Sura 59

Hashr

الحَشۡرِ

Al-Hashr · Madaniy · 24 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Sabbaha lillaahi maa fissamaawaati wa maa fil ardi wa Huwal 'Azeezul Hakeem

    Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohni poklab yod etdi. U zot aziyz va hikmatli Zotdir.

  2. 2

    هُوَ ٱلَّذِىٓ أَخْرَجَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ مِن دِيَٰرِهِمْ لِأَوَّلِ ٱلْحَشْرِ ۚ مَا ظَنَنتُمْ أَن يَخْرُجُوا۟ ۖ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُم مَّانِعَتُهُمْ حُصُونُهُم مِّنَ ٱللَّهِ فَأَتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِنْ حَيْثُ لَمْ يَحْتَسِبُوا۟ ۖ وَقَذَفَ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلرُّعْبَ ۚ يُخْرِبُونَ بُيُوتَهُم بِأَيْدِيهِمْ وَأَيْدِى ٱلْمُؤْمِنِينَ فَٱعْتَبِرُوا۟ يَٰٓأُو۟لِى ٱلْأَبْصَٰرِ

    Huwal lazeee akharajal lazeena kafaroo min ahlil kitaabi min diyaarihim li awwalil Hashr; maa zanantum any yakhrujoo wa zannooo annahum maa ni'atuhum husoonuhum minal laahi faataahumul laahu min haisu lam yahtasiboo wa qazafa fee quloobihimur ru'ba yukhriboona bu yootahum bi aydeehim wa aydil mu'mineena fa'tabiroo yaaa ulil absaar

    U zot ahli kitobdan boʻlgan kofirlarni oʻz diyorlaridan birinchi hashr uchun chiqargan Zotdir. Ularni chiqar deb oʻylamagan edingiz. Oʻzlari ham, qoʻrgʻonimiz bizni Alloh(azobi)dan saqlab qolur, deb oʻylashardi. Alloh ular oʻylamagan tarafdan oldi va ularning qalbiga qoʻrqinch soldi. Uylarini oʻz qoʻllari bilan va moʻminlarning qoʻllari bilan buza boshladilar. Ibrat oling, ey, aql egalari! [1]

    [1] (Yahudiylar qoʻrgʻonlariga ishonib, bizga hech qanday yomonlik yetishi mumkin emas, deb xotirlari jam edi. Lekin Alloh taolo ular oʻylamagan, xayollariga kelmagan ishni amr qildi. Qoʻrgʻonlar joyida qolib, yahudiylarning qalblaridan putur ketdi. Alloh ularning qalblariga qoʻrqinch va vahima soldi. Ana shunda, biz koʻchib ketsak, bu qoʻrgʻonlar musulmonlarga qolmasin, deya uylarini oʻzlari buza boshladilar. Musulmonlar qamal davomida binolarga tashqaridan putur yetkazdi. Oqibatda mustahkam qoʻrgʻonlar vayron boʻldi. Bu voqea aqli bor har bir kishiga oʻrnak boʻlarlik bir ogohlantirishdir. Demak, bandasi qanchalik xom xayol qilmasin, Xudoning buyurgani boʻladi.)

  3. 3

    وَلَوْلَآ أَن كَتَبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمُ ٱلْجَلَآءَ لَعَذَّبَهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَهُمْ فِى ٱلْءَاخِرَةِ عَذَابُ ٱلنَّارِ

    Wa law laaa an katabal laahu 'alaihimul jalaaa'a la'azzabahum fid dunyaa wa lahum fil Aakhirati 'azaabun Naar

    Mabodo, Alloh ularga koʻchishni yozmaganda ham, bu dunyoda ularni azoblar edi. Va ularga oxiratda doʻzax azobi bordur. [2]

    [2] (Inson oxiratda bu dunyoda qilgan gunoh amallariga yarasha jazo olishi muqarrar. Yahudiylarning koʻchirilishi, ular uchun nisbatan yengil azobdir.)

  4. 4

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ شَآقُّوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ۖ وَمَن يُشَآقِّ ٱللَّهَ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

    Zaalika bi annahum shaaqqul laaha wa Rasoolahoo wa many yushaaaqqil laaha fa innal laaha shadeedul-'iqaab

    Unday boʻlishi ular Allohga va Uning Rasuliga xilof qilganlari uchundir. Kimki Allohga xilof qilsa (unutmasinki), bas, albatta, Alloh azobi shiddatli Zotdir.

  5. 5

    مَا قَطَعْتُم مِّن لِّينَةٍ أَوْ تَرَكْتُمُوهَا قَآئِمَةً عَلَىٰٓ أُصُولِهَا فَبِإِذْنِ ٱللَّهِ وَلِيُخْزِىَ ٱلْفَٰسِقِينَ

    Maa qata'tum mil leenatin aw taraktumoohaa qaaa'imatan'alaaa usoolihaa fabi iznil laahi wa liyukhziyal faasiqeen

    Sizning xurmoni kesganingiz yoki aslida tik qoldirganingiz, faqat, Allohning izni bilan va buzgʻunchilarni xorlashi uchun boʻldi. [3]

    [3] (Xurmo daraxtining eng yaxshi navi «liynatin» deb ataladi. Oyat tafsirida taʼkidlanganidek, baʼzi xurmo daraxtlarini kesib, baʼzilarining qoldirilishi buzgʻunchilik uchun emas, balki Allohning izni bilan boʻldi. Islom shariatida urush paytida ham oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirish qatʼiyan man qilinadi. Bu boqiy hukmdir. Lekin Bani Naziyr hodisasida Alloh taolo Oʻzi ularni baʼzi xurmo daraxtlarini kesib oʻt qoʻyishga izn bergan.)

  6. 6

    وَمَآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ مِنْهُمْ فَمَآ أَوْجَفْتُمْ عَلَيْهِ مِنْ خَيْلٍۢ وَلَا رِكَابٍۢ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يُسَلِّطُ رُسُلَهُۥ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Wa maaa afaaa'al laahu 'alaaa Rasoolihee minhum famaaa awjaftum 'alaihi min khailiinw wa laa rikaabinw wa laakinnal laaha yusallitu Rusulahoo 'alaa many yashaaa'; wallaahu 'alaa kulli shai'in Qadeer

    Alloh Oʻz Rasuliga ulardan qaytarib bergan narsaga sizlar ot yoki tuya choptirib bormadingiz. Lekin Alloh Oʻz Paygʻambarini, kimning ustidan xohlasa, gʻolib qiladi. Alloh har bir narsaga qodirdir. [4]

    [4] (Bu oyatda Alloh taolo qoʻlga tushgan mol-mulk uchun musulmonlar tuya minib, ot choptirib qiynalmaganlarini, bu narsalarni Paygʻambariga Allohning Oʻzi, Oʻz qudrati bilan berganini eslatmoqda.)

  7. 7

    مَّآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ مِنْ أَهْلِ ٱلْقُرَىٰ فَلِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ كَىْ لَا يَكُونَ دُولَةًۢ بَيْنَ ٱلْأَغْنِيَآءِ مِنكُمْ ۚ وَمَآ ءَاتَىٰكُمُ ٱلرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَىٰكُمْ عَنْهُ فَٱنتَهُوا۟ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

    Maaa afaaa'al laahu 'alaa Rasoolihee min ahlil quraa falillaahi wa lir Rasooli wa lizil qurbaa wal yataamaa walmasaakeeni wabnis sabeeli kai laa yakoona doolatam bainal aghniyaaa'i minkum; wa maaa aataakumur Rasoolu fakhuzoohu wa maa nahaakum 'anhu fantahoo; wattaqul laaha innal laaha shadeedul-'iqaab

    Alloh Oʻz Rasuliga shahar-qishloq ahlidan qaytarib bergan narsa... Allohgadir va Uning Rasuliga va yaqin qarindoshlariga, yetimlarga va miskinlarga va koʻcha oʻgʻillarigadir. Sizlardan boylaringiz orasida aylanadigan narsa boʻlib qolmasligi uchun. Paygʻambar sizga nimani bersa, oʻshani olinglar va nimadan qaytarsa, oʻshandan qaytinglar. Allohdan qoʻrqinglar. Albatta, Alloh azobi zoʻr Zotdir. [5]

    [5] (Alloh taolo yahudiylar qoldirgan mollarni «qaytarilgan mol» deb nomlayapti. Aslida, mol Allohniki, Bani Naziyrga bergan molini endi Paygʻambariga qaytardi. Aslida oʻljalarni jihodda qatnashgan mujohidlarga taqsimlanadi. Ammo bu safar oʻlja urushsiz qoʻlga tushgani uchun ushbu va keyingi oyatda zikri kelgan: Alloh, Allohning Rasuli, Paygʻambar alayhissalomning yaqin qarindoshlari, safarda ogʻir ahvolga tushganlar, yetim, miskin va faqir muhojirlarga taqsimlanmoqda.)

  8. 8

    لِلْفُقَرَآءِ ٱلْمُهَٰجِرِينَ ٱلَّذِينَ أُخْرِجُوا۟ مِن دِيَٰرِهِمْ وَأَمْوَٰلِهِمْ يَبْتَغُونَ فَضْلًۭا مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنًۭا وَيَنصُرُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلصَّٰدِقُونَ

    Lilfuqaraaa'il Muhaaji reenal lazeena ukhrijoo min diyaarihim wa amwaalihim yabtaghoona fadlam minal laahi wa ridwaananw wa yansuroonal laaha wa Rasoolah; ulaaa'ika humus saadiqoon

    Oʻz diyorlaridan va mol-mulklaridan judo qilingan faqir muhojirlargadir. Ular Allohdan fazl va Uning roziligini umid qiladilar. Allohga va Uning Rasuliga yordam beradilar. Oʻshandoq kishilar sodiqdirlar.

  9. 9

    وَٱلَّذِينَ تَبَوَّءُو ٱلدَّارَ وَٱلْإِيمَٰنَ مِن قَبْلِهِمْ يُحِبُّونَ مَنْ هَاجَرَ إِلَيْهِمْ وَلَا يَجِدُونَ فِى صُدُورِهِمْ حَاجَةًۭ مِّمَّآ أُوتُوا۟ وَيُؤْثِرُونَ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ وَلَوْ كَانَ بِهِمْ خَصَاصَةٌۭ ۚ وَمَن يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِۦ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    Wallazeena tabawwa'ud daara wal eemaana min qablihim yuhibboona man haajara ilaihim wa laa yajidoona fee sudoorihim haajatam mimmaa ootoo wa yu'siroona 'alaa anfusihim wa law kaana bihim khasaasah; wa many yooqa shuhha nafsihee fa ulaaa'ika humul muflihoon

    U(muhojir)lardan avval bu joy(Madina)da yashagan va iymonga (ixlos qilganlar). Ular yurtlariga hijrat qilib kelganlarni sevarlar va ularga berilgan narsalarga qalblarida hasad qilmaslar. Va gar oʻzlarining hojatlari boʻlsa ham, ularni oʻzlaridan ustun qoʻyarlar. Kim oʻz nafsining baxilligidan saqlansa, undoq kishilar, ha, oʻshalar yutuvchilardir. [6]

    [6] (Madinalik musulmonlar Paygʻambar alayhissalomga va muhojirlarga yordam berganlari uchun «Ansorlar» deb nomlanganlar. Ushbu oyat ansorlarning insoniyat tarixida misli koʻrilmagan saxovatlariyu odamgarchiliklarini vasf qilmoqda.)

  10. 10

    وَٱلَّذِينَ جَآءُو مِنۢ بَعْدِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَا ٱغْفِرْ لَنَا وَلِإِخْوَٰنِنَا ٱلَّذِينَ سَبَقُونَا بِٱلْإِيمَٰنِ وَلَا تَجْعَلْ فِى قُلُوبِنَا غِلًّۭا لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ رَبَّنَآ إِنَّكَ رَءُوفٌۭ رَّحِيمٌ

    Wallazeena jaaa'oo min ba'dihim yaqooloona Rabbanagh fir lanaa wa li ikhwaani nal lazeena sabqoonaa bil eemaani wa laa taj'al fee quloobinaa ghillalil lazeena aamanoo rabbannaaa innaka Ra'oofur Raheem

    Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan oʻtgan birodarlarimizni magʻfirat qilgin, iymon keltirganlarga qalbimizda nafrat (paydo) qilmagin. Ey Robbimiz, albatta, Sen shafqatli va mehribonsan», derlar. [7]

    [7] (Oyati karimada Islom ummatining avvali bilan oxirini bogʻlab turuvchi ip namoyon boʻlmoqda. Keyin kelgan musulmon avlodi, kim boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻzidan avval oʻlib ketganlarni yaxshilik bilan eslab, ularning haqqiga xayrli duolar qiladilar. Oʻlganlarni soʻkish, ularni xorlash musulmonlarga munosib ish emas. Islom ummatining oʻligiyu, tirigi, avvaliyu oxiri bir xilda eʼzozga loyiqdir.)

  11. 11

    ۞ أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ نَافَقُوا۟ يَقُولُونَ لِإِخْوَٰنِهِمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ لَئِنْ أُخْرِجْتُمْ لَنَخْرُجَنَّ مَعَكُمْ وَلَا نُطِيعُ فِيكُمْ أَحَدًا أَبَدًۭا وَإِن قُوتِلْتُمْ لَنَنصُرَنَّكُمْ وَٱللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ

    Alam tara ilal lazeena naafaqoo yaqooloona li ikhwaanihimul lazeena kafaroo min ahlil kitaabi la'in ukhrijtum lanakhrujanna ma'akum wa laa nutee'u feekum ahadan abadanw-wa in qootiltum lanansuran nakum wallaahu yashhadu innahum lakaaziboon

    Nifoq qilganlarning ahli kitobdan boʻlgan oʻz birodarlariga: «Agar sizlar (diyorlaringizdan) quvilsangiz, biz ham sizlar bilan ketamiz, sizni qoʻyib hech qachon hech kimga itoat qilmasmiz va mabodo sizlarga urush qilinsa, albatta yordam berurmiz», deyishlarini koʻrmaysanmi? [8]

    [8] (Munofiqlar ahli kitob boʻlmish yahudiy qabilasi Bani Naziyrga kelib: «Muhammaddan qoʻrqmanglar, biz sizlar bilan birgamiz. Mabodo oʻz yurtlaringdan chiqib ketishga majbur boʻlsalaringiz, biz ham sizga qoʻshilib chiqib ketamiz. Agar Muhammad sizga qarshi urush qiladigan boʻlsa, biz sizlarga yordam beramiz», deyishgan.)

  12. 12

    لَئِنْ أُخْرِجُوا۟ لَا يَخْرُجُونَ مَعَهُمْ وَلَئِن قُوتِلُوا۟ لَا يَنصُرُونَهُمْ وَلَئِن نَّصَرُوهُمْ لَيُوَلُّنَّ ٱلْأَدْبَٰرَ ثُمَّ لَا يُنصَرُونَ

    La'in ukhrijoo laa yakhrujoona ma'ahum wa la'in qootiloo laa yansuroonahum wa la'in nasaroohum la yuwallunnal adbaara summa laa yunsaroon

    Albatta, agar u(yahudiy)lar chiqarilsalar, (munofiqlar) ular bilan birga chiqmaslar. Va, albatta, agar u(yahudiy)larga (qarshi) urush qilinsa, (munofiqlar) yordam bermaslar. Bordi-yu, yordam berganlarida ham, ortlariga qarab qocharlar va ular yordamsiz qolarlar.

  13. 13

    لَأَنتُمْ أَشَدُّ رَهْبَةًۭ فِى صُدُورِهِم مِّنَ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌۭ لَّا يَفْقَهُونَ

    La antum ashaddu rahbatan fee sudoorihim minal laah; zaalika bi annahum qawmul laa yafqahoon

    Albatta, ularning qalblariga Allohdan koʻra sizlar koʻproq qoʻrqinchli tuyulasizlar. Chunki, ular yaxshi anglamaydigan qavmdir. [9]

    [9] (Munofiqu kofirlar Allohdan koʻra moʻmin-musulmonlardan koʻproq qoʻrqadilar. Agar Allohning Oʻzidangina qoʻrqanlarida edi, munofiq ham, kofir ham boʻlmas edilar.)

  14. 14

    لَا يُقَٰتِلُونَكُمْ جَمِيعًا إِلَّا فِى قُرًۭى مُّحَصَّنَةٍ أَوْ مِن وَرَآءِ جُدُرٍۭ ۚ بَأْسُهُم بَيْنَهُمْ شَدِيدٌۭ ۚ تَحْسَبُهُمْ جَمِيعًۭا وَقُلُوبُهُمْ شَتَّىٰ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌۭ لَّا يَعْقِلُونَ

    Laa yuqaatiloonakum jamee'an illaa fee quram muhas sanatin aw minw waraaa'i judur; baasuhum bainahum shadeed; tahsabuhum jamee'anw-wa quloobuhum shatta; zaalika biannahum qawmul laa ya'qiloon

    Sizlarga qarshi uyushib, ochiq urush qila olmaslar, balki qoʻrgʻon bilan oʻralgan qishloqlarda yoki devorlar ortiga bekinib olib urush qilurlar. Oʻz oralarida adovatlari shiddatli. Ularni bir deb oʻylaysan. Holbuki, qalblari tarqoqdir. Bu hol ularning aql yuritmaydigan qavm ekanliklaridandir. [10]

    [10] (Tabiiyki, ixtiloflar tufayli istaklar, maqsadlar, firqalar va shiorlar koʻpayadi. Bu esa har bir millatni halokatga olib boradi.)

  15. 15

    كَمَثَلِ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ قَرِيبًۭا ۖ ذَاقُوا۟ وَبَالَ أَمْرِهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Kamasalil lazeena min qablihim qareeban zaaqoo wabaala amrihim wa lahum 'azaabun aleem

    Bu, xuddi, yaqinda oʻz qilmishlarining oqibatini tatib koʻrganlarga oʻxshashdir. Va ularga (oxiratda) alamli azoblar bor. [11]

    [11] (Bu oyatda, Bani Naziyr ahli ham xiyonat, isyon tufayli xuddi ulardan avvalgi Bani Qayniqoʼ ahli tushgan holga tushganlari eslatilmoqda.)

  16. 16

    كَمَثَلِ ٱلشَّيْطَٰنِ إِذْ قَالَ لِلْإِنسَٰنِ ٱكْفُرْ فَلَمَّا كَفَرَ قَالَ إِنِّى بَرِىٓءٌۭ مِّنكَ إِنِّىٓ أَخَافُ ٱللَّهَ رَبَّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Kamasalish shaitaani izqaala lil insaanik fur falammaa kafara qaala innee bareee'um minka inneee akhaaful laaha rabbal 'aalameen

    Bu, xuddi, shayton insonga, «kofir boʻl», degan paytga oʻxshaydir. U kufr keltirganda esa: «Sen bilan mening ishim yoʻq, men olamlar Robbi — Allohdan qoʻrqaman», dedi.

  17. 17

    فَكَانَ عَٰقِبَتَهُمَآ أَنَّهُمَا فِى ٱلنَّارِ خَٰلِدَيْنِ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ جَزَٰٓؤُا۟ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Fakaana 'aaqibatahumaaa annahumaa fin naari khaalidaini feehaa; wa zaalika jazaaa'uz zaalimeen

    Bas, ularning oqibatlari bir — albatta, ikkovlari ham doʻzaxda boʻlurlar, u yerda abadiy qolurlar. Va bu zolimlarning jazosidir. [12]

    [12] (Bani Naziyr qabilasi ushbu jonli misol bilan xotima topadi.)

  18. 18

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَلْتَنظُرْ نَفْسٌۭ مَّا قَدَّمَتْ لِغَدٍۢ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

    Yaaa ayyuhal lazeena aamanut taqul laa; waltanzur nafsum maa qaddamat lighadiw wattaqual laah; innal laaha khabeerum bimaa ta'maloon

    Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar! Har kim ertalik kun uchun nima qilganiga nazar solsin. Allohga taqvo qilinglar! Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. [13]

    [13] (Qiyomat nisbatan juda yaqin vaqt, shuning uchun ham u «erta» deyiladi. Demak, har bir inson qiyomat kuni uchun nima ish qilganini oʻylab qoʻyishi kerak.)

  19. 19

    وَلَا تَكُونُوا۟ كَٱلَّذِينَ نَسُوا۟ ٱللَّهَ فَأَنسَىٰهُمْ أَنفُسَهُمْ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ

    Wa laa takoonoo kallazeena nasul laaha fa ansaahum anfusahum; ulaaa'ika humul faasiqoon

    Allohni unutganlarga oʻxshagan boʻlmanglar. U zot ularga oʻz shaxslarini unuttirdi. Undoq kishilar fosiqdirlar. [14]

    [14] (Allohni unutgan odam bu dunyoda uni oliy maqom bilan bogʻlab turuvchi aloqani yoʻqotadi. Uni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan oliy maqsaddan mahrum boʻladi. Va nihoyat, oʻzining insonligini unutadi.)

  20. 20

    لَا يَسْتَوِىٓ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ وَأَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۚ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ

    Laa yastaweee as-haabun naari wa ashaabul jannah; as haabul jannati humul faaa'izoon

    Olov egalari va jannat egalari teng emaslar. Jannat egalari yutuqqa erishganlardir.

  21. 21

    لَوْ أَنزَلْنَا هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ عَلَىٰ جَبَلٍۢ لَّرَأَيْتَهُۥ خَٰشِعًۭا مُّتَصَدِّعًۭا مِّنْ خَشْيَةِ ٱللَّهِ ۚ وَتِلْكَ ٱلْأَمْثَٰلُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

    Law anzalnaa haazal quraana 'alaa jabilil lara aytahoo khaashi'am muta saddi'am min khashiyatil laah; wa tilkal amsaalu nadribuhaa linnaasi la'allahum yatafakkaroon

    Agar ushbu Qurʼonni toqqa tushirganimizda edi, uning Allohdan qoʻrqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini koʻrar eding. Ushbu misollarni odamlarga keltirurmiz, shoyadki, ular fikr yuritsalar.

  22. 22

    هُوَ ٱللَّهُ ٱلَّذِى لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ۖ هُوَ ٱلرَّحْمَٰنُ ٱلرَّحِيمُ

    Huwal-laahul-lazee laaa Ilaaha illaa Huwa 'Aalimul Ghaibi wash-shahaada; Huwar Rahmaanur-Raheem

    U — Alloh Undan oʻzga iloh yoʻq Zotdir. U gʻoyibni ham, oshkorni ham biluvchidir. U mehribon va rahimlidir.

  23. 23

    هُوَ ٱللَّهُ ٱلَّذِى لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْمَلِكُ ٱلْقُدُّوسُ ٱلسَّلَٰمُ ٱلْمُؤْمِنُ ٱلْمُهَيْمِنُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْجَبَّارُ ٱلْمُتَكَبِّرُ ۚ سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    Huwal-laahul-lazee laaa Ilaaha illaa Huwal-Malikul Quddoosus-Salaamul Muminul Muhaiminul-'aAzeezul Jabbaarul-Mutakabbir; Subhaanal laahi 'Ammaa yushrikoon

    U — Alloh Undan oʻzga iloh yoʻq Zotdir. U — Malik, U — Quddus, U — Salom, U — Muʼmin, U — Muhaymin, U — Aziyz, U — Jabbor, U — Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir. [15]

    [15] (Malik — haqiqiy egadir, Undan oʻzga ega yoʻq. Shuning uchun bandalar faqat unga qul boʻladilar. Quddus — barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan pok. Mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning Oʻzigagina xosdir. Salom — nuqsonlardan salomat, shuningdek, tinchlik-xotirjamlik va rohat beruvchi zot. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi. Moʻmin — iymon va omonlikni beruvchi. Muhaymin — hamma narsani qamrab oluvchi, yaʼni Alloh bandalarning barcha holatlarining guvohi boʻlib turadi, undan hech narsa maxfiy qolmaydi. Aziz — barchaning ustidan gʻolib. Jabbor — oliy qadar, ulugʻ, Uning oldida oʻzgalar oʻzini xor tutadi. Mutakabbir — kibiryosi va ulugʻligi mubolagʻali zot.)

  24. 24

    هُوَ ٱللَّهُ ٱلْخَٰلِقُ ٱلْبَارِئُ ٱلْمُصَوِّرُ ۖ لَهُ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ يُسَبِّحُ لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Huwal Laahul Khaaliqul Baari 'ul Musawwir; lahul Asmaaa'ul Husnaa; yusabbihu lahoo maa fis samaawaati wal ardi wa Huwal 'Azeezul Hakeem

    U — Alloh — Xoliq, Boriʼ, Musovvirdur. Barcha goʻzal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Yana U — Aziyz va Hakiymdir. [16]

    [16] (Xoliq — yaratuvchi. Bariʼu — yoʻqdan bor qiluvchi. Musavvir — maxluqotlarning suvratini shakllantiruvchi zot. Dunyodagi barcha chiroyli ismlar Allohnikidir. Hadisi sharifda Allohning toʻqson toʻqqizta chiroyli ismi zikr qilingan. Osmonda boʻlsin, yerda boʻlsin, dunyodagi barcha narsalar Alloh taoloni poklab yod etadi, lekin biz ularning tasbihini tushunmaymiz. U Alloh gʻolibdir va hakim-barcha ishlarni hikmat bilan qiluvchi Zotdir.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com