Sura 73

Muzzammil

المُزَّمِّلِ

Al-Muzzammil · Makkiy · 20 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمُزَّمِّلُ

    Yaw ayyuhal muzzammil

    Ey, oʻranib yotuvchi.

  2. 2

    قُمِ ٱلَّيْلَ إِلَّا قَلِيلًۭا

    Qumil laila illaa qaleelaa

    Kechaning ozginasidan boshqasini (ibodatda) tik turib oʻtkaz.

  3. 3

    نِّصْفَهُۥٓ أَوِ ٱنقُصْ مِنْهُ قَلِيلًا

    Nisfahooo awinqus minhu qaleelaa

    Yarmida yoki undan bir oz qisqarogʻida (bedor boʻl).

  4. 4

    أَوْ زِدْ عَلَيْهِ وَرَتِّلِ ٱلْقُرْءَانَ تَرْتِيلًا

    Aw zid 'alaihi wa rattilil Qur'aana tarteela

    Yoki u(yarim)ga yana qoʻsh va Qurʼonni tartil bilan tilovat qil. [1]

    [1] (Qurʼonni tartil bilan oʻqish deb uni dona-dona qilib, har bir harfini oʻz oʻrnidan chiqarib, oyatlarini alohida-alohida qilib, tajvid qoidalari asosida oʻqishga aytiladi.)

  5. 5

    إِنَّا سَنُلْقِى عَلَيْكَ قَوْلًۭا ثَقِيلًا

    Innaa sanulqee 'alika qawalan saqeelaa

    Albatta, Biz ustingga ogʻir soʻzni tashlarmiz.

  6. 6

    إِنَّ نَاشِئَةَ ٱلَّيْلِ هِىَ أَشَدُّ وَطْـًۭٔا وَأَقْوَمُ قِيلًا

    Inn naashi'atal laili hiya ashadddu wat anw wa aqwamu qeelaa

    Albatta, kechki ibodat koʻproq muvofiq kelur va qiroati toʻgʻriroq boʻlur.

  7. 7

    إِنَّ لَكَ فِى ٱلنَّهَارِ سَبْحًۭا طَوِيلًۭا

    Inna laka fin nahaari sabhan taweelaa

    Albatta, kunduzi sening uzoq ishlashing bor.

  8. 8

    وَٱذْكُرِ ٱسْمَ رَبِّكَ وَتَبَتَّلْ إِلَيْهِ تَبْتِيلًۭا

    Wazkuris ma rabbika wa tabattal ilaihi tabteelaa

    Va Robbingning ismini zikr et va Uning ibodatiga butunlay ajralib chiq.

  9. 9

    رَّبُّ ٱلْمَشْرِقِ وَٱلْمَغْرِبِ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ فَٱتَّخِذْهُ وَكِيلًۭا

    Rabbul mashriqi wal maghriibi laaa ilaaha illaa Huwa fattakhizhu wakeelaa

    U mashriqu magʻribning Robbidir. Undan oʻzga ibodatga sazovor iloh yoʻq. Bas, Uni oʻzingga vakil qil.

  10. 10

    وَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَٱهْجُرْهُمْ هَجْرًۭا جَمِيلًۭا

    Wasbir 'alaa maa yaqoo loona wahjurhum hajran jameelaa

    Va ularning gaplariga sabr qil va ulardan chiroyli chetlash-la chetlab tur.

  11. 11

    وَذَرْنِى وَٱلْمُكَذِّبِينَ أُو۟لِى ٱلنَّعْمَةِ وَمَهِّلْهُمْ قَلِيلًا

    Wa zarnee walmukaz zibeena ulin na'mati wa mahhilhum qaleelaa

    Ahli neʼmat boʻlgan yolgʻonga chiqaruvchilarni Oʻzimga qoʻyib qoʻy va ularga ozgina muhlat ber.

  12. 12

    إِنَّ لَدَيْنَآ أَنكَالًۭا وَجَحِيمًۭا

    Inna ladainaaa ankaalanw wa jaheemaa

    Albatta, Bizda ogʻir kishanlar va jahannam bor.

  13. 13

    وَطَعَامًۭا ذَا غُصَّةٍۢ وَعَذَابًا أَلِيمًۭا

    Wa ta'aaman zaa ghussa tinw wa'azaaban aleemaa

    Va (tomoqqa) tiqiladigan taom va alamli azob bor.

  14. 14

    يَوْمَ تَرْجُفُ ٱلْأَرْضُ وَٱلْجِبَالُ وَكَانَتِ ٱلْجِبَالُ كَثِيبًۭا مَّهِيلًا

    Yawma tarjuful ardu waljibaalu wa kaanatil jibaalu kaseebam maheelaa

    Bir kundaki, unda yeru togʻlar larzaga keladi va togʻlar oquvchi qumtepalarga aylanadi.

  15. 15

    إِنَّآ أَرْسَلْنَآ إِلَيْكُمْ رَسُولًۭا شَٰهِدًا عَلَيْكُمْ كَمَآ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ رَسُولًۭا

    Innaa arsalnaaa ilaikum rasoolan shahidan 'alikum kamaaa arsalnaaa ilaa Fir'awna Rasoolna

    Albatta, Biz sizlarga, xuddi Firʼavnga Rasul yuborganimizdek, siz haqingizda guvohlik beruvchi Rasulni yubordik.

  16. 16

    فَعَصَىٰ فِرْعَوْنُ ٱلرَّسُولَ فَأَخَذْنَٰهُ أَخْذًۭا وَبِيلًۭا

    Fa'asaa Fir'awnur Rasoola fa akhaznaahu akhzanw wabeelaa

    Bas, Firʼavn Rasulga osiy boʻldi va Biz uni shiddatli azob bilan tutdik.

  17. 17

    فَكَيْفَ تَتَّقُونَ إِن كَفَرْتُمْ يَوْمًۭا يَجْعَلُ ٱلْوِلْدَٰنَ شِيبًا

    Fakaifa tattaqoona in kafartum yawmany yaj'alul wildaana sheeba

    Agar kofir boʻlsalaringiz, bolalarning sochini oqartirib yuboradigan kundan qanday saqlanursiz?! [2]

    [2] («bolalarning sochini oqartib yuboradigan kun» — qiyomat kuni ekani hammaga maʼlum.)

  18. 18

    ٱلسَّمَآءُ مُنفَطِرٌۢ بِهِۦ ۚ كَانَ وَعْدُهُۥ مَفْعُولًا

    Assamaaa'u munfatirum bih; kaana wa'duhoo maf'oola

    Unda osmon parchalanuvchidir, U zotning vaʼdasi amalga oshadir.

  19. 19

    إِنَّ هَٰذِهِۦ تَذْكِرَةٌۭ ۖ فَمَن شَآءَ ٱتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلًا

    Inna haazihee tazkiratun fa man shaaa'at takhaza ilaa Rabbihee sabeelaa

    Albatta, bular eslatmadir, Kim xohlasa, oʻz Robbi tomon yoʻl oladir.

  20. 20

    ۞ إِنَّ رَبَّكَ يَعْلَمُ أَنَّكَ تَقُومُ أَدْنَىٰ مِن ثُلُثَىِ ٱلَّيْلِ وَنِصْفَهُۥ وَثُلُثَهُۥ وَطَآئِفَةٌۭ مِّنَ ٱلَّذِينَ مَعَكَ ۚ وَٱللَّهُ يُقَدِّرُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ ۚ عَلِمَ أَن لَّن تُحْصُوهُ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ۖ فَٱقْرَءُوا۟ مَا تَيَسَّرَ مِنَ ٱلْقُرْءَانِ ۚ عَلِمَ أَن سَيَكُونُ مِنكُم مَّرْضَىٰ ۙ وَءَاخَرُونَ يَضْرِبُونَ فِى ٱلْأَرْضِ يَبْتَغُونَ مِن فَضْلِ ٱللَّهِ ۙ وَءَاخَرُونَ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ فَٱقْرَءُوا۟ مَا تَيَسَّرَ مِنْهُ ۚ وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَقْرِضُوا۟ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًۭا ۚ وَمَا تُقَدِّمُوا۟ لِأَنفُسِكُم مِّنْ خَيْرٍۢ تَجِدُوهُ عِندَ ٱللَّهِ هُوَ خَيْرًۭا وَأَعْظَمَ أَجْرًۭا ۚ وَٱسْتَغْفِرُوا۟ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۢ

    Inna Rabbaka ya'lamu annaka taqoomu adnaa min sulusa yil laili wa nisfahoo wa sulusahoo wa taaa'ifatum minal lazeena ma'ak; wal laahu yuqaddirul laila wanna haar; 'alima al lan tuhsoohu fataaba 'alaikum faqra'oo maa tayassara minal quraan; 'alima an sa yakoonu minkum mardaa wa aakharoona yadriboona fil ardi yabtaghoona min fadlil laahi wa aakharoona yuqaatiloona fee sabeelil laahi faqra'oo ma tayassara minhu wa aqeemus salaata wa aatuz zakaata wa aqridul laaha qardan hasanaa; wa maa tuqadimoo li anfusikum min khairin tajidoohu 'indal laahi huwa khayranw wa a'zama ajraa; wastaghfirul laahaa innal laaha ghafoorur raheem.

    Albatta, Robbing seni kechaning uchdan ikkisidan ozrogʻini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim boʻlib oʻtkazayotganingni va sen bilan birga boʻlganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladir. Va Alloh kechayu kunduzni Oʻzi oʻlchaydir. U sizlar hech chiday olmasligingizni bilib, sizlarga (yengillikni) qaytardi. Bas (endi), Qurʼondan muyassar boʻlganicha oʻqinglar. Sizlardan kelajakda kasallar boʻlishini ham bildi. Boshqalar Yer yuzida yurib, Allohning fazlini axtarishini, yana boshqalar esa, Allohning yoʻlida jihod qilishlarini (ham bildi). Bas, undan muyassar boʻlganicha qiroat qilinglar. Va namozni qoim qilinglar, zakot beringlar va Allohga yaxshi qarz beringlar. Oʻzingiz uchun nima yaxshilik qilgan boʻlsangiz, Allohning huzurida undan yaxshirogʻini va ulkanroq ajrni toparsizlar. Allohga istigʻfor aytinglar. Albatta, Alloh magʻfirat qiluvchi va rahmdildir. [3]

    [3] (Bu oyat bilan Alloh taolo suraning avvalidagi oyatlarga binoan farz qilingan kechasi qoim boʻlishni bekor qildi. Shundan soʻng kechada farz namozlardan tashqari ibodat qilish ixtiyoriyga aylanadi. Islom taʼlimotlari har bir narsada yuksak insoniy fazilatlar hukm surishini yoʻlga qoʻyib kelgan va inshaalloh shunday boʻlib qoladi.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com