Sura 53

Najm

النَّجۡمِ

An-Najm · Makkiy · 62 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَٱلنَّجْمِ إِذَا هَوَىٰ

    Wannajmi izaa hawaa

    Botayotgan yulduz bilan qasam.

  2. 2

    مَا ضَلَّ صَاحِبُكُمْ وَمَا غَوَىٰ

    Maa dalla saahibukum wa maa ghawaa

    Sizning Birodaringiz adashgani ham yoʻq, yoʻldan ozgani ham yoʻq.

  3. 3

    وَمَا يَنطِقُ عَنِ ٱلْهَوَىٰٓ

    Wa maa yyantiqu 'anilhawaaa

    U havodan nutq qilmas.

  4. 4

    إِنْ هُوَ إِلَّا وَحْىٌۭ يُوحَىٰ

    In huwa illaa Wahyuny yoohaa

    U (Qurʼon) vahiydan oʻzga narsa emas.

  5. 5

    عَلَّمَهُۥ شَدِيدُ ٱلْقُوَىٰ

    'Allamahoo shadeedul quwaa

    U(Muhammad)ga shiddatli quvvat egasi taʼlim berdi.

  6. 6

    ذُو مِرَّةٍۢ فَٱسْتَوَىٰ

    Zoo mirratin fastawaa

    Mirrat egasi koʻtarildi.

  7. 7

    وَهُوَ بِٱلْأُفُقِ ٱلْأَعْلَىٰ

    Wa huwa bil ufuqil a'laa

    Va u oliy ufqda edi.

  8. 8

    ثُمَّ دَنَا فَتَدَلَّىٰ

    Summa danaa fatadalla

    Soʻngra yaqinlashdi va juda ham yaqin boʻldi.

  9. 9

    فَكَانَ قَابَ قَوْسَيْنِ أَوْ أَدْنَىٰ

    Fakaana qaaba qawsaini aw adnaa

    Bas, ikki kamon miqdoriday joyda boʻldi. Balki undan ham yaqinroq keldi.

  10. 10

    فَأَوْحَىٰٓ إِلَىٰ عَبْدِهِۦ مَآ أَوْحَىٰ

    Fa awhaaa ilaa 'abdihee maaa awhaa

    Va U zot bandasiga nimani vahiy qilgan boʻlsa, yetkazdi.

  11. 11

    مَا كَذَبَ ٱلْفُؤَادُ مَا رَأَىٰٓ

    Maa kazabal fu'aadu maa ra aa

    Qalb (koʻz) koʻrganini yolgʻonga chiqarmadi.

  12. 12

    أَفَتُمَٰرُونَهُۥ عَلَىٰ مَا يَرَىٰ

    Afatumaaroonahoo 'alaa maayaraa

    U bilan oʻzi koʻrgan narsa ustida tortishasizlarmi?!

  13. 13

    وَلَقَدْ رَءَاهُ نَزْلَةً أُخْرَىٰ

    Wa laqad ra aahu nazlatan ukhraa

    Va, darhaqiqat, uni boshqa safar koʻrdi.

  14. 14

    عِندَ سِدْرَةِ ٱلْمُنتَهَىٰ

    'Inda sidratil muntaha

    Sidratul muntaha(tugash daraxti) oldida.

  15. 15

    عِندَهَا جَنَّةُ ٱلْمَأْوَىٰٓ

    'Indahaa jannatul maawaa

    Uning huzurida maʼvo jannati bor.

  16. 16

    إِذْ يَغْشَى ٱلسِّدْرَةَ مَا يَغْشَىٰ

    Iz yaghshas sidrata maa yaghshaa

    Oʻshanda, u(daraxt)ni oʻraydigan narsa oʻrab turibdi.

  17. 17

    مَا زَاغَ ٱلْبَصَرُ وَمَا طَغَىٰ

    Maa zaaghal basaru wa maa taghaa

    Nigoh burilmadi ham, haddidan oshmadi ham.

  18. 18

    لَقَدْ رَأَىٰ مِنْ ءَايَٰتِ رَبِّهِ ٱلْكُبْرَىٰٓ

    Laqad ra aa min aayaati Rabbihil kubraaa

    Darhaqiqat, oʻz Robbisining ulkan belgilaridan koʻrdi. [1]

    [1] (Muhammad alayhissalom meʼroj kechasida, jannatni, doʻzaxni, Baytul maʼmurni, oʻtgan paygʻambarlarni, Jabroil alayhissalomning asl holatlarini va boshqalarni koʻrdilar.)

  19. 19

    أَفَرَءَيْتُمُ ٱللَّٰتَ وَٱلْعُزَّىٰ

    Afara'aytumul laata wal 'uzzaa

    Lot va Uzzoni oʻylab koʻrdingizmi?

  20. 20

    وَمَنَوٰةَ ٱلثَّالِثَةَ ٱلْأُخْرَىٰٓ

    Wa manaatas saalisatal ukhraa

    Va boshqasi, uchinchisi — Manotni ham (oʻylab koʻrdingizmi)?

  21. 21

    أَلَكُمُ ٱلذَّكَرُ وَلَهُ ٱلْأُنثَىٰ

    A-lakumuz zakaru wa lahul unsaa

    Sizlarga erkak-u, U zotga ayolmi?

  22. 22

    تِلْكَ إِذًۭا قِسْمَةٌۭ ضِيزَىٰٓ

    Tilka izan qismatun deezaa

    Undoq boʻlsa, bu notoʻgʻri taqsim-ku!

  23. 23

    إِنْ هِىَ إِلَّآ أَسْمَآءٌۭ سَمَّيْتُمُوهَآ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَٰنٍ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَمَا تَهْوَى ٱلْأَنفُسُ ۖ وَلَقَدْ جَآءَهُم مِّن رَّبِّهِمُ ٱلْهُدَىٰٓ

    In hiya illaaa asmaaa'un sammaitumoohaaa antum wa aabaaa'ukum maaa anzalal laahu bihaa min sultaan; inyyattabi'oona illaz zanna wa maa tahwal anfusu wa laqad jaaa'ahum mir Rabbihimul hudaa

    U(but)lar siz va ota-bobolaringiz qoʻygan nomlardan oʻzga hech narsa emas. Alloh bunga hech hujjat tushirgan emas. U(mushrik)lar, Robbilaridan hidoyat kelganiga qaramay, gumon va havoyi nafs xohishiga ergasharlar, xolos.

  24. 24

    أَمْ لِلْإِنسَٰنِ مَا تَمَنَّىٰ

    Am lil insaani maa taman naa

    Yoki har inson nimani xohlasa, shu boʻlaveradimi?

  25. 25

    فَلِلَّهِ ٱلْءَاخِرَةُ وَٱلْأُولَىٰ

    Falillaahil aakhiratu wal oolaa

    Zero, oxirat ham, dunyo ham Allohnikidir.

  26. 26

    ۞ وَكَم مِّن مَّلَكٍۢ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ لَا تُغْنِى شَفَٰعَتُهُمْ شَيْـًٔا إِلَّا مِنۢ بَعْدِ أَن يَأْذَنَ ٱللَّهُ لِمَن يَشَآءُ وَيَرْضَىٰٓ

    Wa kam mim malakin fissamaawaati laa tughnee shafaa'atuhum shai'an illaa mim ba'di anyyaazanal laahu limany yashaaa'u wa yardaa

    Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar mavjud, ularning shafoati hech foyda bermas. Magar, Alloh Oʻzi xohlagan va rozi boʻlganlarga izn bersa.

  27. 27

    إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ لَيُسَمُّونَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ تَسْمِيَةَ ٱلْأُنثَىٰ

    innal lazeena laa yu'minoona bil aakhirati la yusammoonal malaaa'ikata tasmiyatal unsaa

    Albatta, oxiratga iymon keltirmaganlar farishtalarni ayol nomi bilan nomlarlar.

  28. 28

    وَمَا لَهُم بِهِۦ مِنْ عِلْمٍ ۖ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ ۖ وَإِنَّ ٱلظَّنَّ لَا يُغْنِى مِنَ ٱلْحَقِّ شَيْـًۭٔا

    Wa maa lahum bihee min 'ilmin iny yattabi'oona illaz zanna wa innaz zanna laa yughnee minal haqqi shai'aa

    Ularda bu haqda hech qanday ilm yoʻq. Gumondan boshqa narsaga ergashmaslar. Albatta, gumon haqiqat oʻrniga oʻtmas.

  29. 29

    فَأَعْرِضْ عَن مَّن تَوَلَّىٰ عَن ذِكْرِنَا وَلَمْ يُرِدْ إِلَّا ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا

    Fa a'rid 'am man tawallaa 'an zikrinaa wa lam yurid illal hayaatad dunyaa

    Bizning zikrimizga orqa oʻgirgan, hayoti dunyodan boshqani xohlamaydiganlardan yuz oʻgir.

  30. 30

    ذَٰلِكَ مَبْلَغُهُم مِّنَ ٱلْعِلْمِ ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ ٱهْتَدَىٰ

    Zalika mablaghuhum minal 'ilm; inna rabbaka huwa a'lamu biman dalla 'an sabee lihee wa huwa a'lamu bimanih tadaa

    Ularning erishgan ilmlari mana shu. Albatta, Robbing Uning yoʻlidan adashganlarni bilguvchidir va U hidoyatdagilarni ham bilguvchidir.

  31. 31

    وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ لِيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ أَسَٰٓـُٔوا۟ بِمَا عَمِلُوا۟ وَيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ أَحْسَنُوا۟ بِٱلْحُسْنَى

    Wa lillaahi maa fis samaawaati wa maa fil ardi liyajziyal lazeena asaaa'oo bimaa 'amiloo wa yajziyal lazeena ahsanoo bilhusnaa

    Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohnikidir. U yomonlik qilganlarni amaliga yarasha jazolar va yaxshilik qilganlarni goʻzal (mukofot) ila mukofotlar.

  32. 32

    ٱلَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَٰٓئِرَ ٱلْإِثْمِ وَٱلْفَوَٰحِشَ إِلَّا ٱللَّمَمَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ وَٰسِعُ ٱلْمَغْفِرَةِ ۚ هُوَ أَعْلَمُ بِكُمْ إِذْ أَنشَأَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ وَإِذْ أَنتُمْ أَجِنَّةٌۭ فِى بُطُونِ أُمَّهَٰتِكُمْ ۖ فَلَا تُزَكُّوٓا۟ أَنفُسَكُمْ ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ ٱتَّقَىٰٓ

    Allazeena yajtaniboona kabaaa'iral ismi walfawaa hisha illal lamam; inna rabbaka waasi'ul maghfirah; huwa a'lamu bikum iz ansha akum minal ardi wa iz antum ajinnatun fee butooni umma haatikum falaa tuzakkooo anfusakum huwa a'lamu bimanit taqaa

    Ular kichik gunohlardan boshqa katta gunohlar va fahsh ishlardan chetda boʻladiganlardir. Albatta, Robbing magʻfirati keng Zotdir. U sizlarni tuproqdan paydo qilganda ham, onalaringiz qorinlarida homilalik chogʻingizni ham yaxshi biluvchidir. Shundoq ekan, oʻzingizni oqlamang, U kim taqvodorligini yaxshi biladir. [2]

    [2] (Oyatdagi «Lamam» soʻzini biz «kichik gunohlar» deb tarjima qildik. Aslida, «lamam» soʻzi «oz», «kichik» maʼnolarini anglatadi. «Kichik gunoh» iborasi eng munosib maʼnodir. «Fahsh ishlar» iborasi qabihligi katta ish va soʻzlarga nisbatan ishlatiladi. Shariatda «katta gunoh» deb Alloh haromligini bayon qilgan va yoki jazosi belgilangan gunohlarga aytiladi. Oʻgʻrilik, odam oʻldirish va zino kabilar.)

  33. 33

    أَفَرَءَيْتَ ٱلَّذِى تَوَلَّىٰ

    Afara'ayatal lazee tawallaa

    Yuz oʻgirib ketganni koʻrdingmi?!

  34. 34

    وَأَعْطَىٰ قَلِيلًۭا وَأَكْدَىٰٓ

    Wa a'taa qaleelanw wa akdaa

    U ozgina berdi va toʻxtadi.

  35. 35

    أَعِندَهُۥ عِلْمُ ٱلْغَيْبِ فَهُوَ يَرَىٰٓ

    A'indahoo 'ilmul ghaibi fahuwa yaraa

    Uning huzurida gʻayb ilmi bor-u, u koʻrib turibdimi? [3]

    [3] (Gʻaybni faqat Alloh bilib, boshqa hech kim bilmasligi aniq. Oxiratning gʻamini yemay yurganlar nimaga suyanishadi? Gʻaybni bilmagandan keyin inson doimo oʻziga oxiratda foyda beradigan ishlarni koʻproq bajarishga harakat qilmogʻi lozim.)

  36. 36

    أَمْ لَمْ يُنَبَّأْ بِمَا فِى صُحُفِ مُوسَىٰ

    Am lam yunabbaa bimaa fee suhuhfi Moosa

    Yoki Musoning sahifalaridagi narsalar xabari unga berilmadimi?

  37. 37

    وَإِبْرَٰهِيمَ ٱلَّذِى وَفَّىٰٓ

    Wa Ibraaheemal lazee waffaaa

    Va vafo qilgan Ibrohimning?

  38. 38

    أَلَّا تَزِرُ وَازِرَةٌۭ وِزْرَ أُخْرَىٰ

    Allaa taziru waaziratunw wizra ukhraa

    Albatta, hech bir gunohkor boshqaning gunohini koʻtarmas.

  39. 39

    وَأَن لَّيْسَ لِلْإِنسَٰنِ إِلَّا مَا سَعَىٰ

    Wa al laisa lil insaani illaa maa sa'aa

    Har bir insonga oʻz qilganidan boshqa narsa yoʻq.

  40. 40

    وَأَنَّ سَعْيَهُۥ سَوْفَ يُرَىٰ

    Wa anna sa'yahoo sawfa yuraa

    Va, albatta, uning qilmishi tezda koʻrinur.

  41. 41

    ثُمَّ يُجْزَىٰهُ ٱلْجَزَآءَ ٱلْأَوْفَىٰ

    Summa yujzaahul jazaaa 'al awfaa

    Soʻngra jazo yoki mukofoti toʻliq berilur. [4]

    [4] (Ushbu zikr etilgan maʼnolar Muso alayhissalomning Tavrotlarida va Ibrohim alayhissalomning sahifalarida kelgandir.)

  42. 42

    وَأَنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ ٱلْمُنتَهَىٰ

    Wa anna ilaa rabbikal muntahaa

    Va, albatta, intiho Robbing huzuridadir.

  43. 43

    وَأَنَّهُۥ هُوَ أَضْحَكَ وَأَبْكَىٰ

    Wa annahoo huwa adhaka wa abkaa

    Va, albatta, kuldirgan ham Oʻzi, yigʻlatgan ham Oʻzidir.

  44. 44

    وَأَنَّهُۥ هُوَ أَمَاتَ وَأَحْيَا

    Wa annahoo huwa amaata wa ahyaa

    Albatta, oʻldirgan ham Oʻzi, tiriltirgan ham Oʻzi.

  45. 45

    وَأَنَّهُۥ خَلَقَ ٱلزَّوْجَيْنِ ٱلذَّكَرَ وَٱلْأُنثَىٰ

    Wa annahoo khalaqaz zawjainiz zakara wal unsaa

    Albatta, ikki juftni — erkak va ayolni yaratgan ham Oʻzi.

  46. 46

    مِن نُّطْفَةٍ إِذَا تُمْنَىٰ

    Min nutfatin izaa tumnaa

    Otilib chiqqan nutfadan.

  47. 47

    وَأَنَّ عَلَيْهِ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْأُخْرَىٰ

    Wa anna 'alaihin nash atal ukhraa

    Va, albatta, keyingi paydo qilish zimmasidagi zot ham Oʻzi.

  48. 48

    وَأَنَّهُۥ هُوَ أَغْنَىٰ وَأَقْنَىٰ

    Wa annahoo huwa aghnaa wa aqnaa

    Va, albatta, behojat qilgan ham Oʻzi, badavlat qilgan ham Oʻzi.

  49. 49

    وَأَنَّهُۥ هُوَ رَبُّ ٱلشِّعْرَىٰ

    Wa annahoo huwa rabbush shi'raa

    Va, albatta Sheʼroning robbisi ham Uning Oʻzi.

  50. 50

    وَأَنَّهُۥٓ أَهْلَكَ عَادًا ٱلْأُولَىٰ

    Wa annahooo ahlak a 'Aadanil oolaa

    Va, albatta, birinchi Odni halok qilgan ham Oʻzi.

  51. 51

    وَثَمُودَا۟ فَمَآ أَبْقَىٰ

    Wa samooda famaaa abqaa

    Va Samudni boqiy qoldirmagan ham Oʻzi.

  52. 52

    وَقَوْمَ نُوحٍۢ مِّن قَبْلُ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ هُمْ أَظْلَمَ وَأَطْغَىٰ

    Wa qawma Noohim min qablu innahum kaanoo hum azlama wa atghaa

    Va bundan oldin Nuh qavmini (halok qilgan ham Oʻzi). Chunki, ular oʻta zolim va oʻta tugʻyonga ketgan edilar.

  53. 53

    وَٱلْمُؤْتَفِكَةَ أَهْوَىٰ

    Wal mu'tafikata ahwaa

    Va toʻntarilganni qulatgan (ham Oʻzi).

  54. 54

    فَغَشَّىٰهَا مَا غَشَّىٰ

    Faghashshaahaa maa ghashshaa

    Bas, uni oʻragan narsa oʻrab oldi.

  55. 55

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكَ تَتَمَارَىٰ

    Fabi ayyi aalaaa'i Rabbika tatamaaraa

    Shunday ekan, Robbingning qaysi neʼmatlariga shak keltirasan?

  56. 56

    هَٰذَا نَذِيرٌۭ مِّنَ ٱلنُّذُرِ ٱلْأُولَىٰٓ

    Haazaa nazeerum minan nuzuril oolaa

    Bu, avvalgi ogohlantiruvchilar kabi bir ogohlantiruvchidir. [5]

    [5] (Ogoh boʻlinglar: avvalgi ogohlantiruvchilarga dushman boʻlganlarning kuni sizlarning boshingizga tushib qolmasin!)

  57. 57

    أَزِفَتِ ٱلْءَازِفَةُ

    Azifatil laazifah

    Yaqinlashuvchi yaqinlashdi.

  58. 58

    لَيْسَ لَهَا مِن دُونِ ٱللَّهِ كَاشِفَةٌ

    Laisa lahaa min doonil laahi kaashifah

    Uni Allohdan boshqa kashf qiluvchi yoʻq.

  59. 59

    أَفَمِنْ هَٰذَا ٱلْحَدِيثِ تَعْجَبُونَ

    Afamin hazal hadeesi ta'jaboon

    Bu soʻzdan sizlar ajablanasizlarmi?

  60. 60

    وَتَضْحَكُونَ وَلَا تَبْكُونَ

    Wa tadhakoona wa laa tabkoon

    Va kulasizlar-u, yigʻlamaysizlarmi?

  61. 61

    وَأَنتُمْ سَٰمِدُونَ

    Wa antum saamidoon

    Va holbuki, sizlar beparvosizlar.

  62. 62

    فَٱسْجُدُوا۟ لِلَّهِ وَٱعْبُدُوا۟ ۩

    Fasjudoo lillaahi wa'budoo

    Bas, Allohga sajda qilinglar va ibodat qilinglar.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com