Sura 60

Mumtahana

المُمۡتَحنَةِ

Al-Mumtahanah · Madaniy · 13 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ عَدُوِّى وَعَدُوَّكُمْ أَوْلِيَآءَ تُلْقُونَ إِلَيْهِم بِٱلْمَوَدَّةِ وَقَدْ كَفَرُوا۟ بِمَا جَآءَكُم مِّنَ ٱلْحَقِّ يُخْرِجُونَ ٱلرَّسُولَ وَإِيَّاكُمْ ۙ أَن تُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ رَبِّكُمْ إِن كُنتُمْ خَرَجْتُمْ جِهَٰدًۭا فِى سَبِيلِى وَٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِى ۚ تُسِرُّونَ إِلَيْهِم بِٱلْمَوَدَّةِ وَأَنَا۠ أَعْلَمُ بِمَآ أَخْفَيْتُمْ وَمَآ أَعْلَنتُمْ ۚ وَمَن يَفْعَلْهُ مِنكُمْ فَقَدْ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ

    Yaa ayyuhal lazeena aamanoo laa tattakhizoo 'aduwwee wa 'aduwaakum awliyaaa'a tulqoona ilaihim bilmawaddati wa qad kafaroo bima jaaa'akum minal haqq, yukhrijoonar Rasoola wa iyyaakum an tu'minoo billaahi rabbikum in kuntum kharajtum jihaadan fee sabeelee wabtighaaa'a mardaatee; tusirroona ilaihim bilma waddati wa ana a'alamu bimaaa akhfaitum wa maaa a'lantum; wa many yaf'alhu minkum faqad dalla sawaaa'as sabeel

    Ey, iymon keltirganlar! Agar Mening yoʻlimda jihod qilib va roziligimni soʻrab chiqqan boʻlsangiz, Mening dushmanlarimni va oʻzingizning dushmanlaringizni doʻst tutmanglar. Sizlar ularga doʻstlik qilasizlar, ular boʻlsa, sizlarga kelgan haqqa kufr keltirurlar. Robbingiz boʻlmish Allohga iymon keltirganingiz uchun, Paygʻambarni va sizni haydab chiqarurlar. Siz ularga doʻstlik qilib sir aytursiz. Holbuki, Men nimani maxfiy tutganingizniyu nimani oshkor qilganingizni juda yaxshi bilurman. Oralaringizda kim oʻsha ishni qilsa, toʻgʻri yoʻldan adashgan boʻlur. [1]

    [1] (Allohning va musulmonlarning dushmanlariga doʻstlik qiluvchi kishilar bilib qoʻysinlarki, ular musulmonlarga kelgan haqqa — Qurʼon va Islomga kofir boʻlganlar. Bu ham yetmaganidek, Paygʻambarning va moʻminlarning iymonlarini ayb hisoblab, oʻz diyorlaridan haydab chiqarganlar. Shuning uchun u mushriklarni doʻst tutmaslik kerak. Birov bilmaydi, deb ularga sir aytmang, Alloh taolo siru oshkor barcha amallaringizni bilib turuvchi Zotdir.)

  2. 2

    إِن يَثْقَفُوكُمْ يَكُونُوا۟ لَكُمْ أَعْدَآءًۭ وَيَبْسُطُوٓا۟ إِلَيْكُمْ أَيْدِيَهُمْ وَأَلْسِنَتَهُم بِٱلسُّوٓءِ وَوَدُّوا۟ لَوْ تَكْفُرُونَ

    Iny yasqafookum yakoonoo lakum a'daaa'anw wa yabsutooo ilaikum aydiyahum wa alsinatahum bissooo'i wa waddoo law takfuroon

    Agar ular sizdan ustun kelsalar, sizga dushman boʻlurlar va sizlarga qoʻllariyu tillari bilan yomonlik yetkazishga intilurlar. Va sizlarning kofir boʻlishlaringizni xohlarlar.

  3. 3

    لَن تَنفَعَكُمْ أَرْحَامُكُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُكُمْ ۚ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يَفْصِلُ بَيْنَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌۭ

    Lan tanfa'akum arhaamukum wa laaa awlaadukum; yawmal qiyaamati yafsilu bainakum; wallaahu bimaa ta'maloon baseer

    Qarindoshlaringiz va farzandlaringiz sizga hech manfaat bera olmaslar. Qiyomat kuni U zot oralaringizni boʻladir. Alloh nima qilayotganingizni koʻrib turguvchidir.

  4. 4

    قَدْ كَانَتْ لَكُمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌۭ فِىٓ إِبْرَٰهِيمَ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥٓ إِذْ قَالُوا۟ لِقَوْمِهِمْ إِنَّا بُرَءَٰٓؤُا۟ مِنكُمْ وَمِمَّا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ كَفَرْنَا بِكُمْ وَبَدَا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ ٱلْعَدَٰوَةُ وَٱلْبَغْضَآءُ أَبَدًا حَتَّىٰ تُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَحْدَهُۥٓ إِلَّا قَوْلَ إِبْرَٰهِيمَ لِأَبِيهِ لَأَسْتَغْفِرَنَّ لَكَ وَمَآ أَمْلِكُ لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍۢ ۖ رَّبَّنَا عَلَيْكَ تَوَكَّلْنَا وَإِلَيْكَ أَنَبْنَا وَإِلَيْكَ ٱلْمَصِيرُ

    Qad kaanat lakum uswatun basanatun feee Ibraaheema wallazeena ma'ahoo iz qaaloo liqawmihim innaa bura'aaa'u minkum wa mimmaa ta'budoona min doonil laahi kafarnaa bikum wa badaa bainanaa wa bainakumul 'adaawatu wal baghdaaa'u abadan hattaa tu'minoo billaahi wahdahooo illaa qawla Ibraheema li abeehi la astaghfiranna laka wa maaa amliku laka minal laahi min shai; rabbanaa 'alaika tawakkalnaa wa ilaika anabnaa wa ilaikal maseer

    Haqiqatan, sizlarga Ibrohim va u bilan birga boʻlganlarda yaxshi oʻrnak bor. Ular: «Biz sizdan va siz ibodat qilayotgan narsadan bezormiz, sizga kufr keltirdik, endi, toki yagona Allohga iymon keltirmagunlaringizcha, oramizda doimiy adovat va kuchli nafrat paydo boʻldi», dedilar. Ammo, Ibrohimning otasiga qarata: «Albatta, sen uchun istigʻfor aytaman. Sendan Alloh(azobi)dan biror narsa qaytarishga molik emasman», degan soʻzida (oʻrnak yoʻq). «Ey Robbimiz, faqat Senga tavakkal qildik, faqat Sengagina qaytdik va qaytib boradigan joy ham faqat Sengaginadir». [2]

    [2] (Ibrohim Paygʻambar otalariga rahmlari kelib: «Albatta, sen uchun istigʻfor aytaman», deya vaʼda berganlar. Lekin otaning iymonga kelmasligiga koʻzlari yetgach, «Sendan Allohning azobini qaytarishga molik emasman», deb qoʻshib qoʻyganlar.)

  5. 5

    رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةًۭ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَٱغْفِرْ لَنَا رَبَّنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Rabbana laa taj'alnaa fitnatal lillazeena kafaroo waghfir lanaa rabbanaa innaka antal azeezul hakeem

    «Ey Robbimiz, bizni kofirlarga fitna qilib qoʻymagin va bizni kechirgin. Ey Robbimiz, albatta Sen, Oʻzing oʻolibsan va Hakiymsan».

  6. 6

    لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِيهِمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌۭ لِّمَن كَانَ يَرْجُوا۟ ٱللَّهَ وَٱلْيَوْمَ ٱلْءَاخِرَ ۚ وَمَن يَتَوَلَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ

    Laqad kaana lakum feehim uswatunhasanatul liman kaana yarjul laaha wal yawmal aakhir; wa many yatawalla fa innal laaha huwal ghaniyyul hameed

    Albatta, kimning Allohdan va qiyomat kunidan umidi boʻlsa, shular uchun ularda yaxshi oʻrnak bor edi. Lekin kim yuz oʻgirsa (bilib qoʻysinki), Alloh behojat, maqtalgan Zotdir.

  7. 7

    ۞ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَجْعَلَ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَ ٱلَّذِينَ عَادَيْتُم مِّنْهُم مَّوَدَّةًۭ ۚ وَٱللَّهُ قَدِيرٌۭ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Asal laahu any yaj'ala bainakum wa bainal lazeena 'aadaitum minhum mawaddah; wallahu qadeer; wallahu ghafoorur raheem

    Shoyadki, Alloh sizlar bilan ular ichidagi dushmanlaringiz oʻrtasida doʻstlik paydo qilsa, Alloh bunga qodirdir. Alloh kechiruvchi va rahiymlidir. [3]

    [3] (Alloh taolodan «shoyadki» kalimasi sodir boʻlsa, albatta, voqelikda sodir boʻlishi shart. Bu vaʼda Makkai Mukarrama fath boʻlishi bilan amalga oshdi. Mushriklar toʻp-toʻp boʻlib Allohning diniga kirdilar va musulmonlar bilan doʻst-birodar boʻldilar. Qalblaridagi dushmanlik tuygʻulari ham koʻtarildi.)

  8. 8

    لَّا يَنْهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ لَمْ يُقَٰتِلُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَلَمْ يُخْرِجُوكُم مِّن دِيَٰرِكُمْ أَن تَبَرُّوهُمْ وَتُقْسِطُوٓا۟ إِلَيْهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُقْسِطِينَ

    Laa yanhaakumul laahu 'anil lazeena lam yuqaatilookum fid deeni wa lam yukhrijookum min diyaarikum an tabarroohum wa tuqsitooo ilaihim; innal laaha yuhibbul muqsiteen

    Alloh sizlarni diniy urush qilmagan va diyorlaringizdan quvib chiqarmaganlarga yaxshilik va adolat qilishdan qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi koʻradir.

  9. 9

    إِنَّمَا يَنْهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ قَٰتَلُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَأَخْرَجُوكُم مِّن دِيَٰرِكُمْ وَظَٰهَرُوا۟ عَلَىٰٓ إِخْرَاجِكُمْ أَن تَوَلَّوْهُمْ ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُمْ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    Innamaa yanhaakumul laahu 'anil lazeena qaatalookum fid deeni wa akhrajookum min diyaarikum wa zaaharoo 'alaa ikhraajikum an tawallawhum; wa many yatawallahum faulaaa'ika humuz zaalimoon

    Albatta, Alloh sizlarni diniy urush qiluvchilar, diyoringizdan chiqaruvchilar va chiqarilishingizga yordam berganlarga doʻstlik qilishdan qaytaradir. Ularni doʻst tutganlar zolim kishilardir. [4]

    [4] (Alloh taolo bu oyati karimada moʻmin-musulmonlarni boshqa millat va diyonat vakillari bilan agar ular musulmonlarga diniy adovat ila urush qilmasa va ularni siquvga olib oʻz diyorlaridan chiqarib yuborishga urinmasa, yaxshi aloqada boʻlishga buyurmoqda va ularga nisbatan adolatli boʻlishni taʼkidlamoqda. Ammo kimki musulmonlarga diniy adovat tufayli urush ochsa, ularni diyorlaridan chiqarsa yoki dushmanlariga ularni diyorlaridan chiqarishda yordam bersa, albatta, unday kishilarni doʻst tutib boʻlmaydi. Bu ham ayni adolatdir.)

  10. 10

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا جَآءَكُمُ ٱلْمُؤْمِنَٰتُ مُهَٰجِرَٰتٍۢ فَٱمْتَحِنُوهُنَّ ۖ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَٰنِهِنَّ ۖ فَإِنْ عَلِمْتُمُوهُنَّ مُؤْمِنَٰتٍۢ فَلَا تَرْجِعُوهُنَّ إِلَى ٱلْكُفَّارِ ۖ لَا هُنَّ حِلٌّۭ لَّهُمْ وَلَا هُمْ يَحِلُّونَ لَهُنَّ ۖ وَءَاتُوهُم مَّآ أَنفَقُوا۟ ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ أَن تَنكِحُوهُنَّ إِذَآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ۚ وَلَا تُمْسِكُوا۟ بِعِصَمِ ٱلْكَوَافِرِ وَسْـَٔلُوا۟ مَآ أَنفَقْتُمْ وَلْيَسْـَٔلُوا۟ مَآ أَنفَقُوا۟ ۚ ذَٰلِكُمْ حُكْمُ ٱللَّهِ ۖ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Yaa ayyuhal lazeena aamanoo izaa jaaa'akumul mu'minaatu muhaajiraatin famtah inoohunna Allaahu a'lamu bieemaanihinna fa in 'alimtumoohunna mu'minaatin falaa tarji'oohunna ilal kuffaar; laa hunna hillul lahum wa laa hum uahilloona lahunna wa aatoohum maa anfaqoo wa laa junaaha 'alaikum an tankihoohunna izaaa aataitumoohunna ujoorahunn; wa laa tumsikoo bi 'isamil kawaafiri was'aloo maaa anfaqtum walyas'aloo maaa anfaqoo zaalikum hukmul laahi yahkumu bainakum wallaahu 'aleemun hakeem

    Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga moʻminalar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilib koʻringlar. Alloh ularning iymonini bilguvchidir. Bas, moʻminaliklarini bilsangiz, ularni kofirlarga qaytarib yubormang. Bu(ayol)lar ularga halol emas va ular ham bularga halol boʻlmaslar. Va u(kofir)larga nafaqa qilgan narsalarini beringlar. Va agar u(ayol)larni mahrlarini berib, nikohlab olsangizlar, sizlarga gunoh boʻlmas. Kofir xotinlaringizni nikohlaringizda ushlab turmanglar. Nafaqa qilgan narsalaringizni soʻranglar, ular ham nafaqa qilgan narsalarini soʻrasinlar. Bu, sizlarga Allohning hukmidir. U, orangizda hukm qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatlidir. [5]

    [5] (Dushman tarafdan kelgan har bir kishini ham quchoq ochib kutib olinavermaydi. Chunki, dushman josus yuborishi ham mumkin. Shuning uchun Alloh taolo imtihon qilib koʻrishni amr qilmoqda. Ushbu oyati karima tushguncha musulmonlardan baʼzilari mushrika xotinlari bilan birga yashayotgan edilar. Oyat tushgandan soʻng ularni taloq qildilar.)

  11. 11

    وَإِن فَاتَكُمْ شَىْءٌۭ مِّنْ أَزْوَٰجِكُمْ إِلَى ٱلْكُفَّارِ فَعَاقَبْتُمْ فَـَٔاتُوا۟ ٱلَّذِينَ ذَهَبَتْ أَزْوَٰجُهُم مِّثْلَ مَآ أَنفَقُوا۟ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ أَنتُم بِهِۦ مُؤْمِنُونَ

    Wa in faatakum shai'um min azwaajikum ilal kuffaari fa'aaqabtum fa aatul lazeena zahabat azwaajuhum misla maaa anfaqoo; wattaqul laahal lazeee antum bihee mu'minoon

    Agar ayollaringizdan birortasi kofirlarga oʻtib ketsa, urushda tushirilgan oʻljadan xotini ketib qolganga u nafaqa qilgan miqdorni beringiz. Oʻzingiz iymon keltirgan Allohdan qoʻrqing.

  12. 12

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِذَا جَآءَكَ ٱلْمُؤْمِنَٰتُ يُبَايِعْنَكَ عَلَىٰٓ أَن لَّا يُشْرِكْنَ بِٱللَّهِ شَيْـًۭٔا وَلَا يَسْرِقْنَ وَلَا يَزْنِينَ وَلَا يَقْتُلْنَ أَوْلَٰدَهُنَّ وَلَا يَأْتِينَ بِبُهْتَٰنٍۢ يَفْتَرِينَهُۥ بَيْنَ أَيْدِيهِنَّ وَأَرْجُلِهِنَّ وَلَا يَعْصِينَكَ فِى مَعْرُوفٍۢ ۙ فَبَايِعْهُنَّ وَٱسْتَغْفِرْ لَهُنَّ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Yaaa ayyuhan nabbiyyu izaa jaaa'akal mu'minaau yubaai naka 'alaaa allaa yushrikna billaahi shai 'anw wa laa yasriqna wa laa yazneena wa laa yaqtulna awlaadahunna wa laa yaateena bibuhtaaniny yaftaree nahoo baina aydeehinna wa arjulihinna wa laa ya'seenaka fee ma'roofin fabaayi'hunna wastaghfir lahunnal laaha innnal laaha ghafoorur raheem

    Ey Nabiy! Agar moʻminalar senga Allohga hech narsani shirk keltirmaslik, oʻgʻrilik qilmaslik, zino qilmaslik, bolalarini oʻldirmaslik, qoʻllari va oyoqlari orasidan boʻhton toʻqib keltirmaslik va senga yaxshilik ishda isyon qilmaslikka bayʼat qilib kelsalar, ularning bayʼatini qabul qil. Va Allohdan ularning gunohini kechishni soʻra. Albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi va mehribondir. [6]

    [6] (Ahdnoma (bayʼat) berish — Islom rahbariga oʻzining sodiqligini bayon qilib vaʼda berishdir. Paygʻambar alayhissalom er musulmonlardan avvallari ahdnoma olgan edilar. Ayollardan esa ushbu oyat tushgandan soʻng ola boshlaganlar.)

  13. 13

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَوَلَّوْا۟ قَوْمًا غَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ قَدْ يَئِسُوا۟ مِنَ ٱلْءَاخِرَةِ كَمَا يَئِسَ ٱلْكُفَّارُ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلْقُبُورِ

    Yaaa ayyuhal lazeena amanoo laa tatawallaw qawman ghadibal laahu 'alaihim qad ya'isoo minal aakhirati kamaa ya'isal kuffaaru min as haabil quboor

    Ey, iymon keltirganlar! Allohning gʻazabiga uchragan qavmni doʻst tutmanglar. Kofirlar qabr egalaridan umid uzganlaridek, ular ham oxiratdan umid uzganlar.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com