Sura 52

Tur

الطُّورِ

At-Tur · Makkiy · 49 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَٱلطُّورِ

    Wat-Toor

    Tur bilan qasam...

  2. 2

    وَكِتَٰبٍۢ مَّسْطُورٍۢ

    Wa kitaabim mastoor

    Satrlarga bitilgan kitob bilan qasam...

  3. 3

    فِى رَقٍّۢ مَّنشُورٍۢ

    Fee raqqim manshoor

    Yozishga tayyorlangan teriga.

  4. 4

    وَٱلْبَيْتِ ٱلْمَعْمُورِ

    Wal baitil ma'moor

    Va obod uy bilan qasam...

  5. 5

    وَٱلسَّقْفِ ٱلْمَرْفُوعِ

    Wassaqfil marfoo'

    Va koʻtarilgan shift bilan qasam...

  6. 6

    وَٱلْبَحْرِ ٱلْمَسْجُورِ

    Wal bahril masjoor

    Va toʻlgan dengiz bilan qasam.

  7. 7

    إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ لَوَٰقِعٌۭ

    Inna 'azaaba Rabbika lawaaqi'

    Albatta, Robbingning azobi roʻy berajak.

  8. 8

    مَّا لَهُۥ مِن دَافِعٍۢ

    Maa lahoo min daafi'

    Uni qaytaruvchi yoʻqdir.

  9. 9

    يَوْمَ تَمُورُ ٱلسَّمَآءُ مَوْرًۭا

    Yawma tamoorus samaaa'u mawraa

    U kunda osmon larzaga kelib chayqalur.

  10. 10

    وَتَسِيرُ ٱلْجِبَالُ سَيْرًۭا

    Wa taseerul jibaalu sairaa

    Va togʻlar sayr etib yurur.

  11. 11

    فَوَيْلٌۭ يَوْمَئِذٍۢ لِّلْمُكَذِّبِينَ

    Fawailuny yawma 'izil lil mukaazzibeen

    Bas, oʻsha kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!

  12. 12

    ٱلَّذِينَ هُمْ فِى خَوْضٍۢ يَلْعَبُونَ

    Allazeena hum fee khawdiny yal'aboon

    (Botilga) shoʻngʻib oʻynashadiganlarga. [1]

    [1] («vayl» soʻzi gohida «halokat», gohida «doʻzax» maʼnosida ishlatiladi va ikkalasi ham bu oyatga mosdir.)

  13. 13

    يَوْمَ يُدَعُّونَ إِلَىٰ نَارِ جَهَنَّمَ دَعًّا

    Yawma yuda'-'oona ilaa naari jahannama da'-'aa

    U kunda jahannam oʻtiga kuchlab itarilurlar.

  14. 14

    هَٰذِهِ ٱلنَّارُ ٱلَّتِى كُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ

    Haazihin naarul latee kuntum bihaa tukazziboon

    Mana bu, sizlar yolgʻonga chiqargan oʻt boʻladi!

  15. 15

    أَفَسِحْرٌ هَٰذَآ أَمْ أَنتُمْ لَا تُبْصِرُونَ

    Afasihrun haazaaaa am antum laa tubsiroon

    Bu sehrmi?! Yoki sizlar koʻrmayapsizlarmi?!

  16. 16

    ٱصْلَوْهَا فَٱصْبِرُوٓا۟ أَوْ لَا تَصْبِرُوا۟ سَوَآءٌ عَلَيْكُمْ ۖ إِنَّمَا تُجْزَوْنَ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Islawhaa fasbirooo aw laa tasbiroo sawaaa'un 'alaikum innamaa tujzawna maa kuntum ta'maloon

    Kiringlar unga! Chidaysizlarmi, chidamaysizlarmi — bari bir. Qilib yurgan amallaringizning jazosini olasizlar, xolos.

  17. 17

    إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّٰتٍۢ وَنَعِيمٍۢ

    Innal muttaqeena fee jannaatinw wa na'eem

    Albatta, taqvodorlar jannatlar va nozu neʼmatlar ichidadirlar.

  18. 18

    فَٰكِهِينَ بِمَآ ءَاتَىٰهُمْ رَبُّهُمْ وَوَقَىٰهُمْ رَبُّهُمْ عَذَابَ ٱلْجَحِيمِ

    Faakiheena bimaaa aataahum rabbuhum wa waqaahum rabbuhum 'azaabal jaheem

    Robbilari ularga bergan narsalardan lazzatdadirlar. Robbilari ularni jahannam azobidan saqlar.

  19. 19

    كُلُوا۟ وَٱشْرَبُوا۟ هَنِيٓـًٔۢا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Kuloo washraboo haneee 'am bimaa kuntum ta'maloon

    Yenglar, ichinglar, osh boʻlsin. (Bular) qilgan amallaringiz uchundir.

  20. 20

    مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ سُرُرٍۢ مَّصْفُوفَةٍۢ ۖ وَزَوَّجْنَٰهُم بِحُورٍ عِينٍۢ

    Muttaki'eena 'alaa sururim masfoofatinw wa zawwaj naahum bihoorin 'een

    Ular qator tizilgan soʻrilarga yonboshlagan holdalar. Va ularni goʻzal koʻzli hurlarga uylab qoʻyganmiz.

  21. 21

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَٱتَّبَعَتْهُمْ ذُرِّيَّتُهُم بِإِيمَٰنٍ أَلْحَقْنَا بِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَمَآ أَلَتْنَٰهُم مِّنْ عَمَلِهِم مِّن شَىْءٍۢ ۚ كُلُّ ٱمْرِئٍۭ بِمَا كَسَبَ رَهِينٌۭ

    Wallazeena aamanoo wattaba'at hum zurriyyatuhum bieemaanin alhaqnaa bihim zurriyyatahum wa maaa alatnaahum min 'amalihim min shai'; kullum ri'im bimaa kasaba raheen

    Oʻzlari iymon keltirib, zurriyotlari ularga iymon bilan ergashganlarning zurriyotini ularga qoʻshdik va ularning amallaridan hech narsani kamaytirmadik. Har bir kishi oʻz kasbi garovidir. [2]

    [2] (Bu dunyoda iymonu islom bilan oʻtgan kishilarning agar zurriyotlari ham iymon bilan oʻtgan boʻlsa, darajalari uncha yuqori boʻlmasa ham, Alloh ularni otalariga qoʻshib qoʻyar ekan. Lekin, shu bilan birga otalarning amalidan hech bir narsa kamaytirilmas ekan. Yaʼni, bolalariga olib berilib, ularning darajasi tenglatilmas ekan. Chunki har kim oʻzi qilgan kasb-amalning garovidir, amali yaxshi boʻlsa, oqibati ham yaxshi boʻladi. Alloh koʻrsatmasin, amali yomon boʻlsa, oqibati ham...)

  22. 22

    وَأَمْدَدْنَٰهُم بِفَٰكِهَةٍۢ وَلَحْمٍۢ مِّمَّا يَشْتَهُونَ

    Wa amdadnaahum bifaa kihatinw wa lahmim mimmaa yashtahoon

    Va Biz ularga xohlagan mevalari va goʻshtlarini muhayyo qilib qoʻydik.

  23. 23

    يَتَنَٰزَعُونَ فِيهَا كَأْسًۭا لَّا لَغْوٌۭ فِيهَا وَلَا تَأْثِيمٌۭ

    Yatanaaza'oona feehaa kaasal laa laghwun feehaa wa laa taaseem

    Ular unda qadahlarni bir-birlariga uzaturlar. U yerda behuda sergaplik va gunoh yoʻq. [3]

    [3] (Oxirat sharobida noxush ishlarning birontasi roʻy bermas ekan.)

  24. 24

    ۞ وَيَطُوفُ عَلَيْهِمْ غِلْمَانٌۭ لَّهُمْ كَأَنَّهُمْ لُؤْلُؤٌۭ مَّكْنُونٌۭ

    Wa yatoofu 'alaihim ghilmaanul lahum ka annahum lu'lu'um maknoon

    Va atroflarida xuddi sadafdagi durdek gʻulomlari aylanib, xizmatda yurishar.

  25. 25

    وَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ يَتَسَآءَلُونَ

    Wa aqbala ba'duhum 'alaa ba'diny yatasaaa'aloon

    Baʼzilari boshqalaridan oʻgirilib soʻray boshladilar:

  26. 26

    قَالُوٓا۟ إِنَّا كُنَّا قَبْلُ فِىٓ أَهْلِنَا مُشْفِقِينَ

    Qaalooo innaa kunnaa qablu feee ahlinaa mushfiqeen

    «Albatta, biz ilgari oʻz ahlimiz davrasida U zotdan qoʻrquvchilardan edik.

  27. 27

    فَمَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْنَا وَوَقَىٰنَا عَذَابَ ٱلسَّمُومِ

    Famannnal laahu 'alainaa wa waqaanaa 'azaabas samoom

    Bas, Alloh bizga marhamat qildi va bizni doʻzax azobidan saqladi.

  28. 28

    إِنَّا كُنَّا مِن قَبْلُ نَدْعُوهُ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْبَرُّ ٱلرَّحِيمُ

    Innaa kunnaa min qablu nad'oohu innahoo huwal barrur raheem

    Albatta, biz ilgari Unga duo qilardik. Albatta, Uning Oʻzi yaxshilik qiluvchi va rahimlidur».

  29. 29

    فَذَكِّرْ فَمَآ أَنتَ بِنِعْمَتِ رَبِّكَ بِكَاهِنٍۢ وَلَا مَجْنُونٍ

    Fazakkir famaaa anta bini'mati rabbika bikaahininw wa laa majnoon

    Bas, eslatgin: sen Robbing neʼmati ila folbin ham emassan, majnun ham emassan. [4]

    [4] (Oyatdagi «kohin» soʻzini biz folbin deb tarjima qildik. Aslida, Arabiston yarim orolida kohin alohida tushunchadir. U jinlar bilan aloqasi borligini va gʻoyibdan xabar berishni daʼvo qiluvchi shaxsdir. Shuningdek, kohinlar ruhlar, xudolar bilan ham aloqamiz bor deyishadi va baʼzan tabiblik daʼvosini ham qilishadi.)

  30. 30

    أَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌۭ نَّتَرَبَّصُ بِهِۦ رَيْبَ ٱلْمَنُونِ

    Am yaqooloona shaa'irun natarabbasu bihee raibal manoon

    Balki: «U — shoir, biz unga oʻlim yetishini kutamiz», derlar?

  31. 31

    قُلْ تَرَبَّصُوا۟ فَإِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُتَرَبِّصِينَ

    Qul tarabbasoo fa innee ma'akum minal mutarabbiseen

    Aytgin: «Kutinglar, albatta, men ham sizlar bilan birga kutuvchidirman».

  32. 32

    أَمْ تَأْمُرُهُمْ أَحْلَٰمُهُم بِهَٰذَآ ۚ أَمْ هُمْ قَوْمٌۭ طَاغُونَ

    Am taamuruhum ahlaamuhum bihaazaaa am hum qawmun taaghoon

    Yo aqllari shunga buyuradimi, yoki ular tugʻyonga ketgan qavmlarmi?

  33. 33

    أَمْ يَقُولُونَ تَقَوَّلَهُۥ ۚ بَل لَّا يُؤْمِنُونَ

    Am yaqooloona taqawwalah; bal laa yu'minoon

    Balki, u(Qurʼon)ni oʻzi toʻqidi, derlar? Yoʻq, ular iymon keltirmaslar.

  34. 34

    فَلْيَأْتُوا۟ بِحَدِيثٍۢ مِّثْلِهِۦٓ إِن كَانُوا۟ صَٰدِقِينَ

    Falyaatoo bihadeesim misliheee in kaanoo saadiqeen

    Agar ularning gapi rost boʻlsa, u(Qurʼon)ga oʻxshash soʻzni keltirsinlar.

  35. 35

    أَمْ خُلِقُوا۟ مِنْ غَيْرِ شَىْءٍ أَمْ هُمُ ٱلْخَٰلِقُونَ

    Am khuliqoo min ghairi shai'in am humul khaaliqoon

    Balki, ular, hech narsadan hech narsa yoʻq, oʻzlari yaralgandirlar?! Yoki ular yaratuvchilarmi?

  36. 36

    أَمْ خَلَقُوا۟ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ ۚ بَل لَّا يُوقِنُونَ

    Am khalaqus samaawaati wal ard; bal laa yooqinoon

    Balki, ular osmonlaru yerni yaratgandirlar?! Yoʻq, ular ishonmaslar.

  37. 37

    أَمْ عِندَهُمْ خَزَآئِنُ رَبِّكَ أَمْ هُمُ ٱلْمُصَۣيْطِرُونَ

    Am'indahum khazaaa'inu rabbika am humul musaitiroon

    Balki, ularning huzurida Robbingning xaziynalari bordir?! Yoki ular boshqaruvchilarmi?

  38. 38

    أَمْ لَهُمْ سُلَّمٌۭ يَسْتَمِعُونَ فِيهِ ۖ فَلْيَأْتِ مُسْتَمِعُهُم بِسُلْطَٰنٍۢ مُّبِينٍ

    Am lahum sullamuny yastami'oona feehi falyaati mustami'uhum bisultaanim mubeen

    Balki, ularning (xabarni) eshitadigan narvonlari bordir?! Undoq boʻlsa, eshituvchilari ravshan hujjat keltirsin. [5]

    [5] (Mushriklar Muhammad alayhissalomni yolgʻonchiga chiqarganlar. Xoʻsh, nimaga asoslanib bunday qilishgan? Yoki ularning osmonga qoʻygan narvonlari bor-u unga chiqib, Muhammad paygʻambar emas, unga vahiy yuborilayotgani yoʻq, degan xabarni eshitishdimi? Agar haqiqatda eshitgan boʻlsalar, ochiq-oydin dalil koʻrsatsinlar.)

  39. 39

    أَمْ لَهُ ٱلْبَنَٰتُ وَلَكُمُ ٱلْبَنُونَ

    Am lahul banaatu wa lakumul banoon

    Yoki U zotga qizlar-u, sizlarga oʻgʻillarmi?

  40. 40

    أَمْ تَسْـَٔلُهُمْ أَجْرًۭا فَهُم مِّن مَّغْرَمٍۢ مُّثْقَلُونَ

    Am tas'aluhum ajran fahum mim maghramim musqaloon

    Yoki sen ulardan haq soʻrayapsan-u, ular toʻlovdan qiynalayaptilarmi?

  41. 41

    أَمْ عِندَهُمُ ٱلْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبُونَ

    Am 'indahumul ghaibu fahum yaktuboon

    Balki, ularning ixtiyorida gʻayb (ilmi) boʻlib, ular yozib olayotgandirlar?!

  42. 42

    أَمْ يُرِيدُونَ كَيْدًۭا ۖ فَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ هُمُ ٱلْمَكِيدُونَ

    Am yureedoona kaidan fallazeena kafaroo humul makeedoon

    Balki, hiyla koʻrsatishni xohlarlar?! Bas, kofirlar hiylalarining jazosini tortarlar.

  43. 43

    أَمْ لَهُمْ إِلَٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ ۚ سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    Am lahum ilaahun ghairul laa; subhaanal laahi 'ammaa yushrikoon

    Balki, ularning Allohdan boshqa xudolari bordir?! Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok boʻldi.

  44. 44

    وَإِن يَرَوْا۟ كِسْفًۭا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ سَاقِطًۭا يَقُولُوا۟ سَحَابٌۭ مَّرْكُومٌۭ

    Wa iny yaraw kisfam minas samaaa'i saaqitany yaqooloo sahaabum markoom

    Agar ular boshlariga tushayotgan parchani koʻrsalar ham, toʻplangan bulut, derlar.

  45. 45

    فَذَرْهُمْ حَتَّىٰ يُلَٰقُوا۟ يَوْمَهُمُ ٱلَّذِى فِيهِ يُصْعَقُونَ

    Fazarhum hatta yulaaqoo yawmahumul lazee feehi yus'aqoon

    Ularni halokatga uchraydigan kunlariga yoʻliqqunlarigacha tek qoʻy. [6]

    [6] (Mushrik va dinsizlarni qiyomat kunigacha qoʻyib ber, nima qilishsa qilishaversin.)

  46. 46

    يَوْمَ لَا يُغْنِى عَنْهُمْ كَيْدُهُمْ شَيْـًۭٔا وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ

    Yawma laa yughnee 'anhum kaidumhum shai'anw wa laa hum yunsaroon

    U kunda hiylalari ularga hech qanday foyda bermas va ularga yordam ham berilmas.

  47. 47

    وَإِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ عَذَابًۭا دُونَ ذَٰلِكَ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Wa inna lillazeena zalamoo 'azaaban doona zalika wa laakinna aksarahum laa ya'lamoon

    Va, albatta, zulm qilganlarga undan oʻzga azob ham bor, lekin koʻplari bilmaslar. [7]

    [7] (Yaʼni, kofir, zolimlarga oxirat azobidan oʻzga bu dunyoning azobi ham bor yoki qabr azobi boʻlishi ham mumkin.)

  48. 48

    وَٱصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ فَإِنَّكَ بِأَعْيُنِنَا ۖ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ حِينَ تَقُومُ

    Wasbir lihukmi rabbika fa innaka bi-a'yuninaa wa sabbih bihamdi rabbika heena taqoom

    Bas, Robbing hukmiga sabr qil. Albatta, sen koʻz oʻngimizdasan, oʻrningdan turganingda Robbingga tasbih ayt!

  49. 49

    وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَسَبِّحْهُ وَإِدْبَٰرَ ٱلنُّجُومِ

    Wa minal laili fasabbihhu wa idbaaran nujoom

    Va kechasi ham. Bas, yulduzlar botgandan keyin ham tasbih ayt. [8]

    [8] (Demak, har doim Allohga bogʻliq boʻlmoq zarur. Imom Molik Zuhriydan qilgan rivoyatlarida Ibn Matʼamning otasi aytadiki, «Paygʻambar alayhissalomni shom namozida «Vat-Tur» surasini oʻqiyotganlarini eshitdim. U kishidan koʻra ovozi shirinroq va qiroati yaxshiroq odamni koʻrmaganman».)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com