Sura 62
Jumʼa
الجُمُعَةِ
Al-Jumu'ah · Madaniy · 11 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
يُسَبِّحُ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ٱلْمَلِكِ ٱلْقُدُّوسِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ
Yusabbihu lilaahi maa fis samaawaati wa maa fil ardil Malikil Quddoosil 'Azeezil Hakeem
Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Malik, Quddus, Aziyz va Hakiym boʻlgan Allohga tasbih aytadir.
- 2
هُوَ ٱلَّذِى بَعَثَ فِى ٱلْأُمِّيِّۦنَ رَسُولًۭا مِّنْهُمْ يَتْلُوا۟ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِهِۦ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَإِن كَانُوا۟ مِن قَبْلُ لَفِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ
Huwal lazee ba'asa fil ummiyyeena Rasoolam min hum yatloo 'alaihim aayaatihee wa yuzakkeehim wa yu'allimuhumul Kitaaba wal Hikmata wa in kaano min qablu lafee dalaalim mubeen
U zot savodsizlar ichidan, garchi ular bundan avval ochiq zalolatda boʻlsalar ham, ularga oyatlarini oʻqib beradigan va ularni poklaydigan hamda kitobni va hikmatni oʻrgatadigan Paygʻambarni yubordi. [1]
[1] (Oʻsha davr arablari ummiy qavm deyilgan, chunki ularning ichlarida oʻqish-yozishni biladiganlari juda oz boʻlgan. Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom oʻqish-yozishni mutlaqo oʻrganmaganlar.)
- 3
وَءَاخَرِينَ مِنْهُمْ لَمَّا يَلْحَقُوا۟ بِهِمْ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Wa aakhareena minhum lammaa yalhaqoo bihim wa huwal 'azeezul hakeem
Va hozircha ularga qoʻshilmagan boshqalarga ham. Va U zot gʻolib va hikmat egasidir. [2]
[2] (Bu oyati karima ham Qurʼonning ulkan moʻjilaridan biridir. Bu gʻoyibning xabaridir. Arablardan boshqa xalqlarning islomga kirishini oʻsha paytda Allohdan oʻzga hech kim bilmasdi.)
- 4
ذَٰلِكَ فَضْلُ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ
Zaalika fadlul laahi yu'teehi many-yashaaa; wallaahu zul fadil 'azeem
Bu narsa Allohning fazlidir (va uni) xohlagan kishisiga beradir. Alloh ulugʻ fazl egasidir.
- 5
مَثَلُ ٱلَّذِينَ حُمِّلُوا۟ ٱلتَّوْرَىٰةَ ثُمَّ لَمْ يَحْمِلُوهَا كَمَثَلِ ٱلْحِمَارِ يَحْمِلُ أَسْفَارًۢا ۚ بِئْسَ مَثَلُ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ
Masalul lazeena hum milut tawraata summa lam yahmiloonhaa kamasalil himaari yah milu asfaaraa; bi'sa masalul qawmil lazeena kaazzaboo bi aayaatil laah; wallaahu laa yahdil qawmazzaalimeen
Ustlariga Tavrot yuklatilgan, soʻngra uni koʻtarmaganlar misoli ustiga kitob yuklangan eshakka oʻxsharlar. Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqargan qavmning misoli qandoq ham yomon. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. [3]
[3] («Ustlariga Tavrot yuklatilgan»lar — yahudiylar. Alloh taolo ularni ustiga kitob ortilgan eshakka oʻxshatmoqda. Xuddi eshak ustidagi kitobni koʻtarib charchasa charchaydi, ammo aslo bu kitobdagi ilm va taʼlimotlardan foydalanmaydi.)
- 6
قُلْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ هَادُوٓا۟ إِن زَعَمْتُمْ أَنَّكُمْ أَوْلِيَآءُ لِلَّهِ مِن دُونِ ٱلنَّاسِ فَتَمَنَّوُا۟ ٱلْمَوْتَ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Qul yaaa ayyuhal lazeena haadoo in za'amtum annakum awliyaaa'u lilaahi min doonin naasi fatamannawul mawta in kuntum saadiqeen
Sen: «Ey, yahudiy boʻlganlar, albatta, siz, boshqalardan farqli oʻlaroq, Allohning avliyolarimiz deb daʼvo qiladigan boʻlsangiz, bas, oʻlimni orzu qiling, agar rostgoʻy boʻlsangiz», deb ayt.
- 7
وَلَا يَتَمَنَّوْنَهُۥٓ أَبَدًۢا بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِٱلظَّٰلِمِينَ
Wa laa yatamannaw nahooo abadam bimaa qaddamat aydeehim; wallaahu 'aleemum bix zaalimeen
Ular qoʻllari qilgan(gunoh)lari tufayli hech qachon u(oʻlim)ni orzu qilmaslar. Alloh zolimlarni biluvchidir. [4]
[4] (Yahudiylarning oʻlimni sira orzu qilmasliklariga sabab — gunohlarining koʻpligi. Ular biladilarki, oʻlimdan keyin savol-javob boʻladi, gunohlarga yarasha azob belgilanadi. Bu esa ular uchun nihoyatda dahshatli.)
- 8
قُلْ إِنَّ ٱلْمَوْتَ ٱلَّذِى تَفِرُّونَ مِنْهُ فَإِنَّهُۥ مُلَٰقِيكُمْ ۖ ثُمَّ تُرَدُّونَ إِلَىٰ عَٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Qul innal mawtal lazee tafirroona minhu fa innahoo mulaaqeekum summa turaddoona ilaa 'Aalimil Ghaibi wash shahaadati fa yunabbi'ukum bimaa kuntum ta'maloon
Sen: «Albatta, siz undan qochayotgan oʻlim, taʼkid shulki, sizga baribir yoʻliquvchidir. Soʻngra maxfiy va oshkor narsalarni Biluvchining huzuriga qaytarilursizlar. Bas, U sizga nima qilib yurganingizning xabarini beradir», deb ayt.
- 9
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا نُودِىَ لِلصَّلَوٰةِ مِن يَوْمِ ٱلْجُمُعَةِ فَٱسْعَوْا۟ إِلَىٰ ذِكْرِ ٱللَّهِ وَذَرُوا۟ ٱلْبَيْعَ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌۭ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
Yaaa ayyuhal lazeena aamanoo izaa noodiya lis-Salaati miny yawmil Jumu'ati fas'aw ilaa zikril laahi wa zarul bai'; zaalikum khayrul lakum in kuntum ta'lamoon
Ey, iymon keltirganlar! Juma kunida, namozga nido qilingan paytda, Allohning zikriga shoshiling va savdoni qoʻying. Agar bilsangiz, bu oʻzingiz uchun yaxshidir.
- 10
فَإِذَا قُضِيَتِ ٱلصَّلَوٰةُ فَٱنتَشِرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَٱبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِ ٱللَّهِ وَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ كَثِيرًۭا لَّعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
Fa-izaa qudiyatis Salaatu fantashiroo fil ardi wabtaghoo min fadlil laahi wazkurul laaha kaseeral la'allakum tuflihoon
Bas, namoz tugagandan soʻng yer yuzi boʻylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling va Allohni koʻp eslang, shoyadki, yutuqqa erishsangiz.
- 11
وَإِذَا رَأَوْا۟ تِجَٰرَةً أَوْ لَهْوًا ٱنفَضُّوٓا۟ إِلَيْهَا وَتَرَكُوكَ قَآئِمًۭا ۚ قُلْ مَا عِندَ ٱللَّهِ خَيْرٌۭ مِّنَ ٱللَّهْوِ وَمِنَ ٱلتِّجَٰرَةِ ۚ وَٱللَّهُ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ
Wa izaa ra'aw tijaaratan aw lahwanin faddooo ilaihaa wa tarakooka qaaa'imaa; qul maa 'indal laahi khairum minal lahwi wa minat tijaarah; wallaahu khayrur raaziqeen
Va ular tijorat yoki oʻyin-kulgu koʻrganlarida, unga tomon yopirildilar va seni tik holda tark etdilar. Sen: «Allohning huzuridagi narsa oʻyin-kulgudan va tijoratdan yaxshidir. Va Alloh eng yaxshi rizq beruvchidir», deb ayt. [5]
[5] (Dunyo tashvishi deb ibodatni tark etish yaxshi emas. Chunki rizq beruvchi Allohning Oʻzi. Avval Uning ibodati ado boʻlsa, rizq topishda keyin Oʻzi yordam beradi.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
