Sura 81
Takvir
التَّكۡوِيرِ
At-Takwir · Makkiy · 29 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
إِذَا ٱلشَّمْسُ كُوِّرَتْ
Izash shamsu kuwwirat
Vaqtiki, quyoshni buklab, oʻralsa.
- 2
وَإِذَا ٱلنُّجُومُ ٱنكَدَرَتْ
Wa izan nujoomun kadarat
Va vaqtiki yulduzlar uzilib tushib, sochilib ketsa.
- 3
وَإِذَا ٱلْجِبَالُ سُيِّرَتْ
Wa izal jibaalu suyyirat
Va vaqtiki, togʻlar joyidan koʻchirilsa.
- 4
وَإِذَا ٱلْعِشَارُ عُطِّلَتْ
Wa izal 'ishaaru 'uttilat
Va vaqtiki, homilasiga oʻn oy toʻlgan tuyalar qarovsiz qolsa.
- 5
وَإِذَا ٱلْوُحُوشُ حُشِرَتْ
Wa izal wuhooshu hushirat
Va vaqtiki, vahshiy hayvonlar bir joyga toʻplansa.
- 6
وَإِذَا ٱلْبِحَارُ سُجِّرَتْ
Wa izal bihaaru sujjirat
Va vaqtiki, dengizlar alanga olib yonsa.
- 7
وَإِذَا ٱلنُّفُوسُ زُوِّجَتْ
Wa izan nufoosu zuwwijat
Va vaqtiki, nafslar juftlashtirilsa. [1]
[1] (Yaʼni, ruh tanaga qaytarilib, ikkovlari birlashsalar.)
- 8
وَإِذَا ٱلْمَوْءُۥدَةُ سُئِلَتْ
Wa izal maw'oodatu su'ilat
Va vaqtiki, tiriklay koʻmilgan qizdan soʻralsa.
- 9
بِأَىِّ ذَنۢبٍۢ قُتِلَتْ
Bi ayyi zambin qutilat
U nima gunoh uchun oʻldirilgan?
- 10
وَإِذَا ٱلصُّحُفُ نُشِرَتْ
Wa izas suhufu nushirat
Va vaqtiki, sahifalar nashr qilinsa.
- 11
وَإِذَا ٱلسَّمَآءُ كُشِطَتْ
Wa izas samaaa'u kushitat
Va vaqtiki, osmon qoʻporilsa.
- 12
وَإِذَا ٱلْجَحِيمُ سُعِّرَتْ
Wa izal jaheemu su'-'irat
Va vaqtiki, jahannam qizdirilsa.
- 13
وَإِذَا ٱلْجَنَّةُ أُزْلِفَتْ
Wa izal jannatu uzlifat
Va vaqtiki, jannat yaqinlashtirilsa.
- 14
عَلِمَتْ نَفْسٌۭ مَّآ أَحْضَرَتْ
'Alimat nafsum maaa ahdarat
Har bir jon nima hozirlaganini biladir.
- 15
فَلَآ أُقْسِمُ بِٱلْخُنَّسِ
Falaaa uqsimu bil khunnas
(Kunduzi) maxfiy boʻluvchi(yulduz)lar bilan qasam.
- 16
ٱلْجَوَارِ ٱلْكُنَّسِ
Al jawaaril kunnas
(Kechalari) yuruvchi, berkinuvchi(yulduz)lar bilan qasam.
- 17
وَٱلَّيْلِ إِذَا عَسْعَسَ
Wallaili izaa 'as'as
Qorongʻuligi ila kirib kelgan kecha bilan qasam.
- 18
وَٱلصُّبْحِ إِذَا تَنَفَّسَ
Wassubhi izaa tanaffas
Nafas olib kirib kelgan tong bilan qasam.
- 19
إِنَّهُۥ لَقَوْلُ رَسُولٍۢ كَرِيمٍۢ
Innahoo laqawlu rasoolin kareem
Albatta u(Qurʼon) karamli elchining soʻzidir.
- 20
ذِى قُوَّةٍ عِندَ ذِى ٱلْعَرْشِ مَكِينٍۢ
Zee quwwatin 'inda zil 'arshi makeen
U quvvatli, arsh Egasi huzurida martabasi oliydir.
- 21
مُّطَاعٍۢ ثَمَّ أَمِينٍۢ
Mutaa'in samma ameen
Itoat qilingan, omonatlidir.
- 22
وَمَا صَاحِبُكُم بِمَجْنُونٍۢ
Wa maa saahibukum bimajnoon
Sizning sohibingiz majnun emasdir.
- 23
وَلَقَدْ رَءَاهُ بِٱلْأُفُقِ ٱلْمُبِينِ
Wa laqad ra aahu bilufuqil mubeen
Batahqiq, ul ani ochiq-oydin ufqda koʻrdi. [2]
[2] (Muhammad sollallohu alayhi va sallam Jibroilni ochiq-oydin ufqda oʻz koʻzlari bilan asl yaratilishida koʻrdilar.)
- 24
وَمَا هُوَ عَلَى ٱلْغَيْبِ بِضَنِينٍۢ
Wa maa huwa 'alal ghaibi bidaneen
Va u gʻaybga baxil emasdir.
- 25
وَمَا هُوَ بِقَوْلِ شَيْطَٰنٍۢ رَّجِيمٍۢ
Wa maa huwa biqawli shaitaanir rajeem
Va u(Qurʼon) toshboʻron qilingan shaytonning soʻzi emasdir.
- 26
فَأَيْنَ تَذْهَبُونَ
Fa ayna tazhaboon
Bas, qayoqqa ketmoqdasiz?!
- 27
إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌۭ لِّلْعَٰلَمِينَ
In huwa illaa zikrul lil'aalameen
U (Qurʼon) olamlarga eslatmadan boshqa narsa emasdir.
- 28
لِمَن شَآءَ مِنكُمْ أَن يَسْتَقِيمَ
Liman shaaa'a minkum ai yastaqeem
Sizlardan istiqomat(toʻgʻri yoʻl)da boʻlishni xohlovchilar uchundir.
- 29
وَمَا تَشَآءُونَ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Wa maa tashaaa'oona illaaa ai yashaaa 'al laahu Rabbul 'Aalameen
Olamlarning Robbi Alloh xohlamasa, sizlar xohlay olmassizlar. [3]
[3] (Har bir narsa Allohning xohishiga bogʻliq. Har bir narsa Alloh taoloning xohishi ila boʻladi.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
