Sura 86

Toriq

الطَّارِقِ

At-Tariq · Makkiy · 17 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَٱلسَّمَآءِ وَٱلطَّارِقِ

    Wassamaaa'i wattaariq

    Osmon bilan qasam va toriq bilan qasam.

  2. 2

    وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلطَّارِقُ

    Wa maaa adraaka mattaariq

    Toriq nimaligini senga ne bildirdi?

  3. 3

    ٱلنَّجْمُ ٱلثَّاقِبُ

    Annajmus saaqib

    U, nur sochib turuvchi yulduzdir.

  4. 4

    إِن كُلُّ نَفْسٍۢ لَّمَّا عَلَيْهَا حَافِظٌۭ

    In kullu nafsil lammaa 'alaihaa haafiz

    Hech bir jon yoʻqki, uning hifz qilib turuvchisi boʻlmasa.

  5. 5

    فَلْيَنظُرِ ٱلْإِنسَٰنُ مِمَّ خُلِقَ

    Fal yanzuril insaanu mimma khuliq

    Inson nimadan yaralganiga nazar solsin.

  6. 6

    خُلِقَ مِن مَّآءٍۢ دَافِقٍۢ

    Khuliqa mim maaa'in daafiq

    U otilib chiquvchi suvdan yaralgandir.

  7. 7

    يَخْرُجُ مِنۢ بَيْنِ ٱلصُّلْبِ وَٱلتَّرَآئِبِ

    Yakhruju mim bainissulbi wat taraaa'ib

    U (suv) sulb (orqa umurtqa) va taroib (koʻkrak suyagi) orasidan chiqadir.

  8. 8

    إِنَّهُۥ عَلَىٰ رَجْعِهِۦ لَقَادِرٌۭ

    Innahoo 'alaa raj'ihee laqaadir

    Albatta, U zot uni qayta tiriltirishga qodirdir.

  9. 9

    يَوْمَ تُبْلَى ٱلسَّرَآئِرُ

    Yawma tublas saraaa'ir

    Sirlar fosh boʻladigan kundadir.

  10. 10

    فَمَا لَهُۥ مِن قُوَّةٍۢ وَلَا نَاصِرٍۢ

    Famaa lahoo min quwwatinw wa laa naasir

    Bas (oʻshanda) u(inson)da quvvat ham, nusrat beruvchi ham boʻlmaydir.

  11. 11

    وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلرَّجْعِ

    Wassamaaa'i zaatir raj'

    Qaytuvchi sohibi boʻlgan osmon bilan qasam.

  12. 12

    وَٱلْأَرْضِ ذَاتِ ٱلصَّدْعِ

    Wal ardi zaatis sad'

    Yorib chiquvchi egasi boʻlgan yer bilan qasam.

  13. 13

    إِنَّهُۥ لَقَوْلٌۭ فَصْلٌۭ

    Innahoo laqawlun fasl

    Albatta, u (Qurʼon) ajratuvchi soʻzdir.

  14. 14

    وَمَا هُوَ بِٱلْهَزْلِ

    Wa maa huwa bil hazl

    Va u hazil emasdir.

  15. 15

    إِنَّهُمْ يَكِيدُونَ كَيْدًۭا

    Innahum yakeedoona kaidaa

    Albatta, ular hiyla qiladir.

  16. 16

    وَأَكِيدُ كَيْدًۭا

    Wa akeedu kaidaa

    Va Men ham «hiyla» qilurman. [1]

    [1] (Yaʼni, hiylasiga yarasha jazo berurman.)

  17. 17

    فَمَهِّلِ ٱلْكَٰفِرِينَ أَمْهِلْهُمْ رُوَيْدًۢا

    Famahhilil kaafireena amhilhum ruwaidaa

    Bas, kofirlarga muhlat ber. Ha, ularga ozgina muhlat ber. [2]

    [2] (Yaʼni, ularga azob kelmayotganidan shoshilma, hammasining vaqti, soati bor.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com