Sura 61
Saff
الصَّفِّ
As-Saf · Madaniy · 14 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Sabbaha lillaahi maa fisamaawaati wa maa fil ardi wa huwal 'Azeezul Hakeem
Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Allohga tasbih aytadi. U zot gʻolib va hikmat egasidir.
- 2
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفْعَلُونَ
Yaa ayyuhal lazeena aamanoo lima taqooloona maa laa taf'aloon
Ey, iymon keltirganlar! Nima uchun qilmagan narsalaringizni gapirasiz?!
- 3
كَبُرَ مَقْتًا عِندَ ٱللَّهِ أَن تَقُولُوا۟ مَا لَا تَفْعَلُونَ
Kabura maqtan 'indal laahi an taqooloo maa laa taf'aloon
Qilmaydigan narsangizni gapirishingiz Allohning nazdida qattiq yomon koʻrilgandir. [1]
[1] (Jihod farz qilinishidan avval bir guruh moʻminlar, agar Alloh taolo bizni Oʻzi eng suyadigan amalga buyurganda edi, uni bajarib ulkan savoblarga erishardik, deb orzu qilib yurishardi. Shunda Alloh Paygʻambar alayhissalomga vahiy yuborib, jihodni farz qildi, ammo avval gapirib yurganlarga bu amr mashaqqatli tuyuldi, ogʻir botdi. Shundan soʻng, Alloh taolo yuqoridagi oyatlarni tushirib, ularni ogohlantirdi. Bundan kamida ikkita ibrat chiqadi: birinchisi — jihod Alloh naqadar suygan amallardan ekanini hamda ikkinchisi — aytganiga amal qilish eng oliy darajadagi martaba ekanini bilamiz. Bu gaplar har bir islom ummatiga tegishlidir. Qaysi ummat — millat shunga amal qilsa, Alloh oldida ulkan savobga, hayotda esa ulkan taraqqiyotga erishadi.)
- 4
إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلَّذِينَ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِهِۦ صَفًّۭا كَأَنَّهُم بُنْيَٰنٌۭ مَّرْصُوصٌۭ
Innal laaha yuhibbul lazeena yuqaatiloona fee sabeelihee saffan kaannahum bunyaanum marsoos
Albatta, Alloh Oʻz yoʻlida xuddi jips binodek boʻlib, safda turib urush qiladiganlarni yaxshi koʻradir. [2]
[2] (Alloh taolo moʻminlar jamiyatini doimo birdam, hamfikr va jipslashgan boʻlishini xohlaydi. Bu oyatda esa urushda ham birdam boʻlishga, jipslashib, dushmanni bir jabha boʻlib qarshi olishga buyurmoqda.)
- 5
وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦ يَٰقَوْمِ لِمَ تُؤْذُونَنِى وَقَد تَّعْلَمُونَ أَنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُمْ ۖ فَلَمَّا زَاغُوٓا۟ أَزَاغَ ٱللَّهُ قُلُوبَهُمْ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ
Wa iz qaala Moosa liqawmihee yaa qawmi lima tu'zoonanee wa qat ta'lamoona annee Rasoolul laahi ilaikum falammaa zaaghooo azaaghal laahu quloobahum; wallaahu laa yahdil qawmal faasiqeen
Muso oʻz qavmiga: «Ey qavmim, Allohning Rasuli ekanimni bilib turib yana nima uchun menga ozor berasiz», deganini esla. Ular (haqdan) burilgan edilar, Alloh ularning qalbini burib qoʻydi. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.
- 6
وَإِذْ قَالَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ إِنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُم مُّصَدِّقًۭا لِّمَا بَيْنَ يَدَىَّ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ وَمُبَشِّرًۢا بِرَسُولٍۢ يَأْتِى مِنۢ بَعْدِى ٱسْمُهُۥٓ أَحْمَدُ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ قَالُوا۟ هَٰذَا سِحْرٌۭ مُّبِينٌۭ
Wa iz qaala 'Eesab-nu-Mayama yaa Banee Israaa'eela innee Rasoolul laahi ilaikum musaddiqal limaa baina yadayya minat Tawraati wa mubashshiram bi Rasooliny yaatee mim ba'dis muhooo Ahmad; falammaa jaaa'ahum bil baiyinaati qaaloo haazaa sihrum mubeen
Iyso ibn Maryam: «Ey, Bani Isroil, albatta, men oʻzimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlash va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini berish uchun Alloh sizlarga yuborgan Paygʻambarman», deganini esla. Qachonki u(Ahmad) ularga haq bilan kelgan vaqtda esa, bu ochiq-oydin sehrdir, dedilar.
- 7
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ وَهُوَ يُدْعَىٰٓ إِلَى ٱلْإِسْلَٰمِ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa man azlamu mimma nif taraa 'alal laahil kaziba wa huwa yad'aaa ilal Islaam; wallaahu laa yahdil qawmaz zaalimeen
Islomga daʼvat qilinib turganida Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan kimsadan ham zolimroq kishi bormi? Holbuki, Alloh zolimlarni hidoyatga solmas. [3]
[3] (Yaʼni, inson Islomga daʼvat qilinsa, ikki dunyoning saodatiga erishtiruvchi dinga chaqirilsa, uni xursandlik bilan qabul qilishning oʻrniga, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqisa, haqiqatdan u dunyodagi eng ashaddiy zolim hisoblanadi. Undaylarning Alloh taologa nisbatan toʻqigan yolgʻonlari turlicha boʻladi.)
- 8
يُرِيدُونَ لِيُطْفِـُٔوا۟ نُورَ ٱللَّهِ بِأَفْوَٰهِهِمْ وَٱللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْكَٰفِرُونَ
Yureedoona liyutfi'oo nooral laahi bi afwaahimim wallaahu mutimmu noorihee wa law karihal kaafiroon
Ogʻizlari bilan Allohning nurini oʻchirmoqchi boʻladilar. Holbuki, Alloh, kofirlar yoqtirmasa ham, oʻz nurini tugal etguvchidir. [4]
[4] (Islom dinini yoʻq qilish uchun urinuvchilarning harakati quyoshning shuʼlasini ogʻiz bilan puflab oʻchirishga harakat qilishga oʻxshaydi.)
- 9
هُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلْهُدَىٰ وَدِينِ ٱلْحَقِّ لِيُظْهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُشْرِكُونَ
Huwal lazee arsala Rasoolahoo bilhudaa wa deenil haqqi liyuzhirahoo 'alad deeni kullihee wa law karihal mushrikoon
U zot Oʻz Rasulini hidoyat va haq din bilan barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir. Garchi mushriklar yoqtirmasalar ham.
- 10
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰ تِجَٰرَةٍۢ تُنجِيكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍۢ
Yaaa ayyuhal lazeena aammano hal adullukum 'alaa tijaaratin tunjeekum min 'azaabin aleem
Ey, iymon keltirganlar! Sizlarni alamli azobdan najot toptiruvchi tijoratga dalolat qilaymi?
- 11
تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَتُجَٰهِدُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمْوَٰلِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌۭ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
Tu'minoona billaahi wa Rasoolihee wa tujaahidoona fee sabeelil laahi bi amwaalikum wa anfusikum; zaalikum khairul lakum in kuntum ta'lamoon
Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirasizlar hamda Uning yoʻlida molingiz va joningiz bilan jihod qilasizlar. Shundoq qilmoqlaringiz, agar bilsangizlar, oʻzlaringiz uchun yaxshidir.
- 12
يَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَيُدْخِلْكُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ وَمَسَٰكِنَ طَيِّبَةًۭ فِى جَنَّٰتِ عَدْنٍۢ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ
Yaghfir lakum zunoobakum wa yudkhilkum Jannaatin tajree min tahtihal anhaaru wa masaakina taiyibatan fee Jannaati 'Ad; zaalikal fawzul 'Azeem
Gunohlaringizni kechirur va sizlarni adn jannatidagi (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan bogʻlarga va yaxshi maskanlarga kiritur. Bu narsa siz uchun ulugʻ yutuqdir.
- 13
وَأُخْرَىٰ تُحِبُّونَهَا ۖ نَصْرٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ وَفَتْحٌۭ قَرِيبٌۭ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Wa ukhraa tuhibboonahaa nasrum minal laahi wa fat hun qaree; wa bashshiril mu 'mineen
Va sizlar yaxshi koʻradigan boshqasi ham bor. Allohdan yordam va yaqin zafar. Va moʻminlarga bashorat ber. [5]
[5] (Ushbu oyat Qurʼoni Karimning gʻoyibdan bergan xabarlaridan boʻlib, ulkan moʻjiza hamdir. Chunki u Makkai Mukarrama fath etilishidan avval tushgan. Bundan bir oz vaqtdan keyin Alloh taolo ushbu oyatda bergan vaʼdasi ustidan chiqdi. Allohning yordami boʻlib, Makka musulmonlar qoʻliga oʻtdi. Soʻng tezda butun Arabiston yarim roliga Islom dini tarqaldi.)
- 14
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ كُونُوٓا۟ أَنصَارَ ٱللَّهِ كَمَا قَالَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ لِلْحَوَارِيِّۦنَ مَنْ أَنصَارِىٓ إِلَى ٱللَّهِ ۖ قَالَ ٱلْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنصَارُ ٱللَّهِ ۖ فَـَٔامَنَت طَّآئِفَةٌۭ مِّنۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَكَفَرَت طَّآئِفَةٌۭ ۖ فَأَيَّدْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ عَلَىٰ عَدُوِّهِمْ فَأَصْبَحُوا۟ ظَٰهِرِينَ
Yaaa ayyuhal lazeena aamaanoo koonooo ansaaral laahi kamaa qaala 'Eesab-nu-Maryama lil Hawaariyyeena man ansaareee ilal laah; qaalal Hawaariyyoona nahnu ansaa rul laahi fa aamanat taaa'ifatum mim Bannee Israaa'eela wa kafarat taaa'ifatun fa ayyadnal lazeena aammanoo 'alaa 'aduwwihim fa asbahoo zaahireen
Ey, iymon keltirganlar! Allohning yordamchilari boʻling! Iyso ibn Maryam havoriylarga: «Kim Alloh uchun mening yordamchim(boʻladi)?» deganida, havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz», dedilar. Bas, Bani Isroildan bir toifa iymon keltirdi va bir toifa kofir boʻldi. Bas, Biz iymon keltirganlarni dushmanlari ustidan qoʻllab-quvvatladik. Va ular gʻolib boʻldilar. [6]
[6] (Havoriylar Iyso alayhissalomning shogirdlari, u kishiga yaqin odamlardir. Alloh taolo bu oyati karimada musulmonlarni Islom diniga xizmat qilishga chaqirmoqda va bu xizmatni Allohga yordamchi boʻlish, deb atamoqda.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
