Sura 56

Voqea

الوَاقِعَةِ

Al-Waqi'ah · Makkiy · 96 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    إِذَا وَقَعَتِ ٱلْوَاقِعَةُ

    Izaa waqa'atil waaqi'ah

    Voqiʼa voqeʼ boʻlganda.

  2. 2

    لَيْسَ لِوَقْعَتِهَا كَاذِبَةٌ

    Laisa liwaq'atihaa kaazibah

    Uning voqeʼ boʻlishini yolgʻonga chiqaruvchi (jon) yoʻqdir.

  3. 3

    خَافِضَةٌۭ رَّافِعَةٌ

    Khafidatur raafi'ah

    U, ham pastlatuvchi, ham koʻtaruvchidir.

  4. 4

    إِذَا رُجَّتِ ٱلْأَرْضُ رَجًّۭا

    Izaa rujjatil ardu rajjaa

    Qachonki, yer qattiq larzaga keltirilganda.

  5. 5

    وَبُسَّتِ ٱلْجِبَالُ بَسًّۭا

    Wa bussatil jibaalu bassaa

    Va togʻlar maydalanib titilganda.

  6. 6

    فَكَانَتْ هَبَآءًۭ مُّنۢبَثًّۭا

    Fakaanat habaaa'am mumbassaa

    Bas, tarqalgan chang-toʻzonga aylanganda.

  7. 7

    وَكُنتُمْ أَزْوَٰجًۭا ثَلَٰثَةًۭ

    Wa kuntum azwaajan salaasah

    Va siz uch toifa boʻlganingizda.

  8. 8

    فَأَصْحَٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ مَآ أَصْحَٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ

    Fa as haabul maimanati maaa as haabul maimanah

    Oʻng taraf egalari. Oʻng taraf egalari ne(saodatlilar)dir?!

  9. 9

    وَأَصْحَٰبُ ٱلْمَشْـَٔمَةِ مَآ أَصْحَٰبُ ٱلْمَشْـَٔمَةِ

    Wa as haabul mash'amati maaa as haabul mash'amah

    Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?!

  10. 10

    وَٱلسَّٰبِقُونَ ٱلسَّٰبِقُونَ

    Wassaabiqoonas saabiqoon

    Va peshqadamlar, peshqadamlar.

  11. 11

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلْمُقَرَّبُونَ

    Ulaaa'ikal muqarraboon

    Ular (Allohga) yaqin boʻlganlar.

  12. 12

    فِى جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ

    Fee Jannaatin Na'eem

    Serneʼmat jannatlardadirlar.

  13. 13

    ثُلَّةٌۭ مِّنَ ٱلْأَوَّلِينَ

    Sullatum minal awwaleen

    Avvalgilardan koʻpchilik.

  14. 14

    وَقَلِيلٌۭ مِّنَ ٱلْءَاخِرِينَ

    Wa qaleelum minal aa khireen

    Va oxirgilardan ozchilik.

  15. 15

    عَلَىٰ سُرُرٍۢ مَّوْضُونَةٍۢ

    'Alaa sururim mawdoonah

    Toʻqima soʻrilardadirlar.

  16. 16

    مُّتَّكِـِٔينَ عَلَيْهَا مُتَقَٰبِلِينَ

    Muttaki'eena 'alaihaa mutaqabileen

    Bir-birlariga roʻbaroʻ boʻlib yonboshlagan holdadirlar. [1]

    [1] (Yaʼni, peshqadamlar jannat duru-yoqutlarni aralash qilib toʻqilgan soʻrilarda bir-birlariga qarab, yonboshlab-yastanib rohatlanishar ekan.)

  17. 17

    يَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَٰنٌۭ مُّخَلَّدُونَ

    Yatoofu 'alaihim wildaa num mukkhalladoon

    Atroflarida mangu yosh yigitlar aylanib yururlar.

  18. 18

    بِأَكْوَابٍۢ وَأَبَارِيقَ وَكَأْسٍۢ مِّن مَّعِينٍۢ

    Bi akwaabinw wa abaareeq, wa kaasim mim ma'een

    Oqar chashma mayi toʻlatilgan qadahlar, koʻzalar va kosalar bilan.

  19. 19

    لَّا يُصَدَّعُونَ عَنْهَا وَلَا يُنزِفُونَ

    Laa yusadda'oona 'anhaa wa laa yunzifoon

    Undan bosh ogʻrigʻi ham, mast ham boʻlmaslar.

  20. 20

    وَفَٰكِهَةٍۢ مِّمَّا يَتَخَيَّرُونَ

    Wa faakihatim mimmaa yatakhaiyaroon

    Va xohlagan mevalarini olib.

  21. 21

    وَلَحْمِ طَيْرٍۢ مِّمَّا يَشْتَهُونَ

    Wa lahmi tairim mimmaa yashtahoon

    Ishtahalari tusagan qush goʻshtini olib (aylanib yurarlar).

  22. 22

    وَحُورٌ عِينٌۭ

    Wa hoorun'een

    Yana, koʻzi goʻzal hurlar bor.

  23. 23

    كَأَمْثَٰلِ ٱللُّؤْلُؤِ ٱلْمَكْنُونِ

    Ka amsaalil lu'lu'il maknoon

    Misoli yashirilgan dur kabi.

  24. 24

    جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Jazaaa'am bimaa kaanoo ya'maloon

    Bular — qilib yurgan amallarning mukofotidur.

  25. 25

    لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًۭا وَلَا تَأْثِيمًا

    Laa yasma'oona feehaa laghwanw wa laa taaseemaa

    Ular u(Jannat)da behuda, gunoh(soʻz)larni eshitmaslar.

  26. 26

    إِلَّا قِيلًۭا سَلَٰمًۭا سَلَٰمًۭا

    Illaa qeelan salaaman salaamaa

    Magar «Salom, salom» deyilganini (eshitarlar). [2]

    [2] (Bir-birlariga salom beradilar, ularga farishtalar ham salom beradilar. Allohning salomi ham yetkazib turiladi.)

  27. 27

    وَأَصْحَٰبُ ٱلْيَمِينِ مَآ أَصْحَٰبُ ٱلْيَمِينِ

    Wa as haabul yameeni maaa as haabul Yameen

    Oʻng taraf egalari. Oʻng taraf egalari nedir?!

  28. 28

    فِى سِدْرٍۢ مَّخْضُودٍۢ

    Fee sidrim makhdood

    Ular tikonsiz sidrzorlardadirlar. [3]

    [3] (Sidr-xushboʻy hidli buta boʻlib, arablar uni hidi uchun yaxshi koʻrar ekanlar. Ammo tikani juda koʻp boʻlarkan.)

  29. 29

    وَطَلْحٍۢ مَّنضُودٍۢ

    Wa talhim mandood

    Sermeva bananzorlardadirlar.

  30. 30

    وَظِلٍّۢ مَّمْدُودٍۢ

    Wa zillim mamdood

    Va yoyilgan soyalardadirlar.

  31. 31

    وَمَآءٍۢ مَّسْكُوبٍۢ

    Wa maaa'im maskoob

    Oqar suvlardadirlar.

  32. 32

    وَفَٰكِهَةٍۢ كَثِيرَةٍۢ

    Wa faakihatin kaseerah

    Serob mevalardadirlar.

  33. 33

    لَّا مَقْطُوعَةٍۢ وَلَا مَمْنُوعَةٍۢ

    Laa maqtoo'atinw wa laa mamnoo'ah

    Tugamaydigan va man qilinmaydigan.

  34. 34

    وَفُرُشٍۢ مَّرْفُوعَةٍ

    Wa furushim marfoo'ah

    Koʻtarilgan koʻrpachalardadirlar.

  35. 35

    إِنَّآ أَنشَأْنَٰهُنَّ إِنشَآءًۭ

    Innaaa anshaanaahunna inshaaa'aa

    Albatta, Biz u(hur)larni dafʼatan, xos qilib, yaratdik.

  36. 36

    فَجَعَلْنَٰهُنَّ أَبْكَارًا

    Faja'alnaahunna abkaaraa

    Bas, ularni bokira qizlar qilib qoʻydik.

  37. 37

    عُرُبًا أَتْرَابًۭا

    'Uruban atraabaa

    Bir xildagi tengdosh mahbubalar.

  38. 38

    لِّأَصْحَٰبِ ٱلْيَمِينِ

    Li as haabil yameen

    Oʻng taraf egalari uchun.

  39. 39

    ثُلَّةٌۭ مِّنَ ٱلْأَوَّلِينَ

    Sullatum minal awwa leen

    Ular avvalgilardan koʻpgina jamoatlardir.

  40. 40

    وَثُلَّةٌۭ مِّنَ ٱلْءَاخِرِينَ

    Wa sullatum minal aakhireen

    Keyingilardan ham koʻpgina jamoatlardir.

  41. 41

    وَأَصْحَٰبُ ٱلشِّمَالِ مَآ أَصْحَٰبُ ٱلشِّمَالِ

    Wa as haabush shimaali maaa as haabush shimaal

    Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?!

  42. 42

    فِى سَمُومٍۢ وَحَمِيمٍۢ

    Fee samoominw wa hameem

    Ular oʻt shamol va qaynoq suvdadirlar.

  43. 43

    وَظِلٍّۢ مِّن يَحْمُومٍۢ

    Wa zillim miny yahmoom

    Qop-qora tutun soyasidadirlar.

  44. 44

    لَّا بَارِدٍۢ وَلَا كَرِيمٍ

    Laa baaridinw wa laa kareem

    Na salqin emas va na foydali.

  45. 45

    إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَبْلَ ذَٰلِكَ مُتْرَفِينَ

    Innaahum kaanoo qabla zaalika mutrafeen

    Albatta, ular bundan oldin hoyi-havasga berilganlardan edilar.

  46. 46

    وَكَانُوا۟ يُصِرُّونَ عَلَى ٱلْحِنثِ ٱلْعَظِيمِ

    Wa kaanoo yusirroona 'alal hinsil 'azeem

    Va katta gunoh ishlarni mudom qilib kelgan edilar.

  47. 47

    وَكَانُوا۟ يَقُولُونَ أَئِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًۭا وَعِظَٰمًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ

    Wa kaanoo yaqooloona a'izaa mitnaa wa kunnaa turaabanw wa izaaman'ainnaa lamab'oosoon

    Va: «Biz oʻlib, tuproq va suyak boʻlsak ham, qayta tiriltirilamizmi?

  48. 48

    أَوَءَابَآؤُنَا ٱلْأَوَّلُونَ

    Awa aabaaa'unal awwaloon

    Avval oʻtgan otalarimiz ham-a?!» – der edilar.

  49. 49

    قُلْ إِنَّ ٱلْأَوَّلِينَ وَٱلْءَاخِرِينَ

    Qul innal awwaleena wal aakhireen

    Aytgil: «Albatta, avvalgilar va oxirgilar.

  50. 50

    لَمَجْمُوعُونَ إِلَىٰ مِيقَٰتِ يَوْمٍۢ مَّعْلُومٍۢ

    Lamajmoo'oona ilaa meeqaati yawmim ma'loon

    Maʼlum kuni, belgilangan vaqtda, albatta, toʻplanuvchidirlar».

  51. 51

    ثُمَّ إِنَّكُمْ أَيُّهَا ٱلضَّآلُّونَ ٱلْمُكَذِّبُونَ

    summa innakum ayyuhad daaalloonal mukazziboon

    Soʻngra, siz, ey adashganlar, yolgʻonga chiqaruvchilar.

  52. 52

    لَءَاكِلُونَ مِن شَجَرٍۢ مِّن زَقُّومٍۢ

    La aakiloona min shaja rim min zaqqoom

    Albatta, zaqqum daraxtidan yeyuvchisizlar.

  53. 53

    فَمَالِـُٔونَ مِنْهَا ٱلْبُطُونَ

    Famaali'oona minhal butoon

    Bas, undan qorinlarni toʻldiruvchisizlar.

  54. 54

    فَشَٰرِبُونَ عَلَيْهِ مِنَ ٱلْحَمِيمِ

    Fashaariboona 'alaihi minal hameem

    Bas, ustidan oʻta qaynoq suvdan ichuvchisizlar.

  55. 55

    فَشَٰرِبُونَ شُرْبَ ٱلْهِيمِ

    Fashaariboona shurbal heem

    Bas, chanqoq tuyadek ichuvchisizlar.

  56. 56

    هَٰذَا نُزُلُهُمْ يَوْمَ ٱلدِّينِ

    Haazaa nuzuluhum yawmad deen

    Ularning qiyomat kunidagi ziyofatlari mana shu!!!

  57. 57

    نَحْنُ خَلَقْنَٰكُمْ فَلَوْلَا تُصَدِّقُونَ

    Nahnu khalaqnaakum falaw laa tusaddiqoon

    Biz sizlarni yaratganmiz, ishonsalaring-chi!

  58. 58

    أَفَرَءَيْتُم مَّا تُمْنُونَ

    Afara'aytum maa tumnoon

    Oʻzingiz chiqaradigan maniyni oʻylab koʻring-a!

  59. 59

    ءَأَنتُمْ تَخْلُقُونَهُۥٓ أَمْ نَحْنُ ٱلْخَٰلِقُونَ

    'A-antum takhluqoo nahooo am nahnul khaaliqoon

    Uni sizlar yaratasizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?!

  60. 60

    نَحْنُ قَدَّرْنَا بَيْنَكُمُ ٱلْمَوْتَ وَمَا نَحْنُ بِمَسْبُوقِينَ

    Nahnu qaddarnaa baina kumul mawta wa maa nahnu bimasbooqeen

    Orangizdagi oʻlimni Biz belgilaganmiz va Biz ojiz emasmiz.

  61. 61

    عَلَىٰٓ أَن نُّبَدِّلَ أَمْثَٰلَكُمْ وَنُنشِئَكُمْ فِى مَا لَا تَعْلَمُونَ

    'Alaaa an nubaddila amsaalakum wa nunshi'akum fee maa laa ta'lamoon

    Sizning oʻrningizga sizga oʻxshashlarni almashtirishdan va sizlarni oʻzingiz bilmaydigan holda yaratishdan.

  62. 62

    وَلَقَدْ عَلِمْتُمُ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْأُولَىٰ فَلَوْلَا تَذَكَّرُونَ

    Wa laqad 'alimtumun nash atal oolaa falaw laa tazakkaroon

    Va darhaqiqat, avvalgi yaratilishni bildingiz-ku, eslasalaringiz-chi!

  63. 63

    أَفَرَءَيْتُم مَّا تَحْرُثُونَ

    Afara'aytum maa tahrusoon

    Oʻzingiz ekayotgan narsani oʻylab koʻring-a!

  64. 64

    ءَأَنتُمْ تَزْرَعُونَهُۥٓ أَمْ نَحْنُ ٱلزَّٰرِعُونَ

    'A-antum tazra'oonahooo am nahnuz zaari'ooon

    Uni siz undirasizmi yoki Biz undiruvchimizmi?

  65. 65

    لَوْ نَشَآءُ لَجَعَلْنَٰهُ حُطَٰمًۭا فَظَلْتُمْ تَفَكَّهُونَ

    Law nashaaa'u laja'al naahu hutaaman fazaltum tafakkahoon

    Agar xohlasak, Biz uni quruq choʻpga aylantirib qoʻyamiz. Sizlar esa, nadomatda ajablanib:

  66. 66

    إِنَّا لَمُغْرَمُونَ

    Innaa lamughramoon

    «Albatta, biz ziyon koʻrganlarmiz.

  67. 67

    بَلْ نَحْنُ مَحْرُومُونَ

    Bal nahnu mahroomoon

    Balki, mahrum boʻlganlarmiz, (deysizlar).

  68. 68

    أَفَرَءَيْتُمُ ٱلْمَآءَ ٱلَّذِى تَشْرَبُونَ

    Afara'aytumul maaa'allazee tashraboon

    Oʻzingiz ichadigan suvni oʻylab koʻring-a!

  69. 69

    ءَأَنتُمْ أَنزَلْتُمُوهُ مِنَ ٱلْمُزْنِ أَمْ نَحْنُ ٱلْمُنزِلُونَ

    'A-antum anzaltumoohu minal muzni am nahnul munziloon

    Uni bulutlardan siz tushirasizmi yoki Biz tushiruvchimizmi?

  70. 70

    لَوْ نَشَآءُ جَعَلْنَٰهُ أُجَاجًۭا فَلَوْلَا تَشْكُرُونَ

    Law nashaaa'u ja'alnaahu ujaajan falaw laa tashkuroon

    Agar xohlasak, Biz uni shoʻr qilib qoʻyamiz. Shukr qilsangiz-chi!

  71. 71

    أَفَرَءَيْتُمُ ٱلنَّارَ ٱلَّتِى تُورُونَ

    Afara'aytumun naaral latee tooroon

    Oʻzingiz yoqadigan olovni oʻylab koʻring-a!

  72. 72

    ءَأَنتُمْ أَنشَأْتُمْ شَجَرَتَهَآ أَمْ نَحْنُ ٱلْمُنشِـُٔونَ

    'A-antum anshaatum shajaratahaaa am nahnul munshi'oon

    Uning daraxtini siz yaratgansizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?

  73. 73

    نَحْنُ جَعَلْنَٰهَا تَذْكِرَةًۭ وَمَتَٰعًۭا لِّلْمُقْوِينَ

    Nahnu ja'alnaahaa tazkira tanw wa mataa'al lilmuqween

    Biz u(olov)ni eslatma va yoʻlovchilar uchun manfaat qilib qoʻydik.

  74. 74

    فَسَبِّحْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلْعَظِيمِ

    Fasabbih bismi Rabbikal 'azeem

    Bas, ulugʻ Robbing ismini poklab yod et! [4]

    [4] (Mazkur neʼmatlarning egasini tanigan inson Ulugʻ Alloh taologa tasbih aytib, ibodat qilishga oʻtadi.)

  75. 75

    ۞ فَلَآ أُقْسِمُ بِمَوَٰقِعِ ٱلنُّجُومِ

    Falaa uqsimu bimaawaa qi'innujoom

    Yulduzlarning manzillari bilan qasam ichaman. [5]

    [5] («Joylari» deganimiz — uning oʻrnashgan, chiqish va botish joylari — burjlaridir.)

  76. 76

    وَإِنَّهُۥ لَقَسَمٌۭ لَّوْ تَعْلَمُونَ عَظِيمٌ

    Wa innahoo laqasamul lawta'lamoona'azeem

    Albatta, agar bilsangiz, bu ulugʻ qasamdir. [6]

    [6] (Bu oyati karima oʻn toʻrt asrdan koʻproq muqaddam nozil boʻlganligi hammaga maʼlum. Oʻsha paytda odamlar yulduzlar haqida sodda tushunchaga ega edilar, ularning hajmi, soni, harakati haqida deyarli hech narsa bilmas edilar. Falakiyot ilmi rivojlanib, ular vositasida ochilgan juda koʻplab kulliyotlar Qurʼon oyatlarining ulugʻligini tasdiqladi.)

  77. 77

    إِنَّهُۥ لَقُرْءَانٌۭ كَرِيمٌۭ

    Innahoo la quraanun kareem

    Albatta, u Qurʼoni Karimdir.

  78. 78

    فِى كِتَٰبٍۢ مَّكْنُونٍۢ

    Fee kitaabim maknoon

    U Saqlangan kitobdadir.

  79. 79

    لَّا يَمَسُّهُۥٓ إِلَّا ٱلْمُطَهَّرُونَ

    Laa yamassuhooo illal mutahharoon

    Uni faqat poklanganlargina ushlaydir.

  80. 80

    تَنزِيلٌۭ مِّن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Tanzeelum mir Rabbil'aalameen

    U, olamlarning Robbisidan tushirilgandir.

  81. 81

    أَفَبِهَٰذَا ٱلْحَدِيثِ أَنتُم مُّدْهِنُونَ

    Afabihaazal hadeesi antum mudhinoon

    Bas, sizlar mana shu soʻzga beparvolik qilasizlarmi?

  82. 82

    وَتَجْعَلُونَ رِزْقَكُمْ أَنَّكُمْ تُكَذِّبُونَ

    Wa taj'aloona rizqakum annakum tukazziboon

    Va yolgʻonga chiqarishni rizq qilib olasizlarmi? [7]

    [7] (Yaʼni, iymon keltirish lozim boʻlgan narsalarga ishonmaslikni oʻz nasibangiz qilib olasizlarmi?)

  83. 83

    فَلَوْلَآ إِذَا بَلَغَتِ ٱلْحُلْقُومَ

    Falaw laaa izaa balaghatil hulqoom

    Joningiz halqumga kelib qolsa-chi?

  84. 84

    وَأَنتُمْ حِينَئِذٍۢ تَنظُرُونَ

    Wa antum heena'izin tanzuroon

    Holbuki, oʻsha vaqtda oʻzlaringiz qarab turgan boʻlasizlar.

  85. 85

    وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنكُمْ وَلَٰكِن لَّا تُبْصِرُونَ

    Wa nahnu aqrabu ilaihi minkum wa laakil laa tubsiroon

    Biz esa, sizdan koʻra unga yaqinmiz, ammo sizlar koʻrmaysizlar. [8]

    [8] (Yaʼni, Allohning Oʻz bandasiga qanchalar yaqinligini anglamaysizlar. Oʻlayotgan odamga Alloh taolo uning ustida turgan qarindoshidan koʻra yaqinroq boʻladi.)

  86. 86

    فَلَوْلَآ إِن كُنتُمْ غَيْرَ مَدِينِينَ

    Falaw laaa in kuntum ghira madeeneen

    Agar siz hisob bermaydigan boʻlsangiz.

  87. 87

    تَرْجِعُونَهَآ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Tarji'oonahaaa in kuntum saadiqeen

    U(jon)ni oʻrniga qaytaring-chi, agar gaplaringiz rost boʻlsa.

  88. 88

    فَأَمَّآ إِن كَانَ مِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ

    Fa ammaaa in kaana minal muqarrabeen

    Agar yaqinlashtirilganlardan boʻlsa.

  89. 89

    فَرَوْحٌۭ وَرَيْحَانٌۭ وَجَنَّتُ نَعِيمٍۢ

    Farawhunw wa raihaa nunw wa jannatu na'eem

    Rohatda, farogʻatda va serneʼmat jannatdadir.

  90. 90

    وَأَمَّآ إِن كَانَ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلْيَمِينِ

    Wa ammaaa in kaana min as haabil yameen

    Agar oʻng taraf egalaridan boʻlsa.

  91. 91

    فَسَلَٰمٌۭ لَّكَ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلْيَمِينِ

    Fasalaamul laka min as haabil yameen

    Bas, senga oʻng taraf egalaridan Salom boʻlsin, (deyilur).

  92. 92

    وَأَمَّآ إِن كَانَ مِنَ ٱلْمُكَذِّبِينَ ٱلضَّآلِّينَ

    Wa ammaaa in kaana minal mukazzibeenad daaalleen

    Va agar yolgʻonga chiqaruvchi gumrohlardan boʻlsa.

  93. 93

    فَنُزُلٌۭ مِّنْ حَمِيمٍۢ

    Fanuzulum min hameem

    Bas, oʻta qaynoq suvdan ziyofat.

  94. 94

    وَتَصْلِيَةُ جَحِيمٍ

    Wa tasliyatu jaheem

    Va doʻzaxga kirishdir.

  95. 95

    إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ حَقُّ ٱلْيَقِينِ

    Inna haaza lahuwa haqqul yaqeen

    Albatta, ushbu, taʼkidki, ochiq-oydin haqiqatdir.

  96. 96

    فَسَبِّحْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلْعَظِيمِ

    Fasabbih bismi rabbikal 'azeem

    Bas, ulugʻ Robbing ismini poklab yod et!

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com