Sura 63

Munofiqun

المُنَافِقُونَ

Al-Munafiqun · Madaniy · 11 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    إِذَا جَآءَكَ ٱلْمُنَٰفِقُونَ قَالُوا۟ نَشْهَدُ إِنَّكَ لَرَسُولُ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ إِنَّكَ لَرَسُولُهُۥ وَٱللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ لَكَٰذِبُونَ

    Izaa jaaa'akal munaafiqoona qaaloo nashhadu innaka la rasoolul laah; wallaahu ya'lamu innaka la rasooluhoo wallaahu yashhadu innal munaafiqeena lakaaziboon

    Munofiqlar huzuringga kelganlarida: «Guvohlik beramizki, sen, albatta, Allohning Rasulisan», derlar. Holbuki, Alloh, albatta, sen Uning Rasuli ekaningni biladir. Va Alloh guvohlik berurki, albatta, munofiqlar yolgʻonchidirlar.

  2. 2

    ٱتَّخَذُوٓا۟ أَيْمَٰنَهُمْ جُنَّةًۭ فَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّهُمْ سَآءَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Ittakhazoo aymaanahum junnatan fasaddoo 'an sabeelil laah; innahum saaa'a maa kaanoo ya'maloon

    Ular qasamlarini qalqon qilib oldilar va Allohning yoʻlidan toʻsdilar. Bas, ularning qilgan ishlari yomon boʻldi!

  3. 3

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ ءَامَنُوا۟ ثُمَّ كَفَرُوا۟ فَطُبِعَ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَفْقَهُونَ

    Zaalika bi annahum aamanoo summa kafaroo fatubi'a 'alaa quloobihim fahum laa yafqahoon

    Bunga sabab shuki, ular iymon keltirdilar, soʻng kofir boʻldilar, bas, qalblariga muhr bosildi. Endi ular fahmlamaslar.

  4. 4

    ۞ وَإِذَا رَأَيْتَهُمْ تُعْجِبُكَ أَجْسَامُهُمْ ۖ وَإِن يَقُولُوا۟ تَسْمَعْ لِقَوْلِهِمْ ۖ كَأَنَّهُمْ خُشُبٌۭ مُّسَنَّدَةٌۭ ۖ يَحْسَبُونَ كُلَّ صَيْحَةٍ عَلَيْهِمْ ۚ هُمُ ٱلْعَدُوُّ فَٱحْذَرْهُمْ ۚ قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُ ۖ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ

    Wa izaa ra aytahum tu'jibuka ajsaamuhum wa iny yaqooloo tasma' liqawlihim kaannahum khushubum musannadah; yahsaboona kulla saihatin 'alaihim; humul 'aduwwu fahzarhum; qaatalahumul laahu annaa yu'fakoon

    Va agar ularni koʻrsang, jismlari seni ajablantirur va agar gapirsalar, gaplariga quloq osarsan. Ular xuddi suyab qoʻyilgan xodaga oʻxsharlar. Har qichqiriqni ziddilariga hisoblarlar. Ular dushmandirlar. Ulardan hazir boʻl. Alloh ularga urush ochsin, haqdan qandoq oʻgirilurlar?! [1]

    [1] (Bu oyatda Alloh taolo munofiqlarning baʼzi sifatlari va tasarruflarini moʻminlar ulardan ehtiyot boʻlishlari uchun bayon qilmoqda. Chunki munofiqlarning ichida chiroyli yuzli, kelishgan gavdali, soʻzga usta kishilar bor. Bunday qaraganda, kelishgan, tuppa-tuzuk odamlar, gaplari ham kishilarni rom qiladigan. Masalan, munofiqlarning oʻsha paytdagi rahbari Abdulloh ibn Ubay qomatli, chiroyli va soʻzlamol odam edi. Boshqa munofiqlardan ham unga oʻxshashlari bor edi. Paygʻambar alayhissalomning majlislariga kelib, devorga suyanib oʻtirar edilar. Sahobalar ularning qomatlariga havas bilan boqishar, gaplariga quloq solar edilar. Lekin baribir qalblari iymondan, yaxshilikdan xoli boʻlgani uchun Alloh taolo ularni devorga suyab qoʻygan xodaga oʻxshatmoqda.)

  5. 5

    وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا۟ يَسْتَغْفِرْ لَكُمْ رَسُولُ ٱللَّهِ لَوَّوْا۟ رُءُوسَهُمْ وَرَأَيْتَهُمْ يَصُدُّونَ وَهُم مُّسْتَكْبِرُونَ

    Wa izaa qeela lahum ta'aalaw yastaghfir lakum rasoolul laahi lawwaw ru'oo sahum wa ra aytahum yasuddoona wa hum mustakbiroon

    Va agar ularga: «Kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istigʻfor aytur», deyilsa, ular boshlarini chayqarlar. Va ularning mutakabbirlik holida yuz oʻgirayotganlarini koʻrursan.

  6. 6

    سَوَآءٌ عَلَيْهِمْ أَسْتَغْفَرْتَ لَهُمْ أَمْ لَمْ تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ لَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ

    Sawaaa'un 'alaihim as taghfarta lahum am lam tastaghfir lahum lany yaghfiral laahu lahum; innal laaha laa yahdil qawmal faasiqeen

    Ular uchun istigʻfor aytasanmi yoki aytmaysanmi — bari bir. Alloh ularni hech magʻfirat qilmas. Zero, Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas. [2]

    [2] (Istigʻfor aytish — gunohning kechishini Allohdan soʻrash. Suraning nozil boʻlishi haqidagi rivoyatlarda kelishicha, munofiqlarning rahbari Abdulloh ibn Ubayning yolgʻonchiligi fosh boʻlgandan soʻng kishilar unga: «Endi Rasulullohning huzurlariga borib uzr soʻra, u kishi sening gunohlaringni kechishini soʻrab Allohga duo qilsalar, gunohlaring magʻfirat qilinsa ajab emas», deyishganda, mutakabbirlik bilan bosh chayqab, bormagan ekan. Lekin oyatning hukmi hamma munofiqlar uchun bir.)

  7. 7

    هُمُ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ لَا تُنفِقُوا۟ عَلَىٰ مَنْ عِندَ رَسُولِ ٱللَّهِ حَتَّىٰ يَنفَضُّوا۟ ۗ وَلِلَّهِ خَزَآئِنُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَٰكِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ لَا يَفْقَهُونَ

    Humul lazeena yaqooloona laa tunfiqoo 'alaa man inda Rasoolil laahi hatta yanfaddoo; wa lillaahi khazaaa' inus samaawaati wal ardi wa laakinnal munaafiqeena la yafqahoon

    Ular: «Rasulullohning huzuridagilarga nafaqa bermanglar, hattoki, tarqab ketsinlar», derlar. Holbuki, osmonlaru yerning xaziynalari Allohnikidur. Va lekin munofiqlar tushunmaslar.

  8. 8

    يَقُولُونَ لَئِن رَّجَعْنَآ إِلَى ٱلْمَدِينَةِ لَيُخْرِجَنَّ ٱلْأَعَزُّ مِنْهَا ٱلْأَذَلَّ ۚ وَلِلَّهِ ٱلْعِزَّةُ وَلِرَسُولِهِۦ وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَلَٰكِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ لَا يَعْلَمُونَ

    Yaqooloona la'ir raja'naaa ilal madeenati la yukhrijanal a'azzu minhal azall; wa lillaahil 'izzatu wa li Rasoolihee wa lilmu'mineena wa laakinnal munaafiqeena laa ya'lamoon

    Ular: «Agar Madinaga qaytib borsak, albatta, aziz xorni undan chiqarur», derlar. Holbuki, azizlik Allohga, Uning Rasuliga va moʻminlariga xosdir. Ammo munofiqlar bilmaslar. [3]

    [3] (Ushbu oyati karima munofiqlar boshligʻining Paygʻambar alayhissalomni Madinadan xorlarcha quvib chiqaraman, deb qilgan doʻq-poʻpisasiga raddiya beradi. «Madinaga qaytib borsak», deyilgandan murod Mustaliq qavmiga qarshi gʻazotdan qaytib Madina shahriga borsak, deganidir. Bundan koʻrinib turibdiki, munofiqlar qarshi turli jabha va uslublarni, shu jumladan, mahalliychilikni ham ishga soladilar.)

  9. 9

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تُلْهِكُمْ أَمْوَٰلُكُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُكُمْ عَن ذِكْرِ ٱللَّهِ ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ

    Yaaa ayyuhal lazeena aamanoo la tulhikum amwaalukum wa laa awlaadukum 'anzikril laah; wa mai-yaf'al zaalika fa-ulaaa'ika humul khaasiroon

    Ey, iymon keltirganlar! Mollaringiz va bolalaringiz sizni Allohning zikridan chalgʻitmasin. Kim shunday qilsa, bas, ana oʻshalar yutqazganlardir.

  10. 10

    وَأَنفِقُوا۟ مِن مَّا رَزَقْنَٰكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ فَيَقُولَ رَبِّ لَوْلَآ أَخَّرْتَنِىٓ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ قَرِيبٍۢ فَأَصَّدَّقَ وَأَكُن مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Wa anifqoo mim maa razaqnaakum min qabli any-yaatiya ahadakumul mawtu fa yaqoola rabbi law laaa akhkhartaneee ilaaa ajalin qareebin fa assaddaqa wa akum minassaaliheen

    Va biringizga oʻlim kelib: «Ey Robbim, agar mening oʻlimimni yaqin muddatga orqaga sursang, bas, sadaqa qilib solihlardan boʻlsam», demasdan avval, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling. [4]

    [4] (Rizqning asosiy manbai Allohning Oʻzidir va U odamlarga Oʻzi xohlaganicha berib qoʻygan va uni nafaqa, xayr-ehson qilib turishga buyurgan. Albatta, bu ish oʻlim kelishidan avval boʻlishi shart. Sogʻ-salomatlikda, hamma narsaga qodirlik paytda xayr-ehson qilsa, oʻrniga tushadi.)

  11. 11

    وَلَن يُؤَخِّرَ ٱللَّهُ نَفْسًا إِذَا جَآءَ أَجَلُهَا ۚ وَٱللَّهُ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

    Wa lany yu 'akhkhiral laahu nafsan izaa jaaa'a ajaluhaa; wallaahu khabeerum bimaa ta'maloon

    Alloh ajali kelgan jonni hech-hech orqaga surmas. Va, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. [5]

    [5] (Oqil kishi boshiga oʻlim kelmasidan xayrli ishlarni koʻproq qilib qolishga intiladi va shunday boʻlishi ham lozim. Chunki Alloh taolo har bir gapu ishdan xabardor Zotdir.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com