Sura 46
Ahqof
الأَحۡقَافِ
Al-Ahqaf · Makkiy · 35 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
حمٓ
Haa-Meeeem
Haa. Miym.
- 2
تَنزِيلُ ٱلْكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ
Tanzeelul Kitaabi minal laahil-'Azeezil Hakeem
Kitob tushirilishi Gʻolib va hikmatli Alloh tarafidandir.
- 3
مَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَأَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ۚ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ عَمَّآ أُنذِرُوا۟ مُعْرِضُونَ
Maa khalaqnas samaawaati wal arda wa maa bainahumaaa illaa bilhaqqi wa ajalim musammaa; wallazeena kafaroo 'ammaaa unziroo mu'ridoon
Osmonlaru yerni hamda ular oʻrtasidagi narsalarni faqat haq va belgilangan muddat ila yaratdik. Kofirlar boʻlsa, oʻzlari ogohlantirilgan narsadan yuz oʻgiruvchilardir. [1]
[1] (Qurʼonni hikmat ila nozil qilgan gʻolib va qudratli Alloh osmonlaru Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni ham haq ila, hikmat ila yaratgan.)
- 4
قُلْ أَرَءَيْتُم مَّا تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَرُونِى مَاذَا خَلَقُوا۟ مِنَ ٱلْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌۭ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ ۖ ٱئْتُونِى بِكِتَٰبٍۢ مِّن قَبْلِ هَٰذَآ أَوْ أَثَٰرَةٍۢ مِّنْ عِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Qul ara'aytum maa tad'oona min doonil laahi aroonee maazaa khalaqoo minal ardi am lahum shirkun fis samaawaati eetoonee bi kitaabim min qabli haazaaa aw asaaratim min 'ilmin in kuntum saadiqeen
Sen: «Allohdan oʻzga sigʻinayotgan narsalaringizning xabarini bering-chi, menga koʻrsating-chi, ular yerdan nimani yaratdilar? Yoki osmonlarni (yaratishda) ishtiroklari bormi? Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, menga bu(Qurʼon)dan oldingi kitobni yoki ilmiy bir belgini (dalilni) keltiring», deb ayt.
- 5
وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّن يَدْعُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَن لَّا يَسْتَجِيبُ لَهُۥٓ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ وَهُمْ عَن دُعَآئِهِمْ غَٰفِلُونَ
Wa man adallu mimmany yad'oo min doonil laahi mallaa yastajeebu lahooo ilaa Yawmil Qiyaamati wa hum'an du'aaa'ihim ghaafiloon
Allohni qoʻyib, qiyomat kunigacha duosini mustajob qilolmaydiganlarga iltijo etadiganlardan ham adashganroqlar bormi?! Holbuki, u(but)lar ularning duosidan gʻofildirlar.
- 6
وَإِذَا حُشِرَ ٱلنَّاسُ كَانُوا۟ لَهُمْ أَعْدَآءًۭ وَكَانُوا۟ بِعِبَادَتِهِمْ كَٰفِرِينَ
Wa izaa hushiran naasu kaanoo lahum a'daaa'anw wa kaanoo bi'ibaadatihim kaafireen
Odamlar mahsharga toʻplanganda, oʻsha(but)lar ularga dushman boʻlurlar va ibodatlariga ham munkir boʻlurlar. [2]
[2] (Bizga ibodat qilganingiz yoʻq, deb inkor qiladilar. Hatto shayton oʻziga ergashganlardan tonar ekan.)
- 7
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتٍۢ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ هَٰذَا سِحْرٌۭ مُّبِينٌ
Wa izaa tutlaa 'alaihim Aayaatunaa baiyinaatin qaalal lazeena kafaroo lilhaqqi lammaa jaaa'ahum haazaa sihrum mubeen
Qachonki ularga ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar Haq (Qurʼon) ularga kelgandayoq, bu ochiq-oydin sehrdir, derlar.
- 8
أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ إِنِ ٱفْتَرَيْتُهُۥ فَلَا تَمْلِكُونَ لِى مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَا تُفِيضُونَ فِيهِ ۖ كَفَىٰ بِهِۦ شَهِيدًۢا بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ۖ وَهُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ
Am yaqooloonaf taraahu qul inif taraituhoo falaa tamlikoona lee minal laahi shai'an Huwa a'lamu bimaa tufeedoona feehi kafaa bihee shaheedam bainee wa bainakum wa Huwal Ghafoorur Raheem
Balki, u(Qurʼon)ni oʻzi toʻqib olgan, ham derlar. Sen: «Agar uni toʻqib olgan boʻlsam, Allohdan (keladigan) biror narsani mendan qaytarishga qodir emassiz. U zotning Oʻzi u(kitob) haqida siz shoʻngʻiyotgan narsalarni yaxshi biluvchidir. Men bilan sizning oʻrtangizda guvohlikka Uning Oʻzi kifoyadir. Va U kechiruvchi ham rahimli Zotdir», deb ayt.
- 9
قُلْ مَا كُنتُ بِدْعًۭا مِّنَ ٱلرُّسُلِ وَمَآ أَدْرِى مَا يُفْعَلُ بِى وَلَا بِكُمْ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ وَمَآ أَنَا۠ إِلَّا نَذِيرٌۭ مُّبِينٌۭ
Qul maa kuntu bid'am minal Rusuli wa maaa adreee ma yuf'alu bee wa laa bikum in attabi'u illaa maa yoohaaa ilaiya ya maaa ana illaa nazeerum mubeen
Sen: «Men birinchi Paygʻambar emasman, menga va sizlarga nima qilinishini bilmasman. Faqat, oʻzimga vahiy qilinayotgan narsagagina ergashurman. Men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman, xolos», deb ayt.
- 10
قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن كَانَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ وَكَفَرْتُم بِهِۦ وَشَهِدَ شَاهِدٌۭ مِّنۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ عَلَىٰ مِثْلِهِۦ فَـَٔامَنَ وَٱسْتَكْبَرْتُمْ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ
Qul ara'aytum in kaana min 'indil laahi wa kafartum bihee wa shahida shaahidum mim Banee Israaa'eela 'alaa mislihee fa aamana wastak bartum innal laaha laa yahdil qawmaz zaalimeen
Sen: «Ayting-chi, agar u (Qurʼon) Allohdan boʻlsa-yu, siz unga kufr keltirsangiz va holbuki, Bani Isroildan bir guvoh u(Qurʼon)ga oʻxshash narsaga guvohlik berib, iymon keltirib turibdi, siz esa, kibru havo qilyapsiz. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas», deb ayt. [3]
[3] (Qurʼoni Karimda buzuq aqidalarni tuzatish, toʻgʻri yoʻlga boshlash uchun turli uslublar qoʻllangan. Bu oyatda mushriklarning aqidasiga shubha solish yoʻli bilan, ularning xatoda ekanliklari bayon qilinmoqda.)
- 11
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَوْ كَانَ خَيْرًۭا مَّا سَبَقُونَآ إِلَيْهِ ۚ وَإِذْ لَمْ يَهْتَدُوا۟ بِهِۦ فَسَيَقُولُونَ هَٰذَآ إِفْكٌۭ قَدِيمٌۭ
Wa qaalal lazeena kafaroo lillazeena aamanoo law kaana khairam maa sabaqoonaaa ilyh; wa iz lam yahtadoo bihee fasa yaqooloona haazaaa ifkun qadeem
Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Agar u (Qurʼon) yaxshilik boʻlganida, unga bizdan avval bormasdilar», dedilar. U(Qurʼon)dan hidoyat topishmagach, bu — qadimgi uydirmadir, derlar. [4]
[4] (Kibru havoga uchgan arab boyvachchalarining nazarida kambagʻallarning Islomga kirishi, Qurʼonga ishonishi kamchilik, ayb boʻlib koʻringan. Ular oʻzlaricha, «yalangayoqlar yurgan yoʻl yaxshi boʻlarmidi?» demoqchilar. Lekin, ayni choqda, Hazrati Abu Bakr, Hazrati Usmon, Hadicha onamizga oʻxshash boy, zadogonlar ham birinchilardan boʻlib Islomga kirishganini eʼtiborga olishmaydi. Islom boyni ham, kambagʻalni ham, kuchlini ham, zaifni ham bir oila aʼzosi qilish uchun Alloh tamonidan yuborilgan din.)
- 12
وَمِن قَبْلِهِۦ كِتَٰبُ مُوسَىٰٓ إِمَامًۭا وَرَحْمَةًۭ ۚ وَهَٰذَا كِتَٰبٌۭ مُّصَدِّقٌۭ لِّسَانًا عَرَبِيًّۭا لِّيُنذِرَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ وَبُشْرَىٰ لِلْمُحْسِنِينَ
Wa min qablihee kitaabu Moosaaa imaamanw-wa rahmah; wa haazaa Kitaabum musad diqul lisaanan 'Arabiyyal liyunziral lazeena zalamoo wa bushraa lilmuhsineen
U(Qurʼon)dan oldin Musoning kitobi yoʻl boshlovchi va rahmat edi. Bu (Qurʼon) esa, arab tilidagi, tasdiqlovchi, zulm qiluvchilarni ogohlantirish uchun va yaxshilarga bashorat kitobidir. [5]
[5] (Qurʼon oʻzidan avvalgi kitoblarda, jumladan, Tavrotda kelgan aqida aslini, ilohiy yoʻlni, dinu diyonatni tasdiqlaydi.)
- 13
إِنَّ ٱلَّذِينَ قَالُوا۟ رَبُّنَا ٱللَّهُ ثُمَّ ٱسْتَقَٰمُوا۟ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Innal lazeena qaaloo Rabbunal laahu summas taqaamoo falaa khawfun 'alaihim wa laahum yahzanoon
Albatta «Robbimiz Allohdir» degan, soʻngra bunda mustaqiym turganlarga xavf yoʻqdir va ular xafa ham boʻlmaslar.
- 14
أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ خَٰلِدِينَ فِيهَا جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Ulaaa'ika Ashabul Jannati khaalideena feehaa jazaaa'am bimaa kaano ya'maloon
Ana oʻshalar jannat egalaridir, qilgan amallari mukofotiga unda abadiy qolurlar.
- 15
وَوَصَّيْنَا ٱلْإِنسَٰنَ بِوَٰلِدَيْهِ إِحْسَٰنًا ۖ حَمَلَتْهُ أُمُّهُۥ كُرْهًۭا وَوَضَعَتْهُ كُرْهًۭا ۖ وَحَمْلُهُۥ وَفِصَٰلُهُۥ ثَلَٰثُونَ شَهْرًا ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ أَشُدَّهُۥ وَبَلَغَ أَرْبَعِينَ سَنَةًۭ قَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِىٓ أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتَ عَلَىَّ وَعَلَىٰ وَٰلِدَىَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَٰلِحًۭا تَرْضَىٰهُ وَأَصْلِحْ لِى فِى ذُرِّيَّتِىٓ ۖ إِنِّى تُبْتُ إِلَيْكَ وَإِنِّى مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ
Wa wassainal insaana biwaalidaihi ihsaanan hamalathu ummuhoo kurhanw-wa wada'athu kurhanw wa hamluhoo wa fisaaluhoo salaasoona shahraa; hattaaa izaa balagha ashuddahoo wa balagho arba'eena sanatan qaala Rabbi aqzi'neee an ashkura ni'matakal lateee an'amta 'alaiya wa 'alaa waalidaiya wa an a'mala saalihan tardaahu wa aslih lee fee zurriyyatee innee tubtu ilaika wa innee minal muslimeen
Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador boʻldi va uni qiynalib tugʻdi. Va uning homilasi va koʻkrakdan ajratishi oʻttiz oydir. Toki, u kamolga yetib, qirq yoshga kirganida: «Robbim, Oʻzing menga va ota-onamga bergan neʼmatlaringga shukr qilishimga va Sen rozi boʻlgan solih(ish)ni qilishimga ilhom bergin. Va mening zurriyotlarimni ham solihlardan qilgin. Albatta, men tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman», dedi. [6]
[6] (Alloh taolo insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurmoqda. Bu insoniylik burchidir, boshqa hech qanday asos yoʻq. Inson faqat insonligi uchun ota-onasini hurmat qilishi, eʼzozlashi zarur. Lekin shu bilan birga, oyatning oʻzida ota-onaga yaxshilik qilishning boislaridan baʼzisi aytib oʻtilmoqda.)
- 16
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ نَتَقَبَّلُ عَنْهُمْ أَحْسَنَ مَا عَمِلُوا۟ وَنَتَجَاوَزُ عَن سَيِّـَٔاتِهِمْ فِىٓ أَصْحَٰبِ ٱلْجَنَّةِ ۖ وَعْدَ ٱلصِّدْقِ ٱلَّذِى كَانُوا۟ يُوعَدُونَ
Ulaaa'ikal lazeena nata qabbalu 'anhum ahsana maa 'amiloo wa natajaawazu 'an saiyiaatihim feee Ashaabil jannati Wa'das sidqil lazee kaanoo yoo'adoon
Ana oʻshalarning eng yaxshi amallarini qabul qilib, yomonliklarini oʻtib yuborurmiz. Ular jannat egalaridandir. Ularga berilgan haq vaʼda shuldir. [7]
[7] (Avvalgi oyatdagi maqtovli sifatlarga ega boʻlgan moʻminlarning qilgan yaxshi amallarini qabul qilamiz, deydi Alloh taolo. Albatta, amalni qabul qilgandan soʻng, uning mukofati va savobini ham koʻpaytirib beradi.)
- 17
وَٱلَّذِى قَالَ لِوَٰلِدَيْهِ أُفٍّۢ لَّكُمَآ أَتَعِدَانِنِىٓ أَنْ أُخْرَجَ وَقَدْ خَلَتِ ٱلْقُرُونُ مِن قَبْلِى وَهُمَا يَسْتَغِيثَانِ ٱللَّهَ وَيْلَكَ ءَامِنْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ فَيَقُولُ مَا هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ
Wallazee qaala liwaali daihi uffil lakumaaa ata'idanineee an ukhraja wa qad khalatil quroonu min qablee wa humaa yastagheesaanil laaha wailaka aamin inna wa'dal laahi haqq, fa yaqoolu maa haazaaa illaaa asaateerul awwaleen
Ota-onasiga: «Uff sizlarga, (qabrdan) chiqarilishimning vaʼdasini berayapsizlarmi?! Mendan avval ham asrlar oʻtgan-ku!» – degan kishiga, Allohdan madad soʻragan holda, ular: «Holingga voy boʻlgur, iymon keltir, albatta, Allohning vaʼdasi haqdir», dedilar. U boʻlsa: «Bu oʻtganlarning afsonalari, xolos», der.
- 18
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْقَوْلُ فِىٓ أُمَمٍۢ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِم مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ خَٰسِرِينَ
Ulaaa'ikal lazeena haqqa 'alaihimul qawlu feee umamin qad khalat min qablihim minal jinni wal insi innahum kaanoo khaasireen
Ana oʻshalarga oʻzlaridan avval oʻtgan jin va ins ummatlari qatorida (azob) soʻzi haq boʻlgandir. Albatta, ular ziyon koʻruvchilardan boʻldilar.
- 19
وَلِكُلٍّۢ دَرَجَٰتٌۭ مِّمَّا عَمِلُوا۟ ۖ وَلِيُوَفِّيَهُمْ أَعْمَٰلَهُمْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
Wa likullin darajaatum mimmaa 'amiloo wa liyuwaf fiyahum a'maalahum wa hum laa yuzlamoon
Har birlariga qilgan amallariga yarasha darajalar bordir. Va ularga amallarining (mukofot yoki jazosi) toʻliq berilur va ularga zulm qilinmas. [8]
[8] (Ushbu oyatda har bir insonga bu dunyoda qilgan amaliga yarasha u dunyoda daraja berilishi taʼkidlanmoqda. Qiyomatda yaxshilarni toʻplab jannatga, yomonlarni doʻzaxga kiritib yuborish bilan kifoyalanmasligi maʼlum boʻlmoqda. Balki har bir inson bu dunyoda qilgan amaliga qarab alohida darajaga ega boʻladi. Zarracha yaxshilik ham, yomonlik ham hisob-kitobdan chetda qolmaydi. Koʻp yaxshilik qilganlarning darajalari jannatda oliy boʻladi. Shuning uchun yaxshilikni iloji boricha koʻproq qilishga urinish kerak.)
- 20
وَيَوْمَ يُعْرَضُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ عَلَى ٱلنَّارِ أَذْهَبْتُمْ طَيِّبَٰتِكُمْ فِى حَيَاتِكُمُ ٱلدُّنْيَا وَٱسْتَمْتَعْتُم بِهَا فَٱلْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ ٱلْهُونِ بِمَا كُنتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَبِمَا كُنتُمْ تَفْسُقُونَ
Wa Yawma yu'radul lazeena kafaroo 'alan Naai azhabtum taiyibaatikum fee hayaatikumud dunyaa wastam ta'tum bihaa fal Yawma tujzawna 'azaabal hooni bimaa kuntum tastakbiroona fil ardi bighairil haqqi wa bimaa kuntum tafsuqoon
Kufr keltirganlar doʻzaxga koʻndalang qilingan kunda (ularga): «Hayoti dunyodayoq huzur-halovatingizni ketkazib, mazasini tatib boʻlgansiz. Bugungi kunda yer yuzida nohaq kibru havo va fisqu fasod qilganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», deyilur.
- 21
۞ وَٱذْكُرْ أَخَا عَادٍ إِذْ أَنذَرَ قَوْمَهُۥ بِٱلْأَحْقَافِ وَقَدْ خَلَتِ ٱلنُّذُرُ مِنۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِۦٓ أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّا ٱللَّهَ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍۢ
Wazkur akhaa 'Aad, iz anzara qawmahoo bil Ahqaafi wa qad khalatin nuzuru mim baini yadaihi wa min khalfiheee allaa ta'budooo illal laaha inneee akhaafu 'alaikum 'azaaba Yawmin 'azeem
Oʻz qavmini qum tepaliklarda ogohlantirgan Odning birodarini esla! Va holbuki, undan avval ham, keyin ham ogohlantiruvchilar oʻtgan. «U zotdan oʻzgaga ibodat qilmanglar, albatta, men ulugʻ kunda boshingizga tushadigan azobdan qoʻrqurman, (dedi)». [9]
[9] («Odning birodaridan» murod paygʻambar Hud alayhissalomdir. U kishi oʻz qavmi Odga Alloh tomonidan paygʻambar qilib yuborilganlar. Od qavmi «Boida» arablaridan boʻlib, asli Arabiston yarim orolining janubida, Hazaramavt tomonda, balandlik — qumtepa joylarda yashagan. (Ismoil alayhissalomdan avval oʻtgan arablarni «Boida» arablari deyiladi.))
- 22
قَالُوٓا۟ أَجِئْتَنَا لِتَأْفِكَنَا عَنْ ءَالِهَتِنَا فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ
Qaaloo aji'tanaa litaa fikanaa 'an aalihatinaa faatinaa bimaa ta'idunaaa in kunta minas saadiqeen
Ular: «Bizni xudolarimizdan ozdirishga keldingmi? Agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni keltir», dedilar.
- 23
قَالَ إِنَّمَا ٱلْعِلْمُ عِندَ ٱللَّهِ وَأُبَلِّغُكُم مَّآ أُرْسِلْتُ بِهِۦ وَلَٰكِنِّىٓ أَرَىٰكُمْ قَوْمًۭا تَجْهَلُونَ
Qaala innamal 'ilmu indal laahi wa uballighukum maaa uriltu bihee wa laakinneee araakum qawman tajhaloon
U: «Albatta, ilm Allohning huzuridadir. Men nima bilan yuborilgan boʻlsam, shuni yetkazmoqdaman. Lekin sizlarning johil qavmligingizni koʻrib turibman», dedi. [10]
[10] (Kofirlar paygʻambardan vaʼda qilinayotgan azobni tezroq keltirishni talab qilishdi. Paygʻambar esa, menga sizlarni ogohlantirish topshirilgan edi, shuni bajardim, azobning qachon kelishining ilmi esa faqat Allohning huzurida. Men uning vaqtini ham, shaklini ham bilmayman, dedilar.)
- 24
فَلَمَّا رَأَوْهُ عَارِضًۭا مُّسْتَقْبِلَ أَوْدِيَتِهِمْ قَالُوا۟ هَٰذَا عَارِضٌۭ مُّمْطِرُنَا ۚ بَلْ هُوَ مَا ٱسْتَعْجَلْتُم بِهِۦ ۖ رِيحٌۭ فِيهَا عَذَابٌ أَلِيمٌۭ
Falammaa ra awhu 'aaridam mustaqbila awdiyatihim qaaloo haazaa 'aaridum mumtirunaa; bal huwa masta'jaltum bihee reehun feehaa 'azaabun aleem
U(azob)ning vodiylari tomon koʻndalang boʻlib yurganini koʻrishganda, bu koʻndalang boʻluvchi bizga yomgʻir yogʻdirur, deyishdi. Yoʻq! Bu, oʻzingiz orziqib soʻragan narsa, alamli azobi bor boʻrondir.
- 25
تُدَمِّرُ كُلَّ شَىْءٍۭ بِأَمْرِ رَبِّهَا فَأَصْبَحُوا۟ لَا يُرَىٰٓ إِلَّا مَسَٰكِنُهُمْ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْقَوْمَ ٱلْمُجْرِمِينَ
Tudammiru kulla shai'im bi-amri Rabbihaa fa asbahoo laa yuraaa illaa masaakinuhum; kazaalika najzil qawmal mujrimeen
U, Robbisining amri ila har bir narsani vayron qilur. Bas, maskanlaridan boshqa narsa koʻrinmay qoldi. Jinoyatchi qavmlarni shundoq jazolarmiz. [11]
[11] (Od qavmiga yuborilgan shamol alohida azob shamoli edi. U Allohning amri ila nimaga tegsa, vayron (halok) qilishi kerak edi.)
- 26
وَلَقَدْ مَكَّنَّٰهُمْ فِيمَآ إِن مَّكَّنَّٰكُمْ فِيهِ وَجَعَلْنَا لَهُمْ سَمْعًۭا وَأَبْصَٰرًۭا وَأَفْـِٔدَةًۭ فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُمْ سَمْعُهُمْ وَلَآ أَبْصَٰرُهُمْ وَلَآ أَفْـِٔدَتُهُم مِّن شَىْءٍ إِذْ كَانُوا۟ يَجْحَدُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ
Wa laqad makkannaahum feemaaa im makkannaakum feehi waj'alnaa lahum sam'anw wa absaaranw wa af'idatan famaaa aghnaa 'anhum samu'uhum wa laaa absaaruhum wa laaa af'idatuhum min shai'in iz kaanoo yajhadoona bi Aayaatil laahi wa haaqa bihim maa kaanoo bihee yastahzi'oon
Va, darhaqiqat, Biz ularga sizga bermagan imkonlarni bergan edik. Hamda quloq, koʻz va qalblar ato etdik. Bas, na quloqlari, na koʻzlari va na qalblari ularga hech bir foyda bermadi. Chunki, ular Allohning oyatlarini inkor qilgan edilar. Bas, ularni oʻzlari masxara qilgan narsa (azob) oʻrab oldi.
- 27
وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا مَا حَوْلَكُم مِّنَ ٱلْقُرَىٰ وَصَرَّفْنَا ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
Wa laqad ahlaknaa ma hawlakum minal quraa wa sarrafnal Aayaati la'allahum yarji'oon
Haqiqatan, atrofingizdagi shahar-qishloqlarni halokatga uchratdik va shoyadki, oʻzlariga qaytsalar, deb hujjat-dalillarni bayon qildik. [12]
[12] (Alloh taolo Makka mushriklariga oʻzlari xabardor boʻlgan, ularning atrofida kufri va inkori tufayli halokatga uchragan Od, Samud, Sabaʼ va Lut qavmlarini eslatmoqda.)
- 28
فَلَوْلَا نَصَرَهُمُ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ قُرْبَانًا ءَالِهَةًۢ ۖ بَلْ ضَلُّوا۟ عَنْهُمْ ۚ وَذَٰلِكَ إِفْكُهُمْ وَمَا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
Falaw laa nasarahumul lazeenat takhazoo min doonil laahi qurbaanan aalihatam bal dalloo 'anhum' wa zaalika ifkuhum wa maa kaanoo yaftaroon
Qani endi, Allohni qoʻyib, U zotga yaqinlashtiruvchi deb tutingan «xudolari» ularga yordam bersalar edi. Yoʻq! Ular gʻoyib boʻldilar. Va bu ularning uydirma hamda toʻqigan boʻhtonlaridir. [13]
[13] (Avvalgi oyatlarni oʻrganish jarayonida tushunganimizdek, mushriklar butu sanamlarga, bular bizni katta xudoga yaqinlashtiradilar, shafoat qiladilar, deb eʼtiqod qilar edilar.)
- 29
وَإِذْ صَرَفْنَآ إِلَيْكَ نَفَرًۭا مِّنَ ٱلْجِنِّ يَسْتَمِعُونَ ٱلْقُرْءَانَ فَلَمَّا حَضَرُوهُ قَالُوٓا۟ أَنصِتُوا۟ ۖ فَلَمَّا قُضِىَ وَلَّوْا۟ إِلَىٰ قَوْمِهِم مُّنذِرِينَ
Wa iz sarafinaaa ilaika nafaram minal jinni yastami'oonal Quraana falammaa hadaroohu qaalooo ansitoo falammaa qudiya wallaw ilaa qawmihim munzireen
Va sen tomon bir guruh jinlarni Qurʼon eshitishga burganimizni esla. U(Qurʼon eshitish)ga hozir boʻlganlarida: «Jim, quloq osinglar!» – dedilar. Qachonki, qiroat oxirlaganda, oʻz qavmlariga ogohlantiruvchi boʻlib qaytdilar. [14]
[14] (Oyatdan maʼlum boʻlyaptiki, jinlarning Qurʼonga quloq osishlari toʻsatdan, kutilmaganda sodir boʻlmagan, balki ularni Alloh taoloning Oʻzi burib qoʻygan. Bu fazlni Paygʻambar alayhissalomga ham eslatmoqda.)
- 30
قَالُوا۟ يَٰقَوْمَنَآ إِنَّا سَمِعْنَا كِتَٰبًا أُنزِلَ مِنۢ بَعْدِ مُوسَىٰ مُصَدِّقًۭا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ يَهْدِىٓ إِلَى ٱلْحَقِّ وَإِلَىٰ طَرِيقٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ
Qaaloo yaa qawmanaaa innaa sami'naa Kitaaban unzila mim ba'di Moosa musaddiqal limaa baina yadihi yahdeee ilal haqqi wa ilaa Tareeqim Mustaqeem
Ular: «Ey qavmimiz! Biz Musodan keyin tushirilgan, oʻzidan avvalgi narsa(kitoblar)ni tasdiqlovchi, haq(din)ga va toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiluvchi kitobni eshitdik.
- 31
يَٰقَوْمَنَآ أَجِيبُوا۟ دَاعِىَ ٱللَّهِ وَءَامِنُوا۟ بِهِۦ يَغْفِرْ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُجِرْكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍۢ
Yaa qawmanaaa ajeeboo daa'iyal laahi wa aaminoo bihee yaghfir lakum min zunoobikum wa yujirkum min 'azaabin aleem
Ey qavmimiz, Allohning daʼvatchisiga javob bering va Unga iymon keltiring. U sizlarning gunohlaringizni magʻfirat qilar va alamli azobdan saqlar. [15]
[15] (Jinlar Qurʼoni Karimdan baʼzi oyatlarni tinglashlari bilan, uni insu jinga yuborilgan ilohiy kitob ekanligini tushunib yetganlar. Shuningdek, Muhammad alayhissalomni Allohning daʼvatchisi ekanliklarini, u zotning chaqiriqlariga javob berish lozimligi, Allohga iymon keltirish vojibligini ham anglab yetganlar. Eng muhimi, oxiratni, qiyomat kunini bilganlar, unda alamli azoblar borligini, Allohga iymongina u azobdan saqlab qolishi mumkinligini fahmlaganlar. Afsuski, insonlar bu borada jinlarchalik ham emaslar.)
- 32
وَمَن لَّا يُجِبْ دَاعِىَ ٱللَّهِ فَلَيْسَ بِمُعْجِزٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَيْسَ لَهُۥ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءُ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍ
Wa mal laa yujib daa'iyal laahi falaisa bimu'jizin fil ardi wa laisa lahoo min dooniheee awliyaaa'; ulaaa ika fee dalaalim mubeen
Kimki, Allohning daʼvatchisini qabul qilmasa, bas, u yer yuzida qochib qutula oluvchi emasdir va unga U zotdan oʻzga valiylar ham yoʻqdir. Ana oʻshalar ochiq-oydin zalolatdadir», dedilar.
- 33
أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّ ٱللَّهَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَلَمْ يَعْىَ بِخَلْقِهِنَّ بِقَٰدِرٍ عَلَىٰٓ أَن يُحْۦِىَ ٱلْمَوْتَىٰ ۚ بَلَىٰٓ إِنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ
Awalam yaraw annal laahal lazee khalaqas samaawaati wal larda wa lam ya'ya bikhal qihinna biqaadirin 'alaaa anyyuhiyal mawtaa; balaaa innahoo 'alaa kulli shai'in Qadeer
Ular osmonlaru yerni yaratgan va ularni yaratishda behol boʻlmagan Alloh oʻliklarni ham tiriltirishga qodir ekanini anglab yetmadilarmi? Zero, U zot har bir narsaga qodirdir.
- 34
وَيَوْمَ يُعْرَضُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ عَلَى ٱلنَّارِ أَلَيْسَ هَٰذَا بِٱلْحَقِّ ۖ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَرَبِّنَا ۚ قَالَ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ
Wa Yawma yu'radul lazeena kafaroo 'alan naari alaisa haaza bil haqq; qaaloo balaa wa Rabbinaa; qaala fazooqul 'azaaba bimaa kuntum takfuroon
Kufr keltirganlar doʻzaxga koʻndalang qilingan kunda: «Bu, haq emasmi?!» (deyilur). Ular: «Robbimizga qasamki, xuddi shundoq», dedilar. «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobni tortinglar», dedi.
- 35
فَٱصْبِرْ كَمَا صَبَرَ أُو۟لُوا۟ ٱلْعَزْمِ مِنَ ٱلرُّسُلِ وَلَا تَسْتَعْجِل لَّهُمْ ۚ كَأَنَّهُمْ يَوْمَ يَرَوْنَ مَا يُوعَدُونَ لَمْ يَلْبَثُوٓا۟ إِلَّا سَاعَةًۭ مِّن نَّهَارٍۭ ۚ بَلَٰغٌۭ ۚ فَهَلْ يُهْلَكُ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلْفَٰسِقُونَ
Fasbir kamaa sabara ulul 'azmi minar Rusuli wa laa tasta'jil lahum; ka annahum Yawma yarawna maa yoo'adoona lam yalbasooo illaa saa'atam min nahaar; balaagh; fahal yuhlaku illal qawmul faasiqoon
Bas, azmu matonat sohibi boʻlgan Paygʻambarlar sabr qilgandek, sabr qil, ularga (azob yetishiga) shoshilma! Ular vaʼda qilingan narsani koʻrganlarida xuddi (bu dunyoda) kunduzdan bir lahzagina turganga oʻxsharlar. Bu yetkazishdir! Bas, faqat fosiq qavmlargina halok qilinur, xolos! [16]
[16] (Alloh taolo ushbu oyatda kofir, mushrik va dinsizlar doimo moʻmin-musulmonlarga zulm qilib, ozor berib, tazyiq oʻtkazib kelaganliklarini eslatmoqda. «Ulul azm», yaʼni sabr matonat sohibi boʻlgan paygʻambarlar — Nuh, Ibrohim, Muso, Iyso alayhissalomlardir (va Paygʻambarimiz ham ulardandir). Bu buyuk paygʻambarlarning har birlarining boshlariga iymon yoʻlida, dinu diyonat yoʻlida qanchadan-qancha kulfatlar yogʻilgan. Lekin ular sabr matonatda zarbulmasal boʻlganlar. Oyatda Qurʼon, yetkazish, deb atalmoqda.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
