Sura 57

Hadid

الحَدِيدِ

Al-Hadid · Madaniy · 29 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Sabbaha lillaahi maa fissamaawaati wal ardi wa Huwal 'Azeezul Hakeem

    Osmonlardagi va yerdagi narsalar Allohga tasbih aytdi. U zot Aziyz va Hakiymdir.

  2. 2

    لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ

    Lahoo mulkus samaawaati wal ardi yuhyee wa yumeetu wa Huwa 'alaa kulli shai'in Qadeer

    Osmonlaru yerning mulki Unikidir. U tiriltirur va oʻldirur va U har bir narsaga qodirdir.

  3. 3

    هُوَ ٱلْأَوَّلُ وَٱلْءَاخِرُ وَٱلظَّٰهِرُ وَٱلْبَاطِنُ ۖ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

    Huwal Awwalu wal'Aakhiru waz Zaahiru wal Baatinu wa huwa bikulli shai'in Aleem

    U avval va oxir, oshkor va pinhondir. Va U har bir narsani biluvchidir. [1]

    [1] («Avval» — U barcha mavjudotlar yoʻqligida bor edi. «Oxir» — U hamma narsa yoʻq boʻlib ketganda ham Oʻzi qoladi. «Oshkor» — Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. «Zohir» — U hamma narsadan-ustundir. «Pinhon» — U koʻzga koʻrinmaydi. Hammadan pinhon — maxfiy narsalarni bilib turuvchidir.)

  4. 4

    هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍۢ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۚ يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنزِلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا ۖ وَهُوَ مَعَكُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌۭ

    Huwal lazee khalaqas samaawaati wal arda fee sittati ayyaamin summas tawaa 'alal 'Arsh; ya'lamu maa yaliju filardi wa maa yakhruju minhaa wa maa yanzilu minas samaaa'i wa maa ya'ruju feeha wa Huwa ma'akum ayna maa kuntum; wallaahu bimaa ta'maloona Baseer

    U osmonlaru yerni olti kunda yaratib, soʻngra (Zoti va ulugʻligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Yerga nima kirganini ham, undan nima chiqqanini ham, osmondan nima tushganini ham, unga nima chiqqanini ham biladir. U, qayerda boʻlsangiz ham, siz bilan birga. Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir. [2]

    [2] («Istivo» lugʻatda koʻtarilish, oʻrnashish va egallash maʼnolarini bildiradi. Lekin Allohga nisbatan bu maʼnolarni biz tushunganday holatda ishlatib boʻlmaydi. Shuning uchun, hamma narsani yaratgandan soʻng, Alloh ularni Oʻzining tasarrufiga oldi, deb sharhlanadi.)

  5. 5

    لَّهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ

    Lahoo mulkus samaawaati wal ard; wa ilal laahi turja'ul umoor

    Osmonlaru yerning mulki Unikidir va barcha ishlar Allohning Oʻzigagina qaytadir.

  6. 6

    يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ ۚ وَهُوَ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Yoolijul laila fin nahaari wa yoolijun nahaara fil lail; wa Huwa 'Aleemum bizaatis sudoor

    Kechasini kunduzga kiritadi, kunduzni kechasiga kiritadi va U koʻksingizdagi narsani ham yaxshi biluvchidir.

  7. 7

    ءَامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَأَنفِقُوا۟ مِمَّا جَعَلَكُم مُّسْتَخْلَفِينَ فِيهِ ۖ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنكُمْ وَأَنفَقُوا۟ لَهُمْ أَجْرٌۭ كَبِيرٌۭ

    Aaaminoo billaahi wa Rasoolihee wa anfiqoo mimmaa ja'alakum mustakh lafeena feehi fallazeena aamanoo minkum wa anfaqoo lahum ajrun kabeer

    Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiringlar hamda sizlarni xalifa qilib qoʻygan narsalardan ehson qilinglar. Bas, sizlardan iymon keltirgan va ehson qilganlarga ulkan ajr bordir.

  8. 8

    وَمَا لَكُمْ لَا تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ ۙ وَٱلرَّسُولُ يَدْعُوكُمْ لِتُؤْمِنُوا۟ بِرَبِّكُمْ وَقَدْ أَخَذَ مِيثَٰقَكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

    Wa maa lakum laa tu'minoona billaahi war Rasoolu yad'ookum lituu'minoo bi Rabbikum wa qad akhaza meesaaqakum in kuntum mu'mineen

    Sizlarga nima boʻldiki, Allohga iymon keltirmaysizlar? Holbuki, Paygʻambar sizlarni Robbilaringizga iymon keltirishga chaqirib turibdi. U zot sizlardan ahd olgan edi. Agar iymon keltiruvchi boʻlsalaringiz. [3]

    [3] (Yaʼni, Agar sizlar oʻzi biror narsaga ishonuvchi boʻlsalaringiz, nima uchun Allohga ishonmayapsizlar. Holbuki, orangizda Paygʻambar yurib, sizni Parvardigoringizga iymon keltirishga chaqirib turibdi.)

  9. 9

    هُوَ ٱلَّذِى يُنَزِّلُ عَلَىٰ عَبْدِهِۦٓ ءَايَٰتٍۭ بَيِّنَٰتٍۢ لِّيُخْرِجَكُم مِّنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ بِكُمْ لَرَءُوفٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Huwal lazee yunazzilu 'alaa 'abdiheee Aayaatim baiyinaatil liyukhrijakum minaz zulumaati ilan noor; wa innal laaha bikum la Ra'oofur Raheem

    U zot sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun Oʻz bandasiga ravshan oyatlarni tushiradi. Va, albatta, Alloh sizlarga shafqatli va rahimlidir.

  10. 10

    وَمَا لَكُمْ أَلَّا تُنفِقُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلِلَّهِ مِيرَٰثُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ لَا يَسْتَوِى مِنكُم مَّنْ أَنفَقَ مِن قَبْلِ ٱلْفَتْحِ وَقَٰتَلَ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ أَعْظَمُ دَرَجَةًۭ مِّنَ ٱلَّذِينَ أَنفَقُوا۟ مِنۢ بَعْدُ وَقَٰتَلُوا۟ ۚ وَكُلًّۭا وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌۭ

    Wa maa lakum allaa tunfiqoo fee sabeelil laahi wa lillaahi meeraasus samaawaati wal-ard; laa yastawee minkum man anfaqa min qablil fat-hi wa qaatal; ulaaaika a'zamu darajatam minal lazeena anfaqoo mim ba'du wa qaataloo; wa kullanw wa'adallaahul husnaa; wallaahu bimaa ta'maloona Khabeer

    Sizlarga nima boʻldiki, Allohning yoʻlida ehson qilmaysizlar? Holbuki, osmonlaru yerning merosi Allohnikidir. Sizlardan hech kim fathdan ilgari ehson qilganlarga va urushda qatnashganlarga barobar boʻla olmas. Ularning darajalari fathdan soʻng ehson qilganlardan va urushda qatnashganlardan koʻra ulugʻdir. Alloh barchaga yaxshilikni vaʼda qilgan. Va Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir. [4]

    [4] (Oyatdagi «Fath» soʻzi Makkai Mukarramani Paygʻambar alayhissalom boshliq musulmonlar Madinai Munavvaradan kelib mushriklardan ozod qilish maʼnosida aytilgan.)

  11. 11

    مَّن ذَا ٱلَّذِى يُقْرِضُ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًۭا فَيُضَٰعِفَهُۥ لَهُۥ وَلَهُۥٓ أَجْرٌۭ كَرِيمٌۭ

    man zal lazee yuqridul laaha qardan hasanan fa yudaa'ifahoo lahoo wa lahooo ajrun kareem

    Allohga yaxshi qarz beradigan kishi bormi?! Bas, U zot unga bir necha marta koʻpaytirib qaytaradi va unga karamli ajr bor. [5]

    [5] (Alloh taolo Oʻz dini yoʻlida sarflanadigan molu mulkni unga berilgan «yaxshi qarz»ga, yaʼni oraga sudxoʻrlik va boshqa gʻarazlar qoʻshilmagan qarzga oʻxshatmoqda. Bunda ehson, infoq qilishga katta targʻib bordir. Chunki qarzni muhtojlar oladi, Alloh esa hech narsaga muhtojligi yoʻq, balki barchaning Unga muhtojligi bor Zotdir. )

  12. 12

    يَوْمَ تَرَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ يَسْعَىٰ نُورُهُم بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَبِأَيْمَٰنِهِم بُشْرَىٰكُمُ ٱلْيَوْمَ جَنَّٰتٌۭ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Yawma taral mu'mineena walmu'minaati yas'aa nooruhum baina aydeehim wa biaymaanihim bushraakumul yawma jannaatun tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feeha; zaalika huwal fawzul 'azeem

    Moʻmin va moʻminalarni ularning oldilarida va oʻng taraflarida nurlari harakat qilayotgan holda koʻrgan kuningda, Sizlarga bugungi kunning xushxabari, daraxtlari ostidan suvlari oqib turgan jannatlardir. U joyda abadiy qolajaksiz. Bu esa, aynan ulkan yutuqdir (deyilur).

  13. 13

    يَوْمَ يَقُولُ ٱلْمُنَٰفِقُونَ وَٱلْمُنَٰفِقَٰتُ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱنظُرُونَا نَقْتَبِسْ مِن نُّورِكُمْ قِيلَ ٱرْجِعُوا۟ وَرَآءَكُمْ فَٱلْتَمِسُوا۟ نُورًۭا فَضُرِبَ بَيْنَهُم بِسُورٍۢ لَّهُۥ بَابٌۢ بَاطِنُهُۥ فِيهِ ٱلرَّحْمَةُ وَظَٰهِرُهُۥ مِن قِبَلِهِ ٱلْعَذَابُ

    Yawma yaqoolul munaa fiqoona walmunaafiqaatu lillazeena aamanun zuroonaa naqtabis min noorikum qeelarji'oo waraaa'akum faltamisoo nooran faduriba bainahum bisooril lahoo baab, baatinuhoo feehir rahmatu wa zaahiruhoo min qibalihi-'azaab

    Munofiq va munofiqalar iymonlilarga: «Toʻxtab turinglar, biz ham nuringizdan bir oz olaylik», degan va ularga: «Ortingizga qayting hamda nur qidiring», deyilgan kunda. Bas, ularning orasiga eshigi bor qoʻrgʻon urilur. Uning ichida rahmat, tashqarisida — oldida azobdir. [6]

    [6] (Qiyomat kuni zulmat boʻlib, albatta, bu oʻsha kunda roʻy beradigan hodisalarning bir bosqichi, xolos. Hech kim hech narsani koʻrmay qolganda, moʻminlarga nur ato qilinib, ular shodon va shahdam yurib borishadi. Shunda munofiqlar: «Bizni tashlab ketmanglar, kutib turinglar, bizga ham nuringizdan ozgina beringlar», deb yalinishar ekan. Ularga: «Ortingizga qaytib, oʻzingiz nur axtaring», deyilarkan. Ular qanday qilib nur topishardi. Bu dunyoda johiliyat zulmatlaridan Islom nuriga chiqishni xohlamagan edilar. Endi oxirat zulmatlarida xoru zor boʻlishlari turgan gap.)

  14. 14

    يُنَادُونَهُمْ أَلَمْ نَكُن مَّعَكُمْ ۖ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَلَٰكِنَّكُمْ فَتَنتُمْ أَنفُسَكُمْ وَتَرَبَّصْتُمْ وَٱرْتَبْتُمْ وَغَرَّتْكُمُ ٱلْأَمَانِىُّ حَتَّىٰ جَآءَ أَمْرُ ٱللَّهِ وَغَرَّكُم بِٱللَّهِ ٱلْغَرُورُ

    Yunaadoonahum alam nakum ma'akum qaaloo balaa wa laakinnakum fatantum anfusakum wa tarabbastum wartabtum wa gharratkumul amaaniyyu hatta jaaa'a amrul laahi wa gharrakum billaahil gharoor

    Ularga (munofiqlar): «Biz siz bilan birga emasmidik?!» – deb nido qilurlar. Ular: «Xuddi shunday. Lekin sizlar Allohning amri kelguncha oʻzingizni oʻzingiz fitnaga duchor qildingiz, koʻz tikib kutdingiz, shubha qildingiz va sizlarni xomxayollar gʻururga ketkazdi. Sizlarni Alloh haqida aldamchi aldab qoʻydi.

  15. 15

    فَٱلْيَوْمَ لَا يُؤْخَذُ مِنكُمْ فِدْيَةٌۭ وَلَا مِنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ مَأْوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ ۖ هِىَ مَوْلَىٰكُمْ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Fal Yawma laa yu'khazu minkum fidyatunw wa laa minal lazeena kafaroo; maawaakumun Naaru hiya maw laakum wa bi'sal maseer

    Bugun sizlardan ham, kufr keltirganlardan ham toʻlov olinmas. Joylaringiz jahannamda, u sizning egangizdir. Qanday ham yomon borar joy!» – derlar. [7]

    [7] (Munofiqlar: «Ajab emas, Islom magʻlubiyatga uchrab, musulmonlar yengilsa», degan xom xayollarga berilib, gʻururga ketadilar. Munofiqlarni shayton «Sizlar toʻgʻri ish qilyapsizlar, mabodo notoʻgʻri boʻlsa ham, Allohning oʻzi kechiradi», deb ularni aldab qoʻyadi. Qiyomat kunida ularga hech qanday najot yoʻq.)

  16. 16

    ۞ أَلَمْ يَأْنِ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَن تَخْشَعَ قُلُوبُهُمْ لِذِكْرِ ٱللَّهِ وَمَا نَزَلَ مِنَ ٱلْحَقِّ وَلَا يَكُونُوا۟ كَٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلُ فَطَالَ عَلَيْهِمُ ٱلْأَمَدُ فَقَسَتْ قُلُوبُهُمْ ۖ وَكَثِيرٌۭ مِّنْهُمْ فَٰسِقُونَ

    Alam yaani laillzeena aamanooo an takhsha'a quloo buhum lizikril laahi wa maa nazala minal haqqi wa laa yakoonoo kallazeena ootul Kitaaba min qablu fataala 'alaihimul amadu faqasat quloobuhum wa kaseerum minhum faasiqoon

    Iymon keltirganlar uchun Allohning zikriga va nozil boʻlgan haqqa qalblari yumshash, ayni chogʻda, oldin kitob berilgan, soʻng muddat oʻtishi bilan qalblari qotib qolgan, koʻplari fosiq boʻlganlarga oʻxshamaslik vaqti kelmadimi?! [8]

    [8] (Agar Alloh tez-tez eslab turilmasa, Qurʼon va shariatdan, din taʼlimotlaridan uzoqlashilsa, inson qalbini mogʻor bosadi, bagʻri toshga aylanadi. Unga Allohning zikri ham, diniy taʼlimotlar ham taʼsir qilmaydigan boʻlib qoladi. Avval Tavrot va Injil kabi ilohiy kitoblar berilgan yahudiy va nasroniylarning vaqt oʻtishi bilan oyatda tasvirlanganidek qalblarini mogʻor bosib, qattiq boʻlib qolgan.)

  17. 17

    ٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يُحْىِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

    I'lamooo annal laaha yuhyil arda ba'da mawtihaa; qad baiyannaa lakumul Aayaati la'allakum ta'qiloon

    Shuni bilinglarki, albatta Alloh oʻlik yerni tiriltirur. Darhaqiqat, sizlarga oyatlarni bayon qildik, shoyadki, aql yuritsangizlar.

  18. 18

    إِنَّ ٱلْمُصَّدِّقِينَ وَٱلْمُصَّدِّقَٰتِ وَأَقْرَضُوا۟ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًۭا يُضَٰعَفُ لَهُمْ وَلَهُمْ أَجْرٌۭ كَرِيمٌۭ

    Innal mussaddiqeena wal mussaddiqaati wa aqradul laaha qardan hassanany yudaa'afu lahum wa lahum ajrun kareem

    Albatta, sadaqa qiluvchi erkagu ayol hamda Allohga qarzi hasana beruvchilarga (savob) koʻpaytirib berilur. Ularga karamli ajr ham bor.

  19. 19

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦٓ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلصِّدِّيقُونَ ۖ وَٱلشُّهَدَآءُ عِندَ رَبِّهِمْ لَهُمْ أَجْرُهُمْ وَنُورُهُمْ ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَآ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ

    Wallazeena aamanoo billaahi wa Rusuliheee ulaaa'ika humus siddeeqoona wash shuhadaaa'u 'inda Rabbihim lahum ajruhum wa nooruhum wallazeena kafaroo wa kazzaboo bi aayaatinaaa ulaaaika As haabul jaheem

    Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltirgan kishilar, ana oʻshalar, siddiqlardir va Robbilari huzuridagi shohidlardir. Ularning ajrlari va nurlari bor. Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan kishilar, ana oʻshalar doʻzax egalaridir. [9]

    [9] (Ushbu oyatda Allohga va Uning paygʻambarlariga iymon keltirganlar, siddiqlar, deb atalmoqda. «Siddiq» aslida soʻziga, eʼtiqodiga va amaliga sodiq kishilarning sifatidir. Ular fazl va martabada paygʻambarlardan keyin turadilar. Ularning hammalariga ulugʻ ajr va qiyomat zulmatida yoʻllarini yoritib boradigan nur bordir. Kofirlarga esa doʻzax roʻpara qilinadi.)

  20. 20

    ٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا لَعِبٌۭ وَلَهْوٌۭ وَزِينَةٌۭ وَتَفَاخُرٌۢ بَيْنَكُمْ وَتَكَاثُرٌۭ فِى ٱلْأَمْوَٰلِ وَٱلْأَوْلَٰدِ ۖ كَمَثَلِ غَيْثٍ أَعْجَبَ ٱلْكُفَّارَ نَبَاتُهُۥ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَىٰهُ مُصْفَرًّۭا ثُمَّ يَكُونُ حُطَٰمًۭا ۖ وَفِى ٱلْءَاخِرَةِ عَذَابٌۭ شَدِيدٌۭ وَمَغْفِرَةٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنٌۭ ۚ وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا مَتَٰعُ ٱلْغُرُورِ

    I'lamooo annamal hayaa tud dunyaa la'ibunw wa lahwunw wa zeenatunw wa takaasurun bainakum wa takaasurn fil amwaali wal awlaad, kamasali ghaisin a'jabal kuffaara nabaatuhoo summa yaheeju fataraahu musfaaran summa yakoonu hutaamaa; wa fil aakhirati 'azaabun shadeedunw wa magh firatum minal laahi wa ridwaan; wa mal haiyaa tuddun yaaa illaa mataa'ul ghuroor

    Bilingki, albatta, bu dunyo hayoti oʻyin, koʻngil ermagi va zeb-ziynatdan, oʻzaro faxrlanishdan, mol-mulkni va bola-chaqani koʻpaytirishdan iboratdir. U, xuddi, oʻsimligi dehqonlarni ajablantirgan yomgʻirga oʻxshaydir. Keyinroq bu oʻsimliklar quriydi va sargʻayganini koʻrasan. Soʻngra u xas-choʻpga aylanib ketadir. Oxiratda esa, qattiq azob bor, Allohdan magʻfirat va rozilik bor. Bu dunyo hayoti gʻururga ketkazuvchi matodan oʻzga hech narsa emas. [10]

    [10] (Yaʼni, bu dunyo hayoti shunday bir yomgʻirga oʻxshaydiki, u yoqqandan soʻng chiqqan nabotot dehqonlarni hayratga soladi, zavqlantiradi. Aslida esa bu hol oʻtkinchidir. Yaʼni, oʻsimliklar tezda quriydi, rangi sargʻayadi va qurib, qovjirab, uqalanib ketadi. Ha, bu dunyo hayoti ham shu kabi aldamchidir. Shu bilangina ovunib qolmasligi kerak. Chunki oxiratda kofirlarga qattiq azob, moʻminlarga esa Allohning magʻfirati va roziligi bor. Albatta, bu gaplar tarki dunyo qilishga, hamma narsadan yuz oʻgirishga chaqiriq emas. Balki mezon va oʻlchovlarni toʻgʻri yoʻlga solishga, oʻtkinchi hoy-havasdan ustun boʻlishga daʼvat, xolos.)

  21. 21

    سَابِقُوٓا۟ إِلَىٰ مَغْفِرَةٍۢ مِّن رَّبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا كَعَرْضِ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ أُعِدَّتْ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ ۚ ذَٰلِكَ فَضْلُ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ

    Saabiqooo ilaa maghfiratim mir Rabbikum wa jannatin 'arduhaa ka-'ardis samaaa'i wal ardi u'iddat lillazeena aamanoo billaahi wa Rusulih; zaalika fadlul laahi yu'teehi many yashaaa'; wal laahu zul fadlil 'azeem

    Robbingizning magʻfiratiga va Allohga hamda Uning Paygʻambarlariga iymon keltirganlar uchun tayyorlangan, kengligi osmonu yerning kengligicha boʻlgan jannatga musobaqalashing. Ana oʻsha, Allohning fazli. Kimga xohlasa, beradi. Alloh ulugʻ fazl egasidir. [11]

    [11] (Qurʼoni Karim nazarida, musobaqa bu dunyo hayotining oʻtkinchi hoy-havaslariga, boylikka, oʻyin-kulguga emas, balki Allohning magʻfiratiga va jannatga eltuvchi yaxshi amallarga qaratilishi kerak.)

  22. 22

    مَآ أَصَابَ مِن مُّصِيبَةٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِىٓ أَنفُسِكُمْ إِلَّا فِى كِتَٰبٍۢ مِّن قَبْلِ أَن نَّبْرَأَهَآ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌۭ

    Maaa asaaba mim musee batin fil ardi wa laa feee anfusikum illaa fee kitaabim min qabli an nabra ahaa; innaa zaalika 'alal laahi yaseer

    Biror musiybatni paydo qilmasimizdan oldin u Kitobda bitilgan boʻlur, aks holda, yer yuzida va oʻz shaxslaringizda sizga biror musiybat yetmas. Albatta, bu ish Alloh uchun osondir.

  23. 23

    لِّكَيْلَا تَأْسَوْا۟ عَلَىٰ مَا فَاتَكُمْ وَلَا تَفْرَحُوا۟ بِمَآ ءَاتَىٰكُمْ ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍۢ فَخُورٍ

    Likailaa taasaw 'alaa maa faatakum wa laa tafrahoo bimaaa aataakum; wallaahu laa yuhibbu kulla mukhtaalin fakhoor

    Toki, ketgan narsaga qaygʻurib, kelgan narsadan xursand boʻlmasligingiz uchun. Alloh barcha dimogʻdor va maqtanchoqlarni suymas.

  24. 24

    ٱلَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ ٱلنَّاسَ بِٱلْبُخْلِ ۗ وَمَن يَتَوَلَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ

    Allazeeena yabkhaloona wa yaamuroonan naasa bil bukhl; wa many yatawalla fa innal laaha Huwal Ghaniyyul Hameed

    Ular baxildirlar va kishilarni ham baxillikka buyururlar. Kim yuz oʻgirsa, bas, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir. [12]

    [12] (Ular baxillik qilib, kishilarni ham baxillikka buyursalar-da, Allohga hech zarari yoʻq, chunki Alloh behojat, boy va maqtalgan Zotdir.)

  25. 25

    لَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَأَنزَلْنَا مَعَهُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْمِيزَانَ لِيَقُومَ ٱلنَّاسُ بِٱلْقِسْطِ ۖ وَأَنزَلْنَا ٱلْحَدِيدَ فِيهِ بَأْسٌۭ شَدِيدٌۭ وَمَنَٰفِعُ لِلنَّاسِ وَلِيَعْلَمَ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥ وَرُسُلَهُۥ بِٱلْغَيْبِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِىٌّ عَزِيزٌۭ

    Laqad arsalnaa Rusulanaa bilbaiyinaati wa anzalnaa ma'ahumul Kitaaba wal Meezaana liyaqooman naasu bilqist, wa anzalnal hadeeda feehi baasun shadeedunw wa manaafi'u linnaasi wa liya'lamal laahu many yansuruhoo wa Rusulahoo bilghaib; innal laaha Qawiyyn 'Azeez

    Darhaqiqat, Biz Paygʻambarlarimizni ravshan(narsa)lar ila yubordik va ular ila kitob hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon tushirdik. Va temirni tushirdik — unda katta kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bor. Alloh kim Oʻziga va Paygʻambarlariga gʻoyibona yordam berayotganini bilishi uchun. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir. [13]

    [13] (Oyati karimada Alloh subhanahu va taolo Oʻz paygʻambarlariga yubordim deyayotgan ravshan, ochiq-oydin narsalar — moʻjizalar, shariat ahkomlari, oyatlar boʻlishi mumkin. Ushbu oyat tushgan vaqtidayoq musulmonlarni temirga eʼtibor berishga, undan samarali foydalanishga daʼvat qilgan edi. Temirning odamlar uchun manfaatini sanab tugatib boʻlmaydi. Oyatning oxiridagi jumlada bir-ikki nozik maʼno bor. Jumladan, temirdan yasalgan asboblarni ishlatib, Allohga va Uning paygʻambarlariga yordam beruvchilarni bilishi uchun, degan ishora. Maʼlumki, Alloh ilmining chegarasi yoʻq — hamma narsani roʻy berishidan avval bilib turadi. Lekin bu oyatdagi «bilishi»ni yuzaga chiqarishi, xaloyiqqa bildirishi deb tushunmoq kerak. Shuningdek, «gʻoyibona» soʻzi ham Allohni va Uning paygʻambarlarini koʻrmasdan turib ularni diniga yordam beringlar, deb sharhlanadi.)

  26. 26

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًۭا وَإِبْرَٰهِيمَ وَجَعَلْنَا فِى ذُرِّيَّتِهِمَا ٱلنُّبُوَّةَ وَٱلْكِتَٰبَ ۖ فَمِنْهُم مُّهْتَدٍۢ ۖ وَكَثِيرٌۭ مِّنْهُمْ فَٰسِقُونَ

    Wa laqad arsalnaa Noohanw wa Ibraaheema wa ja'alnaa fee zurriyyatihiman nubuwwata wal Kitaaba faminhum muhtad; wa kaseerum minhum faasiqoon

    Darhaqiqat, Nuh va Ibrohimni Paygʻambar qilib yubordik hamda Paygʻambarlikni va kitobni ikkovlarining zurriyotiga xos qildik. Ular orasida hidoyat topganlar bor, lekin ularning koʻplari fosiqlardir.

  27. 27

    ثُمَّ قَفَّيْنَا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم بِرُسُلِنَا وَقَفَّيْنَا بِعِيسَى ٱبْنِ مَرْيَمَ وَءَاتَيْنَٰهُ ٱلْإِنجِيلَ وَجَعَلْنَا فِى قُلُوبِ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُ رَأْفَةًۭ وَرَحْمَةًۭ وَرَهْبَانِيَّةً ٱبْتَدَعُوهَا مَا كَتَبْنَٰهَا عَلَيْهِمْ إِلَّا ٱبْتِغَآءَ رِضْوَٰنِ ٱللَّهِ فَمَا رَعَوْهَا حَقَّ رِعَايَتِهَا ۖ فَـَٔاتَيْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنْهُمْ أَجْرَهُمْ ۖ وَكَثِيرٌۭ مِّنْهُمْ فَٰسِقُونَ

    Summa qaffainaa 'alaa aasaarihim bi Rusulinaa wa qaffainaa be 'Eesab ni Maryama wa aatainaahul Injeela wa ja'alnaa fee quloobil lazeenat taba' oohu raafatanw wa rahmatanw wa rahbaaniyyatanib tada' oohaa maa katanaahaa 'alaihim illab tighaaa'a ridwaanil laahi famaa ra'awhaa haqqa ri'aayatihaa fa aatainal lazeena aamanoo minhum ajrahum wa kaseerum minhum faasiqoon

    Soʻngra ularning ortidan Paygʻambarlarimizni ketma-ket yubordik va Iyso ibn Maryamni ham ortlaridan yubordik hamda unga Injilni berdik. Unga ergashganlarning qalblariga mehribonlik va rahimdillikni soldik. Rohiblikni oʻzlari chiqarib oldilar, Biz buni ularga farz qilmagan edik, faqat oʻzlari Allohning roziligini tilab qildilar, lekin haqiqiy rioyasini qila olmadilar. Bas, ulardan iymon keltirganlariga ajrlarini berdik, lekin ularning koʻpi fosiqlardir. [14]

    [14] (Rohiblik, tarki dunyochilikdan iborat boʻlib, oʻrislarda, monaxlik, deyiladi. Monaxlikni ixtiyor qilgan erkak erkaklar monastirida, ayol esa ayollar monastirida, oila qurmay, dunyoni tark etib hayot kechiradilar. Qurʼoni Karim bunday rohiblikni Alloh Iyso alayhissalomga ergashuvchilarga buyurmaganini, balki ular oʻzlari bidʼat sifatida keyinchalik oʻylab topib odat qilishganini eslatmoqda.)

  28. 28

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَءَامِنُوا۟ بِرَسُولِهِۦ يُؤْتِكُمْ كِفْلَيْنِ مِن رَّحْمَتِهِۦ وَيَجْعَل لَّكُمْ نُورًۭا تَمْشُونَ بِهِۦ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Yaaa ayyuhal lazeena aamaanut taqullaaha wa aaminoo bi Rasoolihee yu'tikum kiflaini mir rahmatihee wa yaj'al lakum nooran tamshoona bihee wa yaghfir lakum; wallaahu Ghafoorur Raheem

    Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Uning Paygʻambariga iymon keltiringlar. U zot Oʻz rahmatidan sizlarga ikki hissa beradir va sizlarning yurishingizga nur beradir hamda sizlarni magʻfirat qiladir. Alloh kechiruvchi, rahimli Zotdir.

  29. 29

    لِّئَلَّا يَعْلَمَ أَهْلُ ٱلْكِتَٰبِ أَلَّا يَقْدِرُونَ عَلَىٰ شَىْءٍۢ مِّن فَضْلِ ٱللَّهِ ۙ وَأَنَّ ٱلْفَضْلَ بِيَدِ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ

    Li'alla ya'lama Ahlul kitaabi allaa yaqdiroona 'alaa shai'im min fadlil laahi wa annal fadla bi Yadil laahi u'teehi many yashaaa'; wallaahu Zul fadilil 'azeem

    Toki kitob ahllari Allohning fazlidan hech narsaga qodir emasliklarini, fazl Allohning qoʻlida boʻlib, xohlagan kishisiga berishini bilsinlar. Alloh ulugʻ fazl egasidir. [15]

    [15] (Yahudiy va nasroniylar vahiy, paygʻambarlik va ilohiy kitoblar faqat bizga xos, oʻzgalarga berilmaydi, deb faxrlanishar edi. Alloh taolo ularning bu daʼvolarini rad qilib, fazl oʻzining qoʻlida ekanini, kimga xohlasa, shunga ravo koʻrishini, shu jumladan, arablardan boʻlgan Muhammad alayhissalomga berishini taʼkidlamoqda.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com