Sura 69
Hoqqa
الحَاقَّةِ
Al-Haqqah · Makkiy · 52 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
ٱلْحَآقَّةُ
Al haaaqqah
Al-Haaqqoh.
- 2
مَا ٱلْحَآقَّةُ
Mal haaaqqah
Al-Haaqqoh nima oʻzi?!
- 3
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلْحَآقَّةُ
Wa maaa adraaka mal haaaqqah
Al-Haaqqoh nimaligini senga nima bildirdi?!
- 4
كَذَّبَتْ ثَمُودُ وَعَادٌۢ بِٱلْقَارِعَةِ
Kazzabat samoodu wa 'Aadum bil qaari'ah
Samud va Od qoriʼani yolgʻonga chiqarishdi. [1]
[1] («Qoriʼa» ham qiyomatning nomlaridan biri, shiddat bilan eshik qoqib keluvchi maʼnosini anglatadi.)
- 5
فَأَمَّا ثَمُودُ فَأُهْلِكُوا۟ بِٱلطَّاغِيَةِ
Fa-ammaa Samoodu fauhlikoo bittaaghiyah
Bas, ammo Samud haddan oshuvchi bilan halok qilindi. [2]
[2] («Haddan oshuvchi»dan murod qattiq chaqmoqdir.)
- 6
وَأَمَّا عَادٌۭ فَأُهْلِكُوا۟ بِرِيحٍۢ صَرْصَرٍ عَاتِيَةٍۢ
Wa ammaa 'Aadun fa uhlikoo bireehin sarsarin 'aatiyah
Va ammo Od qattiq (sovuq) shamol bilan halok qilindilar.
- 7
سَخَّرَهَا عَلَيْهِمْ سَبْعَ لَيَالٍۢ وَثَمَٰنِيَةَ أَيَّامٍ حُسُومًۭا فَتَرَى ٱلْقَوْمَ فِيهَا صَرْعَىٰ كَأَنَّهُمْ أَعْجَازُ نَخْلٍ خَاوِيَةٍۢ
Sakhkharahaa 'alaihim sab'a la yaalinw wa samaaniyata ayyaamin husooman fataral qawma feehaa sar'aa ka annahum a'jaazu nakhlin khaawiyah
U zot ularning ustidan bu shamolni yetti kechayu sakkiz kunduz «beminnat xizmat» qildirib qoʻydi. Bas, qavmning u yerda halok boʻlib, agʻdarilib yotganini koʻrasan. Ular xuddi xurmoning chirigan tomirlariga oʻxsharlar.
- 8
فَهَلْ تَرَىٰ لَهُم مِّنۢ بَاقِيَةٍۢ
Fahal taraa lahum mim baaqiyah
Bas, sen ulardan birortasining boqiy qolganini koʻrasanmi?
- 9
وَجَآءَ فِرْعَوْنُ وَمَن قَبْلَهُۥ وَٱلْمُؤْتَفِكَٰتُ بِٱلْخَاطِئَةِ
Wa jaaa'a Firawnu wa man qablahoo wal mu'tafikaatu bilhaati'ah
Firʼavn, undan avvalgilar va toʻntarilganliklar xato qildilar.
- 10
فَعَصَوْا۟ رَسُولَ رَبِّهِمْ فَأَخَذَهُمْ أَخْذَةًۭ رَّابِيَةً
Fa'ansaw Rasoola Rabbihim fa akhazahum akhzatar raabiyah
Bas, ular Robbilarining Rasuliga osiy boʻldilar. Darhaqiqat, U zot ularni qattiq tutishlik bilan tutdi.
- 11
إِنَّا لَمَّا طَغَا ٱلْمَآءُ حَمَلْنَٰكُمْ فِى ٱلْجَارِيَةِ
Innaa lammaa taghal maaa'u hamalnaakum fil jaariyah
Albatta, Biz suv tugʻyonga kelgan paytda sizlarni kemada koʻtarganmiz.
- 12
لِنَجْعَلَهَا لَكُمْ تَذْكِرَةًۭ وَتَعِيَهَآ أُذُنٌۭ وَٰعِيَةٌۭ
Linaj'alahaa lakum tazki ratanw-wa ta'iyahaa unzununw waa'iyah
Uni sizlarga eslatma qilish uchun va anglovchi quloqlar anglab olishi uchun. [3]
[3] (Boʻlib oʻtgan qissa va hodisalar hamma uchun oʻrnak, eslatma, vaʼz-nasihat boʻlishi kerak.)
- 13
فَإِذَا نُفِخَ فِى ٱلصُّورِ نَفْخَةٌۭ وَٰحِدَةٌۭ
Fa izaa nufikha fis soori nafkhatunw waahidah
Agar dudga birgina puflash-la puflansa...
- 14
وَحُمِلَتِ ٱلْأَرْضُ وَٱلْجِبَالُ فَدُكَّتَا دَكَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ
Wa humilatil ardu wal jibaalu fadukkataa dakkatanw waahidah
Va yeru togʻlar koʻtarilib, bir martagina silkitilsa...
- 15
فَيَوْمَئِذٍۢ وَقَعَتِ ٱلْوَاقِعَةُ
Fa yawma'izinw waqa'atil waaqi'ah
Bas, oʻsha kunda, Voqiʼa voqeʼ boʻlibdir.
- 16
وَٱنشَقَّتِ ٱلسَّمَآءُ فَهِىَ يَوْمَئِذٍۢ وَاهِيَةٌۭ
Wanshaqqatis samaaa'u fahiya yawma 'izinw-waahiyah
Va osmon parchalansa, bas, oʻsha kunda, u (osmon) beholdir.
- 17
وَٱلْمَلَكُ عَلَىٰٓ أَرْجَآئِهَا ۚ وَيَحْمِلُ عَرْشَ رَبِّكَ فَوْقَهُمْ يَوْمَئِذٍۢ ثَمَٰنِيَةٌۭ
Wal malaku 'alaaa arjaaa'ihaa; wa yahmilu 'Arsha Rabbika fawqahum yawma'izin samaaniyah
Va farishtalar uning atrofida va oʻsha kunda Robbingning arshini sakkiztasi koʻtarib turadir. [4]
[4] (Allohning arshini sakkizta yoki sakkiz turli farishtalar koʻtarib turadilar. Arsh oʻzida izzat, sulton va moliklik maʼnolarini anglatadi. Bashariyat Arshning ismini biladi, uning haqiqatini Allohning Oʻzi biladi.)
- 18
يَوْمَئِذٍۢ تُعْرَضُونَ لَا تَخْفَىٰ مِنكُمْ خَافِيَةٌۭ
Yawma'izin tu'radoona laa takhfaa min kum khaafiyah
Bas, oʻsha kunda koʻrikdan oʻtasizlar, birorta narsangiz maxfiy qolmaydir.
- 19
فَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ فَيَقُولُ هَآؤُمُ ٱقْرَءُوا۟ كِتَٰبِيَهْ
Fa ammaa man ootiya kitaabahoo biyameenihee fa yaqoolu haaa'umuq ra'oo kitaabiyah
Bas, kimning kitobi oʻng tarafdan berilsa, u: «Mana, mening kitobimni oʻqib koʻringlar!
- 20
إِنِّى ظَنَنتُ أَنِّى مُلَٰقٍ حِسَابِيَهْ
Innee zannantu annee mulaaqin hisaabiyah
Albatta, men hisob-kitobimga yoʻliqishimga ishonardim», deydir.
- 21
فَهُوَ فِى عِيشَةٍۢ رَّاضِيَةٍۢ
Fahuwa fee 'eeshatir raadiyah
Bas, u rozilik hayotidadir.
- 22
فِى جَنَّةٍ عَالِيَةٍۢ
Fee jannnatin 'aaliyah
Oliy jannatdadir.
- 23
قُطُوفُهَا دَانِيَةٌۭ
Qutoofuhaa daaniyah
Uning mevalari yaqindir.
- 24
كُلُوا۟ وَٱشْرَبُوا۟ هَنِيٓـًٔۢا بِمَآ أَسْلَفْتُمْ فِى ٱلْأَيَّامِ ٱلْخَالِيَةِ
Kuloo washraboo haneee'am bimaaa aslaftum fil ayyaamil khaliyah
Oʻtgan kunlarda qilgan narsalaringiz tufayli yenglar va ichinglar, osh boʻlsin.
- 25
وَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَٰبَهُۥ بِشِمَالِهِۦ فَيَقُولُ يَٰلَيْتَنِى لَمْ أُوتَ كِتَٰبِيَهْ
Wa ammaa man ootiya kitaabahoo bishimaalihee fa yaqoolu yaalaitanee lam oota kitaaabiyah
Va ammo kimning kitobi chap tarafdan berilsa, u: «Voy shoʻrim, koshki menga kitobim berilmasa edi.
- 26
وَلَمْ أَدْرِ مَا حِسَابِيَهْ
Wa lam adri maa hisaabiyah
Va hisob-kitob qandoqligini bilmasam edim.
- 27
يَٰلَيْتَهَا كَانَتِ ٱلْقَاضِيَةَ
Yaa laitahaa kaanatil qaadiyah
Qani endi, (bu dunyodagi oʻlim) oxirgisi boʻlsa edi.
- 28
مَآ أَغْنَىٰ عَنِّى مَالِيَهْ ۜ
Maaa aghnaa 'annee maaliyah
Molu mulkim meni saqlab qola olmadi.
- 29
هَلَكَ عَنِّى سُلْطَٰنِيَهْ
Halaka 'annee sultaaniyah
Mening sultonim ham halok boʻldi», deydir. [5]
[5] (Mulku sultonim, mansabu obroʻyim, nasabu xasabim hamma hammasi halok boʻldi.)
- 30
خُذُوهُ فَغُلُّوهُ
Khuzoohu faghullooh
Tutinglar uni va kishanlanglar uni!!!
- 31
ثُمَّ ٱلْجَحِيمَ صَلُّوهُ
Summal Jaheema sallooh
Soʻngra jahannamga solinglar uni!!!
- 32
ثُمَّ فِى سِلْسِلَةٍۢ ذَرْعُهَا سَبْعُونَ ذِرَاعًۭا فَٱسْلُكُوهُ
Summa fee silsilatin zar'uhaa sab'oona ziraa'an faslukooh
Soʻngra yetmish qulochli zanjirga kiriting uni!!!
- 33
إِنَّهُۥ كَانَ لَا يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ ٱلْعَظِيمِ
Innahoo kaana laa yu'minubillaahil 'Azeem
Chunki, u ulugʻ Allohga iymon keltirmagan edi.
- 34
وَلَا يَحُضُّ عَلَىٰ طَعَامِ ٱلْمِسْكِينِ
wa laa yahuddu 'alaa ta'aamil miskeen
Va miskinlarga taom berishga qiziqtirmagan edi. [6]
[6] (Miskinlarga taom berishga qiziqtirmaslik shunchalikka olib kelsa, imkoni boʻla turib ularga taom bermaslik qanchalik gunoh ekan — buni kitobxonning oʻzi fahmlayversin.)
- 35
فَلَيْسَ لَهُ ٱلْيَوْمَ هَٰهُنَا حَمِيمٌۭ
Falaysa lahul yawma haahunaa hameem
Bas, bugungi kunda unga bu yerda biron chin doʻst yoʻq.
- 36
وَلَا طَعَامٌ إِلَّا مِنْ غِسْلِينٍۢ
Wa laa ta'aamun illaa min ghisleen
Va gʻisliyndan oʻzga taom ham yoʻq.
- 37
لَّا يَأْكُلُهُۥٓ إِلَّا ٱلْخَٰطِـُٔونَ
Laa yaakuluhooo illal khati'oon
Uni xatokorlardan boshqa hech kim yemas.
- 38
فَلَآ أُقْسِمُ بِمَا تُبْصِرُونَ
Falaaa uqsimu bimaa tubsiroon
Sizlar koʻrib turgan narsalar bilan qasam ichurman.
- 39
وَمَا لَا تُبْصِرُونَ
Wa maa laa tubsiroon
Va sizlar koʻrmaydigan narsalar bilan ham.
- 40
إِنَّهُۥ لَقَوْلُ رَسُولٍۢ كَرِيمٍۢ
Innahoo laqawlu Rasoolin kareem
Albatta u (Qurʼon) karamli Rasulning soʻzidir. [7]
[7] (Qurʼoni Karimni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamga nisbat berilishi U zot sollallohu alayhi va sallam u kalomni tilovat qiluvchi va kishilarga yetkazuvchi ekanligidandir.)
- 41
وَمَا هُوَ بِقَوْلِ شَاعِرٍۢ ۚ قَلِيلًۭا مَّا تُؤْمِنُونَ
Wa ma huwa biqawli shaa'ir; qaleelam maa tu'minoon
Va u shoirning soʻzi emas. Sizlar juda oz ishonasizlar.
- 42
وَلَا بِقَوْلِ كَاهِنٍۢ ۚ قَلِيلًۭا مَّا تَذَكَّرُونَ
Wa laa biqawli kaahin; qaleelam maa tazakkaroon
Va u folbinning soʻzi ham emas. Sizlar juda oz eslaysizlar.
- 43
تَنزِيلٌۭ مِّن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Tanzeelum mir rabbil 'aalameen
U olamlar Robbisidan tushirilgandir.
- 44
وَلَوْ تَقَوَّلَ عَلَيْنَا بَعْضَ ٱلْأَقَاوِيلِ
Wa law taqawwala 'alainaa ba'dal aqaaweel
Va agar u Bizning (nomimizdan) baʼzan yolgʻon soʻzlarni toʻqisa.
- 45
لَأَخَذْنَا مِنْهُ بِٱلْيَمِينِ
La-akhaznaa minhu bilyameen
Albatta, Biz uni qudrat bilan tutamiz.
- 46
ثُمَّ لَقَطَعْنَا مِنْهُ ٱلْوَتِينَ
Summa laqata'naa minhul wateen
Soʻngra, albatta, uning shoh tomirini kesamiz.
- 47
فَمَا مِنكُم مِّنْ أَحَدٍ عَنْهُ حَٰجِزِينَ
Famaa minkum min ahadin'anhu haajizeen
Bas, sizlardan hech kim uni toʻsib qola olmas.
- 48
وَإِنَّهُۥ لَتَذْكِرَةٌۭ لِّلْمُتَّقِينَ
Wa innahoo latazkiratul lilmuttaqeen
Va albatta, u (Qurʼon) taqvodorlar uchun eslatmadir.
- 49
وَإِنَّا لَنَعْلَمُ أَنَّ مِنكُم مُّكَذِّبِينَ
Wa inna lana'lamu anna minkum mukazzibeen
Va albatta, Biz sizlarning ichingizda yolgʻonga chiqaruvchilar borligini bilib turamiz.
- 50
وَإِنَّهُۥ لَحَسْرَةٌ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ
Wa innahu lahasratun 'alal kaafireen
Va albatta, u (Qurʼon) kofirlar uchun hasratdir.
- 51
وَإِنَّهُۥ لَحَقُّ ٱلْيَقِينِ
Wa innahoo lahaqqul yaqeen
Va albatta, u (Qurʼon) shubhasiz haqiqatdir.
- 52
فَسَبِّحْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلْعَظِيمِ
Fasbbih bismi Rabbikal 'Azeem
Bas, ulugʻ Robbingning ismini poklab yod et.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
