Sura 71
Nuh
نُوحٍ
Nuh · Makkiy · 28 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
إِنَّآ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦٓ أَنْ أَنذِرْ قَوْمَكَ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِيَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ
Innaaa arsalnaa Noohan ilaa qawmihee an anzir qawmaka min qabli any yaatiyahum 'azaabun aleem
Biz Nuhni oʻz qavmiga, qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantirgin, deb Paygʻambar qilib yubordik.
- 2
قَالَ يَٰقَوْمِ إِنِّى لَكُمْ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌ
Qaala yaa qawmi innee lakum nazeerum mubeen
U: «Ey qavmim, albatta, men siz uchun ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
- 3
أَنِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَٱتَّقُوهُ وَأَطِيعُونِ
Ani'udul laaha watta qoohu wa atee'oon
Allohga ibodat qilinglar, Unga taqvo qilinglar va menga itoat qilinglar.
- 4
يَغْفِرْ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرْكُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّى ۚ إِنَّ أَجَلَ ٱللَّهِ إِذَا جَآءَ لَا يُؤَخَّرُ ۖ لَوْ كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
Yaghfir lakum min zunoobikum wa yu'akhkhirkum ilaaa ajalim musammaa; innaa ajalal laahi izaa jaaa'a laa yu'akhkhar; law kuntum ta'lamoon
U sizlarning gunohlaringizdan magʻfirat qiladir va sizni belgilangan ajalgacha qoʻyib qoʻyadir. Agar bilsangiz, albatta, Allohning ajali orqaga surilmaydir», – dedi. [1]
[1] (Bu oyatda zikr qilingan, gunohlarning kechirilishi va belgilangan muddatgacha yashab qolish, avvalgi oyatda shart qilingan Allohga ibodat qilish, unga taqvo qilish va Paygʻambarga itoat qilish ishlari boʻlsagina vujudga keladi.)
- 5
قَالَ رَبِّ إِنِّى دَعَوْتُ قَوْمِى لَيْلًۭا وَنَهَارًۭا
Qaala rabbi innee da'awtu qawmee lailanw wa naharaa
U: «Robbim, men oʻz qavmimni kechayu kunduz daʼvat qildim.
- 6
فَلَمْ يَزِدْهُمْ دُعَآءِىٓ إِلَّا فِرَارًۭا
Falam yazid hum du'aaa 'eee illaa firaaraa
Mening chaqirigʻim ularda qochishdan boshqa narsani ziyoda qilmadi.
- 7
وَإِنِّى كُلَّمَا دَعَوْتُهُمْ لِتَغْفِرَ لَهُمْ جَعَلُوٓا۟ أَصَٰبِعَهُمْ فِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَٱسْتَغْشَوْا۟ ثِيَابَهُمْ وَأَصَرُّوا۟ وَٱسْتَكْبَرُوا۟ ٱسْتِكْبَارًۭا
Wa inee kullamaa da'awtuhum litaghfira lahum ja'alooo asaabi'ahum fee aazaanihim wastaghshaw siyaabahum wa asaarroo wastakbarus tikbaaraa
Va albatta, qachonki men ularni Sening magʻfirat qilishing uchun chaqirsam, ular barmoqlarini quloqlariga tiqdilar va kiyimlariga burkanib oldilar, hamda (kofirlikda) sobit boʻldilar va nihoyatda ulkan takabburlik qildilar.
- 8
ثُمَّ إِنِّى دَعَوْتُهُمْ جِهَارًۭا
Summa innee da'aw tuhum jihaara
Soʻngra, albatta, men ularni jahriy daʼvat qildim.
- 9
ثُمَّ إِنِّىٓ أَعْلَنتُ لَهُمْ وَأَسْرَرْتُ لَهُمْ إِسْرَارًۭا
Summaa inneee a'lantu lahum wa asrartu lahum israaraa
Soʻngra, albatta, men ularga oshkora va yashirin (daʼvat) qildim.
- 10
فَقُلْتُ ٱسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّكُمْ إِنَّهُۥ كَانَ غَفَّارًۭا
Faqultus taghfiroo Rabakam innahoo kaana Ghaffaaraa
Bas, oʻz Robbingizga istigʻfor ayting, albatta, U gunohlarni koʻplab magʻfirat qiluvchidir», dedim.
- 11
يُرْسِلِ ٱلسَّمَآءَ عَلَيْكُم مِّدْرَارًۭا
Yursilis samaaa'a 'alaikum midraaraa
«U zot osmondan ustingizga ketma-ket baraka yomgʻirini yuboradir.
- 12
وَيُمْدِدْكُم بِأَمْوَٰلٍۢ وَبَنِينَ وَيَجْعَل لَّكُمْ جَنَّٰتٍۢ وَيَجْعَل لَّكُمْ أَنْهَٰرًۭا
Wa yumdidkum bi am waalinw wa baneena wa yaj'al lakum Jannaatinw wa yaj'al lakum anhaaraa
Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bogʻu rogʻlar hamda anhorlarni beradir.
- 13
مَّا لَكُمْ لَا تَرْجُونَ لِلَّهِ وَقَارًۭا
Maa lakum laa tarjoona lillaahi waqaaraa
Sizlarga nima boʻldiki, Allohning azamatini oʻylab koʻrmaysizlar?
- 14
وَقَدْ خَلَقَكُمْ أَطْوَارًا
Wa qad khalaqakum at waaraa
Holbuki, U sizlarni holatma-holat yaratdi.
- 15
أَلَمْ تَرَوْا۟ كَيْفَ خَلَقَ ٱللَّهُ سَبْعَ سَمَٰوَٰتٍۢ طِبَاقًۭا
Alam taraw kaifa khalaqal laahu sab'a samaawaatin tibaaqaa
Alloh yetti osmonni qandoq qilib tabaqama-tabaqa yaratib qoʻyganini koʻrmadingizmi?
- 16
وَجَعَلَ ٱلْقَمَرَ فِيهِنَّ نُورًۭا وَجَعَلَ ٱلشَّمْسَ سِرَاجًۭا
Wa ja'alal qamara feehinna nooranw wa ja'alash shamsa siraajaa
Va ular ichida oyni nur va quyoshni chiroq qilib qoʻyganini koʻrmadingizmi?
- 17
وَٱللَّهُ أَنۢبَتَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ نَبَاتًۭا
Wallaahu ambatakum minal ardi nabaataa
Va Alloh sizlarni yerdan oʻstirib chiqaradir.
- 18
ثُمَّ يُعِيدُكُمْ فِيهَا وَيُخْرِجُكُمْ إِخْرَاجًۭا
Summa yu'eedukum feehaa wa ukhrijukum ikhraajaa
Soʻngra sizlarni unga qaytaradir va yana chiqaradir.
- 19
وَٱللَّهُ جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ بِسَاطًۭا
Wallaahu ja'ala lakumul arda bisaataa
Va Alloh sizlarga yerni gilamdek toʻshab qoʻydi.
- 20
لِّتَسْلُكُوا۟ مِنْهَا سُبُلًۭا فِجَاجًۭا
Litaslukoo minhaa subulan fijaajaa
Unda siz keng yoʻllardan yurishingiz uchun», dedi.
- 21
قَالَ نُوحٌۭ رَّبِّ إِنَّهُمْ عَصَوْنِى وَٱتَّبَعُوا۟ مَن لَّمْ يَزِدْهُ مَالُهُۥ وَوَلَدُهُۥٓ إِلَّا خَسَارًۭا
Qaala Noohur Robbi innahum 'asawnee wattaba'oo mal lam yazid hu maaluhoo wa waladuhooo illaa khasaara
Nuh: «Ey Robbim, albatta, ular menga isyon qildilar va moli, bola-chaqasi xusrondan boshqani ziyoda qilmaganga ergashdilar.
- 22
وَمَكَرُوا۟ مَكْرًۭا كُبَّارًۭا
Wa makaroo makran kubbaaraa
Va nihoyatda ulkan makr qildilar.
- 23
وَقَالُوا۟ لَا تَذَرُنَّ ءَالِهَتَكُمْ وَلَا تَذَرُنَّ وَدًّۭا وَلَا سُوَاعًۭا وَلَا يَغُوثَ وَيَعُوقَ وَنَسْرًۭا
Wa qaaloo laa tazarunna aalihatakum wa laa tazarunna Waddanw wa laa Suwaa'anw wa laa Yaghoosa wa Ya'ooqa wa Nasraa
Va ular: «Olihalaringizni hech tark qilmanglar, va, albatta, Vaddni ham, Suvaʼni ham, Yagʻusni ham, Yaʼuqni ham va Nasrni ham tark qilmang», dedilar. [2]
[2] (Shayton vasvasasi tufayli kishilar haykallarga sigʻinishining bayoni ushbu oyatda nozil qilingandir.)
- 24
وَقَدْ أَضَلُّوا۟ كَثِيرًۭا ۖ وَلَا تَزِدِ ٱلظَّٰلِمِينَ إِلَّا ضَلَٰلًۭا
Wa qad adalloo kasee ranw wa laa tazidiz zaalimeena illaa dalaalaa
Darhaqiqat, ular koʻplarini adashtirdi. Va Sen zolimlarga zalolatdan boshqani ziyoda qilma», dedi. [3]
[3] (Koʻrinib turibdiki, Nuh alayhissalomning bu duolari nihoyatda alamli duo. Nuh alayhissalom oʻz qavmlariga qilgan ushbu duoibaʼdni Alloh subhanahu va taolo u zotga sening qavmingdan hozir iymonga kelganlaridan oʻzgasi zinhor iymonga kelmas, deb xabar berganidan soʻng, ularning iymonlaridan noumid boʻlib turib qilganlar.)
- 25
مِّمَّا خَطِيٓـَٰٔتِهِمْ أُغْرِقُوا۟ فَأُدْخِلُوا۟ نَارًۭا فَلَمْ يَجِدُوا۟ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ أَنصَارًۭا
Mimmaa khateee' aatihim ughriqoo fa udkhiloo Naaran falam yajidoo lahum min doonil laahi ansaaraa
Ular xatolari tufayli gʻarq qilindilar, bas, olovga kiritildilar. Bas, oʻzlariga Allohdan oʻzga yordamchi topa olmadilar.
- 26
وَقَالَ نُوحٌۭ رَّبِّ لَا تَذَرْ عَلَى ٱلْأَرْضِ مِنَ ٱلْكَٰفِرِينَ دَيَّارًا
Wa qaala Noohur Rabbi laa tazar 'alal ardi minal kaafireena daiyaaraa
Va Nuh: «Ey Robbim, yer yuzida kofirlardan birorta ham harakatlanuvchini qoʻymagin.
- 27
إِنَّكَ إِن تَذَرْهُمْ يُضِلُّوا۟ عِبَادَكَ وَلَا يَلِدُوٓا۟ إِلَّا فَاجِرًۭا كَفَّارًۭا
Innaka in tazarhum yudil loo 'ibaadaka wa laa yalidooo illaa faajiran kaffaaraa
Albatta, sen ularni tek qoʻysang, bandalaringni adashtiradilar va fojiru kofirdan boshqa tugʻmaslar.
- 28
رَّبِّ ٱغْفِرْ لِى وَلِوَٰلِدَىَّ وَلِمَن دَخَلَ بَيْتِىَ مُؤْمِنًۭا وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ وَلَا تَزِدِ ٱلظَّٰلِمِينَ إِلَّا تَبَارًۢا
Rabbigh fir lee wa liwaa lidaiya wa liman dakhala baitiya mu'minanw wa lil mu'mineena wal mu'minaati wa laa tazidiz zaalimeena illaa tabaaraa
Robbim, meni magʻfirat qilgin, mening ota-onamni ham va uyimga moʻmin boʻlib kirganlarni va moʻminlaru moʻminalarni ham. Va zolimlarga halokatdan oʻzga narsani ziyoda qilma», dedi. [4]
[4] (Nuh alayhissalomning duolari qabul boʻldi. Alloh taolo kofirlarni bitta ham qoʻymay halok qildi. Chunki ular insoniyat badaniga tushgan qorason kasalidek edilar. Ularni kesib tashlamasa boʻlmas edi.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
