Sura 78

Naba

النَّبَإِ

An-Naba · Makkiy · 40 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    عَمَّ يَتَسَآءَلُونَ

    'Amma Yatasaa-aloon

    Nima haqida soʻrashadi?

  2. 2

    عَنِ ٱلنَّبَإِ ٱلْعَظِيمِ

    'Anin-nabaa-il 'azeem

    Ulkan, muhim xabar haqida.

  3. 3

    ٱلَّذِى هُمْ فِيهِ مُخْتَلِفُونَ

    Allazi hum feehi mukh talifoon

    Shunday xabarki, ular uning haqida ixtilofdadirlar.

  4. 4

    كَلَّا سَيَعْلَمُونَ

    Kallaa sa y'alamoon

    Yoʻq! Ular tezda bilurlar.

  5. 5

    ثُمَّ كَلَّا سَيَعْلَمُونَ

    Thumma kallaa sa y'alamoon

    Yana yoʻq! Ular tezda bilurlar! [1]

    [1] (Mushriklar azobni tortganlarida qayta tirilish nima ekanligini, uning boʻlishi hech shubhasiz haq ekanini albatta biladilar.)

  6. 6

    أَلَمْ نَجْعَلِ ٱلْأَرْضَ مِهَٰدًۭا

    Alam naj'alil arda mihaa da

    Yerni beshikdek moslab qoʻymadikmi?

  7. 7

    وَٱلْجِبَالَ أَوْتَادًۭا

    Wal jibaala au taada

    Va togʻlarni qoziq (qilib qoʻymadikmi?).

  8. 8

    وَخَلَقْنَٰكُمْ أَزْوَٰجًۭا

    Wa khalaq naakum azwaaja

    Va sizlarni juft qilib yaratdik.

  9. 9

    وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًۭا

    Waja'alnan naumakum subata

    Va uyqularingizni rohat qilib qoʻydik.

  10. 10

    وَجَعَلْنَا ٱلَّيْلَ لِبَاسًۭا

    Waja'alnal laila libasa

    Va kechasini libos qildik.

  11. 11

    وَجَعَلْنَا ٱلنَّهَارَ مَعَاشًۭا

    Waja'alnan nahara ma 'aasha

    Va kunduzni maosh (tirikchilik) vaqti qildik.

  12. 12

    وَبَنَيْنَا فَوْقَكُمْ سَبْعًۭا شِدَادًۭا

    Wa banaina fauqakum sab 'an shi daada

    Tepangizga yetti mustahkam(osmon)ni bino qildik.

  13. 13

    وَجَعَلْنَا سِرَاجًۭا وَهَّاجًۭا

    Waja'alna siraajaw wah haaja

    Va shuʼla taratuvchi chiroq ham qildik.

  14. 14

    وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلْمُعْصِرَٰتِ مَآءًۭ ثَجَّاجًۭا

    Wa anzalna minal m'usiraati maa-an saj-jaaja

    Va siqilgan(bulut)lardan oquvchi suvlar tushirdik.

  15. 15

    لِّنُخْرِجَ بِهِۦ حَبًّۭا وَنَبَاتًۭا

    Linukh rija bihee habbaw wana baata

    U(suv) bilan don va nabotot chiqarishimiz uchun.

  16. 16

    وَجَنَّٰتٍ أَلْفَافًا

    Wa jan naatin alfafa

    Va daraxtlari bir-biriga kirishgan boʻstonlar.

  17. 17

    إِنَّ يَوْمَ ٱلْفَصْلِ كَانَ مِيقَٰتًۭا

    Inna yaumal-fasli kana miqaata

    Albatta, ajrim kuni vaqti belgilangan edi.

  18. 18

    يَوْمَ يُنفَخُ فِى ٱلصُّورِ فَتَأْتُونَ أَفْوَاجًۭا

    Yauma yun fakhu fis-soori fataa toona afwaaja

    U kunda surga puflanur va sizlar toʻp-toʻp boʻlib kelursiz.

  19. 19

    وَفُتِحَتِ ٱلسَّمَآءُ فَكَانَتْ أَبْوَٰبًۭا

    Wa futiha tis samaa-u fakaanat abwaaba

    Osmon yorilib eshiklar ochilur.

  20. 20

    وَسُيِّرَتِ ٱلْجِبَالُ فَكَانَتْ سَرَابًا

    Wa suyyi raatil jibaalu fa kaanat saraaba

    Togʻlar oʻrnidan koʻchirilib, sarobga aylanur.

  21. 21

    إِنَّ جَهَنَّمَ كَانَتْ مِرْصَادًۭا

    Inna jahan nama kaanat mirsaada

    Albatta, jahannam poylab turuvchidir.

  22. 22

    لِّلطَّٰغِينَ مَـَٔابًۭا

    Lit taa gheena ma aaba

    Tugʻyonga ketganlarning qaytar joyidir.

  23. 23

    لَّٰبِثِينَ فِيهَآ أَحْقَابًۭا

    Laa bitheena feehaa ahqaaba

    Ular (unda) zamonlar boʻyi qolarlar.

  24. 24

    لَّا يَذُوقُونَ فِيهَا بَرْدًۭا وَلَا شَرَابًا

    Laa ya zooqoona feeha bar daw walaa sharaaba

    Ular (unda) sovuqni ham, sharobni ham tatiy olmaslar.

  25. 25

    إِلَّا حَمِيمًۭا وَغَسَّاقًۭا

    Illa hamee maw-wa ghas saaqa

    Magar qaynoq suv va yiringni (tatirlar).

  26. 26

    جَزَآءًۭ وِفَاقًا

    Jazaa-aw wi faaqa

    Muvofiq jazo oʻlaroq.

  27. 27

    إِنَّهُمْ كَانُوا۟ لَا يَرْجُونَ حِسَابًۭا

    Innahum kaanu laa yarjoona hisaaba

    Chunki, ular hisob-kitob boʻlishiga ishonmasdilar.

  28. 28

    وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا كِذَّابًۭا

    Wa kazzabu bi aayaa tina kizzaba

    Va Bizning oyatlarimizni yolgʻon deyishgan edi, yolgʻon!

  29. 29

    وَكُلَّ شَىْءٍ أَحْصَيْنَٰهُ كِتَٰبًۭا

    Wa kulla shai-in ahsai naahu kitaa ba

    Biz har bir narsani kitobga jamlab qoʻyganmiz.

  30. 30

    فَذُوقُوا۟ فَلَن نَّزِيدَكُمْ إِلَّا عَذَابًا

    Fa zooqoo falan-nazee dakum ill-laa azaaba

    Bas, tatib koʻringlar, sizlarga azobdan boshqa hech narsani ziyoda qilmasmiz.

  31. 31

    إِنَّ لِلْمُتَّقِينَ مَفَازًا

    Inna lil mutta qeena mafaaza

    Albatta, taqvodorlarga yutuq bordir.

  32. 32

    حَدَآئِقَ وَأَعْنَٰبًۭا

    Hadaa-iqa wa a'anaa ba

    Bogʻ-rogʻlar, uzumzorlar bordir.

  33. 33

    وَكَوَاعِبَ أَتْرَابًۭا

    Wa kaawa 'iba at raaba

    Va yangi boʻyi yetgan bir xil yoshdagi qizlar bordir.

  34. 34

    وَكَأْسًۭا دِهَاقًۭا

    Wa ka'san di haaqa

    Va toʻldirilgan qadahlar bordir.

  35. 35

    لَّا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًۭا وَلَا كِذَّٰبًۭا

    Laa yasma'oona fiha lagh waw walaa kizzaba

    U yerda bekorchi va yolgʻon gaplarni eshitmaslar.

  36. 36

    جَزَآءًۭ مِّن رَّبِّكَ عَطَآءً حِسَابًۭا

    Jazaa-am mir-rabbika ataa-an hisaaba

    Robbingdan mukofot, sovgʻa hisobidandir.

  37. 37

    رَّبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ٱلرَّحْمَٰنِ ۖ لَا يَمْلِكُونَ مِنْهُ خِطَابًۭا

    Rabbis samaa waati wal ardi wa maa baina humar rahmaani laa yam likoona minhu khi taaba

    U, osmonlar, yer va ularning orasidagi barcha narsalarning Robbi, Rohmandir. Uning huzurida hech kim xitob qilishga qodir boʻlmas.

  38. 38

    يَوْمَ يَقُومُ ٱلرُّوحُ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ صَفًّۭا ۖ لَّا يَتَكَلَّمُونَ إِلَّا مَنْ أَذِنَ لَهُ ٱلرَّحْمَٰنُ وَقَالَ صَوَابًۭا

    Yauma yaqoo mur roohu wal malaa-ikatu saf-fal laa yata kalla moona illa man azina lahur rahmaanu wa qaala sawaaba

    Oʻsha kunda Ruh va farishtalar saf boʻlib turar. Rohman izn berganlar va toʻgʻri soʻzlaganlardan oʻzgalar hech gapira olmaslar.

  39. 39

    ذَٰلِكَ ٱلْيَوْمُ ٱلْحَقُّ ۖ فَمَن شَآءَ ٱتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ مَـَٔابًا

    Zaalikal yaumul haqqu faman shaa-at ta khaaza ill-laa rabbihi ma-aaba

    U haq kundir. Kim xohlasa, oʻz Robbiga qaytar yoʻl oladir.

  40. 40

    إِنَّآ أَنذَرْنَٰكُمْ عَذَابًۭا قَرِيبًۭا يَوْمَ يَنظُرُ ٱلْمَرْءُ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ وَيَقُولُ ٱلْكَافِرُ يَٰلَيْتَنِى كُنتُ تُرَٰبًۢا

    In naa anzar naakum azaaban qareebaiy-yauma yan zurul marr-u maa qaddamat yadaahu wa ya qoolul-kaafiru yaa lai tanee kuntu turaaba

    Albatta, Biz sizlarni yaqin kelajakdagi azobdan qoʻrqitdik. U kunda, har kishi qoʻli taqdim qilgan narsaga nazar soladir. Va kofir. «Koshki tuproq boʻlib ketsam», deydir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com