Sura 66
Tahrim
التَّحۡرِيمِ
At-Tahrim · Madaniy · 12 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ لِمَ تُحَرِّمُ مَآ أَحَلَّ ٱللَّهُ لَكَ ۖ تَبْتَغِى مَرْضَاتَ أَزْوَٰجِكَ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Yaaa ayyuhan nabiyyu lima tuharrimu maaa ahallal laahu laka tabtaghee mardaata azwaajik; wallaahu ghafoorur raheem
Ey Nabiy! Nima uchun xotinlaring roziligini tilab, Alloh senga halol qilgan narsani harom qilursan! Alloh koʻp magʻfirat qiluvchi va rahimlidir. [1]
[1] (Alloh senga halol qilgan choʻrini yoki asalni oʻzingga harom qilishing durust emas.)
- 2
قَدْ فَرَضَ ٱللَّهُ لَكُمْ تَحِلَّةَ أَيْمَٰنِكُمْ ۚ وَٱللَّهُ مَوْلَىٰكُمْ ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ
Qad faradal laahu lakum tahillata aymaanikum; wallaahu mawlaakum wa huwal'aleemul hakeem
Batahqiq, Alloh sizlarga qasamlaringizni boʻshatishni shariatga kiritdi. Va Alloh sizning xojangizdir va U oʻta biluvchi va oʻta hikmatlidir.
- 3
وَإِذْ أَسَرَّ ٱلنَّبِىُّ إِلَىٰ بَعْضِ أَزْوَٰجِهِۦ حَدِيثًۭا فَلَمَّا نَبَّأَتْ بِهِۦ وَأَظْهَرَهُ ٱللَّهُ عَلَيْهِ عَرَّفَ بَعْضَهُۥ وَأَعْرَضَ عَنۢ بَعْضٍۢ ۖ فَلَمَّا نَبَّأَهَا بِهِۦ قَالَتْ مَنْ أَنۢبَأَكَ هَٰذَا ۖ قَالَ نَبَّأَنِىَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْخَبِيرُ
Wa iz asarran nabiyyu ilaa ba'di azwaajihee hadeesan falammaa nabba at bihee wa azharahul laahu 'alaihi 'arrafa ba'dahoo wa a'rada 'am ba'din falammaa nabba ahaa bihee qaalat man amba aka haaza qaala nabba aniyal 'aleemul khabeer
Nabiy xotinlaridan baʼzisiga sir gap aytgan edi. Bas, u (sir)dan xabar berdi va Alloh u(ish)ni u(Nabiy)ga bildirdi. U baʼzisini bildirdi va baʼzisini eslamadi. Qachon u(Nabiy) ul(ayol)ga (ish) haqida xabar berganida, u: «Buni senga kim xabar qildi», dedi. U(Nabiy): «Menga hamma narsani biluvchi va hamma narsadan xabardor Alloh xabar berdi», dedi. [2]
[2] (Oyatda Paygʻambar xotinlaridan biri deb Hafsa onamiz nazarda tutilyaptilar. «Sir gap» esa, Paygʻambar alayhissalomning u kishiga «Moriyaga yaqinlik qilmaslik yoki asal ichmaslik» haqida aytgan gaplaridir. Lekin Hafsa onamiz sir gapni Oisha onamizga aytdilar. Alloh Hafsaning sirni fosh etganini Paygʻambar alayhissalomga Jabroil farishta orqali bildirdi. «Paygʻambar alayhissalom Hafsaga sirni Oishaga fosh qilinganini eslatganlarida, u «Bu xabarni sizga kim yetkazdi? deb soʻraydi. Paygʻambar alayhissalom: «Hamma narsani biluvchi va hamma narsadan xabardor Alloh bildirdi», deb javob beradilar.) Ey ikki ayol!
- 4
إِن تَتُوبَآ إِلَى ٱللَّهِ فَقَدْ صَغَتْ قُلُوبُكُمَا ۖ وَإِن تَظَٰهَرَا عَلَيْهِ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ مَوْلَىٰهُ وَجِبْرِيلُ وَصَٰلِحُ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۖ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ بَعْدَ ذَٰلِكَ ظَهِيرٌ
In tatoobaaa ilal laahi faqad saghat quloobukumaa wa in tazaaharaa 'alihi fa innal laaha huwa mawlaahu wa jibreelu wa saalihul mu'mineen; walma laaa'ikatu ba'dazaalika zaheer
Agar ikkovingiz Allohga tavba qilsangiz, batahqiq, qalblaringiz (haqqa) moyil boʻlur. Agar unga qarshi chiqsangiz, bas, albatta, Alloh uning yordamchisidir va Jabroil ham, solih moʻminlar ham. Undan soʻng farishtalar unga suyanchiqdir.
- 5
عَسَىٰ رَبُّهُۥٓ إِن طَلَّقَكُنَّ أَن يُبْدِلَهُۥٓ أَزْوَٰجًا خَيْرًۭا مِّنكُنَّ مُسْلِمَٰتٍۢ مُّؤْمِنَٰتٍۢ قَٰنِتَٰتٍۢ تَٰٓئِبَٰتٍ عَٰبِدَٰتٍۢ سَٰٓئِحَٰتٍۢ ثَيِّبَٰتٍۢ وَأَبْكَارًۭا
'Asaa rabbuhooo in tallaqakunna anyyubdilahooo azwaajan khairam mnkunna muslimaatim mu'minaatin qaanitaatin taaa'ibaatin 'aabidaatin saaa'ihaatin saiyibaatinw wa abkaaraa
U sizlarni taloq qilsa, shoyadki, Robbi sizdan yaxshiroq, muslima, moʻmina, itoatli, tavbachi, ibodatli, roʻzador juvon va qizlarni oʻrningizga xotin qilib bersa.
- 6
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ قُوٓا۟ أَنفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَارًۭا وَقُودُهَا ٱلنَّاسُ وَٱلْحِجَارَةُ عَلَيْهَا مَلَٰٓئِكَةٌ غِلَاظٌۭ شِدَادٌۭ لَّا يَعْصُونَ ٱللَّهَ مَآ أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ
Yaaa ayyuhal lazeena samanoo qooo anfusakum wa ahleekum naaranw waqoodu han naasu wal hijaaratu 'alaihaa malaaa'ikatun ghilaazun shidaadul laa ya'soonal laaha maa amarahum wa yaf'aloona maa yu'maroon
Ey, iymon keltirganlar! Oʻzingizni va ahli ayolingizni yoqilgʻisi odamlaru toshdan boʻlgan oʻtdan saqlang. Uning tepasida qoʻpol, dargʻazab farishtalar boʻlib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar.
- 7
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَا تَعْتَذِرُوا۟ ٱلْيَوْمَ ۖ إِنَّمَا تُجْزَوْنَ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Yaaa ayyuhal lazeena kafaroo la ta'tazinul yawma innamaa tujzawna maa kuntum ta'maloon
Ey, kufr keltirganlar! Bugungi kunda uzr aytmanglar, siz oʻzingiz qilgan ishlarning jazosini olyapsiz, xolos.
- 8
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ تُوبُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ تَوْبَةًۭ نَّصُوحًا عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَن يُكَفِّرَ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَيُدْخِلَكُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ يَوْمَ لَا يُخْزِى ٱللَّهُ ٱلنَّبِىَّ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ ۖ نُورُهُمْ يَسْعَىٰ بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَبِأَيْمَٰنِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا وَٱغْفِرْ لَنَآ ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ
Yaaa ayyuhal lazeena aammano toobooo ilal laahi tawbatan nasoohan 'asaa rabbukum any-yukaffira 'ankum sayyi aatikum wa yudkhilakum jannaatin tajree min tahtihal anhaaru yawma laa yukhzil laahun nabiyya wallazeena aamanoo ma'ahoo nooruhum yas'aa baina aydeehim wa bi aymaanihim yaqooloona rabbanaaa atmim lanaa nooranaa waghfir lana innaka 'alaa kulli shai'in qadeer
Ey, iymon keltirganlar! Allohga xolis tavba qilinglar! Shoyadki, Robbingiz gunohlaringizni yuvsa va sizni (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritsa. Bir kundaki, unda Alloh Nabiyni va u bilan birga boʻlgan iymon keltirganlarni sharmanda qilmas. Ularning nurlari oldilarida va oʻng taraflarida yurib boradir. Ular esa: «Robbimiz, bizga nurimizni batamom qilib ber, gunohlarimizni kechir, albatta, Sen barcha narsaga qodirsan», derlar. [3]
[3] (Qiyomat kunida moʻminlardan boshqalar zulmatda qoladilar. Moʻminlar yoʻlini esa nur yoritib turadi. Ular zulmatda adashmaydilar, qoqilib-surilmaydilar ham. Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambar alayhissalom: «Ey Parvardigoro, qiyomat kuni sharmanda qilmagin», deb duo qilganliklari keltirilgan.)
- 9
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ جَٰهِدِ ٱلْكُفَّارَ وَٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱغْلُظْ عَلَيْهِمْ ۚ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ
yaaa ayyuuhan nabiyyu jaahidil kuffaara walmunaa-fiqeena waghluz 'alaihim; wa maawaahum jahannamu wa bi'sal maseer
Ey Nabiy! Kofir va munofiqlarga qarshi jihod qil va ularga mahkam tur. Ularning joyi jahannamdir va u joy qandoq ham yomon manzil!
- 10
ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًۭا لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱمْرَأَتَ نُوحٍۢ وَٱمْرَأَتَ لُوطٍۢ ۖ كَانَتَا تَحْتَ عَبْدَيْنِ مِنْ عِبَادِنَا صَٰلِحَيْنِ فَخَانَتَاهُمَا فَلَمْ يُغْنِيَا عَنْهُمَا مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًۭٔا وَقِيلَ ٱدْخُلَا ٱلنَّارَ مَعَ ٱلدَّٰخِلِينَ
Darabal laahu masalal lillazeena kafarum ra ata Noobinw wamra ata Loot, kaanataa tahta 'abdaini min 'ibaadinaa saalihaini fakhaanataahumaa falam yughniyaa 'anhumaa minal laahi shai anw-wa qeelad khulan naara ma'ad Daakhileen
Alloh kufr keltirganlarga Nuhning xotini va Lutning xotinini misol qilib keltirdi. Ular bandalarimizdan ikki solih bandaning tagida edilar. Bas, ularga xiyonat qildilar va (erlari) ulardan Allohning azobini qaytara olmadilar va ularga: «Doʻzaxga kiruvchilar bilan kiringlar», deyildi. [4]
[4] (Nuh alayhissalomning xotinlari iymonda xiyonat qilgan. U kishini masxara qilganlarga qoʻshilib, u ayol ham oʻz eri Nuh alayhissalomni masxara qilar ekan. Lut alayhissalomning xotinlari ham eʼtiqod ishida xiyonat qilgan. U gunohkor qavmga oʻz eri huzuriga kelgan mehmonlar haqida axborot berib turar ekan.)
- 11
وَضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًۭا لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱمْرَأَتَ فِرْعَوْنَ إِذْ قَالَتْ رَبِّ ٱبْنِ لِى عِندَكَ بَيْتًۭا فِى ٱلْجَنَّةِ وَنَجِّنِى مِن فِرْعَوْنَ وَعَمَلِهِۦ وَنَجِّنِى مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa darabal laahu masa lal-lillazeena aamanumra ata Fir'awn; iz qaalat rabbibni lee 'indaka baitan fil jannati wa najjinee min Fir'awna wa 'amalihii wa najjinee minal qawmiz zaalimeen
Alloh iymon keltirganlarga Firʼavnning xotinini misol qilib koʻrsatdi. U (xotin): «Robbim, menga Oʻz huzuringda, jannatda bir uy bino qilgin. Menga Firʼavndan va uning ishidan najot bergin va zolim qavmlardan najot bergin», deb aytdi. [5]
[5] (Firʼavnning xotini oʻsha paytdagi eng katta podshohning ayoli edi. Yemak-kiymakda toʻkin edi. Nimani xohlasa, shuni qilishi mumkin. Qasrlarda, turli neʼmatlar ichida farogʻatda yashashiga qaramasdan kofir va zolim eriga va qavmiga qarshi chiqdi. Allohga iymon keltirdi. Allohdan jannatda uy qurib berishni soʻradi. Bu esa dunyo hoyi havasidan ustun kelishning oliy misolidir.)
- 12
وَمَرْيَمَ ٱبْنَتَ عِمْرَٰنَ ٱلَّتِىٓ أَحْصَنَتْ فَرْجَهَا فَنَفَخْنَا فِيهِ مِن رُّوحِنَا وَصَدَّقَتْ بِكَلِمَٰتِ رَبِّهَا وَكُتُبِهِۦ وَكَانَتْ مِنَ ٱلْقَٰنِتِينَ
Wa Maryamab nata 'Imraanal lateee ahsanat farjahaa fanafakhnaa feehi mir roobinaa wa saddaqat bikali maati Rabbihaa wa Kutubihee wakaanat minal qaaniteen
Va Maryam Imron qizini (misol keltirdi), u farjini pok saqlagan edi, Biz unga Oʻz ruhimizdan pufladik va U Robbisining soʻzlarini hamda kitoblarini tasdiq qildi va itoatkorlardan boʻldi. [6]
[6] (Bibi Maryam Imronning qizi Allohga sof eʼtiqodda boʻlganlar va oʻzlarini ham sof tutganlar. Alloh taolo Jabroil farishta orqali oʻsha pok jasadga oʻz ruhidan «puf» deyishi bilan Iyso alayhissalomni ato qilgan. Bu qissalar boshqa suralarda batafsil kelgani uchun biz bu yerda yana takrorlab oʻtirmaymiz, faqat shuni taʼkidlaymizki, u kishi Allohning soʻzlariga va kitoblariga iymon keltirganlar hamda itoatkor qavmlardan boʻlganlar. Moʻminlar, Bibi Maryam hayotlaridan oʻrnak olishlari kerak.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
