Sura 51

Zoriyot

الذَّارِيَاتِ

Adh-Dhariyat · Makkiy · 60 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَٱلذَّٰرِيَٰتِ ذَرْوًۭا

    Waz-zaariyaati zarwaa

    Chang toʻzituvchi(shamol)lar bilan qasam.

  2. 2

    فَٱلْحَٰمِلَٰتِ وِقْرًۭا

    Falhaamilaati wiqraa

    Yuk koʻtaruvchi(bulut)lar bilan qasam.

  3. 3

    فَٱلْجَٰرِيَٰتِ يُسْرًۭا

    Faljaariyaati yusraa

    Oson yuruvchi(kema)lar bilan qasam.

  4. 4

    فَٱلْمُقَسِّمَٰتِ أَمْرًا

    Falmuqassimaati amraa

    Ish taqsimlovchi(farishta)lar bilan qasam.

  5. 5

    إِنَّمَا تُوعَدُونَ لَصَادِقٌۭ

    Innamaa too'adoona la-saadiq

    Albatta, sizga vaʼda qilingan narsa rostdir.

  6. 6

    وَإِنَّ ٱلدِّينَ لَوَٰقِعٌۭ

    Wa innad deena la waaqi'

    Va, albatta, qiyomat voqeʼ boʻlguvchidir.

  7. 7

    وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلْحُبُكِ

    Wassamaaa'i zaatil hubuk

    Goʻzal, mustahkam osmon bilan qasam.

  8. 8

    إِنَّكُمْ لَفِى قَوْلٍۢ مُّخْتَلِفٍۢ

    Innakum lafee qawlim mukhtalif

    Albatta, sizlarning gaplaringiz ixtiloflidir.

  9. 9

    يُؤْفَكُ عَنْهُ مَنْ أُفِكَ

    Yu'faku 'anhu man ufik

    U(Qurʼon)dan kim burilsa, (butunlay) burib qoʻyiladir. [1]

    [1] (Qurʼondan burilib, boshqa narsani tutmoqchi boʻlgan, hech qachon najot topmabdi. Chunki, bir yoʻla zalolatga burilib qolgan boʻladi.)

  10. 10

    قُتِلَ ٱلْخَرَّٰصُونَ

    Qutilal kharraasoon

    Yolgʻonchilarga laʼnat boʻlsin!

  11. 11

    ٱلَّذِينَ هُمْ فِى غَمْرَةٍۢ سَاهُونَ

    Allazeena hum fee ghamratin saahoon

    Ular jaholatdagi gʻofillardir.

  12. 12

    يَسْـَٔلُونَ أَيَّانَ يَوْمُ ٱلدِّينِ

    Yas'aloona ayyaana yawmud Deen

    Ular: «Hisob-kitob kuni qachon», deb soʻrarlar.

  13. 13

    يَوْمَ هُمْ عَلَى ٱلنَّارِ يُفْتَنُونَ

    Yawma hum 'alan naari yuftanoon

    Bu kunda ular olovda azoblanurlar.

  14. 14

    ذُوقُوا۟ فِتْنَتَكُمْ هَٰذَا ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تَسْتَعْجِلُونَ

    Zooqoo fitnatakum haa zal lazee kuntum bihee tas ta'jiloon

    «Azobingizni tatib koʻring», siz «Qachon boʻladir», deb shoshilgan narsa — shu!» (deyilur).

  15. 15

    إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّٰتٍۢ وَعُيُونٍ

    Innal muttaqeena fee jannaatinw wa 'uyoon

    Albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlardadir.

  16. 16

    ءَاخِذِينَ مَآ ءَاتَىٰهُمْ رَبُّهُمْ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَبْلَ ذَٰلِكَ مُحْسِنِينَ

    Aakhizeena maaa aataahum Rabbuhum; innahum kaanoo qabla zaalika muhsineen

    Robbilari bergan narsalarni oluvchilardir. Chunki, ular bundan oldin ehson qiluvchilardan boʻlganlardir.

  17. 17

    كَانُوا۟ قَلِيلًۭا مِّنَ ٱلَّيْلِ مَا يَهْجَعُونَ

    kaanoo qaleelam minal laili maa yahja'oon

    Ular kechalari oz uxlar edilar.

  18. 18

    وَبِٱلْأَسْحَارِ هُمْ يَسْتَغْفِرُونَ

    Wa bilashaari hum yastaghfiroon

    Va ular saharlarda istigʻfor aytar edilar.

  19. 19

    وَفِىٓ أَمْوَٰلِهِمْ حَقٌّۭ لِّلسَّآئِلِ وَٱلْمَحْرُومِ

    Wa feee amwaalihim haqqul lissaaa'ili walmahroom

    Va molu mulklarida soʻrovchi va bechoralarning haqqi bordir.

  20. 20

    وَفِى ٱلْأَرْضِ ءَايَٰتٌۭ لِّلْمُوقِنِينَ

    Wa fil ardi aayaatul lilmooqineen

    Va yerda chuqur ishonuvchilar uchun belgilar bor.

  21. 21

    وَفِىٓ أَنفُسِكُمْ ۚ أَفَلَا تُبْصِرُونَ

    Wa feee anfusikum; afalaa tubsiroon

    Va oʻzlaringizda ham (belgilar) bor. Yoki koʻrmayapsizlarmi?!

  22. 22

    وَفِى ٱلسَّمَآءِ رِزْقُكُمْ وَمَا تُوعَدُونَ

    Wa fissamaaa'i rizqukum wa maa too'adoon

    Va osmonda rizqingiz hamda sizga vaʼda qilinayotgan narsa (bor).

  23. 23

    فَوَرَبِّ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ إِنَّهُۥ لَحَقٌّۭ مِّثْلَ مَآ أَنَّكُمْ تَنطِقُونَ

    Fawa Rabbis samaaa'i wal ardi innahoo lahaqqum misla maa annakum tantiqoon

    Osmonu yerning Robbisi ila qasamki, albatta, u (vaʼda) misoli siz nutq qilayotganingizdek haqiqatdir.

  24. 24

    هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ضَيْفِ إِبْرَٰهِيمَ ٱلْمُكْرَمِينَ

    Hal ataaka hadeesu daifi Ibraaheemal mukrameen

    Senga Ibrohimning karamli mehmonlarining xabari kelmadimi?

  25. 25

    إِذْ دَخَلُوا۟ عَلَيْهِ فَقَالُوا۟ سَلَٰمًۭا ۖ قَالَ سَلَٰمٌۭ قَوْمٌۭ مُّنكَرُونَ

    Iz dakhaloo 'alaihi faqaaloo salaaman qaala salaamun qawmum munkaroon

    Ular uning huzuriga kirib, «Salom» deganlarida, u «Salom, notanish qavmlar», dedi.

  26. 26

    فَرَاغَ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ فَجَآءَ بِعِجْلٍۢ سَمِينٍۢ

    Faraagha ilaaa ahlihee fajaaa'a bi'ijlin sameen

    Ahliga (maxfiy) borib, semiz buzoqni (pishirib) keltirdi.

  27. 27

    فَقَرَّبَهُۥٓ إِلَيْهِمْ قَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ

    Faqarrabahooo ilaihim qaala alaa taakuloon

    Uni ularga yaqin surdi va: «Yemaysizlarmi?» – dedi.

  28. 28

    فَأَوْجَسَ مِنْهُمْ خِيفَةًۭ ۖ قَالُوا۟ لَا تَخَفْ ۖ وَبَشَّرُوهُ بِغُلَٰمٍ عَلِيمٍۢ

    Fa awjasa minhm khee fatan qaaloo laa takhaf wa bashsharoohu bighulaamin 'aleem

    Ulardan xavfsiradi. Ular: «Qoʻrqma», dedilar va unga ilmli oʻgʻil bashoratini berdilar.

  29. 29

    فَأَقْبَلَتِ ٱمْرَأَتُهُۥ فِى صَرَّةٍۢ فَصَكَّتْ وَجْهَهَا وَقَالَتْ عَجُوزٌ عَقِيمٌۭ

    Fa aqbalatim ra-atuhoo fee sarratin fasakkat wajhahaa wa qaalat 'ajoozun 'aqeem

    Bas, xotini qichqirib keldi va oʻz yuziga shapaloq tushirib: «Qari, tugʻmas xotin-a?!» – dedi.

  30. 30

    قَالُوا۟ كَذَٰلِكِ قَالَ رَبُّكِ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْعَلِيمُ

    Qaaloo kazaaliki qaala Rabbuki innahoo huwal hakeemul 'aleem

    Ular: «Sening Robbing shunday dedi. Albatta, Uning Oʻzi Hakiym va Aliymdir», dedilar.

  31. 31

    ۞ قَالَ فَمَا خَطْبُكُمْ أَيُّهَا ٱلْمُرْسَلُونَ

    Qaala famaa khatbukum ayyuhal mursaloon

    U: «Ey elchilar! Sizning ishingiz nedir?» – dedi.

  32. 32

    قَالُوٓا۟ إِنَّآ أُرْسِلْنَآ إِلَىٰ قَوْمٍۢ مُّجْرِمِينَ

    Qaalooo innaaa ursilnaaa ilaa qawmim mujrimeen

    Ular: «Albatta, biz jinoyatchi qavmga yuborilganmiz.

  33. 33

    لِنُرْسِلَ عَلَيْهِمْ حِجَارَةًۭ مِّن طِينٍۢ

    Linursila 'alaihim hijaa ratam min teen

    Ularning ustidan loydan (pishirilgan) toshlarni tashlash uchun.

  34. 34

    مُّسَوَّمَةً عِندَ رَبِّكَ لِلْمُسْرِفِينَ

    Musawwamatan 'inda rabbika lilmusrifeen

    Robbing huzurida isrofchilar uchun belgilab qoʻyilganlarni», dedilar.

  35. 35

    فَأَخْرَجْنَا مَن كَانَ فِيهَا مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Fa akhrajnaa man kaana feehaa minal mu'mineen

    Va Biz u joydan moʻminlarni chiqardik.

  36. 36

    فَمَا وَجَدْنَا فِيهَا غَيْرَ بَيْتٍۢ مِّنَ ٱلْمُسْلِمِينَ

    Famaa wajadnaa feehaa ghaira baitim minal muslimeen

    U yerda bir xonadondan boshqa musulmonlarni topmadik.

  37. 37

    وَتَرَكْنَا فِيهَآ ءَايَةًۭ لِّلَّذِينَ يَخَافُونَ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ

    Wa taraknaa feehaaa aayatal lillazeena yakhaafoonal 'azaabal aleem

    Va u yerda alamli azobdan qoʻrqadiganlar uchun oyat(belgi) qoldirdik.

  38. 38

    وَفِى مُوسَىٰٓ إِذْ أَرْسَلْنَٰهُ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ بِسُلْطَٰنٍۢ مُّبِينٍۢ

    Wa fee Moosaaa iz arsalnaahu ilaa Fir'wna bisultaa nim mubeen

    Va Musoda ham (belgi) bor. Biz uni Firʼavnga ravshan hujjat ila yuborganimizda...

  39. 39

    فَتَوَلَّىٰ بِرُكْنِهِۦ وَقَالَ سَٰحِرٌ أَوْ مَجْنُونٌۭ

    Fatawalla biruknihee wa qaala saahirun aw majnoon

    U yuz oʻgirib, ishongani tomon yurdi va: «(Muso) sehrgar yoki majnundir», dedi.

  40. 40

    فَأَخَذْنَٰهُ وَجُنُودَهُۥ فَنَبَذْنَٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ وَهُوَ مُلِيمٌۭ

    Fa akhaznaahu wa junoo dahoo fanabaznaahum fil yammi wa huwa muleem

    Bas, Biz uni va askarlarini tutib dengizga tashladik va u malomatga loyiq ish qiluvchi edi.

  41. 41

    وَفِى عَادٍ إِذْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلرِّيحَ ٱلْعَقِيمَ

    Wa fee 'Aadin iz arsalnaa 'alaihimur reehal'aqeem

    Va Odda ham (belgi) bor. Vaqtiki, Biz ularga tugʻmas shamolni yubordik. [2]

    [2] (Odatda, shamol yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi. Od qavmiga kelgan shamol esa ularga yomgʻir emas, balo-ofat, halokatni olib kelgan, shuning uchun uning tugʻmas, yaʼni befoyda deb sifatlanyapti.)

  42. 42

    مَا تَذَرُ مِن شَىْءٍ أَتَتْ عَلَيْهِ إِلَّا جَعَلَتْهُ كَٱلرَّمِيمِ

    Maa tazaru min shai'in atat 'alaihi illaa ja'alat hu karrameem

    U qaysi narsaga yetib borsa, titib tashlamasdan qoʻymas.

  43. 43

    وَفِى ثَمُودَ إِذْ قِيلَ لَهُمْ تَمَتَّعُوا۟ حَتَّىٰ حِينٍۢ

    Wa fee Samooda iz qeela lahum tamatta''oo hattaa heen

    Va Samudda ham (belgi) bor. Ularga: «Vaqtinchalik maza qilib turinglar», deyilgan vaqtda...

  44. 44

    فَعَتَوْا۟ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِمْ فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّٰعِقَةُ وَهُمْ يَنظُرُونَ

    Fa'ataw 'an amri Rabbihim fa akhazal humus saa'iqatu wa hum yanzuroon

    Allohning amridan bosh tortdilar, bas, qarab turgan hollarida ularni qattiq ovoz tutdi.

  45. 45

    فَمَا ٱسْتَطَٰعُوا۟ مِن قِيَامٍۢ وَمَا كَانُوا۟ مُنتَصِرِينَ

    Famas tataa'oo min qiyaaminw wa maa kaanoo muntasireen

    Bas, ular oʻrinlaridan turolmadilar va yordam ham ololmadilar.

  46. 46

    وَقَوْمَ نُوحٍۢ مِّن قَبْلُ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًۭا فَٰسِقِينَ

    Wa qawma Noohim min qablu innahum kaano qawman faasiqeen

    Va bundan avval Nuh qavmini ham (halok etganmiz). Albatta, ular fosiq qavm edilar.

  47. 47

    وَٱلسَّمَآءَ بَنَيْنَٰهَا بِأَيْي۟دٍۢ وَإِنَّا لَمُوسِعُونَ

    Wassamaaa'a banainaa haa bi aydinw wa innaa lamoosi'oon

    Osmonni Oʻz qoʻlimizda(qudratimiz) ila bino qildik. Albatta, Biz uni kengaytiruvchimiz.

  48. 48

    وَٱلْأَرْضَ فَرَشْنَٰهَا فَنِعْمَ ٱلْمَٰهِدُونَ

    Wal arda farashnaahaa fani'mal maahidoon

    Va yerni toʻshab qoʻydik. Biz qandoq ham yaxshi tayyorlovchidirmiz!

  49. 49

    وَمِن كُلِّ شَىْءٍ خَلَقْنَا زَوْجَيْنِ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ

    Wa min kulli shai'in khalaqnaa zawjaini la'allakum tazakkaroon

    Va Biz har bir narsani juft yaratdik. Shoyadki, eslasangizlar.

  50. 50

    فَفِرُّوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ ۖ إِنِّى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Fafirrooo ilal laahi innee lakum minhu nazeerum mubeen

    Bas, faqat Allohgagina qoching. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman. [3]

    [3] (Odatda inson xavfu xatardan, balo-ofatdan qochadi. Bu oyatda tilga olingan xavf-xatar — dinsizlik, gʻaflat va osiylikdir, undan qochish gunoh va harom ishlarni tark etib, Allohga iltijo etish bilan boʻladi. Allohga qochishda inson uchun ulugʻ saodat va martaba bordir.)

  51. 51

    وَلَا تَجْعَلُوا۟ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ ۖ إِنِّى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Wa laa taj'aloo ma'al laahi ilaahan aakhara innee lakum minhu nazeerum mubeen

    Va Allohga boshqa maʼbudni sherik qilmanglar. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.

  52. 52

    كَذَٰلِكَ مَآ أَتَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا قَالُوا۟ سَاحِرٌ أَوْ مَجْنُونٌ

    Kazaalika maaa atal lazeena min qablihim mir Rasoolin illaa qaaloo saahirun aw majnoon

    Xuddi shunday, bulardan avvalgilarga ham har bir Paygʻambar kelgan vaqt (uni) sehrgar yoki majnun deganlar.

  53. 53

    أَتَوَاصَوْا۟ بِهِۦ ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌۭ طَاغُونَ

    Atawaasaw bih; bal hum qawmun taaghoon

    Kelishib olganmilar?! Yoʻq, ular tugʻyonga ketgan qavmlardir!

  54. 54

    فَتَوَلَّ عَنْهُمْ فَمَآ أَنتَ بِمَلُومٍۢ

    Fatawalla 'anhum famaaa anta bimaloom

    Ulardan yuz oʻgir. Bas, sen malomatga qoluvchi emassan. [4]

    [4] (Paygʻambarning vazifasi Allohning amrini yetkazish. U zot bu ishni oʻz oʻrnida ado etdilar. Mushriklar gapga kirmadilar, Paygʻambar alayhissalom ulardan yuz oʻgirsalar, u zotga malomat yoʻq.)

  55. 55

    وَذَكِّرْ فَإِنَّ ٱلذِّكْرَىٰ تَنفَعُ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Wa zakkir fa innaz zikraa tanfa'ul mu'mineen

    Va eslatgin. Albatta, eslatish moʻminlarga manfaat berur.

  56. 56

    وَمَا خَلَقْتُ ٱلْجِنَّ وَٱلْإِنسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ

    Wa maa khalaqtul jinna wal insa illaa liya'budoon

    Jin va insonni faqat Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.

  57. 57

    مَآ أُرِيدُ مِنْهُم مِّن رِّزْقٍۢ وَمَآ أُرِيدُ أَن يُطْعِمُونِ

    Maaa ureedu minhum mir rizqinw wa maaa ureedu anyyut'imoon

    Men ulardan rizq xohlamayman va Meni ovqatlantirishlarini ham xohlamasman.

  58. 58

    إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلرَّزَّاقُ ذُو ٱلْقُوَّةِ ٱلْمَتِينُ

    Innal laaha Huwar Razzaaqu Zul Quwwatil Mateen

    Albatta, Alloh Oʻzi rizq beruvchi, quvvat egasi, shiddatlidir. [5]

    [5] (Demak, Alloh taolo insu jindan rizq soʻramaydi, balki ularga rizq beradi. Allohning birdan-bir iroda qilgani ibodatdir, insu jinni yaratishdan maqsad ham shudir. Lekin ibodatdan kimga foyda bor? Ibodat qiluvchining oʻziga. Unga ikki dunyoning baxtini ibodat beradi.)

  59. 59

    فَإِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ذَنُوبًۭا مِّثْلَ ذَنُوبِ أَصْحَٰبِهِمْ فَلَا يَسْتَعْجِلُونِ

    Fa inna lillazeena zalamoo zanoobam misla zanoobi ashaabihim falaa yasta'jiloon

    Albatta, zulm qilganlarga oʻz birodarlari azobichalik azob bor, shoshilmasinlar.

  60. 60

    فَوَيْلٌۭ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن يَوْمِهِمُ ٱلَّذِى يُوعَدُونَ

    Fawailul lillazeena kafaroo miny yawmihimul lazee yoo'adoon

    Kofirlarga vaʼda qilinayotgan kunlarida halokat boʻlsin.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com