Sura 72
Jin
الجِنِّ
Al-Jinn · Makkiy · 28 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
قُلْ أُوحِىَ إِلَىَّ أَنَّهُ ٱسْتَمَعَ نَفَرٌۭ مِّنَ ٱلْجِنِّ فَقَالُوٓا۟ إِنَّا سَمِعْنَا قُرْءَانًا عَجَبًۭا
Qul oohiya ilaiya annna hustama'a nafarum minal jinnni faqaalooo innaa sami'naa quraanan 'ajabaa
Sen ayt: «Menga vahiy qilindiki, albatta jinlardan (bir necha) nafari quloq osdilar va dedilar: «Biz ajoyib Qurʼonni eshitdik.
- 2
يَهْدِىٓ إِلَى ٱلرُّشْدِ فَـَٔامَنَّا بِهِۦ ۖ وَلَن نُّشْرِكَ بِرَبِّنَآ أَحَدًۭا
Yahdeee ilar rushdi fa aamannaa bihee wa lan nushrika bi rabbinaaa ahadaa
U toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiladir. Bas, biz unga iymon keltirdik va oʻz Robbimizga birovni shirk keltirmasmiz, [1]
[1] (Jinlar oʻz aql-farosatlari ila Qurʼonni tushirgan Alloh ularning Robilari ekanligi va unga sherik boʻlishi mumkin emasligini ham tushunib yetadilar. Makka mushriklariga oʻxshab Allohga shirk keltirmasliklarini taʼkidlaydilar.)
- 3
وَأَنَّهُۥ تَعَٰلَىٰ جَدُّ رَبِّنَا مَا ٱتَّخَذَ صَٰحِبَةًۭ وَلَا وَلَدًۭا
Wa annahoo Ta'aalaa jaddu Rabbinaa mat takhaza saahibatanw wa la waladaa
Va albatta, Robbimizning azamati yuksak boʻldi. U oʻziga xotin va farzand tutgani yoʻq.
- 4
وَأَنَّهُۥ كَانَ يَقُولُ سَفِيهُنَا عَلَى ٱللَّهِ شَطَطًۭا
Wa annahoo kaana yaqoolu safeehunaa 'alal laahi shatataa
Va albatta, esi pastimiz Allohga nohaq gaplarni aytardi.
- 5
وَأَنَّا ظَنَنَّآ أَن لَّن تَقُولَ ٱلْإِنسُ وَٱلْجِنُّ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًۭا
Wa annaa zanannaaa al lan taqoolal insu wal jinnu 'alal laahi kazibaa
Va albatta, biz ins ham, jin ham Allohga (nisbatan) yolgʻon gapirmas, deb oʻylardik.
- 6
وَأَنَّهُۥ كَانَ رِجَالٌۭ مِّنَ ٱلْإِنسِ يَعُوذُونَ بِرِجَالٍۢ مِّنَ ٱلْجِنِّ فَزَادُوهُمْ رَهَقًۭا
Wa annahoo kaana rijaa lum minal insi ya'oozoona birijaalim minal jinni fazaa doohum rahaqaa
Va albatta, insdan baʼzi kishilar jinlarning baʼzi kishilaridan panoh soʻrardilar. Bas, bu(jin)lar u(inson)larning gunoh va xorligini ziyoda qildilar.
- 7
وَأَنَّهُمْ ظَنُّوا۟ كَمَا ظَنَنتُمْ أَن لَّن يَبْعَثَ ٱللَّهُ أَحَدًۭا
Wa annahum zannoo kamaa zanantum al lany yab'asal laahu ahadaa
Va albatta, u(inson)lar xuddi sizlar gumon qilganingizdek, Alloh biror kishini oʻlgandan soʻng tiriltirmas, deb gumon qilardilar.
- 8
وَأَنَّا لَمَسْنَا ٱلسَّمَآءَ فَوَجَدْنَٰهَا مُلِئَتْ حَرَسًۭا شَدِيدًۭا وَشُهُبًۭا
Wa annaa lamasnas sa maaa'a fa wajadnaahaa muli'at harasan shadeedanw wa shuhubaa
Va albatta, biz osmon(ga yetish)ni talab qildik. Bas, uni kuchli qoʻriqchilarga va uchqunlarga toʻlgan holda koʻrdik.
- 9
وَأَنَّا كُنَّا نَقْعُدُ مِنْهَا مَقَٰعِدَ لِلسَّمْعِ ۖ فَمَن يَسْتَمِعِ ٱلْءَانَ يَجِدْ لَهُۥ شِهَابًۭا رَّصَدًۭا
Wa annaa kunnaa naq'udu minhaa maqaa'ida lis'sam'i famany yastami'il aana yajid lahoo shihaabar rasada
Va albatta, biz u(osmon)da tinglashga qulay joylarga joylashib olar edik. Endi esa, kim quloq solsa, oʻzini poylab turgan uchqunga duchor boʻladir.
- 10
وَأَنَّا لَا نَدْرِىٓ أَشَرٌّ أُرِيدَ بِمَن فِى ٱلْأَرْضِ أَمْ أَرَادَ بِهِمْ رَبُّهُمْ رَشَدًۭا
Wa annaa laa nadreee asharrun ureeda biman fil ardi am araada bihim rabbuhum rashadaa
Va albatta, biz, yer yuzidagilarga yomonlik iroda qilindimi yoki Robbilari ularga rushdni iroda qildimi, bilmasmiz.
- 11
وَأَنَّا مِنَّا ٱلصَّٰلِحُونَ وَمِنَّا دُونَ ذَٰلِكَ ۖ كُنَّا طَرَآئِقَ قِدَدًۭا
Wa annaa minnas saalihoona wa minnaa doona zaalika kunnaa taraaa'ilqa qidadaa
Va albatta, bizdan solihlar ham va boshqalar ham bor. Turli guruhlar boʻlgan edik.
- 12
وَأَنَّا ظَنَنَّآ أَن لَّن نُّعْجِزَ ٱللَّهَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَن نُّعْجِزَهُۥ هَرَبًۭا
Wa annaa zanannaaa al lan nu'jizal laaha fil ardi wa lan nu'jizahoo harabaa
Va albatta, biz Allohni yer yuzida ojiz qoldira olmasligimizga va Undan qochib qutula olmasligimizga ishondik.
- 13
وَأَنَّا لَمَّا سَمِعْنَا ٱلْهُدَىٰٓ ءَامَنَّا بِهِۦ ۖ فَمَن يُؤْمِنۢ بِرَبِّهِۦ فَلَا يَخَافُ بَخْسًۭا وَلَا رَهَقًۭا
Wa annaa lammaa sami'nal hudaaa aamannaa bihee famany yu'mim bi rabbihee falaa yakhaafu bakhsanw wa laa rahaqaa
Va albatta, biz hidoyatni eshitgan paytimizda unga iymon keltirdik. Kimki oʻz Robbisiga iymon keltirsa, savobi ozayib qolishdan ham, unga ogʻir yuk yuklanishidan ham qoʻrqmaydi.
- 14
وَأَنَّا مِنَّا ٱلْمُسْلِمُونَ وَمِنَّا ٱلْقَٰسِطُونَ ۖ فَمَنْ أَسْلَمَ فَأُو۟لَٰٓئِكَ تَحَرَّوْا۟ رَشَدًۭا
Wa annaa minnal muslimoona wa minnal qaasitoona faman aslama fa ulaaa'ika taharraw rashadaa
Va albatta, bizdan musulmonlar (bor) va bizdan adashganlar (bor). Kimlar Islomga kirsa, bas, ular haq yoʻlni tanlabdilar.
- 15
وَأَمَّا ٱلْقَٰسِطُونَ فَكَانُوا۟ لِجَهَنَّمَ حَطَبًۭا
Wa ammal qaasitoona fa kaanoo li jahannama hatabaa
Va ammo, adashganlar, bas, jahannamga oʻtin boʻlibdilar. [2]
[2] (Oyatda yoʻldan adashganlar jahannamga yoqilgʻi boʻlishliklari ham aniq, ochiq-oydin aytilmoqda.)
- 16
وَأَلَّوِ ٱسْتَقَٰمُوا۟ عَلَى ٱلطَّرِيقَةِ لَأَسْقَيْنَٰهُم مَّآءً غَدَقًۭا
Wa alla wis taqaamoo 'alat tareeqati la asqaynaahum maa'an ghadaqaa
Va agar ular toʻgʻri yoʻldan yursalar, albatta Biz ularni koʻp suv ila sugʻoramiz.
- 17
لِّنَفْتِنَهُمْ فِيهِ ۚ وَمَن يُعْرِضْ عَن ذِكْرِ رَبِّهِۦ يَسْلُكْهُ عَذَابًۭا صَعَدًۭا
Linaftinahum feeh; wa many yu'rid 'an zikri rabbihee yasluk hu 'azaaban sa'adaa
U ila ularni sinash uchun. Va kimki oʻz Robbisi zikridan yuz oʻgirsa, uni U zot qiyin azobga soladir.
- 18
وَأَنَّ ٱلْمَسَٰجِدَ لِلَّهِ فَلَا تَدْعُوا۟ مَعَ ٱللَّهِ أَحَدًۭا
Wa annal masaajida lillaahi falaa tad'oo ma'al laahi ahadaa
Va albatta, masjidlar Allohnikidir. Bas, Allohdan boshqaga duo qilmang. [3]
[3] (Masjidlar Allohga ibodat qilish uchun bino qilingan joylardir, shuning uchun ham ular «Baytulloh» — Allohning uyi deb ataladi. Boshqa din vakillari oʻz ibodatxonalarida Allohga shirk keltirishar, yagona Allohdan oʻzgaga ham ibodat, duo qilishardi. Alloh taolo bu oyatda Oʻz Paygʻambari va moʻmin-musulmonlarni tavhidga — faqat Allohning Oʻziga ibodat qilishga chaqiradi.)
- 19
وَأَنَّهُۥ لَمَّا قَامَ عَبْدُ ٱللَّهِ يَدْعُوهُ كَادُوا۟ يَكُونُونَ عَلَيْهِ لِبَدًۭا
Wa annahoo lammaa qaama 'adul laahi yad'oohu kaadoo yakoonoona 'alaihi libadaa
Va albatta, Allohning bandasi Unga ibodat qilib turganda ular uning atrofida ot yolidek toʻplanib, bosib yuboray deyishdi. [4]
[4] (Bu oyatda jinlarning Paygʻambar alayhissalom huzurlariga ikkinchi bor kelib Qurʼon eshitgan paytlari tasvirlanyapti.)
- 20
قُلْ إِنَّمَآ أَدْعُوا۟ رَبِّى وَلَآ أُشْرِكُ بِهِۦٓ أَحَدًۭا
Qul innamaaa ad'oo rabbee wa laaa ushriku biheee ahadaa
Sen: «Albatta, men faqat oʻz Robbimga ibodat qilurman va Unga hech kimni shirk keltirmasman», deb ayt.
- 21
قُلْ إِنِّى لَآ أَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّۭا وَلَا رَشَدًۭا
Qul innee laaa amliku lakum darranw wa laa rashadaa
Sen: «Albatta, men sizlar uchun zararga ham, manfaatga ham molik emasman», deb ayt.
- 22
قُلْ إِنِّى لَن يُجِيرَنِى مِنَ ٱللَّهِ أَحَدٌۭ وَلَنْ أَجِدَ مِن دُونِهِۦ مُلْتَحَدًا
Qul innee lany yujeeranee minal laahi ahad, wa lan ajida min doonihee multahadaa
Sen: «Albatta, meni hech kim Alloh(azobi)dan saqlab qola olmas va hargiz Allohdan oʻzga pushti panoh topa olmasman.
- 23
إِلَّا بَلَٰغًۭا مِّنَ ٱللَّهِ وَرِسَٰلَٰتِهِۦ ۚ وَمَن يَعْصِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَإِنَّ لَهُۥ نَارَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا
Illaa balaagham minal laahi wa risaalaatih; wa many ya'sil laaha wa rasoolahoo fa inna lahoo naara jahannama khaalideena feehaaa abadaa
Faqat, Allohdan U zotning topshiriqlarini yetkazishdir. Kimki Allohga va Uning Paygʻambariga boʻysunmasa, unga jahannam otashi bor, unda abadiy qolajaklar», deb ayt.
- 24
حَتَّىٰٓ إِذَا رَأَوْا۟ مَا يُوعَدُونَ فَسَيَعْلَمُونَ مَنْ أَضْعَفُ نَاصِرًۭا وَأَقَلُّ عَدَدًۭا
Hattaaa izaa ra aw maa yoo'adoona fasaya'lamoona man ad'afu naasiranw wa aqallu 'adadaa
Toki ularga vaʼda qilingan narsani koʻrganlarida, kimning yordamchisi zaif-u, kimning soni ozligini ham bilurlar.
- 25
قُلْ إِنْ أَدْرِىٓ أَقَرِيبٌۭ مَّا تُوعَدُونَ أَمْ يَجْعَلُ لَهُۥ رَبِّىٓ أَمَدًا
Qul in adreee a qareebum maa too'adoona am yaj'alu lahoo rabbeee amadaa
Sen: «Sizlarga vaʼda qilingan narsa yaqinmi yoki Robbim unga uzoq muddat qilganmi, bilmasman», deb ayt.
- 26
عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ فَلَا يُظْهِرُ عَلَىٰ غَيْبِهِۦٓ أَحَدًا
'Aalimul ghaibi falaa yuzhiru alaa ghaibiheee ahadaa
U gʻaybni biluvchidir va hech kimni oʻz gʻaybidan xabardor qilmas.
- 27
إِلَّا مَنِ ٱرْتَضَىٰ مِن رَّسُولٍۢ فَإِنَّهُۥ يَسْلُكُ مِنۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِۦ رَصَدًۭا
Illaa manir tadaa mir rasoolin fa innahoo yasluku mim baini yadihi wa min khalfihee rasadaa
Illo, Oʻzi rozi boʻlgan Paygʻambarlar. Albatta, Alloh uning oldidan ham, ortidan ham kuzatib yuruvchi qoʻyib qoʻyadir.
- 28
لِّيَعْلَمَ أَن قَدْ أَبْلَغُوا۟ رِسَٰلَٰتِ رَبِّهِمْ وَأَحَاطَ بِمَا لَدَيْهِمْ وَأَحْصَىٰ كُلَّ شَىْءٍ عَدَدًۢا
Liya'lama an qad ablaghoo risaalaati rabbihim wa ahaata bima ladihim wa ahsaa kulla shai'in 'adadaa
(Paygʻambarlar) oʻz Robbilari risolatlarini haqiqatan yetkazganliklarini va Alloh u(banda)lar huzuridagi barcha narsani ihota qilib olganligini va hamma narsaning adadini hisob qilganligini bilish uchun. [5]
[5] (Paygʻambarlar muhofazasi uchun qoʻyilgan farishtalar bir yoʻla, ularning Allohning dinini odamlarga qandoq yetkazayotganlariga guvoh ham boʻlib turadilar. Alloh hamma narsani Oʻz ixtiyoriga olib oʻragani, hamma narsaning hisob-kitobini qilib turishiga ham shohiddirlar.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
