Sura 65

Taloq

الطَّلَاقِ

At-Talaq · Madaniy · 12 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِذَا طَلَّقْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَطَلِّقُوهُنَّ لِعِدَّتِهِنَّ وَأَحْصُوا۟ ٱلْعِدَّةَ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ رَبَّكُمْ ۖ لَا تُخْرِجُوهُنَّ مِنۢ بُيُوتِهِنَّ وَلَا يَخْرُجْنَ إِلَّآ أَن يَأْتِينَ بِفَٰحِشَةٍۢ مُّبَيِّنَةٍۢ ۚ وَتِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ۚ وَمَن يَتَعَدَّ حُدُودَ ٱللَّهِ فَقَدْ ظَلَمَ نَفْسَهُۥ ۚ لَا تَدْرِى لَعَلَّ ٱللَّهَ يُحْدِثُ بَعْدَ ذَٰلِكَ أَمْرًۭا

    Yaaa ayyuhan nabiyyu izaa tallaqtummun nisaaa'a fatalliqoohunna li'iddatihinna wa ahsul'iddata; wattaqul laaha rabbakum laa tukhri joohunna mim bu-yootihinna wa laa yakhrujna illaaa any yaateema bifaahishatim mubaiyinah; wa tilka hudoodul laah; wa many yata'adda hudoodal laahi faqad zalama nafsha; laa tadree la'allal laaha yuhdisu ba'dazaalika amraa

    Ey Nabiy! Agar ayollarni taloq qiladigan boʻlsangiz, iddalari uchun qiling va iddani hisoblang va Allohga taqvo qiling. Ularni uylaridan chiqarmanglar va oʻzlari ham chiqmasinlar, illo, ochiq-oydin fohisha ish qilgan boʻlsalar (chiqarilurlar) va ana shular Allohning chegaralaridir. Kim Allohning chegarasidan chiqsa, haqiqatan, oʻziga oʻzi zulm qilibdi. Sen bilmassan, shoyadki, Alloh undan keyin biror ishni paydo qilsa. [1]

    [1] (Ayollar uchun idda oʻtirishni boshlashga munosib vaqt hayzdan pok boʻlganlaridan soʻng jinsiy yaqinlik qilmay turib taloq qoʻyishdir. Buning aksi ham boʻlishi mumkin. Shundan kelib chiqib, taloq ikkiga boʻlinadi: sunniy taloq va bidʼiy taloq. Sunniy taloq — er kishi oʻz xotinini hayzdan pok paytida, jinsiy yaqinlik qilmay turib yoki homiladorligi aniq boʻlganda taloq qilishdir. Ushbu shartlarning qoʻyilishi ham taloqning oldini olish uchun tutilgan yoʻldir. Er kishi xotinini hayzdan pok boʻlishini kutib, hovridan tushib, taloq niyatidan qaytib qolishi mumkin. Yoki homiladorligi aniqlangandan soʻng mehri kuchayib, taloqni unutishi ham mumkin. Bidʼiy taloq — yuqorida sanalgan shartlar vujudga kelmagan paytdagi taloqdir. Yaʼni, hayz paytida, poklik payti-yu, ammo jinsiy yaqinlik sodir boʻlganda qoʻyiladiganidir. Bidʼiy taloq qilgan kishi gunohkor hisoblanadi. Lekin oʻrtaga taloq tushaveradi.)

  2. 2

    فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ فَارِقُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍۢ وَأَشْهِدُوا۟ ذَوَىْ عَدْلٍۢ مِّنكُمْ وَأَقِيمُوا۟ ٱلشَّهَٰدَةَ لِلَّهِ ۚ ذَٰلِكُمْ يُوعَظُ بِهِۦ مَن كَانَ يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّهُۥ مَخْرَجًۭا

    Fa izaa balaghna ajalahunna fa amsikoohunna bima'roofin aw faariqoohunna bima'roofinw wa ashhidoo zawai 'adlim minkum wa aqeemush shahaadata lillaah; zaalikum yoo'azu bihee man kaana yu'minu billaahi wal yawmil aakhir; wa many yattaqil laaha yaj'al lahoo makhrajaa

    Va ular muddatlariga yetsalar, yaxshilik bilan ushlanglar, yoki yaxshilik bilan ajralinglar va sizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar. Va guvohlikni Alloh uchun qilinglar. Bu ishingizdan, kimning Allohga va qiyomat kuniga iymoni boʻlsa, vaʼzlanur. Kim Allohga taqvo qilsa, uning yoʻlini ochib qoʻyadir.

  3. 3

    وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ ۚ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَٰلِغُ أَمْرِهِۦ ۚ قَدْ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَىْءٍۢ قَدْرًۭا

    Wa yarzuqhu min haisu laa yahtasib; wa many yatawakkal 'alal laahi fahuwa husbuh; innal laaha baalighu amrih; qad ja'alal laahu likulli shai'in qadraa

    Va unga oʻzi oʻylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning Oʻzi kifoyadir. Albatta, Alloh Oʻz ishini yetkazuvchidir. Haqiqatan, Alloh har bir narsaga oʻlchov qilib qoʻygandir. [2]

    [2] (Uchinchi poklik oxirlab qolganda er xotinga rajʼat qilib qaytarib olsa, oilaviy hayotlari davom etaveradi. Idda tugashiga yaqin qolganda ham ajralish fikridan qaytmagan boʻlsa, yaxshilik bilan ajralish kerak.)

  4. 4

    وَٱلَّٰٓـِٔى يَئِسْنَ مِنَ ٱلْمَحِيضِ مِن نِّسَآئِكُمْ إِنِ ٱرْتَبْتُمْ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلَٰثَةُ أَشْهُرٍۢ وَٱلَّٰٓـِٔى لَمْ يَحِضْنَ ۚ وَأُو۟لَٰتُ ٱلْأَحْمَالِ أَجَلُهُنَّ أَن يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّهُۥ مِنْ أَمْرِهِۦ يُسْرًۭا

    Wallaaa'ee ya'isna minal maheedi min nisaaa 'ikum inir tabtum fa'iddatuhunna salaasatu ashhurinw wallaaa'ee lam yahidn; wa ulaatul ahmaali ajaluhunna any yada'na hamlahun; wa many yattaqil laaha yaj'al lahoo min armrihee yusraa

    Ayollaringizdan hayzdan noumid boʻlganlarining iddasi, agar shubhangiz boʻlsa, uch oydir. Hayz koʻrmaganlariniki ham. Homiladorlarning iddasi homilalarini qoʻymoqlikdir. Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning ishida osonlik qilib beradir.

  5. 5

    ذَٰلِكَ أَمْرُ ٱللَّهِ أَنزَلَهُۥٓ إِلَيْكُمْ ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يُكَفِّرْ عَنْهُ سَيِّـَٔاتِهِۦ وَيُعْظِمْ لَهُۥٓ أَجْرًا

    Zaalika amrul laahi anzalahoo ilaikum; wa many yattaqil laaha yukaffir 'anhu saiyi aatihee wa yu'zim lahoo ajraa

    Bular Allohning sizga tushirgan amridir. Kim Allohga taqvo qilsa, uning gunohlarini kechirur va ajrini koʻpaytirib berur.

  6. 6

    أَسْكِنُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ سَكَنتُم مِّن وُجْدِكُمْ وَلَا تُضَآرُّوهُنَّ لِتُضَيِّقُوا۟ عَلَيْهِنَّ ۚ وَإِن كُنَّ أُو۟لَٰتِ حَمْلٍۢ فَأَنفِقُوا۟ عَلَيْهِنَّ حَتَّىٰ يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ ۚ فَإِنْ أَرْضَعْنَ لَكُمْ فَـَٔاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ۖ وَأْتَمِرُوا۟ بَيْنَكُم بِمَعْرُوفٍۢ ۖ وَإِن تَعَاسَرْتُمْ فَسَتُرْضِعُ لَهُۥٓ أُخْرَىٰ

    Askinoohunna min haisu sakantum minw wujdikum wa laa tudaaarroohunna litudaiyiqoo 'alaihinn; wa in kunna ulaati hamlin fa anfiqoo 'alihinna hattaa yada'na hamlahunn; fain arda'na lakum fa aatoo hunna ujoorahunna waatamiroo bainakum bima'roofinw wa in ta'aasartum fasaturdi'u lahooo ukhraa

    U(ayol)larga, imkoningiz boricha, oʻzingiz yashab turgan joydan joy bering. Ularga siqishtirish maqsadida zarar yetkazmang. Agar homilador boʻlsalar, to homilalarini qoʻygunlaricha ularga nafaqa beringlar. Agar sizga (farzandni) emizib bersalar, haqlarini beringlar, oʻzaro yaxshilik bilan maslahat qilinglar. Agar qiyinchilikka uchrasangiz, u(er)ga boshqa ayol emizib berur.

  7. 7

    لِيُنفِقْ ذُو سَعَةٍۢ مِّن سَعَتِهِۦ ۖ وَمَن قُدِرَ عَلَيْهِ رِزْقُهُۥ فَلْيُنفِقْ مِمَّآ ءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ۚ لَا يُكَلِّفُ ٱللَّهُ نَفْسًا إِلَّا مَآ ءَاتَىٰهَا ۚ سَيَجْعَلُ ٱللَّهُ بَعْدَ عُسْرٍۢ يُسْرًۭا

    Liyuntiq zoo sa'atim min sa'atihee wa man qudira 'alaihi riquhoo falyunfiq mimmaaa aataahul laah; laa yukalliful laahu nafsan illaa maaa aataahaa; sa yaj'alul laahu ba'da'usriny yusraa

    Rizqi keng kengligidan nafaqa qilsin. Kimning rizqi tor boʻlsa, unga Alloh berganidan nafaqa qilsin. Alloh har bir nafsni Oʻzi berganidan ortiqchaga taklif qilmas. Alloh qiyinchilikdan soʻng tezda osonlikni berur. [3]

    [3] (Taloq qilingan ayol homilador boʻlsa, taloq qiluvchi er uni tuqqunicha nafaqa bilan taʼminlab turishi kerak. Ushbu nafaqa taom, kiyim va maskan kabilarni oʻz ichiga oladi. Agar ayol taloq qilgan eridan boʻlgan farzandni emizsa, xohlasa, emizgani uchun haq oladi. Bu haqning qancha boʻlishi «oʻzaro yaxshilik bilan maslahat qiling» degan amrga binoan kelishiladi. Oralariga taloq tushgan eru xotin farzandni emizish haqqini kelishishdan «Agar qiyinchilikka uchrasa»lar, unga (erga, farzandni) boshqa ayol emizib beradi». Yaʼni, er boshqa begona ayol bilan shartnoma tuzib, unga haq berib bolasini emizdiradi. Islom dini ayollarni qanchalik eʼzozlaganini ushbu hukmdan ham bilib olsa boʻladi. Taomi, kiyimi va maskani erining zimmasiga. Hatto bolani emizish tashvishi ham xotinning emas, balki erning zimmasida, uning burchi.)

  8. 8

    وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ عَتَتْ عَنْ أَمْرِ رَبِّهَا وَرُسُلِهِۦ فَحَاسَبْنَٰهَا حِسَابًۭا شَدِيدًۭا وَعَذَّبْنَٰهَا عَذَابًۭا نُّكْرًۭا

    Wa ka ayyim min qaryatin 'atat 'an amri Rabbihaa wa Rusulihee fahaasabnaahaa hisaaban shadeedanw wa 'azzabnaahaa 'azaaban nukraa

    Koʻpgina qishloqlar oʻz Robbisining va Uning Rasullarining amriga sarkashlik qildi. Bas, Biz ularni shiddatli hisobga oldik va qattiq azob ila azobladik.

  9. 9

    فَذَاقَتْ وَبَالَ أَمْرِهَا وَكَانَ عَٰقِبَةُ أَمْرِهَا خُسْرًا

    Fazaaqat wabbala amrihaa wa kaana 'aaqibatu amrihaa khusraa

    Bas, ular oʻz ishlarining yomonligini totib koʻrdilar va ishlarining oqibati yutqiziq boʻldi.

  10. 10

    أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُمْ عَذَابًۭا شَدِيدًۭا ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ يَٰٓأُو۟لِى ٱلْأَلْبَٰبِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۚ قَدْ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيْكُمْ ذِكْرًۭا

    A'addal laahu lahum 'azaaban shadeedan fattaqul laaha yaaa ulil albaab, allazeena aammanoo; qad anzalal laahu ilaikum zikraa

    Alloh ularga qattiq azobni tayyorlab qoʻydi. Bas, Allohga taqvo qiling, ey, iymon keltirgan aql egalari. Haqiqatan, Alloh sizlarga zikrni tushirdi.

  11. 11

    رَّسُولًۭا يَتْلُوا۟ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ مُبَيِّنَٰتٍۢ لِّيُخْرِجَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۚ وَمَن يُؤْمِنۢ بِٱللَّهِ وَيَعْمَلْ صَٰلِحًۭا يُدْخِلْهُ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۖ قَدْ أَحْسَنَ ٱللَّهُ لَهُۥ رِزْقًا

    Rasoolany yatloo 'alaikum aayaatil laahi mubaiyinaatil liyukhrijal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati minaz zulumaati ilan noor; wa many yu'mim billaahi wa ya;mal saalihany yudkhilhu jannaatin tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa abadan qad ahsanal laahu lahoo rizqqq

    Paygʻambarki, iymon keltirib va yaxshi amallarni qilganlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun, sizlarga Allohning ravshan oyatlarini tilovat qilib berur. Va kim Allohga iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, U zot uni (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. U yerda abadul-abad qolurlar. Haqiqatan, Alloh uning rizqini yaxshi qilgandir.

  12. 12

    ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ سَبْعَ سَمَٰوَٰتٍۢ وَمِنَ ٱلْأَرْضِ مِثْلَهُنَّ يَتَنَزَّلُ ٱلْأَمْرُ بَيْنَهُنَّ لِتَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ وَأَنَّ ٱللَّهَ قَدْ أَحَاطَ بِكُلِّ شَىْءٍ عِلْمًۢا

    Allaahul lazee khalaq Sab'a Samaawaatinw wa minal ardi mislahunna yatanazzalul amru bainahunna lita'lamooo annal laaha 'alaa kulli shai'in Qadeerunw wa annal laaha qad ahaata bikulli shai'in ilmaa

    Alloh yetti osmonni va ular mislidek yerni yaratgan Zotdir. Ularning orasidan U zotning amri tushadir. Alloh har bir narsaga qodir ekanini va, albatta, Alloh har bir narsani Oʻz ilmi ila oʻrab olganini bilishingiz uchundir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com