Sura 44

Duxon

الدُّخَانِ

Ad-Dukhan · Makkiy · 59 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    حمٓ

    Haa Meeem

    Haa. Miym.

  2. 2

    وَٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ

    Wal Kitaabil Mubeen

    Ochiq-oydin Kitobga qasam.

  3. 3

    إِنَّآ أَنزَلْنَٰهُ فِى لَيْلَةٍۢ مُّبَٰرَكَةٍ ۚ إِنَّا كُنَّا مُنذِرِينَ

    Innaaa anzalnaahu fee lailatim mubaarakah; innaa kunnaa munzireen

    Albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Albatta, Biz ogohlantirguvchi boʻldik. [1]

    [1] (Ushbu oyatda zikr etilayotgan, Qurʼon nozil qilingan kecha muborak Ramazon oyining kechalaridan biri boʻlmish «Laylatul qadr»dir. Bu kecha, dunyo tarixidagi eng muborak kechadir. Chunki, bu kechada Alloh taoloning oxirgi, barkamol va butun insoniyatga qiyomat kunigacha saodat yoʻlini koʻrsatib beruvchi kitobi tusha boshlagan.)

  4. 4

    فِيهَا يُفْرَقُ كُلُّ أَمْرٍ حَكِيمٍ

    Feehaa yufraqu kullu amrin hakeem

    Oʻsha(kecha)da har bir hikmatli ish ajratilib, hal qilinur.

  5. 5

    أَمْرًۭا مِّنْ عِندِنَآ ۚ إِنَّا كُنَّا مُرْسِلِينَ

    Amram min 'indinaaa; innaa kunnaa mursileen

    Biz tomonimizdan boʻlgan amrga binoan. Albatta, Biz Paygʻambar yuborguvchi boʻldik.

  6. 6

    رَحْمَةًۭ مِّن رَّبِّكَ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Rahmatam mir rabbik; innahoo Huwas Samee'ul 'Aleem

    Bu, Robbing tomonidan (koʻrsatilgan) rahmatdir. Albatta, Uning Oʻzi oʻta eshitguvchi, oʻta bilguvchi Zotdir.

  7. 7

    رَبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَآ ۖ إِن كُنتُم مُّوقِنِينَ

    Rabbis samaawaati wal ardi wa maa bainahumaa; in kuntum mooqineen

    U — osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbidir. Gar ishonguvchi boʻlsangiz.

  8. 8

    لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۖ رَبُّكُمْ وَرَبُّ ءَابَآئِكُمُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Laaa ilaaha illaa Huwa yuhyee wa yumeetu Rabbukum wa Rabbu aabaaa'ikumul awwaleen

    Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. U tiriltirur va oʻldirur. U sizning Robbingiz va ota-bobolaringizning Robbidir.

  9. 9

    بَلْ هُمْ فِى شَكٍّۢ يَلْعَبُونَ

    Bal hum fee shakkiny yal'aboon

    Yoʻq! Ular shak-shubhada oʻynamoqdalar.

  10. 10

    فَٱرْتَقِبْ يَوْمَ تَأْتِى ٱلسَّمَآءُ بِدُخَانٍۢ مُّبِينٍۢ

    Fartaqib Yawma taatis samaaa'u bidukhaanim mubeen

    Bas, osmon aniq tutunni keltiradigan kunni kut.

  11. 11

    يَغْشَى ٱلنَّاسَ ۖ هَٰذَا عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Yaghshan naasa haazaa 'azaabun aleem

    U, odamlarni oʻrab olur. Bu, alamli azobdir.

  12. 12

    رَّبَّنَا ٱكْشِفْ عَنَّا ٱلْعَذَابَ إِنَّا مُؤْمِنُونَ

    Rabbanak shif 'annal 'azaaba innaa mu'minoon

    Ey Robbimiz! Bizdan azobni kushoyish qil! Albatta, biz iymon keltirguvchidirmiz.

  13. 13

    أَنَّىٰ لَهُمُ ٱلذِّكْرَىٰ وَقَدْ جَآءَهُمْ رَسُولٌۭ مُّبِينٌۭ

    Annaa lahumuz zikraa wa qad jaaa'ahum Rasoolum mubeen

    Ularga qayoqdan ham eslatma boʻlsin. Holbuki, ularga ochiq-oydin Paygʻambar kelgan edi.

  14. 14

    ثُمَّ تَوَلَّوْا۟ عَنْهُ وَقَالُوا۟ مُعَلَّمٌۭ مَّجْنُونٌ

    Summaa tawallaw 'anhu wa qaaloo mu'allamum majnoon

    Soʻngra undan yuz oʻgirdilar va: «Bu — oʻrgatilgan majnun», dedilar.

  15. 15

    إِنَّا كَاشِفُوا۟ ٱلْعَذَابِ قَلِيلًا ۚ إِنَّكُمْ عَآئِدُونَ

    Innaa kaashiful 'azaabi qaleelaa; innakum 'aaa'indoon

    Albatta, Biz azobni ozgina kushoyish qilguvchimiz. Albatta, sizlar qaytguvchisizlar. [2]

    [2] (Ushbu oyatda zikr etilayotgan, Qurʼon nozil qilingan kecha muborak Ramazon oyining kechalaridan biri boʻlmish «Laylatul qadr»dir. Bu kecha, dunyo tarixidagi eng muborak kechadir. Chunki, bu kechada Alloh taoloning oxirgi, barkamol va butun insoniyatga qiyomat kunigacha saodat yoʻlini koʻrsatib beruvchi kitobi tusha boshlagan.)

  16. 16

    يَوْمَ نَبْطِشُ ٱلْبَطْشَةَ ٱلْكُبْرَىٰٓ إِنَّا مُنتَقِمُونَ

    Yawma nabtishul batsha tal kubraa innaa muntaqimoon

    Katta ushlash ila ushlaganimiz kuni, albatta, Biz intiqom olguvchimiz. [3]

    [3] (Bu ushlash va intiqom olish qiyomat kunidadir.)

  17. 17

    ۞ وَلَقَدْ فَتَنَّا قَبْلَهُمْ قَوْمَ فِرْعَوْنَ وَجَآءَهُمْ رَسُولٌۭ كَرِيمٌ

    Wa laqad fatannaa qablahum qawma Fir'awna wa jaaa'ahum Rasoolun kareem

    Batahqiq, ulardan oldin Firʼavn qavmini sinadik. Ularga karamli Paygʻambar keldi.

  18. 18

    أَنْ أَدُّوٓا۟ إِلَىَّ عِبَادَ ٱللَّهِ ۖ إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌۭ

    An addooo ilaiya 'ibaadal laahi innee lakum Rasoolun ameen

    «Sizlar menga Allohning bandalarini beringlar. Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.

  19. 19

    وَأَن لَّا تَعْلُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ ۖ إِنِّىٓ ءَاتِيكُم بِسُلْطَٰنٍۢ مُّبِينٍۢ

    Wa al laa ta'loo 'alal laahi innee aateekum bisultaanim mubeen

    Va Allohga mutakabbirlik qilmang. Albatta, men sizga ochiq-oydin hujjat keltirurman.

  20. 20

    وَإِنِّى عُذْتُ بِرَبِّى وَرَبِّكُمْ أَن تَرْجُمُونِ

    Wa innee 'uztu bi Rabbee wa rabbikum an tarjumoon

    Va, albatta, men oʻzimning Robbim va sizning Robbingizdan meni toshboʻron qilishingizdan panoh soʻradim.

  21. 21

    وَإِن لَّمْ تُؤْمِنُوا۟ لِى فَٱعْتَزِلُونِ

    Wa il lam tu'minoo lee fa'taziloon

    Va agar menga iymon keltirmasangiz, mendan chetlaning».

  22. 22

    فَدَعَا رَبَّهُۥٓ أَنَّ هَٰٓؤُلَآءِ قَوْمٌۭ مُّجْرِمُونَ

    Fada'aa rabbahooo anna haaa'ulaaa'i qawmum mujrimoon

    U Robbiga: «Albatta, anavilar jinoyatchi qavmdir», deb duo qildi.

  23. 23

    فَأَسْرِ بِعِبَادِى لَيْلًا إِنَّكُم مُّتَّبَعُونَ

    Fa asri bi'ibaadee lailan innakum muttaba'oon

    Bas, bandalarim ila kechasi yurib ket. Albatta, siz izingizdan quvilursiz. [4]

    [4] (Bani Isroilni olib, kechasi Misrdan chiqib ket. Dushman, albatta, sizlarning izingizdan tushadi.)

  24. 24

    وَٱتْرُكِ ٱلْبَحْرَ رَهْوًا ۖ إِنَّهُمْ جُندٌۭ مُّغْرَقُونَ

    Watrukil bahra rahwan innahum jundum mughraqoon

    Va dengizni sokin holida qoʻy, albatta, ular gʻarq qilinadigan qoʻshindir. [5]

    [5] (Darhaqiqat, Firʼavn va uning askarlari ham toʻxtab turgan dengiz sari tushdilar. Hammalari dengizda ochilgan yoʻlga tushib boʻlganlaridan keyin shu damgacha ikkiga boʻlinib, sokin turgan suv harakatga keldi va ularni gʻarq qildi.)

  25. 25

    كَمْ تَرَكُوا۟ مِن جَنَّٰتٍۢ وَعُيُونٍۢ

    Kam tarakoo min jannaatinw wa 'uyoon

    Ular ortlaridan qanchadan-qancha bogʻu rogʻlarni va buloqlarni,

  26. 26

    وَزُرُوعٍۢ وَمَقَامٍۢ كَرِيمٍۢ

    Wa zuroo'inw wa maqaa min kareem

    Ekinzorlarni va yaxshi joylarni.

  27. 27

    وَنَعْمَةٍۢ كَانُوا۟ فِيهَا فَٰكِهِينَ

    Wa na'matin kaanoo feehaa faakiheen

    Va oʻzlari ichida maza qilayotgan nozu neʼmatlarni qoldirdilar.

  28. 28

    كَذَٰلِكَ ۖ وَأَوْرَثْنَٰهَا قَوْمًا ءَاخَرِينَ

    Kazaalika wa awrasnaahaa qawman aakhareen

    Mana shunday! Biz u(narsa)larni boshqa qavmlarga meros qilib berdik.

  29. 29

    فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ ٱلسَّمَآءُ وَٱلْأَرْضُ وَمَا كَانُوا۟ مُنظَرِينَ

    Famaa bakat 'alaihimus samaaa'u wal ardu wa maa kaanoo munzareen

    Bas, ularga osmon ham, yer ham yigʻlamadi va ular muhlat berilganlardan ham boʻlmadilar.

  30. 30

    وَلَقَدْ نَجَّيْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ مِنَ ٱلْعَذَابِ ٱلْمُهِينِ

    Wa laqad najjainaa Baneee Israaa'eela minal'azaabil muheen

    Batahqiq, Bani Isroilga xorlovchi azobdan...

  31. 31

    مِن فِرْعَوْنَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَالِيًۭا مِّنَ ٱلْمُسْرِفِينَ

    Min Fir'awn; innahoo kaana 'aaliyam minal musrifeen

    Firʼavndan najot berdik. Albatta, u mutakabbir va haddidan oshganlardan edi. [6]

    [6] (Firʼavn va qavmini halok qilish bilan biz Bani Isroilni azobdan ozod etdik. Ular uning qavmi qoʻl ostida azob chekar edilar.)

  32. 32

    وَلَقَدِ ٱخْتَرْنَٰهُمْ عَلَىٰ عِلْمٍ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa laqadikh tarnaahum 'alaa 'ilmin 'alal 'aalameen

    Batahqiq, Biz ularni bilib turib, olamlar ichidan tanlab oldik.

  33. 33

    وَءَاتَيْنَٰهُم مِّنَ ٱلْءَايَٰتِ مَا فِيهِ بَلَٰٓؤٌۭا۟ مُّبِينٌ

    Wa aatainaahum minal aayaati maa feehi balaaa'um mubeen

    Va ularga oyat(moʻjiza)lardan ichida ochiq-oydin sinov bor narsalarni berdik. [7]

    [7] (Alloh taolo Bani Isroilga turli oyat-moʻjizalar yubordi. Ularda sinov bor edi.)

  34. 34

    إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ لَيَقُولُونَ

    Inna haaa'ulaaa'i la yaqooloon

    Albatta, anavilar derlar:

  35. 35

    إِنْ هِىَ إِلَّا مَوْتَتُنَا ٱلْأُولَىٰ وَمَا نَحْنُ بِمُنشَرِينَ

    In hiya illaa mawtatunal oolaa wa maa nahnu bimun shareen

    «Birinchi oʻlimimizdan boshqa hech qanday oʻlim yoʻq va biz qayta tiriltiriluvchi emasmiz.

  36. 36

    فَأْتُوا۟ بِـَٔابَآئِنَآ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Faatoo bi aabaaa'inaaa inkuntum saadiqeen

    Agar rostgoʻy boʻlsangiz, ota-bobolarimizni keltiringlar».

  37. 37

    أَهُمْ خَيْرٌ أَمْ قَوْمُ تُبَّعٍۢ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ أَهْلَكْنَٰهُمْ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ مُجْرِمِينَ

    Ahum khayrun am qawmu Tubba'inw wallazeena min qablihim; ahlaknaahum innahum kaanoo mujrimeen

    Ular yaxshiroqmi yoki Tubbaʼ qavmiyu ulardan oldin oʻtganlarmi?! Biz ularni halok qildik. Albatta, ular jinoyatchi boʻlgan edilar. [8]

    [8] («Tubbaʼ» Yaman podshohlarining laqabidir. Arablar ichida ularning dovrugʻi keng tarqalgan edi.)

  38. 38

    وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا لَٰعِبِينَ

    Wa maa khalaqnas samaawaati wal arda wa maa baina humaa laa'ibeen

    Osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni oʻynab yaratganimiz yoʻq!

  39. 39

    مَا خَلَقْنَٰهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Maa khalaqnaahumaaa illaa bilhaqqi wa laakinna aksarahum laa ya'lamoon

    Biz ularni faqat haq ila yaratdik, lekin koʻplari bilmaslar.

  40. 40

    إِنَّ يَوْمَ ٱلْفَصْلِ مِيقَٰتُهُمْ أَجْمَعِينَ

    Inna yawmal fasli meeqaatuhum ajma'een

    Albatta, ajratish kuni barchalari uchun belgilangan vaqtdir. [9]

    [9] («Ajratish kuni» qiyomatning nomlaridan biri. U kunda haq botildan, moʻmin kofirdan, yaxshi yomondan ajratiladi. Shuning uchun ham «ajratish kuni» deb nomlangan. Ana oʻsha kun hammaning qayta tirilishi va toʻplanishi uchun belgilangan vaqtdir.)

  41. 41

    يَوْمَ لَا يُغْنِى مَوْلًى عَن مَّوْلًۭى شَيْـًۭٔا وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ

    Yawma laa yughnee mawlan 'am mawlan shai'anw wa laa hum yunsaroon

    U kunda doʻst doʻstga biron narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas.

  42. 42

    إِلَّا مَن رَّحِمَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

    Illaa mar rahimal laah' innahoo huwal 'azeezur raheem

    Magar, kimga Alloh rahim qilsagina (yordam berilur). Albatta, U aziyz va oʻta rahimli Zotdir. [10]

    [10] (Aziz va rahimli sifati ila moʻmin-musulmon, taqvodor bandalariga rahm qiladi, yordam beradi.)

  43. 43

    إِنَّ شَجَرَتَ ٱلزَّقُّومِ

    Inna shajarataz zaqqoom

    Albatta, Zaqqum daraxti...

  44. 44

    طَعَامُ ٱلْأَثِيمِ

    Ta'aamul aseem

    Gunohkorning taomidir.

  45. 45

    كَٱلْمُهْلِ يَغْلِى فِى ٱلْبُطُونِ

    Kalmuhli yaghlee filbutoon

    U, xuddi eritilgan maʼdandek, qorinlarda qaynar.

  46. 46

    كَغَلْىِ ٱلْحَمِيمِ

    Kaghalyil hameem

    Qaynoq suvning qaynashi kabi. [11]

    [11] (Doʻzaxilar qorinlari ochsa, nima yeyishadi? Ularga qorinlari ochganida taom uchun Zaqqum daraxtining mevasi beriladi. Zaqqum achchiqligi va zaharliligi bilan ogʻizlarda zarbulmasal boʻlib ketgan. Ana oʻsha zahar gunohkorlarga taom boʻladi, qorinlarida eritilgan maʼdan, temir yoki misdek yoxud dogʻ qilinayotgan yogʻdek qaynab turadi. U xuddi suvdek qaynaydi.)

  47. 47

    خُذُوهُ فَٱعْتِلُوهُ إِلَىٰ سَوَآءِ ٱلْجَحِيمِ

    Khuzoohu fa'tiloohu ilaa sawaaa'il Jaheem

    Uni tutib, jahiymning oʻrtasiga sudrab olib boringlar!

  48. 48

    ثُمَّ صُبُّوا۟ فَوْقَ رَأْسِهِۦ مِنْ عَذَابِ ٱلْحَمِيمِ

    Summa subboo fawqa raasihee min 'azaabil hameem

    Soʻngra boshi ustidan qaynoq suv azobini quyinglar!

  49. 49

    ذُقْ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْكَرِيمُ

    Zuq innaka antal 'azeezul kareem

    «Totib koʻr! Albatta, sen oʻzing «azizu mukarramsan!»

  50. 50

    إِنَّ هَٰذَا مَا كُنتُم بِهِۦ تَمْتَرُونَ

    Inna haazaa maa kuntum bihee tamtaroon

    Albatta, bu siz (boʻlishida) shubha qilib yurgan narsadir!»

  51. 51

    إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى مَقَامٍ أَمِينٍۢ

    Innal muttaqeena fee maqaamin ameen

    Albatta, taqvodorlar omonlik joyida...

  52. 52

    فِى جَنَّٰتٍۢ وَعُيُونٍۢ

    Fee jannaatinw wa 'uyoon

    Bogʻu rogʻlar va buloqlarda boʻlurlar.

  53. 53

    يَلْبَسُونَ مِن سُندُسٍۢ وَإِسْتَبْرَقٍۢ مُّتَقَٰبِلِينَ

    Yalbasoona min sundusinw wa istbraqim mutaqaabileen

    Ular shoyi ipak kiyurlar, bir-birlariga yuzma-yuz holda (oʻltirurlar).

  54. 54

    كَذَٰلِكَ وَزَوَّجْنَٰهُم بِحُورٍ عِينٍۢ

    Kazaalika wa zawwajnaahum bihoorin 'een

    Ana shunday! Va Biz ularni huri iynlarga uylantirdik.

  55. 55

    يَدْعُونَ فِيهَا بِكُلِّ فَٰكِهَةٍ ءَامِنِينَ

    Yad'oona feehaa bikulli faakihatin aamineen

    Ular u yerda omonlik hollarida turli mevalarni chaqirurlar.

  56. 56

    لَا يَذُوقُونَ فِيهَا ٱلْمَوْتَ إِلَّا ٱلْمَوْتَةَ ٱلْأُولَىٰ ۖ وَوَقَىٰهُمْ عَذَابَ ٱلْجَحِيمِ

    Laa yazooqoona feehal mawtaa illal mawtatal oolaa wa qaqaahum 'azaabal jaheem

    Ular u yerda birinchi oʻlimdan boshqa oʻlimni totmaslar. U zot ularni jahiym azobidan saqlar. [12]

    [12] (Yaʼni, taqvodorlar bu dunyodan u dunyoga oʻtishda totgan oʻlimdan boshqa oʻlimni totmaydilar, jannatda abadiy tirik qoladilar. Hamda Alloh taolo ularni doʻzax azobidan saqlaydi.)

  57. 57

    فَضْلًۭا مِّن رَّبِّكَ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Fadlam mir rabbik; zaalika huwal fawzul 'azeem

    Bu, Robbingdan boʻlgan fazldir. Ana shu ulkan yutuqdir.

  58. 58

    فَإِنَّمَا يَسَّرْنَٰهُ بِلِسَانِكَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

    Fa innamaa yassarnaahu bilisaanika la'allahum yatazakkaroon

    Bas, albatta, Biz u(Qurʼon)ni sening tiling ila osonlashtirdik. Shoyadki, eslasalar.

  59. 59

    فَٱرْتَقِبْ إِنَّهُم مُّرْتَقِبُونَ

    Fartaqib innahum murta qiboon

    Bas, kutib tur. Ular ham kutguvchidirlar.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com