Sura 47
Muhammad
مُحَمَّدٍ
Muhammad · Madaniy · 38 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ أَضَلَّ أَعْمَٰلَهُمْ
Allazeena kafaroo wa saddoo'an sabeelil laahi adalla a'maalahum
Kufr keltirgan va Allohning yoʻlidan toʻsganlarning amallarini U zot botil qildi. [1]
[1] (Iymonsizlarning qilgan yaxshiliklari ham ajr-savobsiz boʻladi. Inson Allohga ishonmasa, kofir boʻlsa, Alloh unga qandoq qilib savob ato etadi.)
- 2
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَءَامَنُوا۟ بِمَا نُزِّلَ عَلَىٰ مُحَمَّدٍۢ وَهُوَ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ ۙ كَفَّرَ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَأَصْلَحَ بَالَهُمْ
Wallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati wa aamanoo bimaa nuzzila 'alaa Muhammadinw-wa huwal haqqu mir Rabbihim kaffara 'anhum saiyiaatihim wa aslaha baalahum
Iymon keltirgan, solih amallarni qilgan va Muhammadga nozil qilingan narsa(Qurʼon)ga — holbuki u (Qurʼon) Robbilaridan kelgan haqdir — iymon keltirganlarning ayblarini berkitar va ahvollarini yaxshilar.
- 3
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱتَّبَعُوا۟ ٱلْبَٰطِلَ وَأَنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّبَعُوا۟ ٱلْحَقَّ مِن رَّبِّهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ أَمْثَٰلَهُمْ
Zaalika bi annal lazeena kafarut taba'ul baatila wa annal lazeena aamanut taba'ul haqqa mir Rabbihim; kazaalika yadribul laahu linnaasi amsaalahum
Undoq boʻlishiga, albatta, kufr keltirganlarning botilga ergashganlari va iymon keltirganlarning Robbilaridan boʻlgan haqqa ergashganliklari sababdir. Alloh kishilarga oʻzlarining misollarini shunday keltirar.
- 4
فَإِذَا لَقِيتُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَضَرْبَ ٱلرِّقَابِ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَثْخَنتُمُوهُمْ فَشُدُّوا۟ ٱلْوَثَاقَ فَإِمَّا مَنًّۢا بَعْدُ وَإِمَّا فِدَآءً حَتَّىٰ تَضَعَ ٱلْحَرْبُ أَوْزَارَهَا ۚ ذَٰلِكَ وَلَوْ يَشَآءُ ٱللَّهُ لَٱنتَصَرَ مِنْهُمْ وَلَٰكِن لِّيَبْلُوَا۟ بَعْضَكُم بِبَعْضٍۢ ۗ وَٱلَّذِينَ قُتِلُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَلَن يُضِلَّ أَعْمَٰلَهُمْ
Fa-izaa laqeetumul lazeena kafaroo fadarbar riqaab, hattaaa izaa askhan tumoohum fashuddul wasaaq, fa immaa mannnam ba'du wa immaa fidaaa'an hattaa tada'al harbu awzaarahaa; zaalika wa law yashaaa'ul laahu lantasara minhum wa laakil laiyabluwa ba'dakum biba'd; wallazeena qutiloo fee sabeelil laahi falany yudilla a'maalahum
Qachonki kufr keltirganlar bilan toʻqnashsangiz, bas, boʻyinlarga urmoq kerak. Vaqtiki, ularni tor-mor qilsangiz, bas, mahkam bogʻlang. Soʻngra yoki minnat, yoki tovon olishdir. Hattoki, urush oʻz anjomlarini qoʻyguncha. Ana shunday. Alloh xohlasa, ulardan Oʻzi gʻolib kelardi, lekin baʼzilaringizni baʼzilaringiz ila sinash uchun (qildi). Alloh yoʻlida qatl qilinganlarning amallarini U zot hech zoye qilmas.
- 5
سَيَهْدِيهِمْ وَيُصْلِحُ بَالَهُمْ
Sa-yahdeehim wa yusihu baalahum
Albatta, ularni hidoyat qilar va ahvollarini yaxshilar.
- 6
وَيُدْخِلُهُمُ ٱلْجَنَّةَ عَرَّفَهَا لَهُمْ
Wa yudkhiluhumul jannata 'arrafahaa lahum
Hamda Oʻzi ularga taʼriflab bergan jannatga kiritar. [2]
[2] (Bu oyatda urushdan boshqa iloj qolmagan maydonda toʻqnashuv boʻlgandan soʻng qilinadigan ishlar haqida soʻz ketmoqda.)
- 7
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِن تَنصُرُوا۟ ٱللَّهَ يَنصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ
Yaaa ayyuhal lazeena aamanooo in tansurul laaha yansurkum wa yusabbit aqdaamakum
Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga yordam bersangiz, sizga ham yordam berur va qadamlaringizni sobit qilur.
- 8
وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَتَعْسًۭا لَّهُمْ وَأَضَلَّ أَعْمَٰلَهُمْ
Wallazeena kafaroo fata's al lahum wa adalla a'maalahum
Va kufr keltirganlarga baxtsizlik va amallarini zoye qilish boʻlur.
- 9
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَرِهُوا۟ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأَحْبَطَ أَعْمَٰلَهُمْ
Zaalika bi annahum karihoo maaa anzalal laahu faahbata a'maalahum
Bu, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush koʻrmaganlari sababidandir. Bas, U zot amallarini botil qildi.
- 10
۞ أَفَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ دَمَّرَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ ۖ وَلِلْكَٰفِرِينَ أَمْثَٰلُهَا
Afalam yaseeroo fil ardi fayanzuroo kaifa kaana 'aaqibatul lazeena min qablihim; dammaral laahu 'alaihim wa lilkaafireena amsaaluhaa
Yer yuzida yurib, oʻzlaridan avvalgilarning oqibati qandoq boʻlganiga nazar solmaydilarmi? Alloh ularni vayron qildi-ku! Kofirlarga shunga oʻxshash boʻlur.
- 11
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ مَوْلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَأَنَّ ٱلْكَٰفِرِينَ لَا مَوْلَىٰ لَهُمْ
Zaalika bi annal laaha mawlal lazeena aamanoo wa annal kaafireena laa mawlaa lahum
Shundoq boʻlishi, albatta, Alloh iymon keltirganlarga doʻst ekanligidan va albatta, kofirlarga doʻst yoʻqligidandir.
- 12
إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يَتَمَتَّعُونَ وَيَأْكُلُونَ كَمَا تَأْكُلُ ٱلْأَنْعَٰمُ وَٱلنَّارُ مَثْوًۭى لَّهُمْ
Innal-laaha yudkhilul lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati Jannaatin tajree min tahtihal anhaaru wallazeena kafaroo yatamatta'oona wa yaakuloona kamaa taakuluian'aamu wan Naaru maswallahum
Albatta, Alloh iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlarni tagidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Kufr keltirganlar huzur qilurlar va xuddi chorva hayvonlari yegandek yerlar va doʻzax ularning joyidir. [3]
[3] (Bu yerda gap haqiqiy va nihoiy nasib haqida ketayapdi. Kofirlarga bu dunyoda mol kabi yegan taomidan oʻzga nasiba yoʻq.)
- 13
وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ هِىَ أَشَدُّ قُوَّةًۭ مِّن قَرْيَتِكَ ٱلَّتِىٓ أَخْرَجَتْكَ أَهْلَكْنَٰهُمْ فَلَا نَاصِرَ لَهُمْ
Wa ka ayyim min qaryatin hiya ashaddu quwwatam min qaryatikal lateee akhrajatka ahlaknaahum falaa naasira lahum
Koʻpgina shaharlar seni chiqargan shaharingdan koʻra quvvatliroq edi, ularni halok qildik. Bas, ularga nusrat beruvchi yoʻqdir. [4]
[4] (Bu oyati karima Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Makkai Mukarramani tashlab, majburan Madinai Munavvaraga hijrat qilib ketayotgan yoʻllarida nozil boʻlgan.)
- 14
أَفَمَن كَانَ عَلَىٰ بَيِّنَةٍۢ مِّن رَّبِّهِۦ كَمَن زُيِّنَ لَهُۥ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَهْوَآءَهُم
Afaman kaana 'alaa baiyinatim mir Rabbihee kaman zuyyina lahoo sooo'u 'amalihee wattaba'ooo ahwaaa'ahum
Oʻz Robbisidan aniq hujjatga ega boʻlgan shaxs yomon amali oʻziga ziynatli koʻringan va havoyi nafsiga ergashganlarga oʻxshashi mumkinmi?!
- 15
مَّثَلُ ٱلْجَنَّةِ ٱلَّتِى وُعِدَ ٱلْمُتَّقُونَ ۖ فِيهَآ أَنْهَٰرٌۭ مِّن مَّآءٍ غَيْرِ ءَاسِنٍۢ وَأَنْهَٰرٌۭ مِّن لَّبَنٍۢ لَّمْ يَتَغَيَّرْ طَعْمُهُۥ وَأَنْهَٰرٌۭ مِّنْ خَمْرٍۢ لَّذَّةٍۢ لِّلشَّٰرِبِينَ وَأَنْهَٰرٌۭ مِّنْ عَسَلٍۢ مُّصَفًّۭى ۖ وَلَهُمْ فِيهَا مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ وَمَغْفِرَةٌۭ مِّن رَّبِّهِمْ ۖ كَمَنْ هُوَ خَٰلِدٌۭ فِى ٱلنَّارِ وَسُقُوا۟ مَآءً حَمِيمًۭا فَقَطَّعَ أَمْعَآءَهُمْ
Masalul jannatil latee wu'idal muttaqoona feehaaa anhaarum mim maaa'in ghayri aasininw wa anhaarum mil labanil lam yataghaiyar ta'muhoo wa anhaarum min khamril lazzatil lishshaaribeena wa anhaarum min 'asalim musaffanw wa lahum feeha min kullis samaraati wa maghfiratum mir Rabbihim kaman huwa khaalidun fin naari wa suqoo maaa'an hameeman faqatta'a am'aaa'ahum
Taqvodorlarga vaʼda qilingan jannatning misoli (shuki): ichida aynimagan suvli anhorlari, taʼmi oʻzgarmagan sutli anhorlari, ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr(sharob)li anhorlari, musaffo asalli anhorlari bor. Ular uchun unda barcha mevalar va oʻz Robbilaridan magʻfirat bor. (Oʻshalar) otashda mangu qoluvchi va oʻta qaynoq suv ila sugʻorilib, ichaklari titilib ketgan kimsaga oʻxsharmi?
- 16
وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ حَتَّىٰٓ إِذَا خَرَجُوا۟ مِنْ عِندِكَ قَالُوا۟ لِلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ مَاذَا قَالَ ءَانِفًا ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ طَبَعَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَهْوَآءَهُمْ
Wa minhum mai yastami' ilaika hattaaa izaa kharajoo min 'indika qaaloo lillazeena ootul 'ilma maazaa qaala aanifaa; ulaaa'ikal lazeena taba'al laahu 'alaa quloobihim wattaba'ooo ahwaaa'ahum
Va ulardan senga quloq osadiganlari bor. Huzuringdan chiqqanlarida esa, ilm berilganlarga: «Hali nima dedi?» – derlar. Ana oʻshalar qalblariga Alloh tamgʻa bosganlar va havoyi nafslariga ergashganlardir.
- 17
وَٱلَّذِينَ ٱهْتَدَوْا۟ زَادَهُمْ هُدًۭى وَءَاتَىٰهُمْ تَقْوَىٰهُمْ
Wallazeenah tadaw zaadahum hudanw wa aataahum taqwaahum
Hidoyat topganlarning hidoyatini U zot ziyoda qildi va ularga taqvolarini berdi.
- 18
فَهَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا ٱلسَّاعَةَ أَن تَأْتِيَهُم بَغْتَةًۭ ۖ فَقَدْ جَآءَ أَشْرَاطُهَا ۚ فَأَنَّىٰ لَهُمْ إِذَا جَآءَتْهُمْ ذِكْرَىٰهُمْ
Fahal yanzuroona illas Saa'ata an taatiyahum baghtatan faqad jaaa'a ashraatuhaa; fa-annnaa lahum izaa jaaa'at hum zikraahum
Ular soat(qiyomat)ning birdan kelishidan boshqa narsaga intizor boʻlishayotgani yoʻq. Darvoqe, alomatlari kelib ham qoldi. U kelib qolsa, ular qayerdan eslatma olurlar?! [5]
[5] (Paygʻambar alayhissalomning majlislariga kirib hech narsani tushunmay chiqayotgan gʻofil munofiqlar va ularning izdoshlari nimani kutishyapti? Ularga nima kerak? Ular qiyomat soatining birdan, toʻsatdan kelib qolishidan boshqa narsani kutishayotgani yoʻq. Qiyomatning alomatlari esa, kelib qoldi. Demak, oʻzining kelishi ham yaqin. Qiyomatning eng katta alomatlaridan biri Muhammad alayhissalomning paygʻambar etib yuborilishlari. Chunki u kishi paygʻambarlarning oxirgilaridirlar. U kishidan keyin paygʻambar kelmaydi, balki qiyomat keladi.)
- 19
فَٱعْلَمْ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا ٱللَّهُ وَٱسْتَغْفِرْ لِذَنۢبِكَ وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مُتَقَلَّبَكُمْ وَمَثْوَىٰكُمْ
Fa'lam annahoo laaa ilaaha illal laahu wastaghfir lizambika wa lilmu'mineena walmu'minaat; wallaahu ya'lamu mutaqallabakum wa maswaakum
Bas, bilgin: Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq, oʻzingning, moʻminlarning va moʻminalarning gunohlari magʻfirat qilinishini soʻra. Alloh sizlarning kezar joylaringizni ham, borar joylaringizni ham bilur. [6]
[6] (Alloh taoloning «Bilgin» deb xitob qilishi aqida masalasida bilim zarurligiga taʼkiddir. Bu ishda koʻr-koʻrona taqlid foyda bermaydi. Demak, «Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq»ligiga aqida qilish bilim asosida boʻlishi juda ham yaxshi boʻlar ekan.)
- 20
وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَوْلَا نُزِّلَتْ سُورَةٌۭ ۖ فَإِذَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌۭ مُّحْكَمَةٌۭ وَذُكِرَ فِيهَا ٱلْقِتَالُ ۙ رَأَيْتَ ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌۭ يَنظُرُونَ إِلَيْكَ نَظَرَ ٱلْمَغْشِىِّ عَلَيْهِ مِنَ ٱلْمَوْتِ ۖ فَأَوْلَىٰ لَهُمْ
Wa yaqoolul lazeena aamanoo law laa nuzzilat Sooratun fa izaaa unzilat Sooratum Muhkamatunw wa zukira feehal qitaalu ra aytal lazeena fee quloobihim maraduny yanzuroona ilaika nazaral maghshiyyi 'alaihi minal mawti fa'awlaa lahum
Va iymon keltirganlar: «Biron sura nozil qilinsa edi», derlar. Vaqtiki, muhkam sura nozil qilinib, unda urush zikr qilinsa, qalblarida kasali borlarning senga xuddi jon berayotganning qarashidek qarayotganini koʻrasan.
- 21
طَاعَةٌۭ وَقَوْلٌۭ مَّعْرُوفٌۭ ۚ فَإِذَا عَزَمَ ٱلْأَمْرُ فَلَوْ صَدَقُوا۟ ٱللَّهَ لَكَانَ خَيْرًۭا لَّهُمْ
Taa'atunw wa qawlum ma'roof; fa izaa 'azamal amru falaw sadaqul laaha lakaana khairal lahum
Ularga toat va yaxshi soʻz yaxshiroqdir, bas, ish jiddiylashganda, Allohga sodiq qolsalar, oʻzlariga yaxshi boʻlur edi. [7]
[7] (Iymon saodatiga muyassar boʻlganlar doimo oʻzlari iymon keltirgan Zotdan farmon boʻlishini orziqib kutadilar. Chunki ularning eng ulkan saodati farmoni ilohiyga amal qilib Allohga qurbat hosil qilishdir. Xuddi shu tuygʻu ularni «Va iymon keltirganlar, biron sura nozil qilinsa edi, deydilar», kabi mavqifiga sabab boʻlgan. Oʻsha orzu qilingan sura nozil qilinsa, nima boʻladi? U vaqtda moʻmin musulmonlar xursandlik ila unga amal qilishni boshlaydilar. Oʻzlarining iymonda sodiqliklarini isbot qiladilar. Ammo shunday paytda munofiqlarning haqiqiy basharalari namoyon boʻladi, ularning riyo pardalari yirtiladi.)
- 22
فَهَلْ عَسَيْتُمْ إِن تَوَلَّيْتُمْ أَن تُفْسِدُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَتُقَطِّعُوٓا۟ أَرْحَامَكُمْ
Fahal 'asaitum in tawallaitum an tufsidoo fil ardi wa tuqatti'ooo arhaamakum
Ehtimol, (iymondan) yuz oʻgirsangiz, yer yuzida fasod qilib, qardoshlik rishtalarini uzarsiz?! [8]
[8] (Bu oyatda iymondan yuz oʻgirib, johiliyatga qaytishdan keladigan bu dunyodagi zararlar eslatilmoqda.)
- 23
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ فَأَصَمَّهُمْ وَأَعْمَىٰٓ أَبْصَٰرَهُمْ
Ulaaa'ikal lazeena la'anahumul laahu fa asammahum wa a'maaa absaarahum
Ana oʻshalarni Alloh laʼnatladi, ularni kar qildi va koʻzlarini koʻr qildi.
- 24
أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ ٱلْقُرْءَانَ أَمْ عَلَىٰ قُلُوبٍ أَقْفَالُهَآ
Afalaa yatadabbaroonal Qur-aana am 'alaa quloobin aqfaaluhaa
Qurʼonni tadabbur ila oʻylab koʻrmaydilarmi? Yoki qalblarda qulflar bormi? [9]
[9] (Har bir oyatni, har bir soʻzni chuqur tushunishga harakat qilish Qurʼonni tadabbur qilishdir. Oʻshanda parda koʻtariladi, hamma narsa ravshanlashadi, qalb halovot topadi, vijdon musaffo boʻladi. «Qalblarida qulf» boʻlsa, unda hamma narsa berk, ularga hech narsa, jumladan, Qurʼon nuri ham kirmaydi.)
- 25
إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱرْتَدُّوا۟ عَلَىٰٓ أَدْبَٰرِهِم مِّنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ ٱلْهُدَى ۙ ٱلشَّيْطَٰنُ سَوَّلَ لَهُمْ وَأَمْلَىٰ لَهُمْ
Innal lazeenar taddoo 'alaaa adbaarihim mim ba'di maa tabaiyana lahumul hudash Shaitaanu sawwala lahum wa amlaa lahum
Albatta, hidoyat ravshan boʻlgandan soʻng ortlariga qaytganlarga shayton ziynatlab koʻrsatadi va ularni oʻsha yoʻlladi. [10]
[10] («Ortlariga qaytganlar»dan murod munofiqlardir, ular hidoyat — iymon nima ekanligini ravshan koʻrgan, moʻminlikka yaqin boʻlgan edilar, lekin ortga qaytdilar.)
- 26
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا۟ لِلَّذِينَ كَرِهُوا۟ مَا نَزَّلَ ٱللَّهُ سَنُطِيعُكُمْ فِى بَعْضِ ٱلْأَمْرِ ۖ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ إِسْرَارَهُمْ
Zaalika bi annahum qaaloo lillazeena karihoo maa nazzalal laahu sanutee'ukum fee ba'dil amri wallaahu ya'lamu israarahum
Undoq boʻlishligi, albatta, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush koʻrmaganlarga: «Sizlarga baʼzi ishlarda itoat qilurmiz», deyishlari sababidandir. Va holbuki, Alloh sir-asrorlarini bilib turibdi. [11]
[11] (Oyatdagi «Alloh nozil qilgan narsani xush koʻrmaganlar»dan murod yahudiylardir.)
- 27
فَكَيْفَ إِذَا تَوَفَّتْهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَضْرِبُونَ وُجُوهَهُمْ وَأَدْبَٰرَهُمْ
Fakaifa izaa tawaffat humul malaaa'ikatu yadriboona wujoohahum wa adbaa rahum
Farishtalar yuzlariga va ortlariga urib jonlarini olayotganlarida qandoq boʻlarkin?!
- 28
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمُ ٱتَّبَعُوا۟ مَآ أَسْخَطَ ٱللَّهَ وَكَرِهُوا۟ رِضْوَٰنَهُۥ فَأَحْبَطَ أَعْمَٰلَهُمْ
Zaalika bi annahumut taba'oo maaa askhatal laaha wa karihoo ridwaanahoo fa ahbata a'maalahum
Bunday boʻlishi, albatta, ularning Allohni gʻazablantirgan narsaga ergashganlari va Uning roziligini xush koʻrmaganliklari sababidandir. Bas, U zot amallarini habata qildi.
- 29
أَمْ حَسِبَ ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ أَن لَّن يُخْرِجَ ٱللَّهُ أَضْغَٰنَهُمْ
Am hasibal lazeena fee quloobihim maradun al lan yukhrijal laahu adghaanahum
Qalblarida kasal borlar, Alloh ularning qattiq hasadlarini oshkor qilmas, deb hisoblaydilarmi?! [12]
[12] (Munofiqlar oʻzlaricha, munofiqlik sanʼatini qoyillatib qoʻyamiz, bizning Islomga, musulmonlarga boʻlgan dushmanligimizni hech kim bilmaydi, deb oʻylashadi.)
- 30
وَلَوْ نَشَآءُ لَأَرَيْنَٰكَهُمْ فَلَعَرَفْتَهُم بِسِيمَٰهُمْ ۚ وَلَتَعْرِفَنَّهُمْ فِى لَحْنِ ٱلْقَوْلِ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ أَعْمَٰلَكُمْ
Wa law nashaaa'u la-arainaakahum fala 'araftahum bi seemaahum; wa lata'rifan nahum fee lahnil qawl; wallaahu ya'lamu a'maalakum
Agar xohlasak, Biz ularni senga koʻrsatamiz, taʼkidki, sen ularni siymolaridan taniysan, albatta, sen ularni gap ohanglaridan taniysan. Alloh amallaringizni bilib turur. [13]
[13] (Munofiqlar oʻz kirdikorlarini qanchalik yashirsalar ham, oʻzlarini Islom uchun fidokor qilib koʻrsatsalar ham, qalblarida kasali boʻlgani uchun nifoqlari oshkor boʻladi.)
- 31
وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ حَتَّىٰ نَعْلَمَ ٱلْمُجَٰهِدِينَ مِنكُمْ وَٱلصَّٰبِرِينَ وَنَبْلُوَا۟ أَخْبَارَكُمْ
Wa lanabluwannakum hattaa na'lamal mujaahideena minkum wassaabireena wa nabluwa akhbaarakum
Va taʼkidki, Biz sizlarni sinarmiz, toki, sizlardan mujohidlarni, sabrlilarni bilsak va xabarlaringizni imtihon etsak. [14]
[14] (Sinov Alloh taoloning Oʻzi uchun emas. U shundoq ham hamma narsani — odamlarning kimligini, sir yashirganlari-yu oshkorini, imkoniyati-yu xohishini — barcha-barchasini yaxshi biladi. Ammo odamlar bu narsani anglamaydilar. Insonlarning bu narsalarni anglashi kelajak hayotlarida yordam beradi.)
- 32
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَشَآقُّوا۟ ٱلرَّسُولَ مِنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ ٱلْهُدَىٰ لَن يَضُرُّوا۟ ٱللَّهَ شَيْـًۭٔا وَسَيُحْبِطُ أَعْمَٰلَهُمْ
Innnal lazeena kafaroo wa saddoo 'an sabeelil laahi wa shaaaqqur Rasoola mim ba'di maa tabaiyana lahumul hudaa lany yadurrul laaha shai'anw wa sa yuhbitu a'maalahum
Albatta, kufr keltirganlar va Allohning yoʻlidan toʻsganlar hamda hidoyat aniq boʻlgandan soʻng Paygʻambarga qarshi chiqqanlar Allohga hech zarar keltira olmaslar. Va ularning amallarini habata qilur. [15]
[15] (Bular u zotning hayotlik davrlarida shaxslariga, dinlariga, Qurʼonlariga, sahobalariga qarshi chiqqanlardir. Paygʻambarning vafotlaridan soʻng esa u kishining dinlariga, shariatlariga, sunnatlariga, daʼvatlariga, ummatlariga qarshi chiqanlardir.)
- 33
۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ وَلَا تُبْطِلُوٓا۟ أَعْمَٰلَكُمْ
Yaaa ayyuhal lazeena aamanoo atee'ul laaha wa atee'ur Rasoola wa laa tubtilooo a'maalakum
Ey, iymon keltirganlar, Allohga itoat eting, Rasulga boʻyinsuning va amallaringizni botil qilmangiz.
- 34
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ مَاتُوا۟ وَهُمْ كُفَّارٌۭ فَلَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَهُمْ
Innal lazeena kafaroo wa saddoo 'an sabeelil laahi summa maatoo wa hum kuffaarun falany yaghfirallaahu lahum
Albatta, kufr keltirganlar va Allohning yoʻlidan toʻsgan, soʻngra kofir hollarida oʻlganlarni Alloh hech-hech magʻfirat qilmas.
- 35
فَلَا تَهِنُوا۟ وَتَدْعُوٓا۟ إِلَى ٱلسَّلْمِ وَأَنتُمُ ٱلْأَعْلَوْنَ وَٱللَّهُ مَعَكُمْ وَلَن يَتِرَكُمْ أَعْمَٰلَكُمْ
Falaa tahinoo wa tad'ooo ilas salmi wa antumul a'lawna wallaahu ma'akum wa lany yatirakum a'maalakum
Bas, boʻsh kelmanglar va oʻzingiz ustun boʻlib turib, yarashga chaqirmanglar. Alloh siz bilan va amallaringizni hech-hech kamaytirmas. [16]
[16] (Allohning yoʻlidagi kurash oson boʻlmaydi. Lekin din uchun xizmat qiluvchi moʻminlar doimo ustun boʻladilar. Ustun turganlar esa «boʻsh kelmanglar» degan xitobni doimo yodda tutishadi. Ular hamma tarafdan ustun.)
- 36
إِنَّمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا لَعِبٌۭ وَلَهْوٌۭ ۚ وَإِن تُؤْمِنُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ يُؤْتِكُمْ أُجُورَكُمْ وَلَا يَسْـَٔلْكُمْ أَمْوَٰلَكُمْ
Innamal hayaatud dunyaa la'ibunw wa lahw; wa in to'minoo wa tattaqoo yu'tikum ujoorakum wa laa yas'alkum amwaalakum
Albatta, bu dunyo hayoti oʻyin va koʻngil xushidir va gar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, U zot ajrlaringizni berur va molu dunyolaringizni soʻramas.
- 37
إِن يَسْـَٔلْكُمُوهَا فَيُحْفِكُمْ تَبْخَلُوا۟ وَيُخْرِجْ أَضْغَٰنَكُمْ
Iny yas'alkumoohaa fa yuhfikum tabkhaloo wa yukhrij adghaanakum
Agar sizdan ularni soʻrasa, qiynasa, baxillik qilasizlar va Alloh kek-hiqdlaringizni chiqarur.
- 38
هَٰٓأَنتُمْ هَٰٓؤُلَآءِ تُدْعَوْنَ لِتُنفِقُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَمِنكُم مَّن يَبْخَلُ ۖ وَمَن يَبْخَلْ فَإِنَّمَا يَبْخَلُ عَن نَّفْسِهِۦ ۚ وَٱللَّهُ ٱلْغَنِىُّ وَأَنتُمُ ٱلْفُقَرَآءُ ۚ وَإِن تَتَوَلَّوْا۟ يَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُونُوٓا۟ أَمْثَٰلَكُم
haaa antum haaa'ulaaa'i tud'awna litunfiqoo fee sabeelillaahi faminkum many yabkhalu wa many yabkhal fa innamaa yabkhalu 'an nafsih; wallaahu Ghaniyyu wa antumul fuqaraaa'; wa in tatwal law yastabdil qawman ghairakum summa laa yakoonooo amsaalakum
Hoy, sizlar. Anavilar. Allohning yoʻlida nafaqa qilishga chaqirilsangiz, bas, baʼzilaringiz baxillik qilursizlar. Va kim baxillik qilsa, albatta, oʻziga baxillik qilur. Va, holbuki, Alloh boy, sizlar kambagʻalsizlar. Va agar siz yuz oʻgirib ketsangiz, sizdan boshqa qavmni oʻrningizga keltirur, ular esa sizlarga oʻxshagan boʻlmaslar. [17]
[17] (Alloh taolo inson tabiatini qanchalik daqiq bilishini taʼkidlamoqda. Saxiylik, Allohning yoʻlida mol sarflashdek fazilatlar koʻp musulmonlarga xos boʻlib, ularning bu boradagi ishlari tarix sahifalarida boqiy qolgan. Shu bilan birga, baʼzi baxillar ham boʻlgan, bu ham voqealikdir. Qurʼoni Karim ushbu oyatda shu baxillikni muolaja qilmoqda.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
