Sura 84

Inshiqoq

الانشِقَاقِ

Al-Inshiqaq · Makkiy · 25 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    إِذَا ٱلسَّمَآءُ ٱنشَقَّتْ

    Izas samaaa'un shaqqat

    Vaqtiki, osmon yorilsa.

  2. 2

    وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ

    Wa azinat li Rabbihaa wa huqqat

    U(osmon) oʻz Robbisiga quloq osdi, boʻysundi va shundoq boʻlishi kerak edi.

  3. 3

    وَإِذَا ٱلْأَرْضُ مُدَّتْ

    Wa izal ardu muddat

    Va vaqtiki, yer choʻzilsa.

  4. 4

    وَأَلْقَتْ مَا فِيهَا وَتَخَلَّتْ

    Wa alqat maa feehaa wa takhallat

    Va oʻz ichidagi narsalarni otib chiqarib, xoli qolsa.

  5. 5

    وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ

    Wa azinat li Rabbihaa wa huqqat

    U(yer) oʻz Robbisiga quloq osdi, boʻysundi va shundoq boʻlishi kerak edi.

  6. 6

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلْإِنسَٰنُ إِنَّكَ كَادِحٌ إِلَىٰ رَبِّكَ كَدْحًۭا فَمُلَٰقِيهِ

    Yaaa ayyuhal insaanu innaka kaadihun ilaa Rabbika kad han famulaaqeeh

    Ey inson! Albatta, sen Robbingga yoʻliqquningcha, harakatu urinishda boʻlasan va oxiri unga yoʻliqasan ham.

  7. 7

    فَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ

    Fa ammaa man ootiya kitaabahoo biyameenih

    Ammo kimning kitobi oʻng tarafdan berilsa.

  8. 8

    فَسَوْفَ يُحَاسَبُ حِسَابًۭا يَسِيرًۭا

    Fasawfa yuhaasabu hi saabai yaseeraa

    Tezda, osongina hisob qilinur.

  9. 9

    وَيَنقَلِبُ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ مَسْرُورًۭا

    Wa yanqalibu ilaaa ahlihee masrooraa

    Va ahli huzuriga xursand holda qaytib borur.

  10. 10

    وَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَٰبَهُۥ وَرَآءَ ظَهْرِهِۦ

    Wa ammaa man ootiya kitaabahoo waraaa'a zahrih

    Va ammo kimning kitobi orqa tarafdan berilsa...

  11. 11

    فَسَوْفَ يَدْعُوا۟ ثُبُورًۭا

    Fasawfa yad'oo subooraa

    U tezda oʻziga halokatni chaqirur.

  12. 12

    وَيَصْلَىٰ سَعِيرًا

    Wa yaslaa sa'eeraa

    Va qizib turgan doʻzaxga kirur.

  13. 13

    إِنَّهُۥ كَانَ فِىٓ أَهْلِهِۦ مَسْرُورًا

    Innahoo kaana feee ahlihee masrooraa

    Chunki, u (bu dunyoda) oʻz ahli bilan xursand boʻlib oʻtgan edi. [1]

    [1] (Oxiratni hech ham oʻylamagan edi. Faqat ayshu ishrat, koʻngilxushi payida boʻlgan edi. Gʻofil boʻlib, oʻz ahli ila besh kunlik dunyoning matohiga erishish uchun harakat qilgan edi. Shuning uchun endi qizib turgan doʻzaxda azoblanmoqda.)

  14. 14

    إِنَّهُۥ ظَنَّ أَن لَّن يَحُورَ

    Innahoo zanna al lai yahoor

    Chunki, u hech qachon orqaga qaytmaslikni oʻylagan edi.

  15. 15

    بَلَىٰٓ إِنَّ رَبَّهُۥ كَانَ بِهِۦ بَصِيرًۭا

    Balaaa inna Rabbahoo kaana bihee baseeraa

    Ha! Albatta, Robbi uni doim koʻrib turuvchi edi.

  16. 16

    فَلَآ أُقْسِمُ بِٱلشَّفَقِ

    Falaaa uqsimu bishshafaq

    Shafaq bilan qasamki.

  17. 17

    وَٱلَّيْلِ وَمَا وَسَقَ

    Wallaili wa maa wasaq

    Kechasi va u oʻrab olgan narsalar bilan qasamki.

  18. 18

    وَٱلْقَمَرِ إِذَا ٱتَّسَقَ

    Walqamari izat tasaq

    Va toʻlin oy bilan qasamki.

  19. 19

    لَتَرْكَبُنَّ طَبَقًا عَن طَبَقٍۢ

    Latarkabunna tabaqan 'an tabaq

    Albatta, sizlar tabaqama-tabaqa minasizlar.

  20. 20

    فَمَا لَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

    Famaa lahum laa yu'minoon

    Nima boʻlgan ularga, iymon keltirmaslar?!

  21. 21

    وَإِذَا قُرِئَ عَلَيْهِمُ ٱلْقُرْءَانُ لَا يَسْجُدُونَ ۩

    Wa izaa quri'a 'alaihimul Quraanu laa yasjudoon

    Va agar ularga Qurʼon oʻqilsa, sajda qilmaslar. [2]

    [2] (Kimki bu oyatlarni oʻqib yoki eshitib sajda qilmagan odam gunohkor boʻladi.)

  22. 22

    بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُكَذِّبُونَ

    Balil lazeena kafaroo yukazziboon

    Balki kofirlar yolgʻonga chiqarurlar.

  23. 23

    وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يُوعُونَ

    Wallaahu a'lamu bimaa yoo'oon

    Ular (qalblarida) nimani saqlayotganlarini Allohning Oʻzi biladir.

  24. 24

    فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ

    Fabashshirhum bi'azaabin aleem

    Ularga alamli azobning «bashoratini» ber.

  25. 25

    إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍۭ

    Illal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati lahum ajrun ghairu mamnoon

    Illo, iymon keltirganlarga va yaxshi amallar qilganlarga minnatsiz, uzluksiz ajrlar bor.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com