Sura 43
Zuxruf
الزُّخۡرُفِ
Az-Zukhruf · Makkiy · 89 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
حمٓ
Haa-Meeem
Haa. Miym.
- 2
وَٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ
Wal Kitaabil Mubeen
Ochiq-oydin kitob ila qasam.
- 3
إِنَّا جَعَلْنَٰهُ قُرْءَٰنًا عَرَبِيًّۭا لَّعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
Innaa ja'alnaahu Quraanan 'Arabiyyal la'allakum ta'qiloon
Albatta, Biz uni arabcha Qurʼon qildik. Shoyadki, aql yuritsangiz.
- 4
وَإِنَّهُۥ فِىٓ أُمِّ ٱلْكِتَٰبِ لَدَيْنَا لَعَلِىٌّ حَكِيمٌ
Wa innahoo feee Ummil Kitaabi Ladainaa la'aliyyun hakeem
Albatta, u huzurimizdagi ona kitobdadir, u oliydir, hikmatlidir. [1]
[1] (Ulamolarimiz, «ona kitob»dan murod Lavhul Mahfuz, deganlar. Demak, Qurʼoni Karim Alloh taoloning huzuridagi Lavhul Mahfuzda saqlangan. Bu esa, uni Alloh taolo naqadar zoʻr qadrlaganini koʻrsatadi.)
- 5
أَفَنَضْرِبُ عَنكُمُ ٱلذِّكْرَ صَفْحًا أَن كُنتُمْ قَوْمًۭا مُّسْرِفِينَ
Afanadribu 'ankumuz Zikra safhan an kuntum qawmam musrifeen
Nahotki, siz isrofchi qavm boʻlganingiz uchun sizdan yuz oʻgirib, zikr(eslatma)ni burib yuborsak?! [2]
[2] (Yaʼni, Qurʼonni bular qabul qilmas ekan, mayli, yuraversinlar, deb uni boshqalarga tomon burib yuborsak boʻladimi?! Yoʻq, Bizning odatimiz bunday emas. Asl odatimizni bilish uchun oʻtgan Paygʻambar va ummatlarning holiga bir nazar soling!)
- 6
وَكَمْ أَرْسَلْنَا مِن نَّبِىٍّۢ فِى ٱلْأَوَّلِينَ
Wa kam arsalnaa min Nabiyyin fil awwaleen
Avvalgilarga qanchadan-qancha Paygʻambarlar yubordik.
- 7
وَمَا يَأْتِيهِم مِّن نَّبِىٍّ إِلَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ
Wa maa yaateehim min Nabiyyin illaa kaanoo bihee yasahzi'oon
Ular oʻzlariga kelgan har bir Paygʻambarni albatta istehzo qilganlar.
- 8
فَأَهْلَكْنَآ أَشَدَّ مِنْهُم بَطْشًۭا وَمَضَىٰ مَثَلُ ٱلْأَوَّلِينَ
Fa ahlaknaaa ashadda minhum batshanw wa madaa masalul lawwaleen
Bas, Biz ulardan koʻra kuchliroqlarni halok qilganmiz. Avvalgilarning misoli (zikr boʻlib) oʻtdi.
- 9
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ خَلَقَهُنَّ ٱلْعَزِيزُ ٱلْعَلِيمُ
Wa la'in sa altahum man khalaqas samaawaati wal arda la yaqoolunna khalaqa hunnal 'Azeezul 'Aleem
Ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan!» – deb soʻrasang, albatta: «Ularni aziyz va oʻta ilmli zot yaratgan», derlar.
- 10
ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ مَهْدًۭا وَجَعَلَ لَكُمْ فِيهَا سُبُلًۭا لَّعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
Allazee ja'ala lakumul arda mahdanw wa ja'ala lakum feehaa subulal la'allakum tahtadoon
U zot sizga yerni beshik qilib berdi va sizga unda yoʻllar qilib qoʻydi. Shoyadki, hidoyat topsangiz. [3]
[3] (Alloh sizga Yerni chaqaloqning beshigidek qulay qilib, Yer yuzida yoʻllar ham yaratib qoʻydi. Shoyadki, bu haqiqatlarni tushunib, insofga kelib hidoyat yoʻliga yursangiz.)
- 11
وَٱلَّذِى نَزَّلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۢ بِقَدَرٍۢ فَأَنشَرْنَا بِهِۦ بَلْدَةًۭ مَّيْتًۭا ۚ كَذَٰلِكَ تُخْرَجُونَ
Wallazee nazzala minas samaaa'i maaa'am biqadarin fa anshamaa bihee baldatam maitaa' kazaalika tukhrajoon
U zot osmondan oʻlchov ila suv tushirdi. Bas, biz u(suv) ila oʻlik yurtni tiriltirdik. Siz ham shunga oʻxshash chiqarilursiz.
- 12
وَٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْأَزْوَٰجَ كُلَّهَا وَجَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلْفُلْكِ وَٱلْأَنْعَٰمِ مَا تَرْكَبُونَ
Wallazee khalaqal azwaaja kullahaa wa ja'ala lakum minal fulki wal-an'aami maa tarkaboon
U zot barcha juftlarni yaratgan va sizga kemalar hamda chorva hayvonlaridan minadigan narsalaringizni qildi.
- 13
لِتَسْتَوُۥا۟ عَلَىٰ ظُهُورِهِۦ ثُمَّ تَذْكُرُوا۟ نِعْمَةَ رَبِّكُمْ إِذَا ٱسْتَوَيْتُمْ عَلَيْهِ وَتَقُولُوا۟ سُبْحَٰنَ ٱلَّذِى سَخَّرَ لَنَا هَٰذَا وَمَا كُنَّا لَهُۥ مُقْرِنِينَ
Litastawoo 'alaa zuhoorihee summa tazkuroo ni'mata Rabbikum izastawaitum 'alaihi wa taqooloo Subhaanal lazee sakhkhara lana haaza wa maa kunnaa lahoo muqrineen
Toki, siz ularning ustiga oʻrnashgaysizlar, soʻngra, ularning ustiga oʻrnashib olgach, Robbingiz neʼmatini eslab: «Bizga buni boʻysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik.
- 14
وَإِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا لَمُنقَلِبُونَ
Wa innaaa ilaa Rabbinaa lamunqaliboon
Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz», degaysiz. [4]
[4] (Inson markabga minganda allaqanday bir koʻtarinkilik, gʻurur va manmanlik paydo boʻlganini sezadi. Ana shunda unga markab minish imkonini bergan Zotni eslasa va shu oyatdagi duoni oʻqisa, hamma narsa oʻrniga tushadi. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi: «Rasululloh alayhissalotu vassalom qachon safarga chiqib ulovga minsalar, uch marta «Alloh akbar», deb takbir aytar va quyidagilarni oʻqir edilar: «Bizga buni boʻysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik. Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz». Yo Alloh! Biz sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni, Oʻzing rozi boʻladigan amallarni soʻraymiz. Yo Alloh! Oʻzing bizga bu safarimizni oson qilgin. Uning uzogʻini yaqin qilgin. Yo Alloh! Sening Oʻzing safardagi sohibsan. Ahli ayoldagi xalifasan. Yo Alloh! Men sendan safar qiyinchiliklaridan, turli yomonliklardan, molu mulk va ahli ayolning yomonlikka yuz tutishidan panoh soʻrayman».)
- 15
وَجَعَلُوا۟ لَهُۥ مِنْ عِبَادِهِۦ جُزْءًا ۚ إِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ لَكَفُورٌۭ مُّبِينٌ
Wa ja'aloo lahoo min 'ibaadihee juz'aa; innal insaana lakafoorum mubeen
Ular bandalaridan Unga boʻlak (hukm) qildilar. Albatta, inson ochiq-oydin noshukrdir. [5]
[5] (Allohga Uning bandalaridan boʻlmish farishtalarni U zotning boʻlagi-farzandi deb hukm qildilar.)
- 16
أَمِ ٱتَّخَذَ مِمَّا يَخْلُقُ بَنَاتٍۢ وَأَصْفَىٰكُم بِٱلْبَنِينَ
Amit takhaza mimmaa yakhluqu banaatinw wa asfaakum bilbaneen
Yoki U zot Oʻzi yaratadigan narsadan qizlar tutib, sizlarni oʻgʻillar ila siyladimi?
- 17
وَإِذَا بُشِّرَ أَحَدُهُم بِمَا ضَرَبَ لِلرَّحْمَٰنِ مَثَلًۭا ظَلَّ وَجْهُهُۥ مُسْوَدًّۭا وَهُوَ كَظِيمٌ
Wa izaa bushshira ahaduhum bimaa daraba lir Rahmaani masalan zalla wajhuhoo muswaddanw wa hua kazeem
Qachonki ulardan birortasiga, Rohmanga misol keltirgan narsaning xushxabari berilsa, gʻazabga toʻlib, yuzi qorayib ketur.
- 18
أَوَمَن يُنَشَّؤُا۟ فِى ٱلْحِلْيَةِ وَهُوَ فِى ٱلْخِصَامِ غَيْرُ مُبِينٍۢ
Awa mai yunashsha'u fil hilyati wa huwa fil khisaami ghairu mubeen
Zebu ziynat ichida oʻstiriladigan va xusumat paytida ochiq-oydin boʻla olmaydigan kimsanimi?! [6]
[6] (Bu oyatlarda mushriklarning, farishtalar Allohning qizi, degan eʼtiqodlariga rad kelmoqda.)
- 19
وَجَعَلُوا۟ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ ٱلَّذِينَ هُمْ عِبَٰدُ ٱلرَّحْمَٰنِ إِنَٰثًا ۚ أَشَهِدُوا۟ خَلْقَهُمْ ۚ سَتُكْتَبُ شَهَٰدَتُهُمْ وَيُسْـَٔلُونَ
Wa ja'alul malaaa'ikatal lazeena hum 'ibaadur Rahmaani inaasaa; a shahidoo khalaqhum; satuktabu shahaa datuhum wa yus'aloon
Ular Rohmanning bandalari boʻlmish farishtalarni ayollar hisobladilar. Yoki ularning yaratilishiga guvoh boʻldilarmi?! Albatta, bu guvohliklari yozilur va soʻroqqa tutilurlar!
- 20
وَقَالُوا۟ لَوْ شَآءَ ٱلرَّحْمَٰنُ مَا عَبَدْنَٰهُم ۗ مَّا لَهُم بِذَٰلِكَ مِنْ عِلْمٍ ۖ إِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ
Wa qaaloo law shaaa'ar Rahmaanu maa 'abadnaahum; maa lahum bizaalika min 'ilmin in hum illaa yakhrusoon
Ular: «Agar Rohman xohlaganida, biz ularga ibodat qilmas edik», dedilar. Ularda bu haqda hech bir ilm yoʻq. Ular faqat aljiramoqdalar, xolos.
- 21
أَمْ ءَاتَيْنَٰهُمْ كِتَٰبًۭا مِّن قَبْلِهِۦ فَهُم بِهِۦ مُسْتَمْسِكُونَ
Am aatainaahum Kitaabam min qablihee fahum bihee mustamsikoon
Yoki Biz ularga u(Qurʼon)dan oldin bir kitob berganmiz-u, ular uni mahkam tutuvchilarmi?!
- 22
بَلْ قَالُوٓا۟ إِنَّا وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا عَلَىٰٓ أُمَّةٍۢ وَإِنَّا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم مُّهْتَدُونَ
Bal qaalooo innaa wajadnaaa aabaaa'anaa 'alaaa ummatinw wa innaa 'alaaa aasaarihim muhtadoon
Yoʻq! Ular: «Biz ota-bobolarimizni bir dinda topdikki, albatta, biz ularning izlaridan (ergashib) hidoyat topguvchidirmiz», dedilar.
- 23
وَكَذَٰلِكَ مَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ فِى قَرْيَةٍۢ مِّن نَّذِيرٍ إِلَّا قَالَ مُتْرَفُوهَآ إِنَّا وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا عَلَىٰٓ أُمَّةٍۢ وَإِنَّا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم مُّقْتَدُونَ
Wa kazaalika maaa arsalnaa min qablika fee qaryatim min nazeerin illaa qaala mutrafoohaaa innaa wajadnaaa aabaaa'anaa 'alaaa ummatinw wa innaa 'alaaa aasaarihim muqtadoon
Xuddi shuningdek, Biz sendan ilgari ham qaysi bir qishloq-shaharga ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning zodagonlari: «Taʼkidki, biz ota-bobolarimizni bir dinda topdik va, albatta, biz ularning izlaridan ergashguvchilardirmiz», dedilar.
- 24
۞ قَٰلَ أَوَلَوْ جِئْتُكُم بِأَهْدَىٰ مِمَّا وَجَدتُّمْ عَلَيْهِ ءَابَآءَكُمْ ۖ قَالُوٓا۟ إِنَّا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ كَٰفِرُونَ
Qaala awa law ji'tukum bi ahdaa mimmaa wajattum 'alaihi aabaaa'akum qaalooo innaa bimaaa ursiltum bihee kaafiroon
U (ogohlantiruvchi): «Agar men sizga siz ota-bobongizni ustida topgan narsangizdan ham hidoyatliroqni keltirgan boʻlsam ham-a?!» – dedi. Ular: «Biz sen ila yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar.
- 25
فَٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ
Fantaqamnaa minhum fanzur kaifa kaana 'aaqibatul mukazzibeen
Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Endi nazar sol. (Paygʻambarlarni) yolgʻonchi qilguvchilarning oqibati qanday boʻldi?!
- 26
وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِيمُ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦٓ إِنَّنِى بَرَآءٌۭ مِّمَّا تَعْبُدُونَ
Wa iz qaala Ibraaheemu liabeehi wa qawmiheee innane baraaa'um mimmaa ta'budo
Esla, Ibrohim otasiga va qavmiga: «Men, albatta, siz ibodat qilayotgan narsadan voz kechguvchiman.
- 27
إِلَّا ٱلَّذِى فَطَرَنِى فَإِنَّهُۥ سَيَهْدِينِ
Illal lazee fataranee innahoo sa yahdeen
Magar meni yaratgan Zotdangina (voz kechmasman). Albatta, U zot meni hidoyat qilur», degan edi.
- 28
وَجَعَلَهَا كَلِمَةًۢ بَاقِيَةًۭ فِى عَقِبِهِۦ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
Wa ja'alahaa Kalimatam baaqiyatan fee 'aqibihee la'al lahum yarji'oon
Va bu (soʻz)ni u oʻz ortidan zurriyotiga boqiy qolguvchi qildi. Shoyadki (iymonga) qaytsalar. [7]
[7] (Yaʼni, Ibrohim alayhissalom Allohdan oʻzga hech bir ilohga ibodat qilmaslik haqidagi soʻzni, boshqacha aytganda, «La ilaha illalloh»ni oʻzidan keyin keladigan zurriyotlari ichida boqiy qoladigan qildi. Shoyadki, zurriyotlari kufr va shirkdan iymonga qaytsalar.)
- 29
بَلْ مَتَّعْتُ هَٰٓؤُلَآءِ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ وَرَسُولٌۭ مُّبِينٌۭ
Bal matta'tu haaa'ulaaa'i wa aabaaa'ahum hattaa jaaa'a humul haqqu wa Rasoolum mubeen
Men esa, anavilarni va ularning ota-bobolarini, to ularga haq hamda ochiq-oydin Paygʻambar kelguncha foydalantirdim.
- 30
وَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ قَالُوا۟ هَٰذَا سِحْرٌۭ وَإِنَّا بِهِۦ كَٰفِرُونَ
Wa lammaa jaaa'ahumul haqqu qaaloo haazaa sihrunw wa innaa bihee kaafiroon
Qachonki ularga haq kelganida, ular: «Bu sehrdir va, albatta, biz bunga kofirdirmiz», dedilar.
- 31
وَقَالُوا۟ لَوْلَا نُزِّلَ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانُ عَلَىٰ رَجُلٍۢ مِّنَ ٱلْقَرْيَتَيْنِ عَظِيمٍ
Wa qaaloo law laa nuzzila haazal Quraanu 'alaa rajulim minal qaryataini 'azeem
Ular: «Ushbu Qurʼon ikki shahardan (birida) boʻlgan ulugʻ kishiga nozil qilinganida edi», dedilar. [8]
[8] (Ularning johiliy oʻlchovlari boʻyicha molu dunyosi koʻp, mansabi, hukmi va sultoni bor odam «ulugʻ kishi» deb eʼtirof etilardi. Ana shunday odam paygʻambar boʻlishga loyiq edi. Oʻsha paytda mushriklarning bu maqomga nomzodlari ham bor edi. Makkada al-Valid ibn Mugʻiyra, Toifda Urvatu ibn Masʼud as-Saqafiy ismli odamlar boʻlib, mushriklar ana shulardan biri paygʻambar boʻlsa arziydi, degan fikrda edilar.)
- 32
أَهُمْ يَقْسِمُونَ رَحْمَتَ رَبِّكَ ۚ نَحْنُ قَسَمْنَا بَيْنَهُم مَّعِيشَتَهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَرَفَعْنَا بَعْضَهُمْ فَوْقَ بَعْضٍۢ دَرَجَٰتٍۢ لِّيَتَّخِذَ بَعْضُهُم بَعْضًۭا سُخْرِيًّۭا ۗ وَرَحْمَتُ رَبِّكَ خَيْرٌۭ مِّمَّا يَجْمَعُونَ
Ahum yaqsimoona rahmata Rabbik; Nahnu qasamnaa bainahum ma'eeshatahum fil hayaatid dunyaa wa rafa'naa ba'dahum fawqa ba'din darajaatil liyattakhiza ba'duhum ba'dan sukhriyyaa; wa rahmatu Rabbika khairum mimmaa yajma'oon
Yoki ular Robbingning rahmatini taqsimlaydilarmi? Biz hayoti dunyoda ularning oralarida maishatlarini taqsimladik va baʼzilari baʼzilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qoʻyganmiz. Robbingning rahmati ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.
- 33
وَلَوْلَآ أَن يَكُونَ ٱلنَّاسُ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ لَّجَعَلْنَا لِمَن يَكْفُرُ بِٱلرَّحْمَٰنِ لِبُيُوتِهِمْ سُقُفًۭا مِّن فِضَّةٍۢ وَمَعَارِجَ عَلَيْهَا يَظْهَرُونَ
Wa law laaa any yakoonan naasu ummatanw waahidatal laja'alnaa limany yakfuru bir Rahmaani libu yootihim suqufam min fiddatinw wa ma'aarija 'alaihaa yazharoon
Agar odamlar bir millat boʻlib qolishlari (xavfi) boʻlmaganda, albatta, Biz Rohmanga kufr keltiradiganlarning uylari shiftini va unga chiqadigan narvonlarini kumushdan qilib qoʻyar edik.
- 34
وَلِبُيُوتِهِمْ أَبْوَٰبًۭا وَسُرُرًا عَلَيْهَا يَتَّكِـُٔونَ
Wa libu yootihim abwaabanw wa sururan 'alaihaa yattaki'oon
Va uylarining eshiklarini ham, ustida yonboshlab yotadigan soʻrilarini ham.
- 35
وَزُخْرُفًۭا ۚ وَإِن كُلُّ ذَٰلِكَ لَمَّا مَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَٱلْءَاخِرَةُ عِندَ رَبِّكَ لِلْمُتَّقِينَ
Wa zukhrufaa; wa in kullu zaalika lammaa mataa'ul hayaatid dunyaa; wal aakhiratu 'inda Rabbika lilmuttaqeen
Va zebu ziynatu bezaklarni ham. Bularning hammasi hayoti dunyoning matohidan boshqa narsa emas. Oxirat esa, Robbing nazdida taqvodorlar uchundir.
- 36
وَمَن يَعْشُ عَن ذِكْرِ ٱلرَّحْمَٰنِ نُقَيِّضْ لَهُۥ شَيْطَٰنًۭا فَهُوَ لَهُۥ قَرِينٌۭ
Wa mai ya'shu 'an zikrir Rahmaani nuqaiyid lahoo Shaitaanan fahuwa lahoo qareen
Kim Rohmanning eslatmasidan shabkoʻr boʻlib olsa, Biz unga shaytonni yaqin qilib qoʻyurmiz, bas, u unga doimiy hamroh boʻlur.
- 37
وَإِنَّهُمْ لَيَصُدُّونَهُمْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ
Wa innahum la yasuddoo nahum 'anis sabeeli wa yahsaboona annahum muhtadoon
Albatta, u(shayton)lar yoʻldan toʻsurlar va ular oʻzlarini shak-shubhasiz hidoyat topguvchilardek hisoblaydilar.
- 38
حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَنَا قَالَ يَٰلَيْتَ بَيْنِى وَبَيْنَكَ بُعْدَ ٱلْمَشْرِقَيْنِ فَبِئْسَ ٱلْقَرِينُ
Hattaaa izaa jaaa'anaa qaala yaa laita bainee wa bainaka bu'dal mashriqaini fabi'sal qareen
Toki, huzurimizga kelganda: «Qani endi men bilan sening orang magʻrib ila mashriqchalik uzoq boʻlsa edi. Bas, sen naqadar yomon hamrohsan», der. [9]
[9] (Allohning zikridan shabkoʻr boʻlib olgan gʻaflatda yura-yura, bir kuni qiyomat qoʻpib: «huzurimizga kelganda», haqiqatni anglaydi hamma balo shayton bilan yaqinligi natijasi ekanligini tushunib yetadi.)
- 39
وَلَن يَنفَعَكُمُ ٱلْيَوْمَ إِذ ظَّلَمْتُمْ أَنَّكُمْ فِى ٱلْعَذَابِ مُشْتَرِكُونَ
Wa lai yanfa'akumul Yawma iz zalamtum annakum fil 'azaabi mushtarikoon
Zulm qilganingiz uchun bugungi kunda azobga sherik boʻlishingiz ham hech foyda bermas.
- 40
أَفَأَنتَ تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ أَوْ تَهْدِى ٱلْعُمْىَ وَمَن كَانَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ
Afa anta tusmi'us summa aw tahdil 'umya wa man kaana fee dalaalim mubeen
Sen karlarga eshittira olarmiding yoki koʻrlarni va ochiq-oydin zalolatda boʻlgan kimsalarni hidoyatga sola olarmiding?!
- 41
فَإِمَّا نَذْهَبَنَّ بِكَ فَإِنَّا مِنْهُم مُّنتَقِمُونَ
Fa immaa nazhabanna bika fa innaa minhum muntaqimoon
Agar seni ketkazsak ham, albatta, Biz ulardan intiqom olurmiz.
- 42
أَوْ نُرِيَنَّكَ ٱلَّذِى وَعَدْنَٰهُمْ فَإِنَّا عَلَيْهِم مُّقْتَدِرُونَ
Aw nuriyannakal lazee wa'adnaahum fa innaa 'alaihim muqtadiroon
Yoki Biz ularga vaʼda qilingan narsani senga koʻrsaturmiz. Bas, albatta, Biz ularga (azob berishga) qodirmiz.
- 43
فَٱسْتَمْسِكْ بِٱلَّذِىٓ أُوحِىَ إِلَيْكَ ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ
Fastamsik billazeee oohi ya ilaika innaka 'alaa Siraatim Mustaqeem
Bas, oʻzingga vahiy qilingan narsani mahkam tut! Albatta, sen toʻgʻri yoʻldasan.
- 44
وَإِنَّهُۥ لَذِكْرٌۭ لَّكَ وَلِقَوْمِكَ ۖ وَسَوْفَ تُسْـَٔلُونَ
Wa innahoo lazikrul laka wa liqawmika wa sawfa tus'aloon
Albatta, u(Qurʼon) senga ham, qavmingga ham sharafdir. Va, albatta, soʻralursizlar.
- 45
وَسْـَٔلْ مَنْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رُّسُلِنَآ أَجَعَلْنَا مِن دُونِ ٱلرَّحْمَٰنِ ءَالِهَةًۭ يُعْبَدُونَ
Was'al man arsalnaa min qablika mir Rusulinaaa aja'alnaa min doonir Rahmaani aalihatany yu badoon
Sendan oldin Biz yuborgan Paygʻambarlarimizdan soʻra: Rohmandan boshqa ibodat qilinadigan ilohlar qilgan ekanmizmi?! [10]
[10] (Dunyo tarixida hech bir paygʻambar Allohdan boshqaga ibodat etishga chaqirgan emas. Dunyoda hech bir paygʻambar Allohdan boshqa ilohga ibodat qilgan ham emas. Dunyoda oʻtgan hamma paygʻambarlar faqat Rohman sifatli Alloh taologagina ibodat qilganlar va odamlarni ham faqat Allohning Oʻzigagina ibodat qilishga chaqirganlar.)
- 46
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦ فَقَالَ إِنِّى رَسُولُ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Wa laqad arsalnaa Moosaa bi aayaatinaaa ilaa Fir'awna wa mala'ihee faqaala innee Rasoolu Rabbil 'aalameen
Batahqiq, Biz Musoni Oʻz oyat(moʻjiza)larimiz ila Firʼavnga va uning aʼyonlariga yubordik. Bas, u: «Albatta, men olamlar Robbining Paygʻambaridirman», dedi.
- 47
فَلَمَّا جَآءَهُم بِـَٔايَٰتِنَآ إِذَا هُم مِّنْهَا يَضْحَكُونَ
Falammma jaaa'ahum bi aayaatinaaa izaa hum minhaa yadhakoon
Bas, qachonki u ularga oyat (moʻjiza)larimizni keltirganda, ular banogoh u(moʻjiza)lardan kula boshladilar.
- 48
وَمَا نُرِيهِم مِّنْ ءَايَةٍ إِلَّا هِىَ أَكْبَرُ مِنْ أُخْتِهَا ۖ وَأَخَذْنَٰهُم بِٱلْعَذَابِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
Wa maa nureehim min aayatin illaa hiya akbaru min ukhtihaa wa akhaznaahum bil'azaabi la'allahum yarji'oon
Biz ularga qaysi bir oyat (moʻjiza)ni koʻrsatsak ham, albatta, u oʻz sherigidan kattaroq boʻlar edi. Shoyad, (xatolaridan) qaytsalar, deb ularni azob-la tutdik.
- 49
وَقَالُوا۟ يَٰٓأَيُّهَ ٱلسَّاحِرُ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِندَكَ إِنَّنَا لَمُهْتَدُونَ
Wa qaaloo yaaa ayyuhas saahirud'u lanaa Rabbaka bimaa 'ahida 'indaka innanaa lamuhtadoon
Ular: «Ey sehrgar! Senga bergan ahdiga binoan, biz uchun Robbingga duo qil! Albatta, biz hidoyat topguvchilardan boʻlamiz», dedilar.
- 50
فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُمُ ٱلْعَذَابَ إِذَا هُمْ يَنكُثُونَ
Falammaa kashafnaa 'anhumul 'azaaba izaa hum yankusoon
Bas, qachonki ulardan azobni aritsang, toʻsatdan ular (ahdni) buzarlar.
- 51
وَنَادَىٰ فِرْعَوْنُ فِى قَوْمِهِۦ قَالَ يَٰقَوْمِ أَلَيْسَ لِى مُلْكُ مِصْرَ وَهَٰذِهِ ٱلْأَنْهَٰرُ تَجْرِى مِن تَحْتِىٓ ۖ أَفَلَا تُبْصِرُونَ
Wa naadaa Fir'awnu fee qawmihee qaala yaa qawmi alaisa lee mulku Misra wa haazihil anhaaru tajree min tahtee afalaa tubsiroon
Firʼavn oʻz qavmiga: «Ey qavmim! Misr mulki va mana bu ostimdan oqib turgan anhorlar meniki emasmi?! Koʻrmayapsizlarmi?!
- 52
أَمْ أَنَا۠ خَيْرٌۭ مِّنْ هَٰذَا ٱلَّذِى هُوَ مَهِينٌۭ وَلَا يَكَادُ يُبِينُ
Am ana khairum min haazal lazee huwa maheenunw wa laa yuakaadu yubeen
Men mana bu xor, gapini ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan yaxshi emasmanmi?
- 53
فَلَوْلَآ أُلْقِىَ عَلَيْهِ أَسْوِرَةٌۭ مِّن ذَهَبٍ أَوْ جَآءَ مَعَهُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ مُقْتَرِنِينَ
Falaw laa ulqiya 'alaihi aswiratum min zahabin awjaaa'a ma'ahul malaaa'ikatu muqtarineen
Unga tillodan boʻlgan bilakuzuklar tashlansa yoki u bilan birga farishtalar hamroh boʻlib kelsa boʻlmas edimi?!» – deb nido qildi.
- 54
فَٱسْتَخَفَّ قَوْمَهُۥ فَأَطَاعُوهُ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًۭا فَٰسِقِينَ
Fastakhaffa qawmahoo fa ataa'ooh; innahum kaanoo qawman faasiqeen
Bas, u qavmini laqillatdi va ular unga itoat qildilar. Chunki, ular fosiq qavm edilar.
- 55
فَلَمَّآ ءَاسَفُونَا ٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَأَغْرَقْنَٰهُمْ أَجْمَعِينَ
Falammaaa aasafoonan taqamnaa minhum fa aghraqnaahum ajma'een
Bas, qachonki ular Bizni dargʻazab qilishgach, ulardan intiqom oldik — ularning barchalarini jamlab, gʻarq qildik.
- 56
فَجَعَلْنَٰهُمْ سَلَفًۭا وَمَثَلًۭا لِّلْءَاخِرِينَ
Faja'alnaahum salafanw wa masalal lil aakhireen
Bas, ularni oʻtmishga aylantirdik va keyingilarga misol qilib qoʻydik.
- 57
۞ وَلَمَّا ضُرِبَ ٱبْنُ مَرْيَمَ مَثَلًا إِذَا قَوْمُكَ مِنْهُ يَصِدُّونَ
Wa lammaa duribab nu Maryama masalan izaa qawmu ka minhu yasidoon
Ibn Maryam misol keltirilgan chogʻda sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar. [11]
[11] (Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom Anbiyo surasidagi «Albatta, sizlar va Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam oʻtin-toshidirsiz. Sizlar unga kirguvchidirsiz» oyatini tilovat qilganlarida, Abdulloh ibn az-Zabʼariy at-Tamimiy ismli mushrik: «Bu biz va bizning olihalarimiz uchunmi yoki hamma ummatlar uchunmi?» deb soʻragan. Rasululloh alayhissalotu vassalom: «U siz uchun hamma ummatlar uchun», dedilar. U: «Shubhasiz, endi seni yengdim, Kaʼbaning Robbiga qasam! Nasorolar Masiyhga, Yahudiylar Uzayrga, Bani Fulon farishtalarga ibodat qilmaydilarmi?! Agar ana oʻshalar ham jahannamga tushsalar, bizning va olihalarimizning jahannamda boʻlishiga rozimiz», dedi. Shunda Alloh taolo: «Albatta, bizdan ularga oldin goʻzal soʻz oʻtganlar u (jahannam)dan uzoqlashtirilgandirlar», oyatini tushirdi. «Ibn Maryam misol keltirilgan choqda sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar» oyati bilan oʻsha hodisani yodga solmoqda.)
- 58
وَقَالُوٓا۟ ءَأَٰلِهَتُنَا خَيْرٌ أَمْ هُوَ ۚ مَا ضَرَبُوهُ لَكَ إِلَّا جَدَلًۢا ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌ خَصِمُونَ
Wa qaalooo 'a-aalihatunaa khairun am hoo; maa daraboohu laka illaa jadalaa; balhum qawmun khasimoon
Ular: «Bizning olihalarimiz yaxshimi yoki umi?» – dedilar. Ular uni senga faqat talashib-tortishish uchungina misol keltirdilar. Zero, ular xusumatchi qavmdirlar.
- 59
إِنْ هُوَ إِلَّا عَبْدٌ أَنْعَمْنَا عَلَيْهِ وَجَعَلْنَٰهُ مَثَلًۭا لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ
In huwa illaa 'abdun an'amnaa 'alaihi wa ja'alnaahu masalal li Baneee Israaa'eel
U faqat bir bandadir. Biz unga neʼmat berdik va uni Bani Isroilga misol qildik.
- 60
وَلَوْ نَشَآءُ لَجَعَلْنَا مِنكُم مَّلَٰٓئِكَةًۭ فِى ٱلْأَرْضِ يَخْلُفُونَ
Wa law nashaaa'u laja'alnaa minkum malaaa'ikatan fil ardi yakhlufoon
Agar xohlasak, oʻrningizga yer yuzida xalifa boʻladigan farishtalar qilib qoʻyar edik.
- 61
وَإِنَّهُۥ لَعِلْمٌۭ لِّلسَّاعَةِ فَلَا تَمْتَرُنَّ بِهَا وَٱتَّبِعُونِ ۚ هَٰذَا صِرَٰطٌۭ مُّسْتَقِيمٌۭ
Wa innahoo la'ilmul lis Saa'ati fala tamtarunna bihaa wattabi'oon; haazaa Siraatum Mustaqeem
Albatta, u (Iyso) soat(qiyomat) ilmi(belgisi)dir. Bas, siz u (qiyomat) haqida hech shubha qilmang va menga ergashing. Mana shu toʻgʻri yoʻldir. [12]
[12] (Vaqti kelib Iyso qiyomat kunining belgisi boʻladi. Uning qayta tushishidan qiyomat juda ham yaqin qolgani bilib olinadi.)
- 62
وَلَا يَصُدَّنَّكُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ ۖ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّۭ مُّبِينٌۭ
Wa laa yasuddan nakumush Shaitaanu innahoo lakum 'aduwwum mubeen
Shayton sizni hargiz (toʻgʻri yoʻldan) toʻsmasin. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.
- 63
وَلَمَّا جَآءَ عِيسَىٰ بِٱلْبَيِّنَٰتِ قَالَ قَدْ جِئْتُكُم بِٱلْحِكْمَةِ وَلِأُبَيِّنَ لَكُم بَعْضَ ٱلَّذِى تَخْتَلِفُونَ فِيهِ ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ
Wa lammaa jaaa'a 'Eesaa bilbaiyinaati qaala qad ji'tukum bil Hikmati wa li-ubaiyina lakum ba'dal lazee takhtalifoona feehi fattaqul laaha wa atee'oon
Iyso ochiq-oydin hujjat (moʻjiza)lar bilan kelgan chogʻida: «Batahqiq, men sizga hikmatni keltirdim va siz ixtilof qilayotgan baʼzi narsalarni bayon qilish uchun keldim. Bas, Allohga taqvo va menga itoat qilinglar.
- 64
إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ رَبِّى وَرَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ۚ هَٰذَا صِرَٰطٌۭ مُّسْتَقِيمٌۭ
Innal laaha Huwa Rabbee wa Rabbukum fa'budooh; haaza Siraatum Mustaqeem
Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu toʻgʻri yoʻldir», dedi. [13]
[13] (Iyso alayhissalom qavmlariga: «Alloh mening Robbim», deganlar. Alloh mening otam, degan emaslar. Demak, Alloh taolo boshqa bandalarga Robb boʻlgani kabi, Iyso alayhissalomga ham Robbdir. Bu haqda boshqa gap behuda.)
- 65
فَٱخْتَلَفَ ٱلْأَحْزَابُ مِنۢ بَيْنِهِمْ ۖ فَوَيْلٌۭ لِّلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْ عَذَابِ يَوْمٍ أَلِيمٍ
Fakhtalafal ahzaabu mim bainihim fawailul lillazeena zalamoo min 'azaabi Yawmin aleem
Bas, ularning orasidan firqalar ixtilof qildilar. Zulm qilganlar holiga alamli kun azobidan voy boʻlsin! [14]
[14] (Iyso alayhissalom Bani Isroilga paygʻambar qilib yuborilgan edilar. U zot Bani Isroilga ularning Muso alayhissalom shariati xususidagi ixtiloflariga barham berish, yagona Allohning ibodatiga chaqirish uchun hikmat ila kelgan edilar. Ammo ular bu chaqiriqqa munosib javob bermadilar. Balki Iyso alayhissalomga qarshi chiqdilar. Turli firqalarga boʻlinib olib, hozirgacha ixtilof qilib kelmoqdalar.)
- 66
هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا ٱلسَّاعَةَ أَن تَأْتِيَهُم بَغْتَةًۭ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ
Hal yanzuroona illas Saa'ata an taatiyahum baghtatanw wa hum laa yash'uroon
Ular faqat oʻzlari ham sezmay qolgan holda soat(qiyomat) kelib qolishini kutmoqdalar, xolos.
- 67
ٱلْأَخِلَّآءُ يَوْمَئِذٍۭ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ إِلَّا ٱلْمُتَّقِينَ
Al akhillaaa'u Yawma'izim ba'duhum liba'din 'aduwwun illal muttaqeen
Oʻsha kunda taqvodorlardan boshqa doʻstlar bir-birlariga dushmandir. [15]
[15] (Qiyomat kuni hamma oʻz oqibatini bilgach, garchi bu dunyoda yaqin oʻzaro doʻst boʻlsa ham, bir-biriga dushmanga aylanadi. Chunki u dunyoda bir-birlarini turli amallarga undagan doʻstlarning doʻzaxga tushib jazo tortishlari aniq maʼlum boʻlib qoladi. Ana oʻshanda, yomon bilan doʻst boʻlganiga afsuslanadi.)
- 68
يَٰعِبَادِ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمُ ٱلْيَوْمَ وَلَآ أَنتُمْ تَحْزَنُونَ
Yaa 'ibaadi laa khawfun 'alaikumul Yawma wa laaa antum tahzanoon
Ey bandalarim! Bugungi kunda sizga xavf yoʻq va mahzun ham boʻlmassiz.
- 69
ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا وَكَانُوا۟ مُسْلِمِينَ
Allazeena aamanoo bi Aayaatinaa wa kaanoo muslimeen
Oyatlarimizga iymon keltirganlar va musulmon boʻlganlar...
- 70
ٱدْخُلُوا۟ ٱلْجَنَّةَ أَنتُمْ وَأَزْوَٰجُكُمْ تُحْبَرُونَ
Udkhulul Jannata antum wa azwaajukum tuhbaroon
Jannatga kiringlar, sizlar va juftlaringiz shod boʻlursizlar.
- 71
يُطَافُ عَلَيْهِم بِصِحَافٍۢ مِّن ذَهَبٍۢ وَأَكْوَابٍۢ ۖ وَفِيهَا مَا تَشْتَهِيهِ ٱلْأَنفُسُ وَتَلَذُّ ٱلْأَعْيُنُ ۖ وَأَنتُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ
Yutaafu 'alaihim bishaa fim min zahabinw wa akwaab, wa feehaa maatashtaheehil anfusu wa talazzul a'yunu wa antum feehaa khaalidoon
Ularga tillodan boʻlgan tovoqlar va qadahlar aylantirilur. U yerda koʻngil ishtaha qiladigan va koʻzlar lazzatlanadigan narsalar bordir. Sizlar u yerda abadiy qolursizlar.
- 72
وَتِلْكَ ٱلْجَنَّةُ ٱلَّتِىٓ أُورِثْتُمُوهَا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Wa tilkal jannatul lateee ooristumoohaa bimaa kuntum ta'maloon
Mana shu, qilib yurgan amallaringiz sababli sizga meros qilib berilgan jannatdir.
- 73
لَكُمْ فِيهَا فَٰكِهَةٌۭ كَثِيرَةٌۭ مِّنْهَا تَأْكُلُونَ
Lakum feehaa faakihatun kaseeratum minhaa taakuloon
Sizga u yerda koʻplab mevalar bor, ulardan yersizlar.
- 74
إِنَّ ٱلْمُجْرِمِينَ فِى عَذَابِ جَهَنَّمَ خَٰلِدُونَ
Innal mujrimeena fee 'azaabi jahannama khaalidoon
Albatta, jinoyatchilar jahannam azobida abadiy qolurlar.
- 75
لَا يُفَتَّرُ عَنْهُمْ وَهُمْ فِيهِ مُبْلِسُونَ
Laa yufattaru 'anhum wa hum feehi mublisoon
U ulardan yengillatilmas va ular u(azob)da noumid holda qolurlar. [16]
[16] (Yaʼni, azob ahli jahannamdan hech yengillatilmaydi. Ular oʻsha azob ichida noumid boʻlgan hollarida abadiy qolib ketadilar.)
- 76
وَمَا ظَلَمْنَٰهُمْ وَلَٰكِن كَانُوا۟ هُمُ ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa maa zalamnaahum wa laakin kaanoo humuz zaalimeen
Biz ularga zulm qilganimiz yoʻq. Lekin ular oʻzlari zolim boʻldilar.
- 77
وَنَادَوْا۟ يَٰمَٰلِكُ لِيَقْضِ عَلَيْنَا رَبُّكَ ۖ قَالَ إِنَّكُم مَّٰكِثُونَ
Wa naadaw yaa Maaliku liyaqdi 'alainaa Rabbuka qaala innakum maakisson
Ular: «Ey Molik! Robbing bizni bitirsin!» – deb nido qildilar. U: «Albatta, siz turib qolguvchisiz», dedi. [17]
[17] (Yaʼni, doʻzaxilar oʻzlariga berilayotgan azoblar ogʻrigʻi, alami va shiddatiga chiday olmay, doʻzax ishlariga qarab turuvchi Molik ismli farishtaga qarab: «Ey Molik! Robbing bizni bitirsin!» deydilar.)
- 78
لَقَدْ جِئْنَٰكُم بِٱلْحَقِّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَكُمْ لِلْحَقِّ كَٰرِهُونَ
Laqad ji'naakum bilhaqqi wa laakinna aksarakum lilhaqqi kaarihoon
Batahqiq, Biz sizga haqni keltirdik. Lekin koʻplaringiz haqni yomon koʻrguvchisiz. [18]
[18] (Shuning uchun bugungi kunda ushbu ayanchli holga tushib turibsiz.)
- 79
أَمْ أَبْرَمُوٓا۟ أَمْرًۭا فَإِنَّا مُبْرِمُونَ
Am abramooo amran fainnaa mubrimoon
Yoki ular biron ishga qaror qildilarmi? Bas, Biz, albatta, qaror qilguvchimiz.
- 80
أَمْ يَحْسَبُونَ أَنَّا لَا نَسْمَعُ سِرَّهُمْ وَنَجْوَىٰهُم ۚ بَلَىٰ وَرُسُلُنَا لَدَيْهِمْ يَكْتُبُونَ
Am yahsaboona annaa laa nasma'u sirrahum wa najwaahum; balaa wa Rusulunaa ladaihim yaktuboon
Yoki ular Bizni ularning sirlarini (bilmas) va pichirlashib qilgan maslahatlarini eshitmas, deb hisoblaydilarmi? Yoʻq! Holbuki, elchilarimiz ularning oldilarida yozmoqdalar.
- 81
قُلْ إِن كَانَ لِلرَّحْمَٰنِ وَلَدٌۭ فَأَنَا۠ أَوَّلُ ٱلْعَٰبِدِينَ
Qul in kaana lir Rahmaani walad; fa-ana awwalul 'aabideen
Sen: «Agar Rohmanning bolasi boʻlganida, men unga ibodat qilguvchilarning birinchisi boʻlar edim», deb ayt.
- 82
سُبْحَٰنَ رَبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ رَبِّ ٱلْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ
Subhaana Rabbis samaawaati wal ardi Rabbil Arshi 'ammaa yasifoon
Osmonlaru yerning Robbi, Arshning Robbi ular qilayotgan vasfdan pokdir.
- 83
فَذَرْهُمْ يَخُوضُوا۟ وَيَلْعَبُوا۟ حَتَّىٰ يُلَٰقُوا۟ يَوْمَهُمُ ٱلَّذِى يُوعَدُونَ
Fazarhum yakhoodoo wa yal'aboo hattaa yulaaqoo Yawmahumul lazee yoo'adoon
Bas, ularni qoʻyib ber, oʻzlariga vaʼda qilinayotgan kunga roʻbaroʻ boʻlgunlaricha (yomonlikka) shoʻngʻiyversinlar, oʻynayversinlar.
- 84
وَهُوَ ٱلَّذِى فِى ٱلسَّمَآءِ إِلَٰهٌۭ وَفِى ٱلْأَرْضِ إِلَٰهٌۭ ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْعَلِيمُ
Wa Huwal lazee fissamaaa'i Ilaahunw wa fil ardi Ilaah; wa Huwal Hakeemul'Aleem
U zot osmonda ham ilohdir, yerda ham ilohdir. U zot oʻta hikmatli, oʻta ilmlidir.
- 85
وَتَبَارَكَ ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَعِندَهُۥ عِلْمُ ٱلسَّاعَةِ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
Wa tabaarakal lazee lahoo mulkus samaawaati wal ardi wa maa bainahumaa wa 'indahoo 'ilmus Saa'ati wa ilaihi turja'oon
Osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning mulkiga ega boʻlgan Zot barakotli(buyuk)dir. Soat (qiyomat) ilmi Uning huzuridadir. Ungagina qaytarilursizlar.
- 86
وَلَا يَمْلِكُ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِ ٱلشَّفَٰعَةَ إِلَّا مَن شَهِدَ بِٱلْحَقِّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
Wa laa yamlikul lazeena yad'oona min doonihish shafaa'ata illaa man shahida bilhaqqi wa hum ya'lamoon
Allohdan oʻzga iltijo qilayotgan narsalari shafoatga ega boʻlmaslar. Magar, bilgan hollarida haq shahodat berganlargina (ega boʻlurlar).
- 87
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَهُمْ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ
Wa la'in sa altahum man khalaqahum la yaqoolun nallaahu fa annaa yu'fakoon
Agar sen ulardan oʻzlarini kim yaratganini soʻrasang, albatta, «Alloh», derlar Bas, qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
- 88
وَقِيلِهِۦ يَٰرَبِّ إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ قَوْمٌۭ لَّا يُؤْمِنُونَ
Wa qeelihee yaa Rabbi inna haa'ulaaa'i qawmul laa yu'minoon
U(Muhammad)ning: «Ey Robbim, albatta, anavilar iymon keltirmaydigan qavmlardir», degan gapini ham (bilur).
- 89
فَٱصْفَحْ عَنْهُمْ وَقُلْ سَلَٰمٌۭ ۚ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ
Fasfah 'anhum wa qul salaam; fasawfa ya'lamoon
Bas, sen ulardan yuz oʻgir va: «Sizlarga salom boʻlsin», degin. Bas, ular tezda bilurlar.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
