Sura 58
Mujodala
المُجَادلَةِ
Al-Mujadila · Madaniy · 22 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
قَدْ سَمِعَ ٱللَّهُ قَوْلَ ٱلَّتِى تُجَٰدِلُكَ فِى زَوْجِهَا وَتَشْتَكِىٓ إِلَى ٱللَّهِ وَٱللَّهُ يَسْمَعُ تَحَاوُرَكُمَآ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌۢ بَصِيرٌ
Qad sami'al laahu qawlal latee tujaadiluka fee zawjihaa wa tashtakeee ilal laahi wallaahu yasma'u tahaawurakumaa; innal laaha samee'um baseer
Albatta, Alloh sen bilan oʻz eri haqida tortishayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan(ayol)ning soʻzini eshitdi. Ha, Alloh ikkovingizning gaplashuvingizni eshitmoqda. Albatta, Alloh eshituvchi va koʻruvchidir. [1]
[1] (Yaʼni, Alloh taolo uy ichida, Paygʻambar alayhissalom bilan pichirlashib gaplashgan Havla Binti Saʼlabaning soʻzlarini eshitgandek, dunyoda boʻlayotgan barcha ishlarni koʻrib turadi. Uning uchun hech bir narsa maxfiy emasdur.)
- 2
ٱلَّذِينَ يُظَٰهِرُونَ مِنكُم مِّن نِّسَآئِهِم مَّا هُنَّ أُمَّهَٰتِهِمْ ۖ إِنْ أُمَّهَٰتُهُمْ إِلَّا ٱلَّٰٓـِٔى وَلَدْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَيَقُولُونَ مُنكَرًۭا مِّنَ ٱلْقَوْلِ وَزُورًۭا ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌۭ
Allazeena yuzaahiroona minkum min nisaaa'ihim maa hunnaa ummahaatihim in ummahaatuhum illal laaa'ee waladnahum; wa innaahum la yaqooloona munkaram minal qawli wa zooraa; wa innal laaha la'afuwwun ghafoor
Ichlaringizda oʻz xotinlaridan zihor qiladiganlar (bilib qoʻysinlarki), ular alarning onalari emas. Tuqqan onalaridan oʻzga hech kim ularga ona emaslar. Va, albatta, ular inkor qilingan va gʻirt yolgʻon soʻzlarni ayturlar. Va, albatta, Alloh kechiruvchi va magʻfirat qiluvchidir.
- 3
وَٱلَّذِينَ يُظَٰهِرُونَ مِن نِّسَآئِهِمْ ثُمَّ يَعُودُونَ لِمَا قَالُوا۟ فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍۢ مِّن قَبْلِ أَن يَتَمَآسَّا ۚ ذَٰلِكُمْ تُوعَظُونَ بِهِۦ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌۭ
Wallazeena yuzaahiroona min nisaaa'ihim summa ya'oodoona limaa qaaloo fatabreeru raqabatim min qabli any-yatamaaassaa; zaalikum too'azoona bih; wallaahu bimaa ta'maloona khabeer
Xotinlardan zihor qilganlar oʻz aytganlaridan qaytsalar, (qayta) qoʻshilmaslaridan avval bir qul ozod qilsinlar. Bu (hukm) vaʼzlanishingiz uchundir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.
- 4
فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ مِن قَبْلِ أَن يَتَمَآسَّا ۖ فَمَن لَّمْ يَسْتَطِعْ فَإِطْعَامُ سِتِّينَ مِسْكِينًۭا ۚ ذَٰلِكَ لِتُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ۚ وَتِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ۗ وَلِلْكَٰفِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Famal lam yajid fa siyaamu shahraini mutataabi'ayni min qabli any-yatamaaassaa famal lam yastati' fa-it'aamu sitteena miskeena; zaalika litu'minoo billaahi wa rasoolih'wa tilka hudoodul laah; wa lilkaafireena 'azaabun aleem
Kim (qul) topmasa, bas (qayta) qoʻshilmasdan avval ikki oy ketma-ket roʻza tutsin. Kim (roʻza tutishga) qodir boʻlmasa, oltmish miskinni toʻygʻazsin. Bu (hukm) Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz uchundir. Va bu(hukm)lar Allohning chegaralaridir. Va kofirlarga alamli azob bor.
- 5
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُحَآدُّونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ كُبِتُوا۟ كَمَا كُبِتَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ وَقَدْ أَنزَلْنَآ ءَايَٰتٍۭ بَيِّنَٰتٍۢ ۚ وَلِلْكَٰفِرِينَ عَذَابٌۭ مُّهِينٌۭ
Innal lazeena yuhaaaddoonal laaha wa Rasoolahoo kubitoo kamaa kubital lazeena min qablihim; wa qad anzalnaaa aayaatim baiyinaat; wa lilkaa fireena 'azaabum muheen
Albatta, Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiladiganlar, ulardan avvalgilar xor boʻlganidek, xor boʻlurlar. Holbuki, batahqiq, Biz ochiq-oydin oyatlarni tushirib qoʻyganmiz. Va kofirlarga xorlovchi azob bor.
- 6
يَوْمَ يَبْعَثُهُمُ ٱللَّهُ جَمِيعًۭا فَيُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوٓا۟ ۚ أَحْصَىٰهُ ٱللَّهُ وَنَسُوهُ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ شَهِيدٌ
Yawma yab'asuhumul laahu jamee'an fayunabbi'uhum bimaa 'amiloo; ahsaahul laahu wa nasooh; wallaahu 'alaa kulli shai'in shaheed
Alloh barchalarini qayta tiriltiradigan kunda, qilgan ishlarining xabarini berur. Alloh hisoblab turgan, ular esa unutganlar. Holbuki, Alloh har bir narsaga shohiddir.
- 7
أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ مَا يَكُونُ مِن نَّجْوَىٰ ثَلَٰثَةٍ إِلَّا هُوَ رَابِعُهُمْ وَلَا خَمْسَةٍ إِلَّا هُوَ سَادِسُهُمْ وَلَآ أَدْنَىٰ مِن ذَٰلِكَ وَلَآ أَكْثَرَ إِلَّا هُوَ مَعَهُمْ أَيْنَ مَا كَانُوا۟ ۖ ثُمَّ يُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوا۟ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ
Alam tara annal laaha ya'lamu maa fis samaawaati wa maa fil ardi maa yakoonu min najwaa salaasatin illaa Huwa raabi'uhum wa laa khamsatin illaa huwa saadisuhum wa laaa adnaa min zaalika wa laaa aksara illaa huwa ma'ahum ayna, maa kaanoo summa yunabbi'uhum bimaa 'amiloo yawmal qiyaamah; innal laaha bikulli shai'in aleem
Albatta, Alloh osmonlaru yerdagi barcha narsalarni bilishini anglamadingmi? Agar uchtaning sirli soʻzlashuvi boʻlsa, albatta, U zot toʻrtinchidir. Beshtaniki boʻlsa, U zot oltinchidir. Bundan oz boʻlsa ham, koʻp boʻlsa ham va qayerda boʻlsalar ham, albatta, Alloh ular bilandir. Soʻng qiyomat kunida ularga qilgan ishlaridan xabar beradir. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir.
- 8
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ نُهُوا۟ عَنِ ٱلنَّجْوَىٰ ثُمَّ يَعُودُونَ لِمَا نُهُوا۟ عَنْهُ وَيَتَنَٰجَوْنَ بِٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ وَمَعْصِيَتِ ٱلرَّسُولِ وَإِذَا جَآءُوكَ حَيَّوْكَ بِمَا لَمْ يُحَيِّكَ بِهِ ٱللَّهُ وَيَقُولُونَ فِىٓ أَنفُسِهِمْ لَوْلَا يُعَذِّبُنَا ٱللَّهُ بِمَا نَقُولُ ۚ حَسْبُهُمْ جَهَنَّمُ يَصْلَوْنَهَا ۖ فَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ
Alam tara ilal lazeena nuhoo 'anin najwaa summa ya'oodoona limaa nuhoo 'anhu wa yatanaajawna bil ismi wal'udwaani wa ma'siyatir rasooli wa izaa jaaa'ooka haiyawka bimaa lam yuhai yika bihil laahu wa yaqooloona fee anfusihim law laa yu'azzibunal laahu bimaa naqool; hasbuhum jahannnamu yaslawnahaa fabi'sal maseer
Sirli soʻzlashuvdan qaytarilganlarni koʻrmadingmi?! Man etilgan ishga yana qayturlar, gunoh va dushmanlik ila va Paygʻambarga osiy boʻlib, sirli soʻzlarlar. Va huzuringga kelsalar, sen bilan Alloh oʻrgatmagan tarzda soʻrashurlar. Va ichlarida, shu gapimiz uchun Alloh bizni azoblamasa edi, derlar. Ularga jahannam kifoyadir, unga kirurlar. U qandoq ham yomon joy! [2]
[2] (Yahudiylar har bir narsada hiyla ishlatib, Rasulullohga va musulmonlarga yomonlik qilishning payida boʻlardilar. Hattoki ular salomlashish paytida ham «As-Salomu alaykum (sizga tinchlik boʻlsin)» deyish oʻrniga, «As-Somu alaykum (sizga oʻlim boʻlsin)» deb sezilmaydigan qilib aytishardi.)
- 9
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا تَنَٰجَيْتُمْ فَلَا تَتَنَٰجَوْا۟ بِٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ وَمَعْصِيَتِ ٱلرَّسُولِ وَتَنَٰجَوْا۟ بِٱلْبِرِّ وَٱلتَّقْوَىٰ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ
Yaaa ayyuhal lazeena aamanoo izaa tanaajaytum falaa tatanaajaw bil ismi wal 'udwaani wa ma'siyatir rasooli wa tanaajaw bil birri wattaqwaa wattaqul laahal lazeee ilaihi tuhsharoon
Ey, iymon keltirganlar! Qachon sirli suhbat qilsangiz, gunoh, dushmanlik va Paygʻambarga maʼsiyatga sirli suhbat qilmangiz. Yaxshilik va taqvoga sirli suhbat qilingiz. Huzuriga toʻplanib boradiganingiz Allohga taqvo qilingiz. [3]
[3] (Musulmonlar oʻzaro suhbatlarida doimo bir-birlarini yaxshilikka va taqvoga chorlashlari lozim. Afsuski, hozir bu qurʼoniy taʼlimotlar bizning oramizdan yoʻqolgan. Oʻzaro suhbatlar yolgʻon, boʻhton, tuhmat va gʻiybatdan iborat boʻlib qolmoqda. Bu esa musulmonlarning na odobiga, na shaʼniga toʻgʻri keladi.)
- 10
إِنَّمَا ٱلنَّجْوَىٰ مِنَ ٱلشَّيْطَٰنِ لِيَحْزُنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَلَيْسَ بِضَآرِّهِمْ شَيْـًٔا إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ
Innaman najwaa minash shaitaani liyahzunal lazeena aamanoo wa laisa bidaaarrihim shai'an illaa bi-iznil laah; wa 'alal laahi falyatawakkalil mu'minoon
Albatta, iymonlilarni ranjitish uchun qilingan sirli suhbat shaytondandur, Allohning izni bilan qilingan sirli suhbatgina ularga hech zarar yetkazmas. Moʻminlar Allohning Oʻziga tavakkal qilsinlar. [4]
[4] (Odatda ikkita-ikkita yoki koʻproq boʻlib olib, jamoatdan ajrab pichir-pichir qilib gaplashish koʻrib turganlar qalbiga shubha soladi. «Bizdan berkitib bular nimaningdir maslahatini qilishayotgan ekan», degan xayolga olib boradi. Buning ustiga, shayton: «Sening zararingga maslahat qilishyapti, boʻlmasa oshkora gapirishardi», deb vasvasa qiladi. Shunday qilib, qarabsizki, jamiyat aʼzolari ichida bir-biriga ishonchsizlik yuzaga keladi.)
- 11
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا قِيلَ لَكُمْ تَفَسَّحُوا۟ فِى ٱلْمَجَٰلِسِ فَٱفْسَحُوا۟ يَفْسَحِ ٱللَّهُ لَكُمْ ۖ وَإِذَا قِيلَ ٱنشُزُوا۟ فَٱنشُزُوا۟ يَرْفَعِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنكُمْ وَٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ دَرَجَٰتٍۢ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌۭ
Yaaa ayyuhal lazeena aamanoo izaa qeela lakum tafassahoo fil majaalisi fafsahoo yafsahil laahu lakum wa izaa qeelan shuzoo fanshuzoo yarfa'il laahul lazeena aamanoo minkum wallazeena ootul 'ilma darajaat; wallaahu bimaa ta'maloona khabeer
Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga majlislarda «Siljibroq oʻtiring» deyilsa, bas, siljing, agar «Turing» deyilsa, turing. Alloh sizlardan iymon keltirganlarning va ilm berilganlarning darajalarini koʻtaradir. Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir. [5]
[5] (Musulmonlar Paygʻambar alayhissalom majlislarida iymon va ilm olardilar. Shuning uchun ham hamma katta qiziqish bilan, iloji boricha, u zotga yaqinroq oʻtirishni xohlardi. Ushbu oyat nozil boʻlgach, ilm olish majlisini hammaga keng targʻib qilish zarurligi eslatilib, majlis ahlining barchasiga joy berishni yoʻlga qoʻyishga daʼvat etildi.)
- 12
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا نَٰجَيْتُمُ ٱلرَّسُولَ فَقَدِّمُوا۟ بَيْنَ يَدَىْ نَجْوَىٰكُمْ صَدَقَةًۭ ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌۭ لَّكُمْ وَأَطْهَرُ ۚ فَإِن لَّمْ تَجِدُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌ
Yaaa ayyuhal lazeena aamanooo izaa naajitumur Rasoola faqaddimoo baina yadai najwaakum sadaqah; zaalika khairul lakum wa athar; fa il lam tajidoo fa innal laaha ghafoorur Raheem
Ey, iymon keltirganlar! Agar Paygʻambar bilan sirli suhbat qilmoqchi boʻlsangiz, sirli suhbatingizdan avval sadaqa bering. Shundoq qilmogʻingiz oʻzingiz uchun yaxshiroqdir va (qalbingiz uchun) pokroqdir. Agar (sadaqaga narsa) topmasangiz, albatta Alloh kechiruvchi va rahimlidir. [6]
[6] (Paygʻambar alayhissalom bilan munojot (suhbat) qilishdan avval sadaqa berishga daʼvat etilgan buyruqning bir necha hikmatlari bor. Paygʻambar alayhissalomning vaqtlarini bekor ketkazmaslik; kambagʻallarga foyda boʻlishi; muxlis va munofiqlarni ajratish va hokazo.)
- 13
ءَأَشْفَقْتُمْ أَن تُقَدِّمُوا۟ بَيْنَ يَدَىْ نَجْوَىٰكُمْ صَدَقَٰتٍۢ ۚ فَإِذْ لَمْ تَفْعَلُوا۟ وَتَابَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمْ فَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ۚ وَٱللَّهُ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ
'A-ashfaqtum an tuqaddimoo baina yadai najwaakum sadaqaat; fa-iz lam taf'aloo wa taabal laahu 'alaikum fa aqeemus Salaata wa aatuz Zakaata wa atee'ul laaha wa rasoolah; wallaahu khabeerum bimaa ta'maloon
Sizlarga sirli suhbatingizdan avval sadaqa berish ogʻir keldimi? Agar (buyruqni) bajarmasangiz, (mayli) Alloh afv qildi. Bas, namoz oʻqingiz va zakot beringiz. Va Allohga va Uning Paygʻambariga itoat qilingiz. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir. [7]
[7] (Alloh taolo avvalgi hukmini bekor qilmasa yoki undan ham ogʻirroq hukmni joriy qilsa boʻlaverar edi. Lekin Alloh taolo oʻzini unutib qoʻygan baʼzi kishilarni ogohlantirib boʻlgach, yana koʻpchilikka rahm qilib, avvalgi Oʻz hukmini bekor qildi.)
- 14
۞ أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ تَوَلَّوْا۟ قَوْمًا غَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مَّا هُم مِّنكُمْ وَلَا مِنْهُمْ وَيَحْلِفُونَ عَلَى ٱلْكَذِبِ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
Alam tara ilal lazeena tawallaw qawman ghadibal laahu 'alaihim maa hum minkum wa laa minhum wa yahlifoona 'alal kazibi wa hum ya'lamoon
Allohning gʻazabiga duchor boʻlgan qavmni doʻst tutganlarni koʻrmaysanmi? Ular sizlardan ham emas, ulardan ham emas. Bilib turib, yolgʻonga qasam icharlar.
- 15
أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُمْ عَذَابًۭا شَدِيدًا ۖ إِنَّهُمْ سَآءَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
A'addal laahu lahum 'azaaban shadeedan innahum saaa'a maa kaanoo ya'maloon
Alloh ular uchun ogʻir azobni tayyorlagan. Ularning qilayotgan ishlari naqadar yomon!
- 16
ٱتَّخَذُوٓا۟ أَيْمَٰنَهُمْ جُنَّةًۭ فَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ فَلَهُمْ عَذَابٌۭ مُّهِينٌۭ
Ittakhazooo aymaanahum junnatan fasaddoo 'an sabeelil laahi falahum 'azaabum muheen
Ular qasamlarini oʻzlari uchun qalqon qilib oldilar. Bas, Allohning yoʻlidan toʻsdilar. Ularga xorlovchi azob bordir!
- 17
لَّن تُغْنِىَ عَنْهُمْ أَمْوَٰلُهُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُهُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ
Lan tughniya 'anhum amwaaluhum wa laaa awladuhum minal laahi shai'aa; ulaaa 'ika As haabun Naari hum feehaa khaalidoon
Mollari ham, bolalari ham ulardan Alloh(azobi)dan hech narsani qaytara olmas. Ana oʻshalar doʻzax ahlidurlar. Ular unda abadiy qolurlar.
- 18
يَوْمَ يَبْعَثُهُمُ ٱللَّهُ جَمِيعًۭا فَيَحْلِفُونَ لَهُۥ كَمَا يَحْلِفُونَ لَكُمْ ۖ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ عَلَىٰ شَىْءٍ ۚ أَلَآ إِنَّهُمْ هُمُ ٱلْكَٰذِبُونَ
Yawma yab'asuhumul laahujamee'an fa yahlifoona lahoo kamaa yahlifoona lakum wa yahsaboona annahum 'alaa shai'; alaaa innahum humul kaaziboon
Alloh ularning barchasini qayta tiriltiradigan kunda, xuddi sizlarga qasam ichganlaridek, Unga ham qasam icharlar, va biror narsaga erishamiz, deb oʻylarlar. Ayo, ogoh boʻling, ular, ha, ular yolgʻonchidirlar.
- 19
ٱسْتَحْوَذَ عَلَيْهِمُ ٱلشَّيْطَٰنُ فَأَنسَىٰهُمْ ذِكْرَ ٱللَّهِ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ حِزْبُ ٱلشَّيْطَٰنِ ۚ أَلَآ إِنَّ حِزْبَ ٱلشَّيْطَٰنِ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ
Istahwaza 'alaihimush shaitaanu fa ansaahum zikral laah; ulaaa'ika hizbush shaitaaan; alaaa innaa hizbash shaitaani humul khaasiroon
Shayton ularni egallab olgan va Allohning zikrini unuttirgan. Undoq kishilar shayton firqasidandirlar. Ayo, ogoh boʻlinglar, shayton firqasidagilar, ha, oʻshalar yutqazuvchidirlar. [8]
[8] («Bandanni shayton egallab olishining alomati shulki, uni sirtini yaltiroq qilish bilan mashgʻul qilib qoʻyadi. Yaxshi yeyish, yaxshi ichimlik ichish, yaxshi liboslar kiyishga urintirib, Allohning neʼmatlariga shukr keltirishdan chalgʻitadi. Tilida yolgʻon, boʻhton va gʻiybatni gapiradi-yu, Allohning zikrini unutadi».)
- 20
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُحَآدُّونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ أُو۟لَٰٓئِكَ فِى ٱلْأَذَلِّينَ
Innal lazeena yuhaaaddoonal laaha wa Rasoolahooo ulaaa'ika fil azalleen
Albatta, Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilar xor boʻlganlardandir.
- 21
كَتَبَ ٱللَّهُ لَأَغْلِبَنَّ أَنَا۠ وَرُسُلِىٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِىٌّ عَزِيزٌۭ
Katabal laahu la aghlibanna ana wa Rusulee; innal laaha qawiyyun 'Azeez
Alloh: «Men va Mening Rasullarim gʻalaba qilamiz», deb hukm qilgan. Albatta, Alloh quvvatli va gʻolibdir.
- 22
لَّا تَجِدُ قَوْمًۭا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ يُوَآدُّونَ مَنْ حَآدَّ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَلَوْ كَانُوٓا۟ ءَابَآءَهُمْ أَوْ أَبْنَآءَهُمْ أَوْ إِخْوَٰنَهُمْ أَوْ عَشِيرَتَهُمْ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ كَتَبَ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلْإِيمَٰنَ وَأَيَّدَهُم بِرُوحٍۢ مِّنْهُ ۖ وَيُدْخِلُهُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ رَضِىَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا۟ عَنْهُ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ حِزْبُ ٱللَّهِ ۚ أَلَآ إِنَّ حِزْبَ ٱللَّهِ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ
Laa tajidu qawmany yu'minoona billaahi wal yawmil aakhiri yuwaaaddoona man haaaddal laaha wa Rasoolahoo wa law kaanooo aabaaa'ahum aw abnaaa'ahum aw ikhwaa nahum aw 'asheeratahum; ulaaa'ika kataba fee quloobihi mul eemaana wa ayyadahum biroohimminhu wa yudkhilu hum jannatin tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa; radiyal laahu 'anhum wa radoo 'anh; ulaaa 'ika hizbul laah; alaaa inna hizbal laahi humul muflihoon
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Alloh va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilarga doʻstlik qilganlarini topmassan. Hatto, u(dushman)lar oʻz otalari, bolalari, aka-ukalari yoki qarindoshlari boʻlsa ham. Alloh undoq kishilarning qalblarida iymonni sobit qilgan, ularni Oʻz huzuridan bir ruh bilan qoʻllagandir. Va ularni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular unda abadiy qolurlar. Alloh ulardan rozi boʻlur. Ular Allohdan rozi boʻlurlar. Unday kishilar Allohning firqasidandirlar. Ayo, ogoh boʻlinglar, albatta, Allohning firqasidagilar, ha, oʻshalar yutuvchilardir. [9]
[9] (Allohning rizoligini topish... Kimki yaratgan Robbisi rizoligini topmas ekan, mabodo uning iymoni saqlab qolmasa, bu yolgʻonchi dunyoda umri aldanish bilan, oxiratda esa faqat azobga duchor boʻlish bilan intiho topadi.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
