Sura 55
Rohman
الرَّحۡمَٰن
Ar-Rahman · Madaniy · 78 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
ٱلرَّحْمَٰنُ
Ar Rahmaan
Rohman.
- 2
عَلَّمَ ٱلْقُرْءَانَ
'Allamal Quran
Qurʼonni oʻrgatdi.
- 3
خَلَقَ ٱلْإِنسَٰنَ
Khalaqal insaan
Insonni yaratdi.
- 4
عَلَّمَهُ ٱلْبَيَانَ
'Allamalhul bayaan
Unga bayonni oʻrgatdi.
- 5
ٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ بِحُسْبَانٍۢ
Ashshamsu walqamaru bihusbaan
Quyosh va oy hisobdadir.
- 6
وَٱلنَّجْمُ وَٱلشَّجَرُ يَسْجُدَانِ
Wannajmu washshajaru yasjudan
Oʻt-oʻlan ham, daraxtlar ham sajda qilurlar. [1]
[1] (Dunyodagi jonliyu jonsiz barcha narsa Allohning irodasidan tashqari chiqa olmasligiga, hammasi olam Parvardigoriga bogʻliq ekaniga dalolat qilmoqda.)
- 7
وَٱلسَّمَآءَ رَفَعَهَا وَوَضَعَ ٱلْمِيزَانَ
Wassamaaa'a rafa'ahaa wa wada'al Meezan
Osmonni baland koʻtardi va (adolat) tarozuni oʻrnatdi.
- 8
أَلَّا تَطْغَوْا۟ فِى ٱلْمِيزَانِ
Allaa tatghaw fil meezaan
Mezonda haddingizdan oshmasligingiz uchun. [2]
[2] (Agar ushbu tarozuni Islom dini, Qurʼon kitobi, Muhammad alayhissalom Paygʻambari orqali oʻrnatmaganida, adolat mezoni buzilardi, haqdan botil ustun kelardi. Yer yuzini fisqu fasod bosardi.)
- 9
وَأَقِيمُوا۟ ٱلْوَزْنَ بِٱلْقِسْطِ وَلَا تُخْسِرُوا۟ ٱلْمِيزَانَ
Wa aqeemul wazna bilqisti wa laa tukhsirul meezaan
Adolat ila oʻlchang va tarozudan urib qolmang.
- 10
وَٱلْأَرْضَ وَضَعَهَا لِلْأَنَامِ
Wal arda wada'ahaa lilanaame
Va yerni xaloyiq uchun qoʻydi.
- 11
فِيهَا فَٰكِهَةٌۭ وَٱلنَّخْلُ ذَاتُ ٱلْأَكْمَامِ
Feehaa faakihatunw wan nakhlu zaatul akmaam
U(yer)da mevalar va gulkosali xurmolar bor.
- 12
وَٱلْحَبُّ ذُو ٱلْعَصْفِ وَٱلرَّيْحَانُ
Walhabbu zul 'asfi war Raihaanu
Va somonli donlar hamda rayhonlar bor.
- 13
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 14
خَلَقَ ٱلْإِنسَٰنَ مِن صَلْصَٰلٍۢ كَٱلْفَخَّارِ
Khalaqal insaana min salsaalin kalfakhkhaari
Insonni sopolga oʻxshash qurigan loydan yaratdi.
- 15
وَخَلَقَ ٱلْجَآنَّ مِن مَّارِجٍۢ مِّن نَّارٍۢ
Wa khalaqal jaaan mim maarijim min naar
Va jinlarni oʻt-alangadan yaratdi.
- 16
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 17
رَبُّ ٱلْمَشْرِقَيْنِ وَرَبُّ ٱلْمَغْرِبَيْنِ
Rabbul mashriqayni wa Rabbul maghribayni
U ikki mashriq va ikki magʻribning Robbidir. [3]
[3] (Ikki mashriq deganda, quyoshning yozdagi va qishdagi chiqish joylarini hamda ikki magʻrib deganda, yozdagi va qishdagi botish joylarini tushunish kerak.)
- 18
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 19
مَرَجَ ٱلْبَحْرَيْنِ يَلْتَقِيَانِ
Marajal bahrayni yalta qiyaani
Daryoyu dengizlarni bir-biri bilan uchrashadigan qilib qoʻydi.
- 20
بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌۭ لَّا يَبْغِيَانِ
Bainahumaa barzakhul laa yabghiyaan
Oʻrtalaridagi toʻsiqdan oshib oʻtolmaslar. [4]
[4] (Shoʻr dengiz bilan chuchuk suvli daryo oʻrtasida bir toʻsiq boʻlib, ular bir-birlariga aralashib ketmaydi degan maʼnoni anglatadi.)
- 21
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 22
يَخْرُجُ مِنْهُمَا ٱللُّؤْلُؤُ وَٱلْمَرْجَانُ
Yakhruju minhumal lu 'lu u wal marjaanu
U ikkisidan luʼluʼ va marjon chiqar.
- 23
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarrini yolgʻon deya olursiz?!
- 24
وَلَهُ ٱلْجَوَارِ ٱلْمُنشَـَٔاتُ فِى ٱلْبَحْرِ كَٱلْأَعْلَٰمِ
Wa lahul jawaaril mun sha'aatu fil bahri kal a'laam
Dengizlarda togʻdek boʻlib suzib yuruvchilar ham Unikidir.
- 25
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 26
كُلُّ مَنْ عَلَيْهَا فَانٍۢ
Kullu man 'alaihaa faan
(Yer) yuzidagi barcha jonzot foniydir.
- 27
وَيَبْقَىٰ وَجْهُ رَبِّكَ ذُو ٱلْجَلَٰلِ وَٱلْإِكْرَامِ
Wa yabqaa wajhu rabbika zul jalaali wal ikraam
Ulugʻlik va ikrom egasi Robbingning Oʻzigina boqiydir.
- 28
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 29
يَسْـَٔلُهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ كُلَّ يَوْمٍ هُوَ فِى شَأْنٍۢ
Yas'aluhoo man fissamaawaati walard; kulla ywmin huwa fee shaan
Undan yeru osmondagi jonzotlar soʻrarlar. U har kuni ishdadir. [5]
[5] (Butun mavjudot, yerda boʻlsin, osmonda boʻlsin, Allohdan soʻrovlarini soʻraydi. Nimani soʻrashlari oyatda tayin qilinmagan. Har kim nimaga muhtoj boʻlsa, oʻshani soʻraydi.)
- 30
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 31
سَنَفْرُغُ لَكُمْ أَيُّهَ ٱلثَّقَلَانِ
Sanafrughu lakum ayyuhas saqalaan
Albatta, sizlar uchun vaqt topamiz, ey, insu jinlar!
- 32
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 33
يَٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ إِنِ ٱسْتَطَعْتُمْ أَن تَنفُذُوا۟ مِنْ أَقْطَارِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ فَٱنفُذُوا۟ ۚ لَا تَنفُذُونَ إِلَّا بِسُلْطَٰنٍۢ
Yaa ma'sharal jinni wal insi inis tata'tum an tanfuzoo min aqtaaris samaawaati wal ardi fanfuzoo; laa tanfuzoona illaa bisultaan
Ey, jin va ins jamoalari, agar siz osmonlaru yer chegaralaridan chiqib ketishga qodir boʻlsalaringiz, chiqaveringlar. Faqat, sulton ila chiqa olursiz, xolos.
- 34
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 35
يُرْسَلُ عَلَيْكُمَا شُوَاظٌۭ مِّن نَّارٍۢ وَنُحَاسٌۭ فَلَا تَنتَصِرَانِ
Yursalu 'alaikumaa shuwaazum min naarifiw-wa nuhaasun falaa tantasiraan
Ustingizdan olov va tutun yuborilur. Bas, qutula olmassiz.
- 36
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 37
فَإِذَا ٱنشَقَّتِ ٱلسَّمَآءُ فَكَانَتْ وَرْدَةًۭ كَٱلدِّهَانِ
Fa-izan shaqqatis samaaa'u fakaanat wardatan kaddihaan
Osmon yorilib, qirmizi moyga aylangan vaqtda...
- 38
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 39
فَيَوْمَئِذٍۢ لَّا يُسْـَٔلُ عَن ذَنۢبِهِۦٓ إِنسٌۭ وَلَا جَآنٌّۭ
Fa-yawma'izil laa yus'alu 'an zambiheee insunw wa laa jaann
Bas, u kunda ins ham, jin ham gunohidan soʻralmas. [6]
[6] (Qiyomat boshlangandan insdan ham, jindan ham gunoh qilgan-qilmagani haqida soʻrab oʻtirilmaydi. Chunki hammaning basharasidan, holatidan uning kim ekanligi bilinib turadi.)
- 40
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 41
يُعْرَفُ ٱلْمُجْرِمُونَ بِسِيمَٰهُمْ فَيُؤْخَذُ بِٱلنَّوَٰصِى وَٱلْأَقْدَامِ
Yu'raful mujrimoona biseemaahum fa'yu'khazu binna waasi wal aqdaam
Jinoyatkorlar siymolaridan bilinib turar. Va ularning peshona sochlari va oyoqlaridan tutilur.
- 42
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 43
هَٰذِهِۦ جَهَنَّمُ ٱلَّتِى يُكَذِّبُ بِهَا ٱلْمُجْرِمُونَ
Haazihee jahannamul latee yukazzibu bihal mujrimoon
Jinoyatkorlar yolgʻonga chiqarayotgan jahannam shu boʻladir.
- 44
يَطُوفُونَ بَيْنَهَا وَبَيْنَ حَمِيمٍ ءَانٍۢ
Yatoofoona bainahaa wa baina hameemim aan
Ular jahannam bilan oʻta qaynoq suv oʻrtasida aylanurlar.
- 45
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 46
وَلِمَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِۦ جَنَّتَانِ
Wa liman khaafa maqaama rabbihee jannataan
Robbisi huzurida turishdan qoʻrqqanlar uchun ikki jannat bor. [7]
[7] (Qiyomat kuni olam Parvardigorining huzurida savollarga javob berishdan, hisob-kitob maqomidan qoʻrqib, tirikligidayoq tayyorgarlik koʻrib, yaxshilik bilan kun kechirganlarga ikki jannat bor ekan. «Ikki jannat»ning bir necha sharhlari bor, jumladan, insga alohida jannat, jinga alohida jannat yoki ikkovlaridan har birlariga ikkitadan jannat, gunohkorlar jahannam bilan oʻta qaynoq suv oʻrtasida aylansalar, taqvodorlar birinchi jannatlari, yaʼni bogʻlari bilan ikkinchi jannatlari — bogʻlari orasida sayr qiladilar.)
- 47
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 48
ذَوَاتَآ أَفْنَانٍۢ
Zawaataaa afnaan
U(jannat)lar shox-novdalidirlar.
- 49
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 50
فِيهِمَا عَيْنَانِ تَجْرِيَانِ
Feehimaa 'aynaani tajriyaan
Ikkovlarida ikki oqar buloq bor.
- 51
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 52
فِيهِمَا مِن كُلِّ فَٰكِهَةٍۢ زَوْجَانِ
Feehimaa min kulli faakihatin zawjaan
Ikkovlarida ham mevadan juft navlar bor.
- 53
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 54
مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ فُرُشٍۭ بَطَآئِنُهَا مِنْ إِسْتَبْرَقٍۢ ۚ وَجَنَى ٱلْجَنَّتَيْنِ دَانٍۢ
Muttaki'eena 'alaa furushim bataaa'inuhaa min istabraq; wajanal jannataini daan
Ipak astarli toʻshaklarga yonboshlagan va ikki jannat mevalari yaqin boʻlgan hollarida...
- 55
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 56
فِيهِنَّ قَٰصِرَٰتُ ٱلطَّرْفِ لَمْ يَطْمِثْهُنَّ إِنسٌۭ قَبْلَهُمْ وَلَا جَآنٌّۭ
Feehinna qaasiratut tarfi lam yatmishunna insun qablahum wa laa jaaann
Ularda koʻzlari tiyilgan, avval ins ham, jin ham tegmagan(hur)lar bor.
- 57
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 58
كَأَنَّهُنَّ ٱلْيَاقُوتُ وَٱلْمَرْجَانُ
ka annahunnal yaaqootu wal marjaan
U(hur)lar xuddi yoqut va marjonga oʻxsharlar.
- 59
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 60
هَلْ جَزَآءُ ٱلْإِحْسَٰنِ إِلَّا ٱلْإِحْسَٰنُ
Hal jazaaa'ul ihsaani illal ihsaan
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir.
- 61
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 62
وَمِن دُونِهِمَا جَنَّتَانِ
Wa min doonihimaa jannataan
U ikkovidan pastroqda yana ikki jannat bor.
- 63
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 64
مُدْهَآمَّتَانِ
Mudhaaammataan
Ikkovlari yam-yashildir.
- 65
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 66
فِيهِمَا عَيْنَانِ نَضَّاخَتَانِ
Feehimaa 'aynaani nad daakhataan
Ikkovlarida otilib turuvchi ikki buloq bordir.
- 67
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 68
فِيهِمَا فَٰكِهَةٌۭ وَنَخْلٌۭ وَرُمَّانٌۭ
Feehimaa faakihatunw wa nakhlunw wa rummaan
Ikkovlarida mevalar, xurmo va anorlar bordir.
- 69
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 70
فِيهِنَّ خَيْرَٰتٌ حِسَانٌۭ
Feehinna khairaatun hisaan
Ularda yaxshi goʻzallar bor.
- 71
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 72
حُورٌۭ مَّقْصُورَٰتٌۭ فِى ٱلْخِيَامِ
Hoorum maqsooraatun fil khiyaam
Chodirlarni lozim tutgan hurlar bor.
- 73
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 74
لَمْ يَطْمِثْهُنَّ إِنسٌۭ قَبْلَهُمْ وَلَا جَآنٌّۭ
Lam yatmis hunna insun qablahum wa laa jaaann
Avval ularga ins ham, jin ham tegmagan.
- 75
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 76
مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ رَفْرَفٍ خُضْرٍۢ وَعَبْقَرِىٍّ حِسَانٍۢ
Muttaki'eena 'alaa rafratin khudrinw wa 'abqariyyin hisaan
Yashil bolishlarga va goʻzal gilamlarda yonboshlagan hollaridadir.
- 77
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbikumaa tukazzibaan.
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
- 78
تَبَٰرَكَ ٱسْمُ رَبِّكَ ذِى ٱلْجَلَٰلِ وَٱلْإِكْرَامِ
Tabaarakasmu Rabbika Zil-Jalaali wal-Ikraam
Ulugʻlik va ikrom egasi boʻlmish Robbingizning ismi muborak boʻldi.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
