Sura 64

Tagʻobun

التَّغَابُنِ

At-Taghabun · Madaniy · 18 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يُسَبِّحُ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ لَهُ ٱلْمُلْكُ وَلَهُ ٱلْحَمْدُ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ

    Yusabbihu lillaahi maa fis samaawaati wa maa fil ardi lahul mulku wa lahul hamd, wa Huwa 'alaa kulli shai 'in Qadeer

    Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Allohga tasbih ayturlar. Mulk Unga xosdir, maqtov ham Unga xosdir va U barcha narsaga qodirdir.

  2. 2

    هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ فَمِنكُمْ كَافِرٌۭ وَمِنكُم مُّؤْمِنٌۭ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ

    Huwal lazee khalaqakum faminkum kaafirunw wa min kum mu'min ; wallaahu bimaa ta'maloona Baseer

    U, sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, baʼzilaringiz kofir va baʼzilaringiz moʻmindir. Alloh nima qilayotganingizni koʻrib turuvchidir.

  3. 3

    خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ وَصَوَّرَكُمْ فَأَحْسَنَ صُوَرَكُمْ ۖ وَإِلَيْهِ ٱلْمَصِيرُ

    Khalaqas samaawaati wal arda bilhaqqi wa sawwarakum fa ahsana suwarakum wa ilaihil maseer

    U, osmonlaru yerni haq bilan yaratdi. Va qiyofangizni chiroyli suvratda qildi. Va qaytib borish Uning Oʻzigadir. [1]

    [1] (Ulamolarimiz «Osmonlaru Yerni haq bilan yaratdi» jumlasini «Hikmat» bilan yaratdi, deb tushuntiradilar. Osmondagi hisobsiz yuulduzlar va boshqa jismlar, ularning bir-biridan maʼlum uzoqlikda va qatʼiy tartibda joylashishi, hali inson ilmi yetmagan koʻpgina narsa va hodisalar ularni yagona Alloh yaratganini tasdiqlaydi.)

  4. 4

    يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَيَعْلَمُ مَا تُسِرُّونَ وَمَا تُعْلِنُونَ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Ya'lamu maa fis samaawaati wal ardi wa ya'lamu maa tusirroona wa maa tu'linoon; wallaahu 'Aleemum bizaatis sudoor

    U, osmonlaru yerdagi narsalarni biladir. Sizlar sir tutayotgan narsani ham va eʼlon qilayotgan narsani ham biladir. Alloh koʻkrakdagi narsalarni ham biluvchidir.

  5. 5

    أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَبَؤُا۟ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَبْلُ فَذَاقُوا۟ وَبَالَ أَمْرِهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Alam yaatikum naba'ul lazeena kafaroo min qablu fazaaqoo wabaala amrihim wa lahum 'azaabun aleem

    Sizlarga oldin kofir boʻlganlarning xabari kelmadimi? Bas, ular oʻz ishlarining azobini tatidilar va ularga alamli azoblar bor.

  6. 6

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُۥ كَانَت تَّأْتِيهِمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَقَالُوٓا۟ أَبَشَرٌۭ يَهْدُونَنَا فَكَفَرُوا۟ وَتَوَلَّوا۟ ۚ وَّٱسْتَغْنَى ٱللَّهُ ۚ وَٱللَّهُ غَنِىٌّ حَمِيدٌۭ

    Zaalika bi annahoo kaanat taateehim Rusuluhum bilbaiyinaati faqaaloo a basharuny yahdoonanaa fakafaroo wa tawallaw; wastaghnal laah; wallaahu ghaniyyun hameed

    Buning boisi shuki, ularga Paygʻambarlari oydin dalillar bilan kelardilar, ular boʻlsa, bizni bashar hidoyatga boshlarmi, deb kufrga ketardilar va (haqdan) yuz oʻgirardilar. Va Alloh behojat boʻldi. Alloh behojat va maqtalgandir.

  7. 7

    زَعَمَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَن لَّن يُبْعَثُوا۟ ۚ قُلْ بَلَىٰ وَرَبِّى لَتُبْعَثُنَّ ثُمَّ لَتُنَبَّؤُنَّ بِمَا عَمِلْتُمْ ۚ وَذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌۭ

    Za'amal lazeena kafarooo al-lany yub'asoo; qul balaa wa rabbee latub'asunna summa latunabba'unna bimaa 'amiltum; wa zaalika 'alal laahi yaseer

    Kofirlar hech qayta tirilmasliklarini daʼvo qilurlar. Sen: «Undoq emas, Robbim bilan qasamki, albatta qayta tiriltirilasizlar, soʻngra qilgan ishlaringizdan xabardor qilinasizlar. Bu ish Alloh uchun osondir», deb ayt.

  8. 8

    فَـَٔامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَٱلنُّورِ ٱلَّذِىٓ أَنزَلْنَا ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌۭ

    Fa-aaminoo billaahi wa rasoolihee wannooril lazeee anzalnaa; wallaahu bima ta'maloona khabeer

    Bas, Allohga, Uning Rasuliga va Biz tushirgan nurga iymon keltiringlar. Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.

  9. 9

    يَوْمَ يَجْمَعُكُمْ لِيَوْمِ ٱلْجَمْعِ ۖ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلتَّغَابُنِ ۗ وَمَن يُؤْمِنۢ بِٱللَّهِ وَيَعْمَلْ صَٰلِحًۭا يُكَفِّرْ عَنْهُ سَيِّـَٔاتِهِۦ وَيُدْخِلْهُ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Ywma yajma'ukum li yawmil jam'i zaalika yawmut taghaabun; wa many-yumim billaahi wa ya'mal saalihany yukaffir 'anhu sayyi aatihee wa yudkhilhu jannaatin tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaaa abadaa; zaalikal fawzul 'azeem

    U sizlarni «Jamlash kuni»ga toʻplaydigan kunni eslang. U kun «tagʻobun» kunidir. Kim Allohga iymon keltirsa va solih amallar qilsa, uning gunohlarini kechirur va (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Unda abadul-abad qolurlar. Bu ulkan yutuqdir. [2]

    [2] («Jamlash kuni», Alloh u kuni avvalgi va oxirgi barcha bandalarni jamlaydi. «Tagʻobun» kuni. Arabcha «tagʻobun» «gʻibn» soʻzidan olingan boʻlib, bahoning pastlashini bildiradi. Qiyomat kuni kofirlar iymonni tark qilganlari uchun baholari pastlab, doʻzaxga ravona boʻladilar. Yaxshi ishlarni kamroq qilib qolgan moʻminlar ham baholari pastlab, jannatning oliy martabalariga yeta olmay qoladilar.)

  10. 10

    وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَآ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Wallazeena kafaroo wa kazzaboo bi aayaaatinaaa ulaaa'ika ashaabun naari khaalideena feehaa bi'sal maseer

    Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar, ana oʻshalar otash egalaridir. Unda abadiy qolurlar. Qandoq ham yomon joy u!

  11. 11

    مَآ أَصَابَ مِن مُّصِيبَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۗ وَمَن يُؤْمِنۢ بِٱللَّهِ يَهْدِ قَلْبَهُۥ ۚ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۭ

    Maaa asaaba mim musee batin illaa bi-iznil laah; wa many yu'mim billaahi yahdi qalbah; wallaahu bikulli shai;in Aleem

    Sizga Allohning iznisiz hech bir musiybat yetmas. Kim Allohga iymon keltirsa, U zot uning qalbini hidoyatga solur. Alloh har bir narsani biluvchidir. [3]

    [3] (Bandaga Allohning qozoi qadarisiz, ilmisiz hech bir musibat yetmaydi, degan eʼtiqod doimo inson xotirasida turishi kerak. Paygʻambarimiz hadislaridan birida: «... Va bilginki, senga yetgan musibat adashib boshqaga oʻtishi mumkin emas, agar boshqaga boʻlsa, senga yetmasdi...», deganlar.)

  12. 12

    وَأَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ ۚ فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَإِنَّمَا عَلَىٰ رَسُولِنَا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ

    Wa atee'ul laaha wa atee'ur Rasool; fa in tawallaitum fa innamaa 'alaa Rasoolinal balaaghul mubeen

    Allohga itoat qiling va Rasulga itoat qiling. Agar yuz oʻgirib ketsangiz, bas, Bizning Rasulimizga (vazifa) ochiq-oydin yetkazish, xolos.

  13. 13

    ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ

    Allaahu laaa ilaaha illaa Hoo; wa 'alal laahi falyata wakkalil mu'minoon

    Alloh, Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Bas, moʻminlar Allohning Oʻzigagina tavakkal qilsinlar.

  14. 14

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّ مِنْ أَزْوَٰجِكُمْ وَأَوْلَٰدِكُمْ عَدُوًّۭا لَّكُمْ فَٱحْذَرُوهُمْ ۚ وَإِن تَعْفُوا۟ وَتَصْفَحُوا۟ وَتَغْفِرُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌ

    Yaaa ayyuhal lazeena aamanooo inna min azwaaji kum wa awlaadikum 'aduwwal lakum fahzaroohum; wa in ta'foo wa tasfahoo wa taghfiroo fa innal laaha ghafoorur Raheem

    Ey, iymon keltirganlar! Albatta, jufti halollaringizdan va bolalaringizdan sizga dushman bor, bas, ulardan hazir boʻling. Va agar afv etsangiz, koʻngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz... Bas, albatta, Alloh koʻp magʻfirat qiluvchi va rahimlidir. [4]

    [4] (Oyatning nozil boʻlish sababi haqidagi rivoyatda aytilishicha: bir guruh kishilar Makkada iymonga kelib, Madinaga hijrat qilishmoqchi boʻlganlarida, xotin va bola-chaqalari, bizni tashlab qayoqqa borasan, deb toʻsiq boʻlishgan ekan. Vaqti kelib Madinaga borishsa, ulardan avval hijrat qilganlar dinda ilgʻor boʻlib ketishibdi. Shunda ularni hijratdan toʻsgan oila aʼzolariga iqob qilishmoqchi boʻlganlarida Alloh taolo: «Va agar afv etsangiz, koʻngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz, bas, albatta, Alloh kechiruvchi va rahmdil Zotdir», degan oyatini tushirib, ularni bu ishdan qaytargan ekan.)

  15. 15

    إِنَّمَآ أَمْوَٰلُكُمْ وَأَوْلَٰدُكُمْ فِتْنَةٌۭ ۚ وَٱللَّهُ عِندَهُۥٓ أَجْرٌ عَظِيمٌۭ

    Innamaa amwaalukum wa awlaadukum fitnah; wallaahu 'indahooo ajrun 'azeem

    Albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz sinovdan boshqa narsa emas. Va Allohning huzurida ulugʻ ajr bor. [5]

    [5] (Mol-mulk kishi uchun sinovdir. Qoʻliga mol-dunyo kelganda ham hovliqmasdan, toʻgʻri yoʻlda sarflasa, ibodatini vaqtida qilsa, ulkan savoblarga ega boʻladi. Ammo dunyoga berilib yoʻldan ozsa, harom-xarish ishlarni qilsa, mol topish uchun gunoh yoʻllarga ham kiraversa, unda sinovdan oʻta olmagan boʻladi va gunohiga yarasha jazosini oladi. Shuningdek, farzandlar ham Allohning ulkan neʼmati. Ularni toʻgʻri tarbiyalab, xudojoʻy qilib oʻstirilsa, ikki dunyoning obroʻyini olib beradi. Agar teskarisi boʻlsa, ikki dunyoda sharmanda qiladi. Demak, Allohning muhabbatini, mol-mulk va farzandlar muhabatidan ustun qoʻymoq zarur. Chunki Uning huzurida ulugʻ ajr bor.)

  16. 16

    فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ مَا ٱسْتَطَعْتُمْ وَٱسْمَعُوا۟ وَأَطِيعُوا۟ وَأَنفِقُوا۟ خَيْرًۭا لِّأَنفُسِكُمْ ۗ وَمَن يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِۦ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    Fattaqul laaha mastat'tum wasma'oo wa atee'oo waanfiqoo khairal li anfusikum; wa many-yooqa shuha nafsihee fa-ulaaa'ika humul muflihoon

    Allohga qoʻlingizdan kelganicha taqvo qiling va (amrini) tinglang va itoat qiling va infoq qiling — oʻzingizga yaxshi boʻladir. Va kimki nafsining qizgʻanchiqligidan saqlansa, undaylar najot topuvchilardir.

  17. 17

    إِن تُقْرِضُوا۟ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًۭا يُضَٰعِفْهُ لَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ شَكُورٌ حَلِيمٌ

    In tuqridul laaha qardan hasanany yudd'ifhu lakum wa yaghfir lakum; wallaahu Shakoorun Haleem

    Agar Allohga yaxshi qarz bersangiz, U sizga koʻpaytirib berur va sizni kechirur. Alloh shakur va haliymdir.

  18. 18

    عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    'Aalimul-Ghaibi wash-shahaadatil 'Azeezul Hakeem

    U gʻoyib va ochiqni biluvchi, aziyz va hakiym Zotdir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com