Sura 42
Shuro
الشُّورَىٰ
Ash-Shuraa · Makkiy · 53 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
حمٓ
Haa Meeem
Haa. Miym.
- 2
عٓسٓقٓ
'Ayyyn Seeen Qaaaf
Ayn. Siyn. Qoof.
- 3
كَذَٰلِكَ يُوحِىٓ إِلَيْكَ وَإِلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكَ ٱللَّهُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Kazaalika yooheee ilaika wa ilal lazeena min qablikal laahul 'Azeezul Hakeem
Aziyzu oʻta hikmatli boʻlmish Alloh senga va sendan avvalgilarga mana shunday vahiy qilur.
- 4
لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْعَظِيمُ
Lahoo maa fis samaa waati wa maa fil ardi wa Huwal 'Aliyul 'Azeem
Osmondagi narsalar va yerdagi narsalar unikidir. U zot yuksak va ulugʻdir. [1]
[1] (Osmonda nimaiki boʻlsa, Allohnikidir. Alloh taoloning mulkidir. Yerda nimaiki boʻlsa, Allohnikidir. Ularning hamma-hammasi Alloh taloning mulkidir. Uning mulkiga hech kim sherik boʻla olmas.)
- 5
تَكَادُ ٱلسَّمَٰوَٰتُ يَتَفَطَّرْنَ مِن فَوْقِهِنَّ ۚ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَيَسْتَغْفِرُونَ لِمَن فِى ٱلْأَرْضِ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ
Takaadus samaawaatu yatafattarna min fawqihinn; walmalaaa'ikatu yusabbihoona bihamdi Rabbihim wa yastaghfiroona liman fil ard; alaaa innal laaha huwal Ghafoorur Raheem
Osmonlar ust tomonlaridan yorilib ketay deydi. Farishtalar esa, Robbilari hamdi ila tasbih ayturlar va yer yuzidagi kimsalarga istigʻfor soʻrarlar. Ogoh boʻlingkim, albatta, Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli Zotdir. [2]
[2] (Alloh taoloning yuksakligi va ulugʻligi qarshisida chiday olmay, osmonlar oʻz ustilaridan yorilib ketay, deb turadilar.)
- 6
وَٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ ٱللَّهُ حَفِيظٌ عَلَيْهِمْ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍۢ
Wallazeenat takhazoo min dooniheee awliyaaa'al laahu hafeezun 'alaihim wa maaa anta 'alaihim biwakeel
Undan oʻzga «doʻstlar» tutganlarga Alloh kuzatguvchidir. Sen ularga vakil emassan.
- 7
وَكَذَٰلِكَ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ قُرْءَانًا عَرَبِيًّۭا لِّتُنذِرَ أُمَّ ٱلْقُرَىٰ وَمَنْ حَوْلَهَا وَتُنذِرَ يَوْمَ ٱلْجَمْعِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۚ فَرِيقٌۭ فِى ٱلْجَنَّةِ وَفَرِيقٌۭ فِى ٱلسَّعِيرِ
Wa kazaalika awhainaaa llaika Qur-aanan 'Arabiyyal litunzir aUmmal Quraa wa man hawlahaa wa tunzira Yawmal Jam'ilaa raiba feeh; fareequn fil jannati wa fareequn fissa'eer
Ana shunday qilib, Biz senga shaharlarning onasini va uning atrofini ogohlantirishing uchun, boʻlishida hech shubha yoʻq jamlash kunidan ogohlantirishing uchun arabiy Qurʼonni yubordik. Bir guruh jannatda, bir guruh doʻzaxda. [3]
[3] (Ilmiy izlanishlar koʻrsatdiki, Makkai Mukarrama yerning quruqlik qismining qoq markazi ekan. Bu haqiqatdan, oyati karimadagi «shaharlarning onasi va uning atrofini ogohlantirishing uchun» degani, butun Yer yuzini ogohlantirishing uchun, degani ekanligi maʼlum boʻldi. Shu kashfiyotga asoslanib, dunyoning hamma nuqtasidan turib qiblani topib oladigan asbob yaratildi.)
- 8
وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَهُمْ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ وَلَٰكِن يُدْخِلُ مَن يَشَآءُ فِى رَحْمَتِهِۦ ۚ وَٱلظَّٰلِمُونَ مَا لَهُم مِّن وَلِىٍّۢ وَلَا نَصِيرٍ
Wa law shaaa'al laahu laja'alahum ummatanw waahi datanw walaakiny yudkhilumany yashaaa'u fee rahmatih; waz zaalimoona maa lahum minw waliyyinw wa laa naseer
Agar Alloh xohlaganida, albatta, ularni bir ummat qilar edi. Lekin xohlagan kishini Oʻz rahmatiga kiritur. Zolimlarga esa, hech bir doʻst ham, yordam beruvchi ham yoʻqdir.
- 9
أَمِ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ ۖ فَٱللَّهُ هُوَ ٱلْوَلِىُّ وَهُوَ يُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ
Amit takhazoo min dooniheee awliyaaa'a fallaahu Huwal Waliyyu wa Huwa yuhyil mawtaa wa Huwa 'alaa kulli shai'in Qadeer
Yoki ular undan boshqa «doʻstlar» tutdilarmi?! Bas, Allohning Oʻzigina doʻstdir. U zot oʻliklarni tiriltirur. U zot har bir narsaga qodirdir.
- 10
وَمَا ٱخْتَلَفْتُمْ فِيهِ مِن شَىْءٍۢ فَحُكْمُهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبِّى عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ
Wa makh-talaftum feehi min shai'in fahukmuhooo ilallaah; zaalikumul laahu Rabbee 'alaihi tawakkaltu wa ilaihi uneeb
«Biror narsada ixtilof qilsangiz, uning hukmi Allohdadir. Ana oʻsha Alloh Robbimdir. Ungagina tavakkal qildim va ungagina qayturman.»
- 11
فَاطِرُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ جَعَلَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَٰجًۭا وَمِنَ ٱلْأَنْعَٰمِ أَزْوَٰجًۭا ۖ يَذْرَؤُكُمْ فِيهِ ۚ لَيْسَ كَمِثْلِهِۦ شَىْءٌۭ ۖ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْبَصِيرُ
Faatirus samaawaati wal ard; ja'ala lakum min anfusikum azwaajanw wa minal an'aami azwaajany yazra'ukum feeh; laisa kamislihee shai'unw wa Huwas Samee'ul Baseer
U, osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilguvchi Zotdir. U, sizlarga oʻz jinsingizdan juftlar yaratdi. Chorva hayvonlarini ham juft qilib yaratdi. U zot sizni oʻsha (juftlik) asosida koʻpaytirur. U zotga oʻxshash hech narsa yoʻqdir. U zot oʻta eshitguvchi, oʻta koʻrguvchi Zotdir.
- 12
لَهُۥ مَقَالِيدُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّهُۥ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۭ
Lahoo maqaaleedus samaawaati wal ardi yabsutur rizqa limany yashaaa'u wa yaqdir; innahoo bikulli shai'unw wa Huwas Samee'ul Baseer
Osmonlaru yer (xaziynalari) kalitlari Unikidir. U, xohlagan odamiga rizqni keng yoki tor qilur. Zotan, U barcha narsani oʻta bilguvchi Zotdir.
- 13
۞ شَرَعَ لَكُم مِّنَ ٱلدِّينِ مَا وَصَّىٰ بِهِۦ نُوحًۭا وَٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ وَمَا وَصَّيْنَا بِهِۦٓ إِبْرَٰهِيمَ وَمُوسَىٰ وَعِيسَىٰٓ ۖ أَنْ أَقِيمُوا۟ ٱلدِّينَ وَلَا تَتَفَرَّقُوا۟ فِيهِ ۚ كَبُرَ عَلَى ٱلْمُشْرِكِينَ مَا تَدْعُوهُمْ إِلَيْهِ ۚ ٱللَّهُ يَجْتَبِىٓ إِلَيْهِ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِىٓ إِلَيْهِ مَن يُنِيبُ
Shara'a lakum minad deeni maa wassaa bihee Noohanw wallazeee awhainaaa ilaika wa maa wassainaa biheee Ibraaheema wa Moosa wa 'Eesaaa an aqeemud adeena wa laa tatafarraqoo feeh; kabura 'alal mushrikeena maa tad'oohum ilaih; Allaahu yajtabee ilaihi many yashaaa'u wa yahdeee ilaihi mai yuneeb
U zot sizlarga din etib Oʻzi Nuhga vasiyat qilgan va senga (ey Muhammad) vahiy qilgan narsamizni hamda Ibrohim, Muso va Iysoga vasiyat qilgan narsamizni bayon qildi. «Dinni barpo qilingiz va unda tafriqaga tushmangiz», dedi. Mushriklarga sen ularni daʼvat qilgan narsa ogʻir keldi. Alloh Oʻzi xohlagan kishisini (Paygʻambarlikka) tanlab olur va U Oʻzigagina iltijo etguvchi kishini hidoyat qilur. [4]
[4] (Ey odamlar, dinni Alloh taolodan qanday kelgan boʻlsa, shunday barpo qilingiz, unga ana shunday holida amal qilingiz. Din haqida turli tafriqaga tushib, ixtilof qilmangiz.)
- 14
وَمَا تَفَرَّقُوٓا۟ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ بَغْيًۢا بَيْنَهُمْ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌۭ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى لَّقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّ ٱلَّذِينَ أُورِثُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ مِنۢ بَعْدِهِمْ لَفِى شَكٍّۢ مِّنْهُ مُرِيبٍۢ
Wa maa tafarraqooo illaa mim ba'di maa jaaa'ahumul 'ilmu baghyam bainahum; wa law laa Kalimatun sabaqat mir Rabbika ilaaa ajalim musammal laqudiya bainahum; wa innal lazeena oorisul Kitaaba mim ba'dihim lafee shakkim minhu mureeb
Ular faqat oʻzlariga ilm kelgandan keyingina, oʻzaro hasad-adovat qilishib tafriqaga tushdilar. Agar Robbingdan (azoblashni) maʼlum muddatgacha (qoldirish) haqida soʻz oʻtgan boʻlmaganida, ular orasida albatta hukm chiqarilgan boʻlur edi. Albatta, ulardan keyin kitobga voris qilinganlar u haqida shak-shubhadadirlar. [5]
[5] (Dinda tafriqaga tushganlari uchun mazkur nobakor qavmlarini allaqachon halok qilib yuborish kerak edi. Ammo, Alloh taoloning oldindan ajalni belgilab qoʻyganigina bu ishni toʻsib turibdi. Ilohiy kitob kelganda oʻzaro hasad va adovat ila tafriqaga tushganlarning kitobiga voris qilingan yahudiy va nasorolar Qurʼon tushgan paytda ham oʻz kitoblari haqida shak-shubhadadirlar.)
- 15
فَلِذَٰلِكَ فَٱدْعُ ۖ وَٱسْتَقِمْ كَمَآ أُمِرْتَ ۖ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَهُمْ ۖ وَقُلْ ءَامَنتُ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِن كِتَٰبٍۢ ۖ وَأُمِرْتُ لِأَعْدِلَ بَيْنَكُمُ ۖ ٱللَّهُ رَبُّنَا وَرَبُّكُمْ ۖ لَنَآ أَعْمَٰلُنَا وَلَكُمْ أَعْمَٰلُكُمْ ۖ لَا حُجَّةَ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ ۖ ٱللَّهُ يَجْمَعُ بَيْنَنَا ۖ وَإِلَيْهِ ٱلْمَصِيرُ
Falizaalika fad'u wastaqim kamaaa umirta wa laa tattabi' ahwaaa'ahum wa qul aamantu bimaaa anzalal laahu min Kitaab, wa umirtu li a'dila bainakum Allaahu Rabbunaa wa Rabbukum lanaaa a'maa lunaa wa lakum a'maalukim laa hujjata bainanaa wa baina kumul laahu yajma'u bainanaa wa ilaihil maseer
Bas, shuning uchun ham, oʻzingga amr qilinganidek daʼvat qil va mustaqiym tur va ularning havoyi nafslariga ergashma hamda: «Men Alloh nozil qilgan har bir kitobga iymon keltirdim va orangizda adolat oʻrnatishga amr qilindim. Alloh bizning Robbimiz, sizning ham Robbingiz. Bizning amallarimiz oʻzimiz uchun, sizning amallaringiz oʻzingiz uchun. Biz bilan sizning oramizda janjal(ga oʻrin) yoʻq. Alloh bizlarni jamlaydi va qaytish yolgʻiz Uning Oʻzigadir», deb ayt. [6]
[6] (Alloh senga bergan dinga odamlarni daʼvat qil va oʻz daʼvatingda Alloh senga buyurganidek mustaqim tur. Oʻtgan paygʻambarlarning dinida tafriqaga tushgan va kitoblariga shak-shubha qilgan nobakor qavmlarning havoi nafslariga ergashma. Ey Paygʻambar, Alloh tomonidan menga siz bandalar orangizda mutlaq adolat ila hukm qilishga buyurildim. Kishilarning diniga, jinsiga, nasl-nasabiga, mansabiga, obroʻ-eʼtiboriga qarab emas, odamligiga, Allohning bandasi ekanligiga nisbatan adolat oʻrnatishga buyurildim, deb ayt.)
- 16
وَٱلَّذِينَ يُحَآجُّونَ فِى ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مَا ٱسْتُجِيبَ لَهُۥ حُجَّتُهُمْ دَاحِضَةٌ عِندَ رَبِّهِمْ وَعَلَيْهِمْ غَضَبٌۭ وَلَهُمْ عَذَابٌۭ شَدِيدٌ
Wallazeena yuhaaajjoona fil laahi mim ba'di mastujeeba lahoo hujjatuhum daahidatun 'inda Rabbihim wa 'alaihim ghadabunw wa lahum 'azaabun shadeed
Alloh haqida unga ijobat qilinganidan keyin ham talashib-tortishadiganlarning hujjatlari Robbilari huzurida botildir, ularga gʻazab bordir va ularga shiddatli azob bordir. [7]
[7] (Yaʼni, moʻmin-musulmonlar Allohga va uning diniga ijobat qilganlaridan keyin, kofir va mushriklarning haq ekanligiga har qancha hujjat-dalil keltirsalar ham, Allohning nazdida ularning hujjat-dalillari botildir.)
- 17
ٱللَّهُ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ وَٱلْمِيزَانَ ۗ وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّ ٱلسَّاعَةَ قَرِيبٌۭ
Allahul lazeee anzalal Kitaaba bilhaqqi wal Meezaan; wa ma yudreeka la'allas Saa'ata qareeb
Alloh haq ila kitobni va (adolat) tarozuni nozil qilgan Zotdir. Qayerdan bilursan, ehtimol soat(qiyomat) yaqindir!
- 18
يَسْتَعْجِلُ بِهَا ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِهَا ۖ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مُشْفِقُونَ مِنْهَا وَيَعْلَمُونَ أَنَّهَا ٱلْحَقُّ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱلَّذِينَ يُمَارُونَ فِى ٱلسَّاعَةِ لَفِى ضَلَٰلٍۭ بَعِيدٍ
Yasta'jilu bihal lazeena laa yu'minoona bihaa wallazeena aamanoo mushfiqoona minhaa wa ya'lamoona annahal haqq; alaaa innal lazeena yumaaroona fis Saa'ati lafee dalaalim ba'eed
U(qiyomat)ga iymon keltirmaydiganlar uning tezlashini istaydilar, iymon keltirganlar esa, undan qoʻrquvchidirlar, zotan, uning shubhasiz haq ekanini bilurlar. Ogoh boʻling! Albatta, soat(qiyomat) haqida shubha qilguvchilar yiroq zalolatdadirlar.
- 19
ٱللَّهُ لَطِيفٌۢ بِعِبَادِهِۦ يَرْزُقُ مَن يَشَآءُ ۖ وَهُوَ ٱلْقَوِىُّ ٱلْعَزِيزُ
Allahu lateefum bi'ibaadihee yarzuqu mai yashaaa'u wa Huwal Qawiyyul 'Azeez
Alloh bandalariga lutflidir. U xohlagan kishiga rizq berur. U zot kuchligu aziyzdir. [8]
[8] (Yaʼni, bandalarning kim boʻlishidan qatʼiy nazar, ularga shafqat qiladi, yaxshilik koʻrsatadi, isyonlariga qaramay, ularga xayru barakalarini serob qilib qoʻyadi.)
- 20
مَن كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ ٱلْءَاخِرَةِ نَزِدْ لَهُۥ فِى حَرْثِهِۦ ۖ وَمَن كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ ٱلدُّنْيَا نُؤْتِهِۦ مِنْهَا وَمَا لَهُۥ فِى ٱلْءَاخِرَةِ مِن نَّصِيبٍ
Man kaana yureedu harsal Aakhirati nazid lahoo fee harsihee wa man kaana yureedu harsad dunyaa nu'tihee mnhaa wa maa lahoo fil Aakhirati min naseeb
Kim oxirat hosilini istasa, biz unga hosilini ziyoda qilib berurmiz. Kim dunyo hosilini istasa, biz unga oʻshandan berurmiz va unga oxiratda biron nasiba boʻlmas. [9]
[9] (Bu dunyo rizqini xohlab, oʻshanga yarasha harakat qilgan bandaga bu dunyo rizqini beradi. Ammo bu dunyo rizqini istagan oʻsha bandaga oxiratdan hech qanday nasiba qolmaydi. Oxirat hosilini istagan odam esa, bu dunyo hosilidan ham boshqalardan koʻra yaxshiroq bahramand boʻladi. Allohga iymon keltirib, Uning shariatiga amal qilganlar yaxshi oqibatga erishishlari turgan gap.)
- 21
أَمْ لَهُمْ شُرَكَٰٓؤُا۟ شَرَعُوا۟ لَهُم مِّنَ ٱلدِّينِ مَا لَمْ يَأْذَنۢ بِهِ ٱللَّهُ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةُ ٱلْفَصْلِ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۗ وَإِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ
Am lahum shurakaaa'u shara'oo lahum minad deeni maa lam yaazam bihil laah; wa law laa kalimatul fasli laqudiya bainahum; wa innaz zaalimeena lahum 'azaabun aleem
Yoki ularning dindan Alloh izn bermagan narsalarni shariat qilib bergan sherik(xudo)lari bormi?! Agar ajrim kalimasi boʻlmaganida, albatta, ular oʻrtasida hukm qilingan boʻlar edi. Albatta, zolim kimsalar uchun alamli azob bordir. [10]
[10] (Dinsiz, iymonsiz kishilar, Allohning amriga yurmasdan, turli gunoh ishlarni qiladilar. Gunoh ishlarga Alloh taolo izn bermagani, ularni man qilgani juda ham ravshan. Ammo baʼzi odamlar gunoh va maʼsiyatlarni bemolol qilmoqdalar. Ularga mazkur gunoh va maʼsiyatlarni qilishga kim izn beradi? Allohga sherik keltirgan xudolarimi?! Oʻsha sherik xudolari ularga Alloh izn bermagan ishlarni qilishni qonunlashtirib berganmi? Agar bandalarning amallariga savob yoki azob qiyomatda boʻlishi haqidagi ajrim soʻzi boʻlmaganida, bandalar orasida hoziroq hukm qilinib qoʻyilgan boʻlar edi.)
- 22
تَرَى ٱلظَّٰلِمِينَ مُشْفِقِينَ مِمَّا كَسَبُوا۟ وَهُوَ وَاقِعٌۢ بِهِمْ ۗ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فِى رَوْضَاتِ ٱلْجَنَّاتِ ۖ لَهُم مَّا يَشَآءُونَ عِندَ رَبِّهِمْ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَضْلُ ٱلْكَبِيرُ
Taraz zaalimeena mushfiqeena mimmaa kasaboo wa huwa waaqi'um bihim; wallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati fee rawdaatil jannaati lahum maa yashaaa'oona 'inda Rabbihim; zaalika huwal fadlul kabeer
Zolimlarni oʻzlari kasb qilgan narsalari(azobi)dan qoʻrquvchi oʻlaroq koʻrasan. Holbuki, u ularga tushguvchidir. Iymon keltirib, solih amallarni qiluvchilar esa, jannat bogʻlaridadir. Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shuning oʻzi katta fazldir.
- 23
ذَٰلِكَ ٱلَّذِى يُبَشِّرُ ٱللَّهُ عِبَادَهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ ۗ قُل لَّآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا إِلَّا ٱلْمَوَدَّةَ فِى ٱلْقُرْبَىٰ ۗ وَمَن يَقْتَرِفْ حَسَنَةًۭ نَّزِدْ لَهُۥ فِيهَا حُسْنًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ شَكُورٌ
Zaalikal lazee yubash shirul laahu 'ibaadahul lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaat; qul laaa as'alukum 'alaihi ajran illal mawaddata fil qurbaa; wa mai yaqtarif hasanatan nazid lahoo feehaa husnaa; innal laaha Ghafoorun Shakoor
Ana oʻsha, iymon keltirib, solih amallarni qilgan bandalariga Alloh berayotgan xushxabardir. (Ey Muhammad): «Men sizdan bu uchun ajr emas, faqat qarindoshlik mehrinigina soʻrayman», deb ayt. Kim yaxshilik qilsa, Biz unga oʻsha ishida yaxshilikni ziyoda qilurmiz. Albatta, Alloh oʻta magʻfiratli, Shakurdir. [11]
[11] (Ushbu jumla maʼnosi haqida ulamolarimiz bir necha xil fikrlar aytishgan. Misol uchun, Saʼiyd ibn Jubayr roziyallohu anhu «qarindoshlik mehri» iborasini Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamning ahl baytlari, deb taʼvil qilganlar. Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu esa, Quraysh urugʻlari ichidan har biri turli yoʻllar bilan Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga qarindoshlik rishtalari ila bogʻlanar edi, shuning uchun bu jumlada u kishi qurayshliklarga, daʼvatlari uchun ulardan ajr soʻramasliklari, balki qarindoshlik haq-hurmatini oʻrniga qoʻyishini soʻrayotganlari ifodalangan, deydilar. Bundan qarindoshchiligimiz hurmati mening ishimga qarshi chiqmanglar, daʼvatim yoʻlini toʻsmanglar, degan maʼno chiqadi.)
- 24
أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًۭا ۖ فَإِن يَشَإِ ٱللَّهُ يَخْتِمْ عَلَىٰ قَلْبِكَ ۗ وَيَمْحُ ٱللَّهُ ٱلْبَٰطِلَ وَيُحِقُّ ٱلْحَقَّ بِكَلِمَٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ
Am yaqooloonaf tara 'alal laahi kaziban fa-iny yasha il laahu yakhtim 'alaa qalbik; wa yamhul laahul baatila wa yuhiqqul haqqa bi Kalimaatih; innahoo 'Aleemum bizaatis sudoor
Yoki ular: «U (Muhammad) Allohga nisbatan yolgʻon toʻqidi», deydilarmi?! Bas, agar Alloh xohlasa, qalbingga muhr bosur va Alloh Oʻz soʻzlari ila botilni yoʻq qilib, haqni haq qilur. Albatta, U dillardagi narsani oʻta bilguvchidir.
- 25
وَهُوَ ٱلَّذِى يَقْبَلُ ٱلتَّوْبَةَ عَنْ عِبَادِهِۦ وَيَعْفُوا۟ عَنِ ٱلسَّيِّـَٔاتِ وَيَعْلَمُ مَا تَفْعَلُونَ
Wa Huwal lazee yaqbalut tawbata 'an 'ibaadihee wa ya'foo 'anis saiyiaati wa ya'lamu maa taf'aloon
Uning Oʻzi bandalaridan tavbani qabul qilur, gunohlarini afv etur va nima qilayotganingizni bilur.
- 26
وَيَسْتَجِيبُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَيَزِيدُهُم مِّن فَضْلِهِۦ ۚ وَٱلْكَٰفِرُونَ لَهُمْ عَذَابٌۭ شَدِيدٌۭ
Wa yastajeebul lazeena aamanoo wa 'amilu saalihaati wa yazeeduhum min fadlih; wal kaafiroona lahum 'azaabun shadeed
U zot iymon keltirib, solih amallar qilganlarning (duosini) ijobat qilur va ularga Oʻz fazlidan ziyoda qilur. Kofirlarga esa, ularga shiddatli azob bordir.
- 27
۞ وَلَوْ بَسَطَ ٱللَّهُ ٱلرِّزْقَ لِعِبَادِهِۦ لَبَغَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَٰكِن يُنَزِّلُ بِقَدَرٍۢ مَّا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ بِعِبَادِهِۦ خَبِيرٌۢ بَصِيرٌۭ
Wa law basatal laahur rizqa li'ibaadihee labaghaw fil ardi wa laakiny yunazzilu biqadarim maa yashaaa'; innahoo bi'ibaadihee Khabeerum Baseer
Agar Alloh bandalariga rizqni keng qilib qoʻysa, albatta, ular yer yuzida haddan oshib keturlar, lekin U Oʻzi xohlaganiga oʻlchov bilan tushiradi. Albatta, u Oʻz bandalaridan oʻta xabardor va ularni oʻta koʻruvchidir.
- 28
وَهُوَ ٱلَّذِى يُنَزِّلُ ٱلْغَيْثَ مِنۢ بَعْدِ مَا قَنَطُوا۟ وَيَنشُرُ رَحْمَتَهُۥ ۚ وَهُوَ ٱلْوَلِىُّ ٱلْحَمِيدُ
Wa Huwal lazee yunazzilul ghaisa mim ba'di maa qanatoo wa yanshuru rahmatah; wa Huwal Waliyyul Hameed
U zot (odamlar) noumid boʻlganlaridan keyin yomgʻirni nozil qilur va Oʻz rahmatini taratur. U valiy va maqtalgan Zotdir.
- 29
وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦ خَلْقُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَثَّ فِيهِمَا مِن دَآبَّةٍۢ ۚ وَهُوَ عَلَىٰ جَمْعِهِمْ إِذَا يَشَآءُ قَدِيرٌۭ
Wa min Aayaatihee khalqus samaawaati wal ardi wa maa bassa feehimaa min daaabbah; wa Huwa 'alaa jam'ihim izaa yashaaa'u Qadeer
Uning (qudrati) oyat(belgi)laridan osmonlaru yerning yaratilishi va ularda turli jonivorlarning taratib qoʻyilishidir. Va U zot, agar xohlasa, ularni jamlashga qodirdir.
- 30
وَمَآ أَصَٰبَكُم مِّن مُّصِيبَةٍۢ فَبِمَا كَسَبَتْ أَيْدِيكُمْ وَيَعْفُوا۟ عَن كَثِيرٍۢ
Wa maaa asaabakum mim museebatin fabimaa kasabat aydeekum wa ya'foo 'an kaseer
Sizga qaysi bir musiybat yetsa, bas, oʻz qoʻlingiz qilgan kasbdandir va U zot koʻpini afv qilur. [12]
[12] (Insonning oʻzidan oʻtmasa, unga biror musibat yetmaydi. Lekin oʻta mehribon boʻlgan Alloh bandasini har bir gunohi uchun musibatga duchor qilavermaydi, faqat baʼzisi uchungina musibatga duchor qiladi, koʻpini kechirib yuboradi. Agar Alloh taolo insonni har bir aybi uchun musibatga uchratadigan boʻlsa, inson darhol halokatga yuz tutar edi.)
- 31
وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا نَصِيرٍۢ
Wa maaa antum bimu'jizeena fil ardi wa maa lakum min doonil laahi minw wa liyyinw wa laa naseer
Va siz yer yuzida qochib qutula olmaysiz. Hamda siz uchun Allohdan oʻzga valiy ham, nusrat berguvchi ham yoʻq.
- 32
وَمِنْ ءَايَٰتِهِ ٱلْجَوَارِ فِى ٱلْبَحْرِ كَٱلْأَعْلَٰمِ
Wa min Aayaatihil ja waarifil bahri kal a'lam
Dengizda togʻdek boʻlib suzib yurguvchi kemalar uning (qudrati) oyat(belgi)laridandir.
- 33
إِن يَشَأْ يُسْكِنِ ٱلرِّيحَ فَيَظْلَلْنَ رَوَاكِدَ عَلَىٰ ظَهْرِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّكُلِّ صَبَّارٍۢ شَكُورٍ
Iny yashaaa yuskinir reeha fa yazlalna rawaakida 'alaa zahirh; inna fee zaalika la Aayaatil likulli sabbaarin shakoor
Agar U zot xohlasa, shamolni toʻxtatib qoʻyur. Bas, u (kema)lar u(dengiz)ning ustida turib qolurlar. Albatta, ana shunda har bir sabr qiluvchi va shukr qilguvchi uchun oyat(belgi)lar bordir.
- 34
أَوْ يُوبِقْهُنَّ بِمَا كَسَبُوا۟ وَيَعْفُ عَن كَثِيرٍۢ
Aw yoobiqhunna bimaa kasaboo wa ya'fu 'an kaseer
Yoki u(kema)larni alarning kasbi tufayli halok qilur va U zot koʻpni afv qilur.
- 35
وَيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ يُجَٰدِلُونَ فِىٓ ءَايَٰتِنَا مَا لَهُم مِّن مَّحِيصٍۢ
Wa ya'lamal lazeena yujaadiloona feee Aayaatinaa maa lahum mim mahees
Va Bizning oyatlarimiz haqida tortishadiganlar bilsinlarki, ular uchun hech bir qochar joy yoʻqdir.
- 36
فَمَآ أُوتِيتُم مِّن شَىْءٍۢ فَمَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ خَيْرٌۭ وَأَبْقَىٰ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ
Famaa ooteetum min shai'in famataa'ul hayaatid dunyaa wa maa 'indal laahi khairunw wa abqaa lillazeena aamanoo wa 'alaa Rabbihim yatawakkaloon
Sizga berilgan narsalar dunyo hayotining matohi, xolos. Allohning huzuridagi yaxshi va boqiy narsalar esa, iymon keltirgan va Robbilariga tavakkal qilganlar uchundir. [13]
[13] (Ushbu berilgan narsalar xoh molu dunyo boʻlsin, nima boʻlsa boʻlsin — hammasi bu dunyoning matohi, oʻtkinchi hoy-havas, xolos. Ularning haqiqiy qadr mezonida hech bir ogʻirligi yoʻq. Haqiqiy qadr-qiymatga, boqiylikka ega narsalar boshqa tomonda — oxiratda, Allohning huzuridadir. Allohning huzuridagi oʻsha narsalar, bu dunyo matohi kabi, kim boʻlishidan qatʼiy nazar hamma uchun emas.)
- 37
وَٱلَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَٰٓئِرَ ٱلْإِثْمِ وَٱلْفَوَٰحِشَ وَإِذَا مَا غَضِبُوا۟ هُمْ يَغْفِرُونَ
Wallazeena yajtaniboona kabaaa'iral ismi wal fawaa hisha wa izaa maa ghadiboo hum yaghfiroon
Katta gunohlar va fohisha ishlardan chetda boʻladigan va gʻazablangan vaqtda kechirib yuboradiganlar uchundir.
- 38
وَٱلَّذِينَ ٱسْتَجَابُوا۟ لِرَبِّهِمْ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَمْرُهُمْ شُورَىٰ بَيْنَهُمْ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ
Wallazeenas tajaaboo li Rabbhim wa aqaamus Salaata wa amruhum shooraa bainahum wa mimmaa razaqnaahum yunfiqoon
Robbilariga ijobat qilgan, namozni toʻkis ado etgan, ishlari oʻzaro shuuro ila boʻlgan va ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qiladiganlar uchundir.
- 39
وَٱلَّذِينَ إِذَآ أَصَابَهُمُ ٱلْبَغْىُ هُمْ يَنتَصِرُونَ
Wallazeena izaa asaabahumul baghyu hum yantasiroon
Oʻzlariga tajovuzkorlik yetganda nusrat qozonadiganlar uchundir.
- 40
وَجَزَٰٓؤُا۟ سَيِّئَةٍۢ سَيِّئَةٌۭ مِّثْلُهَا ۖ فَمَنْ عَفَا وَأَصْلَحَ فَأَجْرُهُۥ عَلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa jazaaa'u saiyi'atin saiyi'tum misluha faman 'afaa wa aslaha fa ajruhoo 'alal laah; innahoo laa yuhibbuz zaalimeen
Oʻmonlikning jazosi oʻz mislidek yomonlikdir. Kim afv etib isloh qilsa, uning ajri Allohning zimmasidadir. Albatta, U zot zolimlarni sevmas.
- 41
وَلَمَنِ ٱنتَصَرَ بَعْدَ ظُلْمِهِۦ فَأُو۟لَٰٓئِكَ مَا عَلَيْهِم مِّن سَبِيلٍ
Wa lamanin tasara ba'da zulmihee fa ulaaa'ika maa 'alaihim min sabeel
Albatta, kim oʻziga boʻlgan zulmdan keyin nusrat qozonsa, bas, undaylarni (ayblashga) hech yoʻl yoʻq.
- 42
إِنَّمَا ٱلسَّبِيلُ عَلَى ٱلَّذِينَ يَظْلِمُونَ ٱلنَّاسَ وَيَبْغُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ
Innamas sabeelu 'alal lazeena yazlimoonan naasa wa yabghoona fil ardi bighairil haqq; ulaaa'ika lahum 'azaabun aleem
Faqatgina, odamlarga zulm qiladigan va yer yuzida nohaq tajovuzkorlik qiladiganlarni (ayblashga) yoʻl bordir. Ana oʻshalarga alamli azob bordir.
- 43
وَلَمَن صَبَرَ وَغَفَرَ إِنَّ ذَٰلِكَ لَمِنْ عَزْمِ ٱلْأُمُورِ
Wa laman sabara wa ghafara inna zaalika lamin 'azmil umoor
Shubhasiz, kim sabr qilib, kechirsa, albatta, bu mardlik ishlaridandir. [14]
[14] (Yana tavozuʼ ila ish koʻrishga daʼvat. Yana sabr qilishga daʼvat. Yana kechirimli boʻlishga daʼvat. Yaxshilar sifati boʻlgan ushbu sifatlarga takror-takror daʼvat bejiz emas. Avvalo, bu ishlarni amalga oshirish oson emas. Qolaversa, yaxshi sifatlarga qancha targʻib qilinsa, shuncha oz.)
- 44
وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن وَلِىٍّۢ مِّنۢ بَعْدِهِۦ ۗ وَتَرَى ٱلظَّٰلِمِينَ لَمَّا رَأَوُا۟ ٱلْعَذَابَ يَقُولُونَ هَلْ إِلَىٰ مَرَدٍّۢ مِّن سَبِيلٍۢ
Wa mai yudlilil laahu famaa lahoo minw waliyyim mim ba'dih; wa taraz zaalimeena lammaa ra awul 'azaaba yaqooloona hal ilaa maraddim min sabeel
Alloh kimni zalolatga ketkazsa, bas, unga U zotdan oʻzga hech bir valiy boʻlmas. Zolimlarni koʻrursanki, azobni koʻrgan chogʻlarida: «(Ortga) qaytishga hech bir yoʻl bormikan?» – derlar.
- 45
وَتَرَىٰهُمْ يُعْرَضُونَ عَلَيْهَا خَٰشِعِينَ مِنَ ٱلذُّلِّ يَنظُرُونَ مِن طَرْفٍ خَفِىٍّۢ ۗ وَقَالَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّ ٱلْخَٰسِرِينَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَأَهْلِيهِمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ فِى عَذَابٍۢ مُّقِيمٍۢ
Wa taraahum yu'radoona 'alaihaa khaashi'eena minazzulli yanzuroona min tarfin khaifiyy; wa qaalal lazeena aamanooo innal khaasireenal lazeena khasiroon anfusahum wa ahleehim Yawmal Qiyaamah; alaaa innaz zaalimeena fee'azaabim muqeem
Sen ularni u(doʻzax)ga koʻndalang qilinayotganlarida xoru zor va qoʻrqqan hollarida koʻz qiri bilan nazar solayotganlarini koʻrursan. Iymon keltirganlar: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni oʻzlariga va ahli ayollariga ziyon qilganlardir», derlar. Ogoh boʻlingkim, albatta, zolimlar doimiy azobdadirlar. [15]
[15] (Ha, kofir, zolim va osiylar doʻzaxga toʻgʻri qaray olmaydilar. Balki, faqat koʻz qirlari bilan nazar soladilar. Ularning bu dunyodagi gerdayishlaridan, shahdamliklaridan asar ham qolmaydi. Biror narsani gapira olmay qoladilar. Oxiratda erkin gapira oladiganlar moʻminlardir.)
- 46
وَمَا كَانَ لَهُم مِّنْ أَوْلِيَآءَ يَنصُرُونَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ ۗ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن سَبِيلٍ
Wa maa kaana lahum min awliyaaa'a yansuroonahum min doonil laah; wa mai yudlilil laahu famaa lahoo min sabeel
Va ularga Allohdan oʻzga yordam beradigan hech qanday valiylar boʻlmadi. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, bas, unga hech bir (toʻgʻri) yoʻl yoʻqdir.
- 47
ٱسْتَجِيبُوا۟ لِرَبِّكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ يَوْمٌۭ لَّا مَرَدَّ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ ۚ مَا لَكُم مِّن مَّلْجَإٍۢ يَوْمَئِذٍۢ وَمَا لَكُم مِّن نَّكِيرٍۢ
Istajeeboo li Rabbikum min qabli any yaatiya Yawmul laa maradda lahoo minal laah; maa lakum mim malja iny yawma'izinw wa maa lakum min nakeer
Qaytarib boʻlmaydigan kun Alloh tomonidan kelmay turib, Robbingizga ijobat qiling! Oʻsha kuni sizga panohgoh topilmas va sizga (tushgan azobni) inkor qilguvchi topilmas.
- 48
فَإِنْ أَعْرَضُوا۟ فَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ۖ إِنْ عَلَيْكَ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ۗ وَإِنَّآ إِذَآ أَذَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ مِنَّا رَحْمَةًۭ فَرِحَ بِهَا ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَإِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ كَفُورٌۭ
Fa-in a'radoo famaaa arsalnaaka 'alaihim hafeezan in 'alaika illal balaagh; wa innaaa izaaa azaqnal insaana minnaa rahmatan fariha bihaa wa in tusibhum saiyi'atum bimaa qaddamat aydeehim fa innal insaana kafoor
Agar ular yuz oʻgirsalar, bas, biz seni ularga qoʻriqchi qilib yuborganimiz yoʻq. Sening zimmangda faqat (vahiyni) yetkazish bor, xolos. Albatta, biz insonga Oʻzimizdan rahmat tottirgan chogʻimizda u undan quvonur va agar ularga oʻz qoʻllari taqdim etgan narsa tufayli yomonlik yetsa, bas, albatta, inson kufroni neʼmat qilur. [16]
[16] (Yaxshilik yetganda haddan oshganidek, yomonlik yetganda ham oʻzini toʻgʻri tuta ololmaydi, kufroni neʼmat qiladi. Aslida esa, yaxshilik yetsa, inson shukr qilib, yomonlik yetsa, sabr etishi lozim. Unga nimaiki yetsa, Allohdandir.)
- 49
لِّلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ يَهَبُ لِمَن يَشَآءُ إِنَٰثًۭا وَيَهَبُ لِمَن يَشَآءُ ٱلذُّكُورَ
Lillaahi mulkus samaawaati wal ard; yakhluqu maa yashaaa'; yahabu limai yashaaa'u inaasanw wa yahabu limai yashaaa'uz zukoor
Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. U zot xohlagan narsasini yaratur. U zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga oʻgʻillar hadya etur.
- 50
أَوْ يُزَوِّجُهُمْ ذُكْرَانًۭا وَإِنَٰثًۭا ۖ وَيَجْعَلُ مَن يَشَآءُ عَقِيمًا ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۭ قَدِيرٌۭ
Aw yuzawwijuhum zukraananw wa inaasanw wa yaj'alu mai yashaaa'u 'aqeemaa; innahoo 'Aleemun Qadeer
Yoki ularni juftlab — oʻgʻil-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tugʻmas qilur. Albatta, U zot oʻta bilguvchi va oʻta qodirdir. [17]
[17] (Insonga hamma narsani faqat Alloh taolo berishining yorqin namunasi farzand masalasida koʻrinadi. Ayni shu masalada inson oʻzining ojizligini his etadi. Oʻz xohishiga koʻra biron narsani bor qila olmasligini, Alloh taoloning madadi va inoyatiga muhtoj boʻlib turishini anglab yetadi.)
- 51
۞ وَمَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُكَلِّمَهُ ٱللَّهُ إِلَّا وَحْيًا أَوْ مِن وَرَآئِ حِجَابٍ أَوْ يُرْسِلَ رَسُولًۭا فَيُوحِىَ بِإِذْنِهِۦ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ عَلِىٌّ حَكِيمٌۭ
Wa maa kaana libasharin any yukallimahul laahu illaa wahyan aw minw waraaa'i hijaabin aw yursila Rasoolan fa yoohiya bi iznuhee maa yashaaa'; innahoo 'Aliyyun Hakeem
Allohning bashar bilan gaplashmogʻi boʻlmagan, magar vahiy orqali, yoki parda ortidan yoxud elchi yuboradi va ul U zotning izni ila xohlagan narsasini vahiy qilur. Albatta, U zot oʻta oliy va oʻta hikmatlidir. [18]
[18] (Inson zoti uchun Alloh Taolo bilan bevosita gaplashish muyassar boʻladigan narsa emas. Alloh bilan bashar orasidagi aloqa bovosita boʻlur. Vositaning bir tarafida insonlar orasidan tanlab olingan eng yetuk zotlar, paygʻambarlar alayhimussalomlar turur. Yaʼni, oʻsha vositali gaplashishga ham har bir inson qodir emas. Endi, odamlar orasidan tanlab olingan paygʻambarlar ham barobar emaslar, osmondagi nur sochib turgan yulduzlar hajm va nur jihatidan xilma-xil boʻlganlaridek ular ham xilma-xildirlar.)
- 52
وَكَذَٰلِكَ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ رُوحًۭا مِّنْ أَمْرِنَا ۚ مَا كُنتَ تَدْرِى مَا ٱلْكِتَٰبُ وَلَا ٱلْإِيمَٰنُ وَلَٰكِن جَعَلْنَٰهُ نُورًۭا نَّهْدِى بِهِۦ مَن نَّشَآءُ مِنْ عِبَادِنَا ۚ وَإِنَّكَ لَتَهْدِىٓ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ
Wa kazaalika awhainaaa ilaika rooham min amrinaa; maa kunta tadree mal Kitaabu wa lal eemaanu wa laakin ja'alnaahu nooran nahdee bihee man nashaaa'u min 'ibaadinaa; wa innaka latahdeee ilaaa Siraatim Mustaqeem
Ana shunga oʻxshash, Biz senga Oʻz amrimizdan bir ruhni vahiy qildik. Sen kitob nimaligini ham, iymon nimaligini ham idrok qilmas eding. Lekin, Biz uni bir nur qildikki, u bilan bandalarimizdan kimni xohlasak hidoyat qilurmiz. Albatta, sen toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilursan. [19]
[19] (Alloh Taolo bu oyati karimada Qurʼoni Karimni, Muhammad sollallohu alayhi va sallamga vahiy orqali yuborgan soʻnggi kitobini ruh-jon, deb atamoqda. Qurʼoni Karim insoniyat uchun maʼnaviy ruhdir.)
- 53
صِرَٰطِ ٱللَّهِ ٱلَّذِى لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ أَلَآ إِلَى ٱللَّهِ تَصِيرُ ٱلْأُمُورُ
Siraatil laahil lazee lahoo maa fis samaawaati wa maa fil ard; alaaa ilal laahi taseerul umoor
Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki boʻlgan Allohning yoʻliga (hidoyat qilursan). Ogoh boʻlingkim, barcha ishlar Allohgagina qaytur. [20]
[20] (Sen Allohning kitobi vahiylari ila Allohning bandalarini, Allohning toʻgʻri yoʻliga hidoyat qilursan.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
