Sura 68
Qalam
القَلَمِ
Al-Qalam · Makkiy · 52 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
نٓ ۚ وَٱلْقَلَمِ وَمَا يَسْطُرُونَ
Noon; walqalami wa maa yasturoon
Nuun. Qalam bilan va satrlarga yozadigan narsalar bilan qasam. [1]
[1] (Oyatda qasam qalam bilan cheklanmadi, balki Alloh satrlarga yozilajak narsalar bilan ham qasam ichdi. Bizning zamonamizda qalamdan boshqa yozuv qoʻllanmalari ham chiqdi. Qalam va yozish bilan qasam ichilishi musulmonlar uchun oʻqish-yozish, ilm-maʼrifatga katta eʼtibor berishga chaqiriqdur.)
- 2
مَآ أَنتَ بِنِعْمَةِ رَبِّكَ بِمَجْنُونٍۢ
Maa anta bini'mati Rabbika bimajnoon
Sen Robbing neʼmati ila majnun emassan.
- 3
وَإِنَّ لَكَ لَأَجْرًا غَيْرَ مَمْنُونٍۢ
Wa inna laka la ajran ghaira mamnoon
Va albatta, senga minnat qilinmaydigan ajr bordur.
- 4
وَإِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِيمٍۢ
Wa innaka la'alaa khuluqin 'azeem
Va albatta, sen ulkan xulqdasan.
- 5
فَسَتُبْصِرُ وَيُبْصِرُونَ
Fasatubsiru wa yubsiroon
Bas, tezda koʻrasan va ular ham koʻrurlar.
- 6
بِأَييِّكُمُ ٱلْمَفْتُونُ
Bi ayyikumul maftoon
Sizlardan qaysingizda majnunlik borligini.
- 7
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ
Innaa Rabbaka Huwa a'lamu biman dalla 'an sabeelihee wa Huwa a'lamu bilmuhtadeen
Albatta, Robbing Oʻzi kim Uning yoʻlidan adashganini biluvchidur va U hidoyatda yuruvchilarni ham biluvchidur.
- 8
فَلَا تُطِعِ ٱلْمُكَذِّبِينَ
Falaa tuti'il mukazzibeen
Bas, yolgʻonga chiqaruvchilarga itoat qilma.
- 9
وَدُّوا۟ لَوْ تُدْهِنُ فَيُدْهِنُونَ
Waddoo law tudhinu fa-yudhinoon
Agar sen murosa qilsang, ular ham murosa qilishni orzu qiladilar.
- 10
وَلَا تُطِعْ كُلَّ حَلَّافٍۢ مَّهِينٍ
Wa laa tuti' kulla hallaa fim maheen
Itoat qilma! Har bir qasamxoʻr, pastkashga.
- 11
هَمَّازٍۢ مَّشَّآءٍۭ بِنَمِيمٍۢ
Hammaazim mash shaaa'im binameem
Ayblovchi, chaqimchilik qilib yuruvchiga.
- 12
مَّنَّاعٍۢ لِّلْخَيْرِ مُعْتَدٍ أَثِيمٍ
Mannaa'il lilkhairi mu'tadin aseem
Yaxshilikni man qiluvchi, tajovuzkor, sergunohga.
- 13
عُتُلٍّۭ بَعْدَ ذَٰلِكَ زَنِيمٍ
'Utullim ba'da zaalika zaneem
Qoʻpol, undan soʻng, otasining tayini yoʻqqa.
- 14
أَن كَانَ ذَا مَالٍۢ وَبَنِينَ
An kaana zaa maalinw-wa baneen
Moli va oʻgʻillari koʻp boʻlganidan.
- 15
إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ ءَايَٰتُنَا قَالَ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ
Izaa tutlaa 'alaihi aayaatunaa qaala asaateerul awwaleen
Bizning oyatlarimiz unga oʻqilgan paytda, avvalgilarning afsonalari, der.
- 16
سَنَسِمُهُۥ عَلَى ٱلْخُرْطُومِ
Sanasimuhoo 'alal khurtoom
Tezda uning tumshugʻiga belgi qoʻyamiz.
- 17
إِنَّا بَلَوْنَٰهُمْ كَمَا بَلَوْنَآ أَصْحَٰبَ ٱلْجَنَّةِ إِذْ أَقْسَمُوا۟ لَيَصْرِمُنَّهَا مُصْبِحِينَ
Innaa balawnaahum kamaa balawnaaa As-haabal jannati iz 'aqsamoo la-yasri munnahaa musbiheen
Albatta, Biz ularni bogʻ egalarini sinaganimizdek sinab koʻrdik. Vaqtiki, erta tongda terib olamiz, deb qasam ichdilar.
- 18
وَلَا يَسْتَثْنُونَ
Wa laa yastasnoon
Va istisno qilmadilar.
- 19
فَطَافَ عَلَيْهَا طَآئِفٌۭ مِّن رَّبِّكَ وَهُمْ نَآئِمُونَ
Fataafa 'alaihaa taaa'i fum mir rabbika wa hum naaa'imoon
Ular uxlab yotganda, u(bogʻ)ning ustidan Robbingdan boʻlgan aylanuvchi aylanib chiqdi.
- 20
فَأَصْبَحَتْ كَٱلصَّرِيمِ
Fa asbahat kassareem
Bas, u xuddi mevasi terib olinganga oʻxshab qoldi.
- 21
فَتَنَادَوْا۟ مُصْبِحِينَ
Fatanaadaw musbiheen
Ular tong saharda bir-birlarini chaqirdilar.
- 22
أَنِ ٱغْدُوا۟ عَلَىٰ حَرْثِكُمْ إِن كُنتُمْ صَٰرِمِينَ
Anighdoo 'alaa harsikum in kuntum saarimeen
Agar teradigan boʻlsangiz, ekinzoringizga ertaroq boring, deb.
- 23
فَٱنطَلَقُوا۟ وَهُمْ يَتَخَٰفَتُونَ
Fantalaqoo wa hum yatakhaafatoon
Bas, past ovoz bilan gaplashib yurib ketdilar.
- 24
أَن لَّا يَدْخُلَنَّهَا ٱلْيَوْمَ عَلَيْكُم مِّسْكِينٌۭ
Al laa yadkhulannahal yawma 'alaikum miskeen
Bugun siz boringizda u(bogʻ)ga miskin kira koʻrmasin, deb.
- 25
وَغَدَوْا۟ عَلَىٰ حَرْدٍۢ قَٰدِرِينَ
Wa ghadaw 'alaa hardin qaadireen
Va ertalabda qasd-la, oʻzlarini qodir sezib, bordilar.
- 26
فَلَمَّا رَأَوْهَا قَالُوٓا۟ إِنَّا لَضَآلُّونَ
Falammaa ra awhaa qaalooo innaa ladaaalloon
Uni koʻrganlarida, biz adashibmiz, dedilar.
- 27
بَلْ نَحْنُ مَحْرُومُونَ
Bal nahnu mahroomoon
Balki biz mahrum boʻlgandirmiz, dedilar.
- 28
قَالَ أَوْسَطُهُمْ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ لَوْلَا تُسَبِّحُونَ
Qaala awsatuhum alam aqul lakum law laa tusabbihoon
Ularning eng yaxshi va adolatlisi: «Sizlarga tasbih aytsalaringiz-chi, demabmidim», dedi.
- 29
قَالُوا۟ سُبْحَٰنَ رَبِّنَآ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ
Qaaloo subhaana rabbinaaa innaa kunnaa zaalimeen
Robbimiz ayblardan pok boʻldi, albatta, biz zolimlardan edik, dedilar.
- 30
فَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ يَتَلَٰوَمُونَ
Fa aqbala ba'duhum 'alaa ba'diny yatalaawamoon
Bas, baʼzilari baʼzilarini malomat qila boshladilar.
- 31
قَالُوا۟ يَٰوَيْلَنَآ إِنَّا كُنَّا طَٰغِينَ
Qaaloo yaa wailanaaa innaa kunnaa taagheen
«Voy, shoʻrimiz qursin, tugʻyonga ketgan ekanmiz.
- 32
عَسَىٰ رَبُّنَآ أَن يُبْدِلَنَا خَيْرًۭا مِّنْهَآ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا رَٰغِبُونَ
'Asaa rabbunaaa any yubdilanaa khairam minhaaa innaaa ilaa rabbinaa raaghiboon
Shoyad, Robbimiz uning oʻrniga undan koʻra yaxshirogʻini bersa. Biz oʻz Robbimizga ragʻbatlimiz, dedilar.
- 33
كَذَٰلِكَ ٱلْعَذَابُ ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْءَاخِرَةِ أَكْبَرُ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ
Kazaalikal azaab, wa la'azaabul aakhirati akbar; law kaanoo ya'lamoon
Azob shundoq boʻlur va agar bilsalar, albatta, oxirat azobi bundan katta boʻladir.
- 34
إِنَّ لِلْمُتَّقِينَ عِندَ رَبِّهِمْ جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ
Inna lilmuttaqeena 'inda rabbihim jannaatin na'eem
Albatta, taqvodorlar uchun Robbilari huzurida naʼiym jannatlari bordur.
- 35
أَفَنَجْعَلُ ٱلْمُسْلِمِينَ كَٱلْمُجْرِمِينَ
Afanaj'alul muslimeena kalmujrimeen
Musulmonlarni jinoyatkorlarga oʻxshatib qoʻyarmidik?!
- 36
مَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ
Maa lakum kaifa tahhkumoon
Sizlarga nima boʻldi, qanday hukm chiqaryapsizlar?!
- 37
أَمْ لَكُمْ كِتَٰبٌۭ فِيهِ تَدْرُسُونَ
Am lakum kitaabun feehi tadrusoon
Yoki sizlarning kitobingiz bor-u, undan oʻqidingizmi?
- 38
إِنَّ لَكُمْ فِيهِ لَمَا تَخَيَّرُونَ
Inna lakum feehi lamaa takhaiyaroon
Unda sizlarga nimani ixtiyor qilsangiz, albatta, (boʻlaveradi) deyilganmi?!
- 39
أَمْ لَكُمْ أَيْمَٰنٌ عَلَيْنَا بَٰلِغَةٌ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ ۙ إِنَّ لَكُمْ لَمَا تَحْكُمُونَ
Am lakum aymaanun 'alainaa baalighatun ilaa yawmil qiyaamati inna lakum lamaa tahkumoon
Yoki sizlarga bizning qiyomat kunigacha yetadigan bergan vaʼdalarimiz boʻlib, unda, albatta, siz nima hukm qilsangiz, shu boʻladi, deyilganmi?!
- 40
سَلْهُمْ أَيُّهُم بِذَٰلِكَ زَعِيمٌ
Salhum ayyuhum bizaa lika za'eem
Soʻra ulardan, qay birlari bu narsaga kafil ekan?
- 41
أَمْ لَهُمْ شُرَكَآءُ فَلْيَأْتُوا۟ بِشُرَكَآئِهِمْ إِن كَانُوا۟ صَٰدِقِينَ
Am lahum shurakaaa'u falyaatoo bishurakaaa 'ihim in kaanoo saadiqeen
Yoki ularning sheriklari bormikin, agar rostgoʻy boʻlsalar, oʻsha sheriklarini ham olib kelsinlar.
- 42
يَوْمَ يُكْشَفُ عَن سَاقٍۢ وَيُدْعَوْنَ إِلَى ٱلسُّجُودِ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ
Yawma yukshafu 'am saaqinw wa yud'awna ilas sujoodi falaa yastatee'oon
Boldirlar shimarilgan kunida va ular sajdaga chaqirilganda, qodir boʻlmaslar. [2]
[2] (Bu qiyomat kuni sodir boʻladi. U kunda hisob-kitob shiddatli va ahvol ogʻir boʻladi. Alloh taolo xalqlar oʻrtasida hukm qilish uchun keladi, bir payt U zotning mukarram boldiri ochiladi, biroq bu maxluqlaridagi biron holatga oʻxshamaydi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Robbimiz boldirini ochadi va har bir moʻmin va moʻmina Unga sajda qiladi. Dunyoda odamlarga koʻrsatish va eshittirish uchun riyokorona sajda qilgan kimsalargina qoladi. Ular sajda qilmoqchi boʻladilar-u, biroq bellari (bukilmaydigan) bir butun qilib qoʻyiladi».
- 43
خَٰشِعَةً أَبْصَٰرُهُمْ تَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌۭ ۖ وَقَدْ كَانُوا۟ يُدْعَوْنَ إِلَى ٱلسُّجُودِ وَهُمْ سَٰلِمُونَ
Khaashi'atan absaaruhum tarhaquhum zillatunw wa qad kaanoo yud'awna ilassujoodi wa hum saalimoon
Ularning koʻzlari qoʻrqinchga toʻla, xorlik oʻrab olgan. Va darhaqiqat, ular salomatlik hollarida sajda qilishga chaqirilgan edilar.
- 44
فَذَرْنِى وَمَن يُكَذِّبُ بِهَٰذَا ٱلْحَدِيثِ ۖ سَنَسْتَدْرِجُهُم مِّنْ حَيْثُ لَا يَعْلَمُونَ
Fazarnee wa many yukazzibu bihaazal hadeesi sanastad rijuhum min haisu laa ya'lamoon
Bu gapni yolgʻonga chiqaruvchilarni Mening Oʻzimga qoʻyib qoʻy. Biz ularni oʻzlari bilmagan tarafdan asta-sekin olamiz.
- 45
وَأُمْلِى لَهُمْ ۚ إِنَّ كَيْدِى مَتِينٌ
Wa umlee lahum; inna kaidee mateen
Va ularga muhlat beraman. Albatta, Mening hiylam metindir.
- 46
أَمْ تَسْـَٔلُهُمْ أَجْرًۭا فَهُم مِّن مَّغْرَمٍۢ مُّثْقَلُونَ
Am tas'aluhum ajran fahum mim maghramim musqaloon
Yoki sen ulardan haq soʻrayapsan-u, ular qarzga botib qoldilarmi?
- 47
أَمْ عِندَهُمُ ٱلْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبُونَ
Am 'indahumul ghaibu fahum yaktuboon
Yoki huzurlarida gʻoyib ilmi bor-u, ular yozib oladilarmi?
- 48
فَٱصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ وَلَا تَكُن كَصَاحِبِ ٱلْحُوتِ إِذْ نَادَىٰ وَهُوَ مَكْظُومٌۭ
Fasbir lihkmi rabbika wa laa takun kasaahibil boot; iz naadaa wa huwa makzoom
Robbing hukmiga sabr qil va bir vaqtlar gʻamga toʻlgan holda nido qilgan baliq sohibiga oʻxshama.
- 49
لَّوْلَآ أَن تَدَٰرَكَهُۥ نِعْمَةٌۭ مِّن رَّبِّهِۦ لَنُبِذَ بِٱلْعَرَآءِ وَهُوَ مَذْمُومٌۭ
Law laaa an tadaara kahoo ni'matum mir rabbihee lanubiza bil'araaa'i wa huwa mazmoom
Agar uni Robbisining neʼmati topmaganda, ochiq sahro joyga, mazammatga qolgan holda tashlangan boʻlardi.
- 50
فَٱجْتَبَٰهُ رَبُّهُۥ فَجَعَلَهُۥ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ
Fajtabaahu rabbuhoo faja'alahoo minas saaliheen
Bas, uni Robbisi tanlab oldi va solih bandalaridan qildi.
- 51
وَإِن يَكَادُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَيُزْلِقُونَكَ بِأَبْصَٰرِهِمْ لَمَّا سَمِعُوا۟ ٱلذِّكْرَ وَيَقُولُونَ إِنَّهُۥ لَمَجْنُونٌۭ
Wa iny-yakaadul lazeena kafaroo la-yuzliqoonaka biabsaarihim lammaa saml'uz-Zikra wa yaqooloona innahoo lamajnoon
Va kofirlar zikrni eshitayotganlarida seni koʻzlari bilan toydirmoqchi boʻldilar va, albatta, u jinnidur, derlar.
- 52
وَمَا هُوَ إِلَّا ذِكْرٌۭ لِّلْعَٰلَمِينَ
Wa maa huwa illaa zikrul lil'aalameen
Holbuki, u butun olamlarga eslatmadan oʻzga narsa emas.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
