Sura 48
Fath
الفَتۡحِ
Al-Fath · Madaniy · 29 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
إِنَّا فَتَحْنَا لَكَ فَتْحًۭا مُّبِينًۭا
Innaa fatahnaa laka Fatham Mubeenaa
Albatta Biz senga ravshan fathni berdik. [1]
[1] («Fath» soʻzi lugʻatda «ochish» maʼnosini anglatib, istilohda biror yurtni Islomga qoʻshishga aytiladi. Musulmonlar biror joyga borib, xoh urush bilan, xoh sulh bilan Islomga kiritsalar, oʻsha yerni «fath qilindi», deydilar. Bu oyatdagi «Fath»dan murod — Hudaybiya sulhi.)
- 2
لِّيَغْفِرَ لَكَ ٱللَّهُ مَا تَقَدَّمَ مِن ذَنۢبِكَ وَمَا تَأَخَّرَ وَيُتِمَّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكَ وَيَهْدِيَكَ صِرَٰطًۭا مُّسْتَقِيمًۭا
Liyaghfira lakal laahu maa taqaddama min zambika wa maa ta akhkhara wa yutimma ni'matahoo 'alaika wa yahdiyaka siraatam mustaqeema
Alloh sening avval oʻtgan gunohlaringni va keyingilarini magʻfirat etish, neʼmatini batamom qilish va seni toʻgʻri yoʻlga boshlash uchun...
- 3
وَيَنصُرَكَ ٱللَّهُ نَصْرًا عَزِيزًا
Wa yansurakal laahu nasran 'azeezaa
Va Alloh senga izzatli nusrat berishi uchun. [2]
[2] («Izzatli» deganimiz — ustidan hech kim gʻolib kela olmaydigan, degani. Yaʼni, Alloh Paygʻambarimiz alayhissalomga shunday izzatli yordam beradiki, undan hech kim va hech narsa gʻolib kela olmaydi. Yuqoridagi oyatlarda zikr etilgan ulugʻ ilohiy marhamatlar: ravshan fath, avvalu oxir gunohlarning magʻfirat qilinishi, Alloh neʼmatlarining batamom qilib berilishi, siroti mustaqimga hidoyat qilinishi va izzatli nusrat berilishi — hamma-hammasi Hudaybiya sulhning ochiq-aniq fath boʻlishiga bogʻlanmoqda. Nima sababdan shuncha narsa sulhga bogʻlanyapti? Negaki Paygʻambarimiz alayhissalom sulhni Baytullohni ulugʻlaganliklaridan tuzdilar, natijada Alloh u zotni mazkur ish bilan mukofotladi.)
- 4
هُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ ٱلسَّكِينَةَ فِى قُلُوبِ ٱلْمُؤْمِنِينَ لِيَزْدَادُوٓا۟ إِيمَٰنًۭا مَّعَ إِيمَٰنِهِمْ ۗ وَلِلَّهِ جُنُودُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًۭا
Huwal lazeee anzalas sakeenata fee quloobil mu'mineena liyazdaadooo eemaanamma'a eemaanihim; wa lillaahi junoodus samawaati wal ard; wa kaanal laahu 'Aleeman Hakeemaa
U, iymonlariga iymon ziyoda boʻlishi uchun moʻminlar qalbiga sokinlikni nozil etgan Zotdir. Va osmonlaru yerning lashkari Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
- 5
لِّيُدْخِلَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا وَيُكَفِّرَ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عِندَ ٱللَّهِ فَوْزًا عَظِيمًۭا
Liyudkhilal mu'mineena walmu'minaati jannaatin tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa wa yukaffira 'anhum saiyi aatihim; wa kaana zaalika 'indal laahi fawzan 'azeemaa
Moʻminlar va moʻminalarni taglaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga mangu kiritish uchun va ularning gunohlarini yuvish uchun. Va bu, Allohning huzurida katta yutuqdir.
- 6
وَيُعَذِّبَ ٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱلْمُنَٰفِقَٰتِ وَٱلْمُشْرِكِينَ وَٱلْمُشْرِكَٰتِ ٱلظَّآنِّينَ بِٱللَّهِ ظَنَّ ٱلسَّوْءِ ۚ عَلَيْهِمْ دَآئِرَةُ ٱلسَّوْءِ ۖ وَغَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ وَلَعَنَهُمْ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَهَنَّمَ ۖ وَسَآءَتْ مَصِيرًۭا
Wa yu'azzibal munaafiqeena walmunaafiqaati wal mushrikeena walmushrikaatiz zaaanneena billaahi zannas saw'; 'alaihim daaa'iratus saw'i wa ghadibal laahu 'alaihim wa la'anahum wa a'adda lahum jahannama wa saaa' at maseeraa
Alloh toʻgʻrisida yomon gumon qiluvchi munofiq va munofiqalar, mushrik va mushrikalarni azoblash uchun... Ularni yomonlik oʻrab olsin. Ularga Alloh gʻazab qildi, ularni laʼnatladi va ularga jahannamni tayyorlab qoʻydi. Va naqadar yomon joy u!
- 7
وَلِلَّهِ جُنُودُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا
Wa lillaahi junoodus samaawaati wal ard; wa kaanal laahu 'azeezan hakeema
Osmonlaru yerning lashkarlari Allohnikidir. Va, Alloh izzatli va hikmatli Zotdir.
- 8
إِنَّآ أَرْسَلْنَٰكَ شَٰهِدًۭا وَمُبَشِّرًۭا وَنَذِيرًۭا
Innaaa arsalnaaka shaahi danw wa mubashshiranw wa nazeera
Albatta, Biz seni guvohlik beruvchi, xushxabar eltuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik.
- 9
لِّتُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَتُعَزِّرُوهُ وَتُوَقِّرُوهُ وَتُسَبِّحُوهُ بُكْرَةًۭ وَأَصِيلًا
Litu minoo billaahi wa Rasoolihee wa tu'azziroohu watuwaqqiroohu watusabbi hoohu bukratanw wa aseelaa
Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz, Uni (dinni) qoʻllab-quvvatlashingiz, ulugʻlashingiz hamda Unga ertayu kech tasbih aytishingiz uchundir.
- 10
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُبَايِعُونَكَ إِنَّمَا يُبَايِعُونَ ٱللَّهَ يَدُ ٱللَّهِ فَوْقَ أَيْدِيهِمْ ۚ فَمَن نَّكَثَ فَإِنَّمَا يَنكُثُ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ ۖ وَمَنْ أَوْفَىٰ بِمَا عَٰهَدَ عَلَيْهُ ٱللَّهَ فَسَيُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًۭا
Innal lazeena yubaayi'oonaka innamaa yubaayi'oonal laaha yadul laahi fawqa aydehim; faman nakasa fainnamaa yuankusu 'alaa nafsihee wa man awfaa bimaa 'aahada 'alihul laaha fasa yu'teehi ajran 'azeemaa
Albatta, senga bayʼat qilayotganlar faqat Allohning Oʻziga bayʼat qilmoqdalar. Allohning qoʻli ularning qoʻllari ustidadir. Kim (bayʼatni) buzsa, oʻziga qarshi buzadi, xolos va kim Allohga qilgan ahdiga vafo qilsa, unga tezda ulkan ajr berilur. [3]
[3] (Hudaybiya sulhidagi bayʼat paytda Rasuli akram alayhissalom xurmo daraxti ostida oʻtirgan boʻlganlari uchun ham bu kunni «shajara (daraxt) kuni» deb, bayʼatni esa «daraxt ostidagi bayʼat», deb atalgan. Sahobalardan Maʼqal ibn Yasar roziyallohu anhu: «Daraxt kuni» Paygʻambar alayhissalom odamlarning bayʼatini qabul qilar edilar, men esa u kishining boshlarida bir shoxni koʻtarib turar edim, oʻshanda bir ming toʻrt yuz kishi edik», deganlar. Har bir sahobiy Paygʻambar alayhissalomning qoʻllarini tutib turib, urush boʻlib qolsa qochib ketmaslik, din yoʻlida jon fido qilishga ahdu paymon bergan. Ushbu holatni Qurʼoni Karim Paygʻambar alayhissalomga qoʻl berib, ahdu paymon qilishni Alloh taologa ahdu paymon qilish — bayʼat qilishdan oʻzga narsa emas, deb tushuntirmoqda.)
- 11
سَيَقُولُ لَكَ ٱلْمُخَلَّفُونَ مِنَ ٱلْأَعْرَابِ شَغَلَتْنَآ أَمْوَٰلُنَا وَأَهْلُونَا فَٱسْتَغْفِرْ لَنَا ۚ يَقُولُونَ بِأَلْسِنَتِهِم مَّا لَيْسَ فِى قُلُوبِهِمْ ۚ قُلْ فَمَن يَمْلِكُ لَكُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا إِنْ أَرَادَ بِكُمْ ضَرًّا أَوْ أَرَادَ بِكُمْ نَفْعًۢا ۚ بَلْ كَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًۢا
Sa yaqoolu lakal mukhal lafoona minal-A'raabi shaighalatnaaa amwaalunaa wa ahloonaa fastaghfir lanaa; yaqooloona bi alsinatihim maa laisa fee quloobihim; qul famany yamliku lakum minal laahi shai'an in araada bikum darran aw araada bikum naf'aa; bal kaanal laahu bimaa ta'maloona Khabeeraa
Ortda qolgan aʼrobiylar senga: «Molimiz va ahlimiz bizni mashgʻul qildi, bizga istigʻfor ayt», deyishar. Ular qalblarida yoʻq narsani tillari ila ayturlar. Sen: «Agar Alloh sizga zararni iroda qilsa yoki sizga manfaatni iroda qilsa, kim sizlarni Allohdan (keladigan) biror narsadan (toʻsishga) molik boʻladir? Taʼkidki, Alloh qilgan amallaringizdan xabardordir», deb ayt. [4]
[4] (Ular aslida qoʻrqanlari uchun «Quraysh yaqinda Muhammadni Madinada Uhud urushida magʻlub qildi, endi Muhammad ularning yurtiga borib nima qila olar edi», deya qoʻshilmagan edilar. Ammo Alloh taoloning yordami bilan bu gal ish yaxshilik bilan tugab, musulmonlarga zafar yor boʻlib qaytganlarida, iymoni zaif xoinlar, Paygʻambar huzuriga kelib, uzr ayta boshladilar.)
- 12
بَلْ ظَنَنتُمْ أَن لَّن يَنقَلِبَ ٱلرَّسُولُ وَٱلْمُؤْمِنُونَ إِلَىٰٓ أَهْلِيهِمْ أَبَدًۭا وَزُيِّنَ ذَٰلِكَ فِى قُلُوبِكُمْ وَظَنَنتُمْ ظَنَّ ٱلسَّوْءِ وَكُنتُمْ قَوْمًۢا بُورًۭا
Bal zanantum al lany yanqalibar Rasoolu walmu'minoona ilaaa ahleehim abadanw wa zuyyina zaalika fee quloobikum wa zanantum zannnas saw'i wa kuntum qawmam booraa
Balki sizlar, Rasul va moʻminlar abadiy oʻz ahllariga qaytib kelmaslar, deb gumon qildingiz va bu narsa qalbingizda ziynatlandi, yomon gumon qildingiz va yomon qavm boʻldingiz.
- 13
وَمَن لَّمْ يُؤْمِنۢ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ فَإِنَّآ أَعْتَدْنَا لِلْكَٰفِرِينَ سَعِيرًۭا
Wa mal lam yu'mim billaahi wa Rasoolihee fainnaaa a'tadnaa lilkaafireena sa'eeraa
Va kim Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirmasa, albatta, Biz kofirlarga doʻzaxni tayyorlaganmiz.
- 14
وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ يَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَيُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا
Wa lillaahii mulkus samaawaati wal ard; yaghfiru limany yashaaa'u wa yu'azzibu many yashaaa'; wa kaanal laahu Ghafoorar Raheemaa
Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Kimni xohlasa, magʻfirat qilar va kimni xohlasa, azoblar. Va Alloh kechiruvchi, rahimli Zotdir.
- 15
سَيَقُولُ ٱلْمُخَلَّفُونَ إِذَا ٱنطَلَقْتُمْ إِلَىٰ مَغَانِمَ لِتَأْخُذُوهَا ذَرُونَا نَتَّبِعْكُمْ ۖ يُرِيدُونَ أَن يُبَدِّلُوا۟ كَلَٰمَ ٱللَّهِ ۚ قُل لَّن تَتَّبِعُونَا كَذَٰلِكُمْ قَالَ ٱللَّهُ مِن قَبْلُ ۖ فَسَيَقُولُونَ بَلْ تَحْسُدُونَنَا ۚ بَلْ كَانُوا۟ لَا يَفْقَهُونَ إِلَّا قَلِيلًۭا
Sa yaqoolul mukhalla foona izan talaqtum ilaa maghaanima litaakhuzoohaa zaroonaa nattabi'kum yureedoona any yubaddiloo Kalaamallaah; qul lan tattabi'oonaa kazaalikum qaalal laahu min qablu fasa yaqooloona bal tahsudoonanna; bal kaanoo laa yafqahoona illaa qaleela
Oʻljalar tomon, ularni olish uchun yurganingizda ortda qolganlar: «Qoʻyib bering, biz ham sizga ergashurmiz», deyishar. Allohning kalomini oʻzgartirmoqchi boʻlishar. Ayt: «Hech-hech bizga ergashmaysiz, ushbuni Alloh avval aytgan». Ular: «Balki, hasad qilayotgandirsizlar», deyishar. Yoʻq, ular ozgina narsadan boshqa narsani anglamaslar. [5]
[5] (Alloh oʻljali gʻazotga haqiqiy moʻminlarning borishini xohlagan edi, ular esa, Allohning xohshiga qarshi, moʻminlarga ergashib borishmoqchi. Alloh taolo Oʻz Paygʻambariga xitob qilib, ortda qolganlarni qaytarishga buyurmoqda. Ortda qolganlarning esa, nafslari buzuq, oʻzlarining yomonligi tufayli oʻlja tomon moʻminlarga ergashishdan man qilinishlarini hasaddan, deb tushunadilar.)
- 16
قُل لِّلْمُخَلَّفِينَ مِنَ ٱلْأَعْرَابِ سَتُدْعَوْنَ إِلَىٰ قَوْمٍ أُو۟لِى بَأْسٍۢ شَدِيدٍۢ تُقَٰتِلُونَهُمْ أَوْ يُسْلِمُونَ ۖ فَإِن تُطِيعُوا۟ يُؤْتِكُمُ ٱللَّهُ أَجْرًا حَسَنًۭا ۖ وَإِن تَتَوَلَّوْا۟ كَمَا تَوَلَّيْتُم مِّن قَبْلُ يُعَذِّبْكُمْ عَذَابًا أَلِيمًۭا
Qul lilmukhallafeena minal A'raabi satud'awna ilaa qawmin ulee baasin shadeedin tuqaati loonahum aw yuslimoona fa in tutee'oo yu'tikumul laahu ajran hasananw wa in tatawallaw kamaa tawallaitum min qablu yu'azzibkum 'azaaban aleemaa
Ortda qolgan aʼrobiylarga: «Katta kuchga ega qavmga (qarshi) chaqirilursiz, ular musulmon boʻlgunlaricha urushasiz. Agar itoat qilsangiz, Alloh sizga yaxshi ajr berur. Va agar yana avval qochganingizdek, ortga qochsangiz, alamli azob ila azoblar», deb ayt. [6]
[6] (Yaʼni, kuchli, shiddatli qavmga qarshi urushga daʼvat qilinasizlar, ular musulmon boʻlgunlariga qadar urush qilishingiz kerak. Farmonga itoat qilib buyruqni bajarsangiz, yaxshilar safidan oʻrin olasiz, yaxshi ajrlarga ega boʻlasiz. Ammo avvalgi safargidek, ortingizga qarab qochsangiz, Alloh sizni alamli azob ila azoblaydi, dedi.)
- 17
لَّيْسَ عَلَى ٱلْأَعْمَىٰ حَرَجٌۭ وَلَا عَلَى ٱلْأَعْرَجِ حَرَجٌۭ وَلَا عَلَى ٱلْمَرِيضِ حَرَجٌۭ ۗ وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ يُدْخِلْهُ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ وَمَن يَتَوَلَّ يُعَذِّبْهُ عَذَابًا أَلِيمًۭا
Laisa 'alal a'maa harajunw wa laa 'alal a'raji harajunw wa laa 'alal mareedi haraj' wa many yutil'il laaha wa Rasoolahoo yudkhilhu jannaatin tajree min tahtihal anhaaru wa many yatawalla yu'azzibhu 'azaaban aleemaa
Koʻrga qiyinchilik yoʻq, choʻloqqa ham qiyinchilik yoʻq. Xasta kishiga ham qiyinchilik yoʻq. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, uni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritiladi. Kim yuz oʻgirsa, alamli azob ila azoblar.
- 18
۞ لَّقَدْ رَضِىَ ٱللَّهُ عَنِ ٱلْمُؤْمِنِينَ إِذْ يُبَايِعُونَكَ تَحْتَ ٱلشَّجَرَةِ فَعَلِمَ مَا فِى قُلُوبِهِمْ فَأَنزَلَ ٱلسَّكِينَةَ عَلَيْهِمْ وَأَثَٰبَهُمْ فَتْحًۭا قَرِيبًۭا
Laqad radiyal laahu 'anil mu'mineena iz yubaayi 'oonaka tahtash shajarati fa'alima maa fee quloobihim fa anzalas sakeenata 'alaihim wa asaa bahum fat han qareebaa
Batahqiq, Alloh moʻminlardan daraxt ostida senga bayʼat qilayotganlarida rozi boʻldi. Bas, ularning qalblaridagini bildi, ularga sokinlikni tushirdi va yaqin fath ila mukofotladi. [7]
[7] (Alloh taoloning Oʻzi kalomi pokida Hudaybiyada Paygʻambar alayhissalomga bayʼat qilgan bir ming toʻrt yuz sohabai kiromlardan rozi ekanligini eʼlon qilib turibdi. Bu eʼlon qiyomat kunigacha ibodat, tilovat boʻlib turishi taʼminlangan. Shuning uchun ham mazkur bayʼatning bir nomi «Bayʼatir-Rizvon» — «rozilik bayʼati»dir.)
- 19
وَمَغَانِمَ كَثِيرَةًۭ يَأْخُذُونَهَا ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًۭا
Wa maghaanima kaseera tany yaakhuzoonahaa; wa kaanal laahu 'Azeezan Hakeemaa
Va koʻpgina oʻljalarni ham olurlar. Va Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.
- 20
وَعَدَكُمُ ٱللَّهُ مَغَانِمَ كَثِيرَةًۭ تَأْخُذُونَهَا فَعَجَّلَ لَكُمْ هَٰذِهِۦ وَكَفَّ أَيْدِىَ ٱلنَّاسِ عَنكُمْ وَلِتَكُونَ ءَايَةًۭ لِّلْمُؤْمِنِينَ وَيَهْدِيَكُمْ صِرَٰطًۭا مُّسْتَقِيمًۭا
Wa'adakumul laahu ma ghaanima kaseeratan taakhuzoo nahaa fa'ajjala lakum haazihee wa kaffa aydiyan naasi 'ankum wa litakoona aayatal lilmu'mineena wa yahdiyakum siraatam mustaqeema
Alloh sizlarga koʻpgina oʻljalarni vaʼda qildi. Ularni olursizlar, bunisini sizga tezlatib berdi, (oʻtgan voqea) moʻminlarga ibrat boʻlishi uchun va sizlarni sirotul mustaqiymga boshlash uchun odamlarning qoʻlini sizdan toʻsdi. [8]
[8] (Oyati karimada «Bunisini sizga tezlatib berdi» deganda Hudaybiya nazarda tutilgan. «Odamlarning qoʻlini sizdan toʻstdi» ifodasining maʼnosi shuki, Quraysh mushriklari sizlarga qarshi urush qilmoqchi edilar, Alloh ularning koʻngliga sulhni solib, qoʻllarini musulmonlarga zarar berishdan toʻsdi.)
- 21
وَأُخْرَىٰ لَمْ تَقْدِرُوا۟ عَلَيْهَا قَدْ أَحَاطَ ٱللَّهُ بِهَا ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرًۭا
Wa ukhraa lam taqdiroo 'alaihaa qad ahaatal laahu bihaa; wa kaanal laahu 'alaa kulli shai'in qadeera
Va sizlar qodir boʻlmagan boshqasini ham (vaʼda qildi). Uni Alloh ihota qilgan va Alloh har bir narsaga qodir Zotdir. [9]
[9] («Boshqa» fath borasida tafsir ulomolari Xaybar fathi, Makka fathi va yana boshqa fathlarni nazarda tutilgan deganlar.)
- 22
وَلَوْ قَٰتَلَكُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوَلَّوُا۟ ٱلْأَدْبَٰرَ ثُمَّ لَا يَجِدُونَ وَلِيًّۭا وَلَا نَصِيرًۭا
Wa law qaatalakumul lazeena kafaroo la wallawul adbaara summa laa yajidoona waliyanw-wa laa naseeraa
Agar kofirlar sizlar bilan urushganlarida, orqaga qarab qochar edilar, soʻngra oʻzlariga valiy ham, nusrat berguvchi ham topmasdilar.
- 23
سُنَّةَ ٱللَّهِ ٱلَّتِى قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلُ ۖ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّةِ ٱللَّهِ تَبْدِيلًۭا
Sunnatal laahil latee qad khalat min qablu wa lan tajida lisunnatil laahi tabdeelaa
Allohning avvaldan kelayotgan sunnatidir. Va Allohning sunnatini hech oʻzgartira olmassan. [10]
[10] (Alloh taolo moʻminlarning gʻalabasini va kofirlarning magʻlubiyatini Oʻz sunnatiga bogʻlab qoʻymoqda. Haqiqatda ham, iymon kufrdan, moʻminlar kofirlardan doimo ustun keladilar. Zafr doim moʻminlarga yor boʻladi. Toʻgʻri, zafar kechikishi, ortga surilishi yoki vaqtinchalik magʻlubiyatlar boʻlishi mumkin.)
- 24
وَهُوَ ٱلَّذِى كَفَّ أَيْدِيَهُمْ عَنكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ عَنْهُم بِبَطْنِ مَكَّةَ مِنۢ بَعْدِ أَنْ أَظْفَرَكُمْ عَلَيْهِمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرًا
Wa Huwal lazee kaffa aydiyahum 'ankum wa aydiyakum 'anhum bibatni Makkata mim ba'di an azfarakum 'alaihim; wa kaanal laahu bimaa ta'maloona Baseera
U zot Makka vodiysida sizlarni ularning ustidan zafar qozontirganidan soʻng ularning qoʻllarini sizdan, sizning qoʻlingizni ulardan toʻsgan Zotdir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir. [11]
[11] (Hudaybiya sulhining oʻzi moʻminlar uchun katta zafar, gʻalabadir. Oʻsha zafar yakunlanish arafisida bir guruh mushriklar fitna qoʻzgʻab sulhni bekorga chiqarishga urinib koʻrishdi. Lekin Alloh taoloning inoyati bilan fitna sodir boʻlmadi, qon toʻkilmadi.)
- 25
هُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوكُمْ عَنِ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ وَٱلْهَدْىَ مَعْكُوفًا أَن يَبْلُغَ مَحِلَّهُۥ ۚ وَلَوْلَا رِجَالٌۭ مُّؤْمِنُونَ وَنِسَآءٌۭ مُّؤْمِنَٰتٌۭ لَّمْ تَعْلَمُوهُمْ أَن تَطَـُٔوهُمْ فَتُصِيبَكُم مِّنْهُم مَّعَرَّةٌۢ بِغَيْرِ عِلْمٍۢ ۖ لِّيُدْخِلَ ٱللَّهُ فِى رَحْمَتِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ لَوْ تَزَيَّلُوا۟ لَعَذَّبْنَا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا
Humul lazeena kafaroo wa saddookum 'anil-Masjidil-Haraami walhadya ma'koofan any yablugha mahillah; wa law laa rijaalum mu'minoona wa nisaaa'um mu'minaatul lam ta'lamoohum an tata'oohum fatuseebakum minhum ma'arratum bighairi 'ilmin liyud khilal laahu fee rahmatihee many yashaaa'; law tazayyaloo la'azzabnal lazeena kafaroo minhum 'azaaban aleema
Ular kufr keltirgan, sizlarni Masjidul Haromdan, qurbonliklarni esa, ushlanib oʻz joyiga yetishidan toʻsgan kishilardir, agar siz bilmaydigan moʻmin erkaklar va moʻmina ayollar boʻlmaganida, sizga bilmasdan ularni halok qilganingiz tufayli gunoh yetishi boʻlmaganida edi, Alloh kimni xohlasa, Oʻz rahmatiga kiritishi uchun, agar ajrab turganlarida edi, ulardan kofirlarini alamli azob ila azoblar edik. [12]
[12] (Makkai Mukarramada kofirlardan qoʻrqib iymonini yashirib yurgan moʻmin va moʻminalar bor. Agar urushga ruxsat berilganda, musulmonlar bilmasdan oʻsha din qardoshlarini ham oʻldirib yuborishlari mumkin. Ayni choqda, kofirlarning ichida ham keyinchalik Islomga kelib, hidoyat yoʻliga kirishi mumkin boʻlgan kishilar koʻpchilik edilar.)
- 26
إِذْ جَعَلَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلْحَمِيَّةَ حَمِيَّةَ ٱلْجَٰهِلِيَّةِ فَأَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَعَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَأَلْزَمَهُمْ كَلِمَةَ ٱلتَّقْوَىٰ وَكَانُوٓا۟ أَحَقَّ بِهَا وَأَهْلَهَا ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمًۭا
Iz ja'alal lazeena kafaroo fee quloobihimul hamiyyata hamiyyatal jaahiliyyati fa anzalal laahu sakeenatahoo 'alaa Rasoolihee wa 'alal mu mineena wa alzamahum kalimatat taqwaa wa kaanooo ahaqqa bihaa wa ahlahaa; wa kaanal laahu bikulli shai'in Aleema
Esla! Kufr keltirganlar qalblarida «hamiyyat»ni, «johiliyat hamiyyati»ni joylaganlarida, Alloh Oʻz sokinligini Paygʻambariga va moʻminlarga tushirdi va ularga taqvo kalimasini lozim koʻrdi, ular ushbuga haqli va ahl edilar. Va Alloh har bir narsani biluvchidir. [13]
[13] (Kofirlar Muhammad alayhissalom boshchiliklaridagi sof niyatli musulmonlarni Masjidul Haromdan man qildilar. Hech bir vaqt, hech bir sharoitda ham sodir etilmagan sharmandalikni qildilar. Makka mushriklarining bu holatlariga qarshi ikkinchi taraf — Muhammad alayhissalom boshliq musulmonlar oʻzlarini qanday tutdilar? Alloh taolo ularning qalbiga sokinlik va halovat soldi, hamma narsani kamtarlik va osoyishtalik bilan, Allohning roziligini tilab qiladilar. Ularga Alloh taolo taqvo kalimasini ravo koʻrgani ham shundan.)
- 27
لَّقَدْ صَدَقَ ٱللَّهُ رَسُولَهُ ٱلرُّءْيَا بِٱلْحَقِّ ۖ لَتَدْخُلُنَّ ٱلْمَسْجِدَ ٱلْحَرَامَ إِن شَآءَ ٱللَّهُ ءَامِنِينَ مُحَلِّقِينَ رُءُوسَكُمْ وَمُقَصِّرِينَ لَا تَخَافُونَ ۖ فَعَلِمَ مَا لَمْ تَعْلَمُوا۟ فَجَعَلَ مِن دُونِ ذَٰلِكَ فَتْحًۭا قَرِيبًا
Laqad sadaqal laahu Rasoolahur ru'yaa bilhaqq, latadkhulunnal Masjidal-Haraama in shaaa'al laahu aamineena muhalliqeena ru'oosakum wa muqassireena laa takhaafoona fa'alima maa lam ta'lamoo faja'ala min dooni zaalika fathan qareebaa
Batahqiq, Alloh Rasulining tushini haq ila tasdiqladi, albatta, Masjidul Haromga, inshoalloh, omonlikda, sochlaringiz olingan, qisqartirilgan holda, qoʻrqmasdan kirasizlar. Bas, U siz bilmagan narsani biladi va sizlarga bundan boshqa yaqin fathni qildi. [14]
[14] (Bu oyatda Alloh taolo moʻminlarga bir necha xushxabar yetkazmoqda. Avvalo, Paygʻambar alayhissalomning tushlarini tasdiqlamoqda. Qolaversa, Masjidul Haromga kirish albatta nasib etishining xabarini bermoqda. Ushbu xabarni Allohning Oʻzi taʼkidlab berayotganiga qaramay, yana Oʻzi «inshoalloh» — Alloh xohlasa, degan iborani ishlatmoqda. Bunday deyish iymon odoblaridan boʻlib, dunyodagi har bir ishni va voqeani Alloh taoloning xohishiga bogʻlashdan iboratdir. Bu vaʼda Hudaybiya sulhidan koʻp oʻtmay amalga oshdi.)
- 28
هُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلْهُدَىٰ وَدِينِ ٱلْحَقِّ لِيُظْهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًۭا
Huwal lazeee arsala Rasoolahoo bilhudaa wa deenil haqqi liyuzhirahoo 'alad deeni kullih; wa kafaa billaahi Shaheeda
U Oʻz Rasulini hidoyat va haq din bilan, u(din)ni barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir. Guvohlikka Allohning Oʻzi kifoyadir.
- 29
مُّحَمَّدٌۭ رَّسُولُ ٱللَّهِ ۚ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥٓ أَشِدَّآءُ عَلَى ٱلْكُفَّارِ رُحَمَآءُ بَيْنَهُمْ ۖ تَرَىٰهُمْ رُكَّعًۭا سُجَّدًۭا يَبْتَغُونَ فَضْلًۭا مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنًۭا ۖ سِيمَاهُمْ فِى وُجُوهِهِم مِّنْ أَثَرِ ٱلسُّجُودِ ۚ ذَٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى ٱلتَّوْرَىٰةِ ۚ وَمَثَلُهُمْ فِى ٱلْإِنجِيلِ كَزَرْعٍ أَخْرَجَ شَطْـَٔهُۥ فَـَٔازَرَهُۥ فَٱسْتَغْلَظَ فَٱسْتَوَىٰ عَلَىٰ سُوقِهِۦ يُعْجِبُ ٱلزُّرَّاعَ لِيَغِيظَ بِهِمُ ٱلْكُفَّارَ ۗ وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِنْهُم مَّغْفِرَةًۭ وَأَجْرًا عَظِيمًۢا
Muhammadur Rasoolul laah; wallazeena ma'ahooo ashiddaaa'u 'alal kuffaaari ruhamaaa'u bainahum taraahum rukka'an sujjadany yabtaghoona fadlam minal laahi wa ridwaanan seemaahum fee wujoohihim min asaris sujood; zaalika masaluhum fit tawraah; wa masaluhum fil Injeeli kazar'in akhraja shat 'ahoo fa 'aazarahoo fastaghlaza fastawaa 'alaa sooqihee yu'jibuz zurraa'a liyagheeza bihimul kuffaar; wa'adal laahul lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati minhum maghfiratanw wa ajran 'azeemaa
Muhammad Allohning Rasulidir, u bilan birga boʻlganlar kofirlarga shiddatli, oʻzaro rahimdildirlar. Allohdan fazl va rozilik tilab rukuʼ va sajda qilgan hollarini koʻrasan. Ularning siymosi sajda asaridan yuzlarida (balqiydi). Ana oʻsha, ularning Tavrot va Injildagi misollaridir. Bu, xuddi, urugʻini yorib chiqib, quvvatlanib, yoʻgʻonlashib, poyasida tik turib, dehqonlarni ajablantirgan bir ekinga oʻxshar. Kofirlarning gʻazabini qoʻzitish uchun. Alloh ulardan iymon keltirib va solih amallarni qilganlariga magʻfirat va ulugʻ ajrni vaʼda qildi. [15]
[15] (Sahobalar, otalari yoki bolalari kofirlar safida boʻlsalar, ularga qarshi ham qattiqqoʻl boʻlganlar. Ammo kim boʻlishidan qattiy nazar, musulmonga mehribon boʻlishgan. Ularning asosiy sifatlaridan biri — hamma ishni Allohning fazli va roziligi uchun qilishlari. Yana bir sifatlari — ular doim rukuʼ va sajda holatida, yaʼni ibodat holatida boʻladilar.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
