَّ وَٱبْتَغُوا۟ مَا كَتَبَ ٱللَّهُ لَكُمْ ۚ وَكُلُوا۟ وَٱشْرَبُوا۟ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ ٱلْخَيْطُ ٱلْأَبْيَضُ مِنَ ٱلْخَيْطِ ٱلْأَسْوَدِ مِنَ ٱلْفَجْرِ ۖ ثُمَّ أَتِمُّوا۟ ٱلصِّيَامَ إِلَى ٱلَّيْلِ ۚ وَلَا تُبَٰشِرُوهُنَّ وَأَنتُمْ عَٰكِفُونَ فِى ٱلْمَسَٰجِدِ ۗ تِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ ءَايَٰتِهِۦ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ
Uhilla lakum laylatas Siyaamir rafasu ilaa nisaaa'ikum; hunna libaasullakum wa antum libaasullahunn; 'alimal laahu annakum kuntum takhtaanoona anfusakum fataaba 'alaikum wa 'afaa 'ankum fal'aana baashiroo hunna wabtaghoo maa katabal laahoo lakum; wa kuloo washraboo hattaa yatabaiyana lakumul khaitul abyadu minal khaitil aswadi minal fajri summa atimmus Siyaama ilal layl; wa laa tubaashiroo hunna wa antum 'aakifoona fil masaajid; tilka hudoodul laahi falaa taqraboohaa; kazaalika yubaiyinul laahu aayaatihee linnaasi la'allahum yattaqoon
Sizlarga roʻza kechasida xotinlaringizga yaqinlik qilish halol qilindi. Ular sizga libosdir, siz ularga libosdirsiz. Alloh sizning oʻzingizga xiyonat qilayotganingizni bildi, tavbangizni qabul etdi va sizlarni afv etdi. Endi ularga yaqinlashavering va Alloh sizga yozgan narsani talab qiling. Tong paytida oq ip qora ipdan ajraguncha yeb-ichavering. Soʻngra, roʻzani kechasigacha batamom qiling. Masjidlarda, eʼtikofdaligingizda ularga yaqinlik qilmang. Bular Allohning chegaralaridir, unga yaqinlashmang. Alloh odamlarga Oʻz oyatlarini shundoq bayon etadir. Shoyadki, taqvo qilsalar. [79]
[79] («Eʼtikof» soʻzi bir narsani lozim tutish maʼnosini bildiradi. Shariatda esa, masjidda Allohga yaqinlik hosil qilish niyatida ibodatni lozim tutishga aytiladi. Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom Ramazoni sharifning oxirgi oʻn kunligida eʼtikofda oʻtirar edilar. Eʼtikof oʻtirgan odam iloji boricha masjiddan chiqmay ibodat bilan mashgʻul boʻladi. Unda banda Alloh uchun hamma narsadan ajrab chiqadi. Shuning uchun ayollarga yaqinlik qilishdan ham oʻzini tiyadi. Ushbu zikr qilingan narsalarning barchasi Alloh taologa bogʻliq narsalar, Uning chegaralari. Alloh ularga yaqinlashmaslikka buyurmoqda, chunki chegaraga qancha yaqinlashilsa, chegarani buzish ehtimoli shuncha koʻpayadi.)
- 188
وَلَا تَأْكُلُوٓا۟ أَمْوَٰلَكُم بَيْنَكُم بِٱلْبَٰطِلِ وَتُدْلُوا۟ بِهَآ إِلَى ٱلْحُكَّامِ لِتَأْكُلُوا۟ فَرِيقًۭا مِّنْ أَمْوَٰلِ ٱلنَّاسِ بِٱلْإِثْمِ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ
Wa laa taakuloo amwaalakum bainakum bilbaatili wa tudloo bihaaa ilal hukkaami litaakuloo fareeqam min amwaalin naasi bil ismi wa antum ta'lamoon
Bir-birlaringizning mollaringizni botil yoʻl bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun hokimlarga gunohkorona tashlamang. [80]
[80] (Imom Qurtubiy deganlarki: «Oyatdagi «botil yoʻl bilan yemaslik»ka haromning barcha turlari kiradi. Qimor, aldamchilik, harom narsalarni sotib mol topishlik, harom kasblarni qilib mol topishlik va boshqalar».)
- 189
۞ يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْأَهِلَّةِ ۖ قُلْ هِىَ مَوَٰقِيتُ لِلنَّاسِ وَٱلْحَجِّ ۗ وَلَيْسَ ٱلْبِرُّ بِأَن تَأْتُوا۟ ٱلْبُيُوتَ مِن ظُهُورِهَا وَلَٰكِنَّ ٱلْبِرَّ مَنِ ٱتَّقَىٰ ۗ وَأْتُوا۟ ٱلْبُيُوتَ مِنْ أَبْوَٰبِهَا ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
Yas'aloonaka 'anil ahillati qul hiya mawaaqeetu linnaasi wal Hajj; wa laisal birru bi an taatul buyoota min zuhoorihaa wa laakinnal birra manit taqaa; waatul buyoota min abwaa bihaa; wattaqullaaha la'allakum tuflihoon
Sendan hilollar haqida soʻrarlar. Ular odamlar va haj uchun vaqt oʻlchovidir, deb ayt. Yaxshilik uylarning orqasidan kirishingizda emas, lekin yaxshilik kim taqvodorlik qilsa, shundadir. Va uylarga eshiklaridan kiring. Allohga taqvo qiling. Shoyadki, najot topsangiz. [81]
[81] (Hajga bogʻliq ulugʻ ruknlar kunini va yana boshqa vaqtlarni aniqlash uchun, albatta, hilolga qaraladi va vaqt uning chiqishidan belgilanadi. Demak, haj va hilolda oʻzaro bogʻliqlik bor. Shu bogʻliqlik tufayli hilol haqida javob tushgan oyat hajga bogʻliq yana bir masalani ham oydinlashtiradi. Imom Buxoriy va Imom Muslimlar sahih kitoblarida al-Baro roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki: «Ansoriylarda (madinalik musulmonlarda) hajdan qaytib kelganda uyning eshigidan kirmaslik odat bor edi. Ulardan bir kishi hajdan qaytganda uyining eshigidan kiribdi. Bu ishi unga ayb qilgandek qaralishiga sabab boʻlibdi. Shunda «Yaxshilik uylarning orqasidan kirishingizda emas...», oyati tushdi», deganlar.)
- 190
وَقَٰتِلُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ يُقَٰتِلُونَكُمْ وَلَا تَعْتَدُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْمُعْتَدِينَ
Wa qaatiloo fee sabeelillaahil lazeena yuqaatiloonakum wa laa ta'tadooo; innal laaha laa yuhibbul mu'tadeen
Sizga urush qilayotganlarga qarshi Allohning yoʻlida urush qiling. Va tajovuzkor boʻlmang. Albatta, Alloh tajovuzkor boʻlganlarni xush koʻrmas.
- 191
وَٱقْتُلُوهُمْ حَيْثُ ثَقِفْتُمُوهُمْ وَأَخْرِجُوهُم مِّنْ حَيْثُ أَخْرَجُوكُمْ ۚ وَٱلْفِتْنَةُ أَشَدُّ مِنَ ٱلْقَتْلِ ۚ وَلَا تُقَٰتِلُوهُمْ عِندَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ حَتَّىٰ يُقَٰتِلُوكُمْ فِيهِ ۖ فَإِن قَٰتَلُوكُمْ فَٱقْتُلُوهُمْ ۗ كَذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلْكَٰفِرِينَ
Waqtuloohum haisu saqif tumoohum wa akhrijoohum min haisu akhrajookum; walfitnatu ashaddu minal qatl; wa laa tuqaatiloohum 'indal Majidil Haraami hattaa yaqaatilookum feehi fa in qaatalookum faqtuloohum; kazaalika jazaaa'ul kaafireen
Ularni topgan yeringizda qatl qiling. Va sizlarni chiqargan joydan ularni ham chiqaring. Fitna qatl etishdan ham yomonroqdir. Masjidul Harom oldida sizga qarshi urushmagunlaricha, siz urushmang. Agar urushsalar, bas, siz ham urushing. Kofirlarning jazosi shunday.
- 192
فَإِنِ ٱنتَهَوْا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Fa ini-ntahaw fa innal laaha Ghafoorur Raheem
Agar toʻxtasalar, albatta, Alloh magʻfiratli va rahimlidir.
- 193
وَقَٰتِلُوهُمْ حَتَّىٰ لَا تَكُونَ فِتْنَةٌۭ وَيَكُونَ ٱلدِّينُ لِلَّهِ ۖ فَإِنِ ٱنتَهَوْا۟ فَلَا عُدْوَٰنَ إِلَّا عَلَى ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa qaatiloohum hatta laa takoona fitnatunw wa yakoonad deenu lillaahi fa-inin tahaw falaa 'udwaana illaa 'alaz zaalimeen
Fitna boʻlmasligi va din Allohga boʻlishi uchun ular bilan jang qiling. Agar toʻxtasalar, zolimlardan boshqalarga dushmanlik yoʻq.
- 194
ٱلشَّهْرُ ٱلْحَرَامُ بِٱلشَّهْرِ ٱلْحَرَامِ وَٱلْحُرُمَٰتُ قِصَاصٌۭ ۚ فَمَنِ ٱعْتَدَىٰ عَلَيْكُمْ فَٱعْتَدُوا۟ عَلَيْهِ بِمِثْلِ مَا ٱعْتَدَىٰ عَلَيْكُمْ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُتَّقِينَ
Ash Shahrul Haraamu bish Shahril Haraami wal hurumaatu qisaas; famani'tadaa 'alaikum fa'tadoo 'alaihi bimsisli ma'tadaa 'alaikum; wattaqul laaha wa'lamooo annal laaha ma'al muttaqeen
Harom oyga harom oy. Harom qilingan narsalarda qasos bor. Kim sizga dushmanlik qilsa, siz ham unga shunga oʻxshash dushmanlik qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir. [82]
[82] (Oyati karimadagi «Ash-shahrul-haromu» deb kelgan taʼbirni «harom oy» deb tarjima qildik. «Harom oy» degani urush harom qilingan oy, deganidir. «Harom oyga harom oy», yaʼni kim urush harom qilgan oyning hurmatini buzsa, unga bu oy bergan hurmatlar bekor qilinadi. Agar u bu oyni hurmat qilmay urush boshlasa, unga qarshi urush qilinadi. Musulmonlarga qarshi urush ochib, harom qilingan narsani buzib tajovuzkorlik qilganlardan oʻch olinadi. Ammo oʻch olishda maʼlum chegara boʻlib, musulmonlar undan chiqmaydilar. Qilgan dushmanligiga yarasha javob qilinadi, oshirib yuborilmaydi yoki kamaytirib qoʻyilmaydi.)
- 195
وَأَنفِقُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلَا تُلْقُوا۟ بِأَيْدِيكُمْ إِلَى ٱلتَّهْلُكَةِ ۛ وَأَحْسِنُوٓا۟ ۛ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُحْسِنِينَ
Wa anfiqoo fee sabeelil laahi wa laa tulqoo bi aydeekum ilat tahlukati wa ahsinoo; innal laaha yuhibbul muhsineen
Va Allohning yoʻlida nafaqa qiling. Oʻzingizni halokatga duchor qilmang. Ehson qiling, albatta, Alloh ehson qiluvchilarni xush koʻradir. [83]
[83] (Bu oyati karimada Alloh taolo musulmonlarni oʻzining yoʻlida pul-mol nafaqa qilishga amr qilmoqda. Bunga jihod uchun ham, boshqa xayrli ishlar uchun ham nafaqa qilish kiradi. «Oʻzingizni halokatga duchor qilmang» jumlasida bir necha xil maʼno bor. Biri: Allohning yoʻlida nafaqa qilmay, oʻzingizni halokatga duchor qilmang. Yaʼni, baxilligingiz halokatga sabab boʻlmasin, degani. Yana bir maʼnosi: oʻzingizni oʻzingiz oʻldirmang. Bir kishi oʻzining oʻlimiga oʻzi sabab boʻlsa, oʻzini oʻzi oʻldirdi, deyiladi.)
- 196
وَأَتِمُّوا۟ ٱلْحَجَّ وَٱلْعُمْرَةَ لِلَّهِ ۚ فَإِنْ أُحْصِرْتُمْ فَمَا ٱسْتَيْسَرَ مِنَ ٱلْهَدْىِ ۖ وَلَا تَحْلِقُوا۟ رُءُوسَكُمْ حَتَّىٰ يَبْلُغَ ٱلْهَدْىُ مَحِلَّهُۥ ۚ فَمَن كَانَ مِنكُم مَّرِيضًا أَوْ بِهِۦٓ أَذًۭى مِّن رَّأْسِهِۦ فَفِدْيَةٌۭ مِّن صِيَامٍ أَوْ صَدَقَةٍ أَوْ نُسُكٍۢ ۚ فَإِذَآ أَمِنتُمْ فَمَن تَمَتَّعَ بِٱلْعُمْرَةِ إِلَى ٱلْحَجِّ فَمَا ٱسْتَيْسَرَ مِنَ ٱلْهَدْىِ ۚ فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ ثَلَٰثَةِ أَيَّامٍۢ فِى ٱلْحَجِّ وَسَبْعَةٍ إِذَا رَجَعْتُمْ ۗ تِلْكَ عَشَرَةٌۭ كَامِلَةٌۭ ۗ ذَٰلِكَ لِمَن لَّمْ يَكُنْ أَهْلُهُۥ حَاضِرِى ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ
Wa atimmul Hajja wal Umarata lillaah; fain uhsirtum famas taisara minal hadyi walaa tahliqoo ru'oosakum hatta yablughal hadyu mahillah; faman kaana minkum mareedan aw biheee azam mir raasihee fafidyatum min Siyaamin aw sadaqatin aw nusuk; fa izaaa amintum faman tamatta'a bil 'Umrati ilal Hajji famastaisara minal hady; famal lam yajid fa Siyaamu salaasti ayyaamin fil Hajji wa sab'atin izaa raja'tum; tilka 'asharatun kaamilah; zaalika limal lam yakun ahluhoo haadiril Masjidil Haraam; wattaqul laaha wa'lamoo annal laaha shadeedul'iqaab
Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting. Agar ushlanib qolsangiz, muyassar boʻlganicha qurbonlik qiling. Qurbonlik oʻz joyiga yetmaguncha, sochingizni oldirmang. Sizdan kim bemor boʻlsa yoki boshida ozor beruvchi narsa boʻlsa, roʻza tutish yoki sadaqa berish yoxud qurbonlik soʻyish ila toʻlov toʻlasin. Agar tinch boʻlsangiz, kim umradan hajgacha huzur qilgan boʻlsa, muyassar boʻlgan qurbonlikni qilsin. Kim topmasa, uch kun hajda, yetti kun qaytganingizda — hammasi oʻn kun toʻliq roʻza tutsin. Bu ahli Masjidul Haromda yashamaydiganlar uchundir. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.
- 197
ٱلْحَجُّ أَشْهُرٌۭ مَّعْلُومَٰتٌۭ ۚ فَمَن فَرَضَ فِيهِنَّ ٱلْحَجَّ فَلَا رَفَثَ وَلَا فُسُوقَ وَلَا جِدَالَ فِى ٱلْحَجِّ ۗ وَمَا تَفْعَلُوا۟ مِنْ خَيْرٍۢ يَعْلَمْهُ ٱللَّهُ ۗ وَتَزَوَّدُوا۟ فَإِنَّ خَيْرَ ٱلزَّادِ ٱلتَّقْوَىٰ ۚ وَٱتَّقُونِ يَٰٓأُو۟لِى ٱلْأَلْبَٰبِ
Al-Hajju ashhurum ma'-loomaat; faman farada feeinnal hajja falaa rafasa wa laa fusooqa wa laa jidaala fil Hajj; wa maa taf'aloo min khairiny ya'lamhul laah; wa tazawwadoo fa inna khairaz zaadit taqwaa; wattaqooni yaaa ulil albaab
Haj maʼlum oylardir. Kimki ularda oʻziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yoʻqdir. Nima yaxshilik qilsangiz, Alloh uni biladir. Ozuqa oling, eng yaxshi ozuqa taqvodir. Menga taqvo qiling, ey, aql egalari! [84]
[84] (Oʻziga hajni farz qilish — hajni niyat qilib, ihromga kirish deganidir. Demak, unday odamga shahvoniy ishlar, yaʼni jinsiy yaqinlik va uning haqidagi gap-soʻzlarni soʻzlash mumkin boʻlmaydi. Fisq — katta-kichik gunoh ishlarni qilish. Janjal — odamlar bilan talashib-tortishish va soʻkishib, achchiq chiqarish. Bu ishlar ham mumkin emas. Chunki haj qiluvchi inson ulugʻ maqomga erishgan boʻladi. U dunyoning hammasidan yuz oʻgirib, ajrab, Allohga yuzlanadi, Robbul Olamiynning uyini ziyorat qilgani chiqqan boʻladi. Shu bois oliy darajadagi odob bilan odoblanishi zarur. Hamma yomon narsalarni tark etib, yaxshi ishlarni koʻproq qilishi lozim.)
- 198
لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَبْتَغُوا۟ فَضْلًۭا مِّن رَّبِّكُمْ ۚ فَإِذَآ أَفَضْتُم مِّنْ عَرَفَٰتٍۢ فَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ عِندَ ٱلْمَشْعَرِ ٱلْحَرَامِ ۖ وَٱذْكُرُوهُ كَمَا هَدَىٰكُمْ وَإِن كُنتُم مِّن قَبْلِهِۦ لَمِنَ ٱلضَّآلِّينَ
Laisa 'alaikum junaahun an tabtaghoo fad lam mir rabbikum; fa izaaa afadtum min 'Arafaatin fazkurul laaha 'indal-Mash'aril Haraami waz kuroohu kamaa hadaakum wa in kuntum min qablihee laminad daaaleen
Sizga oʻz Robbingizdan fazl istashingizda gunoh yoʻqdir. Arafotdan qaytib tushganingizda, Allohni Mashʼarul Haromda zikr qiling. Ilgari adashganlardan boʻlsangiz ham, sizni hidoyatga boshlagani uchun Uni zikr qiling. [85]
[85] (Oyatda zikr qilingan «fazl» soʻzi rizq, kasb maʼnosini anglatadi. Odamlar oʻrtasida hajga borgan kishi tijorat bilan yoki boshqa biror kasb bilan shugʻullansa boʻlmaydi, degan tushuncha bor edi. Imom Nasafiy rivoyat qilishlaricha, bir qavm: «Hammollik va tojirlik qilgan odamning haji haj boʻlmaydi», degan gapni tarqatganida, shu oyat nozil boʻlgan ekan. Shunga oʻxshash maʼnolar boshqa rivoyatlarda ham kelgan. Imom Ahmad qilgan rivoyatda, Abu Umoma aytadilarki: «Abdulloh ibn Umardan, biz kiraga ishlaymiz, haj qilsak boʻlarmi?» deb soʻrasam, «Baytullohni tavof qilib, Arofatda vuquf qilib, tosh otib, sochingizni oldirasizmi?» dedi. «Albatta», dedim. U kishi: «Bir odam Rasulullohning huzurlariga kelib, sen hozir mendan soʻragan narsani soʻragan edi, javob bermay turdilar. Soʻng Jibroil «Sizga oʻz Robbingizdan fazl istashingizda gunoh yoʻqdir», degan oyatni olib tushdi, dedilar. Ilgari musulmonlar Islomdan oldingi hayotlari bilan musulmon boʻlganlaridan keyingi hayotlarini solishtirib koʻrib, bu ulugʻ neʼmatlarni tushunib yetar edilar va uni bergan Allohga shukr qilar edilar.)
- 199
ثُمَّ أَفِيضُوا۟ مِنْ حَيْثُ أَفَاضَ ٱلنَّاسُ وَٱسْتَغْفِرُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Summa afeedoo min haisu afaadan naasu wastagh firullaah; innnal laaha Ghafoo rur-Raheem
Soʻngra, odamlar qaytib tushgan joydan tushinglar. Va Allohga istigʻfor aytinglar. Albatta, Alloh magʻfiratli, rahimli Zotdir.
- 200
فَإِذَا قَضَيْتُم مَّنَٰسِكَكُمْ فَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ كَذِكْرِكُمْ ءَابَآءَكُمْ أَوْ أَشَدَّ ذِكْرًۭا ۗ فَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ رَبَّنَآ ءَاتِنَا فِى ٱلدُّنْيَا وَمَا لَهُۥ فِى ٱلْءَاخِرَةِ مِنْ خَلَٰقٍۢ
Fa-izan qadaitum manaa sikakum fazkurul laaha kazikrikum aabaaa'akum aw ashadda zikraa; faminannaasi mai yaqoolu Rabbanaaa aatinaa fiddunyaa wa maa lahoo fil Aakhirati min khalaaq
Ibodatlaringizni tugatganingizda, Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan ham kuchliroq eslang. Odamlardan baʼzilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda bergin», deydir va unga oxiratda nasiba yoʻqdir.
- 201
وَمِنْهُم مَّن يَقُولُ رَبَّنَآ ءَاتِنَا فِى ٱلدُّنْيَا حَسَنَةًۭ وَفِى ٱلْءَاخِرَةِ حَسَنَةًۭ وَقِنَا عَذَابَ ٱلنَّارِ
Wa minhum mai yaqoolu rabbanaaa aatina fid dunyaa hasanatawn wa fil aakhirati hasanatanw wa qinaa azaaban Naar
Va ulardan baʼzilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilikni, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni doʻzax olovi azobidan saqlagin», deydir.
- 202
أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ نَصِيبٌۭ مِّمَّا كَسَبُوا۟ ۚ وَٱللَّهُ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ
Ulaaa'ika lahum naseebum mimmaa kasaboo; wal laahu saree'ul hisaab
Ana oʻshalarga qilgan kasblaridan nasiba bor. Va Alloh tez hisob qiluvchidir.
- 203
۞ وَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ فِىٓ أَيَّامٍۢ مَّعْدُودَٰتٍۢ ۚ فَمَن تَعَجَّلَ فِى يَوْمَيْنِ فَلَآ إِثْمَ عَلَيْهِ وَمَن تَأَخَّرَ فَلَآ إِثْمَ عَلَيْهِ ۚ لِمَنِ ٱتَّقَىٰ ۗ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّكُمْ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ
Wazkurul laaha feee ayyaamim ma'doodaat; faman ta'ajjala fee yawmaini falaaa ismaa 'alaihi wa man taakhkhara falaaa isma 'alayh; limanit-taqaa; wattaqul laaha wa'lamooo annakum ilaihi tuhsharoon
Allohni sanoqli kunlarda eslang. Bas, kim ikki kundan keyin shoshilib, ketsa, unga gunoh yoʻq. Kim kechikib qolsa, unga gunoh yoʻq. Taqvo qiluvchilar uchun. Allohga taqvo qilinglar va bilinglarki, siz albatta Unga toʻplanursiz. [86]
[86] (Paygʻambarimiz alayhissalom: «Arafa, qurbonlik va tashriq kunlari biz ahli Islomning bayrami — yemoq, ichmoq kunlaridir», deganlar. Shundan chiqadiki, arafa va qurbon hayiti kunlari tashriq kunlari qatoriga kirmaydi. Ushbu oyatda Alloh taolo sanoqli kunlarda, yaʼni tashriq kunlarida Oʻzini eslashga, zikr qilishga buyurmoqda. Ikrima roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki: «Sanoqli kunlarda Allohni eslang», degani tashriq kunlarida farz namozlaridan keyin, «Allohu akbar», «Allohu akbar», deb takbir ayting, deganidir».)
- 204
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُعْجِبُكَ قَوْلُهُۥ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَيُشْهِدُ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا فِى قَلْبِهِۦ وَهُوَ أَلَدُّ ٱلْخِصَامِ
Wa minan naasi mai yu'jibuka qawluhoo fil hayaatid dunyaa wa yushhidul laaha 'alaa maa fee qalbihee wa huwa aladdulkhisaam
Odamlar ichida dunyo hayotidagi gapi seni ajablantiradiganlari bor. U qalbidagi narsaga Allohni guvoh ham qiladi. Holbuki, u ashaddiy xusumatchidir.
- 205
وَإِذَا تَوَلَّىٰ سَعَىٰ فِى ٱلْأَرْضِ لِيُفْسِدَ فِيهَا وَيُهْلِكَ ٱلْحَرْثَ وَٱلنَّسْلَ ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلْفَسَادَ
Wa izaa tawallaa sa'aa fil ardi liyufsida feeha wa yuhlikal harsa wannasl; wallaahu laa yuhibbul fasaad
Va burilib ketganda, yer yuzida fasod uchun va ekin va naslni halok qilish uchun harakat etadir. Va holbuki, Alloh fasodni xush koʻrmas.
- 206
وَإِذَا قِيلَ لَهُ ٱتَّقِ ٱللَّهَ أَخَذَتْهُ ٱلْعِزَّةُ بِٱلْإِثْمِ ۚ فَحَسْبُهُۥ جَهَنَّمُ ۚ وَلَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ
Wa izaa qeela lahuttaqil laaha akhazathul izzatu bil-ism; fahasbuhoo jahannam; wa labi'sal mihaad
Agar unga, Allohdan qoʻrqqin, deyilsa, uni kibru havosi gunohga yetaklar. Jahannam unga yetarlidir. U qanday ham yomon oʻrin-a?
- 207
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَشْرِى نَفْسَهُ ٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ رَءُوفٌۢ بِٱلْعِبَادِ
Wa minan naasi mai yashree nafsahub tighaaa'a mardaatil laah; wallaahu ra'oofum bil'ibaad
Va odamlardan Allohning roziligini tilab jonini sotadiganlar bor. Va Alloh bandalarga mehribondir. [87]
[87] (Bu haqiqiy muxlis moʻminning vasfi. Uning yagona maqsadi — Allohning roziligini topish. Bu yoʻlda u hamma narsani sarflashga, hatto jonini berishga ham tayyor. Faqat Alloh taoloning roziligini topsa boʻldi.)
- 208
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱدْخُلُوا۟ فِى ٱلسِّلْمِ كَآفَّةًۭ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِ ۚ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّۭ مُّبِينٌۭ
Yaaa ayyuhal lazeena aamanud khuloo fis silmi kaaaffatanw wa laa tattabi'oo khutuwaatish Shaitaan; innahoo lakum 'aduwwum mubeen
Ey, iymon keltirganlar! Islomga toʻligʻicha kiring. Va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq dushmandir.
- 209
فَإِن زَلَلْتُم مِّنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْكُمُ ٱلْبَيِّنَٰتُ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ
Fa in zalaltum mimba'di maa jaaa'atkumul baiyinaatu fa'lamoo annallaaha 'Azeezun hakeem
Agar ochiq bayonotlar kelgandan keyin ham toyilsangiz, bilingki, albatta, Alloh Aziyz va hikmatlidir.
- 210
هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّآ أَن يَأْتِيَهُمُ ٱللَّهُ فِى ظُلَلٍۢ مِّنَ ٱلْغَمَامِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ وَقُضِىَ ٱلْأَمْرُ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ
Hal yanzuroona illaaa ai yaatiyahumul laahu fee zulalim minal ghamaami walmalaaa'ikatu wa qudiyal amr; wa ilal laahi turja'ulumoor
Ular Alloh va farishtalar soyali bulutlarda kelishi hamda ishning tugashidan boshqaga intizor boʻlmayaptilar, shekilli?! Va barcha ishlar Allohga qaytajak. [88]
[88] (Ochiq-oydin bayonotlar, hujjat va dalillar kelgandan keyin ham Islomga yurmay, shaytonning izidan yurishlaridan ular xuddi qiyomatni intizor boʻlib kutayotganga oʻxshaydi. Ish tugab, hamma narsa oxiriga yetadigan kunni kutayotganga oʻxshaydi. Boʻlmasa, hamma narsa aniq boʻlgan boʻlsa ham, nima uchun Islomga kirmay turibdilar? Nima ularning yoʻlini toʻsyapti? Ular bilib qoʻysinlarki, «barcha ishlar Allohga qaytajak».)
- 211
سَلْ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ كَمْ ءَاتَيْنَٰهُم مِّنْ ءَايَةٍۭ بَيِّنَةٍۢ ۗ وَمَن يُبَدِّلْ نِعْمَةَ ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ
Sal Banee Israaa'eela kam aatainaahum min aayatim baiyinah; wa mai yubaddil ni'matal laahi mim ba'di maa jaaa'athu fa innallaaha shadeedul'iqaab
Bani Isroildan ularga qancha oyatlarni berganimizni soʻra. Kimki oʻziga kelgan Allohning neʼmatini oʻzgartirsa, bas, albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.
- 212
زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا وَيَسْخَرُونَ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۘ وَٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ فَوْقَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ وَٱللَّهُ يَرْزُقُ مَن يَشَآءُ بِغَيْرِ حِسَابٍۢ
Zuyyina lillazeena kafarul hayaatud dunyaa wa yaskharoona minal lazeena aamanoo; wallazeenat taqaw fawqahum yawmal Qiyaamah; wallaahu yarzuqu mai yashaaa'u bighairi hisaab;
Kufr keltirganlarga bu dunyo hayoti ziynatlandi va ular iymon keltirganlarni masxara qilurlar. Va holbuki, qiyomat kuni taqvo qilganlar ulardan ustundir. Alloh kimni xohlasa, behisob rizq berur. [89]
[89] (Kofirlarning Alloh yoʻliga yurmasliklarining sababi dunyo hayotining ziynatidir. Ularning birdan-bir maqsadi, fikri-zikri va orzu-umidi — shu besh kunlik dunyoning hoy-havasi, ziynatidir. Kofirlar hayotning maʼnosini shunda, deb tushunadilar. Iymonsiz boʻlganlari uchun hayvoniy tasavvur va chegaradan tashqariga chiqa olmaydilar. Moʻmin kishi uchun esa, bu dunyoning ziynati haqir va ahamiyatsiz narsa hisoblanadi. Ular dunyo hoy-havasiga oʻch boʻlishni oʻzlariga or hisoblaydilar. Haqiqiy hayot — oxirat hayoti kelgan choqda esa, hamma narsa oʻz oʻrniga tushadi. Oʻshanda, yaʼni qiyomat kunida moʻminlar, taqvo qilganlar kofirlardan ustun boʻladilar. Rizqi roʻzga keladigan boʻlsak, uni Alloh taolo kimga xohlasa, behisob beradi. Rizq beruvchi Uning Oʻzi. Moʻminga ham, kofirga ham beraveradi.)
- 213
كَانَ ٱلنَّاسُ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ فَبَعَثَ ٱللَّهُ ٱلنَّبِيِّۦنَ مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ وَأَنزَلَ مَعَهُمُ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ لِيَحْكُمَ بَيْنَ ٱلنَّاسِ فِيمَا ٱخْتَلَفُوا۟ فِيهِ ۚ وَمَا ٱخْتَلَفَ فِيهِ إِلَّا ٱلَّذِينَ أُوتُوهُ مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَٰتُ بَغْيًۢا بَيْنَهُمْ ۖ فَهَدَى ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لِمَا ٱخْتَلَفُوا۟ فِيهِ مِنَ ٱلْحَقِّ بِإِذْنِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ يَهْدِى مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍ
Kaanan naasu ummatanw waahidatan fab'asal laahun Nabiyyeena mubashshireena wa munzireena wa anzala ma'ahumul kitaaba bilhaqqi liyahkuma bainan naasi feemakh talafoo feeh; wa makh talafa feehi 'illallazeena ootoohu mim ba'di maa jaaa'athumul baiyinaatu baghyam bainahm fahadal laahul lazeena aamanoo limakh talafoo feehi minal haqqi bi iznih; wallaahu yahdee mai yashaaa'u ilaa Siraatim Mustaqeem
Odamlar bir millat edilar. Bas, Alloh xushxabar va ogohlantirish beruvchi Nabiylarni yubordi va ularga odamlar oʻrtasida ular ixtilof qilgan narsalarda hukm qilish uchun haq kitob tushirdi. U toʻgʻrisida ixtilofni ochiq hujjatlar kelgandan soʻng, kimga berilgan boʻlsa, oʻshalargina haddan oshib qildilar. Iymon keltirganlarni haq toʻgʻrisida ixtilof qilgan narsalarida Alloh Oʻz izni ila hidoyatga soladir. Alloh kimni xohlasa, toʻgʻri yoʻlga boshlaydir. [90]
[90] (Alloh iroda qilgan toʻgʻri yoʻl Islomga toʻligʻicha kirish bilan boʻladi. Buni amalga oshirish uchun shaytonning izidan yurganlar, hasad, tamaʼ, hirs va havoyu nafs tufayli haq kitob toʻgʻrisida ixtilofga tushganlar bilan boʻladigan toʻqnashuvlarda gʻolib kelish kerak. Ulardan boʻladigan zulm va dushmanliklarga chidash kerak.)
- 214
أَمْ حَسِبْتُمْ أَن تَدْخُلُوا۟ ٱلْجَنَّةَ وَلَمَّا يَأْتِكُم مَّثَلُ ٱلَّذِينَ خَلَوْا۟ مِن قَبْلِكُم ۖ مَّسَّتْهُمُ ٱلْبَأْسَآءُ وَٱلضَّرَّآءُ وَزُلْزِلُوا۟ حَتَّىٰ يَقُولَ ٱلرَّسُولُ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ مَتَىٰ نَصْرُ ٱللَّهِ ۗ أَلَآ إِنَّ نَصْرَ ٱللَّهِ قَرِيبٌۭ
Am hasibtum an tadkhulul jannata wa lammaa yaa-tikum masalul lazeena khalaw min qablikum massathumul baasaaa'u waddarraaaa'u wa zulziloo hattaa yaqoolar Rasoolu wallazeena aamanoo ma'ahoo mataa nasrul laah; alaaa inna nasral laahiqareeb
Sizdan avval oʻtganlarga kelganga oʻxshash narsa sizlarga kelmasdan turib, jannatga kiramiz, deb oʻyladingizmi? Ularni balo va musiybatlar tutgan va larzaga tushirilganlar. Hattoki, Paygʻambar va u bilan iymon keltirganlar: «Allohning nusrati qachon boʻladir?» deganlar. Ogoh boʻlinglar, albatta, Allohning nusrati yaqindir. [91]
[91] (Demak, jannatga kirish oson emas, iymon, islomni ogʻizda eʼlon qilib qoʻyish bilangina boʻlavermaydi. Jannatga kirishning bir sharti — avvalgi ummatlardan unga kirishga haqdor boʻlganlarga yuborilgan ogʻir sinovlarni boshdan oʻtkazish zarur.)
- 215
يَسْـَٔلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ ۖ قُلْ مَآ أَنفَقْتُم مِّنْ خَيْرٍۢ فَلِلْوَٰلِدَيْنِ وَٱلْأَقْرَبِينَ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ ۗ وَمَا تَفْعَلُوا۟ مِنْ خَيْرٍۢ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِهِۦ عَلِيمٌۭ
Yas'aloonaka maazaa yunfiqoona qul maaa anfaqtum min khairin falil waalidaini wal aqrabeena walyataamaa wal masaakeeni wabnis sabeel; wa maa taf'aloo min khairin fa innal laaha bihee 'Aleem
Sendan nimani nafaqa qilishni soʻrarlar. «Nafaqa qilgan yaxshiligingizdan ota-onalarga, yaqin kishilarga, yetimlarga, miskinlarga va vatangadolarga boʻlsin. Qanday yaxshilik qilgan boʻlsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir», deb ayt.
- 216
كُتِبَ عَلَيْكُمُ ٱلْقِتَالُ وَهُوَ كُرْهٌۭ لَّكُمْ ۖ وَعَسَىٰٓ أَن تَكْرَهُوا۟ شَيْـًۭٔا وَهُوَ خَيْرٌۭ لَّكُمْ ۖ وَعَسَىٰٓ أَن تُحِبُّوا۟ شَيْـًۭٔا وَهُوَ شَرٌّۭ لَّكُمْ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ
Kutiba alaikumulqitaalu wa huwa kurhullakum wa 'asaaa an takrahoo shai'anw wa huwa khairullakum wa 'asaaa an tuhibbo shai'anw wa huwa sharrullakum; wallaahu ya'lamu wa antum laa ta'lamoon
Sizga yoqmasa ham, jang qilishingiz farz qilindi. Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi boʻlsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon boʻlsa. Alloh biladir, siz bilmassiz. [92]
[92] (Alloh taolo bandalarining hamma holatlarini yaxshi biladi. Ularning jangni yoqtirmasliklarini ham biladi. Insonning tabiati shundoq: mashaqqatni, qiyinchilikni yoqtirmaydi. Lekin Islom odamlarga yoqadigan narsalarni emas, balki ularga foyda, ikki dunyoda baxt — saodat keltiradigan amallarni taklif qiladi. Insonga yoqmaydigan jang, nafaqa kabi narsalar aslida oʻzi uchun yaxshi boʻladi. Shuningdek, urushga bormay uyda oʻtirishi kabi oʻziga yaxshi koʻringan narsalar aslida uning uchun yomonlik boʻlishi mumkin. Bunday ishlarning oqibatini Alloh biladi, banda bilmaydi.)
- 217
يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلشَّهْرِ ٱلْحَرَامِ قِتَالٍۢ فِيهِ ۖ قُلْ قِتَالٌۭ فِيهِ كَبِيرٌۭ ۖ وَصَدٌّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَكُفْرٌۢ بِهِۦ وَٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ وَإِخْرَاجُ أَهْلِهِۦ مِنْهُ أَكْبَرُ عِندَ ٱللَّهِ ۚ وَٱلْفِتْنَةُ أَكْبَرُ مِنَ ٱلْقَتْلِ ۗ وَلَا يَزَالُونَ يُقَٰتِلُونَكُمْ حَتَّىٰ يَرُدُّوكُمْ عَن دِينِكُمْ إِنِ ٱسْتَطَٰعُوا۟ ۚ وَمَن يَرْتَدِدْ مِنكُمْ عَن دِينِهِۦ فَيَمُتْ وَهُوَ كَافِرٌۭ فَأُو۟لَٰٓئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ
Yas'aloonaka 'anish Shahril Haraami qitaalin feehi qul qitaahun feehi kabeerunw wa saddun 'an sabeelil laahi wa kufrum bihee wal Masjidil Haraami wa ikhraaju ahlihee minhu akbaru 'indal laah; walfitnatu akbaru minal qatl; wa laa yazaaloona yuqaatiloonakum hatta yaruddookum 'an deenikum inis tataa'oo; wa mai yartadid minkum 'an deenihee fayamut wahuwa kaafirun fa ulaaa'ika habitat a'maaluhum fid dunyaa wal aakhirati wa ulaaa'ika ashaabun Naari hum feehaa khaalidoon
Sendan harom oyda urush qilish haqida soʻrarlar. «Unda urush qilish katta gunoh. Allohning yoʻlidan toʻsish, Unga kufr keltirish, Masjidul Haromdan toʻsish, uning ahlini undan chiqarish Allohning huzurida eng katta gunohdir. Fitna oʻldirishdan kattaroqdir», deb ayt. Ular, agar qodir boʻlsalar, sizlarni diningizdan qaytargunlaricha sizga qarshi urush qilaveradilar. Sizdan kimki dindan qaytib, kofir holida oʻlib ketsa, ana oʻshalar bu dunyoyu oxiratda amali habata boʻlganlardir. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolguvchilardir.
- 218
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَٱلَّذِينَ هَاجَرُوا۟ وَجَٰهَدُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ أُو۟لَٰٓئِكَ يَرْجُونَ رَحْمَتَ ٱللَّهِ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Innal lazeena aamanoo wallazeena haajaroo wa jaahadoo fee sabeelil laahi ulaaaika yarjoona rahmatal laah; wallaahu Ghafoorur Raheem
Albatta, iymon keltirganlar, hijrat qilganlar va Allohning yoʻlida jiddu jahd qilganlar — ana oʻshalar Allohning rahmatini umid qiladilar. Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir. [93]
[93] (Hukm umumiy: kim boʻlishidan qatʼiy nazar, iymon keltirsa, moʻminlik sifatiga erishsa, diniyu diyonatini saqlab qolish niyatida hijrat qilsa, Allohning yoʻlida jihod qilsa, ular Allohning rahmatidan umid qiladilar. Allohning rahmati ularga boʻlmasa, kimga boʻlar edi!)
- 219
۞ يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْخَمْرِ وَٱلْمَيْسِرِ ۖ قُلْ فِيهِمَآ إِثْمٌۭ كَبِيرٌۭ وَمَنَٰفِعُ لِلنَّاسِ وَإِثْمُهُمَآ أَكْبَرُ مِن نَّفْعِهِمَا ۗ وَيَسْـَٔلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ قُلِ ٱلْعَفْوَ ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ
Yas'aloonaka 'anilkhamri walmaisiri qul feehimaaa ismun kabeerunw wa manaafi'u linnaasi wa ismuhumaa akbaru min naf'ihimaa; wa yas'aloonaka maaza yunfiqoona qulil-'afw; kazaalika yubaiyinul laahu lakumul-aayaati la'allakum tatafakkaroon
Sendan xamr va qimor haqida soʻrarlar. Sen: «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir», deb ayt. Va sendan nimani nafaqa qilishni soʻrarlar. Sen: «Ortiqchasini», deb ayt. Alloh shundoq qilib sizga Oʻz oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, tafakkur qilsangiz. [94]
[94] (Oyatdagi «xamr» soʻzini ichkilik, aroq yoki vino deb tarjima qilmadik. Chunki «xamr» soʻzi umumiy boʻlib, isteʼmol qilgan kishining aqlini toʻsuvchi, yaʼni bir oz boʻlsa-da taʼsir oʻtkazuvchi barcha narsaga aytiladi. Buning ichiga nasha, qoradori, koʻknori va boshqalar ham kiradi. Dunyoda adolat oʻrnatish, Yer yuzida Allohning xalifasi boʻlish vazifasi yuklatilgan shaxs aroqxoʻr yoki qimorboz va molini nooʻrin sarflaydigan boʻlishi mumkinmi? Albatta, yoʻq. Holbuki, xamr ichish, qimor oʻynash va nooʻrin nafaqa qilish hollari johiliyat vaqtida kishilar hayotiga singib ketgan edi. Xamrsiz hayotni tasavvur qila olmas edilar.)
- 220
فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ ۗ وَيَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْيَتَٰمَىٰ ۖ قُلْ إِصْلَاحٌۭ لَّهُمْ خَيْرٌۭ ۖ وَإِن تُخَالِطُوهُمْ فَإِخْوَٰنُكُمْ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ ٱلْمُفْسِدَ مِنَ ٱلْمُصْلِحِ ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَأَعْنَتَكُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ
Fid dunyaa wal aakhirah; wa yas'aloonaka 'anil yataamaa qul islaahullahum khayr, wa in tukhaalitoohum fa ikhwaanukum; wallaahu ya'lamul mufsida minalmuslih; wa law shaaa'al laahu la-a'natakum; innal laaha 'Azeezun Hakeem
Bu dunyo va oxirat haqida. Sendan yetimlar haqida soʻrarlar. Sen: «Ularga isloh qilish yaxshidir», deb ayt. Agar ularning (mollarini) aralashtirib yuborsangiz, bas, birodarlaringiz. Alloh buzgʻunchini ham, islohchini ham biladi. Agar xohlasa, Alloh sizlarni qiyinchilikka solardi. Albatta, Alloh Aziyz va hikmatli Zotdir. [95]
[95] (Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo aytishlaricha, yetimlarni oʻz kafolatiga olgan kishilar, yetimlarning haqqini yeb qoʻymaylik, deb ularning ovqatlarini ham, ichimliklarini ham alohida qilib qoʻyishgan ekan. Hatto yetimdan biror ovqat ortib qolsa, oʻzi yemasa, buzilib ketsa ham, birov yemaydigan boʻlibdi. Bunday qiyin holni Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga zikr qilishganida, Alloh taolo: «Sendan yetimlar haqida soʻraydilar», oyatini nozil qilgan ekan.)
- 221
وَلَا تَنكِحُوا۟ ٱلْمُشْرِكَٰتِ حَتَّىٰ يُؤْمِنَّ ۚ وَلَأَمَةٌۭ مُّؤْمِنَةٌ خَيْرٌۭ مِّن مُّشْرِكَةٍۢ وَلَوْ أَعْجَبَتْكُمْ ۗ وَلَا تُنكِحُوا۟ ٱلْمُشْرِكِينَ حَتَّىٰ يُؤْمِنُوا۟ ۚ وَلَعَبْدٌۭ مُّؤْمِنٌ خَيْرٌۭ مِّن مُّشْرِكٍۢ وَلَوْ أَعْجَبَكُمْ ۗ أُو۟لَٰٓئِكَ يَدْعُونَ إِلَى ٱلنَّارِ ۖ وَٱللَّهُ يَدْعُوٓا۟ إِلَى ٱلْجَنَّةِ وَٱلْمَغْفِرَةِ بِإِذْنِهِۦ ۖ وَيُبَيِّنُ ءَايَٰتِهِۦ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ
Wa laatankihul mushrikaati hattaa yu'minn; wa la amatum mu'minatun khairum mim mushrikatinw wa law a'jabatkum; wa laa tunkihul mushrikeena hattaa yu'minoo; wa la'abdummu'minun khairum mimmushrikinw wa law 'ajabakum; ulaaa'ika yad'oona ilan Naari wallaahu yad'ooo ilal Jannati walmaghfirati biiznihee wa yubaiyinu Aayaatihee linnaasi la'allahum yatazakkaroon
Mushrika ayollarni iymon keltirmagunlaricha nikohingizga olmang. Shubhasiz, moʻmina choʻri mushrikadan, gar u sizga yoqsa ham, yaxshidir. Va mushriklar iymonga kelmagunlaricha, ularga nikohlab bermang. Shubhasiz, moʻmin qul mushrikdan, gar u sizga yoqsa ham, yaxshidir. Anavilar doʻzax oʻtiga chaqirarlar. Alloh esa, Oʻz izni ila jannatga va magʻfiratga chaqirar hamda odamlarga Oʻz oyatlarini bayon qiladir. Shoyadki, esga olsalar. [96]
[96] (Nikoh insoniy aloqalar ichida eng muqaddas va ahamiyatlisidir. Bu aloqa odam bolasining koʻplab xohish istaklariga javob beradi. Nikohdagi ikki shaxs bir-biriga eng yaqin shaxslar hisoblanadi. Bu holga erishish avvalo qalblarning birlashmogʻini, qalblarning birlashmogʻi esa, aqida birligini taqozo etadi. Chunki har bir insonning hayotiy yoʻlini belgilaydigan oʻlchov diniy nuqtai nazari boʻladi. Shu boisdan Islomda aqidasi buzuq ayollarga uylanish, mushrik erkaklarga turmushga chiqish man qilinadi.)
- 222
وَيَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْمَحِيضِ ۖ قُلْ هُوَ أَذًۭى فَٱعْتَزِلُوا۟ ٱلنِّسَآءَ فِى ٱلْمَحِيضِ ۖ وَلَا تَقْرَبُوهُنَّ حَتَّىٰ يَطْهُرْنَ ۖ فَإِذَا تَطَهَّرْنَ فَأْتُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ أَمَرَكُمُ ٱللَّهُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلتَّوَّٰبِينَ وَيُحِبُّ ٱلْمُتَطَهِّرِينَ
Wa yas'aloonaka 'anil maheedi qul huwa azan fa'tazilun nisaaa'a fil maheedi wa laa taqraboo hunna hattaa yathurna fa-izaa tathharna faatoohunna min haisu amarakumul laah; innallaaha yuhibbut Tawwaabeena wa yuhibbul mutatahhireen
Sendan hayz haqida soʻrarlar. Sen: «U koʻngilsiz narsadir. Hayz chogʻida ayollardan chetda boʻling. Ularga pok boʻlmagunlaricha yaqinlashmanglar. Agar pok boʻlsalar, ularga Alloh amr qilgan joydan keling. Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni sevadi va poklanuvchilarni sevadir», deb ayt.
- 223
نِسَآؤُكُمْ حَرْثٌۭ لَّكُمْ فَأْتُوا۟ حَرْثَكُمْ أَنَّىٰ شِئْتُمْ ۖ وَقَدِّمُوا۟ لِأَنفُسِكُمْ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّكُم مُّلَٰقُوهُ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Nisaaa'ukum harsullakum faatoo harsakum annaa shi'tum wa qaddimoo li anfusikum; wattaqul laaha wa'lamooo annakum mulaaqooh; wa bash shirilmu 'mineen
Ayollaringiz ekinzorlaringizdir. Bas, ekinzoringizga xohlaganingizcha keling. Oʻzingiz uchun (yaxshilik) taqdim qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Unga roʻbaroʻ keluvchisiz. Moʻminlarga bashorat ber. [97]
[97] (Er-xotin orasidagi hassos va nozik aloqa Qurʼoni Karim oyatlarida oʻziga xos uslub bilan tasvirlanadi. Avvalgi oyatlardan birida er-xotinni bir-biriga nisbatan kiyim-libos deb taʼrif qilingan edi. Bu oyatda esa, ayollar ekinzorga oʻxshatilyapti.)
- 224
وَلَا تَجْعَلُوا۟ ٱللَّهَ عُرْضَةًۭ لِّأَيْمَٰنِكُمْ أَن تَبَرُّوا۟ وَتَتَّقُوا۟ وَتُصْلِحُوا۟ بَيْنَ ٱلنَّاسِ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ
Wa laa taj'alul laaha 'urdatal li aymaanikum an tabarroo wa tattaqoo wa tuslihoo bainan naas; wallaahu Samee'un 'Aleem
Allohga ichgan qasamlaringizni yaxshilik qilish, taqvo qilish va odamlar orasini isloh etishingizga toʻsiq qilmang. Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.
- 225
لَّا يُؤَاخِذُكُمُ ٱللَّهُ بِٱللَّغْوِ فِىٓ أَيْمَٰنِكُمْ وَلَٰكِن يُؤَاخِذُكُم بِمَا كَسَبَتْ قُلُوبُكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌ حَلِيمٌۭ
Laa yu'aakhi zukumul laahu billaghwi feee aymaa nikum wa laakiny yu'aakhi zukum bimaa kasabat quloo bukum; wallaahu Ghafoorun Haleem
Alloh sizlarning behuda qasamlaringiz uchun tutmas. Lekin qalbdan kasb qilganingiz uchun tutadir. Va Alloh magʻfiratli, rahimli Zotdir.
- 226
لِّلَّذِينَ يُؤْلُونَ مِن نِّسَآئِهِمْ تَرَبُّصُ أَرْبَعَةِ أَشْهُرٍۢ ۖ فَإِن فَآءُو فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Lillazeena yu'loona min nisaaa'ihim tarabbusu arba'ati ashhurin fain faaa'oo fa innal laaha Ghafoorur Raheem
Xotinlaridan iylaa qilganlar uchun kutish toʻrt oydir. Agar qaytsalar, bas, albatta, Alloh magʻfiratli, rahimli Zotdir.
- 227
وَإِنْ عَزَمُوا۟ ٱلطَّلَٰقَ فَإِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ
Wa in 'azamut talaaqa fa innal laaha Samee'un 'Aleem
Va agar taloqni qasd qilsalar, bas, albatta, Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir. [98]
[98] (Iylaa — er kishining oʻz xotiniga yaqinlik qilmaslikka qasam ichishidir. Johiliyat davrida odamlar xotinidan achchigʻi chiqsa yoki uni jazolamoqchi boʻlsa, iylaa qilib, unga jinsiy yaqinlik qilmaslikka qasam ichib qoʻyar ekan. Shu bilan bir-ikki yil yoki undan ham koʻproq beparvo yuraverar ekan. Ayol bechora azobda qolar ekan. Iylaaning uzoq vaqti aynan toʻrt oy boʻlishining hikmati shuki, ayol kishi ersiz shu muddatga sabr qila oladi. Bundan oʻtib ketsa, chiday olmaslik ehtimoli bor.)
- 228
وَٱلْمُطَلَّقَٰتُ يَتَرَبَّصْنَ بِأَنفُسِهِنَّ ثَلَٰثَةَ قُرُوٓءٍۢ ۚ وَلَا يَحِلُّ لَهُنَّ أَن يَكْتُمْنَ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ فِىٓ أَرْحَامِهِنَّ إِن كُنَّ يُؤْمِنَّ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ ۚ وَبُعُولَتُهُنَّ أَحَقُّ بِرَدِّهِنَّ فِى ذَٰلِكَ إِنْ أَرَادُوٓا۟ إِصْلَٰحًۭا ۚ وَلَهُنَّ مِثْلُ ٱلَّذِى عَلَيْهِنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ ۚ وَلِلرِّجَالِ عَلَيْهِنَّ دَرَجَةٌۭ ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ
Walmutallaqaatu yatarab basna bi anfusihinna salaasata qurooo'; wa laa yahillu lahunna ai yaktumna maa khalaqal laahu feee arhaaminhinna in kunna yu'minna billaahi wal yawmil aakhir; wa bu'oola tuhunna ahaqqu biraddihinna fee zaalika in araadooo islaahaa; wa lahunna mislul lazee 'araihinna bilma'roof; wa lirrijjaali 'alaihinna daraja; wallaahu 'Azeezun Hakeem
Taloq qilingan ayollar uch qurʼu kutarlar. Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan boʻlsalar, ular uchun Alloh rahmlarida xalq qilgan narsani berkitishlari halol boʻlmas. Oʻshanda erlari ularni, agar islohni iroda qilsalar, oʻzlariga qaytarib olishga haqliroqdirlar. Va yaxshilik ila ularning burchlari muqobilida haqlari ham bordir. Va erkaklarga ulardan ustun daraja bordir. Alloh Aziyz va Hakiymdir. [99]
[99] (Ushbu oyati karimadagi hukm eri bilan birga yashagan, hayz koʻradigan va taloq qilingan ayollarga oiddir.)
- 229
ٱلطَّلَٰقُ مَرَّتَانِ ۖ فَإِمْسَاكٌۢ بِمَعْرُوفٍ أَوْ تَسْرِيحٌۢ بِإِحْسَٰنٍۢ ۗ وَلَا يَحِلُّ لَكُمْ أَن تَأْخُذُوا۟ مِمَّآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ شَيْـًٔا إِلَّآ أَن يَخَافَآ أَلَّا يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِ ۖ فَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا فِيمَا ٱفْتَدَتْ بِهِۦ ۗ تِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ فَلَا تَعْتَدُوهَا ۚ وَمَن يَتَعَدَّ حُدُودَ ٱللَّهِ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ
Attalaaqu marrataani fa imsaakum bima'roofin aw tasreehum bi ihsaan; wa laa yahillu lakum an taakhuzoo mimmaaa aataitumoohunna shai'an illaaa ai yakhaafaaa alla yuqeemaa hudoodallahi fa in khiftum allaa yuqeemaa budoodal laahi falaa junaaha 'Alaihimaa feemaf tadat bihee tilka hudoodul laahi falaa ta'tadoohaa; wa mai yata'adda hudoodal laahi fa ulaaa'ika humuzzaa limoon
Taloq ikki martadir. Soʻngra, yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qoʻyib yuborish. Sizga ularga bergan narsangizdan biror narsani olish halol boʻlmas, magar ikkovlari Allohning chegaralarida tura olmaslikdan qoʻrqsalar (boʻlur). Bas, agar ikkovlarining Allohning chegaralarida tura olmasligidan qoʻrqsangiz, xotin bergan evazda ikkovlariga gunoh yoʻqdir. Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, oʻshalar, ana oʻshalar zolimlardir.
- 230
فَإِن طَلَّقَهَا فَلَا تَحِلُّ لَهُۥ مِنۢ بَعْدُ حَتَّىٰ تَنكِحَ زَوْجًا غَيْرَهُۥ ۗ فَإِن طَلَّقَهَا فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَآ أَن يَتَرَاجَعَآ إِن ظَنَّآ أَن يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِ ۗ وَتِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ يُبَيِّنُهَا لِقَوْمٍۢ يَعْلَمُونَ
Fa in tallaqahaa falaa tahillu lahoo mim ba'du hattaa tankiha zawjan ghairah; fa in tallaqahaa falaa junaaha 'alaihimaaa ai yataraaja'aaa in zannaaa ai yuqeemaa hudoodal laa; wa tilka hudoodul laahi yubaiyinuhaa liqawminy ya'lamoon
Bas, agar yana taloq qilsa, bundan keyin u ayol, toki boshqa erga tegib chiqmaguncha, unga halol boʻlmas. Agar u ham taloq qilsa, gar Allohning chegaralarida turishga ishonsalar, bir-birlariga qaytsalar, gunoh boʻlmas. Ushbular Allohning bilgan qavmlarga bayon qilayotgan chegaralaridir. [100]
[100] (Yaʼni, agar avvalgi ikkita ustiga yana bir bor taloq qilsa, jami uchta boʻladi. Uch taloq boʻlgandan keyin ayol taloq qilgan erkakka halol boʻlmaydi. Eru xotin boʻlib yashashlari mumkin emas. Faqat bir yoʻl bor, u ham boʻlsa, u ayol boshqa erga tegsa-yu, u er bilan er-xotin boʻlib hayot kechirib yurganda, ikkinchi er vafot etib qolsa yoki taloq qilsa, shundan keyingina yana avvalgi eri bilan qayta turmush qursa boʻladi. «Agar u ham taloq qilsa, gar Allohning chegaralarida turishga ishonsalar, bir-birlariga qaytsalar, gunoh boʻlmaydi», deyilishining maʼnosi shu.)
- 231
وَإِذَا طَلَّقْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَبَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ سَرِّحُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍۢ ۚ وَلَا تُمْسِكُوهُنَّ ضِرَارًۭا لِّتَعْتَدُوا۟ ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَقَدْ ظَلَمَ نَفْسَهُۥ ۚ وَلَا تَتَّخِذُوٓا۟ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ هُزُوًۭا ۚ وَٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَمَآ أَنزَلَ عَلَيْكُم مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ وَٱلْحِكْمَةِ يَعِظُكُم بِهِۦ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۭ
Wa izaa tallaqtumun nisaaa'a fabalaghna ajala hunna fa amsikoohunna bima'roofin law sarrihoo hunna bima'roof; wa laa tumsikoo hunna diraa rallita'tadoo; wa mai yaf'al zaalika faqad zalama nafsah; wa laa tattakhizooo aayaatillaahi huzuwaa; wazkuroo ni'matal laahi 'alaikum wa maaa anzala 'alaikum minal kitaabi wal ikmati ya'izukum bih; wattaqul laaha wa'lamooo annal laaha bikulli shai'i 'Aleem
Xotinlarni taloq qilganingizda, muddatlari oxiriga yetganda, ularni yaxshilik bilan ushlab qoling yoki yaxshilik bilan qoʻyvoring. Ularni tajovuz uchun, zarar yetkazish yuzasidan ushlab turmang. Kim oʻshandoq qilsa, shubhasiz, oʻziga zulm qiladi. Allohning oyatlarini hazil bilmang. Allohning sizga bergan neʼmatini va vaʼz etib tushirgan kitobi va hikmatini esda tuting. Allohga taqvo qiling va bilingki, albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir. [101]
[101] (Allohning ulugʻ neʼmati — Islomni din va Muhammad alayhissalomni paygʻambar qilib yuborishidir. Vaʼz etib tushirgan kitobi — Qurʼoni Karim. Hikmat — Paygʻambar alayhissalomning sunnatlari. Bu narsalarni doimo esda tutish, ular asosida ilohiy koʻrsatmalarga amal qilib yashashgina insonga baxt keltiradi, shu jumladan, oilaviy hayotda ham.)
- 232
وَإِذَا طَلَّقْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَبَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَلَا تَعْضُلُوهُنَّ أَن يَنكِحْنَ أَزْوَٰجَهُنَّ إِذَا تَرَٰضَوْا۟ بَيْنَهُم بِٱلْمَعْرُوفِ ۗ ذَٰلِكَ يُوعَظُ بِهِۦ مَن كَانَ مِنكُمْ يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ ۗ ذَٰلِكُمْ أَزْكَىٰ لَكُمْ وَأَطْهَرُ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ
Wa izaa tallaqtumun nisaaa'a fabalaghna ajalahunna falaa ta'duloo hunna ai yankihna azwaaja humna izaa taraadaw bainahum bilma' roof; zaalika yoo'azu bihee man kaana minkum yu'minu billaahi wal yawmil aakhir; zaalikum azkaa lakum wa athar; wallaahu ya'lamu wa antum laa ta'lamu wa antum laa ta'lamoon
Xotinlarni taloq qilganingizda, muddatlari oxiriga yetganda, yaxshilik bilan oʻzaro rizolashing, erlariga qayta nikohlanishlarini man qilib, qiyinlashtirmang. Ushbu ila sizlardan Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar vaʼzlanadi. Shundoq qilishingiz siz uchun tozaroq va pokroqdir. Va Alloh biladir, siz esa bilmassiz. [102]
[102] (Maʼqal ibn Yasar roziyallohu anhu Paygʻambarimiz alayhissalomning davrlarida singlisini musulmonlardan bir kishiga erga beribdi. Eru xotin bir muddat birga yashashibdi. Keyin er xotinini bir taloq qoʻyib, qaytmabdi. Iddasi chiqib ketibdi. Keyin ikkovlari ham afsus qilib, er xotinga, xotin erga muhabbat qilibdi. Va boshqa sovchilar qatori sovchi qoʻyibdi. Shunda Maʼqal ibn Yasar unga: «Pastkashning oʻgʻli pastkash! Seni hurmat qilib singlimni bergan edim, sen boʻlsa uni taloq qilding. Allohga qasamki, u senga abadiy qaytmaydi», debdi. Soʻngra Alloh taolo erning xotinga, xotinning erga hojatini bilib, «Xotinlarni taloq qilganingizda, muddatlari yetganda...» deb boshlanib, «... siz esa bilmaysiz», deb tugovchi oyatni nozil qildi. Maʼqal ibn Yasar roziyallohu anhu oyati karimani eshitishlari bilan: «Parvardigorning soʻzini eshitdik va itoat qilamiz, dedilar-da, kuyovni chaqirib: «Singlimni senga nikohlab beraman va seni hurmat qilaman», dedilar.)
- 233
۞ وَٱلْوَٰلِدَٰتُ يُرْضِعْنَ أَوْلَٰدَهُنَّ حَوْلَيْنِ كَامِلَيْنِ ۖ لِمَنْ أَرَادَ أَن يُتِمَّ ٱلرَّضَاعَةَ ۚ وَعَلَى ٱلْمَوْلُودِ لَهُۥ رِزْقُهُنَّ وَكِسْوَتُهُنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ ۚ لَا تُكَلَّفُ نَفْسٌ إِلَّا وُسْعَهَا ۚ لَا تُضَآرَّ وَٰلِدَةٌۢ بِوَلَدِهَا وَلَا مَوْلُودٌۭ لَّهُۥ بِوَلَدِهِۦ ۚ وَعَلَى ٱلْوَارِثِ مِثْلُ ذَٰلِكَ ۗ فَإِنْ أَرَادَا فِصَالًا عَن تَرَاضٍۢ مِّنْهُمَا وَتَشَاوُرٍۢ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا ۗ وَإِنْ أَرَدتُّمْ أَن تَسْتَرْضِعُوٓا۟ أَوْلَٰدَكُمْ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِذَا سَلَّمْتُم مَّآ ءَاتَيْتُم بِٱلْمَعْرُوفِ ۗ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌۭ
Walwaa lidaatu yurdi'na awlaada hunna hawlaini kaamilaini liman araada ai yutimmar radaa'ah; wa 'alalmawloodi lahoo rizuhunna wa kiswatuhunna bilma'roof; laatukallafu nafsun illaa wus'ahaa; laa tudaaarra waalidatum biwaladihaa wa laa mawloodul lahoo biwaladih; wa 'alal waarisi mislu zaalik; fa in araadaa Fisaalan 'an taraadim minhumaa wa tashaawurin falaa junaaha 'alaimaa; wa in arattum an tastardi'ooo awlaadakum falaa junaaha 'alaikum izaa sallamtum maaa aataitum bilma'roof; wattaqul laaha wa'lamooo annal laaha bimaa ta'maloona baseer
Kim emizishni batamom qilishni iroda qilsa, onalar farzandlarni toʻliq ikki yil emizurlar. Ularni yaxshilab yedirib, kiyintirish otaning zimmasidadir. Hech bir jonga imkondan tashqari taklif boʻlmas. Ona ham, ota ham bolasi sababidan zarar tortmasin. Merosxoʻrga ham xuddi shundoq. Agar oʻzaro rozi boʻlib, sutdan ajratishni iroda qilsalar, ikkovlariga gunoh boʻlmas. Agar farzandlaringizga emizuvchi talab qilishni iroda qilsangiz, beradiganingizni yaxshilik bilan avvaldan topshirsangiz, gunoh boʻlmas. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, Alloh qilayotganingizni albatta koʻrib turuvchidir.
- 234
وَٱلَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَٰجًۭا يَتَرَبَّصْنَ بِأَنفُسِهِنَّ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍۢ وَعَشْرًۭا ۖ فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا فَعَلْنَ فِىٓ أَنفُسِهِنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌۭ
Wallazeena yutawaffawna minkum wa yazaroona azwaajai yatarabbasna bi anfusihinna arba'ata ashhurinw wa 'ashran fa izaa balaghna ajalahunna falaa junaaha 'alaikum feemaa fa'alna feee anfusihinna bilma'roof; wallaahu bimaa ta'maloona Khabeer
Sizlardan vafot etib juftlarini qoldirganlarning ayollari oʻzlaricha toʻrt oyu oʻn kun kutarlar. Muddatlari yetganda oʻzlari haqida yaxshilik bilan qilgan ishlarida sizga gunoh yoʻq. Alloh qilayotgan amalingizdan xabardordir. [103]
[103] (Johiliyat ahlining odatiga binoan, eri oʻlgan xotinning ustiga erining qarindoshlaridan biri ridosini tashlab qoʻysa, ayol bechora oʻz-oʻzidan oʻsha odamning mulkiga aylanib qolar edi. Xohlasa haligi odam oʻzi xotin qilar, xohlasa, boshqa erga berib, mahrini olar yoki umuman sotib yuborar edi. Islom bu zulmni ayolning yelkasidan koʻtarib tashladi. Eri oʻlgan ayolning iddasini maʼlum muddatga chegaralab qoʻydi: «toʻrt oy-u oʻn kun». Buning hikmati koʻp. Avvalo, bu muddat ichida rahmining (bachadonning) homiladan boʻsh yoki boʻsh emasligi bilinadi. Iddalari chiqqanidan keyin, ayollar shariat yoʻli bilan oʻzlariga sovchi kutsalar, ayb emas. Demak, eri oʻlganidan toʻrt oy-u oʻn kun bitgach, xotini yasanib, pardoz qilib, erga tegishi uchun sovchi kutsa, oʻzining ishi, hech kimga gunoh boʻlmaydi. Uni bu ishdan toʻsishga hech kimning haqqi ham yoʻq. Shariatning hukmi shu. Hayotda bundan boshqa hollarning uchrab turishi esa, bidʼat yoki xurofotdir. Xurofotdan saqlanish lozim. Chunki: «Alloh qilayotgan amalingizdan xabardordir». Iddada oʻtirgan ayolga nisbatan shariat koʻrsatmalaridan boshqa yoʻl tutmaslik kerak.)
- 235
وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا عَرَّضْتُم بِهِۦ مِنْ خِطْبَةِ ٱلنِّسَآءِ أَوْ أَكْنَنتُمْ فِىٓ أَنفُسِكُمْ ۚ عَلِمَ ٱللَّهُ أَنَّكُمْ سَتَذْكُرُونَهُنَّ وَلَٰكِن لَّا تُوَاعِدُوهُنَّ سِرًّا إِلَّآ أَن تَقُولُوا۟ قَوْلًۭا مَّعْرُوفًۭا ۚ وَلَا تَعْزِمُوا۟ عُقْدَةَ ٱلنِّكَاحِ حَتَّىٰ يَبْلُغَ ٱلْكِتَٰبُ أَجَلَهُۥ ۚ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِىٓ أَنفُسِكُمْ فَٱحْذَرُوهُ ۚ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ حَلِيمٌۭ
Wa laa junaaha 'alaikum feema 'arradtum bihee min khitbatin nisaaa'i aw aknantum feee anfusikum; 'alimal laahu annakum satazkuroonahunna wa laakil laa tuwaa'idoohunna sirran illaaa an taqooloo qawlamma'roofaa; wa laa ta'zimoo 'uqdatan nikaahi hattaa yablughal kitaabu ajalah; wa'lamooo annal laaha ya'lamumaa feee anfusikum fahzarooh; wa'lamooo annallaaha Ghafoorun Haleem
U ayollarga ishora ila sovchilik qilishingiz yoki uni oʻz ichingizda tutishingizda gunoh yoʻq. Alloh siz ularni albatta eslashingizni biladir. Lekin ular bilan xufyona vaʼdalashmang. Magar yaxshi gap gapirsangiz, mayli. Idda oʻz muddatiga yetmaguncha, nikoh bogʻlashni qasd qilmang. Va bilingki, Alloh ichingizdagini albatta biladi. Bas, Undan ogoh boʻling. Va bilingki, albatta, Alloh magʻfiratli va Haliymdir.
- 236
لَّا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِن طَلَّقْتُمُ ٱلنِّسَآءَ مَا لَمْ تَمَسُّوهُنَّ أَوْ تَفْرِضُوا۟ لَهُنَّ فَرِيضَةًۭ ۚ وَمَتِّعُوهُنَّ عَلَى ٱلْمُوسِعِ قَدَرُهُۥ وَعَلَى ٱلْمُقْتِرِ قَدَرُهُۥ مَتَٰعًۢا بِٱلْمَعْرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى ٱلْمُحْسِنِينَ
Laa junaaha 'alaikum in tallaqtumun nisaaa'a maa lam tamassoohunna aw tafridoo lahunna fareedah; wa matti'oona 'alal moosi'i qadaruhoo wa 'alal muqtiri qadaruhoo matta'am bilma'roofi haqqan 'alalmuhsineen
Agar xotinlarga qoʻl tekkizmay turib yoki ularni mahrni aniqlamay turib taloq qilsangiz, sizga gunoh boʻlmas. Ularni boy boricha, yoʻq holicha yaxshilik ila foydalantiring. Bu yaxshilik qiluvchilar burchidir. [104]
[104] (Bu oyatda nikohdan keyin mahrni aniqlamagan holatda duxuldan oldin taloq qilganda nima boʻlishi haqida soʻz ketmoqda.)
- 237
وَإِن طَلَّقْتُمُوهُنَّ مِن قَبْلِ أَن تَمَسُّوهُنَّ وَقَدْ فَرَضْتُمْ لَهُنَّ فَرِيضَةًۭ فَنِصْفُ مَا فَرَضْتُمْ إِلَّآ أَن يَعْفُونَ أَوْ يَعْفُوَا۟ ٱلَّذِى بِيَدِهِۦ عُقْدَةُ ٱلنِّكَاحِ ۚ وَأَن تَعْفُوٓا۟ أَقْرَبُ لِلتَّقْوَىٰ ۚ وَلَا تَنسَوُا۟ ٱلْفَضْلَ بَيْنَكُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
Wa in tallaqtumoohunna min qabli an tamassoohunna wa qad farad tum lahunna fareedatan fanisfu maa faradtum illaaa ai ya'foona aw ya'fuwallazee biyadihee 'uqdatunnikaah; wa an ta'foona aw ya'fuwallazee biyadihee 'uqdatunnikaah; wa an ta'fooo aqrabu littaqwaa; wa laa tansawulfadla bainakum; innal laaha bimaa ta'maloona Baseer
Agar ularga qoʻl tegizmay taloq qilsangiz va mahrni aniqlab qoʻygan boʻlsangiz, aniqlanganning yarmini berasiz, magar ayol yoki nikoh tuguni qoʻlida boʻlgan kishi afv qilsa, bermaysiz. Va afv qilishingiz taqvoga yaqindir. Orangizdagi fazilatni unutmang. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchi Zotdir.
- 238
حَٰفِظُوا۟ عَلَى ٱلصَّلَوَٰتِ وَٱلصَّلَوٰةِ ٱلْوُسْطَىٰ وَقُومُوا۟ لِلَّهِ قَٰنِتِينَ
Haafizoo 'alas salawaati was Salaatil Wustaa wa qoomoo lillaahi qaaniteen
Namozlarni va oʻrta namozni muhofaza eting. Va Alloh uchun xushuʼ ila qoim boʻling. [105]
[105] (Namozni muhofaza etish — ularni oʻz vaqtida, yaxshilab, kamchiliksiz oʻqish maʼnolarini bildiradi. «Oʻrta namoz» haqida ulamolar turli fikrlarni aytganlar. Lekin dalillarni solishtirib koʻrgan ulamolar «oʻrta namoz»dan murod — asr namozi, deganlar. Imom Muslim qilgan rivoyatda Paygʻambarimiz alayhissalom Ahzob urushida: «Bizni oʻrta namoz, asr namozidan mashgʻul qildilar. Alloh ularning qalblarini ham, uylarini ham olovga toʻldirsin», deganlar.)
- 239
فَإِنْ خِفْتُمْ فَرِجَالًا أَوْ رُكْبَانًۭا ۖ فَإِذَآ أَمِنتُمْ فَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ كَمَا عَلَّمَكُم مَّا لَمْ تَكُونُوا۟ تَعْلَمُونَ
Fa in khiftum farijaalan aw rukbaanan fa izaaa amintum fazkurul laaha kamaa 'allamakum maa lam takoonoo ta'lamoon
Agar xavfda qolsangiz, yurgan va mingan holingizda, xotirjam boʻlganingizda, bilmagan narsangizni qandoq oʻrgatgan boʻlsa, Allohni shundoq zikr qiling. [106]
[106] (Odamlar koʻp narsalarni bilmaydilar, Alloh oʻrgatmasa hech narsani bilmas edilar. Shuningdek, Alloh oʻrgatmasa, namoz oʻqishni ham bilmasdilar. Xotirjam boʻlganlarida, Alloh qanday oʻrgatgan boʻlsa, shundoq qilib namoz oʻqisinlar.)
- 240
وَٱلَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَٰجًۭا وَصِيَّةًۭ لِّأَزْوَٰجِهِم مَّتَٰعًا إِلَى ٱلْحَوْلِ غَيْرَ إِخْرَاجٍۢ ۚ فَإِنْ خَرَجْنَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِى مَا فَعَلْنَ فِىٓ أَنفُسِهِنَّ مِن مَّعْرُوفٍۢ ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ
Wallazeena yutawaf fawna minkum wa yazaroona azwaajanw wasiyyatal li azwaajihim mataa'an ilal hawlighaira ikhraaj; fa in kharajna falaa junaaha 'alaikum fee maa fa'alna junaaha 'alaikum fee maa fa'alna feee anfusihinna mim ma'roof; wallaahu Azeezun Hakeem
Sizlardan vafot etganda juftlarini qoldirayotganlar xotinlari chiqmasdan bir yilgacha foydalanishini vasiyat qilsinlar. Agar ular chiqsalar, oʻz xususlarida yaxshilik bilan qilgan ishlarida sizga gunoh yoʻq. Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.
- 241
وَلِلْمُطَلَّقَٰتِ مَتَٰعٌۢ بِٱلْمَعْرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى ٱلْمُتَّقِينَ
Wa lilmutallaqaati mataa'um bilma'roofi haqqan 'alal muttaqeen
Taloq qilingan ayollarga foyda berish taqvodorlar burchidir.
- 242
كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ ءَايَٰتِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
Kazaalika yubaiyinul laahu lakum aayaatihee la'allakum ta'qiloon
Alloh shunday qilib sizlarga Oʻz oyatlarini bayon etadir. Shoyadki, aql ishlatsangizlar.
- 243
۞ أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ خَرَجُوا۟ مِن دِيَٰرِهِمْ وَهُمْ أُلُوفٌ حَذَرَ ٱلْمَوْتِ فَقَالَ لَهُمُ ٱللَّهُ مُوتُوا۟ ثُمَّ أَحْيَٰهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ
Alam tara ilal lazeena kharajoo min diyaarihim wa hum uloofun hazaral mawti faqaaala lahumul laahu mootoo summa ahyaahum; innal laaha lazoo fadlin 'alannaasi wa laakinna aksarannaasi laa yashkuroon
Diyorlaridan oʻlimdan qochib chiqqan minglarcha kishilarning (xabarini) bilmadingmi?! Bas, Alloh ularga: oʻling, dedi. Soʻngra, ularni tiriltirdi. Albatta, Alloh odamlar ustidan fazl egasidir. Lekin koʻp odamlar shukr qilmaslar. [107]
[107] (Demak, bir vaqtlar katta bir qavm oʻlimdan qochib, diyorlarini tashlab chiqqan ekanlar. Oʻlimdan qochishlarining sababi turlicha boʻlishi mumkin. Balki vabo tarqalgan boʻlsa, shundan qochishgandir. Yoki dushman bilan jang qilish kerak boʻlsa, urushda oʻlib ketmaylik, deb qochishgandir. Maqsadlarining teskarisi boʻldi. «Oʻling» degan bir ogʻiz soʻz bilan oʻlib qolishdi. Demak, Allohning qazoi qadaridan qochib boʻlmas ekan. Allohdan oʻzga qaytib boradigan joy yoʻq ekan. Allohning Oʻzi xohlagan vaqtida oʻldirar ekan.)
- 244
وَقَٰتِلُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ
Wa qaatiloo fee sabeelil laahi wa'lamooo annal laaha Samee'un 'Aleem
Allohning yoʻlida jang qiling. Va bilingki, albatta, Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.
- 245
مَّن ذَا ٱلَّذِى يُقْرِضُ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًۭا فَيُضَٰعِفَهُۥ لَهُۥٓ أَضْعَافًۭا كَثِيرَةًۭ ۚ وَٱللَّهُ يَقْبِضُ وَيَبْصُۜطُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
Man zal lazee yuqridul laaha qardan hasanan fayudaa 'ifahoo lahoo ad'aafan kaseerah; wallaahu yaqbidu wa yabsut-u wa ilaihi turja'oon
Allohga yaxshi qarz beradigan kim bor?! Bas, toki unga berganini koʻp marta koʻpaytirib bersa. Va holbuki, Alloh (rizqni) tor qilur va keng qilur. Va Ungagina qaytasizlar.
- 246
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلْمَلَإِ مِنۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ مِنۢ بَعْدِ مُوسَىٰٓ إِذْ قَالُوا۟ لِنَبِىٍّۢ لَّهُمُ ٱبْعَثْ لَنَا مَلِكًۭا نُّقَٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ قَالَ هَلْ عَسَيْتُمْ إِن كُتِبَ عَلَيْكُمُ ٱلْقِتَالُ أَلَّا تُقَٰتِلُوا۟ ۖ قَالُوا۟ وَمَا لَنَآ أَلَّا نُقَٰتِلَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَقَدْ أُخْرِجْنَا مِن دِيَٰرِنَا وَأَبْنَآئِنَا ۖ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيْهِمُ ٱلْقِتَالُ تَوَلَّوْا۟ إِلَّا قَلِيلًۭا مِّنْهُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِٱلظَّٰلِمِينَ
Alam tara ilal malai mim Baneee Israaa'eela mim ba'di Moosaaa iz qaaloo li Nabiyyil lahumub 'as lanaa malikan nuqaatil fee sabeelillaahi qaala hal 'asaitum in kutiba 'alaikumul qitaalu allaa tuqaatiloo qaaloo wa maa lanaaa allaa nuqaatila fee sabeelil laahi wa qad ukhrijnaa min diyaarinaa wa abnaaa'inaa falammaa kutiba 'alaihimul qitaalu tawallaw illaa qaleelam minhum; wallaahu 'aleemum bizzaalimeen
Musodan keyingi Bani Isroildan boʻlgan aʼyonlarni bilmadingmi?! Vaqtiki oʻz Nabiylariga: «Bizga bir podshoh tayin qilgin, Allohning yoʻlida urush qilaylik», – dedilar. U: «Agar sizlarga urush farz qilinsa, urushmasalaringizchi?!» – dedi. Ular: «Bizga nima boʻlibdiki, diyorimizdan va farzandlarimizdan judo qilinsak ham, Allohning yoʻlida urushmasak», – dedilar. Urush farz qilinganda esa, ozginalaridan boshqalari yuz oʻgirib ketdilar. Va Alloh zulm qiluvchilarni biluvchidir. [108]
[108] (Muso alayhissalom vafot etib ketganlaridan keyin Bani Isroilning aʼyonlari, kattalari, ishboshilaridan bir guruhi oʻz nabiylari oldiga kelib: «Bizga bir podshoh — boshliq tayin qilib ber, uning rahbarligida Allohning yoʻlida urushmoqchimiz», deyishdi. Ular «Allohning yoʻlida urush» qilmoqchilar. Lekin quruq havas bilan ish bitmasligini anglab yetmaydilar. Hozir kenglikda turib, bir-biringizga qiziqib, bizga podshh tayin qilgin, Allohning yoʻlida urush qilaylik, demoqdalar. Haqiqatan shu ish yoʻlga qoʻyilsa, urush farzga aylanadi va unda orqaga qaytishning iloji qolmaydi. Ortga qaytgan gunohkor boʻladi.)
- 247
وَقَالَ لَهُمْ نَبِيُّهُمْ إِنَّ ٱللَّهَ قَدْ بَعَثَ لَكُمْ طَالُوتَ مَلِكًۭا ۚ قَالُوٓا۟ أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُ ٱلْمُلْكُ عَلَيْنَا وَنَحْنُ أَحَقُّ بِٱلْمُلْكِ مِنْهُ وَلَمْ يُؤْتَ سَعَةًۭ مِّنَ ٱلْمَالِ ۚ قَالَ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصْطَفَىٰهُ عَلَيْكُمْ وَزَادَهُۥ بَسْطَةًۭ فِى ٱلْعِلْمِ وَٱلْجِسْمِ ۖ وَٱللَّهُ يُؤْتِى مُلْكَهُۥ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌۭ
Wa qaala lahum Nabiy yuhum innal laaha qad ba'asa lakum Taaloota malikaa; qaalooo annaa yakoonu lahul mulku 'alainaa wa nahnu ahaqqu bilmulki minhu wa lam yu'ta sa'atamminal maal; qaala innallaahas tafaahu 'alaikum wa zaadahoo bastatan fil'ilmi waljismi wallaahu yu'tee mulkahoo mai yashaaa'; wallaahu Waasi'un 'Aleem
Nabiylari ularga: «Albatta, Alloh Tolutni sizga podshoh qilib tayinladi», – dedi. Ular: «U bizga qayoqdan podshoh boʻlsin. Undan koʻra podshohlikka biz haqliroqmiz. Qolaversa, unga koʻproq mol ham berilmagan», – dedilar. U: «Albatta, uni Allohning Oʻzi sizlarga tanladi va ilmda, jismda kengligini ziyoda qildi. Alloh podshohligini kimga xohlasa, oʻshanga beradi. Va Alloh keng qamrovli va biluvchidir», – dedi. [109]
[109] (Bani Isroilning talabiga binoan, Tolut ularga podshoh etib tayinlanganida, ular uni rizolik ila qabul qilishning oʻrniga, Allohning amriga isyon qilishdi. Alloh tayin qilgan Tolutning podshoh boʻlishini inkor etishdi. Uning podshohlikka tayinlanishini xato deb eʼlon qilishdi.)
- 248
وَقَالَ لَهُمْ نَبِيُّهُمْ إِنَّ ءَايَةَ مُلْكِهِۦٓ أَن يَأْتِيَكُمُ ٱلتَّابُوتُ فِيهِ سَكِينَةٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ وَبَقِيَّةٌۭ مِّمَّا تَرَكَ ءَالُ مُوسَىٰ وَءَالُ هَٰرُونَ تَحْمِلُهُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Wa qaala lahum Nabiyyuhum inna Aayata mulkiheee ai yaatiyakumut Taabootu feei sakeenatummir Rabbikum wa baqiyyatummimmaa taraka Aalu Moosa wa Aalu Haaroona tahmiluhul malaaa'ikah; inna fee zaalika la Aayatal lakum in kuntum mu'mineen
Nabiylari ularga: «Albatta, uning podshohligining belgisi sizlarga Robbingizdan sandiq kelmogʻidir, unda xotirjamlik va Muso hamda Horun ahlidan qolgan qoldiq boʻlib, farishtalar koʻtarib kelur. Agar moʻmin boʻlsalaringiz, albatta, bu narsada sizlarga belgi bor», – dedi. [110]
[110] (Tolutning haqiqatda Alloh tomonidan tayin qilingan podshoh ekanini Bani Isroilga isbot etish uchun ularga qoyil qoldiradigan, odatdan tashqari, Allohdan boshqa hech kimning qoʻlidan kelmaydigan bir moʻjiza sodir etilyapti. Maʼlumki, ulamolarimiz ushbu hodisani paygʻambarlardan qolgan narsalarni tabarruk tutishga dalildir, deganlar. Paygʻambarlari, tobutni farishtalar koʻtarib kelishi Tolutning podshohligiga belgidir, dedi.)
- 249
فَلَمَّا فَصَلَ طَالُوتُ بِٱلْجُنُودِ قَالَ إِنَّ ٱللَّهَ مُبْتَلِيكُم بِنَهَرٍۢ فَمَن شَرِبَ مِنْهُ فَلَيْسَ مِنِّى وَمَن لَّمْ يَطْعَمْهُ فَإِنَّهُۥ مِنِّىٓ إِلَّا مَنِ ٱغْتَرَفَ غُرْفَةًۢ بِيَدِهِۦ ۚ فَشَرِبُوا۟ مِنْهُ إِلَّا قَلِيلًۭا مِّنْهُمْ ۚ فَلَمَّا جَاوَزَهُۥ هُوَ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ قَالُوا۟ لَا طَاقَةَ لَنَا ٱلْيَوْمَ بِجَالُوتَ وَجُنُودِهِۦ ۚ قَالَ ٱلَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُم مُّلَٰقُوا۟ ٱللَّهِ كَم مِّن فِئَةٍۢ قَلِيلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةًۭ كَثِيرَةًۢ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ
Falammaa fasala Taalootu biljunoodi qaala innal laaha mubtaleekum binaharin faman shariba minhu falaisa minnee wa mallam yat'amhu fa innahoo minneee illaa manigh tarafa ghurfatam biyadih; fashariboo minhu illaa qaleelamminhum; falammaa jaawazahoo huwa wallazeena aamanoo ma'ahoo qaaloo laa taaqata lanal yawma bi Jaaloota wa junoodih; qaalallazeena yazunnoona annahum mulaaqul laahi kam min fi'atin qaleelatin ghalabat fi'atan kaseeratam bi iznil laah; wallaahuma'as saabireen
Tolut askar bilan chiqqanda: «Albatta, Alloh sizni daryo bilan sinovchidir, kim undan ichsa, u mendan emas. Va kim uni tanovul qilmasa, u, albatta, mendandir. Magar birov qoʻli bilan bir hoʻplam hoʻplasa, mayli», dedi. Ozginalaridan boshqalari undan ichdilar. U va u bilan birga iymon keltirganlar u(daryo)dan oʻtganlarida, ular: «Bugun bizda Jolut va uning askari bilan jang qilishga toqat yoʻq», dedilar. Allohga roʻbaroʻ boʻlishga ishonganlar: «Qanchadan-qancha oz sonli guruhlar Allohning izni bilan koʻp sonli guruhlarga gʻolib kelgan. Alloh sabrlilar bilandir», – dedilar. [111]
[111] (Asl narsa oʻzi oz boʻladi. Haqiqiy moʻminlar ham oz boʻladilar. Chunki ular xatarli soʻqmoqlardan qiyinchiliklarni yengib oʻtib, maqsadga yetadilar, Alloh tanlagan, muqarrab bandalar qatoriga kiradilar. Allohnig Oʻzidan sabr tilab, qoʻrqmay, koʻp sonli va quvvatli dushmanning koʻziga tik boqib boraveradilar.)
- 250
وَلَمَّا بَرَزُوا۟ لِجَالُوتَ وَجُنُودِهِۦ قَالُوا۟ رَبَّنَآ أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًۭا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا وَٱنصُرْنَا عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْكَٰفِرِينَ
Wa lammaa barazoo liJaaloota wa junoodihee qaaloo Rabbanaaa afrigh 'alainaa sabranw wa sabbit aqdaamanaa wansurnaa 'alal qawmil kaafireen
Jolut va uning askarlariga roʻbaroʻ kelganlarida: «Robbimiz, bizga sabr toʻkkin, sobitqadam qilgin va kofir qavmlarga qarshi nusrat bergin», – dedilar.
- 251
فَهَزَمُوهُم بِإِذْنِ ٱللَّهِ وَقَتَلَ دَاوُۥدُ جَالُوتَ وَءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ٱلْمُلْكَ وَٱلْحِكْمَةَ وَعَلَّمَهُۥ مِمَّا يَشَآءُ ۗ وَلَوْلَا دَفْعُ ٱللَّهِ ٱلنَّاسَ بَعْضَهُم بِبَعْضٍۢ لَّفَسَدَتِ ٱلْأَرْضُ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ ذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ
Fahazamoohum bi iznillaahi wa qatala Daawoodu jaaloota wa aataahul laahulmulka Wal Hikmata wa 'allamahoo mimmaa yashaaa'; wa law laa daf'ullaahin naasa ba'dahum biba'dil lafasadatil ardu wa laakinnal laaha zoo fadlin 'alal'aalameen
Bas, Allohning izni bilan ularni yengdilar va Dovud Jolutni qatl etdi. Soʻngra, Alloh unga podshohlik va hikmatni berdi va xohlagan narsasini oʻrgatdi. Agar Allohning baʼzi (odam)larni baʼzilariga dafʼ qilishi boʻlmasa edi, yer yuzi buzilardi. Lekin Alloh olamlar ustidan fazl egasidir. [112]
[112] (Dovud Tolut askari ichida yosh yigit edi. Jolut esa, katta kuchga ega boʻlgan podshoh, hammaning qalbiga dahshat solib turuvchi askarboshi edi. Alloh taolo ushbu zolim podshoh va askarboshining yoshgina yigitcha qoʻlida qatl boʻlishini iroda qildi. Bu bilan odamlarga, Alloh xohlasa, har qanday jabbor boʻlsa ham, bir yosh yigit uning oʻlimiga sabab boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi. «Soʻngra Alloh unga podshohlik va hikmatni berdi va xohlagan narsasini oʻrgatdi». Dovud Allohning inoyati bilan Tolutdan keyin Bani Isroilga podshoh boʻldi. Uning podshohlik davri oltin davr boʻldi. Alloh taolo unga podshohlikka qoʻshib hikmatni, yaʼni paygʻambarlikni ham berdi. Shu bilan birga, unga urush asboblarini yasashni ham oʻrgatdi.)
- 252
تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱللَّهِ نَتْلُوهَا عَلَيْكَ بِٱلْحَقِّ ۚ وَإِنَّكَ لَمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ
Tilka Aayaatul laahi natloohaa 'alaika bilhaqq; wa innaka laminal mursaleen
Bular Allohning oyatlaridir. Ularni senga haq ila tilovat qilurmiz. Va, albatta, sen Paygʻambarlardandirsan. [113]
[113] («Bular» — minglarcha odamlarni oʻldirish va tiriltirish, tobutni farishtalar koʻtarib kelishi, oz sonli moʻminlarning koʻp sonli kofirlarning ustidan gʻolib kelishi haqidagi xabarlarni oʻz ichiga olgan oyatlardir. Ularni Alloh taolo Oʻz Paygʻambariga haq ila hikoya qilib bermoqda. «Haq bilan» degani — qanday boʻlgan boʻlsa, shunday, voqelikdagi hodisaning oʻzini aytib bermoqda, deganidir.)
- 253
۞ تِلْكَ ٱلرُّسُلُ فَضَّلْنَا بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ ۘ مِّنْهُم مَّن كَلَّمَ ٱللَّهُ ۖ وَرَفَعَ بَعْضَهُمْ دَرَجَٰتٍۢ ۚ وَءَاتَيْنَا عِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ ٱلْبَيِّنَٰتِ وَأَيَّدْنَٰهُ بِرُوحِ ٱلْقُدُسِ ۗ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا ٱقْتَتَلَ ٱلَّذِينَ مِنۢ بَعْدِهِم مِّنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَٰتُ وَلَٰكِنِ ٱخْتَلَفُوا۟ فَمِنْهُم مَّنْ ءَامَنَ وَمِنْهُم مَّن كَفَرَ ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا ٱقْتَتَلُوا۟ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يُرِيدُ
Tilkar Rusulu faddalnaa ba'dahum 'alaa ba'd; minhum man kallamal laahu wa rafa'a ba'dahum darajaat; wa aatainaa 'Eesab na Maryamal baiyinaati wa ayyadnaahu bi Roohil Qudus; wa law shaaa'al laahu maqtatalal lazeena mimba'dihim mim ba'di maa jaaa'athumul baiyinaatu wa laakinikh talafoo faminhum man aamana wa minhum man kafar; wa law shaaa'al laahu maq tataloo wa laakinnallaaha yaf'alu maa yureed (
Bular Paygʻambarlar. Ularning baʼzilarini baʼzilaridan fazllik qildik. Ulardan Alloh gaplashgani bor va baʼzilarining darajasini koʻtargan. Va Iyso ibn Maryamga oydin(moʻjiza)larni berdik va uni muqaddas ruh bilan qoʻlladik. Agar Alloh xohlaganida, ulardan keyin qolganlar oʻzlariga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan soʻng urushmas edilar. Lekin ixtilof qildilar. Ulardan kimdir iymon keltirdi, kimdir kufr keltirdi. Agar Alloh xohlaganida, urushmas edilar. Lekin Alloh nimani iroda qilsa, shuni qiladi. [114]
[114] («Muqaddas ruh» deb tarjima qilingan «Ruhul qudus»dan murod Jibroil farishta alayhissalomdir.)
- 254
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَنفِقُوا۟ مِمَّا رَزَقْنَٰكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ يَوْمٌۭ لَّا بَيْعٌۭ فِيهِ وَلَا خُلَّةٌۭ وَلَا شَفَٰعَةٌۭ ۗ وَٱلْكَٰفِرُونَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ
Yaa ayyuhal lazeena aamanoo anfiqoo mimmaa razaqnaakum min qabli ai yaatiya yawmul laa bai'un fee wa la khullatunw wa laa shafaa'ah; walkaa firoona humuz zaalimoon
Ey, iymon keltirganlar! Sizga rizq qilib bergan narsalarimizdan na oldi-sotdi, na oshna-ogʻaynichilik va na shafoatchilik yoʻq Kun kelmasdan oldin nafaqa qiling. Va kofirlar — oʻshalar zolimlardir.
- 255
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْحَىُّ ٱلْقَيُّومُ ۚ لَا تَأْخُذُهُۥ سِنَةٌۭ وَلَا نَوْمٌۭ ۚ لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ مَن ذَا ٱلَّذِى يَشْفَعُ عِندَهُۥٓ إِلَّا بِإِذْنِهِۦ ۚ يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ ۖ وَلَا يُحِيطُونَ بِشَىْءٍۢ مِّنْ عِلْمِهِۦٓ إِلَّا بِمَا شَآءَ ۚ وَسِعَ كُرْسِيُّهُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ ۖ وَلَا يَـُٔودُهُۥ حِفْظُهُمَا ۚ وَهُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْعَظِيمُ
Allahu laaa ilaaha illaa Huwal Haiyul Qaiyoom; laa taakhuzuhoo sinatunw wa laa nawm; lahoo maa fissamaawaati wa maa fil ard; man zal lazee yashfa'u indahooo illaa bi-iznih; ya'lamu maa baina aydeehim wa mww khalfahum wa laa yuheetoona bishai'im min 'ilmihee illaa bimaa shaaa'; wasi'a Kursiyyuhus samaawaati wal arda wa laa ya'ooduho hifzuhumaa; wa Huwal Aliyyul 'Azeem
Alloh, Undan oʻzga iloh yoʻq. U tirikdir va qayyumdir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmas. Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Uning huzurida Oʻzining iznisiz hech kim shafoat qila olmas. U ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Uning ilmidan hech narsani ihota qila olmaslar, magar Oʻzi xohlaganini, xolos. Uning kursisi osmonlaru yerni qamragan. U ularni muhofaza qilishdan charchamas. Va U Aliy va Aziym Zotdir. [115]
[115] (Imom Muslim va Imom Ahmad Ubay ibn Kaʼb roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda, Allohning kitobidagi eng ulugʻ oyat Kursi oyati ekanligi taʼkidlangan. Imom Nasoiy Abu Umomadan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom: «Kim har farz namozdan keyin «Oyatul Kursiy»ni oʻqisa, uning jannatga kirishini faqat oʻlim toʻsib turadi, xolos», deganlar. Yaʼni, oʻlmagani uchun jannatga kirmaydi, agar vafot etsa, uni jannatdan toʻsadigan hech narsa qolmaydi, degani.)
- 256
لَآ إِكْرَاهَ فِى ٱلدِّينِ ۖ قَد تَّبَيَّنَ ٱلرُّشْدُ مِنَ ٱلْغَىِّ ۚ فَمَن يَكْفُرْ بِٱلطَّٰغُوتِ وَيُؤْمِنۢ بِٱللَّهِ فَقَدِ ٱسْتَمْسَكَ بِٱلْعُرْوَةِ ٱلْوُثْقَىٰ لَا ٱنفِصَامَ لَهَا ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
Laaa ikraaha fid deeni qat tabiyanar rushdu minal ghayy; famai yakfur bit Taaghooti wa yu'mim billaahi faqadis tamsaka bil'urwatil wusqaa lan fisaama lahaa; wallaahu Samee'un 'Aleem
Dinga majbur qilish yoʻq. Batahqiq, haq botildan ajradi. Kim togʻutga kufr keltirib, Allohga iymon keltirsa, batahqiq, uzilmaydigan mustahkam tutqichni ushlagan boʻladi. Va Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir. [116]
[116] (Aqida, iymon masalasi inson qalbiga bogʻliq juda ham nozik bir masaladir. Bu narsani majbur etib, kuch bilan singdirib boʻlmaydi. Balki har bir inson bayon qilingan narsalarga tushunib iymon keltirgandagina maqsad hosil boʻladi. Islomda ushbu qoidaga qattiq rioya qilinadi. Alloh taolo Oʻzi «Dinga majbur qilish yoʻq. Batahqiq, haq botildan ajradi», deb qoʻygan. Yaʼni, Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad alayhissalomga Qurʼoni Karimni tushirib, Islomni joriy qilgandan soʻng toʻgʻri yoʻl notoʻgʻrisidan, haq botildan ajradi. Hamma narsa oʻz oʻrnini topdi. Shunday boʻlgandan keyin «Dinga majbur qilish yoʻq». Har kimga Alloh aql bergan, oʻziga kerak yoʻlni tanlab olsin.)
- 257
ٱللَّهُ وَلِىُّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ يُخْرِجُهُم مِّنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَوْلِيَآؤُهُمُ ٱلطَّٰغُوتُ يُخْرِجُونَهُم مِّنَ ٱلنُّورِ إِلَى ٱلظُّلُمَٰتِ ۗ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ
Allaahu waliyyul lazeena aamanoo yukhrijuhum minaz zulumaati ilan noori wallazeena kafarooo awliyaaa'uhumut Taaghootu yukhrijoonahum minan noori ilaz zulumaat; ulaaa'ika Ashaabun Naari hum feehaa khaalidoon
Alloh iymon keltirganlarning doʻstidir. Ularni zulmatlardan nurga chiqarur. Kufr keltirganlarning doʻstlari togʻutlardir. Ularni nurdan zulmatlarga chiqarurlar. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiydirlar. [117]
[117] (Biz oyatda «doʻst» deb tarjima qilgan ibora arabchada «valiy» deb kelgan boʻlib, bu siz bilan bizning tushunchamizdagi «doʻst»dan koʻra kengroq tushunchani ifoda qiladi. Bu doʻst ishboshi, hamma kerakli narsalarni tayyorlab, ishlarni toʻgʻri izga solib turuvchi gʻamxoʻrdir. «Togʻut» — Allohdan boshqa ibodat qilinadigan narsalar.)
- 258
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِى حَآجَّ إِبْرَٰهِۦمَ فِى رَبِّهِۦٓ أَنْ ءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ٱلْمُلْكَ إِذْ قَالَ إِبْرَٰهِۦمُ رَبِّىَ ٱلَّذِى يُحْىِۦ وَيُمِيتُ قَالَ أَنَا۠ أُحْىِۦ وَأُمِيتُ ۖ قَالَ إِبْرَٰهِۦمُ فَإِنَّ ٱللَّهَ يَأْتِى بِٱلشَّمْسِ مِنَ ٱلْمَشْرِقِ فَأْتِ بِهَا مِنَ ٱلْمَغْرِبِ فَبُهِتَ ٱلَّذِى كَفَرَ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ
Alam tara ilal lazee Haaajja Ibraaheema fee Rabbiheee an aataahullaahul mulka iz qaala Ibraaheemu Rabbiyal lazee yuhyee wa yumeetu qaala ana uhyee wa yumeetu qaala ana uhyee wa umeetu qaala Ibraaheemu fa innal laaha yaatee bishshamsi minal mashriqi faati bihaa minal maghribi fabuhital lazee kafar; wallaahu laa yahdil qawmaz zaalimeen
Alloh podshohlik berib qoʻygani sababidan Ibrohim bilan Robbisi haqida hujjat talashganni bilmadingmi? Ibrohim: «Mening Robbim tiriltiradi va oʻldiradi», deganda, u: «Men tiriltiraman va oʻldiraman», – dedi. Ibrohim: «Albatta, Alloh quyoshni Mashriqdan chiqarur, bas, sen uni Magʻribdan chiqarging-chi», – dedi. Bas, kufr keltirgan lol qoldi. Va, Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas. [118]
[118] (Ushbu oyati karima Ibrohim alayhissalom bilan u kishining davrlarida oʻtgan bir hukmdor podshohning tortishuvini hikoya qiladi.)
- 259
أَوْ كَٱلَّذِى مَرَّ عَلَىٰ قَرْيَةٍۢ وَهِىَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا قَالَ أَنَّىٰ يُحْىِۦ هَٰذِهِ ٱللَّهُ بَعْدَ مَوْتِهَا ۖ فَأَمَاتَهُ ٱللَّهُ مِا۟ئَةَ عَامٍۢ ثُمَّ بَعَثَهُۥ ۖ قَالَ كَمْ لَبِثْتَ ۖ قَالَ لَبِثْتُ يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍۢ ۖ قَالَ بَل لَّبِثْتَ مِا۟ئَةَ عَامٍۢ فَٱنظُرْ إِلَىٰ طَعَامِكَ وَشَرَابِكَ لَمْ يَتَسَنَّهْ ۖ وَٱنظُرْ إِلَىٰ حِمَارِكَ وَلِنَجْعَلَكَ ءَايَةًۭ لِّلنَّاسِ ۖ وَٱنظُرْ إِلَى ٱلْعِظَامِ كَيْفَ نُنشِزُهَا ثُمَّ نَكْسُوهَا لَحْمًۭا ۚ فَلَمَّا تَبَيَّنَ لَهُۥ قَالَ أَعْلَمُ أَنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ
Aw kallazee marra 'alaa qaryatinw wa hiya khaawiyatun 'alaa 'urooshihaa qaala annaa yuhyee haazihil laahu ba'da mawtihaa fa amaatahul laahu mi'ata 'aamin suumma ba'asahoo qaala kam labista qaala labistu yawman aw ba'da yawmin qaala bal labista mi'ata 'aamin fanzur ilaa ta'aamika wa sharaabika lam yatasannah wanzur ilaa himaarika wa linaj'alaka Aayatal linnaasi wanzur ilal'izaami kaifa nunshizuhaa summa naksoohaa lahmaa; falammaa tabiyana lahoo qaala a'lamu annal laaha 'alaakulli shai'in Qadeer
Yoki shiftlari ustiga qulagan qishloqdan oʻtgan kishiga oʻxshashni koʻrmadingmi? U: «Alloh buni oʻlimdan keyin qanday tiriltirur?» – dedi. Bas, Alloh uni yuz yil oʻldirdi, soʻngra, qayta tiriltirdi. «Qancha yotding?» – dedi. U: «Bir kun yoki bir kunning baʼzisicha yotdim», – dedi. «Balki, yuz yil yotding, taomingga va sharobingga nazar sol, oʻzgargani yoʻq va eshagingga ham qara. Seni odamlarga ibrat qilish uchun shunday qildik. Va suyaklarga nazar sol, ularni qandoq harakatga solamiz va ularga qandoq goʻsht kiygizamiz», – dedi. Unga ravshan boʻlganda: «Albatta, Alloh har bir narsaga qodirligini bildim», – dedi. [119]
[119] (Demak, oʻsha kishi Alloh taoloning har bir narsaga qodir ekaniga shubha bilan qarardi. Shunda Alloh taolo unga, oʻlgan narsalarni qanday qilib tiriltirishini tushuntirib oʻtirmadi-da, u bandaning oʻzini tajriba qilib qoʻya qoldi: «Bas, Alloh uni yuz yil oʻldirdi, soʻngra qayta tiriltirdi». Boʻlib oʻtgan voqeani tushunib yetish uchun Alloh unga: «Qancha yotding?» dedi». U odam oʻzining qancha yotganini qayerdan bilsin. Vaqtni sezish tirik, hayot nashidasini surib turgan kishilarga xos xususiyat. U boʻlsa, yuz yil oʻlib yotdi. Buning ustiga, his-tuygʻu odamni aldaydi ham. Shuning uchun: «U: «Bir kun yoki bir kunining baʼzisicha yotdim», dedi». Oʻzining bilganicha javob berdi. Oʻzining yuz yil oʻlib yotib, yana qayta tirilgani unga bir kun yoki bir kundan ham ozroq yotganday boʻlib koʻrindi. Bu holati oʻziga tasdiqlatib olingandan soʻng, boʻlgan ishning haqiqati unga aytildi: «Balki yuz yil yotding», deyildi.)
- 260
وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِۦمُ رَبِّ أَرِنِى كَيْفَ تُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ ۖ قَالَ أَوَلَمْ تُؤْمِن ۖ قَالَ بَلَىٰ وَلَٰكِن لِّيَطْمَئِنَّ قَلْبِى ۖ قَالَ فَخُذْ أَرْبَعَةًۭ مِّنَ ٱلطَّيْرِ فَصُرْهُنَّ إِلَيْكَ ثُمَّ ٱجْعَلْ عَلَىٰ كُلِّ جَبَلٍۢ مِّنْهُنَّ جُزْءًۭا ثُمَّ ٱدْعُهُنَّ يَأْتِينَكَ سَعْيًۭا ۚ وَٱعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ
Wa iz qaala Ibraaheemu Rabbi arinee kaifa tuhyil mawtaa qaala awa lam tu'min qaala balaa wa laakil liyatma'inna qalbee qaala fakhuz arab'atam minal tairi fasurhunna ilaika summaj 'al a'alaa kulli jabalim minhunna juz'an sumaad 'uhunna yaateenaka sa'yaa; wa'lam annal laaha 'Azeezun Hakeem
Esla, Ibrohim: «Ey Robbim, menga oʻliklarni qanday tiriltirishingni koʻrsat», deganda, U Zot: «Ishonmadingmi?» – dedi. U: Ore, lekin qalbim xotirjam boʻlishi uchun», – dedi. U zot: «Qushdan toʻrtta olgin-da, oʻzingga tortib, kesib maydala, soʻngra, ulardan har bir toqqa boʻlaklarini qoʻygin, keyin ularni oʻzingga chaqir, huzuringga tezlab keladilar», – dedi. «Va bilginki, albatta, Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir». [120]
[120] (Ibrohim alayhissalom Alloh taolo oʻliklarni tiriltira olishiga hech qanday shubha qilmas edilar. U zotning bunga ishonchlari komil edi. Shuning uchun ham Alloh taolo «Ishonmadingmi?» deb soʻraganida: «Ore (ishondim), lekin qalbim xotirjam boʻlishi uchun», dedilar. Dilda ishongan narsani, koʻz bilan koʻrib, Alloh taoloning qudratiga qoyil qolib, moʻmin banda oʻz Robbining moʻjizalarini koʻrib maza qilgandek maza qilib, koʻngli xotirjam boʻlishi uchun soʻraganlar.)
- 261
مَّثَلُ ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَنۢبَتَتْ سَبْعَ سَنَابِلَ فِى كُلِّ سُنۢبُلَةٍۢ مِّا۟ئَةُ حَبَّةٍۢ ۗ وَٱللَّهُ يُضَٰعِفُ لِمَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ
Masalul lazeena yunfiqoona amwaalahum fee sabeelil laahi kamasali habbatin ambatat sab'a sanaabila fee kulli sumbulatim mi'atu habbah; wallaahu yudaa'ifu limai yashaaa; wallaahu Waasi'un 'Aleem
Mollarini Allohning yoʻlida sarflaydiganlarning misoli xuddi bir dona donga oʻxshaydir. Undan yetti boshoq oʻsib chiqadir, har boshoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga xohlasa, yana koʻpaytirib beradir. Va Alloh qamrab oluvchi va biluvchi Zotdir.
- 262
ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ لَا يُتْبِعُونَ مَآ أَنفَقُوا۟ مَنًّۭا وَلَآ أَذًۭى ۙ لَّهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Allazeena yunfiqoona amwaalahum fee sabeelillaahi summa laa yutbi'oona maaa anfaqoo mannanw wa laaa azal lahum ajruhum 'inda Rabbihim; wa laa khawfun 'alaihim wa laa hum yahzanoon
Allohning yoʻlida mollarini sarflab, soʻngra sarflari ketidan minnat qilmay va ozor bermaydiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar. [121]
[121] (Allohning yoʻlida sarflangan molning savobini toʻliq olishning sharti ham bor, u ham boʻlsa, mol sarflovchi minnat qilmasligi va molni olganlarga ozor bermasligi kerak. Minnat qilishlik yomon odat boʻlib, inson qalbida ogʻir yara qoldiradi.)
- 263
۞ قَوْلٌۭ مَّعْرُوفٌۭ وَمَغْفِرَةٌ خَيْرٌۭ مِّن صَدَقَةٍۢ يَتْبَعُهَآ أَذًۭى ۗ وَٱللَّهُ غَنِىٌّ حَلِيمٌۭ
Qawlum ma'roofunw wa maghfiratun khairum min sadaqatiny yatba'uhaaa azaa; wallaahu Ghaniyyun Haleem
Yaxshi soʻz va kechirish ortidan ozor keladigan sadaqadan koʻra yaxshiroqdir. Va Alloh Gʻaniy va Haliym Zotdir. [122]
[122] («Ortidan ozor keladigan sadaqa»ning keragi yoʻq. Undan koʻra bir ogʻiz shirin soʻz va kechirimli boʻlish yaxshiroqdir. Bir ogʻiz boʻlsa ham, shirin soʻz qalbning jarohatiga malham boʻladi, kishining koʻnglini koʻtaradi. Kechirish esa, hasad va yomonlikni yuvib tashlab, oʻrniga muhabbat va doʻstlikni soladi.)
- 264
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تُبْطِلُوا۟ صَدَقَٰتِكُم بِٱلْمَنِّ وَٱلْأَذَىٰ كَٱلَّذِى يُنفِقُ مَالَهُۥ رِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَلَا يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ ۖ فَمَثَلُهُۥ كَمَثَلِ صَفْوَانٍ عَلَيْهِ تُرَابٌۭ فَأَصَابَهُۥ وَابِلٌۭ فَتَرَكَهُۥ صَلْدًۭا ۖ لَّا يَقْدِرُونَ عَلَىٰ شَىْءٍۢ مِّمَّا كَسَبُوا۟ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْكَٰفِرِينَ
Yaaa ayyuhal lazeena aamanoo laa tubtiloo sadaqaatikum bilmanni wal azaa kallazee yunfiqu maalahoo ri'aaa'an naasi wa laa yu'minu billaahi wal yawmil aakhiri famasaluhoo kamasali safwaanin 'alaihi turaabun fa asaabahoo waabilun fatara kahoo saldaa; laa yaqdiroona 'alaa shai'im mimmaa kasaboo; wallaahu laa yahdil qawmal kaafireen
Ey, iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmasa ham, kishilarga riyo uchun molini nafaqa qilganga oʻxshab, bekorga ketkazmang. U misoli ustini tuproq bosgan silliq bir toshga oʻxshaydir. Bas, kuchli yomgʻir yogʻsa, silliq boʻlib qoladi. Kasb qilganlaridan hech narsaga qodir boʻlmaslar. Va Alloh kofir qavmlarni hidoyatga boshlamas. [123]
[123] (Ushbu oyati karimada sadaqadan keyin minnat qilib, ozor berib, qilgan yaxshiligining savobidan bebahra qolishlik ajoyib badiiy vasf bilan tasvirlanyapti. Bu bilan musulmonlar hissida bu ishning naqadar yomon ish ekanligini jonli tasvir qilinmoqda.)
- 265
وَمَثَلُ ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمُ ٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِ ٱللَّهِ وَتَثْبِيتًۭا مِّنْ أَنفُسِهِمْ كَمَثَلِ جَنَّةٍۭ بِرَبْوَةٍ أَصَابَهَا وَابِلٌۭ فَـَٔاتَتْ أُكُلَهَا ضِعْفَيْنِ فَإِن لَّمْ يُصِبْهَا وَابِلٌۭ فَطَلٌّۭ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
Wa masalul lazeena yunfiqoona amwaalahumub ti ghaaaa'a mardaatil laahi wa tasbeetam min anfusihim kamasali jannatim birabwatin asaabahaa waabilun fa aatat ukulahaa di'faini fa il lam yusibhaa waabilun fatall; wallaahu bimaa ta'maloona Baseer
Mollarini Allohning roziligini istab, oʻzlaridagi ishonch bilan sarflaydiganlar xuddi tepalikdagi boqqa oʻxshaydir. Unga qattiq yomgʻir yogʻsa, mevasini ikki barobar beradi. Agar qattiq yomgʻir yogʻmasa, maydalab yoqqani ham boʻlaveradi. Va Alloh qilayotganlaringizni koʻrib turuvchi Zotdir.
- 266
أَيَوَدُّ أَحَدُكُمْ أَن تَكُونَ لَهُۥ جَنَّةٌۭ مِّن نَّخِيلٍۢ وَأَعْنَابٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ لَهُۥ فِيهَا مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ وَأَصَابَهُ ٱلْكِبَرُ وَلَهُۥ ذُرِّيَّةٌۭ ضُعَفَآءُ فَأَصَابَهَآ إِعْصَارٌۭ فِيهِ نَارٌۭ فَٱحْتَرَقَتْ ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ
Ayawaddu ahadukum an takoona lahoo jannatum min nakheelinw wa a'naabin tajree min tahtihal anhaaru lahoo feehaa min kullis samaraati wa asaabahul kibaru wa lahoo zurriyyatun du'afaaa'u fa asaabahaaa i'saarun feehi naarun fahtaraqat; kazaalika yubaiyinul laahu lakumul aayaati la'allakum tatafakkaroon
Sizlardan birortangiz ostidan anhorlar oqib turgan xurmozor va uzumzor, turli mevali bogʻi boʻlaturib, yoshi bir joyga yetganda, zaifhol zurriyoti bor paytda unga oʻtli boʻron kelib, yonib bitishini xohlaydimi?! Alloh sizlarga shu tariqa Oʻz oyatlarini bayon qilur, shoyadki, fikr yuritsangiz. [124]
[124] (Allohning yoʻlida qilingan sadaqa xuddi daraxtlari ostidan sharqirab suvlar oqib turgan xurmozor va uzumzor, turli mevali boqqa oʻxshaydi. Bogʻdan hammaga foyda — koʻrgan ham, kirgan ham, yegan ham hursand. Xuddi shuningdek, Alloh yoʻlida qilingan sadaqa berganni ham, olganni ham, bilganni ham xursand qiladi. Hammaga oʻz darajasida foyda yetkazadi. Ana shunday oliymaqom bogʻu boʻstoni bor odam shu bogʻning oʻtli boʻronda kuyib tugashini, xususan, yoshi bir joyga yetib, qoʻlidan bir ish kelmay qolgan chogʻida, uning qoʻliga qarab turgan zaifhol zurriyotlari bor chogʻida shunday boʻlishini xohlaydimi? Albatta, yoʻq. Alloh yoʻlida sadaqa qilgan odam ham goʻyo oʻshanday bogʻu boʻstonga erishgan boʻladi. Sadaqasi ketidan minnat etsa va ozor yetkazsa, xuddi oʻtli boʻron bilan bogʻini kuydirgandek boʻladi. Sadaqasining savobi qolmaydi.)
- 267
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَنفِقُوا۟ مِن طَيِّبَٰتِ مَا كَسَبْتُمْ وَمِمَّآ أَخْرَجْنَا لَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ ۖ وَلَا تَيَمَّمُوا۟ ٱلْخَبِيثَ مِنْهُ تُنفِقُونَ وَلَسْتُم بِـَٔاخِذِيهِ إِلَّآ أَن تُغْمِضُوا۟ فِيهِ ۚ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ غَنِىٌّ حَمِيدٌ
Yaaa 'ayyuhal lazeena aamanooo anfiqoo min taiyibaati maa kasabtum wa mimmaaa akhrajuaa lakum minal ardi wa laa tayammamul khabeesa minhu tunfiqoona wa lastum bi aakhizeehi illaaa an tughmidoo feeh; wa'lamooo annal laaha Ghaniyyun Hameed
Ey, iymon keltirganlar! Kasb qilgan pok narsalaringizdan va Biz sizlarga yerdan chiqarib bergan narsalarimizdan sadaqa qilinglar. Nopokni qasd etib sadaqa qilmang. Holbuki, uni oʻzingiz ham oluvchimassiz, magar koʻz yumsangizgina olasiz. Va bilingki, albatta, Alloh boy va maqtalgan Zotdir.
- 268
ٱلشَّيْطَٰنُ يَعِدُكُمُ ٱلْفَقْرَ وَيَأْمُرُكُم بِٱلْفَحْشَآءِ ۖ وَٱللَّهُ يَعِدُكُم مَّغْفِرَةًۭ مِّنْهُ وَفَضْلًۭا ۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌۭ
Ash Shaitaanu ya'idukumul faqra wa yaamurukum bilfahshaaa'i wallaahu ya'idukum maghfiratam minhu wa fadlaa; wallaahu Waasi'un 'Aleem
Shayton sizga faqirlikni vaʼda qiladir va fahsh ishlarga buyuradir. Alloh sizga Oʻzidan magʻfirat va fazlni vaʼda qiladir. Va Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir. [125]
[125] (Shayton bandalarni molingdan sadaqa qilsang, faqir-kambagʻal boʻlib qolasan, deb qoʻrqitadi. Ham kishilarni fahshga — yomon gunoh ishlarga, qizgʻanchiqlikka, baxillik va molu dunyoga oʻch boʻlishga buyuradi. Shaytonning gapiga kirganlar faqirlikdan qoʻrqib, baxil boʻlib, Allohning yoʻlida sadaqa qilmay yuraveradilar.)
- 269
يُؤْتِى ٱلْحِكْمَةَ مَن يَشَآءُ ۚ وَمَن يُؤْتَ ٱلْحِكْمَةَ فَقَدْ أُوتِىَ خَيْرًۭا كَثِيرًۭا ۗ وَمَا يَذَّكَّرُ إِلَّآ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَٰبِ
Yu'til Hikmata mai yashaaa'; wa mai yutal Hikmata faqad ootiya khairan kaseeraa; wa maa yazzakkaru illaaa ulul albaab
U kimni xohlasa, oʻshanga hikmatni berar. Kimga hikmat berilsa, unga koʻp yaxshilik berilgan boʻlar. Faqat aql egalarigina eslarlar. [126]
[126] (Hikmat bilan tasarruf qilgan inson har bir narsani oʻz oʻrniga qoʻyib, qoyillatib qiladi. Sadaqada ham haddidan oshmay, adolat bilan ish yuritadi. Umuman, hikmatli boʻlishlik unga juda koʻp yaxshilik keltiradi. Bu haqiqatni aql egalarigina eslaydilar, tushunib yetadilar.)
- 270
وَمَآ أَنفَقْتُم مِّن نَّفَقَةٍ أَوْ نَذَرْتُم مِّن نَّذْرٍۢ فَإِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُهُۥ ۗ وَمَا لِلظَّٰلِمِينَ مِنْ أَنصَارٍ
Wa maaa anfaqtum min nafaqatin aw nazartum min nazrin fa innal laaha ya'lamuh; wa maa lizzaalimeena min ansaar
Qilgan nafaqangizni yoki nazringizni Alloh albatta biladir. Zolimlarga yordamchilar yoʻqdir.
- 271
إِن تُبْدُوا۟ ٱلصَّدَقَٰتِ فَنِعِمَّا هِىَ ۖ وَإِن تُخْفُوهَا وَتُؤْتُوهَا ٱلْفُقَرَآءَ فَهُوَ خَيْرٌۭ لَّكُمْ ۚ وَيُكَفِّرُ عَنكُم مِّن سَيِّـَٔاتِكُمْ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌۭ
In tubdus sadaqaati fani'immaa hiya wa in tukhfoohaa wa tu'toohal fuqaraaa'a fahuwa khayrul lakum; wa yukaffiru 'ankum min saiyi aatikum; wallaahu bimaa ta'maloona Khabeer
Sadaqani oshkora qilsangiz, qandoq ham yaxshi. Agar maxfiy qilsangiz va faqirlarga bersangiz, bu siz uchun yaxshidir. Sizdan gunohlaringizni yuvadir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. [127]
[127] (Ushbu oyati karimada sadaqani oshkora qilish ham, maxfiy qilish ham maqtalmoqda. Bu haqdagi boshqa oyat va sharʼiy dalillarni jamlab oʻrganib chiqqan ulamolarimiz xulosa qilib aytadilarki, sadaqa farz boʻlsa, uni oshkora qilish yaxshi, chunki bu holda Allohning amriga toat oshkora koʻrinadi va haqdor boʻlmagan kishilarga ham tushib qolishi mumkinligi oldi olinadi. Agar sadaqa ixtiyoriy boʻlsa, uni maxfiy qilingani yaxshi. Riyodan va manmanlikdan uzoqda boʻlinadi. Sadaqaning eng haqdori kambagʻal-faqir kishilardir. Islomda sadaqaning joriy qilinishi ham oʻsha toifaning himoyasi va yordami uchun boʻlgan.)
- 272
۞ لَّيْسَ عَلَيْكَ هُدَىٰهُمْ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَهْدِى مَن يَشَآءُ ۗ وَمَا تُنفِقُوا۟ مِنْ خَيْرٍۢ فَلِأَنفُسِكُمْ ۚ وَمَا تُنفِقُونَ إِلَّا ٱبْتِغَآءَ وَجْهِ ٱللَّهِ ۚ وَمَا تُنفِقُوا۟ مِنْ خَيْرٍۢ يُوَفَّ إِلَيْكُمْ وَأَنتُمْ لَا تُظْلَمُونَ
Laisa 'alaika hudaahum wa laakinnal laaha yahdee mai yashaaa'; wa maa tunfiqoo min khairin fali anfusikum; wa maa tunfiqoona illab tighaaa'a wajhil laah; wa maa tunfiqoo min khairiny yuwaffa ilaikum wa antum laa tuzlamoon
Ularni hidoyatga solish sening zimmangda emas. Lekin Alloh kimni xohlasa, hidoyatga boshlar. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz oʻz foydangizga. Qilgan nafaqangiz faqat Allohning yuzini istash uchundir. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz oʻzingizga toʻlaligicha qaytarilur. Sizlarga zulm qilinmas.
- 273
لِلْفُقَرَآءِ ٱلَّذِينَ أُحْصِرُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ لَا يَسْتَطِيعُونَ ضَرْبًۭا فِى ٱلْأَرْضِ يَحْسَبُهُمُ ٱلْجَاهِلُ أَغْنِيَآءَ مِنَ ٱلتَّعَفُّفِ تَعْرِفُهُم بِسِيمَٰهُمْ لَا يَسْـَٔلُونَ ٱلنَّاسَ إِلْحَافًۭا ۗ وَمَا تُنفِقُوا۟ مِنْ خَيْرٍۢ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِهِۦ عَلِيمٌ
Lilfuqaraaa'il lazeena uhsiroo fee sabeelil laahi laa yastatee'oona darban fil ardi yah sabuhumul jaahilu aghniyaaa'a minat ta'affufi ta'rifuhum biseemaahum laa yas'aloonan naasa ilhaafaa; wa maa tunfiqoo min khairin fa innal laaha bihee 'Aleem
(Sadaqa va xayru ehsonlar) Allohning yoʻlida tutilgan, yer yuzida kasb qilishga qodir boʻlmagan, iffatlari tufayli bilmagan kishi ularni boy deb oʻylaydigan faqirlargadir. Ularni siymolaridan taniysan, odamlardan xiralik qilib soʻramaslar. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringizni Alloh albatta bilguvchidir. [128]
[128] (Bu toifadagi odamlar oʻzlarini Alloh yoʻlida jihod qilishga bagʻishlagan kishilardir, ular nafslarini jihod uchun tutganlar, shu sababdan kasb qilishga ham imkonlari yoʻq. Ayni choqda, iffatlari, uyatlari kuchli boʻlganidan oʻzlarining hojatmand ekanliklarini yashirib yuradilar. Asl holni bilmagan odam ularni sirtlaridan koʻrib boy deb oʻylaydi. Nafaqani xuddi ana oʻshalarga qilish kerak. Ular oʻzlari asl hollarini berkitsalar, odamlardan xiralik bilan tilanmasalar, qanday qilib topamiz ularni? «Ularni siymolaridan taniysan».)
- 274
ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُم بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ سِرًّۭا وَعَلَانِيَةًۭ فَلَهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Allazeena yunfiqoona amwaalahum billaili wan nahaari sirranw wa 'alaaniyatan falahum ajruhum 'inda Rabbihim wa laa khawfun 'alaihim wa laa hum yahzanoon
Kechasiyu kunduzi mollarini yashirin va oshkora nafaqa qiladiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar. [129]
[129] («Kechasiyu kunduzi» deyishdan murod hamma vaqt nazarda tutilmoqda; «mollarini» degan soʻz zamirida esa, hamma tur mollar va hamma tur ehson qiluvchilarga ishora bor. Ularning ajrlari eng oliymaqom joyda — Robbilari huzurida ekanligi taʼkidlanmoqda.)
- 275
ٱلَّذِينَ يَأْكُلُونَ ٱلرِّبَوٰا۟ لَا يَقُومُونَ إِلَّا كَمَا يَقُومُ ٱلَّذِى يَتَخَبَّطُهُ ٱلشَّيْطَٰنُ مِنَ ٱلْمَسِّ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوٓا۟ إِنَّمَا ٱلْبَيْعُ مِثْلُ ٱلرِّبَوٰا۟ ۗ وَأَحَلَّ ٱللَّهُ ٱلْبَيْعَ وَحَرَّمَ ٱلرِّبَوٰا۟ ۚ فَمَن جَآءَهُۥ مَوْعِظَةٌۭ مِّن رَّبِّهِۦ فَٱنتَهَىٰ فَلَهُۥ مَا سَلَفَ وَأَمْرُهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ ۖ وَمَنْ عَادَ فَأُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ
Allazeena yaakuloonar ribaa laa yaqoomoona illaa kamaa yaqoomul lazee yatakhabbatuhush shaitaanu minal mass; zaalika bi annahum qaalooo innamal bai'u mishur ribaa; wa ahallal laahul bai'a wa harramar ribba; faman jaaa'ahoo maw'izatum mir rabbihee fantahaa falahoo maa salafa wa amruhooo ilal laahi wa man 'aada fa ulaaa 'ika Ashaabun naari hum feehaa khaalidoon
Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni boʻlgan kishidek dovdirab turarlar. Bunday boʻlishi ularning, tijorat ham riboga oʻxshash-da, deganlari uchundir. Va holbuki, Alloh tijoratni halol, riboni harom qilgan. Kimki Robbidan mavʼiza kelganda toʻxtasa, avval oʻtgani oʻziga va uning ishi Allohning Oʻziga havola. Kimki, yana (riboga) qaytsa, ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
- 276
يَمْحَقُ ٱللَّهُ ٱلرِّبَوٰا۟ وَيُرْبِى ٱلصَّدَقَٰتِ ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ كَفَّارٍ أَثِيمٍ
Yamhaqul laahur ribaa wa yurbis sadaqaat; wallaahu laa yuhibbu kulla kaffaarin aseem
Alloh riboni doimo nuqsonga uchratur va sadaqalarni ziyoda qilur. Va Alloh har bir kofir, gunohkorni xush koʻrmas. [130]
[130] (Sudxoʻrning puli hisob jihatidan koʻp boʻlsa ham Alloh uning barakasini koʻtarib, yegani oʻziga yuqmaydigan qilib qoʻyadi. Sudxoʻrni turli kasalliklarga duchor qiladi, tinchligini, xotirjamligini oladi. Yana biz bilmaydigan koʻp balo-ofatlarga duchor qiladi. Shuningdek, sirtdan qaraganda, sadaqa qilgan kishilarning moli kamayganga oʻxshaydi. Aslida esa, ish buning teskarisi boʻladi: Alloh «sadaqalarni ziyoda qiladi». Agar hisobda sadaqa qiluvchining moli hajmi oz boʻlsa ham, Alloh unga baraka ato qiladi, balo-ofatlardan saqlaydi, oʻzini tinch, xotirini jam qiladi.)
- 277
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُا۟ ٱلزَّكَوٰةَ لَهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Innal lazeena aamanoo wa amilus saalihaati wa aqaamus salaata wa aatawuz zakaata lahum ajruhum 'inda rabbihim wa laa khawfun 'alaihim wa laa hum yahzanoon
Albatta, iymon keltirgan, yaxshi amallarni qilgan, namozni qoim qilib, zakot berganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar. [131]
[131] (Haqiqiy iymon egasi boʻlgan kishilar doimo yaxshi amallarni qiladilar, xususan, namozni vaqtida yaxshilab ado etadilar. Iqtisodiy sohada esa, zakot beradilar. Riboxoʻrlar odamlarning peshona teri bilan topgan daromadlarini harom yoʻl bilan oʻzlashtirib olayotgan boʻlsalar, moʻminlar oʻzlari peshona teri bilan topgan halol mollaridan zakot chiqarib odamlarga, shunday yeb ketarga beradilar. Qaytarib olish yoki oʻrniga boshqa narsa olish umidlari ham yoʻq. Ularning birdan-bir umidlari «zakot berganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir», degan vaʼdadadir. Ular ikki dunyoda eminlik va baxt-saodatda boʻlurlar.)
- 278
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَذَرُوا۟ مَا بَقِىَ مِنَ ٱلرِّبَوٰٓا۟ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Yaaa ayyuhal lazeena aamanut taqul laaha wa zaroo maa baqiya minar ribaaa in kuntum mu'mineen
Ey, iymon keltirganlar! Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga taqvo qiling va riboning sarqitini ham tark qiling.
- 279
فَإِن لَّمْ تَفْعَلُوا۟ فَأْذَنُوا۟ بِحَرْبٍۢ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ۖ وَإِن تُبْتُمْ فَلَكُمْ رُءُوسُ أَمْوَٰلِكُمْ لَا تَظْلِمُونَ وَلَا تُظْلَمُونَ
Fail lam taf'aloo faazanoo biharbim minal laahi wa Rasoolihee wa in tubtum falakum ru'oosu amwaalikum laa tazlimoona wa laa tuzlamoon
Agar undoq qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan boʻladigan urushga ishonavering. Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz oʻzingizga, zulm qilmassiz va sizga ham zulm qilinmas.
- 280
وَإِن كَانَ ذُو عُسْرَةٍۢ فَنَظِرَةٌ إِلَىٰ مَيْسَرَةٍۢ ۚ وَأَن تَصَدَّقُوا۟ خَيْرٌۭ لَّكُمْ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
Wa in kaana zoo 'usratin fanaziratun ilaa maisarah; wa an tasaddaqoo khairul lakum in kuntum ta'lamoon
Agar nochor boʻlsa, boyiguncha intizor qiling. Sadaqa qilmogʻingiz, gar bilsangiz, oʻzingiz uchun yaxshidir.
- 281
وَٱتَّقُوا۟ يَوْمًۭا تُرْجَعُونَ فِيهِ إِلَى ٱللَّهِ ۖ ثُمَّ تُوَفَّىٰ كُلُّ نَفْسٍۢ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
Wattaqoo yawman turja'oona feehi ilal laahi summa tuwaffaa kullu nafsim maa kasabat wa hum laa yuzlamoon
Allohga qaytariladigan kuningizdan qoʻrqing. Soʻngra, har bir jon qilganiga yarasha toʻliq oladur. Ularga zulm qilinmas.
- 282
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا تَدَايَنتُم بِدَيْنٍ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى فَٱكْتُبُوهُ ۚ وَلْيَكْتُب بَّيْنَكُمْ كَاتِبٌۢ بِٱلْعَدْلِ ۚ وَلَا يَأْبَ كَاتِبٌ أَن يَكْتُبَ كَمَا عَلَّمَهُ ٱللَّهُ ۚ فَلْيَكْتُبْ وَلْيُمْلِلِ ٱلَّذِى عَلَيْهِ ٱلْحَقُّ وَلْيَتَّقِ ٱللَّهَ رَبَّهُۥ وَلَا يَبْخَسْ مِنْهُ شَيْـًۭٔا ۚ فَإِن كَانَ ٱلَّذِى عَلَيْهِ ٱلْحَقُّ سَفِيهًا أَوْ ضَعِيفًا أَوْ لَا يَسْتَطِيعُ أَن يُمِلَّ هُوَ فَلْيُمْلِلْ وَلِيُّهُۥ بِٱلْعَدْلِ ۚ وَٱسْتَشْهِدُوا۟ شَهِيدَيْنِ مِن رِّجَالِكُمْ ۖ فَإِن لَّمْ يَكُونَا رَجُلَيْنِ فَرَجُلٌۭ وَٱمْرَأَتَانِ مِمَّن تَرْضَوْنَ مِنَ ٱلشُّهَدَآءِ أَن تَضِلَّ إِحْدَىٰهُمَا فَتُذَكِّرَ إِحْدَىٰهُمَا ٱلْأُخْرَىٰ ۚ وَلَا يَأْبَ ٱلشُّهَدَآءُ إِذَا مَا دُعُوا۟ ۚ وَلَا تَسْـَٔمُوٓا۟ أَن تَكْتُبُوهُ صَغِيرًا أَوْ كَبِيرًا إِلَىٰٓ أَجَلِهِۦ ۚ ذَٰلِكُمْ أَقْسَطُ عِندَ ٱللَّهِ وَأَقْوَمُ لِلشَّهَٰدَةِ وَأَدْنَىٰٓ أَلَّا تَرْتَابُوٓا۟ ۖ إِلَّآ أَن تَكُونَ تِجَٰرَةً حَاضِرَةًۭ تُدِيرُونَهَا بَيْنَكُمْ فَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَلَّا تَكْتُبُوهَا ۗ وَأَشْهِدُوٓا۟ إِذَا تَبَايَعْتُمْ ۚ وَلَا يُضَآرَّ كَاتِبٌۭ وَلَا شَهِيدٌۭ ۚ وَإِن تَفْعَلُوا۟ فَإِنَّهُۥ فُسُوقٌۢ بِكُمْ ۗ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۖ وَيُعَلِّمُكُمُ ٱللَّهُ ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۭ
Yaa ayyuhal lazeena aamanoo izaa tadaayantum bidinin ilaa ajalimmusamman faktubooh; walyaktub bainakum kaatibum bil'adl; wa laa yaaba kaatibun ai yaktuba kamaa 'allamahul laah; falyaktub walyumlilil lazee 'alaihil haqqu walyattaqil laaha rabbahoo wa laa yabkhas minhu shai'aa; fa in kaanal lazee 'alaihil lhaqqu safeehan aw da'eefan aw laa yastatee'u ai yumilla huwa falyumlil waliyyuhoo bil'adl; wastash hidoo shaheedaini mir rijaalikum fa il lam yakoonaa rajulaini farajulunw wamra ataani mimman tardawna minash shuhadaaa'i an tadilla ihdaahumaa fatuzakkira ihdaahumal ukhraa; wa laa yaabash shuhadaaa'u izaa maadu'oo; wa laa tas'amooo an taktuboohu sagheeran awkabeeran ilaaa ajalih; zaalikum aqsatu 'indal laahi wa aqwamu lishshahaadati wa adnaaa allaa tartaabooo illaaa an takoona tijaaratan haadiratan tudeeroonahaa bainakum falaisa 'alaikum junaahun allaa taktuboohan; wa ashidooo izaa tabaaya'tum; wa laa yudaaarra kaatibunw wa laa shaheed; wa in taf'aloo fa innahoo fusooqum bikum; wattaqul laaha wa yu'allimu kumul laah; wallaahu bikulli shai'in 'Aleem
Ey, iymon keltirganlar! Maʼlum muddatga qarz oldi-berdi qilgan vaqtingizda, uni yozib qoʻying. Orangizda bir yozuvchi adolat bilan yozsin. Hech bir yozuvchi Alloh bildirganidek qilib yozishdan bosh tortmasin. Bas, yozsin va haq zimmasiga tushgan kishi aytib tursin, Robbiga taqvo qilsin va undan hech narsani kamaytirmasin. Agar haq zimmasiga tushgan kishi esi past, zaif yoki aytib tura olmaydigan boʻlsa, uning valiyi adolat bilan aytib tursin. Erkaklaringizdan ikki kishini guvoh qiling. Agar ikki er kishi boʻlmasa, oʻzingiz rozi boʻladigan guvohlardan bir er kishi va ikki ayol kishi boʻlsin. Ikkovi(ayol)dan birortalari adashsa, birlari boshqalarining esiga soladi. Va chaqirilgan vaqtda guvohlar bosh tortmasinlar. Kichik boʻlsa ham, katta boʻlsa ham, muddatigacha yozishingizni malol olmang. Shundoq qilmogʻingiz, Allohning huzurida adolatliroq, guvohlikka kuchliroq va shubhalanmasligingiz uchun yaqinroqdir. Magar oralaringizda yurib turgan naqd savdo boʻlsa, yozmasangiz ham, sizga gunoh boʻlmas. Oldi-sotdi qilganingizda, guvoh keltiring va yozuvchi ham, guvoh ham zarar tortmasin. Agar (aksini) qilsangiz, albatta, bu fosiqligingizdir. Allohga taqvo qiling. Va Alloh sizga ilm beradir. Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir. [132]
[132] (Oyati karima «haq zimmasiga tushgan kishi» deganda qarz oluvchini nazarda tutgan. Demak, oʻrtadagi kishi kelib qarz oldi-berdini yozayotgan vaqtda matnni qarz oluvchi aytib turadi. Avvalo, qarz olayotganini eʼtirof qiladi. Qarzning miqdorini, shartini va muddatini aytadi. Bu narsalarni qarz beruvchi aytib tursa, oʻz foydasiga burib yubormasin, degan ehtiyot chorasi tufayli shunday qilinadi. Qarz oluvchi muhtoj boʻlib turgani uchun bunday qilmasligi aniqroq. Chunki u muomalaning tezroq amalga oshishiga muhtoj. Shunday boʻlsa ham, oyati karima yana bir bor, uni Robbiga taqvo qilishga va hech narsani kamaytirmaslikka daʼvat qilmoqda. Agar qarz olayotgan odam esi past, moliyaviy ishlar tadbirini bilmaydigan boʻlsa, zaifligi (yoshi kichikdir yoki oʻta keksadir, kasaldir) tufayli yoki tilidagi aybi, bilmasligi va boshqa mavjud ayblar tufayli aytib tura olmasa, uning valiysi adolat bilan aytib tursin. Chunki valiylar boshqa ishlarda ham oʻz qaramogʻidagilarning masʼuliyatini oladilar. Moliyaviy oldi-berdi katta ahamiyatga egadir, chunki bunda oraga molu pul aralashadi. Bunday holda birov boshqasining haqini yeb ketishining yoʻlini har jihatdan toʻsish lozim. Bunda adolatli kotib yozdirib qoʻyish bilan kifoyalanmay, yana musulmonlardan ikki erkak kishini guvoh qilishga ham amr boʻlmoqda. Islomda guvohlikka doimo adolatli kishilar oʻtishi zarur, bu narsa boshqa joylarda koʻp taʼkidlangani uchun bu yerda qayta aytilmadi. Ammo baribir bu shart bekor boʻlmaydi. Chunki shariat oʻlchovida adolatsiz boʻlgan kishining guvohligi qabul qilinmaydi.)
- 283
۞ وَإِن كُنتُمْ عَلَىٰ سَفَرٍۢ وَلَمْ تَجِدُوا۟ كَاتِبًۭا فَرِهَٰنٌۭ مَّقْبُوضَةٌۭ ۖ فَإِنْ أَمِنَ بَعْضُكُم بَعْضًۭا فَلْيُؤَدِّ ٱلَّذِى ٱؤْتُمِنَ أَمَٰنَتَهُۥ وَلْيَتَّقِ ٱللَّهَ رَبَّهُۥ ۗ وَلَا تَكْتُمُوا۟ ٱلشَّهَٰدَةَ ۚ وَمَن يَكْتُمْهَا فَإِنَّهُۥٓ ءَاثِمٌۭ قَلْبُهُۥ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌۭ
Wa in kuntum 'alaa safarinw wa lam tajidoo kaatiban farihaanum maqboodatun fa in amina ba'dukum ba'dan falyu'addil lazi tumina amaa natahoo walyattaqil laaha Rabbah; wa laa taktumush shahaadah; wa mai yaktumhaa fa innahooo aasimun qalbuh; wallaahu bimaa ta'maloona 'Aleem
Agar safarda boʻlsangiz va yozuvchi topa olmasangiz, bas, qoʻlga olinadigan garov boʻlsin. Agar baʼzingiz baʼzingizga ishonsangiz, bas, ishonilgan omonatni ado qilsin, Allohga — Robbiga taqvo qilsin. Guvohlikni berkitmang! Kim uni berkitsa, uning qalbi gunohkordir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni biluvchi Zotdir.
- 284
لِّلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَإِن تُبْدُوا۟ مَا فِىٓ أَنفُسِكُمْ أَوْ تُخْفُوهُ يُحَاسِبْكُم بِهِ ٱللَّهُ ۖ فَيَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَيُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ
Lillaahi maa fissamaawaati wa maa fil ard; wa in tubdoo maa feee anfusikum aw tukhfoohu yuhaasibkum bihil laa; fayaghfiru li mai yashaaa'u wa yu'azzibu mai yashaaa u;wallaahu 'alaa kulli shai in qadeer
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Agar ichingizdagi narsalarni oshkor qilsangiz ham, maxfiy qilsangiz ham, sizlarni Alloh hisob-kitob qiladir. Va kimni xohlasa, magʻfirat qilar, kimni xohlasa, azoblar. Va U har bir narsaga qodirdir. [133]
[133] (Borliq Allohning mulkidir. Mulkida jarayon etayotgan har bir ishdan U ogohdir. Jumladan, bandalarning yashirin niyatlarini ham, oshkora ishlarini ham yaxshi biladi. Va hammasini hisob-kitob qilib, xohlaganini kechib yuboradi, xohlaganini azoblaydi.)
- 285
ءَامَنَ ٱلرَّسُولُ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْهِ مِن رَّبِّهِۦ وَٱلْمُؤْمِنُونَ ۚ كُلٌّ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَمَلَٰٓئِكَتِهِۦ وَكُتُبِهِۦ وَرُسُلِهِۦ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍۢ مِّن رُّسُلِهِۦ ۚ وَقَالُوا۟ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا ۖ غُفْرَانَكَ رَبَّنَا وَإِلَيْكَ ٱلْمَصِيرُ
Aamanar-Rasoolu bimaaa unzila ilaihi mir-Rabbihee walmu'minoon; kullun aamana billaahi wa Malaaa'ikathihee wa Kutubhihee wa Rusulih laa nufarriqu baina ahadim-mir-Rusulihee wa qaaloo sami'naa wa ata'naa ghufraanaka Rabbanaa wa ilaikal-maseer
Paygʻambar unga oʻz Robbisidan tushirilgan narsaga iymon keltirdi va moʻminlar ham. Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Paygʻambarlariga hamma-hamma iymon keltirdi. Uning Paygʻambarlarining birortalarini ajratmaymiz. Va: «Eshitdik va itoat qildik, (ey Robbimiz), magʻfiratingni soʻraymiz va qaytib borish Sengadir», dedilar. [134]
[134] (Ushbu oyati karima va keyingi oyat ikkalovi suraning xulosasini mujassam qilgandir. Bu ikki oyatning har bir soʻzi ulkan maʼno anglatadi. Ularda aqida, iymon xususiyatlari, bandaning oʻz Robbi bilan boʻladigan holi, farz qilingan amallarga munosabat va boshqalar kelgan.)
- 286
لَا يُكَلِّفُ ٱللَّهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۚ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَعَلَيْهَا مَا ٱكْتَسَبَتْ ۗ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَآ إِن نَّسِينَآ أَوْ أَخْطَأْنَا ۚ رَبَّنَا وَلَا تَحْمِلْ عَلَيْنَآ إِصْرًۭا كَمَا حَمَلْتَهُۥ عَلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِنَا ۚ رَبَّنَا وَلَا تُحَمِّلْنَا مَا لَا طَاقَةَ لَنَا بِهِۦ ۖ وَٱعْفُ عَنَّا وَٱغْفِرْ لَنَا وَٱرْحَمْنَآ ۚ أَنتَ مَوْلَىٰنَا فَٱنصُرْنَا عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْكَٰفِرِينَ
Laa yukalliful-laahu nafsan illaa wus'ahaa; lahaa maa kasabat wa 'alaihaa maktasabat; Rabbanaa la tu'aakhiznaa in naseenaaa aw akhtaanaa; Rabbanaa wa laa tahmil-'alainaaa isran kamaa hamaltahoo 'alal-lazeena min qablinaa; Rabbanaa wa laa tuhammilnaa maa laa taaqata lanaa bih wa'fu 'annaa waghfir lanaa warhamnaa; Anta mawlaanaa fansurnaa 'alal qawmil kaafireen
Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. Foydasi ham oʻz kasbidan, zarari ham oʻz kasbidan. Ey Robbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, (iqobga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga oʻxshash ogʻirlikni bizga yuklamagin. Ey Robbimiz, bizga toqatimiz yetmaydigan narsani yuklamagin. Bizni afv et, magʻfirat qil va rahim et. Sen xojamizsan. Bas, kofir qavmlarga bizni gʻolib qil. [135]
[135] (Hamma narsani daqiq-daqiqlarigacha biluvchi Alloh har bir jonni ham nimaga yaraydiyu nimaga yaramaydi — yaxshi biladi. Bandalariga mehribonligidan imkoni va haqqi boʻlsa ham, hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. Allohning buyruqlari va qaytariqlari bandaning imkoni darajasi doirasida boʻladi. Ana oʻsha taklifga amal qilishiga qarab, boshqa hech bir narsaga qaramasdan, bandaning jazosi yoki mukofoti belgilanadi. Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissalom: «Surai Baqaraning ikki oyatini oʻqi, ular menga Arshning ostidagi xazinadan berilgan», deganlar. Boshqa bir hadisda: «Kim Baqara surasi oxiridagi ikki oyatni bir kechada oʻqisa, kifoya qiladi», deganlar...)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
