Sura 85
Buruj
البُرُوجِ
Al-Buruj · Makkiy · 22 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلْبُرُوجِ
Wassamaaa'i zaatil burooj
Burjlar egasi boʻlgan osmon bilan qasam.
- 2
وَٱلْيَوْمِ ٱلْمَوْعُودِ
Wal yawmil maw'ood
Va vaʼda qilingan kun bilan qasam.
- 3
وَشَاهِدٍۢ وَمَشْهُودٍۢ
Wa shaahidinw wa mashhood
Guvohlik beruvchi va guvohlik berilgan bilan qasam.
- 4
قُتِلَ أَصْحَٰبُ ٱلْأُخْدُودِ
Qutila as haabul ukhdood
«Uxdud» egalariga laʼnat boʻlsin.
- 5
ٱلنَّارِ ذَاتِ ٱلْوَقُودِ
Annaari zaatil waqood
U yoqilgʻisi koʻp, qattiq isigan olovdir.
- 6
إِذْ هُمْ عَلَيْهَا قُعُودٌۭ
Iz hum 'alaihaa qu'ood
U(kofir)lar oʻsha(chuqur)lar atrofida oʻtiribdirlar.
- 7
وَهُمْ عَلَىٰ مَا يَفْعَلُونَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ شُهُودٌۭ
Wa hum 'alaa maa yaf'aloona bilmu 'mineena shuhood
Va ular moʻminlarga qilayotgan narsalariga oʻzlari guvohdirlar.
- 8
وَمَا نَقَمُوا۟ مِنْهُمْ إِلَّآ أَن يُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَمِيدِ
Wa maa naqamoo minhum illaaa aiyu'minoo billaahil 'azeezil Hameed
Va (ular) moʻminlardan Aziyz, Hamiyd Allohga boʻlgan iymondan boshqa «ayb» topa olmadilar.
- 9
ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ شَهِيدٌ
Allazee lahoo mulkus samaawaati wal ard; wallaahu 'alaa kulli shai 'in Shaheed
U shunday zotki, osmonlaru yerning mulki Unga xosdir va Alloh har bir narsaga Oʻzi guvohdir.
- 10
إِنَّ ٱلَّذِينَ فَتَنُوا۟ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ ثُمَّ لَمْ يَتُوبُوا۟ فَلَهُمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمْ عَذَابُ ٱلْحَرِيقِ
Innal lazeena fatanul mu'mineena wal mu'minaati summa lam yatooboo falahum 'azaabu Jahannama wa lahum 'azaabul hareeq
Albatta, moʻmin va moʻminalarni fitna qilib, soʻngra tavba qilmaganlarga, ana oʻshalarga jahannam azobi va kuydiruvchi azob bor.
- 11
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُمْ جَنَّٰتٌۭ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْكَبِيرُ
Innal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati lahum Jannaatun tajree min tahtihal anhaar; zaalikal fawzul kabeer
Albatta, iymon keltirgan va solih amal qilganlarga, ularga, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Bu esa nihoyatda ulkan yutuqdir.
- 12
إِنَّ بَطْشَ رَبِّكَ لَشَدِيدٌ
Inna batsha Rabbika lashadeed
Albatta, Robbingning changali juda ham shiddatli, qattiqdir.
- 13
إِنَّهُۥ هُوَ يُبْدِئُ وَيُعِيدُ
Innahoo Huwa yubdi'u wa yu'eed
Albatta, U Oʻzi boshlaydir va qaytaradir. [1]
[1] (Yoʻqdan bor qilar va oʻlganni hayotga qaytarar.)
- 14
وَهُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلْوَدُودُ
Wa Huwal Ghafoorul Wadood
Va U magʻfirat qiluvchi, barchaga yaxshilikni ravo koʻruvchi Zotdir.
- 15
ذُو ٱلْعَرْشِ ٱلْمَجِيدُ
Zul 'Arshil Majeed
U, Arsh egasi hamda qadri ulugʻ Zotdir.
- 16
فَعَّالٌۭ لِّمَا يُرِيدُ
Fa' 'aalul limaa yureed
U nimani xohlasa, qila oluvchi Zotdir.
- 17
هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ٱلْجُنُودِ
Hal ataaka hadeesul junood
Senga askarlarning xabari keldimi?
- 18
فِرْعَوْنَ وَثَمُودَ
Fir'awna wa Samood
Firʼavn va Samudning.
- 19
بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى تَكْذِيبٍۢ
Balil lazeena kafaroo fee takzeeb
Balki, kofirlar yolgʻonga chiqarishadir?
- 20
وَٱللَّهُ مِن وَرَآئِهِم مُّحِيطٌۢ
Wallaahu minw waraaa'ihim muheet
Holbuki, Alloh ularning ortidan ihota qilib turuvchidir.
- 21
بَلْ هُوَ قُرْءَانٌۭ مَّجِيدٌۭ
Bal huwa Quraanum Majeed
Yoʻq!!! U Qurʼoni Majiyddur.
- 22
فِى لَوْحٍۢ مَّحْفُوظٍۭ
Fee Lawhim Mahfooz
U Lavhul Mahfuzdadir. [2]
[2] (Lavhul-Mahfuz Allohning huzurida boʻlib, unga hech qanday oʻzgarish kirishi mumkin emas.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
