Sura 67

Mulk

المُلۡكِ

Al-Mulk · Makkiy · 30 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    تَبَٰرَكَ ٱلَّذِى بِيَدِهِ ٱلْمُلْكُ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ

    Tabaarakal lazee biyadihil mulku wa huwa 'alaa kulli shai-in qadeer

    Qoʻlida mulk boʻlgan Zot ulugʻ, muqaddas boʻldi. U barcha narsaga qodirdir.

  2. 2

    ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْمَوْتَ وَٱلْحَيَوٰةَ لِيَبْلُوَكُمْ أَيُّكُمْ أَحْسَنُ عَمَلًۭا ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْغَفُورُ

    Allazee khalaqal mawta walhayaata liyabluwakum ayyukum ahsanu 'amalaa; wa huwal 'azeezul ghafoor

    U, oʻlim va hayotni sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq ekanligingizni sinash uchun yaratdi. U aziyz va oʻta magʻfiratlidir. [1]

    [1] (Oʻlimni eslagan odam unga tayyorgarlik koʻradi va oʻlgandan soʻng sharmanda boʻlmaslik uchun oʻzini yaxshi ishlarga safarbar qiladi.)

  3. 3

    ٱلَّذِى خَلَقَ سَبْعَ سَمَٰوَٰتٍۢ طِبَاقًۭا ۖ مَّا تَرَىٰ فِى خَلْقِ ٱلرَّحْمَٰنِ مِن تَفَٰوُتٍۢ ۖ فَٱرْجِعِ ٱلْبَصَرَ هَلْ تَرَىٰ مِن فُطُورٍۢ

    Allazee khalaqa sab'a samaawaatin tibaaqam maa taraa fee khalqir rahmaani min tafaawutin farji'il basara hal taraa min futoor

    U yetti osmonni tabaqama-tabaqa yaratgan. Rohmanning yaratganida hech tafovut koʻrmassan. Qayta nazar sol! Biror kamchilik koʻryapsanmi?

  4. 4

    ثُمَّ ٱرْجِعِ ٱلْبَصَرَ كَرَّتَيْنِ يَنقَلِبْ إِلَيْكَ ٱلْبَصَرُ خَاسِئًۭا وَهُوَ حَسِيرٌۭ

    Summar ji'il basara karrataini yanqalib ilaikal basaru khaasi'anw wa huwa haseer

    Soʻng takror-takror nazar sol, nazar senga istaganini topa olmay, horib-charchagan holda qaytadir.

  5. 5

    وَلَقَدْ زَيَّنَّا ٱلسَّمَآءَ ٱلدُّنْيَا بِمَصَٰبِيحَ وَجَعَلْنَٰهَا رُجُومًۭا لِّلشَّيَٰطِينِ ۖ وَأَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابَ ٱلسَّعِيرِ

    Wa laqad zaiyannas samaaa'ad dunyaa bimasaa beeha wa ja'alnaahaa rujoomal lish shayaateeni wa a'tadnaa lahum 'azaabas sa'eer

    Va darhaqiqat, Biz yaqin osmonni chiroqlar bilan ziynatlab qoʻydik va u(chiroq)larni shaytonlarga otiladigan narsa ham qilib qoʻydik. Va u(shayton)larga olovi qizib turgan jahannamni tayyorlab qoʻydik. [2]

    [2] (Arab folbinlari bizning shaytonlarimiz osmonga chiqib, gʻoyibdagi narsalarni bilib beradi, deb maqtanar edilar. Qurʼoni Karim buni rad etib, bu dunyoda shaytonlarni yulduzlardan ajrab chiqqan uchqunlar quvib haydashini, u dunyoda esa, ularga Alloh jahannam azobini tayyorlab qoʻyganini taʼkidlamoqda.)

  6. 6

    وَلِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِرَبِّهِمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Wa lillazeena kafaroo bi rabbihim 'azaabu jahannama wa bi'sal maseer

    Oʻz Robbilariga kufr keltirganlar uchun jahannam azobi bordur va u qanday ham yomon qaytadigan joy!

  7. 7

    إِذَآ أُلْقُوا۟ فِيهَا سَمِعُوا۟ لَهَا شَهِيقًۭا وَهِىَ تَفُورُ

    Izaaa ulqoo feehaa sami'oo lahaa shaheeqanw wa hiya tafoor

    Ular jahannamga tashlangan chogʻlarida uning hangragan ovozini eshiturlar, u esa, qaynab turgan boʻladir.

  8. 8

    تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ ٱلْغَيْظِ ۖ كُلَّمَآ أُلْقِىَ فِيهَا فَوْجٌۭ سَأَلَهُمْ خَزَنَتُهَآ أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَذِيرٌۭ

    Takaadu tamayyazu minal ghaizi kullamaaa uliqya feehaa fawjun sa alahum khazanatuhaaa alam yaatikum nazeer

    U gʻazabdan yorilib ketay der. Har qachon unga yangi guruh tashlanganda, uning xizmatkorlari: «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?» – deb soʻraydir.

  9. 9

    قَالُوا۟ بَلَىٰ قَدْ جَآءَنَا نَذِيرٌۭ فَكَذَّبْنَا وَقُلْنَا مَا نَزَّلَ ٱللَّهُ مِن شَىْءٍ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا فِى ضَلَٰلٍۢ كَبِيرٍۢ

    Qaaloo balaa qad jaaa'anaa nazeerun fakazzabnaa wa qulnaa maa nazzalal laahu min shai in in antum illaa fee dalaalin kabeer

    Ular: «Ha, darhaqiqat, bizga ogohlantiruvchi kelgan edi. Lekin biz (uni) yolgʻonchiga chiqardik va: «Alloh hech narsa tushirgani yoʻq, sizlar katta adashuvdan boshqa hech narsa emassizlar», degan edik», deyishar.

  10. 10

    وَقَالُوا۟ لَوْ كُنَّا نَسْمَعُ أَوْ نَعْقِلُ مَا كُنَّا فِىٓ أَصْحَٰبِ ٱلسَّعِيرِ

    Wa qaaloo law kunnaa nasma'u awna'qilu maa kunnaa feee as haabis sa'eer

    Va ular: «Agar eʼtibor qulogʻi bilan eshitganimizda yoki aqlni ishlatganimizda edi, doʻzaxiylar orasida boʻlmagan boʻlar edik», derlar.

  11. 11

    فَٱعْتَرَفُوا۟ بِذَنۢبِهِمْ فَسُحْقًۭا لِّأَصْحَٰبِ ٱلسَّعِيرِ

    Fa'tarafoo bizambihim fasuhqal li as haabis sa'eer

    Bas, ular oʻz gunohlarini eʼtirof etdilar. Yoʻqolsin doʻzaxiylar!

  12. 12

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ لَهُم مَّغْفِرَةٌۭ وَأَجْرٌۭ كَبِيرٌۭ

    Innal lazeena yakhshawna rabbahum bilghaibi lahum maghfiratunw wa ajrun kabeer

    Albatta, oʻz Robbilaridan gʻoyibdan qoʻrqadiganlar uchun gunohlarini kechish va ulkan ajr-savoblar bordir.

  13. 13

    وَأَسِرُّوا۟ قَوْلَكُمْ أَوِ ٱجْهَرُوا۟ بِهِۦٓ ۖ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Wa asirroo qawlakum awijharoo bihee innahoo 'aleemum bizaatis sudoor

    Va siz soʻzingizni sir tutasizmi yoki oshkora aytasizmi, albatta, U koʻngillardagini ham bilguvchi Zotdir.

  14. 14

    أَلَا يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَهُوَ ٱللَّطِيفُ ٱلْخَبِيرُ

    Alaa ya'lamu man khalaq wa huwal lateeful khabeer

    Yaratgan zot Oʻzi bilmasmi? Holbuki, U daqiqlargacha biluvchi va xabardordir.

  15. 15

    هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ ذَلُولًۭا فَٱمْشُوا۟ فِى مَنَاكِبِهَا وَكُلُوا۟ مِن رِّزْقِهِۦ ۖ وَإِلَيْهِ ٱلنُّشُورُ

    Huwal lazee ja'ala lakumul arda zaloolan famshoo fee manaakibihaa wa kuloo mir rizqihee wa ilaihin nushoor

    U sizlarga yerni boʻysundirib qoʻygan Zotdir. Bas, aning turli joylarida yuring va Uning rizqidan yeng va qabrdan chiqib borish ham Uning huzuriga boʻladir. [3]

    [3] (Ulamolarimiz qadimdan ushbu oyati karimaning tafsirini Islomda mehnatga chorlash, rizqni terib yeyish, Yer yuzinining turli joylarida harakat qilish zarurligiga dalil qilib keltiradilar. Darhaqiqat, Alloh taolo Yerni insonga boʻysundirib qoʻygan, lekin bu haqiqat hozirgi asrimizdagidek hech qachon yaqqol koʻzga tashlanmagan.)

  16. 16

    ءَأَمِنتُم مَّن فِى ٱلسَّمَآءِ أَن يَخْسِفَ بِكُمُ ٱلْأَرْضَ فَإِذَا هِىَ تَمُورُ

    'A-amintum man fissamaaa'i aiyakhsifa bi kumul arda fa izaa hiya tamoor

    Osmondagi Zot sizlarni iztirobda harakatlanib turgan yerga yuttirib yuborishidan omonda boʻldingizmi? [4]

    [4] («Osmondagi Zot»dan murod Alloh taolodir, zero, U zot butun xalqlaridan, jumladan, osmonlardan ham yuqoridadir.)

  17. 17

    أَمْ أَمِنتُم مَّن فِى ٱلسَّمَآءِ أَن يُرْسِلَ عَلَيْكُمْ حَاصِبًۭا ۖ فَسَتَعْلَمُونَ كَيْفَ نَذِيرِ

    Am amintum man fissamaaa'i ai yursila 'alaikum haasiban fasata'lamoona kaifa nazeer

    Yoki osmondagi Zot sizlarga azob shamolni yuborishidan omonda boʻldingizmi? Bas, albatta, ogohlantirish qandoq boʻlishini bilasizlar.

  18. 18

    وَلَقَدْ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ

    Wa laqad kazzabal lazeena min qablihim fakaifa kaana nakeer

    Va, darhaqiqat, ulardan avvalgilari ham yolgʻonga chiqargan edilar. Bas, inkorim qanday boʻldi?!

  19. 19

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ إِلَى ٱلطَّيْرِ فَوْقَهُمْ صَٰٓفَّٰتٍۢ وَيَقْبِضْنَ ۚ مَا يُمْسِكُهُنَّ إِلَّا ٱلرَّحْمَٰنُ ۚ إِنَّهُۥ بِكُلِّ شَىْءٍۭ بَصِيرٌ

    Awalam yaraw ilat tairi fawqahum saaaffaatinw wa yaqbidn; maa yumsikuhunna illaar rahmaan; innahoo bikulli shai im baseer

    Tepalarida (qanotlarini) yoyib va yigʻib (uchayotgan) qushni koʻrmaydilarmi? Ularni Rohmandan boshqa ushlab turuvchi yoʻq. Albatta, U barcha narsani koʻruvchidir.

  20. 20

    أَمَّنْ هَٰذَا ٱلَّذِى هُوَ جُندٌۭ لَّكُمْ يَنصُرُكُم مِّن دُونِ ٱلرَّحْمَٰنِ ۚ إِنِ ٱلْكَٰفِرُونَ إِلَّا فِى غُرُورٍ

    Amman haazal lazee huwa jundul lakum yansurukum min doonir rahmaan; inilkaafiroona illaa fee ghuroor

    Rohmandan boshqa sizlarga yordam beradigan askar kim oʻzi? Kofirlar gʻururdan boshqa hech narsada emaslar!

  21. 21

    أَمَّنْ هَٰذَا ٱلَّذِى يَرْزُقُكُمْ إِنْ أَمْسَكَ رِزْقَهُۥ ۚ بَل لَّجُّوا۟ فِى عُتُوٍّۢ وَنُفُورٍ

    Amman haazal lazee yarzuqukum in amsaka rizqah; bal lajjoo fee 'utuwwinw wa nufoor

    U rizqni tortib qoʻysa, sizga rizq beradigan kim oʻzi?! Balki ular abadiy tugʻyonda va haqdan nafratda boʻlurlar.

  22. 22

    أَفَمَن يَمْشِى مُكِبًّا عَلَىٰ وَجْهِهِۦٓ أَهْدَىٰٓ أَمَّن يَمْشِى سَوِيًّا عَلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Afamai yamshee mukibban 'alaa wajhihee ahdaaa ammany yamshee sawiyyan 'alaa siratim mustaqeem

    Yuz tuban qoqilib yurayotgan kishi hidoyatdami yoki toʻgʻri yoʻldan qomatini tik tutib borayotgan kishimi? [5]

    [5] («Yuz tuban, qoqilib yurayotgan kishi» kofir kishidir. Chunki, uning aniq yoʻli, maqsadi va koʻrsatmasi yoʻq. Yoʻli adashtiruvchi, xavf-xatarlarga toʻladir.)

  23. 23

    قُلْ هُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَكُمْ وَجَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ۖ قَلِيلًۭا مَّا تَشْكُرُونَ

    Qul huwal lazee ansha akum wa ja'ala lakumus sam'a wal absaara wal af'idata qaleelam maa tashkuroon

    Ayt: «U sizlarni yoʻqdan bor qilgan va sizlarga eshitish, koʻrish va aqlni bergan Zotdir. Juda ham oz shukr qilasizlar-a?!»

  24. 24

    قُلْ هُوَ ٱلَّذِى ذَرَأَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

    Qul huwal lazee zara akum fil ardi wa ilaihi tuhsharoon

    Ayt: «U sizlarni yer yuzida yaratgan, koʻpaytirgan Zotdir. Va Uning huzuriga toʻplanursizlar».

  25. 25

    وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Wa yaqooloona mataa haazal wa'du in kuntum saadiqeen

    Va ular: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻlur?» – derlar.

  26. 26

    قُلْ إِنَّمَا ٱلْعِلْمُ عِندَ ٱللَّهِ وَإِنَّمَآ أَنَا۠ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Qul innamal 'ilmu 'indallaahi wa innamaaa ana nazeerum mubeen

    Ayt: «Albatta, ilm faqat Allohning huzuridadir. Va albatta, men yaqqol ogohlantiruvchiman, xolos».

  27. 27

    فَلَمَّا رَأَوْهُ زُلْفَةًۭ سِيٓـَٔتْ وُجُوهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَقِيلَ هَٰذَا ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تَدَّعُونَ

    Falaammaa ra-awhu zulfatan seee'at wujoohul lazeena kafaroo wa qeela haazal lazee kuntum bihee tadda'oon

    Bas u(azob)ni yaqindan koʻrganda kufr keltirganlarning yuzlari qorayadir. Va ularga: «Soʻragan narsangiz shu boʻlur», deyilur.

  28. 28

    قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَهْلَكَنِىَ ٱللَّهُ وَمَن مَّعِىَ أَوْ رَحِمَنَا فَمَن يُجِيرُ ٱلْكَٰفِرِينَ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍۢ

    Qul ara'aytum in ahlaka niyal laahu wa mam ma'iya aw rahimanaa famai-yujeerul kaafireena min 'azaabin aleem

    Ayt: «Aytinglar-chi, agar Alloh meni va men bilan boʻlganlarni halok qilsa yoki rahim qilsa, kofirlarni alamli azobdan kim qutqarib qoladir?!

  29. 29

    قُلْ هُوَ ٱلرَّحْمَٰنُ ءَامَنَّا بِهِۦ وَعَلَيْهِ تَوَكَّلْنَا ۖ فَسَتَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    Qul huwar rahmaanu aamannaa bihee wa 'alaihi tawakkalnaa fasata'lamoona man huwa fee dalaalim mubeen

    Ayt: «U Rohmandur, biz Unga iymon keltirdik va Unga tavakkal qildik. Bas, sizlar tezda kim ochiq-oydin xatoda ekanini bilursizlar».

  30. 30

    قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَصْبَحَ مَآؤُكُمْ غَوْرًۭا فَمَن يَأْتِيكُم بِمَآءٍۢ مَّعِينٍۭ

    Qul ara'aytum in asbaha maaa'ukum ghawran famai yaateekum bimaaa'im ma'een

    Ayt: «Aytinglar-chi, agar suvlaringiz yerga singib ketsa, sizlarga kim osongina topiladigan suvni keltirur?»

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com