Sura 45

Josiya

الجَاثِيَةِ

Al-Jathiyah · Makkiy · 37 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    حمٓ

    Haa-Meeem

    Haa. Miym.

  2. 2

    تَنزِيلُ ٱلْكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ

    Tanzeelul Kitaabi minal laahil 'Azeezil Hakeem

    Bu kitobning nozil qilinishi Aziyz va oʻta hikmatli Allohdandir.

  3. 3

    إِنَّ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ لَءَايَٰتٍۢ لِّلْمُؤْمِنِينَ

    Innaa fis samaawaati wal ardi la Aayaatil lilmu'mineen

    Albatta, osmonlaru yerda moʻminlar uchun oyat(belgi)lar bordir. [1]

    [1] (Darhaqiqat, osmonlaru Yerdagi har bir narsa Alloh taoloning biru borligiga, cheksiz qudratiga yorqin dalildir.)

  4. 4

    وَفِى خَلْقِكُمْ وَمَا يَبُثُّ مِن دَآبَّةٍ ءَايَٰتٌۭ لِّقَوْمٍۢ يُوقِنُونَ

    Wa fee khalaqikum wa maa yabussu min daaabbatin Aayaatul liqawminy-yooqinoon

    Va sizlarning yaratilishingizda va taratib qoʻyilgan jonivorlarda aniq ishonadigan qavm uchun oyat(belgi)lar bor. [2]

    [2] (Insonning yaratilishida Alloh taoloning biru borligiga, kuch-qudratiga, tadbiru sanʼatiga sonsiz-sanoqsiz oyat-belgilar bor.)

  5. 5

    وَٱخْتِلَٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن رِّزْقٍۢ فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَتَصْرِيفِ ٱلرِّيَٰحِ ءَايَٰتٌۭ لِّقَوْمٍۢ يَعْقِلُونَ

    Wakhtilaafil laili wannahaari wa maaa anzalal laahu minas samaaa'i mir rizqin fa ahyaa bihil arda ba'da mawtihaa wa tasreefir riyaahi Aayaatul liqawminy ya'qiloon

    Kechayu kunduzning almashib turishida, Alloh osmondan rizq nozil qilib, uning ila yerni oʻlimidan keyin tiriltirishida va shamollarning yoʻnalishida aql yuritadigan qavm uchun oyat(belgi)lar bor.

  6. 6

    تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱللَّهِ نَتْلُوهَا عَلَيْكَ بِٱلْحَقِّ ۖ فَبِأَىِّ حَدِيثٍۭ بَعْدَ ٱللَّهِ وَءَايَٰتِهِۦ يُؤْمِنُونَ

    Tilka Aayatul laahi natloohaa 'alika bilhaqq, fabiayyi hadeesim ba'dal laahi wa Aayaatihee yu'minoon

    Bular Allohning oyatlaridir. Biz ularni senga haq ila tilovat qilurmiz. Ular Allohni va Uning oyatlarini qoʻyib, qaysi gapga iymon keltirurlar?!

  7. 7

    وَيْلٌۭ لِّكُلِّ أَفَّاكٍ أَثِيمٍۢ

    Wailul likulli affaakin aseem

    Har bir yolgʻonchi gunohkorga halokat boʻlsin!

  8. 8

    يَسْمَعُ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ تُتْلَىٰ عَلَيْهِ ثُمَّ يُصِرُّ مُسْتَكْبِرًۭا كَأَن لَّمْ يَسْمَعْهَا ۖ فَبَشِّرْهُ بِعَذَابٍ أَلِيمٍۢ

    Yasma'u Aayaatil laahi tutlaa 'alaihi summa yusirru mustakbiran ka-al lam yasma'haa fabashshirhu bi'azaabin aleem

    U oʻziga tilovat qilingan Allohning oyatlarini eshitadi-yu, soʻngra, xuddi eshitmagandek, mutakabbirlik qilib turib olur. Bas, unga alamli azob xushxabarini ber.

  9. 9

    وَإِذَا عَلِمَ مِنْ ءَايَٰتِنَا شَيْـًٔا ٱتَّخَذَهَا هُزُوًا ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌۭ مُّهِينٌۭ

    Wa izaa 'alima min Aayaatinaa shai'anit takhazahaa huzuwaa; ulaaa'ika lahum 'azaabum muheen

    Qachonki Bizning oyatlarimizdan biror narsa bilsa, uni istehzo qilur. Ana oʻshalarga xorlovchi azob bordir.

  10. 10

    مِّن وَرَآئِهِمْ جَهَنَّمُ ۖ وَلَا يُغْنِى عَنْهُم مَّا كَسَبُوا۟ شَيْـًۭٔا وَلَا مَا ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوْلِيَآءَ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ

    Minw waraaa'ihim Jahannamu wa laa yughnee 'anhum maa kasaboo shai'anw wa laa mat takhazoo min doonil laahi awliyaaa'a wa lahum 'azaabun 'azeem

    Va ortlarida jahannam bor. Ularga kasb qilgan narsalari ham, Allohni qoʻyib tutgan «doʻstlari» ham hech bir narsada asqotmas. Ularga ulkan azob bordir.

  11. 11

    هَٰذَا هُدًۭى ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ لَهُمْ عَذَابٌۭ مِّن رِّجْزٍ أَلِيمٌ

    Haazaa hudanw wal lazeena kafaroo bi aayaati Rabbihim lahum 'azaabum mir rijzin aleem

    Bu (Qurʼon) hidoyatdir. Robbilari oyatlariga kufr keltirganlarga alamli azobning ashaddiysi bordir.

  12. 12

    ۞ ٱللَّهُ ٱلَّذِى سَخَّرَ لَكُمُ ٱلْبَحْرَ لِتَجْرِىَ ٱلْفُلْكُ فِيهِ بِأَمْرِهِۦ وَلِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

    Allaahul lazee sahkhara lakumul bahra litajriyal fulku feehi bi amrihee wa litabtaghoo min fadlihee wa la'allakum tashkuroon

    Alloh sizga dengizni unda Oʻz amri bilan kemalar yurishi uchun va siz Uning fazlidan istashingiz uchun boʻysundirib qoʻydi. Shoyadki, shukr keltirsangiz.

  13. 13

    وَسَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًۭا مِّنْهُ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَتَفَكَّرُونَ

    Wa sakhkhara lakum maa fis samaawaati wa maa fil ardi jamee'am minh; inna feezaalika la Aayaatil liqawminy yatafakkaroon

    Va sizga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni — hammasini Oʻz tomonidan boʻysundirib qoʻydi. Albatta, ana shunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat(belgi)lar bordir.

  14. 14

    قُل لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ يَغْفِرُوا۟ لِلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ أَيَّامَ ٱللَّهِ لِيَجْزِىَ قَوْمًۢا بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Qul lillazeena aamanoo yaghfiroo lillazeena laa yarjoona ayyaamal laahi liyajziya qawmam bimaa kaanoo yaksiboon

    Sen iymon keltirganlarga ayt. Allohning kunlaridan umidvor boʻlmaydiganlarni kechirsinlar. Toki, U zot bu qavmni kasb qilib yurgan narsalari uchun mukofotlasin. [3]

    [3] (Ey Muhammad, sen moʻminlarga ayt, ular oʻzlariga ozor bergan, kelajakdagi Allohning hisob-kitob kunlaridan noumid boʻlgan kofirlarni kechirsinlar. Bu esa, Alloh taolo oʻsha musulmon qavmni yaxshi kasblariga koʻra mukofotlashi uchundir.)

  15. 15

    مَنْ عَمِلَ صَٰلِحًۭا فَلِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَنْ أَسَآءَ فَعَلَيْهَا ۖ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ

    Maa 'amila saalihan falinafsihee wa man asaaa'a fa'alaihaa summa ilaa Rabbikum turja'oon

    Kim solih amal qilsa, oʻziga foyda. Kim yomonlik qilsa, oʻziga zarar. Soʻngra Robbingizga qaytarilursiz.

  16. 16

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحُكْمَ وَٱلنُّبُوَّةَ وَرَزَقْنَٰهُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَفَضَّلْنَٰهُمْ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa laqad aatainaa Baneee Israaa'eelal Kitaaba walhukma wan Nubuwwata wa razaqnaahum minat taiyibaati wa faddalnaahum;alal 'aalameen

    Batahqiq, Biz Bani Isroilga kitobni, hukmni va Paygʻambarlikni berdik, ularga pok narsalarni rizq qilib berdik va ularni olamlar ichida afzal qildik. [4]

    [4] (Oʻz zamonasida, albatta, Bani Isroil oʻzgalardan afzal boʻlgan. Chunki Tavrot ularga tushirilgan, paygʻambarlar ulardan chiqqan.)

  17. 17

    وَءَاتَيْنَٰهُم بَيِّنَٰتٍۢ مِّنَ ٱلْأَمْرِ ۖ فَمَا ٱخْتَلَفُوٓا۟ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ بَغْيًۢا بَيْنَهُمْ ۚ إِنَّ رَبَّكَ يَقْضِى بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ

    Wa aatainaahum baiyinaatim minal amri famakh talafooo illaa mim ba'di maa jaaa'ahumul 'ilmu baghyam bainahum; inna Rabbaka yaqdee bainahum Yawmal Qiyaamati feemaa kaanoo feehi yakhtalifoon

    Va Biz ularga (din) ishi haqida ochiq-oydin bayonotlar berdik. Bas, ular oʻzlariga ilm kelganidan soʻng oʻzaro hasad-adovat qilibgina ixtilofga tushdilar. Albatta, Robbing qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqarur.

  18. 18

    ثُمَّ جَعَلْنَٰكَ عَلَىٰ شَرِيعَةٍۢ مِّنَ ٱلْأَمْرِ فَٱتَّبِعْهَا وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ

    Summa ja'alnaaka 'alaa sharee'atim minal amri fattabi'haa wa laa tattabi'ahwaaa'al-lazeena laa ya'lamoon

    Soʻngra Biz seni (din) ishida bir shariatga yoʻlladik. Bas, unga ergash, bilmaydiganlarning havoyi nafslariga ergashma. [5]

    [5] (Bani Isroilning ishi, yuqorida aytilgandek, muvaffaqiyatsiz tamom boʻlganidan soʻng, biz seni Islom shariatiga yoʻlladik.)

  19. 19

    إِنَّهُمْ لَن يُغْنُوا۟ عَنكَ مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًۭٔا ۚ وَإِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍۢ ۖ وَٱللَّهُ وَلِىُّ ٱلْمُتَّقِينَ

    Innahum lany yughnoo 'anka minal laahi shai'aa; wa innaz zaalimeena ba'duhum awliyaaa'u ba'dinw wallaahu waliyyul muttaqeen

    Albatta, ular sendan Alloh tomonidan boʻladigan hech bir narsani arita olmaslar. Va, albatta, zolimlar bir-birlariga doʻstdirlar. Alloh taqvodorlarning doʻstidir.

  20. 20

    هَٰذَا بَصَٰٓئِرُ لِلنَّاسِ وَهُدًۭى وَرَحْمَةٌۭ لِّقَوْمٍۢ يُوقِنُونَ

    Haazaa basaaa'iru linnaasi wa hudanw wa rahmatul liqawminy yooqinoon

    Bu (Qurʼon) odamlar uchun qalb koʻzlari, aniq ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmatdir.

  21. 21

    أَمْ حَسِبَ ٱلَّذِينَ ٱجْتَرَحُوا۟ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن نَّجْعَلَهُمْ كَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَوَآءًۭ مَّحْيَاهُمْ وَمَمَاتُهُمْ ۚ سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ

    Am hasibal lazeenaj tarahus saiyiaati an naj'alahum kallazeena aamanoo wa 'amilu saalihaati sawaaa'am mahyaahum wa mamaatuhum; saaa'a maa yahkumoon

    Nahotki, yomonliklarni qilganlar ularni iymon keltirib, solih amallar qilganlarga oʻxshash qilmogʻimizni, hayotlari ham, mamotlari ham barobar boʻlishini gumon qilsalar?! Ularning qilgan hukmi naqadar ham yomon! [6]

    [6] (Ushbu oyatda kofir va osiy kimsaning xayolidan oʻtadigan gumon inkor qilinmoqda. Kofirlar, bizning moʻminlardan qayerimiz kam, deb oʻylashlari, gumon qilishlari mumkin. Bu dunyoda ham, u dunyoda ham moʻminlar bilan barobarlikni daʼvo etishlari mumkin. Bu daʼvo mutlaqo notoʻgʻridir. Alloh taolo hech qachon yomon ishlar qilgan kimsalarni iymon keltirib, solih amallar qilganlarga oʻxshatib qoʻymaydi. Ularning ikkovilarini bu hayotda ham, oxiratda ham barobar qilib qoʻymaydi. Barobar boʻlsa, adolat qolarmidi? Paygʻambar yuborish, kitob tushirish va dinni joriy qilishning keragi boʻlarmidi?)

  22. 22

    وَخَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ وَلِتُجْزَىٰ كُلُّ نَفْسٍۭ بِمَا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

    Wa khalaqal laahus samaawaati wal arda bilhaqqi wa litujzaa kullu nafsim bimaa kasabat wa hum laa yuzlamoon

    Alloh osmonlaru yerni haq ila, har bir jon qilgan kasbiga yarasha, zulm qilinmagan holida jazosi (ajri)ni olishi uchun yaratgan.

  23. 23

    أَفَرَءَيْتَ مَنِ ٱتَّخَذَ إِلَٰهَهُۥ هَوَىٰهُ وَأَضَلَّهُ ٱللَّهُ عَلَىٰ عِلْمٍۢ وَخَتَمَ عَلَىٰ سَمْعِهِۦ وَقَلْبِهِۦ وَجَعَلَ عَلَىٰ بَصَرِهِۦ غِشَٰوَةًۭ فَمَن يَهْدِيهِ مِنۢ بَعْدِ ٱللَّهِ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

    Afara'ayta manit takhaza ilaahahoo hawaahu wa adal lahul laahu 'alaa 'ilminw wa khatama 'alaa sam'ihee wa qalbihee wa ja'ala 'alaa basarihee ghishaawatan famany yahdeehi mim ba'dil laah; afalaa tazakkaroon

    Ayting-chi, havoyi nafsini iloh qilib olgan, Alloh uni bilib turib zalolatga solgan va qulogʻiga hamda qalbiga muhr bosib, koʻziga parda tortib qoʻygan kimsani Allohdan boshqa kim hidoyat qila oladir?! Eslamaysizlarmi?!

  24. 24

    وَقَالُوا۟ مَا هِىَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنْيَا نَمُوتُ وَنَحْيَا وَمَا يُهْلِكُنَآ إِلَّا ٱلدَّهْرُ ۚ وَمَا لَهُم بِذَٰلِكَ مِنْ عِلْمٍ ۖ إِنْ هُمْ إِلَّا يَظُنُّونَ

    Wa qaaloo maa hiya illaa hayaatunad dunyaa namootu wa nahyaa wa maa yuhlikunaaa illad dahr; wa maa lahum bizaalika min 'ilmin in hum illaayazunnoon

    Ular: «U (hayot) faqat bu dunyodagi hayotimizdir. Oʻlamiz, tirilamiz, bizni faqat zamon halok qiladi», derlar. Ularning bu haqda ilmlari yoʻq. Ular faqat gumon qiladilar, xolos. [7]

    [7] (Bular dahriylardir, bizni faqat dahr(zamon) oʻldiradi, deganlari uchun shu nomni olganlar. Ular oʻlgandan keyin qayta tirilishni inkor etadilar.)

  25. 25

    وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتٍۢ مَّا كَانَ حُجَّتَهُمْ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ ٱئْتُوا۟ بِـَٔابَآئِنَآ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Wa izaa tutlaa 'alaihim aayaatuna baiyinaatim maa kaana hujjatahum illaaa an qaalu'too bi aabaaa'inaaa in kuntum saadiqeen

    Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilingan chogʻda, ularning: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, ota-bobolarimizni keltiring-chi?!» – deyishdan boshqa hujjatlari boʻlmas.

  26. 26

    قُلِ ٱللَّهُ يُحْيِيكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يَجْمَعُكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

    Qulil laahu yuhyeekum summa yumeetukum summa yajma'ukum ilaa Yawmil Qiyaamati laa raiba feehi wa laakinna aksaran naasi laa ya'lamoon

    Sen: «Alloh sizlarni tiriltirur, soʻngra oʻldirur, soʻngra sizlarni (boʻlishida) shubha yoʻq qiyomat kunida jamlar. Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar», deb ayt.

  27. 27

    وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يَوْمَئِذٍۢ يَخْسَرُ ٱلْمُبْطِلُونَ

    Wa lillaahi mulkus samaawaati wal ard; wa Yawma taqoomus Saa'atu Yawma 'iziny yakhsarul mubtiloon

    Va osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Soat(qiyomat) qoim boʻladigan kunda, oʻsha kunda botilchilar ziyon torturlar.

  28. 28

    وَتَرَىٰ كُلَّ أُمَّةٍۢ جَاثِيَةًۭ ۚ كُلُّ أُمَّةٍۢ تُدْعَىٰٓ إِلَىٰ كِتَٰبِهَا ٱلْيَوْمَ تُجْزَوْنَ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Wa taraa kulla ummatin jaasiyah; kullu ummatin tud'aaa ilaa kitaabihaa al Yawma tujzawna maa kuntum ta'maloon

    Har bir ummatni tiz choʻkkan holida koʻrursan. Har bir ummat oʻz nomai aʼmoliga chaqirilur: «Bugungi kunda qilib yurgan amallaringizning jazosi (ajri)ni olursiz». [8]

    [8] (Yaʼni, qiyomat kunining dahshati kuchliligidan u kuni har bir ummatning choʻkalanib qolgan holi koʻriladi. Oʻsha kunda har bir ummatga, har bir shaxsga, bu dunyoda qilgan amallari yozib borilgan kitob koʻrsatiladi.)

  29. 29

    هَٰذَا كِتَٰبُنَا يَنطِقُ عَلَيْكُم بِٱلْحَقِّ ۚ إِنَّا كُنَّا نَسْتَنسِخُ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Haazaa kitaabunaa yantiqu 'alaikum bilhaqq; innaa kunnaa nastansikhu maa kuntum ta'maloon

    «Mana bu kitobimiz sizga haqni nutq qilur. Albatta, Biz qilgan amalingizni yozib turgan edik» (deyilur). [9]

    [9] (Yaʼni, mana bu nomayi amal kitobi faqat haqiqatni aytadi. Undagi barcha gap rostdir, yolgʻoni yoʻq. U dunyoda nima amal qilsangiz, oʻshani oʻz vaqtida aniq yozib turgan edik. Endi shu asosda hisob-kitob etamiz.)

  30. 30

    فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَيُدْخِلُهُمْ رَبُّهُمْ فِى رَحْمَتِهِۦ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْمُبِينُ

    Fa ammal lazeena aamaanoo wa 'amilus saalihaati fayudkhiluhum Rabbuhum fee rahmatih; zaalika huwal fawzul mubeen

    Bas, iymon keltirib solih amallarni qilganlarni Robbilari Oʻz rahmatiga kiritur. Ana oʻshaning oʻzi ochiq-oydin yutuqdir.

  31. 31

    وَأَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَفَلَمْ تَكُنْ ءَايَٰتِى تُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فَٱسْتَكْبَرْتُمْ وَكُنتُمْ قَوْمًۭا مُّجْرِمِينَ

    Wa ammal lazeena kafarooo afalam takun Aayaatee tutlaa 'alaikum fastakbartum wa kuntum qawmam mujrimeen

    Ammo kufr keltirganlarga esa: «Axir, sizga Mening oyatlarim tilovat qilinmaganmidi?! Bas, siz mutakabbirlik qildingiz va jinoyatchi qavm boʻldingiz.

  32. 32

    وَإِذَا قِيلَ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ وَٱلسَّاعَةُ لَا رَيْبَ فِيهَا قُلْتُم مَّا نَدْرِى مَا ٱلسَّاعَةُ إِن نَّظُنُّ إِلَّا ظَنًّۭا وَمَا نَحْنُ بِمُسْتَيْقِنِينَ

    Wa izaa qeela inna wa'dallaahi haqqunw was Saa'atu laa raiba feehaa qultum maa nadree mas Saa'atu in nazunnu illaa zannanw wa maa nahnu bimustaiqineen

    Vaqtiki: «Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir va soat (qiyomat)da shubha yoʻqdir», deyilsa, «Soat(qiyomat) nima ekanini bilmasmiz. Biz faqat gumon qilamiz, xolos. Biz aniq ishonguvchi emasmiz», dedingiz» (deyilur). [10]

    [10] (Endi holingizga nima boʻldi? Allohning vaʼdasi haq ekanmi? Qiyomat soati qoim boʻlar ekanmi? U haqidagi gaplaringiz gumondan boshqa gap emasligini bildingizmi?)

  33. 33

    وَبَدَا لَهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا عَمِلُوا۟ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Wa badaa lahum saiyiaatu maa 'amiloo wa haaqa bihim maa kaanoo bihee yastahzi'oon

    Va ularga qilgan amallarining yomonliklari ayon boʻldi va ularni oʻzlari istehzo qilib yurgan narsa oʻrab oldi.

  34. 34

    وَقِيلَ ٱلْيَوْمَ نَنسَىٰكُمْ كَمَا نَسِيتُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَا وَمَأْوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن نَّٰصِرِينَ

    Wa qeelal yawma nansaakum kamaa naseetum liqaaa'a yawmikum haazaa wa maawaakumun Naaru wa maa lakum min naasireen

    «Bugungi kunda xuddi siz ushbu kuningizga roʻbaroʻ boʻlishni unutganingizdek, Biz ham sizni unuturmiz. Joyingiz jahannamdir va sizlarga hech yordamchilar yoʻq.

  35. 35

    ذَٰلِكُم بِأَنَّكُمُ ٱتَّخَذْتُمْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ هُزُوًۭا وَغَرَّتْكُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ۚ فَٱلْيَوْمَ لَا يُخْرَجُونَ مِنْهَا وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ

    Zaalikum bi annakumut takhaztum aayaatil laahi huzuwanw wa gharratkumul hayaatud dunyaa; fal yawma laa yukhrajoona minhaa wa laahum yusta'taboon

    Bunday boʻlishingiz, albatta, sizning Allohning oyatlarini masxara qilib olganingiz va sizni dunyo hayoti gʻururga ketkazgani uchundir», deyildi. Bas, bugungi kunda ular u(jahannam)dan chiqarilmaslar va ular itobga ham qaytarilmaslar. [11]

    [11] (Jahanam azobida qiynalib turgan kofiru osiylarga aytiladigan bu gaplar, ular uchun juda ham ogʻir maʼnaviy azob boʻladi. Yaʼni, siz yorugʻ dunyoda qiyomat kuniga roʻbaroʻ boʻlishni qanday unutgan boʻlsangiz, biz ham sizni shunday unutamiz. Yaʼni, sizga rahm qilishni unutamiz.)

  36. 36

    فَلِلَّهِ ٱلْحَمْدُ رَبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَرَبِّ ٱلْأَرْضِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Falillaahil hamdu Rabbis samaawaati wa Rabbil ardi Rabbil-'aalameen

    Bas, barcha hamd osmonlarning Robbiga, yerning Robbiga va olamlarning Robbigadir.

  37. 37

    وَلَهُ ٱلْكِبْرِيَآءُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Wa lahul kibriyaaa'u fissamaawaati wal ardi wa Huwal 'Azeezul Hakeem

    Osmonlaru yerdagi ulugʻlik Unikidir. U zot Aziyzu Hakiymdir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com