Sura 50
Qof
قٓ
Qaf · Makkiy · 45 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
قٓ ۚ وَٱلْقُرْءَانِ ٱلْمَجِيدِ
Qaaaf; wal Qur aanil Majeed
Qoof. Ulugʻ Qurʼon ila qasam.
- 2
بَلْ عَجِبُوٓا۟ أَن جَآءَهُم مُّنذِرٌۭ مِّنْهُمْ فَقَالَ ٱلْكَٰفِرُونَ هَٰذَا شَىْءٌ عَجِيبٌ
Bal 'ajibooo an jaa'ahum munzirum minhum faqaalal kaafiroona haazaa shai'un 'ajeeb
Balki, ularga oʻzlaridan ogohlantiruvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu ajib narsa-ku?» – dedilar. [1]
[1] (Mushriklar Muhammad alayhissalomning paygʻambar boʻlib kelganligidan ajablandilar.)
- 3
أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًۭا ۖ ذَٰلِكَ رَجْعٌۢ بَعِيدٌۭ
'A-izaa mitnaa wa kunnaa turaaban zaalika raj'um ba'eed
Oʻlib, tuproq boʻlganimizdan keyin ham-a? Bu qaytish (aqldan) uzoq.
- 4
قَدْ عَلِمْنَا مَا تَنقُصُ ٱلْأَرْضُ مِنْهُمْ ۖ وَعِندَنَا كِتَٰبٌ حَفِيظٌۢ
Qad 'alimnaa maa tanqu-sul-ardu minhum wa 'indanaa Kitaabun Hafeez
Haqiqatan, Biz ularni yer kamaytirayotganini bildik va Bizning huzurimizda saqlovchi kitob bor. [2]
[2] (Oʻlik koʻmilgandan keyin asta-sekin chirib, kamayib tuproqqa qoʻshila boradi.)
- 5
بَلْ كَذَّبُوا۟ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ فَهُمْ فِىٓ أَمْرٍۢ مَّرِيجٍ
Bal kazzaboo bilhaqqi lammaa jaaa'ahum fahum feee amrim mareej
Aniqki, ularga haq kelganda, uni yolgʻonga chiqardilar. Bas, ular iztirobli ishdadirlar. [3]
[3] (Ular haqni inkor qilganlar. Buni oldida boshqa narsalarni inkor qilish hech gap emas.)
- 6
أَفَلَمْ يَنظُرُوٓا۟ إِلَى ٱلسَّمَآءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَٰهَا وَزَيَّنَّٰهَا وَمَا لَهَا مِن فُرُوجٍۢ
Afalam yanzurooo ilas samaaa'i fawqahum kaifa banainaahaa wa zaiyannaahaa wa maa lahaa min furooj
Ustilaridagi osmonga nazar solmaydilarmi? Uni qanday bino qilibmiz va ziynatlabmiz? Va (holbuki), uning teshiklari ham yoʻq?!
- 7
وَٱلْأَرْضَ مَدَدْنَٰهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَٰسِىَ وَأَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍۭ بَهِيجٍۢ
Wal arda madadnaahaa wa alqainaa feehaa rawaasiya wa ambatnaa feehaa min kulli zawjim baheej
Va yerni choʻzib qoʻydik, unga togʻlarni tashladik va unda turli goʻzal juftlarni oʻstirdik.
- 8
تَبْصِرَةًۭ وَذِكْرَىٰ لِكُلِّ عَبْدٍۢ مُّنِيبٍۢ
Tabsiratanw wa zikraa likulli 'abdim muneeb
(Robbisiga) qaytuvchi har bir bandaga koʻrgazma va eslatma qilib...
- 9
وَنَزَّلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ مُّبَٰرَكًۭا فَأَنۢبَتْنَا بِهِۦ جَنَّٰتٍۢ وَحَبَّ ٱلْحَصِيدِ
Wa nazzalnaa minas samaaa'i maaa'am mubaarakan fa ambatnaa bihee jannaatinw wa habbal haseed
Va osmondan baraka suvini tushirdik hamda u bilan bogʻ-rogʻlarni va don hosilini oʻstirdik.
- 10
وَٱلنَّخْلَ بَاسِقَٰتٍۢ لَّهَا طَلْعٌۭ نَّضِيدٌۭ
Wannakhla baasiqaatil laha tal'un nadeed
Va zich mevali shingillari bor xurmolarni ham.
- 11
رِّزْقًۭا لِّلْعِبَادِ ۖ وَأَحْيَيْنَا بِهِۦ بَلْدَةًۭ مَّيْتًۭا ۚ كَذَٰلِكَ ٱلْخُرُوجُ
Rizqal lil'ibaad, wa ahyainaa bihee baldatam maitaa; kazaalikal khurooj
Bandalarga rizq qilib. Va u (yomgʻir) bilan oʻlgan shaharni tiriltirdik. Shunday boʻladir (qabrdan) chiqish ham. [4]
[4] (Oʻsimliklari qurib, xuddi oʻlik holiga kelib qolgan shaharlarni yomgʻir ila oʻstirib-tiriltirishni eslatish orqali inson xuddi shu tarzda qayta tirilishi oson ekanligini taʼkidlamoqda.)
- 12
كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍۢ وَأَصْحَٰبُ ٱلرَّسِّ وَثَمُودُ
Kazzabat qablahum qawmu Noohinw wa Ashaabur Rassi wa Samood
Ulardan avval Nuh qavmi, quduq sohiblari va Samud yolgʻonga chiqarganlar.
- 13
وَعَادٌۭ وَفِرْعَوْنُ وَإِخْوَٰنُ لُوطٍۢ
Wa 'Aadunw wa Fir'awnu wikhwaanu loot
Va Od, Firʼavn, Lut birodarlari.
- 14
وَأَصْحَٰبُ ٱلْأَيْكَةِ وَقَوْمُ تُبَّعٍۢ ۚ كُلٌّۭ كَذَّبَ ٱلرُّسُلَ فَحَقَّ وَعِيدِ
Wa Ashaabul Aykati wa qawmu Tubba'; kullun kazzabar Rusula fahaqqa wa'eed
Va daraxtzor egalari va Tubbaʼ qavmi — barchalari Paygʻambarlarni yolgʻonga chiqarganlar. Bas, (azob) vaʼdam haq boʻldi. [5]
[5] (Bu oyati karimada kofirlar faqat Muhammad alayhissalomnigina yolgʻonchiga chiqarishmagani, balki bu qadimiy odati ekanligi eslatilmoqda.)
- 15
أَفَعَيِينَا بِٱلْخَلْقِ ٱلْأَوَّلِ ۚ بَلْ هُمْ فِى لَبْسٍۢ مِّنْ خَلْقٍۢ جَدِيدٍۢ
Afa'a yeenaa bilkhalqil awwal; bal hum fee labsim min khalqin jadeed
Avvalgi yaratishga ojiz boʻl-dikmi? Yoʻq! Ular yangidan yaratilishga shubhadadirlar.
- 16
وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِۦ نَفْسُهُۥ ۖ وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ ٱلْوَرِيدِ
Wa laqad khalaqnal insaana wa na'lamu maa tuwaswisu bihee nafsuhoo wa Nahnu aqrabu ilaihi min hablil wareed
Albatta, insonni Biz yaratganmiz va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilurmiz. Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz.
- 17
إِذْ يَتَلَقَّى ٱلْمُتَلَقِّيَانِ عَنِ ٱلْيَمِينِ وَعَنِ ٱلشِّمَالِ قَعِيدٌۭ
'Iz yatalaqqal mutalaqqi yaani 'anil yameeni wa 'anish shimaali qa'eed
Vaqtiki ikki kutib oluvchi oʻngda va chapda oʻtirgan hollarida kutib olurlar.
- 18
مَّا يَلْفِظُ مِن قَوْلٍ إِلَّا لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌۭ
Maa yalfizu min qawlin illaa ladaihi raqeebun 'ateed
Biror soʻz aytmas, magar huzurida hoziru nozir borlar.
- 19
وَجَآءَتْ سَكْرَةُ ٱلْمَوْتِ بِٱلْحَقِّ ۖ ذَٰلِكَ مَا كُنتَ مِنْهُ تَحِيدُ
Wa jaaa'at kullu nafsim ma'ahaa saaa'iqunw wa shaheed
Oʻlimning mastligi (talvasasi) haqiqat boʻlib keldi. Sen qochib yurgan narsa shuldir.
- 20
وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ ۚ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلْوَعِيدِ
Wa nufikha fis Soor; zaalika yawmul wa'eed
Va sur ham chalindi. Bu, qoʻrqitilgan kundir.
- 21
وَجَآءَتْ كُلُّ نَفْسٍۢ مَّعَهَا سَآئِقٌۭ وَشَهِيدٌۭ
Wa jaaa'at kullu nafsim ma'ahaa saaa'iqunw wa shaheed
Va har bir jon haydaguvchi va guvohlik beruvchi bilan keldi. [6]
[6] (Yaʼni, qiyomatda har bir jon bilan uni mahshargohga haydovchi farishta va bu dunyoda qilgan ishlarga guvohlik beruvchi farishta birga keladi. Ehtimol, bu dunyoda unga vakil qilingan ikki farishta shulardir.)
- 22
لَّقَدْ كُنتَ فِى غَفْلَةٍۢ مِّنْ هَٰذَا فَكَشَفْنَا عَنكَ غِطَآءَكَ فَبَصَرُكَ ٱلْيَوْمَ حَدِيدٌۭ
Laqad kunta fee ghaf latim min haazaa fakashafnaa 'anka ghitaaa'aka fabasarukal yawma hadeed
Albatta, sen bundan gʻaflatda eding. Bas, Biz sening pardangni ochdik va bugun koʻzing oʻtkirdir.
- 23
وَقَالَ قَرِينُهُۥ هَٰذَا مَا لَدَىَّ عَتِيدٌ
Wa qaala qareenuhoo haazaa maa ladaiya 'ateed
Va uning «yaqini»: «Mana bu mendagi tayyor narsa», dedi.
- 24
أَلْقِيَا فِى جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَنِيدٍۢ
Alqiyaa fee Jahannama kulla kaffaarin 'aneed
Har bir qaysarni, kofirni jahannamga tashlang!
- 25
مَّنَّاعٍۢ لِّلْخَيْرِ مُعْتَدٍۢ مُّرِيبٍ
Mannaa'il lilkhayri mu'tadim mureeb
Yaxshilikni man qiluvchini, tajovuzkorni, shak keltiruvchini.
- 26
ٱلَّذِى جَعَلَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ فَأَلْقِيَاهُ فِى ٱلْعَذَابِ ٱلشَّدِيدِ
Allazee ja'ala ma'al laahi ilaahan aakhara fa alqiyaahu fil'azaabish shadeed
Alloh bilan birga boshqani iloh qilib olganni shiddatli azobga tashlang!
- 27
۞ قَالَ قَرِينُهُۥ رَبَّنَا مَآ أَطْغَيْتُهُۥ وَلَٰكِن كَانَ فِى ضَلَٰلٍۭ بَعِيدٍۢ
Qaala qareenuhoo Rabbanaa maaa atghaituhoo wa laakin kaana fee dalaahim ba'eed
Uning «yaqini»: «Robbimiz, uni men tugʻyonga ketkazganim yoʻq, lekin uning oʻzi uzoq zalolatda boʻldi», der.
- 28
قَالَ لَا تَخْتَصِمُوا۟ لَدَىَّ وَقَدْ قَدَّمْتُ إِلَيْكُم بِٱلْوَعِيدِ
Qaala laa takhtasimoo ladaayya wa qad qaddamtu ilaikum bilwa'eed
U zot dedi: «Mening huzurimda tortishmanglar, sizlarga azob vaʼdasini taqdim qiluvdim.
- 29
مَا يُبَدَّلُ ٱلْقَوْلُ لَدَىَّ وَمَآ أَنَا۠ بِظَلَّٰمٍۢ لِّلْعَبِيدِ
Maa yubaddalul qawlu ladaiya wa maaa ana bizal laamil lil'abeed
Mening huzurimda gap oʻzgarmas va Men bandalarga zulm qilguvchi emasman».
- 30
يَوْمَ نَقُولُ لِجَهَنَّمَ هَلِ ٱمْتَلَأْتِ وَتَقُولُ هَلْ مِن مَّزِيدٍۢ
Yawma naqoolu li'jahannama halim talaati wa taqoolu hal mim mazeed
Bugun jahannamga: «Toʻldingmi?» desak, u: «Yana qoʻshimcha bormi?» der.
- 31
وَأُزْلِفَتِ ٱلْجَنَّةُ لِلْمُتَّقِينَ غَيْرَ بَعِيدٍ
Wa uzlifatil jannatu lil muttaqeena ghaira ba'eed
Va jannat taqvodorlarga uzoq boʻlmagan joyga yaqinlashtirildi.
- 32
هَٰذَا مَا تُوعَدُونَ لِكُلِّ أَوَّابٍ حَفِيظٍۢ
Haaza maa too'adoona likulli awwaabin hafeez
Bu — sizga vaʼda qilingan narsadir. Har bir sertavbaga va saqlovchiga.
- 33
مَّنْ خَشِىَ ٱلرَّحْمَٰنَ بِٱلْغَيْبِ وَجَآءَ بِقَلْبٍۢ مُّنِيبٍ
Man khashiyar Rahmaana bilghaibi wa jaaa'a biqalbim muneeb
Rohmandan gʻoyibona qoʻrqqan va salomat qalb ila kelgan kimsaga.
- 34
ٱدْخُلُوهَا بِسَلَٰمٍۢ ۖ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلْخُلُودِ
Udkhuloohaa bisalaamin zaalika yawmul khulood
«Unga salomat boʻlgan holda kiringiz. Bu — mangulik kunidir» (deyilur).
- 35
لَهُم مَّا يَشَآءُونَ فِيهَا وَلَدَيْنَا مَزِيدٌۭ
Lahum maa yashaaa'oona feehaa wa ladainaa mazeed
U yerda nima xohlasalar, ularniki. Va huzurimizda ziyodasi bor. [7]
[7] (Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissalom: «Agar moʻmin kishi jannatda farzand xohlasa, uning homilasi, tugʻilishi, oʻsishi bir soatda boʻladi», deganlar. «Va huzurimizda ziyodasi bor» — Alloh taoloning jamoliga nazar solish baxtidir, degan rivoyat ham bor.)
- 36
وَكَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّن قَرْنٍ هُمْ أَشَدُّ مِنْهُم بَطْشًۭا فَنَقَّبُوا۟ فِى ٱلْبِلَٰدِ هَلْ مِن مَّحِيصٍ
Wa kam ahlaknaa qablahum min qarnin hum ashaddu minhum batshan fanaqqaboo fil bilaad, hal mim mahees
Ulardan avval, ulardan koʻra kuchliroq asr(avlod)lardan qanchasini halok qildik. «Qochadigan joy bormi?» deb yurtma-yurt kezib chiqdilar. [8]
[8] (Halokatga uchragan oʻsha avvalgi kofirlar avlodlari hozirgilardan koʻra quvvatliroq edilar. Ammo chora topa olmay halok boʻldilar.)
- 37
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَذِكْرَىٰ لِمَن كَانَ لَهُۥ قَلْبٌ أَوْ أَلْقَى ٱلسَّمْعَ وَهُوَ شَهِيدٌۭ
Inna fee zaalika lazikraa liman kaana lahoo qalbun aw alqas sam'a wa huwa shaheed
Albatta, bunda qalbi borlarga va zehn bilan quloq osganlarga eslatma bordir.
- 38
وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍۢ وَمَا مَسَّنَا مِن لُّغُوبٍۢ
Wa laqad khalaqnas samaawaati wal arda wa maa bainahumaa fee sittati ayyaamin wa maa massanaa mil lughoob
Albatta, osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratdik. Va Bizni charchoq tutmadi. [9]
[9] (Allohning huzuridagi kunlar biz oʻrganib qolgan kunlarning aynisi emas. Bizning kunlarimiz dunyo yaratilganidan soʻng, Yer kurasining aylanishi holati va vaqtiga muvofiq yaratilgan. Tabiiyki, bu olti kunning masofasi va miqdorini yolgʻiz Alloh taolo biladi.)
- 39
فَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ ٱلشَّمْسِ وَقَبْلَ ٱلْغُرُوبِ
Fasbir 'alaa maa yaqooloona wa sabbih bihamdi Rabbika qabla tuloo'ish shamsi wa qablal ghuroob
Ularning aytayotganlariga sabr qil va Robbingga quyosh chiqishi va botishidan avval hamdu tasbih ayt.
- 40
وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَسَبِّحْهُ وَأَدْبَٰرَ ٱلسُّجُودِ
Wa minal laili fasabbih hu wa adbaaras sujood
Kechasida ham Unga tasbih ayt. Va sajdadan keyin ham. [10]
[10] (Tasbeh aytishning maʼnosi Allohni poklab yod etishdir. Koʻproq «Subhonallohi» kalimasini aytish bilan boʻladi.)
- 41
وَٱسْتَمِعْ يَوْمَ يُنَادِ ٱلْمُنَادِ مِن مَّكَانٍۢ قَرِيبٍۢ
Wastami' yawma yunaa dil munaadi mim makaanin qareeb
Nido qiluvchi yaqin joydan nido qilgan kunda quloq os. [11]
[11] («Nido qiluvchi — farishta Isrofil alayhissalomdir.)
- 42
يَوْمَ يَسْمَعُونَ ٱلصَّيْحَةَ بِٱلْحَقِّ ۚ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلْخُرُوجِ
Yawma yasmaoonas sai hata bilhaqq zaalika yawmul khurooj
U kunda qichqiriqni haq ila eshiturlar. Ana oʻsha, chiqish kunidir. [12]
[12] («Chiqish kuni» — qabrlardan chiqish kuni, yaʼni qiyomat kunidir.)
- 43
إِنَّا نَحْنُ نُحْىِۦ وَنُمِيتُ وَإِلَيْنَا ٱلْمَصِيرُ
Innaa Nahnu nuhyee wa numeetu wa ilainal maseer
Albatta, Biz tiriltirurmiz, oʻldirurmiz. Va qaytish ham Bizgadir.
- 44
يَوْمَ تَشَقَّقُ ٱلْأَرْضُ عَنْهُمْ سِرَاعًۭا ۚ ذَٰلِكَ حَشْرٌ عَلَيْنَا يَسِيرٌۭ
Yawma tashaqqaqul ardu 'anhum siraa'aa; zaalika hashrun 'alainaa yaseer
U kunda ustlaridagi yer yorilib, shoshib chiqurlar. Ana oʻsha, Biz uchun oson toʻplashdir.
- 45
نَّحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَقُولُونَ ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِجَبَّارٍۢ ۖ فَذَكِّرْ بِٱلْقُرْءَانِ مَن يَخَافُ وَعِيدِ
Nahnu a'lamu bimaa yaqooloona wa maaa anta 'alihim bijabbaarin fazakkir bil quraani many yakhaafu wa'eed
Ularning aytganlarini Biz biluvchimiz. Sen ularning ustidagi jabbor emassan. Bas, Qurʼon ila azob vaʼdamdan qoʻrqqanlarni ogohlantir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
