Sura 83

Mutaffifin

المُطَفِّفِينَ

Al-Mutaffifin · Makkiy · 36 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَيْلٌۭ لِّلْمُطَفِّفِينَ

    Wailul lil mutaffifeen

    Vayl boʻlsin oʻlchovdan urib qoluvchilarga.

  2. 2

    ٱلَّذِينَ إِذَا ٱكْتَالُوا۟ عَلَى ٱلنَّاسِ يَسْتَوْفُونَ

    Allazeena izak taaloo 'alan naasi yastawfoon

    Ular odamlardan narsa oʻlchab olsalar, toʻliq olarlar.

  3. 3

    وَإِذَا كَالُوهُمْ أَو وَّزَنُوهُمْ يُخْسِرُونَ

    Wa izaa kaaloohum aw wazanoohum yukhsiroon

    Va agar odamlarga oʻlchab yoki tortib bersalar, kamaytirarlar.

  4. 4

    أَلَا يَظُنُّ أُو۟لَٰٓئِكَ أَنَّهُم مَّبْعُوثُونَ

    Alaa yazunnu ulaaa'ika annahum mab'oosoon

    Ana shular, albatta, qayta tiriltirilishlarini oʻylamaydilarmi?

  5. 5

    لِيَوْمٍ عَظِيمٍۢ

    Li Yawmin 'Azeem

    Ulugʻ bir kunda.

  6. 6

    يَوْمَ يَقُومُ ٱلنَّاسُ لِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Yawma yaqoomun naasu li Rabbil 'aalameen

    U kunda odamlar olamlarning Robbi huzurida tik turarlar.

  7. 7

    كَلَّآ إِنَّ كِتَٰبَ ٱلْفُجَّارِ لَفِى سِجِّينٍۢ

    Kallaaa inna kitaabal fujjaari lafee Sijjeen

    Yoʻq! Albatta fojirlarlarning kitobi «sijjiyn»dadir.

  8. 8

    وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا سِجِّينٌۭ

    Wa maa adraaka maa Sijjeen

    «Sijjiyn» qanday narsa ekanini senga nima bildirdi?! [1]

    [1] (Sijjin nima ekanini qayerdan ham bilarding, uning mohiyati shundoq kattaki, sen uni idrok eta olmaysan. Bilib qoʻy!)

  9. 9

    كِتَٰبٌۭ مَّرْقُومٌۭ

    Kitaabum marqoom

    U(Sijjiyn) yozilgan kitobdur.

  10. 10

    وَيْلٌۭ يَوْمَئِذٍۢ لِّلْمُكَذِّبِينَ

    Wailuny yawma'izil lil mukazzibeen

    Oʻsha kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!

  11. 11

    ٱلَّذِينَ يُكَذِّبُونَ بِيَوْمِ ٱلدِّينِ

    Allazeena yukazziboona bi yawmid deen

    Ular jazo (qiyomat) kunini yolgʻonga chiqarurlar.

  12. 12

    وَمَا يُكَذِّبُ بِهِۦٓ إِلَّا كُلُّ مُعْتَدٍ أَثِيمٍ

    Wa maa yukazzibu biheee illaa kullu mu'tadin aseem

    Uni haddan oshuvchi va oʻta gunohkorlardan boshqalar yolgʻonga chiqarmaslar.

  13. 13

    إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ ءَايَٰتُنَا قَالَ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Izaa tutlaa'alaihi aayaatunaa qaala asaateerul awwaleen

    Qachon unga oyatlarimiz tilovat qilinsa, «avvalgilarning afsonalari», der.

  14. 14

    كَلَّا ۖ بَلْ ۜ رَانَ عَلَىٰ قُلُوبِهِم مَّا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Kallaa bal raana 'alaa quloobihim maa kaanoo yaksiboon

    Yoʻq! Ularning qilgan kasblari qalblariga mogʻor boʻlib oʻrnashib qolgandir.

  15. 15

    كَلَّآ إِنَّهُمْ عَن رَّبِّهِمْ يَوْمَئِذٍۢ لَّمَحْجُوبُونَ

    Kallaaa innahum 'ar Rabbihim yawma'izil lamah jooboon

    Yoʻq!!! Albatta, ular oʻsha kunda oʻz Robbilarini koʻrishdan toʻsilurlar.

  16. 16

    ثُمَّ إِنَّهُمْ لَصَالُوا۟ ٱلْجَحِيمِ

    Summa innahum lasaa lul jaheem

    Soʻngra, albatta, ular jahiymga kiruvchilardir.

  17. 17

    ثُمَّ يُقَالُ هَٰذَا ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ

    Summa yuqaalu haazal lazee kuntum bihee tukazziboon

    Soʻngra, mana bu, sizlar yolgʻonga chiqarib yurgan narsa, deyilur.

  18. 18

    كَلَّآ إِنَّ كِتَٰبَ ٱلْأَبْرَارِ لَفِى عِلِّيِّينَ

    Kallaaa inna kitaabal abraari lafee'Illiyyeen

    Yoʻq!!! Albatta, abrorlarning kitobi «Illiyyiyn»dadur.

  19. 19

    وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا عِلِّيُّونَ

    Wa maaa adraaka maa 'Illiyyoon

    «Illiyyiyn» qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?!

  20. 20

    كِتَٰبٌۭ مَّرْقُومٌۭ

    Kitaabum marqoom

    U yozilgan kitobdur.

  21. 21

    يَشْهَدُهُ ٱلْمُقَرَّبُونَ

    Yashhadu hul muqarra boon

    Unga muqarrab(farishta)lar shohid boʻlurlar.

  22. 22

    إِنَّ ٱلْأَبْرَارَ لَفِى نَعِيمٍ

    Innal abraara lafee Na'eem

    Albatta, abrorlar jannati naʼiymdadurlar.

  23. 23

    عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ يَنظُرُونَ

    'Alal araaa'iki yanzuroon

    Pardali baland soʻrilar ustida nazar solib tururlar.

  24. 24

    تَعْرِفُ فِى وُجُوهِهِمْ نَضْرَةَ ٱلنَّعِيمِ

    Ta'rifu fee wujoohihim nadratan na'eem

    Ularning chehralaridan jannat ravnaqini bilib olasan.

  25. 25

    يُسْقَوْنَ مِن رَّحِيقٍۢ مَّخْتُومٍ

    Yusqawna mir raheeqim makhtoom

    Ular muhrlangan, nihoyatda pok sharobdan ichurlar.

  26. 26

    خِتَٰمُهُۥ مِسْكٌۭ ۚ وَفِى ذَٰلِكَ فَلْيَتَنَافَسِ ٱلْمُتَنَٰفِسُونَ

    Khitaamuhoo misk; wa fee zaalika falyatanaafasil Mutanaafisoon

    U(sharob)ning xotimasi miskdandir. Va shu narsa uchun musobaqa qiluvchilar musobaqa qilsinlar.

  27. 27

    وَمِزَاجُهُۥ مِن تَسْنِيمٍ

    Wa mizaajuhoo min Tasneem

    U sharobning aralashmasi «Tasniym»dandir.

  28. 28

    عَيْنًۭا يَشْرَبُ بِهَا ٱلْمُقَرَّبُونَ

    'Ainaiy yashrabu bihal muqarraboon

    U(Tasniym) bir buloqdirki, undan muqarrablar icharlar.

  29. 29

    إِنَّ ٱلَّذِينَ أَجْرَمُوا۟ كَانُوا۟ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ يَضْحَكُونَ

    Innal lazeena ajramoo kaanoo minal lazeena aamanoo yadhakoon

    Albatta, jinoyat qilganlar iymon keltirganlar ustidan kular edilar.

  30. 30

    وَإِذَا مَرُّوا۟ بِهِمْ يَتَغَامَزُونَ

    Wa izaa marroo bihim yataghaamazoon

    Agar moʻminlar ularning yonidan oʻtsalar, masxaralab ishora qilar edilar.

  31. 31

    وَإِذَا ٱنقَلَبُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَهْلِهِمُ ٱنقَلَبُوا۟ فَكِهِينَ

    Wa izan qalabooo ilaaa ahlihimun qalaboo fakiheen

    Agar (kofirlar) oʻz ahllari huzuriga qaytib borsalar, huzurlanib qaytib borar edilar.

  32. 32

    وَإِذَا رَأَوْهُمْ قَالُوٓا۟ إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ لَضَآلُّونَ

    Wa izaa ra awhum qaalooo inna haaa'ulaaa'i ladaaal loon

    Va agar u(moʻmin)larni koʻrsalar, «Albatta, anavilar adashganlar», der edilar.

  33. 33

    وَمَآ أُرْسِلُوا۟ عَلَيْهِمْ حَٰفِظِينَ

    Wa maaa ursiloo 'alaihim haafizeen

    Holbuki, ular moʻminlar ustidan kuzatuvchi qilib yuborilganlari yoʻq-ku!

  34. 34

    فَٱلْيَوْمَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنَ ٱلْكُفَّارِ يَضْحَكُونَ

    Fal yawmal lazeena aamanoo minal kuffaari yadhakoon

    Endi, bu Kunda iymon keltirganlar kofirlar ustidan kularlar.

  35. 35

    عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ يَنظُرُونَ

    'Alal araaa'iki yanzuroon

    Pardali, baland soʻrilar ustida nazar solib turarlar.

  36. 36

    هَلْ ثُوِّبَ ٱلْكُفَّارُ مَا كَانُوا۟ يَفْعَلُونَ

    Hal suwwibal kuffaaru maa kaanoo yaf'aloon

    Kofirlar bu dunyoda qilgan ishlarining «savobini» olarmikanlar?!

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com